Zamonaviy psixologiya bilan ya'ni yashagan va u bilan qo'lqator va kechinmalarga javob qidirishga harakat qilayotgan odamga ayting, qanday qilib uch to'rt yoshli chaqaloqning saraton kasalligidan o'lishini tushuntirib bera oladi. Axir o'limni oxirgi nuqta deb ko'radi. Xo'p, bir yosh bola uch to'rt yoshda saratonda vafot qiladigan bo'lsa yu, shu bilan olib borib berga qo'yiladigan va chirib ketadigan bo'lmasa, unda bu dunyoda qanday tartib bor, qanday intizom bor? Nima ma'no bor unda? Va bu ma'nosizlikni sizga yagona haqiqat deb turgan odam qanday qilib keyin biz kimmiz, nimaga yaratilganmiz degan savollarga javob topib bera oladi? Islomiy psixologiya unday ko'rmaydi. Islomiy psihologiya o'limni bir holatdan ikkinchi holatga ko'chish deb qaraydi. Bu yerda tug'ilishda siz onaning qornidan dunyoga ko'chganingizdek, vafot qilish sizni dunyodan barzax hayotiga ko'chirishini, uning oqibatida boshqa hayot borligini va ana u joyda mana bu yerdagi ishlarning, ko'plarning hisob kitobi borligini ko'rsatib beradi. Oqibatda bu dunyoga, u dunyosiz qarasangiz ko'rinayotgan xaos, tartibsizlik, adolatsizlik, hisob kitobning yo'qligi, zolimning mazza qilib yashashi, mazlumning ba'zi holatlarda bechora bo'lib qolib ketishi kabi narsalarning oqibati, hisob kitobi va oqibati va javobgarligi yo'q ekan deb qarash sizni mana shunday bir xaos bilan chegaralanib qolishga va mana shuni qabul qilishga majbur qiladi.
Bu qabul qilish hech qachon odamni salbiy niyatga olib bormaydi. Hech qachon qalb xotirjamligiga olib bormaydir. Biroq shoxsiz qo'yga, shoxli qo'ydan o'ch olish imkoniyati beriladi. Shoxsiz qoyiga shox beriladi va u shoxli qo'shinni suzib, o'zining hisob kitobini qilib oladi, deb e'tiqod qiladigan odam mana bu dunyodagi har qanday bosh boshdoqlik, har qanday zulm, har qanday adolatsizlik yoki har qanday tasodiflar, jumladan o'sha to'rt besh yoshli qizning saratondan avlod qilishi ortida bo'ladigan mukofotlar, javobgarliklar, hisob kitoblar va jazolarni ko'ra oladi. Va bu voqelikni ana o'sha kutilayotgan voqelik bilan birlashtirish oqibatida uning hayotida hamma narsaning intizomli ekanligi haqidagi e'tiqod paydo bo'ladi. Mana shu e'tiqod sakinatning, qalb xotirjamligining va saodatning yagona, yagona, yagona retsepti, go'yoki masallig'i bo'ladi, Allohu Akbar. Psixologiya nima deb agar g'arb psixologlaridan so'raydigan bo'lsangiz, bilingki, hozirgi bizni diyorlarda bo'lsin, butun dunyoda bo'lsin umumiy shaklda mavjud psixologiya ilmining asosini g'arb psixologlari va g'arb psixiatrgiya olimlari qurib bergan. Ya'ni ular asosan shakllantirib bergan. Va mana bu manbalarda psixologiya nima desangiz, sizga aytadiki, xulq qator va ruhiy jarayonlarni o'rganish ilmi deydi.
Psixologiya nima ilm desa aytadiki, xulqatvor, xulqatvar degani xatti harakatlaringiz, qiladigan ishlaringiz, amallaringiz xulqatvor va ruhiy jarayonlar degani bu o'sha xafalik, xursandlik, bir narsani xohlash, bir narsa niyat qilish, unga intilish, g'azab, qo'rquv kabi ruhiy holatlar va ma'naviy holatlar. Mana shu ma'naviy holda, ruhiy holatlarni mana bu xatti harakatlar bilan o'zaro munosabatini o'rganadigan ilm, buning unga ta'siri, uning bunga ta'siri. Xulqatvarning ruhiy holatlariga, ruhiy holatlar larning guruh qatoriga ta'sirini o'rganadigan ilmni zamonaviy psixologiya, psixologiya ilmi deb ataydi. Shunga psixologiya, zamonaviy psihologiya nuqtai nazaridan nima desangiz, qo'l qator va ruhiy jarayonlar o'rganish ilmi. Shunga fan sifatida psixologiya qanday savollarga javob berishga harakat qiladi? Biz kimmiz degan savolga javob berib berishga harakat etiladi. Asl tabiatimiz qanday? Ya'ni aslida biz yaxshimizmi, aslida biz yomonmizmi? Degan savolgajavob berishga erkat qiladi. Va fikrlarimiz, his tuyg'ularimiz va hatt harakatlarimiz qayerdan kelib chiqadi? Degan savoliga javob berishga harakat qiladi. O'zimizdagi bu jihatlarini qanday o'zgartirishimiz mumkin? Ya'ni agar xulqatvorimizni o'zgartirmoqchi bo'lsak. Agar xafalikdan xursandchilikka chiqmoqchi bo'lsa, agar o'zimizdaki dangasalikni ketkazmoqchi bo'lasak, ya'ni o'zimizni o'zgartirmoqchi bo'sak, xulqatvorlarimizni yoki hissiyotlarimizni qanday o'ziyatirsak bo'ladi degan savolga javob beradi. Bu narsalarga qanday qilib javob beradi?
Empirik yo'llari bilan, kuzatish bilan. Ya'ni bir odam kuzatadi, ikkinchi odamni kuzatadi, u kuzatish kuzatish bilan to'rtta narsaga olib keladi. Insonning qul qatori va ma'naviy holatini tavsiflash, ya'ni sifatlash, vasflash ya'ni. Ikkinchisi uning o'sha holatini tushuntirishga harakat qilish, nimaga unday, nimaga xulqatvor bunday, nimaga harakatlar bunday degan narsani tushuntirishiga harakat qilish. Vasflash va tushuntirish orqali uni endi kelajakda qanday bo'lishini oldindan aytishga harakat qish, ya'ni nimaga olib boradi, qanday bo'lishing mumkin? E oqibatda nima bo'ladi degan narsani oldindan aytib o'tishga harakat qilib va uni boshqarishni, nazorat qilishni o'rgatish. Qanday qilib xulqatvor nazorat qilsa bo'ladi? Qanday qilib ruhiy holatni nazorat qilsa bo'ladi? Umumiy shaklda psixologiya mana shu maqsadlarda, shu to'rtta maqsadni amalga oshirish uchun mana bu usullar bilan empirik usul bilan kuzatish, o'rganish, laboratoriya ya'ni ilmiy isbotlash, zamonaviy ilmda isbotlash hisoblangan o'sha empirik yo'llar bilan quyidagi savollarga javob berishga harakat qiladi. Biz kimmiz? Asli tabiatimiz qanday? Nimaga fikrlarimiz bunaqa? Nimaga xulqatvorimiz bunacha? Fikrlarimiz, tuyg'ularimiz, xulqatvorlarimiz, xatti harakatlarimiz qayerdan kelib chiqyapti? Buni qanday qilib o'zgartirsak yoki boshqarsak bo'ladi?
Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, zamonaviy psixologiya buni qarasangiz juda zo'r, juda ham foydali. Xo'p, nima kamchiligi bor? Nimaga zamonaviy psixologiyani biz tanqid qilib, uning o'rniga muqobil psixologiyani taklif qilamiz? Zamonaviy psixologiyaning eng katta kamchiligi u ruhni tan olmasligi. Va u insonning borlig'ini empirik yo'l bilan aniqlash mumkin bo'lgan haqiqatlarga chegaralashi. Empirik yo'l bilan deganda masalan qarang, laboratoriyada isbotlay oladigan, ko'rib ko'z bilan isbotlay oladigon, ushlab isbotlay oladigani mana bu narsalar bor ku, mana shular empirik yo'l bilandan isbotlanadigan narsa deyiladi. Agar mana shunga insonni chegaralasangiz, aytasizki, inson o'sha miyadan iborat, hissiyotlari falon falon gormonlarni boshqarishi bilan bo'ladi. Uning fikrlari, xatti harakatlari faqat uning biologik jarayonlari bilan chegaralangan deysiz va insoniyatning hamma butun dunyosini biologik borliqqa ko'rib turganingiz narsaga chegaralaysiz. Va qalb, ruh, ilohiy ta'sirlar, bularning barchasini voqeasidan chiqarib tashlaysiz. Mana shu uchun zamonaviy psixologiya zaiflikka ya'ni uchraganki, u yechim bera olmaydi. Chunki u insonning borlig'ining asosiy qismi bo'lgan uning ruhini istisno qilib tashlaydi, chiqarib tashlaydi.
Ruh yo'q deydi, qalb yo'q deydi. Bor narsang shu miya deydi. Miyadagi gormonlar va shu harakatlar deydi. Mana shu san san deydi. Va uni oxiratga bo'lgan ishonchni olib tashlaydi. Allohga bo'lgan insonni olib tashlaydi. Qadriga bo'lgan ishonchni olib tashlaydi. Natijada u sizga ham xotirjamlik, ham sakinat, ham kelajakka bo'lgan ishonch, ham o'tmishni tushunishga bo'lgan ijobiy omillarning barchasini unutib, qalbingizni va ruhingizni mavzudan chiqarib, bir biologik bir mavjudot sifatida sizga qaratib, keyin mana shu biologik mavjudot deb qarashni mana shu biologik mavjudot qobig'ining ichida muammolarni hal qilishga chaqiradi. A siz biologik mavjudot qobig'ida ruhiy muammolarni hal qila olmaysiz.
Va bu masaladagi ajoyib, ya'ni, subhanalloh, ironi deydi ingliz tilida, ironiya deydi yu ruslar. Haligi g'ayritabiiylik va g'alatilik shundaki, psixologiya so'zi saykiy so'zidan olingan. Saykiy endi logiya, logida, bu logiyasi ilm ma'nosida. Saykiy degan ruh degan. Psixologiya o'zi avval birinchi marta falsafadan ajrab chiqib ilm sifatida shakllanganda u ruh haqidagi ilm deb aytilgan.
Lekin keyinchalik g'arbda nasroniylikdan yuz o'girish paydo bo'lib, nasroniylik bilan bog'liq ba'zi xatolar, boshqalar sababli unda yuz o'gurish paydo bo'lib, oqibatda sekin sekin sekin ateizm va dindan uzoqlashish va dinga ishonmaslik degan narsa ilm fan jamiyatida, ilm fan hamjamiyatida ustunlik qila boshlagach, aksar psixologiya olimlari o'z o'zidan dinga qarshi yoki dinni tan olmaydigan odamlarga aylanib qolgan. Va ular Allohga ishonmaydi. Ular Yaratuvchi borligiga ishonmaydi. Ularni ruhlariga ishonmaydi, ular qalb degan tushunchani tan olmaydi. Ular jinlar, shaytonlar kabi xorijiy omillarning barchasini inkor qiladi. Natijada ular faqat qaraydi va psixologiya deganda mana shu biologik qarab turganingiz, mavjudot o'zining miyasi va gormonlari va boshqalari bilan mana shu deydi. Va shuning doirasida faqat yechim topishga harakat qiladi va shuni faqat o'rganishga harakat qildi va barcha qo'l qatorlar va ma'naviy kechinmalar va his tuyg'ular va ma'nav i jarayonlarni mana shu biologik voqelik bilan chegaralab, shu voqelik prizmasi, shu voqealik chegarasi va shu voqealar qaysidir ma'noda linzasi bilan ko'rishga harakat qilar. Natijada tuynugi bilan, shu voqelik tuynugi bilan ko'rishga harakat qiladi. Natijada u voqelikni, natijada u insonning haqiqatini to'liq ko'ra olmaydi.
To'liq ko to'liq ko'tara olmaydi. Mana shuning uchun ham sekulyar psixologiya yechim bo'lmaydi, balki u muammo paydo qiladi. Bir odam psixologik jarayonlarni anglamoqchi bo'lsa, bir odam o'zining kechinmalarini nazorat qilmoqchi bo'lmasa, bir odam o'sining xulq atvorlaridagi dangasalik yoki qo'rquv, qanaqadir fobiyalar, yoki qanaqadir o'zidagi iztirob, qalb iztiroblarini yechmoqchi bo'lsa va u shu bo'yicha qalbni va xulqatvorni o'rganadigan mutaxassisning oldiga borsa va u mutaxassis birinchi bo'lib, Xudo yo'q, Yaratgan yo'q, bu seni hamma kechinmalaring faqat biologik, senda qalb degan Tushuncha yo'q, Ruh degan tushunchoq yo'q, Shayton degan narsa yo'q, desa da hamma boshqa omillarni chiqarib tashlaysan. U odam endi nima qiladi? U odam barcha muammolarni endi faqat o'zidan ko'radi. Natijada u barcha yechimlarning yo'llari yopilgan holda, ya'ni bor muammosi ikki barobar bo'lib qaytib chiqib ketadi. Shuning uchun zamonaviy psixologiyaning eng katta kamchiligi, psixologiyani biologik jarayonlarga chegaralashi va ruhni inkor qilish. Yo bu aytganimdek, bu ironiya, ironiya. Nimaga bu ironiya? Nimaga bu g'ayritabiiylik? Sababi o'zi psixologiya, psixiya ruhiy o'rganadigan ilm sifati paydo bo'lgan. Va ruhni o'rganadigan ilmning asosiy darg'alari, ushbu ilmda asosiy kitoblar yozuvchi Zigmund Freydga o'xshagan u, boshqaga o'xshagan odamlar ruhni inkor qiluvchi odamlar bo'lgan.
Bo'lib qolgan ya'ni, keyinchalik. Oqibatda psixologiya o'zining dastlab paydo bo'lgan haqiqatidan yangi bir narsaga aylanib ketgan. Uchun uchun bu psixologiyani biz bugungi darsimizdan boshqa hamma darslarimizda ba'zida zamonaviy psixologiya yoki to'g'riroq shaklda sekulyar psixologiya deb ataymiz. Va buni oddiy statistikalardan ko'rsangiz bo'ladi. Psixologlar aholiga qaraganda dindorligi kamroq. Mana Amerikada bir statistika o'tkazib ko'rishgan. Amerikada psixologlarning mana Alloh taologa ishonasizmi? Umuman Allohga degan musulmon ma'nosida emas, Yaratganga, Xudoga ishonasizmi degan savolga javobi oddiy aholining Xudoga ishonasanmi degan javobidan ikki barobar negativroq bo'lgan. Ya'ni ikki baravar dinsizroq bo'lib chiqqan oddiy aholidan ko'ra psixologlar. Va psixologlarning din insonning hayotida muhim emas deyishi uch baravar ko'proq bo'lgan oddiy aholida. Mana oddiy aholidan din muhimmi yo'qmi deb so'ralganda va psixologdan bu narsa so'ralganda, psixologlarning din muhim emas degan javobi oddiy aholini yo'q degan javobidan ko'ra uch barobar ko'proq bo'lib chiqqan nisbati, ya'ni psixologlar nisbati. Va psixologlarda Xudoga ishonishni inkor etish ehtimoli besh barobar ko'proq bo'lgan. Oddiy aholining besh foizi Xudoga ishonib ishonishni inkord qilgan, psixologlarining yigirma besh foizi Xodoga ishonishniinkor qilgan. Oddiyaholidan sizning hayotingizda dinning ahamiyati qanchalik?
Sizning hayotingizda din ahamiyati qanchalik degan narsaga yetmish ikki foiz aholi mening hayotim dinga asoslangan, ya'ni diniy ahamiyati bor hayotimda degan va psixologlarning faqat o'ttiz besh foiz mening hayotimda diniy ahamiyat bor degan. Bu nimaga dalolat qiladi bu raqamlar? Bu raqamlar psixologiya bo'yicha o'tilayotgan darslar, yozilayotgan kitoblar, bildirilayotgan fikrlar, yozilayotgan maqolalar, o'tkazilayotgan ilmiy o'zgarish, ilmiy izlanishlarning barchasi aksar holatlarda aholidan ko'ra dinsizroq bo'lgan tomonlar qo'lida bo'lib qolgani, o'z o'zidan bu ruhni inkor qilish degan narsaning yana ham kuchayib ketganiga dalolat qilinadi. Biz musulmonlar aytamizki, insonning psixologiyasi, uning xulqatori va uning ichki kechinmalari va ichki ma'naviy jarayonlari muvozanatda va to'g'rilikda bo'lishi uchun eng muhim omil bu Alloh Taologa ishonish. Eng muhim omil, bu birgina Yaratuvchi, birgina yaratgan Zot, bizni yaratganiga va o'sha Zot bizni doimiy ravishda hayotimizda bizni murojaat qilib turishiga iymon keltirish. Mana zamonaviy psixologiya quyidagi to'rtta asosga qurilgan bo'ladi. Zamonaviy psixologik kitoblarni ko'p o'qiydigan bo'lsangiz, sekulyar psixologiya, quyidagi to'rttasini ko'rasiz. Birinchi asos, biz bu dunyoga keltirilib, hech qanday ilohiy aralashuvsiz o'z holimizga tashlab qo'yilganmiz deydi.
Ya'ni biz shunday tashlab qo'shilganmiz va o'z holimizda shunday qolamiz, degan e'tiqod. Va musulmon odam buning g'irt mutlaqo teskarisiga iymon keltiradi. Musulmon odam aytadiki, Alloh Taolo uning har bir harakatini kuzatib turadi. Har bir ishida Alloh Taolo uni ko'rib turadi. Avval qohiru falqo ibadihi va yursilu alaykum hafa vax dedi Alloh Taolo. Ular bandi Alloh Taolo bandlar ustidan qohir, ya'ni hamma narsani ustidan nazorat qilib turadi go'yoki, hamma narsaniustidan u podshoh Alloh Taolo. Yo'q, yur, silu alaykum, haf ava va sizlarga sizlarni saqlab turuvchi farishtalarni jo'natadi. Yur, silu aleykum, haf avva ikki xil tafsiri bor. Birinchisi, savob gunohlarni yozib turadigan, u ham mavzuyimizga aloqador. Ikkinchisi, sizlarni asrab turadigan, turli kasalliklardan, yomonliklardan, umumiy shaklda siz doimiy ravishda Allohning muhabbati, Allohning sizni asrashi, Allohning rahmati bilan ihota qilingan bo'lasiz. O'sha ma'noda musulmon odam doimiy ravishda Alloh Taoloning muroqabasida bo'lishingni biladi. Va zamonaviy, sekulyar psixologiyani targ'ib qiluvchi shaxs esa, ya'ni aksar holatlarda ularning manbalarida. Biz dunyoga shunday kelib qolganmiz, ya'ni yo ular Xudoga ishonsa, Xudo keltirgan deydi, yo ishonmasa biz shundoq kelib qolganmiz deydi va biz shundoq tashlab qo'yilganmiz deydi. Mana bu birinchi asosiy nuqta.
Va musulmon odam nafaqat Alloh Taolo unga xato qilib turishini biladi. Balki u bu narsani Alloh'dan so'raydi. O'shaning uchun Rasululloh taolo sizlar nima dedilar? Aytdilarki, Allohimmā ya val jalal ilhom, ya Hayyu, ya Qayyum, Allohning ismlari bo'lar. O ismul Avvom deyiladi, eng katta ismlari deyiladi, ayni Avvom, buyuk ismlari deyladi. Berahmatika astag'firuk, men sening rahmatingdan so'rayman. Rahmatingdan g'oyis so'rayman, bir yordan bir nafs so'rayman, yomg'ir so'rayman, ne'mat so'rayman. Berahmatika asta'g'firuk, aslih li sha'niy kulla, men uchun mening ishlarimning barchasini isloh qil va alamin g'iyim nuqta mana shu mavzuga oid. Vala takilni ila nafsir tor fatahing deydi. To'rtfa degani bu ko'zni bir yumib ochish. Bu ko'zni yumib ochish hazarchaligi ham. Meni o'zimga tashlab qo'ymadi dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Ha, bu narsani Fotimaga o'rgatadilar. Fotimaga, qizlariga, Fotimani juda qattiq yaxshi ko'rganlar, Rasululloh sollollohu alayhi vassalom. Hatto Fotima kirib kelsalar, o'rnidan turardilar. O'rnidan turib kutib olardilar, qizlarni qattiq yaxshi ko'rganlar va qizlarga o'rgatadilar. Shu duoni qilgin qizim deb o'rgatardilar. Va la takilni ila nafsir, por fatag'ayn. Meni bir lahzaga, bir ko'zimni yumib ochgunimcha bo'lgan lahzagacha ham meni o'zimga tashlab qo'ymagin deydilar. Ikkinchi asosiy sekulyar psixologiya bilan islomiy psixologiya o'rtasidagi farq, sekulyar psixlogiya Alloh Taoloning hayotimizdagi ta'sirini inkor qiladi.
Yoki o'sha ta'sirni ikkilamchi deb biladi. Ya'ni mutlaqo Allohga ishonmasa, Xudoga ishonmasa, faqat ko'rgan narsasini shu materialistik bo'lib, mana shu ko'rgan narsa faqat ishonadigan bo'lsa, u bo'ldi. U Alloh Taolo o'zi asli yo'q deydi. Yoki ba'zida ishonishi mumkinda deizmga o'xshagan. Aytadiki, qanaqadir deydi, Xudo bor, qanaqadirdir tashqi kuch bor deydi, lekin uni mening hayotimda uni ta'siri yo'q deydi, deydi. Bu o'z o'zidan nimaga olib keladi? Bu bo'layotgan voqealar va jarayonlarni tasodif va taus deb o'ylashga olib keladi. Ya'ni bir kasal bo'ldimi, tasodifan kasal bo'ldim deb o'ylaydi. Bir muvaffaqiyatga erishdim, omadim kelib muvaffaqqiyatga erashdim deb o'ylayadi. Lekin agar bir inson Alloh Taoloning uning hayotiga bo'lgan ta'sirini e'tirof etib tushunib tursa, u uchun barcha narsalar oldindan mo'ljallangan bir nizom ostida bo'layotgani aniq bo'ladi. Va mana bu nizomga va u nizomning ortida turib uni o'sha tanzim qilgan, uni mana shunday holga keltirgan zotning ar rohman va rohim zot ekanligiga iymon keltirsa, uning borliqqa qarashi mutlaqo boshqacha bo'ladi.
Shuning uchun ham azizlar, agar o'ylab ko'rsangiz, farzandi o'lgan odam nima deydi, mana hadisda keladi. Lillahi ma'ahoda, vallohu ma'a a'lo va kullu shay'in inna indahu bimiqdor deydi. Illahi ma ahova, nimaniki olgan bo'lsa Allohnikki. Va lahumar apo, nimaniki bergan bo'lsa u ham Allohnikki, ya'ni meniki emas. Olgani Allohnikki, bergani Allohnikki. Ya'ni hammasi Allohnikidir. U kul o'sha ining da'vbi miqdor. Barcha narsa o'lchov bilan. Barcha narsaning o'lchovi bor. O'sha uchun hech narsadan hayron qolmaydi. Ha o'lchov bor, buni hisobi bor, buni qadari bor. Bu hamma narsa oldindan tuzilgan nizom bilan bo'lyapti deb e'tiqod qiladi. Nafaqat olingan narsa nafaqat berilgan narsa Allohnikidir deb e'tiqod qiladi, balki uning o'zi Allohnikidir deb e'lon qiladi. Inna lillahi va inna ilayhi rojiohun deydi. Inna lillahih. Biz ham Allohnikimiz deydi. Ya'ni yo'qotib qo'ygan molini faqat Allohnikidir demaydi, topib olgan molini faqa Allohnikidir demay, u o'zini Allohnikidir deydi. O'shaning uchun bularning barchasi uning qalbida mutlaqo dunyoga va undagi bo'layotgan voqealar va jarayonlarga qarashni o'zgartiradi. Birinchi toifa dunyoga xaos deb qarasa, ikkinchi toifa dunyoda tartib bilan, nizom bilan, hikmat bilan, adolat bilan va oqibati bor holatda, hisob kitobi bor holatda tuzilib qo'yilgan mukammal bir tizim deb qaraydi.
Va voqelik shunga dalolat qiladi. Osmonning yaratilishi, yerning yaratilishi , tog'larning yaratilishi suvlarning yaratilish yoki ko'zingizning nafas olish tizimingizning yaratilishdagi mukammallik qolgan barcha jarayonlar ortida, u jarayonlar hatto bizning ko'zimizga bosh boshdoqlik xaos ko'rinsa da, qandaydir nizom bor ekanligiga dalolat qiladi. Faqat u nizomni biz hikmatimiz yo'qligi uchun ko'ra olmaymiz. Lekin qiyomatda barchasi tayin bo'ladi va tafakkur bilan dunyoda barchasini hikmatli odamlar ko'ra oladi. Uchinchi farqli nuqta.
Zamonaviy psixologiya bizni bir jismoniy tana va bir biologik bir mavjudot sifatida ko'radi va bundan u yog'ini ko'rmaydi. Va islomiy psixologiya, bizni ruh deb ko'radi. Asli ruh deb ko'rad. O'shaning uchun odam vafot qiladi, tana yerga ko'miladi, u tiriklikda davom etadi. Va uning o'zidagi qalb degan, nafs degan tushunchalarni bir biridan ajratadi. Qalb deydi, nafs deydi. Nafsning vazifasi, qalbning vazifasi, nafsni qanday qilib poklash, qalbni qanday qib isloh qilish va ruh nima ekanligi va jasad o'sha ruh uchun libos ekanligini tushunadi. Oqibatda u zamonaviy psixologiya, sekulyar psixologiya ko'rayotgan narsaning ortidagi kattaroq narsani ko'ra oladi. Uni isloh qilishga chaqiradi. Shu shu uchun ham ta'bir joiz bo'lsa aytsa bo'ladiki, zamonaviy psihologiya, shamollagan, qanaqadir bakteriya yuqtirgan odamni davolash uchun uning simptomlarini yo'qotuvchi dorini taklif qiladi. Paratsitamol ichkandaydir, isitmang ketadi. Isitmangiz tushadi, masalan, va tuzaldim deb o'ylaysiz. Simptomlarni og'riq qoldiruvchi sizga beradi. Og'riq qildiruvchi og'riqlarni yo'qotadi, kasallik ichingizda rivojlanaveradi.
Chunki u simptomlarnigina ko'ra oladi. Simptomlar ortidagi haqiqiy sabablarni ko'ra olmaydi. Islomiy psixologiya o'sha sabablarni o'rganishga chaqiradi. O'sha sabablarda isloh qilishga chaqiradi. O'sha uchun ham sabablarni isloh qilgan odam o'z o'zidan uning oqibati va natijasini isloh qila oladi. Va to'rtinchi asosiy nuqta, sekulyar psixologiya o'limni hayotning yakuni deb ko'radi. Islomiy psixologiya esa o'limni imtihonning yakuni deb ko'taradi. Va hisob kitobning boshlanish nuqtasi deb ko'taradi . Oqibatda zamonaviy psixologiya uchrayotgan muammolarning javoblarini topa olmaydi. Zamonaviy psixologiya bilan ya'ni yashagan va u bilan qo'lqator va kechinmalarga javob qidirishga harakat qilayotgan odamga ayting, qanday qilib uch to'rt yoshli chaqaloqning saraton kasalligidan o'lishini tushuntirib bera oladi. Axir u o'limni oxirgi nuqta deb ko'radi. Xo'p, bir yosh bola uch to'rt yoshda saratondan vafot qiladigan bo'lsa yu, shu bilan olib borib berga qo'yiladigan va chirib ketadigan bo'lmasa, unda bu dunyoda qanday tartib bor, qanday intizom bor? Nima ma'no bor unda? Va bu ma'nosizlikni sizga yagona haqiqat deb turgan odam qanday qilib keyin biz kimmiz, nimaga yaratilganmiz degan savollarga javob topib bera oladi?
Islomiy psixologiya unday ko'rmaydi. Islomiy psixologiya o'limni bir holatdan ikkinchi holatga ko'chish deb qaraydi. Kunda tug'ilishda siz onaning qornidan dunyoga ko'chganingizdek, vafot qilish sizni dunyodan barzax hayotiga ko'chirishini, uning oqibatida boshqa hayot borligini va ana u joyda mana bu yerdagi ishlarning, ko'plarning hisob kitobi borligini ko'rsatib beradi. Oqibatda bu dunyoga, u dunyosiz qarasangiz ko'rinayotgan xaos, tartibsizlik, adolatsizlik, hisob kitobning yo'qligi, zolimning mazza qilib yashashi, mazlumning ba'zi holatlarda bechora bo'lib qolib ketishi kabi narsalarning oqibati, hisob kitobi va oqibati va javobgarligi yo'q ekan deb qarash sizni mana shunday bir xaos bilan chegaralanib qolishga va mana shuni qabul qilishga majbur qiladi. Bu qabul qilish hech qachon odamni salbiy niyatga olib bormaydi. Hech qachon qalb xotirjamligiga olib bormaydir. Biroq shoxsiz qo'yga, shoxli qo'ydan o'ch olish imkoniyati beriladi. Shoxsiz qoyiga shox beriladi va u shoxli qo'shinni suzib, o'zining hisob kitobini qilib oladi, deb e'tiqod qiladigan odam mana bu dunyodagi har qanday bosh boshdoqlik, har qanday zulm, har qanday adolatsizlik yoki har qanday tasodiflar, jumladan o'sha to'rt besh yoshli qizning saratondan avlod qilishi ortida bo'ladigan mukofotlar, javobgarliklar, hisob kitoblar va jazolarni ko'ra oladi.
Va bu voqelikni ana o'sha kutilayotgan voqelik bilan birlashtirish oqibatida uning hayotida hamma narsaning intizomli ekanligi haqidagi e'tiqod paydo bo'ladi. Mana shu e'tiqod sakinatning, qalb xotirjamligining va saodatning yagona, yagona, yagona retsepti, go'yoki masallig'i bo'ladi, o'g'li hali. Endi shu nuqtada bir bir muhim narsani bilishimiz kerak. Bu o'sha naturalizm va empirizm nimaligi. Naturalizm bu ko'rib turganingiz mana shu jarayonlarni borliqning yagona bilish asosi deb ko'rish. Va empirizm, empirizm, ya'ni empirik yondashuv degani bu laboratoriya bilan isbotlasa bo'ladigan narsanigina tan olish. Va naturalizm va empirizmning ijobiy tomoni bor. Ijobiy tomoni nimada desangiz, uning ijobiy tomoni noodatiy, g'ayritabiiy voqeliklarni istisnolashga yordam beradi. Masalan bir odam aytsaki, man desa, qanaqa kasal oldimga kelib og'zini ochib tursa, bir tuflab turib tuzatib qo'yaman desa, empirik yondashuv uning yolg'on ekanligini isbotlab bera oladi. O'sha ma'noda uning ijobiy tomoni bor. Lekin uning asosiy salbiy tomoni, u o'zining imkoniyatlari yetmaydigan, ya'ni nuqtalarni, o'zining chegaralarining ortida bo'lgan haqiqatlarni inkor qiladi. Xohlaymanki, u haqiqatlar, uning nuqta, uning kuchi yetmaydigan haqiqatlar ular inkor qilib bo'lmaydigan haqiqiqatlar.
Empirik yo'l bilan isbotlay olmaydigan qanchadan qancha voqeliklar bor. O'sha uchun empirik yo'lni yaxshi tushunish, to'g'ri tadbiq qilish bilan birgalikda uning chegaralarini anglash va uning chegaralari ortidagi voqelikning bor ekanligini e'tirof etish, bilish va e'tiqod qilish mana shu mukammal e'tiqodni, dunyoni borliqni mukammal tushunishni ta'minlab beradi sizga. Shuning uchun musulmon odam empirik yo'lni inkor qilmagan holda, uning ortidagi g'ayb olamini isbot qiladi. Aytadiki, mana bu deydi empirik yo'l bilan isbotlab bo'ladigan o'sha ko'rinadigan olam, uning ortida g'ayb bor deydi. Uni o'rtada g'ayb bor deydi. Xuddi masalan, bir hasharot bo'lsa yu, u hasharot faqat odamlarga o'xshab oltita six sense, five senses deydi ku, shu beshta o'sha hissiyot organlari emas da, ikkita hissiyot organi bo'lsa uni. Deylik u issiqligini, sovuqligini bila olsa, u harakatlangandan ba'zi narsalarni bila olsa, lekin uni ko'zi bo'lmasa. Ko'zi yo'q hasharot hech qachon ranglarni anglay olmaydi. Unga siz qizil, yashil, ko'k deng, u u narsalarni tushunmaydi. Lekin u ovozlarini eshitmasa, u ovozlarinini eshitmagan, deylik masalan, Abdulbosit degan qorining qiroatini tushunmaydi, chunki o'zi uchun o'zi asli ovozlar yo'q.
O'sha uchun uning imkoniyatlari, uning dunyoga bo'lgan qarashi, uning imkoniyatlari bilan chegaralangan bo'ladi. Shuning uchun nima deydi, arablarning mashhur gapi bor. Al hukm al shay'in farrun min tasavvurixi deydi. Bir narsaga bo'lgan hukm uni tasavvur qila olishning ustiga quriladi. Tasavvur qilolishning samarasi bo'ladi. Tasavvurni chegaralangan nuqtada hukm chegaralanadi. O'sha uchun tasavvuri bilan hukmni chegaralagan odam, albatta va albatta chala hukmga ega bo'ladi. Chunki u faqat shuni tasavvur qila oladi. U shu bilan faqat hukm qilmoqchi. Lekin kimda kim o'zi tasavvur qiloladigan hududlar, chegaralarning ortida bor narsalarni g'aybga qaytarsa, ana u odam salomat qoladi. Va mana bu nuqtada bir muhim narsani bilish kerak bo'ladi, azizlar. Bu narsa nima? U shunday narsaki, kishi empirik yo'l bilan bila oladigan chegaradan ortidagi har bir narsani g'ayb deb ko'radi. Va g'aybning kishi uchun yagona, to'g'ri, ishonchli, mastari bu vahiy bo'ladi.
Vahiy bilangina g'aybni bila olasiz. Qur'on bilan, sunnat bilan. Vahiy bilan. Oqibatda, agar unga nisbatan birorta da'vo keladigan bo'lsa, shu da'voni yo empirik yo'l bilan ko'rib chiqadi. Yoki Qur'onni va sunnatda ko'radi. Unda ham, bunda ham bo'lmasa da'voni qabul qilmaydi. Jumladan haligi misolga qaytamiz. Bir odam aytsaki, og'zingizni ochib turing, men tuflayman, tuzalib qolasiz rakkasaldan desa masalan. U birinchi so'raydi, empirik yo'l bilan bunda bitta isbotlab bera olasanmi deydi. Yo'q, men buni empirik yo'l bilan isbotlab bera olmayman. Laboratoriyaga qo'yib, tuflab, keyin tupurgan tuprukni akrom akmulla ta'sirini tanada o'rganib chiqib, uni tanadagi masalan kasallik muayyan viruslar yoki bakteriyalarga ta'sirini laboratoriyada ko'rib, apparatlarda isbotlab bera olsa, mana bu empirik yo'l bo'yicha isbotlab bera oldi, ilmiy yo'l bilan ya'ni. Isbotlab bera olmasa, bo'ldi, bu eshik yopildi. Demak, yagona eshik qoldi, g'ayb eshigi. G'ayb nima bilan biladi? Qur'oni va sunnat bilan.
Qur'onda birorta oyat bormi deydi bu tuflab tuzatishing bo'yicha? Yo'q. Birorta hadis kichigi bormi deydi, falonchi odam qachondir ummatinda keladi, kimga tuplasa o'sha tuzaladi deganga o'xshagan hadis bormi deydi. Yo'q, unaqa hadis yo'q desa, aytadiki, demak siz yolg'onchisiz deydi. Demak bu yolg'on deydi. Yo bu yo'l bilan, yo bu yo'lni bilan isbotlab olish kerak bo'ladi. U aytishi mumkin, yo'q, u ham emas, bu ham emas, lekin Qur'onda sunnatda valiylarning karomat degan narsa bor. Men valiyman va bu mening karomatim deyishi mumkin tabiiyki. Ahli sunna, ya'ni sunnat ahli bo'lgan bu ulamolarning barchasi valiylarning karamatlarini isbot qiladi. Lekin barchalari valiylarning sifatlarini va karomatlarning ya'ni sifatlarini aytib beradi.
Valiylar ko'rinishi o'zi bir dindorligida shubha bo'lgan va karomat deb pul topadigan odamlar bo'lmaydi. Hech qachon islom tarixida karomatiga pul topib, pul ishlab yuradigan valiy bo'lmagan. O'shaning uchun aytiladiki, kechirib qo'yasiz, valiylarning karomatlariga biz iymon keltiramiz. Biroq siz ko'rinishingizdan valiyga o'xshamayapsiz va karomatlar odatda pullanmaydi deydi. Bunaqa insonlar pul topib yurmaydi deydi. O'sha ma'noda bu eshikni ochib, bu eshikdan foydalanishiga ruxsat bermaydi.
Shu bilan birgalikda e'tiqod qiladiki, Allohning valiylari bo'ladi va ularning karomatlari bo'lardi va ular u karomatlarni yashiradi. Ba'zida u yoqda bu yoqda zohir bo'lib qoladi. Va u juda nodir bo'ladi. Va u zotlar o'zini yuzlaridagi nur bilan, ilmi bilan, taqvosi bilan, parhezkorligi bilan, Allohda qo'rqishi bilan va o'zlaridagi barcha yaxshilikni Allohga qaytarishi bilan va boshqa ko'p sifatlar bilan ajrab turadi. Tabiiyki Allohga qaytarish degan narsadan ham foydalansa bo'ladi. Aytishi mumkin, masalan, ha men o'sha tuflaganimda Alloh tuzatadi, men tuzatmayman deyishi mumkin, masala. Lekin bu narsa bilan ham musulmon odam aldanmaydi. Musulmon odam yana aytadi, Qur'onda bormi? Yo'q. Sunnatda bormi? Yo'q. Valiy degan gap bizga biz ishonmaymiz deydi. Siz valiy bunaqa pullanmaydi ishini deydi, o'zini bunaqa reklama qilib yurmaydi va valiy bunaqa bo'lmaydi deydi. Valiy deganingizda ilmi bo'ladi, taqvosi bo'ladi, odamlar uni dinini biladi deydi. Imperiyaga bilan islohotlanmaysizmi? Demak, siz firibgarsiz deya oladi. Bu menimcha tushunarli. Yoki masalan bir odam aytishi mumkin, men sizni geningizni tozalab beraman deydi. Aytadiki, sizni geningizda qanaqadir kirlik bor, chunki sizni nechanchi yildir boboyingiz qanaqadir yomon ish qilgan, shu geningizni men sizga tozalab berama deydi. Dnkingizni tozalaba beraman deydi. Keyin o'sha savol, aytasiz, Qur'onda dnkni tozalash bo'yicha birorta oyat bormi? Yo'q. Hadislar bormi shu bo'yicha? Yo'q. Tabiiyki u aytishi mumkin. Qur'ondagi masalan Alif La Mimmni ma'nosi shu deyishi mumkin.
Ha, ya'ni aytaveradi. Lekin siz aytasizki, Qur'onda birorta shunga dalolat qiladigan oyat bormiki, mo'tabar mufassirlar siz tushungandek tushungan. Hadisda shunga birorta dalil bormiki, mo''tabar muhadis olimlar siz tushungandey tushungan. Yo'q desa bo'ldi, bu mavzu yopildi. Endi MPDK yo'liga o'tadi. Xo'p, laboratoriyada isbotlab bera olasizmi? Mana bu DNK, mana bu qarang, bu joyda ozgina dog' bo'lib qolibdi. Hozir mana bu yo'l bilan men uni tozalayman. Yo'q, isbotlab bera olmaysizmi? Bo'ldi. Demak, nega kechirasiz, siz firibgarsiz deydi. Ishonadigan. Mana shu bilan bilingki, ya'ni islomiy psixologiya va har qanaqa ilmlar mana shu bilan tartibga tushadi, intizomga tushadi. Yo vahiy, yo g'ayb va vahiy bilan quvvatlangan bo'ladi. Yo voqelik, ya'ni g'aybdan ko'rinadigan olam, voqelik demaylik, ko'rinadigan olm va bu narsa empirik yo'l bilan, ya'ni laboratoriya yo'li bilan yoki ko'rish yo'li bilan, mantiqiy yo'llar bilan isbotlangan bo'lardi. Yo u, yo bu. Vallohu a'lam. Va musulmon odamning e'tiqodi mana shuning ustiga quriladi. Musulmon odam aytadi, yaratish va hukmronlik Allohniki deb biladi. Birinchi darsimiz psixologiyaga kirish va bu darsda biz psixologiyaning umumiy ta'rifini o'rganamiz, psixologiya va Alloh Taoloning birligiga, borligiga bo'lgan ishonch o'rtasidagi munosabatni o'rganamiz. Va sekulyar psixologiya, ya'ni hozirgi paytda mashhur bo'lgan mana bu sekulyar psixiologiya bilan islomiy psixologiyaning muqoyasasi, bir biriga bo'lgan bir biridan bo'lgan farqlari va o'xshash jihatlari hamda esa kundalik psixologiyaning zaif tomonlarini gaplashgan bo'lamiz.
Islomiy nuqtai nazardan psixologiya nima ekanligini, bilimning mandalarini sikulyar psixologiya tan oladigan bilim manbalari, ya'ni ilm fan va ilmiy metod, o'sha empiric metod va hamda islomiy nuqtai nazardan ilm va bilim manbalarining demak, qanday bo'lishini o'rganamiz. Mana bu birinchi darsimiz bo'ladi. Ikkinchi darsimizda biz sizlar bilan insonning haqiqiy tabiati, ya'ni fitrat nima ekanligi, fitratning qanday bo'lishingiga dalillar, ularning sharhi, ular bo'yicha ulamolarning gaplari, hayotdan maqsad nima ekanligiga, nimaga inson dunyoga kelganligiga haqida va iymon bilan psixologiya o'rtasidagi munosabatlar, Allohga bo'lgan iymon va Allohga bo'lgan muhabbat, bu muhabbatning psixologiya, inson psixologiyasida ahamiyati, oxiratga bo'lgan iymon va bu iymonning inson psixologiyasini shakllantirishdagi o'rni, Iymonning demak kuchli va kuchsiz holatlari, ya'ni inson iymonidagi nurning kuchayishi va zaiflashishi nuqtalari, ruhning tabiati, ruh nima ekanligi, nafs nima ekanligiga, ruhning sirlari, yaxshilik va yomonlik mezonlari ruhdagi va nafsdagi va qalb nima ekanligigi va qalbning yaxshi va yomon ekanligiga dalolat qiluvchi belgilar nima ekan haligi qalb kasalliklari, iroda, irodaning erkinligi va nafsni poklash va qalbni isloh qilish bilan
Bog'liq masalalarni ko'rib chiqamiz. Uchinchi darsda shaxsiyat, xarakter nima ekanligi, mo'minning shaxsiyati qanday bo'lishi kerakligi, ijobiy shaxsiyat va ijobiy shaxsiiyatning sifatlari bo'lgan mehribonlik, rostgo'ylik, kamtarlik, sabr, adolatparvarlik kabi holatlar va pozitiv psixologiya deb hozirda ataladigan narsa nima ekanligiga va pozitiv psihologiyaning hozirgi payti tarqalgan o'sha Freudning, ya'ni Zigmund Freyd deydi o'zbeklar ruslardan olib, o'sha Freudining psixologiyasi u tomondan mashhur qilingan psixologiya bilan farqli nuqtalari Va islomiy psixologiyaning pozitiv psixologiyaga yaqinlik nuqtalari hamda salbiy xarakterning belgilari bo'lgan kibr, riyo, ko'z ko'z, o'zini ko'z ko'zi qilish, munofiqlik va shu bilan bog'liq sifatlarni ko'rib chiqamiz. Keyingi darsimizda qalb ruhga ta'sir qiluvchi kuchlarni, ilhomni, motivatsiyalarni va ijobiy va salbiy demak odamga ta'sir qiluvchi kuchlarni ko'rib chiqamiz. Beshinchi darsda to'liq motivatsiyalar haqida bo'ladi. Ma'naviy motivatsiyalar, fiziologik motivatsiyalar, psixologik motivlar va o'sha raqobatlar, mukofot va jazo va moddiy mayllar va tajovuzkorlik bilan bog'liq mayllar va boshqa shu kabi insonda paydo bo'ladigan mayllar va o'sha mayllarni qanday qilib nazorat qilish va yaxshilikka yo'naltirish bilan bog'liqi nuqtalarni o'rgangan bo'lamiz. Oltinchi, keyingi darsimizda his tuyg'ularni ko'rib chiqqamiz.
Muhabbat, qo'rquv, umid, nafrat, g'azab va boshqa his tuyg'ular, bu his tuyg'ularning qayerdan kelib chiqishi, uni ijobiy yoki salbiy bo'lishi, uni ijobiylikka yo'naltirishi va ularni boshqarish bilan bog'liq nutqlarni ko'rib chiqamiz. Keyingi darsimizda intellekt, aql va hikmat bilan bog'liqi narsalarni ko'ribchiqamiz. Aql nima ekanligi, intellekt nima ekanligiga, hikmat nima ekanligigi, ilm nima ekanligigiga va aqlni va o'zidagi ma'lumotlarni va ilmni hikmatga yo'naltirish qanday bo'lish masalalarni ko'rib chiqamiz. Undan keyingi dars bizda o'rganish, ilm olish va namuna olish bilan bog'liq, ya'ni bolaning, umuman shaxsning o'zi shaxsiyat shakllanishidagi namuna olishning o'rni bilan bog'liq nusxalarni o'rgangan bo'lamiz. Keyin hayotning sinovlari va musibatlar va musibatlarning odamga ta'siri va musibatlarga odamning munosabati qanday bo'lishi kerakligini o'rganib chiqamiz. Undan keyingisida ong, uyqu, tush bilan bog'liq masalalarni yengil o'rgangan o'rganamiz. Undan keyingisi insonning umr bo'yi rivojlanish holatlari, chaqaloqligi, katta bo'lishi bilan bog'liq holat. Lar, yoshning o'tishi, ya'ni va qarishi bilan bog'liq holatlardagi psixologik jarayonlarni va o'lim va o'lim bilan bog'liq jarayonlarni muhokama muhokama qilgan bo'lamiz. Undan keyingi darsimizda ijtimoiy psixologiya haqida gaplashamiz, er xotinlik munosabatlari, jamiyatdagi munosabatlar, ota onaning farzand bilan munosabatlarlari, umuman jamiyat psixologiyasi bilan bog'liquv ba'zi nuqtalarni ko'rib chiqqan bo'lamiz.
Keyingi darsda shaytonlar, jinlar va ularning insonlarga ta'siri va shaytonlar va jinlarning atrofingizdagi siz siz bilan birgalikda yashashining sizni hayotingizda qanday o'rni bor ekanligi va nimalarni hisobga olishingiz kerakligi bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqamiz. Undan keyingi mavzuyimizda, demak, abnormal, ya'ni normal bo'lmagan psixologiya va ruhiy kasalliklar bilan bog'liq holat, o'z joniga qasd qilish va o'sha ya'ni ruhiy stabilniki va xotirjamlikka erishish bilan bog'liq ba'zi nuqtalarni ko'rib chiqqan bo'lamiz. Undan keyingi darsimizda qisqacha psixologik maslahatlar va psixoterapiya va uning o'rni haqida gaplashgan bo'lamiz va diniy psixoterapiya qanaqa va ruhiyalar nima va o'sha Qur'ondan va zikrlardan va umuman ulamolarning suhbatlari yu, mana bunday darslardan qanday foydalanish foyda olish mumkinligi bilan bog'liq ko'proq narsalarni gaplashgan bo'lamiz. Va undan keyingi darsimizda xotirjamlik va osoyishtalikka erishishda ibodatlarning o'rnini muhokama qilamiz. Namozning, duoning, Qur'on o'qishning, ro'za tutishning, zakotning, hajning, tavba qilishning, Allohga tavakkul qilishning, tafakkur va mulohaza qilishning insonning qalbida xotirjamlik paydo bo'lishidagi o'rni va ahamiyatni gaplashgan bo'lamiz. Va oxirgi mavzuyimizni Allohning bandiga beradigan yordami, Allohning bandiga ko'rsatadigan madadi va o'sha ma'naviy ruhning, barakotning bo'lishi va uning go'zal hayot yaratishdagi ahamiyati haqida gaplashamiz va mana shu bilan islomiy psixologiya bilan bog'liq darslarimizga yakun bergan bo'lamiz.
Mana shu mavzularni inshaalloh sizlardan keyingi bir necha darslar davomida, bir necha oylar davomida balki suhbatlashib o'rgangan bo'lamiz. Alloh Taolo ushbu darslarimizni biz uchun foydali qilsin, manfaatli qilsin, qalbimizga, yuzimizga nur bersin, bizga qalb xotirjamligiga bersin, bizga kuchli shaxsiyat bo'lishimiz, eng yaxshi xulq atvorlariga erisha olishimiz va eng xotirjam va sakinatga erishgan qalbni egasi bo'la olishimizni Alloh Taolo bizga nasib qilsin va bu narsada ushbu darslarimizni sababchi qilsin. To'yib, birinchi darsimiz. Birinchi darsimiz demak psixologiyaga kirish. Psixologiya islomiy nuqtai nazardan nima degan masalani ko'rib chiqamiz. Ushbu darsda boshida aytganimizdek, psixologiyaning umumiy ta'rifini o'rganamiz. Psixologiya va Allohning yagonaligi bo'lgan ishonch o'rtasidagi bog'liqlikni o'rgangan bo'lamiz. Demak, dunyoviy psixologiya yoki sekulyar deb ataymiz biz. Sekulyar psixologiyaning zaif nuqtalarini o'rgangan bo'lamiz, ya'ni siz odatda ko'rgan, bilganingiz psixologiyaning. Islomiy nuqtayi nazardan psixologiya nima ekanligini ta'rifini va o'sha dunyoviy psixologiya bilan farqli nuqtalarni ko'rib chiqamiz. Keyin bilim manbalari, bilimning asosi nimadan kelib chiqish. O'sha zamonaviy psixologiya nuqtai nazaridan, ya'ni sekulyar psixologiya nuquli nazaridan qanday, hamda islomiy psixologiya nutq nazaridan qandaydiganligini ko'ramiz va islomiy nuqtai nazardan ilm va bilish nima ekanligini muhokama qilgan bo'lamiz.
Avvalo bilish kerakki, azizlar, islom insonni to'liq ihota qiluvchi, uni to'liq qamrab oluvchi tizim. Ya'ni islom qandaydir masjidga borib ibodat qiladigan yoki ba'zida zikr qilib yoki dasturxonning oxirida duo qilib qo'yadigan bir qanaqadir ba'zi odatlardan iborat hayot tarzi emas. Balki islom shunday hayot tarziki, u insonning ma'naviy, ruhiy, hissiy, moddiy, ijtimoiy, jismoniy, barcha, barcha,barcha jabhalarni qamrab oladi. Va har bir hayotining jabhasida va har bir hayotidagi nuqtada unga nima nimadan ko'ra yaxshiroq ekanligi, qaysi yo'l to'g'ri ekanligi va qaysi yo'li xato ekanligini o'rgatadi va ta'lim beradi. Biz mohiyatan yaratuvchimiz Alloh bilan bog'liq aloqani o'rnatishga va bu aloqani doimo asrab kelishga muhtojmiz. Ya'ni har qanday bandda bilingki, o'zining saodati darajasini Alloh Taolo bilan qanchalik bog'liq ekanligini ta'minlay olishi bilangina belgilaydi. Agar Alloh bilan bog'liqligingizni ta'minlasangiz, saodatga erisha olasiz. Agar Alloh Taolo bilan bog'liqlikiz, Allohga qalbingizning bog'lanishi kamaysa, mana shu narsa kamayadi. Shu ma'noda islom Alloh Taolo bilgan insonning qalbini va qalb orqali butun vujudini va hayotini bog'lab turadi.