Maviza
—Qoralama34 daq

Kiyomat Alomatlari 5-dars (Mamurjon domla)

Maʼmurjon Domla · Maʼmurjon Domla maʼruzalari

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
33:47
O'zgarishlar tarixi

Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon, ertam gumom. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari, oliy sifatlari bilan bugungi juma ayyomini Alloh Taolo barchamizga muboraklik qilishini so'raymiz. Alloh Taolo qadamlarimizga hasanotlar bitsin. Alloh Taolo juma'ani qilgan gunohlarimizga kafolat qilgan bo'lsin. Biz Qiyomat alomatlari mavzusini davom etayotgan edik. Va shundan beshinchi yoki oltinchi Qiyomatning alomatlaridan bo'lgan Sahobiy kiromlarni vafot etishligi ham Qiyomatning bir alomati deb Payg'ambar alayhissalotu vassalomning aytib o'tgan hadislariga kelib to'xtaganmiz. Sahobiylarning vafoti Qiyomatga qanaqa qilib alomat bo'ladi? Chunki dunyoga kelgan har bir inson dunyodan o'tmog'i bor. Unga ajr bitilgan. Nima uchun Sahobiylarning o'limi u Qiyomatga qanaqa alomat bo'lishi kerak desa deydi.

Chunki Payg'ambar alayhissalom aytadi, bu Qiyomat deydi. Yad habus solihun al avval fal avval, fataqu muso ala shirolil xalq. Solih kishilar birdan keyin biri o'tib ketaveradi va solihlarning eng afzali Payg'ambar aleyhissalomning davri. Shuning uchun Payg'ambar ayyihasuloh aytgan xayrul quruniy qorning zamonlarning eng afzali meni zamonim degan. Fin millatina yalunahum, keyin Payg'ambar alayhissalom zamonasi o'tib, sahobalardan keyingi zamonim, sahobani ko'rgan kishilarda, ular ham yaxshi afzal zamonlar degan. Asrlar va undan keyin, sun malladina yalunaxum, sun malladina yanunaxum. Shu, undan keyingisi shunday boraveradi va odamlar buzilib ketishligi, sahobiylar, tobi inlarni zamonasidan keyin nima bo'ladi? Xalqning ichida buzuqlik ko'payib boraveradi va qiyomat keyin yaxshi kishilarning ketib, yomon kishilarning qolgan vaqtida shularning ustiga qoyim bo'lishligini aytgan. Shuning uchun eng afzal kishilar Payg'ambar alayhissalom sahobiylari bo'lgan bo'lsa, shularning ketishligi birinchi qiyomatni alomati hisoblanar ekan.

Payg'ambar ali alayhissalotu vassalom mana abiy musal ash'ariy roziyallohu anhuning hadisida biz shunga to'xtaganmiz. An najom amanatun lissama. Yulduzlar osmonning omonat, amana degani amin, saqlab turguvchisi degan. Va ifa the habatin nujum atasama ma'tuat. Yulduzlar ketadigan bo'lsa, osmonga va'da qilingan narsalar keladi, ya'ni qiyomat.

Osmondagi yulduzlarning ketishi bilan qiyomatni kelish. Va ana amana tunli ashabiy, men sahobiylarning, sahoblarning ichida omon lik bo'lib turadigan kishiman men dedi. Ya'ni Payg'ambar alayhissalom madomiy ketdik ekan. Nima bo'lmaydi? Ixtiloflar, Alloh Taolo va'da qilgan narsalar bo'lmaydi. Azob bo'lmaydi. Payg'ambar alyhissalomning ketishligi dedi, ketishing bilan dedi, asxoblarimga va'da qilingan narsalar keladi dedi. Ixtiloflarning kelishligi, orasidagi fitnalarning chiqishligi va boshqa azoblarning kelishligiga boshlanadi. Va ashabiy amaliy ummati, mening asxoblarim ummatimning omonati dedi. Ya'ni saqlab turguvchisi dedi. Sahobiylar. Sahobilarning ketishligi bilan ummatning ichiga va'da qilingan narsalar keladi, dedi. Bu Imom Muslimning rivoyati ekan. Yulduzlar hadisni boshiga to'xtaymiz. Yulduzlar osmonni saqlab turg'uvchisi deyapti. Omon saqlab turadigan narsasi. Nimadir. Qanaqa qilib omon saqlab turadi, amina bo'ladi osmonni desa, Alloh Taolo yulduzlarni bir necha hikmatlar, muayyan ma'lum bir sabablar uchun yaratdi Alloh Taolo.

Mana Alloh Subhanahu va Taolo yulduzlarini yaratishda bekordan bekor yulduz, quyosh, oy, mana shu narsalarni osmonga bekordan bekor yaratmadi. Bir oyatlarda zina qilib ziynat qilib yaratdik deydi. Alloh Taolo. Haqiqatdan ham osmonda yulduzni bo'lishligi, oyning chiqishligi, mana bu narsalar ziynat. Yerga yorug'lik beradi. Bir oyatlarda shunaqa keladi. Demak, bekordan bekor yaratmadi. Qur'onda faqavohun nasaba asamaavot fiy yavmein. Ikki kunda yetti qavat osmonni Alloh Taolo yaratdi deydi. Va avha fiy kull li sama in amraha. Har bir osmonga o'zining qiladigan ishini Alloh vay qildi, ya'ni buyurib qo'ydi. Subhanalloh har bir osmon, osmon demoqchiman, har bir yulduzlar, har bir mana shu nimalar, quyosh, oy, har birini Alloh Taolo o'zini nimasini buyurdi, qiladigan ishini buyurdi. Bekordan bekor chiqib, bekordan bekor batavermaydi. Va zayanna sama dunya bemasobih dunyo osmonini deyapti Alloh Taolo. Biz ko'rib turgan osmon. Bu osmonni deydi Alloh Taolo aytadi, chiroqlar bilan ziynatladik. Yulduzlar, oylar bilan ziysnatladik. Vahifzo.

Demak, chiroq, yaroqlik, ziynat va ikkinchi hikmati vahifzo va saqlab turadigan qilib qo'ydi bu osmonni deyapti Alloh Taolo. Zalika taqdirul azizil alim bu bilguvchi bo'lgan, kuchli qudratlik zotning Allohning taqdiri bilan bo'lib turgan narsa. Qanday saqlaydi? Osmonni biz o'sha narsalarni yaratdik va hivzo nima uchun? Ziynat ham va o'sha yulduzlar, oylar, quyoshlar nima ekan? Saqlovchida edi. Saqlashligi deyapti. Ulamolar aytgan ekanki, qanaqa qilib saqlaydi desa, har bir yulduzlarni Alloh Taolo o'rnatganda, bir biriga magnitniy, bir birini tortib turadigan kuch bilan yaratib qo'ydi Alloh Taolo. Agar shu bir birini shu kuch bilan tortib ushlab turmaganda, har biri har qayoqqa sochilib ketgan bo'lardi da, osmon qulagan bo'lardi yerga deyapti. Alloh Subhanahu va Taolo har bir yulduz magnit bilan ushlab turibdi. Mana ikki magnitni oladigan bo'lsangiz, kuchli, katta magnitni, o'rtaga temirni qo'yib turib shunday qilsangiz, temirni tikka hech qanaqa nimasiz ushlashingiz mumkin. Ikkita magnitning kuchi bilan. Agar qay biri yaqinlashsa, temir o'sha tarafga qarab borib yopishadi, o'sha magnitga. Osmonning yulduzlarini, quyoshlarini Alloh Taolo shunday qilib va quyoshning eng katta ushlab turuvchi jozibali kuch qilib yaratdi, deydi. Va qiyomat bo'lgan vaqtda Alloh Taolo shu jozibani yo'qotadi ekan.

Osmonlar chochilib ketadi ekan. Osmonlar chochilib ketadiy. Har biri bir birini totib turish kuchini yo'qotib yuboradi alloh taolo. Shuning uchun mana quyoshning nuri, quyoshning kuchi kamayadi, deydi qiyomatda. Kamayishligi bilan butun hamma yulduzlar, hamma narsalar nima qiladi? O'zidagi kuchni yo'qotish natijasida osmon, yer, qiyomat, qoyim sodir bo'ladi, deydi. Alloh Taolo Qur'onda va izzan nujumi, nujumi tumisad, deydi. Qiyomatni aytganda yulduzlar nujum, yulduzlar. Tuminsat o'zining nurini yo'qotgan vaqtida deyapti Alloh Taolo. Demak, yo'qotishligi bilan o'zining jozibali tortish kuchini yo'qotishi bilan qiyomat sodir bo'lishligini Payg'ambar alayhissalom aytgan ekan.

Sahobalar bu ummatning saqlab turguvchi, ya'ni amonat, bu ummat modomiki sahobalar bor ekan, bu ummatga ixtiloflar yoki bo'lmasa yomonliklar kelishligi uzoq bo'ladi degan. Qachonki sahobalar ketadigan bo'lsa, bu ummatga va'da qilingan narsalar kelaveradi dedi. Sahobiylar Payg'ambar alayhissalomni ko'rgan va zamonasida yashagan va iymon keltirgan kishilar. Payg'ambar aleyhissalomni zamonasida yashigan bo'lsa ham, agar iymon keltirmagan bo'lsa, u sahobiy deyilmaydi ekan. Alloh Taolo Qur'onda bularni maqtadi. O'sha sahobiylarni maqtab vas sabiqunal avvalun minal muhajiriyni val ansor. Muhojirlar Makkadan ko'chib kelgan, ansor, Madinada yordam bergan avval sobiq islomga birinchi o'tgan kishilar, valladina tabauhun behsan va ularga yaxshilik bilan ergashganlar, radiya Alloh anhum va rodu anhu. Alloh ulardan rozi bo'ldi. Ular ham Allohdan rozi bo'ldi deb, Alloh Taolo ulardan rozi bo'lganligini aytdi. Demak, ular sahobiylar shunday kishlarki, ulardan Alloh rozi bo'lagan kishlaridek, ularning zamonasida modomiki sahobalar bo'lar ekan, ularga va'da qilingan narsalar kelmas edi. Sahobiylarning ketishi bilan qiyomatning ham kelishligi birinchi alomati bo'lib hisoblanar ekan.

Payg'ambar alloh subhanalloh taolo v qur'onda muhammad rasululloh valladina ma'hu ashidda alal kufr ruhama baynahum. Alloh Taolo Payg'ambar Alayhissalomning atrofidagi bo'lgan sahobiylarni yana bir sifatlar bilan maqtadi. Maqtaganida Muhammad Sollallohu Alayhi Vasallam Allohning elchisi dedi. Uning bilan birga bo'lgan kishilar, Muhammad Alayhissalom bilan birga bo'lgan kishilar kofirlarga qattiq qo'l bo'ladi dedi. O'zlari orasida rahmdildir dedi. Demak, mo'min kishining bir sifatini aytdi. Sahobiylardagi bir sifatini Alloh Taolo keltirib o'tdi. Demak, Payg'ambarga iymon keltirgan kishilar, kofirlarga qattiq qo'l va o'zlari orasida rahmdildir. Musulmon bir biriga bo'lgan xatoni, kamchilikni, nima qiladi? Kechira olish kerak.

O'zidagi bo'lgan kamchiliklarni xatolarini, bir biridan bo'lgan xatolarni musulmon kishi kechirib yuborishlik kerak. Qalbigagina adovat saqlab, ana shu bilan yashashlik kerak emas. Masjidlarda ba'zilar, ba'zilarga achchiq qilganligi sababli shu masjidlarga kelib namoz o'qimaydiganlar ham bor. Ular ham o'zlarini musulmonmiz deyishadi. Nimaga kelmayapsiz desa, falonchi masjidga kelmasa men boraman deydi. Uni masjidga kelishi uchun bir odam masjidga kelmasligi kerak. Bizni musulmonlarda unaqa sifat bo'lmasligi kerak, xato bo'lgan vaqtida ham, agar boshqa kishi xato bo'lib turgan bo'lsa ham, undan uzr so'ray bilishlik kibrning yo'qligiga dalolat qiladi. Siz to'g'risiz, lekin boshqa kishisi noto'g'ri bo'lib turibdi. Shu vaqtda shundan uzr so'ra olishligingiz sizni qalbingizdagi kibrning yo'g'ligiga dalolat bo'ladi. Ba'zida o'zimiz xato bo'lib tursak ham, uzr so'rashlikka havo yo nafsimiz, obro'yimiz, mansabimiz ruxsat bermay qoladi. Yoki pulimizga ishonganlikdan. Ana shuning uchun birovdan uzr so'rashi biz uchun juda ham og'ir bir masala bo'lib ko'rinadi. Ruhama baynahum, musulmonlar o'zlari oro rahmdil. Tarohum rukka an sudjada. Ularni ko'rasiz riku qilgan holatda, sajda qilgan holatida.

Ya batag'u nafot va minallohi va ridvoniya allohning fazlini, roziligini umid qilishib turib shu ishlarni qiladi dedi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom sahobiylarni ko'p hadislarda maqtab o'tdi. Alloh taoloning sahobiylar haqida aytgan gaplarini aytdik. Payg'ambar alayhissalom ham sahobiylar haqida ko'p yaxshi gaplarni aytgan.

Payg'ambar alaysalom ansorlar haqida aytyapti la yuhib buhim illa min va la yubg'iy duhim illa munofiq deydi. Ansorlarni deydi, faqat ming kishi yaxshi ko'ra oladi deydi. Ansorlarini madinadagi payg'ambar aleyhissalomga va sahobiylarga yordam bergan, ko'makchi bo'lganlarni uni mo'min kishi yaxshi ko'radi. Munofiq kishi esa ularni bo'g'iz qilib yomon ko'radi deydi. Payg'ambar alayhissalom hadisda la tasubbu ashabi mening sahobiylarimni so'kmangiz deydi. Fa valladiy nafsi biyadiy hiyla anna ahadakum anfaqa mifla uhid vahaban ma adroka min mudda ahadihim va la nasifa. Agar Allohga qasam ichib aytaman deydi, sizlarni bittalaringlar Uhud tog'icha oltinni sadaqa qilsa ham deydi. Uhudni tog'icha, juda katta. Bir tog' oltinni sadoqat qilsa ham, sahobiylarning bir hovuch qilgan sadaqasiga teng kelmaydi deydi. Va nasif, nasif degani bir ro'molni sadaqa qursa, bir ro'molchani, bitta sahobiy. Shunga teng kelmaydi sizni Uhud tog'icha qilgan sadaqingiz degan ekan. Demak, sahobiylar juda ham ulug' kishilar bo'lganligini aytadi. Oyshanimiz zamonasida sahobiylarga til tegizadigan kishilar vujudga keldi.

Sahobiylarga tili tegizadigan qishlar vujudga kelti. Hatto Abu Bakrni, Umar rodiyallohu anhumoga o'xshagan, Alloh rozi bo'lgan, jannat bilan xabar bergan kishilarni adashgan kishilar deydigan va ularni tog'iya deb, Alloh saqlasin, yomon xunuk gaplarni gapirishlik boshlandi. Shunda Oyshanamizga kelib dadangiz haqida, Umar rodiyallohning haqida mana shunaqa gaplar aytyapti deganda, Oyshanamiz aytgan ekanki, inna aqvaman, yasubbu nababa kirva umr faolat inna allohqa ta'a ma'ruh va lam yasha alloh aniqta amalahum. Alloh Taolo ularni umrini bu dunyoda kesdi, yashaydigan umrini yashab o'tdi. Alloh shuni umrini ketishini xohlagan bo'lsa ham deydi, dunyoda yashamasligini xohlasa ham. Lekin ularni qilayotgan amalini to'xtamasligini xohladi Alloh Taolo degan ekan. Qanday amal to'xtamaydi? Bir odam ularni so'kishligi bilan ularning gunohlari kafforat bo'lib, gunohlari kechirilib turaveradi. Bir odamlar ularning so'kishligiga bilan, ularning savoblari uning ustiga olib berilaveradi va amallari qiyomatgacha to'xtamasligi xohladi degan ekan. Demak, sahobiylarning bu dunyodan o'tishligining o'zi qiyomatning bir alomati deydi. Yettinchi alomati zuhurul kasratu zuhurul fitan bi anvaixa.

Juda ham ko'p fitnalar, tur tur fitnalarning zohir bo'lib ko'payib ketishligi qiyomatning yettinchi alomatiy ekan. Fitnalarning ko'payishligi. Usoma radiyallohu anhu aytadi, ana nabiy sollallohu alayhi vasallam ashrafa ala atamin atamin madina thum maqol, heltarounama aro. Bir kuni Payg'ambar alayhissalotu vassalom Madinaning bir chakalakzorining ustidan, Madinang bir chekka joyiga chiqib, baland joydan pastga qaradi. Day boshlarini cho'zib qaradida, Madina shahri ko'rinib turadigan joyga kelib turib qaradida aytdiki, men ko'rayotgan narsani sizlar ham ko'ryapsizlarmi? Dedi. Madina shahrining ichida. Ko'rayotgan narsamni sizlar ham ko'ryapsizlarmi deb sahobilardan so'radi. Keyin o'zlari aytdiki, inniy aro, mavoqiy al fitan hilalabuyu tikum kamavoq il qator. Men shunaqa fitnalarni ko'ryapman uyinglarni ichlarida. Hilalbuyu tikum, ichida uylaringlarni ichiga kirib ketgan fitnalarni ko'taryapman. Xuddi osmonning tomchi, osmondan yig'ayotgan yomg'irning tomchisi tushmagan joy qolmaydi, to'g'rimi? Qayer bo'lsa yomg'ir tushib tegadi da, ho'l qiladi. Fitna shunchalik ko'pligidan yomg'irni tomchisiga o'xshatyapti payg'ambar alayhissalom.

Osmondan tushayotgan yomg'irlar tomchisi qanaqa kirsa, sizib kirib ketaveradi a? Ana shunaqa darajada fitna sizlarni uyinglarga sizib kirayotganligini ko'ryapman dedi. Subhanalloh hozirgi vaqtimizda yo'q degan odamni, fitna meni uyimda yo'q deygan odamni o'zi yo'q. Spalniyingizga bitta televizor qo'yib olgansiz. Buni o'zi fitna. Hech yaxshilikni berayotgani yo'q. Butun mana seriallar, kinolar, endi uyatasiz haligilarni.

Bolalaringizni xonasiga bittasini qo'yib beryapmiz. Yana bolalarimizga nimalar, kompyuterlarni ushlatib qo'yib, yana qanaqa narsalar kirib ketyapti. Fitna kirmagan xonadon judayam mustasno, judayam kam bo'lib qolgan. Ana shu fitnalar Payg'ambar alayhissalom aytgan fitna zamoni bo'lib qoldi. Vala taqum sa hattat hir al fitan, voyak turul kadib, va taqora bil asvoqi, voya taqora bil zaman, voyak turul harj. Qiyomat qoyim bo'lmaydi, hatto deydi, fitnalar zohir bo'lmaguncha deydi. Burunda fitnalar yashirinib qilingan ekan, fitnalar. Odamlarga ko'rsatilmay, yashirib, berkitib qilingan e kan. Birov buzuq kino ko'radigan bo'lsa, yashirib. Ha? Mana shu bo'luvurumlarda bir buzuq kino qo'yish uchun yashirib qo'yishgan. Uni davlat tarafidan ham taqiqlangan. Endi hozirgi vaqtimizda u kinolar oddiy dada, bola, kelin o'tirib bemalol ko'radigan narsaga aylanib qoldi.

Bu zohir fitnalar zohir bo'ldi dedi. Fitnalar dedi nima bo'ldi? Hatto fitnalar ochiqchasiga zohir bo'lmaguncha qiyomat bo'lmaydi. Yolg'on ko'paymaguncha qiyomat bo'lmaydi dedi. Rost gapiradigan kishi dedi, hayotda yashash mumkinmi deb o'ylaydi. Yosh, rost gapirib, to'g'ri so'z bilan hayotda yashab mumkinmi? Birovning qarz oladigan bo'lsang ham, bir yilga o'shani qarzni bir yilda yo olti oyda qaytarib berishingiz mumkin. Lekin kelasizda yigirma kunga juda ham zarur bo'lib qoldi deb olasiz, yolg'on gapirib. Keyin bir yildan keyin eplab seplab amallab olishadi. Yolg'on gapirmasangiz hayot yashashlikning o'zi qiyin bo'lib qold. Payg'ambar alayhissalom qiyomat bo'lmaydi, hatto yolg'on gapirlishliklar ko'paymaguncha deydi. Va taqqa rabbul asvob, bozorlar bir biriga yaqin yaqin yaqinday yerlarda bozorlarni ko'payishligi. Mana.

Hozirgi kunimizni qarang, hamma ikki uyni yonida bozor, magazin, bozor magazinlarini ochilishligi. Taqaro bilan oshvoq. Va zamonlar juda ham tez o'tishligida edi. Bugun tong ottiryapsiz, erta kech bo'lyapti. Tong ottiryapsiz kech bo'lyapdi. Qarasangiz bir oy tugagan. Yana bir ko'zimizni ochib yumsak, bir yil o'tib ketib qolyapti. Juda ham tez o'tishligi. Qilayotgan ishingizni uddasidan chiqa olmayapsiz. Burunlarimizda masalan qaraydigan bo'lsangiz, eshakda yurib, borib, birovning to'yini o'tkazib, boshqasini o'tkazilib, uyiga kelib, ishlarini qilib, kiyish bo'lguncha, bir necha ishlar qilgan. Hozirgi kunda telefonda bormaysiz, telefonda aytasiz, yana boraman desangiz mashina bor, tez borib kelasiz. Shuni hammasi tez, qancha tez narsalarni vujudga kelishi bilan birga, ishingizni uddasidan chiqa olmayapsiz. Bir kunda bitiradigan ishingiz bitmayapti. Tataqor Abu Zaman, zamon qiyomat kunida shunaqa tez o'tishligi, Payg'ambar alayhissalom xabarini berdi. Voyak turul harj, harj ko'payadi deydi. Sahobiylar harj so'zi arab tilida emas ekanda. Xarj degan tushunmadida so'rashdi. Nimadir bu xarj degani deganida, al qatl deydi. O'ldirishlik deydi. Avval o'ldirish degan gapni eshitish juda ham kam bo'lardi.

Hozir har kuniga o'ldirish so'zini eshitadigan bo'lib qoldik. Ana bir kafeda o'ldirib ketibdi. Maktab o'quvchilari bir birini otib qo'yibdi. Anavi bo'libdi, mana bu o'lim o'ldirish lik oddiy narsaga aylanib qoldi. Qiyomat bo'lmaydi, hatto o'ldirishliklar ham ko'paymaguncha edi. Payg'ambar alayhissalom aytadiki, fitnalarning ko'pligini. Qiyomatda shunaqa fitnalar ko'payar ekan, la taqum muso a, hatta yamur roj ul beqobr, roj ul fayaqul, ya laytani makana. Qiyomatda, shunaqa fitnalar ko'payib ketgan vaqtida, bir odam bir qabrni oldidan o'tib ketayotib, shu qabrga bunday qarar ekanda, e, shuncha fitnada bu musulmon odamda. Musulmon bo'lmagan odam unga fitnani ko'paygani yaxshi. A? Buzuqlikni ko'paygani yaxshi, aroqni ko'paygan yaxshi. Musulmon odam qalbida iymoni bor odam bunaqa bir jamiyatning ichida yashashligi unga judayam og'ir bo'ladi da u fitnalarda. Iymonini saqlayman desa, qo'li ko'yadi. Haligi xuddi cho'g'ni qo'lida ushlab turgan kishiga o'xshagan zamonlar keladi deydi Payg'ambar alayhissalom. Agar tashlaydigan bo'lsa, cho'g'ini tashlasa iymonni tashlagandan iymonini ajraydi. Cho'g'ini ushlab turaman desa, qo'li kuyyapti dedi. Xuddi shunga o'xshagan qiyin bir zamonlar kelganda qabrni oldidan o'tib ketayotgan kishi qabrga qarab turib aytar ekanki, qaniydi shuni o'rnida men avval o'lib, shuni o'rni o'rnida, men qabrda bo'lganimda, shu fitnalarni ko'rmaganimda edi, deb orzu qiladigan zamonlar bo'ladi dedi.

Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytadiki, badi rubel amal fitananka qil tayillaylil mudlim. Sizlar deydi, qop qorong'i, oy yo'q, qorong'i zulmatli kechalarga o'xshaganda deydi, fitnalar kelishligidan avval yaxshi amallarga oshqinglar deydi. Shunaqa fitnalar kelib qolar ekanki, musulmon odam birisidan qutilsa, ikkinchisiga tutilib qoladigan vaqtlar bo'lib qolar ekan. Endi iymonimni saqlab zo'rg'a mana shundan arang o'tdim desa, boshqa bir fitnalar kelib quoladigan zamonlar bo'lib qolar ekan. Shundan shunaqa zamonlar kelishidan avval yaxshi amallarga oshqinglar dedi. Yuz behruh ro jo'lu, mu'minan va yumsik kafiro. Bir kishi mo'min bo'lib tong ottiradi, mo'min holatda tang'atiladi. Kechga borgunchaing kofir bo'lib boradi deydi da. Kechga borgancha shunaqa zamonlar kelib qoladi, kechga borgunchaing kofir bo'mib qoladi. Va kech payt mo'min bo'lib yotadigan bo'lsa, tang'attirgunichaing kofir bo'dang tang'attiradigan. Shunchalik zamonlar bo'ladi, musulmon odam bir pastni ichida nima iymonidan ayrilib qoladigan vaqtlar bo'ladi. Bu fitnalarning va ya bi u dinahube arodimenya dunya, dinini deydi payg'ambar alayhissalom arzimaydigan dunyo matosiga almashtirib yuboradi, sotib yuboradi deydi.

Musulmon kishi dinini arzimaydigan, dunyo matosiga nima qilib yuboradigan zamon bo'ladi? Dunyo matosiga almashtirib yuborgan, sotib yuradigan zamonlar bo'ladi deydi. Eng katta fitna Alloh o'zi asrasin, fitnalarning eng yomoni, Payg'ambar aleyhissalom bundan panoh tilagan fitnalar, insonning dinida fitnalar ishlaydi. Fitnalarni ko'payishligi, dinda insonning fitnalanishligi.

Hozir biz aytdik, Payg'ambar alayhissalomning gaplarini, ya'ti zamon ala ummati al qobid ala dinika, qobid ala jamroh. Shunday zamon keladiki, dinini mahkam ushlab turgan kishi deydi, cho'g'ni ushlab turganga o'xshagan zamonlar keladi deydi. Ha, mana shu bir zamonlar o'tdi, hayit namozlarini o'qitmagan zamonlar o'tdi. A? Ro'zadorlarni maktablarda, boshqalarda suvlar olib kirib ichirib, tekshirgan zamonlar o'tdi. Namoz o'qiydigan kishilarni, namoz o'qiyapsanmi deb orqalaridan odam qo'yib turib, tekshirilgan zamonlar o'tdi. Mana shunaqa katta bir fitnalar ota bobolarimizga bunaqa sinovlar keldi. Lekin ular iymonlarini saqlashdi ular. Shunday fitnalik zamonda. Shunaqa fitnalik zamonlarda saqlashdi. Arab mamlakatlaridan bir ustozlardan, shayxlardan biri, bu mustaqillikni olgandan keyin, Qozog'iston, O'zbekistonning mustaqilligidan keyin, bir Buxoro shaharlarini ko'rib kerak, bu yerlardan katta allomalar, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Nasoiy deganga o'xshagan katta allomalar chiqqan, shu diyorlarni ko'rib kerak deb safar qildim deydi.

Endi shunaqa olimlar chiqqan. Burungi vaqtda bizni diyorlarimiz Movarounnahr diyori Qiblatul Ulama, olimlarni qiblasi deb atalgan ekan. Ka'ba musulmonlarni qiblashi bo'lsa, bu diyorlar olimlar qiblasi. Nimaga? Butun olimlar mana shu diyorlardan chiqqan ekan. Butun katta olimlar bizni diyorlardan chiqqgan ekan. Shunda shu kishi mana shu olimlarni kitoblarini o'qigandan keyin u kishilarning yashab o'tgan joylarini ko'rishni xohlaganda, mustaqillikni olgandan keyin keldim deydi. Lekin kelgan vaqtimda o'yladimki, bu odamlar shunchalik yetmish yilning zulmining ostida Alloh degan kalimani unutgan bo'lsa kerak. La ilaha illalloh degan kalimanni unutgan bo'lmasa kerak deb kelsam deydi. Shunaqa odamlarni ko'rdim deydi, tursa ham, o'tirsa ham Bismillah, Alloh duo, duo qiling deb deydi, duo qilganlarini ko'rib deydi, yig'ladim deydi. Shunchalik qiyin davrlarda, fitnalik zamonlarida dinini saqlab o'tgan ota bobolar bo'lgan. Demak, Payg'ambar alayhissalotu vassalom eng katta fitna dindagi fitna. Shuning uchun Payg'ambar aleyhissalom duolarida vala taj al musibat ana fiy dinina deb duo qilardi. Ey Alloh, agar bir musibat beradigan bo'lsang, dinimda musibat berma derdi.

Dinda musibat bermagin derdi. Nimaga? Dinda musibat, dunyoda musibat bersa, dunyoingiz yonib ketadi. O'rniga Alloh Taolo razzaxzod riziqni beraveradi. Farzandingiz o'ladigan bo'lsa, Alloh razzaxzod farzand beradi. Lekin diningiz ketadigan bo'lsa. Dunyoingiz ham, oxiratingiz ham barbod bo'ladi. Shuning uchun Payg'ambar alayhissalomni qilgan duosi, ey Alloh, musibat bersang dinimda bermagin derdi'. Ko'p qiladigan duolari allohumma aslihlanadi inanalloh de huva ismatu amri ina. Ishimizning tutqichi bo'lgan dinimizni isloh qil ey Alloh, dinimni saqlagin derdi. Payg'ambar alayhissalom doimo dinda sobit turishni nima qilardi, duo qilardi. Shaddod ibn avs roziyallohu anhoy aytadi, bir kuni payg'ambar aytdi, ey shaddod ibnavs deydi. Idaro aytannas, qod ikkita nazur zahaba val fido. Fakniz ha ular il kalimat. Ey shaddod debdi Payg'ambar alayhissalom. Agar odamlarni tillo, kumushni hazina qilib, hazina qilib to'playotganini ko'rsangiz degan ekan. Ya'ni dunyo to'plab yotganini ko'rsangiz, siz dunyo to'plashga qiziqmang. Siz mana bu kalimalarni hazina qilib oling degan ekan. Shu kalimani ko'p aytingsiz, o'sha vaqtda degan ekan. Mana shu kalima siz uchun boylik bo'ladi.

Bunga yetadigan boylik yo'q deganda. Shunda Allohimma inniy as aluka thabat fil amr. Val azimata ala rushd. Va as aluka mujibati rahmatik. Va aza in mag'firatik. Va as aluka shukronematik. Va husna ibadatik. Va as luka lisanan sodiqa. Va qalban salima. A'udhibika min sharri ma ta'lim. Va as aluka min xoyri ma ta'lim va astag'firuka min ma ta'lim innakan tanlam ul yub degan. Duoni o'rgatdi. Hamma dunyo yig'sa, siz mana shuni ayting, mana shu siz uchun dunyodir dedi. Ey Alloh, ishimda sobitlikni, sabod mustahkam dinimda turishni so'rayman. Bir odamlar bor, bir pastda namozini ham sotib yuboradi, iymonini ham sotibvoradi, hamma narsani sotibvoradigan kishilar bo'ladi. Din uning uchun bir o'yinchoq. Xohlagan tarafga qarab oqadi, xohlagan tarafga qorab shamolga o'xshab esadigan odamlar bo'ladi. Din unaqa narsa emas. Din mustahkam ustun. Uni qimirlatishga bo'lmaydi. Qimirlatadigan bo'lsangiz, u tomingiz ham, hamma narsangiz qulaydi. Shuning uchun bu dinda amr, shu ishimda sobitlikni so'rayman. Va rusht hidayatda barqarorlik so'rayman. Sening rahmatlaringni olib keluvchi barcha narsalarni sendan so'rayman.

Seni mag'firatlaringni so'rayman. Senga ne'matingga shukur qilishni so'rayman, go'zal ibodat qilishni so'trayman, ey Alloh. Sodiq tilni bergin menga, to'g'ri gapiradigan tilni bergin, chunki birovlar dinni burib, yolg'on o'zini foydasiga ishlatadiganlar bo'ladi. Bilib turibdi u noto'g'ri ekanligini. Shunda ham dinni burmalaydigan, yolg'on tillar bo'ladi. Va ikki yuzlamachi yuzlar bo'ladi. Yuzi ikkita bo'ladi uni. U dinda bir gapiradi, o'zining mansabiga yo o'zining foydasiga qarab bir gapiradiganlar bo'ladi. Shuning uchun payg'ambar alayhissalomni duolari javomi hamma narsani o'z ichiga olgan duolar, dinimda deydi, sodiq to'g'ri tilni so'rayman dedi. To'g'ri haqni gapiradigan tilni so'ray man. Va as ala kaminxoy va qalban salima salomat qalbni so'ray man dedi. Salo insonni qalbi salomat bo'ladigan bo'lsa, sizning ziyoningizga bo'lib turgan narsada ham haq shumi? Payg'ambar alayhissalom aytgan, alloh taolo bizga buyurgan narsa shumi? Bo'ldi qabul qilamiz deb qabul qila oladi. Layyu mino ahadukum hatta yakuna havo hu taba al nima jeetubihi. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, sizlar mo'min bo'maysizlar.

Hatto sizlarni havo yu nafsingiz, xohishingiz, payg'ambar aleyhissalom olib kelgan narsaga ergashmaguncha dedi. Payg'ambir alayhissalom olib kegan narsagini bizni ziyonimizga bo'lsa ham, ha bo'ldi shuni qilaman, deb biz shuni ushamasak, biz hali to'liq mo'min bo'magan bo'lar ekanmiz. Shuni aytyaptiki, biz payg'ambar alayhissalom qalban salim, salomat qalbni so'rayman dedi. Sen bilgan narsalarning hamma yomonliklaridan panoh tilayman, bilgan narsangni yaxshiliklarini so'rayman va sen bilgan narsalarini, Alloh Taolo gunohlarni hammasini biluvchisan, sen istifor aytaman. Alloh Taolo sen g'aybni bilguvchiz otsan deb Payg'ambar alayhissalom duo qilgan ekan. Mana shu duolarni Shaddod ibn Avusga o'rgatgan. Demak, dindagi fitnalanishlikdan inson eng yomon fitna dindagi fitna. Bunda judayam inson iymonini saqlashligi qiyin bo'ladi. Payg'ambar alayhissalotu vassalomni oldiga Habbob ibn Art radiallohu anhu keldi.

Mana bu yerda Buxoriy o'zining hadisida keltirgan Habbob radiallohu anhudan ibn Art keldi. Payg'ambir alayhissalomni oldiga keldi da aytdiki, ya Rasululloh, biz dedi, endi Islomni birinchi vaqti edi. Zaiflik, hali musulmonlarga endi iymon keltirgan kishilarga aziyat yetkazib, azob berib turgan davr edi. Shunda Payg'ambar alayhissalom moldek keldi, yo Rasululloh bir duo qilmaysizmi dedi. Yo rasululloh dedi, duo qilmaysizmi, ala ta'ttansillana, ala ta'tululana, nusrat so'rab, Allohda biz, bizga bir g'alaba so'rab, Allohda so'ramaysizmi siz payg'ambar siz qilgan duoyingiz ijobat bo'ladi deyishganda payg'ambar alayhissalom Ka'baning devoliga suyanib o'tirgan edi. O'rinlaridan turdi yuzlari qizarib ketdi payg'ambar aleyhissalomni. O'rinlarida turdida aytdiki, nima bo'ldi sizlarga bugun dedi. Dininglarga ozgina musibat kelgan edi deyapti. Dinda ozgina mus'ibat kelgan ediy. Mus'ibatni o'zi qanaqa bo'lgan? Hu bal deb aytasanmi? Yoki Alloh deb aytasanmi degan sinov bo'lgan. Alloh la ilaha illalloh deb aytasan mi? Yo bizning votlarimiz hibbal degan votlarimizni ismini aytasanmi deb azoblashgan edi. Ommar ibn Yosurning dadalarini bo'g'ib o'ldirdi.

Onalari Sumayani qorinlariga nayzalarini tiqib, ichlaridan bolalarini tiriklay chiqarib o'ldirdi, va yana sahobiylarni qizdirilgan o'tlarni olib kelib temirlarni bosib, hatto o'sha qizib turgan cho'g'ni tanalaridan chiqayotgan erib tushayotgan yog' o'chirib qo'yguncha endi o'tni qo'ydi. Bu tasavvur qiladigan sinov emas. Bizga hozir unaqa sinovlar Alloh o'zi asrasin. Unaqa sinovilar yo'q. Sahobiylar shunday davrda shunaqa narsani ko'rgandan keyin kelib, Payg'ambar alayhissalomga duo qilma, ismi yo Rasululloh degan edi. Payg'ambar aleyhissalomni javobini qarang. Dindagi sabotlik, dinda fitna kelganda qanday turishini aytdi da. Ka narroj ul fiyman, qobulakum yuhfar lahufil art fayuj allahufiyhi fayuja ubil minshar fayuza ala ras. Sizlardan avvalgilar dedi. Sizlar nima bo'ldi? Ozgina fitnaga dininglarni tashlab ketmoqchilisizlar deyapti. Sizlardan avvalgililar dedi. Shunday olib kelinardi, sen Allohga iymon keltirganmisan derdi. Ha desa, yerni kovlab turib, yerga bir ustunni qoziqni qoqardi da, qo'li bilan shunday haligini qo'lini orqaga qilib, haligi ustunga bog'lab qo'yardi da, haligi odamni ko'mib qo'yardi. Mana shu ko'kragigacha ko'mib qo'syardi. Keyin arrani olib kelardi da, sen Allohga iymon keltirganmisan?

Deb so'rardi. Ha desa, boshiningni qoq o'rtasiga qo'yib aralab tashardi dedi. Mana shu vaqtda ham dinidan qaytmadi dedi. Va yumashatu bi amshatil hadid maduna lahmixi va avme va temir taroqlarni olib kelib turib, qizdirib haligini. Terisini shunday taragan vaqtida terisini, go'shtini, yog'ini, bo'lak, suyagini, bo'lak ajratib tashlardi. Shunda ham ular dinidan qaytmadi. Sizlarga nima bo'ldi bugungi kunda? Ozgina narsaga imtihon bo'lganinglarda, dininglarni qaytasizlarmi? Deydi Payg'ambar eson. Demak, eng qiyin fitnalarning nimasi, bu dinda fitnalanishlik. Alloh subhanahu va taolo payg'ambar alayhi salom duo qilgan duoni aytamizki, bo'ladi haj al musibata nafiy dinina. Bizni fitnalar kelgan vaqtda dinimizda fitnalamagin, dinimizda musibat bermagin deb. Inshaalloh kelgusi jumada yana davom ettiramiz. Alloh nasib qilgan bo'lsa, nimalarga darslarimiz to'xtab qoldi. Kasal bo'lib, ozgina davolanishlik sababi bilan, lekin alhamdulillah mana hozirgi davrda davlatimizda tinchlik, osoyishtalik, namoz masjidlar ochilgan, jamoat, jamoat, odamlar namoz o'qishligiga imkoniyatlarni yaratib qo'ygan. Alloh taolo rozi bo'lsin.

Muftiyot taraflaridan har masjidlarda dars qilishliklarga ruxsatlar berib qo'yilgan, qur'on o'rgatish va boshqaga. Inshaalloh biz ham darslarimizni yana davom ettiramiz. Bu ertaga shanba emas, keluvs kelasi shanba. Keladigan shanba kuni darsimiz inshaalloh davom etadi. Subhanak allohumma biyam dashshadvala alayhi la ilaha illatuhu va ato biylak. Allohumma taqabbul minna innakantas sa'min aliy va ato balayna innakentat tavo va bi rohim rahmat. Allohu akbar.

Keyingi darsni tinglash(Mamurjon Domla) Islom Odoblari 6-dars (Mazxablar bilan bolgan odob 2-kism)