Maviza
—Qoralama1 soat 11 daq

Mamurjon domla Islom odoblari 22-dars (Qarz berish va qarz olish odoblari)

Maʼmurjon Domla · Maʼmurjon Domla maʼruzalari

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
70:45
O'zgarishlar tarixi

Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Inna alhamdulillah, nahmaduhu anas ta'inuhu anas taqfiruhu anaudh billahi min sururiy anfusina va min sayyi'ati amalina may yahdihillahi falamudillalloh va may yudlin falahadiyaloh va ash'adu an la ilaha illallohu vahdahlohu la sharikaloh va ash'aduh anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma abad. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bugun shanba kuni inshaalloh islom odobi darsligini davom ettiryapmiz. Lekin yangi masjidda jome masjidida davom ettiryapmi. Buni ko'p odam eshitmadi. Tasodif kechagi jumaida e'lon qilindi shu masjidda bo'lishligi. Shuning uchun mana bizni mikrofonlar qo'yadigan akalarimiz ham o'zi xabarsiz bo'lib qoldi o'xshaydi. Lekin keyingi darslarga inshaalloh hammasi tartiblashtiriladi degan umiddamiz. Alloh subhanahu va taolodin bu darslikni davomiy bo'lishligini va eng avvalo o'zimga manfaatlik va qolaversa hammamizga alloh taolo manfaatli qilishligini so'rab darsligimizni boshlaymiz.

Bugungi aytmoqchi bo'lgan darsligimiz, biz va'dobiki, odoblar haqida ketyapmiz. Odob, fiqh masalalari yo boshqaga emas. Odob bobida ketyapmiz. Lekin yana bir e'lon qilib qo'yiladigan narsa, biz shanba kuni odoblar bo'ladigan bo'lsa, yana qo'shimcha dariz mana shu masjidda shomdan keyin bo'ladi. Nima kuni? Seshanba kuni, ikkinchi kun, shomdan keyin fiqh bo'yicha bo'p ham Abu Hanifa rahmatulloh alayh Imom A'zamni al fiqhul hanafiyya va adilla tuha fanafiy mazhabidagi fiqh va uning dalillari degan kitob bo'yicha nima qilamiz, masalalari, Abu Hanifar Ahmadullalikning masalalarini o'tamiz.

Qatnashaman deganlar unga ham, shu darsiga ham kelishi mumkin. Bugun bizni aytmoqchi bo'lgan odob, biz to'xtalmoqchi bo'gan odob hammaga kerak va hammamizga zarur. Bo'lgan odoblarni biri. Ikki odamning biri hozirgi vaqtda shu masala bilan mubtalo bo'lgan. Ikki odamni biri. Hech men shu masalaga kirmayman desangiz, iloji yo'q, baribir ham nima qiladi, aylanib kelib kirib qolasiz hayotingiz mobaynida. Bu qarz masalasi.

Qarz odoblariga to'xtamoqchimiz. Qarz. Qarz odoblari Qur'on Karimda eng uzun oyatlarning biri, eng uzun oyatlarning biri Baqara surasida kelgan bir oyat. Juda ham uzun oyat. Shu qarz haqida gapirgan. Bir bet Qur'oning bir betini to'ldirib, qarz haqida Alloh Taolo gapirdi. Agar u qarzni ahamiyati bo'lmaganda dinimizda, agar shu qarzni odoblari bo'lmaganda Alloh Taolo shunchalik uzun oyat gapirmagan bo'lardi.

Alloh subhanah va taolo bandalarga ibodatni qanday qilishni o'rgatgan bo'lsa, bir birlari bilan muomala qilishni ham alloh taolo shunday o'rgatdi. Bir birimiz bilan muomala. Bu muomalaga kiradi, qarz. Oldi berdi, bir biriga qarz berdi, qarz oldi, mana shu muomala bob. Shuning uchun Alloh Taolo bizga shunday narsani o'rgatdi. Bu eng ahamiyatli ekaniga va juda ham muhim ekanligiga dalolat qiladigan bir darslik bo'lganligi uchun shunga to'xtayapmiz. Ikkinchidan, bunga to'xtashligimizni sababi, juda ko'p odamlar bu bobda qarz, oldi berdi, qarzda e'tiborsiz bo'lib ketgan. Odoblarini rioya qilinmaydi. Qarz odoblariga rioya qilinaydi. Birovdan qarz olib qo'ygansiz, haligi bechora adoyu tamom bo'ladi qarz bergan odam. Ololmaydi qarz bergan odams. Qarz so'ragan odamning deydi, bir yuzi bir marta qizarsa deydi, qarz bergan odaming yuzi ming marta qizaradi deydi da. Hali qarz olayotgan odam bir marta qizarib, yuzini qalin qilib kelib, qarz berib tursangiz deb, hamallab olib ketadi.

Qarzni bergan odam kelaveradi, kelaveradi, oxiri uyalib qoladi. Oxiri telefonda ham ayta olmay, endi telefon qilib aytishga ham uyalgandan keyin endi nima qiladi? Sovsheniya yuboradi. Birodar, omonatni qachon berasiz deb sovsheniya yeb yuboradi. Shunchalik ahamiyati yo'q bo'lib ketganda bizlarda. Birovni olib olsak bo'ldi. Olib olguncha endi eplab seplab, olib olganimizdan keyin bo'ldi, uni tanimaymiz. Shuning uchun bizlar bu darslikda qarz anaqasiga to'xtamoqchimiz. Men avvalda aytdimki, johiliyat davrida ham, johiliyati davrida ham qarzning qattiq qo'rqishgan. Qarzning qatti qo'rqishi.

Badr jangidan keyin, badr jangidan keyen, Umair ibn Vahid bilan Abu Sufyon bir toshni tepasiga chiqib o'tirib, shu Badr g'azotida bo'lgan musibatlarini bir biriga ayta boshladi. E, otam o'ldi desa, akam o'ldi, bum o'ldi, u o'ldi, bari musibatlarni aytishyapti. Shunda Umayr aytdiki, vallohi, agar dedi, meni mo'ynimda yuklangan qarzim bo'lmaganida, bo'ynimda yiklangan qarzimbo'lmaganida va bola chaqam yosh. Hozir men o'lib ketsam, ular zoya bo'lib ketadi, ko'cha ko'da qolib ketadi. Shu narsani o'ylashlik meni hayolimda bo'lmaganda dedi, men to'g'ri Madinaga borib, Muhammad alayhissalotu vassalomning oldiga kirishlikka dedi, yo'l topardim dedi. Qanday yo'l topasan desa, meni o'g'lim uni qo'lida dedi, asir tushgan edi dedi. Shunga kelib, bahona qilib kirib, Payg'ambarni dedi o'ldirib kelardim dedi.

Eng katta adovat, dushmanlik bilan nima qilyapti? Borib o'ldirishgacha nima tayyor turibdi, faqat nima to'syapti uni? Qarzim dedi. Qarzimni to'laydigan odam yo'q dedi. Qarzni shunchalik darajada nima qilishgan? Ushlaganda. Keyin Abu Sufyan shu yerda foydalanib aytdiki, ey Umar dedi. Qarzingni dedi, men to'layman dedi.

Bola chaqang dedi, men bola chaqamni qanday asragan bo'lsam, shunday asrab katta qilaman dedi. Sen maqsad qilgan narsangni oxiriga yet dedi. Shunda qilichini taqib, Umair Payg'ambar alayhissalomning huzuriga Madinaga keldi. Madinaga kelib, kelayotgan vaqtida, kirib kelayotgan va qtida masjidda umar ibn xattob roziyallohu anh turgan edi eshikni oldida. Umerni ko'rdi da aytdiki, bu shayton bir yomon maqsadda kelyapti. Bu hech qachon yaxshi maqsadda kelmaydi dedi. Kelgan vaqtida mahkam qilichini ushlab, nima uchun kelding dedi. Aytdiki, meni o'g'lim sizlarda, Payg'ambar bilan ko'rishmoqchiman dedi. Payg'ambar alayhissalomga aytgan edi, kirgizinglar uni dedi. Umar ibn Xattob qilichini mahkam ushlab olgan. Olib kirdi. O'zini ya Umair dedi. Ey Umair, yaqinroq kel dedi.

Yaqinroq kegandan keyin nimaga kelding deganda, ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam, siz bilasiz, men hech bir maqsadda kelmadim, faqat o'g'lim sababli kelib turibman dedi. Unda dedi, o'g'ling sababli kelsang, qilishni nimaga taqib kelding dedi. Bir narsaga faqat jang uchun chiqsagina qilish taqilar ekanda. Lekin oddiy bir ziyorat uchun, o'g'lini ko'rish uchun yo bir narsa masala sulh uchun borsa, qurolsiz borilardi. Shunda aytdiki, qabbah allohu haza saif deydi. Ha bu qilishni alloh yuzini yuzta fan qilsin. Shu jangimizda dedi, foyda bermagan endi foyda berarmidi dedi.

Bu faqat yo'lda biror narsalar nima qilmasin deb taqib kelganman, uni hech unaqasi yo'q dedi. Yolg'on gapiryapti. Ustiq yo'q, umayr, ey umayr, to'g'ri gapir dedi Payg'ambar alayhissalom. To'g'ri yapir deganlarida aytdiki, to'g'r aytyapman degan edi. Yo'q, yolg'on aytyapsan dedi. Alloh Taolo xabar berib qo'ygan edi. Payg'ambar aleyhissalomga vahiy orqali xabar bergan edi. Sen va busyon falon tog'da o'tirib mana shunday, mana shunday voqeani hammasini Payg'ambar alayhissalom aytib berdi. Aytib berganda Umayr aytdiki: vallohi bu osmondan xabarlar kelib turadi desa ishonmasdik. Endi men bu narsaga ishondim. Ash hadvan la ilaha illallohu, anna muhammadur rasululloh deb islomni qabul qildi.

Islomni qobil qildi. Bu endi aytishimizning maqsad, johiliyat davrida ham, johiliyat davrida ham qarz degan narsadan qo'rqishgan. Qarzni ado etishlik, o'limning oldin qarzni, o'zi o'lsa, Payg'ambanni o'ldirib o'lsa, jahannamga tushadi. Yana bu qarzni o'ylayapti u odam. Qarzni o'ylyapti.

Shuning uchun bugun shu qarzni odoblariga to'xtalmoqchimiz. Birinchi qarzni odoblari uch qismga bo'lamiz. Birinchisi, ada bun ta taalliqu bil muhtarid, qarz olayotgan odamga taalluqli bo'lgan odoblar. Ikkinchisi, qarz berayotgan odamgaga taalluqli bilgan odoblar. Uchinchisi, umumiy hammasiga taalluqli olgan odoblar.

Birinchi odobi, qarz olayotgan odamning odobi. Qarz olayotgan adam. Birinchisi, adamul iqtirod illali darura. Faqat zarur bo'lib qolganda, juda ham muhtoj bo'lgan vaqtdagina qarz so'rashlik. Juda ham zarur bo'lgan va qaddagina qarz so'lash.

Shuning uchun Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytadiki, li an yahuda, ahadukum hablahu tinmayat il jabil fayati bi hazmatin min xatabin aladoh rohi fayabi uha fayakuf hu bi havoji huhay runlahu min an yas ala nas'atu huav manauhu degan ekan. Bir odam insonni yuzining suvi bo'ladi deymiz. Yuzini suvi deydi. Ya'ni o'zining hurmati yuzida, insonning yuzida hurmati. Shu hurmatini paymol qilish bo'lar ekan. Birovdan so'rashlik, birovdan xoh tilamchilik qilib so'rang, xoh qarz so'rang, shu narsaga yotadi deydi. Shuning uchun inson yuzini suvini ketkazmaslik kerak. Bo'lar bo'lmasga yugurib borib qarz so'raverishlik shu narsaga yoqadi degan. Payg'ambar alayhissalom aytadi, sizlarni bittalaringlar arqon ko'tarib, o tog'larga chiqib, tog'larda daraxtlarni kesib, o'tin qilib olib kelib, uni shaharda sotib, kunini ko'rishligi birovdan so'rab yashagandan ko'ra yaxshiroqdir deydi. Birovdan so'rasang bir kun beradi, bir kun xohlasa beradi, xohlamasa bermaydi deydi. Payg'ambar alayhissalom shuning uchun inson o'zining yuzining suvini bo'lardim bo'lmasga ketkazishlikdan qaytarganlar.

Shuning uchun juda ham zarur bo'lsagina qarz so'rasa, bo'lar ekan. Qarz so'rasa. Chunki shariat unga ruxsat bergan, ammo bo'lardim bo'lmasga hozirgi kunga o'xshab birovlar uyida yeydigan narsasi ham bor, minadigan mashinasi ham bor, hamma narsasi bor. Saroyda yigirmata moli bo'lsa, shuni ellikta qilib qo'yay deb qarz so'raydi.

Qanoat yo'qligida. Qanoat yo'lligidan haligi nima qilishlik uchun qarz so'raydilar. Ikkinchisi, odoblarning ikkinchisi qarz olayotgan odamning adobi, qarz olayotgan vaqtda shu qarzni albatta to'layman, ado etaman degan maqsad bilan olishlik.

To'layman, ado etaman shu qarzni, meni bo'ynimga omonat degan maqsadi bilan olishlik'. Hammalab olib olsam, u yog'ini qo'yavering deb qo'yishadi yu. U yog'ini qoavering. Haligi juda ko'p nimaga? Biri qarz olsa kelib, haligi nima so'raydi ekanda.

Qarzimni bermaysanmi deb. Qarzimni germaysanmi deb so'rab, rosa nima qilsa, beradigan narsam yo'q debdi da. Nimani beraman? Beradigan narsami yo'q. Nima qilsangiz shu qiling desa. Misol o'ttiz ming bergan bo'lsa, mayli, o'n mingini kechirdim, yigirma ming bera qolchi debdi da. Desa, mayli, keyin bir haftaga ruxsat bering, bir haftadan keyin ham amallaymiz debdi. Ketib, bir haftadan keyi yana kelib bermaysan desa, hech narsam yo'q. Nimani beraman der ekanda. E, seni deb, yana o'n mingini kechdim. Endi ish bo'lmasa o'n mingni ber, nomard desa, nimcha achinasiz, mana sekin sekin to'layapmiz u debdi.

Sekin sekin mana kechib boryapti da, o'n mingin kechdik, keyingisida o'n ming kechdik. Endi o'n ming qoldi da, haligi o'ttiz ming olgan edi yu. Yana bir ikki marta kelsangiz qutulib qo'yamiz deyapti da. Ana shunaqa maqsadda olinmas kerak qarz. Hammalab kechib yuboramiz deb a? Qarz olayotgan vaqtimizda shuni o'rniga bera oladigan shu qarzni ishlatib turib, undan keyin masalan uch oyga oldingiz bir yilga, bir yildan keyin shuni o'rnini bosadigan narsangiz bo'lsa, yo shuni ishlatgandan keyin shuni chiqarib beradigan bir nima bo'ladigan bo'lsa, shunaqa narsalar bilan mo'ljallab turib olinishi kerak.

Qarzni to'lashlik maqsadida. Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytadiki, man ahada amuala nasi yuridu adaaha addallohu anhu va man ahadaha yuridu itla faha atlafahullohu. Kim odamlar din odamlarning molini qarzga oladigan bo'lsa, olsa, uni ado etish maqsadida qarz olgan bo'lsa, Alloh Taolo shunga yordam beradi, shuni ado etishiga yordam beradi deydi. Kim odamlarni molini itlof qilib, yo'q qilish uchun, molini yeb ketish uchun, qarz qilib oladigan bo'lsak, Alloh Taolo uni talofatiga yetkazadi. Uni to'lay olmay o'tib ketar ekan. Boshida maqsad buzilsa, oxirida shu bo'ladi. Boshida maqsad to'g'ri niyat bilan olinsa, Alloh Taolo unga nima qiladi? Yordam beradi deydi. Biz bir kishini, omonatgo'y kishini hayotiga kichkintay to'xtalsak. Juda ham omonatgo'yskiy kishi. U kishi haqiqatdan ham keling davomi. Alaykum assalom.

Odamlarning haqqini ado etishlik maqsadida qarz olishlik, yeb ketishlik maqsadi emas. Qarz olishning maqsad uni ado etishlik deylik. Shuning qatorida biz bir kishining hayotiga kichkina to'xtalamiz.

Bu kishi Payg'ambar alayhissalotu vassalomning sahobalaridan va Payg'ambar aleyhissalotu vossalomning kuyovlari eng yaqin kishilarining biri kim u kuyovlari? Ali?

Usmon? Yana kim? A? Alloh rozi bo'lsin. Abul as ibn robbiy, Payg'ambar alayhissalotu vassalomning kuyovlaridan Abul as ibn rabbi radiallohu anhuning hayotiga to'xtalamiz.

Bu kishi Hadija onalarimiz, Hadija onalarimiz Abul osning xolalari bo'ladi. Hadija onamiz Abul osni xolasi bo'ladi. Payg'ambar alayhissalomning ayoli Abul Osnin xolisasi. U kishining hunarlari ham tijorat bilan shug'ullangan.

Keyin juda omonatli, juda yaxshi tijoratchilardan biri edi. Shunda Hadicha onamiz Payg'ambar alayhissalomga maslahatlashib, qizlari Zaynabni shunga nikohlab berishlikni ma'qul ko'rdi. Abul Ozga Zaynabni nikohlashni.

Zaynabni Abul Ozga nikohlab berishdi. Keyin Payg'ambar alayhissalatu vassalom Payg'ambar bo'lib va Hay kelib Madinaga ko'chib ketdilar, hijrat qilib. Mahkadagi mushriklar, kofirlar payg'ambar alaysissalotu vossalomga har qandayqasiga zarar yetkazishga harakat qildi.

Shunda ular o'tirib Makkadagi kofirlarning boshlari o'tirib, maslahatlashib aytdiki, qanday zarar yetkazsak. Bu kishi dedi, bizni ichimizdan chiqib ketib dedi, bemalol yuraveradimi dedi. Biz dedi, butun yurtga sharmanda bo'lib dedi, bir kishini eplab nima ta'dib qilib, odobga solib qo'ymasak dedi. Kelinglar dedi, ittifoq qilaylik. Payg'ambar alayhissalomning qizlari Makkada.

Mushriklarning qo'lida. Ittifoq qilaylik, dedilar. Kim Payg'ambar alayhissalomning qiziga uylangan bo'lsa, shuning xonadoniga borib, qizlarini qo'ydirib yuboramiz, talab qo'yadi, deydi. Bunday aytganda, o'zbekchalab men, o'rchalab men, moralniy ezish deydi yu.

Hamma uchala qizi birdaniga ajrashib kelsa, uchala qizi taloq olsa, shunda bir qizlari Abu Lahabda, bir qizlari boshqada, borishdi. O'g'ling, Payg'ambarning qizlarini taloq qo'ysin. Mol dunyo desa, biz yig'ib beramiz. Qiz desa, eng mahkaning, chiroyli qizlarini olib kelib beramiz deyishdi, taloq qo'midi. Narigisiga bordi, taloq qo'ydi.

Abulazizga kelib aytganlarida, xotiningni taloq qo',ydi. Biz Makkadagi eng go'zal qizlarni tanlab olib beramiz. Mol dunyoda yig'ib beramiz, uy joyda qilib beramiz, deganlarida yer yuzini, sizlar Makkani aytyapsizlar, yer kurrasini barchasini jamlab menga taklif qilsanglar ham, ayolimni talab qo'ymayman deydi.

Payg'ambarning qizini o'zi mushrik bo'lsalar ham talab qo'ymayman dedilar. Mana haqiqiy adolat. Kunlardan bir kuni Badr g'azosi boshlangan vaqtlarida Badr g'azoti boshlangan vaqtlarda, majburan Makkadagi mushriklar odamlarni majburlab chiqishga, chiqmasga qo'ymay, Badrga olib chiqdi.

Chiqmaganlarga sen chiqmasang o'rningga odam chiqarasan deyishdi. O'zing chiqmasang o'shanga odam, bir odam chiqarasin. Shunday qilib chiqdi. Shunda majburan Abuloz shu jangga g'azotga chiqdilar. Shu g'ozotda asrga tushganlarning qatorida u ham asrga tushdi. Shunda Payg'ambar alayhissalom kofirlardan asrga tushganni nima qilamiz deb sahobalar bilan maslahatlashdi. Numariddin xattobni bilasizlar, u kishi doim qo'lida qilich kishi. Aytdiki, bo'yniga uramiz qilich bilan deydi.

Boshqasi aytdiki, Abu Bakr aytdiki, yo'q deydi. Biz hozir moddiy tarafga muhtojmiz. Mol shunday narsalarga muhtojmiz. Har bir kishi asrlarni aytdiki, falon miqdorda fidiya to'laydi, pul to'laydi deydi. To'lasin, ketaversin deydi. A puli yo'qlari o'qish yozishni biladigan bo'lsa, musulmonlarning bolalariga o'qish yoazishni o'rgatsin deydi.

Ya'ni maslahatlik narsani talab qildi. Shunga ko'nishdilar. Shunda Zaynab Makkada edi. Kuyovlarini, Abul Osni dadalarini qo'lidan chiqarib olishlik uchun onalari Xadijaning Xadija onalarimizni kuyovga tegayotgan vaqtlarda o'zining taqinchoqlarini bergan ekan, o'sha taqinchoqni Payg'ambar alayhissalomga jo'natdi.

Adolatni ko'ryapsizmi? Odillikni ko'ryapsuzmi? Ha, men dadam u hozir chiqarib olaman men, bir og'iz gapim bilan demadi. Payg'ambar aleyhissalom ham kuyovim ekan u, qo'yib yuboringlar demadi. Shunchalik adolat. Qizlari fidiyami, fidya? Kelishimmi kelishim?

Yubordilar. Payg'ambar alayhissalotu vassalomning oldilariga haligi nimani ko'tarib kelganlarida taqinchoqni. Payg'ambarni alayhissalom ko'rdilar da, Hadija onamiz taqib yurgan vaqtlari ko'z oldiga keldi. Ko'zlaridan yosh javdiradi. Chunki eng yaxshi ko'rgan ayollarning biri Hadija edi. Payg'ambar alayhissalom Hadija o'lib ketganlardan keyin ham juda ko'p yillar eslab yurgan.

Shuni ko'ngillari chidamadi da, haligi topinjonni ko'rgandan keyin sahobalarni chaqirib aytdiki, mening qizim Zaynab kuyovlarini ozod etish uchun Hadejaning taqinchoqini jo'natibdi. Agar shu taqinchoq olmasdan hammanglar rozi bo'lsanglar, shunday qo'yib yuborsak. Agar yo'q desanglar, taqinchoqni olib qo'yib voringlar dedi. Taqinchoqnini olinglar musulmonlarni baytilmoliga musulmonlarning yig'ilayotgan mablag'lar unaqasiga tashlaysizlar dedi. Shunda sahobalar aytdiki, yo'q yo Rasululloh, biz taqinchoqni olmasdan qo'yishga rozimiz deb qo'yishib yubordi.

Shundan keyin Payg'ambar alayhissalom ketayotganlarida aytdiki, sen borib ham qizim Zaynabni menga jo'natib yuborasan dedi. Bu kishi ham haqiqatdan vafodor kishi edilar. Makkaga kelganlarida, to'g'ri keldilar da, ukalari Amr ibn Robiyaga, Amrga aytdiki, sen Zaynabni tuyaga mingizib, falon joyga olib borasan, shu yerda Muhammad alayhissalomning odamlari turibdi, shuni qo'liga topshirasan dedi. Kuppa kunduz kuni tuyaga mingizib Zaynabni olib chiqib ketayotganlarda Quraysh kofirlari, Makka kofirlari oldiga chiqdi. Chiqib, Zaynab radiyallohu anhoga hamla qilishib qo'rqitishdi. Ba'zi bir rivoyatlarda homilador edilar, shunchalik qattiq qo'rqganlardan homilalarni tashlab qo'ydi deydi. Shunda Amr.

Bu ham o'zi kofir kishi. Kamonini kofirlarga qaratib aytdiki, agar bittangiz yaqinlashsangiz, shuni ko'kragingizga sanchib qo'yaman dedi. Degan vaqtlarida uni oldiga Abu Sufyon keldi da aytdiki, ey bola dedi. Bir daqiqa, meni gapimga quloq sol dedi.

Kamoningni yerga qarat dedi. Shunda aytdiki, sen aqling bormi? Zaynabni biz Badrda o'zi shuncha sharmanda bo'ldik. Butun yer yuzi bizni eshitdi sharmandaligimizni. Endi bo'ladi ham Muhammad alayhissalomning qizi Zaynabni bizni ichimizdan ko'ppa kunduz kuni olib chiqib ketishing bizni sharmanda qilib butun yerga rasvo qilishmasmi dedi. Hech bo'lmasa dedi, hozir qaytib ketib, tuyundasi maxfiy olib chiqib kelmaysanmi dedi.

Obro' saqlash. Obro'sini saqlab qolmoqchi da endi. Shunda biz gap tarqatamiz, tunda qochib ketibdilar, gap tarqatamimiz deyishdi. Mayli dedilar, uyga kunduz kuni olib kelib, tundasi olib chiqib ketdilar. Payg'ambar alayhissalotu vassalomdan oldiga olib keldi. Fotih mahkani Payg'ambar aleyhissalotu vossalom fath qilishidan avval Abuloz o'zining kasbi hunari bo'yicha Makkanning hamma odamlari nimani berardi Abul ozga, mol dunyosini berishardi. U kishi yaxshi tijorat qilardi, yaxshi foyda qilardi, birovga xiyonat qilmasdan olib kelib berardi. Shunda shomga chiqayotgan vaqtlarda yuz tuya bilan varijaluhu nayifuna alami avasarun yuz yetmish kishi bilan Shom shahriga tijoratga ketdi. Bu judayam katta karvon degan edi. Yuz tuya hozirgi kunda yuz vagon desangiz, yuz kamaz deng. Ana endi keyin o'zingiz tasavvur qilib ko'ring. Shuncha mablag' bilan yuz yetmish kishi bilan Shom shahriga nima qildi?

Safar qildi. Yo'lda ketayotgan vaqtlarida yana musulmonlarning qo'liga tushibdi. Musulmonlarning qo'liga tushdi. Shunda Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytdiki, bu kishi bilasizlar, mening qizim Zaynabning kuyovlari bo'ladi dedi. Olgin karvoninglar, uni qo'limdan olganinglar, xohlanglar, qaytarib beringlar, xohlang lar, Alloh sizlarga rizq bergan narsa yenglar, o'zinglar bilasizlar dedi. Deganida musulmonlar aytdiki, yo'q yo Rasululloh, biz unga qaytarib beramiz deydi. Shunda kelishib aytdiki, alam majal alix dihi qol u lah u ya'a abal as inna kafiy sharofin min quraysh va anta ibna ammi rasululloh va sehri fahl lakan tuslim va nahmundan zilakaha anha dilmar kunli. Shunda haligi molini olishga kelgan vaqtlarida musulmonlar ushlab qo'ygan molni olishga kelganda, musulmonlar aytdiki, ey Abuloz, Payg'ambar alayhissalom shunchalik senga yaxshiliklar qilyapti. Islomni qabullamaysanmi? Deydi. Agar Islomni qabullasang, shu hozirgi hamma yuz tuya bir sening o'ljang bo'ladi va senga qoladi, deydi.

Chunki u musulmonlarni qo'liga tushgan narsa o'lja bo'lib qoldi. Endi bu dedi, bitta sen o'zing haqli bo'lasan dedi. Va shuncha ne'matlarni ichida g'arq bo'lib qolasan dedi. Shuncha boylik dedi. Ham musulmon bo'lasan, ham shuncha ne'matlarni ichida qolasan dedi. Degan vaqtda Abulaziz aytdiki, besama da'vut muni an abdu adin il jadid beg'odira. Sizlar meni da'vat qilayotgan narsanglar muncha ham yomon deydi. Sizlar meni da'vit qilayotgan nasanglar muncha hamm yomon.

Men yangi dinimni xiyonat bilan boshlayinmi? Deydi. Yangi dinga o't deyapsizlar, Islomni qabulla deyapsizlar. Yana mana bu mol dunyolarni hammasi senga deyapsizlar? Yangi dinimni, xiyonat bilam boshlaymi? Deydi. Yo'q, dedi da, Islomni, qabullamayman deb. Karvonni yetaklab, yuz tiyani hammasini olib, Makkaga keldi. Makkaga kelib, Makkada har bir odamga ip u ignasigacha qo'liga topshirdi. Topshirib, ey ahli Makka dedi. Menda sizlarni biror bir haqqinglar qolmadimi dedi.

Deganlarda yo'q, hech qanaqa haq qolmadi senda. Baribir ado etding, deganlarda endi eshitib olinglar, ash hadval la ilahina la vanna muhammadir rasululloh men islomni qabulladim deydi. Yeb ketishmas. Birovni ikki tushib qolibdi qo'lga, olib ketish emas.

Haqni haq qilib nima qilishlik? Ko'rishlik. O'rnida ado etishlik. Shuncha mol seniki deb tursa ham yo'q olib borib egalariga topshirib, ana undan keyin nima qildi? Islomni qabul qildilar. Uchinchi odobiy qarz olayotgan kishining uchinchi odoblari aniyata harral iqtiroda min rojero'n solih. Qarz olmoqchi bo'lsangiz, solih kishilarni tanlashlik.

Yaxshi, solih, ishonishlik, kishini nima qilishlik kerak? Qarz olayotgan vaqtda shunday kishilarni tanishlik. Chunki fosiq kishini oldiga borsangiz, qarz berayotgan vaqtida yo protsentga qarz beradi, ustiga qo'shib berasan deydi.

Yoki bo'lmasa, qarz berganidan keyin bir vaqtga belgilashib, bir vaqtni belgilab olgan bo'lsangiz, vaqti tugamasdan sizni nima qiladi, xarajga soladi, qiyinchilikka solib qo'yadi. Qarzni bermaysizmi deb avvaldan telefon qilaveradi. Yoki bo'lmasa, sizga xiyonat qilishi mumkin.

Solih kishi deb qarz olmasangiz, qanday xiyonat qilib qilishi mumkin? Bozorda bir kishini ko'rdim. Mol sotar ekan. Mol bozorda da. Bu masjiddagilar hammasi mol bozorda yuradi. Boshqacha yurmaydi. Mol bozorda mol sotar ekan. O'nta, yigirmata molni olib kelib turib, pulingiz bo'lmasa, bir oygacha qarzga berib yuboraverar ekan molni.

Beraverasiz. Bir oyda bersangiz ham beravering deb sotib yuboraverarkan. Ikkitasini masalan yuz mingga olsangiz yo yuz ellik mingga ikkitasini olsangiz, yana ikkitasini shunday qarzga ham berib yuborar ekan. Birodarlardan biri shunday qarzgaga oldi. Ikki haftadan keyin pulini olib kelib beradigan bo'ldi. Yuz ming qarz qoldi. Qolganini hammasini to'lagan. Ikki haftadan keyin yuz mingni ko'tarib kelsa, qanaqa yuz ming? Yuz ellik ming qolgan edi deyapti. Yuz ellik min qolgan edi deb dod faryod qilib, haligini bo'yniga yuz ellik minga qo'yib, yuz ellik mini shu yerda oldi.

Fosiq kishidan olsangiz, mana shunaqa xiyonat qilishi mumkin. Shuning uchun ehtiyot bo'lishi kerak. Qarz olayotgan kishi solih kishilarni tanlashi kerak bo'ladi. To'rtinchi odobiy anyaqta sirafil ixtiroli ala mayalzamuhu. Qarz olayayotgan vaqtda, qarz olayotkan kishi o'ziga kifoya qiladigan, o'ziga yetarlik darajadagi mablag'nigina qarz olishligi. Sizga ikki yuz ming tanga muhtoj bo'lsangiz, shu ikki yuz ming tagaginigina olishlik.

Uch yuz ming qilib olaveraychi, yo to'rt yuz ming qib olaveraychi deb turib, taxminan qilib ko'paytirib olmasdan, shu sizga kerak bo'lib turgan mablag'inigina qarz olishlik. Beshinchi, qarz olayotgan kishining beshinchi odobi al vafa u biddayni fimoidiyhi va adamil muotala. Qarz olayotgan odam shu qarzni belgilangan kuni ado etishlik, uni cho'zib yurmaslik. Qarzni belgilagan kuni ado etishligi va uni cho'zib yummasligi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytdilarki, matrul g'aniye zulmul. Qodir bo'lib turgan odam bermasdan cho'zib yursa, shu zulm hisoblanadi. Zulm, bir birodarga zulm qilayotgan bo'lasiz.

Bizda qaraydi, boylardan olinadi yu o'zi qarz. Dirishmi? Kambag'al odam qarz bera olmaydi. Boylardan qarz olib oladi da aytadiki, yuz mingga qarab qolibdimi deydi. Topib yoqibdi yu, yuz mingga qarab qolibdimi deydi. Meni beradigan yuz mi, nima deydi? Sabr qilib yursin deydi.

Qodir bo'lib turib bermayapsangiz, u odam muhtoj bo'lmasa ham, shu yuz mingga, siz belgilangan vaqtini o'tkazib yuborganingiz uchun, shunga zulm qilayotgan bo'lib hisoblanaverasiz. Shunga zulm qulayotgan bo'lib, hisoblanaverasi, gunohkor bo'laverasiz. Beshinchi, oltinchi odoblari husnul qado. Husnul qado degani qarz o'tayotgan vaqtda nima qilishlik, juda chiroyli, yaxshi qilib qarzni ado etishligi. Hech bo'lmaganda qarzni olib borib bergan vaqtingizda Alloh molingizga, joningizga, farzandlaringizga barakaatlar bersin deb chiroyli duolar bilan berish. Bo'lmasa, undan ham chiroyli go'zalligini berishligi. Misol, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam nima qildilar? Bir tuya oldilar bir kishidan. Qarzga. Berayotgan vaqtida xuddi shunday tuya bo'lmadi, undun afzalroq, undun kattaroq, undun yoshi ham katta bir tuya bo'ldi. Shunda sahobalardan biri kelib aytdiki, yo Rasululloh tuyalarni ichida xuddi siz olgandaqasi yo'q ekan.

Hammasi katta katta ekan deganlarida, shuni berib yuboraveringlar deydi. Hoy Rukm, sizlarni yaxshilaringlar qarzni ado etayotganda ortig'i bilan o'tagani yaxshidir dedilar. Ishtarov fa atah uya fain nahayrakum ahsanukum qabog'an dedilar. Sizlarning eng yaxshilaringlar qazo o'tayotgan vaqtida ortig'i bilan o'tagani yaxshidir dedi.

Endi bir masala kelib chiqadi. Bir odam qarz oldi. Ming dollar qarz oldingiz. Bir yilga. Bir yildan keyin ming dollar bilan, ming dollarni olib keldingizda mana, mana bu shayxga berdingiz qarzni. Egasiga berdingiz da. Keyin bir soatmi, biror narsa yana qo'shib tabriklab qo'ydingiz. Bo'ladimi yo'qmi?

A? Bo'ladimi? Ha. Hozir aytganimiz bo'yicha, sizlarni yaxshilaringlar o'tagan vaqtida yaxshirog'i bilan, ortig'i bilan o'tagani yaxshi deydi. Boshida agar shartlashmagan bo'lsangiz, boshida shart qilmasangiz, boshda qarz olayotganda, menga ming dollar bering, Alloh nasib qilsa, yaxshilab qaytaraman desangiz, bo'lmaydi.

Yo ming dollar berayotgan vaqtimda yaxshilab quaytarasiz desam, bo'lmayd. Haligi protsentga deya olmaymizda. Nimaga? Musulmonmiz, soqol bor, hozir uyalamiz, buni aytishga. Endi bizlar bunaqa qog'ozga o'rab gapiramiz. Baquvvat qilib qaytarasiz deymiz. Ming dollar o'zi, ming dollarni qanday baquvvat qib qaytaradi? Baquvvat qip qaytarasiz deganda bir narsa qo'shib berasiz deganida. Bo'lmaydi. Indamasdan ming dollar bersangiz, ming dollar berdik, qaytarayotganda ming dollarga qo'shib, nima qildi? Biror narsa hadya qilsa yo bir narsa bersa, orada ittifoqsiz, hech narsasiz bu durust bo'laveradi. Bu durust bo'ladi. Tushunarlimi?

Oltitasini aytdik, qarz nima qilayotganlarga taalluqli, olayotganlarga. Qarz olayotgan. Yana birini qo'shib qo'yamiz. Qarz oluvchiga ikkitasini qo'shamiz. Qarz olayotgan kishi, qarz olayotkan kishi.

Qarzlar vaqtida juda haligi nima qiladi? Qarzlar vaqti da namoz o'qish bo'ladi, qarzlar bo'lib qolsa, ibodat qig'ish bo'lib ketadi. Juda xudo joy bo'lib qoladi. Qarzni o'tab bo'lganidan keyin masjid qayerdaligini bilmay qo'yadi.

Mana shu eng yomon odobi shu. Eng yomoni shu. Biz qarz olsak ham, qarzimiz bo'lsa ham, bo'lmasa ham, Allohga doim ibodat qilishimiz kerak. Allohning qarzimiz. Allohdan qarzmiz. Bandalarni qarzi uchun nima qilmaslik kerak endi? Bandalar qarzi uchunda qarzlar bo'lib qoldim. Erta menda bomdodda kelyapti, ha. Bomdod o'qisa yaxshi ekan, qarzlar buzilib ketar ekan.

Doim ibodatda turishlik. Bu biri. Ikkinchisi, qarz olgan vaqtda ham, qarz olmagan vaqtda ham Payg'ambar alayhissalotu vassalom o'rgatgan qarzdin saqlash saqlanish duosini o'qib yurish. Qarzdin saqatlanish duosini o'qib yurishlik.

Allohumma kofina behalalikan, haramik va ag'ni nafratikanman, su'at allohimma qaday annat dayna va ag'ni na'min al faqir. Alloh minna odibika minal kufri val faqir val jumini val buxil valar ad dayni va qohir rejal. Degan duolarni ozon kiyish, doimo qilib yurish. Ba'zi birodarlar bor, qarz bo'lib qolsa, qarz duosi bor ekan u, qayerdadir deydi. Sen bir ikki kun qarz olgan kuning o'qib qo'ysang, qarzdan qutulib ketasanmi? Keyin keladi da aytadi, bir oy ana shu qarz vaqtimda o'qidim, foydasi bo'lmadi hali duoni deydi. Astag'firulloh.

Bizga u birovlar keladi, bozorni yurgizib yuboradigan duo bor ekan. Birovlar keladi. Unaqa emas. Bu duolar doim o'qilib yurish uchun nima qilingan? Hozirdin o'qib o'rganaverish kerak. Boy bo'lsangiz ham o'qiyvering o'sha qarz duosini. Boy bo'lsengiz ham. Yetti pushtimga yetadigan dunyo bo'lsa ham, qarz duosini o'qiyver.

Bu yettinchi, sakkizinchi odob desak, to'qqizinchisi, yana ba'zi birodarlar, bu eng yomoni. Birov bilan o'tirsa, birovni rosa g'iybat qilishadi. Yomonlaydi, u qiladi, bu qiladi da. Keyin haligi odam fursat topadi, haligi yomonlab yomonlagandan keyin ikkisini urushtirib qo'ymoqchi bo'lsa, haligini oldiga keladi da. Assalomu alaykum. Va alaykum assalom.

Birovning salomi ham qarz, alagi ham qarz deb boshlaydi. Birovning salom ham qarz, aligi ham qarz. Shu faloncha siz haqingizda bunday, bunday, bunday gaplarni aytdi, shuni sizga aytib qo'ymasam bo'ynimda qarz deydi. Ikkisini yetmish qilib ketadi.

Urushtirib ketadi. Bunday narsalar qarz deb hisoblanmaydi. Bu narsalar balki u birodaringizga yetkazmaganligingiz siz uchun va u uchun yaxshi vaqtdir. Siz uchun va un uchun yaxshiroqdir. Shuning uchun birov, birovni yomonlab yomonlab yetkazib qo'y desa, yugurib borib yetkazavermas kerak, qarz ekan deb.

U qarz deb hisoblanmaydi u narsa. Bizniki yana ikkinchi qism dedik. Ikkinchi qismi ada bun taalloqu bil muqriy. Qarz berayotgan odamga taalluqli bo'lgan odoblar. Qarz berayetgan odam. Bizlar boya qarz olayotgan odamni aytdik. Endi qarz berayotkan odamni ham odoblari bor, qarz berayotkagan odamni.

Birinchi qarz berayotgan odam, qarz berayotkan vaqtda yaxshi niyat, solih niyat, durust niyat qilishlik. Qarz berayotgandan vaqtda yaxi niyat bilan berishlik. Savob, tajriba maqsadida berishlik. Bizda qarindosh uchun, tanish, uyat, shunaqa maqsadlar bir nimalar turadi birinchi bo'lib. Savob ajr eng oxirida turadi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytdilarki, men aqaroda variqam marra tayna ekanaka adli sadoqating marra. Kim bir dirhamni ikki marta sadaqat qilsalar dedi, qarz bersa dedi, ikki marta qarz bersangiz.

Misol uchun, bir marta birovga ming dollar qarz berdingiz. Bir oydan keyin qaytarib olib ketdi. Yana biri keldi da yana so'radi. Yana ming dollar qarz berdingiz. Ikki marta berdingiz. Ikkinchi marta bersa, xuddi shuni bir marta sadaqa qilgan savobini oladi dedi. Ya'ni ming dollarni shunday sadaqa qilib yuborgan savobini oladi dedilar. Yana ba'zi bir rivoyatlarda sixati qanchalik ekanligiga to'xtalmasak ham, aytadiki, Payg'ambar alayhissalotu vassalom osmonga tushgan meros voqealarida nima qildilar? Jannatning eshigida bir yozuvni ko'rdim dedi.

Assaqta qotubiy ashri amsa liha va hokharbu ila samaniyat ashar degan. Sadaqaning savobiy o'n barobar bo'lsa, qarzniki o'n sakkiz barobar deb yozilganini ko'rdim dedilar. Shunda gibriyeldan ey gibriyel, nima uchun qarz sadaqaning ham savobi ko'proq ekan? Deb so'rasam, aytdiki, sadaqani dedilar, hamma so'raveradi dedi.

Sadaqani. Lekin qarzni dedilar, eng muhtoj odam kelib, qarz so'raydi dedi. Juda ham muhtoj, yo'l topa olmaganidan keyin, kelib, faqat endi qarz olsam deb so'raydi. Shuning uchun qarzning savobi sadaqadan ham ortiqroq degandilar. Shuning uchungi qarz berayotgan kishi nima qilishligi kerak? Yaxshi niyat bilan berishlik kerak.

Ikkinchi odoblari xushnul mutolabati val iqtido deydi. Qarzni so'raydigan vaqti keldi. Qarzni qaytarib oladigan vaqti kelganda, yaxshi uslub bilan, chiroyli uslub bilan nima qilishligi so'rashligi kerak deydi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytganlarki, ad halallohu jannat rojulanka nasahlin mushtariyam va ba'iyam va qodiyam va muhtodiyam. Alloh taolo bir kishini jannatga kirgizdi, u kishi savdo sotiq qilgan vaqtda sotganda ham, olganda ham, qarz bersa ham, qarz olsa ham, yengillik qilar edi deydi.

Yengillik qilardi dedi. Qanday? Ba'zi odamlar bor, savdoda sotayotgan bo'lsa, qasam ichib qo'yadi, bir tiyin tushmayman deb. Bir tiyin tishmayman deb qasam ichadi. Juda qattiq turib oladi. Yo'q, madonniki imkoni bo'lsa, uni arzonlatishlikka, boshqa imkoniyati bo'lsa, yengillik qilib berishligi mumkin. Alloh taolo shu sababdek uni jannatga kirgizdi dedi.

Sotyapsiz. Olyapsiz ham ba'zi kishilar mol bo'lsin, olayotgan tovar bo'lsin, qo'lini siltalayverib, siltalayverib ado qiladi, uzib oladi. Yo'q, sal yengillik bersin. Qarz bersa ham, qarz olsa ham, yengil bo'lgan kishini Alloh taolo deydi jannatga kirgizdi deydi.

Uchinchi odoblaridan qarz berayotgan kishining uchinchi odoblari imha'lul madina inda adam istita atihi. Haligi qarz olgan odam ba'zida Allohni qazoyi taqdiri bilan aytilingan muddatda shu mablag'ni qaytara olmasligi mumkin. Shu mablag'dni qaytarib bera olmasligi mumkin, shunda nima qilishlik? Unga yana muhlat qo'shib berishligi mumkin.

Mayli, biz falon chistlagacha endi kelishgan edik, sizga yana bir oy yoki ikki oygacha men muhlat qo'shib beraman deb qo'shib berishligi mumkin deydi. Alloh Taolo bu qarz berayotgan kishiga. Alloh Taolo aytadi voyinkana zo'r surotun fanatiy ratun ila maysaro. Qur'onda aytdiki, agar zo'r suroq kambag'al bo'lsa, qarzni haqiqatdan to'lay olmayotgan bo'lsa, fanatiy ratun illa maysaro kuchi kelgungacha, sal o'zini eplab olgungacha, nazira muhlat berib turishlik deydi. Muhlat berib tursin shunday deydi.

Vaqt bersin shunga. Mansar rahu payg'ambar alayhissalom aytdiki, mansar rahu an yuna jihillahi min karobi yavmal qiyamati fal yunaffis an moh selin av ya bar'anhu. Kimni Alloh Taolo qiyomat kunidagi g'am tashvishdin qutqazsin desa dedi, qiyomat kunida g'am tashvishini Alloh Taolo saqlasin desa, musir qiynalib qolgan odamni qiyinchiligidan nima qilsin, qutqazsin dedi. Yoki musir o'sha kambag'al, qarzbor odamni shu qarzidan qutqazsin, yoki bo'lmasa yado anhu qarz olgan bo'lsa, o'shani kechirsin dedi. Qiynalib turgan odamni.

Bir odamni haqiqatdan shunday ekanini biladigan bo'lsangiz, nima qilasiz? Qarzdor qiynalib turganini bilsangiz, shuni qarzini kechsangiz yoki bo'lmasa shuni qarzingizdan o'tab bersangiz, Alloh Taolo qiyomat kunidagi g'am tashvishlardan saqlaydi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytadiki, hadisda qiyomat kunida bir kishini Allohning huzuriga olib kelindi. Savol javob vaqtida. Shunda bu kishi hayoti mobaynida biron marta yaxshilik qilmagan, yaxshiligi yo'q ekan. Hech yaxshiligiyo'q. Shunda aytdiki, biror yaxshilik qilganmisan deganda yo'q, yo Rabbiy dedi.

Biror yaxshilik qilmaganman dedi. Eslab ko'r dedi. Faqat bir narsani eslayman. Qarz berardim odamlarga. Keyin boya qarzni qutulmayotgan kishilarga gohida muhlat berardim, gohida uni kechib yuborardim dedi. Qarzni kechib yuborar edim dedi. Alloh Taolo aytdiki, bandalarimdan sen qarzni kechib yuborsang, men seni gunohlaringni kechib yuvolishlikka qodir emasmanmi deb, gunohlarini kechib, shu sababli jannatga kirgizdi deydi.

Bu sahih hadis. Hech qanday amal qilmagan kishi bir qarzni kechganligi bilan jannatga kirdi. Bundan juda ko'p foyda olsa bo'ladi bu hadisda. Ba'zilarimiz ibodatlarimiz bilan faxrlanib qolamiz.

Ibodatlarimiz bo'lgan bilan faxralanib qolamiz mana shundoq, mana shunday ibodatlar qilyapmiz. Alloh xohlasa, jannatning to'ri bizniki deb faxrlanamiz. Shuning uchun biz bilmaymizki, qaysi kishi qaysi amaliy sababli jannatga kirishini bilolmaydi. Shuning uchun yaxshi amallarni kattasini ham, kichigini ham nazar kelmay tashlamasdan, kichigini yam qilishlik kerak. Oddiy bir kichkinasini. Payg'ambar alayhissalotu vassalom jannatda bir kishini aylanib mazza qilib sayohat qilib yurganligini ko'rdi. U kishi shu jannatga kirishligiga odamlarning o'tayotgan joyida bir daraxt bor edi, odamlarga xalaqit qilib turadigan, shuni kesib yo'ldan chetga olib tashlaganligi sababli jannatga kirgandik. Bir daraxtni bunday yo'ldan olib tashlab, yo'lni to'g'irlab qo'yganligi sababli, jannatga kirib. Bizda hozir yo'llar torayib ketyapti.

Uylarimiz iloji bo'lsa yo'ldan to'sib o'tmaydigan qog'oz edi. Sekin sekin bir g'isht, bir g'isht yo'lga chiqib kelaveradi. Shuning uchun bu jannatga inson har xil amal bilan kirishi mumkin. Bitta namoz o'qigan odam jannatga kiradi, yo bitta bunday qilgan odam jannatka kiradi emas, ko'zga, nazarga ilmaydigan ibodatlarni ham tashlamaslik kerak.

Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytdilarki, man nafasa an g'arimixi, av maha an hukanafih villin arshi yomarqiyani. Kim g'arim, qarzdor, qarz olgan odamdan nafasa, shunga yengillik bersa. Qarz olgan odammga yengilligini bersa, yoki shuni kechib yuborsa, dedilar, qiyomat kunida arish soyasida bo'ladi dedi. Qiyomat kunida arish soyasida bo'ladi dedilar.

Yana bir odob qo'shib qo'yamiz. Qarz bergan odam qarz bergandan keyin uni minnat qilmaslik. Minnat qilmasligi. Bizlar birovga qarz beramiz bir vaqtlarda. Keyin bir vaqtlar u boyib ketib, bir narsa bo'lsa aytamizki, bir ishingizni qilib bermasa, biz aytamizki ha deymiz. Mana shu darajaga deymiz, aysh vaqtda men qarz berganman, bo'lmasa qayerdan yetadi shu darajaga deb qo'yamiz.

Orqasida bir nimamiz turadi, bir minnat qilib qo'yishlik, anaqamiz, odatlarimiz bor. Shuni minnat qilmaslik. Keyin, yana bir odobli qarz berayotgan kishining odobi, manfaat maqsadida qarz bermaslik. Manfaat maqsa.

Manfaat ma qa sida qarz berishlik. Bir odam kelib, menga aytsaki, siz menga ikki yuz ming tanga qarz bering desa, men unga qarab aytsam, durust, men sizga ikki yuz ming taga beraman. Ikki yuz mingt taga beraman.

Biroq, falon joyda sizni bir yeringiz bor ekan. Shu yeringizga borib men mollarimni o'tlatib turaman desam, mollarimni o'tlatib turaman desam, qarz ikki yuz ming beryapman. Bo'sh yotgan yeriga borib, molimni o'tlataman deb shartlashganim uchun bu ribobilat.

Men sizga qarz beraman, sizni shaharda bir uyingiz bor ekan. Meni bolam shaharda o'qiydi, shu uyingizda turib turadi desam, shartlashyapman. Ribo bo'ladi. Kullu qardin jarra nah'an fahva riba dedilar. Bu hadis zaif, lekin qoida sifatida ulamolar bari ittifoq qilgan ijmo, ulamolarning ijmosi bo'lsa bu qoida kullu qardin jarrana fahfahva riba. Har qanday qarz foyda olib keladigan bo'lsa, foyda. U ribo hisoblanadi. Qarz deb ismlanadi o'zi. Lekin orqasida bir g'iybo olib keladigan, manfaat olib keladigan maqsad bor. Misol uchun aytsam, men qarz beraman sizga, lekin siz taksistsiz. Har kuni baribir bozorga borasiz u, bizni uyni oldini o'tayotganingizda bolalar bir qop kartoshkani tayyorlab turadi, mashinangizga solib yuboradi, olib tushib bozorga tashlab ketib turasiz.

Desangiz ham shu ham rubobolar. Qarz bergan odamingizdan hech qanaqa manfaat kutmasligingiz kerak. Va manfaatni shartlashmasligingiz keraksiz. Ammo qarz berdingiz, misol, yo'lda o'zi to'xtab, bir o'zining nimasidan bir yaxshilik qilaman desa, unda monelik yo'q. Yo'lda turibsiz, qarz olgan odam keldi da, keling o'tiring, sizga yordamlashaman, olib borib qo'yaman desa, o'zining ixtiyori bilan qilsa, unda uni zarari yo'q. Lekin siz shart qilib qo'ysangiz bir narsani, shu ribo bo'lib qolaveradi. Har qanday qarz foyda olib kelsa, bu ribo dedilar.

Biz tezroq tugatishga harakat qilamiz. Oxirgisi, uchinchi qism hammaga, ommaga taalluqli bo'lgan odoblar, qarzning hammaga taalluqlik bo'lgan odablari. Bu odoblar hozirgi kunda judayam to'qson to'qqiz foiz amal qilinmayapti desak, xato qilmaymiz.

Birinchisi, kitobi. Hammaga taallu. Qarz olayotganim, qarz berayotganim. Ikkalasiga taalluqli bu odob. Kitobi. Qarz olayotgan odam ham, berayotgan odam, yozib, yozma ravishda olishligi. Qarz berayotgan odam uyalmasligi kerak. Bizda uyalamiz. Bir odam o'n ming tanga so'rab kelsa, qanchada berasiz? Ikki oyda beraman desa, mayli, ikki oyda bersangiz, mana, mana bu qog'ozga, men falonchi, falonchaning o'g'li, falonchaning, o'g'lidan, falonchi, falanchani o'g'lida, falonchi chislada. Ikki oy muddatga o'n ming tangani qarzga olyapman deb yozib, yozma ravishda uni qo'liga ushlatish kerak. Bir nusxa unda, bir nusxa o'zingizda bo'lish.

Ikkalovingiz ham qo'l qo'yasiz, ikkita shohid. Ikkita erkaklardan ikkita shohida bo'ladi, guvoh. Agar erkaklardan ikkita guvoh bo'lmasa, bitta erkak bo'lsa, ayollardan bo'ladigan bo'lsa, ikkita ayol bo'ladi. Shunda uch odam o'lyapti. Guvohlar bilan qo'l qo'yib berilar. Bizda shu narsa nima qilingan? Amal qilinmaydi.

Alloh subhanahu va taolo Qur'onda ya ayyuha alladina a manu idatadayam tum beday ila ajalin musin mafaktubu valyak tub baynatum katimin bil adil. Valayat ya'ba katibun an yaktub akama allamahulloh. Fal yak tub val yumilillade alayhil haq. Val yattaqillaha robba valayah hasmin hushay'at. Fain kamillade alayhil habqu safihan al baifan avla yas satihan yumillar. Huva fal yumil valiyuh bil adil deb Qur'onda aytdi. Ey iymon keltirganlar, agar sizlar ma'lum muddatgacha ham qarz oladigan bo'lsanglar, uni yozib qo'yinglar deydi. Uni yozinglar. Falyak tu baynaqum katuf ila deb. O'rtanglarda bir yozadigan kishi adolat bilan yozsin deydi. Qo'shmasin ham, olmasin ham adolat bilan yog'sin. O'sha yozayotgan odam uni yozishlikdan bosh tortmasin dedi. Bir odamni chaqirib yozing, mana bizni o'rtamizda mana shunday deb yozdirishni bosh tortmasin deb Alloh Ta'alo qilganda bizga yozishlikni buyurdi.

Yozishlikni foydalari juda ko'p. Men bittasini, Usaymin rahmatulloh alayhni bir qissa aytib bergan, bir ajoyib qissa, shuni aytib beray. Arab davlatlarida bizda endi ko'p uchramaydi bu. Arab davlatlarida ellik foiz desak ham adashmaymiz, odamning uy joyi yo'q. Bizda hamma boshiga uy joy qilib yashaydi. Ularda kvartira bilan turadi, kvartirada turadi.

Juda ko'p odam uy, ikki xona, bir xona, uch xona, o'ziga yarasha uyni kvartiraga olib yashaydi. Bir yilga, ikki yilga, o'n yilga kuchingiz kelsa, birdaniga ittifoq qilib, bitim qilib kelishib, pulini to'lab qo'yasiz, o'n yillgacha sizni boshingizni kelib taqillatmaydi, uyni egasi. Shunday voqea bir kishi yigirma yilga bir uyni, to'rt xona, besh xona uyni yigirma yillga nima qilgan, bitim qilgan. Yigirma yilda bitim qilibdi da, yigirma yilga bitim qilganidan keyin, yigirma yillik pulini to'lab qo'ygan.

Ha deb kelavermasin deganda, indamay o'zi ishini qilaveradi, yigirma ilgacha. Pulini to'lab, xos joylarda shuni kelishim bitilib, yozib, faloncha, falonchani uyini yigirma yilga falon pulga sotib oldi, pulini berdi deb yozganini olib, uyda bir kitobning muqovasining ichiga tikib qo'yibdi.

Tikib, haligi kitobni yopib, kutubxonada kitoblarni ichiga qo'yib qo'yipdi. Qo'yib quygandan keyin, bir yildan keyin, shu bitim qilgan kishi, uyning xonadonining egasi, dadasi vafot etibdi. Olamdan o'tdi. Olamdan otgan, o'g'illari eshitgan uyni yigirma yilga oldim deganini.

Xotini kichkina kichkina bolalari qolgan uyda. Nima ish qiladi u bolalar? Uysiz, joysiz ko'chada qoladi. Dadasi yigirma yilda olib qo'ygan uy. Uyni egasiga shayton keladi. Sen bilan bitim qilgan odam o'ldi. Sen borib, xotinini, bolalarini uydan quvib chiqgin, uydan haydab chiqasan. Uyni boshqa odamga yana yigirma yilga sossang, ellik ming dollarga, yigirma yilda, oltmish ming dollarga sossang yana pul keladi senga deb shayton bosib saqladi. Haligi odam kelib uyni taqillatadi. Ayol eshikni ochganda aytadiki, uydan chiqinglar bugun deydi. Dadanglarning bilan bo'lgan ittifoqimiz bugun tugagan deydi.

Ayol tushundirib, bolalarim bilan qayerga boraman? Menga kuyovim yigirma yilga oldim degan edi desa, sizlarni qo'linglarda buni isbotlaydigan narsa yo'q deydi. Shu kuni qattiq yig'lab deydi, Husayn rahmatulloh alayh buni bir kitobda keltirgan. Qattiq yig'ab, haligilar bir kun, ikki kun, uch kungacha endi bezovta bo'lishadi. Har kuni uyni egasi chiq deb turibdi.

Shunda namoz o'qib yig'lab, nima qilib, tunda uxlagan vaqtida dedilar, haligi ayolning tushida dadasini ko'r, ya'ni o'zini kiyovini ko'radi. Kiyov aytadiki, ey falonchi, kitob kutubxonaga kirib falon kitobni olib ichini ochgin degan gap keladi. Kutubxonaya kirib haligi kitobni shunday ochsa, ichida haligi kelishib qo'yilgan bitim, yigirma yilga qo'yiladigan bitim shu yerda turibdi.

Shu bilan sudga olib borib, haligi bitimni ko'rsatadi. Sud yigirma yillgacha turishga haqqinglari bor deb, uyni egasini nima qiladi? To'xtatadi. Yigirma yilda bitim qilib qo'ygansan, bitimni buza olmaysan deydi. Foydasini ko'rdingizmi? Yozib, yozma ravishda bitim qilinsa, yozma ravoshda qarz berilsa, yozma rivojda olinsa, shayton insonning qon tomirida yuribdi.

Uni vasvasa qilaveradi da. Shuning uchun har narsani inson bitim bilan qilgani yaxshi bo'ladi. Keyingi odobi, qarz berayotganga ham, qarz olayotganga ham taalluqli bo'lgan odob. Il isha yuvoh olib kelishlik. Buni ham Alloh Taolo Qur'onda va stashfidu shahiyday min reja alaykum. Sizlar ikkita erkak kishini guvoh qilib qo'yinglar. Beryapsanglar ham, olyapsanglar ham. Fayllam ya kuni roj olayme, ikki kishi bo'lmasa, farojun u ma'murotan bir erkak va ikkita ayol bo'lsin deyapti. Chunki ayollar nima bo'ladi? Esdan chiqib qolishi ko'proq bo'ladi, aqllari naqisroq bo'ladi degan Payg'ambar alayhissalotu vassalom tez unutib qo'yishi mumkin. Shuning uchun fayli minman tardona minash shu hada, sizlar shohidlardan o'zinglar, guvohlardan o'zinglar rozi bo'ladigan kishilarni guvoh qilinglar. An tadulla ihdahumi fathudakkul ihdahumi o'qiradi. Ulardan birini esdan chiqsa, ikkinchisi eslatadi deydilar. Shuning uchun bu guvoh qilib qo'yishlik. Qarz berayotganda ham, olayotganda ham.

Vallohu a'lam bugungi darsimiz mana shu odoblarga taalluqli, qusno vaqti bo'lganligi bilan ham shu darsni to'xtatamiz. Bu yerda bir savol bo'libdi. Bizda bir kamtar ayol bor. Vallohu a'lam, islomda emas debdi. Shu ayol pul beradi, lekin faloncha berasan demayman, deydi. Lekin umidvor, shunga ortig'i bilan qaytarish kerakmi? Norizo bo'lsa chi? Agar orttirib bermasa chi, deydi. Modomiki, u ayol pulni berib turib, sizdan biror narsa taklif qilmasa, shu pulni berasan desa, xuddi shu pulni o'zini berib qo'ya qolasiz. Yo agar ortig'i bilan, ya'ni o'zingizni ixtiyoringiz bilan bir yaxshilik qilay deydigan bo'lsangiz, pulni berib, puldan keyin yana bir hadya, boshqa narsa bersangiz, uni boshida ittifoq qilmasangiz zarari yo'q deb aytdik. Ittifoqsiz bo'lgan narsa bo'lsa bo'laveradi. Boshida ittifoflashmasdan. Agar norizo bo'lsa, nima, ming dollar bersa, qaytarib berganingizda ming dollarga norizo bo'lsa, uni ortig'ini bermaysiz. Chunki boshida siz ittifoq qilmagansiz, norizo bo'lmasa bo'laveradi. Siz undan qarz olgansiz, protsentga pul olmagansiz. Vallohu a'lam, shu masalalar.

Keyingi darsligimiz shu shanba kuni mana shu masjidda shu islom odoblaridan davom etaveradi, shomdan keyin. Va seshanba kuni mazhab kitobi asosida nima qilamiz? Fiqh masalalari davom etadi. Lekin birodarlar, bir narsani men aytib qo'ymoqchiman. Ba'zi bir kishilar yoki ba'zi bir birodarlar hadislarda kelgan ba'zi bir masalalar, ibodat, bobiddin boshlaymiz.

O'rgangan bo'lishi mumkin, ko'rgan bo'lishi mumki hadisda. Lekin biz mazhabdan o'tgan vaqtimizda hadisni tashlab qo'yib, mazhabni gapirishni nima aloqasi bor, nima keragi bor deb qolmanglar. Har bir mazhabni o'rganishni o'zi katta bir ilm. Har bir mazha'abni o'rganishi. Aslida biz bir gapirayotgan nimamiz qaysi mazhabda ekanini bilmaymiz.

Mana shunday ekan, mana shunday ekin deb ketaveramiz. Aslida biz har bir narsani o'zini aslidan, fundamentidan, asosidan boshlab o'rganish kerak. Bir mazhabni to'liq o'rganib chiqqandan keyin, ikkinchi mazhab, keyin uchinchi mazhab. O'rganib chiksangiz, shunda qaysi masala qayerga kelganini to'liq to'kis ado etib bilasiz da. Shuning uchun bu mazhabni o'rganishlik, Abu Hanifaning, Imom A'zamning mazhablari, yo'llari, masalalarini o'rganish lik, bu bir anaqa narsa emas. U kishilardan ham hammasi oyat hadisga suyanib o'tilgan. Iloji boricha biz shularni bayon qilib o'tishga harakat qilamiz.

Buni so'z bering. Nima deydi? Qarz berganda deydi, qarz olayotgan odamni shu qarzni gunoh ishlarga ishlatadi deb qo'rqsa, shu qarzni bersa bo'ladimi deydi.

Bir odamni agar bilsangiz, qo'shningizmi yoki bir mahallangizdanmi, bir odam doim aroq ichadi. Shu pul topolmay qolsa, yugurib qo'shniga kirib, qarz olib chiqib ketib aroq ichadi, unday odamga bermaysiz qarz. Chunki bilib turibsiz, u hozir chiqib aroq ichishini bilasiz. Shuning uchun

Keyingi darsni tinglashMamirjon domla (Paygʻambarlar tarixi) 21-dars Muso A.S 4-qism