MMaviza
Islom moliyasi va savdoTekshirilgan8 daq

Qanday mutaxassis bo’laman?

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
7:32
O'zgarishlar tarixi

Avvalo bilish kerakki, islom moliyasi va umuman islomiy banklar, islomiy moliya muassasalari faoliyatida ishtirok etuvchi shaxslar taxminan ikkiga bo'lib olsa bo'ladi da bularni. Birlamchi kadrlar va ikkilamchi kadrlar. Birlamchi kadurlar bu to'g'ridan to'g'ri islomiy moliyasini, islomiy muolajaning me'yorlarini tuzish va uni demak boshqarish va u bilan bog'liq masalalarga mas'ul bo'lgan kadrlar. Va bu kadrlar aynan islom huquqida mutaxassis bo'lgan kishilar bo'lishi kerak. Nimaga? Sababi hozirgi paytgacha islom moliyasiga oid nima qoida oladigan bo'lsangiz, u iof standartlari bo'lsin, u malayziya standartlari bo'sin, u xalqaro islom moliyasiga oid konferensiyalarning qarorlari bo'sin. U islomiy banklar uchun ishlab chiqilgan nizomlar bo'sin, hozirgi payti bor islomiy bank lar, masalan saudiyada, boshqada arab mamlakatlari bor banklar bo'sin. Har bittasini tuzuvchi shaxslar to'g'ridan to'g'ri islom huququqining mutaxassislari. Biz faqih yoki fiqh mutaxassisi deb aytadigan odamlar. Mana bu kishilar. Bu kishilar qaror qiladi, keyin o'sha qarorlarni o'rganib chiqib, keyin boshqa tabiiyki ular o'zlarini qarorlarida iqtisodchilardan, boshqalardan foydalana yordamlaridan foydalanadi. Lekin oxir oqibat qaror qabul qiluvchi kengash, mana iof standartlarini tuzuvchi kengashini ko'rsangiz, shariat kengashi bor. Mana shu shariat kengashi qaror qabul quradi va kengashning har bir a'zosi shariat sohasida mutaxassis.

Shu ma'noda bizga birlamchi kerak bo'ladigan kadrlar, bu aynan islom fiqhidan mutaxassis bo'lgan odamlar. Va bu mutaxassislarni yetishtirish uchun birinchi o'rinda bizda ya'ni islom bizda ikkita yo'l bor. Birinchi biz qilishimiz mumkin bo'lgan yo'l, bu islom fiqhdan va shariatdan dars beruvchi universitetlar va institutlarda aynan islom moliyasi degan darslarni tashkil qilib, u u muassasalar uchun darsliklar yozib, ana shu talabalarning o'rganadigan dasturi doirasiga zamonaviy fiqhiy masalalarini qo'shish. Bu birinchi va eng yaxshi yo'l. Bu men o'ylaymanki, eng yaxshi yechim mana shu bo'ladi. Masalan o'zbekistonda oliy ta'lim muassasasi bosqichida yoki yuqori demak o'rta maxsus ta'lim muassasi bosqichida bir nechta mahalla, institutlar ishlab turibdi hozirgi paytda. Mana shu yoki islom akademiyasi. Mana bularni qoshida islom moliyasi bo'yicha kafedralar yoki markazlar va shu kabi demak bo'limlar tashkil qilib, darsliklar yozib, mana shu joydagi talabalarning fiqh darslar davomida ular masalan imom marg'ilon hidoya kitobini yoki yoki muxtasar al muqoya kitobini masalan o'rganishlari mumkin. Mana shu darslardan tashqari qo'shimcha dars sifatida islom moliyasi va islom zamonaviy islomiy moliyaviy munosabatlarga oid qoidalarni o'rganuvchi darslarni qo'shish kerak va unga mutaxassislar jalb qilish kerak.

Natijada bizda demak mana shu joylardan ertaga islomda shariat kengashidagi a'zo bo'lib ishlay oladigan, islomda mutaxassis bo'lgan demak bizda kadrlar paydo bo'ladi. Mana bu birinchi eng yaxshi yechim. Ikkinchi yana bir yo'nalish bu aynan hozirgi paytda ishlab turgan dunyoviy o'quv yurtlarida, u masalan iqtisodiyot universiteti bo'lsin, u bank moliya akademiyasi bo'lsin, bu demak Toshkent davlat yuridik universiteti bo'lasin, mana bu demak oliy o'quv yurtlarida islom moliyasiga oid markazlar yoki kafedralar yoki qismlarini tashkil qilish, tashkil qilib bu joyda mutaxassis yetishtirib chiqarish. Doimo bilingki, islom moliyasi o'zi aslida qadimda fiqh qanaqa bo'lgan? Qadimda holatlar, munosabatlar oddiy bo'lgan, murakkab bo'lmagan va kishi birorta odam fiqhni o'rgangan yaxshilab. Fiqhni masalan Qur'onni, sunnatni, fiqhni, usul fiqhni o'rgangandan keyin, murakkab bo'lmagan masalalarga qarab turib, unga yechimni ayta olgan. Endi bank bilan bu qilib munosabatlar murakkab bo'lgani uchun, kishi mana bu fiqhiy qoidalarni o'rganishga kifoya qilmaydi da, ham fiqhiy me'yorlarni o'rgatish kerak, ham mana bu murakkab munosabatlar o'rganish kerak. Shuning uchun men o'zim hozir mana madinada o'qib turgan paytimda, Yel universitetida Amerikada demak, aynan bank munosabati bo'yicha o'qishga, o'quv kursiga yozilib, o'qishga majbur bo'ldim. Nimaga? Chunki men faqat shariatni bilishim kifoya qilmaydi. Men nargi sohani o'rganishim kerak. Shu ma'noda endi bizda o'z o'zidan savol paydo bo'ladi va bu savol mandan eng ko'p so'raladigan savollardan biri.

Mana shu hozirgi mana oxirgi O'zbekistonga safarim davomida mandan o'nlab o'nlab talabalar kelib so'radi. Men qanaqa qilib islom moliyasidan mutaxassis bo'la olaman? Biz doim aytamizki, siz ham shariatni o'rganishingiz kerak, ya'ni fiqhni o'rganishingiz kerak, ham bank bilan bog'liq munosabatlarni o'rganishingiz kerak. O'sha ikkalasini birlashtirsangiz, keyin kuchli mutaxassis bo'lay olasiz deymiz. O'z o'zi o'zidan savol paydo bo'lardi keyin, xo'p men shariat universitetiga kirib turib buni o'rganaymi? Yoki bu universitet kelajakda shariatni o'rganaymi? Ya'ni qaysi bir yo'ldan boray deydi. Biz shunday aytamizki, bizda aniq bitta yechim ayta olmaymiz. Bizda sizda uchta yo'l bor. Yo shariat sohasiga kirasiz va buni alohida o'rganasiz va bu eng yaxshi yo'l. Yo siz bu sohaga kirasiz va shariatni alohida o'rganasiz, bu bu holatda ham agar shariatni yaxshi o'rganadigan yo'l topa olsangiz, bu ham zo'r yo'l. Yoki ikkalasini birlashtirgan islom moliyasidan har xil Malayziyada, boshqada o'quv yurtlari bor, unga borasiz. U ham yaxshi. Nimaga? Chunki islom moliyasi yaxshi tushunadigan va bu bo'yicha qayerdan nima, demak, qarorlari va me'yorlarini topishini biladigan mutaxassisga aylanadigan kishi, bu yomon. Yo'lmas. Lekin baribir bu yo'nalishdan ketgan kishilar shu sohada kuchli mutaxassis bo'lishlari qiyin. Va bu narsani oldin ham ta'kidlaganman. Nimaga? Sababi masalan Malayziyada boshqada islom moliyasi bo'yicha fakultetlarning eng katta kamchiliklaridan bittasi, fakultetda dars beradigan kishilarni o'zlari yoki o'sha islom moliyasiga o'xshagan universitetlarda dars beradigan professorlarni o'zilari iqtisodchilar bo'ladi. Unga kiradigan talabalar ko'plari iqtisodchi bo'ladi.

Va ular shariat sohasida oqsaydi. Natijada ular o'rganib chiqilgan masalalarda javoblarga ega bo'ladi. Lekin o'rganilmagan masalalar paydo bo'lgan paytda yana oqsab turaveradi. Chunki yangi fatvo hojat bo'ladi. Va doim shu sohada chiqqan mutaxassis kelib va o'sha mutaxassislarni ko'plariga, men O'zbekistonda shu sohada chikgan mutaxassislarnikini ko'plariga men o'zim dars berganman. Islom moliyasida qaysidir masalalarni o'qishga borib, Malayziyada, boshqada magistratura yoki doktoranturani tamomlab kelgan mutaxassislardan ko'plari meni fiqh darslarimda qatnashadi. Nimaga? Chunki o'zlari tan olib aytadiki, yangi masala uchrab qolsa, biz javob topa olmaymiz. Olmayapmiz deydi. Shunga men aytamanki, kadr yetishtirmoqchi bo'lsak, bizda birinchi va eng, demak, mukammal biz qilishimiz mumkin bo'lgan eng yaxshi yo'l, bu shariat sohasidagi o'quv yurtlarida Islom moliyasiga va Islom bankchiligiga oid darslarni qo'shish, toki o'sha yerdan talabalar mutaxassis bo'lib chiqsin. Bu eng yaxshi yo'l. Bizda ikkinchi yo'l, aytganimdek, bank moliya akademiyasida, yuridik universitetda va boshqa o'quv yuritlarida Islom molyasiga oid markazlarni tashkil qilish. O'sha markazlarni Islom moliyasi bo'yicha mutaxassislar bilan hamkorlik o'rtasida shariat standartlarini o'rganish darslarini tashkil qilish. Birinchi yildan boshlasa, shu ham har qalay boshlashga yaxshi narsa bo'ladi. Ayofiyning shariat standartlari bor. Dunyoda yuzlab yuzlab banklashuvchi standartlar asosida faoliyat olib boradi. Bu standartlar to'rt mazhabniy fatvolardan davrimiz uchun eng munosiblari tanlab olib, tuzib chiqilgan. Shariat standartlarining tuzishdagi shariat kengashining raisi shayx Taqiyos Umani o'zi hanafiy olimlardan, bizni diyorimizga ham kelib mehmon bo'lib ketganlar.

Pokistonning muftiysi, shayx Taqozmoniy va boshqa hay'at a'zolarida ko'rasiz, to'rt mazhab olimlardan qo'shilgan. Bu hay'at a'zo tuzgan, bu shariat standartlar hozirgi paytda shu sohada birlamchi qonun hujjati bo'lib turibdi hozircha. Va mana shu, demak, shariat standartlarini o'rganadigan, demak, markazlar tashkil qilinsa, o'ylaymanki, shu vaqtning boshlanishi bo'ladi. Demak, shunda bizda taqsoyiban demak, uchta bosqich yo'nalishi paydo bo'ladi. Birinchisi, demak, shariyat o'quv yurtlarida, aytganimdek, islom moliyasini darslarini kirg'izish. Ikkinchisi, aynan yuridik universitetda, bank moliya akademiyasida, iqtisodiyot universiteti va shu kabi universitetlarda va boshqa universitetlarning iqtisod fakultetlarida islom markazi qismlarini tashkil qilish, islom moliyasi markazlarini tashkil qurish, o'sha markazlar orqali islom moliyasini haqida dars berish va uchinchi yechim alohida islom moliyaviyasi bo'yicha xuddi Malayziyaga o'xshab fakultetlarni tashkil qilishi va aytganimdek, birinchi yechim bularni ichida eng optimal bo'ladi va qolgan Ikkitasi albatta baribir kerak. Hatto birinchisini qilganimizda ham qolgan kerak, toki bizda har xil sohalardan jamlangan mutaxassislar paydo bo'lishi uchun, vallohu a'lam.

Bilimni sinash

4 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish