Maviza
—Qoralama37 daq

Kiyomat Alomatlari 6-dars (Mamurjon domla)

Maʼmurjon Domla · Maʼmurjon Domla maʼruzalari

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
37:16
O'zgarishlar tarixi

Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon, ertam gumom. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Asl ismlari oliy sifatlari bilan bugungi juma kunini alloh taolo qabul ma'qul qiladigan ibodatlarimizni alloh taolo huzurida qabul qiladigan va qadamlarimizga alloh taolo hasanotlar bitib, gunohlarimizni kafforat qiladigan holatda qabul qilishini alloh taolodan so'raymiz.

Inshaalloh, biz qiyomat kunining alomatlari, kichik belgilari haqida suhbatlashayotgan edik. Shu darsligimizni davom ettiramiz. Qiyomat kunining o'ninchi belgisiga kelgan ekanmiz, alomati zuhur nar minal hijaz. Hijozdan bir o'tni chiqishligi haqida Payg'ambar alayhissalom xabar bergan. Bu ham qiyomatning belgisi.

La taqumu sa'a, mana imom buxoriyda kelgan hadisda, la taqumu saa hattata xrujana run min ar dil hijad, tuday o'la ha' anaqal ibil bi bosroq. Qiyomat bo'lmaydi dedi, toki hijoz yerida, hijoz yerida o't chiqmagunicha edi. Bu o't shunchalik katta o't bo'ladi. Bu hijozda chiqadigan bo'lsa, Madina bilan Riyozning o'rtaligi. Shu joyda chiqqan bu o'tning alangasiga Basradagi tuyalarning bo'yinlari ko'rinib turaveradi degan. Bu degani Iroqda tuyalarning bo'yinlari ko'rinishligini aytadi. Demak judayam katta bir o'tning chiqishligi haqida Payg'ambar alayhissalom xabar bergan. Bu o't chiqdimi yo hali chiqmadimi deydigan bo'lsa, ulamolar ittifoq qilgan ekanki, bu o'tning chiqib bo'lganligi. Abu Shama mana shu voqeani sifatlab aytadiki, chorshanba kuni juma dil axiraning uchinchi, juma dil axirani uchinchi kunida olti yuz ellik to'rt hijriy yilda Madinada shu o't sodir bo'ldi deydi.

Zohir bo'ldi, shu o't chiqdi. Shu o't chorshanba kuni bo'ladigan bo'lsa, yer qattiq larzaga kelib, titrab, yerning tagida qattiq bir tovushlar eshitilib, butun imoratlar qimirlab, derazalar qaltirab, eshiklar taqillab, va payshanba kuni ham shunday bo'ldi. Juma kuniga borganda shu o't chiqdi deydi. Hattoki bu o't Madinaning hozirgi kunda Harra Sharqiya degan joyi bor. Shu Harra Sharqiya tegan yerda shu o't chiqdi va vodiy, Madinada vodiylar bo'lgan burunda. Hozir u vodiylar yo'q bo'lib ketdi. Shu vodiylar o't bo'lib oqdi deydi. Ya'ni erib, butun narsalar erib, yerdan chiqayotgan o't ana shu joyda oqdi. Va buning yorug'lig'i iroqni, basirani yaratib yubordi deydi. Bu o't uch oy davomida yonib turdi deydi. Uch oy shu o't davom etdi. Va Madinaning ayollari kechasida u vaqtlarda chiroq yo'q, elektr yo'q. Madinaning ayollari shu kechasi shu o'tning yoriqlig'ida ipaklarini to'qiydigan narsalarni bemalol o'tirib to'qiyverardi deydi. Uch oy darajada shunchalik nima qildi, shu alanga chiqdi.

Bu qiyomat kunining nimasi, belgisi, Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytgan alomatning chiqib bo'lganligi. Yana Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytadi, qiyomat kunining alomatlari, o'n bir belgilari, kichkina belgilari, zuhurin nisa ilkasi yetil ariyat yarim yalang'och ayollarning ko'payib ketishligi. Yarim yalang'och ayollarning ko'tayishligi ham bemalol ochiq holatda uyalmasdan yurishliklarini o'zi qiyomatning alomati ekanligini aytdi. Va zuhurul fahsh dedi. Fahsh bu xoh tor kiyimlarni kiyib, ochiq kiyimlarni kiyib, ayollar fahsh bo'lgan, yomon bo'lgan, ko'rinishligi uyatli bo'lgan yerlarini ko'rsatib yurishlikning zohir bo'lishligi degan. Bu bir nimasi. Fahshning maqsadi shu. Va ikkinchi fahshning so'zi, odam yomon so'zlarni bemalol og'zida, tilida ishlatishlik, so'kinishlik, la'nat aytishlik, haqorat qilishlik, buzuq so'zlarni ishlatishlik ham fahshga kiradi. Qo'ying, ikki ma'noni ikkinisini, qaysi narsani olsak ham, hozirgi kunimizda bemalol zahar bo'ldi.

Ikkini biri gapini qovushishligi uchun, Subhanalloh, Alhamdulillohni o'rniga so'kinib aytadigan bo'lsa, gapi qovushadi. So'kinishni ishlatmasa, onani, otani o'rtaga qo'ymasa, gapi qovishmaydi. Bu bir tarafini oladigan bo'lsak. Ammo ikkinchi tarafini oladigan bosak, fahshning maqsad shu yarim yalang'och, erkak va ayollar uyatli yerlarini ko'rsatishligi desak, bu ham hozir zohir. Erkak va ayollar uyatli joylarini ko'rsatkichliklari, bu ham hozirda bemalol zohir bo'lib qolgan.

Bu narsada hech bir uyat degan narsalar hozir nima bo'ldi, ko'tarilib ketyapti. Ba'zi joyi mana borsangiz, o'tganda mana sanatoriyaga bordik mana. Yarimining ko'ppisi ishlayotganlari kelinlar va ayollar ekan. Vannaga tushadigan bo'lsangiz aytadi, yop yalang'och tushing deydi. Ha senchi deydi. Ha men qaramay, bunday orqamga yugurib turaman deydi. Yalang'ochga tushavering deydi. Balchiqqa borsangiz ayollar, biz sizni suv olib qo'yamiz deydi. Qanaqa desa, yop yalong'och yotasiz, suv olib qoyamiz deydi. Qayerliksiz desangiz, man gentni keliniman deydi. Be'lovda falonchani keliniman deyapti, falonchani qiziman deyapti.

Ana shu yarim yalang'och, yop yalang'och degan narsalar, uyat, narsalar bu bizda ko'tarilib ketdi deganimiz mana shu hozir ko'rinib turibdi. Bizlar faqat masjidni ichiga kirgan vaqtda qayerni aytyapti, kimlarni aytyapti? Bu qayerda shunaqa ko'payib ketibdi ekan deb o'ylamasligimiz kerak. Mana Payg'ambar alayhissalotu vassalom qiyomat kunini belgilarini aytgan vaqtida sinfan imen ahniylar lam arahum abad. Qavmum ma'hum siyad unka adna bil baqori yadribu nabihan nasa. Ikkita toifa bor dedi. Bu do'zax ahlining sinflaridan turlari ikki toifa dedi. Lekin dedi, men uni hanuzgacha meni zamonimda chiqmadi bu. Lekin qiyomatga yaqin bular chiqadi, chiqishligini Payg'ambar alayhissalom xabarini berdi. Bularning birini Payg'ambari alayhissalom sifatini aytyapti. Bu bir toifa, do'zax ahlining toifasi dedi, ular qo'llarida siy'at dedi. Ya'ni qamchilari bo'ladi, yog'ochlari bo'ladi. Yoki bo'lmasa shu odamlarga aziyat yetkazadigan narsalari bo'ladi. Odamlarni haqmidi, nohaqmidi, shum bilan uradi, kaltaklaydi. Ana ana shu odamlar do'za ahl ded. Ikkinchi toifasini Payg'ambar alayhissalom aytdiki, nisaun kasiyatun ariyatun mumilatun ma'ilat, ru' suhun naka asniy matil buxtil ma'ilat.

Ikkinchisi, ayollarning ana shu fosh bo'lishligi, ayollarning ochiq sochiq bo'lishligi. Yerda buzg'unchilikni ko'payishligini aytib turib, yarim yalang'och kiygan ayollar dedi. Payg'ambar alayhissalom, yalang'och demadi. Yarim yalang', kasiyat degani kiyimi bor degani. Kiysa deb kiyimni aytadi. Ariyat deb yalang'och deydi. Bu qanaqa bo'ladi? Yarim yalang'. Desa, o'zidan so'rasangiz, kiyinib chiqqan ayollarni, qizlarni aytsangiz, seni ustingda kiyim bormi desa, ha deydi. Lekin bu yoqda siz qarab turgan odam, uni kiyimi yo'q, unga qarashga uyalasiz. Uni kiyimi yo'sh siz uchun. Ammo o'zi uchun kiyimi bardaqa bo'ladi. Lekin ichidagi hamma narsa ko'rinib turaveradigan shaffof, juda ham ichki ko'rinadigan yupqa, kalta, ochiliq kiyimlarni kiyadi. Buni olib beryapgan ana shu jumaga kelyapgan, hajga borgan, musulmonman degan, juda dong'i ketganlar, shularning qizlari, shularning kelinlarida shu narsalar ko'rinadi. Biz begonani bir o'risni yo bir yevrenni gapirayotganimiz yo'q.

Nisaun kasiyat yarim yalang'och kiyinganlar, ma'elat, mumelat, ular odamni o'ziga jalb etadigan, yurgan vaqtida o'ziniga insonni mayl qiladiganlar, ularning boshlaridaydi sochlarini hurpaytirganida, tuyaning o'lkachi tug'ilganga o'xshab, tug'ilganida hurpayib baland turadi. Shunga o'xsham hurpayib turadiganlar deyapti. Va lay yathqul nal jannat, payg'ambar alayhissalom shunaqa ayollarni sifatlab turib aytdiki, ular jannatga kirmaydi dedi.

Bizlar shu narsani payg'ambar aslam boshidan kesib qo'yapti. Mana shunaqa yurasanmi, unga jannat yo'q deyapti. Yevropaga o'xshagin kelyaptimi? Yevreylarga o'xshagini kelyaptimi? Nasaralarga o'xshagan kelyaptimi? Muslima, muslima qizning yurishligiga or qilyapsanmi? Boshingga ro'mol taqib, ustingni uzun kiyib, avratingni berkitib yurishlik, sen uchun uyat bo'lib qoldimi? Ha, unda senga jannat yo'q senga. Uni senga do'zax bo'ladi. O'shalar do'zaxga tushadi. Men tashabbahabiqomin, fahvaminhum. Kim bir qavmga o'zini o'xshatsa, yurishi, turishi, kiyinishi, yeyishi, ich. Ular bilan birgadir deydi Payg'ambar alayhissalom. Tirilganda shular bilan birga tiriladi deyapti.

Payg'ambar aleyhissalotu vassalom aytadi va la dey nafs muhammad biyadi la taqu muso a hattay yad haral fosh. Mening jonim uni qo'lida bo'lgan zotga qasam ichib aytaman deyapti. Ya'ni Alloh taologa qasam ichib aytsaman deydi. Qiyomat bo'lmaydi, qiyomat qoyim bo'lmaydi. Hatto fuhish mana shu buzuqliklar zohir bo'magunicha deydi. Ochiq buzuqliklar zohir bo'magunichayin qiyomat bo'maydi deydi. Hozirgi kunimizda ochiq zohir bo'lganligi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom Anas radiallohu anhu rivoyat qilgan hadisda aytadiki, ennamin ashirotisa alayyur an yur fa'al ilm. Qiyomatning belgilaridek degani aytyapti. Bitta belgini aytmoqchi bo'lsa, yoniga ikki uchta belgini ham qo'shib aytgan hadislar bor. Qiyomatningbelgilaridan biri, yana payg'ambar aka aytyapti, ilm ko'tarilib ketadi deydi. Haqiqatdan ham odamlarning ichidagi din ilmi ko'tariladi. Ammo dunyo ilmiga kelsak avialda bo'lmagan, Payg'ambar alayhissalom zamonasida bo'lmagan kompyuterlar, telefonlar, a, texnologiyalar, bu tarafini aytmayapti. Bu narsalar yillarning o'tishligi bilan rivojlanaveradi. Lekin ilm din ilmining ko'tarilishligi.

Agar din ilmi ko'tariladigan bo'lsa, siz bu rivojlanishlikda kosmosga, osmonga uchib chiqib ketganingiz bilan, nima bo'lasiz? Insoniylik anaqangizni yo'qotib qolaverasiz. Haqiqiy ilmni yo'qotgan bo'lib qolaverar ekan bu ummat. Chunki haqiqiy ilmi osmondan tushgan ilm. Yerda odamlar o'ylab chiqargan ilm emas haqiqiy ilmlarni. Shuning uchun din ilmi bu osmondan, Allohni huzuridan tushirilgan ilm. Ilmning ko'tarilishligi qiyomatning belgilari. Odamlarni ko'rasiz, bolalarini o'qishga kirgizaman deb turib, alohida tayyorlatadigan o'qituvchilarni olib, uyiga yuboradigan, uyiga olib keltirib, ayshining hozir bir bolani tayyorlab berishiga bir yilga yuz ming to'lashyapti.

Keyin aytadi, mana nimaga borganda, testdan o'tkazib beraman deydi. Va boshqa deydi, va ingliz tililarini yaxshi bilish kerak ekan deydi. Ingliz tilidan dars beradigan o'qituvchilarga oyiga yuz mingdan to'lab turib, ularni o'qityapti. Ammo Qur'on ilmiga kelganida, din ilmiga kelganda, bolalarimizni olib kelib, domla mana yuz ming sizga, mana shu bolamni o'qitib berasiz, Qur'onga tushgunicha degan odam bormi? Nima qilyapti domla? Yeb qo'yyaptimi? Yeyapti, yeyapti deb orqasidan yugurib yuramiz. Ozgina pulni bersak. Lekin din ilmiga kelgan vaqtda, Allohda osmondan tushgan ilmga kelgan vaqtimizda, hamma yog'ni hisob kitob qilib, qo'limizni changallab qolamiz u, mana bu dunyo ilmiga kelganda, vaqtinchalik ilm. Pensiyaga chiqib, bir narsaga dunyomingizni yaroqli qilasiz da, keyin pensiyangiz chiqqaningizdan keyin tashlab ketasiz u ilmingizni. Diplomingizni ham bir yerga tashlab ketas. Ana shu ilm uchun qancha yuguramiz.

Va. Ilmni ko'tariladi, voyat butul jahl. Yerda jaholat yer yuziga chiqib ketadi deydi. Xalqning ichida johillik ko'payadi deydi. Allohni tanimaslik johillik. Shuni bilaveraylik. Birov o'ylasa aytsaki, ha men madaniyatliman. Men faloncha etajlik anaqam bor, bunaqam bor, biznesim bor. Tijoratim bor, mashinam bor, demak men eng aqlli insonman, eng donoman men desa bilsin, agar u Allohni tanimagan bo'lsa, eng johil inson shu bo'ladi. Bir soat Allohni tanimasligingiz sizni johilligingiz ekanligi.

Johillik yer yuziga johillik ko'payib ketadi deydi. Voyash yushrobul xamr, voyadhar azina. Aroq ichishliklar ko'payadi deydi. Qiyomatni belgilarini aytyapti Payg'ambar alayhissalom. Aroq ichishliklari ko'payadi. Va zino zohir bo'ladi deydi. Bunda mabodo bir inson zino qilib ushlanib qolsa, u insonlarni mahalladan, qishloqdan ko'chirib yuborgan. U insonlarni endi shariatdagi hukmiga keladigan bo'lsak, aslida shariatda hukmi og'ir. U hukmni ijro qilolmagan joyni o'zida buni shunchalik qabih sanab, nima inson qalbiga sig'dira olmagan, aqliga sig'dira olmagan bu narsanida ularni pishloqlaridan ko'chirib yuborgan burunda. Hozirgi kunda zino oddiy bir yeyish ichishga o'xshagan narsaga aylanib qoldi. Bir inson yeyotganda, ichayotganda o'ylanmasdan yeb ichaveramiz a. Hozir shu bir qultum suv bilan tomog'imdan boshqa joyga nafas oladigan yo'lga o'tib ketsa o'lib qolarmikinman deb hech kim o'ylanmaydi. Olamiz yeymiz chi. Zino ham xuddi shunday o'ylanmaydigan, uning ariyati, sharm hayosi, fazohati, sharmandaligi dunyoni o'zida, axiratdagi beradigan azobini hech kim o'ylamasdan bemalol zino shunaqa bo'lib qolgan.

Mana Abiy Hurayra radiyallohu anhu aytadi, Payg'ambar alayhissalom aytdiki, la taqvim sa'atu hattatu jadal mar'atu nahara tunka vosatil vosatil tariq va tu jamiyat. La yunkirdalik ahad. Shunday qiyomat bo'lmaydi deydi Payg'ambar azam, toki nima narsalar bo'lmaguncha qiyomat qachon bo'lar ekan? Bir ayol kuppa kunduz kuni deydi. Yo'lning qoq o'rtasida dedi, mana shu buzuqlik ishini oshkora qiladigan zamon bo'lmaguncha in qiyomat bo'lmaydi dedi. Buzuqlik ishini yo'lning qo q o'rtasida oshkora qildigan zamon bo'laguncha in buzuqli nima qiyomat bo'lolmaydi dedi. Hozirgi kunda hayron qolasiz, avtobuslarga ming yana chimkentga tushib, samolyotlarni kutib o'tirgan aeroportlarda biror samolyotda kutib o'tiring. Sal bir zerikib qolib gap topmay qolsa, ikkisi bir biri bilan ana shu tunda bo'ladigan ish bo'lib ketaveradi. Bunaqa buzuqlik oshkora ravishlikka chiqib ketdi. Eng fayakuni xia ruhim yavma idin man qola lavna hayta ha ana itdoriya qolaylar. Shu vaqtdagi ularning ichidagi eng yaxshi taqvodori deydi. Eng yaxshi taquvodori haligilarni ko'rganda sal chetroqqa o'tib olsanglar bo'larmidi deb o'tib ketar ekan.

Bo'ldi. Hech narsa aytmas ekan. Menga nima deydi? Aytishga ham nima? Shuning uchun eng oxirgi ayta bilgan iymoningiz kuchayib ketganda aytadigan so'zingiz sal yo'lning chekkaroqiga, odamlarni ko'zidan narroqqa o'tib olsanglar bo'lardi da deb qo'yar ekan. Mana ba'zi bir mashayihlarni aytgan ko'zi bilan ko'rib, voqea bo'lgan, o'shanga shohid bo'lgan qissasini aytmoqchimiz. Bu narsa bo'lyaptimikin yo'qmikin degan odamlarga yana ham aniqroq bo'lish uchun bir shayx aytyapti. Men deydi, Germaniyaga bordim deydi. Germaniyaga borgan edim deydi, Germaniyadagi Islom markazi dinni tarqatadi, kitob beradi, Islomni tushuntiradi nemislarga Germaniyada din tushuntiradigan, shunaqa markazga bordim deydi. Markazga kirib u yerdagi musulmon birodarlar bilan fikr almashib, dinga qanday xizmat qilsak bo'ladi degan masalalar, kitoblar tarjima qilish to'g'risida gaplashib o'tirgan edik, bir ayol Islom qabul qilaman deb markazga kelibdi. Izlagan, topgan. Musulmonchilikni qanaqa bilaman desa, mana shu markazga kelsang o'rgatishadi degan, shu markazga musulmonlarni markaziga kelishdi. Kelgandan keyin, haligi ayol aytib kirgandan keyin, men Islom qabul qilmoqchiman, nima qilishim kerak deb so'radi deydi.

Shunday haligi shayx, men shu yerda edim, menga aytishdi, endi siz katta shayxsiz, siz javob bering dedi. Men birinchi so'ragan narsam haligi ayoldan deydi, Islomga kirishlikdagi maqsading, sababing nima o'zi? Nima narsa sabab bo'ldi sen Islomga kirmoqchisan deb so'radim deydi. Nasroniy dinidagi. Xristian. Uni ayolni aytgan so'zi bu islom iffa dini, iffa, pok din. Hayoliy din, iboli din, islom dini deydi.

Islom diniga kirsang jannatga kirasan ekan, oxirgi zamon payg'ambar ekan, unaqa narsa emas. Islom iffat dini, iboli din, hayoli din islom deydi. Shundan shayx aytdiki, mana shu narsami seni islomga kirgizayotgan desa, ha debdi. Boshqa sabab yo'qmi deganida, yo'q, boshqa sababi yo'q deb aytdi deydi. Men tushunmadim, nima uchun islom iffatini, boshqa din ham iffat din. Nimaga? Hozir zatan islom dini iffat din deyapsan deydi. Shunda haligi ayol aytyapti, men sayohat qilib boshqa davlatlarga ham boraman. Shunda Finlandiyaga bordim debdi. Finlandiyaga borsam, aylanib endi borgan odam sira nima yotoqxonada yotavermaydi, ko'chaga chiqadi, aylanadi, ko'radi, u etni bu etni tasvir qiladi. Shu ko'chaga chi qib ketyapsan, o'rtadagi maydon, odamlarni yig'iladigan, bayramlar o'tkazadigan maydoni deydi. Shu maydonda bir to'da odamlar, erkak, ayollar, baqirgan, qarsak chalgan, sakragan, o'ynagan haligi maydonda. Shoshib deylik, yugurib haligi maydonga bordim deydi. Nima bo'lyapti ekan? Tez suratlarga, tasvirga olib boray deb, shu yerga bordim deydi. Borsam deydi, bu maydonda deydi, rojulin va imroa bir ayol bilan bir erkak o'rtada haligi odamlar atrofida yumaloq bo'lib o'ranib turibdi.

Bir ayol bilan, bir erkak o'rtada gap yalang'och, buzuq ish qilishyapti dedi. Uni tomosha qilib, haligilar qarsak chalib, sahrab, o'ynab, haligilarga mana, hech kim qilolmagan ishni qildi deb, o'zlaricha xursand, yaxshi bir ish qilgandekdek. Haligini ko'rganimdan keyin jirkanib ketdim deydi. Ular ham ana shu meni dinimdagilar edi deyapti da. Uni ko'rganim dan keyin jirkanab ketdim deydi. Tashqariga chiqib o'zimga kela olmay qoldim deydi. Haligini ko'rgandan keyin inson degan narsaga to'g'ri kelmaydiganda, hayvonlar bor ekan, tuyani aytadi, tuya. Tuya agar bir odamni uzoqdan kuzatib turganligini sezsa, erkagi ayoliga kelmas ekan, yaqinlashmas ekan. Uzoqdan bir odamni sezsa, inson agar aqlini oladigan bo'lsa, hayvondan ham battar bo'lib ketadi degani mana shu ekanda.

Dinidan ayrilgan vaqtda shu darajaga kelar ekan. Haligini ko'rganidan keyin deydi, sekin tashqariga chiqdim. Keyin qarasam, yuzlarini, yo betidan, betidan boshqa hamma joyi bekitilgan, qo'llari uzun kiygan. Avratlarini bekitgan muslima ayol o'tib ketyapti. Haligini ushladi da. Sen nima uchun bunaqa bekinib yursan? Haligi odam keyin ayol tushuntirdi. Alloh taolo qanaqa qilib ayollarni yurish kerak? Qanaqa bo'lishi kerak ayol? Shularni tushuntirganidan keyin deydi, haligindan so'rabdi, seni diningda mana shu qilinayotgan ish halolmi, harommi deb so'rabdi. Deganda, meni dinim islom dini. Bizni dinimiz buni harom degan. Va bunday insonlarni qatl qilishga, o'ldirishga buyurgan degan. Haligi ayol shu joyda islom dininiga bo'lgan muhabbat qalbimga tushdi deydi. Islom dinini shundan yaxshi ko'rib ketdim deyapti da. Shundan keyin qanaqa qilib men musulmon bo'laman degan edi, meni sizni mana shu markazga, islom o'rgatadigan markazga meni yetaklab keldi. Meni qizsam mana shu edi deydi da. Ana shunaqa qilib haligi joyda haligi ayol islomini qabul qilib la ilaha illalloh muhammadur rasululloh debdi.

Al mar'atu avratun fai dha xarajat istashrafa ha shayton. Ayol avrat deydi payg'ambar alayhissalom. Avrat degani bilamiz, ko'rishligi, qarashligi uyatli bo'lgan narsa avrat. Insondagi, demak, ayolning yurish turishining o'zi avrat deydi Payg'ambari alayhissalom, qayeri avrat? Qancha joyi avrat, qanchasi ochilsa bo'ladi, qanchasi bekilsa bo'lardi degan masalaga yo'l qo'ymadi. Avrat ayol kishi dedi.

Idha xarajat, ayol ko'chaga chiqadigan bo'lsa, shayton istashrafa ha, bo'ynini cho'zib darrov qaraydi ekanda haliginga. Istashrafa ha bo'ynini chozib qaraydi. Ba'zilar aytgan ekan, qanaqa qilib qaraydi desa, erkaklarga o'sha ayolni ziynatli qilib ko'rsatadi deydi. Erkakka shu ayolni ziynatli qilib ko'rsatadi deydi. Sal kiyimini torroq kiyib, sal kiyimini kaltaroq kiyib, ba'zi joylardan ochib chiqadigan bo'lsa, hamma erkak lip etib qaraydi. Taqvadori ham taqvosiz deyapti. Shayton o'shanga ziynatli. Shuning uchun bittasi aytyapti hajda da. O'zingni o'n sakkiz yoshar ayoling tursa ham deydi. Birovning ellik yoshar ayolini shayton senga go'zal qilib ko'rsatadi deyapti. O'zini ayoli tursa ham, boshqani ayolini shayton shunaqa qilib ko'rsatsa. Shuning uchun bolasi bor birovlarning oilalariga borib, shu zino sodir bo'lib, xonadonlar buzilib ketayotgani ham tushundin?

Alloh subhani ayyuma imro atin ta'ttara't famar'at alaqomin liya jidumi rixaiha fahya zaniya. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, qaysi ayol, agar xushbo'y narsalarni sepib, ko'chaga chiqib, erkaklarni o'ziga qarashlik uchun shu narsalarni ishlab ko'chaga chi qadigan bo'lsa, dedi, bu ayolning yurishini o'zida zino qilyapti degan gunoh yozilaveradi, dedi. U zino qilyapti degan gunohni egallayveradi deyapti.

Alloh taolo bizga bu zino bu yoqda tursin, unga olib boradigan yo'llarni ham kesib tashladi. Qanaqa qilsak biz shu narsalardan zohir bo'lgan mana bu fitnalar, zohir bo'lgan buzuqliklardan saqlanamiz. Alloh taolo buni bizga Qur'onda o'rgatdi, Payg'ambar aytdi, o'rgatibdi. Vala yubidina ziynata hunna dedi. Alloh taolo ayollarga qarab turib, sizlar tashqariga chiqqaninglarda begona erkaklarga ziynatlaringlarni zohir qilmanglar, ko'rsatmanglar. Yubidin.

Ko'rsatm anglar dedi. Demak, ayol ziynatini ko'rsatmasa, erkak qayerdan fitnalanadi? Yoki zino qayerdan sodir bo'ladi? Hamma erkaklar olib beradi, lekin shu olib bergan ziynatini erkakni oldida taqishmaydi. To'ylarga, biror joyga ketayotganda ayolini tanimay qoladi mashinaga minganda. Birovni ayoli ekan deb qoladi. Haligi ziynatlarni kiyganida. Lekin uyida u ziynatlar kiyilmaydi. Alloh taolo uyda kiyishlikni buyurdi. U ziynatlarni ko'chaga ko'z ko'z qilishlik uchun kiyishlikni buymadi. Va ida sa'ltimuu hunna ma ta'an fas aluu hunna min varo i hijab, varo i il hijab. Zalika otkhar li qulubi kun va qulubi hind. Agar dedi, biror narsa mato so'ramoqchi bo'lsanglar deyapti. Biror narsa so'ramoqchisiz. Birovni uyiga keldingiz, ayolidan boshqa hech kim yo'q ekan. To'g'ri oldiga kirib, ha yaxshimisan deb, bir piyola choy quygin deb, yonboshlab yotib olib, choyni ichib bo'lgandan keyin degan gap yo'q ekan. Eri yo'q xonadonga kirishlik mumkin emas ekan. Eri u yo'q uyda, erkak yo'q degandan keyin, eshikni buyog'ida turib, hijob, o'rtangizda to'siq bo'lib turib, falon narsa bormidi deb so'rashlik kerak ekan. Mana bu sizlarning va o'rtanglarda qalbinglarni eng toza bo'lishligiga sabab bo'ladi deyapti Alloh Taolo.

Bir kun qarasam, qo'shnim kirib, uyimda yonboshlab yotgan bo'lsa, nimaga kirdi bu desam, ha bir narsa so'rashga kirdi. Erta kelsam, yana qo'shnim yotgan, uchinchi kuni meni qalbimga kelmaydi men. Bu qo'shni nimaga o'ralashib qoldi bu yerda deb. Ha, Alloh Taolo shularni oldini olib qo'yyapti. Bu sizlarni eringni ham, uningni o'rtasidagi nimangni pok, qalbing pok bo'lishligidir deyapti Alloh Taolo. So'raydigan bo'lsang, eshikni u yog'idan so'ra deyapti. Qullilmo'miningni yig'ildu min absorehim va yahfalu furu min furujihim zalika aziz kalahum. Ayting mo'minlargadeydi Alloh Taolo. Erkaklarga ham aytyapti. Bu ayollarga xos emas, erkaklarga ham. Ularga ayting, ko'zlarini yumushsinlar va avratlarini saqlashsinlar deydi.

Begona ayollarga qarashlikdan ko'zlarini yumushlik va avratlarni begona ayollarga saqlashlik. Gunoh. Demak, bu narsa sizlar uchun deydi, bu narsa ular uchun poklikdir deydi, tozalikdir deydi. Ko'z qarashlik bilan o'sha gunohga insonni yetaklab olib boradi. Ko'z qorashlik bilan shu gunohga yetaklab olib beradi. Shuning uchun payg'ambar alayhissalom aytdiki, payg'ambar aleyhissalom aytdi ki, ma min abdun yakuf fu basa rauh min maha senil mar'a qaysi bir banda bir ayolning mahasin eng chiroyli joylari, chiroyli kiyinganlaridan, go'zalligidan ko'zini yumsa deydi. Ya'ni nomahram ayolga qaramay ko'zini yumadigan bo'lsa, vala o'sha angandur ilayhi nodir, agar xohlaganda qaray olar dedi. Qaray oladi. Faqat Allohdaan qo'rqib, qo'y, bu gunoh. Qalbimga bir gunoh yoziladi, bir gunoh tushadi qalbimga va qalbim qarayadi va bu ko'zning zinosi qarashlik degan, ko'zimning qaraganligi uchun zino yoziladi deb ko'zini tiya degan bo'lsa, Alloh Taolo uning qalbiga shunaqa bir ibodatning lazzatini soladi.

