MMaviza
NamozTekshirilgan6 daq

Takbir aytilganda ortidan takrorlash kerakmi?

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
5:39
O'zgarishlar tarixi

Takbir yoki iqomat takbiri deyiladigan narsa, bu o'sha azon tashqaridagi odamlarni masjidga chaqirish uchun aytiladigan chaqiriq bo'lsa, takbir bu ichkaridagi odamlarni namozga turg'izish uchun aylangan azon. O'shaning uchun ba'zi ba'zi hadislarda va ba'zi qadimiy asarlarda ikkalasini ham azon deb aytib ketiladi. Bayinul adanayni ikkita azon o'rtasida deganda, shu azon bilan takbir o'rtasida degan ma'noda aytiladi. Buni ham azon deyiladi. Lekin bu takbir degan nom bilan mashhur. Demak, takbirni o'n yettita jumladan iborat.

Bizning mazhabimizda, o'zi bu ba'zi mazhablarda o'n bitta, ba'zilarda boshqa. Lekin hammasi sohibi rivoyatlarda kelgan. Bizni ulamolarimiz shu o'n yettitasini olgan. Va bu sohibi rivoyatlardek kelgan. Aytganimizdek. Va azon bilan bir xil. Demak, Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar. Demak, to'rt marta. Buni biz, e, ma'nolarni muhokama qildik. Faqat ikki marta, ikki marta qilib aytiladi odatda. Allohu akbarullohu akbar,allohu akbarullohnohu akbar. Shunaqa shaklda. Ash shahodatu illaha illalloh, ash shahodatu illaha illalloh. Buni ma'nosini ham zikr qildik. Ash shahodatu muhammadur rasululloh, ash shahodatu muhammadur rasululloh. Buni ham zikr qildik. Buni aytaylik, aytgan paytda masjiddagi qavm nima deb turadi? Nima deydi? Xuddi shuni takrorlaydi, ha, xuddi shuni o'zini takrorlaydi. Va buni ham aks afsuski ko'pchilikda ko'rasizki, buni qilmaydi. Takbir aytayotgan paytda atrofingizga qarasangiz ko'pchilik jim turgan bo'ladi. Unaqa qilmaslik kerak, takbirdagi har bir so'zni takrorlash kerak. Hayya ala sola, hayya ala sola, haya alal falah, haya alalfalah. Keyin bizda bitta qo'shimcha bor. Qodiqo matiz sola, qodiqo matuz sola, mana shu jumla takbir uchun xos. Ikki marta takrorlanadi.

Keyin Allohu akbar, Allohu akbar. Keyin La ilaha illalloh. Qodiqomatiz sola nima degani? Qod degani, arab tilida harf bo'lib, odatda fe'llardan oldin keladi. Qod agar mudoriy fe'lidan oldin kelsa, ya'ni hozirgi zamonni bildiradigan fe'ldan oldin kelsa, biror narsaning bo'lish bo'lmaslik ehtimolini odatda bildiradi. Va boshqa ma'nolar bor, ko'p bo'lish ehtimolini bildirishi mumkin ba'zida. Ko'pincha kam bo'lish ehtimolini bildiradi. Masalan, biror odam keladimi yo'qmi deb so'ramoqchi bo'lsangiz, sal ya ti desangiz, qod ya ti deb javob beradi. Qod ya ti degani kelishi ham mumkin, kelmasligi ham mumkin degan. Agar bu shu ya ti degan mudoriy fe'li bilan kelsa. Agar modiiy fe'l bilan kelsa, o'tmish fe'li bilan kelsa, qod o'sha narsani bo'lganini bildiradi. Allaqachon bo'ldi degan ma'noni bildiradi.

Masalan, qod afla hal mo'minun degani, mo'minlar najot topib bo'ldi dekan. Ha, mo'minlar najot topib bo'ladimi? O'zi aslida mo'minlar nay ot topadi. Lekin qod afla halmo'minun, chunki ularning hayotdagi amallarini o'zi najot, tavsiyalardan birida. Qo'rqadi qomatga soladi. Qomat degani, demak o'sha qoyin bo'ldi namoz. Ha, namoz qoyin bo'lib, namoz boshlandi. Assalomu alaykum namoz. Qo'rqadi, qomatga sola degani namoz qoyin bu bo'ldi, namoz boshlanib bo'ldi degani. O'zi aslida boshlanmadi. Shu nuqtada boshlangan bo'ladimi, boshlangan bo'maydimi? Hali boshlanmagan bo'ladi, chunki hali boshlanmadik. Namoz qachon boshlanadi? Qachonki Allohu akbar desangiz namoz boshlanadi. Hali biz Allohu akbar demadik, hali namoz boshlanmadi bu nuqtada. Lekin qodi qomati isola deydi. Nimaga? Chunki namoz boshlanib bo'ldi, boshlanay dedi ma'nosida, lekin mubolag'a bilan boshlanib bo'ti. Va qodi qomati issola shunday jumlaki, mana shu jumla va umuman takbir, o'sha o'n yettita jumla, biz aytgan takbir, yangrayotgan paytda insoniyat ikkiga bo'lindi. Baxtlilar va baxtsiz odamlarga.

Mana men o'zim Toshkentda ba'zida Navza masjidida namoz o'qib turaman. Navza masjidda, agar mana bizni tinglab turgan odamlar Toshkent shahrida Navza masjidi namoz o'qigan bo'lishsa biladiki, namoz tashqarida, hovlida o'qiladi. Va namozga turgan paytingizda, yonida, namoz masjidni yonida nima bor? Katta ko'cha bor. Ko'chadan g'iz g'iz g'uz g'iz mashina o'tadik shu tomonga. Vallohu a'lam, Toshkentda eng mashina ko'p ko'chalardan bittasi shu, vallohu a'tam. Va siz namozda turibsiz, namozga turyapsiz, Allohu akbar, allohu akbars, Alloh buyukroq, alloh buyukrok deyapti da, mashinalar g'iz g'az o'tyapti. Siz qalbingiz og'ir edi. Shu birodarlarim, shular nimaga kelmayapti deysiz. Qaniydi shular kelsa deysiz. Qanida shular biz bilan turib namoz o'qisa deysiz. Qarang, birgina o'sha takbirni o'zi davomida nechta odam o'tib ketadi shu mashinalarda? Ular qayoqqa ketyapti? Axir Alloh Taolo ularga hayya alal falah deyapti, najotga kelinglar deyapti. Shoshilinglar, najotga keldinglar, mana sizlarga najot deb Robbul Alomin ularni yaratgan, ularga rizq bergan, ularni o'sha chiroyli suratda qilgan Alloh Taolo aytib turibdi, lekin ular qayoqqa ketyapti?

O'sha paytda qalbingiz og'riydi. O'sha yerda turgan paytingizda o'ylaysiz shu birodarlarim qaniydi kelsalar men bilan yelkamma yelka turib men bilan ushbu namozni birga ado qilsalar deysiz. O'sha paytda quvdi qomatingizni sola degan paytda bilasizki, endi u kimdadir armon bo'ldi. Namoz boshlandi, bo'ldi. Endi u hozir kelsa ham yuqori e'tiborga ko'ra ulgurmaydi. Ana shu joyda siz bilasizki, Alloh Taolo sizga rahmati va niyati sababli siz o'sha joyda turibsiz, Alhamdulillah.

Va kimdir o'sha ne'matdan mahrum bo'ldi. O'zidagi ba'zi kamchiliklar sababli. Va biz umid qilamizki, Alloh Taolo barcha mo'minlarni hidoyat qiladi va barcha mo'minalar xuddi juma namozlarida saf saf bo'lib turganlaridek, boshqa besh mahal namozda ham shunaqa turadilar. Zero, besh mahal namozovning farzligi juma namozining ojibligidan yuqoriroq. Va Allohi alam.

Bilimni sinash

3 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish