Maviza
—Qoralama57 daq

(Mamurjon Domla) Islom Odoblari 24- dars (Ziyorat qilish odobi)

Maʼmurjon Domla · Maʼmurjon Domla maʼruzalari

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
57:05
O'zgarishlar tarixi

Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon, ertam gumom. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Qo'rqdi yomon. Audubillahi imenno shaytonir rajim. Bismillahir rohmanir rohim. Innallohu alayhi va alayhi va ala. Va na'udhu billahi min sururi anfusina va min sayyati amalina. Man yahdihillahi falamudillahi va man yudlil falaha deyali. Va ash hadu an la ilohi illallohu vahdahlab sharikala.

Va ash hadu annam muhammadan abduhu va rasuluh. Amma abad. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bugun shanba kuni islom odoblari darsiga jamlanib o'tiribmiz. Alloh subhanahu va taolodan bu darslikni davomiy bo'lishligini va avvalo o'zimga qolaversa barchamizga manfaatli bo'lishligini so'raymiz.

Avvalgi fiqh darsligiga kelolmaganligimiz uchun uzr so'rab qo'yamiz. Kasallik bo'lib darsga kela olmadik, ko'p birodarlar kelib qaytib ketgan bo'lsalar, manzura tanlaydi. Kechirib qo'yishadi inshaalloh. Gohida endi shunday ham bo'lib turar ekan. Ziyorat odobiga kelgan edik. Avvalgida birodarlar, birodarlarni birodarlashishlik odoblarini gapirdik, keyin birodar bo'lgandan keyin tabiiy bir birini borib ziyorat qilishlik boshlanadi.

Keyin ziyorat qilganda mehmondorchilik boshlanadi. Endi shu bir chekkadan to'xtayapmizki, ziyorat odoblari, keyin mehmondorchilik odoblari. Inshaalloh bugun shu darslarga to'xtalamiz. Ziyorat qilish odoblari, bir birodarni ziyorat qilaylik. Xoh um bilan dinda aka uka bo'ling, xoh dunyoviy narsalarda bo'lsin, ziyorat qilishlik bo'ladi. Ziyoratning birinchi odoblari deydi istehidorun niyati soliha.

To'g'ri, ya'ni inson birovni ziyorat qilayotgan vaqtda yaxshi niyatini to'g'rilab olishligi. Niyatini tog'ri qilib, yaxshilab, Alloh uchun, Allohni roziligi uchun borib ko'rib kerak, ziyorat qilib kerak degan maqsad bilan borishligi deydi. Bizni hozirgi vaqtimizda ziyoratlarni turlari juda ko'p.

Birovni mo'ljalga olib qo'yasiz. Puldor odamni mo'ljallarini olib qo'yasiz da. Shundan endi pul olmoqchisiz, qarz olmoqchis siz. Endi sekin ikki oy oldin ziyoratni boshlaysiz. Haligina sekin sekin ziyorat qilib, ikki oy oldin borib ikki oy oldin borib ziyorat qilishni boshlaysiz. Pulni olib olganingizdan keyin, u odamni mutlaq ziyorat qilmaysiz.

Yoki bo'lmasa, pulni so'ragan vaqtingizda uzr birodar, bera olmayman desa, har kuni kelib ziyorat qilyotgan odamni ko'ring, endi u odamni yillab ko'rmaysiz. Kerak bo'lsa sizni esingizdan ham chiqarib yuboradi. Bu bir bizni hozirgi vaqtda ziyoratning maqsadlarini biri shu. Ikkinchi yana bir maqsadi, bir odamni mansaatdor bo'ladigan bo'lsa, yo biror bir joyda ishlaydigan bo'lsa. Uni ham mo'ljallab qo'yasiz. Shu bir joyga ishga hamallab kirib olsam, shu orqali deysiz da, haligini keyin ziyorat qilish boshlanadi. Hadyalar bilan. Bu narsalar bilan borib ziyorat qilib, hammallab haligining qo'yniga kirib, ana shu bir ishga joylashishlik maqsadlarida ziyorat qilinadi. Murodarchilik ziyoratlari esa hech narsa, buni orqasida hech narsa turmasligi kerak. Xolis Alloh uchun borib bir ko'rib kelishi degan bir maqsad bilangina borib, ko'rib qaytib kelasiz.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar, inna rojvelam zara ahanlahu fiqhoryatun ufro. Bir kishi deydi, bir qishloqdagi birodarini ziyoratiga bordi deydi. Ziyorat qilib, ziyoratga borgan vaqtlarida Alloh Taolo uning yo'lda ketayotgan vaqtida, yo'lga bir parishtani malakni Alloh Taolo yubordi deydi. Inson suratida. Inson suratidan Alloh Taolo bir farishtani yubordi. Shunda haliginga keldi da aytdiki, aynaturiy, qayerga boryapsan? Dedi. Deb so'raganlarida, men falon qishloqda birodarimni ziyoratiga ketyapman, dedi. Deganlarida haligi farishta aytdi-ki: li hajjat in laka inda, hu undan bir hojating bormi deb so'raydiganda edi. Falon qishloqqa borayapsan, undan bir hojating bor de so'raydiganda deganda yo'q, dedi. Hech qanaqa hojatim yo'q, dedi. Yoki dedi, qarindoshchilik joying bormi, dedi. Borib ziyorat qilishni maqsad bir qarindoshchiliging bormi deganlarida yo'q, dedi. Yo ki dedi, senga avval bir yaxshilik qilgan, shu yaxshilikka uchun ziyorat qilmoqchimisan, dedi.

Yaxshiligi uchun ziyorat qilib qolmoqchimisan deganlarda yo'q, dedi. Demak hech qanaqa bir nima yo'q. Keyin aytdiki, uhib buhibillah dedi. Men faqat Alloh yo'lida yaxshi ko'raman. Shuning uchun shuni ziyoratiga ketyapman dedilar. Deganlarda haligi farishta aytdiki, innalloha arsalani ilay, u hibiraka bi annallohu hib bakalihub bi iya vaqt avjabalakal jannat. Alloh Taolo meni senga yubordi, seni tekshirib ko'rish uchun dedi. Nima uchun ketayotganingni bir tekshirib ko'tarish uchun Alloh Taolo yubordi va sen uni yaxshi ko'rganing uchun Alloh seni yaxshi ko'irdi va seni jannatga kirishlikni vojib qildi dedi. Sen uni Alloh uchun yaxshi ko'rding, Alloh seni yaxshi ko'irdi dedi. Va senga jannatga kirishlikni vojib qilib qo'ydi dedi.

Ziyoratda ham katta savob ajrlar bor. U ziyorat o'zidan o'zi behuda vaqtni zoya qilish degan gap emas ziyorat. Ikkinchisi, ziyoratga endi kelganda ikkinchi odoblari adamul ikfariy mina ziyara daraja tilifrat. Ziyorat ham deyishadi, juda ortiqcha darajada ko'p ziyorat qilib yuborishlik ham bu malal, malallantirib qo'yadi odamni deydi. Juda ortiqcha darajada ko'p ziyorat qilish. Ba'zi odamlar bor, azonda kelib ketsa, kechgacha ham kelib turadi. Ha desa ziyoratga keldim deydi. Ha azonda kelib ko'rib ketgansiz desa, yo kechga ham kelaveradi da. Mana shunaqa ortiqcha darajada malondan tirib yuboradigan darajada qilmaslik kerak ziyoratni. Shuning uchun bu yerda payg'ambar alayhissalom aytgan, zo'r, g'appan, tazdan xo'ppan degan. G'appan degani, bir g'oyib bo'lib, bir ko'rinib, bir g'oyip bo'lib, bir ziyorat qilib, shunday qilsang, yaxshi ko'rishliging, bir biringni orangdagi muhabbat, bir biringga bo'lgan nima mehr oqibat ziyodalashaveradi degan. Bir kun ziyorat qilib, ikki kundan keyin yana bir ziyorat qilib shunday qilsa, bu afzal. Har kuni ziyorat qilaversa qadri qolmaydi. Har kuni ziyorat qilaversa, qadri qolmadi.

Uchinchisi taharril ovqatil munosabali ziyorat. Ziyorat qilishlik uchun munosib vaqtlarni ixtiyor qilish kerak. Ba'zilar bor, xohlagan vaqtimda deylik, eshigini tepib kiraman deydi. Bu ham shariatimizga, islom odoblariga durust emas. Durust, endi sizni yaxshi qabul qiladi, sizga bo'lgan haligi nima deydi, sizni yaxshi ko'radi, xohlagan vaqtingizda borsangiz eshigini ochadi. U eshik ochishligi bilan kifoya qilmaydi, inson qalbi ham shunga tayyor bo'lishi kerak da. Qalbdan yomon ko'rib tursa, ey bekor keldi hozir shunaqa vaqtda, bir malollanadigan vaqtda desa, durust bo'lmaydi. Shuning uchun munosib vaqtni tanlash, misol, bomdodning oldingi vaqtni tanlamaslik.

Chunki bomdodning oldin birovni eshigini taqillatsangiz, hozir ehtiyot ham bo'lishi kerak. Ko'p odamlarni yurak og'riq kasali bor, davleniya kasallari bor. Bomdodning oldingiga eshikni taqillatsang, bir qarindosh o'lib qolibdimi deb qo'rquv ham ketadi da. Shu u o'lib ham qolishi mumkin. Shuning uchun u o' erta menda vaqtni tanla emaslik. Ish qizigan vaqtda, bilasiz, dehqonchilik qilishi mumkin. Dehqonlar masalan hozirgi kunda odam olib kelib ishlatishyapti. Mana shunaqa ish qildirayotgan vaqtlarda u ishchilarni ishlatish kerak dalada. Siz kelib uni ziyoratinga keldim deb uyda azondan kechgacha ushlab o'tirish durust bo'lmaydi.

Yoki bo'lmasa uxlab dam oladigan vaqtlarda ziyorat qilish ham durust bo'lmas. Shuning uchun munosib vaqt qaysi vaqt? Eng yaxshisi o'zini so'rashlik. Telefon qilib hozirgi kunda sizni bir ziyoratingizga qaysi kuni va qaysi vaqtda borishligimiz munosib deb so'raysiz. O'zi aytadi. Men bir yili o'qishdan kelgan vaqtimizda, birodarlar, Alloh razvi bo'lsin, ziyorat qiladiganlar kelishdi, ziyorat qildik. Shunda bir kuni to'ndasi soat ikkida birov shunaqa signal chalyapti, qo'rqib ketdik, uyda hamma uyg'ondi. Shu bilan dadamlar endi bir qarindosh o'lib qolibdi deb qo'rqilib ketdi. Men sekin borib eshikni ochsam, birodarlardan biri ziyoratga ketdi. Men aytdim, kechasi dedim, soat ikkida ziyorat qilmasanglar. Kunduz qilsa bo'lardi yu dedim. Mayli endi kiringlar deb bir ikki shunday gapirdimda, qattiq qattiq gapirib keyin uyga olib kirdim. Keyin shu birodarlar boshqa birodarlarga meni ustimdan shikoyat qilibdi. Ma'murjon debdi, odam isi yoqmaydigan bo'lib ketgan.

Uyiga ziyoratga borsak, bizni kirgizgiz kelmadi debdi. Unaqa emas. Shariatda hattoki fa ila qiyla kunlar jo'r, farjo'r. Sizlarga qaytib ketgin. Men vaqtim yo'q desa, indamay qaytib ketinglar deganda. Ha yaxshi ham, biz uni qayting, men hozir uxlayapman demadimda. Ana shuning uchun aytadiki, munosib vaqtni oldin bilish kerak. Hozirgi kunda juda ko'p birodarlar bizdan xafa. Men aytamanki, bizdin, atrofinglardan keyin ayoli ko'p domlalarni xafa bo'lmasin.

Ularning vaqtlari yo'q. To'yima kelmadi, xudoyima kelmadi, aqiqama kelmadi, deb hech xafa bo'lishni iloji nimasi yo'q. Oldindan uzrimizda aytib qo'yapmiz, kim to'y qilsa inshaalloh deb qo'yamiz, lekin baronmasa xafa bo'lmaysin. Uchinchi, to'rtinchi odoblari ata adam itolati ziyorat. Ziyoratga kelgan odam uzoq vaqt haligi ziyoratga kelgandan keyin uzoq vaq o'tilmasligi.

Ziyorat qilgandan keyin kichkina, qisqacha, ozgina vaqtda ziyorat qilib ketishligi. Ba'zi odamlar ertaman kelsa abitgacha o'tiradi. Ba'zi odamlar abitda kelsa, kech payt, kechki ovqatni ham pishirib, yeb, ichib, iniga ketadi. Bu ham yaxshi narsa emas. Xoh u domlani uyi bo'lsin, xoh boshqa birodarni uyi bo'lsin, uni eshitib qoldirasiz. Domlalar bo'lsa, darslaringizni mashg'ul qilasiz. Boshqa bo'ladi. Shuning uchun ana shu vaqtlarda, ziyorat qilgan vaqtda, o'ta uzoq vaqt ushlanmasligi.

Beshinchi adabiy luzu adabil istezan. Ziyoratga borsangiz birovni uyiga kirishlik odoblariga rioya qilishlik. Birovni uyiga tirishlik odoblarigaga rioya qilishilik. Biz buni birovning uyiga nima qilishlik, kirishlik deb istezan, kirishga ruxsat so'rash odoblarida zikr qilib o'tganmiz. Eshikni taqillatgan vaqtingizda, eshikning bir chekkasida turib, ichkariga nazar solmasdan, boshingizni chiqmasdan, eshikni ochib ichiga baqirmasdan, bir chekkada turib taqillatishlik, mana shunga o'xshagan narsalarni rioya qilib o'tishlik kerak. Oltinchi odobi esa, anjizullayev hay'iy sur'iyatullohu sohibi bay. Uyni egasi qayerga ko'rsatsa, qayerga o'tir desa, shu joyga o'tirishlik.

Kirgandan keyin uyni egasi, mayerga o'tiring desa, yo'q bizga mana shu yer ham bo'laveradi deb o'tirib olmas kerak. Nima qilish kerak? Ko'rsatgan joyga o'tirish kerak. Nima uchun? Chunki uyni egasi eshikning ro'barosiga o'tirishingizni yoqtirmaydi. Chunki eshikdan ayollari o'tishi mumkin, qizlari o'tishi mumkin. Choy olib kelishi mumkin. Shu vaqtda sizni nazaringiz shunga tushishi mumkin. Shuning uchun sizni yuzingizni, orqangizni eshikka, yuzingizni dasturxonga qaratib o'tkazmoqchi bo'lishi mumkin. Sun'iy o'zi biladi uyni egasi. Ana shuning uchun, sizga, mana yerga o'tir desa, shu yerga, bu yoqqa o'tir desa. Bu yoqqa. O'tirishlik kerak bo'ladi.

Yetti odobiy alla yutliq bosarofi fima havla hu min atayf va nahfari. Uyga kirgan kirgandan keyin uyga kirgandan keyin o'tirgan joyda iloji bo'lsa o'sha pastga ko'zini qaratib o'tirishligi yaxshi bo'ladi. Uydagi qo'yilgan narsalarga qarab u yoqqa bir bu yoqqa bir qarab buni necha pulga olgansiz? Bunisi necha pul? Bunisi qanaqa deb surishtirib ketmaslik.

Shuning uchun uyga kirgan vaqtda ko'zni nima qilishlik, yerga qaratib o'tirishligi kerak bo'ladi deydi. A niyaj li sabbay quhay to'ya allohu sohib ul bayt. Bunisini aytdik. Alloh yath ro'k avlodah hu yarato'na fil uy o'tilmas. Sakkizinchi sinfni agar bola chaqangiz bilan birovni uyiga ziyoratga borsangiz, bolalaringizni ham ilashtirib, yetaklab borgan bo'lsangiz, bolalarningizni yoningizdan jildirmasdan olib o'tirishlik.

Uyda bo'ladigan bo'lsa, bolalaringiz har narsasiga tegib, buzib sindirib qo'ymasligi uchun, bolalarni ham nima qilish kerak, qarab turish kerak. Ba'zi odamlar bor, bolalari bilan keladilar birovni uyiga. Bir pastda chiqib ketgandan keyin telefon singan, anavi singan mana bu uzilgan, hamma yoq rasvo bo'lgan bo'ladi. Shuning uchun bolalar bilan ziyoratga kelgan vaqtlarda uni nima qilishligi, qarab turuvishligi bolalarga deydi.

Allayah umuman ahlayl bayt hibaytihim. O'ninchi odobiy ziyoratga kelganda, mabodo uyda namoz o'qiladigan bo'lsa, mabodo uyida namoz o'qilib qoladigan bo'lmasa, o'shanda deydi, uyning xonadon egalari nima qilishligi, imomatchilikka o'tishligi. Xonadon egasi imomatchilikka otadi. Payg'ambar alayhissalom aytdi, men zaraxonman fiybay tekin falaya ummahum vala valya ummahum rojinun minhum. Sizlar bir qavmini ziyoratga kelsanglar, ularni kelgan vaqtda sizlar imomatchilikka o'tmanglar. Shu qavm yoki shu qavmning bittasi imomatchilikka otib bersin degan. Shuning uchun, agar ular o'zlari ruxsat berib, o'zlari ro'xsat berib, siz o'ting desa, shundagina o'tishliklari mumkin.

Bir yigitlar so'rashgan uylarda namoz o'qisa jamoatni savogini oladimi yo'qmi deganda. Mana to'rt kishi, besh kishi jamlandi yo bir o'n kishi jamlandi. Uyda bir majlis bo'ldi. Bir aqiqa qildi, boshqa bo'ldi da. Yoki iftorlik qilishdi. Shu joyda shom namozi biror namozga to'g'ri kelib qoldi. Masjidga chiqib kelishlik hammasi uchun noqulay bo'ldi. Shu vaqtda shu besh olti odam shu joyda o'tirib namoz o'qisa, masjidni savobini oladimi? Jamoat savobini oladmi yo'qmi degan savol berishgan. Xuddi shunga o'xshab ishxonalarda to'rt besh kishi bir namozxona, namozxona qilishib qo'ygan. Shu namozxonada to'rt besh gishi namoz o'qisha, savob, jamoat savobni oladimi yo'qmi deygan savol bo'lgan. Bunga olimlar aytishadiki, agar shunday bo'ladigan bo'lsa deylik, mana hozir ishxona bo'lsa, ishxonada bir nima, namozxona qilib qo'ysangiz, to'rt besh bo'lib jamlanib o'qisangiz, nima qilinadi? Jamoatning savobi olinadi degan ekan. Uyda ham haliginaqa holatlarda o'qisangz, jamoat savobi olinadi, lekin masjidda xudoqa afzal bo'lmaydi degan ekan.

Masjiddagi baribir afzal degan. Nima uchun deganda, masjidga yurib borayotganda, bir qadam, qo'ygan qadamlarga maqomi, jannatdagi maqomi ko'tarilaveradi darajasi va bir qo'yayotgan qadamiga gunohlari mag'firat bo'laveradi va bir malak parishda unga duo qilib turadi degan. Alloh buning gunohlarini kechirgin deb bir parishda duo qilib turadi, degan. Ammo haligi jamoat bilan o'qisa, uyda bo'lsin yoki bo'lmasa nimada, ishxonalarda bo'lsin, shu fazilat bo'lmaydi. Shu fazilat bu bo'lmaydi, lekin ana shu jamoat bilan qildi degan savobga ega bo'laveradi deyishgan.

O'n birinchi odilbek ziyoratga kelgan vaqtlarida anlayans alifayl lapada irni sahihul bay, uyning egasi ruxsat bergandan keyin o'rnidan turib nima qilishligi, ketishligi. Qaytmoqchi bo'lsa endi, uyni egasidan ruxsat so'rashligi kerak ularga. Nima uchun endi uyni egasida ruxsat so'. Desa, uyni egasi avval endi biz turaylik degan vaqtida tashqaridagi ayollarini, qizlarini nima qilishlik? Ko'rinmasligi uchun ularni tayyorlab, yo'lni chiqadigan yo'lni hozirlab tayyorlagandan keyin kelib, nimalarga, mehmonlarga endi chiqsanglar bo'ladi deb ruxsat bergandan keyin chiqishlik kerak deydi. Haligi bizda alloh akbar deydi da, uyni egasi orqada mehmonlar birinchi bo'lib yugurib chiqib ketadi ko'chaga.

Yugurib chi qib ketishadi. Ana shu narsalar durust bo'lmas ekan. Bu ziyoratga taalluqli bo'lgan ba'zi nimalar, odoblar. Ziyoratga ta alluqli bo'gan odoblar. Mehmondorchilikka taalluqli bo'lganlari, mehmon ikki xil bo'ladi. Biri mehmonning odobi, sizning uyingizga kelgan mehmonning odobi. Ikkinchisi, mezbon o'sha mehmonning kutayotgan xonadonning odobi. O'sha ikkalasiga to'xtalamiz, inshaalloh. Birinchi odobiy mehmonning odobiy nima qilishligida edi? Yaxshi, bu ham har amalda niyat. Niyatni to'g'ri qilib, to'g'ri qurishligi. Mehmon birovning uyiga kelgan vaqtda savob ajr niyatida kelishligi. Savob ajr niyyatida kelishligini.

Albatta mehmonning kutishlikning sabablari juda ham ko'p. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, man ka'na yu meni billahi va lyohmin ahir fal yukrim vaifahuh degan. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, mehmonni hurmat qilsin deydi. Mehmonni hurmat qilsin degan.

Shuning uchun biz avvalgi darsda ham aytganmiz, Buxoriy va Muslimda kelgan hadisda Payg'ambar alayhissalotu vassalomdin Abiy Hurayra radiallohim rivoyat qiladi. Bir kuni shu majlisda Payg'ambar alayhissolotu vassalom masjidda o'tirganlarida bir notanish kishi kirib keldi masjidga. Kirib kelib, shunda payg'ambar ali alayhissalomga aytdiki, innay majhut deydi. Men qiynalganman deydi. Musofir, Madina ahlidan emas, men qiynalganman deganlarda Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytdiki, bir kunlik yafoq bilan taom bersangiz deganlar. Bir kunlik yafoq bilan taom bersangiz deydi. Deganlarda Payg'ambar alayhissolotu vassalom ba'zi bir ayollarning uyiga odam jo'natdi deydi.

So'rab, taom bormi bugun deb so'rab jo'natganlarda ayollar aytdiki, Allohga qasamki bugun uyimizda yeyarli narsa yo'q deydi. Faqat suv, hurmatim, boshqa narsa yo'q edi. Boshqa bir ayollarinikiga jo'natsa, uning xonadonida ham hech narsa yo'q. Payg'ambar alayhissalotu vassalomning uyida bir kunlik mehmonni mehmon qiladigan ta'm yo'q.

Shundan keyin o'tirganlarga qarab Payg'ambar ashulalohu alayhi vasallam aytdiki, kim buni mehmon qiladi, Alloh o'sha odamni o'zining rahmatiga olsin deydi. Kim buni mehmon qilsa, uni Alloh subhanat o'g'li o'zining rahmatiga olsin deb duo qildilar. Shunda Abu Talha radiallohu anhu, Abu Talha radiyaallohu anhu yo Rasululloh men mehmon qilaman dedi.

Keyin uylariga olib ketdi. Uylariga kelgandan keyin ayolimdan so'radiki, uyda yeyiladigan, mehmonga qo'yiladigan biror narsa bormi dedi. Deganlarda ayol aytdiki, faqat bolalarimizga yetarli taomni boshqa narsa yo'q dedi. Bolalarimizga beradigan ovqatlar bor, kechki ovqat dedi. Abu Talha aytdilarki, bolalarni dedi, nima qilib, ovutib uxlatib qo'ying dedi. Keyin taomni mehmonni oldiga olib keling dedi. Taomni mehman yeyotgan vaqtda, men ham mehmon ham taomga qo'limizni uzatgan vaqtda chiroqni dedi, to'g'irlayotganga o'xshab, borib uni o'chirib qo'ying dedi.

Men dedi, qo'limni olib borib, taomni yemasdan bo'sh olib qaytaveraman og'zimga. Mehmon men bilan qo'shilib yeyapti deb, qo'shilib nima qiladi, taomni yeydi dedi. Xuddi shunday qilishdi. Mehmonni to'ydirishdi u yerda. Bo'lmasa qo'shilib yesa, u taom o'zi bolalarning ovqati uch kishiga kifoya qilmasi mumkin dedi. Shundan keyin abu talhar aytdiyallohni qo'llarini olib boradi da, bo'sh olib kelib og'ziga qo'yadi. Qo'llarini oldib borib, bo'sh qaytaradi. Mehmon buni yeyapti, qo'shilib yeyapti deb mehmon to'ygacha yedi. Ertasiga Payg'ambar sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelganlarida, Payg'ambar alayhissalotu vassalom kuldilar va aytdiki, laqad ajiballohu min san'iy hikmat. Ba'zi viloyatlarda laqad, ajiballoh, ba'zilarda laqad vahiykalloh deydi. Alloh Taolo sizlarni bugun kechasi mehmoninglarga qilgan ishlaringdan kuldi dedi. Ba'zi rivoyatlarda ajablandi dedi. Alloh taolo kuldi dedilar. Ya'ni mehmonni shu darajada nima qildi? Hurmat, ehtirom qilgan edi.

Ikkinchisi, qismul istiqboli Abdullayev mehmonni kelgan mehmonni nima qilishligi chiroyli kutib olishlik. Chiroyli kutib olishlik, mehmonni chiroyli kutab olishligi. Chiroyli kutilish deganda ochiq chehra bilan, odam qovog'ini tugib olmasdan, mehmon ham haligi kirgan vaqtda ba'zi birovlarni uyiga mehmon bo'lib borsangiz, kiradi da, to'g'ri televizorni yoqib qo'yadi da, sizga gapirmaydi ham. Ketganingizcha televizorga tikilib o'tiraveradi. Ba'zi birovlarni uyiga borsangiz qo'liga gazetani oladi da, ketganingizcha hali gazeta o'quvchi bo'lib ketadi. Ba'zi birrovlarnikiga borsangiz bolasini yoki nevarasini o'ynab o'tiraveradi da.

Bu yaxshi narsa emas. Mehmon kelgan vaqtda ko'ngilni mehmonga bo'lishi kerak. Boshqa vaqtda uni qilsangiz bo'laveradi. Lekin nima? Mehmon kelgan vaqtda ko'ngilni mehmonga bo'lib, mehmon bilan suhbatlashlik. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar tabassum u kafivaj haqiqatlarga sadaqa. Birodaringni yuziga tabassum bilan qarashligingni o'zi sadaqadir deganlar. Kulib jilmayib boqishingizni o'zi sadoqadir deydi. Ummaxoney rodiyallohu anha aytadilar, men payg'ambar alayhissalomni oldilariga kelganlarimda, marhamang ya ummaxoney dedilar. Xush kelibsiz, xush kelibsangiz, ey ummaxoney deb kutib oldilar deydi payg'ambar aleyhissalom.

Ibn is'hoq payg'ambar aliya salatu vassalomning siyratlarini, hayotlarini nima qilgan, jamlagan kishilarning biri. Rivoyat qilgan mana bu haddi nimada aytadiki, payg'ambar alayhissalotu vassalom madina makkadin madinaga ko'chib keldilar. Hijrat qilib keldilar. Shunda abiy ayyub al ansoriy degan kishini uylariga tushdi. Abiy ayyubul ansoriy degan ishlarni. Bu kishi Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga qarindoshlik joyi bor.

Shu kishini uylariga tushganlarda Abu Ayyu bilan Sara aytadiki, Payg'ambar alayhissalotu vassalom uyimiz ikki tabaqadan iborat edi deydi. Ikki tabaqa bo'lgani pastki va tepagi nima, shunda Payg'ambar aytishaylik pastki tabaqasiga joylashdilar. Biz esa tepadagi tabaqada, tepadagi nimasida bo'ldik deydi. Payg'ambar Ali alayhissaloti vassalomga kelib aytdimki, yo Rasululloh, siz pastda bo'lib, biz sizni tepangizda yurishimiz va tepangizda uxlashligimiz bizga noqulay bo'lyapti dedi.

Siz tepaga chiqing, biz pastda bo'laylik deb aytdim dedi. Mehmonni hurmat qilishligi, bo'lib ham Ayg'ambar alayhissalotu vassalomni biz tepaga, siz tepaga chiqing, biz pastga tushaylik deganlarida Payg'ambar alayhissalom aytdiki, agar ruxsat bersanglar, men pastki tabaqada bo'lsam, chunki meni ziyorat qiluvchilar ko'p keladi, shular tepaga chiqib tushishlari noqulay bo'ladi, pastda bo'lsam to'g'ri kirib, to'g'ri qaytishaveradi. Sizlarga xalaqit berib o'tirmaydi dedi. Shu aytgan so'zlari uchun Payg'ambar aleyhissalomni nimalarini qabulladim deydi. Kechasida endi yotayotgan vaqtimizda avvalgi nimalar endi bilasizlar, tuproq bo'lgan, boshqa bo'lgan, qamish, nimalardan tashlangan. Shu suv turadigan idish deydi, ag'darilib, suv to'kilib ketdi deydi. Shunda Payg'ambar alayhissalotu vassalomning ustilariga yoki hujralariga suv nimalari o'tishligidan qo'rqib, ayolim va men o'zi bittagina deydi ustimizga o'tadigan lihaf deydi, hozirgi kunda adyal desangiz ham bo'laveradi. Shunda bitta yopin g'ichimiz bor edi deydi. Shuni olib haliginga suvni deydi pastga ketmasin deb, shu bilan deydi suvni siqib oldik deydi, yerdan deydi.

Erta mangacha endi deydi yana cho'chib, bir chekkada uxladik deydi. Payg'ambar alayhissalotu vassalomga suv tushdimiikin deb deydi. Erta men kelib Payg'ambar aleyhissalomga aytdikki, Rasululloh mana shunday bo'ldi. Deganlaridan keyin Payg'ambar alayhissalom mayli, sizlarga mashaqqat qilib qo'yibman. Unda men tepagi tabaqasiga chiqib ola qolay deb, keyin tepagi tabaquliga ko'chdilar. Ana undan keyin deydi bizni qalbimizga rohat keldi deganlar. Mehmonni nima qilyapti? Shunchalik darajada hurmat, ehtirom bilan o'zlariga afzal ko'rgan joyini berishligi bu ham mehmonga bo'lgan yaxshi kutib olishliklariga kiradi. Uchinchisi taqdim u vajibu dliyafa va ikrom Abdullayev mehmonga nima qilishligi, taomlarni, eng yaxshilarini mehmonga taqdim qilishlik. Taomni eng yaxshilari taqdim qilishi. Bo'lib ham inson o'zi uyida tayyorlagan taomlarni taqdim qilib qilishligi afzal deyishgan ekan olimlar. Bu yerda Ibrohim alayhissalotu vassalomni qissasini Alloh subhanahu va taolo bayon qilgan vaqtida, Ibrohim alayhi vassalomning uylariga malaklar keldi, farishtalar keldi.

Farishtalar kelgan vaqtida Ibrohim alayhissalomga mana shu qissani keltiryaptiki, hal ataka hadif ul g'oyf i ibrohim al mukromin, iddaqa lu alayhi faqa lu salama qora salamun qomun mun karun. Farog'a ila ahlihi facha abi ijrin samin. Faqar rabaho ilayhim qoli ala ta'kulun. Ibrohim alayhissalotu vassalomning eng mukarram bo'lgan, eng ulug' bo'lgan mehmonlarining hadisi, shularning voqeasi sizlarga kelmadimi deydi Alloh taolo. Shu voqeani bizga eslatyapti Alloh taolo. Bunaqa hurmatli mehmon Ibrohim alayhi salomniki keldi. Shunda Ibrohim alayhissalomga kirishgan vaqtlarida mehmonlar qo'li salomi, assalomu alaykum deyishdi. Ibrohim alayhi assalom ham va alaykum assalom dedilar. Qovmum munkarom, lekin Ibrohim alayho vassalom u qovmni tanimasdi. Tanimaydigan bir qovm kirib keldi. Shunda ibrohim alalayhi assalom farog'i ila ahlihi sekin mehmonlarga sezdirmasdan xonadoniga chiqdi. Yana narigi hovlisiga chiqdilar. Chiqib, faqat nima qildilar? Bir semiz buzoqni so'yib, pishirib, mehmonlarni oldiga olib keldi.

Olib kelib, mehmonlarning oldiga qo'ydi da, qo'ygan vaqtida ular yemayotganligini ko'rganlarida alatakulun, sizlar yemaysizlarmi dedi. Bular parishtalar edi. Ular taom yemasdi. Ibrohim alayhissalotu vassalom ularni mehmon ekan deb nima qildi? Eng bir semiz, a a, guzog'ini so'yib olib kelib, oldilariga taqdim qildi. Shuning uchun ulamolar aytadiki, mehmonlarni tanigani bo'lsa ham, tanimagani bo'lsa am, nima qilishlik? Uyingizdagi bor narsani eng afzalini mehmonni oldiga taqdim qilishlik. Bu yerda yana bir narsani yaxshilab tushunish kerak. Mana keyingi nuqtada, ya'ni keyingi odobida keladiki, ada nuqta kalla fushaliy dildoyev. Juda ortiqcha darajada odam o'zini urintirib qo'ymasligi kerak, mehmon kutaman deb deydi. Hozirgi vaqtimizda shunday. Mehmon kutman deb, qarz olib bo'lsa ham mehmon kutishadi. Mehmon kutilaman deb, qancha qiynalib qoladi. Mehmon kutaman deb qarzga anaqa qiladi. Bu narsalar durust emas shariatimizda. Lekin ibrohim alayhissalom nima uchun u bir buqani yoki bir nimani so'ydi, buzoqni so'ydi, biz bir qo'y so'ya olmaymizmi deb turib qilishligi ham durust emas.

Ulamolar ikkisini jamlashadi. Nima uchun bu kishi eng afzalini qildi? Nima uchun buyada ortiqcha mashaqqatga o'zini solib qo'ymas kerak deyapti desa, ibrohim alayhi assalom uyida bor narsaning afzalini taqdim qildi deydi. Siz ham uyingizda bor narsani, nimasini, afzal taomlardan, afzal narsalardan mehmonni oldiga qo'ysangiz, shuni o'zi kifoya qiladi ekan.

Erta Ulug'bek haqqa hu. Mehmonning haqqini ado etib qo'yishlik deydi. Mehmonning huquqini ado etishlik. Beshinchi odoblari mehmonning haquqini ado etilishlik. Mehmonning hakki nimadir? Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytdiki, man ka'na yu meni billahi valiyomul axir fal lyukrim boyfahuu. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, mehmonni hurmat qilsin dedilar. Keyin aytdilarki, ja'iza tuhu ya umumvalayla. Uning ja'izasi, ya'ni mehmonni mukofoti dedi, hurmat ehtirom qilinadigan kuni bir kun va bir kecha kunduz dedi. Bir kecha kund uz. Vot biya fa sarafat va aya. Mehmondorchilik esa uch kungacha bo'ladi deydi. Uch kungacha mehmon mehmon mehmon bo'ladi uch kungacha deydi. Fa mabadadalik fahva sadaqa. Uch kundan keyingisi esa sadaqa hisobiga o'tib ketaveradi. Sadaqa deb hisoblanadi. Vala yahil ula hu an yaxli, endi hu haqqi yo'q reja. Mehmon ham birovning uyiga uch kundan ortiq yotib olib, nima qilmaslik kerak? Uni deydi, mashaqqatga sap qo'ymaslik kerak degan ekan. Birovni uyiga borib, uch kundan ortiq yotib olib, uni mashaqqatiga sap qo'yib qo'ymasin deydi.

Endi bu yerda hozir bir hadisda bir tushunmovchilik bor. Birinchi kelganda Payg'ambar alayhissalom aytdiki, mehmonning joyizasi, mukofoti, kutadigan nimasi bir kun deydi, bir kecha kunduz deydi. Mehmondorchilik uch kecha deyapti. Ikkisini qanday jamlaymiz deganda olimlar aytgan ekanki, bu yerda Xattobiy degan kishi aytadiki, bir kecha kunduz mehmonga eng yaxshi narsalarni taqdim qilish degan ekan. Qolgan ikki kuni o'zingiz yeydigan narsalardan taqdim qilishi degan ekan. Tushundingizmi? Bir kecha kundiz mehmonga eng haligi topgan narsalaringizni eng yaxshisini taqdim qilishingiz. Ikki kecha, qolgan ikki kecha kunduzi nima qilishligi, o'zingiz xonadoningiz bilan yeydigan taomdan, ovqatdan taqdim qilishlik. Shunda mehmonning nimasi, uch kun, uchgacha kunduz bo'lyapti. Uchgacha kunda. Undan uyog'iga u yaxshi nima qilsangiz, sadaqa bo'lib hisoblanaveradi. Lekin sizga bir mashaqqatlik bo'layotgan bo'lsa, mehmonning uyog'iga kutishlik, bu nima emas, u kishiga Payg'ambar eson aytdiki, birovni mashaqqatga solib, uni uyda yotib olmangiz dedilar.

Oltinchisi, al ehsanu ila adloyev muddat iqomatiyhi. Mehmon mehmon al ehsan ilodiy muddatli qomatixiy sizni uyingizda turgan vaqtida, unga nima qilishlik?

Qo'lingizdan kelgancha takarrum qilib, qo'lingizdan kelgancha yaxshiliklarni qilishlik. Bulardan eng birinchisida edi, misol uchun, munosib uxlashligi uchun, dam olishligi uchun munosib joylarni tayyorlashlik. Mehmonga munosib joylarni tayyorlashlik, ikkinchisi, bolalarning shovqinidan uzoqroq xonalarga joy qilib berishlik. Uchinchisi, tahoratxonaga qulay bo'lgan joylarni joy qilib berish lik. To'rtinchisi, tahoratsxonalarni chiroqlarini yoki bo'lmasa chirog'i bo'lmaydigan bo'lsa kechalarda, sham bo'lsa ham, yoki bo'lsa kashshoxlik, fanar bilan bo'lsa ham oldiga qo'yib mana buni yoqib borib kelasiz deb ko'rsatishligi, yo'l yo'riqlarni barini ko'rsatishlik. Keyin shu yerda munosib joy tayyorlash qo'yishlik deganda, hozir bir narsa esimga kelib ketdi. Mehmonni uxlash uchun munosib joy deydi da.

Mehmonga ham o'zining tushunadigan lahjasi bilan ham gapirish ham o'zi bir odobidan ekan mehmonga. Bizda mehmon kelsa, haligi Toshkentdan keladigan bo'lsa, endi deydi, biz menga ketdikmiz, haligi vodikilamaylik deymiz ku. O'zimizcha inar qilamiz. O'zimizni yalpiq til bilan gapiramiz. O'zizga boshqacha tuyuladi. Lekin har qavmning o'zini lahchasi bilan gapirgan yaxshi bo'lar ekan. Payg'ambar alayhissalotu vassalom shuning uchun bu qishloqning, sahro din kelgan badaviylar, yana qishloqlar deylik. Shular kelsa, shularni tilida gapirardi. Shaharliklar kelsa shaharliklarni tilida. Yamanliklar kelsa yamanliklarning, Misrliklar kelsa misrliklarning lahchasida tilida gapirgan. Bu yerda men aytayotganim nima uchun bizda mana Toshkentlarda yoki bo'lmasa mana Sal Sayramlar bo'lsin yo boshqa joyda bo'lsin, shiyponni masalan ayvon deydi. Ayvon deydi bir kuni bizni mana shu qishloqga bir taniqli bir kishining uyiga mehmon kelibdi, O'zbekistondan.

Kechasi bilan gaplashib o'tiribdi. Suhbatlashib, o kechasi tunning yarmi bo'lgan vaqtida, bolalarining bittasiga qarab, bolalarni bittasini kelgan ekan qarabdi da aytibdiki, o anavi hayvonga joy solib yubor debdi. O anavi hayvonaga joy solib yubordi debdi. Bizda hayvon deydi. O'zbekistonlarda ayvon deydi.

Shu bilan ho' ana hayvonga jasa degan ekan, haligi mehmon shunaqa endi bir xafa bo'libdi, shunaqa xafa bo'libti. Voy nomard debdi, meni hayvon dedi debdi da. Shu bilan ertasiga erta men ruxsat bersangiz men ketaman deb ketib qolibdi. Ketib qolib, shu bilan bir necha nimadan keyin haligi xafa bo'lganini birovlar orqada ayttiribdi. Men falonchanikim mehmonga borganimda meni hayvon deb aytdi. Keyin haligi kishi oilani nima qilsa, haligi bolasiga hayvonga joy sol degani esiga kelibdi da. Shundan keyin uzr so'rabdi, birodar bizda hayvonni hayvon deb aylanadi. Shuning uchun shunaqa kalimalarga ham ehtiyot bo'lishi kerak. Mehmonni ranjitib qo'yish mumkin.

Sak yettinchisi xuruji sohibi ul baytiy, ma avay fihiy ilal bab, mehmon ketaman degan vaqtlarda, nima qilishligi, mehmon ketman degan vaqtlarida, mehmon bilan birgalikda kuzatib, eshikkachayin, tashqarigachayin birla chiqishlik. Mehmon uyga ketadigan vaqtda, mehmon bilam birla kuzatib, tashqariga chiqish.

Ba'zi odamlar bor, mayli, yetib oling, yaxshi yetib oling deydi, uyda o'tiraveradi. Bu ham mehmondorchilikka durust kelmaydi. Shuning uchun o'rnidan turib, birgalikda eshikning tashqarisigacha chiqib, kuzatib qo'yishligi mehmonning eng nimasi, hurmat qilgan odoblaridan biri. Abu Ubayt, Abu Ubayt degan kishi Imom Ahmad rahmatulloh alayhining ziyoratlariga kelgan ekan. Ziyorat qilib kelgan. Kelganlarida falamma arattul qiyani qomamayin. Endi o'rnimdan turib ketmoqchi bo'lyapsan deydi, men bilan birga o'rnimdan tursin deydi da va birgalashib ko'chagacha chiqdi deydi. Men aytdimki, ey imomahmad, abo abdulloh dedilar, bunday qilmang dedilar. Deganlarda u kishi aytdiki, men shabi rahmatulloh alayhdan eshitganman. Min tamomi ziyarati zair antamshima hu ila ba biddor va ta'qul birikabihi. Birodaring seni ziyorat qilib kelsa, uni eng yaxshi hurmat qilishligingning bir turi, u bilan birgalikda eshikning tashqarichigacha birga borib, hattoki nimasiga, markabiga minsa deydi, markablarining u vaqtda tuyalari bo'lsin, yoki boshqa bo'lsin, o'shaning nimasini, tizginini ushlab turib, tuyasigacha ko'tarib mingizib qo'yib, undan keyin qaytishliging degan dedilar.

Hozirgi kunda mashinalarga bo'ladigan bo'lsa, mashinasini eshigini oldigacha kelib, yaxshi yetib oling mehmon deb kuzatishligining o'zi katta hurmat, ehtirom bo'lar ekan. Adamu dixur va ig'loqil bob illa ba'da in sir ofixin eshigingizni mehmon ketmasdan turib yopib ichkariga kirib ketmaslik. Mehmon sizni uyingizdan chiqib tashqarida ketguncha in kuzatib turish kerak ekan. Eshikni u ketmasdan oldin yopib kirib ketishi ham mehmonning yuziga eshik yopishlik bo'lib qolar ekan. To'qqizinchisi esa, ammo ila do ila bayti xil bayti xil aboyov, yajib angad ul yediyofat il at qiyo. Uyga mehmon chaqirgan bo'lsangiz, agar mehmon o'zi kelmaydi, siz chaqirgan bo'sangiz mehmonni, nimani chaqirishlik? Uyga mehmonlarning taqvodorlarini, Allohni qo'rqadigan namozxonlarni mehmondorchilikka chaqirishlik yaxshi. Fosiqlarini, namoz o'qimaydiganlarni, mana shundaylarni mehmondaorchilikka cha'qirgandan ko'ra, endi ularni ham chaqirsangiz bo'ladi, faqat nima bobida? Da'vat qilishlik, dinni tushuntirishlik, bobida chaqirsangiz yaxshi. Ammo taomingizni yeyishlik uchun. Nimalarni, taqvodorlarni chaqirishlik kerak deydi.

Payg'ambar alayhissalom aytganki, la tusahif illa mo'min. Yo'lda yursangiz, sherik bo'lsangiz, faqat mo'minga sherik bo'lgin deganlar. Safar qilsangiz ham, yo'lda yurishsangiz ham, tijorat qilsangiz ham. Oldi berdi qilsangiz ham nima narsa qilsangiz, mo'min bilan billa qil deganda. Munofiq kishilar, yolg'onchilar, a? Dindan uzoq bo'lgan odamlar xiyonat qilish tez bo'ladi. Tez kunda aldab ketadi. Tez kundan haqqingizni yeb qo'yadi. Shuning uchun mo'min kishi bilan birga bo'l deydi. Keyin aytadiki, taomingizni faqat taqvodorlar yesin degani. Taqvodor kishilar yesin degani, nima, Allohdaan qo'rqadiganlar, Allohga ko'p ibodat qiladigan kishilar taomingizni luqmasini yesa, uni ajri sizga bo'lar ekan. Adobu doif, mehmonning adoblari yana.

Ijava sudda va idha du'iya. Mehmon mehmondorchilikka chaqirilsa, unga nima berishlik? Ijobat qilishlik. Biz uni u avvalgi darsda aytib ketganmiz. Mehmonning musulmonning, musulmonning tepasidagi haqlari degan vaqtda, agar mehmondorchilikka chaqirsa, unga ijobat qilishlik deb turib aytib ketgan edik.

Faqatgina deylik, shu joyda aytganmiz, o'sha darslikda faqatgina sizni chaqirilgan joyda Munkir. Shariatga xilof bo'lgan amallarni bo'lishini bilsangizgina, unga ruxsat nima ijobat qilmasangiz bo'laveradi. Unga bormasangiz bo'laversangiz. Misol uchun, aroq qo'yilayotganligini bilsangiz, mehmonga chaqirdik, o'sha joyda aroq bor ekanini bilsangiz. O'sha joyda shariatga xilof amal bo'layotganligini bilsangiz, yoki bo'lmasa o'sha joyda g'iybat bo'lishini bilsangiz. Yoki o'sha joyda erkaklar bilan ayollar jam bir birga o'tiradigan majlis ekanligini bilsangiz, mana ulfatlar.

Ulfatlar o'tirish qilishsa, ayollar bilan qo'shilib boradigan ulfatlar bor. Hali hanuzgacha shunday ulfatlar bor. Shu joyga sizni ham taklif qiladigan bo'lsa, siz shu yerda ulfatingizni ayoli ham kelishini bilsangiz bormasangiz bo'laveradi. Nima uchun birovning ayoli bilan bir majlisda o'tirishlik nomahram bilan joiz emas shariatda? Shariatda joiz emas. Shuning uchun o'shanday joylarga nima qilmasangiz, ijobat qilmasangiz bo'laveradi. Shu joylarga bormasangiz bo'laversin. Ikkinchisi, alla ayyati axhar min ajli sovmehi bal yahdur. Gohida bir mehmondorchilikka chaqirganda, sizni birov mehmondorchilikka chaqirsa, siz shu kuni ro'zador bo'lib qolishingiz mumkin. Ro'za tutib olgan bo'lishingiz. Mana payshanba kuni, dushanba kunlari ro'za tutgan bo'lsangiz, birov sizni mehmonga chaqirib qo'ygan bo'lsa, nima qilasiz?

Ro'zaman, boraymi, bormaymi degan nimaga tushib qolasiz, shubhaiga tushasiz. Shu vaqtda aytishadiki, agar shu mehmondorchilikka borib, shu mehmondoshchilikda agar shu yerda yesangiz, ichsangiz mehmon judayam ortiqcha darajada xursand bo'ladigan bo'lsa, borib, ro'zangizni ochib, shu yerda yeb ichib qo'shilib, yeb ichaverasiz deydi. O'sha ochib yuborgan ro'zangiz uchun qaytib ro'za tutib bermaysiz. Bu nafl ro'zalar bo'ladigan bo'sa. Nafl ro'zalari. Parij ro'zalar emas, nafl ro'zalar. Yana odam tushunib qolmasin, ramazonni ham birov chaqirsa to'g'ri borib turib ro'zani ochib, yesa yesa bo'laverar ekan deb yurmanglar. Bu dushanba kunlari, payshanba kunlari i am on base kunlari, oyning nimalari? O'n uch, o'n to'rt, o'n beshlari arab oyi bo'yicha, bizlarni oy emas. Arab hijriy oy bo'yicha o'n uch o'n to'r o'n besh kunlarda ro'za tuchliklari payg'ambar alayhissalomning sunnatlari. Bu sunnat deganda birovlarning yuragi ham yorilib ketyapti. Sunnatni gapirsangiz. Sunnat desa, sunnat, sunnat deb gapirsa, juda qo'rqadi odamlar.

Haligi ba'zi odamlar bor, bu mazhabdan tashqari ekanda, bu nuqul mazhab demay, sunnat deb gapira deydi da. Aslida mazhab sunnatga binoan chiqqan narsada u. Shuning uchun sunnatda deganimizni bilaveringki, qanday amal bo'ladigan bo'lsa, uning orqasida biz bilmagan shunaqa bir foydalar yotgan bo'ladi. Biz bilmagan foydalar. Payg'ambar alayhissalom abu hurayraga aytdiki, avsoniy xaliliy bi salat deydi. Abu hurayra aytyaptilarki, payg'ambar aleyhissalom menga deydi xaliliy deb turib, payg'ambir alayhissalom eng mening eng yaxshi, eng yaqin do'stim degani xaliliy. Menga dedi, Halil degani shunchalik ma'noda ekan, Sadiq degani bor, Halil degan i bor. Sadiq degani ham do'st. Halil degani do'st degani bu shunday do'st shunchalik darajadaki, qon qonga go'sht go'shtlarga shuncha aralashib ketgan darajada degan ma'noda. Shunchalik daraja do'st degan. Shu do'stim menga dedi vasiyat qildilar uchta narsani. Birinchisi dedilar, nima dedilar, bitir namozini o'qimasdan uxlamaslik dedilar va har kuni zuho namozini o'lib yurishlik ikkinchisi dedilar. Zuho namozi kun chiqqanda chashkax namozi deymiz. Uchinchisi oyning o'n uch o'n to'rt o'n besh ayyomul bet kunlari ro'za tutishni vasiyat qildi dedi.

Habiburrah roziyallohu anhub shu ro'zalarni mutlaq tashlamagan ekan. Umr mobaynida tashlamagan e kan shu ro'zani. Bu ro'zani foydasi deyishadi. Oy deydi, tug'ilgan vaqti bo'lar ekan. O'n uch, o'n to'rt, o'n beshida oy tug'ilgan va qt bo'lar ekan? Oy tug'ilgan voqtda deydi, to'la bo'lgan vaqtda yer bilan oyning orasida qandaydir tortuv anaqalari bo'lar ekan, vag'd deydi arabda, qism. Bizda davleniya deydi. Oy bilan yerning orasida davleniya foyda bo'lar ekan oy tug'ilgan vak'ida. Mana bu to'l, davleniya xossatan nafas olishlik, yuragi og'ir, nochor ishlaydigan kishilarni shu vaqtda qiynalib qolar ekan. Nafas olishligi og'irlashib, yuraklari ishlashi og'irlashib. Mana shu davleniya qism orasida odam haligi qismning orasida bo'lgandan keyin havo yetmasdan nima bo'lar ekan, davleniyalar tez chiqib ketishi bo'lar ekan. Yo bo'lmasa, yuraklari ishlashini ocherlashib, o'sha vaqtda vafot etib ketishi mumkin ekan. Shuning uchun payg'ambar aytasizlarmi, shu vaqtda ro'za tutib olsa, inson ro'za tutgandan keyin qarmi ochroq bo'ladi, qon aylanishlari tezroq bo'lardi va yengil, o'zini yengil qushdek his qilib yurar ekan.

Bu ulamolar tarafidan isbotlangan tibbiy nimalardir. Ammo undan boshqa ajr sabablari ham juda ko'p. Ro'za tutib olgan bo'lsa, demak birovning uyiga borgan vaqtingizda ro'zani ochsangiz, agar shu kishi xursand bo'ladigan bo'lsa, ochib nima qilasiz, qo'shilib yeb ichib ketaverasiz. Keyin uni ro'zani nima qilib bermaysiz, tutib bermaysiz. Ammo ro'zani ochmasangiz, imkoni bo'ladigan bo'sa, yaqinlaringiz bo'sa, yoki odam ozchilik bo'ladigan bo'masa, ro'zani ochishga nima emas, hojat yo'q. Masalan kunim bilan ro'za tutdingizda, kechga tomon asrdan keyin bir joyga chaqirib qoldi. Ro'zani endi ozgina bir soat, ikki soat qolib turibdi. Shunda siz aytishingiz mumkin ekanki, Payg'ambar alayhissalom aytdi: idadu ehad butun falyujib, fainka ana saliman, falyu solli va inka ana muftinan falyut yot'an deydi. Agar sizlarni biringlarni birov mehmonga chaqirsa, ro'zador bo'lsanglar, borib, mehmondorchilikka borib turib, aytinglar, men ro'zador edim. Ma'zuratan uzr deysizlar, yemaysizlar, ichmaysizlar, faqat u odamning haqqiga duo qilib o'tirasizlar degan ekan. Faqat falgusonli, faliyat duo qilib qo'yasiz ekan. Ammo deydi, imkoni muftiyron?

Yo'q, agar og'zi ochiq bo'ladigan bo'lsa, qo'shilib yeyaveradi degan ekan. Demak, ro'zani ochmasdan, uyni egasidan ruxsat so'rab yoki mehmon, mezbondan ruxsat so'. Oshmasa ham bo'laveradi. Ozchilik bo'ladi. Lekin ko'pchilikning orasiga kirgan vaqtda ba'zida odam men ro'zadorman deb bir o'zi o'tirishi ham noqulay bo'ladi. Shunday holatlarda ro'zasini ochsa bo'laveradi shu. Uchinchisi, at ta'addub bi adabil iste'dodan vozziyora. Mehmon haligi yuqorida aytganimizdek, izn so'rashlik, mehmon birovning uyiga kelgan vaqtda izn so'rashi va ziyorat hozir tepada o'tdi. Ziyorat odoblariga amal qilishligi kerak deydi. To'rtinchisi mehmon mezbonnikiga kelgan vaqtlarida yoki mezbonnikidan qaytayotganlarida, al nashkura, avvayf u sohibi ddiyafa mezbonga, uy egalariga rahmat deb shukur aytishligi kerak degan ekanlar. Chunki Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Sa'd ibn Ubodani ibodaga aytdilarki, uylarda yeb ichganlaridan keyin, Sa'd ibn Ubadani uylarda yebichganlaridan keyin Payg'ambar eson ketayotganlarida Alloh tafarros endi kumus soimun va akani ta'amakumul abror va saddat alaykumul malayka degan duoni o'qidi.

Shuning uchun mehmon bo'lib, birovning uyidan ketayotgan vaqtingizda mana shu duolarni o'rganilsa yaxshi bo'ladi. Yana Abdulloh ibn Busurning uylariga kelganlarida yeb ichganlaridan keyin Payg'ambar alayhissalotu vassalom allohumma barik lahum fima raza tahum vafillohum barhamhum. Allohim ularga rizq qilib bergan narsalaringda barakatlar bergin va gunohlarini mag'firat qilgin va ularni o'zingning rahmatingga olgin degan duolarni Payg'ambar ilayhissalotudu vassalom aytdilar. Abdulloh ibnbusurga shu duolarni o'qidi. Demak, mehmon mezbonning xonadonida duo o'qib, rahmat aytib ketishligi kerak. Beshinchisi esa allayut qil ala sohibi diya fattayu h reja. Birovning uyiga mehmon bo'lib boradigan bo'lsangiz, bu endi faqat mehmon deganda birovni bu yerda tanishingiznikiga, uni buni uyiga borib ikki soat o'tirib ketishlik mehmon deyilmaydi, u ziyorat deyiladi, kichkina ziyorat. Mehmon deb masalan O'zbekistonga yo uzoqroqda qarindoshingizniki borib bir kun, ikki kun, uch kun yotib qoladigan holatlar bo'ladi. Mana shuni gapirilyapti ko'proq.

Boritsangiz deydi, unga og'irligingizni tushirib qo'yadigan darajada ko'p qolmasligingiz kerak. Og'irligingizni tushirib qo'yadigan joylarda ko'p qolmasligingiz kerak. Alloh yuxrejda edi, uni bir xijolatga solib qo'yadi, unga bir malollik keltirib qo'ya qiladigan darajada ko'p qolmaysiz kerak. Qarang, siz sharoitiga, qanchalik nimagachin sizni mehmon qila bilishligiga, ana shu narsalarga qarab turib, mehmon bo'linadi degan ekan.

Payg'ambar alayhissalotu vassalom va ala yahyulillah va yangiyasviya inofat tayyuh reja dedilar. Bir odam birovning uyiga mehmonga boradigan bo'lsa, nima qilmasin dedilar? Uning uyida o'tirib olib, yotib, yangiyat degani yotib tunab yotib qolib, hatto uning xarajga solib qo'yadigan, yarat degani malollantirib qo'yaydigan darajada ko'p qolmasin, deb aytgan edilar Payg'ambar alaysalom. Shu yerda yana bitta nimaga to'xtab kelsak, bir kishi deydi, bir odamning uyiga mehmonga kelibdi.

Mehmonga kelibdi da, shu odamning uyida bir necha kun mehmon bo'lib yotibdi. Bir kun yotibdi, ikki kun yotibdi. Uch kun yotibdi da. Indamasdan mehmon bo'lib yotibdi. Endi mehmonga qachon ketasiz deyish ham o'zi meh anaqa emas da. Kelgan mehmonga qanchalik ketasiz deb aytishadi. U ham indamabdi. To'rt kun yotibdi yo besh kun yotibdi? Shundan keyin mehmon aytibdiki, endi biz bir yo'lga chiqsak ham bo'lardi debdi.

Yo'lga chiqsak ham bo'lardi degan ekan, haligi ham xursand bo'lib ketibdi uyni egasi. Xursand bo'b ketibdi da, mayli taqsir debdi, yo'lga chiqadigan bo'lsangiz deb, darrov otlarini yetaklab olib kelib, haligini kuzatib, kavushlarini to'g'irlab, tezda kiydirib, yetaklab olib chiqibdi. Shu bilan amallab otiga mingizib, endi inshaalloh bu aniq endi mana ketadigan bo'ldi deb otga mingandan keyin aytibdiki, mehmon juda biz sizga o'rganib qolgan edik, ketishingizdan juda bir haligi ko'nglimiz debdi, noxush bo'lib turibdi. Yana bir ikki kun mehmon bo'lganingizda bo'lardi debdi. Endi bir shunday aytsam debdi da endi ketyotganda. Haligi malollanganimni bildirmasdan degan maqsadda shunday debdi. Degan ekan haligi mehmon ham aytibdiki to'g'ri aytasiz debdi. Men ham debdi, sizlarga o'rganib qolgan ekanman, qarang ye debdi. Yana bir ikki kun yopay debdi da, shart otni tushib, otni qayerga boylay debdi. Degan ekan, mezbon aytibdi, tilimga boylang, tilimga debdi.

Tilimga boylang tilimga debdi da. Mana shunga o'xshab birovni uyiga mehmonga borib, tilimga boylab bo'lmasligi kerak ekan. Ya'ni, unga og'irlik tushirib, qo'ymaslik kerak. Vallohu a'lam. Bugun qisqacha chizorat bilan mehmondorchilik odobiga to'xtaldik. Alloh nasib qilsa keyingi darslarda boshqasiga yana to'xtalib beramiz.

Inshaalloh, bu dars bilan ko'ra, bu ommaviy bir suhbat desak ham bo'laveradi. Fitr darsligiga ko'proq kelishinglarni nima qilardik? Umid qilardik. Chunki fiqh darsligida biz masalalarni ilmiy kitob bo'yicha birma bir to'xtab, kitobdan sharhlab o'tib, o'qib o'rganardik. Ozgina ozgina o'qisak ham ancha masalalarni nima qilib olamiz, o'rganib olgan olamiz. Shuning uchun shu darslikka ham ikkinchi kuni shanba namozida fikrlaringizligimizga ham qatnashib ko'rsanglar yaxshi bo'ladi.

Keyingi darsni tinglash(Mamurjon Domla) Islom Odoblari 13-dars (Xaj kilish odobi 2-kism)