Maviza
—Qoralama1 soat 1 daq

(Mamurjon Domla) Islom Odoblari 10-dars (Izin Súrab kirish odobi)

Maʼmurjon Domla · Maʼmurjon Domla maʼruzalari

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
61:05
O'zgarishlar tarixi

Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Allohu billa imenno shaytonir ro'jin, bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillah, na'hmaduhu anastan inuhu anastag'firuh va na'ul billah imenna chur'urian fuzina va min sayyihati an'anaminah, men yahdihillah hu falamudillalloh va men yutlil falah hadiyaluh. Va ash hadu an la ilaha illallohu vahda hu la sharikala. Va ash hadu annah muhammadan abduhu va rasuluhu ma'ba. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bugun Alloh Subhanahu va Taoloning fazli va tavofiyqi bilan dushanba kunlik islom odig'i darsligiga jamlanib o'tiribmiz. Avvalo alloh subhanahu vataoloning go'zal ismlari va buyuk sifatlarini o'rtaga qo'yib so'raymizki, shu darslikni alloh sababli taoloning o'zining roziligi uchun bo'ladigan dars bo'lishligini va qolaversa, o'zimizga va barchamizga manfaatli bo'lishligini allohdan so'raymiz.

Biz shariatning hukmlari bekordan bekorga insonlarning tepasiga faraz qilinganligi yoki vojib qilinmagan. Shariat hukmlari har bir hukmning tepamizga shariat qilib tushirilishligida bir hikmat bo'ladi.

Alloh Taolo ba'zi hikmatni, ba'zilarini Alloh Taolo biladi. Alloh Taolo hikmatlarini biladi, lekin biz ba'zilarini bilsak, ba'zilari bilmaymiz. Alloh Taolo bu hukmni nima uchun tushirganligini o'zi biladi hikmatini. Lekin biz ba'zisini hikmatini nima uchun ekanligini bilsak, ba'zisini hukmatini bilmaymiz. Shunday bo'lsa ham musulmon kishi Alloh Taolo shu narsani farz qilibdi, Alloh Taolo shunga buyuribdi, Alloh Taolo bundan qaytaribdi desa, unga nima uchun shunday ekan degan savol qo'yilishlikka o'rin qolmaydi. O'rin qolmaydi. Chunki biz uni tushunmaganligimiz uchun. Alloh Subhanahu va Taolo insonni barcha yer yuzida yaratib qo'ygan, koinotdagi narsalarning barchasidan afzal qildi.

Afzal qild. Va uni aql ne'mati bilan Alloh Taolo afzal qilding. Va uni insonni. Nasl nasablarini o'zining hid himoyasida saqladi. Shuning uchun, eng avvalo insonga nikoh bilan jamlanishlikni farz qildi. Nikoh bilan jamlanishlikni farz qil. Ammo boshqa maxluqlarga qaraydigan bo'lsak, ularning orasida nikohlanishlik yo'q.

Bu eng avvalo birinchi naslni insonning nasabini saqlashlikdagi birinchi qoida shundan boshlandi. Va ikkinchi holat insonni balog'atga yetmasdan turib, nima qildi? Alloh subhanahu va taolo insondagi berilingan shahvat va shubohat degan narsa bor.

Bu hayvonlar bilan barobar bo'laveradi bu narsada. Aql ne'mati bilan afzal bo'lgan, lekin shahvati bilan va shubhasi bilan hayvonlar bilan bab barobar bo'laveradi. Agar kim deydi, shubha ikki narsa insonni halok qiladi. Birinchisi shubha. Famanittaqa shubha, faqat istabra alidiynihi va ardi. Payg'ambar alayhissalom aytgan kim shubhalardan saqlansa degan, dinini va o'zining obro'sini nima qildi? Poklagan bo'ladi degan. Poklagan bo'ladilar. Dinini ham poklagan, obro'sini ham poklagan kishi shubhalik narsalardan chetlangan kishi bo'ladi dedi. Ikkinchisi shahavot. Odam o'zining xohishiga qo'yib berish. Nafsi havosiga ergashishligi. Kim o'zining nafsi havosi ergashadigan bo'lsa, u hayvonlardan farqi bo'lmaydi. Hayvonlar ham o'z nafsi havosisi bilan yashaydi. Alloh subhani ota olloh shuning uchun qud aflahaman zakkaha voqodi havo baman dassa ha dedi. Kim nafsini poklagan kishi najot topibdi dedilar. Nafsini havosini poklagan kishisi najot topibdi dedi. Shuning uchun, demak, shu ikki shu narsaga odam ketib qolmasligi uchun o'zining shahvatiga ergashib ketib, va o'z naslini saqlay olmay qolmasligi uchun, payg'ambar sollallohu alayhi vasallam yana aytdiki, nima narsaga buyurdi?

Farzandlarni yetti yoshga kelganda namozga buyuring dedi. Namozga buyurishlik qanday? Nima yaxshi narsadan, yaxshi yaxshi narsaga nima qiladi? Shu baha shahvatini saqlaydi desak, alloh subhanat o'g'li aytyaptiki, inna salatana an il fahshayi va ul munkir. Namoz fohisha narsalardan va munkir yomon narsalardan insonni qaytarib turadi deydi. Namoz fohishi narsalardan va munkar narsalardan, yomon narsalarda insonni qaytari turadi deydi. Alloh Taolo Qur'onda shunday deydi. Demak, namoz o'qiyotgan kishilarni qaraydigan bo'lsak, haqiqatdan ham men namoz o'qiyman, hozir namozdan chiqdim deb turib, fohisha ishga bormaydi.

Ba'zi hojilarimiz ham misol uchun hajga borganman, menga bu narsani qilishga bo'lmaydi deb qo'yishadi. Alhamdulillah. Va nima deyishadi? Johil to'ylarga nima bo'lib qoladigan bo'lsa, bizga bu to'yga qatnashishga bo'lmadi, hajga borib kelganman deb qo'yadi. Shunga o'xshab namoz ham insonni nima qilib turadi? Men namozxonman. Namozxonlarga durustmas degan narsa bilan fohishiy ishlardan to'xtalib turadi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom inson o'zining shahvatiga ketib qolmasligi uchun nima qildilar? Yetti yoshdan boshlab farzandlarni o'rgataveringlar namozga, o'n yoshga kelgan vaqtida, o'n yashga kelgan vaqdida farriqu bayna hunna filmatoji, farzandlarniy orasini dedilar, nima qilinglar, ajratib qo'yinglar. Qiz farzandlar bilan o'g'il farzandlarni orasini ajratinglar dedi.

Ming afsuslar bo'lsin, shu islom shariatni bizga men boshida aytdim, bizni boshqa narsalardan ulug' qilib, bizni nasl nasablarimizni himoya qilib, qilishga harakat qilib yotibdi islom. Shariat shunga himoya qilyapti, nikoh bilan. Farzandlar ulg'aygan soy orasini ajratishlik. Bu o'zimizni oramizda, xonadonimizda. Bu narsa. Lekin biz afsuslar bo'lsin deyotganimiz sababi, mana qish kuni kelyapti.

Juda ko'p xonadonlar balog'atga yetgan farzandlari, o'g'il, qizi, kelini ham qo'shilib bitta xonaga kirib yotadi. Mana shunday xonadonlar bor. Bir kishi ayoli bilan ajratishyapti. Shunda qaynota, ya'ni kuyovning qaynotasi, qizning dadasi aytyapti. Qanaqa kuyov deydi. Bu deydi, qishim bilan to'rt oy deydi, qaynotalari bilan qizim yotib chiqar ekan deydi.

Qaynota, qayna, kuyov, kelin, bo'lsa boshqa kelinlar ham bir uyda to'rt oy yotishar ekan. Qish chiqqincha endi. Bu nima degan gap? Qani nasl nasabni saqlash. Qanday bir xonada sharoit yaratib qo'yish kerak? Alohida alohida uylar qilib qo'yish qiyin. Ozgina gazni tejamasdan, uni ozgina nima qilib, shariatimizni saqlash kerak. Ming afsus bo'ldim desin deyotganimiz sababi, men bundan yetti yil avval shu joyga kelgan vaqtimda bir kishini ko'rsatishdi. Bir yigirma yoshar bolani ko'rsatishdi menga. Shunda aytdiki, mana shu bola dedi, o'zini singlisi bilan zino qildi dedi. Bir xonada yotishib, o'zining singlisi bilanzino qilgan bola deyishdi. Mana shuni men o'z ko'zim bilan ko'rdim. Bu bizni diyorlarimizda bo'layotgan voqea. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam ajratinglar orasini, nasl nasabni saqlashlik uchun dedi. Nasl nasab saqlanib tursin, bir biriga shahvati bilan berilib ketmasin, mollar singari degin. Shuning uchun bu bizning o'zimizning xonadonimizni ichida nasl nasab saqlash.

Endi bizni nasl nasablarimizni saqlashligi uchun, bir birimizga bo'lgan shubha bo'lib qolmasligi uchun bir odamdan shubhalanib qolmasligimiz uchun shariat endi jamiyat, katta jamiyatga qarab turib, birovning xonadoniga kirib kelayotgan vaqtingizda izn so'rang degan bobga to'xtalmoqchimiz. Isti dan deydi buni, birovning uyiga taqillatib, izn so'rash bobi va shuning odoblariga to'xtalamiz bugun. Bunga to'xtalishimizni sababi, bir necha yil avval xabaringlar bor, bir masjidning imomini o'zining o'rtog'ini uyiga imom o'sha odoblarga amal qilmaganligi sababli shu tuhmatlarga qoldi. O'zi imom bo'la turib, islom odobiga amal qilmagani sababli shu tuhmatlarga qoldi, bizni uzurimizga keldi. Shunda o'zining o'rtoqiga har kuni kirib chiqib yuradigan o'rtog'inikiga kirganlarda ayolim menga bosqinchilik qildi deb yozib yuborgan. Shunda eshi sudga oshib ketgan vaqtida, biz shu narsaga qatnashganimda men o'zim guvoh bo'ldim. Shu yerda uni tergov turgan tergovchi ayolni chaqirib, qattiqroq bo'psa qilib qo'rqitgan edi.

Erim bilan o'sha bola imom bilan orasida kelishmovchilik bo'lib qolgan ekan. Ayoliga menga bosqinchilik qildi, tajovuzlik qildi deb yoz degan ayol yozib yuborgan. Mana shu bilan qancha odamlarga sharmandalik holatlar bo'lib, haligini ustidan tuhmatlar bo'lib ketdi. Bir izn so'ramay kirganlikning oqibati, shariatdagi bir hukmni oyoqni tagiga qo'ygan edik, butun xalqning oldida sharmandachilikka, tuhmatlarga sabab bo'ldik. Bu o'zimizning aybimiz sababli. Shuning uchun biz bugun adobul iste'zan, birovning xonadoniga kirayotganda izn so'rab kirishlik odobiga to'xtalamiz. O'zbekchilik, qozoqchilik, millatimiz shunaqa degan gap ketmaydi.

Imomlarimiz ham hayron qolasiz. Men yana ham taajjublanib bu bobga birinchiroq to'xtashga harakat qilgan edim. Bizni uyimizni eshigimizdan darvozamizgacha bir yigirma metr bo'lsa kerak. Darvozadan kirib, yotadigan yotoqxonaga kirib, qoraka uydamisiz deb boshini tiqqan kishilar bo'ldi.

Darvoza, katta darvozadan kirip, yotadigan, yotoqxoniga kirib turib, qoraka uyidamisiz deb boshinik tiqib, bunday qarayotgan kishilar bo'lgan. Shuning uchun biz izn iste'zan bobiga to'xtaymiz. Odoblarimiz kamayib ketganligidan. Odoblarimiz ham kamayganligidan. Domla bo'lsak, endi hamma o'ziga. Lekin birovni uyiga borganda men domlaman, hamma menga ishonadi, men bu ishni qilmayman deb turib, taqillatmasdan birovni eshigiga assalomu alaykum, uydamisiz deb kirib borish ham durust emas. Biz bularga alohida alohida to'xtalib o'tamiz.

Payg'ambar sohib, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan istedan haqida, izn so'rashlik, birovning uyiga kirishlik odobi haqida faqat Buxoriy, Sahih Buxoriyning o'zida ellik oltita hadis rivoyat qilingan. Faqat Buxoriy kitobul Buxoriyning hozirida ellik oltitada hadis rivoyat qulingan. Nimaga dalolat qiladi bu?

Bu hukm bizga kerakmasligigami? Ya judayam zarurligiga emas. Demak, buning zarurligiga dalolat qiladi. Ellik olti hadisni o'zi Buxoriyda zikr qilinsa, boshqa kutubi al hamsa, kutubi tisa deymiz, yoki boshqa hadislar, mursunid Imom Ahmadlar, boshqa hadislarga hali murojaat qilmay turib. Va Alloh Subhanahu va Taolo Qur'oni Karimda iste'dod haqida izn so'rashlik, birovning uyiga kirganda izn so'rashi haqida Nur surasining yigirma sakkizinchi oyatida bir necha oyatlarni nozil qildi. Izn so'rash haqida. Biz bularga alohida alohida to'xtalib o'tamiz. Izn so'raish odoblarining birinchisi, birovning xonadoniga kelgan vaqtda, izn so'rishning odoblarini birinchisi ixtiyorul ovqot il munosabat. Eng avvalo munosib vaqtni ixtiyor qilishlik. Birovni xonadoniga boryapsiz. Shu vaqt, shu xonadon egasiga, sohibiga munosib vaqtmi, yo'qmi, shunga qarash kerak. Bir kishilar misol uchun, kechasi, kechasi bilan navbatda ishlab chiqadigan kishilar bo'lishi mumkin. Kechasi ishlab, kunduz kuni bomdod namozidan keyin dam oladigan vaqti bo'lishi mumki.

Siz agar shuni bilgan bo'lsangiz, uni uyiga nima kunduz kuni borishga mumkin emas. Kunduz kuni borishiga. Faqat namoz vaqtlarida turishligini ehtimol qilib turib, shu namoz vaqtilarigagina borishlik mumkin. Men bu vaqt, bu narsani ulamolar ixtiyor qilganiga Allohga ming atat shukurlar aytaman. Chunki biz shu dam olish vaqtlarida, o'qishda yurgan vaqtimizda, dam olish vaqtilarda kelganimizda, kechasi soat uch da bir kishi ziyoratga kelibdi. Alloh rozi bo'lsin. Soat uch da. Shunda endi dam olinadigan vaqtda judayam mashinani signalini qattiq cholib, uyda hamma qo'rqib ketdi, biror odam qarindoshlardan vafot qilibdimikin degan narsa kelib, uyda hammani o'rnida turib yugurib chiqishdi. Qarasak haligi kishi kulib, Ma'murjon bormi ziyodatga keldik deb turibdi. Soat tunda uchda.

Keyin olib kirdik, mehmon qildik da, keyin aytdim, birodar, kechasi uchda kelishlik yaxshi emas dedim. Shariatda ochig'ini aytish kerak. Shariatda ochiqini aytishlik kerak. Shunda aytganimdan keyin ular tezroq turishga harakat qilishib turib ketishdi. Keyingi yigitlardan eshitsak, u ancha mutakamper bo'lib ketgan. Uyiga ziyoratga borsak, odam o'rnida ko'rmadik degan gaplarni aytishibdi.

Odam o'rniida ko'rmadim degan. Shuning uchun aziz birodarlar, ziyoratning munosib vaqtini topishlik kerak. Keyin, biz hozir to'xtaymiz oyatga. Biz yaxshi kirgizib bir piyola choy bergandan keyin, ziyorat odobini aytdik. Ammo shu yerda eshikni ochib turib qaytavoring. Men hozir vaqtim yo'q deyishga ham shariat izn bergan. Agar shunday qiladigan bo'lsak, unda ko'tara olmaydigan bo'lsak. Iymonimiz mukammal komil bo'lmaydi.

Iymonimiz mukammal oyatga amal qila olmagan bo'lamiz da. Demak, vaqtning munosib vaqtni tanlashligi. Alloh subhanahu va taolo Qur'oni Karimda aytyaptiki, ya ayyu hallazina, ha manu liyas ta'zina kumulladina malakat aymanukum valladina la miyablu g'ulhul ma ming kun salat samarot min qobli solat il fajr vahina tazavunasi ya bakum minal zohira va min baxtli solat il isha salat fau avrotinglakum deydi. Ey iymon keltirganlar, sizlardan malakat aymanukim uyinglardagi xizmatkoringlar yoki bo'lmasa balog'atga yetmagan farzandinglar uch vaqtda izn so'rab kirishadi dedilar. O'zingizni uyingizdagi farzandingiz lamyablovul o'lim deyapti. Hali balog'atga yetmaganinglarning o'zi uch vaqt nima qilishadi? Kirgan vaqtda izin so'rab kirsin. Bu birinchi vaqti qovla sola tilxajr. Bomdod namozidan oldin dadangiz yotgan uyga kirmoqchi bo'lsangiz, hali farzandlar balog'atga yetmasdan o'rgatishimiz kerak. Taqillatib kir desa keyin kirishlik.

Bomdod namozini avval. Chunki uxlayotgan holati ota onaning har xil holatda uxlashligi mumkin. Shuning uchun bomdod namozni avval. Va ikkinchi vaqtiy peshin vaqtida, kun isigan vaqtda kim almashtirishlik ehtimoli bo'lib turgan vaqti bo'lsa degan. Peshin vaqtida. Kun issiq vaqtlarda. Va uchinchi holati minbadi surat al isha qur'on namozi o'qilgandan keyin u uyga kirish kerak bo'lib qolsa, zarurat uchun bir narsa olmoqchi bo'lsangiz, taqillatib ruxsat bersa, keyin kiriladi degan. Mana shu uch vaqt avratun lakun. Bu avrat deydi, nima vaqtlari? Insonni o'zi xoli bo'ladigan vaqtlari. Inson har xil holatda bo'lib turadigan vaqtlar.

Suratun nur surasida. Ikkinchi odobiy izn so'rash odobining ikkinchisi qor ulpar tabiatin. Eshikni uch marta taqillatishlik. Eshikni taqillatgan vaqtda uch marta taqillatishlik deydi. Fa inna ahli al bayt inda samaahin qor al baffil ula yastami'una va fithaniya yata. Yata ahabuna va fithali esa ya'danun deydi. Fa innam ya'dan la hu roja'a. Birinchi taqillatgan vaqtda, eshikni, uy egasi eshitish uchun taqillatiladi deydi. Ikkinchi taqillatishli taqillatgandan keyin kutib turiladi. Va ikkinchi marta taqillatgan vaqtda ular tayyorgarligini ko'radi. Uyni yig'ishtirib, u yoq buyoqningni yig'ishtiri, tayyorgarlik ko'rishadi. Uchinchi taqillatgan voqtda izn beradi. Agar izn bersa kiriladi, izn bermasa, qaytib ketilinadi. Uch marta taqillashni shariatimiz bizga ruxsat berdi. Alloh, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, edasda dana ahadukum sala san falam yu'ldannahu falyarji' deydilar.

Agar sizlardan biringlar birovni uyini uch marta taqillatsa, unga izn bermasa, qaytib ketsin deganlar. Izn bermasa, biz nima qilamiz? Bizda nima qilamiza izn bermasa? A? Nima qilamizi? Yo'q, kirmaymiz. Qo'shnilarni ham so'rab ko'ramiz. Bormi o'zi yo'qmi deymiz. Bekinib yotibdimi uyda deymiz. Endi izn bergisi kelmay, eshikni ochkisi kelmayotgan bo'lsa, indamayapsan, endi qo'shnilardan ham harakat qilamiz, so'raymiz. Telefoniga zvonit qilib ko'ramiz. Ish qilib, nima bo'lsa ham shuni uyiga u yoqqa qilsak ham, bu yoqqa qilib ham baribir kelgan mehmon kirmay qo'ymaydi da. Kiradi. Bizlarda shunday. Shariatda unday emas. Shariatda uch marta taqillatasiz, chiqsa chiqdi, chiqmasa ketasiz. Demak, shu odam sizni shu vaqtda xohlamayapti kirishligingizni.

Voyal taqubiyda alikada qo'ljaras falayazid kalayika filara marra eshiklarga qo'ng'iroq qo'yib qo'yilgan bo'lsa, shu qo'ng'irohlar ham uch martadan bosiladi deydi. Bir bossangiz to'xtab keyin yana keyin bir bosasiz, qo'ng'iroq shuni hukmini olaveradi degan. Uch martagacha. Lekin cho'ntagimizdagi hozirgi chiqayotgan telefonlar uni hukmini olmaydi. Ular nima, ko'proq jarayonlab nima qilaveradi? Uni unga qiyos qilishga bo'lmaydi.

Uchinchisi, adobi, uchinchi adobi qor o'lba bi rivkin deydi. Eshikni taqillatgan vaqtda muloyimlik bilan o'rtacha holatda taqillatishlik. Ba'zi odamlar bor eshikni sindirib yuboradigan darajada taqillatadi. Shuning uchun nima qilinadi? Holatiga qaraladi. Agar uni ozgina taqillatsa, uyga eshitiladigan bo'lsa, kichkina taqillatishni o'zi kifoya qiladi. Agar uy uzoqda olisda bo'lsa, uni taqillatganini eshitmaydigan darajada bo'lsa, ana unda nima qilsa bo'ladi? Sal qattiqroq taqillatsa bo'laveradi. Shuning uchun buni sababi nimadir deganda ulamolar aytganki, uy egalarini qo'rqitib yubormaslik degan. Qattiq taqillatishlik bilan uy egalarini quqitib yubormaslik.

To'rtinchi odobiy izn so'rashi odoblarining to'rtinchisi, al faslu bayna marra fiqh al badde. Eshik taqillatayotgan vaqtda har bir taqillatishlikning orasini ajratib taqillatishligin. To'xtamay, taqillatib besh minut taqillatgandan keyin keyin to'xtab turib, yana besh minut taqillashtirishlik u bo'lmaydi.

Ikki uch marta urilib urgandan keyin, endi kutib turishlik. Ozgina sabr qilib, uyini egasi tayyorlanib oladigan darajada kutishlik. Mehmonni uyni yig'ishtirib, mehmonni kirgizishlikka fursat bo'ladigan fursatni uyni egasiga berishlik. Beshinchi odobiy adamul istiqba, adamul istiqbalil va eshikka ko'ndalang turib olmaslik. Beshinchi adobiy. Mana bu odob ham bizda nima qilingan? Asli yo'q bo'lib ketgan. Eshikni taqillatayotgan kishi, eshik g'uborong'izda bo'ladigan bo'lsa, ochilib turadigan eshik. Ko'pchilikni eshiklari ochilib turadi. Ko'p odamlar eshikni ochib qo'yadi. Eshikni yopib qo'yishlik, ba'zi kishilar nimadir biladi, hurmatsizlik deb biladi. Odamlarning yuziga eshikni yovib qo'yapti deb biladi. Bu noto'g'ri bizni aytganda aqidaga kirib qolgan narsa. Asli musulmon kishilarni eshiklari yopiq turishligi kerak. Ichkaridagi ayollar, tashqaridan o'tayotgan kishilar ko'rmaydigan bo'lishligi kerak. Ishqaridan o'tyotgan ayollar, tashxaridan o'tayapti kishilar ichkaridagi ayollarni ko'rmaydigon bo'lishi kerak.

Shuning uchun navbatda aytishgan ekan, kim degan. Kaptar boqsa, undan hadis olinmaydi deyishgan ekan. Kaptar boqsa. Undan hadis olina olmaydi deyishgan. Nima uchun. Kaptar boxsa hadis olinmaydimi? Tomiga chiqadi. Tomiga chiqadi tomiga. Tomiga chiqib. Kaptarlarga don soladi. Boshqa qiladi. Kattalarga don solayotgan vaqtda qo'shnisining xonadonlariga ko'zi tushadi deydi. Va uni ichida yurgan, hovlida yurgan ayollarga ko'zi tushadiyu, bu odam muruvvati, muruvvati kam odam, muruvvatikam odamdan hadis olinmaydi deyishgan. Shunchalik tashqariga chiqib, qo'shnilarni ayoliga ko'zi tashgan odamdan hadis olinmaydi. Deyishni ochib qo'yib, ayollarni ko'rishib o'tirganlar chi. Yoki o'tib ketayotib birovlarni uyiga hech ilojingiz yo'q, bunday qarasangiz ichkarida ko'riniladi. Shuning uchun nima qilinishligi? Eshiklarni yopib qo'yishlik. Keyin kelib taqillatayotgan kishi eshikni qarsiga turib olib, bunday ichkariga qarab odam bormikin, yo'qmikin degan narsa bilan ichkariga qarash emas, eshikni yoniga yoki o'ng tarafiga, yoki chap tarafiga turib, yuzini eshikka emas, yuzini tashqari tarafga qaratib, eshikni taqillatishligi.

Eshikni ta'qillatishligini. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, ka'na ila ata baba qovmin lam yastaqbilil baba fiy til qo i vachihi valakin min ruknixil ayman avul ayisar va yaqulu assalomu alaykum, assalomu alaykom. Payg'ambar sallallohu alayhi vasallamni aytganlarida, eshikni birovning uyini xonadonini kelib taqillatadigan bo'lsalar, uyni o'ng tarafiga eshikni yoki chap taraflariga turardilar da, eshik taqillatish bilan birgalikda assalomu alaykum, assalomu alayhum deb taqillatar edilar. Bu beshinchi odob. Oltinchi odobiy qodir bosar ko'zni yumushlik deydi. Bundan maqsad nima?

Ko'zni yumush deganidan maqsad, haligi kelib olib turib, uyni ichiga taqillatmay turib, avval bormikin, yo'qmikin, bor bo'lsa taqillatib chaqiray deb turib qaramaslik. Uyni ichiga birinchi qarab olib, keyin taqillatmasligi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, innama ju'elat istedan min ajdil basor dedilar. Istedan taqillatib ruxsat so'rashlik nima uchun qilindi deganlarda ko'z sababli qilindi degan. Ko'z birinchi borib qarab qo'ymasin, ichkaridagi ayollarni ko'rib qo'ymasun deb taqillatishlik shuning uchun nima hukm shariatda shuning uchun qo'yildi dedilar. Ayollarni, ichkaridagilarni ko'rmaslik uchun dedi. Taqillatgan vaqtda ichkaridagi ayollar va ichkaridagi qizlar o'zlarining xonalariga erkaklarga ko'rinmay ketishligi kerak. Erkaklarga ko'trinmay ketishlig kerak.

An rasulillah sollallohu alayhi vasallam anna huquq olib, lav anna muro an itta la alayka beg'oyri evening. Fa xatavta hu behusotin fa qaxta aynahu makana alayka ming gunoh deydi. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, agar sizlarni biringlarni uyinglarga dedi, bir odam so'ramasdan bunday qarayotgan bo'lsa dedilar, sen unga dedi bir tosh otib ko'zini chiqarib qo'ysang gunohkor bo'lmaysan dedilar. Yoki bo'lmasa diasini bermaysan dedi. Sizni uyingizga, sizni ruxsatingiz, siz ruxsatingiz siz qarayotgan kishining ko'zini o'yib qo'yadigan bo'lsa, u gunohkor bo'lmaydi dedilar.

Attarif bin nafs. Yettinchi odobiy eshikni taqillatayotgan kishi o'zini kim ekanligini tanittirishligi. O'zini kim ekandagini tanittirishlik. Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam atah u jabir deydi. Jabir radiallohu anhu bir kuni Payg'ambar asalom uylariga keldi. Eshikni taqillatdilar. Payg'ambar alayhi salom kim bu dedilar. Faqihona Jabir. Men u ayt Jobir aytyaptiki, men dedilar. Ismini aytmadilar da, men dedi. Payg'ambari alayhi salom ana ana, men men men deysan a dedilar. Kim deganlarida ismlarini aytmay men degan edilar Payg'ambar alayhissalomka annahu karixa. Buni yomon ko'rdi da, shunday deyishdi. Men deb aytishlikni. Shuning uchun men falonchaman deb turib ismini aytib, nima qilishlik, o'zini tanishtirishligi. Attaslim qobla duxul avul iste'dan taqillatayotgan vaqtida yoki kirishda, nima qilishi, salom berishligi. Salom berishlik. Annarojulan istedana alam nabi sallallohu alayhi vasulun muhofi baytuhi qoli alich faqol nabi sallallohni alayhi vasuluni nihodimhi uxruj ilayhi ta'inna hula yusinul istedha. Payg'ambar alayhissalotu vassalom bir kuni uylarida o'tirganlarida bir kishi keldilar da, eshikni taqillatib, Payg'ambar aytayusulimni uyida ekanliklarini bildilar da, kelaveraymi?

Dedilar. Xuddi bizni hozirgi kunda xuddi shunday. Birovni uyiga borsak, taqillatish ham yo'q, assalomu alaykum ham yo'q. Kiraveraymi deb kirib ketaveramiz. Mana shu ibora bilan ketilaveradi. U kishi ham xuddi shu iborani ishlatdilar. Kiraveray mi dedilar. Shunda Payg'ambar alayhissalom xizmatchisiga qarab aytdilarki, xizmatchisi Payg'ambar aslomni uyidagi xizmat qilayotganlarga aytdiki, uhurujiylayhi, chiqing uni oldiga dedi. U ruxsat so'rashlikni yaxshi bilmas ekan dedi. Birovni uyiga kirayotgan vaqtda ruxsat so'rashni yaxshi bilmas ekan. Faqullohu faliyaqul taqillatganidan keyin assalomu alaykum a adhul. Assalomu alayhum, kirsak bo'ladimi deb ruxsat so'rashin dedilar. Birinchi salomni aytib, keyin kirsak ruxsat bo'ladimi degan nimani so'rashlik, ruxsat so'rashlik. Faqolah la tanu liman lam yabta bissalam dedilar. Assalomu alaykum demagan kishiga kirishlikka izn bermanglar deganlar.

Kirsak bo'ladimi desa, yo'q deb qo'ya qolasiz da. Salom bermagan odamga eshigingizga kelib kirsak bo'lami desa, bemalol bemalol kiring deymiz bizlar. Bilasizmi? Payg'ambar alayhissalom nima dedilar? Salom bermagan kishiga, salom berib turib keyin ruxsat so'rash kerak. Salom bermagan kihiga nima qilmanglar. Izin bermanglar, kirishlikka izn bermanglar deydi.

To'qqizinchisi, odoblarning to'qqizchisi intizorul idin. Izn berishlikni kutib turishlik. Izn berishligini kutib turishligi. Ay ayyanta dila shahs bil al ilin min sohibiddin, ammo ilin tifl sag'ir falay yotatdu behifai inna huquq deyaqdan ne shahs bitta g'ur du na ilma ahlil bayt. Fayattali ala avrat ahlil bayt iznni katta kishi chiqib, balog'atga yetgan kishi chiqib kiring deb ruxsat berganidan keyin kirishlik. Kichkina bolalarga chiqsa, dadang uyidami desak, ha dadam uyida desa to'g'ri kirib kelaveramiz. Ha desa, mana bolangiz uyda degandan keyin kirib kelyapman deb kirib kelaveramiz. Bu noto'g'ri narsa. Shuning uchun aytadiki, yosh bolalarni, balog'atga yetmagan bolalarni izn bersa, kirishga bo'lmaydi degan. Balog'atga etmagan bola izn bersa, tirishlikka bo'lmaydi dedi. Bizda hozir yetti yoshar bolalar maktab o'quvchilari bo'lyapti. Shular dadam uyda kiravering desa, to'g'ri kirib ketilinadi. Chunki u bolalar kiring degan vaqtda ichkariga kirganda ayollarni, ayollarga ko'z tushadi.

Yoki bo'lmasa biror sochini yuvib o'tirgan ayollar bo'lsa, boshqa bo'lsa, ularga, avlodlariga ko'z tushad. Shuning uchun kirishlikka ruxsat bo'lmaydi. Hatto balog'atga yetgan kishi kelib ruxsat bermagunicha. O'ninchi odobiy ruju endi adamil even. Izn berilmagan vaqtida ruxsat yo'q degan vaqtda nima qilishlik? Qaytib ketishlik. Lekin bizda shu vaqtgacha hali ruxsat bermagan odamni ko'rmadik. Va ruxsat bermayman degan odamni o'zi bo'lmaydi. Deyishmaydi. Alloh subhanah taolo qur'onda fa indam tajidu fiiha ahadan g'alatada hulu ha hattayu danalakum. Va inqi lalakum mirju'u farju'u va haskalakum. Vallohu bemalol ta'aluni alayhi va alam. Agar birovning xonadoniga borsangiz, u yerda biror odamni topmagan bo'lsangiz, kirmang u xonadonga deydi.

Hech kimni tortmagan bo'lsangiz, u xonadonga kirmang. Hatto sizlarga birov kelib izn bermagunicha deydi. Agar birov kelib turib aytsaki, yo'q, rjo qayting desa deydi, qaytib keting desa, siz indamasdan qaytib ketavering degan. Mana shunday qilganligingiz siz uchun ozga yaxshiroqdir. Nimadir ko'nglingiz uchun ham pokroq, xonadon sohibi uchun ham pokrok, bir biringizga shubha ham kelmaydigan amalni biri bo'ladi. Shunday qaytib keting dedilar. Alloh taolo sizlarni qilayotgan narsanglarni bilguvchidir dedi. Qatorda qola ba'dul muhajiring, ba'zi muhojirlar aytadi deydi. Qatoda rahimahulloh aytadiki, ba'zi muhajirlar aytganki, laqattalab tu umri kullahu hadihil aya, fama adrak tuha anista adana alabadi ixwani fayaqululi irji fa arji va anam muhtabid dedilar. Men deydi, ba'zi muhajirlar aytishgan ekanki, umrim bo'yi bir oyatga amal qilishni orzu qilib o'tib ketdim deganlar da. Umrim bo'yi bir oyatga amal qilishlikni orzu qilib o'tib ketdim deydi.

Ulamolar hamma oyatlarga amal qilgan. Biz hamma oyatlariga amal qilmayapmiz da, ana orada bir bir joyiga amal qilsak, uni hammaga aytib chiqamiz. Mana bu oyat bor ekan, men shunga amal qildim. Sen ham shuni o'qiganmisan deb qo'yamiz. Lekin ulamolarda o'tgan olimlar, sahobiylar hamma oyatlargaga amal qilishgan ular. Shuning uchun Umar ibn Xattobning gaplari bor. Nima deydi?

Men shu Baqara surasini yodlab chiqqan vaqtlarda, har bir oyatni o'qib, yodlab, qayerda nozil bo'lgan, qayerda tushgan va nima sababli tushganligini bilgin, bildim va bilganimniki keyin ikkinchi oyatga o'tdim degan. Ular nima uchun tushganligi bu oyat, nima sababidan va qayerda tushgan u narsani bilmasdan amal qilmay o'tmagan. Hammasiga amal qilib keyin ikkinchi oyatga o'tgan. Shuning uchun ular aytishadiki, biz o'n oyatdan u yog'iga o'tmasdik degan. O'n oyat yodlaganimizdan keyin, unga amal qilsak, ana u amal qilganimizdan keyin nimasiga o'tdik? Boshqa oyatga o'tdik degan. Bizda hozir ko'p o'qish bor. Ko'p kitoblarni o'qish bor, lekin u kitoblarga amal qilishgan. Mana hozirgi mana shu iste'zon bobini o'tyapmiz, izn so'rash. Ertaga ko'ramiz, masalan shu yerdagi kishilarni xonadoniga boramiz yoki xonadonimizga kelgan vaqtda qanchalik tatbiq qilar ekan. Tatbiq degani amal, qanchalik amal qilar ekan.

Shuning uchun bu har bir aytilayotgan narsalar aslida amal qilinishligi uchun bizga yo hujjat, zararimizga yoki foydamizga hujjat bo'ladi. O'sha sahobi aytdiki, men bitta oyatga amal qila olmadim deydi. Bitta oyat. Shu oyat nima edi? Alloh Taolo qaytinglar desa, shu qaytib ketishlik. Borib birovni eshigini taqillatganda shu qayt deb aytsa edi deyar ekan da. Qayting, hozir kirishga ruxsat yo'q desa, xursand bo'lib qaytib ketsam der ekan. Xursand bo'lib qaytib kessam der ekan. Biz hozir birovni uyiga borib taqillatib ko'raymiz hozir. Qayting desa nima bo'lamiz?

Endi ilojimiz boricha shu odamni uyiga qadam bosmaganim bo'lsin, qasam ichaman. Qasam muballada deydi. Juda ham qo'pol qasamlarni ichamiz da. Allohning ismli sifatlarini o'rtaga qo'yib qasam ichamiz. Uni uyiga qaytib qadam qo'ymaslikka. Agar meni uyimga ham kelib qolsangiz, shuni xuddi shunday qilaman deb qo'yamiz. Iloji boricha qaytarishga harakat qilamiz da. Shunaqa. Shuning uchun Alloh Taoloni oyatda aytgan nimasiga, qaytinglar degan bo'lsa, qaytinglar, bu sizlar uchun yaxshiroqdir deydi. Abiy muso al ashariy abiy muso ashariy roziyallohu anhudin rivoyat qilingan hadisda aytyaptiki, istazan to ala umar, falam yu zann li salatun. Fa adbardo. Abu Muso Umar radiallohu anhuni uylariga kelib, uch marta eshiklarini taqillatib, izn so'radilar. Izn bermadi.

Ya'ni hech kim javob bermadi. Javob chiqmagandan keyin, burilib ketdilar. Fa arsala ilayhi ilaya, fa qolaya Abdulloh ishtirda alayka an taxta besa alaba bi. Umar rohidullohni orqasidan bir odamni yugurtirdi. Tez chaqirib keling dedilar. Kelib, orqasidan kelib haligini, Abu Musoni chaqirdilar. Umar rohiyallohu oldilariga kelganda aytdiki, ey Abu Abdulloh dedilar, siz eshigimda bir pas kutib turishingiz dedi, sizga qiyin bo'ldimi dedilar. Eshigimda bu pas kutib turushingiz sizga qiyin bo'lib ketdimi dedilar. Fa'lim anna nasa katalika yashtat alayhim yahtabi su' alababik dedi. Shunday ekan, birovni eshigiga borib ozgina tursangiz charchab ketib qolar ekansiz. Sizni eshingizga ham birovlar kelgan vaqtida xuddi shunday sizni eshingizda kutib turishi ham ularga qiyin bo'lladi dedi. Shu narsani bilib oling dedilar. Umar rodiyallohu shunday dedilar.

Deganlarida faqul tu bal istadan tu alayka talay san falam yu zanniy faraja tu vakun na no marbehi dedi. Yo'q. Men sizni eshigingizni uch marta taqillatib izn so'radim. Menga dovush chiqarilmagandan keyin qaytib ketayotgan edim. Chunki biz shu narsaga buyurilganmiz, dedi. Payg'ambar alayhis-salom bizni shunday o'rgatganlar, dedi. Abu Muso shunday dedilar.

Deganlarda faqoda minman sami thada, Umar ibn Xattob buni eshitmagan ekanlar. Bu voqeani xabari bo'lmagan. Shuning uchun haligi gaplarni aytyotgan edik. Shunda aytdiki, qayerdan eshitding bu gapni? Dedilar. Umar ibn Xattob aytdiki, Abu Musoga, sen bu gapni qayerdan eshiting? Faqul tu sa'my'atun rumina nabiy sollallohu alayhi vasallam. Men payg'ambar alayhissalotu vassalomdin shu hadisni eshitdim, dedilar. Umar ibn Xattob aytdiki, men eshitmagan hadisni sen qayerda eshitib yuribsan, dedilar. Chunki Payg'ambar alayhissalom bilan eng ko'p bo'lgan kishi kim? Abu Bakr, Umar rohmayallohu anhuma edilar. Payg'ambar aytdiki, qachon zikr qilsam men, Abu Bakr, Umar bunday qilayotganidek, bunday qilayatganidek deb zikr qilardilar. Shuning uchun Umar ibn Xattob aytdiki, mening eshitmagan gapni, hadisni sen qayerdan eshitding dedilar. La illam ta'tiyni ala hala bibayina, la aj'ada nakana kala dedi. Agar shu aytgan gapingga hujjat olib kelmasang dedilar, senga uqubat ko'rsatib qo'yaman dedi.

Umar ibn Xattobni nimasini qarang. Har bir gapga dalil talab qilishligi. Har bir gapga. Shuning uchun ularning vaqtida din buzilib ketmagan. Ular hatto sahobiyni yoqasidan ushlab turib, aytayotgan gapingga daliling bormi shunga deb turib, shu vaqtda so'rayapti. Biz hozir kuchlikroq so'rashimiz kerak. Aytayotgan gaqingizga dalilingiz bormi deb. Bizda bo'lsa, shunday deyishganmikan deb turib ham fatvo beraveramiz. Shunday degan gaplar ham bo'lganmi kitoblarda bormi deb qo'yib ham fatvo berib yuboraveramiz. Hech qo'rqmaymiz. Emar ibn Hattob shuni aytdiki, sen aytgan gapingga dalil olib kelasan dedilar.

Shunda faxaro shto hatta ataytu nafaram minal ansor julusin fil masjid. Abu Musod chiqdilarda, o'rnidan chiqib turib, masjidga kelganlarida, masjidda bir to'da ansorlar, Madinalik kishilarning bir to'dasi o'tirishgan edi. Shularni oldiga keldik. Fasal tuhum faqol u avayashu kufiha alahad, ularni aytib so'radim. Sizlar shu hadisni eshitganmisizlar? Dedilar. Deb so'radim deydilar. Shunda ansorlik, haligi Madinalik kishilar aytishdiki, bu hadisda biror odam shubha shubha qiladimi, mashhur hadis u bu dedi. Bu hadis mashhur hadis deyishdi.

Fahbar tuhun maqola Umar. Umar ibn Xattob bunga aytgan gapni ularga aytib berdi. Men shunday shunday bo'ldi, menga guvoh olib kelgin. Shu hadisni eshitgan odamlardan olib kelgin. Dalil olib ketyapti dedilar. Faqo lula yaqumu maka illa asg'aruna. Faqo mamai Abu Saidinun Hudri Abu Mas'ud. Ular aytishdiki, eng kichigimiz dedi, sen bilan birla borib keladi dedi. Shunga guvoh bo'lib dedi, dalil aytib keladi dedi. Aytishadiki, Abu Saidinun Hu'diri yoki nima? Abu Ma'sud dedi. Abdulloh ibn Ma'sud radiallohu anhu, mana shu kishilar ikkisidan biri o'rnidan turdi, dedi. Hatto Umar ibn Xattobning huzuriga kelishdi.

Va aytdiki, xarajna man Nabiy sollallohu alayhi vasallam va huva yuriydu Sa'd ibn Ubada. Bu aytdiki, biz Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga deydi. Haligi ikkita kichkina bola aytyapti, bittasi kelgan. Shuni birini aytyaptiki, biz Payg'ambar sollalloh alayhi vasallom bilan birla bir kuni Abiy Sa'd ibn Ubadani, Sa'd ibn Ubadi degan sahobiyni uylariga bordik deydi. Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam uning uylariga kelganlarida fasallama falom yu zan lahu. Assalomu alaykum deb eshikni taqillatdilar, javob bermadi. Sunma sallamassaniya, sunma salisa. Falom yu zann lahu. Keyin ikkinchi marta assalomu alayhum deb taqillatdilaring javob bo'lmadi. Keyin uchinchi marta assalomu alaykum deb eshikni taqillataring, javob bo'lmadi, dedi. Faqora qovaynama alayna tun maraja. Bizga burilgan narsalarni bajardik. Uch martagacha salom berib taqillatishlik. Endi qaytamiz deb Payg'ambar alayhissalom qaytdi, dedilar. Shu yerda Payg'ambar ashina uch martagacha taqillatishlikni bizga ko'rsatib berdi, dedilar. Va adraka ho' s had, endi burilib ketayotgan edik, Sa'd ibn Ubada uyning xonadonni egasi yugurib chiqdilar. Yugurib chixtilarda ya Rasululloh va ladiyba aytaka bilhob, maa sallam ta min marra, aytdilarki, Allohga sizni haq narsa bilan yuborgan zotga qasam ichib aytaman, dedilar.

Siz har bir taqillatganingizni men eshitib turgan edim, dedi. Har bir taqillatyotganingizni meneshitib turgan edim va aruddu alayka bil hafiya eshikni orqasida quvonay assalom deb ovozimni maxfiy qilib javob qaytarayotgan edim dedi. U kishi assalomu alaykum deb Payg'ambar alayhissalom salom berib taqillatsa, Sa'd ibn Abboda ichkarida turib, maxfiy qilib Payg'ambar ayassalomga eshittirmay, alaykum assalom deb javob berayotgan edim, dedilar. Va lekin dedi, ajab tu nima, ahbab tu antuk terminah salom alayhi. Nima uchun shunday qilganlar? Menga Payg'ambar alayhissalom ko'proq salom bersin deb, shuni yaxshi ko'rdim deganda. Har bir nimada Payg'ambar ayyosalom sizni xonadoningizga salomatlik bo'lsin. Sizni xonadonigizga salomatlik bosin deb taqillasa, ham bu Payg'ambar aleyhissalomning salomlari, ham bu duo salom, bu duo ma'nosida ketaveradi. Payg'ambar aliya salomni duolariga erishayotgan bo'ladi. Shuning uchun sahobiy, haligi sahobiy eshikni orqasida uch marta yana ko'proq aytarmikin deb tursa, uchtadan keyin ketib qolyapti. Yugurib chiqib, keyin qo'llarini tortib, ichkariga olib kirib kelyapti. Shunda aytdiki, mana shu sizni salomimizni ko'proq aytsin deb turgan edim dedilar.

Shunda va fi rivoy ala muslima aydan anna omar qola mu'raath ibn nafsahuu hi inna sabat ala hul hadid. Demak, bu nimadan nima narsa ma'lum bo'ldi? Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam uch marta taqillatganligi, ruxsat so'raganligi. Shuni eshitgandan keyin deydi, Sahih Muslimning rivoyatida, Sahih Muslimni rivoyatida, Umar ibn Xattob o'zilarini o'zi koyib, o'zlarini o'zi ayblab turib aytgan ekanlarki, haligi hadisni eshitganlardan keyin.

Tahadisni Abu Muso isbotlab berdi, dalillari bilan. Shunda o'zini o'zi kayib Umar ibn Xattob aytgan: "Xafiya alay Yahya da min amri Rasulillah al Haniy anhu safqu bil aswoh" degan ekanlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ishlaridan mana shu hadis nima bo'ldi? Menga maxfiy, men bilmadim shu hadisni. Menga maxfiy bo'lib o'tib ketayotgan ekan. Shu hadisni bilmay qoldi. Lekin shuni bilmasligim, bozorlarda savdo sotiq qilib yurishligim meni g'aflatda qo'ygan ekan deb o'zini o'zi qattiq ayblagan ekan.

Bitta hadisni bilmaganligiga Umar ibn Xattob nima qilyaptilar? O'zini o'sha aybla ayblayaptilar. Bitta hadisini bilmaganiga. Payg'ambar alayhissalomning ishidan mana shu hadisni men bilmay qoldim, shuni eshitmay qolgan ekanman. Bekordan bekor bozorda shu o'tib ketibdi da meni umrim, debdi. Biz qancha hadislarni bilmayapmiz. Payg'ambar alayhissalomning hadis emas, hayotini bilmaymiz. Payg'dambar alayhissa alayhissalotu vassalomning o'tgan kuni bir kishilarga so'radim. Qachon tug'ilgan desam bilmaydi.

Madinada necha yil yashagan, Makkada necha yil ishlagan desak, bilmaydi. Unin ham ajablanarlisi hajga borgan birodarlarimiz. Hajga borganda besh kun dars o'tkazildi hoji birodarlarimizga. Besh kun dars Madinada o'tkazildi. Hajda bunday qilasiz, unday qilasiz. Ko'rsatib, qayerga borib, qayerga kelish baribir ko'rsatildi. Hajga tayyorgarlik qilib. Besh kun to'xtalmasdan dars o'tkizildi. Besh kundan keyin kichkina kichkina varaqchalarga savollar yozildi. Yozilib, har bir hojiga bittadan albatta yetadigan qilib savol yozildi. Har bir hoji o'zini ulushini oldi. Shunda bir hoji navbatga kelganda, turing, savolingiz nima ekan desak, Madinada qilinadigan amallarni zikr qiling debdi. Madinada qilina degan amallarni ziki qiling degan ekan. Haligi hoji besh kun dars olgan hoji turib, Madinada Bismillahir rohmanir rohim deb hajallasifatni yopamiz deydi.

Aytdik, akaxon, Madinada hajallasifati yo'q dedik. U Ka'ba Makkada dedik. Madinada Ka'ba yo'q, hajallasifats yo'q. Madinada qilinadigan amallarni ayting desak, yana turib turib, Bismillahir rohrim deb hajallasvatni yopamiz dedi. Shuning uchun ibodatlarni bilmaymiz. Ka'ba qayerdaligini bilmaymiz. Qibla qayerdaligini, musulmonlarning qiblasi qayerdaligini bilmaymiz. Madinada deb yuribmiz qibla.

Bu hadislarni qancha qancha hadislarni bilmaymiz. Bu tarafdan bunday aytganda, nima, juda orqadamiz. Ammo tortishish masalalariga kelganda, birinchida turamiz. Fotuvo masalalarida. Bo'ladi, bo'lmaydi deb aytishlikka og'zimiz polvon. Bir joyda o'tirib yigirma yoki yigirma besh kishi hojilar borib kelgan kishilar jamlangan ekan, shu yerda savol berishdi. Savol berdi da, men javob berishimdan avval hammasi bir chetdan javob berib qo'ydi. Yigirma beshinchi kishini kamida yigirma yo o'n besh javob berdi shu savolga. Bo'laveradi, bo'laveradi deb hammasi. Keyin oxirida bir hoji aka qarab o'tiraverasizmi deydi. Voy o'ylanib o'tiraverasmi deydi.

O'ylanib otaverasizmi deyapti. Hamma javob berib qo'ydi. Bunaqa nimalarda bizlar birinchida turamiz. Shuning uchun hadisning, bir hadisni bilmagan bo'lsak, shariatning hukmidan bir shariat hukmini bilmagan bo'lmasak, Payg'ambar alayhissalomning hayotlaridan bitta hayotdagi qilgan ishini bilmagan bo'lsak, unga Umar ibn Xattobga o'xshab attang attang bozorlarda o'tibdi umrim deb attang qilishimiz kerak. Abdulloh ibn Umar qanchalik Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga ergashardi? Abdulloh iyun umar. Bir kuni tuyalarida o'tib ketyapti, to'ppa to'g'ri joyda boshlarini engashtirib o'tib ketdilar. Sahobiylar hayron bo'lishib, nimaga bunday qildingiz deganlarida mana shu joyda bir daraxt bo'lardi dedilar. Shu daraxt dedilar, nima qiladi? Engashib turardilar. Payg'ambar alayhissalom o'tganlarida shu daraxtga tegib qolmaslik uchun engashib o'tardi dedilar. Endi o'sha daraxt kesilib tashlaganidan keyin ham umaribni hatto Payg'ambar aleyhissalom engashib o'tgan joyida men gardayib o'tmay deb turib engashib o'tardilar. Payg'ambar alayhissalom engashib o'tgan joydan men qaddimni ko'tarib manaqa qilib o'tmay deb turib engashib o'tardilar.

Mana ergashlik. Mana Payg'ambar alalayhissalomning hadislarini, Payg'ambar aleyhissalomning hayotlarini bilsak ergashamiz da. Bilmasak qayerda ergashamiz? Bir kuni Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam shunday o'tirdilarda masjidda o'tirib, shu masjidda aytdilarki, shu eshikni dedilar. Ayollar kiradigan ish qilib qo'ysak bo'larmidi dedilar. Ayollar kirib turadigan ish qilsak bo'larmiding dedilar. Abu Bakr roziyallohu anh shu gapni eshitganlardan buyog'iga shu eshikni mutlaq kirmay qo'ydilar. Payg'ambar alayhissalom shuni yoqtirmadilar, shu eshik ayollarga qilishni xohlagandilar deb, shu eshigini kirmay qo'dilar.

Mana ergashlik. Faqat Payg'ambar aleyhissalom sal nimasini chiqarsalar, Payg'ambar sallalloh shuni yaxshi ko'ryapti, ya shuni yaxshi chiqirmayapti desa, bo'ldi, sahobiylar yaxshi ko'rganini ushlardi, yoqtirmayotgan narsasini tashlardi. Shunchalik bo'lgan. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni bu insonlar, sahobiylar emas, joni yo'q, jonsiz bu daraxtlar ham yaxshi ko'rigan edi, xabarimiz bor. Payg'ambor sollallohu alayhi vasallam masjidlarida bir xurmo daraxtiga suyanib xutba qilardilar. Suyanib xutba qilardilar. Shunda xutba qilganlarida odamlar ko'payib, jamoat ko'payganlaridan keyin bir minbar odamlarga sal teparoqqa chiqib, balandroqdan ko'rinib xutba qilibdi xohlayman. Minbar yasab kelinib, mana shunga o'xshagan minbar keyin qo'yiladi. Bo'lmasa tekkis joyda xutba qilgan. Minbarga chiqishligi bilanoq haligi xurmo daraxti xuddi yosh chaqaloqning yig'laganidaqa o'ksinib yig'ladi dedilar. Yig'ladi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam minbardan tushdilar da, haligi xurmo tarafini mahkam quchoqladilar.

Makkam quchoqladilar. Hattoki go'yo yig'layotgan chaqaloqni onasi quchoqlab, uni ovutib, ovozini o'chirgunicha yin ovutgani kabi, payg'ambar alayhissalom xurmo daraxtini quchoqlab, o'ksinib o'ksinib yig'lab, yig'lab yig'din to'xtadi. Payg'ambar ayyosulom aytdilarki, men bu xurmo daraftiga suyanib, xutba qilardim. Bu daraxt meni shunchalik yaxshi ko'rib qolgan edi, dedilar. Bugun undan ayrilganligim sababli yig'layapti dedilar. Ayrilganligim deb. Nimaga minbarga chiqib ketib, bunga suyanmay ayrilganligim subabli yig'lyapti. Agar men shuni kelib quchoqlamaganimda, qiyomat kunigacha yig'lab turgan bo'lardim dedi. Qiyomat kunigachaga yig'lab turkan bo'lardim. Xurmo daraxti shunchalik rasulullohni yaxshi ko'rib bir daraxt shunchalik yig'lasa.

Biz bo'lsak, payg'ambar alayhissalotu vassalomni hadislari, qancha qancha darslar o'tib ketyapti. Ha falon joyda dars bo'layotgan ekan deb qo'yamiz da, ishga ketaveramiz. Falon joyda yana dars bo'layapgan ekan deymiz da, ketaveramiz? Hozir birodarlar bir ne'matda turibmiz. Juda ham katta ne'mat. Bu ne'mat ketganidan keyin qadri bilinadi. Ne'mat bo'lib turgan vaqtda qadr bilinmaydi. Biz maqol aytamiz, oldingi aqqan suvni qadri yo'q deydi. Oldimizda bo'lib turgan darslarni qadri bo'lmaydi.

Abduravofiy dars qilyapti. Boshqa imomlar dars qilyapt. U yerda dars bo'lmaydi, mana shunday bo'laveradi. Bunga odamlar boyagi qadrsiz bo'lib boraveradi. Ne'mat qadri bilinmaydi. Ne'mat kamayganidan keyin, ketganidan keyin, uning kelib bilinadi, bir tarz bo'lsa edi. Bir hadis aytsa ham shu borib eshitsak edi, deb ashna bo'lib qoladi. Alloh izohlari olsin. Shuning uchun Umar ibn Xattobni haligi masalasidan kirib keldikki, bitta hadisni eshitmaganligidan qattiq qayg'urganligim. O'n birinchi odobiy izn so'rash odoblari qabul etida risohi bil bayt deydi. Uy xonadon egasining uzrini qabul qila bilishlik deydi.

Men bugun nima uzr menga bir joyga ketayotgan edim desa, birovni uyiga ataylab bordingiz mehmonga. Lekin u odam men hozir bir joyga ketayatuvdim deydigan bo'lsa, hech xafa bo'lmasdan qaytib ketish kerak. Biz mana shu narsaga yana bir narsani kirgizib qo'ymoqchimiz. Juda ko'p odamlarning ko'ngli nimadan qolaveradi? Telefondan qolaveradi. Hozirgi kunda birovga bir telefon qilsangiz, qancha qancha odamlar aytyapti.

Qoraga bir telefon qilamiz, ikki telefon qilamiz ko'tarmaysiz deydi. Yoqtirmayapsizmi deb ham yozib yuboribdi xatiga. Yoqtirmayoqsizmi ham deb yozib yuboriyshibdi. Yoqtirishda ham emas, yoqtirmashda ham emas. Gohida vaqt bo'lmaydi. Gohida ovoz chiqmaydigan telefonni shunday qo'yib qo'yiladi darslarda. Gohida xudoylarda yoki to'yda. Yoki mutlaq dam olayotgan vaqt bo'ladi. Shuning uchun birovga telefon qilgan bo'lsangiz, ko'tarmagan bo'lsa, uni darrov xafa bo'lib yuborish kerak emas. Yaxshi bir gumonga, yaxshi narsaga yo'yib qo'shlik, bu ham o'shanga kiraveradi. Birovni qabul qilmagan bo'lsa uzrini qabul qila bilishlik.

Endi o'n ikkinchisi, tasbihul musallay li man istal dana alayhi. Bir odamni uyiga kelsangiz, namoz o'qib turgan bo'lsa, qanday qilib izn beradi? Uyga keldingiz, u odam uyda namoz o'qiyotgan ekan. Aytadiki, ida ustu zina ala rojul vahuy yusonli falyusabbeh val tusaffiy hilmar a fahhah va idnahu bittuhul. Voqad yakunu aylanman beannat shaxs yusonli val avla ar rojulul urf fidelika degan. Aytadiki, birovni uyiga kelsangiz, erkak bo'ladigan bo'lsa, izn bermoqchi bo'lsa deydi, o'zi tanigan kishisi bo'lsa, boshqa bo'lsa, ovozidan tanishi mumkin. Assalomu alaykum degan vaqtda shu vaqtda tasbeh aytib qo'yish kerak ekan. Subhanalloh. Allohu akbar deb qo'ysa, namozda turib, demak, shunday deb qo'yishligi kiravering degan ma'noni bildirar ekan.

Agar ayol kishi bo'ladigan bo'lsa, ayol kishi boshqa odam ruxsat so'ragan vaqtda o'zini singlisimidi yoki bo'lmasa qizimidi, boshqamidi, kim bo'lsa ham ruxsat soragan vaqtida kirishlikka ruxsat bermoqchi bo'lsa namozda turib tasviq deydi, nima qilish kerak? Qarsak chalib qo'yishligi. Shuning uchun erkaklarga tasbeh aytishlik ruxsat berilgan, ayollarga qarsak chalishlik ruxsati berilgan. Ba'zi joylarda xursand bo'lib kelsa, erkaklar ham qarsak chalib yuboradi. Shuning uchun u qarsak ayollarni kel. Ayollarni fe'liga o'tib olmasimiz kerak. Erkaklar Alloh akbar, Subhanalloh degan tasbehlar bilan aytishlik, Alhamdulillah degan tasbehlarini aytish kerak. Qola Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: ida ustu dina ala rojil va huquyi sonli, fai dinuhu at tasbeh, va ida ustu dinah ala mar'ati va hiyu sonli, fai dinohat tasviq dedilar. Haligi hadis Payg'ambar yasaladi, xuddi boya aytganimizdek, erkak kishi namoz o'qiyotgan bo'lsa, izn so'ralsa, tasbeh aytsin, ayol kishiga izn so'ransa, namoz o'qiyotgan vaqtida qarsak chalsin dedilar.

Al iste'dan qoplatdi rul alal maharim. Uyning o'zida mahram bo'lgan kishilarning xonadonlariga kirayotgan vaqtida ham izn so'rashlik. Mahram, nomahram. Mahram deganlari kim? Nomahram deganlari. Mahram degini, har bir nikohi sizga harom bo'ladigan ayollar sizga mahram bo'laveradi. Nikohi. Sizga harom bo'ladigan ayollar sizga mahram bo'laveradi. Qizingiz, singlingiz, xafoyingiz, mana shunga o'xshagan nimalarni mahram bo'ladi. Nomahram, nikohni sizga halol bo'lgan ayollar sizga nomahram bo'laveradi, Xudo xohlasa. Endi shu uyingizda shularga kiradigan vaqtda deydi, ularga ham izn so'rab kelishlik deydi. Biz yuqorida ota onalarga izn so'rab kirishlikni aytdik, endi nimalarga ham o'zining mahramlariga kirayotgan vaqtda. Masalan ko'chadan uyga kirib kelayotgan bo'lsa deydi, kana ibn mas'ud yetanah nahu qobla duxula ala imra atiyhi deganlar.

O'zining ayoliga, o'zini uyiga kirib kelayotgan vaqtlarida ham eshikda turib, tanah nah degani yo'talib qo'yardilar. Yo'talib, tovushlarini chiqarib, xuddi izn so'raganga o'xshagan ovoz berardi deydilar. Mana bu bugun o'n bir yo o'n ikki yoki o'n uchta izn so'rashlik to'g'risidagi ba'zi odoblarga to'xtaldik.

Alloh subhanahu va taolodin so'raymizki, mana bizning diyorlarda ham shariat odoblarini eshitgandan keyin unga amal qilishni Alloh Taolo nasib qilgan bo'lsin. Agar savolinglar bo'ladigan bo'lsa, bu o'tayotgan darslar to'g'rilik to'g'risida yoki boshqa o'ziga odamlarni shaxsiy savollari bo'ladigan bo'sa, biz avval aytganimizdek,

Keyingi darsni tinglash(Mamurjon domla) Yetikof 8-dars