# Islom Odoblari 4-dars (Kuron bilan bolgan odob)

- Teacher: [Maʼmurjon Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/mamurjon.md)
- Course: [Maʼmurjon Domla maʼruzalari](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon.md), lecture 160 of 181
- Section: —
- Duration: 1 h 21 min
- Original title: (Mamurjon Domla) Islom Odoblari 4-dars (Kuron bilan bolgan odob)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/160
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/rsYlkaSGt_g.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=rsYlkaSGt_g
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/159.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/161.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon, ertam gumom. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Innal hamdulillah, rahmat quva nasta inuhu va nastahfiruh. Va naudhu billah imin sururi anufusina va min sayyiati amalina. May yahdiyilla hufala mudillala va may yud li il falaha deyala va ash hadu an la ilaha illallohu vahda hula sharikala va ash hadu annam muhammadan abduhu va rasuluhu amma ba'd. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Va alaykum assalom. Alloh subhanahu va taoloning fazli va tavfiqi bilan bugun shanba kuni islom odoblari darsligiga jamlanib o'tiribmiz. Bugungi darsligimiz inshaalloh biz o'tganda alloh bilan bo'lgan odoblar va payg'ambar alayhissalotu vassalom bilan bo'lmagan odoblarni gapirdik. Bugungi to'xtalmoqchi bo'lgan darsligimiz qur'on bilan bo'lagan odoblarga to'xtalamiz.

[1:20] Chunki alloh subhanahu va taolo bilan bo'lgan odob va payg'ambar bilan bo'lkan odoblar to'liq mukammal bo'lmaydi, agar biz qur'onni yaxshi bir odob bilan qabul qila olmaydigan bo'lsak. Biz modomiki qur'onni chiroyli odob bilan har bir o'zining odoblarini o'rniga qo'ymasak, alloh subhanoh taologa bo'lgan odobimizda va payg'ambarga bo'lgan odabimizda noqislik hosil bo'ladi. Shuning uchun biz Qur'on bilan bo'lgan odoblarga to'xtalamiz, inshaalloh.

[1:57] Qur'onning, avvalo Qur'onning fazli, manzilati, uning xususiyatlari haqidagi kelgan ba'zi bir oyat yoki ba'zi bir hadislarni zikr qilamiz va undan keyin odoblarni ham ba'zilarga to'xtalamiz. Chunki biz Qur'on bilan bo'lgan odoblarni barchasiga to'xtalishlikka vaqtimiz kifoya qilmaydi.

[2:26] Eng avvalo Qur'onni manzilati va Qur'onning fazilati haqida kelgan gapdan eng avvalo bu Qur'on Alloh subhanahuhu va taoloning kalomi ekanligi va bu Qur'onni Alloh subhanahu va taolo Jibril alayhissalotu vassalom orqali Muhammad alayhissalosutu vassalomga nozil qilingan muqaddas gaplari ekanligini ekanligiga biz iymon keltirishligimiz. Demak, Qur'onning fazliga kifoya qiladiki, u Allohning so'zi bo'lganligini o'zi kifoya qiladi.

[3:09] Allohning so'z bo'lganligi o'zi Qur'onning fazliga kifoya qilad. Alloh subhanahu va taolo Qur'onni o'zining kalomi ekanligini bayon qilib, mana bu oyatda aytdiki, voyin ahadu minal mushujiki ina stajaraka fay ajr u hattay ismi kalamulloh. Allohni kalomini eshitgincha degan gapi, demak bundan ma'lum bo'ladiki, Qur'on bu Allohni kalomi ekanligi va eng kaplarning, kalomning afzali bu Allohni gapi.

[3:42] Va ikkinchisi, bu Qur'on bashariyat uchun hidoyat va nur qilib yuborildi. Demak Qur'onning fazlidan ikkinchisi bu insonlar uchun nur va hidoyat bo'lganligi mana bu Qur'onning fazliga dalolat qiladi va Qur'onning manzilatiga dalolat qiladilar. Alloh taolo aytdiki, innaha til qur'aniyah deylik latih i yaqum. Bu Qur'on deydi, eng go'zal yo'llarga boshlaguvchi hidoyat etuvchi narsadir deydi. Hidoyat, demak Qur'on hidoyat deb Alloh Taolo ismladi. Va uni nur dedi Alloh Taolo.

[4:25] Uchinchi Qur'oning fazliga dalolat qiladigan hadislarda kelgan uchinchi Payg'ambar sallallohu alayhi vasallamning muborak so'zlari: Xoyru kunman taallamal Qur'ani va allama. Sizlarning yaxshilaringlar dedi, yana boshqa rivoyatlarda afzalinglar deganlar. Qur'onni ta'lim olgan, Qur'on o'rgangan, va Qur'onni ta'lim bergan kishi eng yaxshilaringizdir derdilar. Demak, Qur'oning fazli shundaki, agar biz boshqa hunarlarni, masalan, kasblarni qiladigan bo'lsak, uni ta'lim olib, u ham ta'lim beriladi. Dunyoviy narsalar ham va boshqa ilmlar ham ta'lim olishlik bilan yo ta'lim berilishlik bilan bo'ladi. Lekin ular haqida biror bir maqtov so'zi kelmagan. Ammo Qur'onni ta'lim olishligi va uni ta'lim bergan kishilarni Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam maqtadilar.

[5:24] To'rtinchi Qur'oning manzilati va fazilatiga kelgan hadislardan to'rtinchisi, Qur'on Karim dedi, qiyomat kunida o'zining sohibiga shaffof bo'ladi dedi. Qiyomat kuni bo'lgan vaqtida inson o'ziga shaffof etuvchi kishilarni axtaradi. Mana shu vaqtda Qur'on shaffofat qiladi dedilar. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, iqro ul qur'on fa innahuyya ti yom al qiyamati shafi' al ashabihi. Sizlar Qur'onni o'qinglar. Qur'on qiyomat kunida o'zining egasiga shaffof etuvchi bo'lib keladi dedilar.

[5:59] Beshinchi manzilati Qur'onning fazliddin beshinchisi qiyomat kunida Qur'on o'qishlik bilan insonning manzilati, qiyomatdagi pog'onalari ko'tariladi. Inson qiyomatda darajasi ko'tarilishligining sabablaridan biri Qur'onning o'qishliki bilan ko'tariladi Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, yuqqol ular sahhibil quran iqaro, vortoqiy vorotil kamakun ta turotdil fiddunya, fa inna manzil ataka inna oxiri ayatin taqaro u bih. Qur'on o'qiydigan kishiga qoriga aytilarkanki, qiyomat kunida o'qing der ekan. Va shu o'qib, pog'onama pog'ona darajama daraja ko'tariling der ekan. Va sizning va dunyoda qanday siz Qur'onni tartil bilan o'qigan bo'lsangiz, shunday o'qing, sizning manzilatingiz eng oxirgi to'xtagan oyatda ana shu yerda darajangizni to'xtaladi degan. Kim oxiratda o'zining darajasini, manzilatini ulug' qilaman degan bo'lsa, bu odam Qur'on o'qishlikka va uni ko'p yod qilish, o'qishni o'zi kifoya qilmaydi, ko'proq yod qilishlikka harakat qilishligi kerak.

[7:19] Biz men shu misolni juda ko'p takrorladim, yana shu yerda takrorlab o'tmoqchiman. Biz dunyodagi manzilatimiz odamlarning manzilatidan bir pog'ona orqada qolib ketishligidan qo'rqamiz. Shuning uchun dunyoda odamlardan orqada yashamasdan, ulardan yo teppa teng, yo ulardan ortiqroq yashashga harakat qilamiz. Shuning uchun buni shohidi shuki, farzandlarimizni barchamiz mana o'qitamiz. O'qimoq, yozmoq, chizmoq, hisob, mana bu narsalarni o'rgatamiz farzandlarga. Chunki boshqalardan ertayu kuni hayotda qiynalib yashamasligi uchun va o'zining manzillatini, hayotdagi manzillatini bilib, o'z o'rniga qo'ygan holatda yashashi uchun, shunga biz jon jihatimizni beramiz. Bir nimani o'rganish uchun, hisobni o'rganishligi uchun. Yoki chizmoq yozmoqni o'rganish uchun shunchalik umrlarimizni sarflaymiz. O'n yillab maktablarda o'qitamiz va undan keyin yana ham hayotda qiynalmasin deb olti yillab, sakkiz yillab dunyo fanlaridagi o'qishlarga olib borib beramiz.

[8:40] Va buning o'zida qancha mablag'lar sarflagan holatda o'qitamimiz. Lekin, bu dunyodagi manzillatini topishligi uchun, oxiratdagi manzillati uchun o'sha farzandni, oxiratda hammadan orqada qolib ketsa ham, unga biz bir nazar ham solmaymiz. O'zimizni ham oxiratda manzillatimiz qaysi oyatlarni bilaman. Va qaysi oyatlarni o'qigan vaqtimda shu yergacha endi to'xtalib qolaman, oxiratda biror bir manzilatimni ko'taradigan sura yoki oyat yodlayapmanmi men deb o'zimiz uchun g'am tashvish ham qilmaymiz.

[9:17] Mana bunisi bir ajablanarlisi. Endi mana shu hozirgi vaqtda darslar berilayotgan masjidlar bor, bolalarni o'qitayotgan masjiddlar bor. Shu masjidlarga misol uchun biz aytdikki, boshqa dunyo o'qishlariga pullar, mablag' sarflab o'qitamiz, lekin shu yerga tekindan tekin o'qitib beramiz degan odamlarga olib borib farzandlarimizni berishga ham ko'zimiz qiymaydigan daraja bo'ldi hozir. Besh oltinchi Qur'onning fazli haqida kelgan hadislarning oltinchisi inna ladiy hafid al qur'an yafotullohu minan nar. Qur'on yodlagan kishini dedilar Alloh Subhanahu va Taolo Jahannamdan saqlaydi dedilar. Payg'ambar Sollallohu alayhi vasallamni mana bu hadislari keldi. Lavjumi al qur'anu fii i ha bin ma'ahraqu ollohu bin nar. Agar Qur'on dedilar bir teriga jamlanganda, terida jamlanganda dedilar. Xoh u Qur'on terining ichida bo'lsin. Xoh u Qur'on teriga yozilib shu terida yozilgan holatda bo'lsin, mana shu terida agar Qur'on jamlanganda dedilar, Alloh Subhanahu va Taolo shu terini kuydirmagan bo'lardi.

[10:35] O't bilan kuydirmagan bo'llardi. O'tga tashlasa ham shu teri kuymagan bo'lardi dedi. Demak Alloh Taolo terini Qur'on yozilganligi uchun yoki shu teriga Qur'on o'ralganligi uchunga kuydirmaydigan bo'lsa, endi o'zining terisining ichidagi qalbiga mujassam qilgan Qur'onni yodlab, uni mujassam qiladigan kishini Alloh Taolo albatta uni kuydirmaydi deganlar. Jahannam azobida kuydirmaydi dedilar. Demak, qur'on yodlagan kishi haqiqatdan ham o'zining ichiga, qalbiga mujaffam qilib qur'onni joylaganligi uchun alloh taolo unga mukofotan jahannam azobi azobidan saqlaydi dedilar. Yettinchi fazilati.

[11:21] Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, men harfam ming kitob, billahi falah u bihi hasana, val hasana tu bi ashriyam salihala aqulu alif la mim harf va lekin alif harf va la harf va mim harf. Kim dedilar Allohning kitobidan bir harfni o'qiydigan bo'lsa, unga bir savob bo'ladi dedilar. Va u bir savobning darajasi o'n barobarga ko'paytiriladi dedilar. Ya'ni o'n savob yoziladi unga, bir savobni o'rniga o'n savobyoziladi. Men dedilar alif lamim degan Qur'ondagi kelgan mana shu hiruful muqattoa deydi, mana bu harflarni alif lamim deganda bir harf deb hisoblamayman dedilar.

[12:05] Bu alif alohida bir harf, bunga o'n savob min alohida bir harf, bunga o'n savob. Lan alohida bir harfi, bunga o'ng savob deb Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar. Demak, Qur'on o'qiydigan kishi har bir harfiga o'n tadan savob yozilsa. Qur'on oqigan kishiga har bir harfiga tadan savob yoziladi.

[12:30] Qur'on ahillari sakkizinchi fazilati, Qur'onning fazilatlarini sakkizinchisi, manzilati Qur'on ahli dedilar. Bular xalqning eng boy kishilari Qur'on ahli, dedilar. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan Harif ibn No'mon roziyallohu anhun aytadilar, Hasan roziyallohi anhuning Abu Zardan mana bu hadisni eshitganlarini men eshitdim, dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni asxoblariga qarab aytdilarki, sahobalarga qarab, insonlarning eng boyi kimdir, dedilar. Majlisda o'tirganda Payg'ambar alayhissalom savol qildi sahobiylarga. Insonlarning boyi kimdir deganlarda, sahobiylar ba'zilari Abu Sufiyon boy deyishdi. Ba'zilari Adir Rahmon ibn Avuf boy deydi. Ba'zilar aytdik, usman ibn avfon boy deyishdi . Hamma o'zlarining nazdida boylikni shunday hisoblaydi. Shunaqa qilib boy deyishgan vaqtlarda Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam aytdilar vala kin ag'anannasi hamma latul quran man ja alahullohu fii javf ihi yo'q dedilar. Eng boy kishi dedilar. Qur'onning hifis qilib uni ko'targan kishilar bular boydir dedilar. Va uni qarunlariga dedilar, mujassam qilib joylashtirgan kishilar mana bular eng boy kishilar, badavlat kishilar dedilar.

[13:50] Shuning uchun bu Allohning nazdida va Payg'ambar alayhissalotu vassalomning nazdida boylik biz bilgan moddiy talab bilan hisoblanmaydi. Bu oxiratni obod qilishlik, oxiratning amalini ko'p qilishlik bilan ko'p kirgan kishi mana bu boy hisoblanadi. Oxirat amallaridan biri Qur'onni yodlagan kishi mana bu boy deb Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar. Bu Qur'oning manzilatidagi va uning fazilati haqida kelgan ba'zi bir sakkizta manzilatlarga yoki shunga to'xtaldik. Endi biz o'zimiz aytganimizdek odoblariga, Qur'oning odoblariga to'xtalamiz.

[14:35] Qur'ondagi biz bilan, biz Qur'on o'qigan vaqtimizda yoki Qur'onni eshitgan vaqtimizda uchraydigan odoblar bo'ladi. Yoki ba'zi xatolar bo'ladi. Xato odobdan tashqari chiqib ketgandan keyin o'sha xato sodir bo'ladi. Shularga to'xtalamiz. Odoblarning eng birinchisi Qur'on o'qiydigan kishi ham, Qur'on o'sha o'rganadigan kishi yoki o'qitadigan kishi, bularda ixlos bo'lishligi kerak. Ixlos. Birinchi topiladigan odob ixlos bo'lishligi kerak. Ixlos degani, yaq suda bi da alika bi dalloh. Qur'on o'qishligi bilan yoki Qur'on o'sha o'rganishi bilan yoki Qur'dan ta'lim berayotgan kishi shu ta'limni berishlikda Allohning roziligini maqsad qilishlik kerak.

[15:31] O'zini xalqqa tanitishlik, yo bo'lmasam, biror bir maosh talab qilishlik, mana shunaqa maqsadlar nimaga qo'yilmaydi? Nazarda tutilmasligi kerak. Faqat boshlashlik nimadan bo'ladi? Allohning roziligi, umid qilingan holatda bo'lishligi kerak. Abulqos Imun Qushayri aytadilar, ixlos degani dedilar, u va tasviya tul fe'l al mulohada til maxluqin. Ixlos nimadir deganda, ixlos faqat Qur'onni o'qishdagina emas, barcha ibodatlarda ixlos bo'lishi kerak. Ixlos degani dedilar, inson o'zining qilayotgan amallarini dedi, maxluqlarning nazaridan poklab tashlashlik deydi.

[16:16] Ya'ni tushunarli qilib aytadigan bo'lsak, maxluqlarining nazaridan, insonlarning nazaridan qilayotganamalingizni poklashingiz. Odamlar siz qilayotgan emaligingizni ko'ryaptimi, ko'rmayaptimi? Uni sizga qizig'i bo'lmasligi kerak. Ba'zi kishilar bor, amal qilayotgan vaqtida odamlar ko'rmayotgan bo'lsa, amalni qilg'isi kelmaydi. Hech ham qilg'isi kamaydi o'sha yaxshilikni. Lekin odamlar ko'rib, keyin bir jamoatlarda mana falonchi mana bu amalni qildi deb maqtasa, bir unga bir orom kirib, yana bir ana shu amalni qilgusi kelib qoladi. Bu demak, odamlarni maqtovi uchun qilayotgan bir amal bo'lib qolyapti. Ixlos degani shu odamlarning nazaridan pok bo'lgan amallar ixloslik, ixlos bilan qilingan amal hisoblanadi.

[17:06] Ba'zi ulamolar aytishgan ekanki, ixlosning alomatlari, ixlosning belgilari uchtadir degan. Ixlosni belgilari bo'ladi. Shu bir ibodat qilsangiz ham, yoki bo'lmasa bir yaxshilik amal xayriya qilsangiz ham. Qanaqa amal qilgan bo'lsangiz, siz shuni haqiqatdan ixlos bilan qildingizmi yo'qmi, tekshirib ko'rishingiz uchun o'sha uchta alomatni qarab ko'rasiz. Uchta alomat sizda topilyaptimi yo'qmi? Birinchisi, istiva ul mat hayvot zan me minala amma. Odamlar bunga maqtasa ham, qilgan ishingizga, yomonlasa ham, uni sizga farqi bo'lmasligi kerak.

[17:45] Yaxshi maqtasa ham, yomonlasa ham, uni sizga farqi bo'lmas kerak. O'shanday bo'lgan vaqtda siz xolis ibodat qilgan odam bo'lasiz. Misol, ba'zi kishilar bor, bir amal qiladi, yaxshi xayriya amal qiladi da, masjid qurgan bo'lishi mumkin, yoki bo'lmasa bir joylarni yo'llarini tuzatib bergan bo'lishi ham mumkin, yo bir joylarga ko'priklar muhtoj bo'lgan bo'lsa, odamlarga ko'p rizq solib bergan. Keyin ozginadan keyin bir ikki odamlar shuni ustidan gapirganligini eshitsa, aytadiki, shuni bekor qilibman deydi. Shuncha yaxshilik qilsam ham deydi, bu xalqqa baribir yaxmas ekanman. Shu amalni, shu masjidni sog'inmaganimda edi bularga deb qo'yadi. Yo shu yo'lini tuzatib bermaganimda edi deydi. Odamlar yomonlaganligi uchun sabr qilmasdan nima qilyapti? Qilgan amallarini habata qilib, shuni bekor quribman deydi. U demak faqat odamlar maqtashligi uchun qilgan odam bo'ladi. Biz shuni bilishimiz kerakki, yaxshi amallarni qilgan kishilar, albatta ularga yomon gaplarni aytadigan kishilar ko'p bo'ladi. Shu vaqtda sabr qila bilishlik kerak. Mana bu birinchi alomat. Ikkinchi alomati, ixlosni ikkinchi alomoti, nisyanun ro'yya tul amal fil amal, qilayotgan amalingizda siz o'zingiz qilgan amalingizni unutib yubora bilishligingiz degan.

[19:09] Qilgan yaxshiligingizni unutib yubora bilishingiz degan. Bir odamga misol, bir o'n yil oldin bir yaxshilik qilgan bo'lsangiz, keyin o'n yildan keyin ko'rib qolsangiz, siz eslaysizmi, falon joyda shu siz qiynalib turgan vaqtingizda men sizga mana shu bir yuz tanga bergan edim, shuni ehson qilgan edim sizga deb qo'yamiz.

[19:32] Bu bizni esimizda turadi da o'sha. Bir zamonlarda qilingan yaxshiliklarni saqlab esimizda, yodimizda olib yuramiz. Bu ixlosga kirmaydi. Ixlos shunday bo'lishi kerakki, inson qilgan yaxshiligini esdan chiqarib yuborishi kerak. Qilgan yaxshiligini esdan chiqaravera biladigan darajada bo'lishi keraksin. Lekin yomonliklarni esa esda yaltta saqlab yurish kerak. Men birovga bunaqa yomonlik qildim, allohni oldida qanday javob beraman, bunaqa yomonliq qildim, allohning oldida qandayjavob beraman degan yomonliklarimizni esimizda olib qolib, yaxshiliklarimizni esdan chiqarib yuborishimiz kerak. Unga Alloh Taolo va men kafilki, bizni yaxshiliklarmizni zoya qilmaydi Alloh Taolo. Uni biz hisoblab, saqlab yurib, Allohni oldiga borganda men mana bu yaxshiliklarni qilganman deyishga muhtoj emasmiz.

[20:20] Uchinchisi ixlosga dalolat qiladigan alomatlarning uchinchisi iqtido u sababil amal fil axirar. Qilgan yaxshilikning savobini oxiratda umid qilish. Dunyoda naqd dunyo biz nima bo'lib qolgan, badil deydi arablar. Almashishlik. Bir yaxshilik qilgan bo'lsak, shuni evaziga undan ham yaxshilik kutib turamiz. Men falon yaxshilik qilganman, bu shu yaxshilikka bir narsa yaxshilik qaytarish kerak deb kutib turamiz. Bizda almashishlik bo'lyapti. Bu yerda savob bo'lmayapti. Demak, ixlosning alomati biz savobni qilganimizdan keyin u odamdan umuman yaxshilikni kutishimiz hojati yo'q. Biz oxiratda kutishimiz kerak. Mana bu uchta narsa topilsa, demak, ixlo bilan qilingan amal hisoblanadi. Tushunarli bo'lsa kerak a?

[21:13] Voy an bag'i allayh sud'abidahi tavassulun ilohi rolin min avrolit dunya. Demak biz Qur'on odobini birinchisi ixlos deyapmiz. Biz Qur'oni o'rganayotgan vaqtimizda Qur'on o'rganishdan maqsadimiz dunyo, maqsadlardan dunyoning biror narsasiga erishlikni nima qilmasimiz kerak? Nazarda tutmasligimiz kerak. Qur'oni yo'rganayotganda vaqtda dunyodan biror narsaga nima qilishlikni. Bu narsalar agar Qur'on o'rganib mol dunyo yig'aman.

[21:46] Qur'on o'tkazib, bir joylarga imomchilikka bir qovunni boshqarib yuradigan imom bo'lib olaman. Qur'oni o'rganib obro' topar ekansan. Nuqul borsa, tepada o'tirishar ekan Qur'on o'sha yerda. Deb obro' topaman. Qur'onda o'rgansam, odamlar maqtar ekan, chiroyli o'qib bersa, maqtashyapti hamma. Yoki bo'lmasa, odamlarning hammasini o'zimga burib olaman, qaratib olaman.

[22:15] Hammani o'zimga burib olaman, degan maqsadlar bo'lmasligi kerak. Qur'on o'rganayotgan odamda shu maqsadlari bo'lmaslig kerak. Ba'zi bir kishilar bu inshaalloh yuzdan bir yoki ikki uchrasa kerak. Lekin shunda ham aytib qo'yamizki, ba'zi kishilar Qur'onni juda sekin o'rgana boshlaydi. Hech kimga bildirmagan holatda o'rganishga harakat qiladi da. Keyin aytadiki, pensiyaga chiqqan vaqtda deydi, darrov domla bo'lib olaman deydi. Hozir ish yurib turibdi, endi Qur'onni o'rganib, domla bo'lganimni e'lon qilsam, sal uyatli bo'lyapti deydi. Lekin deydi, ertaga ishdan ketib, pensiyaga o'tib ketishim bilan deydi, bu rizqim ham to'liq mahallada ham obro' yetib bor, masjidda ham birinchi safdaman. Shuning uchun deydi, hozirdan Qur'on o'rganib qo'yishim kerak, deb ba'zilar shunday o'rganish niyat qilib kelganlar borda.

[23:14] Shuning uchung bu, bu ilm foyda bermaydigan ilm. Alloh subhanahu va taolo shunday kishilar haqida aytdiki, man ka'na yuriydu har sal ahira, axira nazid la hufiy harfiy. Va man ka'na yuriidu har sal dunyani ti himina va ma'lu fil axira minnasib. Kim oxirat mevasini, ekinini umid qiladigan bo'lsa dedi, uni ekinida biz ziyoda qilamiz dedi. Uni mevalarini ziyoda qilammiz. Kim dedi, dunyo ekinini umid qilgan bo'lsa, dunyoda mana shunga yetaman, anaviga yetaman degan narsalar bilan cheklangan bo'lsa dedi, noti himi ham. U umid qilgan narsalarini, orzu qilgan narsasini beramiz, lekin oxiratda uning nasibasi yo'qdir dedi. Demak, domla bo'laman, odamlarni ichida gapirib, hammani o'zimga qarataman degan bo'lsa, haqiqatdan shu maqsadga erishadi. Domla bo'lib shunday narsaga erishadi. Lekin oxiratda unga beriladigan ajr soati mahrum bo'ladi.

[24:18] Alloh taolo yana boshqa oyatda aytdiki, man ka'na yuriydul ajil an jannanah u fihama nasha u liman nuriy. Kim naq narsani umid qilsa dedi. Oxiri nasiya. Naq narsa qo'limizga shunday topshirilgan dunyo bo'lsa, yo obro' bo'lsa, ya odamlar maqtagani naq. Lekin oxiratdagi maqtov, Allohni maqtovi, oxiratdagi ajrlar nasiya bo'lib turibdi da. Shuning uchun kim uni o'rniga naqini olaman desa, dedi, biz dedi, unga xohlagan kishimizga xohlagan narsalarni naq qilib beramiz dedi. Ya'ni bu oyatni yaxshi tushunishimiz kerakki, u xohlagan narsasini biz beramiz demayapti. U dunyoda mol topaman, Qur'on o'rganib, obro' topaman degan bo'lsa deyapti, shuni to'liq beraman demadi Alloh Taolo. Biz xohlaganimizga xohlagancha beramiz deyapti. Shuning uchun inson baribir ham mukammal qilib qo'lga dunyoda kirita olmas ekan, uning ko'ra dunyoni umid qilmasdan oxiratda savobni olaman degan orzuni ko'proq nima qilishlik kerak. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, men taallama ilman ya'batag'hay behivaj alloh la ya taallamuhu illal yusiyba beh g'or odam minn dunya lam yajid arafal jannati yomul qiyamin.

[25:39] Kim dedilar? Allohning yuzi umid qilinadigan ilmni dedilar. Alloh uchun o'rganiladigan ilm. Dunyo ilmlari o'rganilaveradi. Dunyoga yetish uchun, dunyo ilmlari albatta dunyo maoshini topish uchun o'rganiladi. Unda ixtilof yo'q. Bu yerda Allohning ilmi, Alloh uchun o'g'irlanadigan, savob ajr umidida o'rganiladigan ilm. Bu din ilmi. Din ilmi, Qur'on ilmini Alloh uchun e o'rganmasdan, dunyodan biror maqsadlarga erishaman deb o'rgangan bo'lsa dedilar, qiyomat kunida jannat hidini topmaydi dedilar. Qiyomat kunida jinnatni hidini topmaydi dedi. Shuning uchun juda ehtiyot bo'lishlik kerak. Bu ozgina ilm olib turib, darrov odamlarni ichida o'zini ko'rsatishga harakat qilib, tortishib, tozalashib, mana shunaqa qilib qilayotgan kishilar juda ehtiyoq bo'lishi kerak. Ba'zilar jur'at qilib aytadiki, men deydi, bir gap bilan deydi, falon domlani deydi, gapirtirmay qo'yishga kuchim yetadi deydi. Bu demak o'zini yaqqol johil ekanligini o'sha gapi bilan ko'rsatib beryapti. Ilmi yo'q johil ekanlikini o'sha gap bilan ko'rsatyapti. Imom Shofiy rohimahulloh aytganlar, men degan, biror marta degan ahli ilm bilan talashgan bo'lsam, tortishgan bo'lsam albatta uni yengaman degan.

[27:02] Lekin qachon johil bilan tortishsam degan, albatta undan yengilganman degan. Ya'ni Johni bir gapini eshitgan vaqtida Imom Shofiy raymulloh unga javob qaytarmasdan boshlanmay qo'ya qolar ekanda. Bu johil, yaqqol johil, bu bilan bu hech narsa tushunmaydi bu, degan maqsadda unga aytishni hojati yo'q. Shuning uchun haliginday men bu domlalar qayerdan chiqaryapti bu narsani? Men unga bunday hujjatim bor, unday hujjatim ham bor. Bir gap bilan men uni nima qilaman, shunday deydiganlar bo'ladigan bo'lsa, buni bilish kerakki, bu johil odam.

[27:36] Mana bular ilmni faqat o'sha birovni tortish uchun, birovlarni gapirtirmay qo'yish uchun, shuning uchun o'rgangan kishilar bo'ladi bular. Shuning uchun ularning ba'zi kishilarning savollari ham biz avvalgi birinchi darsimizda aytganimizdek, foydasi yo'q, lekin unga javob berishga odam shak qiladigan, shubha qiladigan savollarni berishadi. Shunday savolni beradi da, bitta bir rohatlanadi, haligi odam javob bera olmayapsan. Biz o'shanda biz zikr qilgan vaqtimizda shaytonning ayoli kim deb savol berishgan.

[28:15] Endi boya shunday savol beriladi odamlarda, keyin o'sha domla shunga javob bera olmasa, u odam bir lazzatlanadi. Mana bunday odamlar, demak, bilishimiz kerakki, ular dunniy bu ilmni faqat birovlarni bir majlislarida gapirtirmay qo'yishlik uchun o'rgangan kishilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, men talabal ilmaliyum aribihil sufaha, av yukath i robihil ulama, av yos rifa vujuhannas ilayhi faniyataba va maqadah u minan nar. Kim dedilar ilmni ahmoqlar bilan ta'lashish uchun o'rtangan bo'lsa dedi. Ahmoq kishilar bilan o'tirib olib, ilmni tolashlik. Shuning uchun ulamolar aytishadiki, ilm munoqasha qilishlik shariatimizda bor. Bir odamga dinni noto'g'ri bo'lsa tushuntirish bor. Lekin u odam o'zining ahmoq fikridan hech o'zgargisi kelmaydi. Sizning gapingizni haq gapni olgisi kelmaydi'. Shunda ulamolar aytadiki, shu odam bilan tolashlikning o'zi gunoh hisoblanadi degan. Olim kishining eng johil vaqti degan, eng jaholatdagi vaqti tortishayotgan vaqtdagi hisoblanadi. Olim johil bo'ladimi deganda bo'ladi. Qachon deganda bir odam bilan sizning haqni qabul qilish kelmagan odam bilan talashib turgan vaqtda olimning johil vaqt hisoblanadi.

[29:33] Chunki u sizning haqni nomlanmaydi. Ikkinchidan buning zarari imom ajoyi rahimahulloh aytganlar agar degan bir odam sizdan haqni qabullamaydigan bo'lsa, siz shu bilan tortishsangiz degan siz gunohkor bo'lasiz degan. Chunki degan, siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kelgan sahih hadisni aytsangiz, u men bunday hadisni qabullamayman deb inkor qilib yuborishligiga siz sabab bo'lyapsiz degan. Ya'ni hadisni qabulamaydi. Bunday narsani biz ota bobomizni ko'rmaganmiz deydi. Bu narsani men deydi durust hadisda kelgan bo'lsa ham meni aqlimga to'g'ri kelmayapti deydi. Shunga biz o'shani majburlab qo'yapmiz shunday deyishga. Shuning uchun u johil odamlar agar o'zining qotib qolgan fikridan qaytgisi kelmagan odamlar bilan shariatimiz talashlikni qaytargan. Shuning uchuncha aytdiki, kim ilmni ahmoqlar bilan talashlik uchun o'rgangan bo'lsa, yoki yuka fil bihil ulama, ulamolarni ichida o'zini ham ulamolar safi din qilishlik uchun, olimlar ko'payib qoldi mana davramizda, biz ham shularni birimiz desa, shunaqa qilib endi o'zini bildirish kerak da. Mana shunaqa qilish uchun o'rgangan bo'lsa, yoki odamlarning yuzini o'ziga qaratib olish uchun, odamlarni da'vat qilgan vaqtda hamma buni da'vatini eshitishni xohlaydi da.

[30:52] Shuning uchun o'rtangan bo'lsa dedilar, joyini jahannamdan tayyorlab qo'ysin dedilar. Joyini jahannamdan tayyorlasin. Demak bu o'rgangan ilmini zarracha foydasi yo'q. Bizni Alloh u kishini tefsiz himoyasida saqlasin. Muhammad muxtor ash shinqiti degan madinaning eng katta hozirgi kundagi olimlaridan biri, shu kishining dadalari tafsir Qur'onga tafsir yozgan. Adua ul bayon degan tafsir yozganku kishilardan biri. Shu kishi dedilar, dadam dedilar, Masjidil Haramga Payg'ambar alayhissalom masjidlarga kelganda dedi, dars berishga kelgan vaqtlarida dedi, bir men yonida o'tirib, arablarning darsi shunday bo'ladi, qori, yonida Qur'on o'qiydigan, ya'ni yonida darsni o'qiydagan kishi bo'ladi. Bu yerda o'tiradida, hadisni o'qiydi u kishi. Bu kishi bu stulda o'tirib, o'shani o'qigan hadisini sharhlaydi.

[31:51] Demak ikki odamdan iborat bo'ladi. Dars berayotganlar biri o'qiydi, biri charxlaydi. Shunda dadam, men o'qiydim, dadam charxlardi deydi. Haligi olim kishi aytyapti. Bir kishigina o'tirardi majlisimizda deydi. Hech kim yo'q edi deydi. Shunda men dadamga aytdimki, dada, bu hech kim kelmayapti, bizni darsimizga. Shu darsni to'xtatib, men uyda o'qiyveray, siz charxlayvering deydi. Ya'ni foyda yo'q shu yerga kelib, dars qilishni foydasi yo'q, deganlarda aytdiki, yo'q. Bu yerda dedi, farzandiga aytdiki, seni adashmagin dedi. Malaklar dedi, farishtalar dedi, hozir bo'lib turibdi dedi. Va bizni amallarimizga, amolimizga dedilar, ajr savoblar bitilyapti dedi. Agar shu bir kishi kelmasa ham dedi, men shu ustalda o'tirib dedi, darsimni davom etaveraman dedi. Darsni boshlaganlarda shunday bo'lgan. U kishi odamlarni o'ziga qarashli tushish uchun dars o'tmaganlar. Ular ularning niyatlari Alloh o'sha narsani yozyapti, shunga savob yozyapti degan maqsadda dars o'tishgan.

[32:55] Ana shundan keyin endi hozirgi kunda shu kishilarning majlisiga odamlar sig'may ketyapti hozir. Boshida shunday boshlagan kishilarning majluislariga hozirgi kundan odamlar sig'maydigan darajada odamlar tinglaydi darslaridan foydalanishyapti. Shotibiy rahimahulloh aytadilarki, axirul ashiya in'zu bilan min qulub is solihin huk bus su' tatibut tasaddu. Bu Qur'on o'rganadigan yoki Qur'on dars berayotgan yoki o'zlarga domlalik degan taxalluslarni olgisi kelayotgan kishilarga qarata aytdilarki, Shotibiy rahimahulloh aytdilarkki, bu solihlarning qalbidan tushadigan narsaning eng yomon narsalarini, eng oxirgisi dedi. Masalan inson birinchi kibrni tashlashi kerak. Tavozulik bo'lishi kerak. Yaxshiliklarga mana shunaqa. Lekin eng oxiri tushadigan mana bu insonning qalbidan tushadigan narsani eng oxirgisi dedi, bu subbu sulta. O'zini odamlarni ustidan gapirib, boshqarib yurishlikni yaxshi ko'rishligi dedi. Va dedi, tasoddur dedi, hammani oldida o'zini peshvoz, peshqadam qilib ko'rsatish dedi. Shuning uchun biz endi aytdikki, ulamolarni odoblaridan emas, agar ulamolar agar bir joyga jamlanishadigan bo'lsalar, bular bizni hozirgi kundagi hayotimizga o'xshagan emas edi ularni hayoti.

[34:21] Biz hozir bir joyga jamlanadigan bo'lsak, birimiz bir hadisni endi boshini boshlasak, ikkinchimiz shu hadisni oxirida deydik, bunaqa voqea bo'lgan deb qo'yadi. Ya'ni odamlarga o'zini bildirish kerak, shu hadisni men ham bilaman. Bu boshini boshladi, men oxirini tugatib qo'ydim deydi. Mana shunday darajada nima qiladi. Lekin olimlar unaqa qilmagan. Bu tasoddur, ya'ni o'zini odamlarga nima qilishlik, oldiga chiqarib ko'rsatib berishlik bo'lyapti. Shuning uchun ulamolarni hayotlarida, ular aytardiki, biri bir hadis aytardi deydi, men u hadisni u falon yil avval yoki u ta'lim olishidan avval bu hadisni yodlab qo'ygan edim deydi. Lekin u hadisni aytgan vaqtda men go'yo birinchi marta eshitayotgandek, shundaymikan deb turib haliginga quloq tutardim degan. Mana bu tavozilik va o'zini manmanlik qilib ko'rsatmaslikni bir turi. Bizda bo'lsa hozir aytadiki, boyagi aytganimizdek, tezroq boyagi hadislarni aytib berib yuborsak, buni eshitganman, buni o'qiganman, buni ko'rganman deb turib, darrov o'zimizni odamlarga biroz biroz o'zimizni ko'rsatishga harakat qilib qolamiz. Qola rasululloh sollallohu alayhi vasallam rojulun ta'laman ilma va allama va qora al quran.

[35:37] Demak, bu qur'onni bizlar ixlos haqida, birinchi odobli ixlos, alloh uchun o'qimagan kishining qiyomatdagi azobini payg'ambar sollallohu alhu va alayhi vasallami aytdilar. Qiyomatdagi azobi uch kishilar dedi, eng birinchi Jahannamga yuzlari bilan sudralib olib kelib tashlanadigan kishilarni zikr qilganda, bularning birinchisi dedilar, ilmni ta'lim olgan, uni ta'lim bergan, Qur'on o'qigan kishi dedilar. Va u tiabixi, uni olib kelinadi. Fa arafa ni amahum, fa arafa ham. Alloh bergan ne'matlarni tanitadi. Mana shunaqa senga zehn berdi, yodlading, o'rganding, ne'matlarni aytadi. Ko'z berdim, ko'zing bilan ko'rding, barini zikr qilinadi. Fa orafa ha, u odam tan oladi o'sha ne'matlarni. Fa ma fayl ta fiiha, sen shu Qur'onni o'rganib nima qilding deydi. Degan vaqtlarda aytadiki, ta'allam tun ilm, u allam tuh, va qora tuh fikal Qur'an. Men ilmni ta'lim oldim va uni ta'lim berdim va seni yo'lingda dedilar deydi, men Qur'on o'qidim deydi. Degan vaqtida aytadiki, Alloh Taolo kadrda yolg'on aytyapsan deydi. Va lekin nakata'lim ta'lim liqqola alim, ilmni ta'lim olmishingni maqsading olim ekan deyish uchun ta'lim olgansan deydi.

[36:56] Qur'on oqishingda maqsading judayam kuchli, hofizi Qur'on ekan deyishlik uchun sen Qur'on o o'rgangansan deydi. Faqat qiyla. Bu dunyoda aytildi. Dunyoda o'sha sen umid qilgan, maqsad qilgan narsang berildi senga deydi. Olim ekan deyishdi xalq va hofiz Qur'on ekan deyishdik. Bu dunyoda qolib ketadi. Bu taxalluslar, bu ismlar, bu atoqlar dunyoda qolilib ketadigan narsa. Mana shu narsalar senga berildi deydi. Summa umirabihi fathah suhiba ala vajiyi hatto o'lqiyafinna. Keyin Alloh Taolo buyurar ekanki, yuzi bilan sudrab olib kelib, jahannamga tashlanadi deydi. Demak, birinchi anaqa jahannamga tashlanadigan kishilarning biri Qur'on o'rgangan, ilm o'rganganlar, lekin ixlos bo'lmagan. Alloh uchun bo'lmaganlar. Ikkinchi odobli Qur'on bilan bo'ladigan odoblarning ikkinchisi Qur'onga amal qilishlik. Qur'onga imal qilish.

[37:55] Bizga mana shuni aytgan vaqtimizga, vaqtimizda qiziq bo'ladi. Qur'onga qanday amal qilar ekan deb. Chunki Qur'on arab tilida nozil bo'linganligi uchun, biz Qur'oni ma'nolaridan uzoq hayotda yashayotganligimiz uchun, unga qanday amal qilishlik kerakligini ham bilmaymiz. Qanday amal qilishlik kerakligi ham bilmaymiz? Bir ajablanarlisi shundaki, necha yillar davomida darslarga odamlar qatnashadi.

[38:32] Kitoblar o'qiydi. Qo'yingki, o'zini domlalik darajasiga ham ko'taradi. Iloji bo'lsa ahli ilmlardan deb hisoblashga harakat qiladi o'zini. Shunday kishilarga men savol berdim. Amal qilish deganligi uchun aytyapmiz. Savol berdim, jannatga olib kiradigan amallarni dedim. Uchta yoki to'rttasini ayting da va shuni dalili bilan ayting dedim. Hamma aytaveradi. Yaxshilik qilsang jannatga kirar ekansan, namoz o'qisang jannatga kilar ekansan. Dalili bilan ayteng dedim. Deganimdan keyin bittasini ham aytib berolmadi.

[39:12] Jannatga olib kiradigan amollarni bittasini ham ayta olmadi. Demak biz bu agar Qur'onga amal qilib, sunnatga amal qilib yashaganimizda, uni darhol mana bu amal Jannatga kirgizadi, u yana yana Qur'onda mana shunday degan Alloh Taolo. Va hadisda mana shunday degen Alloh Taolo deb aytgan bo'lardik. Ali ibn Abitun rohib rohi roziyallohu anhu aytadilarki, ya hammalatul quran. Ey amalu behiy, fa innomal alim man amila bima alim. Vovofaqa ilmuhu amalahu. Vasayaku na aqvamun yaxminuna ilmala yujavizi taroqihim. Yuxolifuhu amaluhum. Ilmahum. Va tuholat hu sariyatuhum va ala niyatuhum. Yajlisuvna xilaqan yubayhi baxtuhun ba'da. Hatta anna rajul la yubig'iru ala jalisihi an yajlisa ila g'oyri va yadaahu. Ular akalar tas'aadu amaluhum min majalisigim tilkaylalloh. Ali ibn Abit Olim radiyallohu anhu ajoyib mana bu gaplarni aytganlar. Ey ilm ko'tarib, Qur'on ko'targan kishilar dedilar. Hofiz Qur'onlar dedilar, ahli ilmlar dedilar. Sizlar bu Qur'onga, bu ilmga amal qilinglar dedi. Bu faqat gap bo'lib qolmasligi kerak. Qur'onni o'rganib, hadisni o'rganish, uni gapirib gapirib ketavermaslik kerak.

[40:30] Unga amal qilinishlik kerak. Shunda aytdiki, shunga dedi amal qilinglar. Olim degani dedi, bilgan narsasiga amal qilgan kishi olim hisoblanadi. Bu biz avvalgi darsda ham aytganmizki, sahobiylar aytishardiki, biz bir oyatdan ikkinchi oyatga o'tmaslik, hatto shunga amal qilmasdan turibdi deydi. Demak, har bir oyatga amal qilib, undan keyin ikkinchi oyatiga o'tishgan. Mana bunday aytadiki, buni olim deydi. Bizga Qur'onni boshidan oxirigacha bulbulday yodlab olib turib, uni na ma'nosini bilmasdan na Alloh qayerda nimadan qaytardi, nimaga buyurganini bilmasdan, she'r kabi uni tillarimizda qaytarishlik, bu manfaati juda ham kam hisoblanadi. Shuning uchun aytdiki, unga amal qilgan odam olim deydi. Agar bir oyatga amal qilsangiz ham olim hisoblanasiz.

[41:23] Ilmiy amalga muvofiq bo'lgan kishilar olimdir dedilar. Shunday qavmlar, ummatimdan shunday qavmlarni chiqadilar, ular ilmni ko'tarishadi dedilar. Ilmni yelkalariga olishadi, yuklashadi. Lekin bularning olgan ilmlari o'zlarining halqumidan yuqoriga ko'tarilmaydi deydi. O'zini ichidan tepaga chiqmaydi. Halqumiga keladi, qaytadi. Uni ilmi. Yuxolifu amaluhum ilmuhum. Ularning amallari ilmlarga xiloh bo'ladi deydi. O'zi o'qigan bo'lsa ham, qilayotgan amali unga xilof ish qiladi.

[41:59] Va aytdiki, ichi esa, tashiga xilof bo'ladi dedi. Insonni ichi bilan tashi ikki xil bo'lib qoladi dedilar. Ya je ne so'khey, laqom. Ular mana shunday majlislarga kelib o'tirishadi. Ilmni o'rgangan kishilar majlislarga kirib o'tiradida. Ba'zilari, ba'zilaridan faxrlanish uchun yig'ilishadi dedi. Majlisga boradigan bo'lsa, tayyorlanib, bugun majlisga falonchi kelar ekan desa, shu majlisga judayam men undan ham tushlik qilib aytib bersam, ja hamma lol qolsa deb aytadi, nima qiladi. Bir kishini bir joyda o'zim eshitganim, Qur'onni o'qiganidan keyin, sekin Qur'onni qurib bo'lib, duo qilingandan keyin, sekin menga bu bir o'n ikki yil yo o'n besh yil avvalgi bo'lgan voqea.

[42:53] Sekin menga qarab turib aytdiki, odamlar nima deydi ichkarida deyapti. Qur'on o'qib bo'lgandan keyin so'rayotgan narsani qarang. Odamlar nima dedi ichkarida deyapdi. Yubayhi ba'u bugun ba'u. Ba'zilari ba'zilaridan faxrlanish uchun olingan ta'lim mana shunday bo'ladi. O'qib bo'maganingizdan keyin, ketganingizdan keyin nima deyishdi deb orqadan so'rab qo'yadi. Mana bu aniq, endi o'zingizni kim ekaningizni bilishingiz mumkin.

[43:20] Hatta anna rojol. Hatto shunday zamonlar keladi dedi. Bir kishi dedi, o'zining o'z yurida, xalaqasida o'tirgan bir odam boshqa kishining xalaqasiga borib ta'lim olayotganligini bilsa, g'azabi chiqadigan bo'lib qoladi dedi. Bugun mana yerda o'tirgan bo'lsangiz, ertaga men bunday qarasam, meni darsimga misol uchun olaylik, Abduraufning darsi to'g'ri kelib qoldi. Meydagi odamlarni yarmi atrofiga ketib qolsa, meni qalbimga eee degan bir achinish kelib qoladigan bo'lsa, shuni bilingki, bu ilm Alloh uchun qilinmagan ilm bo'ladi. Tushunarli bo'ldimi?

[44:00] Unga borib olgani nima, boshqaga borib oldi nima, Allohni ilmi uchun borayotgan bo'lsa, uni farqi yo'q. Lekin hozirgi kunimizda ba'zi talabalar shogirdlarini yopishib, falonchani darasiga borma, tugunchani darasiga bormma, aynab ketasan, buzilib ketasan, bir narsa bo'lib ketasan deyotganlar bilsinki, oxiratini xarobasini chiqarganlarning bittasi shular. Mana bu Ali ibn Abiy To'libni radiyallohu anhu uning gaplariga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan amalni qilib, ular uni ichida saqlash bu yoqda tursin, tillariga ham chiqarib yuborayotgan kishilarning bittasi shu bo'ladi. Shuning uchun aytdiki, agar majlisda o'tirgan kishining birontasi boshqa kishini majlisiga borib dars olayotganini ko'rsa, shunga g'azab qilsa, demak bular dedilar, o'shanacha Alloh uchun olmagan kishilarning bittasi. Ular aka, shunday kishilarning endi amallari nima bo'ladi? Ularning amallari dedilar, mana shu o'tirgan majlislardan yuqoriga ko'tarilmaydi dedi. Ya'ni qabul bo'lmaydi amalda edi. Dars o'tgan bo'lsa ham. Dars bergan bo'lsa ham, dars olgan bo'lsa ya, maqsad shunday bo'lgan bo'lsa, ularning amallari qabul bo'lmaydi deydi. Voqot isaha an il imom ishafiy anna huquq ala vadittu annal xalqa ta'ala muhajad al ilma va alla yunsab ilayyi harfun minhu.

[45:22] Imom Shofiy rahimahulloh aytgan ekanki, men mana bu xalqning hammasi mendan ta'lim olishligini umid qilaman degan. Orzu qilardim, yaxshi ko'rardim, hamma mendan ta'lim olsa. Lekin biron bir harf menga nisbat berilmasligini xohlardim degan. Kimda o'qigansiz desa, Shofiyda o'qiganman degan narsani aytmasa deydi. Ammo biz endi, biz teskarisimiz. Biz falonchi ja ahli ilm ekan desa, xabaringiz bormi, uni men o'qitganman deymiz.

[45:57] Darrov o'zimizni bildirishimiz kerak, shuni ta'lim berganligimizni. Falonchi judayam yaxshi qori ekan desa, bizni qo'limizdan chiqqan bu deymiz. Tezroq xalqqa o'zimizni tushuntirib qo'yib, bildirib qo'yg'ishga harakat qilamiz. Shofiy rahmatulloh aytdiki, butun xalq mendan ta'lim olsa yu, lekin bir harfi menga nisbat berilmasa edi degan. Shofiydan oldim deb hech kim aytmasa deganda.

[46:23] Abdulloh ibn Mas'ud qola yambag'iy li ha'mil il quran an yu'ara fabili lihi idannas u na imun va binaharihi idannas u muftiyrul va behuz lihi idannas yafrahum va bebukayhi idannas yathakul. Abdulloh ibn Ma'sud Qur'on o'qiydigan kishilarni haqida aytdiki, ular amal qilish, bizlar Qur'onni odobi ikkinchisi amal qilishni aytyapmiz. Shular haqida aytdi ki, Qur'on yodlagan hofiz Qur'onlar dedi. Ular kechalari odamlar uxlayotgan vaqtda, kechalarida tanilib turishligi kerak deydi. Hamma uxlagan vaqtda Qur'on yodlagan odam kechasi turib ibodat qilish kerak. Odamlarga o'xshab hamma uxlasa bu ham uxlayveradigan bo'lmas kerak.

[47:01] Va kunduz kunlari deydi, odamlar hammasi og'zi ochiq bo'lib yeb yursa, bu kishi ro'za tutib, Allohga ko'proq ibodat qilib yurgan bo'lishligi kerak deyapti. Ya'ni amal qilishligi kerak demoqchi. Va odamlar hammasi kulib xursand bo'lib yursa, bu kishi xafa bo'lib, o'zini g'amgin ko'rsatib yurish kerak deydi. Biz hozir Qur'onda g'amgin yurishlik va yurgan kishilar haqida to'xtalamiz.

[47:27] Va odamlar barchasi kulishgan vaqtda bu kishi yig'lagan, yig'lagan asarlari yuzlarida ko'rinib turishi kerak deydi. Ertaman chiqqan vaqtida odamlar odatda uxlab, nima qiladi? Bir odamni charchoq anaqalari ketib, yuzlaridan bir rohat olgan, hordiq olgan anaqa asarlar ko'rinadi. Lekin bu kishi uyqu nimadan kechasi chiqqan vaqtida yuzlarida shunday asarlar bo'lishi kerakki, toliqqan, Qur'on o'qib va yuzlarida yig'lagan bir asarlar ko'ringan bo'lishligi kerak deydi. Bizni zamonimizda shundaylar topilarmikan Qur'on o'qib yig'ganlarni ichida? Demak Qur'onni odoblari shunaqa. Qola Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, payg'ambar alayhi salomatiki, sayyohruji meni ummatim yaquvvamun, yashrabun al Qur'an kashur behim nima? Shunday zamon tez kunda shunday mening ummatimdan bir qavmlar chiqishadi dedilar. Mening ummatimdan bu qavmlar chiqiadi. Ular Qur'onni go'yo suv ichganday ichib yuboradi deydi. Haqiqatdan ham aytamiz u, faloncha Qur'onni suvday ichib yuboribdi deymiz. Bilasizmi? Suvday ichib yuboribdi deymiz. Lekin biz aytmaymizki, falonchi Qur'onga shunaqa amal qilar ekanki, bunaqasini ko'rmadim deb aytmaymiz.

[48:45] Suvday ichib yubordi deb aytamiz. Payg'ambar alayhissalotu vassalom ogohlantirgan toifaning bittasi Qur'onni suv ichganday ichib yuboradi, lekin amal hech qanaqa amal yo'q. Va men ahamiy mayu marbihiy an yaxvara kul lel havar min itti hadil quran ma'i sha'tan yakkasi bu beha. Qur'onni amal qilishlik uchun Alloh Taolo nozil qildi. Uni kasb qilib olib, Qur'onni, shu bilan bola chaqa baqish uchun Alloh Taolo nozil qilmadi Qur'onni. Qur'onini kasb qilib olilib, un bilan Alloh Taolo farzandlarni inson, farzandlarni boqish uchun nozil qilmagan buni. Mana bu demak amal Qur'ondagi kelingan amallarning, odoblarning ikkinchisi amal qilishlik. Uchinchi odobi bizda uchramaydigan va ba'zi odamlar shubhalar solib qo'yadi. Bu uchinchi odobi Qur'on o'qigan vaqtda yig'lashlik. Yig'lagan holatda bo'lishi kerak inson, Qur'on oqiganda. Mana bu odoblarning uchinchisi. Ba'zilar bizda aytadiki, bir kishi savol berdi, yig'lasa tahorat ketadimi deb savol beryapti.

[49:59] O'zlarini haligi yig'lamasdan mahkam turishadi. Asli yig'lay olmaydi. Yana unga bir shaytoniy nimalar olib kelib, vasvasa olib kelib, yig'lasak tahorat ketadmi deb qo'yadi. Yo'q, yig'lasak tahorat ketmaydi. Biz hozir Qur'on o'qib yig'laganlar haqida aytamiz. Avvalo, Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anho aytdilarki, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bir kuni menga aytdilar, ey Abdulloh Qur'on o'qing dedilar. Payg'ambar alayhi salom Abdulloh ibn Mas'udga aytdilarki, Qur'on o'qing dedi. Shunda aytdiki, alayhissalom o'zinglarga, ey Rasululloh, Qur'on sizga nozil qilinmaganmi yo Rasulloh? Dedilar. Deganlarida, ha, men boshqa odam o'qishligini yaxshi ko'raman dedi. Haqiqatdan ham Qur'onni o'zingiz o'qigandan ko'ra, boshqa kishidan Qur'onni eshitsangiz, badanlaringiz jimirlab, uni ta'siri kuchliroq bo'ladi. Shuning uchun Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam aytdilarki, men boshqa kishi dan eshitishni xohlayman deganlarda, bu kishi mana bu oyatni o'qidilar. Fakaifaida jina ming kulli ummatin bi shahid va jina bika ala haulai shahida. Biz hamma ummatlarga guvohlarimizni olib kelsak deydi. No ot, sanut, mana bu qovunlarni barchasiga payg'ambarlarni tushirganmiz, shularni guvoh qilib olib kelsak va sizni esa mana bu ummatlarga guvoh qilib qiyomat kuni olib kelsak, biz bilmasmiz, eshitmasmiz, yo robbana degan vaqtida, mana bu payg'ambar sizlarga yetkazmadimi degan deyishlik uchun sizni guvoh qilib olib kelsa qanday bo'lar ekan degan joyga kelganlarida dedilar, Abdulloh ibn Mas'udga hasbuka, hasbuka, bo'ldi men

[51:32] Buyog'iga chiday olmayapman, bo'ldi to'xtating dedilar da, qarasam dedilar ko'zlaridan oqqan yoshlari soqollarini ho'llab tashlagan ekan dedi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Qur'on o'qiganda yig'laganlar, hatto soqollari ho'llanguncha yig'lagan. Ya'ni ko'zlari namlandi degan gap emas bu. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Madinaning ko'chalarini kechalari tekshirib aylanib yurardi xalifa bo'lgan davrlarda. Shunda musulmonlarning hovlisidan birining eshigidan o'tib qoldilar. Va u kishi kechasi turib namoz o'qiyotgan edi, ovozlarini chiqarib namoz o'qiqayotganda. Shunda mana bu oyatni o'qiyotgan edilar. Vattur, vakita bin Mas'ur, Firoq bin Mansur, val baytil ma'mur, vassaq fil ma'ruf u bal val bahr il masjur, inna adaba robbi kalavah, qiyoq degan oyatni eshitganlarda Umar ibn Xattob eshaklaridan tushdi da devorga suyanib qoldilar. Ranglari oqarib ketdi. Robbingizni azobi albatta tushadi. Allohning azobi albatta voqea bo'ladi, tushadi degan joyga kelgan vaqtlarda chidayolmasdan ranglari oqarib, devorga suyanib qoldilar da, zo'rg'a uylariga yetib borib, bir oy kasal bo'lib qoldi, shu oyatni masalan. Bir oy og'rib, kasallandi.

[52:49] Mana bu nimani, oyatning qattiq va uni ta'sirlari, ta'siridan bir oygacha kasallangan edi. Umar ibn Xattobni aytishadiki, ka'naf i Xattoney asvadani fil minal buka yuzlarida deydi, mana shu ko'p yig'laganliklardan ikkita qop qora iz tushib qolgan edi, ko'zlarini tagida ikkita qopqora iz tushib ketgan edi. Ko'p yiglaganligidan doim Allohdaan qo'rqib yig'laganligidan ko'zlarini nimasida ikkita iz paydo bo'lgan edi deydi.

[53:22] Rava ainmatun akam mardakir al hadar imom Abu Naim. Abu Naim o'zining Hiliya degan kitoblarda, Ibn Javziy Sifatu Safo degan kitoblarda Rib'iy ibn Hirosh degan kishining tarjimalarini keltirgan. Bu kishi Kutubi Siddani asxoblaridan edi. Bu kishi hayoti mobaynida kulmaslikka qasam ishgan ekan. Mana bu kishi eng sahih kitoblarni rivoyat qilgan kishilardan biri hayoti mobaynida kulmaslikka qasam ichib va qasamlarini vafodor bo'lgandaydi. Hayoti mobayninda kulmagan ekanlar. Allohdan qo'rqib yig'lab o'tgan ekan. Shundan keyin o'lganlaridan keyin dedilar, o'lgan kuni dafnlariga qatnashib, uni yuvushlikka qarshi qatnashgan vaqtimizda dedilar, falamma tuf fiy alam ya zal ya't haq ta vuyriya't turob, u kishi o'lishi bilan yuzlarida shunday kulgu chehralar tabassumi yuzlarida ko'rindi deydi. Hatto tuproqni yuzlariga qo'ygunimizcha keyin kulib turganligini biz guvohi bo'ldik deganda.

[54:24] Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam osmonga merojga chiqqan vaqtlarida, shunda bir malakning, arishlarning g'amgin o'tirganligini, hech jilmay, jilmaymaganligini ko'rdi. Bu Mikoyil alayhissalom edi. Shunda Payg'ambar alayhissalom Jibriyilini so'radilarki, mali aro Mikoyil la yad haq deydilar. Mikoyil dedilar, nimaga kulmaydi, hech kulganini ko'rmadim dedilar. Deganlarda Jibriyil alayhissalom aytdilarki, ma vohika Mikoyil mumli xuli xotinna jahannam yaralgandim buyog'iga Mikoyil kulmay qo'ygan dedilar. Jahannam yaralganda buyog'iga Mikoyil kulmay qo'ygandaydi. Har ishlarni kulmay qo'ydi. Aytishadiki olimlar, ular xuddi jahannam ular uchun yaratilinganday va bizga esa Alloh Taolo g'ufron, mag'fratni kafolat qilib qo'yganda yashaymiz deydi da. Ular shunchalik hayotlardek qo'rqib yashashadi, biz bo'lsa hayotlarimizda jannatga bizga bir bashorat berilgandaqa yashaymiz.

[55:36] Otbatul g'ulomning tarjimai holida keltiradiki, inna hu bakafiy majlisi Abdulvohid ibn Zayd tis asinin. Bu kishi Abdulvohid ibni Zayd degan kishining majlislarida to'qqiz yil yig'lagan ekanlar. Shunda dars boshlanganidan boshlab otbatul g'ular yig'lardilar deydi. Endi Abdulvohidga boshqa shogirdlari kelib aytdiki, siz aytib qo'ysangiz, darsda yig'lamasa, chunki sizni ba'zi gaplaringizni biz eshita olmay qolyapmiz deganlarda aytdiki, bu Allohdan qo'rqib yig'lasam men uni qaytarayinmi? Dedilar. Allohdan qo'shib yig'lasa, men uni qaytaroyinmi? Be esa ivan vaydul qomiy ana, unday bo'lsa men qovunni qanday ham yomon da'vatchisi hisoblanaman dedi. Allohdan qo'rqib yig'lagan odamni yig'lama deyishlik, bu eng yomon narsalardandir dedilar. O'tibatur g'ulom Alloh Taolodan uchta narsa so'ragan ekan. Allohdan so'ragan narsasi uchta. Birinchisi so'ragan nari, an yarzu qahvu dam an g'azira, Allohdan juda ko'p yig'ini, ko'z yosh so'ragan e kan. Chunki Alloh Taolo Payg'ambar alayhissalom aytadiki, aynaniy latama suhunna, ikki ko'zni jahannam o't kuydirmaydi degan. Shu ko'zlardan biri Allohdan ko'p qo'rqib yig'lagan ko'z mana buni kuydirmaydi degan. Shuning uchun bu kishi so'radiki, juda ko'p yig'lashlikni so'ragan.

[56:53] Bu kishi deydilar, ko'zlari biron marta quriganni bilmaymiz deydi. Doim ko'z yoshlari bilan namlanib turgan deydi. Va Qur'on o'qiganda chiroyli, go'zal ovoz bilan o'qishni so'raganlar deydi. Qur'on oqsalar yig'lardi va odamlarni yig'latar edi deydi. Va uchinchi so'ragan narsalari o'zi umid qilmagan, o'ylamagan tarafdan riziq berilishligini umid qilgan dedi. Bu kishining hayotining oxirlarida biz avvalda zikr qilinganimizday falaj deydi, shol bo'lib qoldi dedi. Qo'l oyoqlari shol bo'lib bo'lganlarda Alloh Subhanahu va Taolo'ga duo qilganda namozni vaqti bo'lgan vaqtida tahorat qilish uchun va namoz o'qib olishlik uchungina qo'limni va oyoqlarimni sihatlik qilib qo'y deganlarda Alloh Taolo namozni vaqti kirishi bilan shaolligi ketib, sap bo'lsaq odam bo'lib qolardi. Darrov tahoratini qilib, namoz o'qilib bo'lishligiga yana sholg'ul bo'lib qolardik.

[57:53] Mana shunchalik duo qilsa, duolari ijobat bo'ladigan kishi Alloh Subhanahu va Taolo'din menga hamma badanimni sal qil deb so'ramadi. Chunki u kishi Alloh Taolo shuncha ibodat qilgan odamga bu dardni bekordan bekor bermadi. Bir hikmat bilan berganligiga iymon keltirgan edi va sabr qildi. Faqatgina ibodatimizga xalaqit bermasligi uchungina nima qildi? Shu ibodat vaqtida meni qo'l oyoqlarimni sog'aytir deb duo qilgan edi.

[58:22] To'rtinchi odoblarni Qur'onning to'rtinchi odoblari Qur'onni to'rtinchi odoblari Qur'on o'qigan vaqtda tadabbur qilib, uni tafakkur bilan o'qishlik, fahm, farosat bilan tushunib, unga oyatlarini tadabbur qilib o'qishlik. Alloh Subhanah Taolo Qur'onida aytadiki, afal oyatida barunal Qur'on, Qur'onni tadabbur qilishmaydilarmi, degan oyatni keltirdi. O'ylab o'qib, tadabbur qilmaydimi? Kitobul anzaldan huylaki liyadda baru ayyathiyhi. Biz sizlarga shunday Qur'onni nozil qildik, kitobni nozil qildiki, uni oyatlarni tadbir qilishinglar uchun nozil qildik dedi Alloh Taolo. Shuning uchun Abu Zardun kelgan hadisda Payg'ambar Alayhissalom Qur'on o'qiydigan bo'lsa, oyatlarini takrorlab, takrorlab qaytarib o'qir edi. Oyatlarni takrorlab, takorlab qaytarib qo'qir edi de. Abu Hanifa rahimahulloh bir kunlari namozni boshladi. Xutondan keyin qiyomullayilga turib, kechasi o'qiladigan namozni boshladilar. Shunda namozni Zam surasiga izza zulzilatil ardu zilza lahhe va axrojatil ardu ath qolaha va qolil in san nimalaha, yoma ilin tuhagdu fu axbaraha deb mana bu oyatni boshladik.

[59:47] Shuni o'qib ketdilarda, fama ya'min, mifqola darro tin hayra yarom. Kim zarracha misqol yaxshilik qilgan bo'lsa, uni ko'radi. Zarracha misqolda yomonlik qilgan bo'lsak, uni ko'rdi degan oyatga kelganlarda, zarracha misqoli agar yomonlik qilsak, uni Allohni oldida topadigan bo'lsak, qanday qilib javob beramiz ekan deb yig'lab, to ozongacha mana shu oyatni takrorlagan holatda yig'lab qanaqa turdi. Fama yama mifqola darra tin hayra yarog', yomonlikni zarracha qilgan bo'lsa ham Allohni oldida topadi degan oyatni takrorlab, tong otkinchin shuni takrorladilar. Demak, tadabbur qilishgan bular. Bular Qur'onni bizga o'xshab she'r vaznida o'qib ketmagan, Qur'onni amal qilishgan, tadabbur qilib ishlagan. Keyingi beshinchi odoblari biz qisqa qisqa to'xtalyapmiz. Chunki avvalgi darsga o'xshab tugata olmay qolmasligimiz uchun, allaygan sal Qur'ani ba'dan hafizau. Beshinchi odobi Qur'on yodlagandan keyin uni esdan chiqarib qo'ymaslik. Qur'on yotlab, uni esdan chiqarb qo'ymasdik. Qur'onni yodlab, esdan chiqqan kishilarni Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdiki, ma min ahadin ta'allamul quranfin manasiya illa bizan men yuhlituhu. Bir odam dedilar, Qur'on niyatlab keyin esidan chiqargan bo'lsa dedilar, bu uning qilgan gunohi sababli bo'ladi dedi.

[1:01:10] Demak Qur'onni niyatlab esidan chiqib ketgan odam, ha takrorlanmaganimdan keyin chiqib ketdi. Qur'onni deb o'ziga oson bahoni izlamasin. U gunoh qilganligi uchun Qur'onni Alloh Taolo undan ko'tarib yuboradi. Va ma asoba akom alloh folaytiki, va ma asoba akomi musibat infobema kasabat aydikum. Sizlarga qanday musibat tushadigan bo'lsa, sizlarni o'zinglar qilgan ishinglar sababli bo'ladi dedilar. Qo'linglar bilan qilgan ishinglarni sababli shu musibat tushadi dedilar. Va eng katta musibatlarni biri Qur'onni yoddan chiqarish dedilar. Eng katta musibatlarni biri qur', qur'onniyoddan chiqarishi dedilar.

[1:01:47] Bir uzun hadisda Payg'ambar sallallohu alayhi vasallamdan vorut qo'ygan. Payg'ambar alayhissalotu vassalom uyqudan turganlaridan keyin, ertaman sahobiylar bilan o'tirganlarida, ba'zi kunlarda ko'rgan tuyishlar haqida Payg'ambar assalom so'rardi. Bugun kim qanday tuyish ko'rdi derdi. Va shu tuyishlarni ta'bir qilib gaplashardilar. Shunda bir kuni Payg'ambar sollallohu alayh vasallam aytdiki, men ro amin kun ming ahadun ming kunmi ro ya, sizlardan birodinglar tush ko'rdimi dedilar. Sahobiylar indamaganlarida Payg'ambar saodatiga men bir tuyush ko'rdim dedilar. Kechasi dedi, aytayn ilay la ilaha at'iyan, ikki kishi menga keldi kechasi. Va meni olib dedilar, ketishdi dedilar. Meni olib ketishdi. Va ular osmonga olib borishdi. Va u yerda dedilar, bir joyga bordik dedilar. Shunda intoliq va inni intoliq ma'humah va inna atayna ala rojinut muttaja. Ketayotgan vaqtimizda yo'lda bir kishini chalqanachasiga yotqizib qo'yilganligini ko'rdim dedi. Tepasida bir kishi turib, katta toshni olib, uni boshiga tashlayapti toshni dedi. Va u tosh dumalab ketyapti, bu kishining boshi mayda mayda bo'lib ketdi dedi. Keyin haligi borib toshni olib kelguncha boshi yana o'zi holatiga qaytarilyapti va u kishi yana boshini urib maydalayapti.

[1:03:06] Mana bu ishda davom etib turibdi dedilar. Va boshqa kishilarni ham gapirgan, biz shunisini aytamiz. Shunda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga haligi ikki kishi aytdiki, biz sizga bu kishini xabarini beraylik dedi. Bu kishi kim ekanligini aytaylik dedilar. Aytdilarki, amma rojulullaliy atayta alayhi yut la vrosu hu bil hajar fayinna hu rojul yaxhu du bil quran fayar fuduhu fayanamu an solatil maktubi. Ammo dedi boshi parchalanayotgan kishi dedilar. Bu kishi Qur'on yodlagan dedilar. Qur'on olgan, Qur'on yotlagan. Keyin u Qur'onga amal qilmasdan, kechalari o'qimasdan, kunduzlari u Qur'onga amal qilmastan tashlab qo'ygan kishi edi dedi. Qur'onga amal qilmay tashlab qo'ygan kishi edi va bu kishini Alloh subhanavan ertalab bomdod namozlarida yoki bo'lmasa fariz namozlaridan uxlab qolardi dedi. Demak Qur'oni yodlab qo'yishni o'zi kifoya qilmas ekan. Qur'oni, yodlab, unga amal qilmagan va namozlardan uxlagan kishining qiyomatdagi bo'ladigan azobi mana shu dedi. Uni eng aziz qilib qo'ygan Alloh Taolo boshini dedi, mana qiyomatda charchalab tosh bilan mana shunday azob berib turiladi dedilar.

[1:04:23] Bu beshinchi odobiy. Shuning uchun Qur'on yodlayotgan kishilar yoki Qur'on yodingan odamlar Qur'onni esdan chiqarishlikdan qo'rqishligi kerak. Oltinchi odobiy Qur'onni ehtirom qilishlik. Qur'onniehtirom qilishi. Hurmat qilish, e'zozlashlik Qur'onni. Ba'zi kuy muzikalar bo'lib turgan joyda Qur'on qo'ymaslik kerak. Odamlar o'ynab kulishadigan joylarda Qur'on qolmaslik kerak. Olimlar suhbatlashib, suhbatlar bir birlari bilan suhbatlashadigan joyda Qur'onga qo'ymasligi kerak. Bozorlarda Qur'on quyilmasligi kerak, Qur'onni hurmat qilishlikning, e'zozlashning bir turlari shu. Endi Payg'ambar Alloh subhanahu va atrofida aytdiki, va ila quray al quran, fastamin u la huva an situ la ila kun tur hamma. Agar Qur'on o'qilsa, dedi, sizlar unga quloq solinglar va an situ va jim bo'linglar, dedi. Shoyatki sizlar rahm qilinsanglar, dedi. Demak Qur'on o'qilgan vaqtida odam nima qilishligi kerak? Unga quloq solishlik kerak va jim turishlik kerak. Endi ma'nodaniki, to'ylarda, ba'zi joylarda Qur'onni qo'yib qo'yiladi.

[1:05:39] Odamlar bu yoqda gaplashib o'tiraveradi. Qur'on go'yo bir musiqa singari vaqt o'tish uchun qo'yib qurilgan bo'ladi. Yo bo'lmasa bir odam bir ish qilayotgan bo'lsa, ish bilan mashg'ul bo'lsa, shu ishda zerikib qolmasligi uchun Qur'onni qurib qo'yadi. Bu ham Qur'onni odoblariga to'g'ri kelmaydi. Qur'on qo'yilgan vaqtda o'zi adablarni ulamolar, biz hozir unga to'xtalmaymiz. O'tirib, iloji bo'lsa qiblaga qarab, tahorat bilan va unga quloq solib turilishligi kerak degan.

[1:06:12] U ish qilib yurgan vaqtda vaqtni o'tkazish uchun Qur'on qo'llashligi, bu mutlaq odoblarga to'g'ri kelmaydi. Tushunarli bo'ldi a? Va ming taqdimot qur'on tadqiq ul sam inna qir'atihi. Qur'on o'qishlik, Qur'onni ezozlashlikning yana bir turi Qur'on o'qiyotgan vaqtda og'izlarni xushbo'ylashtirishlik. Sila misvat bilan og'izlardagi hidlarni ketkazishlik. Yazid ibni Abimalik aytadilarki, innna afvah akakun turuqu min turuqilloh. Sizlarni og'izlaringlar Allohning yo'llaridan bir yo'lidir, Qur'on o'qishga berilingan yo'l. Fanatrifu hamma sototun uni qo'linglardan kelganicha poklanglar deganlar. Fama aka shundan keyin aytyaptiki, Yazid ibni Abimalich aytadiki, mana bu hadisni eshitganimdan buyog'iga deganlar, men biron marta dedilar. Nima basol deydi, piyoz yeganim yo'q degan ekanlar.

[1:07:11] Chunki doim Qur'on o'qiganliklari uchun biron marta piyozni yemadim. O'sha Allohni nimasi kalomi bir sasigan joylardan va sassiq hidi kelib turgan joydan Allohni kalomi chiqmasin deb. Chunki inson har kuni besh vaqt namoz o'qishga ma'murmiz va bu namoz o'qilayotgan vaqtda albatta namozimiz Qur'ondan iborat. Qur'on o'qishlikka muhtoj bo'lamiz. Shuning uchun u kishilar mana bu narsalardan o'zini saqlagan ekan. Ammo, endi piyozdan ham battarroq bo'lgan, sigaretlar bilan, namoz o'qiyotganlarchi? Yoki Qur'on o'qiyotganlar.

[1:07:51] Yettinchi. Yettinchi odobiy. Qur'onning yettinchi odobi. Adamu hajr Qur'on. Qur'ondan hajr qilmaslik. Hajr degani Qur'onni tashlab qo'ymaslik. Biz avvalgi darsda bir aytdikki, uyingizda Qur'on turgan bo'lsa, ikkita yoki uchta Qur'on turkan bo'lsa, har bittasidan bir biridan o'qib qo'yilishligi ham, ba'zi olimlar shuni ham yaxshi amallardan degan ekan. Qur'onni o'qib, bittasini, qolganlarini hammasini tugib olib qo'yishlik durust bo'lmaydi.

[1:08:26] Bu hajr qilishlik deydi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan Alloh Taolo mana bu xitoflarni bayon qildilar. Vo qolar rasuluh ya robbiy inna qo'may ittaqodu ha'dal qur'ani mahjura. Payg'ambarni islomi aytdiki, ya parvardigoram, meni qo'mum deydi, bu Qur'onni yuz yugurgan holatda, buni tashlab qo'ygan holatda ushlashni Qur'oni deydi. Haqiqatdan bizni hozirgi hayotimiz Qur'onni xuddi shunday ushlaganmiz. Qur'onni yuz o'girgan holatda, tashlab qo'ygan holatda ushlaganmiz Qur'onni. Birinchidan, Qur'onni har kuni tanimaymiz.

[1:09:00] Qur'onni haqini tanimaymiz da. Ikkinchidan, uyimizda Qur'on bo'lsa, uni o'rab, bir tokchaga yoki bir baland joyga qo'yib qo'yganmiz, chang bosib necha yildan beri turadi shu Qur'onni? Uchinchidan, Qur'onni kelgan amr, Alloh mana buni qil degan narsani ham tushunmaymiz, qilma degan narsani ya'ni tushunmaymimizda, teskarisiga qilib ketaveramiz. Mana bu yerda Ibn Qayyum rahimaulloh Qur'onni yuz o'girishlik, Qur'onni tariq qilib qo'yishlik, tashlab qo'yishilik besh tur bo'ladi deganlar. Qur'onni tashlab qo'shlik. Mana Payg'ambar asror aytdiki, qovmin meni Qur'onniyuz o'girgan holatda ushlashlik, dedi. Mana bu besh xil dedilar. Birinchi xili Qur'onga quloq tutishlik va uning eshitganda jim o'tirishlik va unga iymon keltirishlikni targ'ib qilishlik deydi. Hozir biz aytdikki, ozgina bir Qur'onni hozirgi kunda qo'yib qo'yib, bir uxlayapsak qo'yib ko'yamiz.

[1:10:03] Unga alohida vaqt ajratib o'tirishga vaqtimiz yetmaydi. Shuning uchun yo mashinada ketayotganimizda, yo bo'lmasa bir to'ylarda qo'yib qo'yib, shu ozgina eshitadigan bo'ldik. Demak, biz eshitishdan ham alohida vaqt ajratib turib, bir soat mana shu Qur'onni ibodat uchun, Alloh uchun o'tirib mana shuni eshitaman deyishdan biz bosh tortgan kishilardan bo'lyapmiz. Bu birin. Ikkinchisi, ikkinchi turi Qur'ondan yuzaga urishni, ikkinchi turiga amal qilishlikni yuzaga urdik. Qur'onga amal qilish. Va uni halol va haromini halol va haromni ajratib amal qilishni yuzaga o'rgatdi. Mana bu ikkinchisi. Alloh Taolo Qur'onda mana bu harom, mana bu halol deydigan bo'lsa, biz nafsimizga to'g'ri kelsa, shuni olamiz. Nafsimizga to'tg'ri kelmasa, olmaymiz, tashlab ketaveramiz, Qur'onda kelgan bo'lsa ham. Bu ikkinchisi da. Uchinchisi Qur'onni tahqir, Qur'onni hukm qildirishlikdan yuz ogurdik. Qur'on hukmi bilan yurishdan yuz ogurdiz degan ekan. Yuz ogurishning uchinchi turi. To'rtinchi turi Qur'onni tadabbur qilib, uni tushunishdan yuz ogurdingiz. Haqiqatdan ham juda kam odam Qur'onni tushunadi.

[1:11:14] Bo'lmasa Qur'onni nima deb aytilayotgan bo'lsa ham tushunmaydi. O'tiraveradi. Qur'on bizga tiriklarga amal qilish uchun tushirildi. Qur'on tiriklarga amel qilish uchuncha tushirildi, Qur'on o'liklar uchun tushurilmagan Qur'on. Biz Qur'onni o'liklar uchingina bilamiz Qur'onni. O'lgan vaqtda borib Qur'on oqishlik, qabristonga borib Qur'oni o'qishlik, mana shu Qur'on o qiladigan joylar deb bilamiz. Men avvalgi nimada aytdimki, Qur'oni ba'zi bir ma'nolarini to'xtaldim.

[1:11:54] Ma'nolarini o'qib nazar soladigan bo'lsangiz, biz o'qiyotgan odamlarni, o'liklarni tepasida o'qiyotkan Qur'onga, agar shuning xonadoni, shu ma'nosini biladigan bo'lsa, shu yerdan bizni quvib chiqargan bo'lardi. Misol uchun, namoz o'qimaydigan odamning, mayitning xonadoniga boramizda biz aytamizki, Qur'on o'qiymiz. Fava yudilil musolilillali nahum ansolali in saun.

[1:12:22] Namozlarini kechikib o'qiydigan odamlarga vayl bo'lsin, namoz o'qimaydiganlar undan battar. Deb shu Qur'oni ma'nosi shu. Shuni o'qiyapmiz. Agar shuni ma'nosini shu qanadonning, mayyitning ahli bilganida aytardiki, bizni mayyitimizga vayl bo'sin deyapsanmi deb bizni haydab chiqargan bo'lardi she'r. Alladina yakni zonada hamma val fitr ta'valayum fiqhuna hafisabilillah fabashilun bi alamin alim zakotlarini bermasdan boy bo'lib, zakotni noxabarsiz o'tib ketgan, dunyo yig'ib tashlab ketgan odamlarga endi jahannamning alamli azobini berib qo'ying, Alloh yo'lida zakotlarni inqiroat qilmaganlarga, degan oyatlarni o'qigan vaqtimizda, boy xonadonlar shunday o'tgan bo'lsa, ular bizni qo'l chiqargan bo'lardi. Shuning uchun bizga Qur'on bu o'liklar uchun borib o'qiladigan narsa emas, tiriklar uchun amal qilish, uni tadabbur va tushunish uchun nozil bo'lingan narsa. Qur'on. Shu beshinchisi hajr qilishni, to'rtinchisi biz uni ma'nosini tushunmaslik ma'nolaridan yuzaga kirdik. Beshinchisi Qur'ondan shifo axtarishlik. Qur'ondan shifo axtarishlik. Albatta Alloh Taolo Qur'onni dedilar, biz shifo va rahmat qilib nozil qildik dedi.

[1:13:40] Ba'zi bir kishilar va ba'zi bir kasallar Qur'on o'qilinishligi bilan yo o'zlariga Qur'on oqib, yuzlariga va jasadlariga surishligi bilan shifo topar ekan. Endi biz bu narsani tashladikda Qur'onning shifolanishida, qayerdadir kelgan bir tabiblarmi, tabiblarmi, shularning huzurlariga boradigan bir odatlar chiqardik.

[1:14:04] Bu Qur'onning yuz o'girishni nimasi, Qur'on odoblarining yettinchisi bu. Biz sakkizinchisi bilan tugatamiz, chunki vaqt ham nihoyasiga yetganligi uchun. Sakkizinchi odoblari Qur'onni xatm qilgandan keyin, biz bir narsani tushunaylik, Qur'on xatm desa, ana shu yerda bir darslikda xatm haqida ham gapirdik. Xatmi Qur'on bor ekan deb turib o'liklarga xatmi Qur'on. Qilib yurmanglar. Bu xatm degani Qur'onni boshidan Alif la min, Alhamdulillah ro la la min va Alif la min deb boshlab, oxiri Qul avdu bi robbina bilan Qur'onni komil mana shu Qur'on bo'ladigan bo'lsa, mana shuni komil tugatishlikni xatm deydi.

[1:14:47] Ajablanarlisi shundaki, bizdagi odamlardan necha marta mana shu Qur'on. Xatm qilib chiqqansiz desa, hayotim mobaynida bir marta xatm qilganman deb ayta olmaydi. Bu avvalgi olimlar va salafsalalar uch kundan kamida xatm qilmagan ekan. Uch kun, har uch kunda Qur'oni tugatib bergan. Har uch kunda, har uch kundan tugatgan. Boshidan oxirigacha o'qib chiqqan. Har uch kunday. Biz, bizning hayotimiz juda uyal, uyaladigan hayot. Qur'onning juda yuz o'girgan holatda yashayotgan bir jamiyatda turibmiz biz. Shuni Qur'onni tugatgan vaqtlarida, bular mana shu Qur'onni sug'atib bo'lishi bilan duo qilishardi. Mana shu duoga boshqa kishilarning ham qatnashishliklari mustahad degan ekanlar. Endi bunga dalillar rua ad dormiy va ibn abiy dovud bismillah dehima an ibn abbos, ibn abbos radiallohu anhu ba'zi bir kishilarga aytar ekanki, falonchi der ekan, qur'on boshla deydi. Shu qachon tugatar ekan, qarab yuring der ekan. Orqasida tekshirib yurar ekan, Qur'onni qachon tugatar ekan deb. Tugatgan vaqtida bugun mana tugatadi dersizlar, yugurib kelib Ibn Abbosga xabar berar ekan, bu kishi Qur'onni bugun tugatadi, deb xabar berardilar.

[1:16:02] Ibn Abbos o'sha joyga borib, haligi Qur'onni tugatgan vaqtinida billalashib duo qilar ekanlar. Duolarga qatnashardi. Qatoda aytadiki, i va xatam al quran jamoa ahl u vadaa. Qatoda aytadilar, agar Qur'onni tugatsalar, o'qib tugatgan vaqtlarida uyda ahlini, bola chaqalarini hammasini chaqirib kelib turib o'tiringlar, bugun Qur'onni xatm qildik deb, bir Allohga duo qilaylik deb duo qilishardi deganlar.

[1:16:30] Endi Mujohid aytadiki, ka nu, yashitamiyuna endi xatmul quran yaqulu na tanzilul rahma. Ular Qur'on tugatib, o'qib bo'lganidan keyin, kelib, shu joyga Allohning rahmati nozil bo'ladi. Shu rahmatdan biz ham sazovor bo'lib qolaylik, rahmatga erishib qolaylik deb shu joyga kelar edi, dedilar. Va ba'zi doimiy o'zining isnodlarida humaydil a rojdan rivoyat qilgan hadisda aytadiki, man qora al quran, himmada a, an mana aladu ahi ar bata alat malak deganlar. Kim Qur'on o'qib tugatib, keyin shu duo qilsalar deganlar, duolariga to'rt ming malak amin deb turadi degan ekanlar. To'rt ming farishta shuni duolariga amin deb turadi, deganlar. Shuning uchun Abdulloh ibn Muborak Qur'oni tugatganlarida o'ziga va ahliga va jami musulmonlarning haqlariga duo qilar edilar. Bu Qur'oning mukammal boshini oxirigacha tugatgan kishilarga, biz yana qaytarib aytamizki, Qur'onda o'qib duo qilsa, shunda jamlanishgan ekan deb turib, bir uyga darrov to'rt besh domlani jamlab olib, Alhamdulillah qul xoloslik ikki marta qaytarib, mana shu ish bor ekan, avvalgi olimlarda degan gapni tushunib qolmaylik.

[1:17:50] Ular Qur'oni boshidan oxirigacha o'zlari alohida uylarida o'qishardilar. Jamlanib bir joyda o'qimasdi bizni hozirgi vaqtimizga o'xshab. Uylarida o'quv tugatganidan keyin faqatgina shuni xonadoniga borib siz solih yaxshi amalni bugun nihoyasiga yetkazdingiz. Sizni Alloh Taolo yaxshi ko'rgan bandalarni birisiz. Shu duoyingizga meni ham qo'shib qo'ying deb turib yalinib shuni duolariga yoniga kirishardi.

[1:18:18] Tushunarli bo'ldimi? Shuning uchun biz hozirgi kunda bir Alhamdulillah o'qib qo'yib turib, besh olti odam bilan mana endi duo qilsak, mana duo tegadi degan narsa bilan bu avvalgilarni qilgan ishini farqi bor. Osmon bilan yercha farqi bor. Shunday qilib duo qilishadilar. Buni aytishimizning sabab, ba'zi bir kishilar taroveh namozlarida xatm qilinadi va xatm Qur'oni boshidan oxirigacha tugatiladi va tugatilgandan keyin duo qilinadi. O'sha duolarni qilish joizmi, joiz emasmi degan ixtilof qilishgan. Shuning uchun ulamolar mana shu dalillarni keltirishganki, Qur'onni tugatgandan keyin yaxshi duolar bilan duo qilsa bo'ladi. Boshidan oxirigacha o'qib chiqsa, chunki har bir harfiga o'n tadan savol olib turgan bo'lsa, Allohga u odam o'zini taqarrruf hosil qildi, yaqinlik hosil qildik va mana shu bilan duo qilsak bo'ladi deyishgan. Mana bugungi darsimizni inshaalloh biz Qur'onning, Qur'onni ba'zi odoblariga to'xtaldik. Bu odoblardan sakkiztasiga to'xtaldi. Lekin biz aytdikki, darsni boshida ba'zisiga to'xtalamiz, ammo Qur'onning odoblari juda ko'p. Bizlar to'xtalmagan odoblari judayam ko'p. Ularni agar biz dars qiladigan bo'lsak, uni Qur'on haqida alohida bir yillab dars qilishimizga to'g'ri keladi.

[1:19:38] Qur'on haqida alohida bir yillab dars qilishimizga to'g'ri keladi. Biz faqatgina juda ham zarur bo'lgan ba'zi bir odoblarni ixtiyor qildik va shularga to'xtaldik. Alloh subhanahm u vatoaloning go'zal ismlari va buyuk sifatlarini o'rtaga qo'ygan holatni so'raymizki, chunki Alloh taolo aytdiki, Payg'ambar alayhissalom aytdilarki, kim Allohni mana shu go'zal ismlari va buyuk sifatlarni o'rtaga qilib so'rasa, albatta uning duolari ijobat bo'ladi dedilar. Biz mana shunday Allohni ism vazifalari bilan so'raymizki, mana bu majlisimizni Allohning o'zi rozi bo'ladigan majlislardan qilishligini va bu majlisdan avvalo o'zimni manfaat olishimni va qolaversa sizlarni Alloh taolo manfaatdor qilishligini. Va qiyomat kunida mana bu majlisga shohid bo'lgan, qatnashgan barcha birodarlarni Alloh Taolo gunohlarini mag'firat etishini. Va jannatda mana bu yerda jamlanganimizday, jannatda birla jamlanishligimizni va hozir ham mana shu majlisdan turishimiz bilan Alloh Taolo aytganlariday farishtalar aytar ekanki, qumu faqat g'ofir g'ofir to'laqum. Sizlar majlislardan turinglar, sizlarni gunohinglar mag'firat etildi deydigan gunohlardan mag'firat etilingan unaqa kishilar bo'lib chiqishligini Alloh'dan so'raymiz.

[1:20:54] Va kelasiz darslarimizda va darslarimizni davomiy bo'lishligini Alloh Subhanahu va Taolodin
