Ustoz, mana endi umuman olganda biz ko'p eshitib qolamiz yoki kitoblarda o'qib qolamiz. Qanafeylik fiqh deyiladi yoki Shofeylik fiqhi degan bir istilohlarga ko'zimiz tushadi da. Shu o'rinda ko'pchilik so'raydigan bir savol bor da. Mana aytiladiki, dinimiz o'zi bitta bo'lsa, Islom dini bo'lsa, shunday ekan, unda mazhablarga bo'linish nimaga kerak? U masalan Moliki, Hanafiy mazhabi deymiz. O'zi umuman bu dindagi bo'linishga olib kelmaydimi? Yoki o'zi mazhablar nimaga aynan to'rtta bo'lgan hozir mana? Mana shunaqa mazhablarga bo'linishi haqida ko'p savollar bo'ladi. Mana shular haqida ham bir soddaroq tushuncha bersangiz. Ha, bu bu albatta bizni davrimizda ayniqsa ko'p so'raladigan savollardan bittasi. Ya'ni, nimaga fiqhlar, nimaga mazhablar to'rt to'rtta. Ya'ni Hanafiylik fiqh degani, Hanafiylik mazhabi degani. Nimaga mazhablar to'rtta? Nimaga bitta emas? Yoki nimaga beshta emas, nimaga o'nta emas?
Din bitta yu degan savol. Mana shu yuqoridagi birinchi so'ragan savolingizdan mana shuni ham tushunsak bo'ladi. Shariat bitta. Lekin o'sha shariatni tushunishda odamlarni aqllari har xil bo'ladi. Mana siz bitta oilada, bitta ota onadan tug'ilgan ikkita farzand bitta muhitda katta bo'ladi, kerak bo'lsa bitta maktabga boradi, lekin ikkalasini tushunchasi mutlaqo farq qiladi. Xuddi shunga o'xshab mujtahidlarni daliliy tushunishi ham farq qiladi? Mana ba'zi misollar bilan agar buni sharhlaydigan bo'lsak, masalan, janoza namozini o'qisangiz, mana oxirgi marta janoza namozida o'qiganingizni eslasangiz, mayitni, janoza o'qimoqchi bo'lsak, mayitni masjidni ichiga olib kiramizmi, yo'qmi degan masala. Janoza namozini o'qimoqchi bo'lsak, mayitni masjidni ichiga olib kiramizmi yo'qmi degan masala. Hanafiylar va molikiylar olib kirmaymiz deydi. Bizda makruh deyiladi va bizni mas'ulimizda olib kirilmaydi mayit. Sababi mayitdan najosat chiqib qolishi mumkin, uni boshqa bo'lishi mumkin, boshqa birinchi sabablar, lekin muhimi bizni mas'uliyatda olib kirilmadi. Shofiylar bilan hamdaliylar olib kiramiz deydi masjidni ichida namoz o'qiymiz mayitga deydi.
E, hozir Makkada shunaqa, ko'pincha olib kirishadi. Madinada unaqa emas. Madinada jamoat masjidni ichida qoladi da, lekin mayit tashqarida bo'ladi. Agar Madinada kimdir ziyorat qilib namoz o'qigan bo'lsa, bizni kuzatuvchilardan. E, xo'p, nimaga ixtiro bo'lgan shu? Masalan, hozir shariat bitta emasmi? Fiqh bitta emasmi, nimaga masjidni ichiga o'qiymizmi, masjid tashqarida o'qiymiz, bizga ixtiro bo'gan desangiz, masalan, buni sababi sababini o'rgansangiz. Shofiy bilan molikiylardan so'rasangiz, nimaga masjidni ichida o'qiymiz desangiz, ular sizga aytadiki, chunki bizni qo'limizda oyshanamiz hadisi bor deydi. Said bin Abib vaqos roziyallohini vafot qilganlarida, oyshanamiz aytdilarki, masjidga olib kiringlar, masjidda namoz o'qinglar dedilar. O'qinglar, biz ham ayollar ham o'qiylik dedilar. Masjidni nabaviga.
Keyin sahobalar hadisda keladi va ankor alayhannas deydi. Sahobalar unga inkor oshxonamizga, rodiyallohu alayhi va alayhi inkor qilishdi. Yo'q, masjidga olib kirmaymiz deyishdi. Deyishuvdi, oshiramiz nima dedilar? Masrur ommani siyanasi dedilar. Qanaqasiga odamlar tez unutib qo'yadi? Rasululloh sallallohu alayhi vasallam halil bina baydona janozasini masjidni ichida o'qimadilarmi? Fija ufil masjidi, ya'ni masjidni ichda o'qimadilami dedilar oshiramiz. Mana shu hadisni oladi da, shofiylar bilan shofiylar bilgan hammanglar aytadiki, biz deydi, janoza degan masjidni namoz ichida, masjidni ichiga o'qiymiz janoza namozini deydi. Nimaga desa, mana oshiramiz aytyaptilar, hadisda. Masrur Ommani, siyanasi. Qanaqasigina odamlar esdan chiqarib qo'ydi. Axir masjidni ichida Sohali ibni Baydovi namoz o'qidi yu, Rasulullohu alayhi vasallam deb aytyaptilar. Xo'p, endi ha deysiz, hadis bor ekan u deysiz mana. Oshirni hammasi aytyaptilar yu, masjidni ichiga o'qibdilar yu. Rasulullohu aleyhi vasallam, Sohali ibni Paydovni janozasini. Xo'p. Molikiylar bilan Hanafiylarga borib, unda nimaga masjidni ichidda o'qimaymiz desangiz, ular bizni ham qo'limizda hadisimiz bor deydi. Xo'p qaysi hadislarni hadislar deysiz? Mana shu hadis deydi. Ya'ni u boshqa hadis emas, ayni shu hadisni o'zi.
Nimaga desa, Ankar al aynan deyilmadimi hadisda deydi. Hamma sahobalar inkor qilyapti. Agar u ish mashhur narsa bo'lganda, agar har doim janoza masjidni ichida o'qilganda, qanaqasiga sahobalar o'shani bizga inkor qilishgan bo'lardi? U hali hech bo'layotgan narsa emas, hali aksar inkor qilayotganlar ular sahobalar. Va ma'lum ma'rufki, baqiy masjidni oldida janoza o'qiladigan joy bor edi maxsus. Rasululloh sallalloh ham o'sha yerda o'qirdilar. Demak, suxalibniy baydoga janoza o'quvchi qanaqadir bir sabab bilan bo'lishi mumkin. Lekin u nodir holat bo'lgan. Va shariatda nodir holatlar uchun hukm yo'q. Shariatda hukm odatda ko'p takrorlanadigan narsalar uchun bo'ladi. Ayniqsa agar u ishda ko'p takorlanadigan voqea bo'lsa, a janoza doim o'qiladi. Ko'ryapsizmi? Va shu bilan molikilar bilan hanafiylar tashqarida o'qiymiz janozani deyishyapti. Shofiylar bilan Hanabiliklar masjidni ichida o'qiymaymiz deyapti. Ikkalasini dalillari nima? Bitta hadis. Mana shu bizga fiqhni ya'ni lazzatini tushuntiradiki, nimaga ulamolar ixtiro qilgan? Chunki aqllar har xil. Odamlar hadisni tushunishi har xil. Bunga qarash har xil. Lekin hech kim kelib aytmagan, islom tarixi davomida bir ming to'rt yuz yil davomida Hanafiylar bilan Molikilar mana shu masalada hadisga qarshi chiqdi demagan. Balki ular hadisni mana bunday tushundi deb sharhlagan. Va hech kim kelib aytmagan Shofiylar bilan Hanabiliklar hadisga qarshy chiqdi demagan, balki ular hali sizda bunday tushundim deb aytgan.
Va doimo ya'ni bu ixtilofning va mazhablarni turli bo'lishining sababi hadislarni fahmlashda bo'lgan. Va bu narsa o'zi aslida bu narsani yaxshiroq tushunishimiz uchun, ya'ni bizni asrimizda nimaga ixtilof bo'lgan, nimaga biz shu mazhablarga bo'linib ketganmiz degan narsa ya'ni salbiy bir belgi sifatida qaralmasligi uchun, biz avvalo tushunishimiz kerak, Alloh Taolo xohlaganmi mana shu mazhabalar bo'lishini? Alloh taolo xohlaganmi bizni mana shunday bir nechta qovullarga, mazhablarga, fiqhiy fikrlarga bo'lingan bo'lishimizni? Degan savolga javob topishga harakat qilishimiz Qur'oni tushunish davomida. Mana Qur'onni o'qisangiz, Alloh taolo aytadi val mutolaaqot yo tarobbas nabiyam fuzi himna tala atata quruq deydi. Mutolaaqa taloq qilingan ayol o'zini o'sha taloq qilinggan joyida uchta quruq o'tirsin deydi Alloh taolo. Quruq, quruq degani, quruq deydi ko'pligi, quruq deyani arab tilida ham hay'iz degani, ham hay'izdan poklanish degan. Va ikkala ma'no mana shu so'zda teng. Shu so'z ikkala ma'noga ham teng dalolat qiladi. Birorta ma'no ustun emas. Ya'ni o'zbek tilida masalan, amoyim so'zlar bor ku. Bitta so'zni aytasiz, ikkita ma'noni bildiradi. Xuddi o'shanga o'xshab qo'rqish so'zini ham ikkita ma'no bildiradi. Agar Alloh taolo xohlaganday da, biz o'sha masalalarda bir xil qovulda bo'lishimiz, Alloh taolo bizga hayz yoki to'g'ri deb aytishi mumkin edi shu oyatda.
Lekin Alloh Taolo shunday so'z bilan buni bizga nozil qildiki, o'sha so'z ikkita ma'noni bildirdi, natijada Hambalilar bilan Hanafiylar buni bir qovul bilan sharhladi, Molikiylar bilan Shofiylar boshqa bitta qovul bilan shaqladi va ayni masalada ikkita qovul bo'lib qoldi bizda. Tushunyapsizmi? Mana shu narsalarni odam tadabbur qilgan paytda tushunadiki, Alloh Taolo xohladi mana shunday mazhablar bo'lishini, mana shunday fikrlar bo'lishini va bu fikrlar va bu mazhablarning bo'lishi Islomni foydasiga xizmat qildi. Islomni kuchliroq bo'lishiga sabab bo'ldi. Nimaga? Sababi mazhablar shakl o'zi mazhab deganda fiqhiy madrasa degani, buni ham yaxshi tushunib olish kerak. Mazhab degani qovul degani emas. Aslida mazhab so'zini odam biz arab tilida ishlatganimizda ikkita ma'noda ishlatamiz da. Ba'zida bu odamlarda chalkashlikka olib keladi. Masalan, fi hadil masalati salatul mazahib desak, masalan, bu masalada salatul mazahl desak, uchta mazhab bor desak, uchda qovul bor demoqchi bo'lamiz. Ya'ni uchta fikr bor, fiqhiy ijdihod bor demoqchi bo'miz. A lekin bu degani uchta madrasa bor demoqchi emas. Lekin biz Hanafiy mazhabi, Moliykiy mazhabi, Shofiy mazhab deganimizda Hanafiy qavli, Moliykiy qavli demoqchi emasmiz. Hanafiy madrasa, Shofiy madrasa, Moliykiy madrasa demoqchimiz. Ya'ni fiqhiy madrasa demoqchi emasm. Alohida fiqhiy maktablar nazarda tutiladi. Shu ma'noda, ha, shu ma'nodan madhab so'zini biz ishlatganimizda ikkita ma'noda ishlatamiz.
Ba'zida fiqhiy madrassa ma'nosida ishlatamiz, ba'zida ijdihot ma'nosida ishlatsamiz. Ijdihot yoki bir fikr ma'nosida islatamiz. Biz hozir suhbatlashayotgan madrasalar, bular fiqhiy madrisalar. Mazhablar. Ha, mazhablar. Va fiqhiy madrsalar o'sha ham bali. Mazhabi, Moliykiy mazhabi, Shofiy mazhabi va Hanafiy mazhab. Aslida bu sahobalar paytida madrasa o'laroq shakllanib bo'lgan edi. Sahobalar paytidada Rasululloh sallallohu alayhi vasallam va faqatlaridan keyin sahobalar butun ummat bo'ylab tarqab ketdi. Lekin sahobalarni hammasi ham bir xil ishtixod darajasida bo'lmagan. Ba'zilari mujtahidroq bo'lgan, ba'zilari savol so'rab, buqalit bo'lgan, boshqa bir sohibaga ergashgan. Ularning eng faqihlaridan biri Abdulloh ibn Mas'ud Kofada Umar oddiy Alloh ularni Kofaga yubordilar. Uch yuz to'rt yuzlab shogird chiqarib, Kofada o'zlarini madrasalarga asos soldilar. Va xuddi shunga o'xshab yana bitta sohibalarni eng faxriylaridan bittasi Zaydiddin Sabidul Ansoriy Madinada o'zlarini madrasalariga asos soldilar. Shu bilan o'sha paytni o'zida sohibalar paytini o'zida Madinada bitta madrasa paydo bo'ldi va Kofada boshqa bitta madrasa haydo bo'ldi. Kofa madrasasini Abu Hanif rohimahulloh keyinchalik meros qilib oldilar, ya'ni Abdulmas'ud rohidulloh, anavi vafotlaridan keyin Alqama, Asuvot, ularni vafotlaridan kelgan Ibrohim Nahai, keyin Imom Hammod va undan keyin Abu Hanifar Hammod, ya'ni shunaqa silsil ravishda meros qilib oldilar. Xuddi shunga o'xshab Said bin Sabid Ansariy madrasalarni Ibn Umar meros qilib oldi.
Ulardan keyin o'sha fuqarosi sabai yetti faqih va ulardan keyin shunaqa bo'lib, Imom Molik o'sha madrasani meros qilib oldil. O'sha madrasalar o'sha paytdan boshlab shakllanib qoldi. Va biz bugungi kunda Shofiy va Hambali masxablar ancha keyin paydo bo'lgan. Va ham balim ashab o'zi aslida mas'ab shaklida, o'zi aslid bir necha asrdan keyin shakllangan. Va Alloh Taoloni bandalariga inoyati va yaxshiligi bilan shu to'rtta mazhab mana shu holda bizni paytimizgacha yetib keldi. Bu haqida ulamolar zikr qilganda, o'zini tarix kitoblarida hech qachon buni salbiy narsa sifatida zikr qilmadilar. Balki ko'p ulamolarni kitoblarini agar ko'radigan bo'lsangiz, hatto aqida boblarida to'rtta mazzhabni zikr qilishadi. Shu darajada bu to'rtta mazkabga ehtirom ko'rsatadiki, aqida bobida zikr qilib, mana shu to'rtda mazzhab ahli ustunani mazzhabi sifatida qoldi, bularga tosh otilmaydi degan ma'no. Shuning uchun masalan Molikilardan Bashar o'zini o'sha fiqh uchun yozgan risolasini aqida muqaddamasida aytadi va Malikun va Ahmadu va Shafi'i. Abu Hanifatal imamut tabiiy ala hudaamin robbihimu rahmatiyu val ixtilafu rohmatun ila ummatiy deydi. Ya'ni Molik, Shofiy, Ahmad va Abu Hanifa va Abu Hanifani orqasidan aytib qo'yapti imamut tabi'iy, tobeiy bo'lgan imom Abu Hanifa. Bu to'rttalasi hammasi Alloh Taoloning hidoyatida va rahmatida va bularning o'rtasidagi ixtil.
Iltifot, ummat uchun ne'mat va rahmatdir deydi. Keyin siz hozir bir o'sha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrida bularga tamal toshi qo'yilgani deganiga o'xshagan bir narsa aytdingiz. O'shanga men bitta misol keltirib ketmoqchi edim. Bu ham inshaalloh juda ham foydali misol bo'ladi. Men o'ylaymanki, eshituvchi uchun bu juda ham foydaliy misol bo'lardi. Makkam uchliklari madinada islomni yo'q qilish uchun o'sha paytda o'n ming tacha qo'shin to'plab madinaga bostirib kelishdi. Bu voqea endi ko'pchilikka ma'lum, bu voqeada chuqur tafsilotlar bilan to'xtalmayman. Salmanov farrux abdullohning uni tashabbuslari bilan xandaq qazildi. Va butun erkaklar, madinaning erkaklari o'sha paytdagi musulmonlar xandaqni oldiga kelib, madinaning mudofaasi uchun turishdi. Oilalari, bolalari, bola chaqalari bir qo'rg'onda ichkarida endi madinaning ichida turishdi. O'sha paytda musulmonlar bilan tinchlik shartnomasi tuzgan banu quroiza qabilasi musulmonlarga xiyonat qildi. Xiyonat qilib musulmonlarga orqadan hujum qildi. Vaholanki ular o'rtasida sulh bor edi, tinchlik shartnomasi bor edi va o'zaro bir birini himoya qilish kelishuvi bor edi.
Qachonki xandaq balosi musulmonlarni boshidan o'sha fitna ko'tarilib, alhamdulillah musulmonlarniki suratga erishib, o'sha uchruklar ketgandan keyin, rasulullohga sallallohu alayhi vasallam vahiy bo'ldiki, o'sha bani quroizani ustiga borishni bostirib borib, o'shalardan o'sha sulhni buzgani uchun, ya'ni o'shalarga o'shalarni fazx qilishgan o'sha joyni. Va rasululloh sallallohu a'lam sahifalariga aytdilar, hech kim dedilar, bani quroizaga yetmasdan asr o'qimasin dedilar. Birortaylar asrni Bani Quro'zga ketmasdan o'qimaylar dedilar. Mana bu hadis, mana shu hadis, fiqh ilmini tushunish va mana shu o'rtamizda hozirgi paytda bo'layotgan tushunmovchilik va fitnalarni yaxshi anglash uchun eng muhim hadislardan men judayam judayam ta'kidlab aytaman. Mana shu hadisni hikmat bilan eshitib, yaxshilab tadabbur qilib ko'rish har bitta bizning vazifamiz. Aytyaptilarki, birortaylar deyaptilar, Bani Quro'zoqqa ketmasdan asrni ovozini o'qimaylarni deyaptilar. Maqsad nima? Sahobalar bir nechta kun farzandlarini ko'rmagan, besh kun yoki o'n kun ular o'sha borib o'sha yerda o'tirib boshqa qilsa saf bo'linadi, yarmi qolib ketadi, kech qoladi. Maqsad tez yetib borish o'sha joyga. Va sahobalar hammasi Balon Qirozga qarab yo'lga tushyapti. Yo'lga tushi, yo'lga yurib, yurib, yugurib yarim yo'lga yetgandan keyin qarayaptilarki, asr namozi chiqib ketadi hozir.
Bir toifa sahobalar aytyaptiki, Rasulullohni maqsadlari nima edi? Uyga kirmasdan to'g'ri mana Quroizaga borishaydi. Mana yo'lga tushyapmiz. Hozir asr chiqib ketadi. A bizga Alloh Taolo aytdiki, namozni vaqtida o'qishimiz kerak. Qur'onda. Hozir hozir namozni vaqti vaqtida o'tishimiz kerak. Hozir biz namozimiz vaqti chiqib ketadi da. Kelinglar shu yerda namoz o'qib olamiz da, keyin yo'lda davom etamiz deyishdi. Ikkinchi toifa sahobalar aytdiki, yo'q dedi. Rasululloh s. Nima dedilar? Mana quroizagavorib, o'sha yerda namoz oqinglar dedilar. Chiqib ketsa ham biz o'sha yerga boramiz, o'sha yerda o'qiymiz deyishdi. Mana sahobalar ikkita guruh, ikkita guruhga, ikkita toifaga ajralib qoldi. Birinchi toifa yo'lda to'xtab, asr namozini o'qishdi. Ikkinchi toifa davom etib, bani quroizga yetib borib, o'sha namoz kech qoldimi, xullas o'sha bani quroizaga yetib borgandan keyin namozni o'qishdi . Keyin Rasululloh azazululloh ularni oldiga kelganlar da keyin, Rasululloh alayhissalomga aytishdi ular bo'lgan voqeani. Va Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qaysi toifani to'g'ri qilding yo qaysi toifangni xato qilding dedilar.
Demadilar. Aytmadilar, sen to'g'ri qilding, sen xato qilding demadilar. Ikkala toifaga ham indamadilar. Bu toifa ham haq bo'lib chiqaverdi, chunki uni xato qilding, demadilar. Ikkinchi toifa ham haq qilib chiqaverdi. Chunki Rasululloh ham xato qilding deyman, e'tibor bering. Va ba'zi ulamolar mana shu hadisni zikr qilar ekan, aytadiki, o'sha davrdan boshlab, o'sha ongdan boshlab, ummat ikkiga bo'lindi deydi. Ikkita ummat ikki xil fikrlovchi toifaga bo'lindi. Bir toifa Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytgan narsani mazmunini, maqsadini tushunib, o'sha maqsadini tadbiq qilmoqchi bo'ladi. Ikkinchi toifa Rasulullohni sallallohu aytgan narsasini so'zma so'z tadbiq qilishmoqchi bo'ladilar. Harfiyan, ha. Ha. Shu ikkita, ikkita ya'ni fiqhiy, ishtixoniy yo'l paydo bo'ldi o'sha paytdan boshlab. Va ulamolar aytadiki, mana shu birinchi o'sha yo'lda o'qiganlari bu a'lo roy, ya'ni fiqhni qarab o'rganadigan, boshqa qiladigan va bularni imomi deb masalan ba'zi fiqh kitoblarida Umar oddiy allohimni aytishadi. Umar oddiyallohni ba'zi ishtixodlari bor. Inshaalloh hali fiqhga madh har qilib biz agar dars o'tadigan bo'lsak, inshaalloh, o'shanda ko'p misollar keltiraman bunga. Va.
Ikkinchi toifa ulamolari o'sha ahli asar, ya'ni o'sha kelgan hukmni shundaligacha men bajaraman deganlar. Va eng muhimi aytyapman, bu toifani birinchisi ikkinchisini alomat qilmadi. Va bu toifani ikkalasi ham ahli sunni, ahli haqni va sahobalarni yo'li bo'lib qolaverdi. Va keyinchalik to'rt mazhab shakllanganda ham, shu to'rt mazhab mana shu ikkita toifaning doirasida shakllandi. O'sha yo'lda namoz o'qiganlarga eng yaqinroq yo'l bu Abu Hanifa rahima allohni yo'llari bo'ldi. Kofani mazhabi bo'ldi. Bu imom sovrinni yo'llari ham shu. Kofadagi aksar bilan ularni yo'llari yoki umuman olgisi shu Ibrohim Nahaiyni yoki Ibn Ma'sud roziyallohini madrasalari. Va bu yetib borib namoz o'qigan sahobalarni yo'liga eng yaqin yo'l Imom Shofiyni yo'llari bo'ldi. Va shu ikkalalarini o'rtasida Imom Molik va Imom Ahmadni mazhablari, ba'zida u tomonga yaqinroq, ba'zida bu tomonga yaqirroq, lekin to'rttala mazhab mana shu doira ichida sahobalarni yog'ida qoldi. Va mana shu voqeani agar biz tadabbur qilib ko'rsak, inshaalloh bugungi kunda bo'layotgan aksar xiloflarni shu doira ichida tushunamiz. Lekin shu bilan birgalikda juda ham muhim bir nuqta aytib o'tib ketishimiz kerakki, mana shu sahobalarni yo'li bo'lgan, mana shu to'rtta mazhabni o'ziga qamrab olgan doiradan tashqariga chiqib ketgan yo'llar ham bo'lmasdan qolmadi. Masalan, o'sha yo'lda o'qiganlarni yo'lidaman deb da'vo qiladigan, lekin undan haddidan oshib ahli sunnani yoki ahli haqni yo'lidan chiqib ketgan toifalardan bittasi, masalan masalan Maqolasidagilar.
Maqolasidalar toifasi va inshaalloh buni ham o'sha darsimizda men batafsil tushuntirib beraman bu toifa nimaligini. Bu shunday toifaki, u aytadi biz shariatni maqsadiga qaraymiz deydi. Masalan bitta odam ayolini aniq, masalan, shariat hech qanaqa yo'li yo'q bir holatda, masalan taloq qil. U aytadi ku, buni to'rtta bolasi bor, buni yoki boshqasi bor, biz buni vaziyatiga qarashimiz kerak, deydi da, o'sha nikohlab qo'yaveramiz deydi, tushunyapsizmi? Sizga shunday gapiradiki, siz rahmingiz kelib yig'lab yuboray deysiz da, ya'ni. Lekin u xohlagan keyin bu narsalar hukmni o'zgartirmaydi. Agar shunaqa qilib bemalol qilib yuborsangiz, oila tushunchasi yo'q bo'lib ketadi. Tushunyapsizmi? Yoki o'sha haligi aytadiki, mana qiynalib qoldi falonchi odam deydi. Riboga pul olib deydi, masalan, biznesini qivoraversin deydi. Mana musulmonlar deydi, kambag'al bo'lib ketyapti deydi. Ana bankdan kredit olib deydi, ribo bilan deydi, savdo qilaversin deydi. O'shanda deydi, musulmonlar yaxshi bo'lib ketadi holati deydi. Ana shu maqolasliklar toifasi. Xuddi shunga o'xshab bu tomonda o'sha oxirida borib namoz o'qiganlarga taqlid qilyapman, o'sha sahobalarni yo'lidaman deb turib, undan haddidan oshib ketgan toifalar ham bo'ldi. Ulardan biri masalan vohiriylar toifasi tarixda bo'lgan va ularga o'xshagan ba'zi fikr tushunchadagi odamlar bizni asrimizda va inshaalloh bu uchun xos dars bo'lsa, inshaalloh, o'shanda ko'p misollar bilan inshaalloh buni bayon qilib beramiz, inshaalloh.
Xudo xohlasa.