Alloh Taolo uni qalbiga shunaqa ibodat lazzatini soladi, hech qachon uni boshqa narsada topa olmaydigan ibodat lazzatlarni soladi. Hech narsada topa ololmaydigan shunaqa lazzatni qalbingizga solar ekan Alloh Taolo. Namozni o'qiymiz, lazzatini topmaymiz. Sadaqani berasiz, lazzatni topmaysiz. Ro'za tutasiz, lazzatlarni. Nimaga desak, demak, mayyada qilayotgan ishlarimiz hammasini yuvib ketyapti ekanda. Manaqa qilib, endi buyog'ini ham to'g'irlaydigan bo'lsak, ana namozni o'qiganingizda lazzatini topasiz keyin. Haqiqiy lazzatlarni topilar ekan.

Alloh subhanahu va taolo payg'ambar alayhissalom ta'lim berdi. Mana demak qanaqa qilishlik kerak bu vaqtda, ta'limlarni berdi. Mana shu ta'limni olgan kishilarni hayotlariga qaraylik endi. Shu ta'limlarnini olgan kishilarning hayotlariga bir qaraylik, ular qanaqa bo'lgan ekan? Muhammad ibn Sirin aytadi. Muhammad ibn Sirin aytyaptiki, vallohi deydi. Vallohi men nazoratu ilohi ilohi ummi abdulla, o'zimning ayolimdan boshqa hech kimga qaraganim yo'q deyapti. Uyg'oqligimda ham, uyg'oqlgimda ham qaramaganman va uxlayotganimda ham deydi. Subhanalloh. Uyg'ogimda ham va uxlayotganda ham qaraganim yo't. Va innilar aral mar atafil men ham. Fa adhkur anna hala tahilluli fa osrih bository anha. Men uxlayotganimda bir ayolni tuyushimda ko'rsam, u mening ayolim emas, unga qarashlik harom deyman da, tuyushimda, ko'zimni yumib olaman deydi. Tuyushida ko'zini yumib olgan. Ana ularni zamonasida bu zino bo'lmaganligi, ularni zamonasda buzuqliklarni bo'lmaganlari, valada zinolar, tashlandiq bolalar, ega erib, noma'lum, nasabi noma'lum bo'lgan bolalar ko'chalardan topilib olib, balnitsalardan, yetimxonalarni oldilaridan tug'ib tashlab qochib ketganlar bo'lmagan da ularni vaqtida.

Bo'lmaganini sababi Allohnin payg'ambarini ta'limini shunaqa olishgan da ular. Shunaqa ta'limni olishgan. Mana Payg'ambar alayhissalotu vassalomni madrasasida ta'lim olgan Oysha onamiz ayollari nima deyapti, qarang. Aytadi, lamma tuf fiya rasulillah vadufina fiy hujratiy va kuntu adayi hijabiy fil bayt. Payg'ambar aleyhissalom vafot etganlarida o'sha biz yotadigan yotoqxonamizning bir burchagiga dafn qilindi. Payg'ambalar qayerda o'ssa, shu yerga dafn qilinadi. Dafn qilind. Men Payg'ambar alayhissalom o'zimning nima juft halolim, erim deganligim uchun ko'chadan uyga kirgan vaqtimda yotar chog'imda boshimdan ro'molimni yechib, sekin yuqa kiyimimni kiyardim deydi.

Kiyimini uyda kiyar ekan. Yuqa kiyimlarni uyda kiyilar ekan. Ko'chaga kelib chiqilmas ekan. Boshdagi ro'molim uyning ichida yotar vaqtida olar ekan. Keyin deydi, Payg'ambar alayhissalotu vassalomdan keyin dadam, Abu Bakr radiallohu anhu vafot etdilar va Payg'ambar ali salomning yoniga dafn qilindi dedi. Dafn qilingan vaqtida ham, bunisi o'zimning juft halolim, bunisi meni dadam. Ha bu halol bo'ladi deb turib, ro'molchamni boshimdan olardim da, yotar vaqtimda shu yuqaroq kiyimimda yotardim dedi. Keyin kunlar o'tdi da, Umar radiallohu anhu Oyshonamizni uylariga odam yubordi. Abululu atul majusiy pichoqlab, hanjar bilan oshqozonlarni teshib tashlagandan keyin, o'lishdan avval odam yubordik. Ikkita o'rin, uchinchi o'ringa Oyshonamiz o'ziga joy olib turgan ekan. Shu yerga o'lsam, shu yerga dafn qilinaman deb turgan edi. Umar radiallohu o'g'illarini yubordi, ayting. Oysha onamizga ayting, dedi. Amirul mo'minin yubordi deb aytmang, dedi. Chunki amirul mo'minda esa, unga javob berish parij bo'lib qoladi. Umar deb ayting. Men bugundan keyin amirul mo'min emasman. Umar yubordi, xohlasa shu joyni menga bersin. Ikkita birodarim, do'stim, biri Abu Bakr, biri Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Shularning yonida dafn, qabrda ham shu yaxshi odamlarning yonini tanlashlik ekanda.

Inson qabrda ham yaxshi odamlarni qo'shni bo'lishlikni harakat qilishlik kerak ekan. Ayshini yonlariga borsam deb so'rayman. Agar ruxsat bersa shu yerga ko'minglar. Yo'q, ruxsat bermasa oyshanamiz, unda baqiy qabristoniga, musulmonlarni qabristoniga olib chiqib ko'minglar deydi. Oyshanamizni oldiga kelgan vaqtlarida o'zimga olib turgan edim. Bugun shu joyni umar radiyaallohu anhuga ortiq ko'rdim deb, umar radiyaallohniga bergan ekan shu joyini. Umar radiyaallohu anhu olib kelib ko'mganlardan keyin aytyapti o'shanamiz. Umar radiyaallohun ko'milgandan keyin, uyimga kirgandan keyin ham boshimdan ro'molimni olmadim. Yupqa kiyin kiyib yurmadim uyimda ham. Chunki Umar begona, menga nomahram kishi meni xonadonimda yotganligidan men hayo qildim degan ekan. O'lgan kishining qabrdagi insonni ham nimasidan hayo qilgan ekan o'shanamiz? A, hozirgi kunda o'lgan yo'q, otalar, bobolar, qariyalarni oldida yurganlarni ko'rganingizda, bu qanaqa inson ekan deb qolasiz. Fotima onamiz mana, Fotima onamizni aytyaptiki, Fotima onamimiz Sayyid, Nisael, Sayyidati Nisael alamin birov aytishi mumkin, ha, ular shunchalik endi juda haligi unaqa berilib ketganda bu.

Unaqa juda dinga unaqa berilib kelishga ham bo'lmaydi. Hozirgi chiqayotgan mana bu madaniyatdan ham orqada qolib ketadi, deyotganlar bo'ladi. Lekin shuncha madaniyatni ko'tidan quvlab yurgan odamlar, ularga sen jannatni saidisan degan xabar hali kelmagan. Lekin Oyshonimizga Jabroil alayhissalom kelib, ey Muhammad alayhissalom, Fotimonamizga. Ey Muhammad alayhi salom, Fotimaga xabar bering. Alloh Taolo aytyapti, bu Fotima Jannatdagi ayollarning eng sayyidasi bo'ladi deb aytdi.

Eng sayyidasi biladi. Qarang qanaqa. Qanaqa yetdi u sayyidalikka? Yarim yalang'ochlik bilan yetdimi? Ha. Dunyoviy o'qishlarni o'qib yetdimi? Yechinib, mana shunaqa qilib yetdimi? Ko'p kompyuterni bilganmidi u? Yo bir minutda falonchi harfni yozishni bilarmidi kompyuterda? Yo biron narsa yasab dunyoga bir foydali narsa tegizdimi? Yo'q. Faqat o'zini hayosini saqlashligi bilan mana shu darajaga yetib ketdi. Potima onamiz. Aytyaptiki, o'lim vaqtida, kasallanib yotgan vaqtida, Osmon binti Umayzni chaqirgan ekan. Potima. Onamiz Osmon binti Umayzni chaqirib aytgan ekan, ey Osmon degan ekan. Valloh degan ekan, bir narsadan shunaqa uyalayapman, shunaqa qo'rqyapman degan ekan. O'limdan qo'rqmayapsizmi desa, yo'q degan ekan. Bo'limdan qo'shmaydi inson. O'limdan uyalmaydi u. Men degan ekan, uyalayotgan narsam, men o'lgandan keyin degan ekan, mana shu yuvib kafanlanadi da, kafan bilan ko'tarilib u vaqtda ba'zilar aytadi tobut bo'lmagan ekan deydi. Ba'zilar ayladi tobut bo'gan, lekin tobutni usti yopilmagan ekan deydik. Ochiq. Qo'yingki, shunday ochiq holatda meni erkaklarni oldiga chiqarilishligidan uyalyapman degan ekan. Kafan bilan ochiq holda erkaklarning oldiga chiqarishlikdan va erkaklar yelkasida meni ko'tarib ketishlikdan uyalyapman dekan ekan.

Shunchalik uyat hayoti shunda osmon aytgan ekan, bir narsani aytaymi sizga degan. Aytgin deganda aytgan ekanki, men habashistonga borganda shu narsani ko'rdim. Ular sanduxga o'xshagan, ya'ni tabutni yasashib, yashashardi va uning chekkasiga, to'rtburchagiga rukn qilardi. Yana bunday yog'ochlarni qilib va yog'ochni bunday qilib turib ustiga nima tashlab qo'yardi, choy shop tashlab qo'tardi. Ichidagi mayit ko'rinmas edi dedi. O'sha Fotima onamiz buni eshitganidan keyin, shunaqa quvonib ketdi da, mana shu narsani men uchun ishlab bergin dedi. Mana shu narsani men uchun mana shuni ishlab bergin deb, ana shuni osmonga tayinladi. O'ladigan vaqtida ham avratini, badanini sifatlaydigan kiyim erkaklar ko'rib qolsa qanaqa bo'ladi deb, o'lgan kishi ham uyalyapti. O'lgan koshi ham uyalyapti . Mana bu qiyomatning alomatlaridan biri yarim yalang'och ayollarning ko'payishligi va fohishani zinoni zahr bo'lib ketishligi ekan. Biz o'n birinchi alomatga kelib to'xtadik. Alloh nasib qilsa kelasi jumalarda yana davom ettiramiz. Subhanaka allohumma behamdek ash hadvan la ilaha illa tas tahriru va ato'bu ilay allohumma taqabbal minnakan ta samyun alim va tavba alayn inna kanta tavba bir rohim bir rahmat.

Allohu akbar.

Keyingi darsni tinglash(Mamurjon domla) Xanafiy mazxabi 7-dars