Maviza
—Qoralama1 soat 23 daq

(Mamurjon domla) Islom odoblari 25- dars (Yolgʻiz Ollohga ibodat qilib unga sherik qoʻshmaslik odobi)

Maʼmurjon Domla · Maʼmurjon Domla maʼruzalari

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
82:57
O'zgarishlar tarixi

Audubillahi minash shaytoni rohiym. Bismillahir rohmanir rohiym. Finnal hamdali'lla, nuhmat u huva nista'il, huva nista'firu va na'udhu billahi min shu'ruri an kulsina va min say'ati amalina, man yahdihillahi falamudillala va man yudlil falaha deyala va ash hadu an la ilaha illallohu vahdahul la sharinkala va ash haduanna muhammadan abduhu va rasuluh ummabad. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bugun odatdagiday shanba kungi islom odoblari darsiga jamlanib o'tiribmiz. Alloh subhanahu va taolodan bu darsligimizni davomiy bo'lishligini va allohning roziligi uchun bo'lishligini, va avvalo o'zimga qolaversa barchamizga, manfaatli bo'lishini alloh taolodan so'raymiz.

Biz bugungi darsda hozirgi vaqtimizda, bugungi kunimizda juda ham zarur bo'lgan va dolzarb masalalardan biriga to'xtalmoqchimiz.

Darsligimizni, islom odoblari darsligimizni boshlaganimizda, alloh bilan bo'lgan odob darsligiga to'xtaganmiz, lekin juda ham qisqacha to'xtalib o'tgan edik. Ammo bugun shu odobning bittasiga to'xtalmoqchimiz. Alloh subhanahu va taolo bilan bo'lkan odoblarning birinchisi deganmiz, yolg'iz alloh taologa ibodat qilishlik va unga ibodatda shirk amalini qilmaslik degan edik.

Shirk amalini qulmaslik degan edi. Bugungi darsligimizda shu shirk, shirkning ma'nosi, shirkning turlari, shirkning oqibati, shirkning jazosi, va hokazo qaysi amallar shirk bo'lishligini gapirmoqchimiz.

Bunga to'xtalishligimizning sababi, birinchidan, darsligimizga kelayotgan birodarlarning juda ko'pchiliklari hali shirkni nima ekanligini to'liq tushunmagan ekan. Bu birinchi sabab.

Ikkinchi sababi kechagi televideniyadan beriladigan hidoyat sari nimasida biz shu mavzuni qo'zg'ab, shu mavzu haqida kecha nima berdik, sherik haqida gapirdik. Shundan keyin besh oltita odam keldi. Men tanimaydigan odamlardan besh oltisi kelib, sehr haqida, folbinlar haqida va hokazo shunga o'xshagan narsalarni aytgandik. Kelib, mana shu narsani qilmoqchi bo'lib turuvdik. Siz televideniyada chiqib bizga shuni durust emasligini gapirganingizdan keyin, endi nima qilaylik deb yo'l izlab, sizni izlab, oldingizga keldik deb kelishdi.

Shuni bildimki, juda ko'p odam hali shirkni bilmas ekan va shuni bayon qilib xalqqa ko'proq yetkazish kerak ekan deb, bugungi darsligimizni hozircha o'shanga, o'sha darslikni takrorlamoqchimiz. Shirk degani, shirk degani birodalar, darasligimizni boshida o'zimizni tuhmatdan nariroq qilib aytib qo'yaylikki, ba'zi odamlar shu tuhmatni yaltiradi. Shirk haqida gapiryapsa, bilingki, u vahobiylar deydi.

Vahobiy emaslar, shirkni gapir, shirkni gapirmaydi deydi. Vahobilarni bir belgisi shirk deb gapiradi deyishadi. Bu mezon tarozi emas u. Bu o'lchov emas. Haq bilan batilni, to'g'ri odam bilan noto'g'ri odamni, yaxshi odam bilan yomon odamni ajratishlik uchun qo'yilgan taroz, bu taroz bo'lmaydi. Bu adolat tarozi emas bu.

Ibodatimizga taalluqli bo'lgan narsani olib kelib, bunga taqqoslashlik durust emas. Ya'ni aytadiki, olib borib ikkinchi narsani ham aytib qo'yaylik. Ular deydi, ota bobolarimizning qabrlarini borib ziyorat qilishsin va o'liklarning hurmatini ularni nazdida qadr qimmati yo'q deydi.

Borib deydi, o'liklardan so'rama, o'liklarga duo qilma. O'liklarni nima qilma deydi, o'liklarni haq huquqini yo'q qiladi. O'liklarga misol payshanba kuni osh qilib o'tirma deb aytadi deydi.

Arvohlarimizni deydi, ota bobomizni arvohlarini chirillatadi deydi. Shunday odamlarga biz o'zimizni samimiy muomalamiz tiriklar bilan va o'liklarga qanday ekanligini birinchi aytib qo'ymoqchimiz. Bizni musulmonlarning Alloh Subhanahu va Taolo tiriklarga eng go'zal muomala bilan muomala qilishlikka buyurdi.

Tirik odamlar bilan eng go'zal muomala bilan muomala qilishlikka bizni buyurdi. Hattoki biz avvalgi darslarda ham aytganmizki, qo'shningiz g'ayridin bo'lsa ham, dinimiz islom dinida bo'lmasa ham, ularning xursandchilik kuni va xafachilik kunlarida borib ko'ngil so'rashlik, va ularni ziyorat qilishlik mumkin ekanliklarini, islomini umid qilib turib, bularni gapirdik bizlar. O'liklarga bo'lgan munosabatimiz esa cheksizdir. Cheksizligi o'liklarning haqqiga duo qilamiz. Alloh mag'firat qilsin deymiz. Alloh gunohlarini kechirsin deymiz. O'liklariga bo'lgan munoqsabatimiz, a? Va agar bizda shunchalik shariat o'rgatdiki, qabristonlarni oyoq kiyiminglar bilan yurib, ustuni tepalamanglar deydi. O'liklarning aziyat yetkazmaslik va o'liklarni qabrini ochib, qaytadan o'lgandan keyin, dafn qilingandan keyin qabrini ochmanglar deydi.

Ularga aziyat bo'ladi deydi. Va o'lgan odam ro'zasi qolib ketib, haj qilolmay o'lgan bo'lsa, ularning nomidan ro'zasini tutib beringlar deydi. Yoki bo'lmasa, uzr sababli ro'za tutolmay kasallik sababli qolgan bo'lsa. Uning har kunlik nimasi, kafforati, ro'za tutilmagan kafforatini to'lab beringlar deydi va haj qilolmagan bo'lsa, hajni ado etib beringlar deyd. O'liklarga bo'lgan shunchalik mehr, oqibat, muhabbat va ularga qilinayotgan ishni ko'ring shariatda. Lekin endi ularni, boshqa odamlarni tuhmat qilayotgan odamlarni qilayotgan ishini qarang. O'liklarga qilayotgani ishi osh pishirib, olib kelib, o'z yeydi. Kimni qorni to'yapti? Tirikni qorni toyapti. O'likka qanday manfaat bo'lishi mumkin?

O'lgan odamga qanday manfaati bo'lishi mumkinda? Biz qornimizni ochirib o'likni nomidan ro'za tutib beryapmiz. Haqiqiy mahabbat, haqiqiy ixlos o'likka bizda topilyapti. A ular o'lgan odamni nomidan qaysinisi, misol, o'lik, bizlar o'likni hurmat qilamiz deyotganlar o'likni nomida ro'za tutib berilyapti.

Shuning uchun biz o'liklarga ham, tiriklarga ham, nimamiz, shariat bizni juda yaxshi yo'lni ko'rsatib qo'ygan, o'rgatib qo'gan. Birinchi aytmoqchi bo'lganimiz, mana shu nuqtaga nazarga, nuqtai nazarga yaxshilab e'tibor berib qo'yishimiz kerak. Shirkning ma'nosi, shirk degani arab tilidan olingan kalima. Buni ulamolar aytadiki, antaj alalillahiniddin vahvah halakaka degan. Sizni yaratgan Alloh Taologa, Alloh Taologa.

Allohning o'zinigina qudratidan, Allohning o'zigina qudratli zot, Allohning qudratidan bo'lgan, Allohning ozi qodir bo'lgan narsalarga boshqa narsani tenglashtirishlik. Sizni yaratgan zotga boshqa nasani teng qilib qo'yishlik. Sherik amali, sherik qilish degani bu. Ma'nosi shu.

Sherik amalini qilgan kishilarni, sherik amalini qurgan kishilarnni Alloh Taolo oyatda, Payg'ambar alayhissalotu vassalom hadislarda juda ko'p vo'y oqibati yomon ekanligini bayon qilgan. Buni ba'zilariga to'xtab o'tamiz. Alloh Subhanahu va Taolo Qur'onida aytyaptiki, innalloha la yag'firu angushru kabihiy va yag'firu madunada alikaliman yasha. Alloh Taologa shirk keltirilgan biror narsani Alloh Taolo hargiz kechmaydi. Shirkni Alloh Taolo kechmaydi. Sherikdan boshqa gunohlarni Alloh Taolo xohlagan kishi uchun kechadi, dedi. Xohlagan kishi uchun kechadi. Shirkdan boshqa gunohni. Ammo shirkni, dedi, Alloh Taolo kechmaydi, dedi.

Ikkinchi, yana oyatda Alloh Taolo aytadiki: innalloha innahumi yushrik billahi faqat har romullohu alayhim jannat va ma'uahunnar va ma'lifvolimiina min ansar. Alloh Taolo aytadiki: kim Allohga shirk qilsa, shirk amalini qilsa, Alloh Taolo unga jannatni harom qildi va uning boradigan joyi jahannamdir va zolimlarga yordam beruvchi kimsa qiyomat kuni topilmaydi, dedi. Shirk amalini qilgan odamni o'ziga, nafsiga zulm qilgan odam, dedi, qiyomat kunida unga yordam beruvchi yo'q va uning joyi jahannam, jannat unga haromdir, deydi Alloh Taolo. Bundan ham og'ir oyat bo'lmasa kerak.

Shirk amalini qilmanglar deyishga bundan og'ir endi oyat bo'lsa kerak. Jobir radiyallohu anhudan Sahih Muslimda kelgan hadisda Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytadilarki: men laqiyalloh la yushrik behiy shay'anda halal jannat. Kim Allohga shirk keltirmasdan o'lsa, Allohga yo'liqsa dedi, shirk keltirmay o'tgan bo'lsa, Allohni albatta Jannatga kirgizadi dedi.

Kim Allohga sherik keltirib, Allohga yo'lliqsa dedi, Alloh Taolo uni Jahannamga kirgizadi dedi. Bu hadisdagi kelgani nima? Va yana boshqa bir nimalarda Muoz ibn Jabr radiallohu anhu aytadiki, men Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga bir kuni mingashib ketayotgan edim deydi, tuyada mingashib ketib ketayotganida, Payg'ambar alayhissalom aytdilar deydi. Ey Muoz, Allohning bandalarning tepasidagi haqqi va bandalarning Allohning tepasidagi haqi nima ekanini bilasizmi dedi.

Shunda Muhojir roziy Alloh aniq aytdiki, Alloh va Rasuli biluvchiroqdir, yo Rasululloh dedi. Alloh va Rasuli bo'ladi dedi. Deganlarda Allohning bandalarning tepasidagihqa haqqi, bandalarga paris qilgan narsasi Allohga biror narsani sherik qilmaslik deydi. Allohga biror narni sherik qilmasligi. Va bandalarning esa Allohning tepasidagi haqqi, Allohga shirk qilmasdan o'lgan bandani Alloh Taolo Qiyomatda azoblamasin deydi. Har qanday gunoh bilan o'tishingiz mumkin. Har qandaygunoh. Banda gunohdan xoli emas. Gunoh bo'ladi. Lekin shirk qilmay o'tgan bo'lsangiz, najot topaverasiz ekan. Ammo har qanday gunohdan saqlanib, lekin shirk qilib o'tsangiz, Allohga shirk qilib, demak axirat yo'q degan. Axiratni umid uziladi.

Biz shirklar nima ekaniga to'xtalamiz hozir. Shirk ikki qismdan iborat deyishgan ekan. Ulamolar, shirk ikki qismdan iboratdir. Birinchisi, katta sheriklar, ikkinchisi esa kichkina sheriklar, sherik amallari. Katta sheriklarga kiradiganlarni ham turlari juda ko'p. Kichkina sheriglarga kiradiganlarning ham turlari judada ko'p. Katta sherik bilan kichkina sherogni qanday ajratamiz? Katta sherik nima? Kichkina sherigi nima? Katta sherik deganda, ulamolar aytishgan ekanki, huvalladiy yuh rizyu sohibahumi min millatil islom. Katta sherikni qilgan kishi islom dinidan chiqib ketadi degan ekan. Katta sherik amalini qilgan kishi, islom dinidan, chiqib ketadi va shu amalni qilgan odam, abadiy jahannam bilan hukm qilinadi va unga yuqorida aytgan oyat bo'yicha jannat harom qilinadi degan ekan. Agar tavba qilmasdan shu shirikida o'ladigan bo'lsa degan ekan. . Agar tavba qimay shu shirikda o'lsa. Shu yerda bir narsani yaxshi tushunib ketishimiz kerak.

Yuqorida oyat keldi. Alloh taolo shirikni kechirmaydi degan oyat keldi, yana boshqa bir oyatlar keladiki, inna alloh ha ya'firi zunu bajamiya. Alloh taolo barcha gunohlarni kechiradi degan oyat keladi. Qanday jamlaymiz ikkisini desa, bir oyatda Alloh kechirmaydi shirkni deyapti. Bir oyatda barcha gunohlarning Alloh Taolo kechiradi desa, ulamolar aytadiki, agar shirk qilib turib, uni tavba qilmay o'tadigan bo'lsa degan ekan.

Agar tavba qilib, haqiqiy sherikdan tavba qilsa, u Allohning ixtiyoridagi narsa bo'lib qoladi, inshaalloh. Shuning uchun aytyaptiki, katta sherikni tavba qilmay o'tadigan bo'lsa, nima bo'ladi? Bu odamning oxirati jahannam bo'ladi va jannat unga harom bo'ladi dedi. Katta sherik degani, Allohga taalluqli bo'lgan ibodatni Allohning boshqasi uchun qilish. Allohga xos bo'lgan ibodatni Allohni boshqasi uchun qilish deydi.

Duo. Misoli duo. Duo faqatgina Alloh Taolodan so'raladi. Allohni boshgasi uchun so'raydigan, Allohni boshgasidan so'raydigan bo'lsak, duoyimizda bu shirk amal bo'ladi. Shirk amal bo'lladi. Qurbonlik qilishlik, qon chiqarish. Faqat Alloh Taolo uchun bo'ladi. Allohni boshqasi uchun bizda aytib qo'yadi, sizning deydi umidvor arvohlar bor ekan, bir qon umid turibdi, umid qilib turibdi deydi. Qon chiqarmasangiz bo'lmaydi. Qon chiqa. Qon chiqadi o'sha odam. Aytasizki, nima uchun shirk bo'ladi desangiz, yo'q men Allohga qilib atab qilyapman deydi. Aslida umid bor bo'lgan al vohlarga deb qiladi. Yoki erlar va sherlar deganlar bor, shularga deydi, atab deydi, qon chiqarasiz deydi. Shuni qildimi, eng katta shirk bo'lardi, dindan ayriladi.

Islom dinidan ayrilib qoladi. Mana shu katta sherik. Kichkina sheriklar, ikkinchi turi sherikni ikkinchi qismi, kichkina sherig. Bu kichkina sherogni qilgan kishi dinda turaveradi, islom dinida, lekin katta bir gunohni qilgan bo'ladi. Kichkina shirklar deydi ulamolar, katta shirklarga olib boruvchi yo'lning boshidir degan ekan. Yo'lning boshi shu katta shirklariga yetaklab olib boradigan narsa degan ekan. Kichkina shariklar.

Misoliy, kichkina shirklarning misoli, bir amal qiladigan bo'lsa, amallar Alloh uchun bo'lishi kerak. Lekin xo'ja ko'rsin ga. Odamlar ko'rsin, odamlar maqtasin deb, odamlar uchun qilishligi, bu ham kichkina shirikning bir turi degani. Odamlar uchun qilishlik, riyo. Xo'ja ko'rsin deb qilishlik, odamlar eshitsin deb qilishlik shu kichkina sheriklarning bir turida edi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan ekanki, axvo fu ma axvo fu alaykum ashshir kul asror. Sizlarga men eng qattiq qo'rqadigan narsam sherik kichkina sheriktir degan. Shunda ya Rasululloh nimadir u sherik kichkinalik deganda riyo degan ekan. Odamlar ko'rsin, odamlar eshitsin deb qilishlik mana shudir degan. Kichkina shirk deb Payg'ambar alayhissalom ismladi.

Alloh Taolo qiyomat kuni aytar ekanki, shu amalni qilgan odamga, odamlar ko'rsin deb qilayotgan, odamlar eshitsin deb qilayotkan odamga aytar ekanki. Boring, o'sha odamlarni oldiga boring der ekan. Sizni dunyoda maqtagan, sizni amalingizni ko'rgan odamlarni olib boring va mukofotini savob ajrini shulardan talab qiling der ekan. Chunki siz shu amalni shu odamlar uchun qilgan edingiz, endi shularni huzuriga boring va shulardan ajr savobini talab qiling der erkan.

Ba'zi ulamolar aytgan ekanki, xo'jako'rsin uchun qilayotgan amallarni ba'zi ulamolalar aytgan ekanki misoli xuddi bir kishi degan ekan, cho'ntagiga toshni to'ldirib solib olib, bozorga kiradi degan ekan. Bozorga kirib, narsa sotib olmoqchi bo'lib, birovni deydi, narsa gaplashib, narsani olgandan keyin pulni o'rniga haligi cho'ntagidan tosh chiqarib beradi deydi. Tosh chiqargan vaqtda haligi odam toshni yuziga uradi.

Shu yerda bozorda gap so'z bo'ladi hamma. Bu ahmoqmi deydi. Narsa olib deydi, tosh beryapti deydi. Xuddi deydi, amallarni Allohni boshqasi qilgan, boshqasi uchun qilgan odam shunga o'xshaydi deydi. Savob toplariga toshni to'ldirib olgan odam o'xshaydi deydi. Savob yo'q, tosh. U axiratda foydasi ham yo'q. Bozorda toshni foydasi bo'lmaganday, axiratda uni foydasi ham yo', hech narsasi yo'q, faqat odamlarning gap so'zi, odamlarning aytgan maqtovudim boshqa narsani egallamaydi degan ekan. Xuddi shunga o'xshagan misoli shudur deydi.

Riyoni qilgan kishining amalidaydi, ria qilgan bo'lsa, amallari misol uchun nima bo'ladi? Botil bo'ladimi, yo'qmi deganda, ulamolar ikki xil bo'ladi degan ekan. Ria uchun qilgan odamning amali qanday nima bo'lardi desa, ikki xil bo'da degan ekan. Birinchisi, agar degan ekan, ibodatni boshidan Alloh uchun qilmasdan, mana shuni qilsam odamlar baxt meni maqtaydi. Mana shuni qilsam, odamlar meni eshitadi, deb qilgan bo'lsa, u ibodat boshida buzilganligi uchun botil bo'lib ketadi degan ekan. Boshida buzililganligi uchunga botil bo'ladi. Ammo, ikkinchi turi, ikkinchi tur i, ibodatni Alloh uchun boshlaydi, boshida.

Namozni, Alloh uchun, boshlaydi, lekin o'rtasiga kelgan vaqtda, Shayton vasvasa qilib qara deydi, sen juda chiroyli namoz o'qiyapsan deydi. Yoki bo'lmasa bir ehsonni Alloh uchun boshlaydi, odamlar maqtagandan keyin odam sekin aynay boshlaydi. Odamlarni maqtoviga nima qilib aynay boshladi. O'sha boshida Alloh uchun bo'lib, o'rtasiga kelgan vaqtda riyo, odamlar eshitsin, ko'rsin deb niyat kelib qolsa deydi. I da istarsalar o'sha niyatni deydi oxirigacha haligi buzilgan niyatni buzuq bo'yicha tugatib qo'yadigan bo'lsa degan ekan, u ikki holat bo'ladi degan ekan. Agar boyagi niyat buzilgan vaqtida to'xtatsa, uni zarari yo'q. Ibodat qabul bo'laveradi. Namoz o'qiyapsiz, boshida Alloh uchun boshladingiz, o'rtasida xo'ja ko'rsin bo'ldi. Keyin oxirida yana tavba qilib nima qildingiz? Namoz tugatdingiz. Namozimiz sahih bo'ladi deydi. Hajga bormoqchisiz, pul to'pladingiz, hajni Alloh uchun qilib kelamanman deb, endi samolyotga o'tirgan vaqtingizda Makkaga yetib shunday tushsangiz shayton keldi da, qara deydi, sen endi hojisan deydi. Butun hamma hozir qaytib borgandan keyin seni hoji deb aytadi deb, e, qanday yaxshi narsa ya deb, ko'l uningizga shunday narsa keldi.

