# Mamurjan domla (Ey yigitlar uylaning)

- Teacher: [Maʼmurjon Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/mamurjon.md)
- Course: [Maʼmurjon Domla maʼruzalari](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon.md), lecture 106 of 181
- Section: —
- Duration: 18 min
- Original title: Mamurjan domla (Ey yigitlar uylaning)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/106
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/asd3i6bCkfQ.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=asd3i6bCkfQ
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/105.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/107.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Nikoh bobida ulamolar kitobda keltiradi. Birinchisi, uylanishlikka va ayolni, qiz bolani turmush qurishlikka targ'ib qilib kelgan oyat va hadislar bilan boshlashadi. Musulmonlarda la rahbaniya hiddin dinimizda uylanmasdan o'tib ketishlik yo'q bizning dinimizda. Bu mana boshqa bir nimalarda, e, dinga berilsa, u o'zi uchun butun hamma narsani harom qiladi. Nafsga yeydigan, halol narsalarni ham harom qilib va nafsga shahvatiga, e, halol bo'lgan, Alloh Taolo halol qilgan narsalarni harom qilib, uylanishni ham harom qilib olgan, e, bir jamoatlar bo'ladi. Lekin bizni dinimizda unday emas. Bizni dinimizda Alloh Subhanahu va Taolo uylanishlikni halol qildi va bundan zurriyotlarni, solih, solih va zurriyotlorni ko'paytirishlik va ularning fazilatlari haqida ko'p o'rinlarda zikr qilingan. Shulardan alloh subhanahu vataolo qur'onda aytadi valaqod arsal na rusulamin qoblik va ja'an na lahum azva jamu va durriga. Payg'ambar Alayhissalomga aytyapti, sizdan avval payg'ambarlar yubordik deyapti.

[1:19] Jami payg'ambarlar rusul deb, jami payg'am barlarni yubordik va ularga ayollar va zurriyotlar qildik deyapti, deyapti. Demak payg'ambarilar uylanishdi va ulardan zurriyotlar tarqadi. Biz payg'ambaralar tarixlarida o'rganganimizdek. Jami payg'marlarning silsilalari, nasablari bir birlariga borib taqaladi. Shulardan zurriyotlar chiqdi. Bir odam dinga, e, bosh burgandan keyin hamma narsani o'ziga harom qilib olib, bir g'arni ichiga kirib ketib, vo men shu yerda ibodat qilib o'tib ketaman deyishligi noto'g'ri bo'ladi. Deyishligi no'to'g'ri biladi. Alloh subhanahu va taolo Qur'onda mana vanki ul ayama ming kun vas solihina min adadikum va imaikum degan oyat keltirdi. Sizlar tul ayollarni nikohlanglar, inson shunday o'tib ketishi durust emas, uylanmasdan yo erga tegmasdan. Shuning uchun nikohlab qo'yinglar va qullaringlarni va cho'ringlar, bu urungi vaqtlarda qulchilik zamoni bo'lgan. Shu vaqtlardagi qullarni va cho'rularni solih, yaxshilarini bir biriga nikohlanglar degan oyatlar keltirildi. Va yana boshqa oyatda, vanku pu ma tavbala kun minan minsa ima'tna vasulaa tabarubaa.

[2:39] Sizlar o'zinglarga, sizlar uchun deydi, nikohi halol bo'lgan ayollarga nikoh qilinglar, yoki nafsinglarga xush ko'rganlarni ayollarni nikohlanglar, deb Alloh sultonuhu ato buyuryapti. Oyatning davomida keyin bitta ayolga qanoat qilmagan erkak uchun, ikkita yoki uchta yoki to'rttagacha shariat ruxsat bergan oyi zikr qilinyapti. Demak, ayollarni nikoh nikohinglarga olinglar, ko'nglinglar, nafsinglarga xush kelganini, ya'ni ko'nglinglarga unaganini nikohlanglar deb nikohlashlikka buyuryapti. Va min ayyatixiy anxala qalakum min anfu sikum azvajann li taskunu ilayha va ja'alapaynakum mavaddatan va rahmat innati dali kala ayyat in li qumiy ya tafakkurun. Alloh taolo Allohning mo'jizasi deydi. Nikohlanib, oila qurib, a? Farzand, zurriyotlarni boqishlik ham bir Allohning mo''jizasi ekan. Allohni mo'jizasi dedi. Sizlarni o'zinglardan ayolinglarni yaratdi deyapti. Erk juft halol yaratdi deydi.

[3:56] Alloh subhanot oloh sizlarni juft halol qilib yaratdi. Nitsa skonu ilayha, ayolinglarga sekin qilishinglar uchun deydi. Maskan ayol. Yashaydigan bir joy, xotirjamlik o'rni, ayol shunaqa narsa ekanda. Haqiqatdan ham Allohni bir mo'jizasi. Mana qanchadan beri uylanib, ayol bilan yashayotgan odamlar buni yaxshi bilishadi. Ayoli uyda ikki kun, uch kun bo'lmay qolganida, uyda bir halovat yo'q bo'lib qoladi. A? Bir sekin yo'q, haligi uyiga kirsa ham, chiqsa ham o'zini uyi, lekin bir yashagisi ham kelmay qoladi haligi uyda. A? Shunaqami? Ha, shunaqa deyapti.

[4:42] Ha, kenaylar eshitsa da bu gapingizni. Shu deydi, sekin sizlar shu xotirjamlik sekin qilib qo'ydi ayollarni sizlarga deydi. Shunday uyni haqiqatdan ham mana qariyalarni ham bunday ko'p nazar solasiz da. Keksa yoshdagi odamlar shunday uyga kirganda onang qayerda deb so'raydi da. Boshqa narsa so'raydi. Onang qayerda, onang qayerda? Bir joyga borib kelsa darrov shuni so'raydi. Ona ko'rinmaydi, onang qayerida deb so'raydi. Ha, demak sekinlik shunaqa da. Buni keyin bo'lib ham qarigan vaqtda qattiq bilinadi a? Qarigan vaqtida, qattiq yosh vaqtida aytasiz, e sen bo'lmasang, boshqasiga uylanib ketaman deb qo'rqitasiz. Qariganini endi qo'rqita olmaysiz da. Qariganini ham qo'rqitolmaysiz. Nimada qo'rqitsiz? A? Boring, keting desa, hech qa bora olmaysiz. Shuning uchun bu qariyalar bir biriga suyanchi bo'lib qoladi, qarigan vaqtda. Ayol erkakka, erkak ayolga suyanchi bo'tib qoladi. Va ja'la reynakun mavattata va rahmat. Alloh aytyapti, sizlarni o'rtanglarga mavatta, bir biringlarga muhabbatni soldik deydi. Erkak ayolni, ayol erkakni muhabbat soldik va rahmat, bir biringlariga rahm qilishlikni soldik deyapti Alloh Taolo.

[5:59] Mana shu narsa ikkita narsa bo'lmasa, ikkita narsa bu bo'lmasa qurilgan oila uzoq davom etishi mumkin emas ekan. Bir inson, mahabbat qilmasdan turib, bir ayolni yaxshi ko'rmasa da qalbida. Lekin iloji yo'qlikdan uylansa, bir ayolga, qizga, iloji yo'xlikdan dadalari zo'rlab uylantirdimi, boshqatimi. Lekin bu yigitda shunaqa bir sifat bor, juda ham rahmdillik sifat bor. Pashani ham o'ldirishga, og'zini yetkazishga jur'at qilolmaydiganda, shu ayolga hech qanaqa bir beshafqatliq qilmaydi. Rahm dil, rahm dil urmaydi, so'kmaydi. Lekin mahabbat bo'lmagan xonadon uzoq yashamaydi baribir. U o'ziga, ko'ngliga, qalbiga to'g'ri keladiganini baribir izlab o'tib ketadi. Ikkinchi narsa, bir insonda muhabbat bo'lsa, yaxshi ko'ram, mana ba'zilar yig'i, keladi, oyog'iga yot desangiz, borib yotay deganlar ham bor da. Urib, ko'zini ko'kartirib, boshini yorib, burnini sindirib yo'natib yuborgan ayolini. Rahmat yo'q da unda. Muhabbati bo'lgani bilan unda rahmat yo'q unda.

[7:16] Shunaqa qilib tashlaganda jo'natib yuboradi da, keyin ikki kunniki sog'indim, bo'lmayapti, unsiz yashay olmayman, meni yarashtirib qo'ying deb kelib turaveradi. O'rtaga tushib haligini olib borib yarashtirib qo'ysangiz yana bir oydan keyin urib objag'ini chiqarib jo'natgan bo'ladi. Ana shu bunda rahmat yo'q. Mana bu mahabbat bo'lgani bilan rahmat bo'lmasa, bu ham uzoq yashamas ekanda. Shuning uchun Alloh Taolo ikkita narsani jamladi. Alloh Taoloning kalomi mo'jiza kalamlarda. Insonni, sizlarni erkak ayolni o'rtasida mahabbat bilan, yaxshi ko'rishlik bilan rahmatni, shafqatni qilib qo'ydik deyapti. Vo innafida lik ala ayyat, mana bu narsa mo'jiza Allohning mo'jizasi, fikr yurgizgan qavm uchun deydi. Fikrini yurgizgan qovmga Allohning mo'jizasi deydi.

[8:07] Xo'p, biz oyatlarga to'xtayapmiz, nikohga taalluqli bo'lgan, nikohga undayotgan oyatlarga to'xtayapmiz. Shularning qatorida endi hadislar. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam mana anas rodiyallohu anhu uchta kishini qissasini aytyapti. Anas rodiyallohni uchta kishining qissasini keltiryapti. Uchta kishi, ularning bittasi uchovlari Payg'ambar alayhissalomni uylariga kelishadi yoki a a orqadan so'rashadi. Payg'ambar alayhissalomning turish, turmushi, hayoti haqida so'raydi. Shunda Payg'ambar alayhissalomni hayoti haqida hali uch kishiga xabar beriladi. Ha, tunda uxlaydim desa, ha, tunda uxlaydi. Payg'ambar alayhissalom va bir qismida turib namoz o'qiydi. Ha, kunduz kunichi desa, ha bir kun ro'za tutsa, bir kun tutmaydi. Ha, shu ayollargachi desa, uylangan payg'ambar ayb alayhissalom. Shunda haligilar aytadi, e, ha payg'ambar degan bu juda oliyjanob. Bu hamma narsani voz kechgan odam bo'lishi kerak. Payg'ambar degani mutloq ayol degan narsani hayoliga kirgirmash kerak. Ayol degan narsa bu faqat Alloh deb o'tib ketishi kerak. Payg'ambar degani bu yemasdan shu tuyunlarda ibodat, ro'za kunduz ro'za tutib, tuyunlarda uxlamasdan ibodat qilish kerak, deb degan ma'noda o'zlaricha nima qiladi?

[9:26] Payg'ambar alayhissalomni ibodatini oz sanashadi. Ozgina ekanda deb. Shundan bittasi o'zicha jur'at qilib turadi da aytadi, men deydi, umrim bo'yi deydi, ro'za tutib o'tib ketaman deydi. Og'zimni ochmayman deydi. Shu ro'za tutib kunda ovqatlarni kunduz kuni ro'zador bo'laman deydi. Ikkinchisi turadida aytadi, men deydi, faqat tundasi namoz o'qib o'taman deydi, hech uxlamayman deydi. Keyin yana biri turadida aytadida, men hayotimda deydi, endi uylanmasdan o'tib ketaman deydi. Men uylanmayman, Allohga bag'ishladim umrimni deydi. Jannatda uylanaman deydi da. Bu gap aylanib Payg'ambar alayhissalom qulog'iga yetadi. Shunda Payg'ambar aleyhissalom aytadi, antumulladina qultum kaza va kaza. Haligilarga qarab, sizlarmi shu aytgan gapni aytganlar sizlarmi deydi. Mana shu mana shunaqa deganlar sizlarmi? Ammo valloh innil aqshakum lilla va atqakum lahu. Allohga qasamki deydi, men sizlarni ichinglarda Allohdan eng ko'p taqvo qiladigan va eng ko'p qo'rqadigan menman deydi. Mendan ortiq taqvo qiladi odam yo'q. Men eng ko'p qolib qoladigan. Vala akinni asumi va ufdir shunday bo'lsa ham, bir kun ro'za tutsam, bir kun ro'ja tutmayman.

[10:41] Va usonli va arqud, tunda namoz ham o'qiyman va nafsni jonni tanani ham haqqini berib, uxlab ham olaman deydi. Va atazavvajonnisa va ayollarga ham o'ylanganman, nafsni shahvatni sindirish uchun, halol yo'l bilan. Va men rog'iy va an sunnatiy falaysaminni. Kim mening sunnatim mana shuni aytdi sunnat dedi. Uylanishlik demak sunnat. Ro'zani ham bir kun tutib, bir kun tutmasligi ham sunnat. Va tuyunlarni bir qismida uxlab olishlik ham, jasadga rohat berishlik sunnat. Mening sunnatimdan kim bosh tortsa deyapti, mendan emas dedi. Kim bosh tortadigan bo'lsa, mendan emas. Bu yeyish, ichish masalalarida gapirilayotgan gaplarda uylanish masalasida. Ana shu sunnatlardan bosh tortgan kishilar mendan emas dedi.

[11:34] Payg'ambar alayhissalomdan mana ma'qul ibn yasorov keltirgan hadisda tazavvuvvajul vadudal valuda ta'inni mukofirun bikumul umam dedi. Payg'amir alayhissalom aytyapti, sizlar uylaninglar, uylanganda deyapti. Vadud, e, mahabbat qo'yadigan, a? Erkakka shu yonboshib ketadigan, a? Ana shunaqa ko'ngli, ko'ngli boriga uylaninglar deyapti. Zo'rlab uylanish shart emas. Olsam ham, olsam ham olaman, olmasam ham olaman deyish shart emas. Ola olmasam olib qochib ketaman deyish sharti emas.

[12:12] A? Bu narsani mahabbat bo'lmaydi unda. Bu xonadonga nima u zo'rlab olib ketib qoladigan qo'ymi u? Shuning uchun nimada? Vadud, sizga ko'ngli borini qarab turib uylaning. Ko'ngli yo'g'iga ham borib yopishavermas kerak da odam. Ko'ngli borini nima qilish kerak? Dadamdan nima qilib qo'yibdi deb ham uylanishga bo'lmaydi. Ana shuning uchun inson payg'ambar alayhissalom aytyaptiki, odamni oilasini davomiy bo'lishligi uchun, mana farzand, hammamizda farzand bor. Mana shu farzandlarimizga to'g'ri nimani topishimiz kerak, yo'nalish berishimiz kerak. Shuni davomiy bo'lishingiz uchun valut, birinchisi ko'ngli bor, bu ko'ngli bormi shuni deb so'rashingiz kerak ekan. Ikkinchisi valut tug'adiganiga uylaning deyapti.

[12:59] Payg'ambar rais alom aytadi, men ertaga kuni mening ummatimning ko'payganligi bilan faxrlanaman deydi. Mening ummatimni ko'pligi bilan faxralanaman deyapti. Payg'ambar rais salomni ummatini qiyomatida ko'p bo'lib kelishidan payg'ambar raz salom faxrlanaman dedi. Aaa, ba'zilarida bo'lyapti. Misol uchun ikkinchi ayolga uylanishlik erkaklarda bo'ladi, ikkinchi ayoliga uylanishadi. Ko'pchiliklari buni jur'at qilib, uylanishga jur'at qiladi, yashirincha.

[13:30] Uylanib olgandan keyin, yash, uni shunaqa yashirishga harakat qiladi. Yashirishga. Bu nikoh degani asli e'lon qilish degan gap. Nikoh bu e'lon qilib, fosh qilib, odamlarga falonchani qizini men oldim degan so'z. Yashirishmas. Uylangandan keyin yashiradilar, o'sha uylanganligi ochilib qolmasligi uchun tug'ishlikka ruxsat bermaydi. Ikkinchi ayolga. Tug'may o'tib ketasan deydi da. Bu ayni zulm bo'ladi. Allohni oldida bu qattiq so'raladigan narsa. Shuning uchun bu narsaga mumkinlik yo'q. Bunaqa qilishlikka mumkin emas. Xo'p.

[14:19] An ibni mas'ud qola qolalana rasululloh ya ma'sharash shaba man istata amin kumulba atafali ataza va fain nahu ag'od bo'lin ba sari va aksanul ilfaroj va man nam yastata falayhi bi sovme fain nahu la huv vijad. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, ey yigitlarning jamoasi deb. Yigitlarga qarata aytilgansiz, yoshlar uylanmaganlarga. Uylanishlikka qodir bo'lsangiz, uylaning deydi. Ya'ni shu taklifasi, uylanishiga yetadigan xarajatingiz va boshqa va jismoniy uylanishlikka qadr bo'ladigan bo'lsangiz deyapti, uylaning deydimi Payg'ambar yasavoni. Uni kechiktirishlik yaxshi emas ekan. Uni hukmiga to'xtaymiz. Uylaning. Bu uylanishlik deydi, ko'zni aqab bo'lib bosadi. Ko'zingizni deydi, nomahram bo'lgan ko'chadagi qizlarga, ayollarga tikishlikdan saqlaysiz deydi. O'zingiz ayolingiz bilan mashg'ul bo'lasiz, boshqaga qaramaysiz. Ana shu bilan va aksandan farz va avratingizni zinoga tushlikdan saqlash deydi. Kim agar uylanishlikka qodir bo'lmasa, taklifasiga, xarajatiga, to'yiga yoki boshqasiga kuchi yetmayotgan bo'lsa, uylanishlikka, buni biz o'zimizcha aytganda chamasi kelmagan odam, bu odamga Payg'ambar assalom aytyapti, ro'za tutib yuring deyapti.

[15:42] Ana endi yoshlarimizga bir qo'llanma, qanaqa qilsak o'zimni ushlab turaman, ko'chaga chiqsam qarab qo'yaveradigan fe'lim bor, ko'chagachiqsam joy o'zim tuta olmaydigan nimam bor, deydiganlarga aytamiz, ro'za tutab yuring deymiz. Ro'za tutib yursangiz, fainnala hu vija, vija degani shahvatni o'ldirib turadi. Haligi odam o'zi bilan o'zi ovora bo'ladi da. Shu o'zi nimani, jasadga ko'p quvvat bermaydi. Jasadda ozroq oziqa bo'ladi va inson ko'proq anaqa bo'lardi. Shuning uchun Payg'ambar alayhissalom bizga to'g'ri yo'l ko'rsatib, ro'za tutib yurtsangiz, mana shu narsalardan saqlanasiz deyapti. Va fii hadiy fii abidur uylanishlikdagi ajr savoblar haqida ham Payg'ambar alayhissalom gapirib ketdi. Abiy zar radiyaallohu anhuni hadisida mana Payg'ambar ash salom aytdik va fiy budu i ahadikum sadoqa deydi. Sizlar o'zingizni ayolingizga, o'z shahvatingizni qondirishlik maqsadida kelishingizda ham sadaqa bor deyapti. Subhanalloh. Inson o'z ayoliga halol juft, halol ana shunga kelishligini o'zida sadaqa bor dedi. Shunda bir kishi turdi da, yo rasululloh, qanaqa qilib? A bu o'zimizni nafsimizni o'ldirish uchun ayolimizga kelsak, qanaqa xilib bu sadaqa bo'lib savob yoziladi deganida, aytdiki, Payg'ambar alayhissalom, agar sen shu ishni bir haromga ishlatganingda, zinal qilganingda, buzuqlik qilganingda gunoh bo'larmidi dedi.

[17:15] Ha, gunoh bo'lardi. Demak sen halolga ishlatding, o'z ayolingga jufting bilan kifoyalanyapsan, shuni o'zida senga savob bitilyapti, sadaqa bo'lyapti deydi. Jir sohani qarang. Xohlaymas ekan mana shu narsalardan, shuncha nimalar Alloh subhanahu va taolo bizga ko'p yaxshiliklarni bitib qo'ygan. Abdullohevni amr, anna Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maqola, bu kishi Payg'ambar alayhissalomdan aytyaptiki, ad dunya mata vahayru mata i dunya al marot soliha deydi. Dunyo matolardan iborat deydi. Yaxshilik, har anaqalar mato. Dunyodagi eng yaxshi mato deb aytilgan narsa, soliha ayolning bo'lishligi degan ekan. Dunyoda eng yaxshi narsasi dunyoni, soliha ayolnni bo'lishligi.

[18:05] Said ibn Jubayr qoladi, Ibn Abbos hali tazavvushda qultuvlar qola, tazavvush va imna qayra hadil umuman aktaruvha nisa. Uylandingmi? Deganlar. Ibn Abbos shu kishiga qarab aytgan ekanki, uylandingmi desa, yo'q degan ekan. Shunda aytgan ekan, uylangin. Bu ummatning yaxshisi ayoli bo'lgani degan ekan. Ayoli bo'lg'ani yoki ba'zida ko'p ayoli bo'lguni degan ekanlar.
