# Islomiy toyda  Islomiy to'yda

- Teacher: [Maʼmurjon Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/mamurjon.md)
- Course: [Maʼmurjon Domla maʼruzalari](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon.md), lecture 62 of 181
- Section: —
- Duration: 43 min
- Original title: (Mamurjon domla) Islomiy toyda (Mamurjon domla) Islomiy to'yda
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/62
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/Lcik46mJ-kg.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=Lcik46mJ-kg
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/61.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/63.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon, ertam gumom. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin vala aqibatu lil muttaqin. Vassolatu vassalamu ala rasulih muhammadin va ala alihiy va ashabihiy ajma'in. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

[0:32] Hurmatli uzoq yaqindan mana bu koshonaga tashrif buyurgan aziz mehmonlar, men avvalo o'zimni nomimdan, qolaversa barcha hurmatli mehmonlar nomidan to'yimizni sohib, sohibalariga to'yinglar qutluq muborak bo'lsin. Alloh taolo ikki yoshni yaxshilikda jamlasin deb to'yni boshlamoqchimiz.

[0:57] Mana ilhom birodarimiz aytganday, bu to'yni boshi dan oyog'igacha, oxirigacha amri ma'rif qilish maqsad emas. Inshaalloh o'yin kulgular, qiziqarli boshqa bir nimalar ham qilingan bo'lsa kerak. Ammo o'rnida qaysi bir majlis bo'lsa, allohning zikri qilinmasa shu majlisda, ular ular go'yoki o'lasan a ustidan turganday deganga kirib qolmaylik deb, hech bo'lmasa shu majluisimizda ozgina bo'lsa ham allohni zikrini qilib qo'ymoqchimiz. Bo'lib ham zikrlar to'g'risida gaplashsak.

[1:46] Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan Abimusa'l Ash'ariy radiallohu anhud rivoyat qilgan hadisda aytadi. Matalullade yazkur robbaho valladilay yazkur robbaho matalul hayyi val mayyid degan. Allohni Rabbisini zikr qilib, yodga oladigan kishi bilan Allohni zikr qilmaydigan, Allohni yodga olmaydigan kishining misoli o'lik bilan tirikga o'xshash degan ekan. Alloh Taoloni doim zikr qilib yuradigan kishi, u tirik kishi. Alloh Taolohni zikr qumaydigan kishini, uni o'likdan farqi yo'q ekan. Endi qarang, zikrning eng yaxshisi Allohni zikr qilishlik qaysi, qanaqa vaqtda bo'ladi?

[2:41] Bu namozda. Allohni zikr qurishlik namozda ko'proq bo'ladi. Shuning uchun Alloh Taolo Qur'oni Karimda aqimi solata li vikri deydi. Namozni meni zikrim uchun qoyim qil deydi. Namozini meni zikrimu uchun qoym qil deydi.namoz o'qiydigan kishi, qarang. Alloh Taoloni ertaman turishi bilan hali biron bir narsaga qo'lini urmay turib, tahorat qilib bismillah deb kunini boshlaydi. Allohni zikri bilan boshlaydi. Nimaga tahorat qiladi? Bomdod namoziga. Hali ishga bormay turib, hech narsa qilmay turib, dunyo tashvishi uni hali chalg'itmay turib, eng birinchi qiladigan ishi bismillah bilan tahorat qiladi. Undan keyin odamlarning aksariyati uxlab, g'aflatda yotganda, bu namozxon namozga turib, rabbisiga munojot qiladi. Allohni amrini bajo keltiradi. Bomdod namozini o'qiydi. Allohni zikr qiladi. Demak, zikr qilishlik, eslashlikning eng ko'pisi nimada bo'lar ekan, namozda bo'ladi deydi.

[4:05] Alloh subhanahu va taoloni hozir shu yerda so'rasam, shunday hozir o'rnimdan turib, har bir ustalga borib, tepangizga borib turib, allohni yaxshi ko'rasizmi? Deb qo'lingizga mikrofon tutqizsam, tabiiy, yuzga yuz foiz hamma ha yaxshi ko'raman deydi.

[4:29] Ha yaxshi ko'taraman deydi. Hech kim aytmaydi, bilmayman, deb yelkasini qismaydi. Hamma aytadi yaxshi ko'rarman deb. Yaxshi ko'rsangiz, o'zingizni bir tekshiradigan bir anaqa bor ekan. Tekshirib ko'rsangiz bo'lar ekan. Allohni haqiqatdan yaxshi ko'ryapsizmi yoki tilni uchida aytayotgan so'zmi? Yaxshi ko'rsangiz qarang deydi. Agar doim zikringiz, qalbingiz, tilingiz Allohni zikrida bo'ladigan bo'lsa, unda haqiqatdan siz Allohni yaxshi ko'rgan bo'lar ekansiz.

[5:09] Haftada bir marta juma kuni, e bugun juma ekan deb besh vaqt namoz yo'q. Faqat juma namozi esga kelsa, yo yilda bir marta hayit ekan deb faqat bir hayitga qatnashib qo'ysa, bu odam ha men yaxshi ko'raman deyolmaydi ekan. Nimaga desa, kim bir narsani yaxshi ko'rsa, uni zikrini ko'paytiradi degan ekan. Tijoratni yaxshi ko'igan kishi har kuni tijoratni gaplashadi. Har kuni telefonda dollarning kursini ko'tarilayotgani, tushayotganini boxabar bo'lib turadi. Uni yaxshi ko'rgan kishi.

[5:50] Allohni yaxshi ko'rtgan kishi har daqiqasida, har so'zida Allohning kalomini, Allohning tasbeh, tahlillarini ishlatadi. Gaplaridan ma'lum bo'lib turadi, Allohni yaxshiroq ko'radigan kishining so'zlari Subhanalloh. Alhamdulillah. Degan kalimalarga almashadi. Ota onangni deb so'kinishni o'rniga Astag'firulloh degan gaplarni o'zgartiradi shunga tilni ham. Alloh Taoloning yaxshi ko'rgan kishining demak alomati bor ekan, belgisi bor ekan. U Allohni ko'proq eslar ekan boshqa narsadan ko'ra. Biling deydi.

[6:35] Banda bilan Allohning o'rtasida eshik bo'lar ekan. Bu Allohning zikr qilib turgan kishilar uchun shu eshik doimo ochiq turar ekan. Allohni zikr qilib surgan kishilarga shu eshikdoimo ochiq turrar ekan. Allohni zikr qilmaydigan kishilar Alloh bilan bo'lgan o'zining o'rtasidagi o'sha eshikni berkitgan kishi bo'ladi deydi. Imomul hasan al basriy rahmatulloh alay aytadi tafaqqadul hala va tafifalati ashiya halovatni, lazzatni uchta narsadan izla degan ekan. Uchta narsada topamiz ekan halovat lazzatni.

[7:24] Nimadir, uchta narsa. Nimada topa olamiz? Lazzat. Dunyodagini bilamiz. Inson yaxshi bir uyga ega bo'lsa yo bir mashinaga ega bo'lmasa lazzatlanadi. Yo bir uylansa, yo bir katta pulning egasi bo'lib qolsa, ammo haqiqiy lazzatni topishlik, hasan al basri aytganday uchta narsaning birinchisi namozda degan ekan. Namozga qaraysiz ekan, namozda lazzat topish kerak ekan. Musulmon kishi namozda lazzat topish kerak ekan.

[8:04] Bu anavi udum urf odatga kirib qolmas kerak ekan namoz. Ibodat deb o'qish kerak ekan namozni. Rabbim bilan men Rabbimni huzurida turibman deb turib, his qilib turib o'qish kerak namozni. Lazzatlanib, shuning uchun avvalgilarning so'zi bor. Biz namozda topayotgan lazzatni agar podshohlar bilganida edi, qilich bilan bo'lsa ham bu lazzatni bizdan tortib olishga harakat qilgan bo'lardi degan ekan. Haqiqatdan ham namozdagi rohatni hali uncha muncha odam topa olmaydi. Ikkinchisi zikr qilishlikda degan ekan. Har kimni g'iybatini qilishdan ko'ra, har narsani gapirishdan ko'ra, Allohni zikrini qilishlikning ajrini bilganingizda edi.

[9:02] Qiyomat kuniga borganda ko'p zikr qiluvchilar hasrat qilar ekan. Yo Alloh, qani edi, ba'zi vaqtlarimiz ham bezikr o'tib ketganiga pushaymon qilyapmiz deb turib. Har bir vaqtni zikr bilan, Allohni eslashlik bilan o'tkazishga harakat qiladi. Keyin uchinchisi deydi, Qur'on o'qishlikdagi topadigan lazzati deydi. Qur'on oqishlikdagi mo'min kishi hayotini, mo'min kishihayotini allohni rozi bo'ladigan amallariga odatlantirgan holatda o'tish kerak. Mana uchta narsani aytdi. Hasan al basriyning uchta so'zini aytdik. Uchta halovat topishlik. Mana shu uchtasini bugun shu to'yda o'zimizga bir shu tasbehni ko'proq aytadigan kishi bo'laychi desak, birimiz. Birimiz namozda bir halovat topadigan kishi bo'maychi desak. Birimiz Qur'on o'qiganda bir halovatini topadigan kishibo'maychi desak, endi agar shu uchovida ham halovat topmasak, shuni rohatini bilmasak, ta'mini bilmasak, qarang, hozir men oldimizda turli tuman ovqat turibdi ya?

[10:24] Ovqatni yeyapsiz da, aytasiz, hech birini ta'mini bilmayapman desangiz, nima deydi? Doktorga borasiz ekansiz deydi. Ta'mini bilmayotgan bo'lsangiz kasalsiz. Uni har bir halovat, har bir taomni o'zini ta'mi bor. Hozir sho'rva olib kelsa, qani hisob ichsak. Ta'mini bilmayapman desak.

[10:48] Bo'lmaydi a? Demak, agar biz ham namoz o'qib ta'mini bilmasak, zikr qilib ta'mini bilmasang, Qur'on o'qib, uni ta'mini bilmasa, nima deydi? Hasan al basri aytadi. Bilgin, unda sen bilan Allohning o'rtasidagi eshik yopiq ekan deydi. Bilgin, undo sen bilan Allohning o'rtasidagii eshik yopig' ekan deyapti. Subhanalloh, qo'rqishimiz kerak. Qur'onni eshitgan vaqtimizda, e, tinglashimiz kerak ekan. To'xta. Qur'on o'qiyapti deb. Oyatlar o'qilgan vaqtlarda, to'xta. Hadis o'qilayotgan vaqtlarida to'xta, gapni to'xtatib turgin. Rasulullohning sallallohu alayhi vasallam ota onalarimiz fido bo'lsin, ko'zimizning quvonchi bu kishining muborak so'zlarini aytyapti, to'xta. Tinglaylikchi?

[11:47] Deyish kerak ekan. Ozgina, ozgina odob saqlab qo'yish kerak da. Burunda ba'zi ulamolar dariz o'tgan vaqtlarida, Rasulullohning hadislarini aytgan vaqtlari da, haligi shogirdlarini birontasi qalamini ushlab qolsa, beodobli qilding. Rasulullohni hadisi aytilib, sen beodobli qilyapsan, deb dariz o'tmay o'rnidan turib chiqib ketar ekan. Qalamini ushlasa.

[12:20] Ba'zi bir o'tgan tobiqlardan birini oldiga shogirdlari kelganida o'lim to'shagida yotgan ekan. Shunda aytgan ekan, bir shunchalik kasal, xasta bo'lib yotganida aytgan ekan. Bir hadis so'rasak, bir Rasulullohning hadislaridan aytsangiz desa, o'rnimdan turg'izinglar degan ekan. E endi siz xastasiz, kasalsiz, yoting. Aytavering shunday yotgan joyingizda, biz eshitaveramiz, tinglaymiz deganda, o'rnimdan turg'izing degan ekan. Iloji yo'q, qo'ymasdan haligi o'rnidan turg'izib, o'tirib, keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mana shunday hadis eshitdim deb rivoyat qilgan ekanda, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni hadislarini yonboshlab, yotib aytishga uyalaman degan ekan. U kishining hurmatlari go'yo tirikday hurmat qilamiz biz degan ekan. Rasululloh vafot etgan bo'lsalar ham, biz u kishini hadislarini aytayotganimizda go'yo tirikdek yonlarida turgandaqa qilib, his qilib turib aytishimiz kerak yo eshitishimiz kerak ekan.

[13:33] Payg'ambar alayhissalotu vassalomning gaplarini. Ba'zi joylarda mana islom to'ylar, yo marakallarda domlalar ma'ruza qiladi. Oddiy xalq, yalpi xalq keladi da, o'zlari ikkovora, ikkovora gaplashib chiqib ketadi.

[13:55] Mana shu narsalar ham juda ham yomon narsa. Kimlardir buni nimasida gunohkor bo'ladi. Shuning uchun ozgina hurmat saqlab qo'yish kerak ekan. Xo'p, zikrlarga keladigan bo'lsak, kim agar bir narsaga odatlansa, uning oxirgi xotimasi ham shu narsa bilan tugaydi.

[14:19] Kim agar namozni ko'p o'qishlikka odatlansa, umrini oxirida ham u odam jon beradiganda namoz bilan jon berar ekan. Kimni tasbehda odatlansa, tasbeh bilan jon berar ekan. Kimdir Qur'on o'qishlikka odatlanadigan bo'lsa, Qur'onda turganida xotimasi bo'lar ekan. Endi o'zingiz o'ylang.

[14:43] Bir odamni mos bo'lib ketayotib, o'lib qolibdi desa, ey deysiz. Yomon odam ekanda deysiz. Oddiy olaylik, bir odamni juma kuni, ro'za ro'za oyida juma kuni o'libdi desa, e ha deb qo'yiladi. Endi ayting, namozni ustida o'lib qolibdi yoki bo'lmasa bir Qur'on o'qib turib, ruhi chiqibdi desa, mashalloh deysiz da. Mana kechaginda xabar endi qanchalik rostligini bilmading, lekin jiddada necha yil imom bo'lgan kishi azon aytayotib, payshanba kuni ro'zador holatda ash hadu alla ilaha illalloh, allohdan boshqa iloh yo'q, deb turib, kalimai shahodani aytib, jon beribdi. Haqiqatdan ham shuning uchun bizlar ham bu har bir narsada oxirini go'zal bo'lishlikka tayyorgarlik ko'rishimiz kerak ekan. Bir otaxonni deydi, arab ellarida tabib aytyapti. Bir otaxonni operatsiya qiladigan stolga olib kelishdi deydi. Yurak xastasi ekanda. Yurakni operatsiya qimoqchi deydi.

[16:01] Shunda haligi otaxonni tayyorlayapmiz. Operatsiya stoliga kelganda otaxon yig'ladi, ko'zidan yosh yoqdi deydi. Ey, otaxon, yig'lamang. Bunaqa operatsiyalarni juda ko'pisini ko'rganmiz. A bu juda ham yengil operatsiya deyiladi. Inshaalloh, Allohni izni bilan tezda buni hal qilamiz desa, haligi doktor otaxonni ovutmoqchi bo'lib, haligina so'zlarni topib gapiryapsiz. Otaxon aytar ekan, qariya, e, men bu operatsiyadan qo'rqib yig'lamayapman. Ha unda nimaga yig'layapsiz desa, kunda o'qiydigan Qur'on bugun, bugun mana shu operatsiyaga tayyorgarlik ko'rib, o'qilmay qoldi degan ekan. Kunda o'qib yuradigan Qur'onim bugun qolib ketdi degan ekan. Shunda haligi doktor endi, ha o'qisa bir yarim vara o'qisa kerak da endi, besh olti so'rov o'qisa keraksiz da deb, ha mayli o'qib oling bizlar haligi bir besh o'n minut vaqt beramiz debdi. Qancha o'qiysiz desa, kuniga o'n vara o'qirdim degan ekan. O'n juz o'qirdim degan ekan. Kunda uch kunda Qur'onni xatm qilar ekan. Uch kunda.

[17:14] Hayron qoldim, deydi. Qariya uch kunda Qur'on xatm qilsa, kuniga o'n para Qur'on o'qisa, keyin menga aytdi, deydi: bolam, sendan bir iltimosim bor. Men tahorat qilay, mana shu operatsiyaga tayyor qilib, stolga yotqizdi, bir porani o'qiganimdan keyin narkozingni beraver, degan ekan. Xo'p bo'ladi deb tahorat qilib keldi. Operatsiya stoliga yotqizdik, bir pora Qur'on o'qidi, narkozni berdik, deydi.

[17:51] Tabib, Jiddadagi professor yurak xastasini boyagi nimasi, mutaxassis. Shu doktor gapiryapti, valloh, deydi. Birodarlar, shu otaxon norkozda yotib, qolgan to'qqiz porani o'qidi, operatsiya tugaguncha, deydi. Norkozda yopib, qolgan o'qiz porani operatsiya bitguncha o'qib bitirdi, o'n juzni mukammal qildi, deydi.

[18:22] Ajoyibmi? Hayotdagi bo'lgan voqea hozirgi hayotimizda uchrayotgan. Bular qanaqa insonlar bular? Bular hayoti Qur'onga bog'langan insonlar. Bularning hayoti Allohga bog'langan, Allohni zikriga bog'langan, insonlar bular. Haqiqatdan ham inson qalbiga nima narsani jon qilgan bo'lsa, joylashtirgan bo'lsa o'sha narsa chiqadi. Kimning qalbida dunyo joylasa, dunyoni gapi chiqadi. Kimning qalbida ahlatlar bilan to'lgan bo'lsa, shu chiqadi. So'kinish, yomon gaplar chiqadi. Kimni qalbi iymon bilan to'lg'an bo'lsa, o'sha narsa chiqadi.

[19:08] Shuning uchun bizlar ham hayotimizni hammasini Allohni zikri bilan o'tkazishimiz kerak ekan. Insonlarning ahvollari turk. Holatda bo'ladi, to't xil. Birinchisi, bir inson ibodat qilib yuradigan inson bo'ladi. Bular qanaqa qilib zikr qilishadi? O'zi ibodat qilib turibdi. O'zi ibodatta. Besh vaqt namoz o'qiydi, boshqa qiladi. Qanaqa qilib zikr qiladi bu odam? Birinchi toifalar ibodatdagilardan boshlayapmiz. Qanaqaqilib zikr qilib turishadi ular desa, yo alloh, sen menga shu ibodatni nasib qilding, senga beadad hamdlar, sanolar bo'lsin deb allohga shu ibodatga tavfiq bergani uchun hamd aytadi, qabul qilishini so'rashar ekan. Ibodatdagi kishilar qiladigani shu ekan. Namoz o'qib turib, senga beadad hamd bo'lsin der ekan. Bitta narsani aytib ketay. Riziq degan narsani qo'shib ketmoqchiman. Rizq deganda, bizlar mo dasturxonimiz to'lin to'kin bo'lsa, cho'ntagimiz yaxshi to'lsa, oylik topayotgan daromadimiz yaxshi bo'lsa, mingan yeganimiz, uyimiz, joyimiz yaxshi bo'sa, yaxshi rizqim, rizqim yaxshi deymiz.

[20:37] Rizq ikkiga bo'linar ekan. Rizq ikkiga bo'linar ekanda. Vaqtinchalik riziq bo'lar ekan. Vaqtinchalik berilgan riziq bo'ilar ekan va haqiqiy riziq bo'ler ekan. Vaqinchalik berilagan riziq bu dunyodagi yemoq, ishmoq, umr surmog'imiz vaqtinchalikka ekan. Vaqtincha.

[21:00] Jonimiz issiq tanamizda harakatlanib turgan vaqtida shu rizqimiz bor, yeb turibmiz ekan. Bu vaqtincha. Bu rizq bilan birimiz, birimizning faxrlanishimizga hech ham qiymati yo'q ekan. Bu hozirgi dunyoviy rizqimiz bilan birimiz birimizdan faxrlanib ortiq bo'lishimizga qiymati yo'q ekan. Agar dunyoning Allohnin huzurida pashshana qanotiga teng bo'ladigan qiymati bo'lganda edi, kofirga bir qultum suvni Alloh bermagan bo'lardi deyapti. Innalloh ha yo'qki dunya man ahabba man la yuhib. Va lekin Alloh la yo'til iyma na illa man ahab. Alloh dunyoni sevganga ham, sevmaganga ham beraveradi, ammo iymonni Alloh faqat sevgan kishiga beradi deyapti. Demak, vaqtinchalik riziqni bir chetkaga shunday surib qo'ying. Ammo bizlar bunday qaraydigan bo'lsak, vaqtinchalik riziqda bir birimizdan musobaqa qilamiz, o'zamiz.

[22:00] Falonchi ming dollarlik oylik topibdi, ish topibdi. Men ham shunaqasini topishim kerak deymiz. Falonchi buncha daromad qilibdi, men ham shunaqa biznes qilishim kerak deyemiz. Buni bir chekka qo'yib turaylik da, endi haqiqiy rizqga o'taylik. Haqiqiy riziq bu siz biz bilan mangu ketadigan rizq. Bir odam namoz o'qisa, Alloh shunga namoz o'qishni rizq qilib beribdi. Bir odam namoyon o'qimasa, Alloh uni shu rizqdan mahrum qilibdi. Bir odam subhanalloh desa, Alloh shunga shu kalimani aytishni rizq qilib beribdi. Bir odam astag'firulloh, gunohimni kechir ey Alloh desa, shu odamga Alloh Taolo shuni riziq qilib bermaydi. Bu haqiqiy riziq ekan. Hayotimizda biron marta bir kishini namoz o'qiyotganini ko'rish, subhanalloh. O' anavi ketyotgan kishi rizqi mo'l, kul. Doim namozdan qolmaydi, doim tasbeh aytadi, Qur'on o'qiydi. Yo Alloh, meni ham rizqimni shunikiga o'xshatchi deganmizmi?

[23:07] Deymizmi? Ha, unga ahamiyat ham bermaymiz. Borsa o'ziga da ketyapti bechora deb qo'ya qolamiz a. Hamma dunyo topib yotganda, o' anavi bechora masjidga ketib boryapti. Nima qilar ekan bu deb ketaveramiz. Eng boy kishi shu kishi. Rizqi berilgan kishi shu kishi. Dunyo oxirat rizqi berildi unga. Bizlarga dunyoni ko'tida, orqasida yugurganimiz uchun nima bo'ldi? Faqat dunyo rizqi berildiy. U kishiga dunyo oxirat risqi berilyapti. Shuning uchun shu narsani ham esdan chiqarib qo'ymasligimiz kerak ekan. Allohni taotida yurgan kishilar alloh taolodan so'rar ekan. E alloh, shuni menga rizq qilib berding, qancha odamlar o'qiy olmayapti, nasib bo'lmayapti, masjidga kela olmayapti, boshini sajdaga qo'ya olmayapti, qo'lini duoga ocha olmayapti. Allohdan gunohimni kechir deb ayta olmayapti. Sen menga shuni rizq qilibberding, senga beadad hamdu sanolar bo'lsin deyish kerak ekan. Shukrul ilohi ne'matun mujibatun li shukrihi. Allohga alhamdulillah deyish ne'mat ekan. Alloh tarafidan beriladigan ne'mat ekan! Shu bir marta alhamdulillah desak, orqasidan yana alhamdulillah deish vojib bo'lib qolar ekan.

[24:26] Nimaga desa, Alloh berdi da uni sizga. Alloh berdi shuni. Demak, biz Alloh Taoloni har bir ibodatda turganimizda, ibodatdagi kishilar nima qilishligi, shukur qilar ekan, shuni nasib qilding, rizq qilding deb turibdi. Abiy nasr bishir ibn haris al hafiy judayam ko'p ibodat qilgan ekan. Tunlarda namoz o'qir ekan. Shunda bir kuni unga aytgan ekan, ha bir soat bo'lsa ham mazza qilib bir dam olib olmaysizmi, uxlamaysizmi degan ekan. Bir soat uxlab olmaysizmi desa, haligi kishi aytgan ekan qanaqa qilib uxlayman? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'tgan gunohlari kechirilgan. Kelajak gunohlari bo'lsa kechirilgan zot kechalari turib, qadamlari yorilib ketdi, tovonlari yorilib kelguncha ibodat qildi. Shunaqa qildi u odam. Men bir gunohim kechirilganini bilmayman u, qanaqa qilib ko'zimga uyqu kelsin degan ekan. Demak, ibodatda yurgan kishilar Alloh Taoloni zikrini mana shunaqa qilib turib nima qilishadi, zikr qilar ekan.

[25:44] Endi ikkinchisi, masiyatda yurgan qishilar qanaqa qiladi? Gunoh ish qilyapganlar qanaqa qilib zikr qilsa bo'ladi? Gunoh ishi qilayotganlar gunohdan to'y tiyilishi. Darrov gunohdan tiyilar ekan. To'xtatar ekan. E'tirof qilar ekan Alloh Taoloni fazlini, karamini. Alloh qodir edi. Uni yurmaydigan, turmaydigan, ko'rmaydigan qilib qo'yishga qodir edi! Alloh unga muhlat berdi. Alloh unga muhrat berib turibdi, tavba qilishini kutyapti. Demak, to'xtaydi ekan. Tavba qilar ekan.