Lekin qaytayotganingizda astag'firulloh, men bu amalni Alloh uchun qilyapman deb qaytadan o'zingizni nimaga, qolibga, to'g'ri qolibga solib olsangiz, bu zarar qilmas ekan ibodatga. Ikkinchisi, ida istar salada deydi. Haliginday davom etib ketaversangiz, amalingizda edi, botil bo'ladi deydi. Amal botil bo'lada deydi. Ulamolar aytadi, amal botil bo'tadigan bo'lsa, boshida Alloh uchun boshlab, oxirida xo'jako'rsin uchun tugatsa, amalni boshi ham, oxiri ham hammasi botil bo'ladimi? Yoki bo'lmasa o'sha riyo kirgan joyi botil bo'lami? Degan ekan. Deganda aytadiki, agar boshi bilan oxiri bir biriga aloqador bo'lgan ibodat bo'lsa, hammasi botil bo'lladi deydi. Namozni boshi ham, axri ham bir biriga alo qasi bor. Boshi bilan oxiri. Namozni boshida masalan tahoratingiz kelsa, oxiri ham durust bo'lmaydi. Namozni oxirida tahoratingiz keltsa, boshi ham durust bo'lib qolmaydi. Bir biriga aloqador narsa. Shuni boshi masalan Alloh uchun boshlab, oxiri riyo uchun bo'lsa, boshi ham buziladi, oxiri ham buziladi. Qabul bo'lmaydi u. Ammo boshi bilan oxiri bir biriga alo qasi bo'lmagan ibodat bo'lsa, deydi.

Misol, sadaqa. Qo'lingizda misol nima yigirma ming tangangiz bo'lsa, shu yigirma mingtangani Alloh uchun xolis niyat turib, bir nima qilmoqchi bo'ldingiz, ehson qilmoqchi edingiz birovga. O'n ming tangasini maxfiy ehson qilib yubordingiz. Hech kimga bildirmay, Alloh uchun, xolis niyat bilan ehson qildingiz. Qolgan o'n ming dangasiga kelgan vaqtda, hech kim maqtamadi yu, bir maqtaydigan qilib ehson qilay deb, keyin kelib masjidga berib bir e'lon qiling chi meni deb berdingiz. O'n minga. Aytadi ki, shu yigirma ming ni hammasi botil bo'ladimi yoki bo'lmasa, haligi o'n ming ga qabul bo'lamizmi deyman da, bir biriga aloqasi yo'q. Avvalgi o'n ming ingizniki qabul bo'ladi, o'n ming keyingi qilgan, riyo uchun qilganingiz botil bo'ladi deyishgan ekan. Riyo uchun qilganingiz, botil bo'lardi deyishgan ekin. Mana bu, demak, nima, sherik, kichkina sheriklar deydi.

Endi, agar kichkina sheriklarning yana misollari laulallohu va fulani. Agar Alloh va falonchi bo'lmaganida bunday bo'lardi deb aytadi misol. Alloh va falonchisi bo'lmaganda. Bu juda ko'p ishlatiladi bizda. Men deydi, o'g'limni deydi, o'qishga kirgizdim deydi. E qanday qilib kirgizdingiz o'qishga? Hech u joyga birov joylasha olmayapti, yo ishga kirgizdim deydi. Desa, e Alloh bo'lmaganday, keyin va faloncha. Keyin demaydi, va faloncha bo'lmaganda deydi, shu yerda deydi, tanish deydi, kira olmasdi deydi. Alloh va faloncha yordam qildi, kirib ketdi deydi. Va degan kalima arab tilida ikkovi bo'p barobar degan so'zga ishlatiladi. Alloh bilan falonchaning nimasi shu yerda bab barobar degan kalimaga ishlatiladi. Shuning uchun Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytgan ekanki, bunday kalimani ishlatmanglar, bu shirk bo'lib qoladi degan ekan. Lafzda aytilayotgan narsa shirk bo'ladi degan. Shuning uchungi uchun Alloh keyin Alloh'dan keyin martabasi pastroq falonchi bandaning yordami bo'lmaganda shunday bo'ladi deyish mumkin.

Keyin degan gap bilan ishlatinglar degan. Va bu birinchi. Kichkina sheriklarga nima qiladigan. Va yana bittasi masha Alloh va sheta. Alloh va sening xohlashing deb aytadi. Alloh va sen xohlasang, shunday bo'ladi deb aytishlik ham sherik degan ekan. Alloh keyin sen xohlagan narsa deb turib aytish mumkin degan ekan. Ikkisini barobar qilib aytishlik mumkin emas degan ekan. Shuning uchun kichkina sherikkilar, kichkina sherirklar nima deydi, agar inson shu kichkina shirklarni haqiqatdan o'sha nima bo'ladi, sabab, u bir sabab deb e'tiqod qilsa, u kichkina shirik bo'ladi. Lekin u sabab emas, u asli o'zi yordam beradi va foyda beradi deydigan bo'lsa, u katta shirkga ham aylanib ketishi mumkin degan ekan. Masalan, tumor.

Tumorni, ko'zminjohni odamlar nima deydi? Balodini saqlaydi deb taqadi. Agar uni o'zi saqlamaydi, Allohning qudrati, Allohning xohishi bilan bo'ladi deb bu faqat biz bir sabab deb bilamiz desa, shuni o'zida kichkina shirk bo'lar ekan. Ammo shu haqiqatdan shu narsaga qodir, shu bo'lmasa, aniq odamga bir balo keladi deb e'tiqod qilsa, katta shirkga aylanib ketar ekan. Katta shirk bo'lib ketar ekan. Bu farqlari shu.

Endi biz qisqacha shirkni qismlarini aytdik. Endi hozirgi aytmoqchi bo'lgan narsamiz, bizni hozirgi kunimizda uchrayotgan shirklarni to'xtalamiz. Shirk amallarini bitta bitta sanab o'tamiz. Hozirgi kuningizda ko'p uchrayotgan sherik amallar. Bu yerda ulamolar bitta narsani aytaylikki, shrik degan vaqtda ba'zi odamlar bor, bizni deydi, bu yerlarda shrik yo'q deydi.

Xuddi i shrik yo'qda ko'zga ko'rinadi da. Shrik deganda oldiga bir katta bir butni qo'yib qo'yib, burungi zamondagi o'xshab, haykalni, butni qo'yyap, shunga sig'inib, talpinib, shunday qilyotganni shrik deb o'ylaydi. A bu aytadiki, bizni vaqtimizda hozir unaqa narsa yo'q, shrik yo'q deb aytadi. Bizni zamonimizda ayniqsa hozirgi kunimizda shirk juda ham ko'payib ketgan. Mana hozir biz shirkni bitta bitta sanab o'tamiz. Birinchi shirklardan, u xoh katta shirk bo'lsin, ho kichik shirk bo'lsun. Shirklardan an yu addima ahadan minal maxluqin katta adimul xalq deydi. Allohni ulug'lag'andaqa maxluqlarni birini ulug'lashlik bu sherik amallarning biridir degan ekan. Qanday bo'ladi desa, qanday bo'ladida desa aytadiki, misol, siz bir joyda ishlaysiz.

Shu joyda sizga aytsaki, bu ishxonada namoz o'qilmaydi, desa, namoz o'qimaydi. Xohla eshitim bo'sha. Xohla namozingni o'qimaysan desa, nima qilamiz biz? Bo'ldi, sizni aytganingiz bo'ladi deymiz. Shu ishxonaning direktoriga, mudiriga, boshlig'iga aytamizki, sizni aytgangiz bo'ladi deb deymiz. Allohni aytgani qayerda qoladi? Allohnikini mudirnikini pastga qo'yyapmizmi? Alloh besh vaqt namozni o'z vaqtida o'qi deyapti. A biz haligi ishga kelgan vaqtimizda aytdiki, sen qilmaysan shuni degan edik, bo'ldi dedik. Allohnikidan pastga qo'yib mudirniy, Allohni kalomidan, Allohni buyrug'idan, mudirni buyrug'ini ortib qo'ydik, mana shuning o'zi shirk degan ekan.

Mana shuning o'z ishrik. Shuning uchun ahamiyat berishimiz kerak. Ahamiyat berishiimiz kerak. Ko'p odamlar shunday qilyapti. Ikkinchi turi, shirkning ikkinchi turi, sherikul mahadba deydi. Yaxshi ko'rish, yaxshi ko'rinishlik deydi. Alloh subhanahu va taolo Qur'onda aytadiki, va minan nasi mayyatta hidu min du nilahi and dadan yuhib bu nahumka hibbillah. Va la dinaa manu ashaddu hibban li'llahi. Odamlardan bir, ba'zi birlari bor deydi. Allohni qo'yib deydi. Bir boshqa narsalarni nima qiladi? Sherik qilib Allohga. Juda ham Allohni sevgandan ko'ra boshqa narsa qattiqroq yaxshi ko'radi deydi. Allohni yaxshi ko'rsatdan ko'ra bosh qa narsalarnni allohni ortiqroq yaxshiroq ko'radi deylik. Ammo iymon keltirganlar deydi. Demak Allohni boshqasini yaxshi ko'raganlari iymon keltirmaganlar demoqchida. Ammo iymon keltirganlar, endi haqiqiy mo'minlar, mushriklar emas, mo'minlar Allohning hamma narsadan ko'ra qattiqroq yaxshi ko'radi deydi.

Endi biz o'zimizni imtihon qilaylik. Hamma odamga Allohni yaxshi ko'rasizmi desa ha deydi. Allohni yaxshiroq ko'rasizmi deydi ha deydi. Allohni yaxshi hech kim Allohni yaxshe ko'rmayman demaydi. Endi imtihon vaqtida bilinadi. Imtihon vaxtida bilinadi. Ba'zi odamlar bor, falon artist kelibdi, shuni konserti ekan desa, shu konsertga kirib ketadi da, asrni ham, shomni ham qazo qiladi.

Qutanda chiqadi. Allohni yaxshi ko'rsang, sen shuni to'xtatib turib, shu namozingni o'qimaysan. Demak sen shuni undan ham ortiq yaxshi ko'rasan. Ba'zi odamlar bor, Qur'on tinglangda esa besh minut tinglagandan keyin yuragi siqiladi. Lekin muzika tinglangda esa ikki soat o'tirsa ham yuragi siqolmaydi.

Demak Allohning kalomidan yaxshi ko'rishning ko'ra, muzikani ortiqroq yaxshi ko'myaptimi? Mana shunga o'xshagan narsalar juda ko'p. Ba'zi odamlar bor, kino ko'radigan bo'lsa, namozlar qazo bo'lib ketsa ham ko'rib o'tiraveradi. Tugaguncha in, tugatmasdan namoz o'qimaydi.

O'sha narsani Allohning ko'ra yaxshi ko'rayotgan bo'lib hisoblanaveradi. Allohning ko'rak, ortiq ko'ryapti deb hisoblanadi. Bu yerda ulamolar mahabbat degan ekan, yaxshi ko'rish uch qismdan iborat degan ekan. Birinchisi, har narsani Alloh uchun yaxshi ko'rishlik. Birovni yaxshi ko'rsangiz ham, birovni yomon ko'rsangiz am, qaysi narsa qilsangiz Alloh uchun, yaxshi ko'rib, Alloh uchun yomon ko'rishlikdir. Bu eng iymonning mukammalligiga dalolat qiladi degan ekan. Iymon to'liq odam shunday. Ikkinchi mahabbatni turi tabiiy mahabbat degan ekan. Tabiiy mahabvat, ya'ni inson tug'ilganda, insonni o'zida tabiatida bo'ladigan mahabbat. Bu inson farzandini yaxshi ko'rish inson tabiatida bor. Ayolini yaxshi ko'tarish inson tabiatda bor. Mol dunyoni yaxshi ko'rtish inson tabiatada bor. Buni degan ekan, mana shu narsani yaxshi ko'urishni Allohning yaxshi ko'rinishidan ortiq qo'yib yubormasa, durust bo'laveradi degan ekan. Allohni mahabbatidan ortiq qilib yubormasa, bo'laveradi, degan ekan. Chunki Payg'ambar alayhissalotu vassalomdan kelib so'raganda, yo Rasululloh, sizga eng suyukli kishi kimdir deganlarda, Oysha onamiz degan ekanlar. Oysha deganlar, ayollarni aytgan.

Undan keyin kimdir deganlarda otalari degan ekan. Abu Bakr rodiallohu anhu degan. Ya'ni shuni yaxshi ko'raman deb aytganlar. Demak, yaxshi ko'rgan vaqtda Allohni artib qo'ymaslik. Shuning uchun Ibrohim alayhissalom farzand ko'rgan vaqtlarida Alloh Taolo farzandini yaxshi ko'rarmikin yoki hali ham menga bo'lgan mahabbating undan ortiqroqmikin deb farzandingni so'y deb, so'yishki bilan imtihon qildi. So'yish bilan imtihonga qildi.

Uchinchisi, bu durust bo'lmaydigan mahabat Allohning mahabbatidan ortiqroq qo'yishlik. Biz yuqorida hali aytganimizdek, mana shu mahabbat shariatda qaytarilgan ekan. Shirkka yotib qoladigan narsa deyilgan. Endi, uchinchi shirk amallardan yana uchinchisi, o'liklardan madad so'rab, yordam so'rab duo qilishlik. Duo qiladigan bo'lsa, ko'p odamlar duolarda nima qilib qo'yadi, o'liklar dunyoda ham so'raydi. Misol, arvohlar tegsin, arvohlar qo'llasin, qo'ltiqlasin deb qo'yadi. Arvohlar madadkor bo'lsin deydi. Arvoh degani ruh. U insonning tanasidan chiqqan ruhi. Shuni madadkor bo'lsin deydi. Inson o'lgandan keyin bizga shariat o'rgatgan narsa bariz hayotida bo'ladi deydi. U ruhlari kelib, birovni qo'llab qo'ltiqlab yurmaydi. Bu ruh insonlarni tiriklarning duolariga muhtoj bo'lib turar ekan. Tiriklar tarafidan qilinayotgan duolarga, tiriklar tarafidan qurilayotgan sadaqa ehsonlarga muhtoj bo'ilib turar ekan o'lik.

U o'lik chiqib, yer yuzida falonchaga shifo berib, falonchi farzand yo'qni farzand berib, faloncha musibatlanganday musibatini ochib yuradigan tasarruf yoki qudrat unga berilmaydi. Tirikligida berilmagan o'lganingga qanday qilib beriladi u? Shuning uchun u narsalardan duo talab qilib so'rashlik shirk amallariga yoqadi. Alloh taolo aytadi va lazeen atadi, u na min dunii ma ya'm li ku na min qitmir. Allohni qo'yib sizlar duo qilayotgan, ya'ni o'lgan kishilar, duo qilayotkan kishinglar deydi, Allohni qo'yib qo'yib, Allohni o'zini so'ravermasdan, o'liklardan so'rayotgan o'liklar, ular qitmirga ham ega emas deydi. Qitmir degani mana arablar arabistonning kelgan xurmo, bizni o'zimiz katta xurmo emas. Arabistonning kelgan khurmolarini ochsangiz ichidan danak chiqadi. Ichidan danak chi qadi. Danakni bunday olib qarasangiz, danakni qoplab turadigan yupqa pardacha bo'ladi. Danakni qoplab suradigan yupqa, pardacha bo'lar. Alloh taolo aytyaptiki, sizlar Allohni qo'yib duo qilayotgan odaminglar deydi, shuni danakning pardachasiga ham qodir emas u deyapti da.

Shu vazn yo'q narsani aytyapti. Taroziga qo'ysangiz bir vazn yo'q nasani aytyapti, shunga ham qodir emass. Danakni bu yoqqa qo'yaylik, xurmonni bu yoqqqa qo'shaylik. Shunga ham qodir bo'lmagan narsaga duo qilasizlarmi demoqchi. La va in tajovuhim la yasna u dua akun. Agar ularga duo qilsanglar, sizlarni duolaringlarni ikkinchilik eshitmaydi ham deyapti. Duoyinglarni eshitmaydi ham.

Valau san'iyu mas tajabu la kun. Agar mabodo eshitsa ham, sizlarga ular ijobat qilmaydi duoyinglarni. Qilgan duoyinglarnini ijobat qilib kasal bo'lsanglar masalan shifo so'rasanglar o'liklardan darrov sizlarga shifo bera olmaydi u. Qodir emas unga. Farzandi yo'qlar farzand so'rasa o'lganlardan bera olmaydi. Qodir emass demoqchi Alloh Taolo.

Voyavu mal qiyamat yak furuna bisher kukun. Buni ustiga qiyomat kuniga borganda, sizlarni qilgan shirikinglarni endi ular inkor qilib chiqadi. Ya'ni, avliyolar aytadiki, avliyolar Allohning do'stlari degani. Ular aytadiki, qiyomat kuniga olib kelib, sen, mana bu odamlar sendan so'rashdi, sen shunga buyurganmiding odamlarni desa, ular aytadaki, yo ras, yo, yo Alloh, sen pokizotsan. Men biror odamni menga ibodat qil deganim yo'q deydi.

Mendan so'ra deganim yo'q deydi. Allohni oldida ular pok bo'lib ketaveradi. Gunohkor kim bo'ladi? Biz bo'lib qolaveramiz. O'liklardan so'rayotgan odamlarni o'zi bo'lib qolaversin. Vala yunabbi o'kamiz luhabir. Habir oxiratning xabarlarini har bir narsani biluvchi zotga o'xshash sizlarga nima ogohlantirib xabar beradigan hech kim topilmas deydi Alloh Taolo. Axiratning ishini Alloh Taolodin boshqa hech kim bilmaydi. Axiratda nima bo'lishlarini Alloh Taolo men xabar beryapman sizlarga deyapti. Alloh xabar berib qo'ydi. Allohning xabaridan endi boshqa xabar bizga kerak emas. Axiratda nimasi bo'lishligi.

Shuning uchun bu shirk amallaridan biri. Ikkinchisi, yoki to'rtinchisiga keldikmi? To'rtinchisi shirk amallarini nima? Qabrlarni xossatan borib ziyorat qilish. Bizda kasal bo'lsa odamlar faol binlarni uylariga yuguradi. Taviblariga boradi. Ular aytadiki, siz deydi, falon falon joydagi qabrlarnini ziyorat qilib kelsangiz deydi, tuzalib ketasiz deydi. Yo falon qabrga borsangiz deydi, yaxshi bo'lasiz deb aytadi. Mana shu maqsadda qabrlarni ziyorat qilish. Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytdiki, la'na allohu zuvvara tul qubur deydi. Yoki ba'zi vaqtda zaira tul qubur deydi, alloh taolo qabrlarnini ziyorat qiladiganlarni, asosan ayollarni aytdi, alloh taolo ularni la'natlab deydi. Hozirgi kunimizda qabrlanniy ko'p ziyorat qilaydiganlar ayollar bo'lib boryapti. Uzoqdagi qabrlarniy borib ziyorat qilayotganlarni ko'pchiligi ayollar.

Alloh taolo la'natladi deyapti. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, la tushadur rixal illa ila ila atala atama sajid. Rixal deb kamarini bog'lab, avvalgi vaqtlarda tuyaga minib, safar qilib boradigan joyni aytadi. Shu safar qilib borib, masjidlar ziyorat qilinishi mumkin emas, faqat uchta masjidga ruxsat berdi. Birinchisi Ka'batulloh, ikkinchisi Payg'ambar alayhissalomning masjidlari, uchinchisi Baytil Maqtisdagi masjid. Mana shu uchta masjidga borib ibodat qilsa, uning fazilati, afzallik joyi bor. Shularga borib nima qilish mumkin? Ziyorat qilish mumkin. Ammo falon joyda bir masjid chiqibdi, yonida qabri bor ekan. Desa ko'pchilik nima qiladi, shirk shirk deganini eshityapti da, endi hiyla qilishga o'tishdi. Hiyla. Nima desa, biz deydi, falon joyda deydi, qabrga emas, asli masjidga borgan edik deydi. Shu yonida qabr bor ekan, kirib deydi, Qur'on o'qib chiqdik endi deydi. Hiyla bu.

Mushriklardan ham bo'lmay, musulmonlardan ham bo'lmas, bularga ham bunday javob beraveraman, bularga ham bunaqa javob bera beraman degan gapni ishlatmoqchi. Payg'ambar alayhissalom aytib qo'ydi, safar qilib boriladigan masjidlarni faqat uchisiga borish mumkin. Qabrlar ham xuddi shunday. Yoningizdagi qabrga kiravering. Qabrdan borishlikning maqsad Payg'ambar alayhissalom aytadiki, men sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytarganman. Sababi, borib shu yerdan o'liklardan ma'da so'rash, shunaqa narsalar bo'lmasligi uchun qaytarilgan. Ammo fazo ruha, endi odamlar haqiqiy nima maqsadda qaytarilganini tushungandan keyin, bir necha yillardan keyin aytyaptiki, fazo ruha, indi borib ziyorat qilsanglar bo'ladi.

Chunki tushundinglar, ziyorat qilsaglar bo'ladi, fainnaha tuzakkalul ahirat. Qabr ahiratni eslatadi, deydi. Axiratni eslash uchun uzoqdagi bir qabriga borib, yo bir nima, avliyoni qabriga borip qarab turib axirat eslash shart emas. Yoningizdagi, mahallangizdagi qabrga chiqsangiz ham, u ham shu yerni tagiga qo'yilgan, u avliyoniki ham yerni tagiga quyilingan. Shuning uchun o'zingizni mahallangizdaki qabrlarni ziyorat qilib, misol, axiratni eslasangiz bo'ladi. Lekin uzoqdagi narsalarga borish shariatda durust emas.

