MMaviza
Turli mavzularTekshirilgan6 daq

Saudiyadagi O'zbeklar

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
6:03
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillahir robbil alamin. Vassolatu vassalamu ala rasulina muhammadin va ala alix va sohibi ajma'i. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Avvalambor ushbu suhbatni tashkil qilganinglar uchun sizlardan minnatdorman. Va kunuz muxlislariga uzr minnatdorchilik bildiraman. Endi savolingizga keladigan bo'lsak, saudiyadagi o'zbeklarni taxminan uchta toifaga bo'lsa bo'ladi. Birinchi toifa o'zbeklar, bular o'sha shu'roqlar davrida ota bobolarini saudiyaga hijrat qilib ketib, saudiya fuqaroligini olib, o'sha yerda qolgan o'zbeklar ularni oralarida siyosiy shaxslar bor, vazirlar, davlatni mas'ullari va katta katta olimlar. Ikkinchi toifa o'zbeklar, bular afg'oniston fuqarosi bo'lgan o'zbeklar. Ular oldin afg'onistonga hijrat qilib borgan, sho'ro paytida, ya'ni sovetlar paytida. Ularni ota bobolarini ya'ni afg'onistondan hijrat qilib borganda. Keyin ular afg'onistonda saudiyaga ko'chib borishgan va fuqarolik olmagan. Va ularni ba'zilari o'sha oldin ko'chib borib, fuqarolik olmaganlar bo'lishi ham mumkin. Va ularni ijtimoiy holati birinchi toifa bilan bir xil bo'lmagani uchun, o'qishga, boshqa imkoniyatlar, balki birinchi toifadan farq qilgani uchun, ulardan orasidan taniqli kishilardan ko'pchiligini to'xtatmasam, men o'zi bilmayman. Lekin ular ham juda ham katta bir diaspora hisoblanadi Saudiyada.

Keyin uchinchi toifa bu o'zimizni O'zbekistonni fuqarolari. Mavlaga kelganda men aytib ketishni xohlardim, shu fuqaro emas, vatandosh degan so'zni o'zgartirishga chaqiriqlar bo'lyapti. Men juda ham qo'llab quvvatlayman shuni. Ya'ni O'zbekistonda vatandoshlari, O'zbekiston pasportiga ega bo'lgan odamlar. Bu uchinchi toifa odamlari orasida, bu uchinchi toifada odamlarni ham o'zi asli to'rtta guruhga taxminan bo'lib olsak bo'ladi biz. Bularni birinchisi talabalar bizga o'xshagan. Saudiya universitetlarida o'qiydigan talabalar. Talabalarni eng ko'pi Madin Islom universitetida o'qiydi. Taxminan to'qson tacha talaba bor, bizda alhamdulillah. Keyin umumiy Qur'on universiteti Damakkada keyin Adiyenda toifa universitetida, keyin Riyozda va Jiddadagi boshqa universitetlarda o'qiydigan O'zbekiston talabalari bor. Ikkinchi toifa o'zbeklar, o'sha ya'ni O'zbekiston fuqarolari, O'zbekiston vatandoshlari bo'lgan o'zbeklarning ikkinchi guruhi bu u yoqqa birorta o'sha diplomi asosida yaxshiroq bir ishga borib ishlaydigan o'z beklar, doktorlar, vrachlar, injenerlar, oliy ma'lumotli kasb bo'lib, shu soha o'shani sohasi bo'yicha mutaxassis o'laroq ketib ishlayotgan odam. Odamlar. Bu ikkinchi toifa, ikkinchi guruh, ya'ni O'zbekiston fuqarolari u yoqdagi vatandoshlar. Va ularni holati ancha yaxshi. U yoqdagi ularni oyligiga o'rtacha masalan ikki yarim uch ming dollardan to o'n ming dollargacha yoki undan ko'p bo'lishi mumkin.

Ular o'sha Saudiya mehnat qonunchiligi bilan to'g'ri shartnomalarni tuzib odatda ishlashadi. Va ularni mehnat faoliyati o'sha hurmat qilinadi, himoya qilinadi davlat tomonidan, ularni holatlari yaxshi. Kimda kim shunaqa ishga taklif qilinsa, borib ishlamoqchi bo'lsa, o'sha yo'llarini topsa, men uni tavsiya qilaman, unaqa ishlaydigan ko'pchilikni bilaman va holatlari yaxi. Lekin shunda ham albatta o'sha kontraktni o'qib chiqishni, shartnoma, mehnat shartnomasini o'qib chi qishni va yaxshilab o'rganib, keyin unga qo'l qo'yishni men tavsiya qilgan bo'lardim. Undan keyingi bir uchinchi guruhda biz aytishimiz mumkin mana, bu mutaxassis o'laroq ketgan, lekin oliy ma'lumotli bo'lmagan O'zbekiston vatandoshlari. Ular masalan oshpazlar bo'lishi mumkin, yoki qanaqadir maxsus restoranlarda o'sha ofitsiant bo'lib, boshqa bo'lib, ya'ni qanaqadir mutaxassisligi bor, u bilgan ishni boshqa odam qila olmasligi mumkin. Shunga ko'ra ko'proq oylik oladi. Lekin shu bilan birgalikda oliy ma'lumotli emas. Bular o'sha ming, bir ming besh yuz dollardan to bir ikki ming gacha oylik olib ishlashi mumkin. Bularni muammolari nisbatan ko'proq bo'lishi mumkin. Sababi bu toifadagi ketib ishlayotgan ham yurtlarimizni doim ham kontraktlari yaxshi bo'lmaydi, yaxshi tushunarli bo'lmaydi kontraktlari, ish mehnat shartnomalari o'zlari uchun tushunarli bilmaydi. Va ba'zida bularga nisbatan outsourcing degan uslub qo'llaniladi. Bu Dubayda ham juda ham mashhur.

Bu ayniqsa hozir mana biz kelamiz to'rtinchi guruh haqida men gapirmoqchi edim. Ularda ayniqsa ko'p qo'llaniladida. Bu qanaqa uslub? Masalan, Dubaydagi bir korxona birovni ishga olmoqchi bo'lsa, ishga olmoqchi yu, lekin u bilan qanaqadir mehnat shartnomasi tuzmoqchi emas. Unga ko'proq huquq berishiga to'g'ri kelishdan qo'rqyapti yoki mehnat qonunchiligi bo'yicha berilgan huquqlarni hammasini unga ta'minlab bermoqchi emas. Nima qiladi, boshqa birorta bir davlatda inson huquqlari nisbatan kamroq bo'lgan bitta davlatda bir shirkat ochadi da, o'sha shirkatga o'sha odamni ishchi qilib yonlaydi. Shunda haligi migrant bo'lib bormoqchi bo'lgan odam aslida bu Dubaydagi kompaniyaga ishlamaydi. Hindistonda yoki Bangladeshda yoki bir joydagi shirkatga ishlaydi go'yoki. Keyin u shirkat bilan Dubaydagi shirkat biz alohida kontrakt tuzadi. Shartnoma tuzadi. Natijada qachonki bu ishchini muammolariga, ishchi muammolariga uchraydigan bo'lsa, sinishxonasida, masalan Dubay qonunchilikka deylik, unga qirq soatdan ko'p ishlamaysan degan bo'lsa, a bu ellik soat, oltmish soatlab ishlayotgan bo'lsa yoki dam olishga berilishi kerak degan bo'lmasa, bunga dam olish berilmayotgan bo'lmasada va qachonki shikoyat qilmoqchi bo'lsa, Dubay aytadiki, sen bizni ishchimiz emassan, sen Farg'ona shirkatiga ishlaysan, men seni kompaniya bilan Shug'ullanib tuzganman, bor kompaniyaga shikoyat qildik. Yoki Saudiya aytadi. Ha. Bu Dubay misolini keltiryapman, Saudiyada ham shunga o'xshagan bir uslublar, ya'ni qo'llanishi mumkinmi demoqchiman. Shu ma'noda bu to'rt uchinchi guruh, ayniqsa to'rtinchi guruh mana men aytmoqchi edim.

To'rtinchi gruppa aka bizni hamyurtlarimiz. Bular o'sha u yoqda borib uyda xodima bo'lib ishlaydiganlar, ya'ni uy ishchisi bo'lib ishladiganlar. Yoki shunga o'xshagan og'irroq ishda ishlaydigan odamlar mana hozir ko'payib ketdi. Ayniqsa oxirgi yarim yil ichida juda ham biz ko'p eshityapmiz, oxirgi bir yil, yarim yil ichi juda ham ko'p eshiryapmiz. Yuzlab ayollar Riyoz yoki shuni atrofidagi shaharlarda odamlarni uylarida ishchi bo'lib kelib ishlashyapti. Va ularni sharoitlari ko'pincha og'irroq bo'ladi. Ularni ishlari juda ham og'ir bo'ladi, dam olish kunlari bo'lmaydi. Saudiya mehnat qonunchiligi bo'yicha ularni himoya qilish qiyin bo'ladi. Shu ma'noda agar kimda kim oliy ma'lumotli bir diplomi bilan oliy ma'lulotli ishchi o'laroq, mutaxassis o'laroq ishga bormoqchi bo'lsa yoki talaba bo'lib bormoqchi bolsa, men tavsiya qilaman. Agar undan boshqa bir ish uchun bormoqchi olsa, men aytgan bo'lardimki, yana bir marta o'ylab ko'rgan yaxshiroq holi holi.

Bilimni sinash

3 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.