[26:27] O'tganlardan birini oldiga bir hakimlarning oldiga biri kelib so'ragan ekan. Men gunoh ishlarni tiyilishdan juda o'zimni to'xtata olmay qolaman. Gunoh qilib qo'yaveraman. Endi tavba qildim deyman u, yana gunoh qilib qoyaveraman. Nima qilsam bo'ladi deganda, ey falonchi, men sendan ba'zi narsalar so'ray. Shularga javob bersang, unda gunoh qil. Javob bera olmasang, unda tiyil degan ekan. Aytingchi desa, agar gunoh qiladigan bo'lsang, Allohni rizqini yema.

[27:04] Allohning rizqini yama. Keyin gunoh qil degan ekan. Shunda haligi odam aytdi, qanaqa qilib Allohni rizqini yemayman? Hamma narsa osmondan Alloh nozil qildi, yerdan undirib chiqardi. Va fisama eriz hukm va ma'tua dun. Sizlarni rizqinglar osmonda deyapti Alloh Taolo. Osmondan bizni rizqimizni Alloh tushirib qo'ydi. Qanaqa qilib endi boshqa joydan rizq topaman deganda, ey falonchi, Allohni rizqini yeb turib, yana Allohga osiylik qilib, gunoh qilishga uyalmaysanmi?

[27:46] Yomon aytdingiz degan ekan. Ikkinchisini eshitdi. Agar gunoh qiladigan bo'lsang, Allohning yaratgan yerini ustida turib gunoh qilma da, boshqa joyga borib gunoh qil degan. Buni ismingiz haligindan ham battar bo'ldi. Hamma yer u osmon Allohnik bo'lsa, Allohning mulki bo'lsa, qanaqa qilaman endi men?

[28:15] Sen Allohning yerida turib, mamlakatida turib, mulkida turib, yana Allohga osiylik qilishdan uyalmaysanmi? Keyin yana ayting, deganida aytgan ekan. Agar gunoh qiladigan bo'lsang, Alloh ko'rmaydigan joyga borib gunoh qil degan ekan. Shunda ayt, bunisi ham yomon ekan. Alloh ko'rmaydigan joy bormi?

[28:43] Alloh Taolo ko'rmaydigi joyi yo'q. Kecha yu kunduz, qorong'i yu zulmat, Allohga farq qilmas. Alloh ko'rib turadi. Alloh ko'rmaydigan joy yo'q. Ey, gunoh qiluvchi banda, mujrim, gunohdan tiyilmaydigan, yashirinib pardalarni yopib, zinolarga boradiganlar.

[29:12] Yashirinib aroqlarni ichadiganlar. Allohdan qo'rqmaydigan, sen Alloh ko'rib turib, qanday Alloh Taologa gunoh qilishga jur'at qilasan degan ekan. Shuning uchun avvalgilarning gapi bor. Agar sen gunoh qilsang, Alloh ko'rib turibdi shu gunohimni deb qilsang, unda Allohga jur'at etibsan degan ekan. Bilasiz a jur'at etishni? Nima qila oladi? Alloh nimaga qodir? Hech narsa qila olmaydi. Mana men gunoh qilyapman. Mana men ichyapman. Alloh harom qildi aroqni, lekin men ichyapman, Alloh zinoni harom qildi, mana men zino qilyapman. Alloh namozni paris qildi, mana mening o'qimayapman namozni, men jur'at qilyapman. Allohni qo'lidan nima keladi degan odamni biri bo'lasan degan ekan. Ammo sen Alloh ko'rmayapti deb gunoh qilsang, unda kofir bo'lasan degan ekan. Alloh ko'rmayapti deb turib gunoh qiladigan bo'lsang, unda kufr bo'lasan dekan ekan. Ehtiyot bo'lish kerak ekan. Gunohiy ishlarda judayam ehtiyot bo'lish kerak.

[30:28] Uchinchisi, ne'matlar berilgan banda. Qanday qilib Allohni zikr qiladi? Hammamiz ne'matlarni ichida g'arq bo'lib yashayapmiz hozirgi vaqtimizda inshaalloh. Ne'matlar berilgan banda Alloh Taoloni qanday qilib zikr qiladida esa, bergan ne'matlariga shukur qilar ekan. Bergan ne'matilariga shukur qillar ekan.

[30:59] Doim duo qiladi. So'raydi Alloh Taolodan shu ne'matni davomiy bo'lishini. Payg'ambar sallallohu alayhi vasallamni duosi bor. Bizlar bizlar odatlanganmiz duolarda faqat boshimizga bir musibat kelganda duo qilishga o'rganganmiz. Kasal bo'lib qolsa, duo qilishga o'rganganmiz. Qarzdor bo'lib qolsa, duo qilishga o'tkazganmiz. Biror ofat, falokat yetib qolsa, duo o'tkazishga o'tkazaverganmiz. Ammo xoli hamma narsa yetarli vaqtida Allohni esdan chiqaramiz, duoni esdan chiqaramiz.

[31:52] O'shanday odam nima deb duo qiladi? Hamma narsasi bor. Yetarli. Alloh hech narsadan kam qilmagan kishi. Nima deb duo qiladi? Payg'ambar alayhissalom duo qildi. O'rgatdi shunday odamlarga. Allohumma inniy a'zubika min zavoli ne'matik va tahavvuli afiatik va fujaati neqimatik va jami'i saxotik. Ey Alloh, shu bergan ne'matlaringni zavol topib yo'q bo'lib ketish edim, panoh so'rayman sendan deb duo qilar ekan. Shu ne'matlarni zavol topib ketish edim, panel so'rayman deb duo qilar e kan.

[32:42] Ba'zi odamlarni ko'ramiz. Alloh taolo bir vaqtda dunyoni keng qiladi, bir vaqtda tor qiladi. Qaraysiz, ha. Biznes ha, ko'tarilib ketdi. Birozdan keyin qarasangiz qarzga kirib ketibdi, bankrot bo'libdi deydi. To'g'rimi? Keyin birovlar aytadi, ha, Alloh bir bergan edi, ushlab qololmadi da deb qo'yadi. Alloh dunyoni bir bergan edi ushlab qol ololmadi da deb quyadi. Haqiqatdan ham duo bilan, Allohga taqarrug' bilan, ibodat bilan ushlab qoladi. Bilib qo'ying, dunyo qachon turadi? Ibodat qilib tursangiz turadi. Qo'lingizga kelgan dunyo. So'rasangiz turadi Allohda.

[33:30] Duo qilsangiz turadi. Valain shakar tun laaziydan nakum. Agar shukur qilsanglar, men yana beraman, ziyoda qilaman, ko'paytiraman deyapti Alloh Taolo. Shuning uchun shukrni ko'paytirish kerak ekan. Alloh ne'mat bergan kishi doimo shukrini ko'paytiradi ekan.

[33:53] Sulaymon alayhissalomni hammamiz bilamiz. Sulaymon alayhissalomga hech bir podshohga berilmagan mulk ato qilingan ekan. Menga bergan mulkni boshqaga bermagin deb so'ragan ekan. Alloh Taolo Sulaymon alayhissalomga berilgan mulkni qiyomatgacha ham hech kimga berilmas ekan. Bu hozirgi mana chiqayotgan, a a, taraqqiyot, o'sishlik, odamni og'zini ochib, so'lagini oqtirib, hayratga solib qo'ygan bilan, buni ming aytgan bilan ham Sulaymon alayhi assalomga berilgan mulkni oldida hech narsaga teng kelmas ekan. Sulaymon alayhissalom bir kuni oldidan yigirma mingta uchuqur javot otlari. Bilasizlar a, otlarning zo'rlari yuz ming dollargacha turadi. Faqat urug'ini olaman desa, yigirma mving, o'ttiz ming dollarga faqat urug'dini oladi hozir. Shunaqa otlarni. Asli shariatda buni joiz emas bo'lsa ham, hozirgi vaqtni aytyapmiz.

[35:10] Endi Sulaymon alayhissalomni unaqa otlardan yigirma ming tasi bor ekan. Allohning yo'liga minar ekan. Allohni yo'niga askarlari bilan din tarqatar ekan. Shunda bir kuni Sulaymon alaysalomday otlarni tomosha qilib, mashalloh deb tursa, asr vaqti o'tib, shomning vaqti kiribdi, quyosh botibdi. Sulaymon alayhissalomning o'qiydigan virutlari bor edi. O'sha namozidan qoldi Sulaymon alayhi salom. Shu namozidan qolib ketdi.

[35:47] Qaytaringlar dedi. Otlarni dedi. Hammasini otlarni so'ydi da, Allohni yo'liga sadaqa qilib yubordi. Endi nima bo'ldi? Alloh Taolo undan yaxshisini ato qildi. Alloh Taolo undan yarashisini ato qild. Otlar bilan bir oy u yoqqa yurib borsa, bir oy keladigan bo'lsa, ertaman borib kechga qaytib keladigan shamolni bo'ysindirdi. Vasaxqar nal sulaymona rix tajriba amri. Sulaymonga shamolni bo'y sindirib qo'ydik. Sulaymonning buyrug'i bilan yurardi. Sekin kelardi. Yog'ochlardan ishlagan bisoti bor edi. Ustiga chiqadi. Shunday ko'tarardi, shunday olib ketardi osmonga. Boradigan joyiga olib borardi.

[36:40] Motori bormidi? Hozirgi kunda samolyotlar nimani? Tarragi bormidi? Uni ichida yoqadigan salarkasi, benzini bormidi? Bir joyga borib to'xtab zapravka qilib olarmidi? Yo'q. Shamol ko'tarardi yu, sekin olib ketardi Sulaymon alayhissalom. Tush desa tushadi. Qiyomatgacha hech biriga berilmagan mulk da bu.

[37:09] Shunda shunday podshohlik berilgan Sulaymon alayhi salom bir kuni in, su, jin, qushlar ham hammasi to'plandi, Sulaymon alayhissalomni huzuriga. Shunda Sulaymon alayhi salom ana shu askarlar bilan o'tayotganda, bir chumali turdida aytdi, ey chumalilar, ininglarga kiringlar, Sulaymon askarlari bilan bilmasdan bosib ketmasin dedi. Degan edi Sulaymon alayhissalomni haligining aytayotgan so'zidan tabassum qildi, kuldi. Keyin aytdi. Qola robbi, avzi'niy, an ashkora ne'matakallati an amta alayyi, va ala validay, va an amala solihan tardo, va adxilniy bi rahmatika fii ibodika solihin.

[38:06] Nimani aytmoqchimiz? Shuncha mulk berilgan, podshohlik berilgan Sulaymon alayhissalom, shuncha ne'matlar berilgan Sulaymon alayhissalom robbim menga sen bergan menga va ota onamga bergan ne'matlaringga shukur qilishlikka tavfiq bergin dedi. Shu ne'matlarni shukurini ado etishni nasib et menga deb duo qildi Sulaymon alayhi sulton.

[38:35] Va sen rozi bo'ladigan solih amalga, shu amal qilishimga muvaffaq qilgin dedi. Meni solih bandalaring qatoriga kirgizgin deb duo qildi. Demak, ne'mat berilgan kishi, ne'matlar berilgan vaqtida buni e'tirof qilishimiz kerak ekan. Alloh berdi buni.

[39:00] Allohning mulki. Vaqtinchalik bizga shuni ato qildi deb, shuni shukurini ado qilib qo'yish kerak ekan. Sulaymon alayhissalomdaqa podshoh, payg'ambar Allohga shukurini ado etishga tavfiq ber deb duo qilgan ekan. Keyin to'rtinchi ahvol bo'ladi bandalarda.

[39:23] Musibat yetgan, qiyinlangan, a? Mana shunaqa kasallangan kishilar. Qanaqa qilib zikr qiladi desa, ular Alloh Taoloni sabr qilishlik bilan shu musibatlarga, sabr qilish bilan zikr qilad. Allohga sabr qiladi shu bergan musibatga. Bir kuni bir kishini oldiga, huzuriga ba'zi odamlar ziyoratiga keldi. U kishini ikkovi ko'zi ham ko'r edi dedi. Ikkov qo'li ham kesilgan, ikki oyog'i kesilgan xasta edi deydi. Haligini ziyoratiga kelsa, haligi odam, ey Alloh, seni menga bergan ne'matlaringga beadad hamdu sanolar bo'lsin. Alhamdulillahillari afaniy min mabutul iabih vafaddolani ala kafira min xalqih tafiquli. Ey Alloh, ko'p odamlarni musibatlagansan, shu bilan meni musibatlamabsan, senga beadad hamdu sano bo'lsin. Ko'p xalqni meni afzal qilib qo'yibsan deb duo o'qiyapti ekan. Shunda so'rabdi. Qaysi ne'mat?

[40:37] O'zi ikkita ko'z, ikkita qo'l, ikkita oyoqdan ayrilib turibsiz, qaysi ne'matlar desa, Alhamdulillah, aqlimni raso qildi degan ekan. Aql ne'mat. Aqlimni rasho qilib qo'ydi Alloh Taolo, Rabbimni taniydigan qilib, tilimni Allohni zikr qiladigan qilib qo'ydik va qalb berdi Allohdan qo'rqadigan, shunga shukur qilyapman degan ekan. Demak, birodarlar, bizlar hozir sizlar bilan to'rtta ahvolni gaplashdik, Alloh Taoloning zikr qilinadigan ahvollarni.

[41:16] Hasan Al Basriyni yana bir gaplari bor. Ala yastahhi ahadukum. Sizlarni bittalaringlar qiyomat kuniga borsa, u insonga qiyomat kuni har kuni qilyapgan amallar sahifasi ko'ndalang qilinsa, mana bugun ertaman bomdodda turgandan to uxlagunimizcha bo'lgan amallarimiz ko'ndalang bilinadi qiyomatda. Shu ko'ndalang qulinsa va uni ichida biron marta Allohni zikr qilinmagan bo'lsa, Alloh'dan uyalmaydimi degan ekan.

[41:48] Shu sahifani boshidan oyog'igacha qarasangiz, bir marta Alloh Taolo zikr qilinmagan bo'lsa, Alloh'dan uyalmaydimi degan ekan. Shuning uchun sahifalarimizni inshaalloh ko'p zikrlarga to'ldiraylik, Alloh Taologa ko'p duolar qilaylik. Mana shunday bir ne'matlarni ustida Alloh Taolo bizni jamlab qo'ydi. Alloh rozi bo'lsin, mana yana gapimizni nihoyasida ukamizga, zokirjonga yana bir bor Alloh barakotlar, ota qilsin. Ikkovlaringlarni yaxshilikda jamlasin. Bundan keyin ham kelajaklarda ko'zlar quvonadigan, solih, solih farzandlar ota oysin deb duo qilamiz. Alloh eshitganlariga ham, hammalaringlardan Alloh rozi bo'lgan bo'lsin. Amal qilishlikka Alloh riziq qilib, shuni tavfiq berib, bizga nasib qilgan bo'lsin. Va sallallohu ala nabinam muhammad va ala aliy va sahbiy ajmoin. Bir rahmat, ikki rahmat va rohimi.