Alloh qabrlarni ziyorat qilayotgan kishilar aytar ekanki, biz deydi qabrlarnini deydi, yo qabrlarniga ziyorat qilganda, qabrning ichida yotgan odamdan so'ramaymiz deydi. Biz bilamiz, haqiqiy shifo bitta alloh beradi. Farzand bir alloh beradi, buni bilamiz deyishadi. Lekin deydi, biz yer yuzida juda gunohkor bandamiz deydi. Avliyolar juda yaxshi ham allohga ko'p ibodat qilganligidan allohga yaqin odamlar deydi. Alloh sevgan bandalar deydi. Biz shularga duo qilib, sizlar bir o'rtaga tushib vosita bo'lib bersanglar, Allohga, gunohkor bandamiz bizlar, Alloh gunohimizni kechirsada, sizlar o'rtaga tushsanglar, ajab emaski sizlarni duoyinglar sababli bizga haliginday narsalarimiz, mushkulamiz oson bo'lsa deb o'rtaga biz qo'yyapmiz ularni ham. Biz haqiqiy ularga sig'inmayapmiz deydi. Bizlar to'g'ridan to'g'ri borib ularga ulardan so'ramayapmiz, ulardan sig'inmayapman. Ularni faqat o'rtada Alloh bilan bizni o'rtamizdagi elchi qilib ushlayapmiz. O'rtada yuradigan kishi qilib ushlayapsiz deydi. Alloh Taolo shuni aytishini va aytganini ham bilgan, javob berdi Alloh Taolo.

Javob berib aytdiki, voyo abduuna mindunillahi malayadur ruhim valayam fauhm. Voyoquluna ha ula ishufa'una indalloh. Qul atunabiun Alloh bima alayhi alamu mafiz samavati va la fil art subhanahu va ta'lamnuyu shukun. Allohni qo'yib, zarar ham bera olmaydigan, foyda ham bera olmaydegan narsalarga ibodat qilishadi dedi. Kasal bo'lib qolgan vaqtda, to'g'ridan to'g'ri Alloh uchun namoz, Alloh uchun duo qilsa, berardi. Lekin allohni o'ziga to'g'ridan to'g'ri iltijo qilmaydi da, zarar ham bera olmaydigan, foyda ham bera olmaydigon qabrdagi mayyitlarga, o'liklarga borib duo qilishadi. Madad, biz madadinglarga, yordaminglarga muhtoj bo'lib qoldik deb kelishadi qabrlarni tepasiga. Kasalman deb keladi, farzandim yo'q deb kelishadi deydi. Alloh Taolo aytyaptiki, Allohni qo'yib, foyda va zarar bermaydiganlarga ibodat qilishadi. Va aytishadiki, biz ularga sig'mayapmiz, ularga ibodat qilmayapmiz, faqat Alloh bilan bizni o'rtamizda vositachi, vositachi qilib ishlayapmiz. Shafoatchi qilib ishlayapsiz deb aytadi deydi. Alloh Taolo aytyaptiki, ayting, ey Muhammad alayhissalom, sizlar Allohning osmon va yerda bilmay qolgan narsalarini xabar berib qo'ymoqchisizlarmi deb ayting deydi.

Ya'ni Alloh Taolo osmonda nima bo'lyapti, yerda nima bo'lyapdi, barini muhokama qilib kuzatib turibdi. Kim kasal bo'ldi? Ko'rmay qoldimi Alloh Taolo? Biz Allohni elchi jo'natib, falon joyda kasal bor, ey Alloh, shunga sen ko'rmay qolding, bir qarab qo'y deb elchi jo'natish kerak bo'lib qoldimi? Falon joyda birov farzand ko'rmayapti, ey Alloh, esingdan chiqib qoldi shu, bir qarab quvay deb turib elchi jo'natishi kerak bo'ldimi sizlarga? Alloh Taologa endi xabar bermoqchisizlarmi, osmon yerda bilmay qolgan narsalarini, subhanalloh, Alloh bu narsani pokdir dedi. Alloh hammasini bilib turibdi. Kim kasal, kim muhtoj, kim shifoga muhtoj, kim farzga muhtoj, hammasini Alloh Taolo bilib turibdi dedi. Va ta'al allohu anma yushrikum, sizlar shiddat qilayotgan amalingizdan Alloh buyukdir, pokdir dedi. Demak, shuni biz hech narsa qilmayapmiz biz. Biz faqat Alloh deymiz biz. Lekin ular o'rtadagi odamlarda deganni o'zini Alloh shirk deb ismladi.

Alloh Taolo uni shirk deb ismlab. Keyingisi, beshinchisi yoki oltinchisi, azza bhu nig'ayrillah. Alloh Taolodan boshqasi uchun qurbonlik qilishlik. Qurbonlik qilib yoki qon chiqarish. Har qanday narsa. Allohni boshqasi uchun qand chiqarishlik. Alloh subhanahu va taolo Qur'onday ketdiki, qul inna so'lati va nusuki va maxia ya va ma'ti li'llahi robbil alamin. Ayting, ey Muhammad alayhissalom, mening namozim va qurbonliklarim, tirikligim va o'likligim Allohnikidir, Allohni robbil alamin, ya'ni olamning Rabbisinikidir va uning sherigi yo'qdir deb ayting deydi. Demak, namoz o'qisangiz ham bitta Alloh uchun o'qing. Qurbonlik qilsangiz, qon chiqarsangiz bitta Alloh uchun qurbonlik qiling, qon chiqaring deb aytyapti.

Biz avvalda bir nimani aytgan edik, bizni nazdimizda shirk amali, bunday aytganda, tirnoqqa ham arzimaydigan narsa bo'lib ketgan, shirk. Shunchalik yengil qaraymiz shirkka. Ammo boshqa narsalar biz uchun juda bir katta gunohda. Tasavvur qilamiz. Bir erkak ma'na deb bir kishi kitob yozgan. Biz bilan birga kemaga mining degan kitob yozgan ekan. Sallavha kitobni tepasiga kemani chizib, shuni sallavha qo'ygan. Uni qo'yishning sababi, maqsad birinchi shirk Nuh alyayhissalomning qomida bo'lgan. Nuh alyayhissalomning qomidan kelib chiqqan shirk. Va Nuh alyayhissalom qavmini da'vat qilib, to'qqiz yuz ellik yil da'vat qildi. Qavm nima qilmadi? Qabul qilmadi. Shunda Nuh alyayhissa qavmini halok qilishlikni so'radi Alloh'dan. Alloh Taolo aytdiki, senga iymon keltirgan, Allohni yagona bilib shirk kemak qilmaganlar, shu kema yasang da, kemaga meringlar deydi. Alloh Taolo shu kemada o'shalarga najot berdi. Shuni maqsad qilib turib, haligi kitobga shunday sallohi qo'ygan. Shu kitobni ichida bir qissani keltiradi. Bir shayx deydi, olim kishi.

Shirk haqida, tavhid haqida kitob yozadi. Va shu kitobni shogirdlarga bir marta, ikki martalab dars beradi. Dars berganda shogirdlar aytadi, ustoz deydi, shu kitobni bir martalab o'qib chiqdik, ikki marta o'qib chiqdik. Endi deydi, boshqa kitoblar o'qiylik deydi. Tarix haqida, siyrat payg'ambar eson omon hayotlari haqida, fiqh masalalari haqida, kitob o'qiylik deydi.

Deganda ustozni qaraydi da, mayli ertaga deydi bir xabar aytarman deydi. Ertasiga majlisga keladi. Majlisga kelganda g'amgin kiradi. Xuddi bir g'am tashvish bilan kirib o'tirsa shogirdlar aytadiki, ustoz deydi, nimaga g'amginsiz desa, kecha bir uch to'rt kun avval deydi, bir qo'shnimiz keldi deydi. Bizni yonimizga bir qo'shni ko'chib keldi, yangi qo'shni deydi. Shu qo'shnida deydi, kelganidan kunidan boshlab shu uyga kelganda kasallandi deydi. Shundan keyin bir ikki odamlarga uchrashsa deydi, folbinlarga, boshqaga uchragan. Shu debdi, siz kasallanayotgan bo'lsangiz, uyingizni, uyingizda bir narsa bor. Shu bo'sag'asiga debdi, ostonasiga, uyni ostonasiga bir tovuqni ushlab tutib qo'ysangiz bir qon chiqarib yuboring, yaxshi bo'lib ketasiz debdi. Haligi kishi bir tovuqni olib kelib, ostonada haligi arvohlar yo bir jinlar tajovuz qilayotgan bo'lsa, endi tajovuz qimasin deb, shularga atab tovuqni so'yibdi dedi. Degan vaqtda shogirdlari ha, shunaqami deb, hech kim nima qilmabdi. Keyin ertasiga yana keldi. Ustoz kelib, ertasiga shogirdlar o'tirganda aytdiki, kechagi aytgan xabarim debdi, sal xato joyi bor ekan debdi.

Nimaga desa, kecha menga aytgan odam sal almashtirib qo'yibdi ye debdi. Gaplarini noto'g'ri aytibdi. Nima bo'libdi desa, juda g'alati bo'lgan ekan, juda odam ko'ngliga sig'maydi debdi. Shu kechagi qo'shnini debdi, haligi folbinga borgan ekan. Aytibdiki, siz bu dardni qutulolmaysiz endi, o'lguncha shu dard bilan ketasiz. Faqat siz onangiz bilan zina qilsangiz qutulasiz degan ekan, haligi odam onasi bilan zina qilibdi debdi.

Deganda hamma astag'firulloh, bu qanaqa inson deb shogirdlari o'rnida turib, haligi so'kinib ketibdi. Shunda haligi ustoz aytgan ekanki, kecha Allohni boshqasi uchun tovuqni so'ydi deganda hech kim o'rnidan ham qo'zg'almadi. Bugun onasi bilan zina qildi desam, hammanglar o'rninglarini turib ketdinglar. Vaholanki, tovuqning so'yishlik Allohning boshqasi uchun, gunohi onasi bilan zina qilgandan ko'ra ag'irroqdir degan. Gunohi undan ag'irroq dir degan. Chunki buni Alloh Taolo xohlasa kechiradi, gunohga beradi. Ammo anavini esa Alloh Taolo kechirmaydigan gunoh. Deb turib aytgan ekan. Keyin hali sizlar tabihidniy va sherikni ajratmagan ekansizlar. Kitobinglarni ochinglar deb yana tabihiddan boshladi.

Payg'ambar alayhissalotu vassalomning Tariq ibn Shihab degan kishi sahobiylardan biri rivoyat qiladi. Bu hadisning san'atida ba'zi bir rivoyatlar bo'lsa ham aytamiz. Aytadiki, bir kishida edi dahal al jannati rojulun fiydu va bir chivin sababli, pashsha sababli bir kishi jannatga kirdi va bir pashsha sabobli bir kishi do'zaxga kirdi degan ekan. Shunda so'rashdiki, yo Rasululloh, qanday bo'ldi bu degan. Deganlarda aytgan ekanki, Payg'ambar alayhissalom, bir qishloq bor edi degan ekan. U qishloqda odamlar butga ibodat qilardi. Butlarga ibodat qilar edi. Shu qishloqning kim o'tsa, ushlab olib, shunga ibodat qilasan, sajda qilasan. Yo shunga qurbonlik qilasan deb majburlardi degan ekan. Shuni qilgandan keyin o'tkazar ekan. Ikkita kishi keldi. Musulmon kishilardan ikkisi kelib qoldi. Shu qishloqni. Shunda haligi ushlabdi da aytdiki, shunga qurbondlik qil deganidek, qiladigan narsam yo'q unga qurbonlik deganidek, pashshani bo'lsa ham deydi, chivinni bo'lsa ham ushlab shu faloncha but uchun deb kallasini olib bordi deydi. Biri pashshani ushladi da, shu but uchun deb kallasini oldi, Alloh Taolo uni jahannamga tushuribdi dedi. Ikkinchisiga qurbonlik qil degan edi, qilmayman dedi.

Pashshani bo'lsa ham qil deydi, pashshani bo'sa ham qilmayman dedi, uni o'ldirishdi dedi, urib o'ldirdi haligi odamni qilmaganligi uchun, Alloh Taolo buni jannatga kiritdi dedi. Bir pashsha, bizda tovuq, qo'y, ola qo'y, qora qo'y,qora qo'shqor, ola qo'shqori, allohni boshqasi uchun qiladi. Yana aytadiki, uni qaniga deydi, belash kerak deb qo'yadi. Qanini surib olishingiz kerak, peshonangizga, eringizga, beringizga haligi so'ygan qo'yni qanlarini surib. Yana deydi, ba'zilar aytadi, tovuqni deydi, ba'zi undan battarlari bor, tovuqni so'ymaysiz. Tovuqni bo'g'ib bo'lib turib deydi, haligi charraha ko'chaning o'rtasiga tashlab ketasiz deydi. To'rtburchak, u yoqqa ham, bu yoqqa ham yo'l bo'lgan yo'lni o'rtasiga taklif eting deb qo'yadilar. Nimaga jinlar yesin deydi. Mana shunaqa amallarni bemalol qilyapmiz. Bemalol shu amallarni qilyapmiz'. Keyin yana bitta narsasi, endi oltinchisiga yettinchisi, shirk amallarniki. La yut baho lillahi bemakanin yut bafiih li g'oyriyalloh. Alloh uchun ixlos bilan endi xolis Alloh uchun qilaman. Hech narsaga qilmayman, bitta Alloh uchun.

Menga tavib ham buyurgani yo'q, folbin ham buyurgani ham yo'q. Niyat qildim shu qo'yni Alloh uchun so'yishni. Hech kim bir narsa degani yo'q. Kasal ham emasman. Farzand ham kel. Faqat ehson qilmoqchiman, lekin falon joyda, falon avliyaning qabrini oldida so'yaman shuni desa ham sherik bo'laveradi. Alloh uchun qilinadigan narsa, so'yiladigan narsa, Allohning boshqasi uchun so'yiladigani joyda va so'yiladgan kunlarda so'yilish mumkin emas ekan. Alloh uchun so'yladigan qurbonliklar, qon chiqarish, Allohning bishqasi uchun qiladigan joylarda va vaqtlarda, kunlarda qilish mumkin emass ekan. Payg'ambar alayhissalotu vassalomdan fabit ibn dihak degan kishi aytadiki, bir kishi bir tuyani buvona degan joy, buvona deyilarkan. Buvona degan soyda nima qilaman? Tuya so'yib, qon chiqaraman deb nazr qildi deydi. Nazrni bilamizmi? Nazr degani atab qo'yish. Agar deydi, misol uchun, mashina olsam, bir xursandchilikka Alloh uchun nima qon chiqaraman deb atash.

Yoki bo'lmasa agar farzandimga, yoki onamga, yoki ayolimga, Alloh shifo bersa, shu shifo bergandan keyin, balnitsadan chiqqanidan keyin, bir ehson qilaman, qurbonlik qilaman, qon chiqaraman degan nazr qilib niyat qilib qo'yish, atab qo'yish. Shuni haligi kishi Buvona degan joyda qilaman deb nima qilibdi, niyat qilibdi. Payg'ambar alayhissalomni oldiga keldi. Yo Rasululloh shunday shunday bo'ldi, nima deysiz dedi. Deganda Payg'ambar alaysalom aytdiki, ha alkanofi havasan, un min avfanul jahliya. Jahliyat vaqtida butlar qo'yilib shu joyga, shu joyda qo'ylar so'yilarmidi yo'qmidi dedi. Payg'ambar aslan birinchi so'rayapti. Ha qilavering, qaytda qilsangiz ham demadi. Alloh uchun qilaman dey ekan, boravering demadi da so'radi. Shu yerda shunaqa bo'lganmidi dedi. Yo'q degan edi. Keyin aytdiki, shu yerda dedi, johiliyat vaqtida dedi, bayramlar o'tkazilarmidi dedi. Bayramlar o'tkichilarmidi, shu yerda deydi.

Bizda demak, o'shanaqa joyda qilish mumkin emas ekan. Johiliyat voqtida shunday qilinadigan joylarda. Ba'zi odamlar bor, falon joyda deydi, avval burunuv vaqtlarida deydi, shamol qattiq bo'lsa shu joyga borib bir xudoyi qilib, bir qo'y so'ysa, shamol taqqa to'xtardi deydi.

Keyin bir odam shu nima bo'lsa, dugugurib borib shu yerga shuni qiladi. Mana shu durust emas. Shu narsalar durust bo'lmaydi. Mana shu amallar shirk amallarga yetib qoladi. Shunda haliginga aytdiki, u yerlarda bayramlarni ham o'tkazarmi deganda yo'q deganide, aytdiki, unda dedi, Allohga ma'siyat bo'lmaydigan, gunoh bo'lmaydigon amalda qilgan niyatlariga vafo qilsin deydi. Ya'ni qilib qo'ygan niyatim bor deb niyat qilib qo'ydi. Shu niyatiga vafo qilsun, ya'ni ado etaversin deydi. Ammo shunday joylar bo'ladigan bo'lsa, qilishga ruxsat yo'q ekan. Yettinchisi, shirk amallarining yana yettinchisi, xoh u katta shirk bo'lsin, xoh kichik shirk bo'lsun.

Lyub sul xalq avval haytdu anah vixiy, li rof il bala va dafixiy. Balo qazodin saqlaydi deb. Ko'z dun saqlaydi deb, ofatlardan saqlaydi deb ko'z minjohlar taqishlik. Ko'z minjohni taqadi. Hozir aytaylik, kichkina bolalarga ko'p taqiladi ko'z minjon. Va beshiklarga bir dona bo'lsa ham, ko'z minjahoni bir donasini avval bir paket qilib asardi. Endi shirik, shirik, shirk deb gapirayvergandan keyin, endi bir donasini oladigan bo'libdi. Bizda. Qarang a. Bir donasini olib, ilmak tummak o'tkazib, yana ko'rinmaydigan joyga bekitib osib qo'yadi. Ishonmasangiz uyga borib, beshiklarni axtarib ko'ring, ayollaringiz bekitib qo'ygan, ko'z minjaq topasiz. Sizni ko'rmaydigan joylarga yashiradi. Ko'z minjaxt. Bir donasi bo'lsa ham shirik, o'n donasi bo'lmasa ham shirik.

Ukkining patini osib qo'yyadi. Va bolalarning do'ppilariga katta qilib ukkini patini osadi. Ha, nimaga desa, chiroyli deydi. Boshqa narsa yo'qmi chiroyli qiladigan. Ukini fatidan boshqa. Bu ham asli ko'zdan saqlaydi deyilgan, e'tiqodda qilinayotgan narsa. Agar shuni haqiqiy shu narsaning o'zi ko'zdan va balodan qazodan saqlaydi desa, katta shirk bo'ladi. Katta shirk bo'mib ketadi. Va hozirgi kunimizda yana ko'p uchraydiganlari, ba'zi bir odamlarni hozir uylarga borsangiz yoki saroylarga kirib borayapsangiz, otning taqasini osib qo'yadi.

Otning taqasin. Ba'zi bir magazinlarga, do'konlarga kirsangiz, isiriq bilan qalampirni qo'shib osib qo'ydi. Balo qazodni saqlaydi deb osib qo'ygandi. Ba'zi bir mashinalarga o'tirsangiz, mashinaning ichida tumarosi qo'ygan, mashinaning gulishiy tiliga qizillatda poylab qo'ygan.

Nimaga desa, balo qazodni saqlaydi deydi. Balo qazod saqlaydi. Endi, qarang, qanday balo qazodn saqlaydi, shu mashinalar avariya bo'layotganini ko'ryapmiz. Avariya bo'lib qizillatda bir yoqda, o'zi bir yoqda parchalanib yotganini ko'rayapmiz. Tumorivor mashinalarni qancha qanchasi avariya bo'lib yotganini ko'ryapmiz. Nimaga saqlamayapti?

Alloh taolo aytadiki, qul. A faro aytun ma'taduna mindunillah in a rodaniya allohu bitur in halil hunaka ashifatu durli. Ayting, ey Muhammad alayhissalom, agar sizlar Allohni qo'yib duo qilayotgan kishilaringlar deydi, duo qilayotkan kishilar, yoki Allohni qo'shib ko'z minchoq, Allohni qo'dib qo'yib, Alloh saqlashni o'rniga sizlar talpinayotgan haligi unaqa narsalar, isiriqmidi, qalampirmidi? Shular sizlarga bir zarar kelsa, Alloh taolo sizlarga bir zararni xohlasa, shular shu zararni qaytarishlikka qodirmi deyapti. Shular qaytara biladimi deyapti. Alloh taolo sizlarga bir zarar kelishini xohlasa, shular haqiqatdan shu zararni sizlardan kashifat ketkazishga qodirmi deyapti. Alloh taolo shuni savol qilib beryapti. Iste'fon qilib. Haligi nima qiladi, sizlardan qodir emas ku. Nima uchun unda shuni qilyapsizlar demoqchi.

Umar amr imron ibn husayn aytadiki, Payg'ambar alayhissalotu vassalom bir kishini qo'lida bir halqa ko'rdi. Ya'ni it it boylangan ekan. Ipni bog'laboyig'ini ko'rdi. Shunda aytdiki, nimadir bu dedi. Nimadir deganlarida minal vahini bir zaiflashib ketaman dedi. Shunda dedi mana shu ipni taqib qo'yganman, shu kuch quvvat bo'lib turadi deganda aytdi. Payg'ambar yassalom aytdiki, hozirroq yechib tashagin dedi. Hozirroq yetishgin, agar bu dedi, seni dedi, zaifliginga faqat zaiflik qo'shishi mumkin, senga kuch quvvat bermaydi dedi. Agar shuni yechmasdan o'ladigan bo'lsang, hargiz najot topmaysan dedi. Hargiz najot tortmaysan, jannatga kirmaysan dedi. Abadiy abad do'zax bo'lasan dedi.

Demak bitta nimani ipni ko'rib a, yechirib yubordi. Shundan kelib chiqadiki, bu ko'z munjohlarni hammasi durust narsa emas. Payg'ambar alayhissalom yana aytdiki, men allaqatami matan fala atam mahulloh. Kim tumorni osib oladigan bo'lsa, Alloh Taolo uni tamomiga yetkazmasin dedi. Tumor saqlaydi meni. Saqlab yuradi desa, Alloh uni saqlamasin, tamomiga yetkizmasin dedi. Yana ba'zi nimalarda aytdiki, man taolo man allaqatami faqat ashulaka. Kim tumor ossa, faqat shirk amalini qipti dedilar. Shirk amalini qildi. Payg'ambar alayhissalom aytadiki, men allaqa vadi afala va'da allohu ala huda edi. Badi adab, arab tilida, dengizni avvalgi vaqtlarda dengizdan bir tosh olishar ekan. Shu tosh bir bitta tosh bo'lar ekan, bir turi. Shu toshni turini olib, mana shu tosh ko'zidan saqlaydi, balo qazodan saqlaydi deb osib yurar ekan. Biz hozir ko'z minjaqqa o'xshab. Shuni aytyaptiki, kim shuni osib olsa dedi, Alloh Taolo uni hargiz xotirjamligini yo'qotsin dedi. Hech qachon xotirjam bo'lmasin. Alloh buni saqlamasin deb aytdi.

Payg'ambar alayhissalom aytdiki, manta'alla qashayin lukila ilayhi, kim bir narsani shu saqlaydi deb, shunga suyanib, shunga e'tiqod qilib osib olsa, Alloh Taolo shunga uni topshirib qo'yadi dedi. Ana seni shu narsani saqlasin deb turib, shunga topshirib qo'yadi dedi. Demak bu amallarning barchasi shirk amallarining biridir. Yana Payg'ambar, shirk amallaridan biri sehr jodur qilishlik.

Faol ochishlik. Folbinlik. Bunday aytganda taviblarning ishlari, faolchilarning ishlari, sehrgarlarning, jodurgarlarning ishlarning bari shirk amallarida, eng katta shirklarning biri. Bizda bir gap bor. Polga ishonma, polsiz yurma deydi. Polga ishon ma deydi, polsiz yurm a deydi.

Birinchisi to'g'ri, polga ishon ma degani sehrga tavibga, tavib polchilarning aytayotgan gapiga ishon ma degani. Polsiz yur ma degani, vallohu a'lam arab tilida fal deb turib yaxshi yaxshi narsaga yo'yish. Shum deb yomon narsaga yoyish. Shu vallohu a'lam falsiz yurma degani, har narsani yaxshilikka yoyib yur degan bo'lsa kerak. Oldingizda masalan qora mushuk o'tib ketadigan bo'lsa, darrov yomonlikka yoyamiz. Ha deymiz, deyish deymiz, chaqasiga ketdi deymiz. Hozir bir parakat bo'ladi deymiz. Hali mushuk o'tib yetgandan keyin mashinani burasiz da, boshqa yo'lni o'tasiz deymiz. Haling bir narsa bo'lmasin deb. Nima yomon gumonga yo'qapmiz da. Shuni aytadi, yaxshi gumonga yo'q qo'yaver, bu bir oddiy maxluq da. Buni o'rniga mushuk emas, kattaroq qarsigir ham aytishi mumkin edi. Deb turib o'tib ketaver deyapti da. Shu falsiz yurma degani, fal deb yaxshi gumonga yo'qib yurib ketaver. Degan ma'no bo'ladi vallohu a'lam. Sehr demak, payg'ambar alayhissalom aytdiki, mana ataa arrafa fasa ala hu ancha'in lam tuq balla hu salatun arba'i inayyuman. Kimdir pol ochadigan odamning uyiga kelsa va bitta narsani shundan so'rasa, hali u bizlar aytadi, ba'zilar aniq aytadi, yo'q, yuzda yuz topdi deydi.

Yuzda yuztopyapti deydi. U avvalgi narsalarimni ham topib qo'ydi deydi. Kasalimni hammasini to'g'ri aytdi deydi. Mana shu juda qattiq ishonadi. Ba'zilar mana shu sherik amallarini ham o'sha darsda eshitganlar, endi ular sal uyaladi. Uyalib aytadi, haligi polga ham bekinib borishadi. Bekinib borgandan keyin ushlab olib, polchini uyidan chiqayotganini ushlab olib nima qilib yuribsiz desa, yo'q, faqat so'radim, lekin men ishonmayman o'zida edi. Faqat so'ladim deydi da. Payg'ambar yasama aytadi, kim faolchini uyiga kelib faqat so'rasa deydi, qirq kunlik namozni qabul bo'lmaydi dedi. Hali ishonmadim deganingizni qo'yavering. Faqat so' rasangiz qirq kunliknamoz qabul bo'lmadi. Yana aytadiki, kim faolchining uyiga kelib, uni aytgan narsani durust to'g'ri topdi deb haliginga qanoat qiladigan bo'lsa, islom dinidan chiqib ketadi dedi.

Dinidan chiqib kelib ketadi dedi. Ehtiyot bo'lishi kerak. Oddiy narsaga o'xshatamiz biz. Hech narsa, dinning chiqib ketishi degan narsa hech narsaga o' xshamay qolgan bizga. Dinning chiqib ketti degandan keyin, qaytadan la ilaha illalloh muhammadur rasululloh deydi. Uni aytgandan keyin, ayoli bilan o'zini orasida nikoh qildimi, yo'qmi? Qaytadan nikohlaydi. Kim qilyapti bu narsalarni?

Faolni uchini uyiga boryapmiz, faolchini uyiga kelyapmiz, ayolimiz ketyapti, kelyapti, hech kim uni nima qilyap yo'q. Qancha ayollar hozir dam soldirishga keladi. Hammasi faolchiga borganda kelgan. Erlarini xabari yo'q. Qayoqqa qarashyapti ular? Qarash kerak ayollarga, qizlarga, borib kelib yotganlarga.

U dinin chiqib ketib qolar ekan. Shiriklardan yana biri al hilf beg'oyrillah. Allohning boshqasi bilan qasam ichish. Qasam. Bizda juda ko'payib ketgan. Qasamning turlari. Payg'ambar alayhissalom aytadiki, kim qasam ichadigan bo'lsa, faqat Alloh bilan qasam ishsin degan. Qasam ichadigon bo'lsa,faqat allohga qasam deb turib ishsin degan, ibn mas'ud aytadiki, men allohni, alloh bilan yolg'on deb qasam ichishim degan ekan. Ya'ni qilmaydigan bo'lsangiz ham Allohga qasam deb yolg'on aytishim degan ekan, gunoh kamroq bo'ladi da. Allohni boshqasi uchun to'g'ri turib qasam ichishning ko'ra yaxshiroqdir degan ekan. Masalan, non, mana non turibdi oldimda. Non turibdi. Men ishonaver menga. Yolg'on gapirmayman deydi da. Masalan aytadiki, birov sizning qarzingiz bo'lsa, qarzni bugun shomga yetkazaman. Mana non turibdi deb, rost gapirgandan ko'ra, a? Allohga qasam deb turib, yolg'on gapirgani shu yaxshi raqdir degan ekan. Nimaga? Anavi yolg'on gapilgani uchun gunohkor bo'ladi. Mana Allohnı boshqasi uchun qasam ichgani uchun, shirk amalini qilgan bo'ladi.

Gunohi buniki qattiq raq. Biz nonni qasam qilamiz. Ba'zilar pichoqqa qasam ichib qo'yadi. Pichoq turibdi deydi. Ba'zilar esa, kimlar o'tmagan joyda turibman deydi. Birovlarni arvohlarini nima qilmoqchi da, nazarda tutmoqchi. Falonchilarning arvohlari, agar hozir men yolg'on aytib ketsam, urib ketadi deydi da.

Shundan qo'rqadi da, haligi e'tiqod qiladi. Kimlar o'tmigan joyda turibman menda deydi. Mana qasam. Qasamning turlari juda ko'p. Shularni faqat qasam ichadigan bo'lsa, bitta Alloh bilan qasam ichishligi mumkin. Qur'onga qasam ichish. Agar shu Qur'on haqiqatdan ham odamga zarar yetkazadi, mana shunday qilsam deb qasam ichadigan bo'lsa, u ham durust bo'lmaydi Qur'onga. Lekin Qur'onda ixtiro qilish kerak.

Qur'onning ulug'ligi yetishadimi yoki bo'lmasa Qur'onni zarar yetkazadimi, foyda yetkazadimi deb ichadimi deyishgan da. Demak, u ham durust emas. Xo'p, biz yana ham qisqartirishga harakat qilamiz. Xo'p. Mana shu asosiy hozirgi kunda uchrayotgan shirk amallari. Endi ehtiyot bo'lish kerak shu shirk amallariga. Bizda endi irimlar bor. Xalqimiz irimchil xalq.

Irimlar ko'p uchraydi. Irimlardan ba'zilarini aytamiz. Ba'zilarini aytyapmiz, bobom hozir ko'p nima qilayotgan bizga ko'pchilik murojaat qilayotgan savollar bilan murojaat qilyotgan irimlardan ba'zilari. Ba'zi bir darsdagi birodarlarimiz, yigitlarimiz uylanibdi. Uylangandan keyin telefon qilib so'rayapti.

Domla deydi. Ha desam, dars shomdan keyin a deydi, ha. Men uylangan edim, chillalikman deydi. Chillaman deydi da, chilla degan irm bor bizda. Uylangan kelin kuyov qirq kungacha uyda chilla saqlaydi, ya'ni shomdan keyin chiqmaydi, shomdan keyin birov bilan gaplashmaydi, shom dan keyin uni uyiga birov kirmaydi. Buni hikmati nimada ekanda men o'zim tushunmayman. Asli chilla yo'q narsa. Bu degani, kelin kuyov, yosh kelin kuyovlar, bular shariat ruxsat bergan ikkisi jamlanishlik, halol Allohning nimasi bilan jamlanishadi. Shunda qirq kun aq bular bir biri bilan yaqinlashadi da. Keyin umri bo'yi yaqinlashmay o'tib ketadimi, chilla saqlab?

Chillani endi qirq kun a q bular yaqinlashib, keyin qirq kundan keyin umri boyi bo'ldi, yaqinlashmadi degan gapmi shunda? Chilla saqlasa, umri bo'yi saqlasin. Demak, u narsani hech shariatda ham, aqlga ham, hech narsaga durust keladigan narsa emas, chillasi. U narsa yo'q narsa. Lekin avvalgi vaqtlarda ota bobolarimiz Alloh rozi bo'lsin, tuqqan bo'shangan ayollarni qirq kun, ya'ni chillada ya'ni chill dev Allohni alam shu qirq ni aytadi yu, shu qirq kun nima qilishar ekan, saqlar ekan. Saqlashligini sababi ularda bo'shangandan keyin qirq kungacha hayz bo'ladi. Erkak yaqinlashishi mumkin emas. Shuning uchun erkak nafsi yomonlik qilib tegib qo'ymasin deb, ayollarni erkaklardan qirq kungacha erkaklarga yaqinlashtirmasdan saqlashar ekan. Yo ayolni oldiga birov kirib yotib oladi, yo kecha kechasi kech bo'lgan vaqtda erkakni yaqinlashtirma, shunday qilib, qirq kun saqlab berar ekan. Endi bu durust mayli, qirq kun shariat unga buyurgan, qirq kun poklanmasdan turib unga yaqinlashish mumkin emas. Ammo endi uylangan kelin kuyovlarni bilmadim, u narsa yo'q. Qirq kungacha ham. Ikkinchi yana aytadigan irimlarimizdan ba'zilari kelinlarni qaynalari so'kib qoladi.

Supurgini deydi, tikka qo'yma deydi. Sen kelding, supurgini tikka qo'ying, uydan baraka qilishdi deydi. Supurgini tikka quysang baraka ketadi deydi. Supurguni barakani olib keladigan supurgi emas. Baraka bo'lish, baraka ketish insonning o'zining ibodati bilan bo'ladi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom, qaysi narsalarni qilsa baraka bo'ladi, qaysi narsa narsalarni xohlasa uydim baraka qochadi, uyga shayton kirib keladi. Bularni hammasini bizga o'rgatgan. Supurgini tikka qo'ysa, faqat aytishi mumkin kelinga, supurgini tikka quymas, sinib qoladi deyishi mumkin.

Lekin boshqa hech uni shariatimizga anaqasi daxli yo'q narsa. Yana boshqa nimalardan, irimlardan biri qalampirni birovdan qalampirni ber desangiz, sizga qo'lingizga berishga qo'rqadi. Yo qoshiq bilan olib boradi, yo bo'lmasa ushlab turib sizni kassangizga qarab otib yuboradi, uloqtirib. Ha qo'ymaysanmi desa, yo'q dedi, urishib qolamiz dedi. O'zi ikkisi bir biri bilan qirq pichoq bo'lib bo'lgan.

Yana urishib qolammiz dedi. Qalampir qanday urishtiradi bilmayman. Shuning uchun bu irimlar. Hech shariatimizda o'rni yo'q narsalardan biri. Yana ba'zilar bir kunda deydi, bir xonadonda o'g'il uylantirib, shu kuni qizni, shu xonadondan shu kuni ikkisiga bir to'y qilib berish. Chiqarishsa deydi, ham o'g'il uyaltirib, ham qiz chiqarsa, ikkovi ham baxtsiz bo'lar ekan deydi. Baxtsiz bo'lib qolar ekan deydi. Shuning uchun birinchi bir to'y qilib oladi da, bir ertadan keyin qizini chiqaradi.

Ikki marta ovora bo'ladi. Ikki martta mayraka qiladi, ikki marta to'y qiladi, ikkinchi marta qozon ochadi. Bu bir irimning orqasida shuncha mushkulak kelyapti. Shuncha mashaqqat bir irimning or qasida. Baxtli, baxtsiz bo'lish bu Alloh Taoloning nimasi bilan? Bu to'yga hech uni aloqasi yo'q narsa. To'yiga uni aloqasi yo'q narsa. Yana irimlardan biri, hali aytganimizdek, qora mushuk, ola mushuklarga ishonchlik. Oldindan o'tib ketadigan bo'lsa, nima qiladi? Ana endi deydi, ish deydi, orqaga ketadi. Bugun ishim yurishmaydi deydi. Oldingizni yugurib o'tib qolsa bo'ldi. Mana shu narsalarga ishonchlik, bu ham irimlarning bir turi. Keyin Safar oyida deydi, bizda ham bor, arablarda ham bor. Safar oyida deydik, nima qilmaydi, to'y qilmaydi deydi. Safar oyida to'y qilmadi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom shuning uchun ma'ruf hadisda aytadiki, la tiyorat'a, vala hamma vala safar deydi. La tiyorat degani, odam shumlanishlik. Odam bir narsaga shumlangandan keyin irim qilish shundan kelib chiqadi. Shumlanishlik yo'q deydi. Va islomda shumlanmaydi deydi. Yomon gumonga boravermas kerak.

Va la hamma degani, hamma deb haligi qush bo'lar ekan. Arablarda bumada edi, ukida edi. Shu qush kelib birovning nimasiga, daraxtiga, bog'iga kelib, uyiga kelib qo'nsa, shu qush sayrasa, shu xonadonni bir kun o'lim chiqadi. Bu o'lim xabar beryapti deb e'tiqod qilar ekan. O'limni, ajalni, Alloh kimga qachon belgilagani, hech kim bilmaydi. Va ta'la munosabat ma'da taksi bo'g'idi. Vala ta'limi munosibun bir nafs ertaga nima qilishligini va qayerda o'lishini bilmaydi deydi Alloh Taolo. Hech kim o'zini qayerda o'lishini va qachon o'lishini bilmadi. U qush qayerdan bilib qolibdi-ki, bizga kelib xabar bersa. Shuning uchun aytdi-ki, shu narsaga nima qilishi, ishonishi durust emas deydi. Keyingisi, vala safar deydi payg'ambar alayhissalom, safar degani, safar oyida to'y qilsa bo'lmaydi deb e'tiqod qiladi. Bu ham durust emas dedilar payg'ambar azob.

Shuning uchun demak irimlar bizda uchrayotgan irimlarning ko'pchiligi shariatimizga xilof, ya'ni bari desak ham bo'ladi, shariatimizga xalof emas. Endi irim bilan shirkning farqi nima deydigan bo'lsa, irim bilan shirikning farqi nima desa, biz aytganimizdek, irimlar o'sha shiriklarga olib boruvchi boshlang'ich yo'l. Irimdin sekin chiqib manoni irim, manoni irim qilib yurib, sekin shirkka kirib ketaveradi. Baxtni deydi, mana shu narsa beradi. O'limni mana bu xabar beryapti. Falonqa qani bu qilyapti deb, Allohning nimasini shu narsalarga biz yoyib qo'yamiz, shu bilan shirkka kirib boramiz. Mana shu narsalarni nima qilish kerak? Juda ham ehtiyot bo'lish kerak. Iloji bo'lsa, shu narsalarni xonadonlarda kuzatib turish kerak, beparvo bo'lmaslik kerak. Buni aytishimizning sababi ba'zi birodarlarning xonadonlariga kirganimizda ham mana shunaqa irimlarni, mana shunday narsalarni xonadonlarda ko'rganligimiz uchun shu darsimizni yana shu yerda tahrirlab qo'yishni ma'qul ko'rdik.

Bu yerda bir kishi savol bo'pti, ayol kishi debdi. Uzrlik vaqtida debdi. Oy sayin uzr keladi. Uzrlik va qtida bolasini emizsa nima bo'ladi debdi da. Bolami yo'qmi demoqchi. Albatta bo'ladi. Uzrlik holatida. Mana ayol kishi tug'ilgandan keyin qirq kungacha namoz o'qimaydi. Hayz qoni keladi. Bu hayz qoni bachanandagi qaqib turadigan qon bo'ladi. U qon to'xtagun keyin nima qiladi? Qirq kun vaqt muddat bo'ladi. Yoki undan sal avval ham to'xtashi mumkin. Lekin shariat qirq kunni belgilagan. O'sha vaqtda ham farzandiga sut beradi, emizadi, qaraydi. Endi bu hayzam xuddi shunga o'xshagan narsa, oy sayin kelib turadi, birovniki uch kun, birovniki besh, yetti kun, har xil odatiga ko'ra. Shu vaqtda ham ayol kishi o'zining farzandlarini nima qiladi, emizaveradi. Uni unga aloqasi yo'q narsa. Qanga uni aloqasi yo'q narsa. Faqat erkak bilan to'shakda bo'lmasligi qaytarilgan shariatda. Ammo yeymoq, ishmog'i, birga o'tirmoqligi va bir joyda yotishligi durust, ammo jima qilmaydi.

Bu yerda aytadiki, araf oylari o'n uch, o'n to'rt, o'n besh. O'n uch, o'n to'rtyu o'n besh kunlari oyning o'rtasi, araf oyi bo'yicha shunda nima qilinadi deydi, ro'za tutish sunnat deyilgan. Sunnat bo'lsa, shu juma va shanba kuniga to'g'ri kelib qolsa nima qiladi debdi. Odatida tutib yurgan bo'lsa, doim shu kunlarga to'g'ri keldi deb tutib yurgan olsa, tutib ketaveradi, uni unga aloqasi yo'q. Shanba kuni kelsa, shanba juma kuni kelsa, juma kunidan boshlab ketaveradi. Uch kun tutadi, uni aloqasi yo'q. Lekin, odatda ro'za tutmaydigan kishilar, misol, bir kun ro'za tutgisi kelib qoldi. Bir kun bir ro'za tutgis keldi da, Alloh uchun bugun ro'za tutaman deb tursa, hech nima juma kuni ekan. Shu juma kuni ro'za tutmaydi. Juma kuni roza tutmaydi. Nimaga juma kuni juma musulmonlarni bayrami bo'lgan? Shu kuni ro'za tu. Ammo agar juda ro'za tutqisi kelayotgan bo'lsa, juma kuni tutsa ham bo'laveradi yu. Jumani tutib, keyin shanbani ham qo'shib qo'yish kerak bo'ladi. Ikki kun bir qilinadi. Yoki payshanba kuni tutgan kishi bo'lsa, payshanba kun ro'za tutgan kishi bo'lsa, ertasi juma kuni ham tutaman desa bo'laveradi. Payshanba juma bo'ladi. Bir kun yolg'iz tutishligi mumkin emas. Bir kun. Ammo qo'shib tutishi mumkin. Yana bu yerda aytibdi, shanba kuni fariz ro'zalaridan boshqa ro'za tutish harom qilingan degan hadis bor debdi.

Men bu hadisni ko'rganim yo'q, bilmayman. Faqat juma kuni qaytarilganini bilaman. Ammo shanba kuni ro'za tutishlik mumkin emas, faqat fariz ro'zasini tutish deganini bilmadim, yana qarab ko'riladi. Sehrlab qo'yilgan bir biror bir odamni deydi, sehrini yechish uchun, sehr qilingan joyni topish uchun sehrlar sehrgarlardan so'rashga bo'ladimi debdi. Birov sehrlangan bo'lsa, shu sehrni nima sehrgarlardan borib so'rasa bo'ladimi debdi. Ikkinchisi, sehrlagan sehrgarni o'zidan niyatni buzmagan aholi qilib so'rasa bo'ladimi debdi. Niyatni buzmagan holatda. Birinchidan sehrni topish uchun birodarlar shunday narsa

Keyingi darsni tinglashJannatga Umidvorlik (Mamurjon domla)