Maviza
—Qoralama24 daq

Kiyomat Alomatlari 1-dars (Mamurjon domla)

Maʼmurjon Domla · Maʼmurjon Domla maʼruzalari

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
24:21
O'zgarishlar tarixi

Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon, ertam gumom. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Shuncha yana qiyomatga biz yaqin qoldi qiyomat. Qiyomat juda ham yaqin deyotgani mana shunday ekan. Payg'ambar alayhissalom misol qilganda mana shu misolni ko'rsatdilar. La ya'lamu ahadum vaqtus soatil muayyan. Qiyomat kunining bo'lishligi haqida hech kim uning vaqtini bilishligi mumkin emas. Alloh subhanahu va taolo uni vaqtini maxfiy qildi. Qiyomat kunini qachon bo'lishligi va qaysi soatlarda bo'lishligini Alloh subhanahuva taolo maxfiy qild. Mana yasalunaka anisa ati ayyana mursaha. Alloh taolo aytyapti sizdan qiyomat kuni qachon bo'ladi deb so'rashadi deydi. Qiyomat kunini bo'ladigan vaqti haqida Payg'ambar alayhissalomdan so'raydi. Qul innama ilmuha inna robbiyla yujalliha li vaqtiha illa hu. Qiyomat kunining bo'lish vaqti faqat Alloh biladi deydi. Qiyomat kuni qachon bo'lishligi, uni faqat ilmiy Allohning huzurida. Uni Allohdan boshqa hech kim qiyomatni bilmaydi uni. Uni ochib berolmaydi uni.

Faqul at fissamavati val ard. Qiyomat bo'ladigan bo'lganda yer u osmonga shunchalik qiyomat, qiyomat og'irlik qiladi deydi. Qattiq, uning dahshati, uning qo'rqinishi judayam qiyin qiyomat kuni. Osmon yillarga og'irlik qildi. La ta'tiqqum illa bata. Qiyomat kuni bu tasodif keladi. Qiyomat kun bir daniga bo'ladi bu qiyomat. Yas alunaka ka annaka hafiyyun anha sizdan xuddi siz uni bilib turib aytmay yashirib turganday sizdan so'rashadi. Qachon u deb turib so'rashadi deydi. Qul innama ilmu ha indalloh ayting, uning ilmi qiyomatning qachon bo'lishi allohning huzurida. Valaakin nakhtorannasil aya alamun. Lekin ko'p odamlar buni bilishmaydi deb Alloh Subhanahu va Taolo qiyomat kunining ilmiy Allohninng huzurida ekanligini aytdi.

Qiyomat kuni bu alloh subhanahu vataolo g'ayb ilmlaridan qilib qo'ydi. G'ayb insonlar bilmaydigan va ko'zi bilan ko'rmaydigan g'ayb ilmlaringizning biri hisoblanadi. Inna alloha inda hu ilmu sa'a. G'ayb ilmlari Alloh Taolo Qur'onda beshtasini keltirdi. Biz uni ko'rmaymiz, bilmaymiz, faqat Alloh biladigan ilm bu. Beshtasini keldirdik. Inna Alloha 'indahu 'ilmu sa'a, birinchisi, qiyomatning qachon bo'lishi Allohda boshqa hech kim bilmaydi. Qiyomat ikki ming o'n ikkinchi yil bo'lar ekan, qiyomat ikki million o'n to'rt bo'lar ekan deb falsafachilar uyalmasdan chiqib, odamlarning yuraklariga g'ulg'ulalarni solib, har xil pitnalarni tarqatayotganlar, bu behuda afsonalar. U qiyomatning qachon bo'lishligini yer yuzidagi eng zo'r texnikalarni ishlab chiqsa ham, uni qachon bo'lishini hech kim isbotlab bera olmaydi. Hozirgi kunda texnologiyaning kuchayib ketib, hamma narsalarni biz kosmosdan turib, ko'rib yotibmiz, bilib yotibmiz deyotgan odamlar, u qiyomat kunining qachon bo'lishligini bilishmaydi uni.

