MMaviza
Islom moliyasi va savdoTekshirilgan41 daq

Bitcoin va kriptovalyutalar qimorbozlikning bir ko‘rinishimi? | Islom moliyasi

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
40:42
O'zgarishlar tarixi

Bismillah, alhamdulillah, vassalatuh vassalamu alayhi vasulillah. Mendan oxirgi oylar davomida, balki bir necha yildan beri desak ham mubolag'a bo'lmas, kriptovalyutalar haqida, xususan Bitcoin haqida, Ethereum, Dogecoin va boshqa demak kriptovalyutalar va trading haqida ko'plab savollar so'rab kelishadi. Va men ko'pincha bu savollarga so'ragan odamlarni o'ziga qisqa bayon qilish, bayon qilgan holda javob berish bilan kifoyalangan bo'lsamda, kattaroq bir dars qilib yoki bir demak video qilib, uni tushuntirish, bayon qilishga vaqt topmagandim. Shunga qaramasdan Bitcoin haqida qayta qayta so'rashgandan keyin, Bitcoin haqida bir maqola yozuvdim. Hozir yana shu savol ko'paygandan keyin, ayniqsa O'zbekistondalik paytimda trading haqida ko'plab savollar berishgandan keyin, shu Bitcoin haqida yozgan maqolimni o'qib, maqolamni o'qib berishni, uni o'qib berishi davomida Bitcoin'ga nisbatan zamonamizning mo'tabar fuqarolari aytadigan so'zlarni bayon qilib berishni rozim topdim. Demak, maqolani o'qib, o'qish davomida men sizlarga pul nimaligi, kriptovalyutalarga shariatning munosabati qanday bo'lishi va demak, Bitcoin va boshqa mashhur kripto pullarga nisbatan raqamli pullarga nisbitin bo'layotgan e'tirozlarning mohiyatini bayon qilib berishga harakat qilaman. Bismillah.

Mendan Bitcoin haqida ko'pchilik so'ragani uchun, u haqida yozishga qaror qildim, deb boshlaganman maqolani. Bitcoin haqida biror narsa aytsangiz, ba'zilarda bo'ladigan e'tiroz quyidagicha. Siz blockchainni bilasizmi? Mining qanday bo'ladi? Tushunasizmi? Qanday qilib bilmay hukm aytasiz? Bunday e'tirozli savollarning paydo bo'lishi esa, aslida o'sha odamning shariatini tushunmasligidan bo'ladi. Shuni inobatga olib, men bitcoin haqida mulohazalar asoslarini iloji boricha sodda tilda tushuntirib berishga harakat qilaman. Yuqoridagi e'tirozlar xato ekanini ham bayon qilaman. Agar diqqat bilan olib chiqsangiz, inshaalloh o'zingiz uchun qoniqarli javobni topasiz. Marhamat. Shariatda moliyaviy, pul bilan bog'liq muomalalar ikki turga bo'linadi. Evazli muomalalar va evazsiz muomalalar. Ya'ni aloqodil ma'odo, aloqodil g'oyil ma'odo desak bo'ladi masalan. Evaziz muammolarga hadya, vasiyat, o'sha gaplar kiradi. Masalan, hadya qilasiz, evaziga biror narsa kutmaysiz. Yoki mana shu narsani falonchiga evaziyat qildim deysiz. Bu degani vafot topganingizdan keyin, o'sha narsa evaziyat qilingan kishiga, masalan, mulki bo'lib o'tishi mumkin. Bu uchun siz hech qanaqa evaz kutmaysiz, shuning uchun bu evaziz muammolar deyiladi. Evazlik, bitta narsa savdo, ijara va boshqalar. Masalan, ijaraga uy olsangiz, siz ijara haqqini berasiz. Ikkinchi tomon uning evaziga uydan foydalanish haqqini beradi.

Ikki tomondan evaz borligi uchun bunday bitim shariatda aqidul muozoq deyiladi, ya'ni evazli aqid deyiladi. Ya'ni bir tomon uydan foydalanish huquqini, manfaatini beryapti, ikkinchi tomon ijara pulini beryapti. Mana o'zaro ikki tomon bergan narsasi evaziga boshqa narsa olyapti, shuning uchun evazli muomala deyiladi. Evazlik bitimlarida evaz almashinayotgan narsa yo o'zida manfaat bor narsa bo'ladi. Yo o'zida manafaat bo'lmasa ham, biror bir manfaatli narsaga yetishish uchun vositelik xususiyatiga ega bo'ladi.

O'zida manfat bor narsa, masalan go'sht, kiyim, telefon, non, uydan foydalanish haqqi, mualliflik huquqi, bular o'zida manfati bor narsalar, undan foydalansa bo'ladigan narsalar. Xo'p, o'zida manfaat bo'lmagan narsalaringizda boshqa narsalarga vosita bo'ladigan narsalar va bular pul deb ataladi. Qadimda pullar tilla, kumush yoki temirdan bo'lgan. Ya'ni pulni o'zini yeb bo'lmaydi, o'zidan kiyib bo'lmaydi. O'zidan foydalanib bo'lmaydida, lekin boshqa manfaati bor narsalarni almashtirish uchun vosita bo'ladi pul. Va qadimda pullarni tilla, kumushi yoki temirdan bolgan. Tilladan bo'lgan pullar qadimda demak, biz shariatda arablarda dinor deyilgan, kumushdan bo'lgan draham deyilgan va temirdan qilinganlar fals deyilgan. Fals ko'pligi furus deyilgan. Chaqalar ya'ni va ular qadri nisbatan ancha pastroq bo'lgan va arzon narsalar uchun ishlatilgan. Keyinroq teridan ham pullar qilishgan. Hozir odatda bular qog'ozdan bo'ladi. Bularni yeb yoki kiyib bo'lmaydi, pulning asosiy vazifasi boshqa manfaatli narsalarni olish uchun vosita ekanidir.

Shunday qilib biz shariatda pul nima ekanligini tushunib oldik. Ya'ni pul nima ekan? Pul, demak, biror narsaga yetishish uchun vosita. Shunga ba'zi ulamolar shariatda pulni aytgan payti aytadiki, pul deydi bu tovarlarning narxi va zararlarning o'lchovi deb aytadi. Pulni ikkita chiroyli xususiyati bilan islom fuqarolari ta'riflaydi. Tovarlarning narxi, ya'ni biror bir tovar sotmoqchi bo'lsangiz, mana sizlar shu boshqaruv vositasini sotmoqchisiz. Shuning narxi qancha desa, siz odatda besh kilo kartoshka yoki uch kilo sabzi demaysiz. Ikki dollar yoki bir dollar yoki masalan yigirma ming so'm deysiz. Demak o'sha so'm dollarlar buning narxini belgilashga yordam beruvchi vosita. Narxini belgilashi kerak. O'shanga yoki narsalarning narxi bo'ladi, yoki zararlarning qiymatini o'lchashga ham vosita bo'ladi. Masalan birov bitta odamni mashinani urib olsa, shu mashina besh demak kilo kartoshka urildi demaysiz da. Besh ming so'mlik, masalan, besh dollarlik, besh ming dollarlik zarar ko'rdim deysiz. Zararlarni o'lchaydigan, qiymatini o'lchaydagi narsa bo'ladi. Shunday qilib biz shariatni pulini mekelganini tushunib oldik. Endi savol, qadimda pullar tilla, kumush bo'lgan, endi qog'oz pullar ishlatiladi. Biror narsa pul deb topilishi uchun qanday shartlar bor? Javob. Biror narsa pullik deb topilishi uchu muayyan jamiyatda o'sha narsa manfaatli narsalarga vosita o'laroq barcha yoki mutloq ko'pchilik tomonidan qabul qilinishi kifoya.

Bu fuqarolik shunday shart qo'yadiki, biror narsa pul deyilishi uchun deydi, yo barcha yoki ko'pchilik uni o'sha pul sifatida qabul qilishi kerak deydi. Ya'ni bir narsalarni savdo qilishda vosita o'laroq qabul qilishi keladi deydi. Masalan, ikki yuz kishi bir tayyorida samolyotda amerikaga uchib ketayotgandi. Bu bir misol, shu misol orqali yaxshi tushunib olsak bo'ladi pulni. Ikki yuz kishisi bitta samolyotda uchib ketayatgandi. Yo'lda samolyot demak tayyori qulab, unda uchayotgan, demak, safar qilayotganlar inson qadam yetmagan bir orolga kelib qoldilar. Ya'ni samolyot quladida, ularda orolga tushib qolishdi. U orolda ularni birov qutqarguncha jon saqlamoqchilar.

Shunaqa adashmasam bir bolaligimizda kino ham bo'lardi. Oradan oylar o'tib, birlari baliq ovlab, boshqalarni meva terib, yana birlari kiyim kiyib, boshqa narsalarga almashtirmoqchilar. Ya'ni masalan birov meva teradi da, lekin unga baliq yegisi kelyapti, baliq kerak. Boshqasi baliq tutadi da, lekin endi baliq tutgani uchun meva terish kuni vaqti bo'lmadi. Boshqasi balliq tutishni ham bilmaydi, meva terishni ham bilmay, chunki daraxtga ham chiqishni bilmaydi, suvga sho'ng'ishni ham bilmaydilar. Lekin u tikuvchilikni biladi, u kiyim tika oladi. Endi hammasida qo'lida bir tovarlar paydo bo'lib qoldi. Agar baliqni mevaga pulsiz almashtirsalar, ya'niki shu kiyimimni beraman, menga to'rtta baliq ber desa masalan, yoki shu mevani beraman, bir sabab mevani menga anavi kiyimni berishib bersang desa masalan. Bu ham joiz va bu demak odamlar tilida barter deyiladi. Shariatda bu muqoyaddo deyiladi. Odamlar tilida bartir deyiladi va bu joiz va qadimda odatda munosabatlar shunaqa bo'lgan. Biroq agar o'zaro bitimlar murakkablashib, tovarlar va xizmatlar ko'paygan sari ular pulga ehtiyoj sezsalar, o'zaro ittifoq qilib teridan yoki maxsus toshlardan pul yasab olsalar bo'ladi. Mana endi bitta odamda baliq, bitta odamda meva, bitta odamni kiyim bo'lsa, shu uchta to'rtta narsa bo'lsa oson. Lekin mevalarning turlari paydo bo'lsa, dehqonchilik shakllari paydo bo'lmasa, endi ular ikki yuz kishi o'sha orolda yashayapti, birov hali kelib ularni qutqarmadi. Natijada masalan o'n tasi borib dehqonchilik qilyapti, o'n tasi baribir meva terish bilan shug'ullanyapti, ikkita uchtasi bir narsalar qazib, bir temirlar, boshqalar topyapti.

Kim baliq tutadi, kim yana xizmatlar qiladi, birov sartaroshlik qilyapti masalan, birov tabiblik qilyapti. Endi barter qilish qiyin. Tabiblikni narxini o'lchash kerak. Buni narxini o'ldirish kerak. O'rnida pul yo'q. Ularni cho'ntaklarida pullar yo'q. Hozir shunda nima qiladi? Shunda ulardan biri aqllirog'i bir moliyachisi bo'lsa, u boradi da, bir teridan yoki bir toshdan pul yasab olsa bo'ladi. Bir teridan pul yasaydi da, pulga bir deb yozib qo'yadi. Yana bitta teriga o'n deb yozib qo'yadi. O'shani hammasi qabul qiladi, pechatlab, shuni keyin muhrlab, shuni keyin pulga aylantirib qo'yishadi o'rtasida. Agar shu pulni barchalari yoki ko'plari qabul qilsa, o'sha tosh yoki temir sharoitda pul hukmida bo'ladi. Endi o'sha terilarni agar pul deb qabul qilishni boshlasa, sartarosh aytsaki, xo'p mana shu puldan teridan uchtasiga soch olaman desa. Tabib aytsaki, doktor aytsaki, shu puldan yigirma tasiga men davolayman desa. Baliq sotayotgan har bitta baliqga bittadan ter olaman desa. Endi shu terini ribo hukmlari bo'lishni boshlaydi. Bitta terini ikkita terga almashtirib bo'lmaydi. Bitta teri berib tur, senga uchta qilib qaytarib beraman deyishi mumkin. Bu qoladi. Nimaga? Chunki bu endi ribo hukmlariga kirib qoladi, chunki bu pul deb qaraladi shariatda. Agar hamma unga pul deb qaramasa ham, bo'lishi mumkin, masalan shunda bitta odam aytyapti, yo'q men bu tering, menga qiziqmas, menga meva bersang yoki biror foydali narsa bersang beraman deyapti.

U qabul qilmaydi uni pul sifatida, lekin ko'pchilik qabul qilyapti. Bo'ldi shu orolda shu ikki yuzta samolyotda aviahalokatdan qutilib qolgan odamlar uchun mana shu terilar pul hukmida bo'ladi. Unga riboyga oid qoidalar, zakot va boshqa hukmlar beriladi. Endi asosiy masalaga qaytsak. Xo'sh, bitcoin mana shunday pul hisoblanishi mumkinmi? Bunga javob berishdan oldin yana bir muhim tushuncha bilan tanishib chiqishimiz kerak. Bu moliyaviy pufak tushunchasi. Moliyaviy pufaq deysizmi? Buni ingliz tilida financial bubble deydi. Yoki economic bubble deydi. Bu pufak. Moliyey pufak o'zbek tilida moliya pufak yoki iqtisodiy ko'pik, ba'zida ko'pik deb aytadi, bubble, ba'zida pufak deb aytsa bo'ladi. Degani nima degan? Bu bir narsani shiras, shiras kattalashib, kattalashib kattalashib ketibveradi. Ana shu moliya pufak deyiladiki, bir kun oxiri baribir portlaydi. Agar shirincha davom etsangiz va to'xtamasangiz, albatta portlaydi. Mana bu moliya pufak, deyiladi. Moliya pufaki qanday bo'ladi? Masalan, Akmalboy ismli bir kishi oddiy temirdan qandaydir bir jeton yasaydi.

Yuqoridagi voqeani eslab qoling mana orolidagilarni voqeasi. Hozir endi bu ikkinchi voqea. Bir jetondan, demak bir temirdan bir jeton yasaydi. Masalan o'n ming dona jeton yasaydi. Har bir jetonni muayyan raqamlar bilan ramzlab kodlab chiqadi. Jeton bir, jeton ikki, jeton uch deganga o'xshab. Keyin aytadiki, men kim mendan bu jetonni sotib olsa, undan ertaga boshqalar o'n foiz ko'proqqa sotib olishadi deydi. Ya'ni mendan jeton sotib oling deydi. Ertaga sizdan jetonni o'n foiz qimmatga sotib oladi deydi. Boshlang'ich narxini masalan yuz dollar deb belgilaydi. Birinchi odam jetonni yuz dollarga sotib olsa, ikkinchi odam endi uni yuz o'n dollarga sotib oladi. Va birinchi odam shu o'n dollardan foyda qiladi. Uchinchi odam aytadi, qaraydiki, birinchi odam foyda qilyapti. Endi uchinchi odam yana uni sotib olishga harakat qiladi, chunki endi undan yana o'n foiz ko'proqqa sotilib olishadi. Demak yuz yigirma bir dollarga sotib olishadi. Xo'sh, shunaqa bo'lib jeton narx. Farqi oshib boraveradi. Boshlang'ich narxlar masalan yuz dollar belgilaydi va juda qattiq reklama qiladi. Ya'ni ijtimoiy tarmoqlar orqali, boshqalar orqali, mashhur odamlarni olib kelish orqali, e, bu misollarni eslab qoling. Hali bularni hammasini demak kripto pullar misolida hali ko'rib chiqamiz. Boshida o'zining odamlari sotib oladi. Va boshqa o'zining odamlariga sotib boyib ketadi. Ya'ni boshida buni uyushtiradi. Boshida o'zini qarindoshlari, o'zini yaqinlariga aytadi, sizlar sotib olaylar jitoni mendan deydi. Keyin bular sizlardan sotib olsin deydi. Natijada keyin ular qimmat mashinalar sotib oladi, qimmat uylar birdaniga boyib ketadi.

Boshqalar ko'rib, boshqalar ham shunaqa boygisi keladi. Oson bo'lishi yo'q ekan u deydi. Erta kecha jeton yuz dollardan sotilayotgan edi. Ertaga birdaniga bittasi yuz o'n dan sotib yuz yigirma ga sotdi. U yuz o'ttiz ga, yuz qirq ga, yuz oltmish ga, ikki yuz ga bo'ldi da. Odamlar boyishni boshladimi? Endi hali byudjeton narxi ming bo'lib ketishi mumkin deb bitta odam sotib oladi. Keyin yana bittasi u hali o'n ming bo'lib yetishi mumkin, hali o'n barobar ko'paytiraman, yuz barobar pulimni ko'paytiraman deb odamlar sotib olaveradi. Tabiiyki, jetonning narxi har safar yangi odam olganda oshib boraveradi. Boshida yuz dollar bo'lgan jeton qo'lma qo'l bo'lib o'n ming dollar, yigirma ming dollarga yetishi oddiy hol. Biroq bir qoida borki, qachondir jetonning narxi bir nuqtaga yetgach, boshqa hech kim uni olmay qo'yadi. U nuqta o'n ming bo'lishi mumkin, yuz ming bo'lishim mumkin, bir million bo'lishi mumkan, lekin albatta bir nuqtaga etgach, odamlar uni olmay qo'ydi.

Shuning uchun uni pufak deyiladi. Ya'ni pufakni shirsangiz oxiri bir kuni yoriladi dedik ku. Vujudan ham shunaqa. Qachondir olib olib olib bitta narxga yetgandan keyin odamlar endi uni ololmay qoladi, keyin tushishni boshlaydi. Keyin oxiriga olganlar endi zararni kamaytirish uchun tez tez tez tezyum sotishga harakat qiladi. Natijada tushib tushib ketaveradi. Va bir biroq aniq bilasizki, bir nuqtada albatta bu pufak demak portlaydi. Shu sabab oxirida xarid qilganlarning barchalari kasodga uchrab, pullarini yo'qotadilar. Ularning pullari qayoqqa ketadi? Tabiiyki akmalboy va undan hayot qilgan kishilarga. Ya'ni birinchi sotib olganlarga pul ketadi. Albatta buni boshlagan odam va uni yonidagilar va birinchi kirganlar foydalanib qoladi. Masalan deylik, hozir biz shu jeton misolini olsak. Jetonni yuz dollarga olgan odam qachondir mingga sotdi. Demak, uni qo'liga to'qqiz yuz pul kirib keldi. Shunaqa jetondan milliontasini olgan bo'lsa va milliontasini sotgan bo'lsa, to'qqiz million qo'liga kirib keldi deylik masalan. Undan endi buni sotib olgan odamlar, endi boshqa bitta odamga sotdi, ularni qo'liga pul kirib keldi. Undan sotib olganlar hech kimga sota olmadi. Chunki narxi oshib ketdi. Endi jiton narxi qulasa, ular zarar ko'radi. Ularni pullari kimga ketdi? Mana bu birinchi sotib olgan olamiga ketdi, birinchi ikkinchi qatlamga ketdi. Natijada iqtisodda yangi pul yaralmadi. Birovni puli ikkinchi odamga ko'chdi xolos.

Bu misolda jitonni yeb kiyib bo'lmaydi. Biroq u jetonni hali kasod bo'lishidan oldin birovga olib borib, men sizdan kiyim yoki go'sht olmoqchiman, bir yonimda pulim yo'q, lekin shu jetonim bor. Oling desa, haligi odam olishi mumkin. Ya'ni masalan birovga borasizda, menda shu jeton bor edi, hozir pulim yo'q edi, birdaniga menga pul kerak bo'lib qoldi. Shu jetonga bir narsa bergin desangiz, berishi mumkin. Xo'p, bu degani shu jeton pul deganimi? Tepada biz teri misolini keltirgandik. Bu joyda bu jeton misolini keltirdik. Gap qaysi biri teri, qaysi biri jetonligida emas, misol almashtirib qo'ysangiz bo'ladi. O'n yigirma jeton, buni teri qilib qo'ysangz bo'ladi. Gap uning moddasida emas, gap uning mohiyatida. Mana yuqoridagina biz pul dedikki, shariatda pul hukmida bo'ladi dedik. Mana bu endi. Xo'sh, bu jetonni pul desa bo'ladimi?

Oroldagi odamlarning toshdan yoki teridan yasab olgan pullari, birinchi misoldagi, bilan mana shu jetonning farqi bormi? Mana Akmalboy qurgan jetonning. Ulamolar aytadilarki, albatta farqi bor. Farqlari quyidagi nuqtalarda. Birinchidan, teri pulni oroldagi boshqa narsalarga vosita qilish uchun oladilar. Ya'ni maqsadlari uni boshqa narsaga vosita qilishi. Uni olishdan birlamchi maqsad uning tushishi yoki ko'tarilishidan foydalanish, spekulyatsiya bo'lmaydi. Uning demak ko'tarilib tushib ketishdan maqsadida demak foydalanib shunday yutib olish maqsadida terini olishmadi oroldagi odamlarni. U terini ishlab chiqishdi, toki birovdan meva olish uchun, birovdan demak davolanish uchun, shu ishlarning va mevalarning o'zaro bir biriga nisbatini demak tushunish uchun pul birligi qilib ishlab chiqishi kerak. Jitoning maqsadi esa, uni olib, qimmatroqqa sotish bo'ladi. Uning asosiy birlamchi maqsadi biror narsaga vosita bo'lmaydi. Oroldagilarning teri pulini odamlar uning narxi tushishi yoki oshishidan qat'iy nazar sotib olib foydalanaveradilar. Agar uning qadri oshmay, shunday to'xtab turadi desalar ham olaveradilar. Ya'ni mana shu teri pul shuncha turadi, oshmaydi biror narsaga nisbatan desa ham oladi, chunki uni maqsadi teri pulni qimmatroqqa sotish emas o'zi. Aslida uni maqsadi degan teri pulni olib, unga meva sotib olish. Shuning uchun masalan, deylik bir baliq bor odam, baliqni berib shu teri puldan oladi, chunku bu teri pulga ertaga meva olmoqchi, doktorga borib davolanmoqchi, sardor roshga borib sochini oldirmoqchi.

Oshmasligi aniq bo'lsa ham, uni demak olmayman deb o'tirmaydilar. Shu va boshqa asoslarga ko'ra, oroldagilarning teri puli pul deyiladi va u bilan muomala qilish hech qanday ehtiyotsiz joyingiz, akmalboyning jetoni esa qimor deyiladi va undan daromad qilish harom. Men jetonni misol qildim, toki pulga va bitcoinga o'xshash nuqtalari yaxshiroq ko'rinsin dedim. Aslida pufak manfaati uchun vosita emas, aslida manfaat bor narsa bo'lishi ham mumkin. Endi u manfaatga vositas emas, o'zi manfaat bor narsa bo'lishi ham mumkin. Mana hozir o'zbekistonda ham har xil masalan moliyaviy piramidalar bor. Mana bir har xil dorilar o'ylab topishadi, har xil masalan mahsulotlar o'ylab topshadi. Masalan, deylik shu, masalan shu finjon. Shu finjonni, shu choy ichadigan narsani, idishni narxi deylik ikki dollar. Shuni oladida, shuni uch dollarga aylantirib, bir dollarini mana shu o'rtada vosita qilib, agar shuni birovga sotib, u sendan o'n foiz ko'proq qoladi, u sendan yigirma foiz ko'proq qoladi desa, mana shuni ham shu jetonga aylanib qolishi mumkin. O'zida manfaat bor. Lekin bundan muomala qilishning maqsadi o'sha manfaatdan foydalanish emas. Bundan muomala qurishning maqsadida o'sha o'n foiz qimmatroqqa sotadigan odamga, sotib oladigan odamga sotish va o'rtadan foyda olish. Yoki narxi oshgan paytda sotish va u narxi oshgan qaytda yana sotishi. Masalan, ikki minginchi yillar oxirida ro'y bergan jahon inqiroziga, o'sha xalqaro, butun dunyoda bo'lgan krizisga sabab, Amerikada, Dubayda va boshqa joylarda ko'chmas mulk bilan bog'liq moliyaviy faktlar bo'lgan.

Buning bir qismini men Dubayda ko'rganman. Bir joyga uy quriladi. Bir joyda uy quriladi. Yoki aksar hollarda hali qurilmagan bo'ladi. Va sizga shu uyni oling, ertaga narxi albatta oshadi, sotib yuborasiz, foyda qilasiz deyishadi. Aytadi ki, o'sha joyga uy quryapmiz deydi. Shu joyda kvartira deydi. Hozir shuni olsangiz deydi, narx tinmay oshyapti, ikki oydan keyin qimmatroqqa sotasiz deydi. Siz uyni masalan besh yuz ming dollarga oling deydi. Tabiiyki kreditga qarzga besh yuz minga olib turib, shu uyni olasiz. Bir haftadan keyin yangi mijoz sizdan olti yuz mingga sotib oladi. Shu bilan kreditni yopasiz va foyda qilasiz deydi. U ham bankdan qarz olib, u ham sizdek sotib yuborish uchun shu uyni ola. U uyda yashash uchun olmaydi. U faqat maqsadi qimmatroqqa sotish. Keyin undan boshqasi million dollarga xarid qiladi. Mana bu besh yuz mingga oluvdi, bu ikkinchi odam bundan olti yuz mingga oldi, uy narxi olti yuz ga oshdi. Uchinchi odam million dollarga oladi, hammasi nima qilsa da, ikki haftadan keyin, uch haftadan keyin, bir oydan keyin sotib yuborishdi, chunki narx oshib boryapti. Qarabsizki, uyning narxi bir necha barobarga oshib ketaveradi. So'ngida esa pufak portlaydi. Narx juda, narx juda katta miqdorga yetgach, hech kim olmay qo'yadi. Aynan shunaqa bo'lgan ikki ming to'qqiz ikki ming o'n yillardagi krizisni agar tahlil qilib ko'radigan bo'lsangiz, ayniqsa Dubaydagi krizis, aynan shunaqa bo'lgan. Qanchadan qancha uylar hali quril. Qurilmagan, o'nlab, yigirma lab qo'l almashtirgan, odamlarga sotilgan.

Oxirida uylar qurilmay ham qoldi, inqirozga uchrab, hamma narsa banklar demak, kasodga uchradi, butun iqtisod kasodga uchraydi o'shanda. Shunda oxirgi olgan va undan oldingi va undan oldingilar birma bir kasodga uchray boshlaydilar. Bu xuddi domino effektga o'xshaydi, dominoga o'xshaydir. Biri qulasa, ikkinchisi hammasi birini qulatib boraveradi. Banklar ham kasod bo'ladi va hokazo. Islomda bunday ishlar qimor deyiladi. Alloh taolo qimorini harom qilgan. Alloh taolo aytadi.

Ya ayyuha lavinah, a manu innamaal, qomirvaal, meysirvaal, anfo bo'l, azlamu rejissun, mina amaliy shayton. Fajidani buhula allakum tuflixon. Ey iymon keltirganlar, albatta xamir, ya'ni mast qiluvchi ichimliklar, qimor, butlar, fol ochadigan cho'plar, ular hammasi iflos narsalaridir, jirkanch narsalardir. Va bu shaytonning amallaridir, va bu shaytoning ishlaridir. Bas, undan uzoq bo'ling. Fajidani bu degani undan chetlaning, uzoq bo'lding. Shoyadki, najot topsangiz. Va alloh taolo e'tibor bering. Bu joyda mast qiluvchi ichimlikni, chunki u aqlni ketkazadi. Qimorini, chunki bu aqlni ketkazadi. Budlarga va boshqa ilohlarga sig'inishni, chunki bu o'zi aslida aqlsizlik. Va cho'plaridan, boshqalardan fol ochishni chunki, bu ham aqlni ket qazadi. Bu ham sabablarga dunyodagi o'zining xatti harakatiga suyanmasdan qandaydir bir kelajakda bo'ladigan narsalarni yolg'ondan aytilishiga suyaniladi. Bu narsalarning barchasi aqlsizlik va barchasi hikmatsizlik. Mana shu narsalarning barchasining shaytonning ishlari va bu jirkanch ishlar ekanligini aytdi. Va bu narsa narsalardan uzoq bo'lish najotning yo'li dedi. Va bu narsalarga kiradigan odamlar o'zi aslida najotni qidirib kiradi. Nimaga mast qiluvchi ichimlik ichadi? Chunki shu mast qiluvchi ichimlik ichsam deydi, shu bilan muammolarimni unutaman, shu bilan hayotim oson bo'ladi deydi.

Ya'ni muammolarning yechimini va najotini mana shunday deb ko'radi. Yoki nimaga qimor o'ynaydi, chunki shu bilan boyib ketaman deydi va muammolarning yechimini va najotni shunda deb ko'radi. Nimaga shirk qilib bir butlardan bir narsalar so'rab yuradi, chunki shunaqa narsalardan najot yechim qidiradi. Va nimaga fol ochadi, chunki bunda najot yechimni qidiradi va Alloh Taolo aytyaptiki, buning aksida najot bo'ladi. Shu narsalardan uzoq bo'lishda najot bo'lardi.

Xo'p, endi asosiy savolga kelsak, Bitcoinning yoki boshqa kripto pullarning, hozirgi paytda mashhur qilingan kripto pullarining, Akmalboyning jetonidan farqi qanday bo'lyapti? Yoki umuman shu kripto pullari. Mana biz bildik, Akmalboyning jetonini. Bizni misolimizda, ya'ni o'sha qimor vositasi bo'lgan jetonni. Uy misoli bo'lishi mumkin ekan, jeton misolida bo'lishi mumkan ekan. Va biz bildik, orolga tushib qolganlarning teridan qilgan pullarini. Mana bitta ikkita narsani bildik. Bu halol, bu harom dedik. Bizda endi bitcoin turibdi, biz bilmoqchimiz, bitcoin bunga yaqinroqmi yoki unga yaqinroq mi? Qaysi biriga yaqinroq o'zini mohiyatiga ko'ra? Aksar bor ulamolar bu masalada yo sukut qiladilar. Ya'ni hukmni aytmay turaman deb turibdilar. O'zi hukmni aynitmay turaman degani qilaver degani emas, hukmni aydin turaman degani, qilmay turgin, chunki hukmni bilmayapmiz degan. Chunki shariatdagi o'zi asli qoida innal halalabayin va innal haromi bayin, halol aniq, harom aniq. Obaynaho ma umrun mutashabihat va o'rtasida ko'p, bu ikkalasini o'rtasida ham ko'p shubhali ishlari bor. Fama nuva qa fil shu bhaqin, kim shubhaga tushsa va qa fil harom. U haromchikka tushgan bo'ladi. O'zini haromchikka tashirgan bo'ladi taroiy yar aha ul al hima. U xuddi bir cho'ponga o'xshaydiki, bu soha hadisida aytilyapti bu narsa. Qarang, Rasulullohning so'zlari bor. Assalomu alaykum assalom. U bir cho'ponga o'tib o'xshaydikki, ya rahavla lihima, bir podshohni o'zi uchun xoslab qo'ygan bir ekinzori, bir dalazori, bir joyini oldida qo'y boqayotgan cho'ponga xohlaydi.

Albatta, quyi o'sha ekinzordan bir narsa yeb oladi va podshoh uni oqibat jazolaydi. Va xuddi shunga o'xshab bu harom bilan, halolni o'rtasidagi shubhali narsani o'zi, o'zi aslida, demak, to'xtab turish kerak bo'lgan narsa. Shunga sukut qilgan ulamolar, buni qilsanglar joiz, hali hukmini bilmayapmiz demayapti. Sukut qilgan o'lamolar, bundan uzoqlanib turinglar, buni hali o'rganamiz debdi. Demak, kibor ulamolar yo bu masalada sukut qilib o'rganishda davom etmoqdalar, yo bitcoin akmalboyning jetonidek harom demoqdalar. Ya'ni sukut qilganlar ham o'zi aslida buni qilmang deydi, ayni paytda ishlashni o'zi mumkin emas deydi. Yoki buni harom deb ochiq ulamolar aytmoqdalar. Va e'tibor bering, hozirgi paytda fatvo qidiradigan odamlar, bitcoin kabi kripto pullarning va u pullari bilan bog'liq trading savdoning hukmini halol degan hukmni hech qachon kibor ulamolardan topmaydi. Biror bir dunyoning bir kibor, mo'tabar olimlari bu narsani bo'ladi deyotgani yo'q. Buni bo'ladi deganlar asosan ismi shariat sohasidagi odamlarga ma'lum bo'lmagan, asli kasbi iqtisodchilik bo'lgan. Birinchi sohasi iqtisodlik bo'lib, qo'shimcha qayerdadir masalan ingliz tilida yoki urdu tilida yoki rus tilida yoki boshqa tillarda qo'shimcha bir shariy ilmlarni bir sirtqi shaklda, boshqa shaklda olib olib turib, o'zini shariatdan mutaxassis deb e'lon qilgan kishilarnigina xatolarni lekin birorta bir mo'tabar dunyoda bu mashhur bo'lgan, tanilgan va taqvosi, o'zini ilmi bilan, Qur'oni hadisi va fiqhi bilan mashhur bo'lganda biror

Bir ahli ilm bo'ladi deyotgani yo'q, alhamdulillah. Jumladan buyuk faqih va muhadis, asrimizda moliyaviy munosabatlar fiqhidan dunyoda eng kuchli mutaxassislardan deb topilgan alloma shayx muftiy Taqiyof, ya'ni Hafizulloh Abdulhanofiy, ularning iqbol ulamolaridan shayx Taqiy. Hazratlari Bitcoin bilan daromad qilish harom demoqdalar. Halol deganlar orasida men ikki bor ulamo moliyadan birortalarini ko'rmadim. Sababi, birinchidan, Bitcoinni aksar odamlar va tashkilotlar pul deb qabul qilmayapti. Bu birinchi sabab. Biz yuqorida aytdikki, haligi teri pulini pul deyish uchun uni ko'pchilik qabul qilish kerak dedik. Yo mutlaqo hamma yoki ko'pchilik dedik. Ya'ni kriptokurrency pul iborasi bilan currency pul deb laqablashish mumkin, lekin ko'pchilik uni pul deb qabul qilmayapti. Hozir o'sha pul olib borsangiz, aksar joylari uni qabul qilmaydi sizda. To'g'ri, uni biz pul deb atashimiz mumkin, kripto pul debdi yu, mana pul ku bu ham deb aytishimiz mumkin. Lekin shariatda bir qoida bor. Ala iborotu bil ma'niy la bilma bani. Ya'ni shariatda biz mohiyatlarga qaraymiz. Shakllarga qaramaymiz. Miz va mohiyatda u narsani odamlar pul deb qaramayapti.

Uni kriptopul desalar ham, puldagi muomala qilmasalar, u pul hisoblanmaydi. Pul narxlarini va zararlarni belgilash me'yori bo'ladi. Mana pulga biz yuqori ta'rif berganda aytdikki, pul narxlarini belgilaydi. Narxlarni pul bilan belgilaysiz. Masalan, telefoningiz necha pulga, necha pul desam, yuz dollar deysiz. Yuz qop kartoshka demaysiz, uchta kiyim demaysiz, masalan. Demak, dollar pul. Kartoshka va kiyim pul emas. Zararlar ham shunday. Falonchi mashinamni urib, menga bir ming ikki yuz dollar zarar keltirdi deysiz. Yoki masalan ikki million so'm zarar keltirdi, deysiz. Uch tonna ko'mir zarar keltirdi. Yoki yetti yuz ellik oltita shim yoki ko'ylak zarar keltirdi demaysiz. Shuning uchun ham ko'mir yoki shim, ko'ylak pul emas. Chunki u zararni o'lchab bermayapti. Bitcoin ham shunday. Birovga birov sizga zarar keltirsa, menga ikkita bitcoin zarar keltirdi demaysiz. Ilo nima qilishingiz mumkin? Dollarga qaytasiz da, zarar dollarda hisoblab, keyin uni bitcoindagi zararini hisoblab, keyina aytishingiz mumkin, shuncha bitcoin zarar keltiradi deb. Tabiiyki, bu bitcoinni o'zi pul emasligiga misol. Agar unaqa o'lchov bilan oladigan bo'lsangiz, bitcoinni o'rniga hozir yuqoridagi shimni yoki ko'mirni ham hisoblasa bo'ladi. Uyimning narxi uchta bitcoin demaysiz. Odatda endi buni odamlar aytmaydi. Agar bitcoinda aytmoqchi bo'lsangiz, oldin o'sha kuni bitcoin dollarda qancha ekanini hisoblaysiz va bilib qo'yingki, kriptovalyutalar judayam judayam subutsiz bo'ladi.

Beqaror bo'ladi. Har sekundda, minutda emas, sekundda o'zgarib turadi. Sekundda kriptovalyutaning narxi o'zgarib turadi. O'shanga hozir uyim shuncha bitcoin deb aytadigan bo'lsangiz, ha bo'pti deb o'tirib shartnoma tuzguningizcha bitcoinning narxi o'zgartirib qoladi. Yana siz uni o'zgartirishingiz kerak bo'ladi dollarga qaytib, agar siz uni dollar asosida sotmoqchi bo'lsangiz. Shunga ko'ra dollar pul, bitcoin qimor vositasi bo'lib qoladi. Endi yuqoridagi e'tirozga kelsak, siz bitcoinning hukmini bilish uchun, mining yoki blockchain kabi narsalarni bilishingiz kerakmi?

Birinchidan, men aytmoqchimanki, ya'ni shariat olimlari buni bilmaydi emas. Ya'ni blockchain nimaligini yoki mayning nimaligini sharhiy avlodlari, masalan, bu sohani o'rganmoqchi bo'lgan odam biladi. Siz o'rgana olganingizdek, biz ham o'rgana olarmiz. Biz ham o'qib, uni o'rganishimizga bir soat vaqt ketadi. Men o'zim masalan yaxshi tushunaman blockchain nimaligini, yoki mayning nima. Lekin men undan muhimroq bir nuqtaga sizni e'tiboringizni qaratmoqchiman. Masalan, Akmalboyev jetoniga fosfor moddasini yoki qandaydir mikrochip yoki chua chua deb nomlangan, menga kulgili chiqish uchun o'ylab topgan bir qalampirni qo'shib tayyorladi. Agar Akmalboyga sening jitoning harom desangiz, Akmalboy sizga aytish mumkinmi? Men chuvachuva qalampirini qaysi orolda ekkanman deb. Yoki fosfor necha gramm turadi meni jitonimda deb. Siz aytasizki, fosfor jitoningda necha gramm tursa ham sen qimorbozsan deysiz. Ya'ni sen qanaqa joyda qalampir ekkan bo'lsang ham, bu ishing, bu ishing qimor deysiz. Ya'ni chuvachuva nima? Jetonga qancha fosfor qo'shganman? Fosforning asli qanday paydo bo'ladi? Jitoning tarkibida qancha chuvachuva bor? Desa, siz nima deysiz? Agar oqil odam bo'lsa aytasizki, men chuvachuvani bilmayman, lekin sening jitoning qimor vosita ekanini bilaman. Zero evazlar yo o'z aslida manfaati bor, yo manfaatga vosita bo'ladi. Jitoning aslida manfaat yo'q. Va sen uni. Vosta deb da'vo qilyapsan. Vositalar esa narxlarini belgilaydi va zararlarini qiymatini belgilaydi. Ikkalasini ham, ya'ni narxlarini va zararini qiymatlarini belgilayda.

Va barcha odamlar tomonidan u pul qabul qilingan bo'ladi yoki ko'pchilik tomonidan. Sening jetoningda uchala sifatning birortasi yo'q. Qolaversa, eng muhimi, hatto o'zida manfaati bor narsalar ham, xuddi Dubaydagi uylar misolida. Agar u narsani moliyaviy pufak shaklida bo'lsa, ya'ni moliyaviy pufakka aylantirilgan bo'lsa, yana u narsani odamlar oshgan paytda sotaman deb olayotgan bo'lsa va uning o'zining narxi uning mohiyatida emas, odamlarning unga berayotgan e'tiborida bo'lsa faqat, unda hatto o'sha uylar ham, o'sha narsalar ham hayron bo'lib qoladi dedik. Masalan, bir Sanjar ismli odam. Bitkoinni besh ming dollarga olgan. Besh ming bo'lganda o'nta bitkoinni ellik ming dollarga olgin. Mana ellik ming dollariga o'nta bitkoin olgin. Keyin Bitcoinning bittasi, bitta koin ya'ni ellik ming dollarga chiqdi. Endi shu o'nta bitcoinni o'nta odamga besh yuz ming dollarga sotdi.

Ya'ni besh ming dollardan oluvdi, ellik ming dollardan sotdi bitta donasini. O'nta donasini besh yuz min dollarga sotdi . To'rt yuz ellik ming dollar daromad qildi. To'rt yuz besh ming dollarga uy sotib oldi, mashina sotib oldi va to'rt yuz yetti ming ana bu foyda qildi. Xo'p, shu to'rt yuz sakson ming kimdan keldi? Undan sotib olgan odamlarni cho'ntagidan keldi to'rt yuz ellik ming. Ular uyini sotib, bir narsasini sotib, to'plagan pulini berib, bundan shu narsani oldi. Natijada ularning cho'ntagidagi pul buni cho'ntagiga ko'chib o'tdi.

Undan o'nta bitcoinni xarid qilgan o'n kishining cho'ntaklaridan unga keldi. Endi bitcoin narxi boshqa oshmadi. Oshmagandan keyin, balki tushishni boshladi. Natijada nargilar endi qo'rqib, panika qilib, ya'ni shunda o'n kishini, demak, sotishni boshlading. Endi o'nalasi deylik bitcoin narxi tushib tushib yana besh ming ga tushib qoldi da, o'nalasi sotdi o'zini demak bitcoinlarni. Endi hozir o'nalasi har bittasi deylik qirq besh ming dan to'rt yuz ellik ming zarar ko'rdi. Xo'p ularni qirq besh ga qayoqqa ketdi? Sanjarni cho'ntagiga ketdi. Soddalashtirsangiz, bitcoindagi holat mana shu xolos. Ya'ni kimdir yutqazishi erasiga kimdir yutadi. Mana bu qimor deyiladi. Bu degani Sanjar ularning haqlarini hech qanday erasini yedi va qimorda ularni yutib oldi. Endi oxirgi masala, bitcoin yoki umuman kripto pullar qachondir oddiy pul hukmida bo'lishi mumkinmi? Ya'ni bitcoin mohiyatan u qimormi yoki u qimorga aylantirilganmi? Yuqoridagi orol ahli misolidan ko'rdingizki, har qanday narsa odamlar uni vosita o'laroq, pul o'laroq qabul qilsa, pulga aylanishi mumkin. Shunday ekan kripto pullari ham qachondir odiy pullarga aylanishi ham mumkin. Kripto pullar hozir birdan paydo bo'ldi. Bitcoin birinchi paydo bo'lganda arzimas chaqiydi. Keyin birdaniga ko'tarilib ko'tarilib oltmish ming ga qanchaga, oltmish mingt dollarga qanchaga yetib bordi bir koin.

Va Bitcoinni boshida olgan odamlar millioner, milliarderga aylanib ketib qoldi. Va natijada odamlar kriptovalyutaga o'zini mana shunaqa milliarderlarga aylanish uchungina tashlaydigan bo'ldi. Natijada kripto pullar bizni asrimizda, afsuski, ko'p holatlarda, ayniqsa mashhur kripto pullar, aksar holatlarda nimaga aylanib qoldi? Qimor vositasiga aylanib qoldir. Odamlar endi mana shu fikrdan voz kechib, yo'q, bu kripto pullari bunaqa oshib ketmaydi, bir shunaqa bo'ldi. Kripto pullarni faqat bir vosita, pul vositasi deb qabul qilishni boshlasa, albatta kripto pullalar pulga aylanishi mumkin.

Shundan keyin kriteriy pullar ham oddiy pul hukmida bo'lishi mumkin. Biroq ayni paytda voqelik, ayniqsa Bitcoinning hozirgi holati bunga mutlaqo yaqin emas. Va Bitcoinga Ethereum, Dojkoin va boshqa mashhur koinlar ham kiradi. Balki hozircha aksar kripto pullar qimor vositasi bo'lib qolmoqda. Bir o'n sakkiz ming ga yaqin kripto pul bor ekan men hozir bir qidirsam, balki yana ko'payib ketgandir. Va ularning mashhurlari o'sha o'nta, o'n beshta, yigirmata, o'ttizta, yuz tasini oladigan bo'lsangiz, aksari qimor vositasida. Aksarni odamlar olyapti, ertaga narxi oshib ketsa, shu xuddi o'sha Bitcoin orqali boyib ketganlardek boyib ketaman degan maqsadda olyapti xolos. Ummatning eng yirik ulamolari yo sukut qilayotganlari yoki harom deb xato berganlarining o'zi bu ishlardan to'xtash va aslo yaqinlashmaslik uchun kifoya qilish kerak. Zero Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: innal halalabayin va innal haromi bayin. Harom halol aniq, harom aniq. Uning o'rtasida ko'p shubhali ishlar bor. Kim ularni qiladigan bo'lsa, u harom ishga o'zini qo'yib qo'yibdi dedilar. Biz bu hadisni yuqorida aytdik. Hadisda shubhali narsalar haromdek ekani aytilyapti. Harom narsalarchi? Ya'ni bu faqat kriptovalyuta shubhali narsa emas. Buni harom degan ulamolar, kibor ulamolari bir qancha. Uni halol degan ulamolarning birortasi Kibor ulamolar ro'yxatida yo'q. Birortasi mo'tabar shariatda odamlarni o'rtasida bilingan ulamolar o'rtasida yo'q.

Shunday ekan, odamlar bundan uzoqlanishlari kerak, saqlanishlari beradi. Qolaversa, mana ikkita nuqtaga maqolani, suhbatimizni va javobimni oxirida ikkita nuqtagaga e'tiboringizni qaratmoqchi edim. Birinchi nuqta. E'tibor qaratingki, agar oramizda shu darsni eshitayotganlar orasida ingliz tilini biladiganlar bo'lsa, bir qidirib ko'ring. Agar similaritys, similaritys between currency trading and gambling deb qidirsangiz, ya'ni kriptovalyuta tijoratchiligi bilan qimorbozlik o'rtasidagi mushtarakliklar, umumiyliklar deb qidirsangz, bir necha ilmiy maqolalar topasiz. Dunyoning yirik yirik ilmiy markazlari, yirik ilmiyy universitetlarida doktorlik ishlari yoki boshqa ilmiy maqolalarda mutaxassislar, ular moliya mutaxassislari bo'lsin, ular ruhshunoslar, psixologlar bo'lsin, bu narsani muhokama qilishyapti. Hozir kriptovalyutaning qimorbozlik ekani, ularning yoshlariga qimorbozligi o'laroq ta'sir qilayotgani, va yoshlarning u oqibatida aqllarini yo'qotib qo'yayotgani, pullarini yo'q otib qo'yib qo'ygani, biror kasb egallamasdan hayotlarini qurbon berayotgani, uning o'sha qimorbozliiikni ko'rinadigan belgilarga boy ekanini mutaxassislar muhokama qilyapti. Bu birinchi nuqta. Va shunda ayta olamizki, hatto musulmon bo'lmagan, muammo bo'lmagan kishilar ham o'zlarining hayotiy tajribalari bilan, iqtisodchilar, psixologlar, uning qimor ekani va qimor vositasi ekanligini ta'kidlab turishibdi.

Yana boshqa bitta ikkinchi nuqtaga e'tiboringizni qaratmoqchi edimki, kriptovalyuta sohasida ishlaydigan odamlarning o'zlari bilan gaplashsangiz, mana shu sohada tirikchilik qilib yurgan, shu soha bo'yicha trening o'tib yurgan. Men bu odamlarning ko'plari bilan suhbatlashib ko'rdim. Ular o'zlari e'tirof qilib aytishadiki, kriptovalyutaning qadrini ushlab turadigan narsa bu odamlar unga berayotgan e'tibor deydi. E'tibor bering, tilla va kumushning qadrini ushab turgan narsa bu Alloh uning mohiyatiga o'sha qadrini berib qo'ygan. Shuning uchun tilla hech qachon tushib ketmaydi, o'sha qadri bilan turaveradi. Kumush ham tushib ketmayd, o'sha qaddari bilan turaverad. Tabiiyki kumush bilan tillani munosabati o'zgardi asrlar davomida. Oldin Rasululloh sulton davrlarida birga o'n, birga o'n ikki bo'lgan taxminan. Hozir ancha farq qiladi. Lekin shu bilan birgalikda uni mohiyatida o'sha boylik qadri bor va o'sha mohiyatda u turadi. Ayniqsa tillarda bu juda chiroyli ko'rinadi. Pullarning qadri davlatlarning iqtisodiga qarab tushib ketmaydi, turadi, umumiy shaklda. Va davlatlarning i qtisodi qanchalik kuchli yoki kuchsizligiga qarab, masalan, Amerikaning aqshning dollari, aqshning iqtisodiga qarab, O'zbekistonning summa, O'zbekistoning iqtisodigaga qarab, muayyan inflyatsiyaga uchragan holda, lekin baribir turadi. Lekin kriptovalyutalarning qadri, bu odamlar unga bergan e'tiborgagina suyanadi xolos. Bugun agar odamlar panika qilib kriptovalyutasini qaytarishni boshlasa, bugun kriptovalyutaning qadri tushib ketaveradi.

Va bundan birinchi tabiiy ravishda bu sodir bo'lyapti va bu o'sha Bitcoin misolida ko'rishingiz mumkin. Va bu tabiiy ravishdagi sodir bo'lishi aniq ham, chunki biz aytdikki, bu pufak. Bitcoin narxi oshib oshib, oshib oshilib borayotganda, har qanaqa aqlli odam aytardiki, baribir bir kun tushadi. Masalan oltmish ming bo'ldimi, yetmish ming, yuz ming, million, milliard bo'lib ketavermaydi, baribir tushadi. Tushgan paytda oxiri olganlari baribir zarar ko'radi. Bu oddiy mantiq.

Qolaversa qolgan ikkinchi yana muammo bu sun'iy ravishda qilinishi ham mumkin. Va bu narsalar ham qilinyapti. Va bu narsani masalan qiziqib yurgan odamlar yaxshi biladi. Bu masalan ragpul deydi, ragpul degani, rag degani bu o'sha kichkina gilamchaga o'xshagan, palochni chaga o'xshagan odamni oyog'ini tegiga qo'yadigan narsa rag deyiladi ingliz tilida. Ragpul degani biror narsa odamni gilamchaga otqizib olib turib bir tortsangiz, o'sha odam qulab tushadi yu, o'sha ragpul deyiladi. Bir odamni tegidan shunday gilamni tortib olish degan. Va kriptovalyutalarda ragpul deganingiz, bu buni uchta turi bor yo boshqa bir necha ko'rinishlari bor. Bu nima degani? Kriptovalyetani yaratuvchi odamlar kriptovalutani yaratib, birorta kriptoval pyatoni, uni mashhur qilib, odamlarni bir dunyo pulini investitsiya qildirib, kriptovalpyotaga keyin uni kriptovalyutani qiymatini shunday olib qo'yish bilan o'sha pullarni odamlardan o'g'irlab ketish degan. Buni bir necha ko'rinishlari bor. Buni haligi, masalan o'zini hamma valyutalarni bir kunda sotib yuborish bilan qilish ko'rinishi bor. Yoki buni masalan o'sha likvidlikni olib qo'yg'ish bilan qilinadigan ko'rinishi bor murakkabroq. Lekin umumiy shaklda bu narsalar sodir bo'lyapti. Buni misollar ko'p. Mana men ko'rdim one coin degani mana. One coin degani to'rt milliard dollar pulni odamlardan olib ketish shunaqalar.

Thodax degani, skvat game degani, mutant a planet degan degan bir nechta shunaqa kriptovalyuta va o'sha to'kinlar, demak, odamlarni pullarini shunaqa olib qo'yish uchun vosita qilindi. Bu sun'iy ravishda qilingan narsalar. Va bu tabiiy ravishda ham bo'lishi mumkin. Aytganimizdek, odamlar, demak, kriptovalyutaga e'tibor bermay qo'yishi yoki odamlar uni narxi tushib ketyapti deb qo'rqib sotishi evaziga bo'lishi ham mumkin. Tabiiyki, birov bizga aytishi mumkin, xo'p, bu narsa aksiyalarda ham bo'ladi yu, aksiya bozorida ham deb. Shuning uchun ham birinchidan aksiya bozorda ham spekulyatsiya qilish o'zi ma'qul ko'rilmaydi, lekin umumiy olganda aksiya bozorni aksiyani olish va narxi tushganda yoki ko'tarilganda sotish joiz. Biroq aksiyaning ortida, ya'ni birorta kompaniyaning aksiyasi, ya'ni ulushining ortida o'sha kompaniya turadi. Masalan, siz bir kompaniyaning milliondan bir aksiyasiga egasiz degani, o'sha kompiniyaning butun boyligining milliondan biri sizniki degani. A kriptovalyutaning ortida hech narsa turmaydi. Kriptovalyetiga qiymat berayotgan yagona narsa bu odamlarning ertaga boyib ketaman deb o'ylab, o'shani sotib olish xolos. Shuning uchun aksar kriptovalyyutalar ayniqsa demak narx bunchalik ko'p o'ynaydigan kriptovalyutalar va ayniqsa mashhur qilinganlari, demak, qimorga ovozda bo'lgani uchun joiz bo'lmaydi. Va ba'zilari aynan o'sha himoya mexanizmlari yaxshi ishlab chiqarilmagani uchun, demak va undagi xatar ko'pligi uchun o'sha rogopol kabi demak, turli hiylalar, hiylalar va odamlarning pulini aldab olib qo'yishlar, aldovlar va xiyonatlar ko'p bo'lgani uncha joiz bo'l maydi.

Qolaversa, boshqa kriptovalyutaning muammolari bor. Boshqa muammolar bor. Uning ortida turgan, masalan, Bitcoinni misolida, uning ortida turkan, demak, shaxslar va boshqalarning noma'lumligiga oid muammo bo'lishi mumkin. Tabiiyki, blokchain bo'lgandan keyin, har bitta harakatni biz o'sha zanjirlar blokka orqali ko'rib turganimizdan keyin, ortida kim bo'lmagani ahamiyati yo'q, boshqa deyilishi mumkin. Lekin baribir, masalan, bu narsa bu xatarlar bor. Kimlar tomonidan, qanaqa shaklda uyushtirilgani bilan bog'liq. Bu yerda bu pullarning, bu pullardan foydalanish bilan bog'liq, masalan, mayning bilan bog'liqi muammolar bor. Mayning degani o'sha pulni, demak, qazib olish go'yoki bilan bog'liqing jarayon, o'sha kompyuterlarni ishlash bilan o'sha pullarni, demak, tranzaksiyalarni boshqa narsa hisoblash bilan bog'liqu jarayon bo'lib, mana shu jarayon uchun sarflanayotgan, demak, elektr miqdori va iztirof bilan bog'lib narsalardan ulamolar qattiq tashvishlanadi. Chunki bitta Bitkoinni o'zini mayning qilish uchun bir yilda sarflanayotgan elektr butun boshli davlat sarflanadigan elektrotokdan ko'proq. Butun O'zbekiston sarflaydigan, O'zbekiston qozog'iston o'g'li qalbani birgalikda sarflaydigan elektrotoklarni ko'proq tok ketib qoladi. O'sha bitta Bitcoin o'zini maydon qilish uchun va buni ortidagi isrof va buni ortidagi tabiatga va jamiyatga va insoniyatga yetayotgan zararni o'zi dahshatli. Qolaversa eng muhimi yoshlarning va ko'plab yigitlarning biror kasbni o'rganib, masalan bir odam dasturchilikni o'rgansa, u dasturlar yasaydi va jamiyatga foydasi tegadi.

Bir odam ustozlikni o'rgansa, odamlarga ilm beradi. Bir ilmni o'rganadi va uni yetkazadi va jamiyatiga foydasi tegadi. Bir odam dehqonchilik qilsa, jamiyatga faqat foydasi tegadi. Bir odam tadbirkorlik qilsa, ishlab chiqarsa, jamiyatiga faqat foydasiga tegadi. Bir adam bir narsani sotib olib, olib kelib sotsa, u o'sha mahsulotlarni ko'chirish, boshqa bilan jamiyatga qilishga foydasi tegan. A bu ishni qilayotgan odamlarning jamiyatga foydasi tegmaydi. Faqat kimnidir o'sha qimmatroq paytida demak sotib olishidan pulini foydalanadi, kimdir azimroq paytda qimmatroqlikda sotadi, o'shandan kimdir cho'ntagidan pul oladi va o'zining birorta bir jamiyatga buni demak manfaati tegmaydi. Shu ma'noda demak kriptovalyutani bu yana bir demak muammoli nuqtalardan bittasi. Shunday ekan biz biz eshitib turgan odamlarga aytamizki, endi trading haqida ham ko'p so'rashgan, trading nima? Trading o'zi aslida bu umumiy so'z. Ya'ni trading nima desa, biz so'raymiz, nima trading? Trading degani bu mutajara deydi shariatda, ya'ni bu bir narsani olib sotish degani. Xo'p, olib sotish, nimani olib sotayotganingizga qarab hukmi o'zgaradi. Agar kriptovalyuta tradingi bo'lsa, unda biz aytamizki kriptovalyuta bilan qilinayotgan muammolar va uni trading va uni odamlarga targ'ib qilish bilan bog'liq muammolar barchasi yo harom bo'lgani uchun va qimor bo'lgani uning uchun biz buni yuqorida bayon qildik, yoki uni o'rtasiga qolgan ko'plab shubhalar va muammolar bo'lgani chunki joiz emas. O'shanga bu narsadan saqlanishi kerak.

Va to ulamolar buni hukmini, demak, bir o'rganib, boshqa qilib, kelajakdagi bor ulamolar. Bu narsa bir pulga aylanib, odamlar o'rtasida, demak, sotib olib, lotereyadek, ertaga narx oshib ketsa sotaman yoki bir narsa yutib olaman degan maqsadda emas, oddiy kundalik tranzaksiyalar uchun vositaga aylanmaguncha, bu narsa bilan muomala qilish to'g'ri bo'lmaydi. Agar boshqa narsaning tradingi bo'lsa, o'sha narsaning olib sotish bilan bog'liq hukmiga qarab, tradingning hukmi o'zgaradi. Ya'ni tijoratchilikning hukmi, o'shanga qarab olib sotishning hukmi o'sgaradi. Shunday ekan biz bizni eshitib turgan birodarlarimizga, akalarimiz, ukalarimiz, singillarimiz, mo'min muslimalar, mo'min mo'mina muslim muslimalarga aytamizki, biror bir kasb o'rganing, biror bir jamiyatga foyda keltiradigan halol yo'l bilan rizq topishga harakat qiling. Va bunaqa hiylalar, bunaqa demak aldovlar, qimorlar va bunaqa pul topishning yo'llaridan saqlaning. Vsyo ki alloh taolo sizga halol rizq va halol poki hayotni taqdim qilsin. Halol pok hayotni nasib etsin. Alloh taolo barchamizni haromdan uzoq qilsin va halolda va hidoyatda sovut qilsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Assalomu ala va salamu ala muhammadin va ala alikm va sohibi ajmog'iyni va ahiridaho anilhamdulillahir rohim bilan amin. Assalomu aleykum va rahmatullohni va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish