MMaviza
Ulamolar va qissalarTekshirilgan10 daq

Eng yaxshi zavj, eng yaxshi zavja, eng yaxshi ota va eng yaxshi ummat qissasi.

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
9:51
O'zgarishlar tarixi

Va o'sha og'riq bo'lsa ham, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oyog'im ustida uxlayotganlar uchun uyg'onib ketmasinlar deb sabr qilib o'tirdim deydilar o'sha onamiz. Yana qissadagi bir ajoyib holatlardan bittasi, Abu Bakr roziyallohu anhu o'zlarining eng sevimli farzandlari, o'sha onamimizni tergab urishib beryaptilar. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina unaviyna muhammadi va ala alihi va sohibi hajmain. Allohumma alik bilan ma'yum faunavon, faunaviy ma'lam ta'navazinna ilmau amlaniy. Arhamar rohimin.

Imom Buxoriy rohimahulloh o'zlarining sohilarda, Imom Muslim rohimahulloho'zlarining sohilarida va Imom Nasayev o'zlarining sunnatlarida va bir qator hadis kitoblarida kelgan hadisda, bularning barchasi Oysha onamizdan rivoyat qilgan hadisda, Oysha onamimiz roziyallohu anha aytadilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan u zotning safarlaridan biriga chiqdik deydilar. Va safardan qaytishda Bayda degan joyga, Baydo degan joyga yetib kelganda, Zatul Jaish degan joyga yetib kelganda, bu Makka bilan Madina o'rtasidagi bir joy. Shu joyda meni taqinchoqim yo'qolib qoldi deydilar. Boshqa bitta rivoyatda keladi, u taqinchoqni Asma roziyallohu anhodan olib turuvdim, opamdan yana olib turuvdim deydilar. Taqinchoq yo'qolib quldi deydilar. Va qidirdik, qidirdik, topa olmadik deydilar. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'sha taqinchoqini qidirish uchun turdilar, ya'ni qidirishda ancha harakat qilib qidirdilar. Va sahobalar butun, ya'ni jaish, ya'ni butun o'sha musulmonlarni o'sha paytdagi qo'shini armiyasi shu meni taqinchoqimni qidirishdi deydilar. Qidirib qidirib, topisha olmasdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni shuni qidirishga demak buyurib qo'yib, o'zlari charchab, qaytib kelib, oyog'imga boshlarini qo'yib uxlab qoldilar deydilar. Endi rosti Alloh sallohu alayhi vasallam o'shanamiz ayollarini ustiga boshlarini qo'yib uxlab qolganlar.

Va ba'zi odamlar kelib Abu Bakr roziyallohiga endi marhamat qilib aytishdi deydilar. Bu qizingiz taqinchoqini yo'qotdim deb aytdi. Hamma hozir shuni qidiryapti. Qo'limizda suv yo'q. Biz to'xtagan joyda ham suv yo'q ekan. Hozir namoz chiqib ketib qoladi. Ya'ni tahoratga, boshqaga suvimiz yo'q, poklanishga suvimiz yo'q. Deb odamlar Abu Bakr rodiallohuanhga shikoyat qilishdi deydilar. Va Abu Bakr rodiallohuanh u kelib, meni oldimga kelib, Alloh Taolo nimani xohlagan bo'lsa, shuni hammasini aytdilar deydilar. Ya'ni Qodiriy mana shu Allohu aniqul. Ba'zi rivoyatlarda qachon safarga chiqsang balo bo'lasan, oldin ham bunaqa jiyog'ingni yo'qotganding deb rosa urishdilar. Va qo'llari bilan belimga shunaqa qilib og'ritib, qo'llari bilan berimga shunaqqa og'ritib urish urdilar. Oz ozdan shunaqa qilib, qo'llar bilan go'yoki do'q po'pis qilib urishdilar. Va o'sha og'riq bo'lsa ham, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oyog'imni ustida uxlayotganlar uchun uyg'onib ketmasinlar deb sabr qilib o'tirdim deydilar o'sha onamiz. Rodiyallohu alayh. Va mana shu qissani doim o'qigan paytimda, o'sha qissani amal qilgan paytimda ko'p o'ylab qolaman. Qissada juda ham ajoyib nuqtalar bor. Birinchi ajoyib nuqtalardan biri Rasululloh sollallohu alayhi vasallam olimlarga rahmat bo'lib yuborilgan va butun ummatning va butun dunyoning islomi va iymoni u zotning mas'uliyatida bo'lib, u zot butun insoniyatni islomga chaqirishga mukallab qilingan.

Va dushmanlar bilan qurshab olingan bir kichkinagina Madinada musulmonlarning hayotini to'g'ri idora qilib, ularni hidoyatga, haqqa boshlash bilan birgalikda, ularning xavfsizligi va ularning siyosiy ijtimoiy holatlariga mas'ul bo'lgan holatlarida shu bir Oysha onamizni, bir ayollarni taqinchoqlari uchun hamma ishlarni yig'ishtirib, suv yo'q holatda, suv yo'qu joyda mana shuni qidirish bilan band bo'lyapti ular. Qidiryaptilar to charchab qo'ldan toyib uxlab qolyaptilar shu qidirishni charchog'ida. Va nafaqat bu, balki butun armiyaga, butun jayishga, qo'shinga shu taqinchoqni qidirishga buyuryaptilar. Va mana bu narsada hozirgi bizni paytimizda islom ayollarning huquqlarini to'g'ri ta'minlaymaydigan deb da'vo qiladigan va musulmonlarga feminizmdan va ayollar huquqidan dars o'tmoqchi bo'layotgan odamlar uchun juda chiroyli raddiya va chiroyli ibrat borki, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o'zlarining barcha ishlardan ko'ra shu Oysha onamizni yo'qotib qo'ygan taqinchoqlarini muhim deb ko'ryaptilar. U taqinchoq, keyingi boshqa rivoyatlarda ko'rsangiz bir qimmatbaho bir tili taqinchoq ham bo'lmagan. Lekin shuni o'sha onamizni qalblari og'rimasligi uchun, shuni muhim ko'rib, butun armiyani shuni qidirishga mas'ul qilib qo'yaptilar. Va mana bu joyda islomning ayol kishiga va ayol kishining qalbiga va ayol kiyining boshqa ham nazdida kichkina ko'rinishi mumkin bo'lgan muammolariga islomda rijolar, erkaklar, haqiqiy musulmon erkaklar qanchalik katta e'tibor berishlarini ko'rishingiz mumkin.

Yana qissadagi bir ajoyib holatlardan bittasi, Abu Bakr roziyallohu anhu o'zlarining eng sevimli farzandlari, Oysha onamizni tergab urishib beryaptilar. Ya'ni sanada bunaqa bo'lyapti, sanda bunacha bo'ylyapti deb, toki o'sha qizlaridan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ozg'in aytishini xohlamayaptilar. Qizlarini tarafini olmayaptilar, qizim to'g'ri qilyapti demayaptilar, odamlarga aytmayaptilar. Rasululloh qizimni oqlayapti, senlar nima gapiryapsan, ma'lumot qilyapsan demayaptilar. Lekin borib otalik vazifalararo qizlarga tarbiya berishga harakat qilyaptilar. Va bu joyda Oysha onamizni ishlari qanaqa chiroyliki, Oysha onamimiz roziyallohu anha otalaridan o'zlariga o'sha paytda ozor yetib turgan bo'lsa ham, o'sha og'riqqa chidab turibdilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyg'onib ketmaslari uchun. Rasulullohni uyg'otib shikoyat qilmayaptilar yoki Rasululloh sollollohu alayhi vassalam menga yordam beryaptilar, u zot qidiryaptilar, meni taqinchoqimni u zot odamlarga buyurdilar. Men aybdor emasman deb o'zlarini oqlamayaptilar. Balki sukut qilib, sabr qilyaptilar, toki Rasululloh sollillohu alayhi va salamni oromlariga ozor yetmasin. Toki uzoq uyg'onib ketmasinlar. Va yana sahobalarning u ishdagi qanaqa ajoyib holatini ko'rasizki, sahobalar bu paytda ya'ni o'sha paytda bir kurashdan, jangdan ya'ni qaytib kelayotgan paytlari, ular safarda, ular charchagan, shularni barchasiga qaramasdan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni rozi qilish uchun va o'sha onamizning yuz xotirlaridan hammalari harakat qilib, shu taqinchoqni muhim narsa deb bilib, shuni topishga harakat qilishyapti.

Va qarangizki, qissada chunki har bir tomon o'zining o'sha jamiyatdagi va o'zining mana shu qissadagi holatdagi vazifasini eng mukammal va chiroyli shaklda ado qilyapti. Va bu narsa mukofotsiz qolmayapti. Mukofotsiz qilmaganini shundaki, shu bilan deydi Oshxonamiz, hammamiz keyin turdik, tong bo'ldi yoki asbaxna deb bitta rivoyatda keladi va hech kimda suv yo'q. Suv bo'lmagandan keyin endi odamlar tahorat qilish kerak. Chunki ko'plar uyg'ongan, uxlagan, boshqa bo'lgan, endi tahoratni yangilash kerak. Suv yo'q. Keyin Alloh Taolo bizga rahmat va marhamat o'laroq mana shu sahobalarga o'sha paytda tayyamunni yechim qilib beryapti. O'shandan keyin Alloh Taoloddan tayyamun oyatini nozil qilib, islomda tayyamun degan yengillik paydo bo'lyapti. Va bu tayyamon yengilligidan biz o'zimiz foydalanamiz. Hozir bizni ko'rib turgan odamlarni qanchasi hayotida o'ylab ko'rsa bo'ladi. Sovuqda qolib ketgan paytda, kasal bo'lgan paytda, safarda bo'lgan payti tayyamon qiladi. Tayammum qiladi da, savvuda qiynalib tahorat qilish degan, savvuda qiynalib yoki kasal paytda qiynalib g'usli qilish degan mashaqqatlardan xalos bo'lib, yengilgina tayammum bilan ibodatini qiladi. Va bu bilan poklanadi. Va mana shu tayammuning yengilligi va barakati kimni sababidan bo'ldi? Mana shu qissani ishtirokchilari sababidan bo'ladi. Shu qissada ayoliga ikrom ko'rsatgani va marhamat ko'rsatgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sabablaridan. Shu qissadagi erlariga muhabbat va ehtiromning kamol kamol mukammal mani bir ko'rinishini ko'rsatgan Oysha onamni iqtisodiyot ha, sabablardan.

Shu qissada qizlarini yaxshi ko'rgan qizlarini urishib, yaxshilikka chaqirmoqchi bo'lgan, yaxshi maqsadda bu ishni qilgan Abu Bakr roziyallohning sabablaridan va shu qissada bir ayol kishini, Xudo qolaversa, Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallamni yuz qotillari uchun va o'z otni roziliklari uchun harakat qilgan sahobalar barakatlaridan, mana bu qissadagi kishilarning barakotlaridan bizga tayyammum degan bir yengillik paydo bo'lyaptiki, bu yengillikning fazlidan va bu Yengillikni osonligidan mana undan keyin minglab, balki million lab odamlar tarix davomida foydalangan va biz hozirgacha foydalanib kelyapmiz. Va qissaning yakuni ham ajib. Imom Nasoiyning Sunanlarida keladi, qissaning yakunida Oishiramiz aytadilar. Keyin tuyani biz turg'izdik, u tuyani tagida ekan u taqinchoq deydilar. Ya'ni Alloh Taolo u taqincho'g'i tuyani tagiga berkitib qo'ygan. U taqincho't turgan bo'lgan o'sha joyda. Ular hamma cho'lni qidirishgan va hokazo taqinchoq o'sha joyda bo'lgan. Lekin Alloh Taolo xohlagan shu taqinchoqni o'sha joyga berkitib qoib, mana shu bandalarni sinashni. Va ularning iqtibori qanaqa chiroyli bo'lishini keyingi avlodlarga dars o'zaroq ko'rsatib berishni. Va mana shu qissa qanday go'zal qissada hamma chiroyli sinaldi. Va hamma o'zining imtihonidan chiroyli o'tdi. Va bu qissa bizni asrimizgacha Imom Buxoriyning, Imom Muslimning eng sohibi hadis kitoblarida bizga yetib keldi. Va biz mana shu qissadan ibrat olib, yaxshi er bo'lishga harakat qilamiz. Bizda shu qissadan ibrat olib, muslimalar yaxshi ayol bo'lishga harakat qiladi.

Shu qissadan ibrat olib, qanchamiz Rasulullohga yaxshi ergashuvchi asxoblarga o'xshagan, yaxshi ummat bo'lishga harakat qilamiz. Abu Bakrga o'xshash yaxshi ota bo'lishga harakat qilamiz. Va mana shu qissa biz hammamizga shu ibratli voqealarni o'zida jam qilgan holda ko'rsatib beradi. Va buning barchasi Alloh Taolo o'sha taqinchoqni bir tuyaning ostiga berkitib qo'yib, bizga ko'rsatgan marhamat va rahmatidan va barcha rahmat va barcha marhamat Alloh Taolodan. Alloh Taologa hamdard bo'lsin. Mana shu qissani ajoyib bu qissada ishtirok etgan barcha qissani sohiblaridan Alloh Taolo rozi bo'lsin. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ayollarga bo'lgan eng chiroyli e'tibor va muhabbatni bizga namuna qilib ko'rsatib bergan va bizga qiya rukm, qiya rukmli ahlihi yoki qoy rukm, qoy rukmli ahlihiy sizlarning eng yaxshilar, erkaklarning eng yaxshi lari o'zlarining ahllariga eng yaxshi bo'lganlari deb bizga namuna ko'rsatib ham amalda, ham so'z bilan bizga bu darsni o'tib ketgan. Rasululloh sollollohu alayhi vassalomga Allohning salovatlari va salomlari bo'lsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish