MMaviza
Islom moliyasi va savdoTekshirilgan3 daq

Nega Islom moliyasining ulushi kam?

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
3:05
O'zgarishlar tarixi

Endi o'z o'zidan paydo bo'lishi mumkin bo'lgan savollardan bittasi, agar islom moliyasining umumiy jahon moliyasidagi ulushi ikki foizni faqat tashkil qilsa, bu nimaga bunaqa kam? Ikki milliardga yaqin musulmonlar, ya'ni dunyo aholisining juda katta qismini tashkil qiladi. Va nimaga islom moliyasining ulushi kamroq degan savol tabiiy ravishda paydo bo'ladi. Buning javobi o'zi aslida tarixga borib taqaladiki, hozirgi paytda mavjud bo'lgan moliya tizimi shakllanayotgan paytda, shakllanayotganda davrda aksar musulmon turganman, mamlakatlar mustamlaka ostida bo'lgan. Jahon moliya tizimining murakkab shaklida shakllanib, demak, oyoqqa turishiga asosiy sabab bo'lgan nuqtalardan biri texnologiyani rivojlanishi, transport vositalarini rivojlanishichi va odamlarning bir davlatdan ikkinchisiga borib kelishi osonlashishi, mahsulotlarni, tovarlarni boshqa davlatlarga yuborishining osonlashishi va eksport va importning rivojlanishishi va aloqa vositalarining rivojlanishisi va natijada o'zaro biznes hamkorlik va shartnomalar bilan aloqa vosita orqali ya'ni o'zi borib o'tirmasdan tuzishning osonlashishi, jahon Moliya tizimini butun dunyoni bir kichkina shaharga aylantirib, go'yoki jahon moliya tazimini bir biriga yaqinlashtirgan bir jips, bir narsaga aylantirgan va aynan mana shu paytda ko'p musulmon mamlakatlari yo mustamlaka ostida bo'lgan yoki endi mustamlakachilikdan ozod bo'lib, o'zining demak, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotini tartibga solish bosqichida bo'lgan.

Shu sababli ham jahon islom moliyasi, jahon moliyasiga tanishtirilgan paytda jahon moliyasi allaqachon oyoqqa turib olgan tayyor moliya tizimi bo'lgan. Va endi islom moliyasini tanishtirgan paytingizda sizda uchta variant bor. Yo yangi islom moliya muassasalarini tashkil qilasiz, yo mavjud islom moliya masalalarini islomiy moliya muassasasiga aylantirasiz, yoki mavjud moliya muassasalari tarkibida islom moliya mahsulotlarining bo'limlarini ochasiz. Biz islomiy darcha deb aytaydigan narsa. Va bularning har birida ham, endi siz ochgan islomiy moliya muassasasi jahon moliya muassasasi bilan qiladigan o'zining savdo xudo va boshqa munosabatlarida, pul almashishi bilan bog'liq, investitsiya bilan bog'liqi munosabatlarda qanday asoslarda ishlaydi degan tartib qoidalarini ishlab chiqishingiz va siz ishlab chiqqan tartib qoidalarga allaqachon mavjud bo'lgan va ishlab turgan jahon moliya tizimi qay darajada ya'ni moslashadi va qay darajada Moslashishni xohlaydi birinchi o'rinda. Mana shu masalalar qolaversa, tayyor moliya tizimi bilan allaqachon ishlashni boshlagan u yoki bu davlatlar, endi siz hozir Islomiy moliya degan alternativni taklif qilgan paytingizda unga qanchalik moslashtirib qonunlarni ishlab chiqara oladi? Mana shu bilan bog'liq muammolar Islom moliyasining rivojlanishiga, qaysidir ma'noda sekinlashtiruvchi omillar bo'lgan deb aytsak bo'ladi. Lekin shunga qaramasdan, aynan masalan bizning yurtimizda, mana yurtimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining masalan o'zining yutuqlarida qayta qayta Islom moliyasi O'zbekistonga olib kirish bilan bog'li taqlifni qaytarishi, yoki mana bizda qonun loyihalari ustida ishlanayotgani, bir emas, ikkita masalan, Islom moliyani qonun loyhasi uchun aloqa va hokazo tashkilotlarni ishlashi va O'zbekistondagi bir qator qonunchilikka bu loyiha asosida o'zgartirish kiritilish tashabbusining bor ekanligini

O'zi, mana bu Islom moliyasining O'zbekistonni o'zida va qolaversa, o'sha hozir biz suhbat davomida balki keltiramiz, xorijda qanchalik tezlik bilan o'sib borayotgani va unga e'tibor qanchalik kuchayotganiga dalolat qilamiz.

Bilimni sinash

1 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish