Buxoriyning dadalari ham ancha muncha muhaddislar bilan birla bo'lgan. Va bir talay hadis ahliylari bilan birla hurmat qilib, ularni majlislarida qatnashgan kishi ekan. Buxoriy otasi, buxoriyning otasi ismoil buxoriy yoshlik davridayoq olamdan o'tdi. Buxoriy onasini qo'lida yetim holda ulg'aydi.
Lekin shu dada o'tib, musibat bo'lib turgan bir davrda ko'p o'tmasdan bolaning yoshlik, chaqaloqlik davridayoq buxoriy rahmatulloh alayh ikki ko'zi ko'r bo'lib qoldi. Ikki ko'zi ojiz bo'lib qold. Onaning boshiga kirgan ikkinchi yana bir musibati edi. Allohning sinovi, musibati yana buxoriyning nimalari, ko'zlari ko'r bo'ib qoldi.
Onasining erta yu kech qilgan duolari, iltijolari, allohga munojot qilish sababidan alloh taolo ko'zini qaytarib berdi. Butun tabobat, butun o'zining ojiz bo'lganligini, ko'r bo'lgan ko'zni qaytarib bo'lmasligini e'tirof qilib turgan bir zamonda ona noumid bo'lmadi. Ona noumid bo'madi. Kecha yu kunduz yig'ladi, yolvordi. Allohdan so'radi. Alloh taolo ko'zini qaytarib berdi. Mana bu yerda siyara ala munnibalo kitobida, muqaddima tilfat xilbariyning muqaddimalarida, mualliflari g'unjorning tarix buxoro kitobidan va lolikoiyning sharhi sunna kitoblarida naql qilib aytadi muhammad imni ismoil yoshligida ko'r bo'lib qoldi. Onasi tushida ibrohim alayhissalomni ko'rdi deydi. Ibrohim alayhi assalom unga qarata, buxoriyning onasiga qarata aytdiki, ko'p duoyingiz sababli, ko'p ko'z yoshlaringiz sababli, alloh taolo o'g'lingizni ko'zini qaytar dedi. Tong otganda qarasa, o'g'li sog' sog' ko'zi ko'rib turgan holatda ko'rdi deydik.
Demak, o'sha narsani aytdi. Bizda ham onalar farzandlarini namoz o'qimaydigan bo'lsa, orqalaridan bir marta, ikki marta duo qilib, bir marta, ikkita marta gapirishmas, to alloh hidoyat berguncha yalinib, yolvorib, ko'zga oshiq qilib, alloh taolodan farzandlariga hidoyat so'rashligi, ayni kerak, zarur bo'lib turgan bir amallardan.
Onasi buxoriyni o'qitdi. Tarbiya berdi. Shuning uchun bo'lsa kerak, har bir buyuk insonning ortida ona bor degan so'z yuradi. Har bir buyuk insoning ortida ona bor. Lekin hammamiz bilamiz, har bir insonning orqasida ona bor ekan da. Onasiz inson dunyoga kelmasligini hammamiz bilamiz. Lekin bu yerda har bir inson buyuk bo'lmaydi. Onadan tug'ilgan har bir inson buyuk bo'lmaydi. Ba'zi insonlar bor, undan hayvon yaxshidir. Ba'zi insonlar bor, onadan tug'ilgan, undan hayvon yaxshidir. Shuning uchun har bir buyuk inson bo'lishlik uchun, ona ham buyuk bo'lishi kerak. Ona ham himmatli. Ona ham dindor, ona ham xudojo'y, Allohda qo'rqadigan ona bo'lishligi.
Agar ona farzandni to'g'ri tarbiya qilmasa, yoki farzandini noto'g'ri tarbiyasiga sababchi bo'ladigan bo'lsa, bunday onalar ona bo'lsa ham maqtovga sazovor bo'lmaydi. Bunday ona ona, lekin uni maqtashga arzimaydi. Mana o'tgan zamonda bir o'g'ri o'g'irlik qildi deydi. Shunda podshoh farmon chiqarib, falon o'g'rini tez tutib kelinglar dedi.
Choparlar u yoqqa, bu yoqqa yugurib o'g'rining topishdi. Olib keldi. O'g'irligini e'tirof qildi. Keyin aytishdi, podshoh buyurdi, qo'lini chopinglar. E'tirof qildi, o'g'irlik qildi. O'g'rining jazosi qo'lini kesish, chopinglar qo'lini dedi. Ijro maydoniga olib kelganida, haligi o'g'il podshohdan bir iltimosim bor, bajaring dedilar. Sulton aytdiki, ayt, nima iltimos dedi. Meni onamni ham shu maydonga olib kelsangiz, meni qo'limni chopilishini onam o'z ko'zlari bilan ko'rsin dedi. Onasini olib kelishga buyurdi. O'g'rini onasini olib keldi. Onasini olib kelganda o'g'ri onasiga ishora qildi. Mushfiq bo'lib, rahm shafqat bilan bolasining qo'lini choqilayotganiga ichi achib, o'zini ko'rsatayotgan anani yaqinroq kelishga buyurdi. Ona o'z farzandiga yaqinlashganda, qo'l oyog'i zanjir bilan kishanlangan farzand sakrab, onasini tishlari bilan tishlab, hayvon singari ozor yetkazishga harakat qildi. Odamlar darrov ajratib, o'g'ri muttaham desak, sen hali oq padar ham ekansan, deb qoyidi.
Shunda onam ham o'z nasibasini olsin dedilar. Shunda aytdiki, onangiz nima nasibani oladi o'g'irlikni siz qilgan bo'lsangiz deganida, men yoshligimda qo'shnimning uyidan tuxum o'g'irlab kirib, egnimga bekitib, quruqqa pisa o'tayotganimda onam egnimdan yashirib kelgan tuxumni olib, menga bir jilmayib qo'ydi. Ertasiga yana shu hunarni qildim. Keyin kattaroq bir o'g'irlik qildim. Onam indamadi. Borib borib men o'g'irlikka kasb qildim. Meni onam menga o'g'irlikkda ustoz bo'ladi dedi. Demak, tarbiyasiga qaramagan ona hech vaqt maxtovga sazovor bo'lmaydi, u agar ona bo'lsa ham. Biz o'tgan solihlar Nibuhoriy va undan boshqalarning onalarining hayotiga, onalarining davriga qaraylik ilm talabida. Sufiyon Sovriy rahmatulloh alayh buyuk muhaddislardan, olimlardan bu kishilarning mazhablari bo'lgan, lekin mazhablari inqiroziga uchrab, faqat to'rt mazhab e'tirof qilindi. Ammo bularning ham o'ziga yetarli mazhab egalari. Sufiyonissavre rahmatullohu alayh. Onalari bu kishiga qarab aytganki, o'g'lim, ilm o'rganing, ro'zg'or tashvishlari bilan fikringizni chalg'itmang, o'ylamang.
Uyda onasidan boshqa hech kim yo'q ekan ro'zg'ar ekanligi. Ro'zg'orni o'ylamang, onam nima qilyapti deb chalg'itmeng fikringizni. Men ip yigirib bo'lsa ham, sizni ilm olishingizga ko'mak beraman dedi. Ip yigirib, ip yigirib, kiyim qilib, sotib bo'lsa ham, sizni nimangizga yordam beraman, ilmingizga, o'qishingizga yordam boraman deydi. Ahmadi ibn Hanbal rahmatulloh alayhini aytadi, u ham juda erta otasi vafot etib yetim qolgan ekan. Shunda aytadiki, Ahmadi ibn Ham balning o'zlari aytyapti meni onam, men yoshim olti yoshda edi. Ertaman turg'izib, erta saharda tahorat qildirib, bomdod namoziga go'zal kiyimlarimni kiydirib, masjidga olib kelib meni kirgizib, o'zi esa masjidning bir pana joyiga o'tib meni kutib turardi deydi. Ana undan keyin muazzin kelib, bomdodga ozon etardi. Olti yoshar bolani muazzin kelmay turib, masjidni ertaman deb yetaklab kelgan ona, o'g'ilni haqiqiy tarbiyasiga mashg'ul bo'lgan ona. Biz bolalarimizni olti yoshar bolamiz namoz o'qiyapsanmi? Ibodat qilyapsanmi? Degan so'roqni aytishga ichimiz achiydi. Bola yosh deymiz.
Bolamizga ichimiz achiydik. Ertaman turg'izayapsa, yoqsin, uxlasin deymiz. Ibn. Nujiy. Nujiya, ibn nujiya, nomli. Nomi bilan tanilgan ulug' olim. Ali ibn Ibrohim o'z davrining katta mufassir voizlaridan edi. Bu kishi Sulton Nuriddin Zanki va Salohiddin Ayyubiylarning hurmatlariga sazovor bo'lgan yetuk allomalardan, mufassirlardan edi. Bu kishisi shunchalik tafsir ilmida chuqur bilganligini sirini aytib, qanday bildingiz shunchalik tafsir ilmini? Sizdan boshqalar ham o'qidi, o'rgandi. Qanday o'rgandingiz deb so'rashganda, sir. Buning ham siri bor deydi. Men tafsir ilmining o'zimni tog'amdan o'rgandim. Tog'amning oldiga borardim. Bir surani tafsirini tinglab eshitardim. Keyin bo'lsa deydi, uyga kelganimda onam darrov eshikdan kirishim bilan o'g'lim, bugungi darsingizni aytingchi deb so'rardi deydi. Men tog'amdan eshitganimni harfini ham qoldirmasdan nuqtasigacha onamga aytsam, onam boshlarini chayqardi da.
Tog'angiz hammasini o'rgatmabdi deb aytardi. Nimaga onajon, qayerdan bildingiz desa, tafsil ilmini men bilan tog'angiz barobar o'qiganmiz degan ekan. Tafsil ilminini men bilan tog'sangiz barobar olib borib o'qiganmish degan ekan. Va keyin aytar ekanki, mana bu masalada ulamolarni yana qo'shimcha bunday bunday fikrlari ham bor, o'g'lim bilib qo'ying der ekan. Tog'amning o'rgatgan darasiga onam qo'shimcha qilgan. Shuning uchun yetuk mufassir bo'ldim degan joyda. Onalarning davrlari juda ham katta talabiy ilmlarning olim bo'lib yetishligi. Olimlarimizning onalari ham olim edi. Olim bo'lmasa ham taqvodor, xudojo'y, ilm ahlini sevadigan kishilar edi. Shuning uchun ular haqiqiy ilm ahlini sevgandan keyin, Alloh Taolo ular sevgan farzandlarini ato etdi. Biz o'zimiz va ayollarimiz katta bir biznesmen bo'lishini sevamiz farzandimizni va katta bir boy bo'lishini sevammiz, biz sevgan narsani Alloh bizga ato etyapti. Farzandlarimiz ham uddaburon, shunday bo'lib chiqaveradi. Lekin agar biz chin qalbimizdan dunyo bo'masin, bo'masin, boshqa bo'masin, bu'masin, lekin olim bo'sin farzandimiz deb sevganimizda edi, Alloh Taolo bizga sevgan narsamizni bergan bo'lardi.
Hanafiy mazhabidagi Tuhfatul Fuqaho degan kitob bor. Tuhfatul Fuqahon degan kitob. Buni muhammad ibn ahmad ala uddino samarqandiy degan kishi yozgan. Bu Tuhfatul Fuqahon kitobini yozgan kishining qizlari Fotima binti Alauddin degan, Fotima degan qizi bor. Dadalari Tuhfatul Fuqahoni yozdi, qizlari dadasidagi ilmni dadasidan shunday yodlab qo'ydi. Dadasidagi bor ilmni Tuhfatul Fuqahoni dadasidan yodlab qo'tdi. Shunaqa olim yetildi. Bu kishining mana shu yozgan kitobiga Abu Bakr Kasoniy degan kishi, shogirdlari, Abu Bakr Kasonniy degan kishi sharh yozdilar. Bizning mazhabda, Imom A'zam rahmatulloh alayhining mazhablarida yetuk, eng mo'tamat, ishonishlik kitoblardan biri shu, sharhi Badaai o'z Sana'i. Badaai o'zi Sana'i degan kitob, sharh yozdi, Tufayl Fiquqahoga. Keyin ustozlari o'zini kitobini sharhlagan shogirdni juda yetuk qilib sharhlagandan keyin, xursand bo'lib qizlarini o'shanga turmushga berdi.
Lekin juda katta amirlar, juda katta mansabdorlar qiziga sovchi bo'lib turgan vaqtda bermasdan, o'zining kitobini sharhlagin shogirdiga qizlarini uzatdilar. Shunda nimalardagi odamlarning ichida gap bo'ldi, kitobini sharhlab qizini oldi, qo'lga kiritdi degan gap bo'ldi. Aytmoqchi bo'lganimiz, mana bu Abu Bakr Xorisoniyni shu zamonda hukmron qilib turgan amirlardan Zinkiy degan podshoh Halab Suriya shahriga madrasada ta'lim berish uchun chaqirdi. Shunda madrasaga borib bir necha yil o'sha yerda ta'lim berdi. Yillar o'tgandan keyin podshohdan izn so'radi, ahlimga qaytay deb. Podshoh aytdiki, siz shu yerda qolsangiz yaxshi edi. Nima qilasiz ahlingizga qaytib dedi. Shunda aytdiki, men Samarqandda, Ma'bara Imnahrda ayolimni tashlab kelganman. Ularning ham menda haqqi bor deyishdi. Shunda podshoh aytdiki, mendek bir talabim bor. Agar ruxsat bersangiz, chopar yuboraylik. Ayolingizni ham Suriyaga, Halab shahriga olib kelsin, shu yerda birla bo'lasiz, dars berasiz dedi. Abu Bakr Ka'soniy maktub yozdilar. Ayoliga. Chopar yetib borishligi bilan chopar bilan qo'shilib bizga qayting deb.
Suriyada, Talab shahrida turamiz deb. Chopar bir necha kunda Samarqandga yetib kelib, Fotimaga, binti Alauddinga xatni berdi. Xatni oldi, o'qidi, kuyovlaridan, Abu Bakr Ka'soniydan xat kelgan. Qaradi da, chopar kelsa, chopar bilan keling. Shunda xatni o'girib orqasiga yozdi. Dadasi, siz u diyorlarda yurib, shunchalik fiqhdan uzoq bo'lib ketdingizmi? Deb. U diyorlarda yurub, shunchalik fiyqhni tushunmaydigan bo'lib qoldingizmi? Nahotki o'z ayolingizni oldiga nomahram erkakni yo'llasangiz? Dedi.
Shuncha olimga ayoli tanbeh berdi. Sharhlar yozgan, kitoblar yozgan, yer yuzida mudarrislik qilib yurgan podshohlar unga yalinib turgan olimga kim tanbeh berdi? Ayoli tanbeh berdi. Nahotki siz fiqhni tushunmasangizki, ayolingizni huzuriga nomahram erkakni yo'llasangiz deb. Mana onalar, ular haqiqiy, taqvodor olimlarning onalari. Ular olimlar edi.
Imom Buxoriy rahmatulloh alayhi o'n bir yoshida yetmish ming hadisni yodladi. O'n bir yoshida yetmish ming hadislarni yodladi. Subhanalloh yodladi. Biz yetmish ming hadis o'qidikmi yo'qmi? Mayli yodlamaylik. O'qib chiqqanmizmi yetmish ming hadis?
Ko'rdingizmi? Lekin biz iddaomiz kuchli. Buxoriy desa kim bo'libdi deymiz. Xuddi uni amalini qilib qo'yganday. Falon olim desa kim bo'pti u olim deymiz. Lekin ularning yodlagan, ularni o'qigan, ularning siyohlarni chizib, shuncha varaqlarni to'ldirgan amallarini bir nazarga ham ilmaymiz.
Fatvolarga keladigan bo'lsak, alkash chalkash fatvollarni bemalol qo'rqmay beraveramiz. Shuning uchun Imom Ahmad rahmatulloh alayhdan so'ralganda, nima deganlar? Yuz ming hadis biladigan odam muhaddismi, fatvo beradimi deganda yo'q degan. Ikki yuz ming hadisini yoddim biladigan odam muhaddis deyilsa bo'lami? Fatvo bersa bo'lami deganda yo'q degan. Uch yuz ming hadislarda qo'llari bilan mayli deganday, rozi emas, shunda ham qo'llari bilan mayli, uch yuz mingni bilsa yoddan degan. Uch yuz ming hadis. Unda bizni hozirgi vaqtimizda og'zimizga tosh solib yuradigan zamon. Og'zimizga tor solib, so'rasa, hech narsa bilmayman deydigan vaqtda turibmiz. Buxoriy o'n yoshida dohiyli degan olimni darslariga qatnasha boshladi.
Bir kuni dohiyli hadis o'qiyotib, Sufyon Abu Zubayridan rivoyat qiladi. Abu Zubayr Ibrohimdan deb qoldi. Shunda Buxoriy turib aytdi ustozga. Adashdingiz ey ustoz. Abu Zubayr Ibrohimdan rivoyat qilmaydi dedi. Shunda kitobiga qarasa, kitobida haliginday yozilgan. Aytdiki, Buxoroga sen adashyapsan dedi. Meni kitobimda yozilib turibdi. Abu Zubayr ibrohimdan rivoyat qiladi deb turibdi dedi.
Shunda Buxori yo'q, ustoz dedi. Asli nusxaga ko'ring dedi. Ichkariga kirib, asli nusxiga qarasa, Buxoriy aytganday. Kitobida noto'g'ri chop etilgan. Chiqdida Buxoriga qarab, xo'p, bola dedi. O'n yoshar bola. Xo'p, bola qanday bo'ladi to'g'risi dedi. To'g'risi qanday bo'ladi degandek, Zubayr ibn Adiy ibrohimdan rivoyat qiladi dedi. A bu Zubayr emas. Zubayr ibrohimdan rivoya qiladi. Ko'ryapsizmi? Lafzlandi.
Ibrohimdan rivoyoat qiladi deb xatosini to'g'rilab qo'ydi. Buxoriy rahmatulloh alayh. O'n yoshida ustozning xatolarini to'g'irladi. Imom Buxoriy demak, hadis to'rt besh hadisni yodlab olib, qirq hadisni yodlav olib, bo'ldi olim alloma, yetuk zamonasining yetuk yetishgan undan boshqa olimi yo'q kishiga aylanib qolishlik, bu eng ahmoqlik bo'ladi. Eng ahmoqlik, eng pastkashlik bo'ladi! Shuning uchun avvalgi zamonlarda ham besh olti hadis yodlab olib men muhaddisman, men ahli ilmman. Mendangina fatvo olinadi, boshqalardan fatvo olinmaydi deganlar ham ko'paygan ekan. Avvalgi zamonlarda ham. Shu zamondan hozirgi kungacha keladi, ba'zilar o'zlarini besh olti hadis yodlab olib, men muhaddisman deydiganlar. Ma'mun, Xalifayi Ma'mun, bu kishi missisa, missisa degan joyga bordi deydi, shaharga. Shu joyga borgan ekan, xalifani kelganini eshitib, bir kishi qo'liga kitob qalamini ko'tarib, xalifani oldiga kirdi deydi. Xalifani oldinga kirib aytibdiki, men muhaddisman. Umrimni hamma nimasini shu hadis ilmiga men bag'ishlaganman, muhaddisman debdi.
Maqsad xalifadan ozroq pul undirish. Muhaddisman deb. Talabi ilmman. Xalifa buni maqsadini tushundi deydi. Maqsadini tushundida, xo'p muhaddis, falon temada, falon mavzuda, falon bobda qanday hadislarni bilasiz, ayting dedi. Haligi odam lom mim deyolmadi. Xalifaning o'zi o'sha bobga taalluqli bo'lgan o'n o'n beshta payg'ambar alayhissalomni hadislarni rivoyat qildi. Keyin aytdiki, xo'p, falon mavzuida, boshqa mavzudagi mana bu mana bu nimalarga bir hadis ayting dedi, bobga. Haligi muhaddis, biron narsani og'zi ocholmas. Shunda xalifaning o'zi yana hadislar aytib, keyin aytdiki haliginga qarab, ey inson, to'rt besh hadis yodlab olib, men muhaddisman deb, xalifalarning, podshohlarning eshiklariga kirib pul undirishga uyalmaysanmi deydi.
To'rt beshhadisni yodlab, odamlarni chalg'itib, ahmoq qilib, men muhaddis man, men olimman deyishga uyalmaysanmi deydi. Ko'rdingizmi? Buxoriy rahmatulloh alayh o'n besh yoshida onasi va akasi bilan hajga keldi. O'n besh shu yoshida.
Buxoriyning onalari o'sha o'n besh ga Makkaga kelganlarda, Makkada ilm talab qilishlik uchun tashlab ketdi. Shu joyidan ulamolar onasining xudojo'y ibodatgo'y ekanligini shu mavzudan olishi. Qanday bu mavzuda onasini ibodatgo'yligi bilinadi desa, onasi farzandlari yosh. Biri o'n beshta, biri o'n sakkiz yoshda. Ha meni farzandlarim yosh. Bularni hali uylantiray, joyli qilay, hali hajga menga borroq. Keyin hammasini qilib bo'lganimdan keyin, keyin hajga boraman. Hozirgi kunda bizda a? Hajga bormaysizmi desa, bolalarim bor uylantiradigan deydi. Hajga bormayizmi desa, bolaimga imon hisob berishim kerak, joylashim kerak deyishadi a? Lekin Buxoriyning ayoni, onalari, Buxoriyning onalari buni o'ylagani ham yo'q. Ikkita farzandni, o'n besh yoshar farzandi balog'atga yetdi. Haj farz ekan, Allohning ibodatini ado etay deb Hajga qarab tavakkal qildi. Shuni o'zi shoshib oshqib Allohning ibodatini ado etishga shoshganligi uchun ulamolar aytadi, Buxoriyning onalari ibodatgo'y ayol edi deyishadi.
Lekin Buxoriy rahmatulloh alix o'n besh yoshida o'sha Makkada talaba ilmda qoldi va onalari vafot etgunichayin Buxoro shahriga qaytib kelmadi. Onalarini ko'ra olmadi o'shandan keyin. O'n besh o'n besh yoshida ayrilgan, ilm yo'lida Allohning yo'lida ayrilishdi, shundan keyin onalarini diydorini to'yib ko'rmadi. To'yib ko'targani yo'q.
Lekin Buxoriy rahmatulloh onasining qilgan xizmatlari, tarbiyalari, ta'limlarini unutgani yo'q, onalarining haqlariga ko'p duo qildi. Ko'p duo qil di. Hattoki birinchi yozgan kitoblarning qatorida bir yul validin degan kitob nomlab, shu kitobga ota onaga ezgulik nomidagi kitob yozdi. Ota onaga ezgunlik qilishlik nomida kitob yozdi va hatto Sahih Buxoriyda ham ota onalarga ezgulik qilishlik bobida bir bob ajratib qo'ydi. Va bugungi biz boshlamoqchi bo'lib turilgan darsligimizning kitobimiz Adabil Mufratning ham birinchi muqovasiga, birinchi varog'iga ota onalarga ezgulik qilish deb turib Buxoriyga keldi. Chunki onalardan o'n besh yoshida ayrilib, otalardan yoshlikda ayrilib qolgan Buxoriy ularni to'yib to'yib, zavqlanib, ularning gaplariga to'ymagan, ularning chehralariga boqolmagan Buxoriy rahmatulloh alayh doim ularni eslab, hadislarida ham mana shu narsalarni keltirdi.
Ba'zilar ba'zi she'rini keltirgan. Qumsab quvnoq damlarimni yoshligimga qaytgim kelaver. Ayajon dadajon deb qayta qayta aytgim kelaver o'g'lim desa onajonim labbaydaya chopgim kelaver. Nonushtaga choylar qo'yib, issiq nonlar tutgim kelaver . Mehr to'la yuzlariga to'yib to'yib baqum kelaver. Har buyurgan ishlarini erinmasdan qilg'in kelaver. Oh nanglang g'ariblik g'ariblikda o'lim bizni ajratdi ku. Tong saharda haqlariga istig'forlar aytgim keluvur degan baytni keltirdi. Bu Buxoriy rahmatulloh alayh onalaridan yoshlar ayrildi. O'n sakkiz yoshida Buxoriy rahmatulloh alayh ravzada oydin kechalarda attari hul kabir kitobini yozdi. Ravzada payg'ambar alayhissalotu vassalomning ravzalarida tarih hul kabir kitobi ni yozdi. Sahih Buxoriy hadislarini to'plamini esa ulamolar aytadi, Buxoriy rahmatulloh alayh Payg'ambar alayhissalotu vassalomning hadislarini toptaganlarida har bir hadisda tahorat qilib, ikki rakat namoz o'qib, keyin hadisni yozgan edi deydi. Shuning uchun u kishining hadislarida barakat bor.
Shuning uchung u kishining kitoblarida barakat bor har bir hadisda Allohdan barakatini so'rab, Allohdan yaxshiligini so'rab turib, har bir hadisga hurmat qilib, tahorat bilan, betahoratmas tahorat bilan har bir hadisni ikki rakat namoz o'qib, Allohdan so'rab turib keyin yozdi. Subhanalloh.
Buxoriy deymiz, boshqa boshqa deymiz. Buxoriyda bunday hadislar bor deb qo'yamiz. O'zimiz kelsa yonboshda Qur'on o'qiymiz. O'zimizga kelsa hadislarni oyog'imiz bilan ham tepib o'tamiz. Bizda hadisga bo'lgan muhabbat, Payg'ambar alayhissalomning so'ziga bo'lgan muhammadlar kamayib ketganligidan unga o'xshagan olimlar chiqmayapti.
Buxoriy o'zi aytadi, men yuz ming sahih hadisni Payg'ambar aleyhissalomdan yodlaganman. Ikki yuz ming sahih bo'lmagan hadislarni yodladim dedi. Yuz ming sahhiy bo'lgan hadisni ikki yuz mung sahhiy bo'lsin hadislarni yoding. Buxoriy o'z vaqtida vaqtidagi olimlarni ilmini olib bo'lgach, keyin Makkaga va boshqa Xurosonga, Bag'dodga, boshqa shaharlarga keyin chiqdi dedi. O'z yeridagi olimlarning ilmini olib bo'lgandan keyin, Buxorodagi. Shuning uchun ulamolar aytadiki, inson o'zining shahridagi olimlarni ilmini oladigan bo'lsa, keyin boshqa shaharga boradigan bo'lmasa, ilmini tezroq rivojlantirishligi mumkin deydi. Boshqa shahrga borib olgan, tilni ham bilmaydi, hech narsani bilmaydi. Borib olib, endi u yerda alif ba ta deb boshlayotgan bo'lsa harfdan, u odam zamonlar qolib ketadi, o'rganishgincha ham ancha vaqt o'tib ketadi deydi. Shunga o'xshab, o'z davrining olimlarini ilmini olib bo'lib, keyin boshqa davlatlarga borib ilm oladigan bo'lsa, o'z davlatidagi, o'zining mamlakatidagi olimlarni qadr qimmatiga ham yetadi deydi.
Qadr qimmattiga yetadi deydi. O'shalarning ilmini biladi, qadrlaydi. O'zi bu yerdan ketib turib, ikki yil, uch yil bir chetda yurib kelib turib, yigitlarimiz, kim bo'pti falonchi? O'zi hech narsa o'qib kelmagan. Borib, alfavitdan tushgan, muallim sonini o'qigan arabistonga borib, undan keyin endi grammatikasini o'qiyotganda qaytib kelgan. Na hadis o'qimagan, na fiqh o'qimagan. Qaytib keladi da, kelib turib bu yerdagi o'tilayotgan darslarni ustida mulohaza yurgizadi. Va bu yerdagi odamlarga ham arabga borib kelgan hammasi olim bo'ladi da, borib shulardan fatvo so'rayveradi. Shuning uchun avvalgi olimlarning uslublari o'z diyorining, olimlarning ilmini olib tugatib bo'lgandan keyin keyingi diyorga o'tishgan.
Buxoriy rahmatulloh alayh buxorodagi ilmlarni olib bo'lganidan keyin, undan keyin safarga chiqqan edi deydi. Buxoriy bog'dodga kelganlarida olimlar, buxoriy rahmatulloh alayhni eshitishgan edi. Muhaddis, olim yuz ming hadis, o'n bir yoshida yetmish ming hadis yodlagan olim kelyapti deb, bog'dodda hammasi kutib turdi. Shunda aytishdiki, muhaddislarning imtihon qiladigan o'zlarini uslublari bor edi, sinab ko'radi. Aytdiki, biz buxorini bir imtihon qilarmiz dedi. O'n kishi jamlandi. O'n kishisi, har bittasi o'nta hadisdan yodladi. O'nta hadisini rivoyat qilayotgan kishilari sanadi bilan hadisning matnini bir biriga chalkashtirdi. Bir hadisni paloncha palonchadan rivoyat qildi bo'lsa, shuning sanadini kishilarini boshqa hadisga qo'ydi. Boshqa hadislardagi rivoyat qilgan kishilarni boshqa hadiska almashtirdi. Shunday qilib o'n tasi, har bittasi o'n tadan yuzta hadisni chalkashtirdi. Buxoriy rahmatulloh alay kirganlarida sizga so'roqlarimiz bor deyishdi. Aytinglar. Bildi Buxoriy rahmatulloh alay o'zini imtihon qilinayotganligini bildi. Shunda biri turdida o'nta hadisni aytdi. Falonchi falonchadan bunday hadis rivoyat qilibdi deganda, Buxoriy bilmadim dedi. Yana ikkinchisi, uchinchi, o'n, bilmadim dedi.
Keyingisi turib o'nta hadisa aytdi. Buxoriy rahmatulloh alayh bilmadim dedi. O'n odam yuzta hadisni bir chetdan aytib chiqdi, Buxoriy rahmatulloh alayh hammasiga men bilmadim deb. Keyin qarasa, endi savol beradiganlar yo'q. Shunda birinchisini chaqirib aytdiki, siz faloncha falonchadan, faloncha falonchani rivoyat qilibdi, falon hadis dedingiz. Aslida bu hadisni falonchalar rivoyat qilgan. Xatosi, Buxoriyga xato qilib aytgan joyini ham aytdi, keyin uni Buxoriy rahmatulloh to'g'rilab, hadislarni to'g'irlab berdi. Yuz hadisni ular aytgan xatosini ham yodlab qolib turib, o'zlariga qaytarib berdi. Va shu yuz hadisni to'g'irlatib turib aytib berdi. Bog'dodliklar bu Buxoriy rahmatulloh alayhning zehniga ham lol qolishdi.
Buxoriy rahmatiulloh alayhni ahvoliga keladigan bo'lsak, Buxoriy rahmiyatiulloh alayhi aytadiki, g'iybat haromligini bilganimdan buyog'iga biror bir kishini g'iybat qilgan emasman. Umid qilamanki, Alloh meni g'iybat borasida hisob hisob kitob qilmaydi deydi. G'iybat harom ekanligidan buyog'iga biror kishini g'iybat qilmaganman deydi. Muharrir amatulloh alayh to'g'ri, faloncha zaif, faloncha hadis olinmaydi degan jarah ta'dil ilmlarini albatta muhaddislar bilishgan. Lekin bugungi kunimizda bizni oralarimizdagi o'tayotgan jarah ta'dili, falonchadan hadis olinmayd, falonchadan ilm olinmaydi deyotgan narsalar hammasi bu ahmoqona so'zlar.
U ahmoqona so'zlar. Shuning uchun, Buxoriy rahmatulloh alayh biror bir kishini shaxsiyatiga tegadigan so'zni aytmagan. Faqat hadis olinmaydigan joyi nima ekanligini aytgan. Yo u kishi zehniy hadis yodlashda past, yo u kishi hadis aytgan vaqtda falonchi falonchidan rivoyat qildi desa, u kishi shu bilan zamonda yashamagan, yo bo'lmasa shu bilan yo'liqmagan, yo hokim bo'lmasa o'sha kishi unga nima qilmagan, undan rivoyat qilmaganligini aytib o'tib ketgan. Bizni zamonimizda bir odamni hadis ahli bo'lsin, ilm ahli bo'lsun gapirmoqchi bo'lsak, uni nima qilib chiqamiz? Avvalgi tug'ilgandan boshlab qilgan nimalarni axtarib chiqamiz. Nima ish qilganliklarini. Buxoriy rahmatulloh alayh biror bir kishini g'iybat qilmadim. Hattoki qiyomat kunida Allohninng huzurida men g'iybat haqida so'ralmayman deb dadil ayta oldi. Buxoriy rohmatulloh alayhi ba'zi bir vaqtlarda otga minib, kamon otib merganlik ham qilardi deydi. Otga minib, o'zini biroz ovutib kelish uchun tashqarilarga chiqardi. Shunda o'rtoqlari bilan bir kuni tashqariga chiqishdi. O'zi bilan birgalikda Abu Ja'far degan bir kishi bor edi.
Tashqarigachiqishib, kamon ota boshladi. Shunda Buxoriy rahmatulloh alayhning otgan kamon o'qi borib, bir anhorga qurilgan ko'prikning o'rtasida ushlab turgan yog'ochga tegib, yog'och ikkiga bo'lindi. Buxoriy rahmatulloh alayh Abu Ja'farni chaqirdilar. G'amin ma'yus tovush bilan Abu Ja'far biz gunoh ish qildik dedi. Endi bu yerdan qaytamiz. Siz mana shu ko'prik kimga tegishli ekanligini izlab toping dedi. Va ko'prikning egasini topgandan keyin ayting, agar izn bersin, biz qilgan ko'prikka tegizgan talofatni o'rniga tikkalab qo'yaylik dedi. Yo bo'lmasa shuni mablag'ini to'laylik dedi. Abu Ja'far axtarib, ko'prik egasini izlab bordi. Ko'prik Humayid ibn Ahzarga qarashli ekan. Shunda kelib, Imom Buxoriy rahmatulloh alayh, mana shu narsa uchun meni jo'natdi deganlarida, Abu bu kishi Humayid aytdilarki, siz mendan Buxoriy Abu Abdullohga salomimni ayting. Biz rozimiz. Biz kechirdik, avf etdik buni qilgan ishini. U bir yog'och emas, bizning mol dunyoyimizni so'rasa ham, Buxoriyga berishga tayyormiz deydi.
Deganlaridan keyin, Buxoriy rahmatulloh alayhining oldiga Abu Ja'far kelib haligi xushxabarni aytdi. Kechirdim deb aytdi. Roziman deb aytdi. Deganlarda xursand bo'lib, shu kuni o'sha qilgan gunohimni kafforotiga deb turib, shogirdlarga besh yuz hadis imlo qildi. Va uch yuz dirham sadaqa qildi. Uch yuz dirha'm sadaqa qiladi. Subhanalloh, birovning bir daladagi bir turgan ko'frigiga tegib ketgan o'qiga shunchalik rozichilik talab qilyapti. Shunchalik. Yana biladiki, kim qildi desa, Buxoriy deydigan bo'lsa, undan hech kim haq so'ramasligini biladi. Kechirib yuborishini biladi.
Bizda oddiy bir domla yo'lni hech kimga bermay yuradi. Kimsan desa, domla, tegib ketsa ham indamaydi, boshqa qilsa ham indamay deb yuriladi da. Buxoriy rahmatullohu alayhi birovning haqlaridan qattiq qo'rqgan edi. Shuning uchun u kishi taqvodorlar sonidagi kishilardan edi. Buxoriy abumish'ar nomli ko'r kishiga qarab aytdiki, abumish'ar degan ko'r kishi bor edi. Shunga qarab, ey abumish'ar, meni gunohimdan o'ting, meni gunohlarimni kechiring dedi. Abu Mish'ar hayron bo'ldi.
Buxoriy rahmatulloh alayhining darslarida o'tiradi o'zi. Shunda aytdiki, ey Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil, nima deyapsiz? Qanaqa gunohni aytyapsiz? Dedi. Shunda Buxoriy rahmatulloh aytdiki, bir kun hadis rivoyat qilayotgan edim dedi. Hadis aytib turib, sizga ko'zim tushib qoldi dedi. Sizga ko'zim tushgan edi, siz ikki ko'zi ko'r edi da. Ikki ko'zingizni yumib olib, boshlaringizni qimirlatib, qo'llaringizni qimirlatib o'tirgan ekansiz deydi. Hadisdan ta'sirlanib, shunda men sizga qarab jilmayib kulgan edim deydi. Siz buni ko'rmadingiz deydi. Lekin mana shu gunoh Allohni oldida nima deb javob beraman deb o'ylanib qoldim. Shuni kechiring dedilar. Shunda abumushar yig'ladilar, ey imom, siz buni gunoh deb hisoblaysizmi? Biz bunaqalarni gunoh deb hisobilamasdik dedi. Siz buni gunoh deb hisoblaysizmi, biz bunaqalarni gunoh deb hisoblamasdik. Men allaqachon sizni kechirdim, dedi.
Muhammad ibn Mansur bunday dedi: Dadamiz bizga Buxoriy haqida bir hikoya aytib berdi, dedi. Dadamiz Buxoriyning masjidlarida, Buxoriyning darslar davrasida qatnashgan. Darsda o'tirganlardan biri soqoliga tegib qolgan bir narsani oldida, masjidda bunday tashladi, deydi. Soqolini o'ynab o'tirib, bir narsa teggan narsani olib, bunday tashlardi, deydi. Shunda Buxoriy rahmatulloh alayh darslarini tugatib bo'lgach, haligini tashlagan narsasiga nazari tushdi. Darsini tugatib bo'lganidan keyin, odamlar tarqagandan keyin, sekin haligini tashlagan narsasini borib olib, yenglarini ichiga yashirib, ko'chaga chiqib, ko'chagi axlatga borib tashladi, deydi. Shunchalik masjidga bo'lgan ixlos, Allohning uyiga bo'lgan ixlosi, dars majlislari toza bo'lishligi, odobi, va shunday bizga o'xshab qo'pol qilib, nima bu deb turib ko'pchilikni oldida xijolat qilmasdan, o'zini qilayotgan ishini odamlarga ko'rsatib, mana birov tashlab ketgan ekan, shuni men ochiq tashlayapman deb ko'rsatmasdan, yenglarini ichiga yashirib olib chiqib, tashlaganliklarining o'zi Buxoriy rahmatulloh alayhning ahvolalariga dalolat qiladi, deydi. Oilalariga keladigan bo'lsak, Buxoriy rahmatulloh alayhning o'g'il farzandlari bo'lmagan, lekin ayoli, joriyasi va qizlari bo'lganligi haqida ba'zi rivoyatlar keladi, deydi.
Buxoriy rahmato'lloh alayhiga bo'lgan hasadlar. Buxoriy rohmato'lloh alayhi bo'lgan hasad. Biror bir olim o'tmadi-ki, unga hasad qilinar ekan. Shuning uchun, imomun nasohiy ham aytadi-ki, falamma balag'al ilm mablag'ahu xusi xusida alayhi. Ilmni eng cho'qqisiga yetgan vaqtida unga hasad qiluvchilar topiladi degan ekan. Buxoriy rahmatulloh alayhim eng cho'qqishiga yetgan vaqtinida hasad qiluvchi lar topildi deydi. Hasad qachon paydo bo'lgan? Desa, hasadning yoshi bizni yoshlarimizni odam, odam zotini yoshi bilan teng ekan. Hasadning yoshi odam yoshi bilan teng ekan deydi. Hasad qachon paydo bo'ldi desa, hasad, Alloh Taolo Odam alayhissalomni yaratayotgan vaqtida shayton hasadga homilador bo'lib qoldi deydi. Shayton hasad, shaytonga keldi-ki. Odam alayhissalomni yaratib, farishtalarni Odamga sajda qilinglar deb Alloh Taolo farishta yu jinlarga buyurganda, shayton hasaddan ko'zi yorib hasadni tug'di. Hasad o'sha yerda boshlandi. Qanday men unga sajda qilaman, men o'tdan yaralganman, Odam esa loydan yaralgan deb, hasad shu yerdan boshlandi.
Demak, hasadning zamonasi juda uzoq davrdan buyog'iga kelyapti. Olimlar avvalgi olimlar, undan keyingi va hozirgi va hasad endi qiyomat bo'lib, shayton zanjirlanib, do'zaxga tashlanganda, vallohu a'lam, hasad tugasa kerak. Unga shayin olimlar, olimlarni oyoqlarini tortishlik, bir birlarini ustidan ig'volar yurgizishlik davom etib ketaveradi. Unga hayronavayrona bo'lib o'tirishni hech ham hojati yo'q. Ilmingizni o'qib, ibodatingizni qilib ketaverasiz.
Buxoriy bir necha zamonlar ilm talab qilib bo'lganlaridan keyin o'zining tug'ilgan vataniga, ona yurtiga, Buxoroga qaytishlikka azmi qaror qildi. Va Bag'dod shahriga keldi. U yerda o'zining ham ustozi, ham, ham suhbati, ham do'sti bo'lib qolgan Ahmad ibn Hanbal, to'rtma safning biri a? Ahmad ibn han bal rahmatulloh alayh bilan ko'rishib vidolashdi. Shunda Ahmad ibn Hanbal ko'zlari jiqqa yoshga to'lib, Buxoriyning bag'rlariga bosib, ey do'stim, siz bu yerda ilm va ahli ilmlarni tashlab ketasizmi? Dedi. Ilmni va ahli ilmlerni tashlab ketasanmi? Qolaversangiz bo'lardi shu yerda, Bag'dodda, dedi. Buxoriy rahmatulloh alayh yo'q, men o'z vatanimga ham boray. Qavmu qarindoshlarimga boray, din o'rgangan ta'limlarimni ularga yetkazay deb, yaxshi niyat bilan o'zini vataniga qarab yo'l oldi. Buxoriy rahmatulloh alayh Buxoroga kelmasdan turib Nisoburga yetib keldilar. Buxoriyning kelayotganligini eshitib, butun xalq shaharning tashqarisiga chiqib, tantana bilan, to'y bilan Buxorini kutib olishdi.
Bularning ichida shu Nisoburning eng yetuk olimi, maoravun nahurda dang'i ketgan alloma bo'lgan Muhammad ibn Yahyo Zuhli degan olim ham shular qatorida chiqdi. Kutib oldi olim. Buxoriy rahmatulloh alayh Nisoburda bir necha kun qolishini taklif qilishdi. Buxoriy Nisoburda shu yerda qoldi. Odamlar bir kunini olimning kunini o'tishligini behuda o'tkirmasdan savol javob bilan ilmidan foydalana boshladi. To'da to'da odamlar kela boshladi. Zuhli, imom Zuhli shogirdlariga aytdiki, bu katta alloma ekan. Bu kishini oldiga borib foydalanib olinglar dedi. Bu kishidan yetuk ilmlarini olinglar deb hatto o'zi ham Zuhli, ham Buxoriydan o'zi bilmaydigan hadislarni ilmlarni borib Buxoriyning orqalarida yurib, ba'zi savollarni so'rab o'rgana boshladi.
Bir kun Zuhli qarasa, Buxoriyning darsida odam limma lim, to'la. O'zi kelib darsga o'tirsa, o'zining majlisida hech kim qolmabdi. Odam yo'q. Zuhlinni qalbiga hasadgina adovat mana shu yerda paydo bo'ldi. Olimning qalbiga shu yerda paydo bo'ldi.
Endi qanday qilish kerak? Shuncha odam haqni eshitib turibdi, shuncha odam hadis ilmiga, muhaddisga mushtoq bo'lib turgan vaqtda, buni mubtadiya ekan deyish kerak. Uni eshitishga bo'lmas ekan deyishkerak. Uni falon shayxlar ma'qul ko'rmabdi deyish kerak, xuddi bizni hozirgi kunda zamonimizda bo'layotganga o'xshagan.
Bizlar hozirgi kunimizda bo'layotganga o'xshagan mana shunday ig'volani yurgizish kerak bo'ladi. Shundan keyin zuhli xuddi shunga o'xshab ig'volani yurguzib, odamlarga gap tarqatdiki, Buxoriy Qur'onning lafzi maxluq, Alloh Taolo Qur'onni gapirmadi, Alloh Taolo yaratdi Qur'onni degan bid'at so'zlarni tarqata boshladi. Buxoriyning e'tiqodi chatoq. Buxoriy adashgan kishi ekan. Ehtiyot bo'linglar Buxoriydan degan so'zlarni tarqala boshladi.
Hattoki shu darajaga yetdiki, kim Buxoriyning darsida o'tirgan bo'lsa, bizni darsda o'tirmasin deydi. Kim Buxoriyga ergashayotgan bo'lsa. Bizga kelmasin. Buxoriy buzuq aqidadagi kishi bizga Bag'doddan shunday xabar keldi deydi. Xuddi zuhli. Nima qilib, Bag'doddan bizga shunday xabar keldi va bizni Buxoriyga borib nasihat qilgan edik, nasihatimizni qabul qilmadi dedi.
Tuhmat ekani bilinib turibdi. Bag'dodda Imom Ahmadlar allomalar Buxoriyga yalinib, qoling bu yerda desa qolmasdan kelgan odam edi. Lekin bog'doddan bizgacha xabar keldiyu deb turibdi. Va yana biz nasihat qilganedik Buxoriyga, qabul qilmading degani ham tuhmat. O'zi esa ilmi yo'q. Bilmaydigan narsalarni kecha kun, kecha bir kun, ikki kun avvalo zuvli nima qilyotgandek, Buxoriyning orqasida yurib ilmini olayotgandek. Yolg'on tuhmatlarni yog'dirdi.
Shunda Buxoriyning oldiga bir shogirdlaridan biri kirib, sizga til tegizayotgan bo'xtonchi, zolimlarga duoibad qilsangiz, dedi. Abdulmajid Ibrohim nomli kishi shunday deydi. Kelib, bir endi sizni shuncha gapirib, shuncha obro'lingizni tushirib, shunchaki tuhmatlar qildi. Qachongacha o'tirib yuborasiz endi? Bir duo qiling, Allohga yaqin kishisiz, Allohning avliyosisiz, Alloh Taolo halok qiladi dedi. Shunda Buxoriy rahmatulloh aytdiki, men Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni mana bu hadislarini eshitganman. Men bilan hovuz oldida uchrashguningizga qadar sabr qilinglar. Deb Payg'ambar alayhissalom aytgan. Sizlarga shunaqa bo'xtonlar keladi, tuhmatlar toshlari otiladi. Men bilan hovuzning oldida uchrashgunga qadar sabr qilinglar deb aytgan hadislarni eshitganman. Musulmonlarning ziyoniga duoibad qilmayman deb duoibad qilmadilar.
Shu sabab bo'ldi men Buxoriy rahmatulloh alayhning nisoburini tashlab, chiqib ketishga majbur bo'ldi. Buxoriyning kuzatishlikka endi hech kim orqasidan kelmadi. Faqat ikki kishi chiqdi. Ularning biri Ahmad ibn Salama, ikkinchisi Muslim ibn Hajjot. Sahih Muslimning nimalari, mualliflari. Muslim ibn Hajjot ikkovi chiqdi xayrlashishga.
Zuhlining aytgan so'zlari kim Buxoriyga borsa, bizni darsimizda o'tirmasin deganda, mana shu ikki shogird Ahmad ibn Salama bilan Muslim ibn Hajjoj o'rinlaridan turib chiqib ketgan ekan. Shunda Muslim chiqib ketayotgan vaqtida Imom Muslim hadis to'plamlarini jamlagan. Imom Muslim shuning oldidan chiqib ketayapti, yotgan vaqtda butun zuhli din yozilgan yozgan hadislarini olib kelib shunday oldiga shunday tashlab chiqib ketgan ekanda. Hadislarini ham mana o'zingiz foydalanavering, deb turib tashlab chiqib ketgan ekan. Shuning uchun aytishadiki, shu voqea sabab bo'lib, Muslim o'z Sahihida zuhliydin ham, Buxoriyydan ham rivoyat keltirmagan deydi. Imom Muslimning rivoyatlarida bu kelmagan. Buxoriy nisoburni targ qilib, Buxoroga ketdi. Buxoro o'zining tug'ilgan shahriga ketdi. Buxoroga kelganlarida o'zining yurtdoshlari, o'zi tug'ilgan vatandoshlari, Buxoroga chiqib xuddi nisobirda kutganga o'xshab odamlar tantana to'y bilan Buxorini kutib olishdi. Buxoriy rahmatulloh alayhi Buxoroda hali joylashib bo'lmasdan, hali Buxoroga kelib joylashib bo'masdan turib, Buxoroning amiri Holid ibn Ahmadga bir maktub keldi.
Maktubda sizlarga borgan kishi, sunnatga xilof ish yurgizadigan kishi, ehtiyot bo'linglar degan xabar kelgan. Amirga xat joylagan, yuborgan, bu xat zuhliydan kelgan edi. Katta imom, katta alloma bo'lsa ham, orqama orqa quvib yuribdi. Yo'q qilishlikka. Bilmaydiki, u katta bir Allohni diniga dushmanlik qilayotganini bilmaydi. Bilmaydiki u Rasulullohga dushmanlik qilayotganligini. Bilmaydiki u Payg'ambar alayhissalomni sunnatlarini yo'q qilishga harakat qilayotgan bir dushman ekanini bilmaydi. Xuddi hozirgi kunimizda haq dinni aytib, Payg'ambar aslanming sunnatlarini, hadislarni aytayotgan kishilarni orqalariga tushib yo'q qilishi harakat qilayotsa kishilar, ular uni yo'q qiluvchi bilan qutilishmaydi, toki Payg'ambar aleyhissalomni hadisini yo'q qilmaguncha. Ular uni yo'q qila olmaydi, toki Qur'onni yo'q qilmaguncha. Bugun bunisini yo'q qiladigan bo'lsangiz haqni aytayotgan kishini, erta Alloh Taolo boshqasini chiqaradi, undan ham battarroq haqqa mustahkamini. Undan ham battarrok sunnatga mustahkamini chiqaradi. Necha yil zamonasida bir ming to'rt yuz yildan buyog'iga din dushmanlari olishib kelgan bo'lsa ham, lekin buni hadisniy va Qur'onniyo'q qilisha olmayapti yu.
Haq baralla ketaveradi. Shunga dushman bo'lgan kishi bilsinki, u faqat Payg'ambarga dushman bo'layotganini, Allohga dushman bo'tayotganligini anglab yetsin. Xolid ibn Ahmad Buxoro amiriga xat maktub yo'lladi zuhli, bu imomni ehtiyot bo'ling, yo'q qiling degan maktubni yo'lladi. Buxoroning amiri shu yerda Buxoroda ham o'ziga yetarli fitnachilar bor. Har joyning fitnachilari bo'lganday, o'ziga yetarli fitnachilari bor. Shularning ichida Xuraiz ibn Abiy Varqo degan kishi Buxoriy odamlarni buzyapti degan xabarni amirga yetdi. Buxoriy odamlarni buzyapti. Xuddi Subhanalloh o'sha bir ming ikki yuz yil bo'libdi Buxoriyning shu tavallud topganiga.
O'n ikki asr bo'libdi. O'n ikkinchi asrdan buyog'iga hanuzgacha shu dard, shu kasal yo'q qilinmadi. Vaboga o'xshab yo'qsa yo'qib kelyapti, lekin yo'q bo'layotgani yo'q. Bir olim chiqib, da'vat qilyapti, falonchi odamlarni buzyapti. Yoshlarimizni buzib yubordi, masjidlarimizni buzivordi. Lekin ichib dumalab yursa, birov uni kelib nasihat qilmaydi. Birov uni kelib nasihat qilmaydi! Mana shu dard shu o'n ikki asrdan buyog'iga kelyapti ekan. Buxorini xalqni buzdi, odamlarni buzyapti degan xabarni yetkazdi. Shunda amir chaqirdi. Chaqir yo'llab buxoriga qani kitoblaringizni olib keling bir tekshirib qo'yaylik, o'qib bir qaraylikchi. Nimalar bor ekan, bir o'qib bering bizga deb chaqirdi. Chopar kelib, amir sizni chaqiryapti. Tarixul kapil kitobus sixax va shunga o'xshagan yozgan kitoblaringizdan olib kelasiz ekan. Amirga o'qib berasiz ekan deganlarda buxoriy aytdiki, men ilmni xo'rlaydigan, xo'rlamayman deydi. Men ilmni xorlamayman. Ilm yurib borib aytiladigan so'zmas.
Biz shuncha yerlarni piyada yurib ilmni izlab, axtarib, xorlik uzdorlik bilan oldik, kerak odam shunday kesinmasdi dedi. Kerak odam kesin dedi. Bu xabar amirga yetgandan keyin buxoriy rahmatulloh alayhning buxorodan surgun qilishlikni farmoni chiqardi. Buxoriy rahmato'lloh alay oltmish ikki yoshlarida Buxoroni tark qilib Samarqandga o'zining qarindoshlarining oldiga ketishga qaror qildi. Samarqanddagi Xartang qishlog'iga qarindoshlarinikiga keldi. U yerga kelib, Buxoriy rahmatulloh kasallanib qoldilar. Va shu joyda qutdaon namozlarini o'qiganlaridan keyin, Alloh taologa iltijo qilib, duo qilib, ey Bor Xudoyo, keng yer, keng yer menga torliq qilib qoldi. O'zing meni o'zingni huzuringga olgin ey Parvardigor deb duo qildi. Yerga sig'may qoldim. Nisobirga borsa quvildi. Buxoroga borsa quvild. Yer yuzidan quvilib surgun qilinyapti. Shunda ey Alloh yerga sig'mayapman, o'zingni huzukingga ol, kichkina qabrga sig'in.
Allohga duo qildi. Duo qilib bo'lib ham lablari tugab, duodan to'xtamasdan turib, Buxoriy rahmatulloh alayh jonlarini Allohga omonatlarini topshirdi deydi. Buxoriy shanba oqshomi, ramazon hayiti kechasi xufton namozi paytida ikki yuz ellik oltinchi hijriy yili oltmish ikki yoshida olamdan o'tdi. Abdulloh ibn odam siyora alamunna baloda imom izzat habib mana bu qissani keltiradi. Tushimda deydi bu kishi aytadi, Abdulloh ibn adam degan kishi aytadi. Tushimda men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko'rdim dedilar. Rasululloh sollalohu alayhi va sallam bir joyda xuddi bir kishini kutayotganday turibdi. Yonlarida to'da to'da sahobiylar Payg'ambar alayhissalomni atrofida turib, birovni kutib turishibdi. Men Payg'ambar aleyhissalotu vassalomga salom berib, assalomu alaykum yo Rasululloh dedim. Payg'ambar alayhissalotu vassalom menga alik olib alaykumussalom va rahmatulloh barakotuh deb javob qaytardilar. Yo Rasululloh, nega bu joyda tik turibsiz deb savol berdim. Payg'ambar alysallatu vassalom, biz Muhammad ibn ismoil Buxoriyni kutib turibmiz dedi deydi.
Mana shu voqeadan keyin Buxoriy rahmatulloh alayh vafot etganligini bilaman degan ekan. Imom izzahabiy siyosiy alam nubal'a kitobida zikr qiladi. Abu Mansur G'olib ibn Jibril xabarlarida, buni ham Imom Izzahabih siyosiy alamin nubalo kitobida ketiladi. Buxoriyning hayit kuni dafn etganimizdan keyin deydi. Buxoriy rahmatulloh alayhning hayit kunida dafn etganingizdan keyin, qabr oldiga kelib, dafn etganiimizdan keyin, qabrdan juda xushbo'y hid tarqab ketdi dedi. Buxoriy rahmatulloh alayhini dafn etgandan keyin qabrdan xushbo'y hitlar tarqadi. Shunda odamlar haligi qabrdan yana iskashib, to'ymasdan qabrdagi tuproqdan hovuch hovuch olib, xuddi misik atirlarning hidlari tarqaganday tuproqdan tarqardi dedi. Haligi tuproqni olib ketsa, uylarida ham xuddi shu misikning atirning hidini chiqarib turgan holatda hid turibdi. Bu hid bir necha kunlar zamon davom etdi deydi. Bir oy, undan ziyod davom etib turdi. Odamlar kelishib, to'da to'da qismlab tuproqlardan ola boshladi. Shunda iloji bo'lmaganligidan Buxoriy rahmatulloh alayhning qabrlaridan tuproqlarni olib ketib qolmasin deb, qabrlarini nima qilib qo'ydi, to'sib qo'yishdi deydi.
Odamlar qabrga o'tmasligi uchun qabrini to'sib qo'shdi deydi. Mana bu xabar yer yuziga tarqaldi. Buxoriy rahmatulloh alay vafot etibdi, qabri bir oydan buyog'iga miski hidini tarqatib turibdi ekan, degan xabar tarqaldi. Shunda Buxoriyga dushmanlik qilgan fitnachi, ig'vogar va mana shunga o'xshagan odamlar qabrini tepasiga kelib pushaymon qildi, deydi. Qilgan ishlariga qabrini tebasiga kelib turib pushaymon qilibdi, deydi.