Masalan, Saudiya Arabistonini o'zida ham ular Saudiya Arabistonini qonunlari, qonunchiligi shariat asosida qilingan qonunchilik deb qaralganda ham, lekin agar sudga murojaat qiladigan bo'lsangiz, sud birinchi bo'lib sizni hakamlik, o'sha kengashlardagi, ya'ni arbitrajga va boshqaga jo'natadi. Aytadiki, o'sha bosqichda hal qilaydi. U xususiy tashqi shirkatlar asosida ishlaydi ularda, ya'ni ular davlat tashkilotlari emas. Bunaqa kengashlar hozir Yevropada ham ko'p. Angliyani birgina Angliyani o'zida oltmish dan ortiq bunaqa shirkatlar hozir faoliyat olib boryapti. Shirkatlarning asosiy faoliyatini uchta yo'nalishga bo'lib olishadi. Birinchi faoliyati ular shariy audit bilan shug'ullanadi. Ya'ni birorta shirkat kelib ularga murojaat qilsa, mana faoliyatimni audit qilib bering desa, u boradi da o'sha shariatni, o'sha shirkatning moliyaviy, demak, tranzaksiyalari, muomalalari, shartnomalari qanchalik shariat qoidalariga to'g'ri kelishini tekshirib, xulosasini shirkatga beradi. Bu shariy audit deyiladi. Ikkinchi ularni faoliyati bu shariy maslahat. Mana shariy maslahatl faoliyati ham o'sha shirkatsini borib, faoliyatini, kontraktlarini, boshqalarni ko'rib chiqadi da, keyin unga maslahatlar beradi. Va bu uchun shirkat u bilan shartnoma tuzishi mumkin. Shuning uchun shariy audit bo'yicha shartnoma tuzilishi mumkin. Har uch oyda, olti oyda audit o'tkazib berasiz deb. Yoki shariy maslahat bo'yicha shartnoma tuzishi mumkin, doimiy ravishda shariy maslahat olib turamiz sizdan deb. Uchinchi faoliyatda keyin o'sha hakamlik. Hakamlikka ko'ra keyin ularni oldiga o'sha shirkatlar qanaqadir nizolar paydo bo'lgan paytda keladi va bu tashkilot o'rtada hakam bo'lib, ularni faoliyatini demak, qanchalik demak, shartnomalarga amal qilishganini va shartnoma kim tomonidan buzilganini boshqani aniqlab, o'zini xulosasini tomonlarga beradi.
Va tabiiyki, bu hakamlik, hakamlik, shu mahkamaning hakamlik kengashining qarori tomonlar uchun majburiy bo'lmaydi. Lekin tomonlar o'sha qarorga amal qilishi haqida oldindan va'dalashgan holda hakamlikka murojaat qiladi. Va bu davlat uchun juda ham foydali bo'ladi. Birinchidan bu sudlardan o'sha bosimni kamaytiradi. Masalan, sudlarga murojaat qilib, shu odamlarga kamayish natijasida sudlar faqat hakamlik va arbitraj bosqichida hal bo'lmagan ishlarnigina o'rgangani uchun, ularni yaxshiroq o'rgana oladi va qaysidir ma'noda sudlarning faoliyatini osonlashtiradi. Bu odamlar o'rtasidagi nizolarni sudgacha hal bo'lishini tezlashtirganini sababli va undan oldingi o'sha aynan audit va maslahat bosqichi ham bo'lganini sababli, nizolarni o'zi aslida kamaytiradi. Shu ma'noda bu ijtimoiy va boshqa jihatdan ko'p demak foydali hisoblanadi. O'zbekistonda ham shu ma'nodada qanaqadir mustaqil hakamlik kengashlari yoki yoki mustaqil o'sha shariy maslahat bo'yicha, ozit bo'yicha kengashlar agar tuzilsa, bu o'ylaymanki, ham islomiy moliya muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishda yordam beradi va nizolarni kamaytiradi. Ham davlatni o'sha davlatning demak, sud va boshqa organlarga murojaat qilishlar sonini kamaytirib, o'sha organlarning faoliyatini osonlashtiradi. Qolaversa, mana bunday kengashlar oldin husayn suhbatni boshida aytib o'tganlaridek, bu juda ham yaxshi nuqtani zikr qildilar.
Bu kengashlar diniy tashkilot hisoblanmaydi. Chunki bular qanaqadir masalan diniy e'tiqodni targ'ib qilish, diniy ta'lim berish bilan shug'ullanmaydi. Lekin bular yuridik va moliyaviy xizmat ko'rsatuvchi tashkilot hisobiallanadi va bularning faoliyati faqat o'sha muayyan shart shartnomadagi shartlarning islom huquqshunosligiga teleksaudiyadagi, qatardagi, kuvaytdagi yoki boshqa davlatlardagi yoki umuman biror davlatda belgilanmagan, lekin nazariyada turgan islom qonunchiligiga qanchalik muvofiq yoki muvofiq emasligini aytib berish bilangina kifoyalanadi. Shu ma'noda bular diniy tashkilot emas, ko'proq huquqiy yoki moliyaviy maslahat beruvchi tashkilotlar sifatida qaralishi to'g'riroq bo'ladi.