Va man naxsal qovlam min menda ilah vohi va min a soliha va min a solihan u va qolayin na minalar muslimi. Farzi kifoya masalasini bir tahlil qilib ko'rsatayapsizlar sizlar bilan. Va men juda ham xohlayman sizlardan fikrlarni eshitib ko'rishni. Nima deb o'ylaysizlar? Farzi kifoyalar muhimroqmi, farzi ayinlar muhimroqmi?
Tabiiyki ikkalasi ham, farzi ikkalasi ham muhim, lekin qaysi biri muhimroq deb o'ylayszlar? Labbay? Farzi kifoya. Farzi kifoya, nimaga? Ya'ni jamiyatni isloh qilish uchun, jamiyatni birligi uchun, shu. Farzi sog'ligi farzlashtirib o'zinglarga, farzi kifoya qilish uchungina. Ha, mashalloh. Mana mana shu juda ham muhim nuqta. Mana shu juda ham muhim. Farz kifoyalar ba'zi nuqtalarda, farz ayyinlaridan ko'ra muhimroq bo'ladi. Nimaga desangiz, chunki farz kifoyalarning nafi va ehtiyoji va ularni bajarmaslik sababidan keladigan balo butun ummatga qaytadi. Bir odam namoz o'qimay qo'ysa, uni balosi o'ziga qaytadi. Lekin butun ummat fiqhni tashlab yuborsa, butun ummat xorlikka va zalolatga yuz tutadi va uni ustida qiyomat qoyin bo'ladi. Shu ma'noda farz kifoylar muhim. Farzi kifoyalar, farzi ayllardan muhimroq demayapmiz. Farzi ayllarni o'zini muhimlik tomoni bor, farzi kifoyalarini o'zini muhumlik tomoni bor. Lekin farzi kifoyalarning muhimlik tomonini biz bilishimiz kerak. Nimaga muhim? Chunki qachonki jamiyatda fasod ko'paysa, bilingki, buning asosiy birlamchi sabablaridan biri farzi kifoyasida e'tiborsizligimizdan bo'ladi. Har bir insoniyat tarixining har bir bosqichida, agar siz kuzatsangiz, bir jamiyatga, bir joyga, bir baladga, bir makonga, bir zamonda bir balo yog'ilsa, ko'pincha u odamlar o'sha farzi kifoyalarga e'tibor bermasligidan bo'ladi.
Mana biz asrimizdagi fojealardan biri aynan mana shu. Fixga e'tiborini yo'qligidan bo'ladi. Mana men bir yaqinda bir birodarimiz bilan suhbatlashib qoldim. Va ular o'zlarini hayotlarida bo'lgan bir meros masalasini gapirib berdilar. Bizni bobomiz vafot qildilar, keyin ulardan shunaqa meros qoldi, keyin biz buni amakim oldilar, buni adam oldilar deb o'shani tahlil qilib berdilarda. Aytib bergan hikoyalardan keyin men ulardan so'radim, u amallachi dedim. Desam, amallar hech narsa olmagan. Ya'ni otadan meros qolgan, ularni otalari, bobolardan meros qolgan otalari bir narsa olgan. Amakilari bir narsa olgan, hammalar merosdan mahrum. Keyin men uni qanchalik fojea ekanligi, qanchalik og'ir gunoh ekanligi, o'sha merosni shunday taqsimlash harom ekanligi, u merosni o'sha ammalarga bermasdan olgan odamlar harom yeyotgani, u harom avloddan avlodga ko'chib boraverishi, buni oqibatida bo'ladigan zararlar, bu harom, oddiy bir harom emasligi, bu Qur'onda belgilab qo'yilgani va Qur'onga to'g'ridan to'g'ri qarshi chiqish bo'lishi va o'sha vasiyatsiz, o'sha harom taqsimga sabab bo'lib O'ladigan odam bo'lsa, o'sha odam Jahannam ahlidan bo'lishi haqidagi ulamolarning fikrlari, qavullarning. Ularga bayon qilib beruvdim, ular qo'rqdilar. Keyin aytdilarki, nimaga bizga birov buni tushuntirmagan? Mana bizga odam kelib janoza o'qidi yu, deyaptilar. Mana bobom o'lganda janoza o'qiydi. Nimaga ular bizga tushuntirishmadi shunaqa narsa borligini?
Bunaqa jiddiy masalaligini, buni biz nimaga yetib, bizga tushuntirmadi. Keyin men ularga savol berdim. Xo'p, siz o'zingiz dedim, mana oxirgi marta qachon dedim shu faqihlarga, fiqh sohasiga bir pul sarflagansiz? Bir kitob olgansiz, yo bir kitob chop qilishda ishtirok etgansiz, yoki bir qanaqadir fiqh madrasalariga qanaqadir vaqf qilib yoki yordam qilib pul to'lagansiz, yoki farzandlaringizni fiqhga qiziqtirgansiz desam o'tirib, bilmadim deyaptilar.
Tushunyapsizmi? Bu fiqh ilmi ham xuddi bir, bir bizni umumiy o'rtamizdagi bir omonat bo'lib, Alloh Taolo bizga omonat bergan narsasi. Agar biz unga o'zimizni hissamizni qo'shmasak, kimdir aqli bilan, kimdir mehnati bilan, kimdir kitob yozishi bilan, kimdir puli bilan, kimdir har qanaqa yo'l bilan, hissamizni qochmasak, tabiiyki u pasayib boraveradi. U pasayib zaiflashgan sari, o'sha farzni kifoyani bajarmaganimiz uchun butun ummatga balo kelaveradi. Shuning uchun faqat fiqh emas, har bir farzi, farzi kifoyalarda mana shu narsaga e'tiborli bo'lishi kerakki, qachonki biz farzi kifoyalarga yetarli e'tibor bermasak, farzi kifoiyalarga e'tibor bermasmizligining balosi ummatga qaytib keladi va bizni holatimizda aynan afsuski fiqh sohasi shunaqa bo'lyapti deb ayta olamiz. Umid qilamizki, mana shu videoni ko'rib turgan odamlar balki shuni mulohaza qilib ko'rishadi va o'sha eng kamida masalan fiqh kitoblar chop qilishga yordam bersa bo'ladi. Fiqh kitoblarni, fiqh darslarini takror ko'payishiga yordam bersa biladi. Eng kamida bir darsni olib birovga yetkazishga yordam bersa bo'ladi. Eng kamida o'zini farzandlaridan eng aqllilarini tanlab, o'shalarni shu fiqh sohasida o'qishlari uchun, Alloh Taoloni dinini o'rganib tarqatishlari uchunga xizmatchi qilib bersalar bo'ladi. Inshaalloh, shu bilan bu farzi kifoyani ado qilgan bo'lamiz, inshaalloh. Va menda xursand qolamning va minas solihanu vot