MMaviza
Fiqh asoslari va mazhablarTekshirilgan8 daq

FIQHNING SHARIATDAN FARQLARI

Mahmud Usmon · Fiqh, moliya va tarbiya darslari

0:00
8:02
O'zgarishlar tarixi

Va man naxsal qovlam menman da'vallohi va minas soliham va minas endi keyingi biz demak bilishimiz kerak bo'lgani, fiqh ilmini tarixi, marhalalari. Qanaqa fiqh ilmi qanaqa bosqichlardan o'tib bizga yetib keldi. Fiqh ilmining tarixini tahlil qilayotgan paytda turli taqsimotlar bor. Birov uni masalan to'rtga bo'ladi, birov beshga bo'ladi birov yettiga bo'ladi, yettita bosqichga bo'ladi. Uni turli bosqichlarga bo'lib turib tahlil qilsa bo'ladi. Men sizlarga hozir bir aqlli bosqich qilib aytib beradigan bo'lsam, fiqh ilmini birinchi bosqichi bu tashriyat bosqichi. Tashriyat so'zi shariat so'zidan, shariat degani Alloh Taolo bizga yuborgan din degan.

Shu nuqtada bilib qo'yishimiz kerak, fiqh bilan shariatni farqini. Alloh Taolo biziga yuborgan din bu shariat. U dinni tushunish uchun ulamolar qilgan ishtixon bu fiqh. O'sha ishtixonning ilmi bu fiqh. Tushunarli ekan a? Endi fiqh bu fahm. Bizlardagi fiqh bu daqiq fahm. Faqihning fahmi bu fiqh! O'sha fahmlayotgan narsasi shariat, bu Alloh Taolo bizga yuborgan din. Shu ma'noda shariat ma'sum, shariatda xato bo'lmaydi. Lekin faqihni fiqhida xato bo'lishi mumkin. Faqihni fiqiha xato bo'lishligi mumkin. Shariat bilan fiqhni bunday ajratish ikkita muhim muhim masalani uyg'otadi. Mana shu ikkita muhim masalani biz hozir oz ozroq chekinish qilib yana, buni ham ta'kidlab ketishimiz kerak. Shariat bilan fiqhni ajratishda nimaga ajratayotganimiz bor va ajratishimizdan nimaga xato foydalanmaslik kerak degan masala bor. Bu ikkita masala juda muhim masala. Birinchisi, shariat bilan fi'hni biz ajratamiz, odamlar tushunishi uchun, keyin Alloh yuborgan shariat bitta, uni fahmlash fiqh ha turlicha odamlarni fahmiga va ishtixonatiga va Alloh Taolo ularga bergan tafikka ko'ra va Alloh Taolo ularni uchun istagan manhajiga ko'ra, shunga ko'ra ba'zida shariatda aslida bitta bo'lgani bilan fiqhiy qovullar har xil bo'lib qolishi mumkin. Va ba'zida fiqhiy ishtixonalar xato bo'lishi mumkin. Fiqhiy ishxodlarni xatoligi, shariatni xatoligiga va islomni kamchiligini bildirmaydi. Masalan, bunga bitta misol keltiraman, qadimgi ulamolarning ko'plari aksar ulamolar demayapman.

Ko'p ulamolar, qadimda demoqchiman. Ko'p ular, shulardan bittasi, masalan Ibn Qoyim rohimahulloh. Shulardan bittisi Hanafiylardan Haddad rohimahulloh, Haddad yoki Haddadi deb keladi. Ikkalasi ham to'g'ri bilasizlar qaysi kitob yozgan Imom Haddad? Quduriyga Al Javohir An Ayyora degan kitobni yozganlar, Yamaniy bo'lganlar. Shulardan bitta ba'zi Shofiy ulamolar. Shu ulamolar qadim fiqh kitoblarida ham bitta masalani zikr qilishadi. Masala juda ajoyib masala. Masalan, ayol kishini deydi, nifosi deydi, qirq kun bo'ladimi, oltmish kun bo'ladimi degan masala. Ayol kishi farzand ko'rdi. Farzand ko'rdan keyin ayol kishidan qon kelishi mumkin. O'sha qon uzoq kelaversa, to'xtasa, yaxshi to'xtadi, nifosi to'xtadi. To'xtamasdan qon davom etib ketaversa, eng ko'pi qancha kungacha o'sha ayolda qoni nifos deyiladi desa, ba'zi ulamolar qirq kun deydi. Ba'zi ulamolari oltmish kun deydi. Endi nimaga shu masalada xilof qildingiz desa, haddat shu masalani muhokama qilib turib aytadiki, chunki deydi, homila deydi, onani qornida deydi, nima bilan ozuqlanadi? Hayz bilan ozuqalanadi deydi. Onani qornidagi bola hayz yeydi deydi. O'sha onani qornidagini hayzini yeydi, o'shaning uchun hayz chiqmaydi deydi.

Endi deydi, u onani qornidaki bola qachon onani qornida paydo bo'lganini hisoblab turib va hayz bir oyda necha kunligini hisoblab turub, hamasiyatda hayz necha kun? Eng ko'pi? O'n kun. O'n kungacha. Shofilar necha kun? O'n besh kungacha. Aytadiki, o'n kungacha bo'lsa deydi, onani qornida, agar bola deydi to'rt oyda paydo bo'lgan bo'lsa, yana olti oy onani qornida bo'lsa, olti oyda o'n, o'n kunda haydaysa oltmish kun bo'ladi deydi, o'n besh kunda yesa qirq kun bo'ladimi? Xullas shunaqa deb hisoblaydi, tushunyapsizmi? Ya'ni o'zini isbotiy masalasiga o'zicha dalil qilib, bola hayzidan ovqat yeyishi deb ko'radi. Imom buyuk imom. Faqih, o'zini paytini eng buyuk imomlaridan, Imom Haddad va u Imom Haddad bilan ya'ni jiddiy qilib, muloqot qilayotgan Shofiylar ham shu gapni aytadi. Yoki xuddi shu narsani Imomul Qoyib rahimahulloh, Rasululloh nima, sollallohu alayhi vasallam, Imomul Qoyih rahimahulloh nimalarga, nasroniylarga raddiya berib yozgan she'ri bor. Abu Badil Masih degan haligi emasaki ibodat qiluvchilar deb boshlanadigan juda juda ajoyib she'r. Shu she'rda nima deydi, onani qornida deydi, hayizlab yurganmi deydi masalan. Chunki o'sha paytda faqihlar bola chaqirib onani qorni hayizlaydi deb o'ylagan. Xo'p, mana shu shariatmi? Yo'q, bu shariat emas. Bu fiqh, ular shunaqa deb tushungan shu narsani.

Va ularni tushunishini hozirgi paytda zamonaviy meditsina hamma har qanaqadir oddiy bitta doktorga borsam aytadiki, astag'firulloh, yo'q bola deydi, hayzi yemaydi deydi. Bola bunaqa bunaqa narsa edi, ozuqlanadi, biz uni ko'ra olamiz deydi. Ya'ni faqih o'zini fikrida xato qilgan. Bu xato shariatga nisbat beriladimi? Yo'q, shariatga nisbat berilmaydi. Bu faqihning fiqi bo'lib qolaveradi va bu hukmga ham ta'sir qilmaydi. Chunki hukm o'zi aslida hadislar bilan sobit bo'lgan. Qirq kun, oltmish kun ikkalasida ham o'zini rivoyatlari bor. Lekin aytayotganimki, demak, faqihning fiqhidagi xato shariatga nisbati berilmasligi uchun biz buni ajratamiz. Tushunarli a? Endi yana bitta muhim nuqta shu joyda, ikkinchi muhim nuqtani biz ta'kidlab aytamiz. Bu ajratishimiz, qalbida marazi bor va o'zi dinini o'yin qilmoqchi bo'lgan va o'zini havosini o'ziga iloh qilib olmoqchi bo'gan toifalar, ha, bu shariatmas ekan, bu fiqh ekan, bu odamlarni qovli ekan, bu ham odam, men ham odam deyishiga yo'l ochmaydi. Nimaga yo'l ochmayd? Sababi, Alloh Taolo bizga yuborgan shariatni mana shu fiqhdan boshqa yo'l bilan tushunmaymiz. Shariatni tushunmoqchi bo'lsak, Alloh Taolo bizga shariatni yubordi. Shariatni tushunmmoqchi bo'lmasak, yo o'zimizni fahmimiz bilan tushunamiz, yoki fuqaholar fahmi bilan tushunammiz. O'zimizni faxmi bilan tushunganimiz yaxshiroqmi? Yoki fuqahollar fahmi bilan fahmimiz yaxshirog'mi? Butun hayoti ibodat bo'lgan, din bo'lgan, butun ilmini, hayotini shunga sarflagan va o'zlarining zakovati va buyukligi bilan va o'zlarini Allohdan qo'rqishi bilan ajrab turgan fuqaholarni, fahmi bilan, shariatni tushunganimiz yaxshiroqmi?

Yoki o'zimizni gunohga botib, ojizlikka botib yotgan aqlimiz bilan shariatni tushunganimiz yaxshirog'mi? Bizni tushunishimiz o'zi asli fiqh deyilmaydi, chunki fiqh degani bu ishni ayting, ishi degani. Tushunyapsizmi? O'shanga Alloh Taolo nima dedi? Fos aloo ahli zikr in quntum la ta'lamun dedi. Va shu oyati bilan Alloh Taolo ummatni nima qildi? Ikkiga bo'lib qo'ydi. So'raydiganlar va so'raladiganlar.

Bilmasanglar dedi, so'ranglar ahli zikrlardan dedi Alloh Taolo deb, ikkiga bo'ilib qo'ydi ummatni. So'raydiganlar va so'raladiganlar. Modomiki biz o'zimizni so'raladigandek da'vo qilmasganmiz, demak biz so'rovchi bo'lib qolamiz va biz o'zimizning fahmimizni fiqh deb atolmaymiz va biz demak fuqaroning fahmiga ergashamiz. Shu ma'noda bizni bu shariat bilan fiqh taqsimlanadi deganimiz, qaysidir bir qalbida maraz bor odamga yo'l ochmasin, aytmasinki, ha bu demak fiqh bo'lsa, bu shariat bo'lmasa, Allohning dini emas ekan, bu odamlarni fikri ekan, bundan voz kechsak bo'ladigan demasin. Yo'q, unaqa emas. Chunki sizda shu fiqhdan boshqa narsa yo'q. Shu shariatni, shu fiqh orqali tushunasiz, boshqa tushunish yo'li yo'q. Alloh taolo mana shu fiqhni asradi, shu fiqhini tanladi va o'sha hadisda kelganidek, Alloh taolo har bir qavmdan ming kun li xolofin uduru dedi. Har bir qavm dan, har bir avloddan eng odinlarini tanlab, o'sha ilmni o'shalar ko'tarib yuradigan qildi. O'shalar o'sha ilmning sofligini saqlab turadigan qildi da. O'sha ma'noda demak fuqaholarning fahmi din hisoblanadi. Biz fuqaholarning fahmi bilan Allohga ta'buut qilamiz. Fuqaholarning faxmi mana shu bizning dinimiz va biz uni ma'sum demaymiz, biz aytamizki, shariat ma'sum. Fuqaholarni fiqh xato qilishi mumkin. Lekin biz o'sha fiqhga demak, taqlid qilishga buyurilganmiz va u fiqh to'g'ri bo'lsa, savob olamiz. U fiqh xato bo'lsa, baribir savob olamiz, hadislarda kelgandek.

Va men naxsal qolaman. Va ominat soliha

Bilimni sinash

4 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish