# Ayollarning ayollar oʻrtasidagi avrati

- Teacher: [Maʼmurjon Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/mamurjon.md)
- Course: [Maʼmurjon Domla maʼruzalari](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon.md), lecture 118 of 181
- Section: —
- Duration: 29 min
- Original title: (Mamurjon domla)Ayollarning ayollar oʻrtasidagi avrati
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/118
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/fSefdUKoAkA.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=fSefdUKoAkA
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/117.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/119.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. To butunni ko'tarsalar barsoh tomon. Tahajjudda duo qilib qo'ygin ukam.

[0:22] Ayollarning ayollar o'rtasidagi avrati qayer hisoblanadi? Degan masalaga ham to'xtamoqchimiz. Ayollar, ayollar bilan bo'ladigan bo'lsa, ichida, o'zlari ayollarni ichida, qayerini ko'rsatishligi mumkin emas, begona ayollarga. Ammo ko'chaga chiqadigan bo'lsa. Ayollarning ba'zi nimalarda, biz oladigan anaqa, kafti bilan yuzi avrat emas deb olingan. Kafti bilan yuzinigina ko'rish tushligi mumkin degan. Boshqa mazhablarda endi yuzini ham avrat deb qilsa nima qilgan?

[1:01] Ammo ayollarning ichida bo'ladigan bo'lsa, al mar ala taxlu min antakuna imma muslima va imma kafir imma fajra. Ayollar uchta holatdan xoli bo'lmaydi deydi. Ayollar ayollarning ichida bosa, uchta holat bo'ladi. Yo kofir ayollar bo'ladi. Kofir ayollar bilan birla, joyda ishlaydi. Kofir ayollar bilam birla ishlaydi. Ana shu joyda. Yo bo'lmasa, muslima ayollar bo'ladi, ishlayotgan, birla ishlayotgani ham. Yo bo'lma, fojira, fohisha, mana shunaqa ayol bo'ladi deyapti. Uchta holat.

[1:39] Ammo avratul mar'atul muslima, ammamal mar'atul mus'lima, musulmon ayolni, musulmon ayollarni orasiga kirib qolgandagi avrat a'zosi deyapti. Demak musulmon ayol, muslima ayol, muslimma ayollarni ichida bo'lsa, shu joyda qaysi a'zosini ko'rsatsa, ochib o'tirsa bo'ladi? Masalan, ro'mollarni yechib, a? Ro'mollarniyechib, ko'kraklarni ochib, qo'llarini, yenglarini shimarib, bemalol o'tirsa bo'lladimi? Yoki o'sha joyda ham haligi kafti bilan yuzidan boshqa joyni ko'rsatmaslik kerakmi degan masalada. Agar muslima ayollar bo'lsa degan ekan, bunda ham ikkita ulamolarni so'zi bor. Birinchi so'zi, jumhu ulamolar aytishgan ekan, ayolning avrati, muslima ayolning, avrat, muslima ayollarni ichida bo'lsa, erkaklarniki qanaqa bo'lsa, shunaqa bo'ladi degan ekan. Shunda qanaqa bo'ldi?

[2:33] A? Nima bo'ladi? Kindikni ostidan tizzagacha bo'ladi deyishgan ekan. Tezakacha bo'ladi avrati degan ekan. Jumhur ulamolarni so'zi shunaqa. Malikiye mazhabida, Shofiye, Hanobili mazhabida va Hanafiy mazhabida ham maqsud, Sarahsiyni maqsud degan kitoblarda mana shu narsalarni aytishgan ekan. Endi hayron bo'lasiz, qanaqa endi? Shunda ayollar shunday yuraveradi. Deysiz da endi. Xo'p, nima uchun bunaqa aytishgan? Bularni dalillarini aytib olaylik. Keyin ikkinchi ulamolarni gapiga o'tamiz. Nima uchun bular shuni aytishgan? Birinchidan, anna hu lay sati nadarin mara ilal mara xavfu iforati nish shahvati, avul viqu fil fitna kamayfi nadarin rojul ila rojul. Ayollar ayollarni orasida bo'lgandan keyin, jins bir bir jins, ayol jins hammasi. Bular bir biriga bo'lgan fitna bo'lmaydi degani keladi. Keyin ikkinchidan shahvat qo'zib ketmaydi degan. Shuning uchun ular mana shu erkaklardagi avrat ularga ham shu avrat hisoblanadi degan. Ularga xossatan boshqa bo'lak avrat kelmagan deb shuni aytishgan.

[3:49] Fanatarul jinsiy axafo'li in'idami shah va g'olibani vujudul munojasa jinslar bir bo'lgandan keyin, ya'ni ayollar jinsida endi. Jinslar bir xil bo'lgandan keyingi ko'pincha bunda shahvat qo'zib ketmaydi. Erkaklar, erkaklarning o'rtasida bo'lsa, shaxmat qo'shib ketmaydi. Lekin ayolni ko'rgan vaqtida shaxmat qo'zi degan. Shunga o'xshab ayol ham, ayollarning ichida bo'lsa shunaqa degan masalani aytishgan ekan. Bu bir dalil.

[4:18] Bunga javob berishgan. Bu durust emas u gap. Bu dalil durust gap bo'lishi kerak, sahih bo'lishi keraks, ma'qul bo'lishi kerakt, aqlga ham to'g'ri kelishi kerak. Bu dalil durst emas degan. Nimaga desa, chunki bu yerda jinslarning rol o'ynamaydi bu yerda. Ularning anaqasi yo'q. Payg'ambar alayhissalom amratga nazar solishlikni qaytardi, ya'ni amratga qarashlikni harom qildi. Amrat soqol chiqmagan erkak kishi. Soqol yo'q erkak kishiga qarashlik shariatda durust emas ekan. Ha, bu nima bo'lyapti? Jinsi bir u, u ham erkak, bu ham erkak. Nimaga desa, baribir fitna bo'lishi mumkin degan ekan. Shuning uchun soqoli yo'q erkakka qarashsin, qaytargin. Soqolini qirayotgandir chi?

[5:13] Subhanalloh, sal qo'rqasiz a? Shuning uchun bugundan boshlab hech bo'lmasa ozgina soqol qo'yinglar. Bo'lmagan edi, bo'lsa endi qo'yasiz. Payg'ambar alayhissalom juda og'ir masala aytib qo'ydi da. A? Soqolini yaltillatayotgan odamlar endi juda xavf. Qarashlikdan qaytardi. Demak, soqoli yo'q kishiga amri yaltillab yotgan odamga qarashlikdan, qaytardi, fitna bo'ladi dedi. Ha, unga qarashlik fitna ekan, ayol ayolga qarashligi nimaga fitna bo'lmaydi dedi.

[5:52] Bu durush emas dedi. Ular endi aytishdi, boshqa bir dalil bor deydi. Qanaqa dalil deyishgan edi? Li annal mar'ata tahtaju ila an turdi avvalada ha amal manisa falida halika yujda ha antakshiv amal manisa man yakshifur rajul amal man rejal deydi. Ayol deydi, ayol kishi, ayollarning ichida o'tirganda bolasini emizish kerak bo'lib qoladi, ko'kragini ochish kerak bo'ladi. Bu shu narsalarga hojati muhtoj bo'ladi. Shuning uchun ayolning avrati ham erkakning avratida teng qilib aytsak, bemalol ko'kragini ochib emizadi bolasini. Del.

[6:28] Va lal asaf deydi arablar. Va lal asab, alfa asab, asab deydi da. Ming afsus deydi. Bu ayollar ayollarni orasida bolasini emizish masalasini aytibdi, bizda avtobusda emizib ketaveradi. Erkaklarning oldida. Ha? Ey, uyalmaydi. Shunday emizib yuborganini o'zingiz uyalib ketasiz da. Chetga qarab chiqib ketib qolasiz.

[6:58] Bizlar qayoqda yotibmiz u, biz boshqa bir vodiyda yuribmiz, kitobni ichida, hozirgi zamon boshqa vodiyda yashab yotibmiz. Bo'lak bir nimada. Xo'p. O'sha joylarni shuni dalil qilishgan ekan. Mana shunaqa bo'lsa, mana shunaqa qiladi deb dalilini aytishdi. Bunga javoban, al zaruratu behul mahdurot degan qoida bor shariatda. Zarurat mahdur narsani, ya'ni shariatda qilishi mumkin emas narsani zarur bo'lganda qilsang bo'ladi deydi. Zarurat shariatda qilish mumkin emas degan narsani nima qilsang bo'ladimi? M m, zarur bo'lib qolganda qilsang bo'ladi. Masalan shariatda cho'chqaning go'shtini yeyishlik, to'ng'izning go'shtini yeysh harom. Bir odam bir sahroda qolib ketdi da, yeyadigan hech narsasi yo'q. Faqat uni nimasi o'lim bo'lib turibdi. Lekin sherigida to'ng'izni go'shti, eti yoki shundan qilingan biror narsa bor, yemish bor. Shu vaqtda qornini oshlikdan saqlagudek to'ydirmasdan, o'limdan saqlanib qolish uchun shuni yeyishlikka ruxsat beradi.

[8:17] Qilish mumkin emas narsani qilyaptimi? Qilyapti. Mana shunga o'xshagan zarurat, avratingizni aslida erkakka ko'rish tushingiz ham joiz emas. Lekin nima turdi? Shu avrat a'zo kasallandi, shamolladi. Bormasangiz, yuristmas, ko'rinishingiz kerak tabibga. Tabibga borganingizdan keyin shu og'zani ochib ko'rish kerak u. Mana shu vaqtda zarurat uchun shu og'zini ochishlikka shariat ruxsat beradi. Erkak, erkak tabibga shunday ham. Ayol, ayol tabibga, shu vaqtdayam. Ayol, ayolda tabibga ko'rinishiga ruxsat beradilar. Ammo ayollarimizni olib borib turib, a? Mana hozirgi kunimizda ayol taraflama kasalliklar bo'lganda, erkaklar, erkak tabiblarni oldiga kirgizib yuborib, tashqarida kutib o'tirishliklar, bu nodondek.

[9:17] Ha, uni bilasiz, u a'zosini ochishini, qo'li bilan ushlab ko'rishini, hammasini bilasiz. Ha, bunga ham biz ahamiyat qilmaydigan bo'lib qolamiz. Men bir narsaga ajablanadiganim, bizlar o'qishni bitirib kelganimizda ikki ming to'qqizinchi yil bizni ayolimiz mana oxirgi farzandimizga homilador edi. Shundan keyin mana Muno Chernovudagi tug'ruqxonaga o'sha yerga yozilib, shu yerga ayol vrachga ko'rinib turadigan bo'ldik. Bir har ikki haftada bir marta ko'riniladi. Shundan keyinoq borib, men kirdim. Ichkariga kirib o'chirt oldim. Tug'ruqxonaga kirib vrachga ko'rinishga. O'chirt olib, keyin tashqariga chiqdim. Tashqarida uchta ayolmi, to'rtta ayol turgan ekan o'chirtda. Uch ovi, to'rt ovi kuldi da aytdiki, ye dedi, birinchi marta erkakni kelganini ko'rdik dedi. Ayolini yetaklab tug'ruqxonga ko'rib tushgan erkakni kelgani birinchi marta ko'rdik dedi?

[10:23] Sizlarni eringlar bormi yoki sizlar ko'chadan bo'lib qoldimi dedi. Degan edim, nimada ham ishlaydi? A biz endi to'shakda bu narsalardan uyalmadik, bu yerga kelib ko'rishishdan ham uyalmaymiz dedim. Sizlarniki dedim, u yoqda bo'ladi yu, bu yoqda kelganda dedim, uyalib dedim, kelmaydimi dedim. Qayoqqa bording, kimga ko'rinding, kimga kelding? Bu masalalar qiziqtirmaydimi sizlarni eringlarni? Ajablanyapti.

[10:52] Ajablanyapti, erkak kishi ayolini yetaklab ko'rsatayotganligiga ajablanyapti. Shuncha darajaga keldik da. Asli shariat o'zingiz olib borasiz. O'zingiz ko'rsatasiz. Ayol, ayolga ko'rsatasiz, erkakka ko'rsatmaysiz. Ba'zilar bor ekan, erkak vrachlar, yaxshi vrachlarga avvaldan yozilib qo'yar ekan. Men shu vrach, erkak vrashga yoziladi da.

[11:20] Subhanalloh. Endi akasil fitrada edi u. Odamning fitrat alloh taolo yaratgan xulqat, xilqat, nima qilib o'zgarib ketgan. Demak zarurat vaqtida emizsa bo'ladi. Zarurat vaqtda ayollar ayollarni ichida o'tirib, ko'kragini ochib emizsa bo'ldi, shunda ham chekkaga, ayollarga ko'rinmaydigan panel joyga burilib emizish kerak. Durustmi?

[11:51] Ikkinchi ulamolarning so'zi, birinchilari nima deydi, ayol kishini avlod qanaqa deydi? Zuhriddin? A? Endi qarab o'tiramiz. Yoz. Charchaganmiz, hammamiz charchaganmiz. Men ham rosa charchaganman. Uxlayotganlar bor da. Uxlayotgandan so'raymiz da, javob bera olmasa turg'izib qo'yamiz. Dars tugaguncha ayturish.

[12:22] Shayx Husayn rahmatulloh alay taniysan, tanishmisan, tanish emassanmi, farqi yo'q edi. Ka'badan dars berardi. Bomdod namozidan keyin. Bomdod namozi dan keyin odatda uyqu rosa shirin keladi. Shunday dars berardi da, birinchi darsga kelganda, ey falonchi, bugun imom bomdodning birinchi rakatiga qaysi surani qo'shdi deydi. Siz u surani yodlagansizmi, yodlamagansizmi, qani bilasiz. Shunday tursang tur deydi. Bo'ldi, darsni boshingda turasiz she'ri. Dars tugagin ketdikka turaverasiz. Uxlayotgan odam bo'lsa turg'izib qo'yardi. Shu nimani qo'llaymiz.

[12:56] Xo'p, ikkinchi ulamolarni aytgan so'zi, yo'q, ayollar ayollarning ichida kindik bilan tizzagacha emas avrati. Ularning avrati, mahramlarining oldida qaysi joylarni ochish joiz, qaysi joylerni ochish joiz bo'lmasa, begona ayollarning o'rtasida ham xuddi shunday deydi. Xo'p, kim tushuntiradi bu gapni? Aka.

[13:23] Qaytaring ichida deydi. Turing. Ko'ring boshlab berasiz. Tushunmadinglarmi? Mahramlaringizning orasida singlingiz sizni oldingizda qaysi joyini ochish joiz? Misol, kindigi bilan, tizzasi bilan yuravermaydi yu, to'g'rimi? Ro'molni, sochini ochishi mumkin, ro'molni olib ko'kragini bunday ko'rsatishi mumkin. Qo'lini bunday shimarib, bilagini ko'rsatishi mumkin va oyog'ini ko'rsatish mumkin. Ana shu a'zolarni ko'rsatishim mumkin. Maramlar. Onangiz, singlingiz, xolangiz, ammangiz, qaysi joylarni ko'rish mumkin bo'lsa, muslima ayollar bir birlarini o'rtasida shu joylarnigina ko'rishligi mumkin ekan. Tushunarli a? Bunga dalil bormi? Bu gap.

[14:19] Bu gapga vatandur ila ras val vaj mana chochiga, yuziga, bo'yniga, bilagiga, sog' deydi, mana shu nima boldir deymizmi, oyoqqa qarashi mumkin. Bu Abu Hanifa rahmatulloh alayhning gapi Bahrur Ro'iq degan kitobida keltirgan ekan. Abu Hanifaning gapi Bahrur Riqda keltirgan. Endi bunday qarang.

[14:42] Nuqul, yanaqay mansabni aytishadi shular. E u darsga qatnashsang nima bo'lmaydi. Hanafiy mazha gapiryapti. A bizlar Roziq jumhurni aytamiz bizlar. Deydi. Ha jumhurni gapi durustmi, Hanafiy mazhatni gapi durustimi hozir? Hanafiy mazhatni gapi durost bo'lib turibdi. A bu Molikiya, Shofiya, Hanobiylar, butun jumhur olimlar haliginaqa deydi. Yuraveradi shunday deydi. Ha, Hanafiy mazhabni gapini qarang, qanaqa kuchli narsani aytdi. Hali daliliga to'xtaganimiz yo'q.

[15:17] Bu yerda roziq masala, Hanafiy mazhabni gapi. Shuning uchun bu masalalarni gohida agar shu Hanafiy mazzabini mana shu joyini o'qimasangiz, siz jumhurni gapini, Hanobilarni gapini ushlab adashib ketgan bo'lardingiz. Shuning uchung ulamolarning hammasini gapini olamiz bizlar. To'rt mazhabning hammasini gapini olamiz bizlar. Olimlarning.

[15:42] Dalillari nima? Abu Hanifaning dalili nima? Dalili Qur'onda Alloh Taolo aytadi. Vala yubidina ziina tahunna illa libu'rulati himna. Av aba ihina, av aba ibu'rulati himno, av abna ihina, av abna ibu'rulati hidna, av ihvonihin, av bani ihvonihim, av bani aqavati av nisaigin. Dalili Nur surasini o'ttiz birinchi oyati. Ayollar ziynatlarini oshmasin, ko'rsatmasin. Hech kimga. Faqat kimga desa, ko'rsatish mumkin bo'lgan kimlardek asli ziynatlari. Ziynatdan maqsad, ziynat degani shu ziynat taqadigan o'rinlarini ko'rsatmaysiz. Ziynatni ko'rsatmasinda ham cho'ntagiga masalan tilloni solib olib, hech kimni ko'rsatmash kerak ekan deb yurmaydi da misol. A?

[16:32] Taqinchoqni masalan qulog'iga taqadigan zirakni olib olib turib cho'ntagiga solib, erigagina ko'rsatsin deyapti. Bunday chiqarib ko'rdingizmi demaydi. U o'rni deyapti, ziynatdan maqsad o'rni. Qo'l nima uzuk masalan qo'lga taqaladi. Qo'llarini ko'rsatmasin faqat eriga. Bilaguzuk bilakka taqaladi. Demak bilagini kimga ko'rsatadi? Eriga ko'rishsa bo'ladi deyapti. Yana bo'yinga taqiladigan sepichka deymizmi, nima deymiz u? Mana endi bo'ynini ko'rishdi kimga? Eriga ko'rishsa bo'ladi. Oyoqqa taqishadi, masalan arablarda. Oyoqni ham kimga eriga ko'risha bo'ladi. Urunlari, mana shu joylarni deyapti. Demak, mahramlar ko'rish bo'lgan, ko'rishi joyingiz bo'lgan joylar. Mahramlar o'zingizni singlingiz, o'zingizni xolangiz, ammangiz, opoyingiz, mana shunga o'xshaganlarni ko'rishingiz joiz bo'lganjoylari shu joylar ekan. Ziynatlarning urunlarini ko'rishingiz mumkin ekan. Shu joylarni ko'rishingiz mumkin. Faqat erlariga ko'rsatsa bo'ladi, dadalariga ko'rsatsak bo'ladi, erlarining dadasi, qaynotalariga ko'rsatsa bo'ladi va o'zining bolalariga ko'rsatcha bo'ladi. Erning boshqa xotinidan bolasi bo'lsa, erini boshqa xatini bolasi, unga ham ko'rsatsa boladi. Yoki aka ukalarining bolasiga ko'rsatsangiz bo'ladi.

[17:50] Aka ukasini bolasi kim bo'ladi bunga? Yo'q, jiyanlar edi. Va opa singillarining bolalariga ko'rsatsa bo'ladi. Opasi singlisini bolasi edi. Yoki, demak, bular mahramlar bo'ldi yu hammasi. Endi nomahram bo'lmaganlar o'zlarining ayollar, ayollarga o'sha joylarni ko'rsatsa biladi deydi. Demak, Qur'on nimani aytdi? Begona ayollarning ichida o'tirsa, o'zining uyida, xonadonida, mahramlariga ko'rsatishi joiz bo'lgan a'zolarni begona ayollarga ko'rsatsa, o'shalarga bo'ladi. Shu joyi. Undan ortiq mumkin emas. Choch, yuz, qo'l, bilak, oyoq, bo'yin.

[18:34] Undan oshig'ini ko'rsatish mumkin emas. Agar musulmon ayol bo'lsa, mana shu ayting ham bor. Qolun nabiy al avratu ikkinchi dalili, Abu Hanifaning mazhabida aytyapsiz. Abu Hanifaning nimasi ikkinchi dalili? Al mar'atu avra deydi. Ayol kishi avrat, hamma joy avrat hisoblanadi deydi. Faqat aytmadi, tizzalar bilan kindik demadi ayol. Uchinchi dalil Buxoriy, Muslimda keladi, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga Oisha onamizni tayyorlagan kuni kechasida uylanganida Payg'ambar alayhissalomga Oysha onamizni tayyorlashdi. Odatda ayollar ayolni nima qiladi, kelinchakni tayyorlaydi. Tayyorlagan vaqtlarda sochlarini tayyorlab, Payg'ambar aleyhissalomga chiroyli ziynat liboslarini kiydirib chiqarishdi. Boshqa ayollar Oysha onamizning sochlarini taraganligi, demak, sochini ko'rsatsa bo'ladi degan. Ha, erkaklarga o'zini eriga sochini ko'rsa bo'ladi. O'zini akasiga sochini ko'rsa, boshqa ayolga ham bo'ladi deyapti da. Boshqa ayollarga ko'rsatdi deyapti. Va yana bu yerda jobir rodiyallohu anhuning hadisida bir kuni payg'ambar alayhissalom jobirni qarasa, juda bir chiroyli kiyimlar, qushboy hidlar bilan kelib qoldi. Keyin Payg'ambar aslan so'radi, uylandingizmi? Dedi. Odatda erkak kishi arang, zo'rg'a bir atirlar sepadi da, uylanganida.

[19:55] Shundan uylandingizmi dedi. Darrov bildi, uylandingizmi deganda ha uylandim dedi. Asayyi mana bu bekiroq dedi. Bekirga, ya'ni qizga uylandingizmi yo juvonga uylandingizmi deganidek juvonga uyandim dedi. Payg'ambar alayhissalom aytdi, ha bekir ololmaysiz, qiz ololmaysiz dedi. Ha qiz ololmabsizlar dedi. Uni endi qoidalari ko'p. Nimaga deganda, baribir ayol kishi birinchi erkakni ko'rgandan keyin shu erkak baribir uning qalbini egallaydi. Agar erkak kishi, boyagi ayolni oladigan bo'lsa, juvonni oladigan bo'sa, u biror bir kamchilikni ko'rgan vaqtda, birinchi erim unaqa edi da, birinchi eri yaxshi edi da, birinchisi erim bunaqa qilmasdi, birinchi erini kechirib yuboradi deb turaveradi da. Shuning uchun bikrni nima qildi payg'ambar alayhissalom, ha, shuning uchun qiz bola olavermasdi qa dedi. Deganida u sababini aytdi. Jabr aytdiki, ya rasululloh, mening dadam dedi, dadam onam qayt. Vafot etgan. Dadam onam vafot etgan va ko'p qancha ham qizni aytdi. Falon qizni tashlab ketdi. Hammasi qiz bola dedi. Faqat men o'g'ilman uyda dedi. Qolganlari hammasi qiz singillarim dedi. Kichkina kichkina, o'zini eplay olmaydi. Shularni dedi.

[21:08] Taqum ala axvati, shularning ishlarini qilishligi, shularga qarashlik. Va tumashit, va tamshidixin, va ularning chochlarini tarab, og'zida kiyimlar kiydirish uchun mana bu yoshi katta juvonni oldim dedi. O'zi bilan tengni olsam, singillarim bilan teng, u nima qilib beradi ularga dedi da. Shuning uchun yoshi katta juonni oldim, ularning chochilarini tarashligi uchun dedi. Demak, begona ayollarni orasida begona ayol bilan sochini tarashligi, sochini ko'rsatishi joiz degan masala kelib chiqyapti. Tushunarlimi?

[21:43] Va shuningdek, biron bir o'tgan salafi salohlarning nimalarida, hayotida birontasini ayollari, ayollar o'rtasida kimligi bilan tizzasigacha inog'at deb yurganligi haqida xabar kelmagan. Hammasiniki shu mahramga ko'rish mumkin bo'lgan a'zoni muslim ayol ko'rishi mumkin. Mahramlarga ko'rishi mumking bo'lmagan a'zo boshqalar ham ko'rishi mumkinki emas.

[22:10] Va min maja'i fi fatova allajnadi daima. Mana arab mamlakatidagi hozirgi kundagi chiqarilayotgan fatvolarda ham mana shu narsalarga urg'u bergan ekan. Qur'onning zohiriy ayol kishi ayollarga biror a'zosini ko'rsatishi joiz emas, faqatgina mahramlarga ko'rsatishi mumkin bo'lgan joyni ko'rsatadi debdi. Va odatda uyda ayollar o'zini uyida dadalarini oldida, akalarini oldida ochishligi va uydagi mehnat, ya'ni uyda qilayotgan ishlarda qaysi a'zolarini ochishligi, joyingiz bo'lsa, faqat shu joylarnigina ko'rsata oladi debdi. Boshqa ayollarga ham. Valayu dina ziynataxun, bular ham xuddi shu oyatni keltirgan, haligi oyatni, ziynatlarini ko'rsatmasin, erkaklarga faqat erlariga ko'rsatsin, dadalariga, qaynotalariga, akalariga, ukalariga degan oyat keltirib, yoki ayollarga deb turib alohida keltirdi. Bu yerda, e, jaratiladi ammat tavasuf, fittaka shufi, ammodeylik, bundan ortiq joylarni ochiq ko'rsatishliklar. Bundan ortiqjoylarni ochishliklar va bu mutlaq mumkin emas.

[23:26] Qur'onda ham va sunnatda ham bunga ijozat yo'q debdi. Chunki bu ayollarning orasida fitnaga sabab bo'ladi debdi. Demak, ayol kishi, ayollarning o'rtasida boshqa a'zolarni ochsa fitna, va iftitan bi ha, min banat i jinsi ha. Ikkinchidan, o'zining kelayotgan avlod, ayollar, qizlar, ular hijob o'rashlik, ro'mol o'rashni o'rniga, yana ham haligi ochilib yurganlarni ko'rganda, ha meniki hech narsa emas da. A uniki tizzani tepasida turibdi, meniki tizzamasiga turibdi deb kiyib chiqyapti maktablarga a? Qizlar, musnima qizlar, musulmon xonadonidagi qizlar maktablarga ketyapti. O'n o'n birinchi sinfga boryotgan qizlarni ko'rsangiz, hozirgi kiyayotgan formalar tizzadan tepasini topolmaysiz ekan. Qizimga forma izladik, maktab forma. Forma izladik. Biron forma tizzadan pastga tushmas ekan. Lekin o'zidan katta ikki uch sinf kattalarni formasini olib berdikda, yelkalarini qisqartirib, ana shuni forma qilib berdik. Nimagaki, o'zini nimasidagi formalar aytyapti, sotyotganlar aytyapti. A forma deydi, tizzani tepasida turadi da deyapti. Forma tizzani tepasiga turadi da deyapdi.

[24:43] Kiygan formalar haligi unaqa bo'lyapti. Ko'rdingizmi qanaqa nimaga? Agar ayol kishilar yana ham yalang'ochlanaversa, buni ko'rgan ayollar fitnalanib, meniki sal uzun bo'lyapti ekan, hozir bunaqa yurish kerak ekan deb sal ko'taraveradi da. Ko'tarilib ketaveradi. Tushunarlimi? Shuning uchun bu fitnaning sababi da. Va ayi don, ayi don quduq vasayi, aligoyri himnami, boshqalar uchun yomon namuna mana shundan kelib chiqadi. Boshqalar uchin yomon namuna mana shundan kelib chiqadik. Va fiyi tashabbubul kafirot aslini oladigan bo'lsak, bu kofir mamlakatdagi nimalarning, ayollarning yurish turishi shularga tashvish qilyapmiz, biz musulmonlar. Kofir mamlakaotidagi kofirlarga bizni hozirgi kunda muslimalar shularga tashviq qilib, o'zimizni shularga o'xshatib, to'ylarimiz, yurishimiz, turishimiz, kiyinishimiz, hamma narsamizni shularga oshatgimiz kelyapti. Bu harom. Bu, a a, va va bag'oya filibasingin va yana bu asli libos, mana shunaqa kaltakultak kiyish liboslarida edi. Kimlarniki? Ko'pincha buzuqlarning libosi deyapti da. Bag'oyalarniki. Shuning uchun biz sal ko'zlarimizni to'g'ri qaratishimiz kerak. Fa ala daliklar yazyuzul an tal basa, almalab yiqib, yana shu fatvoni davomida aytyapti.

[26:01] Ayollar yana tor kiyimlarni kiyishi ham joiz emas. Allati tabiiy nu tafosiy va ado iha, u tubin tafosiy va ado iha a'zolarning bo'lak bo'lak qilib ko'rsatib beradigan. Har bir a'zosi masalan alohida ko'rinib turadigan qilib tor kiyib oladi. A'zo ko'rinadigan bo'lmaslik kerak. Kiyim a'zoni ko'rsatmaslik kerak.

[26:25] Va vala antalbas mayak shefu, fayubidiy mafotiyni teha mafotiyni tafaha va fitnaga sabab bo'ladigan a'zolarini ko'rsatmaydigan kiyimlar kirishlik kerak. Yalang'och, yarim yalang'och kiyimlarni ham kiymasligi kerak. Kasiyatun ariyat deb Payg'ambar alayhissalom qiyomat kunida shunday odamlar chiqadi. Meni zamonamda bo'lmagan, dedi. Ularning sochlari nima bo'ladi? Tuyaning o'lkashiga o'xshab o'lkagan, ariyat, yarim yalang'och kiyingan ayollar, dedi. Ular jannatga kirmaydi, hidini ham topmaydi, dedi.

[26:58] Unda ayol kishi, hozir aytadigan bo'lsang, uzun kiyimni kiysa, a'zolari ko'rinmasa. A'zolarini ko'rishib turadigan bo'lmasa. Endi buni nima, jamolim ham qolmadi, hech narsam qolmadi yu deydi da. Ha, u menda hech narsa qolmadi yur, ko'radigan ko'chadagilar deydi da. Qopga o'xshab bitta narsani keng qilib qidirib qo'ysangiz. Aytamizki, ayollarning jamoli kiyimidagi tor kiyishlikda emas. Ularning jamoli, haqiqiy jamoli ayol kishi, ziynatlanadigan narsa hayosi. Hayoli ayol, iboli ayol hech qayerda qolib ketmaydi.

[27:35] Ochiq, sochiq, tor kiyimlarni kiyib, kalta kulta kiyib yurgan ayollarga ko'p odam uyda yurib, vaqtincha ko'ngil xushchaqchaqlik qilish uchun yuraveradi. Mana bu yigit ham kelib yuradi, mana bu yigitam kelib yuraveradi. U hamma yoqqa ochiq darvozada u. Xohlagan odam ilib kirib chiqib ketaveradigan darvoza. Ha, u bilan yurib yuradi. Lekin endi haqiqiy uylanishga kelgan vaqtda aytadi, e u deydi, u deydi rasvo, u deydi o'zi. O'zi biladi da uni. Unga hech kim uylanmaydi. Lekin uzun kiyinib, ibod bilan, hayo bilan erkaklarga qaramasdan yerga boqib yurgan ayolning ko'p odam endi azmiqaror qilib uylanishga kelganda, alkasham, shunga uylangim keladi deydi da.

[28:17] Ha? Ko'rdingizmi? Shunga uylanggin keladi deb turadi. Shuning uchun ayol kishining ziynati nima ekan? Hayosi. Shuning uchunga shoir aytadi voyalaa qub hil fath la voyalaa qub hafatat in la hayaa alaha voyintahlilat beg'olilmasi va'da habiiy voy deydi hayosi yo'q qiz qanday ham xunukdir degan ekanda. Hayosi yo'q, qiz qanday ham bir xunuk, xunuk bu qiz. Agar u olmosu tillo kumushlar bilan bezanib olgan bo'lsa ham degan ekan. Tillo kumushilar bilan boyagi eng qimmat ziynatlarni taqib olsa ham, butun a'zosi tillo bo'lsa ham, qanaqa bu nima, xunuk qizdir degan ekanda. Hayot degani, hayot degan so'z, hayot degan ma'noni anglatar ekan. Hayo bor desa, u hayot bor, tirik degandan sekin. Hayo yo'q desa, u hayoti yo'q, u o'lgan degan narsani anglatadi ekan. O'lik jon, o'lik bir tanada u. Hayoti, hayosi yo'q tana, bir o'lik tana u.