Shuning uchun Alloh Subhanahu va Taolo g'ayb ilmi, Allohning huzurida uning kalitlari degan ilmning biri qiyomat va uning ilmi Allohda boshqa hech kim bilmaydi. Voyuna zilul g'ayf, Alloh Taolo yomg'irning tushirishligi, bu ilmni ham hech kim bilmaydi. Bu taxmin bilan aytilinayotgan falon kuni qor yog'adi ekan, falon kuni yomg'ir yog'adi ekan deyotgan narsalar, bu taxmin bilan aytilinayotgan narsalar. Va bulutning kelishligi bilan mana shu bulut bizga yomg'ir olib keladi deyishligining o'zi durust bo'lmaydigan narsa. Shuning uchun Payg'ambar alayhissalotu vassalom hudaybiyyada bomdod namozini o'qib bo'lgandan keyin aytdiki, mening ummatimdan bir toifa bu yulduzlarga, bulutlarga iymon keltirdi, Allohga kofir bo'ldi dedi. Chunki ular yomg'irning yog'ishligini shu falon yulduz chiqadigan bo'lsa va falon bulut keladigan bo'lsa, shuning sababi shu bilan shular yog'diradi dedi. Yomg'irning yog'ishligini Allohga nisbat bermay, o'sha yulduzlarga nisbat berganligi uchun kofir bo'ldi dedi. Demak, g'ayf yomg'irning tushishlik ilmi ham Allohning huzurida.

Va la va ya'lamu ma fil arham Alloh Taoloning bachadonda onaning bachadonidagi turgan bolani uning o'g'il bo'lishligi yo qiz bo'lib tug'ilishligi, uning necha yil umr ko'rishligi, uni baxtli bo'lishligi yoki baxtsiz o'tishligi Allohning ilmidagi narsa. Uni hech kim bilmaydi va isbot qila olmaydi. Lekin bugungi kundagi o'zinglar bilan ko'rsatib berayotgan, sizni qorningizdagi bolangiz o'g'il ekan, yo qiz tug'ilar ekan deyotganlari Alloh Subhanahu va Taolo taqdir qilib qo'ygandan keyin uni suratini ko'rsatib beryapti xolos. Lekin to'rt oy o'n kungachayin hech qanday o'zinglar ham uni yo o'g'il yo qiz ekanini ko'rsatmaydi. Alloh Taolo uni taqdirlab, to'rt oy u o'n kunda farishtalarni tushirib va farishtalarga buyurib, uni o'g'il yo qiz ekanligini Alloh Taolo amr qilib bo'lgandan keyingina ko'rsatayotgan narsasi. Ammo har qanday o'zinglar yetilib ketsa ham insonning necha yil umr ko'rishini taqdirlab bermaydi. Shundan, bu ilm Allohning huzuridagi, faqat Alloh Taolo biladigan ilm.

Va ma tadiri nafsun ma va taksi bu g'oda. Beshi to'rtinchisi, inson ertaga nima ish qilishligini o'zi bilmaydi. Rejalar tuzib qo'yasiz, ertaga mana bu mana bu ishlarni qilaman deb, rejalarni tuzib qo'myapmiz. Katta katta bir oldimizga dunyoviy ishlarni rejasini tuzamiz u, lekin ertasiga eshitsangiz o'sha odam kechagina yo hozirgina siz bilan bir laganda ovqatni yeb turgan odam chiqib avariyaga uchrab o'lganligini xabarini eshitasiz. U odam o'zi ham bilmagan edi shu o'limini yoki shu ertaga qiladigan ishini. Inson ertaga qiladigan amali nima ekanini bilmaydi, faqat uning ilmi Allohning huzurida. Beshinchisi, vama tadere nafsun bi ayyi arlin ta'mud, inson qaysi joyda o'lishligini ham o'zi bilmaydi dedi. Qaysi joyda o'lishligini ham inson o'zi bilmaydi. Uyida o'ladimi, balnitsada o'ladimi, suvda g'arq bo'lib o'ladimi, devorning tagida bosib qolib o'ladimi? Bu ilm insonga ma'lum ilm emas bu. Alloh subhanahu va taologina biladigan ilm, innallohu alaymun khabir.

Alloh taolo hamma narsalarni bilguvchi va bilgan narsalarni Alloh taolo xabarini bizga yetkazib turgan zot Alloh taolo. Shuning uchun bizga qiyomat kunini haqidagi xabarlarni Alloh subhanahu vataolo bizga yetkazdi. Va biz esa Allohning payg'ambar orqali yetkazgan qiyomat xabarlariga iymon keltirishligimiz iymonning arkonlardan biri.

Qiyomat kunining maxfiy bo'lishlikdagi hikmati, nima uchun Alloh subhanahu va taolo qiyomat kunini maxfiy qildi? Alloh taolo uni falonchanchi yilning falonchanchi kunida deb aytishga qodir edi. Chunki bu ilm Allohning yuzurida, Alloh bilgan ilmlardan edi. Alloh bilmagan narsasi emas edi. Nima uchun uni yashirdi deydigan bo'lsak, inson yana ham bugun qiyomat bo'lib qolarmikan, hozir qiyomat bo'lib qolarmikan degan qo'rquvda Allohga doimiy ibodatda mustamir, davomiy bo'lib turishligi uchun Alloh Taolo qiyomatni yashirdi. Agar bizga aytilsaki ikki yuz yildan keyin qiyomat bo'ladi desa, biz oyog'imizni cho'zib, yetmish yil yashayman, men yashaydigan zamonda qiyomat bo'lar ekan, men u yoq qiyomatni ko'rmas ekanman, o'ynab kulib olay deb, yana davom etib ketaverardik. Lekin Alloh Taolo qiyomat juda ham yaqin, uni sizlar bilmaysizlar degan bo'lsa ham, biz o'yin kulgularda davom etyapmiz, qiyomat xuddi bizni ustimizga qoyim bo'lmaydigandek. Demak, hikmati insonlar yana ham amalda ishtihat qilib, harakat qilib, ko'proq ibodat qilib olishliklari uchun qiyomat kunini Alloh Subhanalloh vaqtini yashirib qo'ydi.

Qiyomat kunining Payg'ambar Sollallohu alayhi vasallamdan qaysi kun bo'lishligi haqida juda ham ko'p so'raldi. Yesalunaka, yasal ukannasu anisaa odamlar sizdan qiyomat haqida so'rashadi. Qul innama ilmuha indalloh. Qiyomatning ilmi Alloh Taoloning huzurida, Alloh biladi uni. Va ma yudri ikkala allasa atatakuni qoriyba. Qayoqdan bilasiz, qiyomat juda ham yaqinda bo'lib qolishi mumkin deb Alloh Taolo bu xabarlarni aytdi. Demak, Payg'ambar Sallallohu alayhi vasallamdan qiyomat haqida juda ham ko'p so'rashdi. Bir kuni Payg'ambar Alayhissalotuv vassalom bu qiyomat haqidan so'ralganida, qiyomatning qaysi vaqtda bo'lishligini bilmadilar. Lekin payg'ambar aleyhissalotuvv vassalom uning belgilarini aytib ketdi. Qiyomat bo'lishlikdan avval o'sha belgilar juda ham yaqin qolganda bo'ladigan belgilari haqida aytdi. Buning qiyomatning alomatlari deyiladi. Qiyomatning belgilari, alomatlari, amoratlari, dalillari. Va bular ikki qismga iborat, ikki qismdan tashkil topadi. Kichkina belgilar qiyomatdan avval bo'lib o'tadigan kichkina belgilar, qiyomatning belgilari va qiyomatga juda ham yaqin qolganda bo'ladigan katta belgilar haqida Payg'ambar aleyhissalom aytib bizga nima qildi, xabar berdi.

Bir kunning Payg'ambar aleyhissalom o'tirganida majlisga qop qora, sochlari qop qora, kiyimlari oppoq, yuzlaridan nur chiqib turadigan bir kishi kirib, Payg'ambar aleyhissalomning oldilariga tizzalarini tizzalariga tegizib, qo'llarini esa o'zining tizzasini ustiga qo'yib, o'tirdi da, keyin Payg'ambar aleyhissalomdan ba'zi bir savollar so'radi. Bu birinchi so'ragan savoling islom nima deydi, Payg'ambar aleyhissalom deydi. Payg'ambar aleyhissalom sahobiylar bilan, atrofida hamma sahobiylar bilgan bir majlisda edi. Islom nima deb so'ragan edi, Payg'ambar aleyhissalom islom haqida aytdi. Allohga iymon keltirishing la ilaha illalloh, Muhammad rasululloh, namoz o'qishliging, ro'za tutishliging, zakot berishing, haj qilishing deydi. Qodir bo'lsang. Shunda sadoqda, to'g'ri aytding deydi. O'tirganlar biz hayron bo'ldik. Bilmagan odam kelib o'zi so'radi da, aytib bo'lgandan keyin yana tasdiqlab to'g'ri aytding degan gapiga biz hayron bo'limiz. Keyin iymon nima dedi? Iymon haqida so'ragan edi, payg'ambar alayhissalom allohga iymon keltirishing.

Farishtalarga, kitoblariga, payg'ambarlariga, ha, yaxshilik, yomonlik allohdan ekanligiga, qiyomat kuniga iymon keltirishing, o'lgandan keyin tirilishga degan gaplarni aytdi. Shunda to'g'ri aytding deb qo'ydi yana. Uchinchisi, ehson nima deydi? Ehson nima deganidek, payg'ambar alayhissalom, ta'budalloh ka'nakataro tag'illam takuntarohu fainnahu yarok. Allohga ko'rib turgandaqa, allohni sen ko'rib turgandaka ibodat qilishliging, agar sen allohni ko'rmasang ham, alloh seni ko'rib turibdi. Mana shunday ibodat qilishingliging ehson deydi.

Ehson degan sifat bizda yo'qolmasligi kerak. Ehson degani Xudoyi qilib berishlik, boshqa deganidan ko'ra, Allohga biz ko'rib turganday ibodat qilishimiz. Biz Allohni ko'rmasak ham Alloh Taolo har vaqtda bizni ko'rib turibdi. Mana shunday ibodat qilib, shuning uchun Alloh Taolo innalloha yuhib bil muhsinin, Alloh Taolo muhsinlarni yaxshi ko'radi degani shu.

Alloh Taologa shunchalik ibodat qilishi ehson ekan. Shunda haligi odam aytdiki, to'g'ri aytding dedi. Keyin matassa a dedilar. Qiyomat qachon bo'ladi dedi. Payg'ambar alayhissalomga to'rtinchi bergan savoli, qiyomat qachondan bo'ladi deganidek, Payg'ambar aleyhissalom aytdiki, mal mas'ul an habi alama minas sa il dedi. Men so'ralayotgan kishi, so'ralayotgandan ko'ra, qiyomatni qachon bo'lishini biluvchiroq emasman dedi. Agar bilganda sen bilgan bo'lishing kerak edi dedi. Chunki u so'rayotgan odam Jabroil alayhissalom parijda, u malak odam suratida kelib turib so'rayotgan edi.

Odam suratida kelib turib so'ray otgan edi. Shuning uchun Payg'ambar alayhissalom sendan ko'ra qiyomatning qachon bo'lishini men biluvchi emasman dedi. Shunda uning amoratlari, belgilari qiyomatning alomatlarini aytdi dedi Payg'ambar aleyhissalomga. Shunda Payg'ambar alayhissalom qiyomatning ba'zi bir belgilarini aytib ketdi. Qiyomatning ba'si bir belgilari. Mana bu odam chiqib ketdi. Shunda Umar radiyallohu anhuqa aytdiki, ey Umar kim ekanini bildingizmi deganda yo'q dedi. Bu Jabroil alayhissalom sizlarga diningizni o'rgatishlik uchun keldi dedi. Diningizni o'gatishlik uchu sizlarga keldi dedi. Demak, qiyomat. Bu besh islomni arkonini o'rganishlik va bu yoqdagi iymonning olti arkonini o'rtanishlik va undan keyin ehsonni o'rganishilik, undan keyin bu yoqdagi qiyomatning alomatlarini belgilarini o'rganishi ham dindan ekan. Bu yerda bir odamning savolini keltiribdiki, laqad at'ab tum anfu sakun fil nadarifiy umur, faida tuhaqolila, val avla bikum antah tamu bi umuril muslimin va mushkulatihim.

Shunday savol, shunday aytish mumkin ekan. Biz qiyomat va uning alomatlari haqida inshaalloh jum'alarda shu haqida gaplashmoqchimiz. Birov aytishi mumkin deydi. Nima keragi bor qiyomatni alomatlarini gapirib, ha u bu alomat, sen xohlasang ham, xohlamasang ham, bo'p o'tib ketaveradi u alomat. Ha sen aqidani aytmaysanmi, ha sen tavhidni aytmaysan, biror keladi, ha sen tahoratni aytmaysannimi deydi. Ha sen deb aytishligi mumkin deyapti. Lekin Payg'ambar alayhissalomga Jabroil kelgan vaqtida o'shalar bilan birla qo'shib turib, qiyomatning alomatlarini aytib bering bo'lmasa deb so'rab turib, mana bu dinni o'rgatishlik uchun keldi deb. Demak, dinning eng muhim arkonlaridan biri qiyomat va unga iymon keltirishlik. Agar bir inson namozini o'qisin, ro'zasini tutsin, lekin men oxiratga uncha iymon keltirmayman, qiyomatdagi bo'ladigan narsalarga iymon keltirmaydigan deydigan bo'lsa, u insonning amallari habata bo'ladi deydi. Endi biz hozir qiyomatga iymon keltirishning foydalarining, ulamolar zikr qilgan ekan. Tazakkur yo'mil axir yahut tu alal amal is solihan.

Qiyomat kunini eslashligingizni o'zi va uning yaqin qolganligini bilib, alomatlari o'tibdi buni. Mana bu alomatlar qiyomatning alomatlari ekan deb bilib o'rganishligingiz sizning yaxshi amallarni ko'proq qilib olay degan narsaga undaydi deydi. Yaxshiliklarni ko'paytiray degan narsiga insonni undaydi va zulmdan, yomonlikdan tiyilishlikka undaydi. Insonning ko'ziga o'lim ko'ringan vaqtida, o'lim ko'ziga ko'ringan va qtida, yor u birodarlardan indi kechirimnik so'ray boshlaydi. Men roziman. Sizlar ham endi mendan rozi bo'linglar degan narsani ayta boshlaydi. A uning qo'liga pul tushib, cho'ntagi pulga to'lgan vaqtida shu narsani aytarmidi? Yo'q, u aytmaydi u narsani. Chunki u ko'zi yog'ga to'lib, cho'ntagi pulga to'lib, o'zidan boshqani tanimay yurgan bir davrda hech qachon birovdan kechirimlikni so'ramaydi.

Ha, inson o'lim ko'ziga ko'rinib turgan vaqtida, butun hamma narsasini dunyoda endi tashlab ketay deb turgan vaqtda, Allohning huzurida qilib o'tgan falonchalarga yetkazgan zulmlari, falonchalarning tortib olgan mollari ko'ziga ko'tarilganda aytadi, chaqiringlar, meni endi kechirsin, men ham ulardan roziman, rozi bo'lsin deb boshlaydi. Qiyomatni eslashlik sizni dunyoyingiz oqib ketib turgan vaqtida qiyomatni eslaganingizda aytasizki, e, shuncha dunyo bilan birovga zulm yetkazib qo'ymay deysiz. Kel, shuncha dunyoni Alloh Taoloning bir yaxshiliklariga sarflaydi degan narsaga undaydi qiyomatning eslashligidek. Va nado ul mavaziynal qis tili yovmil qiyam ala tut la munafsun shay'a va inkana miffola habbating minhordani in atay nabiha va kafan bi in a hasibin. Mana bu oyatlarni eslab o'tasiz qiyomatni eslaganda. Alloh taolo aytadiki, biz qiyomatda adolat mezonini qo'yamiz deydi. Mezon juda ko'p. Tarozlar dunyoda juda ham ko'p. Juda ham ko'plar tarozlar qo'yilib qo'yilgan. Lekin bu tarozlarning hammasi adolat tarozlarimi? Alloh taolo aytyapti, biz qiyomatda qo'yadigan tarozimiz bu adolat tarozini qo'yamiz deb alohida keltirdi.

Taroz qo'yamimiz demadi Alloh taolo. Agar Alloh taolo biz taroz bilan tortamiz, o'lchaymiz desa ham, Alloh taolo adolatsizlik qilmasiga biz iymon keltirganmiz. Alloh taolo bu o'lchab turadigan zot bo'lsa, Allohning o'lchovida urib qolishlik yo'q ekaniga iymon keltirgannmiz. Lekin shunday bo'lsa ham Alloh taolo biz adolat tarozini qo'yamiz qiyomatda deyapti. Va la tutnam nafsushaya'a biror bir nafsga, biror bir jonga, biron narsada zulm qilinmaydi qiyomat kuni deyapti. Hech narsada zulm qulinmaydi, qo'rqmang. Birov haqqingizni yegan bo'lsa xotirjam bo'ling, zulm qilinmadi, qiyomat kuni olib kelib qo'yiladi. Birovni haqqini yegan bo'lsangiz ham, hech xotirjam bo'lib qolmangki, siz qiyomat kuni shuning haqqini to'lab berasiz. Adolat mezoniga qo'yamiz ekan.

Biror kishiga biror narsada zulm qilinmaydi. Voyinkana misqola habbatin min hordal, sedananing donicha misqolcha narsa bo'ladigan bo'lsa, deydi Alloh Taolo, biz uni olib kelamiz, taroziga qo'yammiz, deydi. Sidananing donicha bo'lgan misqaldagi savob, sedananing donicha bo'gan misqaldagi gunoh, Alloh Subhanat olib biz uni taroziga olib kelib qo'yamiz. Vakafa bina hasibin. Hisob kitob qilishda biz o'zimiz yetamiz, kifoya qilamiz deydi Alloh Taolo. Alloh Subhanahu va Taolo shunaqa hisob kitob qilar ekan, o'sha biron bir narsa qolib ketmaydi ekan. Va ana til vujud hu li ilha yil qayyum va qad xo ba man hammala zulma butun yuzlari qiyomat kunida hay tirik zotga, qayyum abadiy o'lmaydigan zotga boshini egib turadigan kun bo'lar ekan. Manman deb turgan.

Ha, boshlarini osmonga qaratib yurgan odamlar, zulm qilib yurgan kishilar, oxiratni eslamay yurgan odamilar, qiyomat kunida yuzlari yerga tegadigan bo'lib egilib turadi. Vaqt xo'paman hammalar, zulm. Zulm qilib, zulmni ko'tarib borgan kishi qiyomat kunida noumid bo'libdi, ziyon qilibdi, husran qilibdi deydi Allohu Akbar Taolo. Bu men ka'natlaku madlamatun li ahadim min ardehi, a ushay infalga tahallal hu min hul yav maqobla allayakuni dinan ro'ladir am. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, kim bir birodarining obro'sini to'kkan bo'lsa dedi. Qarang. Obro'sini to'tib qo'yishingiz. Ba'zida ataylab to'kamiz. Birovning irziga, obro'siga, nomusiga, jig'iga ataylab tegamiz. Ba'zida ichimizdagi hasad ko'ra olmasligimiz qo'ymaganligidan o'sha odam haqida gapiramiz. Ba'zida bo'hton qilamiz, ba'zida ko'rmagan narsamizni tuhmat qilib turib gapiramiz. Birovning obro'lari haqida gapirgan bo'lsa, yoki shey biron bir narsasiga zulm yetkazgan bo'lsa deydi Payg'ambar alayhissalom, uning qiyomat bo'lishidan avval dirham bo'lmaydigan kun, dinorlar foyda bermaydigan kun, pullar foyda bermaydi u dunyoda.

Pul, bu hammasi dunyoning fitnasi uchun Allohu Taolo yaratib qo'ydi. Agar pulni yaratmaganda bizni oramizda bir birimizga bo'lgan imtihon bo'lmasdi. Bir birimizga bo'lgan imtihon emasdi. Aka ukani o'rtasiga pulni tashlang da, keyin sinab ko'ring. Aka uka bir birini qanaqa pul uchun g'ajib tashlashini ko'rasiz. Eng men sizni alloh uchun yaxshi ko'rgan do'stingizman deyotgan birodaringizni o'rtasiga ozgina pul bilan sinab ko'ring. Alloh uchun jonimni beraman deyotgan birodaringiz pulni ko'rgan vaqtida iymonini ham sotishga tayyor bo'lib turadi. Qiyomat kunida dinor yo'q, dirham yo'q bir kunda sizlarga o'sha vaqtda dedi, bo'p qolishdan avval hali zulmdan dedi, halollanib qo'y dedi. Zulumingni birovga o'tkazgan narsangni nima qilib qo'y deydi, poklab qo'ygin, bor. Obro'sini to'kkan bo'lsang oldiga borib, ey birodar, men seni falon vaqtda shunday qilgan ekanman, mening kechirgin deb qo'ygin deydi. Haqqini olgan bo'lsang, haqqini qaytarib ber deydi.

Voyin ka'nala hu amalun solihan uhida min hu bi qadar i madnamatihi qiyomat kuniga qolib ketadigan bo'lsa, uning solih amali bo'ladigan bo'lsa qilgan zulmiga yarasha solih amal olinib, haligi odamga beriladi deydi. Voy allam takullahu hasanatu u hidamin sayyi'atihi, sayyi'ati sohibi fahmila alayhi. Agar uning yaxshiliklari bo'lmaydigan bo'lsa, yomonliklarini olib turib haligi zulmlangan kishini, bu kishining ustiga yuklanadi derdi. Demak, bu qiyomat kuniga va uning alomatlariga iymon keltirishlik, bu insonni yaxshi amal qilishlikka undaydi va foydalarini inshaalloh kelgusi jumada yana aytamizda, qiyomatning avvalgi bo'ladigan ba'zi bir alomatlar, belgilar Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytgan belgilarga to'xtaymiz.

Keyingi darsni tinglash(Mamurjon Domla) Islom Odoblari 21-dars (Haqni aytishlik va uni qabul qilishlik odobi)