Audu billahi minash shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillah. Rahmatuhu anas ta'inuhu anas taqdiruh. Va na'udhu billahi min ash sururiyan kusina va min sayyihati amalina, mey yahdihillah, hu falamudillalloh va me'yudil falaha deyalla. Va ash hadu an la ilohi illallohu vahdahlal sharikala va ash hadu anna muhammadan abduhu va rasuluh. Va ba'zi. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatu.
Alloh sultonohi va taoloning go'zal ismlari, oliy sifatlari bilan bugungi shanba kungi darsiga jamlanib o'tiribmiz. Alloh taolodan bu darsni o'zining roziligi uchun qilinayotgan darslar qatorida qabul qilishligini, Alloh taolo davomiy qilinishligini, bu darsligimizni Alloh taoloddan so'raymiz.
Alloh taolo zohir ibotli fitnalardan saqlashligini Allohdan so'raymiz. Alloh subhanah taolo eng avvalo o'zimga qolaversa, barchamizga manfaatli bir darslar qatorida bo'lishligini va nuqsonlarning kamchiliklarini Alloh afv etishini so'raymiz, Allohga. Bu yerda savollar, inshaalloh, savollar yana bo'ladigan bo'lsa, darsning oxirida aytamiz, ungacha endi savollaringlarni berasizlarga qoyos.
Bu o'tgan darsdagi savol javoblarni, aqida bobidagi savol javoblarning yigirmata savol javobni bu qozoq tilida tarjima qilib chiqishdi, birodarlar. Alloh rozi bo'lsin. Buni ham keyin olasizlar nimadan keyin. Biz yusuf alayhissalomni qissasida eng go'zal qissalardan biri. Alloh subhanahu va taolo aytgan qissalarning eng go'zali deb aytgan qissalarining biri. Yusuf alayhissalomning qissasida edik.
Yusuf alays salotu vassalomning tuhmat qilinayotgan bir vaqti azizning ayoli misr vazir vaziriyning ayoli yusuf alayhissalomga fitna uyushtirib, o'ziga jalb qilib va buzuq ishga talab qilgan vaqtda yusuf alayhissaalom bosh tortganligi uchun va mana shu vaqtda eshikning oldida ayolning eri yusuf alayhi salomning xo'jalari kelib, ikkovlarini ushlab olib va dalillar, hujjatlar yusuf alayhissalomning foydasiga hal qilingandan keyin, ayolning esa o'sha Buzuqlikka ayol talab qilganlik dalillari aniq ravshan bo'lganidan keyin, bu yuz aziz misrning podshohi, misrning podshoho yusuf alayhissaalomga va ayoliga qarab aytgan so'zidan boshlaymiz.
Yusufu arid an heda, aziz yusufga qarab, ey yusuf dedi. Arid an heda bu bo'lib o'tgan voqeani dedi, yashirgin dedi. Hech kimga aytmay qo'ya qol dedi. Hech kimiga bu voqeani aytmay qoya qol. Vastav frilidan biki imnaki kun timinal xotin in. Ayoliga qarab aytgan so'zi, ey ayolim, bu gunohingizga bir istig'for aytib qo'ying. Siz xato qiluvchilar qatorida bir xato qildingiz dedi.
O'sha so'z bilan kifoyalandi, boshqa hech narsa qilgani yo'q. Aziz Misrning vaziridek bir kishi o'zining ayoliga buzuqlik ustida ushlab olgan vaqtida, xiyonat ustida ushlab qolgan bir vaqtda aytgan so'zni yashirib qo'ya qoling deb haliginga shunday dedi. Va bunga qarab turib, nima dedi? Gunohingizga bir istig'for aytib qo'ya qoling dedi. Bu mavzuda avvalgi darsda batafsil to'xtab o'tdik.
Voqea ala nisbatumi fil madina fii imro' akul azizi turobiy du fataha an nafsihi qod shag'afaha hibba innala la la roha fii do la alay mubin. Endi qasrning ichida bo'layotgan voqea. Qasrning ichidagi ayollar, amirlarning, kattalarning ayollari o'zlarining ichida gap so'z tarqab ketdi. Azizning ayoli o'zining fata, fata qul, g'ulomiy qulini o'ziga talab qilibdi. Turovid shu buzuq ishga talab qilibdi deyapti. O'zining g'ulomini kelib kelib bir g'ulomni, bir qulni ham shunday yeyishga talab qiladimi?
Xo'p, shag'afa haqida. Shunchalik yaxshi ko'ribdiki, deydi, shag'afa degani o'sha qalbning pardalarini yorib ketadigan darajada, shu qalbining eng ich ichidan, chuqur joylaridan degani. Shunchalik darajada yaxshi ko'rib qolibdi o'zini bir qulini, g'ulomini deyishyapti. Va biz bu azizni ayolini judayam katta bir xato qildi deb aytamiz deb, ular azizni ayolini xatokorlardan deyapti. Adashgan inson deyapti. Lekin bu yerda shu buzuqlikni qilibdi, shu buzuqli sababli bu yaramas ayol demayapti.
Ularning o'zlarining tushunchasida bir katta bir mansabdagi insonlar bilan bu buzuqlikni bilishni ular bir obro' deb bilishgan. Lekin bu yerda shuning uchun keltiryaptiki, bir quli bilan ham shu buzuqlikni qiladimi, deb turib keltirayotgan narsasi. Falamma samiyat bi makrihinna arsalat ilayhinna va atidilla hunna muttaka. Bularning gaplarini azizni ayoli Zulayho deyishadi esimlarni. Eshitgandan keyin mana shu voqeaning, qasrning ichida shunday so'zlar tarqab yurganligini eshitib, ularning ayollarning bunga qarata makr xiyla qilayotganligi, yo bo'lmasa uni ayblarini ayblab, tanaffus qilib, yana orqasidan g'iybat qilib, shunday so'zlarni tarqatyotgan ayollarni eshitganidan keyin, bu azizni ayoli ham bir ularga xiyla ishlatmoqchi bo'ldi. Xiyla ishlamoqchi bo'ldida, uyiga katta bir mehmon kutishlik uchun hamma narsalarni tayyorladi. Hatto suyanib o'tirib bemalol yeydigan darajada suyanchiqlarni qo'ydi. Har birini oldida uzoqqa cho'zilib o'tirmaydigan darajada taomlarni qo'shib, har birini oldiga pichoqlarni ham hozirlab qo'ydi.
Bir pichoq bilan hamma birov to'rasa, hamma qarab o'tirmaydigan qilib, hammani oldiga pichoqlarini qo'ydi. Keyin haligilarni mehmonga chaqirdi, ayollarni. Shu gapni gapirib yurgan qasrdagi katta ayollarni mehmongga chaqirdi. Mehmonga chaqirgandan keyin ular hammasi jamlanishdi. Jamlanganida azizning ayoli Yusuf alayhissalomga qarab aytdiki, endi eng yaxshi kiyimlarini kiydirib Yusuf alayhi salommi, Yusuf alayihissalomga berilgan jamol haqida gapirganmiz. Yarim dunyoning jamoli berilgan, go'zal edi. Haligini shunday kiyindirib turib, haligi ayollarning oldiga chiqardi. Uxruj alayhina, falamma ro'aynaho, akbar nahoo va qatta'ana aydin. Yusuf alayhissalom ularni oldiga shunday chiqqan edi. Ko'rishi bilan Yusuf alayhi salomni tan qildi. Akbar nahoo degan takbir aytishmas bu. A'zam nahoo, ya'ni Yusuf alayhissalomni, oho, shunchalik ulug' odam ekan u deb yuborishdi da. Va haligi Yusuf alayhibissalomga mahliyo bo'lib, qo'llarini kesib oldi. Haligi shunchalik darajada pichog'i bilan o'zlarini qo'llarini kesib olishdi. Va qulna hashalillah ma hada basharun in hada illa malakum karim. Aytishdiki, Alloh saqlasin, bu inson emas bu, bu bir farishta yu, bu bir ulug' farishta ekan deb haligi Yusuf alayhissalom ko'rishganda.
Bu inson shunchalik darojada go'zal bo'lmasa kerak. Bu bir ulug' bir farishta ekan deyishyapti. Mana shu gapini aytishadiki, illama rakun karim degan gapi Yusuf alayhissalomni ko'rganda ular bir ulug' parishta deyishdi. Demak, bu ayollar parishtalarga iymon keltirar ekan. A? Ko'rgan vaqtda bu ulug' bir parishta edi deydi. Lekin shu iymon keltirishliklari, lekin shunday gunohni qilib turishlik, qilib turishlik bilan shu iymon keldirishni foydasi yo'q. Ular ham misol uchun Yusuf alayhissalomni o'zlariga zino qilishlikka hammasi shu narsani talab qilishdi. Buzuqlik qilishga hammasi shu narsa talab qilish.
Bu parishda ekan deb turib, gunoh ishni qilaverishlik, bu parishdalarga bo'lgan imoni, Allohga bo'lgan iymon foydasi bo'lmaydi. Xuddi hozirgi vaqtimizda odamlarni ko'rasiz, og'zidan Alloh degan so'z tushmaydi. Yo Alloh deyishadi. Yo Alloh o'zing satr qil deydi. O'zing aybimizni berkit deydi. Allohni madad so'raydi qachon bo'lsa. Lekin shu Alloh degan so'zi insonni hayotini to'lig'icha bir dinga o'zgartirmaydigan bo'lsa, bu Alloh degan sozni foydasi bo'lmaydi ekan. Eng ko'p Alloh deydiganlar mana o'zi gunoh qiladigan kishilar ko'proq Alloh deydi. O'g'irlik qilib turgan vaqtda Alloh o'zing saqlay ko'r deydi. Qo'lga tushib qolishligimdan o'zing asra deydi. Eng ko'p zikr qiladi. Lekin buning shu zikr qilib turishligini hech ham foydasi yo'qki, u o'g'irlik, gunoh ish qilib turibdi.
Demak, bizning ham hozirgi kundagi iymonimiz, Alloh deb ishonib bilan iymonimiz, agar bizni dinga burib gunohdan qaytarmaydigan bo'lsa, u iymonni ham ko'p foydasi bo'lmaydi. Holat fadali kundan ladiy lum tunna ni fii hiy valaqad rovat tuhu an nafsihi fa ta asama. Fas ta asama. Aytdiki, mana bu narsada sizlar meni malomatlayotgan edinglar dedi. Sizlar mana shu Yusuf alayhissalomni mana shu kishi bilan o'ziga talab qilibdi, bir qo'lini ham shunday narsaga talab qilam deb meni malomatlab turgan edinglar.
Men dedi haqiqatdan men uni talab qildim dedi. Ochiq aytdi endi. Yashirib o'tirmadi endi. Men Yusufni shu ishga men talab qildim deb. Fista osama imtana'at. Bosh tortdi Yusuf alayhissalom dedi. Yusuf bundan bosh tortdi. Vala illamga f'al ma'mur men buyurgan narsani qilmas ekan dedi. Agar shu narsani qilmasa. Layasjunan na valayakunan minas sog'iri. Uni qamaladi dedi. Shu ishni qilmaydigan bo'lsa qamaladi. Va zanil, past insonlardan xor, haqir insonlarga aylanadi, shulardan bo'ladi dedi.
Qarang, subhanalloh. Bir inson poklikni talab qilgan vaqtida, gunoh ish qilmayman desa, shu gunohni qilsang sen bir ulug' insonga aylanasan. Bo'lib ham o'zingni o'zingni xo'jangning ayoliga xiyonatni qilsang, sen qasrda umringni oxirigacha bir martabada yashab o'tasan sen. Ulug' inson bo'lib sanalasan, seni men qo'llab quvvatlayman deyapti. Agar shu gunoh ishni qilmasang, sen qamalasan, sen haqir bo'lasan, xor bo'lasan, zor bo'lasan, sendan hech kim xabar olmaydi. O'zining xo'jasi olib borib qolmagandan keyin kimni bor uni tanish? Hech kim yo'q. Shunday deb turibdi. Odamlarning nazarida bu bir hayot. Yaxshi hayot nima desa, hamma narsa yetuk bo'lsa, bir dunyo ham kam kam bo'lmasa, sog'liq o'rnida bo'lsa, mana shu narsalarni, hamma narsani yetuk bo'lishligi dunyo bilan miqyosi bilan biz taqqoslaymiz yaxshi hayotni. Shu odam eng ulug' odam deb o'ylaymiz.
Bunday emas ekan. Inson uchun o'zi kasal bo'lsa ham, o'zi xor bo'lsa ham , o'zi zor bo'lsa ham kambag'al bo'lsa yam, boshqa bo'lsa ham lekin allohning ta'atida umrini o'tkazgan hayot eng aziz insonning hayoti hisoblanar ekan. Inson agar qo'li xohlagan joyiga yetib, so'zi xohlagan kimsasiga o'tib, a? Juda ham hamma narsa muhayyo bo'lsa-yu, u inson hayotida peshonasini sajdiga qo'yib Allohga shukur qila olmayaptimi? Mana bu inson eng xor insonning hayoti hisoblanadi ekan. Eng xor hayot mana shu hayot hisoblanadi ekin.
Mana Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam qiyomat kunidagi nimani keltiradi misol qilib. Qiyomat kunida dunyoning eng dunyoda qiyin mashaqqat bilan yashagan bir insonni deydi. Qiynalgan, dunyoda yetmish yetishmagan, kasal bo'lgan, boshqa bo'lgan, lekin sabr bilan, ibodat bilan o'tgan bir insonni olib kelib turib, jannatga fayus va g'usobg'a bir marta bunday tiqilib chiqarilar ekan. Jannatga bunday ko'rsatib jannatni qaytib chiqarib oladi. Haligi odamga, ey mendan, dunyoda bir mashaqqat ko'rdingmi desa, hali aytarkan, yo'q, yo Alloh, dunyoda hech qanaqa mashaqqat ko'rmadim derdi. Shuncha mashaqqatlarni ko'rgan odam jannatni bir marta ko'rgan vaqtda, dunyodagi ko'rgan mashaqqatni hammasi esdan chiqib ketar ekan.
Bir odamni dunyoda hech bir maishat qolmadi, hammasini qildi, hech bir gunoh qolmadi, hamma narsani qildi, lekin ibodat qilmadi. Shu odamni olib kelib turib deydi, do'zaxni bir martamday ko'rsatib chiqarganda, ey bandam dunyoda bir lazzat ko'rdingmi desa, yo'q, ey Alloh, hech qanaqa, faqat bir ozod bilan o'tdim der ekan. Hammasi bir ozod bilam o'tdim deb yuborar ekan.
Shuning uchun baxtli inson eng ulug' inson Allohni ibodati bilan o'tgan. Eng xor inson, sag'ir, haqir, jalil inson Allohni ibodatini bilmasdan o'tgan inson. Bu ayol, azizni ayoli Yusuf alayhissalomni o'zining pahmi bilan, o'zining tushunib yetgan joyi bilan miyasida. Men buni hozir shu gunoh ishni qilmagani sababli olib borib men qamatsam, bu haqir bo'ladi, zot, xor bo'ladi deyapti. Lekin aslida bu eng azizlik. Bir gunohni qilmasdan o'tirishlikning o'zi bir azizlik. Yusuf alayhissalom mana shunday bir aziz hayotni tanladi. Qasrning ichidagi gunoh qilib turib, cho'ntagi pul bilan to'la bo'lib va obro' bilan qasrning ichida xiyonat bilan yashashning ko'ra, Yusuf alayhi assalom gunoh qilmasdan eng bir qamoqxonada hibsda zindonda yotishligini xohladi. Hali qamamasdan turib Yusuf alayhissalom va Alloh taologa duo qildi. Taolo robbiz sijin u ahabbu ilayyi minmayat ulani ilayy deb. Ey Alloh, ular meni chaqirayotgan, mendan talab qilayotgan narsadan ko'ra menga zindon yaxshiroqdir deydi.
Sevikli menga zindon deyapti. Subhanalloh. Zindon men uchun ular talab qilayapti narsadan ko'ram menga zindon seviklidir deydi. Illa va illa tasrif anney kayda hunna isbu ilay himna va akum minal jahlin. Agar sen, ey Alloh, ularning hiyla makirlarini mendan burmaydigan bo'lsang, men ularga moyil bo'lib ketishdan qo'rqaman. Inson o'zining kuchi bilan tura olmaydi. Alloh sobit qilmasa. O'shalarning shuncha makr hiylalari bilan shularga moyil bo'p qolishdan qo'ryapman. Bularning hiylasini mendan burgin deb duo qildi. Va men johillardan bo'lib qolishdan qo'rqaman deb turib, Yusuf alayhissalom Alloh taologa duo qilyapti. Qarang, haligi qamatmasdan turib, o'zi so'rayapti qamoqni. Zindonni o'zi so'payapti Alloh Taolodin. Gunohdan ko'ra zindon menga yaxshi. Tezroq shu zindonga boray, shu gunohdan men qochay deyapti. Qaysi bir inson hayotim mobaynida bir shunday gunohga uchragan vaqtida menga zindon zinodin ko'ra menga zindon yaxshi degan odam hayotimizda uchratmaganmiz.
Zindonning ko'ra menga zindon yaxshi degan odamni biz hayotimizda uchlatmaganmiz. Bu hech bir tarixda ham uchramaydi, uchramagan ham. Illo Islom tarixida eng ulug' Payg'ambarning hayoti Yusuf Alayhissalomni hayotida shu uchradi. Zindon menga yaxshi, men bunday ishni qilgandan ko'ra deb turishlik, buni tasavvur qilib ko'raylik, birodarlar hozir qamaladigan bo'lsa, uni hech kim yo'q, xo'jasining o'zi olib borib qamayotgan bo'lsa, uning surishtirib kelib, chiqarib oladigan hech kim qarindoshiy tanishi ham yo'q. Shunday holatda zindonni xohlab turishlik. Bu o'ngingni oxirigacha zindon degan so'z.
Biz yashayotgan tarixdagi musulmonlar, musulmonman degan odamlar ba'zilariga qaraydigan bo'lsangiz, kerak bo'lsa, masalan, namozxonman deganlarning ba'zilari Alloh harom qilgan araxni, qimarni, zinoni, menga bundan ko'ra zindon yaxshi degandan ko'ra, ular borib puli bilan sotib olyapti. Qayerdan aytadi menga zindon yaxshini deb? Hajga borib kelgan ba'zi birodarlar, a? To'y qiladigan bo'lsa, men to'yda yo'q edim, men o'g'limnikida o'tirdim deb qo'yadi. Baroq bilan, bar barobar battar bilan to'yni o'tkazib bo'lgandan keyin ertasiga kelib o'tirdim deb qo'yadi. Eng katta taqvoning cho'qqisi shu bo'lyapti bizda. Zinonga ketib qolayotgani yo'q, meni olib borib zinonga tashlanglar, umrbod men bunday narsani ko'rmay, bo'ldi bu to'yni ham ko'rmay, yuzini ham ko'rmay aroqni ham ko'rmay deyotgani yo'g'e. Shu aroqlarni sotib beryapti, pulini beryapti, hamma narsasini uyushtirib berib turib, endi o'zini xalqqa ko'rsatish uchun, endi hoji ota bunaqa ish qilibdi degan gap bo'lib qolmasligi uchun, men o'g'limniki ketib qolgan edim shu kuni deb qo'yadi.
Ko'rdingizmi qanaqa? U yoq bilan bizni hozirgi sharoitimizni solishtiradigan bo'lsak, judayam bu tarix aytdik ku, bizni tarixlarda topilmaydi bu. Bu bir ulug' payg'ambarning tarixida topilgan bu. Qo'hna robbi as sijin va habbu ilayya min ma'yadunani ilay. Yusuf alayhissalom aytdi ey alloh, menga qamoq, zindon, menga sevikli dedi. Yaxshiroq, shu durustroq besh olti kun sevikli deyapti. Bir gunohni sevib turib tashlash bor. Bir gunohni majbur bo'lib turib tashlashi bor. Iloji yo'qlikdan tashlashi bor.
O'sha gunohni men qilsam haligi majbur bo'lib qoldim endi shuni qilmasa bo'lmaydi endi qilish kerak deydi. Gunohni birovlar majbur bo'lib quladi. Birovlar shu gunohni qilmasligining sababi ma majburiyatini tashlamaydi shu gunohni. U gunohni sevib turib, shu gunoh qilmayman men. Alloh taolo yoqtirmaydi shu gunohni, gunoh bo'ladi deb turib, sevib turib tashlaydi. Yusuf alayhissalom menga zindon, sevibli minmayadrunani. Bu yerda jamshid g'asida mana arab tili biladiganlar jamshid g'am. Yadrunani, yadruni demadi. Yadrunani jamshid g'asiini keltirdi. Ularning hammasi meni chaqirayotgan narsa dedi. Jamshid g'askini keltirishligi o'sha joyga kelgan ayollar haligi qo'llarini kesib olgan ayollarning hammasi Yusuf alayhissalom ko'rganda shu narsani orzu qilib qolgan ekanda. Shu Yusuf bilan birla bo'lishlikni orzu qilib qo'ygan ekan. Hammasi shu shu narsaga Yusuf alayhi salomni da'vat qilishgan ekan. Shuning uchun Alloh Taolo Jamshid yig'asida keltirdi. Shunda Yusuf alayha salom ularning makr hiylasidan meni saqla dedi. Chunki bitta ayol yopishmayapti. Jamiy ayollarning hammasi Yusuf alayhissalomga shu buzuqlik bilan yopishyapti.
Fas tajabalah u rabbuhu fasorafa anhu kayda hunna innahuhu vas samiul alim. Alloh Taolo Yusuf alayhissalomning duosini ijobat qildi deydi. Yusuf alayhi salomning duosini ijobat qilib, Alloh Taolo ularning makirini burdi Yusuf alayihissalomdan. Alloh Taolo eshituvchi, biluvchi zot deydi. Siz va'ni Alloh nimani so'rasangiz, Alloh Taolo shu narsani beradi da.
Yusuf alayhissalom boshqa narsa bilan so'rashi ham mumkin edi. Lekin ular qamoq deyishmidi? Qamoq degani Yusuf alayhissa o'sha qamoq menga yaxshi deydi. Alloh Taolo shu qamoqni beryapti. Duosini qabul qildi. Tin mabad alahum min badi mara avul ayyat la yas junun nahu hattahin. Oyatlar ko'rishgandan keyin deydi. Ya'ni aziz qasrdagilar, oyatlarni, dalillarni ko'rishgandan keyin, ya'ni dalil Yusuf alayhissalomning pok ekanligi, bu ishni Yusuf alayhi salom qilmaganligi, buning haligi ayollar talab qilyotganlik dalillarini ko'rgandan keyin, qaysi dalillar edi?
Dalili? Ko'ylakni orqa tarafidan yirtilganligi, Yusuf alayha salom ko'ylak, bu bir dalil. Yusuf alayhin salom pok ekanligi. O'zlari shuni shukum qilib chiqardi. Biz qaraymiz, agar shunday bo'lsa Yusuf pok bo'ladi deydi. Qarashgan edi, xuddi o'zlari qo'ygandaqa pok bo'lib chiqdi Yusuf alayhissalom. Keyin ikkinchi dalili ana ravvat tufai an nafsi. Men uni o'zimga talab qilgan edim deb Zulayhoni o'zi og'zi bilan, tili bilan aytib turibdi. Ikkinchi dalil bo'lib turibdi buni o'zi. Shuni dalili. Uchinchidan, Aziz, endi bu sen xatoliklardan bo'lding, gunohingga bir istig'for aytib deb aytgan so'zing. Hammasi dalil bo'lyapti Yusuf alayhissalom pok ekanligi. Mana shu dalillar aniq bo'lganidan keyin, dalillar aniq, endi kelishdi, Yusufni bir noma'lum bir muddatgacha in qamoqqa qamaymiz deyishdi. Subhanalloh. Qarang. Bir insonni pok ekanligi aniq bo'lib bo'lganidankeyin, aniq endi bu o'zidan toza ekan, buni gunohi yo'q ekan deb bo'lganiga endi qamaymiz degansiz, qarang.
Odam taajjublanadi, qanday bir odam toza inson bo'lsa, gunohi bo'lmasa, endi u aqlanib, xalqni ichida obro' e'tiborini qozonish kerak ku endi u, to'g'rimi? Qanday endi uni qamaladi, zindonga tashlanadi desa, buni javobini bilmoqchi bo'lsangiz tarixga, nazar solsangiz, tarixda shundaylar to'lib yotibdi. Va Yusuf alayhissalomni zindonga olib kirgan narsa faqat u Alloh Taologa iymon keltirganligi, Alloh harom qilgan narsani qilmaganligi. Alloh taolo harom qilgan nasani qilmagan ligi.
Mana shunday o'zi tarixda shunday bo'lgan ekan. Inson juda ham toza, pok bo'lganidan keyin, borib zinonga tashlangan ekan. Uning pokligi aniq bo'lib qolgandan keyin. Bu inson butun nopok insonlarning ichida bir pok insonning yurishligi ularga bir yaxshi ko'rinmagan ekan. Butun haligi bir aroq ichadigan insonlarning ichiga bir musulmon namozxon inson kirib qolsa, haligilarning maishati bir rasvo bo'lganga o'xshab ko'rinadi. Haligi insonni tezroq yo'qotishlikka harakat qilishadi. Butun bir qimorbozlarning ichiga bir odam kirib, namozxon insondir, da'vat qilib, o'tirishdagi ularni bir maishatini buzib, layqitib tashlaydi. Shuning uchun hayot bu kichkina bir narsa bilan misol qilyapmiz. Endi kattaroq hayotning kurra yer kurrasiga qarab chiqadigan bo'lsangiz, butun yer kurrasidagi buzuq insonlarni ichida bir inson poklikka chaqirgan vaqtida, ularning qilayotgan nopok, buzuq, harom ishlarini bayon qilgan vaqtda haligi insonni tezroq yo'qotishlikka harakat bo'lib qoladi.
Lut alayhissalomni shunday deyishdi. Ey Lut! Yo aytayotgan so'zingni to'xtaysan, yo bo'lmasa sen, seni biz toshbo'ron qilamiz, yo chiqarib yuboramiz qishlog'imizdan deyishdi. Lut alayhissalom. Buni biz nimasini o'tib chiqsasiz. Xuddi shunday bu bayon bo'ldi. Nima uchun Yusuf alayhissalomni pok ekanligi bilingandan keyin uni qamoqqa tashladi desa, aytishdiki, birinchidan aziz o'zini va oilasini va ayolini bu narsani Yusufga tuhmatni og'dirib, tuhmatni Yusufni ustiga yopib turib, o'zlarini poklamoqchi bo'ldi dedi. Meni ayolim unaqa emas edi, meni haqiqatdan Yusuf ekan, ko'rdinglar Yusufni qamalganligini dedi. Shuning uchun har bir qamoqqa yoki zindonga zindonband qilingan kishi u bir muttaham bo'lib sifatlanishligi shart bo'lmas ekan. Har bir zindonga tashlangan odam muttaham odamgina zindonda yotadi deyilinmayar ekan. Eng obror kishilar ham mana shunday narsalar bilan zindonga ba'zi bir sabablarga ko'ra tashlanar ekan.
Yusuf alayhissalomday insonning zindonda yotishligi, buning shu tuhmatni haq ekanligi dalil emas u. Shunday Yusuf alayhissalomni tashlashni maqsadi o'zlarini biz pok insonlarmiz demoqchi bo'ldi. Ikkinchidan, odamlarning orasidagi shovqin suronlar, mana shu voqealar, odamlar orasida so'z bo'layotganida, shu so'zni kamayishlikning bir sababi Yusuf alayhi salomni shu joyda yo'qotib turish kerak edi. Buning bir yo'li uni zindonga tashlashligi. Mana shuning uchun dedi Yusuf alayihissalomni zindonga tashaishdi. Vada xola ma'ruf sijina fatayani qola haduhi ma'inning aro a'si ruham ro. Yusuf alayhissalom zindonga kirishi bilan, Yusuf alayhi salom bilan birla ikkita fatayan. Bular xizmatchilar. Yosh yigit ekanligi, g'ulomlik vaqtiga dalil qiladi. Ikkita yosh yigit, o'spirin va bular g'ulom ekanligi, xizmatchi ekanligi. Ba'zi tavsiyalarda bu kim ekan? Bular o'sha Misrning qasrdagi xizmat qilib yurgan kishilardan ikkitasi, ular ham Yusuf alayhissalomni hibsga kirdi. Zindonga tushdi. Yusuf alayhi salomni zindondagi tarixini ko'proq gapirmadi.
Lekin buni ba'zi tafsilotlarda aytadiki, Yusuf alayhissalom zindonda yotgan vaqtida ham da'vatdan chalg'imagan. Faqat da'vat qilib, odamlarga yaxshilik qilib, ehson qilib, bu kasallarni ziyorat qilib, qo'lidan kelgan yaxshiliklarni qilib zindonda ham muhsinin degan nomni oldi. Muhsinin eng yaxshiligini ayamaydigan inson degan nomni zindonda oldi, Yusuf alayhissalom. Yaxshi inson har qayerda yaxshi bo'lib ketaveradi. Yomon inson tog' ustida o'tirsa ham yomon bo'lib qolaveradi u odam. Uning muttaham ekanligi o'zining davrida yashirinib turadida, o'zining davri o'tgandan keyin tarixlarda uning muttahkam ekanligi yozilib boraveradi. O'zi shunaqa inson edi deyiladi.
Mana shu yusuf alayhissalomni ikkita kishi yusuf alayhi salom bilan birga kirdi. Ulardan biri ikkovlari ham tush ko'rishdi. Ular tushlarini Yusuf alayhissalomga kelib aytyapti. Yaxshi ko'rgan kishisiga kelib aytadi albatta. Tushni. Dushmaningizga borib tushishingizni aytmaysiz. Bu insonning tabiatida shu. Biz tushlarini aytish aytmaslik borasida avvalgi darsda aytganmiz.
Yusuf alayhi assalomni oldiga kelib, ikkitasi ko'rgan tushini ayta boshladi. Birovlar aytdiki, qola ahaduh humayinni aroniy asiy ruhom ro. Biri aytdi men tush ko'rdim, tushimda bir uzumlarni siqib, sharobini chiqarayotganligimni ko'rdim dedi. Ikkinchisi aytdi, men tush ko'rsam tushimda, boshimda sevyatda bir nonlarni ko'tarib turibman ekan, qushlar kelib o'sha nonlarni yeyotganligini ko'rdim dedi deydi.
Na bitavilixi inna norokamin al muhsin. Mana shu tushni ta'birini aytib bering deydi yusuf alayhissalomga. Biz sizni muhsinlardan ko'ryapmiz, ya'ni qamoqning ichida eng yaxshi insonlardan biri siz ekanligingizni ko'rib turibmiz dedi. Qolalayati kuma toamin turzaqonixi illa na bitavilixi qobil an ya'ti kuma. An ya'tiya kuma. Yusuf alayhi salom ularga shoshmadi.
Bu tushni to'g'ridan to'g'ri aytsa, bir odam hayolingizga keladi, shu tush durust aytdimi, shu aytganday bo'larmikan yo bo'lmasmikan degan ikkita gumon bo'ladi odamda. Shu gumonni yo'qotishlik kerak. Odamdagi shu. Tushni ta'bir qilib berganingizdan keyin shu ta'birdagi tushingizdaqa chiqishligiga ishonover deyishligingiz kerak. Men aytgan ta'bir shu tushning yechimi daqa bo'ladi seni tushing deb, unga ishonch kirgizishingiz kerak. Yusuf alayhissalom shu ishonchni qanday kirgizdi?
Ovqat orqali. Albatta. Yusuf alayhissalom shu turishnikiga ishonchlilik, tirilishlikdagi nimasi, ularga aytdiki, sizlarga har qanday, qanaqa taom kelmasin, xoh u zinlonda bo'lsin, xoh uyinglardan, o'sha nima taom kelishidan avval men aytaman, ko'rmay turib taomni aytib beraman. O'sha men aytganqa taom sizlarga keladi dedi.
Sizlarga hali kelmay turib shu taomni nima kelishini aytib beraman deydi. Bu Alloh Taoloni menga o'rgatgan ilmi bu. G'oyib ilmini Alloh Taolo menga mo'jiza qilib berdi, bildirdi. Shuni aytaman, shu qanday bo'lsa shunday keladi. Ana shuni ko'rganda sizlarga aytgan tushimni ta'biriga ishonasizlarmi dedi. Shu vaqtda ular ha shuni, agar shunday bo'lsa seni aytgan tushingni ta'biriga biz ishonamiz deyishdi. Shundan keyin mana falon vaqtda bunaqa ta'om keladi sizlarga deb, aytganidaqa ta'om keldi.
Falon voqea bunaqa taom keladi dedi, aytganidaqa taom keldi ularga. Bu narsani ko'rgandan keyin odamda shubha qilmaydi aytgan narsasiga. Yana ham unga bo'lgan ishonch ko'payadi. Bizda oddiy bir polbinlarni aytganiga ba'zi so'z to'g'ri bo'lib qolsa hali ishonib ketib qolyapti yu odamlar. Hammasi. U payg'ambar emas, boshqa emas. Bir yolg'onchilarni nimasiga. Ana shunday bo'ldi. Va alaykumimma allamane robbiy, yusuf alayhissalom shu yerda haligini ko'rganidan keyin, bizda shunday narsa berilsa, daram u narsani o'zimizni foydamizga hal qilib olamiz.
Bitta bir karomat bo'lib qolsa, bir yaxshi bir narsa bo'lib qoladigan bo'lsa, nima qilamiz? Darrov o'zimizni poydamizga halqib olamiz. Misol, bir odamni o'qib, bir jinni chiqib qoladigan bo'sa, daram uni suratga olib, mana men jin chiqarganimni ko'rdinglarmi, mana bu bir karomat deb reklama qilib tarqatib yuboramiz internetni. Darrov odam ko'paytirib, klient ko'paytirib turib, uni bir biznes nimasiga aylantirib olamiz.
Foydamizga ishlatib ketamiz da tez. Ha u yusuf alayhissalom bu narsani o'zini foydasiga ishlatmadi. Mana ko'rdinglarmi meni deb turib, Yusuf alayhi salom tushni aytgan vaqtda bildi nima bo'lishini. Biri qanaqa bo'ladi, biri qanaqa boradi, ikkovini tushini hal qilib qo'ygan edi. Lekin darrov foydasiga ishlata, eng birinchi Allohni da'vatini shu yo'l bilan boshladi. Aniq ishontirib, Yusuf alayhissalomga ishonchni hosil qilib olganidan keyin, keyin boshladiki, valika min ma'allamani, mana bu narsa menga Alloh, Rabbim o'rgatgan narsa. Buni men o'zimcha o'rganib nima qilganim yo'q. Yo jinlar orqali Alloh buni menga berdi. Chunki men taraktu millata qovmin la yu minunabilla, Allohga iymon keltirmagan, oxiratga kofir bo'lgan qavmning millatini men dinini tashlaganman deydi. Men ularni dinini tashladim. Faqat Allohga iymon keltirdim. Shuning uchun Alloh Taolo mana shu narsani menga berdi, deb turib Yusuf alayhissalom bularga da'vatni boshladi.
Inn taraktu vattabah tumillata aba ibrohim men otalarimning yo'li bo'lgan Ibrohim, Is'hoq, Ya'qub alayhissalomning yo'llariga ergashdim deydi. Haqiqatdan ham agar dadalarning yo'llari haq yo'l bo'ladigan bo'lsa, u narsa faxr bilan zikr qilinishligi da'vatda katta nimasi bo'ladi, uning ta'siri bo'ladi. Ta'siri chunki odamlarga biz ota boboni yo'lidamiz desangiz hamma qabul qiladi. Men ota bobomni yo'liga kofir bo'ldim. Men faqat Allohni yo'lidaman va Payg'ambarni yo'lidaman desangiz, e bu ham deydi aynabdi deydi.
Shunday ota boboni yo'lini tashlab Alloh bilan Payg'ambarning yo'liga ergashib ketibdi deydi. Shuning uchun buni ham bir katta ta'siri bor. Shuning uchungi uchun ota boboning yo'lidaman deyishligidagi ham gapi ham, ularga agar haq yo'l bo'ladigan bo'lsa, hamma ota bobosining yo'li haq bo'lsa, shularning yo'li bo'laveradi. Chunki ularning yo'li ham Alloh Rasulining yo'li bo'lsa. Men ota bobomning yo'lidaman, millatidaman, dinidaman. Is'hoq, Ibrohim, Yoqublar. Makana anna nushrik billahi min shayyin, la lekam min fobdeillahi alayna va alannas, va la kelinna khtorannat la yashkurun.
Bizga Alloh Taologa biror narsani shirk keltirishlik mumkin emas dedi. Biror narsani Allohga shirk keltirmaymiz. Bu Allohning fazli, bizga demak shirk keltirmaslik, tavhidda, to'g'ri yo'lda yurishlik Allohning fazli deyapti. Va jamiyat odamlarga berilayotgan fazli, payg'ambarlarga berilgan fazl eng katta buyuk fazil, demak tavhid. Insonlarga berilayotgan eng katta Allohning fazli tavhidda yurishlik. Lekin bunga ko'p odamlar shukur qilmaydi dedi. Bunday qaraydigan bo'lsangiz, arzimaydigan bir narsaga erishib qoladigan bo'lsang siz, bir joyda o'qidingiz, bir diplom oldingiz. Endi o'zingizni xursandchiligingizga sig'may ketasizki, o'zingizni u yoqqa bu yoqqa otib, mana mana shunday bir narsaga yetdim deb turib, xursand bo'lib ketasiz.
Yo bo'lmasa bir qiynalib yurib bir mashina olib qoladigan bo'lsangiz, Allohga shukur, beadad shukur, shunga erishtirdi meni, yetdim. Bir katta yutuqqa yetganday bo'lib turib o'zingiz tasavvur qilasiz. Lekin bir tavhidni, shirkni bilib turib, Allohga shakur, shu shirkni men endi o'rgandim, uni tashladim men, men tavhidni o'rganddim deb, bir odam u narsalarga shukur qilishi judayam kam bo'ladi. Judayam kam odam bunga shukur qiladi.
Yusuf alayhissalom da'vatlarini aytgandan keyin ularga qarab, yo sahiba yesidjin, a arbab mutafarriquni xayrun aminah va hidul qahhor. Ey qamoqdagi birodarlar dedi. Qamoqdagi birga yotgan kishilarni aytdi. Bu tarqoq rabblar yaxshimi dedi. Arbob xudolar yaxshimi? Yoki bir yolg'iz Alloh Taolomi dedi. Ya'ni ular sig'inadigan narsalari hammasi har xil narsaga sig'inadi. Har biri yomg'ir uchun alohida but ushlagan. Farzand uchun alohida butlarni ushlagan. Hamma har xil narsalarni o'zlariga iloh qilib ushlagan edi. Mana bu narsa tarqoq tarqoq ilohlar yaxshimi? Yomg'ir so'rashingiz uchun ming km bir joyga borib bir butdan so'rab kelishingiz kerak. A? Farzand so'rashingiz uning uchun yana bir joyga ketib so'rab kelishingingiz kerak. Mana shunday hamma har qayerga borib so'rash kerak. Ana undan ko'ra bitta Allohda turgan joyingizda so'rab, so'ragan narsangizni berishlik yaxshi emasmi?
Ma ta'buduna min dunihillah asma san maytumu ha'an tum va abaukum. Bu sizlar ismlab olgan ismlar, falon but, kazon but, hammasini ism qo'yib qo'ygansizlar. Otlar bilan belgilab qo'yib quygansizlar. Bu ismlar faqat sizlar va sizlarning otalaringlar ismlagan otlar bo'ladi. Alloh Taolo bu narsalarga o'zining huzuridan bir hujjat tushirgan emas bunga deydi. Hamma ismlangan ismlar, insonlar o'zlarini orasida, buni ismlab olishadi va shularga borib sig'inadi, talpinadi, so'raydi. Hech ham foydasi yo'q u ismlarni. Chunki Alloh Taolo ularga hujjat bir burxon tushunmagan edi. Hukm Allohnik, Allohning hukmi Allohnik. Allohning hukimi bo'ladigan bo'lsa, Alloh Taolo nimaga buyuryapti? Faqat o'ziga ibodat qilishga buyuryapti. Faqat yolg'iz Alloh Taologa ibodat qilishga buyuryapti.
Mana shuncha da'vatlarni aytgandan keyin inson butun da'vat bilan da'vat qilib turib, haligi odam so'rab kelgan narsasini aytib bermasangiz, sizni shuncha gapirgan gapingizni u odam haligi miyasining bir qisman bir bo'lagi sizni gapingizda turadi da, miyaning aksariyat bo'lagi javobini izlab turadi. Shu gaplarni ichidan meni javobim chiqarmikan, yo'qmikan deb turadi. Agar shu javobni bermasangiz, siz dunyoni hamma yaxshiligini zikr qilsangiz ham qabul qilmaydi. Haligi javobda turaveradi.
Haligi kichkina o'zining qo'yib qo'ygan javobida turadi. Shuning uchun Yusuf Alayhissalom shu shuncha da'vatlardan keyin haligi javob bilan kam joyini to'ldirib qo'ymoqchi bo'ldi. Ularni so'ragan javobini aytdi. Yo sohibangiz siz uchun amma ahad ukuma fayaz qiy robbaho hamroh, ey qamoqdagi birodarlar dedi. Bu sizlarni bittalaringlar dedi. Haligi sharob aroqni bir siqayotgan tushni ko'rgan odam bu yerdan najot topib chiqib, borib o'zining qasrida o'zining podshohiga sharoblarini siqib berib turadi dedi. Va ammo ikkinchinglar dedi, boshida nonni ko'tarib turgan qush cho'kayotgan, qush yeyotgan ikkinchinglar bu osilib o'ladi va uni tepasidan qushlar kelib cho'qiydi dedi. Bu gapni eshitgandan keyin ikkinchisiga bu yaxmat. Yaxmatli aytdi, men unaqa tush ko'rganim yo'q dedi.
Men unaqa tish ko'rganimyo'q dedi. Dedi. Degan edi Yusuf alayhissalom aytdiki, ko'rdingmi, ko'rmadingmi? Qu deganlar amrullaviy, fiyhi tasdaf degan. Sizlar so'ragan narsa bo'ldi, hukmi bo'ldi dedi. Allohni oldida yozilib qo'yilgan shu narsa. Bu endi bajariladi dedi. Vaqolali la di zonna anna hu najin min hu ma zaka uzkurning inda robbiy fansa hu shayton zikra robbiyhi. Falabi te fizj ni bit asinin. Yusuf alayhi salom allaviy zonna fiy zonna anna hunajin. Bu yerda arab tilida nozik bir iboralar keladi. Ba'zi odamlar bu narsalarga nima qilib qolmasligi kerakki, zonna degan gapni gumon qildi, o'yladi, xayolida o'tkazdi degan ma'nolarni anglatadi. Nimaga Yusuf alayhissalom buni gumon qildi? Uni chiqishligini, najot topishini, tepada ta'birni aniq aytib beraman deb turib dalillar bilan aytgan edi desa, bu zonna bu yerda aniq bilgan kishi degan ma'noni ifodalaydi degan ekan. Yusuf alayhissalom o'ylab gumon qilmadi. Buning aniq najot topishini bilganidan keyin, haligi ikkinchisini aniq najot topib, podshohning oldiga ketishini bilganidan keyingi, Yusuf alayhissa salom haliginga qarab, ifkorniy inna robbik, ikkita kalima aytdi. Robbingni oldida, ya'ni podshohning oldida, o'zingning xo'jayiningni oldida bir meni eslab qo'y deydi.
Faqat ikkita kalima aytsin. Sen xo'jayiningni oldida meni eslab qo'y. Alloh taologa bo'lgan bog'lanish uzildi. Shu o'sha joyda bir eslasa yu, shu odam bir o'rtaga bir sabab bo'lib kirib qolsa yu, shu joydan meni bir chiqarib yuborishlikka bir sabab bo'lib qolsa degan ma'noda va buni ko'rsatgan mo'jizasi, taomni kelmasdan avval aytib bergan mo'jizalarni, shu yerda men shunday odam bilan ko'rishgan edim degan bir gaplarni aytsa yu, shu ilinj bilan aytilgan gap bo'ldi. Fayansa hush shayton, shayton esdan chiqartirib yubordi haligini. Alloh taolo hali uzdi, Alloh taolo bundan aloqasini uzib, necha yil yetti yil ba'zi rivoyatlarda va ba'zilarida undan ham ko'p. Qamoqda qoldi. Bittasining degani uchdan to'qqizgacha bo'lgan ma'noda. O'shancha yil nimada qoldi? Qamoqda qildi. Mana bir marta aloqani uzishlik bilan yetti to'qqiz yilning orasida Alloh taolo uni tashlab qo'ydi. Bir marta Alloh taoloni esdan chiqargani yo'q. Esdan chiqarib yuz foiz, faqat haligi Alloh taoloni emas, haligi odamdan umid qilib qolgan edi. Umid qilganligi uchun. Hozir qancha narsa umid qilyapmiz?
Bir narsa bo'lsa darrov telefonga yuguramiz. Ismini izlaymiz. Buni hozir falonchi yechib yuboradi deymiz. Alloh saqlasin, hozir yechadi deymiz. Buni hal qilib beraman men deymiz. Allohni so'ra, bir ikki rakat namoz o'qib kelgin, Allohga bog'langin deyish yo'q bizlarda. Bizlar birinchi bo'lib turib mahluqga, bandasiga suyanamiz, bandasidan umid qilamiz hamma narsani. Bir insonlardan umid qilib turamiz. Aytamizki, farzandimni o'qityapsiz deymiz. Nima qilmoqchisiz desa, yetti yildan keyin o'qishni bitirib chiqsa, falon joyda tanishim bor, o'sha ishga kirgizib qo'yadi deymiz.
Hali yetti yildan keyingi narsaga birovni umid qilib turibmiz bizlar. Hozirgi narsaga emas. Qamoqda o'tirganimiz yo'q biz zindonda. Shunday holatda biz Alloh Taolodan nimani uzib, aloqani uzib turib, maxluqga shunaqa bog'lanib ketganmiz. Mana bu bir katta bir tarbiya insonni, ey inson, ko'zingni och, Yusuf alayhissalom bitta kalima bilan nima bo'ldi deyapti.
Mana Muhammad ibn Sirin rahmatulloh alayh tobinlardan bo'lgan. O'tirib. Tobinlardan tobinlardan bo'gan. Bu bitta kalima biz ahamiyat bermaymiz, lekin inson bir kalimani unga ko'ngil bo'lmasdan gapirgan kalima, uni insonni nima qiladi degan, jannatdan yetmish yillik masofa uzoqlashtiradi degan.
Yetmish yillilik masofa jannatdan uzoqlashtirdi uni. Muhammad ibn Sirin tobinlardan, anasi ibn Molik, sahobiylardan, oxirgi vafot etgan sahobiylardan biri hisoblanadi anasi ibn Moliy. O'shanda aytgan ekanki vasiyat qilib, men o'lsam, meni jasadimni degan shu Muhammad ibn Sirin g'usl qilib, o'sha yuvsin degan.
Shu yuvsin deb turib, shunga vasiyat qilgan. Shunda vafot etganidan keyin haligi Muhammad ibn Sininni izlashsa, qarasa, Muhammad ibn Silin qamoqda ekan. Qamoqda. Shu borib, qamoqda xalifalar bilan gaplashib, Muhammadil Nasirini olib kelishdi bir vaqtga, shuni yuvib berishlik uchun. Shunda olib kelib, haligini yuvayotganda so'rashdiki, sizday ulug' bir inson, sahobiylar sizdan umid qilyaptiki, yaxshi bir inson meni jasadimni yuvsin deb, nima qilib, qanday qilib qamoqda o'tiribsiz degandi. Qirq yil avval gapirgan so'zimni jazosiga men qamoqda o'qirman dedi. Qirq yill avval ular gunohlari qayerdan kelayotganini bilardi deyishadi. Qaysi gunoh sababli nima kelyapti? Qaysi gunoh sabobli bir balo qaysi tarafdan kelyapti, shuni biladi. Bizga shuncha ko'p balolar keladi da, qaysi gunohdan ekanini bilmaymiz. Nimaga gunoh ko'p da. Gunohni sanay olmaymiz. Ammo savob amallarini kelgan vaqtda o'zi barmoqlar ham yetadi sanashga. Savob. O'zi ozgina yaxshi savob. Gunoh juda ham ko'p. Shunda aytdiki, qirq yil avval qilgan gunohim sababli shunday bo'ldim dedi. Nima gunoh qilgan edingiz deganda, bir insonni ko'rganimda, ey muflis, ey gado deb haligini haqorat qilgan edim dedi. Haligini bir kalima, ey gado degan edim, Alloh Taolo meni shunga balo, ibtido qildi.
Odamlardan qarz olib, qarz olib to'lay olmasdan, ular qog'oziga shikoyat qilib, shu sababli hozirgi kunda hibsda o'tiribman dedi. Qarzlarni to'lay olmagansiz dedim. Ko'rdingizmi? Qanchalik bir insonning chiqayotgan kalima insonni shunchalik darajada nima holatlarga tushirishi mumkin. Yusuf alayhissalom zikrli endi robbik, sen o'sha poshshoningni oldida meni bir eslab qo'y degan gapi nimalar bo'lib ketdi. Qamoqda yana ham qolib ketdi.
Alloh Subhanahu va Taolo Yusuf alayhi salomga buni bir dars qilib, Yusuf alayha salomiga saboq berib qo'ydi. Dars. Bu yerda ba'zi rivoyatlarda keladi. Shu vaqtda Jabroil alayhissalom keldi deydi. Jabroil alayhi assalom kelib Yusuf alayhi assalomga, ey Yusuf, seni akalaring o'ldiramiz deb turgan vaqtida, akalaringni qo'lidan kim qutqardi deydi. Yusuf alayhissalom Alloh deydi. Seni quduqga tashlashgan vaqtda, quduqni suvini yo'qotib, Alloh Taolo toshni chiqarib qo'ydi, uni ustida turding. Kim qutqardi shunda deydi. Alloh deydi. Yusuf alayhi assalom. Senga ayollar fohishalikni talab qilib turgan vaqtida, sen Allohga iltijo qilib turding, Alloh Taolo seni shundan saqladi, shunday emasmi deganda ha ha haq deydi. Alloh Taolo saqladi deydi. Bugungi kunda dedi, nimaga sen Allohni qo'yib maxluqqa o'zingni bog'layapsan dedi. Shuncha narsalarni ko'rib turib, qanday sen endi Allohni qo'shib maxluqqa bog'lading dedi. Hasan al basriy rahmatulloh alayh qodir rasululloh laulaka kalimat yusuf, hasanbasida aytar ekanki, payg'ambar alayhissalom manaqa deb aytardi. Agar Yusufni urf ko'rning in idorabdek, Yusuf haligi podshohni oldida meni bir eslab qo'y degan so'zni aytmaganida, shuncha yil qamoqda qolib ketmardik degan gapni aytgan ekan Payg'ambar Yusuf.
Shu gapni aytmagan edi, yusuf alayhissalom shuncha yil qumoqda qolib kelib ketmagan bo'lardi degan so'zini aytganidan keyin hasanbasida yig'lar ekan hasanbasida. Yig'lab turib aytar ekanki, va biz na hanuyan zilbina l amru fanashku ilannas, qancha qancha musibatlar, qancha ishlar bizni boshimizga yog'iladi yu, biz hammasini insonlarga borib shikoyat qilib, insonlarga dardimizni aytamiz, insonlarni umid qilamiz. Bizlarniki nima bo'lar ekan deb yig'lar ekan. Qarang chi, mana Alloh. Qancha qan cha ishlar boshimizga tushadi. Buni hammasini insonlalarga boramiz yechimiga. Biror marta bir ishni qilyotganda Allohga bog'lanib, Alloh senga topshirdim mana shu narsani deb qilmaymiz. Hammasini maxluqni izlaymiz, insonni izlaymiz. Yechib beradi deb. Bizniki nima bo'lar ekan deydi.
Bir necha kunlar, zamonlar, yillar o'tib ketdi. Haligi voqeadan keyin. Bir kuni podshoh, eng katta podshoh qasrda uxladi. Uxlaganidan keyin tush ko'rdi. Mana shu tushni Alloh Taolo Qur'onda zikr qilyapti. Voqolal maliku innix orosabaabaqorotin simanin yakkulunna sab'un ijod vasabu alayhissum bulatin xuduring va uxariya desa, ya yu halmala oftuniy fiy ruyuya ya in kun tinmli ruyuya ta'biru. Podshoh tush ko'radi. Tushida uyg'onsa, haligi tushda ko'rganim, yettita sigirlar, semiz sigirlar, yettita oriq sigir kelib haligilarni yeyapti. Semiz sigirlarni. Va yettita ho'l boshoq donning boshoqlari va yettita qurib ketgan boshoqlarni ko'rdi. Qurib qolgan.
O'rnidan turdida haligi ko'rgan tushni darrov malo deb xalqni aytadi. Bo'lib ham katta boy kishilarni aytiladi. Voy xalq dedi. Qasrni ichidagi kattalarni aytilyapti. Voy kattalar dedi. Men mana shu tushni ko'rdim, meni tushimni endi bir yechib beringlar, avtuniy, patvosini aytinglar dedi. Bu tush nima bo'ladi endi?
Deb so'radi. So'raganida, sizlar agar tushni ta'birlarini ayta biladigan bo'lsanglar, mana shuni aytinglar chiqani dedi. Podsho endi qasrdagilarga tushini aytdi. Ko'rgan tushini. Podsho uxlab yotib bir tush ko'rdi. Shu bir tushni aytgan edi, butun qasr halovati ketdi. Butun qasr o'sha tush bilan ovora. Qanaqa qilib endi bu podshohni ko'nglini topsak u, shu tushni bir yaxshi bir nimasini aytib bersak u, shu biz aytganga o'xshagan bir yaxshilik bo'lsa deb, hamma qasr podshohni ko'shnini ovlash bilan ovora. Bir tush ko'rgan tushga.
Bir ulug' bir payg'ambar, siddiq bo'lgan bir payg'ambarni, Allohning bir yaxshi ko'rgan bir payg'mbari. Harq bo'lib turib, zindonda necha yildan beri yotibdi yu tuhmat bilan, biron inson uni bilan ovora emas. Biron inson uni bo'lgan ovora emas. Hech kim eslamaydi ham, esidan ham chiqarib yubordi uni.
Hech kim eslaydi. Qol u adg'af u ahlamin va mana hnubitaviy lel ahlam bi alimin. Ular aytdiki, bu bir chala nima deydi, chalkash deydi, avg'od ahlam deb turib, o'sha avg'od ahlan chalkash tushlar. U chalkash tushlar, bunaqa tushlarni biz tabiiylarni ayta olmaymiz deydi. Aytgan bilan ham to'g'ri kelmaydi buni tabiiylar deydi. Bu tushni ma'nosi yo'q bir tushlar deydi. O'tirganlar shuni aytdi.
Shuning uchun inson o'zining ilmi yetgan narsa bilan bir inson bir hadisdan yuzta foyda chiqaradi. Bir inson bir hadisni o'qib o'zi bitta foyda chiqadi. Bir inson shu hadisni o'quv ham tushunmaydi. Shuning uchun insonlar o'zining darajalarining manzillatini bilib yurishlik kerak. O'zini darajasini bilmagan inson, o, katta hadislarni charxlayotgan kishilar bilan solishib, olishib, oyoqlarini tortib yurmash kerak da.
Haligilar biz bu tuyushlarni hech qanaqa foydasi yo'q. Bu chalkash tuyushlar deb aytdi. Qolilladiy najamin huma, bularni shunday deb turgan edi, haligi qamoqdan zindondan chiqqan kishi Yusuf alayhissalomni eslab qoldi. Yusuf alayhi salomni eslab qoldim. Haligilarni najot topgani deyapti Alloh Taolo. Podshohni oldida o'tirganim vodda karadada umma deydi. Bada umuman bir necha yillardan keyin Yusuf alayhissalom esladi. Bir necha yilllardan keyin yusufalaysalom eslatdi da, ana uni bi ukun bi taviy lihi fars ilohim. Men buni tushni ta'birini men topib kelaman sizlarga deydi. Men aytib beraman shuni ta'birini, meni yuboringlar Yusufga deydi. Qamoqqa kelgan menga ruxsat beringlar kirishga deydi. Subhanalloh odamning tabiati shunday bo'ladi, insondagi tabiat.
Sal darajangiz, martabangiz, mansabingiz ko'tarilgandan keyin, kechagi bir qattiq nonni bo'lishib yegan do'stingiz esingizdan chiqib ketadi. Mansab sal ko'tarilgardan keyin, kecha birla yurib, birla o'ynab, birla qattiq nonlarni yeb, qiyinchilik vaqtlarida birla bo'lgan odamingizni unutib yuborasiz. Shuning uchun ba'zi insonlarni shunchalik darajada bo'lar ekanki, bir dadasi kulolchi bo'lib o'ssa, soqoldan har narsalar yasab, loydan yasab o'tsa, yo bo'lmasa bir etik do'st bo'lib, odamlarni etiklarini tikib o'tgan bo'lsa da, keyin hammani ichida nima deydi, falonchi etik do'st degan nom chiqadi. To'g'risi mi? Yigirma yildan buyog'iga etik tikib o'tadigan bo'lsa. Ana endi falonchi etikdo'st deydi. Halol mehnat bilan chaqalab, tiyinlab, topib olib kelib yediradi farzandlar. Alloh taolo bir farzandiga endi mansab berib, ovruq berib, juda ham katta mansabdor bo'lib ketadigan bo'lsa, keyin bir shunday majlislarda, kattalarning majlislarida o'tirganda, ye siz dadangiz haligi ko'chada bozorning chetida o'tiradigan etik do'stmi desa, yo'q, men dadam emas deb yuborar ekanda.
Yo'q, mendadam emas deydi ekanda. Shunchalik mansab, shunchalik narsa insonni nima qiladi, insonni o'zgartirib yuboradi ekan. Shuning uchun payg'ambar alayhissalom o'zining dadasidan boshqaga iddao qilgan kishini alloh la'natlasin degani xuddi mana shu nomi. O'zini dadasidan boshiga iddao qilganni, men dadam emas, men dadam boshqa deb turib, hokazo, hokazolar deb darrov o'zini kattaroq qilib ko'rsatkich kelib ketadi. Haligini o'ziga or nomus deb biladi. Ana shu etikdo'st bo'ladimi, ko'cha supurgich bo'ladimi, ha shu meni dadam shu. Deb turib faxrlanish kerak inson dadasi bilan.
Dadasi bilan faxrlanishlik kerak. Bir necha yillardan keyin eslat. Yana ikkinchi tabiati, insonning tabiati sizga haligi bir nima vaqtlarda odamni daram esdan chiqarasiz, lekin muhtoj bo'lgan vaqtida haligi insonlar endi esingizga keladi. Muhtojlik insonni eslatadi. Yana ham bo'p turib bir mansabga ega bo'lib ketishlik, bu tuzishni aytib berishlik bilan katta bir martabani oladigan bir darajada turibdi haligi odam. Podshohga to'g'ri tuzishni aynitib berishlik bilani. Shu vaqtda Yusuf alayhissalomni esladi. Necha yil eslamagan odamni. Ya yusufu sid. Ayyuha siddiq, aftina fi sabbi baqorotin simanin yakuluhun nasabun ijod. Yusuf alayhi salomni oldiga keldi. Juda ham tez kelganligini. Shunchalik tez, bir kundan keyin, o'n kundan keyin. Bir yildan keyin borarman demadi. Juda ham bu o'ziga foydasi bo'lsa tez kelar ekan odam. Foydasi bo'lsin yetti yil o'tib ketadi, to'qqiz yil o'tib keladi, esdan chiqib ketar ekan.
Shuning uchun birov bilan bir narsa gaplashayotganda bu joyni sizga ham bir foyda joyi bor deb qo'ysangiz, tez ishing sal bo'lib ketaveradi. Tez, sizga ham foydasi bor, ozgina foydasi bor. Tezroq keling faqat desangiz keladi. Yo'q, faqat meni bir ishim bor, maslahatlashmoqchiman desangiz kelmaydi. Tez keldi. Yusuf alayhissalomni oldi. Kelib turib Yusuf alayhi assalomga qarab, Yusuf u ayyuha suddiyq dedi. Hey Yusuf! Ayyuha suddiyyq, subhanalloh. Alloh taoloning Qur'onidagi iboralarini, hey rostgo'ylarning rostgo'yi dedi. Subhanalloh. Kechagina Yusuf alayhissalom muttaham bo'lib, tuhmatlanib, o'zining xo'jasining ayoliga xiyonat qilgan eng bir yaramas insonga aylanib, eshakka mingizib, bozorlarni eshakka teskari o'tkazib, bozorlarini aylantirib, ey odamlar, mana bu Yusuf g'ulom, bu bir qul, o'zining hojayiniga nonko'rlik qildi, yoshligidan boqib, kattaytirgan hojayiniga o'n ikki yoshida olgan o'n yetti yoshida qamalyapti. Shu xo'jayiniga nima qildi, xiyonat qildi deb bozor aylantirilganda biror odam, ey siddiq bu, deb chiqqani yo'q oldiga. E bu to'g'ri, bu rostgo'y deb hech kim chiqqani yo'. Hech kim uni himoya qilgani yo'q. Lekin bugun ish tushgan vaqtida rostgo'ylarni rostgo'yiga aylandi.
Ey Yusuf, rostgo'ylarning rostgo'yi deb keldi, subhanalloh. Hech kim, ey to'xta, nima deyapsan? Bunaqa gap yo'q bu yerda, bu to'lmat qilingan, buniki haq deb hech kim aytmayapti. Ko'rdingizmi? Ey rostgo'ylarning rostgo'yi deyapti. Bizga yettita mana shu sigirlar, semiz sigirlar, yettita oriq sigir kelib yegan tuyish va yettita boshqa, ho'l boshqa qiladi, ko'k boshqa qilar. Va undan yettita quruq boshoqlarni ko'rganligi, mana shu tuishni ta'birini aytib bergin bizga deydi. La alli arju'ilandan sila allam ya'lamun, men shoyadki insonlarga qaytsamda, buni xabarini ularga aytsam deydi. Ularga tezroq borib shuni xabarini aytsam. La allahum ya'lamun, ular bu narsani bilishsa deydi. Ba'zilar bunda la allahum ya alamun, mana shu tuvushning ta'birlarini ular bilishsa degan. Ba'zilar shoir sizni aytgan ilmingizni, makonatingizni ulug' darajada ekanligingiz, sizni to'g'ri tuzishni ta'bir qilishlik makonatingizni ular bilishsa degan narsani aytishgan. Mana shuni bilishsa edi degan. Yusuf alayhissalom subhanalloh. Yusuf alayshissalom shu yerda mana endi qo'l kelib qoldi deyman edi da.
Mana endi ish tushib turibdi. Endi nimadan, qamoqdan, zindondan qutiladigan vaqt keldi. Demadi. Bildi bu tushni kim ko'rganini ham bildi. Podshoh ko'rganligi haqida. Lekin kim ko'rdi bu tushni? Podshohmi? Tez ayting, mana shunday, yo bo'lmasa meni chiqarib olsin, undan keyin aytib beraman. Oldiga borib olay, oldida aytaman bu tushni demadi da. A? Biz bo'lsak darom, bir odam, kattaroq odam bo'lsa, uni tezroq yoniga borishga harakat qilamiz. Kichikroq odam bo'lsak, undan tezroq qochishga harakat qilib. Yusuf alayhissalom bularni so'rab ham o'tirmadi da. Kelib so'ragan narsasini javobini aytyapti. Sizlar yetti yil dedi, da'ban, ketma ket yetti yil dedi, ekin ekasizlar dedi. Yetti yil ekin ekasiz. Va men hasaddim fazar ufiy sunbuli. Sizlar o'rib olgan ekininglarni o'zini sunbulida, ya'ni donlarni haligi nimasi bo'ladi yu uzun, o'shanisi bilan qoldiringlar dedi. Ya'ni chiqarib olmanglar donini dedi. Nimagaki, shu bilan qoladigan bo'lsa ko'proq yil haligi nima qilib ketmaydi, ko'kalib ketmaydi, saqlanadi. Agar donni o'zi chiqarilib olinadigan bo'lsa, don tezroq nima qiladi, ko'karadi, boshqa bo'ladi. Shunisi bilan qoldiringlar dedi. Ekkan narsanglarni yig'gandan keyin, faqat yeydiganinglarni donini, boshog'ini chiqarib, uni yenglar dedi. Faqat o'zinglar yeydigan narsanglarn.
Summa ya ti min ba deydilar, ista munshida. Yetti yil juda ham mo'l ko'lchilikdan keyin, endi qiyinchilik, qattiq yillar bo'ladi, qahatchilik yillari bo'ladi dedi. Yetti yil. Mana shu yillarning o'zi sizlar taqdim qilgan yetti yig'gan narsanglarni yeb tugatadi dedi. Yillarning o'ziga yuboradi dedi.
Illa qolinglar minma tuxsinun. Faqat sizlar ekadigan urug'likni ozginasini olib qo'yinglar dedi. Har yiliga ekadigan urug', leyinglarni ozgina ozgina olib qo'yilar dedi. Yusuf alayhissalom mana shu tuishni aytdi. Tuishni ta'biri shu edi. Lekin bunga ziyoda qilib Yusuf alayhissalom Allohning bildirgan ilmi bilan, g'ayb ilmini Alloh Taolo bildirib, yana bir yilni qo'shdi. Yetti yil tushdagi narsa shu edi. Tushdan tashqari bir yilni qochib turib aytdiki, sun mayat iminbadu dalika amun, fihih yug'otun nas va fihih yaxshigun. Undan keyingi yil, sakkizinchi yiliga shunchalik shunday yil keladiki, unda mo'l ko'lchilik yomg'ir yili bo'ladi dedi. Yomg'ir yillari bo'ladi va u yillarda shunchalik ko'p mevalar, hosillar bo'ladi, hatto mevalarni yeyish bu yoqda tursin, uni suvlarini siqib ichasizlar dedi. Xushxabar endi. Mana shu xushxabarni Yusuf alayhissalom berdi.
Qola almadik yo tun i bihi haligi chopar darrov podshohga borib, Yusuf alayhi assalomdan aytgan xabarlarni aytdi. Aytishi bilan podshoh aytdiki, tez Yusuf o'shani dedi, tushni ta'bir qilib bergan odamni menga olib kelinglar dedi. Olib kelinglar. O'zidan eshitmoqchida endi. Tez olib kelinglar. Uni chiqarishlik yo boshqa qilish maqsad emas. Dat uni bihi, bo'ldi, shu bilan kifoya. Uni olib kelinglar deydi. Falon majahur rasul podshohning haligi chopar elchilari yugurib zindonga keldilar, sizni podshoh talab qilyapti. Endi martaba endi nima qiladi. Podshoh talab qulyapti sizni, dedi. Shunda Yusuf alayhissalom aytdi, erji ila robbiy, podshohga, robbinga bor deydi. Bor xo'jayininga, bor sen dedi. Fasal hu ma'barun nisbatillatih qattani aydiyan, aydiyamun. Qo'llarini kesib olgan ayollar nima bo'ldi ekan, shularni so'rashi dedi. Nima bo'ldik? Ular tan oldimi? Biz qildik deb, shu Yusufni tuhmat qildik deb tan oldimi? Yo hali ham ana shu Yusuf shunaqa bo'lib qamalib ketgan edi degan nimada turibdimi? Nima bo'libdi ekan shularni bir so'rasin dedi. O'sha ayollar nima bo'ldi? Inna robbiy bekaydi hidna alim mening robbim bo'lsa, ularning hiylasini biladi, lekin sening robbing, sening xo'jayining podshing bilarmikan shuni deyapti.
Bir so'rab ko'r chi dedi Yusuf alayhissalom. Mana shu yerda shu yerda Payg'ambar alayhissalom aytganki, vo ajaba Yusufga deganda. Payg'ambar Yusuf alayhissalom shu nimasiga ajoyib Karim ibn Karim, ibn Karim, ibni Karim degan. Eng ulug' zot degan. Va eng ulug' zoting o'g'li Yaqubning, eng ulug' zotiing o'g'li Is'hoqning, eng ulug'sotning o'g'li Ibrohimning farzandi bu Yusuf degan. Shunaqa ulug' zotki degan, agar Yusuf qamalgancha miqdorda men qamoqda bo'lib, keyin bir odam xushxabarni olib kelib, qamoqdan chiqasiz desa, u so'rashi nima bo'libdi ekan deb o'tirib yugurib chiqib ketgan bo'lar edim degan ekan. Payg'ambar alayhissalom. Sabrini aytyapti Subhanalloh Yusuf alayhissalomni. Haqni oxirigacha so'rab surishtirishini aytyapti. Haqni bilishligini. Shundan Yusuf alayhi salom elchini qaytardi. Borgin, so'ragin deydi.
Bu yerda keltiryaptiki, Yusuf alayhissalom aytmadi, azizning ayoli nima bo'ldi? Tan oldimi demadi. O'sha ayollar nima bo'ldiy ekan, shu ayollarni so'rashi deb aytdi deydi. Bu yerga nima uchun Yusuf alayhi salom birinchi bo'lib turib fitnani boshlagan ayol, Zulayhoni aytmadi da, ma balun nisva, o, anavi ayollarning jamoasi nima bo'ldi, qo'lini kesganlar deb aytdi. Nima uchun shunday deb aytdi? Deb so'roq beradi. Nima uchuna shunday deb aitdi? Nimaga podshohga aytmadiki, aziz, sizni yoningizdagi moliyaviy vazirning ayoli shu ishni qilgan edi. Shuni so'rashchi deb aytmadi da. Nima uchuni hali hammasini aytishdi.
Birinchidan hammasi ham talab qilgan edi deydi. Ular ham talab qilishdi. Lekin hamma vaqtda talab qilganlarning ichida eng birinchi talab qilgan odam, gunohga qo'lini urgan odam, u ko'proq jazoga ega bo'lishi kerak. Birinchi shu odam zikr qilinishi kerak. Nima uchun uni zikr qilmadi desa, bu yerda Yusuf alayhissalomning o'zining xo'jasiga bo'lgan odobi deydi. Unga bir yaxshilik qilgan odam, o'n ikki yoshida olib, o'n yetti yoshigacha tarbiya qilgan odamga, shuning nonini yedim, bir kun bo'lsa ham nonini yedim deb turib, shuning or nomusini berkitib turib, e o'sha aziz, shuning ayoli Zulayho deb turib ismlarini ochiq aytmadi. Shunchalik, qarang, qanchalik yaxshilikka, yaxshilik bilan nimani qaytarishlik. Bizda bir insonning yaxshiligini olasiz. Necha yil undan foydalanasizda, bir kun uni oyog'ingiz bilan tap tap etib ketasiz.
Bir kun o'zingiz sal katta odam bo'lib qolganingizdan keyin uni hech kimga ay nima qilmaysiz. Hech narsaga ilmaysiz uni. Mana bu ko'rinamaylikni bir turi shu. Yusuf alayhissalomni mana bu qissalarda olinadigan foydalar juda ko'p. Juda ham ko'p foydalar. Yusuf alayhissalom misol uchun qamoqdan to'g'ri chiqib turib, podshohni oldiga kelib turib, podshohni oldiga kelib turib, mana shu voqeani menga aniqlab bering desa bo'lar edi. To'g'rimi? Nima uchun shuni Yusuf alayhissalom kelib turib, menga aniqlab turing, ey podshoh dema dedi. Borib podshohga borib seni aytlaring. Nima bo'ldi ekan shu ayollarning voqeasi, shuni bilsin deb aytdi. Nimaga shunday qildi? Javobingni aytish, bismillah.
Chiqqanimga yana nima qiladi? Yo'q, ana, har nima bilish uchun. Qaysi anaqa, o'zini adaviga kelganini xizmatchi anaqa, uslubi bo'lmaydi da juda tez. Sal qizmayotganini keyin bu sonda jasadir, sal shunday o'tiribdi deb, uslub ham ketib. Alloh rahmat. Agar shunday chiqib, aytadigan bo'lsa, podshoh aytadi, mayli endi o'tgan voqealardan ko'z jimavering deydi. Siz endi katta mansabga ega bo'ldingiz endi, mana shu bizni oldimizda derdi da, katta bir mansabga qo'yib qo'yardik. Xalqning ichida Yusuf alayhissalomning sodiq, to'g'ri ekanligi aniqlanmay qolib ketaverardi. E'tibor qilmasdi. Keyin xalqning nazarida, e, ana bu Yusuf bormi? Ha, Yusuf. O'sha Yusuf o'zining xo'jasiga, ayoliga xiyonat qilgan Yusuf degan so'z yana davom etib ketaverardi, bu birinchisi. Ikkinchisi, chiqib turib, o'zi kelib turib podshohni oldiga kelib, shu voqeani menga aniqlab bering desa, odamlar aytardiki, ha endi podshohni odami bo'lgandan keyin, u doim haq bo'laveradi da derdi da. O'zi harakat qilib, o'zini oqlab oldi degan bo'ladi. O'zi harakat qilib, oqlab oldi, degan. Shu narsa bo'lmasligi uchun zindonda turib, zindondan chiqmay turib, meni pok ekanligimni bilib qo'yinglar deydi. Aniqlanglar.
Podsho ayollarni jamladi. Haligi ayollarni hammasini jamlab keldi. Bularning ichida Azizning ayolini ham olib keldi. Azizning ayolining ham olib keldida, hamma ayollarni jamladida so'radi. Va man xot bu kun idrovatdim na yusuf an nafsi. Mana shu anu kun. Xot bu kun degan sizlarni nima ishinglar bu? Qanaqa ish? Yusufni o'zinglarga talab qilibsizlar. Bu qanaqa narsa? Dedi. Shu narsa bo'lganmi? Deb so'radi. Haligi ayollar hammasi aytdiki, ma'udulloh, hoshayliylar. Alloh saqlasin. Yusuf bunaqa ishdan judayam pok. Biror marta Yusuf alayhissalom bu narsani o'ylamadigan, bunga qadam ham qo'ymadi Yusuf dedi. Yusuf bundan pok dedi. Yusuf alayhi sallamga hammasi tazkiya berdiki, Yusuf bu ishni qilmaganligiga. Faqat shu narsani eshitgandan keyin, azizni ayoli endi men Yusuf qilgan shuni deb yolg'on gapirsam, bu hammasi meni yolg'onimni ochib qo'yadi deb iloji bo'lmadi. U ham bo'yinladi. Yusuf alayhissalomni qolat imro'til aziz al an xos hosil haq dedi. Hozir haq endi zohir bo'ldi. Bo'ldi, haq ochildi endi. An aravot tuvaynafsiy. Men uni dedi, men bu narsaga talab qildim dedi. Men uni buzuqlikka, poqishiga talab qilgan menman. Lekin u sodiqlardan edi dedi.
Yusuf alaysalom sadiq siddiq bilan turgan, bunaqa narsa qilmagan, uni men qilgan edim dedi. Bo'yniga oldim. Va alikal ya'lami annilam lam ahunhu bilg'oyib va annalloh ala yahdiy kaydal hoi ning. Ba'zi iboralar arab tilida ikki xil uch xil ma'nolarni anglatgan. Hammasini aytib ketmasak, ertaga kuniga boshqa joyda boshqacharoq ma'no eshitib qolib turib, har xil bo'lib qolmasligi uchun hammasini zikr qilamiz. Za alaika lya alama annilar mahhum hu bil g'oyib, mana bu narsani men bo'yinladim deyapti. Zulayho, men mana shu narsani bo'yinladim. Men qildim deb mo'ynimga oldim. Lya alama annilam ahhum hu bil g'oib, bilsin, men unga g'oyibda, g'ayb vaqtida xiyonat qilmadim degan so'zni aytadi. Buni kim aytdi deydi. Men unga g'ayb vaqtida men unga xiyonat qilmadim siz degan so'zni kim aytdi desa, ba'zi mufassirlar aytgan ekan, bu gapni Yusuf alayhissalom aytdi degan ekan.
Bu men unga g'ayib holatida men xiyonat qilibman, dalika deb turib, men bu ishni podshohni olib kelib, buni ayollarni jamlab, yig'ib, bu narsalarni uyushtirishimning maqsadi mening xo'jayinim bilsin, men u yo'q vaqtida ayoliga xiyonat qimaganman degan so'zda Yusuf aytdi deyishadi. Agar biz unday deydigan bo'lsak, uning xo'jayini bilardiki, Yusuf alayhissalom xiyonat qilmaganini bilib turib qamatgan edi. Mana shu narsa keladi. Yusuf aytdi deydigan bo'lsa, u bilgan edi. Shuning uchun ari dan hada, bu buni yashiring, bu narsani aytmang, deb turib, ayoliga gunohingizni istig'for qilib oling deb aytgan edi, xo'jayini. Yusuf alayhi salom xiyonat qilib qilmaganligini bilardi. Shuning uchungi uchun ikkinchi ulamolar aytadiki, boshqa toifasi bu gapni Zulayho aytdi deydi. Ziloyxo aytdiki, mana bu narsani men bo'yinladim, Yusuf alayhissalom pok, men uni o'zimga talab qildim degan so'zni men bo'ynimga olyapman. Liya alama yusuf bilib qo'ysinki, yusuf bilsin deb aytyapman deydi. Yusuf bilsun, men unga g'ayb vaqtida men unga xiyonat qilmadim degan ekanman. To'g'ri, shuncha katta gunohni qildim, tuhmat qildim, qamatdim, sijin qildim dedim, zimmon. Lekin u qamalgandan keyin orqasidan men xiyonat qilmadim. Uni orqasidan g'iybat qilib, uni orqasidan tuhmat qilib, zulm gaplarini gapirmadim orqasidan degan ekan.
Xiyonat qildim degan ekan. Subhanalloh mana shu joyni tavsiyamni o'qiganingizda bir ajoyib xoloski, shuncha buzuqlikka borib, shuncha narsani qilgan ayol orqatidan g'iybat qilishlikni xiyonat deb bilgan ekan. Bizda musulmonlar bavur bo'lib, bir biriga aka uka bo'lib, quchoqlashib turib, bir biriga kulib turib, bir hafta namoz o'qib bo'lgandan keyin chiqib ketgandan keyin, taniysizmi buni deydi? Bilasizmi? Buni shunday g'iybat boshlanadi. Haligi ketgandan keyin. Bu xiyonat ekanda. Zulayhoning xiyonatidan battar ziyx xiyonati ana shu ekan.
Men unga g'ayb vaqtida xiyonat qilmadim degan so'z, Subhanalloh, bu odamni juda ham qattiq bir uyg'otadigan so'z. Malik ibn Dinor aytadiki kafay bil mar'iy xiyonatan in yaqo'li aminan li ilhavona. Bir insonning xiyonatiga yetadi da dalil. Xiyonatchi ekanligiga dalil, o'zi yetarli dalil. Xoinlarga amin bo'lishligining o'zi dalil degan ekan.
Endi bu ilmni qiyin narsada. Birov o'qisa bir kitobni, bunday o'zbekchasini bir olimday bo'lib qoladi o'zi. Men ham deydi, bir kitoblarni o'qiyapman deydi, tarjimalarni o'qayapman, tepasida arabcha yozilgan, tagida o'zbekcha deydi. Bu bir olimday o'zini tasavvur qilib qoladi. Lekin uni ma'nolarini chuqur tushunish qiyin bo'ladi. Shuning uchun hozir savol beryapmizki, bir insonning xiyonatchi ekanligiga o'zi yetadigan dalil yetadi o'zi shu xiyonatchi eka. Xiyonatchilarga amin bo'lishligi deganda qanday tushunasiz? Kim tushuntirib beradi shuni? A?
Yaxshilab, chiroyli qilib kim tushuntirib beradi? O'zbekcha aytyapmiz ku o'zi. O'zbekcha aytyapmiz. Shuning uchun bu ilm ham qiyin narsa ekan. Ilmni bir tushunib, uni tushuntirib berishlikni o'zi. Shuni, qani, nima qiladi? Xiyonat tan olishlikni. Bir insonga xiyonatchi ekanligi kifoya qiladigan o'zi kifoya qiladi. Dalilning o'zi xiyonatchilarga amin, ishonchli odam bo'lishligi.
Ya'ni bu narsani shunday aytib ketsam bo'lardi. O'zingizcha tushunganday bo'lasiz u, lekin o'tib ketib qolardi da. Tushunmay o'tib ketiladi da shu iboralar. Bu degani bir joyga kirdingiz, bir majlisda o'tiribsiz. Shu majlisda birovlar g'iybat qilyapti. Mana Mirahmat akani g'iybat qilgan. Biladiki, meni Mirahmat akani yonini olib so'zlashimni biladi, shunday kirishim bilan haligilar hammasiga o'rshini yeyotgan odamlar shunday to'xtab qoldi. Menga ishonishmaydi. Chunki men bunga kelib aytaman yo bu o'rnida to'xta ey. Bu yaramas so'zingni to'xtating, qanday bir musulmonni etini yeyapsan, to'xtat deb aytaman. Shuning uchun menga ular ishonishmaydilar, haligini to'xtaydi. Haligi xiyonatchilar orqasidan gapirayotganlar. Lekin siz kirib o'tirdingiz, ha bu ham bizni o'zimizni mittamiz ku deb gapiraveradi.
Bu o'zimizdan bittamiz ku deb turib, ana shu so'zni davom ettirib ketaveradi. Ahli ilmlarini go'shtini yeb, bir birini g'iybat qilib, birovlarini oyog'ini tortaveradi. Siz shu majlisga kirib o'tirsangiz ham, sizni hech bir e'tiboringiz yo'q shu majlisda o'tirasiz, shu majlisdan chiqib ketasiz. Hech narsa o'zgarmadi. Demak, siz ham xiyonatchisiz. Demak, siz hammi xiyonatchis, siz shular ishondi sizga. Aminisiz shularni. Xiyonatga yetadi sizni o'zingizga. Men gapirmadim, u majlisda men eshitib qoldim degan so'z o'tmas ekan. Shu majlisda, ey, to'xtagin deb turib, sizni ikkinchi marta ko'rganda haligi odamlar qochib ketadigan darajada bo'lishi kerak ekan. E, mana bu bizni rasvo qilib yuboradi hozir mana yerda. Keyin borib o'ziga ham aytib beradi bu. Bu katta bir janjalni chiqarib yuboradi bu odam. To'xta, biz xiyonatni, bu yashiraylik endi deb haligi joyda to'xtab qolmasa, demak siz ham xiyonatchisiz aka. Bizda ko'p birodarlar haligi kelibdi, rosa bir majlisda siz haqingizdagi bir din haqida bir siz aytgan masalalarni juda bir chaynashdi, lekin bir ayta olmadik biz deb keladi. Nimaga ayta olmaysiz haqni? Haq din faqat paloncha palonchanikimi? Din hammaniki. Haq hammaniki. Qayerda bo'lsa hamma haqni dinni himoya qilish kerak. Agar shunday majlisda dinni kulinib, sunnatlarni kulinib turgan bir majlisda shuni himoya qilmaysiz ekan, demak shularning ishongan odami aminsizsiz.
Xoinlardan bo'lar ekansiz. Ko'rdingizmi? Bir ma'nolarni bu iboralarni tushunishlikni ataylab qanchalik darajada tushunasiz deb beryapman. Vakafa bilmar i sharon. Anda ya kun solihan va yaqof solihey. Bir insonning eng yomon inson ekanligiga yetarli dalil hujjat, eng yomon inson ekansiz, o'zi solih kishi bo'lmay turib, o'zi hali tunlarda bir namoz o'qib, o'zi bir namozlarga besh vaqtga belini bog'lab, masjidlarga bir qatnashib, solih bo'lmay turip, solihlar haqida gapiradi. Bunday kishilarni o'ylanib ham o'tirmasdan to'xtang.
Orqangizga qarang deb aytish kerak. Eng yomon ko'radigan insonlar hozirgi kunda aytishadiki, shu deydi, chet mamlakatlarda o'qib kelganlar deydi, dinni buzib tashladi deydi. Deganidan keyin ularga qarab turib, nimani buzdi desa, masjidlarda deydi, misol uchun o'qiyotgan yigitlar deydi, misol, har kim har xil o'qiyapti yo har xil bunday o'qiyaptida deydi. Unda aytasizki, ha mayli endi u peshonasini sajdaga qo'yib masjidga kelayotgan ekan, ertangi to'g'rilab oladi u xatosini. Lekin sizni o'zingizni ahlingiz namoz o'qimaydi. O'zingizni farzandlaringiz namoz o' qimaydi desa, senlar shundan boshlaysan deydi. Yoqtirmaydi, o'zlari biladi shu narsani. Yana aytadiki, senlar shunday boshlaysanlar senlar deydi. Aytyapti, eng yomon inson o'zi solih bo'lmay, o'zini oilasi, xonadoniy, farzandlari solih bo'lmay turib, solihlarini gapirishligi, bir insonni namoz hamni gapirishligi bu uning eng rasvo ekanligiga dalil o'zi, yetarli hujjat deydi.
Yetarli hujjat deyapti. Ba'zi insonlar darrov kiradi, o'zi uylarida misol uchun, uylarida cho'chqani go'shti ham, hamma narsa iste'mol qilinaveradi. Mehmon uchun deb turib, kunlarda bezovta bo'lib u yoq bu yoqqa yugurmaylik deb, Alloh Taolo harom qilgan aroqni ham bir joyga bunday qo'yib ham qo'ygan. Bu narsalar ham turadi. Lekin yilda bir marta masjidga keladi da, ramazon oyida bir oy masjidga kelib turib, aytadiki, juda masjiddagilar buzilib ketgan ekanda deb qo'yadi. Nimaga desa, birov do'ppisi o'qiyapti, birov oyog'ini sal kerib o'qiyaptiy, birov unday o'q, juda buzilib ketibdi da deb qaytadi. Haligi juda bir machitdan xafa bo'lib qaytadi bechora.
O'zini qilyotgan ishini qaraydigan bo'lsangiz, hammasi rasvo. O'zi solih bo'lmay turib, solihlar haqida gapiradi. Ibn Mas'ud radiyalloh, radiyallohu anhu aytadiki, Muazzebini anasi radiyallohu anhu aytadiki, Payg'ambar alayhissalom aytayman, hamma mu'minan min munofiqin ba'athullohu malakan yahmeelahmuhu yomon qiyama min narja. Abu Dovud rivoyat qilgan. Kimdir mu'minni munofiqdan himoya qilsa, deydi.
Munofiq dinni xohlagan joyini, o'zini foydasiga bo'lgan joyini oladi. O'zini foydasiga bo'lmagan joyini tashlaydigan kishi, ikki taraflama gapiradigan kishi, munoq kishi. Ana shu munoqdan bir mo'minni himoya qilsa, dedi. Olimni degani yo'q. Boshqa bir bir mo'min, faqat bir mo'min, tanimaysiz ham u mo'minni.
Notanish bir mo'minni ayt. Shuni bir himoya qilib qo'ysangiz, yo'q, mo'minlarda bu sifat yo'q, bu mo'min u. Bu musulmon u deb musulmon qilmasin. Qiyomat kuni Alloh Taolo bir farishtani yuboradi unga. Uning go'shtini jahannam o'tidan himoya qilib turadi, deydi. Jahannamdan himoya qilar ekan haligini. Bir mo'minni himoya. Shuning uchun bir majlisda o'tirganingizda birov shunday gapirayotgan vaqtda, to'xtagin mo'min haqida gapirma, bo'lib ham ahli ilmlar haqida gapirman deb to'xtatishingiz, shunda bilingki, siz jahannamdan go'shingizni bir farishta himoya qilar ekin.
Katta hadis emasmi u? Abu Dovud rivoyat qilib hassanah u hasan hadis degan ekan. Va Mu'oz ibn Mas'ud roziyallohu anhoyi aytadiki la yakunu ahadukum imma'a deydi. Sizlarni bittalaringlar imma'a bo'lmasin deydi. Imma'a bo'masin. Imma'a nimadir, imma'a. Ba'zi lug'atlar arab tilida hattoki arablar ham tushunmagan. Payg'ambar alayhissalom shunaqa bir lug'atlarda ishlatgan, sahobinglar tushunmay rasululloh buning ma'nosi nima deb so'rashgan. Adiblikni shunchalik Alloh Taolo tiliga berdiki, bizda ham adabiy gapirsa, ba'zida tushunmay qolasiz. Nima ekan u deb qolasiz. Payg'ambar alayhissalomga shunaqa adibni Alloh Taolo berdi, biroq adabiyot o'qimagan kishi edi. Omin kishi edi, o'qish yozishni bilmaydigan odam shunaqa lug'atlarni ishlatib gapirdi. Imma a bo'lmasin dedi. Shunda sahobiylar yo Rasululloh imma a ingiz nima bu dedi. Bu imma a si nimadir bu deganida aytdiki, yajri ma'akuller yaxdi dedi. Shamol qayoqqa yesa shu yoqqa ezib ketaveradigan odam imma deydi. Shamol qayoqqo essa, shu yoqqo esadigan odam immmo deyiladi deydi. Majlisga kirsangiz, boshqa bir bir jamoat to'dasi, ko'pchilik bir odamni yomonlayapti. Endi iloji yo'q, hamma shu jamoat ekan, endi shular bilan bittasi yomonlamasangiz, hozir meni ham rasvo qilib yubormasin.
Darrov qo'shilib ketasiz haliginga. Boshqa joyga borib qolgan edingiz, boshqa bir jamoatga qo'shilib qoldingizda haligilarni yomonlayapti endi. Qarasangiz hammasi haligilarni jamoat. Endi bulardan chetda qolmang, men ham deb turib, ozgina o'zingizni ulushingizni qo'shib. Shamol qayoqqa erishsa, shu yoqqa qarab erishadigan odam bo'lmang. Sabr bo'ling, haqda turing, dinda turing, mo'minni himoya qiling.
Va zalikal ya'lami anneylaman xunhu bilg'oyib. Men deyapti, Zulayho aytyapti, buni bo'ynimga oldim, xiyonatni. Men unga Yusufga orqasidan g'ayb vaqtida xiyonat qilmadim. Ya'ni g'iybat qilmadim uni orqasidan. Va anna la la yaxdi kaydal xayrinin. Alloh Taolo xiyonatchilarning makirini, makiriga najot bermaydi dedi. Alloh Taolo najot bermaydi, dedi. Haqiqatdan ham makir qilyapti. Dinni yo'q qilishga makr qilgan inson, Payg'ambarni yo'lini yo'q qiloshga makr qiladigan insonlarga, a? Musulmonlarni bir xor qilishlikka makr qiladigani insonlarni Alloh Taolo makriga hech qachon najot bermaydi. Alloh Taolo bu dinni saqlaydi, to qiyomat kunigacha eng oliy, eng aziz din bo'lib qolib ketaveradi bu din. Lekin qancha insonlar bunda sabr qilib o'ta oladi, qancha insonlarni bu imtihonlarda imtihondan qulab o'taveradi.
Va ma'ubarriyu nafsiyin na nafs ala amma ratun bisu illa ma rahima robbi inna robbi g'ofurur rohim. Men nafsimni poklamayman, men pokman deb aytmayman deydi. Nafs yomonlikka buyuradi. Yomonliklarga insonning nafsi buyuradi. Illo magaram Alloh Taolo Rabbim rahm qilgan kishigina bundan makirdan, qiyladan, amonda bo'ladi, yomonlikdan. Rabbim kechiruvchi, gunohlanmay va rahm dilzoddir dedi.
Vallohu a'lam mana shu joyiga endi to'xtaymiz. Chunki