MMaviza
Qalb va tarbiyaTekshirilgan1 soat 37 daq

Yoshlik davridagi qiyinchiliklar va yechimlar

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
97:08
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohiym. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassolatu v assalomu alayhi va sayyidina va nabiyina va habibina Muhammadin va alayhi va sohibi hujayna'in. Amma ba'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Menda bu suhbatni qilishi birodarimiz so'raganlarida, meni birinchi savolim shu suhbatda ishtirok etadigan odamlarni o'rtacha yoshi bo'ldi. Ya'ni o'rtacha yosh, necha yosh shu suhbatni ishtirok etuvchi, ya'ni bizni tinglovchi odamlar.

Va ular bergan yoshni hozir aniq eslolmayman, shu o'n besh yigirma besh shuni atrofida dala, ya'ni aksar tinglovchilar yoshroq bo'ladi dala. Shunga men yoshlar bilan bog'liq muammolarni jamlab ko'rgim keldi. Ya'ni ko'proq yoshlarni nima muammolar qiziqtiradi, ya'ni nima masalalar bor yoshlarda bo'ladigan. Sababi shundaki, endi bu odatda men o'tadigan darslardan ko'ra, bilmadim, qanaqadir men uchun xosroq, bir suhbatroq shaklda bo'lgani uchun sizlarga ochiq ayta qolaman. Sababi, meni o'zimni aynan yoshligim juda og'ir kechgan. Men juda juda ko'p imtihonlardan, juda ko'p sinovlardan o'tganman. Juda, juda mas'ul, lekin har qalay ancha erta otamdan yetim qolganman. Birinchi va eng katta qiyinchiligim shuni hisobiga, masalan, ruhiy qiyinchiliklar bo'lgan o'sha paytda, bir o'zim qolishim. Undan tashqari o'sha g'arib bo'lib boshqa yurtda o'qishim, menga bir o'ziga yarasha sinov bo'lgan. Toshkentda o'qigan paytim. Keyin moddiy qiyinchiliklarlar bo'lgan. Men eslayman, o'sha paytlarda haftalab ovqat yemagan paytlarim bo'lardi. Va men Toshkent davlat yuridik institutida o'qiganman. Toshkent davat yuridik instituti o'sha paytlar ko'proq boylar o'qirdi. Va ko'proq shu boylarni bolalari bilan o'qirdim u. Men pul topganimda shu bitta buxanka sotib olib, ozgina shakar olib, shu buxankani shakarga botirib yeb, suv ichib, shunaqa qilib yurgan paytlarim ham ko'p bo'lgan. Va maktabda o'qituvchilik qilardim.

Birinchi Uchtepa tumanida yetmish beshinchi maktabda o'qituvchilik qilganman. Keyin Orombog'cha maktabida o'qituvchi qilganman. Keyingi axborot texnologiyalari kollejida o'qituvchilik qilganman. Va bir haftada o'ttiz olti soat dars berardim. O'sha paytda bir yarim stavka o'ttiz soat hisoblanardi. Men unga qo'shimcha olti soat dars berardim. O'zi o'n sakkiz yosh, o'n yetti yosh bolaman, ya'ni o'n yetti o'n sakkizinchi yoshimda o'qishga kirgan bo'lsam, o'shandan boshlab o'qituvchilik qilardim. Ba'zi o'quvchilarim o'zimdan yoshi katta bo'lardi.

Va juda ko'p qiyinchiliklardan o'tganman. Mana obidgacha har kuni tushlikkacha o'qituvchilik qilardim, tushlikdan keyin yuridicheskiyda o'zimni darsim bo'lardi, undan keyin repetitorlik qilardim va juda kam uxlardim. Xullas mana shunaqa qiyinchiliklar ko'p bo'lgan. Va shu qiyinchiliklarni hammasidan o'tganim sababli, qaysidir ma'noda menda bir, ya'ni meni sal pishiradigan, ya'ni mustahkam qiladigan ba'zi narsalar ham bo'lgan. Men uchun ko'p foydali bo'lgan. Lekin o'sha paytlarni men shu suhbat sababli eslagan bo'ldim. O'tirib, ya'ni bolaligim qanaqa kechgan, qanaqa qiyinchiliklar bo'lgan, nima sinovlardan o'tganman. Shularni eslagan bo'lardim. Va eslaganimdan keyin shu suhbatda o'sha paytda menga, demak, sinov bo'lgani, menda qiyinchilik bo'lgan nuqtalarni birma bir eslamoqchi bo'ldim. Va ba'zilarini shu joyda yozdim.

Va mavzular ko'payib ketdi. Men ba'zi muammolarni yozuvdim, masalan mana yoshlikni halol pok ishlarga sarflash degan masala. Kelajak bilan bog'liq mavhumlik, ya'ni kelajakda men kim bo'laman degan narsa, ya'ni qaysi sohada ishlayman, qaysi sohda o'qiyman degan narsa. Ayniqsa bu hali universitetga kirmagan odamlarda ko'p bo'ladi yoki hatto universitetga kirganlarda ham, nima ish qilaman, nima bilan pul topaman, nima bilon hayotimni o'tkazaman degan narsa. Kasb va hayot yo'lini tanlashdagi qiyinchiliklar mana bu bir o'sha bilan bog'liq. Xo'p, va aksar odamda bo'ladigan qiyinchilik, ayniqsa qobiliyatli bolalarda bo'ladigan narsalardan biri, sinovlardan biri, bu aynan dangasalik bilan va biz ingliz tilida prokrastination deymiz, ya'ni bir narsani kechiktirish bilan bog'liqi muammolar. Ya'ni bir narsa qilmoqchisiz, lekin iloji boricha kechiktirib, kechiktirib kechiktirib oxirgi daqiqalarga kechiktirasiz. Talabalik paytini kasalliklaridan bu va afsuski bu odamda qoladi va afsuski aksar odamlar hayotda shaqovatiga, baxtizligiga mana shu sabab bo'ladi.

Yana har xil o'yinlarga qiziqib qolish yoki teleseriallar, boshqalar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa chalg'ituvchi narsalarga qiziqib xohish. Mana bu yoshlikning bir sinovi. Va har xil mafkuralar, g'arbparastlik bo'lsin, rusparastlik bo'lasin, liberalik bo'lsin, feminizm bo'lsin, va shunga o'xshagan har xil odamzotning fitratiga, sof fitratga va qadriyatlarga va dinga va millatning qadriyatligiga xilof bo'lgan tushunchalar. Turmush qurish bilan bog'liq muammolar, turmush qurishi bilan bog'liqi va umuman odamni o'sha biz chiroyli qilib romantika deb ataydigan ko'proq o'sha sevgi, muhabbat degan narsalar bilan bog'liqu bo'lgan va ko'proq o'z birlikda odamlarning o'sha gormonlari bilan bog'lik holda odamlarni fiddalantiradigan muammolar. Va turmush qurish bilan bog'liq muammolarni taxminan ikkiga bo'lsa bo'ladi. Hissiyotlar bilan bog'liqu muammolar. Va qolaversa, oilaning bosimi ostida bo'ladigan muammolar. Masalan, qizlarni tezroq turmushga berib yuborgimiz keladi, qizlar hali unga tayyor bo'lmaydi, yoki o'zini rejalari, boshqalari bo'ladi. Yoki masalan, ba'zida siz biror narsani o'zingiz uchun to'g'ri deb o'ylaysiz, ota onangiz boshqa narsani siz uchun to'rt deb o'ylaydi. Turmush qurushda mana shu muammolar chiqadi.

Do'stlar, masalan, yaxshi yomon do'stlar va ularning sizga ta'siri. Xullas bir qancha muammolarni men sanab chiqdim, menda yigirma tadan oshib ketdi va bularni birortasini hozir agar tanlab olib yuborsak ham vaqtimiz zo'rg'a yetar ekan. Shunga menda bir fikr paydo bo'ldiki, balki shu muammolarni jamlaydiganroq bir nuqtani topishga harakat qilaman da. O'sha nuqta haqida gaplashaman va bu muammolar haqida alohida alohida balki qachondir suhbatlar, darslar qilarman deb niyat qildim. O'shalarni jamlashga harakat qilganimda menda uchta taxminan nuqta paydo bo'ldi. O'sha paytda masalan o'smirlik paytida men o'zimda bo'lgan yoki o'rtoqlarimda bo'lganki yoki odamlarda kuzatganim muammolarni jamlaganimda menda uchta nuqta paydo bo'ldi. Birinchisi, bu kelajakdan qo'rquv bilan bog'liq nuqta. Ya'ni men qachondir hech kim bo'lmasdan o'tib ketsam chi, qachondir masalan o'zimga kasb topa olmasam chi, biror sohada muvaffaqiyatli bo'la olmasam chi degan qo'rquvu bilan bog'liqi muammo. Va mana shu muammoni ichiga hammasi kirib ketadi. Universitetga kira olamanmi, xo'p ish topa olamanmi, ishda yaxshi ishlab keta olamanmi, shu sohani kuchli mutaxassis bo'la olamanmi deganga o'xshagan hamma muammolar shuni ichiga kirib ketadi va qaysidir ma'noda turmush qurish bilan bog'liqu muammolar shuni uchun kirib ketadi. Xullas kelajakdagi bo'lishi mumkin bo'lgan narsalarni masalan qo'rqish bilan bog'liq muammolar. Bu birinchi nuqta.

Ikkinchi nuqta bu boy berilgan fursatlardan va o'tmishdagi narsalardan mazmunlik bilan bog'liqi muammolar. Ya'ni, masalan birorta o'qishga topshirdingiz, kira olmadingiz. Yoki birorta harakat qildingiz, harakatingiz o'xshamadi. Yoki o'g'il bolasizni birorta qizga sovuchi bo'ldingiz, u sizga yo'q dedi masalan. Har qanaqa o'tmishda bo'lgan narsa, sizga boy berilgan fursat sifatida ko'rasiz da, o'sha narsa sizni g'amga botiradi. Mana shu bilan bog'liq muammolar. Va uchinchi nuqta, bugun bilan bog'liqi muammolar bu o'sha dangasalik va o'sha demak ishlarni kechiktirish bilan bog'liq muammolar. Mana shu uchta narsaga men jamlashga harakat qildim. Qolgan hammasini mana shuni uchchalasini orasida taxminan hal qilsa bo'ladi degan xulosaga keldim. Va shu uchchalasi haqida sizlar bilan qisqacha bir gaplashmoqchi edim. Birinchisi kelajakdan qo'rquv bilan bog'liqi muammo. Avvalo bilingki, kelajakdan qorquv, ya'ni kelajakda nima bo'laman degan qo'rquvo bu har bitta yoshlarda bo'ladigan narsa. Va bu tabiiy o'zi aslida, chunki odam kelajagini bilmaydi, bilmagandan keyin, ya'ni dunyo yoshi katta bo'lgan sari bilishni boshlaylikki, dunyo qaysidir ma'noda shafqatsiz, ya'ni dunyodagi sinovlar juda og'ir. Va Alloh Taolo buni aytadi Qur'onda. Alloh Taolo aytadi, alaqadah, alaqmal insoniy fikr ba'd deydi. Biz insonni mashaqqatda, qiyinchilikda yaratdik deydi. Va dunyoning hammasi qiyinchilik.

Men ba'zida o'zimni o'sha uch yarim yosh o'g'limga qarab o'ylayman da. Shu o'g'lim uch yarim yosh bola hozir tasavvur qila olmaydi dunyoni qanchalik katta mashaqqatlari borligini. Kulib, xursand yuradi da. Qarab o'tirib o'ylayman. Agar birgina o'lim nima ekanligini va yaqinda uni o'lim kutayotganini bilganda, shu bola hozir kula olmagan bo'lardi. Agar u qanchalik sinovlar borligini va qanchalik ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, shaxsiy, ma'naviy, ruhiy bosqichlarda qanchadan qancha sinovlar va qanchadan qan cha yo'lda to'siqlar borligini va nimalarga qarshi, qancha kuchlarga qarshi kurashish kerakligini va o'zi inson sifatida bir shakllanishi uchun qanchadan qan chaga kurashlarda g'olib bo'lishi kerakligini bilganday da, hozir shu bola bu narsani ko'tara olmagan bo'lardi. Balki yarashmasam yaxshimi deb qolgan bo'lardi. Lekin bolalik hali o'tishini tushunmaydi bu narsani. Va bu narsani meni o'ylaymanki, bolam o'n yildan o'n ikki yillar tushunadi. Va har bir biz eshitib turgan tenglovchi mana shu yoshdan o'tib bo'lgan. Shunga siz har bittasi bu narsani tushunasiz. Har bittasi bilasiz hayot qanchalik qiyinligini, sizda qanchalik qiynchiliklar, sinovlar borligini. O'z o'zidan shundan demak paydo bo'ladigan masala, xo'p men nima qilaman degan masala.

Men nima qiloman degan masala. Avvalo bunda biz aytamizki, ba'zi nuqtalarni. Birinchi nuqta, men bundan bir yigirma yillar oldin o'sha bir kitob o'qigandim. Adashib, o'zimni qaysi kitobdagini yaxshi eslolmadim. Hozir shu suhbatdan oldin shu narsa esimga tushdi va eslolmadim qaysi kitobligini, lekin taxminan o'sha three commrights degan kitob edi, o'shanda o'qidim shekilli. Shunda bir ajoyib gap aytadi da. Aytadiki, afsuski deydi, bizni bolaligimizda qiladigan xatolarimiz bizni butun hayotimizni belgilab beradi deydi. Butun hayotimiz o'sha bolaligimizdagi qarorlarimiz bizni butunhayotimizni belgilaba beradi. Bizni butun hayotingizni aksar qismi deydi, bolalik yoshlikda qilgan qarorlarimizning natijalariga ni olish va berish bilan o'tadi deydi. Va bolalikda yoshlikda biz aynan shoshqaloq va tajribasiz bo'lamiz deydi. Xo'sh, muallifning shu gapini men ko'plab yil davomida o'ylaganman. Haqiqatan odam yoshligida ko'p xatolar qiladi va ko'p xatolari uni yillar davomida ta'qib qiladi. Uni ruhiyatiga ta'sir qiladi, uni moddiy holatiga ta'sir qiladi, uni hayotiga ta'sir qildi. O'shanga odam bolalikda xato qilishdan qo'rqadi. U o'sha qo'rquv tabiiy holat. Lekin men mana shu qo'rquriga uchragan odamlarga doim qiladigan tavsiyam, sizni qo'rquvingiz birinchi o'rinda agar moddiy narsalar bilan bog'liq bo'ladigan bo'lsa, men doim tavsiya qilamanki, odam bundan qo'rqmaslik kerak.

Birinchi o'rindan bilingki, Alloh Taolo sizni rizqingizni albatta beradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar, gibril meni qalbimga vahiy qilib nozil qilib aytdiki, dedilar, innna nafsalam muta hattatan stavf yo rizqaha, dedilar. Ya'ni hech bir nafs abadann vafot topmaydi, to o'zini rizqini komilligicha olmaguncha, qo'lga kiritmaguncha deydilar hadisda. Bu soha hadis. Ya yuhannas deydilar. Shuning uchun ey odamlar deydilar, ajimaylik uf et tola. Rizqni chiroyli holda talab qilinglar deydilar. Chunki birinchi o'rinda odam, agar sizni moddiy jihatdan qiynalib qolishingiz qo'rqitayotgan bo'lsa, bilingki, bu sizdan bu noto'g'ri qo'rquv. Bundan qo'rqmang. Bilingki, agar siz sabr qilsangiz, kutsangiz va ozroq harakat qilsangiz, inshaalloh alloh taolo sizga rizqingizni beradi. Shuning uchun bu tomondan birinchi o'rinda qo'rqmaslik kerak. Ya'ni qachondir ishsiz qolib ketaman, qachondir masalan o'qishga kira olmasam, nimadir hayotimda og'irlik bo'ladi deb o'ylamaslik kerak. Lekin qadimdan agar odamlarning hayotiga, o'zingizni hayotingizga, boshqalarning hayotiga qarasangiz, aksar odamlar bolaligida, masalan qanaqa qilib pul topaman, qanaqa qlib o'qiyman degan narsa bilan siqilib, tashvishlanib o'tkazib yuboradi da umrini. Qachonki keyin o'sha narsalarni hammasiga erishgan paytda, endi o'shalarni hammasidan voz kechishga rozi bo'ladi, o'sha bolaligini qaytarib olish uchun.

O'sha yoshligini qaytarib olish uchun, o'sha besh yilini, o'n yilini qaytarib yuborish uchun, qiynalib, o'qishga kirib, bitirgan diplomidan ham voz kechishga rozib bo'ladi. Kirgan ishidan ham voz kechishga rozi bo'ladi. Topgan o'sha yuz ming yoki bir million yoki undan ko'proq dollardan ham voz kechishiga rozi bo'ladi. Hamma narsadan voz kechishga rozi bo'ladi, u o'sha bolaligini qaytarib olish uchun. Va mana shular jumlasida men o'zim ham. Men o'zim doim o'zimni talabalarimga hazillashib aytamanki, men deyman, sizlarni yoshinglarga qaytish uchun deyman. Men bo'lmasa juda qarib ketmadim, lekin sizlarni yoshlikka qaytish uchun deyman. Ya'ni o'n yil masalan olish uchun umrimda, hamma narsamdan voz kechishga roziydim deyman. Nimaga? Sababi yil va yosh va umr va vaqt sizni sizni qo'lingizdagi eng katta boyligingiz. Va o'shani eng chiroyli va eng yaxshi holda o'tkazish, mana bu siz uchun eng muhimroq, boshqa narsalardan ko'ra ancha muhimroq narsa. O'shanga birinchi nuqta aytamanki, rizq degan narsadan qo'rqmaslik kerak. Qachondir och qolib ketaman, qachondir qiynalaman degan narsadan qo'shiq qilmaslik kerak. Balki odam bu dan xotirjam bo'lishi kerak. Bir kuni bir og'ir paytingiz bo'ladi, qiyinchiligingiz bo'ladi va balki bizni tinglab turganlarni ba'zilarida aynan shu paytlar bo'layotgandir. Ya'ni, aynan men talabaligimda, O'zbekistonda talabaligim da va men hali ham talabaman. O'zbekistonga talabaligimni o'tkazgan qiyinchiliklarimni ba'zida, balki biz eshitib turganlarni bazilari o'tkazayotgandir. Agar shunaqa odamlar bo'lsa oramizda, men aytamanki, sabr qiling, bu qiyinchilik sizni o'ldirmaydi, lekin kuchli qiladi.

Bu sizni irodangizni kuchli qiladi, bu sizni kurashadigan qiladi va bu sizni matonatli qiladi va sabodli va sabrli qiladi. O'shanga bu narsadan qo'rqmaslik kerak. Men buni bu narsani bayon qilishda Vazirul muhallabiyni eslayman. Al vazirul muhalla biy o'zini paytida vazir bo'lgan. U juda boy, juda badavlat odam bo'lgan. Mana shu kishi yoshlik paytida shunchalik faqir bo'larkanki, bitta non topib yeyishga imkoniyati bo'lmaskan. Bitta non topib yeshga imkoniyati bilmaskan. Va haftalab haftalab och yurarkan da. Yurganda o'sha aytgan paytlardan birida aytadiki, ala motun yubavfa ash talihi. Vahadil ayshu ma'la xoyrofiyhi deydi. Ya'ni qaniydi bir o'lim sotilsa mana shuni sotib olsam deydi. O'zi non sotib olishga pul yo'q bechora qanaqa sotib olar ekan lekin. Aytadiki, qaniydi o'lim sotilsa men sotib olsam dedi. Vahadil ayshum ma'la xoy rofiyhi. Bu hayotda deydi, hech bir yaxshilik yo'q mana bu yashashimda deydi. Ala motunda deydi, du taombiyati yuqori, sunna minala ayshi il kalixi deydi. Qaniydi bir chiroyli shirin ta'mli bir o'lim kelib mana deydi bunaqa og'ir hayotdan xaroz qilsa edi deydi. I da abu sovur to'qob ro'min bag'iydin.

Vadit tu lau anna ni minmayalixi deydi. Agar uzoqdan bir qabr ko'rib qolsam, shuni oldiga qabrdan men bo'lsam edi deb qolaman deydi. Ala rohim al muhayminur nafs al xorin tasodda qabil vafati ala aqiih deydi. Qandaydir Alloh Taolo bir menga bir mana o'ldiradigan bir odamni jo'natib yuborsa yu, shu menga bir vafot bilan sadaqa qilib yuborsa deydi. Shu Vazirul Muallabiy, mana shu baytni yozgan kishi hayotini aksar qismida keyin vazir bo'lgan, juda badavlat bo'lgan, qo'lida vakolatlar bo'lgan, kuchi bo'lgan va uni yaxshilikka sarflagan. Eng saxovatli odamlardan bo'lgan. Va shundan o'ylaysizki, odamzod shunaqa qiyinchilikdan o'tadi va bu qiyinchiliklar ayniqsa moddiy qiyinchiliklar odamni qo'rqitmaslik kerak. Bu o'sha birinchi nuqta. Kasb tanlash bilan bog'liq narsa shuni ichiga kiradi. Kasb tanlashi bilan bog'liqi narsada, men tavsiya qilgan bo'lardimki va boshqa ishlarda ham, iloji boricha yoshlikda odam ko'p maslahatlashishni o'rganish kerak. Ayniqsa yoshi katta odamlar bilan, har bitta ishingizda, eng kichkina ishlarda ham, qalbingiz bir narsani xohladimi, shoshmang. Siz biling, o'sha qalbingiz xohlayotgan narsa, nafsning sizga buyrug'imi? Yoki Alloh Taoloning sizni bir narsaga hidoyat qilayotganimi? Buni qanaqa qilib aniqlaysiz buni? Istixora bilanmi va istishora bilan aniqlaysiz? Musulmon odamni ayniqsa yoshlikda ikkita qanoti bo'ladi. Shu ikkita qanotini mustahkam qilsa, u uchadi. U osmonlarga uchadi. Qanotini birinchisi, ikkita qanota shunaqaki, bittasi bo'lib ikkinchisi bo'lmasa, kifoya qilmaydi. Chunki qush bitta qanot bilan ucha olmaydi.

Shu ikkta qanotni birinchisi istishora, ikkinchisi istixora. Istishar ya'ni odamlar bilan maslahatlashadi. Alloh Taolo aytadi amruhim sho'ro baynahum deydi. Musulmon odamlar hamma ishni maslahat bilan qiladi. Oddiy ishlarda ham. Va turli odamlar bilan ma'sulotlashadi. Siz nima deb o'ylaysiz, shunaqa vaziyat bo'ladi, nima qilsam ekan? Siz nima deb o'sha o'nta, o'nta, ikkinchisi istixora. Ikraka namoz o'qiydi, namozdan keyin Allohimni inni astaqi rukabey, ilmika astaqi rukaba qudrat ekan deb o'sha duoni qilib, Alloh Taologa istixora qilib, Alloh tasaloni mana shu narsada uni yaxshilikka hidoyat qilishini so'raydi. Va bundan tashqari, stijorat, istiqholatdan tashqari qilishing mumkin bo'lgan bitta muhim ish, yoshlikda iloji boricha ko'proq ishlashga harakat qilish kerak. Turli tashkilotlarga borib, yordamchi bo'lib, sekretar bo'lib, boshqa bo'lib, har xil ishlar qilib ko'rib, har xil sohalarni o'rganib, toki o'n yetti o'n sakkiz yoshga kirib, bitta universitetga topshiradigan bo'lmaguncha, o'ziga kasb tanlab olish kerak kishi. Toki o'shanda taxminan bilib oladi, o'n sakkiz o'n yetti yoshga ketsam, nima ish bilan shug'ullanmoqchiman degan narsani. Agar maktabdagi paytingizni yoki hali universitetga kirmagan paytingizni kasb tanlashga sarflamasangiz, unda keyin universitetga kirgan paytingiz, universitetga topshirish kerak bo'lgan paytda shoshib qolasiz, qaysi sohani tanlashni bilmay qolasiz. Chunki siz sohalardan bexabarsiz. Lekin ko'pchilik shu ota onasi qilgan ishni yoki aka ukasi yonidagi bitta unga odatda ta'sir ko'rsatadigan odam yo'lidan boradi. Nimaga?

Chunki kimgadir qaraydi da, mana shunga o'xsharman deydi. Bu ham yomon emas, lekin nima bo'lganda ham shu sohani o'rganishga harakat qilish kerak. Toki bu ham bir shoshilinch, shoshish bo'lib qolmaydi odamga. Yana bir muhim narsa, universitetdalik paytida ham shuni harakatini qilish kerak, toki odam kelajakda tasavvur bo'ladi, o'sha mavhumlikni ko'taradi, agar universitet paytida ham turli ishlarni ishlab ko'rsa, turli tashkilotlar larga borib, har xil masalan amaliyotlar o'tab ko'rsa, u universitet uni yuborish shart emas amaliyotga. Universitetlar amaliyotga nimaga talabalarni yuboradi? Toki talabada o'zini o'rganayotgan nazariy bilimini amaliy bilimlar bilan bog'lash va o'sha kelajakka tayyor bo'lish uchun va bu juda yaxshi narsa. Lekin talaba shuni o'zi qilsa bo'ladi. O'zi harakat qilib, turli universitetlarga borib, turli ishxonalarga borib, ishlab ko'rib, o'zi uchun kelajakda nima qilmoqchiligini aniqlasa bo'ladi. Va kelajakda qo'rquv va nomavhumlikdan o'sha bezillash bilan bog'liq bolalarda bo'ladigan muammoni yana bitta ko'rinishi, bu aynan turmush qurish bilan bog'li. Aynan nikoh masalasi bilan bog'li . Bu masalada ham men aytamanki, iloji boricha ko'p ko'p duo qilish kerak. Iloji boricha, ko'p duo qilib, birinchi o'rinda. Ikkinchi o'rinda, endi bunga alohida dars qilish kerak o'zi aslida, chunki bu katta mavzu. Lekin hozir ba'zi xulosalarni ayta oladigan bo'lsam, eee juft tanlashda o'ziga, masalan ayollar o'ziga bir masalan turmush o'rtoq tanlashda, ayollarda ham, erkaklarda ham juft tanlashda.

Bilinglarki, birinchi o'rinda o'sha odamning diyonatiga va qadriyatlariga qarash kerak. Chunki diyonat va qadriyati bor odam bo'lsa, baribir u odam bilan ertaga o'rtangizda qanaqadir ijtimoiy shartnoma bo'ladi. Va iloji boricha yoshlikda o'ziga juft tanlaganda, juft qidirayotganda, o'ylamasinki hamma narsa haligi silliq bo'ladi deb, unaqa bo'lmaydi. Hayotda har doim qiyinchiliklar, o'ydim chuqurlar, sinovlar bo'ladi. Oilada ham shunaqa bo'ladi. Va mana shu sinovlar oson bo'lishini xohlasa, u bilan bir qayta oladigan, hujjati o'rtasida bo'ladigan kishini tanlash kerak. Va mana shu kishi diyonatli kishi. Agar diyonatli qizga, diyonatli yigitga, demak, yigit bilan qiz bilan turmush quradigan bo'lsa, unda u odamga ancha osonroq bo'ladi hayoti. Sababi aytganimizdek, o'sha diyonat asosida o'rtada qanaqadir har safar nizo ko'tarib, nizo bo'lib qolgan paytda, kelishmovchilik bo'lib qolib qolgan paytida bir umumiylikni topsa bo'ladi. Bu yana bitta muhim nuqta. Yana bir muhim nuqta, diyonatni qidirish bilan cheklanib qolmaslik kerak. Ya'ni o'ylamangki, bir odam diyonatli bo'lishi sizga kifoya qiladi. Ya'ni qanchadan qancha diyonatli odam bor, lekin xulqi sizga to'g'ri kelmaydi. O'zi dindor, o'zi dindor. Dindorlikka dindor. Lekin masalan unda ba'zi shijoat yetishmasligi mumkin. Unda ba'zi tabiatida mardlik yetishmasligi ham mumkin. Unda masalan sabr yetishmasligi umuman, g'azab, g'azab qiladigan bo'lishi mumkin.

Masalan, sabr qilmaydigan bo'lishi, injiq bo'lishi mumkun. Ya'ni gap qaytaradigan bo'lishim mumkin, lekin dindor. Dinda emas emas. Ya'ni o'shanga bilinglarki, dindorlikning o'zi kifoya qilmaydi. Odamning tabiati, boshqasiga qarash kerak turmush qurishda yoki o'sha turmushga chiqishda, mana bu muhim nuqta. Va yana bir muhim nuqta. Men bu nuqtani eng katta ta'kidlab aytadigan nuqtam mana shu, qaniydi men xohlardim, mana shu bugungi suhbatimizdagi eng katta olib ketadiganingiz shu bo'lsa ham men rozi edim. Ayniqsa, bu narsani men qattiq ta'kidlayman, turmushga hali turmush qurmagan, bizni tinglayotgan eee aka uka, opa singillarimizga, hech qachon turmush qurashingizda, o'zingiz borib ko'chaga chiqib kimnidir topishga harakat qilmang. Ijtimoiy tarmoqdan, boshqadan, hayotingizdan, bu yo'q to'g'ri yo'l emas. Va biror narsa yaxshilik bilan boshlanmasa, u boshlanmasa u hech qachon yaxshilik bilani tugamaydi. Bir ish yaxshilik biloni boshlanmadimi, u yaxshilik bilon tugamaydi. Borib u qoidani tushunib oling. O'shanga turmush qurmoqchimisiz? Odamlarni ishlating. Odamlarni ishlating. Mana ota onangizga ayting, o'zingiz tanishlaringizga ayting, birorta odamni masalan farzandi sizga yoqdimi, o'sha odamni o'ziga murojaat qiling. Birorta odamni o'sha odamga yuboring. Lekin o'zingiz kim bilandir tanishib, kim bilandir qanaqadir noshariy bo'lganda, romantika, boshqa bilan bir narsa boshlayman deb ko'rmang. U yaxshilikka olib bormaydi. U saodatga olib bormaydi. U siz o'ylagan natijaga abadiy olib bormaydi. Hozirdan shuni tushunib oling. Yo u nima bilan tugaydi?

Mana hozir birov bilan yaxshi ko'rishib, boshqa qilib gaplashib yuradigan odamlar, agar oramizda shunaqalar bo'lsa, Alloh saqlasin, eshiting men. U nima bilan turaydi? Yo siz u odam bilan Alloh saqlasa bir gunoh ish qilasiz, oxirida borib bir zino bo'lib narsa bo'ladi va u sizni oxiratingizni ham, dunyoyingizni ham faqat yomonlikka olib boradi xolos. Yo siz u odambilan qayrilib chiqib ketasiz. Endi gunoh ish qilib turib oila qursangiz, u baribir sizga saodat keltirmaydi. Ayrilib ketadigan bo'lsangiz, o'zi aslida boshlab nima qilasiz? Shuning uchun bilingki, siz boshlamoqchi bo'lgan narsa nikoh bilan tugasagina u yaxshilikka olib boradi. Va nikohga olib boradigan yo'l, bu o'sha kattalarni ishga solish bilan, boshqa bilan bo'ladi. O'shanga internetda kimlardadir bilan tanishib, yoki masalan ko'cha ko'yda birov bilan tanishib shu orqali munosabat qilishga va nikoh masalasini shu orqali xarid qilishga harakat qilmang. Bu to'g'ri yo'li emas. Bu bitta muhim nuqta. Yana bir muhim nuqta men takrorlamoq aytmoqchi edimki, turmush qurishda odam doim ifrot bilan taflitni bilish kerak. Bizning dinimiz doim o'sha muvozanat dini. Duch kelgan odamga sal yoqib qolishi bilan harakat qilib, masalan, birinchi qadamdagilar turmush qurib ham keta olmaysiz, toki o'ninchi sinov imtihoni sizga og'ir bo'lishi mumkin kelajakda. Shu bilan birgalikda injiqlik qilib, qaysarlik qilib, har bitta kelgan sizga bir nomzodni yo'q qilib, yo'q qilib oxiri keyin, masalan, yoshingiz bir yoshga yetganida, keyin turmush qurishga harakat ham qilmaysiz, chunki u ham saodatga olib bormaydi.

Birinchidan, bu narsa ayniqsa qizlarda ko'p bo'ladi, lekin bolalarda ham bo'ladi. Masalan, paytda turmush qurmaydi, yaxshi yaxshi nomzodlar bo'ladi, degan turmush qurmaydi. Chunki men o'qib olay, ishlab olay, falon qo'lni bu qilib olay, Qur'onni yodlab olay deydi. Vaholanki shu narsalarni birgalikda qiladigan odamni Allohda so'rab, qidirib topib harakat qilsa, balki shu narsaga erishsa bo'lardi. Lekin yoshi bir joyga yetgandan keyin, endi kim bilandir turmush qurish, kimgadir masalan, yaxshi juft bo'lish, ayniqsa qizlarda masalan itoat qilib ketish, ular qiyin bo'lib qoladi. Va nomzodlarning sifati tushishni boshlaydi yoshi katta bo'lgan sari. Natijada turmush ishi qiyinlashib ketadi. O'shanga erta turmushga chiqib olish ba'zida zararli bo'lishi mumkin. Illo agar ota ona tekshirsa, boshqa qilsa bir o'rganilsa. Lekin shu bilan birgalikda bu ishni kechiktirish ham odatda foydali bo'lmaydi. O'shanga ikkalasi o'rtasida bir balansni, vallohu a'lam, ya'ni me'yorni ko'rish kerak odam. Va boshqa kelajak bilan bog'liq qo'rquvlar odamda ko'p bo'lishi mumkin. Men aytamanki, kelajak bilan bo'g'liq yagona qo'rquvingiz, agar shunaqa qo'rquvo bo'lishi kerak bo'ladigan bo'lsa, bu oxirat bilan bog'liqi qo'rquvu bo'lsa. Iloji boricha Allohga yaqin bo'ling, Alloh Taolo butun dunyodagi hamma ishlaringizga o'zi yordam beradi va bu bilan bog'liqing ba'zi maslahatlarni suhbatni oxirida berarmiz. Eee ikkinchi narsa boy berilgan narsalardan mahzun bo'lish bilan bog'liq qiyinchiliklar.

Va bu ham bolalikda ko'p bo'ladi. O'qishga topshirasiz, kira olmaysiz, xafa bo'lib yurasiz. Biror narsani xohlaysiz, bo'lmay qoladi, xafa bo'lib yurasiz. Va bu narsani iloji boricha odam mana shu mahzunlikdan o'zini qalbini bir narsa bilan tozalashga harakat qilish kerakki, bilingki, nimaki hayotingizda bo'lgan bo'lsa, o'sha eng yaxshisi bo'lgan. Iloh xatolar. Ya'ni birorta hayotingizda yomonlik bo'lgan bo'lsa, yo u sizni birorta gunoh ish qilishingiz bilan, xato ish qilishings bilan bo'lgan, yoki sizga bog'liq bo'lmagan holda bo'lgan. Sizga bog'li bo'lmagan holatda bo'ladigan bo'lsa, nima bo'lsa va u sizga yomonlik ko'rinsa ham, u kasallik shaklida bo'lsin, kasallikni hamma yomon ko'radi. U kasallik shaklida bo'lsin. U mana o'qishga kira olmaslik, ishga kira olmaslik. Birovga so'vuch qo'ysa, o'shani rozi bo'lmasligi, birov bilan turmushga o'xshamay qolishi, farzand bo'lmay qolishi, nima qiyinchilik bo'lishidan qat'iy nazar, bilingki, o'sha siz uchun yaxshiroq. Siz uni faqat hozir bilmaysiz, xolos. O'shanga ulug'lardan biri shoir aytadiki, ya'ni Kitobullohu hayronan anta tajjahluhu va vohirul amri hirmanil minan ni'amin. Va'lav alimta muroda allohi min a'ya vodiyn la qulti hamdan ilahi vasiyal karimiy. Ya'ni Alloh Taolo sizga bir yaxshilikni yozib qo'yadi, lekin zohirida o'sha yaxshilik yomonlikka o'xshab ko'rinadi, mahrumlikka o'xsha ko'rinadi. Vala alimta murod allohi min al ayyobi deydi. Agar shuning evaziga Alloh Taolo siz uchun xohlayotgan yaxshiliklarni bilganingizda edi, la qulti hamdan ila hivasi al karom.

Aytgan bo'lardingiz, Alhamdulillah, qanday ham karoming keng seni, ey ilohim deb aytgan bo'lar edingiz. Va aytadiki, xulosaviylaroq, fasallimil amroh lir rohman i vardobihi huvalu basiru bi halil abdumin alamin. O'shanga hamma ishlaringizni Rahman zotga tashlang. Rahman zotga tanlang. Va rodobixi va uning taqdiridan rozi bo'ling. U sizga bergan narsani rozi bo'ling, qobil basiru bi halil abdumin alamin. U Alloh Taolo rahmat bo'lgan zot, bandasining holatlarini, barchasini, alamlarini, og'riqlarini, barchashini ko'rib turuvchi zot. O'shanga nimadir hayotingizda qiyinchilik bo'lgan bo'lsa, agar u siz bilan bog'liq holda bo'lmasdan, sizning aralashuvingiz bo'lgan bo'sa, unda aslo bundan qayg'uga tushmang. Alhamdulillah deydi. Bilingki, o'sha siz uchun yaxshiroq. Va bilingki, sizga Alloh Taolo uni o'rniga yaxshirog'ini beradi. Agar nimadir sizning xatoyingiz bilan bo'lgan bo'lsa, bundan ham nadomat qiling. Xatodan nadomat qiling, natijadan nadomat qiling. Khatodan nadomatqilingki, tavba qiling. Tavba qiling, toki Alloh Taolo sizga yaxshirog', uni bersin. Lekin xato qildim, bo'ldi endi hayotim, nimadir yomon bo'ldi deb odam o'ylamaslik kerak. Nimaga? Chunki doim unutmaslik kerakki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, kullukum xattoun. Har bittalaringlar ko'p ko'p xato qilasizlar. Va xoyruruhobto inna tavba bu dedilar va eng yaxshi xato qiluvchilar bu tavba qiluvchilardilar.

Hamma xato qiladi, faqat tavba qilish kerak xolos. Tavba nima bilan bo'ladi? O'sha gunohdan to'xtash bilan bir. Gunohdan to'rtash bilan bir. Qaytib unga qaytmayman deb qattiq azm qilish bilan ikki va uni eslagan paytda boshqa qilganda nadomat qilish bilan uch. Mana shu uchta narsa bilan bo'lardi. Illo agar unda boshqalarni ham haqqi bo'ladigan bo'lsa, to'rtinchisi o'sha haqni egasiga qaytarish bilan bo'lard. O'shanga tavba qilish kerak, shu to'rttalasini qilish kerak va yoki uchalasini va qalbni xotirjam qilish kerak.

Va mana shu narsani tushunib yetsa odam, hayotda ko'p qayg'ulardan qutiladi. Va mana shu narsni Qur'onda juda ko'p joyda aytadi. La xofun alayhim, va la hum yaxzanun. La xofunalayhim, va lahum yaxzanun.la xofun alayhib, va lahum yaxi. Bir nechta, bir nechta oyatlarda, surlarda Qur'onda keladi bu narsa. La xofun aleyhim, va lahum yahzanun. Ya'ni ularga xavf yo'q, ya'ni kelajakda bo'ladigan narsalardan. Va lahum yahzanuni, ularga o'tmishda bo'lgan narsalardan maqsadunlik yo'q deydi. Va bu musulmon odamlar uchun mana shu narsa. Demak, xushxabar o'laroq, demak, o'laroq aytilgan narsa. Va uchinchi va eng oxirgisi va mana shu bilan biz suhbatimizni tugatamiz va men xohlardim suhbat asosan savol javoblar shaklida bo'lishini. O'shanga men hozir shundoq ham o'zim xohlagandan ko'ra ko'proq gapirib yubordim, shu bilan tugata qolaman. Uchinchi muhim nuqta, bu dangasalik. Dangasalik va unga qarshi kurashish. Va men mana shu nuqtani qattiq ta'kidlab aytaman. Agar hayotda muvaffaqiyatli bo'lmoqchi bo'lsangiz, men hozirdan sizga qattiq ta'kidlab aytaman. Dangasalikka qarshi kurashing. Dangasalik nima ekanligini aniqlang. Va dangasalikning turli ko'rinishlari bo'ladi. Sizdagi dangasalikning ko'rinishi nima ekanligi aniqlang. Va o'sha narsani bartaraf qiling, shunga qarshi kurashing, bilingki, hayotdagi eng katta dushmaningiz mana shu dangasalik. Hayotdagi eng kattada dushmaningiz shayton bo'lsa, shaytonning sizga qiladigan birlamchiq yillardan biri shu dangasalikka.

O'shanga shunga qarshib kurashing, toki dangasalik sizni hayotingizni yeb qo'ymasdi. Dangasallik nima degani? Dangasallik degani odamlar harakatsizlik deb o'ylaydi. Men bu haqida bir maqola yozganman. Kimda kim agar shuni o'qigan bo'lsa, o'sha yerda balki ko'rgandir. Dangasallik degani, bilingki, bu hech narsa qilmaslik degani emas. Dangasallik, degani, bu, bu bir narsalar qilish degani. Faqat foydasiz ishlar qilish degan. Dangasallik degani bu foydasiz ishlarni qilish degan. O'shanga har bir odamning dangasalligi boshqa odamdan farq qiladi. Masalan, meni dangasaligim, deylik, masalan, Jasurbekni dangasaligidan yoki boshqa bir yigitni dangasaligini farq qiladi. O'shanga har bir odam o'zining dangasaligi qanday ko'rinishlarda bo'lishini aniqlashga harakat qilish kerak. Bu juda oson. Bitta qog'oz olasiz, o'tirib yozib chiqing. Nima ishlar odatda kuningizda qilyapsiz va o'sha ishlar hayotingizda demak yeyapti, nima ishlar? O'yin o'ynayapsizmi, masalan yozasiz. Befoyda badiiy kitoblar o'qiyapsizmi? Badiiy kitob o'qish zo'r. Lekin bilingki, badiiy kitobni o'qish xuddi kino ko'rishni bir yaxshiroq, sal foydaliroq ko'rinishi. Badiiy kitob, o'qishni yaxshi. Men bolaligimdan, alhamdulillah, tinmasdan badiiy kitobini o'qirdim. Lekin bolalikda bizga badiiy kitoblarni dadamiz rahmatli saralab berardilar va saralab berishlardan tashqari ham o'zimiz o'qiverardik da, qo'limizga tushgan kitobni, qanchadan qancha o'qigan kitoblarim. Hozir afsuslanaman, qayerdan shunga vaqtimni sarflabman deb.

Lekin o'shanga aytamanki, badiiy kitob o'qishmi, ko'ring masalan, sizga qay darajada u muhim ya'ni. O'shanga ishlaringizni tartiblab chiqish kerak, birinchi o'rinda yozib chiqish kerak. Nima ishlarga asosan vaqtingizni sarflayapsiz? Agar o'sha ro'yxatda o'yin o'ynashga o'xshagan, kino ko'rishga o'xshigan, serial ko'rishga olib, ijtimoiy tarmoqqa vaqt sarflashga o'x shagan, tiktok, instagramga o'xshash joyda video ko'rishga bo'lishlar bo'lsa, bilingki, bilingki siz juda og'ir ahvoldasiz. Bilimki siz shunday katta kasallik bilan kasallangansizki, saraton kasali bilan yoki haligi o'pka sili kasali bilan, shunaqa og'ir kasallar bilan kasallangan odamdan sizni kasalingiz qayg'ulroq va og'irroq. Bu chunki saraton bilan kasallangan, odam vaqtini foydali o'tkazayotgan bo'lishi mumkin. Siz vaqtingizni o'ldiradigan kasal bilan kasallangansiz va vaqt sizni bor narsangiz shu vaqt. Siz ikkita go'yoki o'lchov bilan o'lchanasiz. Birinchi o'lchov sizni qo'lingiz, oyog'ingiz, ko'zingiz, yuragingiz, jigaringiz bo'lsa, ikkinchi o'lchoq sizni vaqtingiz. Qaysi birini olsa ham sizni o'ldirgan bo'ladi odam. Qaysi birining olib qo'ysa ham sizni o'sha bir qismingizni olib qo'ygan bo'ladi. O'shanga hasan al basriy rohimahulloh aytadilar, ya'bni adam innama anta ayyam deydi. Ey odam bolasi, sen kunlardan iboratsan deydilar. Ida dahaba yovmuk, dahaba vadook deydilar. Agar bir kuning ketsa, ba'zi qisming kesibdi, bir kallang ketganga o'xshab, qo'ling ketganga o' xshab, masalan, bir qisming kesibdir deydilar.

Va mana shu narsani tushunish kerak. Agar sizni dangasaligingiz mana shu ko'rinishlarda bo'ladigan bo'lsa, bu juda qayg'uli holat. Bunga qarshi qattiq kurashing, hozirdan azm qiling. Boshqa holatlarda bo'ladigan bolsa ham yozib chiqing. Odatda men vaqtimni nimalarga sarflayman va o'sha foydasi. O'sha ro'yxatni tuzib chiqqaningizdan keyin, endi uni muolajasi qanaqa? O'sha ro'yiqatdagi ishlarni qilmang. O'shanda nimadir qilishingiz kerak bo'ladi. Qachonki masalan, buni bitta zo'r yechimini men talabalarga aytdim, ba'zida qo'llab ko'rgan, juda foydali bo'lgan. Telefoniga deyman, reminder qo'yib qo'ying deyman, telefoningizga bir eslatma qo'yib quvvat. Har o'n sekundda yoki har bir minutda deylik, har bir minutda yoki har besh minutda sizga eslatib turadi. Bir jiringlasa, o'sha paytda ko'rasiz, nima ish bilan shug'ullanyapsiz. Qilayotgan, o'sha payti qilayotgan ishingiz, sizni dangasalligingiz ro'yxatidagi bor ishlardan biri bo'ladigan bo'lsa, hoziroq o'sha ishdan to'xtaysiz da, xonani o'rtasiga borib turasiz. O'shandan keyin nimadir qilishingiz kerak, o'tirmaysiz, turasiz. Shunda nimadir qilishiz kerak, borib keyin bir foydali ish bilan shug'ullanasiz. Ya'ni dangasaligingizni yo'qotish bu birlamchi vazifangiz bo'lsin. Va dangasaligini aytgandek ro'yxat tuzib chiqing. Nima vaqt sarflaysiz? O'yin o'ynashganmi, kino ko'rishganmi, Alloh saqlasin ijtimoiy tarmoqqami, odamlar bilan gaplashib yurishganmi, hayol surib o'tirishganmi, uxlashganmi, nimaga vaqt sarflaydigan bo'lsangiz, o'sha narsani hayotingizdan iloji boricha kamaytirib, siqib chiqarib yuborishga harakat qiling. Toki o'rnini foydali ishlar belgilasin. Va bilingki, biror sohada muvaffaqiyatli bo'lishdan ko'ra katta baxt yo'q.

Biror sohada, o'sha soha halol soha bo'lsa, xoh matematik bo'ling, xoh fizik bo'ling, hoh injener bo'ling, xohlagan diniy sohada o'qing, xohlagan dunyoviy sohada o'ting. Muhimi, o'sha sohani halol soha bo'sa, o'sha sohada hammadan zo'r muvaffaqqiyatli bo'llishdan katta saodat yo'q. O'shanda mazza qilib yashaysiz hayotingizda. A o'sha sohada biror sohada kuchli bo'lmoqchi bo'lsangiz, unda eng muhim narsa bu qattiq, qattiq, qatiq, qattiq ishlash. O'sha narsani yaxshi ko'radigan, o'shanga yaxshi ko'rayotgan sohangizni toping. Shunaqa soha topingki, o'shanda qancha ishlasangiz ham mazza qiling. Keyin o'sha sohaga butun kuchingizni, butun hayotingizni, butun diqqatingizni sarflang. O'shanda keyin o'shandan ko'p foydalarni ko'rasiz. Va o'sha sohada albatta siz eng kuchli mutaxassislardan biri bo'la olasiz. Bu uchun qattiq mehnat qilish kerak. Mana men bir kuni bir intervyu eshitib qoldim. Tasodifan bir yo'limdan chiqib qoldi. Bir misrlik odam intervyu beryapti. Rami ekan ismi. U odam bodybuilding bilan shug'ullanar ekan. Bodybuilding o'zi halol ko'p ham halol ish emas, chunki ham salomatlikka zarar, ham bir avratlarni ochib, bir yarim yonoqqa chiqib olib, bir narsalar qilishadi. Alloh isloh qilsin. Lekin menga intervyudagi bitta gap yoqib qoldi. Shu tasodifan yo'limdan chiqib qoldi va men aynan odamni o'sha inspirational narsa bo'lgani uchun, ruhlantiradigan narsa bo'lguni uchun men qiziqib eshitdim shuni. Demak menga juda yoqib qoldi.

Bitta gapi, aytyaptiki, siz o'ylaysiz deydi, men shu sohada kuchli bo'lishim uchun, bilasizmi deydi, men qancha qiyinchilikdan o'taman deydi. Men shu sohda kuchli bo'lishing uchun. Men deydi, yillardan beri ovqat yeganim yo'q deydi. Tasavvur qiling. O'sha ham o'zi ishi haromli, haromli, harommi degan davlat qiladi. Lekin men odamni o'sha o'zi xohlagan soha uchun ko'rsatayotgan e'tiboriga men hayron qoldim da. Yillardan beri men ovqat yemayman deydi. Men faqat deydi, tuxumni, tovuqni ko'kragi bo'ladi, bilasizlarmi? Yog' qismi bo'ladi. Oppoq bo'ladigan joyi bo'ladi? O'sha qismini deydi, ajratib olib, shuni qaynatib, tuz qo'shmasdan shuni yeyman deydi. Hayotni tasavvur qilasizmi? Tuz hatto yemayman deydi. Chunki agar men shunaqa ko'p ovqat yeymanki deydi, shunaqa ko'mp haligi protein iste'mol qilishim kerak, unga tuz qo'ysam, meni o'sha figuramni buzadi u deydi. Faqat o'shani yeyman deydi. Tasavvur qiling. Va bu har qanaqa sportsmen shunaqa. Va sportsmen sportni aksar turlari o'zi aslida undagi fanatizm va undagi o'sha e, azart va boshqa narsalar borligi uchun men ularni yoqtirmayman ko'plarini. Jismoniy tarbiya yaxshi, lekin sport bilmadim. Lekin nima bo'lganda ham, o'sha sportsmenlarni bitta narsasidan odam ibrat olsa bo'ladiki, har qanaqa sohada muvaffaqiyatli bo'lgan odam, o'sha sportni hamma sohasidagi muvaffaqiyaatli odamlarni ko'ring, shunga hayotini bag'ishlaydi. Shunga hamma narsasini bag'ishlayd va undan keyin muvaffaqqiyat oladi. O'shanga agar biror sohada kuchli bo'lmoqchi bo'lsangiz, o'shanga o'zingizni mutlaqo bag'ishlang va qattiq qattiq qatti qattiq mehnat qiling.

O'shandan keyin ko'p hayotingizni savol topasiz va o'sha soha agar halol kasb bo'ladigan bo'lsa va siz unda niyatingizni yaxshilik uchun qiladigan bo'lsangiz unda oxiratingiz uchun ham ko'p ajr sovg'a olasiz. O'shanga qaysi sohada bo'lishingizdan qat'iy nazar o'sha sohaga butun kuchingiz bilan, butun harakatingiz bilan, butung demak diqqatingiz bilan kirishing. Inglizlarni bir zo'r gapi bor, aytadi, talent and effort are nothing without focus and determination deydi. Ya'ni sizni iqtidoriz va sizni harakatingiz hech narsa emas. Agar sizda determination bo'lmasa, va sizda fokus bo'lmasa ham, bir narsaga diqqat qilishingiz va o'sha narsaga intilishingiz bo'lmasa va o'sha qat'iyatingiz bo'lmas a, u qolgan harakatlaringizni bir ting. Va aksar qobiliyatli bolalar, bu Chexovning gapi, Chexov aytadi va men juda qo'shilaman shu gapga. Aytadiki, aksar qobliyatli bolalar afsuski dangasa bo'ladi.

Va o'sha uchun ham aybni qilsa, agar qobiliyatingiz sizda biror narsaga, qobiliyating bo'ladigan bo'lsa, qobiliyatga suyanmang. Lekin mehnatingizga, kuchiga suyaning. O'shanga men ota onalarga ham doim tavsiya qilaman, farzandlaringizni qobiliyatlarini maqtamang. Meni bolamni xotirasi zo'r, meni bolam bunaqasi yaxshi deb qobiliyatlarni maqtang. Farzandlaringizin mehnatlarini maqting. Va talabalaringizni ham agar ustoz bo'lsangiz, talabalaringizning mehnatini maqtang. Mana bu tinmasdan o'qiydi, mana bu tinmasdan harakat qiladi, mana bu ming marta murojaat qiladi, mana buni yuz marta qaytaradi, mana bu yodlanmaguncha qo'ymaydi, bu o'sha narsani formulasini topmaguncha qo'maydi deb uning mehnatini ma qtang. Qobiliyatlarni emas, chunki qobiliyatlarga suyangan odam, biz hayotda ko'p ko'rdik bu narsani, aksar holda, aksar holdada o'sha sohani bir o'rtacha odami bo'lib o'tib ketadi. Lekin kimda kim asosiy diqqatini, asosiy kuchini, demak, mehnatiga qaratsa, o'sha odam albatta muvaffaqiyatga erishadi. Va dangasalikning eng yomon ko'rinishi shu oxirgi masalamiz bo'la qolsin. Va dangasalikning eng yomon ko'rinishini, bu bizni asrimizdagi o'sha eng katta baxtsizlikning sabablaridan biri odamlarda bo'ladigan. Bu o'sha biz aytamizki, ishlarni kechiktirish. Ishlarni kechtirish, ya'ni classification deydi bu narsani. Bu ba'zilar hatto buni ruhiy kasallik deb ham aytadi. Ya'ni bir narsani qilish mumkin, kechiktiraveradi, kechiktiraversa. Va mana shu dangasalikning mana shu ko'rinishi odamni ham diniy jihatdan, ham dunyoviy jihatdan baxtsiz qiladi.

Mana namozni sabr qiling, namozni mana kechiktiradi, kechiktiradi. Kechiktiradi kechiktiradi oxirida ozgina qolgan paytda tez tez tez tezya namoz o'qiydi. O'sha hadisda aynan keyin nima Qur'onda kelgan. Qur'onda kelganda, Alloh Taolo Qur'onda aytadi: "Ila qomu ila sola" deya, "qomu kusala" deydi. Inn al munofiqinah yuho de'run allohu ahu va hukm de'hum. Munofiqlar Alloh Taoloni aldamoqchi bo'ladi. Alloh ularni aldab qo'ydi o'zi. Alloh ularni aldab qo'ygan, o'sha holatga tashlab qo'ygan ya'ni. Ila qomu illa sola deydi. Agar namozga turadigan bo'lsa, qon bukushalar, dangasalik bilan turadi. Qanaqa? Hadisda keladi, soy hadisda keladi. Aytadilar, Rasulullohu alayhi vasallam. Namozni kechiktiradi, kechiktiradi. Kechiktiradi chiqib ketishiga, ozroq qolganda turadi da, keyin tovuq, tuxum, donni cho'qigandan keyin tez tez tez tezilsa, shunaqa qilib namozni o'qiydi.

Alloh Taoloni kam eslaydi deydi. Alloh Taoloning eslamaydi demaydi, eslaydi, lekin kam eslaydi deydilar. Va mana shu narsa hayotda ham. O'shaning uchun men doim aytamanki, kimda kim din ishlarida, din ishlarida muvaffaqiyatli bo'la olsa, o'z o'zidan dunyo ishlarida muaffaqiyatlik bo'ladi. Da bu narsani din manbalardan topasiz. Umar rohdayo'llohanuhu xalifalik paytlarida o'zlarini voliylariga yozgan xatlari bor. Hozirgacha saqlangan xat. O'sha xatni ko'rsanglar, endi Umar odilali xalifalik paytlarda bir o'ttizta qirqta davlatni rahbari go'yoki. U har bitta voliylari bitta davlatni rahbvari. Bittasi Misrni ravoliysi, bittasi Shomni ravoliysi. Ya'ni juda katta imperiyani rahbari Umar Odilali. Va valiylariga xat yozyaptilar. Yo xatlarida aytadilar, inna hamma xatni birinchi boshdagi jumlasi. Boshdagi birinchi jumlasi. Inna hamma amrikum indis tola. Va men hayfulloha va hafulloh alihah laqodat hayfulloh dinah. Qoyman boya, ha, fahva huva lima si va huva adyaa deydilar. E, muattoda keladi bu bir hadis. Ya'ni, men uchun eng muhim ishlar sizlarni namozinglar deydilar. Kimda kim namozida e'tiborli bo'lsa, uni saqlasa, uni o'sha vaqtida chiroyli to'g'ri qilib o'qisa, u hamma dinini saqlagan bo'ladi va u boshqa ishlarda ham demak muvaffaqiyatli bo'ladi, inshaalloh. Kimda kim namozni zoyi qilsa deyaptilar.

Boshqa ishlarda ham u ham shunaqa zoyi bo'ladi deyaptilar. Nimaga? Sababi namoz bizga nimani o'rgatadi? Namoz bizga tartibli bo'lishni o'rgatadi, o'rgatdi. Va har qanaqa muvaffaqiyatli odamning birinchi muvaffaqiyatining siri bu tartibliligi. Hayotida intizom bilan yashaydi. Kimda kimni hayoti intizomsiz, tartibsiz bo'ladigan bo'lsa, o'sha odam aksar holda baxtsiz bo'ladi. O'shanga hayotingizda intizom, tartib bo'lishi bu juda katta baxtingiz. Va hayotiy intizom nima bilan paydo bo'ladi? Hayotingizdagi eng yaxshi intizom mana shu din bilan bo'ladi. Islom dini sizga buni o'rgatadi. Mana islom dini nima deydi, xuftonni jamoati bilan o'qiydi yoki xufton namozini paytida o'qiydi. O'qidingizmi? Nahannabi yuz sollallohu alayhi vasallam al samr deb keladi hadisda. Rasulullohim samrdan qaytardilar, xuftondan keyin gaplashib o'tirishdan qaytardilar deydi. Xuftondan keyina gaplashib o'qirmaysiz. Xuftondan kelib boshqa ish qilmaysiz. O'qidingmi, uxlaysiz. Erta uxlagan odam o'zida, erta uyg'onadi. Mana O'zbekistonda xufton hozir sakkiz yarim, to'qqizda uxlayapti. To'qqiz yarimda uxlasangiz, tasavvur qiling, o'n yarim, o'n bir yarim, o'nta yarim, bir yarim, ikki yarim, besh soat uyqu odamga, sog'lom odamga yetadi. Agar kunduzi yarim soat uxlab olsa, ayniqsa. Bo'lmasa, baribir olti soat. O'shanda uch yarimda uyg'ongan bo'lasiz. Bomdod namozi O'zbekistonda beshta o'qilayotgan bo'lsa, ana bomdodgacha sizni qancha vaqtingiz bor, bilmadim O'zbekistondan nechchida bo'ldi, men Madinadaman. Lekin O'zbekiston vaqtidan ko'ring, bomdodgacha mana qiyom muddat qilsangiz bo'ladi, darslaringizni qilsangiz bo'ldi, yodlaydigan narsangizni yodlasangiz bo'lardi. Eng tinch va eng yaxshi payt. Va bomdoddan keyingi payt ham shunaqa payt.

Erta uxladingizmi, erta uyg'onasiz. Mana hayotingizda tartib bor. Erta uyg'ondingizmi, bo'ldi endi uxlamaysiz, bomdoddan keyin ham uxlamaysiz. Shu bilan hayotingizda ishingiz bilan band bo'lasiz. Kunni o'rtasida imkon topib qolsangiz yigirma daqiqa yonboshlab olasiz. Bu qaylovlar deyiladi. Bu ham yaxshi, yigirma daqiqa, qirq daqiqadan oshmaydi iloji boricha. Yigirma o'ttiz daqiqa. Yonboshda olasiz, besh daqiqa bo'lsa ham, hatto bir daqiqali uyqu ham odamga kuch beradi. Shu bilan kuningiznikiga bo'linib qoladi da, bir kun emas, ikki kun yashaganday bo'lasiz. Namozlaringizni paytida o'qidingizmi? Demak, namozlarga intizom qila oldingizmi? Demak siz boshqa ishlarni ham paytida intizom bilan qila olasiz. Va mana shunaqa qilib odamni hayoti tartib paydo bo'ladi. Behuda ishlar bilan shug'ullanmadingizmi? Bo'ldi, endi foydali ishlar bilan sho'xlanasiz. Shu shaklda odamzod albatta saodatga, baxtga erisha oladi. Men o'ylaymanki, agar mana shu uchta nuqtani, agar kimda ekan suhbatimiz boshini eshita olmagan bo'lsa, biz suhbatni yozib oldik.

Meni youtube, telegram, hamma sahifamda yigitlarga aytaman, e'lon qiladi. Balki imkon bo'lsa bu sahifada ham e'lon qilishar. O'shanda yana eshitsanglar bo'ladi. Lekin bir xulosa qilib takrorlagan bo'laman. Demak, biz bolalarni yoshlarida bo'lishi mumkin bo'lgan muammolarni men o'zimcha ro'yxat qilib, odamlardan izlanib, o'rganib, talabalardan so'ragan paytimda, bir yigirma beshta, o'ttizta asosiy mavzularni topdim. Ular hammasini yorita olmasligini bilganimdan keyin o'shani uchtasiga jamlashga harakat qildim, iloji boricha. Shu uchta narsa kelajakdan qo'rquv, u kelajakda ish topish bo'lsin, kelajakda o'qishga kirish bo'lsin. Kelajakda birorta lavozim egallash bo'lsin, keyin kelajakda turmush qurish bo'lsin va boshqa ishlar bo'lsin. Keyin kelajakdagi bo'ladigan narsalardan qo'rquvu. O'tmishda bo'lgan narsalardan demak mahzunlik. Ya'ni hayotingizda bo'lgan sinovlardan, biror narsadan qilgan xatolaringizdan, biror yiqilishlardan, boshqalardan xafa bo'lib, boshqa qilib, o'sha narsani sizga salbiy ta'sir qilishi. Voy dangasalik. Mana shu uchalasini agar hal qila olsak, qolgan hamma muammolar shu uchalasi mohiyatida, shu uchalani ichida hal bo'lib ketadi deb o'ylayman va uchalasini hal qilishda ham biz aytganimizdek iloji boricha ba'zi maslahatlarni bergan bo'lardim, o'shalarga amal qilishga harakat qiling. Birinchi maslahat aytganimdek diningizni saqlang. Birinchi maslaqat bilingki, Alloh Taolo sizni bu dunyoda sinov uchun yaratdi. Va bu dunyo shunaqa mukammal yaratilgan dunyo, behuda yaratilmagan.

Tabiiyki bu dunyoni Alloh Taolo yarati, boshqa bir, demak, hovlida, boshqa bu dunyoda sizni imtihon qilish uchun va bu dunyoda qilgan ishlaringizni sarhisob qilish uchung. Birinchi bu nuqtani unutmang. Va unutmangki, bu dunyoni mukammal yaratgan Alloh Taolo, mukammal nizom bilan yaratgan Alloh Teolo, bu dunyoda o'limni yaratdi va hozirgacha scienceni, ilm fan bu narsani sababini bilolmaydi. Nimaga o'lim bo'lishini hech kim bilmaydi. Qarzingiz o'lasiz, lekin nimaga o'lishingizni hech kim bilmay. Va o'sha bu dunyoni shunaqa mukammal qilib yaratgan Alloh, boshqa bir dunyoni mana shu o'lim degan narsani olib tashlab turib yaratishga qodir va shuni qildi. Va o'sha uchun ham o'sha dunyoda, abadiy dunyoda saodatga erishishga harakat qiling. Va bilingki, din sohasida saodatga erashgan odam dunyo sohasida albatta saodatga eradi. Sababi, bizni dinimiz nasroniylarni, boshqalarni diniga o'xshab odamni tarki dunyo qilishga, dunyodan voz kechishga chaqirmaydi. Bu dunyoda saodatli bo'lish orqali oxirat saodatiga erishishga chaqiradi. O'shaning uchun dunyoda saodatsiz bo'lishga harakat qiling. Dunyoda saodatchi bo'lish uchun diningizni saqlab qoling. Diniy saqlab qolish nima bilan bo'ladi? Iloji boricha barcha farzlarni va vojiblarni bajarish bilan va iloji boricha va har qanaqa holatda ham, har qanaqa harom narsalardan mutlaqo tiyilish bilan bo'lardi. Mana shu bilan odamzod dinini saqlab qolsa, albatta dunyoda saodatga erishadi. Bu birinchi nuqta. Ikkinchi nuqta, muhim nuqta, bu atrofingizdagi kishilarni isloh qiling.

Iloji boricha atrofingizda solih kishilarni ko'paytiring. Dangasalikdan qutilmoqchimisiz? Dangasa bo'lmagan odamlar bilan do'st bo'ling. Yomon ishlardan qutilmoqchimi? Siz yaxshi axloqli odamlar bilando'st bo'ling, bilingki, atrofingizdagi odamlar sizni shakllantiruvchi eng katta faktorlardan biri hisoblanadi. Mana eng ko'p oxirgi bir hafta yoki bir oy davomida eng ko'p gaplashgan o'nta odamingizni ro'yxatini tuzing da, eng ko'p gaiblashadigan o'nta odamiz. O'sha o'nta odami o'rtacha diyonati sizni o'rtacha diyanatingiz bo'ladi. O'nta o'nta odamin o'rtacha axloqi sizni xulqingiz bo'ladi, o'sha o'n ta odamni moliyaviy holati sizni odatda holatingiz bo'lardi. Bir odam faqat masalan faqir odamlar bilan gaplashsa faqir bo'ladi va buni yomon tomoni yo'q. Faqir faqirligini ham o'ziga yarasha saodati bor. Buni faqat ba'zilar tushunadi, ba'zilar tashunmaydi. Agar hamma dindor odamlar bilan gaplashsangiz, siz dindoroq bo'lasiz. Agar dunyodagi berilgan va dindan yuz o'girgan odamlar bilan ko'p gaplashsangz, o'shalardan tasvirlanasiz. O'shaning uchun ham rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytadilar, bu hadisni men ko'p qaytaraman. Qo'y boquvchilar yuvosh bo'ladi dedilar. Tuya boquvchilar qattiqroq tabiatli bo'ladi dedilarda. Va bu hadisni sharhida ulamolar aytadiki, agar siz boqayotgan chorva hayvoni sizni tabiatingizga ta'sir qilsa, qanday qilib do'stlar ta'sir qilmasin deydilar asror alayhissalom. Tabiiyki do'stlar ham ta'sir qiladi. O'shanga solih kishilar bilan do'st bo'ling, solih kishilari bilan atrofingizda sherik bo'ling. Toki ular sizni yaxshilikka tortsin. Birinchisi, diningizni saqlab qoling. Ikkinchisi, o'sha qaysi sohada muvaffaqiyatli bo'lmoqchi bo'lsangiz, muvaffaqqiyatli odamlarni atrofingizda ko'paytiring.

Ijobiy fikrlaydigan, pozitiv bo'ladigan, kamroq uxlaydigan, ko'proq harakat qiladigan, ko'p mehnat qiladigan, o'qiydimi, ishlaydimi, o'shani ko'p qiladigan, shundan lazzat oladigan kishilar bilan atrofingizdan ko'paytirib, shular bilan do'st bo'ling. O'shanda muvaffaqiyatga erishasiz. Uchinchisi, hayotingizda tartibni paydo qiling. Iloji boricha tartib bilan ishlashni o'rganing. Chunki tartib bilan yashagan odamlargina muvaffaqiyatga erishadi. Va bu narsa hadisda keldi, Rasululloh azram aytdilar, eng yaxshi amal bu al qoliy ila daim dedilar. Kam, lekin doimiy bo'ladigan amal dedilar. Birdaniga o'ttiz rakat, yuz rakat namoz o'qib yuborishni hamma qila oladi. Bir hayajonlanib ketadi da, borib qiladi. Bir hayajondan bir joyga borib bir narsa qilishni hamma qil oladi. Lekin doimiy ravishda namoz o'qiyib, doimiy ravishdagi zikrlarni qilib, doimiy halol yashashni hamma ham qila olmaydi. Tartibli ishlarda ko'pchilik qila olmaydi. O'shaning uchun tartib bilan, nizom bilan, intizom bilan yashashga o'zingizga o'rgating. O'shanda ko'p saodat topasizlar. Va to'rtinchi, vaqtning eng muhim nuqtalaridan biri, biz aytamizki, Alloh Taologa shunday qalbingiz bog'lansinki, bilingki, nimaki hayotingizda bo'ladigan bo'lsa, yaxshilik bo'lib sizga keladigan bo'lmasa, u Alhamdulillah shukur qiling, ko'payaveradi. Yomonlikdek sizga keladigan olsa, bilingki, agar sizning xatti harakatingiz, xatoyingiz bilan bo'ladigan bo'sa, tavba qilasiz, Alloh Taolo yaxshisini beradi. Agar siz bilan bog'liq bo'lmagan narsa bilan keladigan bo'lsak, albatta Allohga hamd ayting. Bilingki, uni ortida ko'plab yaxshilik bo'lladi, siz faqat uni bilmaydigan bo'lasiz.

O'shanga sabr qiling va shukur qiling va harakat qiling va ko'p saodatga erishasiz. Va yana bir oxirgi aytadigan nuqtam, o'zi aslida bu nuqtalar ko'p, lekin eng muhimlardan biri aytadiganim, iloji boricha kurashadigan bo'ling. Iloji borichakurashadigan, qaysi sohaga ushlasangiz, o'sha sohada ko'p harakat qiladigan, ko'p o'qiydigan, ko'p mehnat qiladigan odam bo'ling. Toki o'sha sohadan saodatga erishing. Agar o'sha soha, o'sha jarayon sizni saodatga erishtira olsa.

Men bundan bir yigirma yilmi, yigirma yillar oldin taxminan bir nimani Paulo Kaylioni Arximik degan kitobini o'qidim. O'sha kitobda bir voqea keltirgan, juda bir ibratli voqea. Menga ko'p ma'qul bo'lgan. Aytadi, bir odam bir donishmand, endi men voqeani aniq detallari bilan ayta olmasligim mumkin, sababi aytganimdek o'n besh yigirma yil oldin o'qiganman. Lekin taxminiy demak mazmun shunaqaki, bir odam, bir yigit bir donishmanddan bir dunyoda saodating sirni o'rgangani boradi. Shunda donishmand qo'liga bir qoshiq beradi da, unga yog' quyadi. Quyib aytadiki, shu yog'ni to'kmagan holda bir qasrimni aylanib chiqing, keyin senga dunyoni sirini aytaman deydi. Keyin u qoshig'iga qarab yog'i to'kmagan holda aylanib, qasrini bir aylanib chiqadi da, kelib mana yog'ingiz deydi, menga dunyo sirini ayting desa, falon to'g'ridagi tasvirni ko'rdingmi deydi. Yo'q. Qayrilgandan keyin bu yoqda haykal bor edi, ko'rdingmi? Deydi. Yo'g'e. Undan keyin bu yoqqa hovuz bor edi, ko'tardingmi? Yo'q. Hech narsa ko'rmabsan u deydi. Bor boshqadan aylanib kel deydi. Keyin yana boradi, hamma narsani ko'rib qaytib keladi da, haligi haykal zo'r ekan, undan keyin qaytganimdan keyingi haligi rasmni ko'rdim, hovuz bunaqa ekan deb hayajonlanib gapirishmasdan aytadi da, yoqqani deydi. Qayerdan yog'i to'kib yuborgan bo'ladi? Keyin donishmand aytadiki, mana shu yog'ini to'kmagan holda o'sha narsalardan lazzatlarni olishing ana o'sha saodat deydi. Va subhanalloh din shuni o'rgatadi odamga.

Din sizga nimani o'rgatad? Din sizga o'rgatadiki, halol narsalar doirasida lazzatlaning, yaxshi yashang, rohat qiling va mana shu bilan saodatga erishing. Tabassum qiling deydi din sizga. Ota onangizga yaxshilik qiling, oilangizga yaxshilik qiling, odamlar bilan do'st bo'ling, odamlarga aralashib yuring. Ular biror narsa qiladigan bo'lsa kechiring. Ularga ko'proq yaxshilik qiling. Rizqlardan isrof qilmagan holda yeng, iching, rohatlaning. Shu bilan birgalikda saodatga erishing deydi. O'shanga biz aytamizki, iloji boricha mana shu tarzda hayot kechirishga harakat qilish kerak. Shu sababli ham iloji boricha shunday sohalar tanlab mutaxassis bo'lishga harakat qilingki, o'sha sohalar sizni saodatli qilsin. O'sha sohalar sizni jarayon, ya'ni siz uchun qiziqarli bo'lsin. Natija bo'ladimi, bo'lmaydimi, jarayonni o'zidan lazzatlana oling. O'shanda inshaalloh foydali bo'ladi. Vallohu a'lam. Xurshidulloh taolo vassalom alam muhammadin va alihos sohibi anjumaniy. Men iloji boricha qisqaroq qildim. Shunda ham cho'zilib ketdi, rozi bo'lasizlar. U yog'iga sizlarda nimadir savollar bo'lsa, sizlarni savollaringlarni yoki sizlarni mulohazalaringlarni eshitib, shunga qarab suhbatni davom ettirsak yaxshiroq bo'ladi menimcha.

Mhm. Rahmat, Alloh rozi bo'ldi. Bu ustoz judayam ajoyib, kerakli suhbat bo'ldi. Xo'p, ustoz, men savollar deb yozaman, keyin alohida alohida ajratib, tepaga post shaklida ishlab, o'qib berib tursam bo'ladimi yoki o'zingiz o'qisangiz qulaymi? Qaysi birisizga qanday? E, o'zim o'qisam qulayroq. O'sha yaxshiroq hisoblaganlarimni o'zim ajratib, javob berib ketaveraman. Agar qayerda savollar ko'rishini, mana shu hozir men sizni gruppangizda yoki kanalingizda shunga turibman.

Haligi bir videolaringizda tolib ilmlarga qilgan suhbatingiz bor ekan, juda zabsi pastroq ekan, eshita olmagandim. Tolib ilmni maqomi degan ma'nodagi suhbat ekan. Shuni agar eshitsangiz bir qaytarib berganingizda juda ham foydali bo'lib qolardi. Bu yoqda o'zi tolib ilmlar ko'pmi sizni bizni eshituvchilar orasida?

Ha, juda ham ko'p. Ha, mashalloh. Avvalo bilingki, Alloh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Alloh Taolo butun bashariyatdan va butun maxluqlardan va ulamolarni ijrosi bilan butun Alloh Taolo yaratgan narsalardan oliy qildi. Shunday oliy qildiki, hatto ulamolar aytadi, Allohning arshidan ko'ra darajasi maqomi oliy Rasulullohni deydi ulamolar. Ya'ni Alloh Taolo shunday buyuk qildi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni va boshqa nabiylarni. Innallohu sultofi, adama va nuha va ala ibrohimova, ala imrona, ala ala alami dedi Alloh Taolo. Alloh Taolo odamni, ibrohimni, e.

Bu oliy muronna va mana shu payg'ambarlarni, barchasini butun olamlardan Alloh Taolo oliy qildi dedi. Alloh Taolo xohladi, payg'ambarlarni barchasidan oliy qildi. Va barcha payg'ambarlardan oliy bo'lgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar, al ulama, rohatul ambiya dedilar. Bir odam vafot qiladigan bo'lsa, uni boyligini, uni eng yaqin odami oladi. Masalan, kishi vafot qilsa yu, o'g'li bo'lsa va akasi bo'lsa, o'g'lim merosini oladi. Akasi olmaydi. Agar akasi bo'lsa, amakisi bo'lsa, aka oladi, amaki olmaydi. Aka amakini to'sadi. Chunki aka yaqinroq. O'g'il aka bo'lsa, endi o'g'il oladi, chunki o'g'il yaqinroq, yaqinroqqa. Doim eng yaqin qarindoshingizni merosingizni oladi. Va bu hadisda Rasululloh aytyaptilar, ala ulama va rasatul alambiya, olimlar payg'ambarlarning merosxo'rlari deyaptilar. Endi payg'ambarlar uchun, demak, eng yaqin odamlar, bular mana shu olimlar. Ular payg'ambarliklarning meroslarini oladi. O'sha uchun. Ilm bu eng buyuk sharafi, eng katta martabalardan biri. Shuning uchun ham Rasululloh aytdilar, sohib hadisda aytdilar, men salaka toriqqon, yaltamisubhi hiy ilman, sa hali allohu la hu toriqqon i al jannat dedilar. Kimda kim ilm olish uchun bir yo'lga tushsa va bu yo'l aynan yo'l ma'nosida emas, har qanaqa ilm olishga qilgan harakatingiz. Sa hali allohulahubihi toriqqon ilal jannat. Mana shu tanlay tushgan yo'li sababli Alloh Taolo unga jannatni yo'lini oson qiladi.

Va jannatning yo'li oson bo'lishi bu eng katta saodat. Odamzodning odamzodning oxiri, nihoyasi yetib boradigan nuqtasi bu jannat. O'sha jannatdagi joyga yetib olish mana bu odamzodning safari. Hozir safardasiz, yurib ketyapsiz. Safaringizda hali mana qiyinchiliklar, boshqalar, mashaqqatlar, qarilik, o'lim, barzax hayoti, qiyomatdagi qiyinchiliklar va mashaqqatalar va undan keyingi sinovlar bor. Shularni hammasidan o'tib, jannatga yetib olgan paytingizda, alhamdulillah ila di hadan alihada deysiz. Va kun alinahtada elavla an hadan alloh deysiz. Alloh taolo aytyapti shuni qiyomatida. Jannatga kirgan odam shuni aytadi. Jannatga kirib olgandan keyin, alhamdulillah ladeh hadan alihada. Mana shu jannatga bizni boshlab kelgan Allohga hamdlar bo'lsin.

Agar Alloh bizni bunga hidoyat qilib olib kelmaganda, biz bunga kira olmasdik deydi. Va o'shanga hidoyat bo'lib olib bormoqchi bo'lgan eng to'g'ri yo'lingiz mana shu ilm yo'li. O'shanga ilm o'rganing. Hatto ilm sohasida emas, boshqa sohasida bo'lsangiz ham shariy ilmlarni o'rganing, shariy ilmlarga bir kun, haftada bir kuningizni, haftada sakkiz soat, to'rt soat vaqtingizni ajrating. Va ilm o'rganing, toki Alloh taolo sizga jannatning yo'lini oson qilsin. Boshqa birorta kasb bilan mashhur bo'lishingiz ilmni o'rganishdan siz to'smasin. Ilm degani o'zi shariy ilmlarni nazarda tutamiz. O'zi Qur'on hadisida ilm degani shariy ilmlardan nazarda tutiladi. Va bu narsadan siz to'smasin, boshqa soha bilan kasb bilan band bo'lsangiz, Imom Abu Hanifa rohimahulloh, bizning fiqhda imomimiz, Imom Abu Halil Farruxiy Maholoviz, tojik bo'lganlar, savdogar bo'lganlar. Boshqa kasb bilan shug'ullanishingiz sizni ilmdan to'smasin. Va.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam boshqa bir hadisda aytdilar, hatto dedilar, in in tolib al imilayus da fyrulahum man fiz samovot yo man fil ardaxattal hidanu fil ma dedilar. Tolibi tolib ilm uchun. Osmondagi u yerdagi jamiyki, jamiyki jonzotlar u jamiyki borliq tolib ilm uchin istig'for etadilar. Baliqlar, osmonda farishtalar birinchi o'rinda. Farishtalar hozir istiqbora aytyapti, agar siz tog'li bilim bo'lsangiz siz uchun. Chunki o'sha maqomdan hech narsa sizni adashtirmasin. Hech narsa sizga chalg'itmasin. Va bilingki, agar siz faqih bo'lsangiz, agar siz diningizni chuqur o'rganadigan bo'lsangiz Alloh Taolo sizga ko'p xayrlarni ochib yuboradi. Bu dunyodan yuruv osmondan barakotlarni ochadi. Va bu jamiyat uchun ham shunaqa. Qanchalik jamiyatda Alloh'dan tanish ko'paysa, shunchalik jamiyati baraka ko'payadi. Shunchalik jamiyatda oyog'idan u, yer ostidan u, osmondan u barakalar kelaveradi. Qanchalik jamiyatta diyonat kamaysa, shuncha jamiyatda baraka ko'tarilishni boshlaydi. O'shanga odamzod iloji boricha Allohni tanishga harakat qiladi, toki o'sha hayotida baraka bo'ladi. Va bilingki, Alloh Taolo ilm egalarini hamma narsadan sharafli qildi. Hamma narsadan ustun qildi. O'shanga ilm egalariga berilgan sharafni shunchalik ulug' ulug'ki, mana hatto qarang, Alloh Taolo aytyapti, shahidallohu la ilaha illa huva, la ilaha illa hva, shahidallohnohu la ilaha ila huva, va valmala a?

Valmala ikatu va ulul ilmiydalar. Tasavvur qiling, Alloh Taolo aytyaptiki, tavhidga eng katta narsa bu tavhidga. Tavhidga Alloh Taolo o'zi shohid deyapti. Alloh Taolodan boshqa iloh yo'qligiga Alloh shohid. Va malayka, va farishtalar, va ulul ilmiy va ilm egalari deyapti. Va shu bilan Alloh Taolo ilm egalarini o'zi va farishtalardan keyin zikr qildi. Bu qanday saodat endi, bu qanday baxt. Va. O'sha uchun biz aytamizki, iloji boricha ilmga muhabbatli bo'ling. Lekin ilm albatta bilingki, amal bilan birga bo'lishi kerak. Amali bo'lmagan odam olim deyilmaydi. Mana hozir shu mana men kompyuter turibdi oldimda mana. Shu kompyuter tasavvur qiling, shu kompyuter ichida hozir bir ellik mingta kitob bor kamida, yetmish mingta kitob bo'lsa kerak, vallohu a'lam. Mana shu kompyuterim ichida. Shu kompyuterchalik meni hayotda hech narsani eslab qololmayman. Dunyodagi hamma olimni to'plab keling, hamma yodlagan narsasini sizdan ko'ra shu kompyuterda hozir ma'lumot ko'proq. Bu kompyuter olim bo'lib qolmaydi bu bilan.

Nimaga? Chunki ma'lumotlarni saqlash bilan odam bir martabaga yetishib qolmaydi. Qachon u odam olim deyiladi? Qachonki o'sha ilmdan birinchi o'rinda o'zi manfaat topsa. O'shaning uchun shoir aytadi, ya, yu hal rojerov ilm u al ilm u g'oyirah, u halal ilm sizga ekanda da, ta'limu. Tasrifut davo aliris saqomevalirid bonna. Kayma yassi habixi va anda saqimu. Ey, boshqalarga ilm berayotgan odam, ey, boshqlarga ta'lim berayotgan odim. Hallal inasiga ekan edi ta'lim. Shu ta'lim o'zingga bo'lsa bo'lmasdi. Tasrifut davo alirdis saqomevalirdbonna. Kasalga, boshqaga, keyin da'volarni yozib beryapsan, dorilarni. Kayma yassiy habixi, u tuzalish uchun u anda saqimu, o'zing kasalsan. U tuzalish deb yozib beryabsan, o'zing kasal san.

Naroka tus li hibir roshadi yo qo'lini davmanu anta minar roshadi adimu. Doim ko'ramiz bizni aqlimizni isloh qilmoqchi bo'lyapsan, o'zingda roshad yo'q, o'zingda o'sha isloh yo'q. Fabda minas seka. One ha ha an hay g'oyaha. Fain fa a fain in tihad fainnaka hakimu. O'zingdan birinchi boshlagin, o'zingni nafsingni isloh qigin, uni yomonliklardan to'xtatgin. Agar nafsing to'xtasa, anta hakimus, keyin sen hakim bo'lasan. Unaqa kovuling faol ta'limu, o'shandan keyin seni qoliling qabul bo'ladi. O'shandan keyun seni bilan odamlar hidoya topadi va o'shandan keyinda seni ta'liming odamlarga yordam beradi. Aytadiki, va la tanhan qul uqing. Va ta tebe ishla hu, fa in fa arun aleyki i da fa'al ta'vvimu. Bu narsadan odamlarni qaytarib keyin, uzang o'zing qilib turmagin. Qanday ham katta sharmandalik agar o'shani qilsang deydi. Va bu narsani qadimda hakimlarning hayotida ko'rasiz. O'shaning uchun Rumiyni bir hikoyasini men doim keltiraman. Rumiyni oldiga bir ayol bolasini olib keladi da, aytadiki, Mavlono deydi, shu bolamga nasihat qiling, shakar iste'mol qilmasin deydi. Rumiyni aytadi, keyingi hafta keling deydi.

Keyingi hafta kelsa, keyingi hafta keling deydi. Keyingi hafta kelmasa, keyingi haftaga keling deydi. Vo, uch to'rt hafta o'tib ketgandan keyin kelganda bolam deydi, shu shakar kamroq yegan shirinlikni yemagin bolam desa, bola bo'pti deydi, yemaydi. Keyin ona hayron bo'lib so'raydiki, shu o'sha boshida kelganda aytsangiz bo'lmasmidi shuni deydi. Desa, Mavlono aytadi, unda men o'zim shirinlikni ko'p yaxshi ko'rardim, o'zim yerdim deydi. O'shanga gapirsam ta'sir qilmasdi deydi. Men oldin o'zimni isloh qildim, keyin bolaga buni aytib, o'shanga ta'sir qildi deydi. Shuning uchun Imom Moliq rahimaulloh muvotolarni yozayotgan paytlarida Imom Moliqqa birov kelib aytadi, siz deydi Imom faqiqsiz deydi. Hozir muvatoni yozyapsiz, oltmish dan ortiq muvatorlar yozildi deydi. Hamma muvato yozyapti. Sizni muvato yozib nima qilasiz? Undan ko'ra bunaqa qilsangiz bo'lmaydimi deb kimdir maslahat berib keladi. Shunday aytadilarki, makannalilahi yaqqo deydi. Nimaki Alloh uchun bo'lsa, u qoladi deydi. Haqiqatan hozir muattar desa, Imom Bo'likni muattosini tushunamiz, xolos, boshqa muattarni biz bilmaymiz. O'sha qolgan oltmishta muattar nima bo'lgan, biz bilmaymiz, qayoqqa ketgan. Lekin Imom Bo'likning muattolari qolgan. Qachon ilm Alloh uchun bo'ladi? Nimaki makana lilahi yaqqol? Nima uchun, nimaki Alloh uchun desa, qoladi deydilar. Nima Alloh uchun o'ladi? Odam o'zi uchun birinchi o'rinda, o'zini isloh qilish uchun olgan ilm mana shu Alloh uchun biladi. O'zidan boshlasa o'sha Alloh uchun oladi. O'shanga Alloh Taolo Qur'onda aytadi, ya ayyuha alladina, a manu limata quruni malata falon deydi.

Ey, iymon keltirganlar, nimaga qilmaydigan ishlarni aytasizlar deydi. O'shani tafsirida mana hali shu ulamolardan Imom Abu Bakr roziy ya'ni Jasos aytadilarki, mana shu oyatni ma'nosi deydilar, odamzod o'zi amal qilmaydigan narsani birovlarga aytishi deydi. O'sha o'shani ilm olayotgan odam. Mana men yaqinda fiqh darslarini e'lon qildim. Oralaringlarda balki qo'shilganlar bordir. Ayollarga bitta, erkaklarga bitta alohida kanal qilib, yopiq kanal. O'shanga hammani qo'shib, dars ochiq bo'ladi. Asosiy dars ochiq biladi, qolgan darslar yopiq kanallarda bo'ladi. Shunaqa qilib, fiqhdan dars boshlashga qaror qildim. Shu o'n kunlarda, bir haftalarda boshlasak kerak. Va shu dars uchun anketa qildirdim men, toki odamlarni oldin bilishim uchun, dunyoqarashini, boshqasini, ishtirok etmoqchi bo'lganlarni umumiy saviyasini. Va men o'sha payt nimaga ilm olmoqchisiz degan savol so'raganimda, aksar odamlar savollarida, aksar demaydi, juda ko'p odamlar savollaridan aytyapti, yaxshilik tarqatmoqchiman, bolalarimni tarbiyalamoqchiman. Bu maqsadlar yaxshi, lekin bularning hammasi birlamchi maqsaddan sizni chalg'itmaslik kerak. Birinchi maqsadingiz nima bo'lishi kerak ilm o'rganishdan? O'zingizni isloh qilish bo'lishi keraksiz. O'zingizni isloh qil. Agar o'zingizni najot topib tura olsangiz, o'zingizni isloh qila olsangiz, keyin qolgan islohotlar hammasi o'zi bo'laveradi. Agar qolganlar bo'lmay qolsa ham, siz zarar qilmaysiz, muhimi o'zingizni izoh qilib oldingiz. Agar o'zi isloh qilmasangiz, qolgan hamma ishingizni hech qanaqa qadri bo'lmaydi, o'zi aslida boshqa ishlar bo'lmaydi ham.

O'shanga kishi albatta o'zini isloh qilishi va ilm olishga muhabbatli bo'lishi va ilmni albatta amal bilan birga qilishi kerak bo'ladi. O'shanda inshaalloh yuqori oliy martabalarga erishadi. Ham dunyoda, ham oxiratda saodat topadi vallohu a'lam. Mana birinchi savol, jamiyatda o'zligimizni anglash uchun biz yoshlarga nasihat qiling debdilar. Alloh taolo rozi bo'lsin, juda yaxshi narsa. Odam o'zligini anglashi bu eng katta, eng katta narsa. Ya'ni men kimman degan narsani bilish bu eng katta narsa da. Siz kimligingizni bilishingiz uchun bitta umumiy narsa bor, bitta xos narsa bor. Umumiy narsa bu nimaga Alloh Taolo siz yaratgan ishingizni, yaratganini bilishingiz. Alloh Taolo aytdi, insna wajinni mengagina ibodat qilishidan boshqa narsa uchun yaratmadim dedi. Faqat shu uchun yaratdim dedi. Ya'ni sizning hayotingiz, butun hayotingiz ibodatdan iborat. Siz Allohga bandalik uchun yaratilgansiz. Mana shu sizning aslingiz, mana shu uchun shu dunyoda turibsiz. Mana shu uchunda siz nafas olyapsiz. Mana shuni unutmaslik kerak. Va Allohga bandalikka qilish degani butun hayotingizni olib bir qurbon qilib yuborish degani emas. Allohga bandalga qilish deganida sizning hayotingizdagi amallab ibodatlar ikki xil ikkita turga bo'linadi. Ikkita turga bo'linadi. Birinchisi ibodati, ibodatul maqbo, ya'ni xolis ibodatlar, faqat ibodat uchun qiladigan ibodatlar, namozga, ro'zaga, zakotga, hajga o'xshagan. Zikrlarga. Ikkinchisi, kundalik ishlaringiz. Mana hozir men suv ichmoqchi bo'lsam, shu suvni ichaman, toki ovozim yaxshiroq bo'lsin, toki Allohning diniga da'vat qilay desam da, bismillah.

Ichsa mana shu ibodatman. Mazza qilaman, savob olaman, ham suv ichib mazza qilaman ham savob olaman. Mana shu ibodatchiman. Ishlaysizmi ibodat. Uyingizga rizq topib kelasizmi ibodat? Bir bir luqmani olib ayolingizni og'ziga solib qo'ysangiz, mana shu ibodat dedilar O'zbekistonda. Uxlasangiz ibodat. Agar siz bomdodga turib yaxshilab bomdod o'qiyman deb niyat qilib uxlang, yoki ertaroq turib qiyomlaylik o'qiyman deydi. Uxlagan paytingiz ibodat. Uxlab turib sizga savob olasiz. O'shanga sabablardan birida kelgan voqea da, Muhammad ibn Sirindan rivoyat qilinadi. Muhammad ibn Siyren bir majlisda o'tirsalar, majlisda eshik taqilladi. Eshik taqlladi, birov turib ochmoqchi bo'lgandi, qayerga ketyapsan dedilar. Eshik taqiqladi, ochganda ketyapman dedi. Aytdilarki, shu eshik taqillasang ochiverasanmi? Dedilar. Ha dedi haligi hayron bo'lib. Nima qilay dedi. Aytdilar ki, valloh dedi, agar men shu eshikni taqillatsa, kamida oltmishta niyat qilmasdan turmagan bo'lardim dedilar.

Borib otishdan oldin niyatlarim. Kambag'al bo'lsa qorinni to'ldiraman, yetim bo'lsa boshini silayman, bir musulmon bo'lsa yaxshiroq bo'lishga da'vat qilaman, kofir bo'lsa dinga da'vat qilman, zolim bo'lsa to'xtataman, mazmun bo'lsa yordam beraman, hamma niyatlarni qilib borib ishini ochadi, hech kim bo'lmaydi. Kimdir masalan haligi nima po'choq bormi deb kelgan bo'ladi masalan. Lekin shuni hammasiga sog' bo'lasiz, tasavvur qiling. Chunki kundalik faoliyatingiz o'zi ibodat. Va mana shu sizni mohiyatingiz, sizni mohiyatiz alloh taologa ibodat qilish, xolis ibodat bo'lgan ishlarda va ular ko'p emas, kam vaqtingizni oladi. Va asosiy ishingiz hamma ishingizni yaxshi niyat bilan alloh taolo uchun deb qilish va mana shu bilan halol hayot hayotda yashagan holda alloh taologa gunohlarsiz yoki gunohlardan tavba qilgan holda va hammamizni gunohkormiz gunohlardan tavba qurgan holda qaytib olish. Mana shu agar niyat bo'ladigan bo'lsa, inshaalloh shu saodatni yo'li bo'ladi.

Bu endi umumiysi. A xossaga keladigan bo'lsak, jamiyatda o'zingizni kimligingizni bilmoqchi bo'lsangiz, hamma sohalarni ko'ring. Nima sohada siz kuchli bo'la olasiz? O'sha sizni xos shaklda kimligingizni aniqlashingizga yordam beradi. Ya'ni kimdir o'qituvchilik uchun tug'ilgan bo'ladi. Kimdir tijorat uchun tug'ilanib bo'ladi. O'zingizdagi o'sha sohani aniqlashga harakat qiling. O'shanga aytganimizdek, butun hayotingizni sarflang va ko'p shundan xayrli barakotlar topasiz, inshaalloh. Xo'p, mana bu yoqda ko'pchilikka ma'qul bo'lgan savol bor ekan.

Bir singlimiz aytyaptilar. Assalomu alaykum. Va alaykum assalom va alaykum assalam. Ustoz o'tmishdagi xatolarni o'ylamay, hayotda muvaffaqiyatlarga erishish mumkinmi? Xatolarim ko'p deb ruh ruhdan cho'kib qolib, gunohlardan uyalib ibodatlar ham qila olmay qolganlarga qanday? Bilingki, xatolardan uyalib turib ibodat qila olmay qolish bu aynan eng katta xato. Shayton aynan shunaqa qilib aldamoqchi bo'ladi. Va o'sha uchun ham Qur'onda bir nechta joyda va hadislarda va islomiy ta'limotlarda sizga aytiladiki, noumid shayton, bu o'zbek tilida ham bor qarang. Noumid shayton. Shaytonning umidi yo'q.

Har qanaqa gunoh qilsangiz, qisangiz, hadis quddusiyda keladi. Bu sohib hadis va hadis quddusoviy bo'lgan hadisda keladi. Bu hadis ya ibadi, innixarom to g'ulma ala nafsiy va j'al tuh u baynakum harom afalat va olamu deb boshlanadigan hadis. O'sha hadisda Alloh Taolo aytadi ya ibadi, ey bandalarim deydi, men sizlarni hamma gunohlaringlarni kechiraman deydi. Modomiki istig'for qilib aytsanglar deydi. Ya'ni modomiki o'sha gunohdan istig'for qilsanglar, tavba qilsanglar, agar tavba istig'for qilishinglar hamma gunohlarni kechiroman deydi. Bitta rivoyatga keladi, hatto osmonlarga yetib ketsa ham deydi. O'sha uchun ham bir bir hadisda keladi. Bir sahob bu hadis Buxoriy Muslimda ham bor va boshqa rivoyatlarda ham keladi o'sha rivoyatlardan birida va ko'p rivoyatlar hammasi sohibiy. Bir sahobiy keladi da, men gunoh qildim deydi. Bir rivoyatida o'sha gunohni oshkor qilib keladi. Bir bog'ga kirgandim, xurmonzorga kirgandim deydi, bir ayol begona ayol yotgan, o'tirgan ekan deydi. Shu ayolga borib deydi, tegichog'lik qilib, endi shunaqa odam o'zini ayoliga qiladigan ishlarini shu ayolga qildim deydi. Lekin deydi, o'sha oxiriga yetkazmadim, ya'ni jinsiy yaqinlik qilmadim u deydi, boshqa ko'p o'sha hayoq ishlar, hayozi ishlar qildim deydi, mening endi deb pushaymon bo'lib aytadi Rasulullohimga, nima qilay deb. Desa aytadilarki, hozir biz bilan namoz o'qidingmi deydilar. Ha, o'qidim deydi. Desa bo'ldi deydi, Alloh Taolo seni kechirdi deydilar.

Bir oyatda innal hasanat, yulih ibn sa'iyat deydi Alloh Taolo, eshitmadimmi deydilar. Innal hasanat yaxshiliklar yulih ibn sayy'at, yomonlikni ketqizib yuboradi, o'chirib yuboradi. O'shaning uchun bilingki, har qanaqa yomonlik odamda bo'lsin, yaxshilik qiling bo'ldi, hammasini o'chirib oladi Alloh Taolo. Ana bitta hadisda keldi, kimda kim la la ila iloh vahda hula sharika la lahu l mulku va la hu la hamd va huva a'la kul lushayyin qodir deb yuz marta aytsa dedilar. Yuz marta aytsa, o'nta qo'l ozod qilganini sog'ini oladi dedilar. Yuzta savob yoziladi. Yuzta gunohi o'chiriladi. Va o'sha kuni shayton hech qanaqa avashni qila olmaydi, unga zarar yetmaydi. Va o'sha kungi hech kim unchalik ko'p zikr qilgan bo'lmaydi, ilhom mana shu zikrni mana shu raqamdan ko'proq aytgan odam dedilar. Qarang, vaholanki lay ila haydallohu vahh dahulay sharikalla nahul mulkulahul hamdu vahu ala kul sha inqodir deyishingizga yuz marta aytishingizga to'qqiz o'n daqiqa ketadi. Sakkiz, to'qqiz, o'n daqiqi, undan oshmaydi. Bir tekis tekis aytsangiz, tez aytsangiz, endi besh daqiqada ham aytib yuborsangiz bo'ladi, lekin yaxshi emas. Sekin sekin qilib, xotirjamlik bilan aytsangiz, o'n naqiqa ketadi . Agar shuni aytishni odat qilib olsangiz, har kuni o'n daqi qa, budilnik qilib qo'yasiz, o'sha jiringlagan paytda o'n daqiqinga vaqtingizni qo'yib, shuni aytsangiz yuz marta. Tasavvur qiling. Bir yilda uch ming olti yuz ellikta qul ozod qilgan bo'lasiz. Uch ming olti yuz ellik ta xalq kichkina adat emas, qulni ozod qilyapsiz, o'shani hayot beryapsiz siz unga.

Bir yilda uchuza olti ming besh yuzta sizga savob yozilyapti. O'ttiz olti ming, besh yuzta gunohingiz o'chirib tashlanyapti sizdan. Va yil davomida shayton sizga rosa saqlab yaqinlasha olmayapti. Qarang qanchalik saodat bor. Shaytonning yaqinlashishi faqat vasl savol bilan bo'lmaydi. Shaytonning yaqinlashishi boshqa narsalar bilan bo'ladi. Ba'zida bir har xil darslarning tegishi, ba'zida bir yomonliklarga odamning borishi, g'azablar, boshqalar, ko'p narsalar, qayg'ular. O'shanga iloji boricha odamzod nima qilish kerak? Qadimda qancha narsa bo'lmagan bo'lsa, bo'lmasa, Alloh taologa tavba va istiqbol aytish kerak. Alloh taolo barcha gunohlarni kechiradi. Inna Alloha.

E e, la yaqfir, yushur akabih, va yaqfirul madunada lekin liman yashadi, Alloh Taolo. Alloh Taolo shirk qilganini kechirmaydi. Undan boshqa hamma narsani xohlaganiga kechiradi. O'shanga shirk qilmasangiz, qolgan barcha narsada Alloh Taolodan demak yaxshi gumon qilib bilish kerakki, Alloh Taolo inshaalloh albatta gunohlarni kechiradi. Va bu narsani aytganimizdek Rasululloh aytdilar ku lyukm xattoun va xayrul xattoin tavba bu dedilar. Ya'ni hammanglar ko'p ko'p ko'plab xato qilasizlar. Eng yaxshi xatokorlar bu. Tavba qiluvchilar dedilar. Mana bir birodarim so'raydilar, men it sohasida, demak dasturchiman deyaptilar. It dasturchiman. Dasturchilik sohasida ko'proq manfaatli ishlar qilishim yaxshimi yoki diniy bir soha tanlab, diniy dunyoviy soha bir vaqtda ketgani yaxshimi? Albatta din, diningizdan nasibangiz bo'lsin. Haligi har kuningizdan, har yoki haftangizdan qanaqadir vaqtlarni ajrating, o'sha vaqtda din o'rganing va din o'rganish uchun ko'p vaqt ketmaydi sizga. Ya'ni siz katta bir olim bo'lib ketmasangiz ham muhimi, masalan namozni qanaqa o'qishni bilasiz, tahoratni bilasiz, zakotni qanaqa to'lashni bilasiz, ro'zalarni qanaqa tutishni bilasiz. Hadislar o'qib turasiz, toki qalbingizda nubuatning nuri doim porlab turadi. Qur'on o'qiysiz, toki Qur'on sizni doimiy hidoyatga boshlab turadi. Ota onangizga yaxshilik qilasiz. Diningizdan albatta nasibangiz bo'lsin. Diningizdan nasibangiz bo'llgan holda, keyin xohlagancha, ya'ni dunyo ishlarida o'zingizga yoqadigan sohada ishlab, o'sha sohada agar Alloh uchun deb niyat qilsangiz va o'sha sohadan yaxshiliklar qilishga harakat qilsangiz, albatta savoblari ko'p bo'ladi inshaalloh.

O'shanga o'zingiz sohangizda qolib, qo'shimcha ravishda albatta dindan nasib olishga harakat qilish kerak, allohu a'lam. Mana bir birodarimizni savollari yaxshi savol bo'libdi. Aytyaptilar, komfort zonadan chiqa olmaslik va buning natijasida dangasalik bo'lgan muammoga muolaja aytsangiz. Bu o'sha odamzod bir o'ziga komfort zon, endi hammada har xil shaklda bo'ladi. Lekin odamzod o'ziga bir qulay vaziyatni topib olib, o'sha vaziyatda davom etib ketaveradi, choki toki o'sha o'lim kelib uni olib ketmaguncha. Bu albatta judayam saodatdan uzoq bo'lgan holat. Bunga yaxshi, eng yaxshi yechimlardan biri, men o'ylayman. Aytdimki, odamzod haftada, ya'ni buni yechimlarini aytdim o'zi aslida. Yoningizda soliq sheriklarini ko'paytiring dedim, tartibga o'rganing dedim, maqsadingizni aniqlang dedim. Bularni ko'pini aytdim. Lekin shularga aytganimni takrorlamayman da, o'sha boshida aytdim, bilmadim, eshitildim, sizlarga o'sha payt eshitilmadimi, hozir ko'pchilik eshitmay qolibdi. Bitta men faqat unga qo'shimcha qilaman, hozir shu nuqtada, o'shanda aytmaganim yo qolgani o'sha aytganlarim. Qo'shimcha, o'lim va o'lim bilan bog'liq narsalarni hayotingizni bir qismiga aylantirishga harakat qiling. Haftada bir marta bo'lsa ham, bir oyda bir marta bo'lsam ham, bir yilda bir marta bo'lishi ham, umringizda bir marta bo'sa ham, bir o'lik yuvishga qatnashing. Kafanlashda qatnashing. Mana o'lik yuvadigan odamlar bo'ladi, bilsanglar, mahallalarda, boshqada topsangiz bo'ladi. Borib ayting, birorta menga sizga shogird tushyapti, bir marta bo'lsa ham borib turing deng.

Qo'lingiz bilan bir o'likni yuvishda, boshqada ishtirok eting da shu odamga shogird bo'lib borib. Shunda hech bo'lmasa shu xonada turib qarang da, hayotni qadrlaysiz. Shunaqa odam keyin sigaret chekmaydi, nos chekmaydi masalan, ahmoq ishlar bilan shug'ullanmaydi, sal parhez qiladi, o'zini salomatligini asraydi va foydali ishlar qilishga harakat qiladi. O'shanga yoki kasal ko'rishga ko'proq boradigan bo'ling. Mana og'ir kasallarni, masalan deylik, saraton, boshqa bilan bog'liq kasallanish shifoxonalari bor. O'sha yerlarga borib kasallar ko'rishga harakat qiling va oziq ovqatlar, boshqa olib borib bolalarga tarqating o'sha yerda kasal bolalarga. Shunda salomatligingizni, vaqtingizni qadriga yetasiz. Shunda bilasizki, Alloh Taolo sizga bu vaqtni berdi va bu vaqt yaqinda tugaydi. Juda oz qoldi. Juda ozib qoldi, tugaydi yaqinda. O'sha tugaguncha bir narsaga ulgurib qolay deysiz, o'shandan keyin hayotingizdan Alloh alam unumliroq foydalanadigan bo'lasiz. Sizning shaxsiy shaxsiyizni so'ramoqchi edim debdi. Shaxsiyiz degani nima degani? Men shaxsim, ya'ni meni ismim Mahmud Usmon. Ismim o'zi Mahmud, ya'ni Usmon meni bobomni ismlari. Agar shaxsim degani meni shaxsiy ma'lumotim bo'lsa. Men yoshim o'ttiz beshta. Andijon viloyatida tug'ilganman, Toshkentda o'qiganman. Oldin yuridik universitetda o'qiganmman, institut, hozir universitet bo'lib qolgan. Keyin Dubayda bir bir qancha vaqt yashadim, o'qidim, boshqa qildim. Keyin Madinaga keldim.

Sal kam to'qqiz o'n yildan beri madinada o'qiydim, olaman. Madina Islom universitetini shariat fakultetini tugatdim. Oldin arab tili bosqichini tugatgandim. Hozir mana magistraturani tugatyapman. Doktoranturani ham inshaalloh shu yerda davom ettirsam kerak, yaqinda boshlanadi. A. Fiqh o'rganaman, asosiy soham fiqh. Xo'p, o'zbek tilida, ingliz tilida, arab tilida, ona tilimdek gaplashaman, alhamdulillah. Shu endi taxminan.

Bo'ladi yana nima ma'lumot aytishim mumkin? Toyib, uchta kitobni tavsiya qila olasizmi qalb islohi uchun deb bir kishi so'rabdilar. Endi o'zi aslida qalb isloh qilishda Qur'ondan yaxshi narsa yo'q. Lekin Qur'onni tushunish uchun tafsir kerak bo'ladi. O'zbek tilida yoki ingliz tilida yoki rus tilida nima tilda o'qiy olsangiz yoki arab tilida nima tafsir topa olsangiz, muhimi mo'tabar olimlarni tafsiri bo'lsa, o'shani o'qish kerak. Tafsilot eng yaxshi narsa. Odamni Qur'ondan yaxshiroq odamni qalbini nurlantiradigan narsa yo'q. Undan tashqari hadis kitoblari. Hadis kitoblar o'qimoqchi bo'lsangiz, eng eng eng yaxshilari Riyodi Solihiy. Riyodi Solih. Chunki muallif bob bob qilib, eng yaxshi boblarga jamlab, eng eng eng ajoyib hadislarni jamlab chiqqan. O'shanga ko'p foyda olasiz. Yana masalan, Abdulfattoh Abu G'udani kitoblari o'zbek tiliga tarjima qilinibdi. Masalan, ulamolarning ilm olishda sabri degan kitob yoki o'sha vaqtning qadr haqidagi kitoblar bor. Mana bu kitoblar bir biridan yaxshi kitoblar. Mana shu kitoblarni men tavsiya qilgan bo'lardim. Nimaki kitob sizga ijobiy bo'lishga yordam bersa, ijobiy bo'lishga, ijobiy inson bo'lishga yordan bersa, yaxshilik qilishga sizni chaqirsa va hayotni va vaqtni qadrlashga chaqirsa, o'sha kitobdan foydalanish kerak, uni o'qish kerak, vallohu a'lam. Mana bir birodarimiz yozibdilar, juda ajoyib savol. Men talabaman deyaptilar. Darslar soat bir dan o'n olti gacha bo'ladi.

Namoz o'qishni boshlasam qazo bo'lib qoladi. Nima qilish kerak deyaptilar. Namozlarni qasddan qazo qilish eng, eng, eng og'ir gunohlardan bo'ladi. Eng og'ir gunohlardan. Hatto Imom Ahmad rohimahulloh bir rivoyatda bu odamni dindan chiqaradi, murtad bo'ladi odam degan deganlar. Imom Ahmadni mazhablarida. Namozlarni qasddan tashlash, qazo qilish mutlaqo bo'lmaydi. Lekin agar imkoningiz kam bo'ladigan bo'lsa, sizni o'rningizda men bo'lganman. Mana shu Toshkent davlat yuridik universitetida institutda o'qigan paytimda, meni bilimim bo'yicha, tabiiyki, meni men bilmagan bolalar ham bo'lgan bo'lishi kerak, lekin meni bilimim boricha beshta, oltita bola namoz o'qirdi. Shu bola bir birimizni bilardik, chunki namoz o'qitadigan joydan qidirib yurardik, qayoqda o'qisak ekan deb. U paytlar ancha og'ir bo'lardi. Bu ikki ming ikki ming beshinchi, ikki ming to'qqizinchi yillar ya'ni. U yillar ancha qiyin bo'lardi bu sohalar. Lekin o'qirdik. Imkon topib o'qisa bo'ladi. Ana biz o'sha paytda bir tozalovchi opa bo'lardilar, tirik bo'lsalar, Alloh Taolo umrlariga barakotlar berib ibodatda davomli qilsin. Xot qilgan bo'lsalar, Alloh rahmat qilsin, yoshlari katta edi. Biz o'sha opa bilan kelishdik. Ular masalan o'sha tozalaydigan xonalarni ochib berardilar. Kichkina xona o'sha yerda sekin kirib o'qib olardik. Yoki bir oshxonalarga borib o'qirdik, ko'chada bo'lib qolsak haligi nimalarga, supermarketlarga kirardik da, do'konlarga, o'sha yerda kiyim almashtiradigan xonaga kirib o'qilib olardik. Ya'ni yo'lini topardik, o'qirdik lekin odam harakat qilishi kerak, namozni buni qazo qilmaslik kerak. Agar siz masalan peshinlarni yoki shom namozlarini o'qish paytida o'qishingizga to'g'ri kelib qolib, mabodo imkon bo'lmay qolsa, ana farz o'qing, sunnatni o'qimay tursangiz bo'ladi.

Farzni o'zini ichi bo'lmasa o'qib oling. Lekin farzlarni o'qimaslik bu og'ir og'ir gunoh bo'ladi. Bu shaqovat bo'ladi. O'shanga bunga harakat qilish kerak. Inshaalloh inshaalloh odam harakat qilsa yo'lini topa oladi. Ya'ni kimda kim qattiq harakat qilsa va uni hayotdagi birlamchi o'sha prioritetga qo'ysa, u albatta inshaalloh yo'l topadi. Mana bir kishi savol so'rabdilar. O'zbekistondan Misrga o'qish uchun bormoqchi bo'lsak, u yerda O'zbekistonda ustozlar ko'p. Husayn Buxoriy, Abdullohqori aka, yana bir qancha ustozlar o'zbek tog'li bilimlariga yo'li yo'riq ko'rsatib kelishadi. Alloh ulardan rozi bo'lsin. Biz Abdullohqori aka bilan ham Husayn qori aka bilan ham ko'p yaqinmiz. Alloh ikkaladan rozi bo'lsin. Madinada ham shunaqa ustozlar bormi deb so'rashyapti. O'zbekistonlik deydigan bo'lsangiz, endi o'zbekistonli kamroq bo'lishi mumkin. Lekin siz agar madinaga boradigan, keladigan bo'lsangz, arab ustozlardan ilm olsangiz bo'ladi. Arab ustozlari ham yaxshi ustozlar ko'p. O'shanga o'zbekistonlilik bo'lishi shartmas allohu a'lam. Endi o'z bekistonlik ustozlardan biz o'zimizga ham ustoz bo'lgan ustoz sahifulloh nosir borlar. Lekin o'zbekistonlik ustozlar kam endi, lekin arab ustozlar ko'p. Arab ustozlar orasida hanafiy bo'lgan ular ustozlar ham ko'p. Va boshqa ustozlar ham, masalan sheyx saidbek tosh borlar bu yoqda. Muhammad avomani eng katta shogirdlari va kuyovlari birday bitta yo bitta qizlariga kuyov bo'lgan. Professor katta olim, sheyx saidbek tosh.

Boshqa sheyxlar bor bu yoqda. Bilmadim yana qancha vaqtimiz bor, savollar juda ko'payib ketibdi. Men savollar tanlashga ham qiynalib qoldim. Balki savol tanlashga siz yordam bersangiz yaxshiroq shekilli, e e, Jasurbek. Xo'p bo'ladi. Xo'p, bo'ladi. Men o'zim ham harakat qilaman. Xo'p. Mhm. Hozir menga shaxsimga ham jo'natishibdi, iltimos qilib, shuni so'rab bering deyishibdi. To'g'ri eshitmaganman ko'p suhbatlarda. Assalomu alaykum. Haqiqiy ilm va iymonga erishish, erishish uchun nima qilish kerak?

E, haqiqiy, ya'ni chin iymoniga va chin ilmga, haqiqiy iymonga, haqiq ilmga erishish uchun nima qilish kerak? Alloh hali ham haqiqiy ilmga, ya'ni haqiqiy iymonnga erishish uchun, albatta odamga ilm kerak, ixlos kerak, Alloh Taoloni tanish kerak, Alloh tanish uchun Qur'on o'qish kerak, duo qilish kerak, Allohda hidoyat so'rash kerak. Farzlarda davomli bo'lishi kerak va haromlardan eng uzoq bo'lishi keraksiz va haromlarning eng, eng, eng kattasi, eng foizasi shirk, shirkdan uzoq bo'lishingiz kerak va boshqa gunohlardan uzoq bo'lingiz kerak. Shu bilan inshaalloh odamzod iymonga erishadi. Ilmga, haqiqiy ilmlga erishmoqchi bo'ladigan bo'lsa, ilmning eng yaxshisi bu ilmning foydalisi. Ilmlar ko'p. Mana orqamga qarasangiz hozir, shular hammasi kitoblar. Mana shu kitoblarni hammasi bitta ser alam nubalar degan bu yoqdagi kitobdan boshqa hammasi fiqh kitoblar shular. Tasavvur qiling, shularni hammasi faqat fiqh kitobalar. U ichkarida yana bitta kutubxona bor katta. U yoqda tafsir, boshqa kitoblar. Ser alam nubalalar faqat bu yoqda o'sha nima kitob. Ulamolarni tarixiga oid kitob. Ulamolarni hayotiga oid kitob, qolgan hammasida fiqh kitoblar shular. Ilm ko'p hozir. Bitta o'rtacha tolib ilmda Imom Navoiyda, Ibn Hajirda, katta katta olimlarda bor kitobdan ko'ra ko'proq kitob bor hozir. Kitoblar ko'p, ilmlar ko'p. Qaysi ilmni olishga harakat qilish kerak? Foydali ilmni olishgacha harakat qilish. Shunday ilmki, o'sha ilmni olishingiz to'g'ridan to'g'ri sizni amalingizga ta'sir qilsin.

To'g'ridan to'g'ri sizni hayotingizga ta'sir qilsin. Shu ilmni oling va amalni boshlang. Shu ilm ni oling va tadbiq qilishni boshlang. Mana shu ilmga harakat qilish kerak. Chunki Imom Shohruh Rahimov aytadilar, kullul ul ulumi silal qur'ani mana shu g'alatun. Illal haditha va ilmal fiqh fiy diniy. Al ilmu ma fiyi qoli hadda sanavva man sila laka va su shaotiniy deydilar Imom Shofi. Ya'ni kulul ulumin sila quranin mashg'ulotun. Qur'ondan boshqa hamma ilmlar deydilar, chalg'ituvchi ilmlar deydilardi, diniy ilmlar deb olaylik, masalan, dunyo ilmlari o'zi dunyo uchun odam o'rgansa maqsadi yaxshilik bo'lsa o'rganaveradi, muboh. Lekin din ilmlardan kulul ulumi, sival qur'ani mashg'ulotni, Qur'ondan boshqa hamma ilmlarni bekorchilik, siz mashg'ul qiluvchi narsalar. Sival. Ilm al hadis va ilm al fiqh. Ilm al hads va fiqh ilmi. Ilm al fiqhi fi diniy, dinda faqih bo'lish. Dinda faqihligi ekanda Qur'onni, hadisni va Allohning ahkomlarni va fiqhiy ahkomlarni chuqur tushunish. Mana shu ilm mana. Qur'on ilm, hadis ilm va fiqh ilm. O'shanga ulamolar aytadiki, ilmlarni yakuni, oxiri uchalasi deydi.

Vala ilm u mafiyhi, ala ilm u mafihi, qola hadda sana. Ilm degani bu qola hadda sana, ya'ni Alloh'dan va o'sha Rasulidan bizga kelgan narsa. O'sha Rasulidan kelgan hadislar va demak, qadimgi ulamolardan kelgan narsalar. Mana shu ilm. Va mana sila adek, vas vasushayal, tin deydi. Undan boshqa narsalar hammasi shaytonni vasazalari deydi. O'shanga haqiqiy ilmdan olmoqchi bo'lsangiz, shunday ilm olingki, u sizni amalingizga ta'sir qilsin. To'g'ridan to'g'ri sizni amal qilishni o'rgatsin. O'shanda o'sha ilm foydali ilm bo'ladi va bu ilmni boshqa ilmdan farqlashni bitta belgilardan biri, belgi deylik. Foydali ilm odamni to'g'ridan to'g'ri yaxshiroq bo'lishga chaqiradi. Foydasiz ilm odamni qalbini qoraytiradi, nima tortishlarga, bahslarga, mana odamlar o'tirib olib tortishadi masalan. Hali hech qanaqa ilm olmagan. Hali ibtidoiy ilm ham yo'q o'zida. O'tirib olilib, Alloh Taolo isrof qiladimi, qilmaydimi deydi. Alloh unaqa qiladimi, yo'qmi? Allohni qo'li bormi, yo'qmi. Tort, tushunaveradi, men tushunmayman shuni. Nima foyda qiladi shu narsalardan? Ya'ni ulamolar qadrdon qilolib qo'ygan narsa. Siz uni hal qila olmaysiz. Lekin siz qilishingiz mumkin bo'lgan narsa foydali ilm bilan shug'ullanish. Sizga hozir nima foyda keltiradi? Siz hozir nima yaxshiroq qiladi va atrofdagi jamiyat nima yaxsharoq qiladi? Shuni o'rganish kerak. O'shanga aytamizki, foydali ilm olishga harakat qilish kerak. Foydali ilmni eng yaxshi sifatlaridan biri o'sha to'rtta mazhabni bittasini olib o'rganishga kerak. O'zingizni diyoringizda tarqagani o'sha yaxshiroq.

Chunki shu to'rtta mazzhab rasulullohgacha sanadi bor. Mana hozir men hanafiy mazhabni o'rganganman. Men o'zimni ustozlarimdan, ustozlardan qilib to rasulullohgacha va u zot orqali, jibriy orqali allohgacha men ayta olaman. Mana o'zimni ahkomlarni qayerdan olganimni. Bu qanday saodat bu? O'shaning uchun ham to'rtta maslahatdan birida qoling, ana siz eng qabul matin, mustahkam bir arqonni ushlagan bo'lasiz. Mana shunday harakat qilish kerak. Mana shu foydali ilm bo'ladi. Va foydali ilm iloji boricha odamni nizolarga, tortishlarga chaqiradigan emas, amalga chaqiradigani ilm. Agar shunaqa ilm oladigan bo'lsangiz, o'sha foydali ilm bu. Nimaki ilm sizni tortishga, bahslashga, boshqaga chaqirayotgan bo'lsa, u ilm bo'lmaydi. U faqat vasvasa bo'ladi, vallohu a'lam.

Xo'p, ustoz, yana bitta savol bor ekan. Ko'pchilik hech kimga javmadim. Qat'iyat, o'sha ilmda ham, taqvoda ham qat'iyatli bo'lib ketishlik uchun nima qilish kerak deb so'rashibdi. Ha, qat'iyat uchun nima kerak? Bu ajoyib savol. Mana shu suhbat. Juda zo'r savol. Lekin bunga yuqorida javob berdik qaysidir ma'noda. Ya'ni, doim, tasavvur qiling, mana yo'lingizdagi to'siqlar, u bir tog'lar yoki tepaliklar bo'lsa, bir tog' yoki tepalik bir o'zidan kichkinaroq yoki o'zi bilan teng bo'lgan boshqa bitta tepalikni to'sib qoladi. Lekin quyoshni u oyni to'sa olmaydi. Qanchalik sizni orzularingiz va niyatlaringiz katta bo'ladigan bo'lsa, shunchalik to'siqlar ularni to'sib qololmaydi. Agar siz Oyga yoki Quyoshga qarab intilayotgan odam bo'lsangiz, ya'ni katta bir orzuga intilayotgan adam bo'lsangiz oddiy bitta tepalik hisobga qololmaydi, to'sa olmaydi, to'sa. Va hayotingizda ko'plab ko'plab sinovlar bo'laveradi. Qanchalik orzuyingiz katta bo'ladigan bo'lsa, shunchalik o'shanga qarab harakatlanishiz yaxshi bo'ladi. O'shanga doim uchta narsa odamga eng eng eng eng ko'p kerak bo'ladigan narsa. Birinchi narsa bu sizni o'sha bir bir intilayotgan, qayta bu diniy yoki dunyoviy soha bo'lsa, intilayotgan narsaga sizni tortuvchi. Demak, pashen deydi yu, o'sha narsa, bir intilish, bir hissiyot, bir hayajon, mana shu mana shunga tortadigan bir qalbingizdagi bir narsa.

Mana bu birinchi nuqta. Ikkinchisi, orqangizdan itaradigan narsa, bo'lsa tortadi go'yoki. Orqangizdan itsaradigan narsa. Orqangizda itsaradigan narsalar, bu bu o'sha hozirgi vaziyatingiz. Hozirgi vaziyatingizdan, ya'ni Alloh Taolo bergan narsalaring rozi bo'ling. Lekin mana shu vaziyatda qolishdan yoki undan tuballashtirishdan aslo rozi bo'lmang. Aslo rozi bo'mang ertaga bugungidan yomonroq yoki bugungidek qolishingizniki. Aslo rozibo'mang ertaga, bugungidan yaxshiroq bo'ling. Bugun kechki payt, bugun tongdan yaxshiroq boring. Har soat oldingi soatdan ko'ra yaxshiroq buying. Har soat ozgina bo'lsa ham narsa o'rganing, ozgina bo'masa ham amal qiling, ozginabo'masa ham o'zingizni ustingizda ishlang. Ana shu narsa siz orqangizdan itarib turadi. Va bu uchun hayotda sabablaringizni o'rganing. Sabablaringizni so'raganingiz. Qancha qiyinchiliklaringiz bor, qanaqa holatlaringiz bor, nimalar qilsangiz bo'lardi, nimalar qila olmadingiz, mana shuni o'rganing, toki o'sha sizni keyin undasin yaxshilikka. O'shanga orqangizdan itaruvchi bu narsa bo'ladi. Oldingizdan tortuvchi bu o'sha odamni demak orzulari bo'ladi. Uni o'ziga jalb qiluvchi jozibali bo'lgan, u uchun yaxshilik bo'lgan orzular bo'ladi. Orzularni eng buyugi bu Jannat. Lekin bu dunyodagi orzularingiz ham. Nimalarga erishmoqchisiz? Masalan Qur'onni yodlamoqchimisiz, ingliz tilini o'rganmoqchimisiz? Men Subhanalloh o'zim ingliz tilini o'tkazishimni bolalarga aytib berardim. O'sha biz ingliz tilini o'sha qaror qilgan paytimiz birinchi Kansler degan joy bo'lardi Toshkentda. Olti oy taxminan shu birinchi Kanslerdan men deyarli chiqmaganman.

Birinchi bo'lib men kirardim, oxirgi bo'lib men chiqardim. Birinchi bo'lib yoshga borib turardim, ular ishini ochganda men o'sha yerda bo'lardim ko'pincha. Oxiri bo'lib chiqib ketardim. O'sha yerda qamalib olib o'rganaverardim. Natijada ingliz tili men uchun ona tilimdek bo'ldi keyin. Shu tilda fikrlaydigan bo'ldim, shu yerda gaplashadigan bo'ldim. Ko'p bundan foyda ham topdim ku, ancha yil sinxron perevod bilan shug'ullandim saudiyada. Hayotda har qanaqa narsa shunaqa. Nimagaki, butun jonliyingiz bilan kirishib yigirma to'rt soat o'sha bilan shug'ullanishga harakat qilasiz, to yiqilib qolmaguningizcha. O'shandan keyin o'sha sohada muvaffaqiyatga erishasiz. Har qanaqa nasida. Va o'sha o'zidan hayotingizni lazzatli qiladi. Va uchinchi narsa, demak, oldingizdan tortadigan narsalar bo'ldi, orqangizdan itiradigan narsalar bo'ldi. Uchinchi narsa biz aytamiz, sense of urgency deymiz, ya'ni hozir qilaman degan narsa. O'sha prokrastinationni teskarisi, sense of urgency, ya'ni hozirdan siz o'sha narsaga tortadigan narsani, ya'ni biror narsa qilmoqchi bo'lsangiz, aynan hozir qilasiz. Ertaga qilaman, dushanbadan qilaman, oktyabrdan birinchisidan qilaman deydigan odam hech qachon qilmaydi. Unaqa odam hech qacha biror narsa boshlanmaydi. Keyingi oy boshidan boshlayman deydi yu. Lekin qiladigan odam hozir qiladi. Ayni paytda o'sha foydalanish bilan shug'ullanadi. Birinchi o'tiradi, reja tuzadi, prioritetlarni yoki qiladigan ishlarni yozib chiqadi, ularni prioritetlariga qarab bo'ladi. Nimani kechiktirsa bo'ladi, nimani kechiktirsak bo'lmaydi, shunga qarab, nimani birinchi qilsa, ikkinchisini qilish osonlashadi. Shunga qarabi reja qiladi, shu bilan hozirdan kirishadi shu narsaga.

Shu odam qat'iyat bilan harakat qila oladi, vallohu a'lam. Xo'p, ustoz, bizda darsimizda va kanalimizda ayol qizlar ko'p. Shuning uchun umumiy qilib turib bitta savol bersam, feminizm haqida,keyin anaqa psixologiya haqida bir o'zingizni fikrlaringizni ma'lumotlarni bersangiz, qanday bulardan, masalan, qaysi birlari to'g'ri, qaysi birlali xavfli? Birinchisi feminizm yoki ikkinchisi psixologiya bilan bog'liq narsa. Ya'ni bular islomiymi, boshqami deb so'radilar. Avvalo bilinglarki, ayollar bilan bog'liqi ko'tarilayotgan muammolar to'g'ri. Hammasi emas, lekin ba'zilari to'g'ri? Masalan, ayollar huquqlariga e'tiborsizlik yoki ayollar bilan bog'da muammolar bo'lishi mumkinmi, jamiyatda bo'lishi mumkina. Bormi? Bor. Va ularning eng kattalaridan biri bu ayollarning mustaqil moliyaviy, moddiy o'zlarining holati yaxshi bo'lmasligi. O'zbekistonda bu katta kamchilik. Men bu kamchilikni arab mamlakatlariga kelib ko'rganman. Arab ayollarini o'zini puli bo'ladi, o'zini hisobi bo'ladi. Erlari tega olmaydi unga, erlariga tekkizib qo'ymaydi. Bankaga borib kelmoqchi bo'lsa, erga aytadi, tegma turing deb ham bankka kirib chiqay deydi, masalan. Ayollarni o'zini banki bor, hamma ishchisi ayol, o'sha yerga borib o'zini hisobida, o'zini pulini o'zi qaraydi. Va islom bunga buyuradi. Islom bunga buyuradi. Erkak kishiga ayol kishi topgan pul halol emas. Buni yaxshi tushunib olish kerak. Erkak kishga ayolni puli halol emas. Erkak kishini vazifasi oilani boqish, ayol kishini hojatlarini qondirish, o'sha moddiy ehtiyojlarini qondirishi.

Va u ayol kishini pulini olib qo'yish, ayol kishi ro'zg'orga qo'shasan deyish yoki seni oyliligini menga olib keligingni olib kelish, bularni hammasi zulm. Buni hammasi uchun javob beradi erkak kishi. O'shanga bilish kerakki, ayol kishining ixtiyoriy majburiy qilib, ya'ni ixtiyoriy o'zi beryapti deb turib, uni pulini menga itoat qilib, boshqa deb olib qo'ying, bu hammasi harom. Bu hammasi zulm. Ayollarni moddiy holati agar bo'ladigan bo'lsa, bu ayollarga qanaqadir ma'noda ozroq bo'lsa ham bir erkinlik va ozroq bo'sa ham himoya beradi. Va bu himoyaning bo'lishi ayollar qanaqadir bosh boshdoq bo'lib ketadi, erkak kishiga bo'ysinmay qoyadi deb fikrlaydigan erkaklar o'zi aslida o'zini ruju'latidagi zaiflikdan shunaqa fikrlaydi. O'zi aslid kuchli erkak emasligi uchun shunaqa fikrdaydi. Ya'ni ayol kishi boyligi bo'lishi, mustaqil bo'lishi, masalan, o'ziga yarasha qanaqadir moddiy erkinligi bo'lish i, ayol kishini erkak kishiga itoat qilmaydigan yoki erini hurmat qilmay digan odamga aylantirib qo'ymaydi. Balki oilani saodatga olib boradi shu narsa. Yo o'shanga birinchi o'rinda mana shu muammoni hal qilishga harakat qilish kerak. Buni eng katta yechimlaridan biri meros bo'lishda islohotlarga erishish kerak. Bizda merosda ko'p kamchilik bor. Mana bir yigit menga kelib aytyapti, bobom vafot qiluvdilar deydi, otamga bu narsa qoldi, amakimga bu narsa qldi, yana bitta amakimga bu rosa qoldi, shuni to'g'ri taqsimlaganmizmi deb so'radi. Men so'radimki, amallar ham bormi dedim. Ha, bor deydi. Ammalarga nima qoldi desam, ular deydi, oila qurib ketgan deydi. Men aytyapmanki, otangiz oila qurmaganmi deyapman. Otangiz oila qilgan, o'shaning uchun men borman deydi.

Ha bo'pti dedim, u amma oila qurgan, nima aloqasi bor deyapman. Ya'ni amma oila qursang, otangiz ham oila qurgan. Hammalar nimaga hech narsa olmadi desam, o'tirib, endi hammalar deydi, bizda olmaydi deydi. Ayollar, qizlar bizda olmaydi deydimi. Bu juda fojiali narsa. Odamlar vafot qildimi? Bu Qur'onda yozib qo'yilgan narsa bu. Qanaqa qilib qizlarga berilmaydi? Qizlarga, o'g'il bolalarga berilgan hissa, bir hissasini, o'g'ili bolaga ikki hissa bo'lsa, bir hissasinini qizlarga berish kerak. O'sha ma'noda, e, faroizlar to'g'ri taqsimlansa, Alloh Taolo Qur'onda belgilab qo'yilgan haqlar ayollarga berilsa va ayollarning o'zi birorta ishlab topsa yoki boshqadan unga bir daromad kelsa, bir o'sha pullar undan olib qo'yilmasa, natijada ayollarda qanaqadir bir erkinliklar paydo bo'ladi. Ayollar erkinliklariga qul qilinishi Islomda buyurilmagan. Islomda ikkala tomonini ham haqlari bor deyilgan. Erkak kishiga daraja beriladi va mana shunda biz feministlardan farq qilamiz. Ya'ni feministlar zikr qilayotgan muammolarning hammasi emas, lekin bir qatori borki, bir ba'zilari borki, to'g'ri. Bu to'g'ri, mana shu birinchi muhim nuqta. Ikkinchi nuqta, ular bizga taklif qilayotgan yechim mutlaqo to'g'ri emas. Ular bizga nima yechim taklif qilyapti? Liberalizm bilan, boshqa bilan bizni muammolarimizni hal qilmoqchi. Lekin ular o'zlarining liberalizmi bilan nafaqat bizning dinimizni va milliy qadriyatlarimizni, balki insoniy fitratni yo'q qilmoqchi bo'lyapti. O'sha narsaga G'arbda erishdi ular. G'arbdagi feminizmning qanaqa dahshatli bir darajaga yetib borganini o'zingiz bir ko'ring.

Shunchalik jununga, shunchalik haligi, uzr qo'pol bo'lsa ham jinnilik darajasiga yetib bordiki, hozir endi erkak kishi bilan ayol kishi teng deb, ayol kishini har qanaqa ishda ishlatib ko'rmoqchi bo'lyapti. Erkak kishining iloji boricha o'zlarining kinolaridagi asarlarida, boshqalarida nozikroq bir qilmoqchi bo'ladi. Erkak kishini ruju'lati, erkaklik sifatini toxic muskulality deydi, ya'ni zaharli erkaklik, zaharli ruju'lat deb atab turib, shuni yo'q qilmoqchi emas. Endi bu qanaqa buzuq, qanaqa fitratga muxolif bo'lgan e'tiqod. O'shaning uchun g'arb bizga o'zini feminizmini olib kelib, bizdagi muammolarni aytsa, biz aytamiz, ha, said aytgan muammolarni ba'zilari biz bizda bor. Lekin sen aytayotgan yechimlar bizni saodatliroq qilmaydi. U yechimlar emas, chunki seni o'zingni saodatli qilmadi u. Seni o'zingni jamiyatingni u mustahkam qilmadi. Balki ajrashishlarni ko'paytirdi, nikohsiz tug'ilgan bolalarni ko'paytirardi, otasiz bolalarni ko'tartirdi. Otasiz bolalardan va bu narsa feministni bir qismi hisoblanadi. Mana feministlar aytyaptiki, ersiz deydi, bitta ayol bemalol ota ona bo'la oladi bitta bolaga deyapti. Bolaga ota kerak, ona kerak bo'lganidek. Va mana oila qadri, oila institutini, oila degan qadriyatini yo'q qildi. Va odamlarni bir biriga muhabbatini, mehribonligini yo'q qiladi. Ayollardagi ayollik nazokati va nafosatini yo'qqilib, o'sha narsani erkakcha, erkaklik bilan nima almashtirmoqchi bo'ldi.

O'sha ma'noda g'arb, feminizmini biz aslo qabul qilmaymiz. Boshqa bu kabi g'oyalarni biz aslo qabul qilmaymiz. Biz aytamizki, bizning yechimlarimiz islomda bor. O'shanga feminizm qismiga keladigan bo'lsak, biz aytamiz ki, feministlar qilayotgan ba'zi ishlarni, o'sha ayollarni holatlarini o'rganish, ayollarni himoya qiladigan tashkilotlarni yaratish, ayollar bilan alohida ishlashga, masalan ayollarga qanaqadir imtiyozlar berishga harakat qilish, qanaqadir kvotalar ajratish, bular hammasi yaxshi ishlar. Bularni islom doirasida qilsa bo'ladi. Feministlar aytayotgan ba'zi muammolar bor. U to'g'ri. Lekin ular taklif qilayotgan yechimlarning aksari agar hammasi bo'lmasa, hammasi bo'lma saksari demak deyarli hammasi deylik, botir. Va ular o'zlarini o'sha yo'li. Lekin bizda o'zimizni dinimiz bor. Biz o'zimiz yo'limiz bor. Yo'limiz hamma o'sha yechimlarni bergan. Hammasini o'shanga rosa salom vafot qilishlaridan oldin aytyaptilar. Qarang, vafot qiluvchilardan oldin aytyapti. Va Hajir va'da ham aytganlar buni. Ayollarga yaxshilik qilinglar, shuni men sizlarga nasihat qilaman deyaptilar. Ayol kishiga yaxshilik qilishga buyurdilar. Ayolingni og'zingga qo'yib qo'ying, ovqatingga savob olasan, ajr olasan dedilar. Va o'zlari buni eng chiroyli namunasini ko'rsatib berdilar va aytdilarki, qoyirukum, qoyirukumi ahlihi dedilar. Sizlarni eng yaxshilar, endi sizlarni degani erkaklarni deyaptilar. Mana erkaklar tabiatan bir biri bilan raqobat qiladi. Hamma erkak kishi yaxshiroq bo'lishga harakat qiladi. Yaxshilik puldami, ko'proq pul topishga harakat qiladimi.

Kim uchundir yaxshilik quvvatdami, baquvvatroq bo'lishga ham harakat qiladi, kim uchundir yaxshilik boshqa narsa bo'lsa, o'sha narsaga harakat qiladi erkaklar. Tabiat ham bir biri bilan poygalashadi. O'sha poygada yutadiganlari xoyruqum, aytadilar xoyruqum deydi ahlihi. Ayollariga eng yaxshi bo'lganlar deyaptilar. Mana qanaqa din bu? Mana qanaqa bu din bu. Va mana shu din aytyapti, ya'ni agar jannatni xohlasang, onangni oyog'ini tegidan topasan deyapti. Ya'ni onangni oyogini tegiga yot xizmatini qil, jannatni topasan deyaptdi. Mana shu din aylyapti bu narsani. Onangga yaxshilik qil deyapti. Mana shu din aytayapti, singliga yaxshilik qilib ishlashni, opa singlisiga yaxshilik qildirishni. Mana shu dinni aytyapti, qizga mehribon bo'lishni. Va kimda kim qizini bitta yaxshi tarbiyalab, uchta qiz edi, keyin ikkitami dedi, ikkita qiz edi. Bitta desam bitta ham degan bo'lardilar dedi hadisda. Kimda kim qizini tarbiyalab chiroyli holda omonatini topshirsa, ya'ni birovga turmushga berib, chiroyli yetishtirib tarbiyalab turmushga tersa, jannatni va'da qilindi unga. Endi bundan katta e'tibor bo'ladimi ayol kishiga? O'shanga bu e'tibor dinning o'zida bor, lekin muammo bizda o'sha dinning o'zidan borligida emas, muammo yo'qligida emas, ma'no o'sha narsani tadbiq qilishda bizda kamchilik borligida. O'shanga o'sha narsalarni o'rganish, tadbiq qilich va tadbiq qiluvchi institutlar, tadbiq qiluvchi kitoblar, darslar va boshqalarni tashkil qilish. Mana shu narsalarni tashkill qila olsak, o'sha biz ayollar bilan bog'liq muammolarni paydo, demak o'zimiz hal qila olamiz. Hal qilishning yo'li nima?

Birinchisi muammolarni e'tirof etish, ya'ni muammolar borligini tan olish va o'sha muammolarni tartibga solish. Chunki muammolar borligini tan olmaydigan odamlar bor. Bu muammo. Aytadiki, biz deydi islomda deydi ayollarga qirolichalardek muomala qilamiz. O'shaning uchun ayollarni qo'li uchun boshqa deydi da, masalan, ba'zi birorta uyga borib turib keyin xotiniga, ey kallaver ham, ovqat pishirdingmi deydi, masalan. U bo'ldi, sen o'zing amal qilmading ku, aytgan. Qilgan narsangga. Tushunyapsizmi? O'shanga bir narsa da'vo qildimi odam, o'sha da'voda turib berish kerak endi. O'sha ma'noda muammolarni e'tirof qilish bu birinchi birinchi eng muhim narsa, chunki bu diagnozda bu go'yoki. Muammolarni etirof qilish kerak. Nima muammolar bor? Biz o'zimizda, oilamizda, mahallamizda, jamiyatimizda nima muammo bor muammolarni aniqlash kerak. Shu muammolarga islom nima degani, shuni aniqlash kerak. O'sha yechimlarga biz qanaqa qilib shu yechimlarni biz hayotda tadbiq qilib, mana shu muammolarni bartaraf qila olamiz. Mana shu narsaga harakat qilish kerak va va bu narsalarni biz aslo feminizmga aytganimizdek ehtiyojimiz yo'q. O'zimiz mustaqil holda albatta qila olamiz. Endi psixologiyaga keladigan bo'lsak, psixologiya bu bor ilm. Qadimda musulmonlar ham bu bilan shug'ullangan. Musulmon olimlari ham shug'ullanganlar. Lekin psixologiyani qanaqadir bibliya bilan, qanaqadir e'tiqodlar bilan, buzuq e'tiqodilar bilan bog'lab shug'ullanish, tabiiyki u botil narsa. U asossiz va botil narsa. Va qanaqadir, qanaqadur ruhiy signallar jo'natib, qanaqaddir odamlarni o'zgartiraman deb, bularning hammasi botil gaplar. Lekin nimaki, odamlarning tajribasida o'tkazilgan bo'lsa, testlar, tajribalar bilan o'tkazsangiz, mana bir psixolog ayolni birinchi darsini men ko'rdim, birinchi dars haqida men gapirib berishyapti.

Bismillah. Birinchi darsda aytyapti, kirib kelishi bilan xonasiga yoshi katta bir psixologik ayol ekan. Hamma talabalarga bittadan bir shirinlik beryapti. Kim kirib kelsa, bittadan shirinlik baryapti. Keyin darsni oxirida e, shirinlikmi bir narsa. Xullas darsni oxirida o'sha shirinlik kimda turgan bo'lsa, o'shani hozir ishlatamiz, bitta eksperimentimiz bor. Kimda turibdi derdi. Esa ko'pchilik uni yopib qo'ygan bo'lib chiqyapti masalan. Keyin shuni misol keltiryapti. Mana bunaqa qilib odamni ruhiyatini qanaqa odam odatda harakat qiladi. Birinchi narsa o'sha narsani oldimmi, olib turib yeb qo'yadi masalan. U balki kerakdir, to'xtab bekorga bermagandir demaydi odam tabiatan. Shuni deyishni o'rgansa, u endi hayotda baxtliroq bo'ladi. Chunki qo'liga kelgan har bitta narsani shartta ishlatib qo'ymaydi. U saqlab qoladi va o'ylab ko'radi, balki yaxshiroq narsalari bordir deb. Mana bu narsalarda odamlarning ruhiyati odatda qanday harakat qilishini aniqlash va o'sha ruhiyatni qanaqa harakat qilish yaxshiroq ekanligiga boshqarish shaklida psixologiya bu zo'r. Ilm. Bu judayam foydali, u judayam manfaatli ilm. O'sha ma'noda psixologiya ilmi, albatta judayam foydli. Agar u ilmiylik shaklida qolsa va qanaqadir buzuq e'tiqodlar va boshqalarga burib yuborilmasa, u foydali ilm. Lekin aytganimizdek, feminizm bu hozirgi paytdagi, ayniqsa hozirgi zamonaviy feminizm bu g'arbning liberalizmini bitta bir o'sib chiqqan shoxi va u aslo odamzodni, hatto ayollarni ham saodatga olib bormaydi.

Biz buni g'arb holatida ko'rib turibmiz, allohu akbar. Xo'p, men birga yashaydigan xonadoshlarim dangasroq, vaqtlarini doimiy ijtimoiy tarmoqlarda tariflashga o'tishadi. Ularni qanday qilib binga, noqrizga qiziq tasavvur qilib da'vat qilib ham bo'ladi. Ba'zida ularni tark etsam ekan ham deb o'ylab qolaman. Maslahat bering. Juda ko'pchilikni og'riqli nuqtasi ekan. Shu yoshlarga maslahat bersangiz shu bo'yicha. Rahmat.

Endi bu juda ajoyib savol, menga juda ma'qul bo'ldi. Alloh rozi bo'lsin. Avvalo bilish kerakki, odam birinchi o'rinda baribir din ishlarida va boshqa ishlarda ham, birinchi o'rinda odam o'zini isloh qilish kerak da. O'zingizni isloh qilishingizda eng katta shartlardan biri o'zingiz uchun o'sha islohot uchun bir muhit yarata olishingiz. Va aksar holda agar atrofingizda demak siz xohlagan holatda bo'lmagan odamlar ko'payib ketsa, siz uni isloh qila olmaysiz. Mana bir misol men keltira olamanki, mana hozir bir stolda turib mana dars o'tyapman men. Shu stolni ustiga hozir bitta shu suhbatimizda qatnashayotgan eng polvon odamni olib qo'ysam, o'zinglar bilasizlar mana ko'pchilik ekan, suhbatda qatnashaydiganlar eng polvoni kim bo'lsa o'zi ichida o'ylayotgan bo'ladi, mana men bo'lsam kerak da deb. Shu polvonni olib stolga qo'yamiz. Va eng nozikroq odamdan bittasini olib turib yerga qo'yammiz da, ikkalasi bir bir birini qo'lini ushlab tortadi. Nima deb o'ylaysizlar? Kim yutadi? Pastdagi yutadi. U nozikroq bo'lsa ham u yutadi. Va mana shu misolni siz hayotda bemalol tadbiq qilsangiz bo'ladi. Agar bir dangasa bilan bir mehnatga sherik bo'lsa, dangasaga uni tortib ketib qoladi. Agar bir dinsiz bilan bir dindor sherik bo'lmasa, dinsiz uni tortib ketib ketib qolad. Har doim tubanroq odamlar, o'zidan yaxshiroq odamlarni o'zini doirasiga tortib ketib qolar. O'sha uchun ham men maslahat bergan bo'lardimki, birinchi o'rinda o'zingizni o'ylab, o'zingizni atrofingizda solih odamlarni, mehnatkash odamlarni hayotini, vaqtini qadriga yetadigan odamlarni va uni uyquga, bekorchilikka, behuda narsalarga sarflamaydigan odamlarnini atrofingizga ko'paytiring.

Birinchi o'rinni, agar shu odamlar atrofingizdagi ko'payib, o'zingiz yaxshi bir holatga kelib olib, o'zingzda hech qanaqa shubha qolmasa, bitta, ikkita o'rtoqlaringizni isloh qilishga harakat qilsangiz bo'ladi. Zarari yo'q albatta. Lekin birdaniga bir necha odamni isloh qilaman deb ular orasida yursangiz, o'zingiz bilmagan holda o'shalardan bittasiga aylanib qolishingiz mumkin. O'shanga u narsani men to'g'risi tavsiya qilmagan bo'lardim. Rahmat ustoz. Juda ham ajoyib suhbat bo'ldi. Savol javoblar ham juda ham foydali bo'ldi. Alloh sizdan rozi bo'lsin. Sizlardan ham Alloh rozi bo'lsin. Alloh Taolo shu suhbatda qatnashgan. Barcha birodarlarimizni, Alloh Taolo bizni o'zimizni va shu suhbatda qatnashgan barcha birodarlarni xuddi mana shunaqa suhbatni jannatda qilishimizda bizga nasib etsin va bizni hammamizni jannatda jamlasin. Barchamizdan Alloh Taolo rozi bo'lsin va barchamizni hidoyatda sobit qilsin va dunyoda va oxiratda saodatli qilsin. Alloh Taolo sizlardan rozi bo'lsin. Kimda kim suhbatni borishini eshitmay qolgan bo'lsa, aytganimizdek suhbatni, demak, turli sahifalarda, mana ismim bilan sahifalarda masalan, hammasida e'lon qilamiz, qo'yib qo'yamiz. Qolaversa, kimda kim oralarda o'sha fiqh darslarini o'rganib moqchi bo'lsa, men fiqh darslariga sizlarni taklif qilaman. Albatta borib darslarga qo'shilinglar. Toki inshaalloh o'sha darslardan foyda olasizlar. Mana shundan umidim bor. Iloji boricha biz o'sha darslarda fiqhdan kitoblarni tugatib, o'sha kitoblar bo'yicha ijozalar berishga harakat qilamiz.

Ya'ni san'atlar hisobullohgacha, endi Abu Hanifa va rohima huquqgacha berishga harakat qilamiz. Alloh rozi bo'lsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish