Maviza
—Qoralama1 soat 6 daq

Mamurjon domla Islom odoblari 23-dars (Doʻstlashishlik odobi)

Maʼmurjon Domla · Maʼmurjon Domla maʼruzalari

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
66:03
O'zgarishlar tarixi

Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon, ertam gumom. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Bizga qo'nib, bizga qo'ng'iroq. Avvalo billah degan shaytonni rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym. Inna alhamdulillah, nahmaduhu va nista'iynuhu va nistafiruh va na'udhu billahi min chururi an fusinga va min sayyihating aminina, may yahdi billa, mufala, mufillala, ona yut dilfala hadiyaluh va hodudulla ila ilohi illallohu vahda hu va hula sharikala va ashadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma abad. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bugun shanba kuni odatdagiday islom odobi darsligiga jamlanib o'tiribmiz. Alloh subhanahu va taolodan darsliklarimizni davomiy bo'lishini va allohning roziligi uchun bo'lishligini va avvalo o'zimga, qolaversa, barchamizga manfaatlik bo'lishini alloh taolodan so'rayman.

Bugungi to'xtalmoqchi bo'lgan darsligimiz birodarlar va ziyorat odoblariga to'xtalmo'qchimiz. Birodarlar vaziyorat qilish odoblariga to'talamiz. Chunki hozirgi kunda juda ko'p namozxonlar adadlari, sonlari juda ham ko'payib boryapti. Alloh subhanav va taologa ham sanalib bo'lsin. Lekin hanuzgacha ko'pchilik nima uchun namoz o'qiyotganini ham bilmaydiganlar bor ekan. Birodarmiz deb qo'yishadi. Birodarlik odoblarini hali mutlaq tushunmaydi. Birodar deydi. Birodarlik adoblarini mutlaq tushunchmaydi.

Shuning uchun biz birodar qanaqa bo'lishi kerak shariatda? Hozir birodarga ham qo'rqadigan bo'lib qoldik. Ko'chada namoz o'qimaydigan odamga oldi berdi qilsangiz, savdo satti qilsangiz, aldab ketsa, achinmaysiz. Ha endi allohni tanimaydi, bilmaydi.

Shuning uchun aldadi da u, oxiratni hali bilmaydi deyishingiz mumkin. Ammo birodar deb turib yuzingizga kulib, biz namozxonmiz, namozxon deb savdo qilayotganda, namozini o'rtaga qo'shib, so'rab, keyin aldab ketadigan birodarlarni ko'rganingizdan keyin, bir marta emas, ikki marta achinasiz. Birinchisi, aldangan narsangiz uchun achinsangiz, ikkinchisi, musulmonman, namoz qilaman deganligi uchun achinasiz da. Namoz qilinadigan shu darajaga kelib qoldimikin deb. Shuning uchun birodar qanaqa bo'lishi kerak? Birodar qanaqua bo'lishi kere? Biz eng avvalo shuni to'xtalmoqchimiz. Hozirgi kundagi agar Alloh uchun birodor bo'lmagan bo'lsa, namozxon u, men ham namozxonman deb Alloh uchun yaxshi ko'rmagan bo'lsa, maktabda o'rtoq bo'ladi masalan. Nimaga desa, maktabda birga o'qiganmiz deydi. Yoki o'qigan oliygohlarda, universitetlardagi o'rtoqlar bilan o'rtoq o'ladi.

Yoki ishxonadagi o'zining guruhlari bilan o'rtoq bo'ladi. Bu o'rtoqlarning barchasi ma'lum maqsadlarga binoan do'st bo'ladi. Ma'lum ma qsadlarga bina olinadi. Ba'zilar aytadiki, o'rtog'ing bo'lmasa, to'y to'y tomalog'ingda deydi, kim turadi deydi. Shuning uchun o'rtoq bildim deydi, qizlarini, bolalarini bolalarini uylantirib, qizlarini uzatib olgandan keyin, massalama o'rtoqlik bilan xayrlashadi. Kelib taqillatsangiz kimsan deydi. Meni eshagim aravasi suvdan o'tdi deydi. Bo'ldi endi o'rtoqlik tugadi. Vaqtincha. Ishda ham xuddi shunday. Ishda ham o'rtoq bo'ladi, gruppa bo'ladi, guruh bo'ladi. Shular bilan o'rtoqbo'ladi, do'st bo'ladi. Shu ish, maqsad qilingan narsa yo'qolganda shu birodarlik, o'rtoqlik ham yo'qolib ketaveradi. Birovlar birovning puli bor bo'lsa darrov o'rtoq bo'lib oladi. Shuning uchun puldorlarning o'rtog'i ko'p bo'ladi. Ammo hammasi yolg'onchi o'rtoqlar.

Puli yo'qolib, biz bunday aytsak, bankrotga uchragan vaqtida ko'ring o'sha o'rtoqlarni. Hech birini topmay qo'yasiz. Hammasi o'z nimalariga tarqab ketadi. Shuning uchun dunyo maqsadida do'stlashganlarning hammasi shu maqsadga yetgunicha sizda maqsad qilib sizdagi mo'ljallagan narsaga yetguncha birodar bo'ladi. Sizda shu narsa yo'qolgan kuni birodarlik ham yo'qolib ketaveradi. Ammo Alloh yo'lida do'stlashganlar, sizni cho'ntagingizga, obro'yingizga, mansabingizga, ishxonangizni so'rab, keyin do'st bo'lmaydi. Qayerda ishlaysiz deydi. Falon joylisiga do'st ekanmiz u deydi da. Nimaga? O'rnim bir manfaat kelishini nazarda tutib turib do'st bo'lib oladi.

Shuning uchun Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, sab'a kun yudil lumi lallohu fiylillahi yavmalal illa illa billuh. Yetti kishini Payg'ambar alayhissalotu vassalom sanadilar. Shu yetti kishi dedi, Allohning qiyomat kunida hech qanday soya yo'q.

Soya yo'q vaqtda. Hamma shunday quyoshning issig'ida turgan vaqtda Allohning Arsh soyasida, soyabon bo'lib soyasida turadigan yetti kishini Alloh Taolo sanadi. Shu yetti kishi deylik, Allohning soyasida, ba'zilarda Arshning soyasida Alloh soyalantiradi. Bu yoqqa o'tinglar, soyada turinglar deyar ekan. Nari tarafda odamlar ba'zilari to'pig'igacha, ba'zilari tizzasigacha, ba'zilari o'zidan oqgan terining shu og'zigachayin bo'kib terlab turgan vaqtida, bular soyada bo'ladigan yetti kishini Payg'ambariga assalomu alaykum. Shularni bir chetdan aytamiz. Birinchisi imomun adil deydi. Odil imom deydi. Imom adolat bilan hukm qiladigan, hukm chiqaradigan imom. Xoh masjid imomi bo'lsin, xoh qozi bo'lsin, hoh boshqa bo'lsin, hukm qilsa, adolat bilan qiladigan kishi dedilar. Ikkinchisi sha qun nasha fito atillar, ofi ep adatillar. Yosh bola Allohning ibodatida nima qilgan?

Ulg'aygan deydi. Yoshligidan Allohning ibodatida, masjidda bo'lsin. Shu ibodat bilan nima qildi? Katta bo'lgan yigit qiyomat kunida Allohning soyasida bo'ladi. Uchinchi rojurun qolburu muallaqun bil masaji. Bir kishining qalbi doim masjidga bog'liq bo'lgan kishi dedilar, Alloh soyasida bo'ladimi? Masjiddan chiqib ketsangiz, dunyo ishlari qilinishi kerak. Bizga dunyo ishlari, oxiratni nima deydi? Vala aytansya nasiba aka, minnat dunya oxirat deb dunyodagi nasibangizni unutib qo'ymang deydi Alloh Taolo. Oxiratni ishini ham o'rnida, dunyoni ishini ham o'rinida qilish kerak. Ba'zilar bor faqat shu masjidga kirib yotib olgan.

Lekin bola chaqasi osh o'tiribdi uyida. Ha desa, biz ibodat qilyapmiz deb qo'yadi. Masjidga bir odam kirib qolsa, qo'liga qarab turadi. Bir narsa tashlab ketarmikin deb. Bu ham noto'g'ri narsa. Dinimizda juda noto'g'ri narsa. Shuning uchun dunyo ibodatni ham o'z o'rnida, dunyo ishlarni ham o'z o'sha o'rnida qilish kerak. Ammo dunyo ishlariga berilib ketib, ozon aytyapsiz a, masjidda nima, dunyo ishi bitta qolsin deydigan kishilar bu soyada mahrum bo'lar ekan. Shuning uchun aytdiki, masjiddan chiqsangiz ishga, qalbingiz masjidda bo'lib turishi kerak. Vaqti bo'lmadimikin namozni? Ozonni vaqti bo'ladimikin? Degan narsa bilan qalb masjidga bog'liq bo'lib tursa, mana shu kishi Allohning soyasida bo'ladi deydi. To'rtinchisi, rojulari tahabba fillahi, ijtama ala ta'lika va tafarrua alayhi. Ikkita kishi Alloh yo'lida bir birini do'st tutgan, birodar bo'lishgan. Alloh yo'lidan aka uka bo'lgan ikki kishi va shu Alloh yo'liga jamlandi. Boshqa hech narsani maqsadi yo'q.

Birida pul bor, birida boshqa degan maqsad nazarda tutilmaydi. To'g'ri keldi, ikkisi birodar bo'lishdi. Ajralishgan vaqtida ham Alloh yo'lida ajraladi. Talashib qolib, tortishib qolib, urishib qolib. Bir birini g'iybat qilib, hozir ikki ming bir shunday bo'lib kelyapti. Namozxon namozxonni shikoyat qilib kelaveradi. Domla, bunday qiluvdim, unday qiluvdim. Qanday bo'ladi? Ikkini biri namozxonlar bir biriga nima qilyapti, shikoyat qilib domlalarni oldiga kelyapti. Ajralishligimiz juda xunuk bo'lyapti. Dunyo ishlarida talashib tartish ajrashyapti. Ana shuni aytdiki, oh ajrashsa ham, Alloh yo'lida ajrashadiganlar deydi. Mana shu kishilar nimada bo'ladi deydi, qiyomatda arz soyasida bo'ladi. Va rojunun zakaralloha xoliyn fafodat aynan. Bir kishi xoli joyda, hech kim ko'rmaydigan joyda Alloh Taoloni zikr qilib, eslab, oxiratni eslab, qattiq qilgan gunohlariga afsuslanib, yig'lab, nadomat chekib, fafaodat aynan shunchalik yig'laydiki deydi, ko'zi oqib ketadigan darajada yig'lagan kishi deydi.

Ba'zilar bizda ko'zni namlanib qo'yadi, namlab qo'yadi. U namlanish emas, shunchalik qattiq yig'lagan ishi, oxiratdin, qiyomat kunini o'ylab turib, qattiq yig'dlagan ishi Allohning qiyomatda arz soyasida bo'ladi deydi. O'tgan olimlarning bittasi aytadi, Abdulloh ibn Muborak rahmatulloh alayhni qanday qilib odamlarni ichida shuncha shuhratga ega bo'ldik, shuncha ilmga ega bo'ldik, deb deydi, taajjublanardim deydi. Abdulloh ibn Muborak. Bir kuni safarda birga bo'ldik. Shunda tunda deydi, chiroq o'chib qoldi deydi. Chiroq o'chsaganda deydi, ha, men chiroqni yoqish nimasida yugurib yuribdi. Shunda chiroq yoqilgan vaqtida qarasam, Abdulloh ibn Muborakni ko'zlaridan oqgan yoshi soqollarni ho'llab turibdi deydi. Shunchalik o'yladiki, qorong'u, qop qorong'u bo'lgan vaqtda qabrda biz shu qorong'ulikda yolg'iz o'zimiz bo'lamiz deganda.

Qabrda shunday qorong'u joyda yolg'iz o'zimiz bo'lamiz, shunda holimiz nima kechar ekan, degan fikrni o'ylab, oxiratni o'ylab yig'lab o'tirgan ekan dedi. Aytadiki, mana shu Allohning qo'rqishligi bilan mana shu darajaga yetgan ekan bu kishi deb aytdilar dedilar.

Demak, beshinchisi shu. Xoli joyda yig'lashlik. Odamlar bor joyda o'zini ko'rsatish uchun, xo'ja ko'rsin uchun emas, hech kim ko'rmaydigan joyda yig'laslikni aytdi. Shuning uchun o'tgan olimlar aytishadiki, o'ttiz yil, qirq yil ayoli bilan bir yostiqqa bosh qo'yib uxlardi deydi, lekin eri shu yostiqni ho'l qilib yig'lab, oxiratni o'ylab yig'laganligini yostiqni yo'l qo'yib yuborardi deydi, ayoliga bildirmagan deydi. Shunchalik maxfiy holatda hech kimga bildirmasdan yig'lab, Allohning qo'rqib yig'lagan kishilar Allohning soyasida bo'ladi, arsh soyasida.

Oltinchisi, varoq jilunda't vo imro atun va tuman sabin va jamal faqolainni ahvohulloh. Oltinchisi, judayam go'zal, chiroyli va mansabdor ayol, go'zal chiroyli va mansabi ham bor ayol. Ko'chada qolgan ayol emas da.

Shunday ayol o'ziga chaqirsa, kel men bilan birla bo'lgin, deb zino uchun, fohisha amal uchun chaqirgan vaqtda, bu men Allohdan qo'rqaman, men bu ishni qila olmayman deydigan kishi Allohning soyasida bo'ladi. Allohdan qo'shib shu amalni qilmagan kishi Alloh soyasida bo'ladigan kishilarning oldinisi. Yettinchisi, varojul in fasod taqabi sadaqatun fa axfa ha hatta ala ta'lam chumaluhu matun fi qiyaminuh.

Shunchalik yettinchisi sadaqa bergan kishi. Sadaqa ehson qilgan kishi. Bu ehsonni ham turlarini aytdi Payg'ambar alayhissalom. Sadaqa, ehson qilgan qishi. Sadaqasini maxfiy qildi. O'ng qo'li bilan bergan sadaqani chap qo'li bilmaydigan darajada maxfiy qilib bergan kishilar Allohning arzoyasida bo'ladi deydi. Sadaqani qilib qo'yib, masjidda e'lon qilib qo'ying demaydi.

Masjidda e'tibor qilib qo'qing, odamlarga bildirib qo'yish uchun. Bizda sadaqa bersak, birov maqtamasa, xafa bo'lib qolamiz. Aytmadi deymiz. O'tganda, qor yog'gan kuni edi. Bir onaxon vafot etibdi. Shuni tobutini ko'tarib, qabristonga ketayotgan edik. Qabristondan yuradigan yo'l yo'q qabristonga. Suv bosib ketibdi. Haligi suvda sakrab sakrab yuryapti odamlar. Endi toyg'oqda tayib, yiqiladigan darajada. Tobut bo'lsa shu yiqilishga sal qolib ketyapti tobut tepada. Eplat olib borildi qabristonga. Olib borgandan keyin men qabristonda aytdimki, birodarlar, hammamizni keladigan joyimiz mana shu qabr. Dunyo biz uchun bir vaqtinchalik imtihon hovlisi. Bir musofir kelsa, birovning uyiga, uyni hamma joyini remontlab ketmaydi yu. Qayeri buzilgan, qayer tushib qolgan, qayer tomi qanaqa demaydi. Keladi, bir kun, ikki kun o'tiradi, mehmon bo'ladi, ketadi. Biz dunyoga shundaymiz.

Mehmonmiz, bir kun, ikkita kunlik mehmon dunyoda. Ammo haqiqiy hovlimiz. Qabriston oxirat hovlisi. Buni yo'lini dedim, to'g'irlab qo'ysak bo'lmaydimi endi? Ha bu yuvilgan kafanlangan mayir birimizni qo'limizdan tushib ketsa, toyib yiqilsa, yerga loyga tushib, hamma yoq rasvo bo'ladi dedim.

Deganda keyin shu yerdagilardan biri shu qabristonni yo'liga tosh tashlabdi. Tosh tashlagan ekan. Juma namozida bir kishi aytdiki, domla, falon kishi dedi, boshqa kishini aytdi. Falon kishi qabristonga tosh tashladi, haqlariga bir duo qilib qo'ysangiz dedi. Mayli deb haligi kishining haqlariga duo qilsak, narigi toshni haqiqiy tashlagan kishi xafa bo'libdilar. Ha toshni men tashlagan edim, ha duoni boshqa odam olib ketib qoldi dedi.

E'lon qilishni yaxshi ko'radigan xalqmizda. A uni biz duo qildikmi, qilmadikmi, aytdikmi uni otini, aytmadikmi, Alloh uchun qilingandan keyin uni savobi yozilaveradi. Uni aytmasa gap. Shunaqa biz e'lon qilib, bildirib, kim qilganligini xalqqa tanitib turib, nima qilishni yaxshi ko'ramiz. Shuning uchun aytdikki, sadaqani biz inshaalloh sadaqa, odoblariga to'xtalamiz, uni keyinchalik to'xtalamiz degan maqsadimiz ham bor. Qanday sadaqa qilishni shu odoblariga to'talganda zikr qilamiz to'liqroq.

Ravvahu Abu Hurayra, inna havla l archi mana bir minnuring alayha qavmun, libasi hunur va uji hunur, lay suvi ambiya, yog'bi tuhumun nabiyun. Faqol u ya Rasululloh sifhum lana, faqolahumul mutahabbu nafilla, val mutajalih suv nafilla, val mo'tazaviru nafilla. Abu Hurayra radiya Allohu anhu rivoyat qilgan hadisda Payg'ambar alayhissalom aytdiki, qiyomat kunida arishning atrofida deydi, Allohnin arish kursisining atrofida minbarlar bo'ladi deydi. Mana bir minbarlar. Va bu minbarlarda, minbarlar nurdin bo'ladi deyil. U yog'ochlarning emas endi. Qiyomatdagisi hammasi lu lual marjon deydi Allohu Taolo.

G'ishlari, qiyomat kunning g'ishlari lulularda marjonning bo'ladi. Turpoqlari oltin, kumushdim bo'ladi deydi. Hozirgi kunga o'xshab turpoqni ustiga sajda qilgimiz kelmaydi. Lekin oxiratni, jannatni sifatlaganda, jannatda shunchalik narsalarni aytyapti. Hozir u yerda buncha oltin tashlansa, hamma yopishib nima qiladi. A jannatda u oyog'imiz tagida yotadigan narsa bo'lar ekan.

Shu minbarlar nurdim bo'ladi, deydi. Va haligi joyda shunday qovun bo'lib o'tiradi. Arishning atrofidagi, atrofida shu minbarlarda bir qovun bo'ladi. U qovunning kiygan liboslari, odamlarning kiygan libosari ham nur tarqatib sochib turadi dedi.

Shunda aytdiki, o'tirganlardan biri payg'ambar alayhissalotu vassalomga aytdiki, yo rasululloh kim ular? Va nima amal qilgan bular? Bularning o'tirgan joyini hatto payg'ambarlar orzu qiladi dedi. Shu joyda borib o'tirsam deb orzu qiladi deydi. Shunchalik joyiga payg'ambar arzu qiladi deganlarda, kimlar ular, yo rasululloh dedi. Bizga sifatini ayting, shu qavmni, nima ish qilishgan deganlarda payg'ambar sallalloh aytdiki, ular alloh yo'lida do'st bo'lishgan. Alloh yo'lida majlislarda birla o'tirishgan. Alloh yo'lida bir birlarini ziyorat qilib turgan kishilar berdi. Shuning uchun bizlar ziyoratga to'xtamoqchi bo'lganimizning sababi shu. Ziyorat bobiga to'xtalishimiz sababi shu. Nima uchun ziyoratni nima keragi bor endi? Shuncha ibodatlar turganda kelib kelib ziyoratni aytadi, ya bu, deydiganlar ham bo'lishi mumkin. Bu nima deydi, nazardan chekkada qolib ketayotgan masala bo'lyapti da. Odamlar shunchalik katta ajr savoblik amalni bitta chekkaga tashlab yuborib turib, bir bo'magur, bir fitnalik narsalarni o'rtaga qo'yib olib, bunday qilsa nima bo'ladi, unday qilsa nma bo'ladi deb bir biri bilan talashib, tortishib yotgan vaqtda, biz uni chekka qo'ydik da, eng katta savoblik amalda gapirishni iroda qildik, inshaalloh.

Qola rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Ma tahabba ihna ni fillahi illa akani ahabba illa akani ahabbuhumi ilalloh ashadda umuman hibbani sohibi. Ikkita kishi alloh yo'lida bir biri bilan birodar bo'lsa, do'st bo'lishsa dedi, allohga ularning eng seviklisi, alloh eng yaxshi ko'radigani dedilar.

Birodarini qaysinisi ko'proq yaxshi ko'rsa, shuni alloh yaxshi ko'rar dedi. Qaysinisi birodarini ko'proq yaxshi ko'rsa, alloh taolo shu birini ortiqroq yaxshi ko'taradi deydi. Qiyomat kunida Alloh Taolo aytadi deydi Payg'ambar alayhissalom. Qiyomat kuni Alloh Taolo aynan mutaxassis bu nabijalali, al yav ma'qul dil luhum fiy dil li yav ma'l adil la ila din li. Qayerda bular bir biri bilan Alloh uchun do'stlashganlar qayerda der ekan qiyomat kunida. Qani ular der ekan. Mening jalali, mening yuksakligim sababli, Alloh uchun, Allohning yuksakligi uchun do'sti tushganlar qayerda deyar ekan. Men ularni bugun soya yo'q joyda o'zim soyam bilan soyalantiraman der ekan. Alloh uchun do'sti tushganlar, ularning sifatlari boshqacha bo'ladi. Biz hozir ularga to'xtalamiz. Alloh uchun do'st tushganlarning sifatlari boshqacha bo'ladi.

Masjidda ko'rinmay qolsa, darrov so'raladi, ziyorat qilinadi. Namozda ko'rinmay qulsa so'raladi. Gohalarda Alloh uchun do'z tushganlar bir birlarini yaxshi amalga targ'ib qiladi. Yaxshi amallarga targ'ib qildi. Biz avvalam aytgan edik, masjidlarda arzimagan bir masalalar sababli, arzimagan bir masala sababli, masjid qavmi tarqalib ketadi. Bo'linib ketadi.

Demak, bu masjid qavimi alloh uchun bir birlarini sevmaydigan qavm. Agar ular alloh uchun biri birini sevganida, arzimagan masala uchun bir birlaridan o'ch olmagan bo'lardim. Shunda men shu masjidga borganimda, bir masjidga borganimda xuddi shu voqea bo'lgan edi. Shunda aytdim, sizlar bir birlaringlarni bu amaldan ko'ra, bundan yaxshiroq bir amal bor. Fitnalik emas.

Bomdod namozida ko'rmayapsiz, bittangizni telefon qiling. Birodar bomdodga azon aytildi, uxlab qoldingizmi deb uyg'oting. Kim shunday qilgan hozir? Biror odam bormi, masalan, bir masjidda qavmi bo'lsin, birodari bo'lsin, birla yurgan sherigi bo'lsin, misol kechasi kechroq uyiga qaytgan bo'lsa, bomdodga uxlab qoldi shekilli. Men uyg'otib qo'yay deb telefonni olib, birodar, bomdodga turing deydiganlar bormi?

Yoki bo'lmasa payshanba, dushanba kuni Payg'ambar alayhissalotu vassalom ro'za tutishlarga nima qilgan, chaqirgan. Shu kuni ro'za tutish sunnat amallaridan biri. Qaysinimiz misol, telefon qilib mana bugun ertaga payshanba, bir birodarimizga deb telefon qilib birodar, ertaga payshanda, birga ro'za tutsak, meni uyimda iftorlik qilsak, deb hamma o'zingiz ro'za tutasiz, ham bir odamni ro'za tutishga undab qo'yasiz.

A? Birodarchilik mana shunaqa bo'ladi. Oxirat ishlarida ta'avvannu alal bir rivot taqvo, va ta'avvannuhu alal ikki ming vala utvan. Yaxshilik ishlarida, taqvo ishlarida bir biringlarga ko'makchi bo'linglar deydi. Gunoh ishlarga, tajovuz qiladigan ishlarga ko'makchib bo'lmanglar deydi. Qaysinimiz, hozirgi aytgan narsani qaysinimiz qilyapmiz? Birodar birodar bilan shunaqa muomalada, shunaqa munosabatda bo'lyapmiz.

Biz o'qishda yurgan vaqtlarimizda xuddi shu narsalar birodarlarni ichida topilardi. Bomdod namoziga o'sha domda turgan bo'lsak, oyoq kiyimi tashqarida turadi. Oyoq kiyimda turgan bo'lsa, taqillatib, uyg'otib, bomdodga keyin ketardik. Bomdodga uxlab qolibdi shekilli deb uyg'otib ketardik. Va payshanba, dushanba kunlariga mana shunday ro'za tutib, birla bir birini chaqirib iftorlik qilishardi.

Qola Abdulloh ibn Umar va Allohi lausum tun nahara va la la ufti va qum tun la ila la anam va la vaun fi qumali jamiyat. Amu tuya ma'amutu valay safiqal bih. Huk dunli ahli ta'atillahi va bug' dunli ahli mas'iyatillahi ma'nafa anidani kashaya. Abdulloh ibn Umar radiallohu anhu aytadiki, Allohga qasam bilan aytaman. Allohga qasom bilan aytaman deydi. Agar yil davomiy ro'za tutsam iftorlik qilmasam deydi. Har kuni ro'za tutsin. Yil davomiy rosa tutsam iftorli qilmasdan va kechalari uxlamasdan namoz o'qisam deydi. Va jamiy qo'limda bor ma'lumni Allohning yo'liga sadaqa qilsam, lekin Allohning toatida yurgan odamlarni yaxshi ko'rib, namoz o'qiyotgan odamni yaxshi ko'rub, gunoh qilayotgan odamlarnni yomon ko'rishlik qalbimda bo'lmasa, menga shu qilgan ibodatim qiyomatda foyda bermaydi debdi. Menga shu qilgan ibodatim qiyomatda foyda bermaydi dedi. Bizda teskarisi, aroq ichib, yomon yo'lda yurgan odamlarga sal achchig'imiz chiqib, to'xtang, bu yaxshi yo'l emas, keling masjidga deb bir og'iz aytmaymiz.

Ammo masjidda bir odamni ko'rsak, arzimagan masala bilan yoqa ushlab tolashamiz, tortishamiz. Arzimagan masala bilan. Abdulloh ibn Umar aytdilarki, shuncha qilingan ibodat qiyomat kuni foyda bermaydi dedilar. Man ahabba, man ahabbalillah va abg'adolillah va atolillah va man alillah faqat istakmalal iyman. Kim Alloh uchun yaxshi ko'rsa, Alloh uchun yomon ko'rsa. Biz birovni yomon ko'rib qolsak, bo'lmagur odam ekan, yaramas ekan deymiz, ehtiyot ku deymiz. Nimaga? Pul masalasi keladi yana. Yo bo'lmasa dunyo masalasi bilan aytilinadi. Biron marta bir odam bo'lsa, ajrashyapti ko'p odamlar. Xotini bilan ajrashyaptiyu, boshqa bo'lyaptiyu, domlalarini oldiga keladi. A? Biron marta, birontasi meni kelinim namozga aytib buyursam, namoz o'qimadi, shuning uchun ajrashyapman demaydi.

Yo bir narsa qilolmadi, dunyo ishlari o'rtaga tushadi. Hammasi shunaqa. Kim Alloh uchun yaxshi ko'rsa, Alloh uchun yomon ko'rsa, bir narsa bersa ham Alloh uchun bersa, bir narsani bermasa ham Alloh uchuni men uni bera olmayman sizga desa, a? Masalan, bir odam kelib turib, aroq ichadigan odam bugun shu bosh yangrab turibdi. Yuz grammga cho'ntakda pul yo'q. Bering desa, Alloh uchun men buni bera olmayman. Harom narsaga bera olmayman desa, mana shunday qilgan odam dedi, iymoni mukammal kishi deb dedilar. Iymon mukammal bo'lish uchun mana shu narsalar zarur ekan.

Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytdilarki, salatun man kun nafiyhi vajada halovatul iyman. Uchta narsa kimda topilsa, uchta narsa, kimda topilsa iymonning halovati, lazzatini topibdi dedi. Iymonning lazzatini topipti dedi. Birinchisi, ani yakun alloh va rasuluhu ahadda ilayhi minmas i va hukumi. Alloh va rasuli unga boshqa barcha narsalardan sevikli bo'lishligi kerak. Alloh va rasuli, Allohning va Payg'ambarini jamiy narsadan ko'ra ortiqroq ko'rish kerak, sevish kerak.

Yaxshi ko'rishlikning o'zining sifatlari, qanday qilsa yaxshi ko'radilar, qanday qilib yolg'onchi yaxshi ko'ruvchilar. Biz deydi, me'yrimiz toza deydi. Jannatga sen kirasanmi, men kiramanmi deydi. Yaxshi ko'rsang Allohning Payg'ambarini yaxshi ko'rsang, aytganini qilasan. Alloh va Payg'ambarimni yaxshi ko'rmasang, aytganinini qilmaysan. Shunda ma'lum bo'lib turibdi.

Vo ahab va nuhib bar maral la yuhib byullalillah. Ikkinchisi, iymonning halovatini tortadigan kishilar, iymonning lazzatini topadigan kishilar bir kishini yaxshi ko'sa ham Alloh uchun yaxshi ko'radigan kishilar. Alloh uchun bir kishini yaxshi ko'rsa, Alloh uchun yaxshi ko'rsat, shunda iymonni lazzatini topadi dedilar. Uchinchisi, yaqra an yauda fil kufr badan an qadahullohu minhuk. Alloh Taolo jahannamdan saqlaganidan keyin, kufrdan nima qildi, saqlaganidan keyingi, unga qaytishdan qo'rqadigan kishilar edi. Kufrni saqlagandan keyin, qaytib gunoh ishlarni qilmaydigan kishilar dedilar.

Ikkinchi odobi birodarlashlik. Birodarlarning bir biri bilan bo'layotgan odoblarning ikkinchisi qado ul havo ich vot tafoqu dil ixvon. Nima deydi? Hojati bo'lsa, birodarning sizda hojati bo'lsin, hojatini o'tashlik. Agar birodaringiz ko'rinmay qolsa, qayerga ketdi deb so'rab surishtirish. Ba'zilar o'lib qolganini ham bilmaydi. Birodar birodar deb yuradi, bir yildan keyin ko'rinmay qoldi desa, o'tgan yili u qaytib chiqib ketganday edi. Shunchalik darajada da, Payg'ambar alayhissalotu vassalom har kuni jamoatni holidan xabar olib turardi.

Mana mashhur hadisda kechagi aytgan hadisimizda, o'tgan darsda aytgan hadisizda, nima dedilar? Haligi Payg'ambar alayhissalotu vassalom majlisda o'tirgan vaqtlarda, it talaa alayna roj ulin biya russiya biya russava dushshar dedilar. Shu o'tirsak, tasodif bizning huzurimizga oppoq kiyimlik xo'p, qora sochlik bir kishi ko'p keldik. La yaxri fu humi na ahayr. Bizdim birontamiz u kishini tanimasdik dedi. Tanimasdik degani, demak, hammasi bir birini shu vaqtda tanishgan da. Hammasi bir birini tanishgan.

Boshqa odam kelganlarida, ha buni qayerdan keldikkin deb tanimay qolganlar. Xolidun xabar olib turgan, so'rab turgan, qayerda qoldi, qayerda ko'rinmayapti deb bir birini xol dun xabar olib turishlik. Bu yerda juda gap ko'p, lekin shularga bir qator to'xtab o'tamiz. Yaquli, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ahad bun nas ila alloh angfa umlin nas" insonlarning hojati bo'lsa, hojatini o'tashlik, birodarlik. Bizda agar bir odam bilan birodarlashsangiz, keyin bir oydan keyin hojatingizni aytsangiz, haligi odamni topib qo'yasiz. Ha deydi, bu deydi, bir narsa so'rash kerak edi, nima qilibdi deydi. Bo'ldi, haligi birodarni yo'qotasiz shu kuni. Shuning uchun hozir birodar bo'lganlarga kuningizni tushirmang. Mashaqqatingiz bo'lsa ham ichingizga yutib yuraverasiz. Agar birodar ekan deb turib bir yorilib ko'ring a? Sharmandangiz chiqadi.

Birodarlar hojatlarini, bir birini hojati bo'lsa, bir biri muhtoj bo'lib qolsa o'tashlik. Mana ularga to'xtalamiz. Alloh eng yaxshi ko'radigan kishilar, odamlarga manfaati tegadigan kishilar deydi. Yordami tegadigan, manfaati tegalagan kishilar. Amallarning Allohga eng suyuklisi, amallarni ibodatlarni eng suyuklisisi, sururun yudixil hu ala muslim. Musulmonning qalbiga soladigan xursandchiligingiz Alloh eng yaxshi ko'radi ibodat. Eng yaxshi ko'taradigan ibodat bir kishining qalbiga xursandchilikni solish. Mashaqqat qiynalib turibdi birodar. Yo qarzi bor, to'lay olmay turibdi. Birov kelib uni qistab turibdi qarzini. Shu vaqtda borib haligini to'lab qo'ysangiz yoki shuni qiynalib tursa xolidun xabar olsangiz, shunday xursand bo'ladi haligi kishi. Mana shu xursandchilik Allohning huzurida eng yaxshi amallardan hisoblanar ekan. Eng yaxshi amalardan. A u yaxshi fan hukurba yoki bir g'am tashvishini undan ketkazishlikka yordam bersangiz. Avu yaqin ve anhu dayna yoki qarzi bo'lsa, qarzini o'tab bersangiz dedilar.

Li an amshi ma aqiy fii haja, ahabbu ilayna ilayya min an aqaka fii ha ila ilmasjid shahro. Bir birodarim bilan shuning hojatini o'tashlik uchun bir ish bor. Shuning ishini bajarib berishlik uchun. Yoki bo'lmasa, biror narsaga siz uni qo'lidan kelmaydigan ish sizni qo'lingizdan kelar ekan, sizga iltimos qildi. Shu ishni bajarishlik uchun yursangiz deydi. Birodaringiz bilan birga borsangiz, Payg'ambar alayhissalotu vassalomning masjidida bir oy e'tikofda o'tirgandan ko'ra shu afzaldir deydilar. Bir oy Payg'ambar ayyosalon masjidida e'tikofni bilasizlar. Masjiddan hech qayoqqa chiqmasdan, yeb ichib, masjidda tahoratini qilib, namoz o'qib bir oy ibodat qilgandan ko'ra, birodarning hojatini o'tab qo'yish afzaldir dedi. Bizlar birovning arzimagan masala bir odam mashinasi yo'q.

Bannesiyaga olib borib keling chi desa, biz aytamizki, benzin mushkula deymiz. Benzin problema. Yo'q, benzinni ham qo'yib beraman desa, vaqtim yo'q deymiz. Yo'q, endi qo'ymay iltimos qilsa, borib kelgandan keyin, e, bugungi u kunim zoya ketdi, bekor ketdi deymiz da. Shuncha ishim qoldi, shu bir odamni deb deymiz. Bir odamni deb shuncha ishim ketdi deymiz. Ana shu vaqtda bizlar yaxshi niyat qilib, Alloh Taoloning shuncha savobi bor ekan, shu odamning hojatini o'tab qo'yishga shuncha savob bor ekan deb, birla borib birla kelsangiz, Payg'ambar alayhissalomning masjidlarida bir oy e'tikofdan afzal keladi. Yana aytdilarki, man kana fii hajati aqhiy hik anallohu, man kana fiy avni aqhiy hikan allohu avni. Kim birodarining hojatida bo'lsa, birodarining yordamida bo'ladigan bo'lsa, dedilar, Alloh Taolo uning yordamida bo'lladi deydi. Bir odamga, demak, bir kuningiz zoya bo'lsa, bir kuningiz bir odam uchun hojatini chiqarish, bir birodaringizni hojatini chiqarzish uchun ketgan bo'lsa, biz shuni niyatni to'g'irlab qo'ysak, Alloh Taolo bizning yordamimizda va bizga ko'makchi bo'lar ekan.

Bitmayotgan ishingiz bo'lsa, boshqa bo'lsa, hamma narsaga Allohdan avval yordam, o'zi yordam berar ekan. Ilm u asad bilmal ma'l ah ala ta'la atmarotib. Endi hojat o'tashlik har xil bo'ladi. Eng avvalo birovning hojatini mol bilan o'tash mumkin. Mol bilan yordamlashlik. Mol bilan yordamlashlik uch martaba, uch pog'ona, uch daraja bo'ladi deydi. Mol bilan. Bir birodarga yordam berishlik, molingiz bilan yordam berish uch xil bo'lar ekan. Birinchisi, eng pasti. Eng darajasi pasti.

An tun zilah u manzilati abdika va xodimika va xodimikaka. Fataqum bi hajati min fotihamalik. Birodaringni deydi. Sen uyingdagi bir xizmatkorga o'xshab yoki bo'lmasa bir quling, uyingda bir quling bo'lsa yo bir xizmatching bo'lsa, shu xizmatchiga yeb ichib, o'zingdan qolgan narsani keyin bunday tashlaysan deydi. Xuddi shunday qilsang deydi, mana shu darajada ko'rish kerak. Birodaringizga yeb ichib, hozir o'zingizdan keyin qolib ketsa, endi qolib ketyapti, mayli shu birodarimga berib yuboray deb berib yuborsangiz, mana shunday darajada bo'ladi deydi. Eng pasti shu ekan.

Biz hozir bermaymizmi? Qolib ketyapsa ham aytamiz, olib qo'y deymiz. Bir kunga yarab qoladi deymiz. Nima qilasan begona qilib deydi. Yeb ichganingizdan ortib qolganini birodaringizga bersangiz, bu eng past manzilati bo'lar ekan, birodarchilikni. Ammo birodar kelib shu ortib qolibdi sizga, agar sizga yaroqliq qilmasangiz, siz kerak qilmasangiz menga bersangiz deb so'rasa, birodarchilik eng nuqson, noqis, eng birodarchilikka nima qildingiz deydi, halal qildingiz. Ya'ni birodarchilikni ado eta olmagan bo'lasiz deydi. So'rashidan avval berib yuborsangiz, bu eng pastki ekanda. So'ratsangiz, birodarchilik yo'q degani ekan. Ikkinchi manzilati, ikkinchisi, bundan sal yaxshiroq a? Antun zin manzilota nafsika, vator doli mushara katix, iak, fimalik.

Birodaringizni xuddi o'zingizni qanday ko'rsangiz xuddi shunday bo'lish. O'zingizga bir misol aytaylik endi. Bir buqa yetaklab kelsangiz, birodaringizga ham bitta buqa yetaklab kelsangiz. O'zingizni bir sigir yetaklab kelib, bir ichak sutini desangiz, birodaringizga ham qo'shib olib kelasiz da. Mana shu birodarim ham uyida sigiri yo'q edi, u ham ishsin, bolalari bor, farzandi bor deb yetaklab kelsangiz, o'zingizni qanday ko'rsangiz, uni shunday ko'rsangiz, bu ikkinchi manzilati ekan. Unday ko'ra olmaymiz dedim. Yuristmi? Uchinchi manzilati endi bu biz aytadigan manzilat emas da. Bizga uyat. Uchinchisini aytish. Bilib turibsizlar a? Uchinchisini aytsak, hammamiz sharmanda bo'lamiz. U eng oliysi, eng yuqorisi, an tofirah u ala nafsik va tuqqat dema hajatah u ala hajatik. O'zingdan ortiq ko'rishing.

O'zingga bir sigir kerak. Bola chaqanga nima qilish kerak? Sutini ichish kerak. Lekin birodaringni eshitding, sigiri yo'q, suti yo'q ekan. Mayli, men keyinroq olib icharman. Birinchi shu ishsin deb birodarga yetaklab borish. Endi uni hech kim qilmasa kerak a? Birodaringizni yetaklab borsangiz, o'zingizdan ortiq ko'rishlik uni. O'zingizni ortiq darajada ko'rishlik deydi.

Bizning birodarchiligimiz, birodar assalomu alaykum deyotganimiz hammasi qaldaki, yuzaki, yuzaki va o'zbekchilik. Mana shunaqa birodarlik. Endi haqiqiy birodarlarning haqiqiy birodarlarning hayotiga qaytamiz. Shularning haqiqiy birodarligini qarang. Ta fiy tarixiy bag'dodil il hattibil bag'dodiy an na fath hannin musidiy ja ila man zilisodiy qilmahu yuqol u is et tamar. Falon yajik bu tarix ul bag'dod degan bir kitob bor. Bu hattibil bag'dodi degan kishi yozgan. Tarix bag'dod degan kishi. Nimani, kitobni hattibil bag'dodiy degan kishi yozgan. Shu kishi shu kitobda aytyapti. Birodarlarni, o'tgan birodarlarni. Bizlarni zamonamizda emas.

Aytadiki, fath, fath almavsiydiy degan kishi deydi, o'zining birodarining uyiga keldi deydi. Bir do'stinikiga keldi. Uning ismi iso tammar deyilar ekan. Iso tammar degan kishining uyiga keldik. Kelib qani desa, uyidan xizmatchisi chiqib aytdiki, uyda emas dedilar debdi. Cho'ri, xizmatchi bo'lganda cho'ri. Uyda emas dedilarda debdi. Qul bo'lib ishlaydigan kishilarda. Uyda emas dedi deganlarda aytibdiki, ha, axirji ila ilaga so'nggi o'qi axiy debdi. Birodarimni pul turadigan so'nggi oling chiqing menga debdi. Pullar, nimalar turadigan. Sevibdi endi hozir. Olib chiqing debdi. Deganlarda haligi chuvrisa shunday olib chiqqan ekan, qo'lini tiqibdi da, shu yerdan ikki dirhamni olibdi. Ikki dirhamni ham olib, ketibdi. Bo'ldi, olib kelib qo'yavering debdi. Keyin Fathul Musayevni uyiga kelibdi. Kelganlarida haligi chuvrisi aytibdiki, sizni falonchi izlab keldilar debdi.

Isatdan Marv uyiga kelganlarida aytdiki, sizni Fath izlab keldilar. Shu sandig'ingizni olib chiqdim, ikki dirham olib ketdilar deganlarida xursand bo'libdi da aytibdiki, Allohga qasam kiy debdi. Agar aytayotganing rost bo'lsa, Alloh uchun seni ozod qilaman debdi. Aytayotgan ing rost bo'lmasa, Alloh uchyun seni ozod qilib yuboraman, qullikdan ozod bo'lasan debdi. Shunday olib sandiqni ichidagi pullarni sanasa, ikki dirham kam chiqibdi. Alloh uchun ozod qilib olibdi.

Endi biz birodar kelib, so'rovsiz, savolsiz kelib, sizni santug'ingizdan olib chiqib ketdi. Endi hozir kelib ayolingizdan mingta gap ketsinchi biri. Ayolni talab qo'yib yuborasiz. Meni so'ramay berib yubordingmi deysiz. Nodon, talab qo'ydim deysiz, senday ayolni deysiz.

Shundaymi? Bilishmi? Alloh o'zingizni saqlasin. Alloh o'zingiz saqlasin. Ja aruch min ila bi yurara. Qola innay urelu an huvohiy kafillar, faqora atadillay man haqquli xoq. Qola ashnay. Qolam takuna anna takuna ahoqqa bidinglarika, vadir hamma kaminnay. Qolalam avlu halihin man silabam. Qola fathab annay. Bir kishi. Abiy hurayra robiyallohu anhuning oldilariga kelibdi. Abiy Hurayrani bilamiz a? Eng ko'p hadis rivoyat qilgan kishilardan biri. Shu kishining huzurlariga kelibdi da aytibdiki, men siz bilan Alloh yo'lida aka uka bo'lmoqchiman debdi. Do'stlashmoqchiman deb. Aka uka bo'lib do'st bo'lamiz degan ekanda birodarlik haqqini bilasizmi? Dedilar. Birodarlik bo'lsangiz, birodarlikning haqqini bilasizmi deganlarda, yo'q, o'rgating nimadir debdi. Siz dinor vodorhamingizga, ya'ni pulingizga, mendan ko'ra haqli bo'lmaysiz debdi.

O'zingizning dinor vodorhamigizga mendan ko'ra xaqli bo'lmaydi, ya'ni mendan qizg'anmaysiz hech narsani deganda. Tayyormisiz deganlarda bu manzilatga hali yetganim yo'q debdi. Deganlarda unda meni yuzerimdan keting degan ekanlar. Bu manzilatga yetmagan bo'lsangiz, u birodarlik noqis bo'laveradi. Arzimagan pul uchun urishib qolaveramiz da, hozirgi kunimizga o'xshab. Ana shu manzilatga yetgan vaqtimizda, pul biz ororimizda, bizning oromizda pul nima qilolmaydi, vasvasa bo'lmaydi. Pul muammosi bo'lmaydi, Ali ibn Husayn radiallohu anhu qolali rojuring hal yad duxul ahadukum yadahufi kun kunma ahiyhi va kiycixi faya fur minhum may yurid duvayri endi qolalar qori falastinbex bexua. Ali ibn Husayn aytadiki, jamoatga shunday savol debdi da. O'zining davrida, o'tirgan jamoatlarga qarab aytibdiki, sizlar debdi. Hozirgi kunda birodarmisizlar deganda, birodarmiz deyish.

Qo'lingizni debdi. Birodaringizdan so'ramay turib cho'ntagiga solib yoki uning kiyisidaydi o'sha pul turadigan nimasiga, kashalogga deylik solib debdi. Shundan xohlaganini olaverasizlarmi degan ekan, yo'q, so'rab olamiz degan ekan, birodar emassizlar debdi. So'raysanmi debdi, birodar emessan debdi. Shunchalik darajaga kelganingda o'shanda birodar bo'la olasan deganda.

Qola ahadugum ila tolobda men axi ekanman ham faqolama tasnavi hid faqol faqadda ha ba haqul ihom. Ba'zi olimlar aytgan ekan, agar birodaringdan kelib mol so'rasang, pul so'rasang, menga pul kerak bo'lib qoldi deb so'rasang, nima qilasiz desa, u birodar emas, undan burilib ketuvdi degan ekan. Nima qilasang deb so'rasa, pul kerak bo'ldi degan vaqtda so'ramasdan shunday berib yuborsa, unda birodar bo'ladi degan ekan. Nima qilasiz pulni? Qachon qaytarasiz endi? Deb darrov haliginaqa qilsa, demak u birodar bo'lolmaydi degan ekan.

Ka'na ala masrouqun daynun saqiydi. Va ka'na ala haqiqiy hayfama daynuni. Masrouq degan kishi bilan hayfama degan kishi bo'lgan. Masrurug' bir kuni o'tirib, falon joyda qarzim bor edi debdi. Shunda hayitamaga aytganda. Hayitama uni eshitgan. Masrurug' ham odamlardan eshitibdiki, Hayitamani ham qarzi bor ekan degan. Shunda Hayitama o'zining qarzi bo'la turib, Masrurug'ning qarz olgan joyiga borib, qarzni to'lab ketibdi. Masrur bo'lsa, shu kuni bu ham borib haligi o'zida qarz bo'la turib haligini qarzini to'ladi. Ikkovi ham keyin qarziga o'zini qarziga kelsa, seni qarzingni Masrur to'lab ketdi deyapti. A bunga esa senikini Hayitama to'lab ketdi, deyapti. Ya'ni qarzni bo'la turib o'zida birodarlarning qarzlarini ado etishga shoshilishgan ekan.

Shunchalik darajaga yetish kerakki, deydi, birodar bo'laman degan kishilarning nimasi shunchalik darajaga yetishi kerakki, Ka'na imom Ahmad yaqulu innila ulqi mullaqma aham fiy min ishvati fa ajilu ta'maha fiy xalqi. Ahmad ibn Hanbal aytgan ekanki, men birodarimga bir luqma beraman, bir luqma taom beraman, bir luquma narsa beraman. Shu shuni yegan vaqtida uning ta'mini, lazzatini men tomog'imda tatiyman degan ekan. Birodar yegan vaqtida, birodar boyigan vaqtida, birodar kiyingan vaqtida xursand bo'lish da. Haqiqiy siz bir lazzatlangan bo'lish. Bizda qadam mashina oldi ekan deysiz. Nima qilyapti ekan bu deysiz? Nimaga oshib ketyapti bu deysiz? Bizda hasad bor. Ko'ra olmaslik bor. Birodarning oyog'ini tortish bor bizda.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bilan Abu Bakr roziyallohu anhu hijratda Makkadan Madinaga kelgan vaqtlarda ikkovlari birga kelgan. Yo'lda kelayotgan vaqtlarda nima Ummu Ma'bad degan ayolning, Ummu Ma'bad devgan ayolning chodirlariga kirgan. Chodirlariga kelishgan. Kirganlarida haligindan sut so'raganlar. Ikkovlari ham chanqagan. Abu Bakr endi odob bo'lib turibdi. Chanqoqdan. Shuncha qattiq chanqab turgan vaqtda umma ma'mat suv topib keldilar. Abu Bakr oldilarida Payg'ambar alayhissalomga berdilar.

O'zi chanqab turib, Payg'ambar aleyhissalomga berganlarida Payg'ambarni alayhissalom eshitdilar, fasharip, fasharip fasharip xatta ertavaytu dedilar. Payg'ambar ayyusul alayhissalom ichdilar, ichdilar, ichdimlar, hatto men chanqoqdanday to'ydim dedilar. Hali ichmay turib Payg'ambar alayhissalomni haligi ichganini ko'rib qiynalib kelayotgan vaqtda bu kishi ham joni qiynalganda birodarni ko'rib. Payg'ambar aleyhissalom ichib bir rohatlangan vaqtda bu qishi ham Allohga shukur ey deganda. Buni misoli, bolangiz qattiq temperatura bo'lib, ismalab og'rib yotsa, xuddi siz ismalagandek og'rib turasiz. Bolangiz kula boshlagan vaqtda, siz sekin haligi nima ketadi, sizdan og'riq ketib, xuddi sizni sog'aganday bo'lasiz. Birodarlik xuddi shunday bo'la bilishi kerak da. Xuddi shundan bo'la bilsa, ana unda haqiqiy birodar deyiladi.

Uchinchisi, husnuddin va qabr iz zohir, yaxshi gumon qilish birodarlarga. Va zohirini biz qabul qilaveramiz birodarlar bilan. Zohirida aytgan gapini, zohirisini qabul qilamiz. Biz ularni ichini yorib, qalbini ochib tekshirmaymiz. Qanaqa sizni e'tiqodingiz, aqidangiz qanaqa? Siz qanaqa nimadasiz? Deb tekshirmayapmiz. Biz zohirini ko'rinishini qabul qilib ketaveramiz.

Alloh subhanah u va taolo yomon gumon qilishdan saqlanishi kerak. Yomon gumonlarga, yomon o'yga yetishdan saqlash kerak. Alloh aytayaptiki, ya yuhallang, e mana shu taniy bu kafiro mena zonni imna ba'va zonni ism. Vala tachassa suv, vala yaftabba butun davo. Ey iymon keltirganlar, ko'p gumonlardan cheklaninglar deydi. Ko'p gumonlarni yomon gumon qilib shlikdan cheklaninglar dedi.

Qaydan topib kelyapti ekan. O'g'irlab boyiyapti shekilli bu. Undaymi, bundaymi deb gumon qilaversangiz, gumonga gumon qo'shib ketaveradi. Shuning uchun ko'p yomon gumonlardan cheklaninglar. Ba'zi gumonlar, gumon qilishliklar gunoh bo'ladi deydi. Payg'ambar alayhissalom gunoh bo'ldi dedilar. Yana boshqa oyatda, ba'zi kishilar hali o'zini ko'rmay turib, o'zi bilan gaplashmay turib, bir odamlarni g'iybat qilib, shu odamlarga hukm chiqarib qo'yadi.

Falon domla bunaqa ekan, falon odam bunaqa ekan deb, hali o'zini ko'rmay turib hukmlar chiqaradi. Falonchi adashgan ekan. Falonchi bid'atchi ekan. Falonchisi unaqa ekan, palonchi bunaqa ekan dek turib, hikmat qilib qo'yadi? Avvalo o'zini ko'tarish kerak. O'zi bilan yuzma yuz gaplashish kerak. Siz qanaqa o'rgangansiz, nima narsani da'vat qilyapsiz siz, deb so'rab, aniq bilib, ana undan keyin yukim chiqarishgan. Alloh subhanahu va qur'on karimga aytyaptiki, ya yuhalladin, a, mana injihatun falsihun minaba in fata bad'inu. Antusibu qom man bechahala fatus lihu alam man faltun nadimin. Ey iymon keltirganlar, sizlarga bir fosiq kishi xabar olib kelsa, uni aniqlanglar deydi. Bir odam bir xabar olib kelsa, ma'murjonni darasiga borishga bo'lmas ekan.

Bu kishi bunaqa ekan desa, aniqlanglar. Nima uchun bo'lmas ekin? Qayer bo'lmas e kan? Aniqlanglar. Kelinglar, so'ranglar mendan. Alhamdulillah, jon, Alloh bergan joni bor ekan, gapiryapmiz. Aytamiz, qayeri qanaqa ekan? Shunday desa bo'ldi, qochib yuravermas kerak da odam. Alloh Taolo aytdiki, aniqlanglar, bir fosiq odam xabar olib kelsa, aniqlanglar. Bir qavmga o'zinglar bilmay turib bir musibat yetkazib qo'yib, keyin qilgan narsanglarga attan qilishsin avval dedi. Bu oyat, Ijro surasidagi kelgan oyat, bu oyatning nozil bo'lishligi, ya'ni oyatning tushish sababi, har oyat bir sababga ko'ra tushgan Allohning huzuridan. Bu oyatning tushish sababi, Xorif ibn Viror il Huzayi degan kishi, Xorif, Xorif i bin Viror al Huzayi degan kushi, Payg'ambar alayhissalotu vassalomning huzuriga keldim deydi.

Islomga da'vat qildi, Islomni qabul qildim deydi. Zakot berasiz dedilar. Zakotga da'vat qildi. Zakot fariz dedi. Qabul qildim dedi. Bo'ldi. Zakot bo'lsa beramiz dedim dedi. Shundan keyin aytdimki, yo Rasululloh, ruxsat bersangiz men qavmimga borsam, ularni da'vat qilsam, iymon keltirgan kishilarni zakotlarini yig'ib, sizni kutib o'tirsam. Falon kuni siz odam jo'natsangiz, shu zakatlarni sizga yuborsak dedi. Payg'ambar alayhissalom bo'pti dedilar.

Keyin shu kuni al Valid ibn Uquba degan kishini, Valid ibn Uqubo degan kishini Payg'ambar aleyhissalom xolisni zakatini olib keldi deb jo'natdilar. Zakatni olib keldi, odam jo'natdi. Bu kishi Validiy ibn Uquba bilan xolisning orasida avval islomga kirishdan avval kelishmovchiliklar bo'lgan ekanda. Bir birini ko'ra olmaslik, ozgina shunaqa narsa bo'lgan ekan. Bu kishi yo'lga kelib, bir yo'lning yarmiga kelganlarida shu narsani eslatdi da, hozir borsam meni nima qilsa, dedi. Menga qasos olsa chi, dedi. Qo'rqitilarda yo'lni yarmidan qaytib kelibdi. Yo'lni yarimidan qaytib keldi.

Qaytib keladida, Payg'ambar alayhissalom qani zakat dedilar. Deganidek, Rasululloh, ular dedi, zakatni berishmadi dedi. Meni dedi, haydab yubor dedi. Zo'r g'alatdan qutulib kelyapman, o'ldirishay dedi dedi. Meni o'ldirishlay dedi dedi. Payg'ambar aleyhissalom qaradida aytdiki, tez askarni jamlanglar dedi. Bular xiyonat qilgan bo'lsa, biz bularni bir ta'zirini berib qo'yamiz deb askar yubordi Payg'ambar raisiqdan.

Askar kelsa, ba'zi rivoyatlarda bomdod vaqtiga yetib keldi deydi. Kelsa, bomdodga azon aytyapti. Shunda aytdiki, qanday bo'ldi bu? Ular musulmon. Bularga qanday urush qiladi bularga? Musulmonlarga. Azon aytyaptimi, namoz o'qiyapti. Bizni hozirgi kunda ham ba'zi kishilarimiz bor.

Shu jihod deydi, boshqa deydi. Ha ozon aytilayotgan joylarda, mahallalarda, ha, shaharlarda shu narsa qilinmaydi. Shunda keldilar aytdiki, bular ozon aytyapti musulmonlar deydi, kutdik, bomdod namozi o'qildik, bomdoddan keyin kirishdi. Kirib xolisni shunday o'rab olishdi. Nimaga keldinglar deganida. Payg'ambar alayhissalom yubordi. Sen kecha zakovning mani aytibsan va valid ibn uqubani o'ldirmoqchi bo'psan dedi. Payg'ambar alaysalomni oldiga olib kelishdi. Olib kelganda aytdiki, yo rasululloh, kecha kunim bilan biz zakovni yig'ib qo'yib, sizlarni kutib o'tirdik, lekin hech kim kelmadi dedilar.

Hech kim kelmading dedilar. Shunda validga qaradi payg'ambar aleyhissalom. Valid ibn uqbaga qaradilar. Valid ibn quba meni quvib yubordi deyapti. Kimga ishonishni bilmaydi payg'ambar yasag'on. Shunda alloh taolo shu oyatni tushirdi. Ey, iymon keltirganlar, sizlarga fosiq xabar olib kelsa, avval uni aniqlanglar degan oyat tushurdi. Valid ibn uqbani fosiq deb ismlatdi.

Shu yolg'on xabar olib keldi, musulmonlarni bo'lib yuboradigan darajaga keldi. Hozirgi kunimizda ham falonchi bunday, tuguncha bunday, u bunday, bu bunday, bo'linib bo'linib ketyapti. Musulmonlar bo'linib, bo'linib ketyapti. Bunaqa xabarlarni o'ziga kelib, aniqlamaguncha ham ishonishga bo'lmaydi. To'rtinchi birodarlik odoblari, to'rtinchisi al hilafu fil ma'sa il yajibu an la yu adli ila hikulafil fil u. Ba'zi bir masalalarda ixtilof bo'lsa, ba'zi bir masalalarida, fiqhiy masalalarda, furu'a masalalarida ixtiloflar bo'lsa, bu ixtiloflar, ya'ni ikki xil gap kelgan, ikki xil ulamolarning fikrlari bo'lgan. Shu siz bir olimni fikrini aytsangiz, bu kishi bir olimni fikrinini aytsa, aytsa, bu narsa qoliplarning ixtiloflashib ketishiga, qoliplar bir biridan uzoqlashib ketishga sabab bo'lmasligi kerak. Sabab bo'lmaligi kerak. Ba'zi olimlar aytadiki, shofiy rahmatulloh alayhini ko'rdim.

Ixtilof tu'ana vafiy masala. Men bilan u kishi masjidda o'tirib, bir masalada ixtiloflashdik. U kishi bir narsa dedi, men boshqa narsani aytdim. O'rtada ixtiloflashtik. Ertasi kuni masjidga kirgan vaqtda haligi kishi endi, kecha men bu bilan talashganman degan narsa bo'ladi yu. Bizda ham shunday. Talashib qo'ysak bir odam bilan, ha, bu bilan talashkanman degan narsa bilan yuramiz. Shunday kirgan edilar, shofir Ahmadulloh alayh yugurib keldilar da, qo'limni mahkam ushladi dedi. Qo'limni Mahmud ushladi dedi. Keyin aytdiki, iva kunna ixtalafna fiy mas'ala ala yasa'una annaqa ahavoy ne mutahadbe. Agar bizlar bir masalada, biz bir masalada ixtilohlashgan bo'lsak, bir masalada talashgan bo'lsangiz, lekin biz Allohning dinida birodar bo'lib, aka uka bo'lib qolishimizga nima narsa xalaqit qiladi deymiz. Biz birodar bo'lib qolaveramiz. Siz bu masala, bu masalani aytgan bilan biz birodar bo'ib qolaveramiz dedilar.

Alloh Taolo Fur'onida aytdiki, vala tanay za'u. Fataf shaluv. Vatan habari hukm vosubiyu illallohu ma'sodiga. Tortishmanglar, talashmanglar, dedilar. Fataf shaluh nima bo'lasizlar? Zaiflashasizlar, fashal bo'ladi, ya'ni zoyi ketadi, behuda bo'ladi amalinglar va hidinglar ketadi deydi. Hidinglar ketadi. Musulmonlarning jamligi, birligi, ulfatligi, masjidlarda jamoat bilan o'qishning sabablari bir birlari bilan ulfat bo'lsin deb turib, besh vaqtda bir birlari bilan salomlashsin, ko'rishsin, ulfat bo'lsun degan muammolar yo'qolib ketadi. Va ismirru inallohim sabr qilinglar alloh taolo sabr qiluvchilar bilan birga deydi. Haqiqatdan ham shu narsa nima bilan ketadi? Ixtilof bilan ketadi.

Bir kunida deydi, uch buqa o'rmonga kiribdi deydi. Biri qop qora ekan. Biri sal oppoq ekan. Uchinchisi nima ekan? Qip qizil ekan. Qora, oq, qizil. O'rmonda ketyapsa uch buqa, bo'ri chiqibdi oldidan.

Bo'ri chiqilib, haligilarga hamla qilibdi. Uchta uch tarafdan bo'rini, bo'rini rosa rasvosini chiqaribdi. Bo'rini rossa rasvosini chiqaratdi. Chiqargan ekan, bo'ri narroqqa borib o'ylanibdi. O'ylanibdi da, endi nima qilsam ekan deb sekin qora buqani oldiga kelibdi.

Ey qora buqa debdi. Seni qara debdi. Nima degan chiroylisan debdi. O'rmonni shu gullatyotgan sen debdi. Haqiqiy senda bir go'zallik bor debdi. Sen bilan debdi, qizil buqa juda chiroyli debdi. Ana oq o'rtalaringga tushib buzyapti debdi. Rangini qara debdi, oppoq qorga o'xshab. Sekin qizil buqani ham oldiga kelib shuni aytibdi.

Ular aytibdiki, unda haqiqatdan ham shu bizni buzib turibdi ekan, nima qilamiz debdi. Sen ikking tegma, men o'zimni dabdalasini chiqaraman debdi. Shu bilan bo'pti deb kelishib, ikkisi tegmabdi. Kelib oq buqani rasvosini chiqarib, bo'ri yig'di. Ertasiga yana kelibdi bo'rini qarimoqchi. Yana hamma narsa, ikkisi ham kuchi yetmabdi ikkisiga. Qarabuqani oldiga kelib aytibdiki, e qarabuqa debdi. Qizilni ham rangi yaxshi emas debdi.

Qizim o'zi yoqimsiz narsa debdi. Baxt olib kelmaydi deydi men. Shuning uchun debdi, bu qizil yaxshi emas, agar sen ruxsat bersang, shuni yo'q qilay debdi. Desa, mayli, borovul qizilga debdi. Qizini ham yebdi. Uchinchi kuni to'ppa to'g'ri bo'ri gardayib ketdi Qorabxon oldiga. Ha. Endi meniki san a debdi. Deganda Qorabxon aytibdiki, endi men sen bilan olishmayman. U keltuv yovma, u kelashtavrul ab yov. Oq buqa birinchi kun yeyilgan kuni, men yeyilgan edim debdi. Oq buqo birinchi kun yeilgan kuni, mening shu kuni yeyilgan edi debdi.

Biz bir birodarimizni oyog'ini tortamiz. Bir birodarimizni unday qilamiz, bir birodarimiz bunday qilamiz. Ana shunday qilgan kunimiz, biz rasvo bo'lgan kunimiz shu kuni bo'laveradi. Bizni ketgan kunimiz shu kuni bo'ladi. Beshinchi odoblari duo. Duolaho. Birodarga duo qilishlik. Orqasidan duo qilishlik, mana aytyaptiki, payg'ambar alayhissalom ila al rajullo yaxshi fi fi fahrul g'oybu qolil malak valaka mishulda. Agar bir birodar, birodarining orqasidan turib duo qilsa, ana shu birodariga yaxshi duolar qilsa, malak bir parijda Alloh Taolo yuborar ekan, nima narsani so'rasangiz, senga ham shu bo'lsin deb turar ekan.

E boyitib yuborgin, xoh qilgin, salomat qilgin, unday qil, bunday qil desangiz parijda, senga ham sh u bo'lsin, senga ham sh bu bo'lsin deb urar ekan. Biz ba'zida o'zimizga qilamizda, unga bo'lmasa id deb turamiz. Unga bo'lma said deb turamiz. Da, da, vot vrode juda yaxshi hikoh, hilg'oy bilan turadi. Birodarning g'oyibona qilgan duosi. Ya'ni siz uyingizdasiz, men uyimda turib sizga bildirmasdan orqangizdan duo qilsam, shu duo albatta qabul bo'ladi, qaytarilmaydi degan. Albatta, ijobat bo'ladi degandir. Abu Dardor radiya allohu anhu aytadiki, la adu o'z litsab inamin ih votifiy sujudiy, usamin himas mahin. Men sajdada turib deydi, Abu Dardor aytadiki, men sajdada turub, birodarlarimdan yetmish tasini ismlari bilan so'rab va ularning hojatlarini ado etishni so'rab Allohga duo qilardim, har kuni kechasida deydi. Har kuni kechasi yetmishta birodarning ismini aytib va hojatini aytib so'rar ekan. Falon birodar bunaqa, falon birodar munaqaga muhtoj. Mana shuni hojatini ado etgin deb so'rar ekan abu dardor rodiyallohu anhu. Mana shunaqa qilgan ekanlar. Biz vaqt ham vallohu a'lam ziyoratning odobiga kelgan edik, ziyorat qilishlik.

Ziyoratda ham juda ko'p odoblari bor. Lekin vaqt bo'ldi, keyingi darsligimiz.

Keyingi darsni tinglash(Mamurjon domla) Islom odoblari 28- dars (Farzand bilan boʻlgan odob) 2-kism