# Kiyomat Alomatlari 7-dars

- Teacher: [Maʼmurjon Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/mamurjon.md)
- Course: [Maʼmurjon Domla maʼruzalari](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon.md), lecture 175 of 181
- Section: —
- Duration: 31 min
- Original title: Kiyomat Alomatlari 7-dars (Mamurjon domla)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/175
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/xQfHjWU9POI.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=xQfHjWU9POI
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/174.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/176.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon, ertam gumom. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Rahim. Alhamdulillahi robbil alamin vala aqibatu lil muttaqin. Vassolatu vassala ma'ala rasulihi muhammad va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma abad, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatu.

[0:28] Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari, oliy sifatlari bilan bugungi juma kunini Alloh Taolo barakotli qilishini so'raymiz. Alloh Taolo qadamlarimizga hasanotlar bitib, gunohlarimizni kafolat qilishligini so'raymiz. Biz juma sabohlarida qiyomat kunining kichik alomatlari, belgilari haqida suhbatlashayotgan edik. Qiyomat kunining qichik belgilaridan o'n oltinchisiga kelib to'xtaganmiz va bu esa qiyomat kunining alomatlaridan biri omonatning ko'tarilishligi va omonatga xiyonat qilishlik masalasiga kelib to' xtagan edik. Makana jaza umanday al amani vahonofi ahdi rasulillah. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonasida omonatga xiyonat qilgan kishining jazosi nima bo'lgan? Omonatni ado qilmagan odamning jazosi nima bu degan savolda to'xtagan edik. Agar bir inson deydi, birovning molini foydalanib turishlik uchun olgan bo'lsa, keyin egasi kelib, shu molni so'rasa, qaytarib olishlikni, bu odam men sendan hech qanaqa narsa olmaganman deb inkor qilib chiqadigan bo'lsa, mana shu masalada Payg'ambar alayhissalom u odamning qo'lini kesilishlik hukmini bergan ekan.

[2:01] U odamning qo'lini kesilishlik huquqmini berilgan. Mana Madinada Payg'ambar alayhissalomni zamonasida bir judayam obro'li bo'lgan qabiladan, Maxzumiyya qabilasi, judayam endi obro'ri qabila, shu qabiladan bo'lgan bir ayol, ayollarning idish tovoqlarini istig'ori, ya'ni foydalanib turishlik uchun olar edi.

[2:28] Keyin besh olti kun o'tgandan keyin bu o'zimniki deb chiqib kelar ekan. Besh olti kun o'tgandan keyin haligi foydalanib turish uchun olgan qo'shnisini narsalarini o'zimniki deb o'ziniki qilib egalik qilib olar ekan. Mana shu ayol haqidagi xabar Payg'ambar alayhissalomga yetganda, unga o'g'rining hukmini berib turib, qo'lini kesilishlik, qo'lni kesilishlikka hukm berdi Payg'ambar aleyhissalom. Uni qo'lini ketishiga hukm bergan vaqtida judayam odamlarga og'ir keldi. Ha kimsan Mahzumiya qabilasidan, kimsan palonchaning ayoli, obro'li, ha yana endi boy odam baribir anaqasi katta yuradi, boyniki. Kambag'al bo'lsa hech kim o'ylab o'tirmaydi, olib borib kesib yubordi deydi. Hech kim uni boy bo'lgandan keyin uni ichida odamlarni ichida obro'li bo'ladi da boy bo'lsa. Shuning uchun buning shu qabila va shunaqa joy, tegish joylari bor. Uni orqasida turgan odamlari ko'p bo'lganligidan juda qurayishliklar buni qo'lini kesishlik ja o'ziga ayb deb sanashdi da. Qanaqa qilib Payg'ambar alayhissalomga tushuntiramiz? Shuni qo'li kesilmasligi kerak deyapti da.

[3:41] Subhanalloh, Shariatni agar bizga qo'yib beradigan bo'lsa, odam topib, ilojini qilib, amallab Shariatni ham o'zgartirib yuboramiz da. Shariatni ham. Shunda Payg'ambar alayhissalotu vassalomga aytishdiki, eng yaxshi ko'rgani hibbuhu va hibbu nabi. Hibbu Payg'ambar aleyhissalomning mahbubiy, eng sevgan kishisi Usoma ibn Zaid dedi. Bu kishini shunchalik Payg'ambar ayyihissalom yaxshi ko'radiyu, gapini ikki qilmaydi. Shu odamdan boraylik dedi. Shu odam borib turib aytadigan bo'lsa, Payg'ambar alayhissalom fikrlaridan, rayidan, hukmidan qaytadi deyishib, Usomani oldiga kelishdi. Keyin Usoma Payg'ambar ali alayhissalomni oldiga keldi da, yo Rasululloh, bilasiz, bu Maxzumiyya qabilasining juda hurmatli qabiladan va falon palon anaqa ayollardan, bunga boshqa bir chorani qo'llashni iloji yo'qmi deyapti. Bir yo'lini toping deyapti da endi. Deganida Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam qattiq g'azablanib turib, ey Usoma dedi. Ey Usoma, innama ahlakaman ka'naqob lakum annahum ka'nu idasaraqa fihim sharif tarakuhu va idasaraqa fiihim muddaif aqomu alayhath. Ey Usoma, mana bu ummatning avvalgilar qanaqa qilib halok bo'lganini bilasizmi?

[5:03] Ularni halok bo'lishi ulardagi sharafli odamlar gunohiy ishlarni qiladigan bo'lsa, ularga indamasdan, had shariatning jazosi qo'llanmay o'tib ketavergan deydi. A ularda bir zaif, hech kim yo'q odam bo'lsa, ana shu odamga qarab turib nima qilingan, shariatning hukmlari yurgizilgan deyapti da. Bechora kambag'al hech kim yo'q odamga shariat hukmi yuradi. Boy odamga, badavlat odamga, yoki bo'lmasa mansabdor odamga shariatni hukmi yurmaydi. Unga gapirishga qo'rqadi. Xuddi hozirgi zamonamizga o'xshab. Xuddi hoazirgi zamonamimizda ham shunaqa bo'ladi. Bir bechora kambag', masjidga kirib qolsa, uni mingta xatosini mingta odam qo'lini bigiz qilib ko'rsatadi. Lekin bir badavlat odam masjidga kirib qolsa, hech kim unga gapirmaydi. U qo'lini kerib o'qiydimi, oyog'ini yonboshlab o'qiydmi, uni farqi yo'q u. U badavlat odam, unga gapira olmaydi hech kim. Ana shu xuddi shunaqa hukm bo'lganida Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdiki, ularda boy odamlar, sharafli odamlarga shariatni hukmi jazosi qo'llanmadi. Kambag'al, zaiflarga shariatni hukmi qo'llandi. Atashfaufiy haddi min hududilla. Allohning qo'yib qo'ygan uqubati qonuniy haddi chegarasida sen o'rtaga tushish tushmoqchimisan sen dedi.

[6:26] Shuni endi keching deb turib o'rtaga tushmoqchimisan? Va alloh la vanna fotima binti muhammad saraqat laqatatu yadaha. Allohga qasamki, agar meni qizim Fotima o'g'irlik qilganida, qo'lini kesish hukmini shunga joriy qilgan bo'lardim deyapti. Agar qizim Fotima, o'g'irli qilganida, shunga mana shu hukmni joriy qilardim, qo'li kesilardi deyapti. Demak, shariat shunday narsa ekan, bu aka ukani tanlamaydi ekan shariat. Shariat opa singil, qarindosh urug'ni tanimaydi ekan. Shariatda bir qonun, qoida, Allohni qo'ygan qonuni bor, u hammaga bab barobar tatbiq qilinadi.

[7:10] Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam omonatni ado etishlikka, omonatlarning egalariga topshirishlikka Payg'ambar alayhissalom undaganlar. Ko'p hadislarda gapirgan. Ana yu adiyal amil amal ahmob il amani. Eng birinchisi, bir inson birovning qo'lida ishlaydigan bo'lsa, yo bir korxonada ishga kiradigan bo'lsa. Shu joyda unga topshirilingan omonatlik vazifani to'lig'icha ado etishligi. Omonatlik vazifa, uning bo'yniga yuklangan vazifasini to'lig'icha ado etishligi omonatdir. Abizura'a adiy ibn umayro al kindiy aytadi Payg'ambar alayhissalomdan eshitdim. Man istamal nahu ming kun ala amal fakatam na katamana maxhitan fama favqahuu ka'na g'alulani yotib ihiyav mal qiyama. Kimni dedi, bir ishga qo'ysak dedi. Ya'ni bir ishga saylab, bir ishga topshirgan bo'lsak, bir ishni shuni zimmasiga yuklasak, bu odam shu ishga kelganidan keyin, bir ignani yashirgan bo'lsa dedi, bitta ignani cho'nchangizga solib chiqib ketdingiz haligi ishxonada. A? Qo'lga ilinganni olib chiqib ketamiz ku bizlar. Ana shu yeyishga kirganimizdan keyin, shu yeyishdan bir ignani yashirib olgan bo'lsangiz, o'sha egasiga aytmasdan, bu g'alul bo'ladi deb.

[8:31] G'alul degani, o'ljalar tushib, Payg'ambar alayhissalomni oldiga to'planadi yu, urushda. Kopirlardan qolgan o'ljalar kelib, Payg'ambar alayhissalomning oldiga to'planib, bu taqsim qilinmasdan turib, shu yerdan bir nimasi buzuq, nafsi buzuq, munofiq odam o'g'irlab oladi, Payg'ambar alayhissalom bildirmasdan. Ana shuni g'alul deydi. G'alul bo'ladi bu deydi. Bu og'irlik bo'ladi degani. Demak, bir narsani egasiga bildirmasdan, so'ramasdan olingan igna taqa narsa bo'lsa, u g'alul bo'ladi dedi. Payg'ambar alayhissalom bir odamni ko'rdim, jahannamda azoblanayotganligini dedi. Bu odamning azoblanishligi dedi. U g'alul o'g'irlagan edi dedi. O'sha taqsimotlar taqsim qilinmasdan turib, otning otlarga yem berganda to'kilmasligi uchun og'ziga qop tikib qo'yar ekanda. Ana shu qopni ichiga yemni sotib qo'ysa, haligi otni og'ziga boylab qo'ysa o'zi yemni yeb berar ekan qopida. Ana shu qopini o'g'irlaganligi uchun jahannamda azoblanyapti deydi. Bitta otning og'ziga tutilgan qopini, ya'ni otga beradigan chelak degani. Ha bu bitta igna bo'ladigan bo'lsa, uni qiyomat kunida, ya tibbiy yomon qiyomat kuni shuni ko'tarib keladi dedi. Men mana bu omonatga xiyonat qilgan edim deb olib kelar ekanmiz. Kimni qayerda ishlamaylik, kimni haqqini yemaylik, qiyomat kuni ko'tarib egasini oldiga olib kelar eganmiz.

[9:52] Mana bu seni haqqing edi, ignaday narsa bo'lsa ham ko'tarib kelar ekan biz. Eng ozi igna. Mana shunday narsani ham ko'tarib kelib dedi. Al amanatu filbay i va shiro. Savdo sotiqlarda, oldi berdilardagi omonatdor bo'lishlik. Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytadiki, attajir, as saduq, al amin, ma'na biyin va siddiqin va shuhada. Savdogar odamni Payg'ambar alayhissalom ba'zi hadislarda maqtadi. Ba'zi hadisllarda savdogarlikdan ham ehtiyot qilib qo'ydi. Mana savdogar odamni aytadi, tojik, savdogar odam, soduq, to'g'ri gapirib aytib sotadigan, amin, omonatdor odam qiyomat kuni Payg'ambarlar bilan, siddiqlar bilan, shahidlar bilan birga turar ekan. Bola chaqangizni boqaman desangiz, o'sha halol savdo qilib turib boqadigan bo'lsangiz, shuni o'zida Payg'ambarlarning maqomi bilan siddiqlar, shahidlar bilan birga jamlanadi. Albayya an i bil xiyar ma'lam ya tafarriqu fain sadaqa va bay yana buri ikkala hum mafiy ba ig'ma. Ikkita odam savdo qilib turgan bo'lsa, biringiz olay deb turibsiz, biringiz sotay deb turibs siz. Shu ikkovlarida ixtiyor turaverar ekan. Modomiki ikkisi ikki yoqqa ajrab ketmasa deydi. Bozorda kirdingiz, buni men olaman dedingiz bir narsani.

[11:08] U odam sotdim dedi. Siz ikkovingiz qo'l tashlashib, biringiz olib, biringiz sotib qo'ydingiz. Lekin aylandingiz, ko'rdingiz, aylandingiz,ko'rdingiz, haligini shunaqa qildingiz da, keyin birozdan keyin bir bir soatlar o'ylanib tepasida o'tirdingiz da, keyinchalik yaqinmay qoldi haligi narsa. Keyin aytdingiz, yo'q, men olmayman deyishga haqqingiz bor ekan. U odam sizga, sen erkakmiding, lafzingdan toydingmi, qo'l tashlashib qo'ydik degan gapni aytishga haqqi yo'q ekan. Nimagaki, siz hali ajrashib ketmagan bir majlisda turgan edingizdek. Agar ajrashib ketadigan bo'lsa deydi. Endi ajrashib ketaydigan bo'lsa, ixtiyor qolmaydi. Ikkovi ning o'rtasida ixtiyor qolmaydi. Faqat biri sotgan, biri olgan hisoblanadi. Ilohim bular ayb deydi. Faqat aybi bo'lib qolib, molning aybi chiqib qolib turib, undan keyin qaytarib berishlik ixtiyoringiz o'zingizda bo'ladi.

[12:05] Va bay yana, agar ikkovi ham to'g'ri gapirsa, va bay yana va aybini bayon qilsa, ikkovining ham savdosiga baraka beriladi deydi. Agar ikkovi yashirsa, va kafaba ikkovlari ham bir biriga yolg'onlarni aytishsa, ikkovining ham savdosining barakasi o'chiriladi. O'chiriladi deydi. Demak, barakalar savdo qilgan odamning hammasi baraka topavermaydi. Shuning uchun ba'zi savdogarlar aylan ishlab keladi da, savdoni yurgizadigan oyatlar bormi, savdoni u qivoradigan oyat bormi, bu qivoradigan oyat bormi deb keladi. Nimaga desa, savdo qilyapmiz ozodning kechgacha, hech barakasi bo'lmayapti deydi. Ha, yolg'on gapirib savdo qilgandan keyin uni barakasi bo'lydi. Aldab sotgandan keyin uning barakasi bo'ylyapti. Liman roa yuh fil al bal ala fitto'am. Payg'ambar rais alohida salom bir kuni bozorlarni aylanib yurganida. Bozorni aylanib yurib, subhanalloh mana haqiqiy xalifaning qilgan ishlari, rasulullohning musulmonlarning podshohi bo'lgan kishining qilgan ishilari nima edi? Kelib bozorlarni ko'rib, kirib, har bir odamni tekshirgan. Shunda bir odamning nimasiga don dun sotyapgan ekan, haligining qo'g'ulini donlarini ichiga qo'lini tiqdi.

[13:28] Tixgan edi, tepasida qurg'oq ko'rinishi, lekin ichki tarafi ho'l ekan. Haligining urib qo'ygan donni ichi ho'l edi. Shunda aytdiki, ma ha dayo sohibi taom, ey taom egasi bu nima dedi? Tepasini qurg'o qilib qo'yib, ichini ho'l qilib tashlabsan dedi. Degan edi, ya Rasululloh, yomg'ir yog'dida, men o'zim ataylab qilmadim. Ho'l bo'lsa og'ir chiqadi. Turistmi? Lekin ho'l bo'lishligi, oluvchi odamga ziyon. Olayotgan odamga kylasi og'ir chiqadi. Ikkinchidan nima bo'ladi? U tez aynaydi u taom. Olib qo'ygan taomingiz. Mana shuni aytdi, yo Rasululloh men ataylab qilmadim bu ishni dedi. Men ataylab qildim. Shu qolib ketgan ekan, yomg'ir yog'ib qo'yibdi kelsam. Shundan ho'l bo'lib qolibdi. Shunga endi olmayotgandan keyin buni ustiga qurg'oqlarini nima qilib qo'ydim, sochib qo'ydim dedi. Odamlarga nima bo'lishligi uchun. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, afalajal tafufu favquqat ta'ham, hatto agar rahm nas, buni dedi, taomni ustiga chiqarib qo'ymadingmi odamlar ko'rsin deb, dedi. Hovlini tepasiga chiqarib, ha qurg'og'ini pastiga qo'ymaysanmi? Odamlar ko'rib turib olmaydimi buni? Men g'ashshana falaysaminni kim aldaydigan bo'lsa, aldab savdo qilsa, aldaydigan bo'lsam, bizdan emas, deydi Payg'ambar alayhissalom. Bizdan emas, Payg'ambar aytdiki, vassalom, ummatim emas, deyapti.

[14:48] Tarozlardagi yolg'on gapirishlar, tarozlardagi omonatsizlik, taroz mezonlarda. Alloh Taolo Qur'onda voylul lil mutofifin, mutofif tarozidan uruvchilarga voyl bo'lsin deb. Alladina ilakta'lu alin nas yastauful. Voyida kaluhum avazanuhim yuxsirun. Odamlardan o'ziga tortib olyapsa, ha besh kilo, o'n kilo qo'shaver, falon qil, skitkasi bormi deb turadi da. O'zlariga oladigan bo'lsa, yastavfun to'lig'i bilan, oshig'i bilan olib oladi. Ha birovlarga tortib beradigan bo'lmasa, yuxsirun urib qoladi. Kamaytirib beradi. Tarozisi noto'g'ri. Haligini haqqini yeydi. Mana bularga vayl bo'lsin dedi. Alloh subhanah va ta'loh. Alay yadun nula ekan nima butun. Bu odamlar qiyomat kuni qaytib tirilamiz deb o'ylamayaptimi? Tirilishga iymon keltirishmaganmi? Liya min aldiym buyuk qiyomat kun, eng ulug' kun bu. Yavmayqumun nasli robbil alamin. Qiyomat kunida hamma insonlar Rabbil alamin, olamning Parvardigori, Rabbisi bo'lgan Alloh Taoloning huzuriga jamlanadigan kun dedi. Va sama arafa aha va vako al mizan, alla tat g'ofil mizan, va qimul vaznabil qisht va la tux sirul mizan.

[16:09] Alloh Taolo boshqa oyatda aytadiki, osmonlarni buyuq qilib qo'ygan rafaaha ko'tarib osmonlarni yuksak qilgan osmonlarga qasam va vazo al mezan mezonni qo'ygan tarozlarga qasam deb Alloh Taolo shunaqa qasamlarni eshityapti. Mezon tarozlar alla tatg'ov fil mezon mezonni o'lchaganda tarozlarda haddinglardan oshmanglar dedi. Birovni haqqini urib, birovni haqkini yemanglar va aqimul vazn bil qiz faroz mezon o'lchovni adolat bilan barpo qilinglar dedi. O'lchovini qis adolatlik bilan tortib beringlar dedi. Birovni haqqini yemang. Va la tuxsirul mezon mezonda birovning haqqini urib qamang deb Alloh Taolo keltirdi. Endi biz omonatlar zoya bo'layotgan qalblarimizdan omonatlar ko'tarilib ketgan bir zamonda yashab turibmiz. Juda ham birovga birovning ishonishligi juda ham qiyin bir zamonda turibmiz. Hech qachon omonatni topshirib turib, omonatingizni topshirganingizdaqa qabul qilib ololmaysiz. Lekin avvalgilarning omonat qanaqa bo'lganligi haqida uchta sahayi hadislarda uchta qissa keladi.

[17:28] Shu uchta qissaga to'xtaymiz. Eng birinchisi, hammamizga ma'ruf bo'lgan, ma'lum bo'lgan as hobil g'or uchta kishining g'orga kirgan qissasi. Uch kishi, Bani Isroildan uch kishi chiqdi, g'orning oldiga keldi. Shunda qattiq yomg'ir quyganligidan, yomg'irdan panalanib g'orning ichiga kirishdi. Shunda tepadagi katta tosh kelib, g'orning eshigini, ya'ni og'zini yopib qo'ydi. Haligi uchovlari toshni jildira olmadi, o'rnidan qimirlata olmadi. Keyin aytishdiki, faqat bizni Alloh qutqarmasa, endi hech kim bizni nidoimizni ham, dod faryodimizni eshitmaydi. Faqat eshituvchi zot bo'lgan Allohga duo qilaylik. Qanaqa qilamiz deganidek, qilgan yaxshi amallarimizni o'rtaga qo'yib so'raylik Alloh'dan deydi. Ey Alloh, falon amalim mana shunday yaxshi amal qilganman. Shu narsani e'tiborga olgan bo'lsang, bizni mana shu joydan qutqazgin deb so'raymiz deydi. Ularning bittalari zinodan o'zini tiyganligini aytib turib so'radi. Shunda g'or og'zidagi katta tosh ozgina jildi. Ikkinchisi ota onasiga ezgulik qilganligini aytish so'radi. G'orning og'zidagi tosh ozg'ina jildi, lekin chiqadigan darajada emas edi.

[18:44] Uchinchisiga kelgan vaqtida, uchinchisi so'radi ey Allohu, men uyimda xizmatkorlar, ishchilar, mardikorlarni ishlatardim. Shularning haqlarini, ishni bo'lishi bilan peshonasi teris qotmasdan turib, haqqini qo'liga ushlatar edim dedi. Sendan qo'rqganligim uchun dedi. Birov tergab, birov orqasida turgani yo'q. Allohdan qo'rqqanlikdan qilinayotgan ish. Shundan dedi, bir kuni bir odam keldi, arzimaydigan bir ish qilib berdi, lekin uning ishi narxi ham juda ham arzimaydigan tangalar bo'lgan edi. Dirhamlar bo'lgan edi. Shundan keyin u odam uni olishga ham or qildi da, tashlaganicha ketib qoldi dedi. Uning tashlab ketgan mablag'ini ham haqqini yemadim. Shunday chiqarib qo'ydim da, o'shani kundan kunga o'sturdim, narsa oldim, sotdim, narsa oldim sotdim. Hattoki bir vodiy qo'ylarga necha yillarni ichida bir vodiy qoidalar, bir vodiy tuya, bir vodiy molga aylandi haligining narigi puli, tashlab ketgan narsasi. Zamonlar o'tgandan keyin haligi odam kambag'allikka uchrab, muhtojlikka tushganidan keyin o'ylab o'tirib, ha falon joyda bir ishlab ketgan pulim qolganidek, borsam berarmikan deb bir umidlanib haligini oldiga keldi. Kelib turib aytdiki, ey falonchi meni taniyapsizmi degani taniyapman dedi.

[20:03] Men falon vaqtda sizni uyingizda arzimaydigan bir ish qilib bergan edim deganda ha dedi. Lekin haqqimni olmagan edim deganida ha haqqingizni olmagansiz dedi. Shu haqqimni so'rab keldim deganida, yuring deb qo'lidan yetaklab olib chiqdi da, haligi vodiyga olib borib, mana bu turgan vodiydagi qo'ylar, mana bu turgan voidagi tuyalar, mana bu turgan vadiydagi sigirlar, mollar sizniki dedi. Shunda haligi odam aytdi, meni masxara qilmang, ustimdan kulmang. Men arzimaydigan narsa tashlaganman sizga dedi. Degan edi, haqiqatdan ham shuni barakotini berdi alloh, mana shunday ko'paydi, mana shu mol seniki, xohlasang olib ket, xohlasang tashlab ket seniki dedi. Haligi odam biron narsani qo'ymasdan oldiga solib olib ketdi, lekin haligi molning nimasi e, jon chiqqandaqa narsada endi. Mol chiqishlik jon chiqishlikda narsa. Lekin oldiga chiqib to'xtay tur endi, ozginasini tashlang endi insof qilam demadi. Shunday hammasini haydab ketdi dedi.

[21:02] Mana shu amalni sendan qo'rqib, Alloh Taolo sening buyrug'ing bo'yicha qilgan edim. Agar mana shu amalim seni huzuringda qabul bo'lgan bo'lsa, bizning turgan musibatdan qutqazgin deganidek, Alloh Taolo g'orning og'ziga tushgan toshni pastga yumalatdi, uchovlari salomat qutildi deydi. Mana bu sahih hadislardagi kelgan bir qissa bo'lsa, Buxoriydagi kelgan ikkinchi qissaga to'xtaymiz. Payg'ambar alayhissalotu vassalom omonatdor kishilarni tarixda, bu musulmonlarni tarixida topilgan omonatdor qishilar. Mana shu bizning tarixlarimizda shunaqa omonatdor xishilar topilganidek, biz shular bilan faxrlangan edik vaqtida, lekin hozirgi kunimizda uyalamiz biz. Musulmonlarniy musulmon deb ko'rsatishga ham uyalamiz.

[21:50] Ishtoro rojulun mirrojulun aqaro, bir kishi birovni uyiga keldi. U odam uyidan yer sotayotgan ekan. Uning uyining sotayotgan yerini haligi odam savdolashib sotib oldi. Sotib olganidan keyin haligi odam shu eski imoratlarini buzib va shu yerga o'zining mo'ljallagan narsasini solmoqchi bo'lgan edi. Qarasa, sotib olgan yerdan kavallagan edi, yerning tagidan bir ko'za tilla chiqdi. Sotib olgan eding keyin chiqyapti. Haligi odam arzimaydigan pulga sotib ketgan. Bu odam oldida kavallagan edi, bir ko'zada tilla chiqib qoldi. Faqor ala hulladiy ishtar al aqar, khuz vahabaka minni innama ishtar etu min kal ar. Bizlar nima qilamiz sotib chiqib qolsa? Bir ko'za tillo chiqsa. A?

[22:41] Dokumentlarni hech kimga bermaymiz. O'zimizga yaxshilab o'tkazib olamiz. Bu deymiz, o'zim ota bobomdan qolgani kerak edi deb turaveramiz da. Haligi odam nima qildi, bir ko'za tillani ko'tarib, uyni sotgan kishini uyiga bordi. Bordi da aytdi, men sizdan yerning tagidagi ko'milgan boyliklar, tillalarni sotib olmadim. Men sizdan yer sotib olganman. Mana bu tillalar sizni haqqingiz oling deb haligini oldiga tashladi. Omonatni qarang.

[23:12] Haligi odam bo'lsa aytdi, men sizga yer, yerning ichida nima narsayi bo'ladigan bo'lsa, hammasini babbaravar sizga sotganman dedi. Nima narsasi bo'lsa, shuni sotganman. U sizniki deyapti. Bularning talashayotgan narsasini ko'ring. Biri ol desa, biri sizniki deb talashyapti. Shunda haligi odamlar o'zlarining qishlog'idagi bir hakamning oldiga borishdi. O'rtalarini hukm qilib beradigan kishini oldiga boradi. Faqolulloh deydi hakama ilayhi alakum avvalat haligi hukm chiqarayotgan odam aytdiki, bularni o'rtada bo'layotgan mojarosini eshitgandan keyin ikkovlaringlarni dedi, farzandinglar bormi dedi. Deganida haligi aytdi meni qizim bor dedi. Ikkinchisi meni o'g'lim bor deganda, unda qizingizni o'g'lingizga uylantiringda, mana shu ko'zadagi tillarni ikkovlarga beraylik dedi. Mana shunday qilib turib hukm chiqarb berdi.

[24:13] Ko'rdingiz qanaqa bu sahih buxoriydagi payg'ambar alayhissalotu vassalom zikr qilgan qissalar. Endi uchinchi omonatdor kishilarning qissasining uchinchisiga to'xtaylik. An'abi hurayrata, bu ham sahih buxorida kafoli bobida keltirilgan ekan. An'abi hura'ata anin nabiy sollallohu alayhi vasallam anna hudaka raro jinoyatul minboni isroil. Payg'ambar aleyhissalom baniy isroildagi bo'lib o'tgan qissalarni aytib berardik. Shulardan biri bir kishi deydi, bani isroilda boshqa bir kishidan ming dinor qarz so'radi. Ming dinor berib tursangiz deb qarz so'rardi. Faqat atayin i bu shu xato. Haligi odam aytdi, qarzni beraman, lekin deydi, guvohlarni olib keling deydi. Guvohlar bo'lsin deganidek, ikkimizdan boshqa hech kim yo'q, endi kimni olib kelaman? Vakafa billahi shahida. Alloh guvoh ikkimizning men sizdan qarz olayotganimga Alloh guvoh deydi. Bu endi avvalgilarning shariatiy, lekin bizning shariatimizda guvoh bilan yoziladi. Avvalgilarning shar'iyatida joiz bo'lgan ekan. Shundan keyin e tinibil kafil deydi. Bo'lmasa dedi, bir kafillikka o'tadigan odam olib keling, ertaga mabodo siz to'lamasangiz, o'rningizga kafil bo'ladigan kishini olib keling. To'lab beradigan. Bizlarni mana garovga qo'yib qo'yadi yu.

[25:30] Shunaqa narsani so'radi. So'ragan edi, haligi odam aytdiki, hech kim yo'q kafillikka o'taydigan meni. Vakafa billahi vakila. Alloh kafillikda kifoya qiladi dedi. Degandan keyin haligi odam aytdi sodiqda, haqiqatni gapirding, Alloh'dan ortiq guvoh, Alloh'dan ortyq kafil bo'lmaydi dedi da, haliginga so'ragan ming dinorini berdi. Va kunini, qaytaradigan kunini belgilashdi. Falon kuni, falon vaqtda qaytaraman deb. Va u kishi dengizning u tarafidan keladigan va falon vaqtga kelib bunga mablag'ni qaytaradigan bo'ldi. Vaqt keldi, yillar o'tdi, vaqt keldi. Qarzni qaytaradigan vaqt kelganda haligi odam qarzni tayyorlab, dengizni oldiga kelsa, qirq dengizning u betiga o'tkazadigan kemalar shu kuni yo'q ekan. Hech narsa yo'q. Haligi odam shunaqa haqning, birovning omonatini kechiktirayotganiga hijolat bo'ldi. Keyin shu yerdan bir idishni oldida, idishning ichiga ming dinonni solib, og'zini yaxshilab berkitib, uni bir yog'ochning kavagiga tiqib turib, ey Alloh, mana shuning sohibiga haqqi, mana shu haqning egasiga yetkazgin deb dengizga oqqizdi deydi.

[26:47] Summa atabi hayl al bahr haligi odam ham kelib, haligi joyda kutdi. Ozondan kechgacha kutdi, haligi va'da bergan odam qarzni olib kelmadi. Kech payt umidsizlanib, endi bugun kelmadi bu, aldab ketdi shekilli dedi da, uyiga qaytayotgan edi, dengizning qirg'og'iga otilib chiqqan o'tinni ko'rdi da, buni hech bo'lmasa uyimga olib ketaman deb uyiga olib ketdi. Uyiga olib borib haligini yorgan edi, ichidan xati bilan, ey birodar, mana shuni sizni omonatingizga yuboryapman degan xati bilan haligining ming dinori chiqdi. Lekin haligi kishi ehtiyotan yana ming dinar oldida ertagi kungi qayiqga minib, yana haligi kishining huzuriga qarab yo'l oldi. Ertagi kungi bir kunga kechikyapti xolos. Keling ertasi kuniga kelganide haligining uyiga kirdi. Kirdi da o'tgan voqealarni aytayotgani yo'q. Men sizga yuborganman, kecha ming dinamni yuborib yuborganman, olgan bo'lishingiz kerak. Bo'ldi endi, olmagan bo'lsangiz menda nima degan gap bo'lmadi. Ha shunday keldi aytdi, uzr, kecha qayiq bo'lmadi, kema bo'lmadi shunga kechikib qoldim. Bugun haqqingizni olib keldim. Bir kunga kechiktirganim uchun meni ma'zur tutasiz deb ming dinorni qo'liga bergan edi. Bizlarga bersa aytamiz, men dengizga jinnimisan oqqizib, ha uni ko'rmadim uni, ha beraver deb olib cho'ntagimizni qilib olamiz da.

[28:08] Ha bu odam unaqa qilmadi. U odam aytdiki, yo'q, siz kecha yuborgan narsani Alloh Taolo egasiga yetkazdi dedi. Kecha ming dinorni yuborgan edingiz, Alloh Taolo eyasiga yetkazdi, bu sizni haqqingiz deb qaytarib berdi. Omonat mana shunaqa darajada avvalgi musulmonlarning kitoblari, tarixlarida shunaqa daraja lardagi omonatlarni Payg'ambar alayhissalom aytgan. Omonatga xiyonat qilishlik esa munofiq deb hisoblangan. Payg'ambar aleyhissalom aytadi arba ummon kun nafiyhikana munofiqan xolisa. To'rtta narsa kimda bo'lsa, u xolis, ya'ni sof munofiq deb aytilar ekanda. Uni munofiqligida shubha yo'q ekan. Birinchisi deydi, minna. Izzatu minna xona. Agar omonat qo'yilsa, xiyonat qilsa, bu munofiq deylar ekan. Birov omonatga sizga pul bersa, birov omonatga biror narsa qo'yib ketsa, shuni xiyonat qilsangiz, sizga munofiq degan nom beriladi. I va hadda takadab gapirsa, yolg'on gapiradi. Agar ahad qilsa, bir narsaga va'da qilsa, uni buzadi, xusumatlashadigan bo'lsa, birov bilan kelisha olmay qoladigan bo'lmasa, juda haddidan oshib ketib, zulm qiladigan kishilar, mana bular munofiqlarning sifatlari ekan. Qiyomat alomatlari taxvino ul aminu va timonul xain.

[29:27] Qiyomatning alomati omonatdor odamlarni ishonishdan chiqib qolar ekan. Omonatsiz, xiyonatkor odamlar ishonishga kirib qolar ekan! Hamma odamni hayron qolasiz, birovlarni bilasiz, doim aldab ketadigan odamlar bo'ladi, lekin shunga ishonib, yana shunga pul berib qo'yganlar ku. Qiyomatning alomati rost gapirgan odamlarga ishonish bo'lmas ekan, yolg'on gapiradigan muttaham kazzoqlar ana ularning davri davri bo'lib qolar ekan. Qiyomat alomat. Va payg'ambar alayhissalom valladiy nafsiy muhammad biyodiy la taqu musohadda yuhavva al aminu va yu'tamani al xoin. Mening nafsim uni qo'lida bo'lgan zotga qasam hikomat bo'lmaydi, hatto omonatdor odamlar xiyonatkor deb hisoblanmagunichayin yoki xoin kishilarga omonatlar topshirilmagunchay deydi. Va omonat esa qiyomatning alomatlaridan omonat mag'naman, xuddi siz poydangizga o'xshab aylanib qoladi deydi. Qiyomatning belgisi, omonat sizni poydangizga uxshab qoladi. Qanday poydangiz? Xuddi birov sizga omonat bersa, mana buni ushlab tur deydigan bo'lsa, siz nima bo'lar ekan? Sizni omonat beriladigan bo'lsa haligini sizga xuddi mana shuni ishlataver, bu seni haqqing deb tashlab ketganday, besh olti ming likka kelgandan keyin aytasiz, yo'q men seni bu men foydam deb ishlatib yuborganga o'xshagan bo'ladi deydi.

[30:48] Ita uttixali til amana mag'nama, abiy hurayra aytgan hadisda, omonatlar mag'nama, o'ziga foyda qilib ushlanadigan zamonlar kelganda, g'animat qilib ushlangan vaqtda qiyomat bo'ladi degan ekan. Inshaalloh kelasi jumada qolgan nimalarimizni davom ettiramiz. Subhanillah allohim va behamdek ashadvala ila illa
