MMaviza
Fiqh asoslari va mazhablarTekshirilgan5 daq

Hukmlar davrga qarab o'zgaradimi?

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
5:13
O'zgarishlar tarixi

Hukmlar ikki xil bo'ladi. Ta'budiy va muallal. Ta'budiy deganda biz nimaga o'sha hukm o'shanaqa ekanligini bilmaymiz. Muallal buni bilamiz nimaga? Chunki buni illati bor. Ya'ni illati, ya'ni o'sha hukumning sababi bor. Sabab bilan illat bir biriga yaqin narsa va inshaalloh buni balki kelajakda o'tarmiz. Masalan, nimaga peshin namozi to'rakat? Biz bilmaymiz, chunki u ta'budiy. Uni sababi yo'q. Alloh taolo xohladi, shunaqa bo'ldi. Xo'p, nimaga rivo harom desangiz, buni o'zini illatlarini bilamiz. Chunki jamiyatda fasodga olib keladi, chunki bu adolatsizlikka olib keladi, shunaqaga unaqa, chunki bunaqa biz uni illatlarini bila olamiz masalan da. Nimaniki illatlari va hikmatlari va sabablarini biz undan chiqarib bila olsak, mana shu masalalar ko'proq ishtirok qilinadigan masala bo'lib qolaveradi. Nimaga? Chunki illatlar o'zgarishi natijasida hukmlar o'zgarib boraveradi. Bunga men o'sha muqaddam darslarimda eng yaxshi bitta misol keltirganman. Rasululloh azam aytyaptilarki, bitta odam kelib so'rayapti Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan. Tuya topib olsak, tuya topib olsek, shuni iltixot qilsak bo'ladimi? Iltixot degani uyga olib borib, saqlab o'tirib, odamlarga e'lon qilib, hech kim topilmasa bir yildan keyin o'ziniki qilib olish. Unda ham egasi chiqsa qaytarib beradi degan ma'noda. Xo'p, shuni iltihot qilsak bo'lladimi? Tuyani. Aytyaptilar yo'q.

Nimaga iltifot qilasan deyaptilar. U o'zini o'zi himoya qila oladi. Bir bo'ri, bir narsaga yeb keta olmaydi, baquvvat bo'ladi. O'zi suvini topib yeydi, o'zi ovqatini topib yeydi. Yuraversin, egasi topib oladi. Endi unga nimaga iltifot qulasan deyaptilar. Qo'yni iltifot qilsak bo'ladimi desa, ha deyaptilar. Ya'ni qo'y bo'lsa olib ketaver deyaptilar. Olib ketib, egasiga e'lon qilasan, boshqa qilasan, shunaqa ya'ni. Xo'p, qo'yni olib ketsa bo'lar ekan. Tuyani olib ketib bo'lmas ekan. Tuya nimaga olib ketib bo'maydi? Chunki tuya o'zi yuraveradi. Xo'p, mana shu hukm qolgan va hukm aniq, hadis aniq. Sahobalar hammasi eshitgan. Buni birov shubha qilmayapti. Usmon roziyalloh paytida kelganda, Usmon roziyallaohu anau fatvo beryaptilar, tuyani iltifot qilsa bo'ladi. Ya'ni birovni tuyasini ko'rib qoldinglar, tuyani oldinglar, ey egasi keyin bo'ladi dedinglar, egasi chiqmadi. Uyinglarga olib ketaveringlar. Qo'yib qo'yib, e'lon qilib yurasizlar bozorlarda, boshqalarda men tuya topib oluvdim, shunaqa tuya edi, kimniki edi deb egasi topilsa berasiz va u sizga sarflagan pulingizni boshqani beradi va boshqa. Agar egasida agar qozi bilan hukm bilan boshqa bo'lgan bo'lsa, xullas buni tafsilotlari ko'p. Agar topilmasa, o'sha bir yildan keyin, boshqadan keyin sizga qoladi degan ma'noda.

Xo'p, tugaga Usmon rodiyani ruxsat beryaptilar. Vaholanki hadisda ochiq aytilyapti, tugaga ruxsat berma deb. Nimaga desa? Chunki usmon rodiyallohni aytadilar. Chunki o'sha paytda odamlarda ishonch bor edi, diyonat bor edi, dindorlik bor edi. Hozir usmon rodiyallohning paytlarida odamlarda dindorlik qolmadi, diyonat qolmadi. Ya'ni dindorlar ko'p, lekin diyonatsiz odamlar ko'p. Ko'pligidan kelajakda kelib usmon rodiyaxonni o'zlarini ham o'ldirishdi ular. Rasulullohning kuyovi bo'lgan, xalifa bo'lgan zotni uylarida borib, Qur'on o'qib turayotgan paytlarida borib o'ldirishishdi. Ya'ni shu darajada odamlar yomon bo'lib ketgan odamlar ko'plar. A bular xalifani o'ldirsa, tuyani ham olib ketaveradi, so'yib yeb ketaveradi. O'shaning uchun shunaqalarni qo'liga qolib ketmasligi uchun bir dindor odam bo'lsa, tuyani olib ketib, uyiga qo'yib qo'ygani yo'q. Yaxshiroq. Shu ma'noda Usmonov radiyaxon paytlarida hukm o'zgardi. Tushunyapsizmi? Nimaga o'zgardi? Chunki illati bor edi. Xo'p, endi bu mavzuyimizga aloqasi shundaki, ibodat masalalarida biz aytamizki, mazhabdan chiqmagani yaxshiroq, nimaga? Chunki ular tabudiy masalalar ming yil oldin muhokama qilingan. U masalalar yangilanmaydi odatda. Aksar qanaqaligicha bo'lsa, shunaqaligicha turadi. Hamma o'zini bitta yo'liga o'rgangan, shunday yursa, bo'ldi, nizo bo'lmaydi, boshqa bo'lmaydi. Lekin boshqa yangi yo'llarni olib kelib, masjidlarda yangicha ibodat qilishni boshlasa, odamlar bir birini inkor qiladi va natijada o'rtasida fitna bo'ladi. Bu gapni Imom Malik aytganlar. Imom Malikka kelib, xalifa aytadi, sizni muattoyingizni butun islom ummatiga majburlab o'tkazaylik desalar, yo'q deydilar. Chunki hamma yerda o'zini ilmi bor, o'zi sahobalar tarqab ketib, o'sha joy. Dagi odamlarga o'rgatgan. Meni gapimdan farq qiladigan gapni odamlar amal qiladigan bo'lsa, men unga yangi gapni olib kirsam, ular inkor qiladi, o'rtada keyin fitna bo'ladi deydilar Imom Moliq.

Ming yil oldingi gap, ya'ni bu bir ming ikki yuz yil oldingi gaplar, Imom Moliqdan chiqayotgan gap. Shunga ibodat mobida biz aytamizki, o'zini fikrida, o'zini mazhabida qolsin, chunki xato qilmaydi, osonroq bo'ladi. Aaa, muomalalar masalasida bo'lsa, muomalalar mazhalasida tranzaksiyalar murakkablashib ketdi, bank va boshqa faoliyatlar murakkablashib kelibdi. O'sha paytda odamlar endi. Nima qiladi? Mazhablarni kuzatib chiqadi. Qaysi mazhabda eng munosib gapni topsa, aytadiki, demak shu masalada, shu mazhabni gapi mana shu vaziyat uchun munosib va shu mazhabdagi shu gap, mazhabdagi birorta gap o'sha mazhabni egasini gapi emas. Ular hammasi sahobalarini gaplari, sahobalarini gaplanadi. Ular to'plashgan va sahobalar uni Rasulullohdan olishgan. Demak shu gap demak Rasulullohni sallallohu alayhi vasallamni o'rgatgan narsalarga mana shu vaziyatsga tushgani uchun shuni olamiz deydi. Natijada muomalada nisbatan kengroq bo'ladi odamlar va ibodatda nisbatan torroq bo'ladigan odamlar. Bu mazhabga ergashish masalasida. Bu birinchi nuqta. Va qolgan nuqtalar ham bor. Shu nuqtalardan bittasi ibodat muomalada ham yuz foiz ochib yubormaymiz eshikni. Yuz foizda ham aytmaymiz, qanaqa qovul topsa olib ketaversin deb. Chunki unaqa desangiz, hamma harom halol bo'lib ketib qoladi. Lekin biz aytamizki, o'sha aksar ulamolar qaysi tomonda turibdi? Butun dunyoni ulamolarini lajniyalari bor. Robbattilar alamin islomiyga o'xshagan, mana jiddada, makkada, xalqaro i fi akademiyalari bor. Shu akademiyalar ulamolari nima qarorga kelgan bo'lsa, shu qarorlarga egalasin deyman va akademiya ulamolarini har xil mazhablaridan tashkil topgan bo'ladi. Masalan, aiofi mana o'zing. Sizlar bilasizlar, ayofini raisi shayx Taqiy Usmoni Hanofi.

Shariy bo'limni raisi. Xuddi shunga o'xshab sheyx Mutlaq, sheyx Munifga o'xshagan Saudiyaning eng kibor ulamolari ham u yoqda bor. Va u yerda Sudanlik olimlar bor, Malayziyalik olimlar bo'lishi mumkin. Ya'ni ko'p dunyo joylaridan faqih ulamolar bor. O'tirib birgalikda har bitta mazhabdan, masalan eng munosib narsani topishga harakat qilib, birgalikda o'rganib, bir qarorga kelishadi. O'sha ma'noda u o'sha muomalat ma'nosi sal kengroq bo'ladi odatda. Shu aytganimizdek, bu kenglik ham mutlaq kenglik emas, ya'ni bu kenglik ham ulamolarni ko'pchilik ergashgan qabulga ushlash ma'nosidagi kenglik. Bo'ldi hali.

Bilimni sinash

3 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish