MMaviza
Qalb va tarbiyaTekshirilgan3 daq

Tanangiz sizniki emas!

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
3:09
O'zgarishlar tarixi

Odamzod bilish kerakki, jism uniki emas. Mana hozir kimda pasporti bo'lsa qo'lida, ko'rsa mana pasport meniki deysiz. Kim pasporti bo'lsin, meniki deysiz masalan. Lekin pasportni eng oxirini ochsangiz yozib qo'ygan bo'ladi. Bu O'zbekiston Respublikasining mulki deb qo'ygan, davlat mulki deb qo'shgan pasport sizniki emas, davlatniki hisoblanadi o'zi aslida. Va siz unga faqat berib turilgan shaxsingizni aniqlashingiz uchun go'yoki. Siz uni sotib olgansiz aslida, lekin baribir sizniki hisoblanmaydi. Tana shunaqa, tanani siz sotib olmagansiz ham. Tana Allohnikisi hisoblanadi. O'shaning uchun odam uni xohlagancha o'zgartira olmaydi. Mana hozir biz asrimizda ko'paygan jaholatlardan biri tanasiga har xil tatirovkalar qo'yish, har xil narsalar yozish tanasiga. Ba'zilarini ko'rasiz, tanasini bir badbasharaq qilib yuboradi bir narsalar yozib. Yoki u yog'ini operatsiya qilib, buyog'ini operatsiya qurib, bir joyini kattaroq, bir joyini kichkinaroq qilib, hamma yog'ini o'zgartirishga harakat qilish. Mana bularning barchasi musulmon odamga joiz bo'lmagan amallar. Yoki mana bir jaholatdan biri, mana eng katta fojealardan biri, bir jigarini yoki buyragini yo bir narsasini sotish, sotib shuni pulga mashina olmoqchi bo'ladi, telefon olmoqchi bo'lladi, subhanalloh. Ya'ni bu uni mulki emas. Yoki o'zini o'ldirish, yoki mana tamaki chekish, masalan. Tamaki chekish. Tamaki chekishi, tamaki chekishni barcha tabiblar insonga zararli ekanligiga ittifoq qilganlar. Shuning uchun barcha favqulodda holatlar o'sha zararni tabiblar, doktorlar anglatgandan keyin, barcha favquliylar aytadi, sigaret harom.

E uni cheki yeyish mana u butun tanani o'ldiradi, u sizni tanangiz emas. Agar chekkayotgan odamga aytsangizki, e bunaqa qilmagin desangiz, o'zimni tanam deydi, o'zim o'zim xohlaganimni qilaman deydi. Yo'q, seni taning emas. Alloh taolo buni senga omonat qilib berdi. Va uni sen alloh taoloni yo'lida sarflashing uchun, yaxshilikka sarflashing uchung, ehtiyot qilishing uchun, uni ibodatga sarflashing uchuning uchun berdi. Shuning uchun e'tibor bering, Alloh Taolo bandani fitratni yaratadi, tug'ilgan paytda mukammal, komil bo'ladi. Keyin u bilan urishib burnini sindiradi, bu bilan urishib tishini sindiradi. Nosog'lom narsalar yeyish bilan demak, butun tishlarini masalan to'kib tashlaydi, semiradi, boshqa bo'ladi. Ya'ni butun tanasini Alloh Taolo uni chiroyli qilib yaratgan. Ya'ni aksar odamlar Alloh Taolo chiroyli yaratgan bo'ladi. Va ilo ba'zi odamlarga Alloh Taolo ba'zi nuqsonlarni sinovchi berishi mumkin. Lekin Alloh Taolo bandani mukammal tarzda yaratgan. Mukammallikni bitta oddiy ko'z bilan yoki bitta oddiy qulog'ini qanaqa ishlashini hozir o'tirib, o'zingiz odam anatomiyasi bilan bog'liq kitoblarda, ilmiy kitoblarda o'qisangiz, taajjubdan, hayratdan yoqangizni ushlab qolasiz. Mana shunaqa mukammallikda Alloh Taolo bandan yaratdi, eng chiroyli holatda yaratdi. Va keyin u uni olib borib bir joyini sotishi, yoki bir spirtli ichimliklar ichib yoki tamaki chekib yoki boshqa narsalar bilan o'zini salomatligini o'ldirishi, nosog'lom ovqatlar yeyish bilan, nosog'lomp ishlar bilan o'zining o'zi tanasiga zarar yetkazishi, bularning barchasi Alloh Taolo harom qilgan ishlar.

Shuning uchun menda u haqida so'raladi, u an jismihi fi mabla. Ba'zi rivoyatlarda keldi, u an shababihi deb keladi. U ancha bab ihi if i afnaq deb keladi. Ya'ni o'zining yigitligini nimaga sarfladi? Eng o'zining kuchli quvvatli paytini nimaga sarflaydi? Shuni Alloh Taoloning toatiga, yaxshilikka sarfladimi? Yoki isyonga va buzuqlikka va yomonliklarga sarfladimi? Bundan so'raladi deyiladi.

Bilimni sinash

1 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish