MMaviza
Ulamolar va qissalarTekshirilgan9 daq

Islom bilan sharaflangan qul qissasi

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
8:44
O'zgarishlar tarixi

Bir ayol bo'ladi, o'sha bir qabila, o'sha Islom endi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni davrlarida, ya'ni Islom yangilik bo'lgan bir davrda, bir qabila bir qizchani qul qilib sotib olgan bo'ladi da. Keyin shu qulidan ozod qilishadi. Ozod qilinishadi da, endi u qiz qayoqqa borishni bilmaydi. Qayoqqa bormaydi, ozod qiladi, u bir umr qul bo'lgan. Hadisda keladi, qora qul qiz edi deydi, demak o'sha qora bo'lgan, Habashdan boshqa tomondan bo'lgan, qora qul quz bo'ladi.

Shu qiz keyin valida boshqa deb keladi deb. Shu qiz demak ozod qiladi xo'jayinlari. Ozod qilgandan keyin qayoqqa borishni bilmaydi. Qayoqqa bilishni bilmagandan keyin o'sha oila bilan yashab qolaveradi. Uni ozod qilgan oila bilan. Yashab qolaversa, o'shalarni xizmatini qilib, o'shalarga xizmatkor bo'lib yuradi. O'zi ozod. Lekin qayoqqa qilib borishni bilmaganda ular xizmatini qiladi. Kichkina qizcha. Keyin bir marta o'sha oilani qizi unga bir belbog'ini beradi. Bir bir nimadan, eee, charmdan qilingan, teridan qilingan, bu shunaqa teridan qilingan bir belbog'ni beradi. Qizil, chiroyli belbog' bo'ladi, shuni ushlab turgin deb beradi da. U endi kichkina qizcha u ham, haligi qullidan ozod bo'lgan qizcha ham, qora qizcha. Keyin haligi belbog'ini o'ynab yursa, bir qush keladi da, qarg'aga o'xshagan qush. Go'sht deb o'ylab haligi belbog'dan olib ketib qoladi qo'lida.

Endi u bechora qushga qarshi kurasha olmaydi, boshqa qila olmaydi, qo'lidan olib ketib qoladi. Keyin shu bilan haligi qiz bechora endi keyin bularga aytadi, shu qush olib ketib qoldi dedi. Bular ishonmaydi unga. Belbog'i yo'qoldi, birinchi bo'lib shu qizdan ko'rishadi. Sen yo'qotgansan belbog'ini deydi. Nimaga? Chunki bechorani himoyachisi yo'q. Voy shunaqa bo'ladi, hamma jamiyatda shunaqa. Himoyachisi yo yo'q odamga hamma hujum qilgisi keladi. O'shaning uchun ham e'tibor beringlar, masalan, o'qituvchiga o'xshagan, doktorga o'xshagan lavozimda ishlaydigan odamlarni hamma tanqid qilgisi kelaveradi. Nimaga? Chunaqa ularni himoyachisi odatda kamroq bo'ladi da. Himoyachisi yu odamga hamma jamiyati odamlar hujum qilgingiz kelaveradi. Yoki imomlarga masalan.

Shu xullas shu bechora qizga hammasini keyin yopishishadi. Seni yo'qotgansan, kichkina qiz. Keyin u aytadi, menda yo'q deydi. Men olmadim, qush olib ketdi desa ishonmaydi. Qush olib ketib degan paytda hayotda ishonmaymiz u gapinga deydi. Deydi da, keyin uni qizni nima qilishadi, taftish qilishadi. Sochlarini olib tekshirib ko'radi, boshqa qilib ko'rishadi da, keyin yechintiramiz deydi. Yechintiramiz, balki kiyimini ichiga solgansan dedi. Iye, yechintiradi. Yechintiradi da kiyimlarni ko'radi. Keyin ko'rib ko'rib, xattosi hanalo butunlay qoyil yechintirib, farjigacha ochib ko'radi. Ayni ayol kishini oldidagi jinsiy a'zosi. O'shangacha kichkina qizcha, u u jinsiy a'zosiga u kishi sig'masa u masalan, u belbog'. O'sha yergacha ochib ko'rada, shu qizi shunchalik xor qilishadi bechorani. Bitta belbog' uchun. O'sha ahvolda ko'rib turishgan paytida, u bechorani yechintirib olib, shunaqa uyatli holda o'rab olib atrofini erkaklar. Shunaqa ko'rib turgan paytda, haligi qushim do keladi da, haligi nimani belbog'i tashlab ketadi ustiga. Endi u qarasa go'shtmas, o'zlaringga oldilaring deydi da. Uni tashlab ketadi keyin. Tashlab ketsa uyalib sharmanda bo'lishadi keyin.

Sharmanda bo'lishadi. Boshiga tashlab ketishadi. Tashlab ketgandan keyin haligi endi bechora aytadiki, vo allohi sizlar bilan turmayman deydi. Sizlar bilan hech qachon yashamayman, boshqa bu qabila bilan ketaman deydi. Deydi da, haligi keyin kiyimlarini kiyib ketadi haligi qiz. Kichkina qizcha. Boradigan joyi yo'q. Ya'ni u hali u qavm hali mushrik, mushriklarni qavmi ular. U yoqdan chiqadi. Endi u paytda bilinglarki, odam o'zi yashay olmaydi. Erkaklar kuchli, baquvvat bo'lsa, qabilasidan chiqib alohida yashagan, srolyok deb qo'yadi ularni, saralik deb qo'yadigan, ular alohida yashay olgan. Ba'zi baquvvat erkaklar. Ular ham kuchli bo'lsa, bo'lmasa ularni ham o'ldirib yuborgan odamlar. Lekin qabiladan ajrab turib, bir odam bitta o'zi yasholmaydi, qayoqda yashaydi? O'shanga endi qayoqqa borishni bilmaydi da, Madinaga keladi. Madina keladi. Kimga keladi? Rasulullohni oldiga keladi. Alloh Taolo aytadi, biz sizni deydi, olamlarga rahmat qilib yubordik deydi. Olamlarga rahmat bo'lgan zotni oldiga keladi. Keladi da, men islomni qabul qilay dedi da, islomni qilib yuboradi. Shu bilan musulmona bo'lib qoladi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'sha ayolga masjidni oxirida bitta kichkina kapa qilib beradilar, haligi bir hayma qilib beradilar. Endi joyi yo'q, bechora qayoqqadir borish kerak. Uni oilasi yo'q, boshqasi yo'q, kichkina. Shu masjidni oxiri bir hayma qilib bersalar da, o'sha yerda yashagin deydilar. Machitni oxirida sufa bo'lgan, bilsanglar, sufani vakillari yashashgan, shu kambag'allar yashashgan. Endi sufadan oldida erkaklar, uni oldida yasholmaydi bu ayol kishi.

O'shanga bir chiroqqa o'ziga bir hayma qilib to'sib beradi erkaklarga ko'rinmasin deb. O'sha yerda keyin o'sha haymani ichida uxlaydi, namozini o'qiydi, ibodatini qiladi, chiqib machitni ibodat qiladi. Mana shuni orqasida shunaqa o'zga joy qilib beradilar. Machitni ichida ya'ni orqasida. Hozir mana haramga kelsanglar, shu ravzani ichidan orqasi bo'ladi. Keyin. Shu holda o'sha ayol qoladi va qolib o'sha kunduzlari hamma narsani suparadi, tozalaydi, boshqa qiladi da. Oyshenamizni oldiga tez tez kirib turadi. Tez tez oyshenamizning oldiga kirib turadi va ajoyib bayti bor. Men subhanalloh baytni odatda men she'r yodlashni ko'p yaxshi ko'raman. Shu baytni yodlab qolmagan ekanman. Men oralaringlarda arab tili biladigan tog'li bilimlar bo'lsa, mana shu baytni yeb yuborib qo'yaman sizlarga. Yodlab olsanglar.

Yodlab olsanglar yaxshi bo'ladi, inshaalloh. Mana voyo'mal ushaahimin ajib robbina ala innahum min baldatil kufri an jani deydi. Mana shu paytni aytaveradigan bo'ladi. Har o'tirgan paytda o'sha haligi sharmandali kunimda, o'sha belbog' bilan bog'liq sharmandali kunda alloh taoloning ajoyiblar ajoyibotini qarangki, meni kufr qavmdan saqladi deveradi. O'sha ayol. Va bunda bitta chiroyli hikmat bor. Kimda kim oralig'larda boshingizga musibat tushgan bo'lsa, boshingizga qiyinchilik tushgan bo'lsin, sinovlar tushgan bo'lasiz, bilingki, boshingizga tushgan sinovlar sizni yaxshilikka olib boradi. Siz faqat uni hozircha bilmaysiz, xolos. Shu bechorani, qarang shu bechora qanchalik odamni boshiga musibat bo'lishi mumkin. Eng katta musibat bu bo'xton. Unga hali bo'xton qilindi. Qolmagan narsasi o'g'irga chiqarildi. Shu qavmdan boshqa hech kim yo'q. U qavm unga qarshi bo'ldi. Endi u qavmda hech kim qolmadi, hayotda hech kim qo'ymadi endi. Yagona o'zi borib shu qabilada u qabila unga qarshi bo'ldi. Uni hammani oldida yechintirib, qip yalang'och qilib, shunaqa xor qilishdi. Hatto ya'ni jinsiy a'zolarigacha ochib shunaqalar qilishdi. Endi bundan katta sharmandalik yo'q. Bu shuncha narsa. Lekin bularning hammasi nimaga sabab bo'ldi? Bularning hammasi uni saodatiga sabab bo'ldik. Sharmandalikdan ham qutildi, haligi belboqqa haligi narsani xush otib yuborgandan keyin bilishdiki, bu uni olmagan. Sharmandali, xalos bo'ldi. Va qolaversa, islom bilan u sharaflandi.

O'shanga har o'tirganda, har doim turganda, robbim ajoyib edin, qarangki, o'sha kuni meni kufr qavmdan qutqardi. Ya'ni shu voqea bo'lmaganda o'sha qabila bilan yashab yurgan bo'lardi. Kufrda o'lib ketgan bo'lardi balki. O'sha masjidda keyin yashab yuradigan bo'lardi. Lekin men bu qissani eslaganimning sababi, shu masjidda keyina yurib, shu masjiddan tozalab, supurib yuradigan bo'llardi. Keyin bir kun kasal bo'lib qoladi. Kasal bo'lib qolgan paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar, agar deydilar, vafot qilsa, meni chaqiringlar deydilar. Chunki ko'radilarki, endi vafot qiladigan kasal, og'irroq kasal. Vafot qilsam meni chaqiringl deydilar.

Lekin kechki payt vafot qiladi. Kechki paytda vafot qilindi. U paytda hozir mana odamzod vafot qilsin va hammamizni boshimizda o'lim bor. Alloh taolo o'limimizni chiroyli qilsin. Odamzod vafo qilsa, hozir morgga olib borib qo'yishadi. O'shanga uch to'rt soat turaveradi morgda. Lekin u paytda unaqa narsa yo'q, havo issiq. O'shanga vafot qilsa darrov ko'mishgan. Bo'lmasa u o'lik, ya'ni buzilib narsa bo'lishi mumkin. O'shanga kechki payt vafot qiladi da, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni uyg'otishga haybati, uyg'otishni xohlashmaydi, ya'ni uzoqni uyg'otkaz kelmaydi da. Endi bitta masalan, qora qul ayol masalan, qora qol qiz, uni hech kim yo'q masalan, obro'li bir nima emas jamiyatda. Endi shu olib borib ko'mib yuboramiz deyishadi da endi vallohu a'lam. Rasulullohni uyg'otib o'tirishmaydi, kechki payt olib borib, janozasini o'g'ib, o'zlari ko'mib kelishadi. Ertasi kuni keyin rosa sizlarni so'raydilar, qani deb. So'rasizlar, aytishadiki, shu vafot qildi, kechki payt siz uyg'ota olmadik, ko'mdik deydi. Deyishadi. Deyishsa, nimaga aytmadinglar menga deydilar. Keyin yuringlar deb sahobalarni olib borib, qabriga borib, qabrida sahobalarni turg'izib ortlariga, o'zlari keyin o'sha ayolga janoza namozini o'qiydilar. O'sha ayol namozini o'qiydilar. Tasavvur qiling, ya'ni birorta sahobiyga shu ishni qilganlar rivoyat bo'lmagan. Birorta sahobiyning qabriga borib namoz o'qiganlar rivoyat bo'lmagan. Balki qanchadan qancha sahobalar vafot qilgan paytda janozlarini o'qimaganlar. Sizlar o'qinglar deganlar, o'zlari o'qimagan. Ba'zi ayblar, ulardan o'tgan xatolar sababli ba'zi sahobalarni janozlarini olib qolmaganlar.

Lekin uni qabriga bor deb o'qiydilar. Va ulamolar shu voqeani tafsirida bir narsaga ishora qiladiki, jamiyatda obro'si bo'lmagan qanchadan qanchi odam borki, Allohning dargohida ular eng oliy maqomda bo'ladi. Odamlarning ko'zidagi obro'lar odamlarning o'zlariga teng. Odamlarning hammasi o'lib ketadi, ularning fikrlari ham o'lib ketadi. Odamlar sizni zo'r deb o'ylasa, ular ham o'yladi, ularni zo'r deb o'dagini ham o'lib ketadilar. Lekin Alloh Taolo kimdir buyuk deb o'ylasa, ana shu haqiqiy buyuklikka erishgan bo'ladi. Va shu muslimaning buyuklikka erishishining sababi nima edi degan paytda ulamolar aytadiki, masjidni supurib yurardi degan narsaga ishora qilishadi. Shu masjidni tozalab, masjidni xizmatini qilib yurardi. Shuning uchun Alloh Taolo u muslimani shunday oliy maqomlarga ko'tardiki, Nabiyning o'zi Nabiyning eng yaxshi qobi bo'lgan sahobalar bilan olib borib qabrida unga ikkinchi marta jamoza o'qitirdi. Mana Allohning rahmati o'sha muslimaga.

Bilimni sinash

4 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish