MMaviza
NamozTekshirilgan2 daq

Takbiri tahrima nima

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
1:45
O'zgarishlar tarixi

Qo'lingizni ko'tarib Allohu akbar deyishingiz go'yoki dunyoni orqasiga tashlab ketishingizdek deydi. Go'yoki siz Allohu akbar dedingiz va dunyo ortda qolib ketdi deydi. Qolaversa siz Allohu akbar dedingiz. Buni bitta go'zalliklaridan bittasi, ba'zi hadislarda keladi, sahobalar aytadiki, agar deydi biz yo'lda safar qilib ketayotgan bo'lsak, chuqurroq joylar kelib qolsa, Subhanalloh Subhanalloh deb tushardik deydi. Agar ko'taradigan bo'lsak, Allohu akbar, Allohu akbars deb ko'tarilardik deydi. Ha, a siz Allohu akbar deganingizda siz eng buyuk ko'tarilish bilan ko'tarildingiz. Sizning maqomingiz shunday buyuk bir darajalarga ko'tarildiki, dunyo qolib ketdi.

Dunyo qayerdadir bir tuban joylarda, bir pastliklarda qolib ketdi, siz endi buyuk bir maqomda turibsiz. Shuning uchun bu takbir, takbir, tahrima deyiladi. Ya'ni hamma narsani odamga harom qiluvchi. Sizga odatda halol bo'lgan narsalar so'zlashish, atrofga qarash, ovqat yeyish, suv ichishga o'xshagan siz uchun halol bo'lkan narsalar mana shu Allohu akbar bilan sizga harom bo'ladi vaqtinchalik. Chunki u tahrima takbiri deyiladi. Endi harom qiluvchi takbir. Chunki o'sha halol narsalarni sizga harom qiladi va sizni bir buyuk oliy maqomga olib chiqadi.

Farishtalar ovqat yemaydi, bilasizlar a? Farishtalar suv ichmaydi. Farishtalar xohlagancha gapirmaydi. Faqat Alloh Taolo aytgan narsalarni qiladi. Shuning uchun ular ba'din mukromun. Karim pandalari Alloh Taoloni. Siz o'sha maqomda bo'lasiz. Siz endi yemaysiz, ichmaysiz. Siz odatda qiladigan ishlaringizni qilmaysiz. Siz bir buyuk maqomdasiz. Shuning uchun Allohu Akbar dedingiz u, dunyo ortizda qolib ketdi. Dunyoni tashladingiz. Dunyoni barcha barcha narsasi bilan tashladingiz, undagi bola chaqalar, undagi boyliklar, undagi siz yaxshi ko'rgan uyingiz, siz yaxshi ko'targan mashinangiz, siz yaxshiroq ishlaringiz, sizga yoqadigan barcha narsalar ortda qolib ketib va siz buyuk bir maqomga ko'tarildingiz. Allohu Akbar dedi. Tushunarli ekan a?

Bilimni sinash

1 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish