# Qalb va Niyat Juma Maruzasidan

- Teacher: [Maʼmurjon Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/mamurjon.md)
- Course: [Maʼmurjon Domla maʼruzalari](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon.md), lecture 72 of 181
- Section: —
- Duration: 32 min
- Original title: (Mamurjon domla) Qalb va Niyat Juma Maruzasidan
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/72
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/Q0udrjG-fHY.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=Q0udrjG-fHY
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/71.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/73.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:42] Audu billahi mina shayton rojin bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin vala aqibatu lil mutaqin. Vassolatu vassalamu ala rasulih muhammadin va ala alihiy va ashabihiy ajma'in. Hamma bad. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari, oliy sifatlari bilan bugungi juma ayyomini Alloh Taolo hammamizga muboraklik qilishini so'raymiz.

[1:16] Biz hadislardan navbatdagi hadisga kelgan ekanmiz. Ana abiy hurayra ta abdur rahmon ibn sahriy roziyallohu anhu qola qola rasululloh sollallohu alayhi vasallam inna alloh ala yonzuru ila ajasa mikum va la ila suvarikum va lekin yonzuru ili qulubikum. Imom Muslim rivoyat qilgan hadis. Alloh subhanahu va taolo sizlarni jisminglarga qaramaydi, sizlarni suratinglarga qaramaydi. Alloh subhanachu va taolo sizlarni qalbinglarga qaraydi degan hadis.

[2:03] Bu hadisdan Allohni huzuridagi eng afzal odam bilan Allohni huzurdagi eng past odamning martabasi ajraladi. Alloh taoloning huzurida bu boylik, mansab, oboru, yoki bir shahodatlar, diplomlar, falonchalar degan ot olishliklar, bu narsa bilan insonning qiymati, qadri oshib ketmaydi ekan.

[2:44] Bu bizning nazarimizda, nazarimizda, bandalarning nazarida birovning obro'si shu narsa bilan oshib ketadi. Bir insonni minib olgan mashinasini ko'rganda boshqacha hurmat qilishga harakat qilib qolamiz. Bir odamning uyiga borsak, juda qasr qilib savorgan bo'lsa, u odamni oldida boshimizni egib turamiz. Bir odamsning mansabini ko'rganimizdan keyin gapira olmay qolamiz.

[3:18] Bu bizni oldimizdagi bandalarni oldida mana shu e'tibor bilan biri biridan ortiq bo'ladi. Ammo Alloh taoloning oldida buning zarracha qadri yo'q ekan. Bu narsani zarracha qadr yo'q ekan Allohni oldida. Alloh taolo jasadimizga qaramaydi. Unda eng Allohni oldida jannatga kiradigan odamlar ular sportsmenlar bo'lishi kerak bo'lardi da.

[3:48] Eng jasadni chiniqtirganlar bo'lishi gerak bo'lardi. Alloh taolo suratlarimizga qaramaydi. Agar suratlarimizga qaraganda unda hamma katta diplom olganlar jannat egasi bo'lardi da? Alloh Taolo suratlarimizga qaramay, jasadimiz Alloh Taolo qalbimizga qaraydi. Bir miskin bor, bir rubba ash'athin ag'bir yamud duyada hiylasama yarob yarob bir shunday inson bor deydi Payg'ambar alayhissalom. Lav aqsamal Alloh. Agar Allohga qasam ichadi, shunday bir inson chashlari to'zib ketgan, o'zlarini ustilari shunaqa g'ubor, chang.

[4:38] Lekin yo Alloh deb qasam ichsa, Alloh senga qasam ichaman, qabul qil desa, shunday Alloh Taolo qabul qiladigan kishilar bor deyapti. Aytmadi, shunday insonlar bor, men seplarda o'tiribdi yoki palon unaqa insonlar demadi. Alloh qalbimizga qaraydi, shunaqa Allohga bog'langan uni qalbi. Allohga bog'langani qalbi. Uni usti chang bo'ladimi?

[5:09] Uning choshlari to'zib ketgan bo'ladimi? U narsa Alloh Taoloni oldida uning duosi qabul bo'lmay qolishiga nima emas ekan, qabul bo'lmas qolishligiga ahamiyat yo'q. Qalbi toza Alloh Taologa. Taqvosi bor. Alloh Taologa bo'lgan taqvos. U qo'lini cho'zadi, Alloh Taolodan duo qilib, qasam ichsa, qasami albatta Alloh Taolo qabul qiladi dedi.

[5:38] Bir sheyx Makkada dars o'tadigan sheyxlardan biri aytadi. Men dedi Makkada navbatdagi darsimni berayotgan edim deydi. Masalan ba'zilari asrda dars o'tadi. Ba'zilari shomda, shomdan keyin. Shu darsimga kelib endi kursiyimga o'tirib, darsni endi boshlamoqchi bo'lib tursam, bir oddiy bir xalqning ichidan birov turdi. Oddiy ko'rinishidan ko'rinib turibdi. Bir hashamatli ham emas. Yo bir olimning sifati ham yo'q, uni ko'rinmayapti. Bir oddiy odam turida aytdiki, shayx, agar ruxsat bersang, men bir gap aytay, undan keyin dars boshla deb aytdi dedi. Shunda haliginga qarab mayli ruxsat, gapiring deb aytdim de. Shunda haligi odam aytibdi, Allohga qasamki, men qo'lim, ikkala qo'lim va ikkala oyog'im ishdan chiqdi.

[6:37] Ishlamaydigan bo'lib qoldi. Va to'shakka mixlanib qoldim. Keyin farzandlarimga aytdim, meni Ka'bani olib borib tavof qildiringlarchi dedim da. Meni aravaga solishdi da, Ka'bani tavof qildirishdi. Tavof qilib bo'lganidan keyin ikki rakat namoz o'qiydigan joyga kelganda, men shu yerga meni qo'yib qo'yinglar. Men biroz shu yerda bo'laman deb aytdim da. Shunda shu yerda turib Alloh Taologa qasam ichdim deydi da. Yo Alloh. Qasam senga. Yo shu bergan dardingga shifoni berasan, oyog'im bilan yurib chiqaman Ka'badan. Yo shu joyda jonimni olasan, qabrga ketaman shu joydan, Ka'badan. Deb qasam ichdim deydi. Yo Alloh, sening eng muqaddas bayting uyingda turibman. Seni mehmonxonangda turibman, mehmoning bo'lib turibman men. Birovning uyiga mehmon bo'lib kelsangiz ko'nglini og'ritmaydi da. Seni uyingga ka'baga, baytullohil haromga mehmon bo'lib turibman, men sendan so'rayman, qasam ichib so'rayman, yo shifoyi tom ato qilasan qadamim bilan yurib chiqaman, yo shu yerda jonimni olasan qabristonga chiqaman deb haligi shunday duo qildim, bir soat duo qildim,bir soat duo qildi, charchab kallasikada boshim qiyshayib, ko'zim ilinibdi deydi.

[8:09] Shunda shunday ovoz kelib uyg'ondim deydi. Haqiqatdan tashqaridan keldimi yo'qmi, lekin menga shunday tuyuldi deydi. Yur, turgin, yur degan ovoz keldi deydi. Shoshganimdan, o'rnimdan sakrab turib yurib, ikki uch qadam yurib ketganimni o'zim bilmadim deydi. Qarasam yurib ketibman. Alloh subhanahu taoloni shunday mo'jizasini ko'rdimki, mana shundan buyog'i mana yuraman, oyog'im ham, qo'lim ham sog' deb shayxga shu gapni aytdi deydi.

[8:38] Insonning kiyimiga, yurishiga, pulining ko'pligiga, boshqasiga qaramaydi Alloh Taolo. Allohga qalbimizning ma'yusligi, taqvosi, imoni, Allohga bo'lgan qo'rquv, halol, haromni ajratib, poklikka qaraydi Alloh subhanahmatolloh. Sizlarni Allohning oldida hurmatinglar yuksagi taqvodaringlar deydi. Innakrom akum indallohi atqakum. Sizlarni Allohni huzuridagi eng hurmatga sazovari kim? Taqvadaringiz dedi.

[9:20] Taqvo bu so'z haligi bizni og'zimizdan chiqib aytilib qo'yib qo'yiladigan so'zni o'zi bo'lib qolmasligi kerak, taqvo. Taqvo degani bu harom bilan halolni ajratishlikda, mana shu bir ibodatni qilayotganimda shariatga muvofiqmi, yo'qmi, shu narsani qilsam gunohkor bo'lib qolmaymanmi, deb judayam ehtiyotlik bilan umrini o'tkazishlik taqvo deyiladi. Juda ehtiyot bo'lib turib umrini o'tkizishlik taqvo denglar.

[9:58] Har narsada o'zimizga fatvo chiqarib olib, haromni yeyversak, har narsada fatvo chiqariv olib, namozni qaza qilsak, har narsda fatvo chiqarif olib, o'zimizga yengillik tarafini, dinni yengillik tarafining ushlab bersak, taqvo bo'lmaydi bu. So'rashganda taqvo nimadir deb so'raganda, tikanlik yo'ldin yurib ko'rdingizmi degan. Yurdim deganda, yalang'oyoq yurgan bo'lsangiz, qanaqa yurdingiz deganida, tikanlar oyog'imga sanchilmasin deb, yerga sinchiklik bilan qarab, tikan yo'q joyni izlab, yana shu joyga ehtiyot bo'lib qadamimning uchini qo'yib yurdim degan. Taqavo degan dinda xuddi shunday yurishimiz degan. Yurgan vaqtingizda avvalo bu halolmi, halolmi, shariatda ruxsatmi, yo'qmi deb sinchiklab qarab, undan keyin yana ehtiyot bo'lib qadamingizni qo'yishlik taqvo.

[11:04] An ibn an abu an abil abbos abdulloh ibn abbos ibn abdul mutalib roziyallohu anhuma an rasulillahi sallallohu alayhi vasallam fiy ma yarvi an robbihi tabarak va ta'ala. Mana bu kishi Payg'ambar alayhissalotu vassalomdan, Payg'ambar alaysalom esa Alloh Taolo rivoyat qilgan hadisni aytyapti. Bu hadisul quddusiy deyiladi. Payg'ambar aleyhissalom Alloh Taolo bunday dedi deb hadis aytadigan bo'lsa, bu hadisul quddusiy bo'ladi. Bu Qur'on bo'lmaydi.

[11:38] Alloh Taolo aytdi deyapti. Innalloha katabil hasanati va sayy'at. Alloh Taolo yaxshiliklarni yozdi, yomonliklarni yozadi. Simma bayyanadalik. Keyin Alloh Taolo bularni bayon qildi. Yaxshiliklarini ham bayon qildi, yomonliklarini ham bayon qurdi. Fa man hamma behasanating falam ya'mal ha kataba allohu tabarak va ta'ala indahu hasanakamina. Bir odam bir yaxshilikni qilaman deb ko'ngliga tug'sa. Bir yaxshilik qilaychi deb ko'ngliga tushsa da, lekin shu yaxshilikka Alloh Taolo unga to'lig'icha shu yaxshilik qildi deb ajr beradi.

[12:25] Ko'nglingizga tugidingiz bugun bir yuz ming tanga sadaqa qilaychi dedingiz. Lekin qilmadingiz. Ko'nglingingizga tugib chiqdingiz da, yo'lda chiqdingizdan keyin qaytdingiz niyatingizni. Qilmadingiz, Alloh Taolo yuz ming tanga sadaqa qildi deb yozar ekan. Fazilmi, fazil emasmi?

[12:46] Allohni fazlimi bu? Fazli. Bir odamdan qarz olsangizda, men ko'nglima tugib kelgan edim seni qarzingni berishni, lekin bermadim. Mana shu bilan qutuldim desangiz, qutilmaysiz. To'g'rimi? E, deydi, seni ko'nglingga tuganda men qadam bilib o'tiribman, olib kel qarzdi, deydi. Allohni fazlini qarang, ko'nglingizga tugsangiz, yuz ming dan keyin deyapman, undan ham katta narsani tuggan bo'lsangiz, Allohni yo'liga qilaman deb, Alloh Taolo fazli karamining shunchalik saxovatining kengligidan shuni to'liq qildi deb yozadi deyapti. Subhanalloh, ko'ngilga tugib qo'yishlikni o'zi. Shuning uchun bir inson tahorat qilib, yotadigan bo'lsa, kech payt, u inson go'yo namoz o'qigandaqa bir ibodatdagi insondek yotadi. Kim agar bomdod namozi bilan qubdan namozini jamoat bilan o'qiydigan bo'lsa, go'yo u qiyomullayl qilib chiqqan bilan barobar derdi. Bomdod namozini jamoati bilan o'qidingiz, qubdan namozni jamoati bilan ham o'qidingiz.

[13:53] O'rtasidagi Alloh Taoloning fazlini qarang beryapgan sizga. Allohning fazli keng. Shuning uchun shayton yig'lab, yig'lab, bularni yerga ishqalyapti da. Shuncha gunoh qildiryapman bandalarga, Alloh bir ba'zi bilan bularni savob berib, gunohlarni kechirib yuboryapti deb. Bir yaxshilikni ko'ngliga tugishlikni o'zi.

[14:16] Va in hamma biha fa am ilaha kataba allohu ashara hasanatini ila sab'i'in me'atih ziyofini iloh adh ofin kathirov. Bir odam agar bir yaxshilikni ko'ngliga tugib, keyin shu yaxshilikni bajarsa, ko'nglingizga tugib qo'ygan yaxshi ishingizni amalga oshirsangiz, Alloh Taolo o'ndan savobni boshlanishini qarang. Birdan emas. Darrov qanchadan boshlanyapti? O'ndan yetti yuz barobargacha ko'tarib yozadi deydi.

[14:48] Yuz ming sadaqa qilsangiz, Alloh o'n nima boshlaganda qancha bo'ladi? Bir million nima bo'ladi? O'n million sadaqa qildi deb boshlanadi. Yetti yuz baravargacha, ana endi hisoblab oling, yo'q. Yetti million, trillion, trillion bo'lib ketadi. Ana. Alloh subhanahu taoloning endi bu o'n dan yetti yuz gacha endi nimaga bir chegaraga to'xtamadi uniki? Nimaga o'n, o'n besh, yigirma demadi. O'n dan yettiy yuz gacha end keng masofani berib qo'ydi desa, niyatning kuchliligiga, irodaning kuchliligigiga qarab ham bo'ladi. Masalan, gohida yuz mingni berib qo'yasizdan meringizni bir narsa tirnab yuradi da. Bir ikki kun esdan chiqarib olganingizcha, sadaqani.

[15:39] Gohida sahobiylarning bergan sadaqalari shunaqa bo'lgan, agar ular tafidu minaddam i hazanan ular shunday yig'lashdi, ko'zlari oqib ketadigan darajada yig'lashni, sadaqa oyatlari eshitilgan vaqtida sadaqa qiladigan narsa topa olmaganligidan dedi. Sadaqani oyatlarini eshitganda sadaqa qiladigan narsani topolmay uylariga kelib izlashda hech narsa sadaqa qila oladigan narsa topolmaganda ko'zlari oqib ketadigan darajada yig'iladi.

[16:12] Uyni bir narsa topib olsang olib chiqib ber. Mana shunaqa ixlos bilan qilingan sadaqalar yo ixlos bilan quringan namoz, ha, mushtoq bo'lib turib qilingan namoz bilan o'rtasida farqlari borda. Shuning uchun Alloh Taolo niyatlariga ham qarab turib, bu yerda amallarning savoblarini ortiq kam yozib. Voyin hamma besayye atin falam ya'mal ha. Agar bir odam bir yomonlik qilaman deb ko'ngliga tushib tushsa, unday qilib yuboraman, bunday qilib yubormayman, shayton keladi yu a? Yomonlik qilaman dedingizda ko'nglingizga tugdingiz. Falam ya'mal ha, lekin sekin Alloh Taolodan qo'rqdingizda, qo'y shu yomonlikni qilmayman deb keyin qilmadingiz. Alloh Taolo shu qilmaganingiz uchun bir yaxshilik yozar ekan. Subhanalloh. Yomonlik qilaman deb turdingizda, qilmaganingizga yaxshilik yoazar ekan, savob yozar ekan.

[17:11] Qaysi qaysi inson, bandadan mana shu narsa kutish mumkin? Mumkin emas. Bandadan bunaqa narsani kutish. Alloh Taolo fazli karami bilan mana shu narsalarni bandalarga beryapti. Ko'nglingizga tuggan yomonligingizga keyin qilmaganligingiz uchun shuni, shuni bajarmaganingiz uchun Alloh Taolo yaxshilikni beradi. Voyin hamma biha fa amilaha kataba allohu sayyi'atan vohida. Agar bir inson shu yomonlikni ko'ngliga tug'di da, keyin shu yomonlik qilib qo'ydi, qilsa, Alloh Taolo unga bir yomonlik, bir gunoh yozar ekan. O'n, o'n besh, yigirma, oshirib emas, bir qilgan yomonlikka bitta gunoh yozar e kan. Bir qilgan yomoni yomonligi Alloh Taolo bitta gunoh yozadi derdi. Indama dunyali arb'atinafar, bu niyatlar haqida ketilyapti so'zlar. Insonning qalbiga tuggan narsasi haqida. Dunyo to'rt nafar, to'rt odamlargadir, to'rt toifaga. Birinchi toifalar abdun rozaqahullohu ma'lan ma'lan va ilma, fahuvayat taqiy fih robba va yasil fih rohima. Va ya'lam li'lla fih haqqo. Bir bandaga Alloh Taolo dunyoni rizq qilib beradi.

[18:29] Mol dunyoni riz qilib beradi va ilmni ham beradi. Ilmni beradi degani shu molni halolidan topish kerak, halolga sarflash kerak. Qiyomatda so'ralamiz, bu molimiz haqida. Insonning qadami jilmaydi, hatto to'rt narsa haqida so'ralmaguncha deb yoshligini nimada o'tkazganligi, molni qayerdan topganligi, qayerga sarflaganligi, mana shu narsalar albatta so'raladi. Shu ilm, shuni o'zi ilm. Shu narsani bildi, tushundida va Alloh bu molda Allohning bergan dunyosida qo'rqib, buni topib, dunyoni yetti kecha yetti kunduz to'y qilish emasda uni. Dovrug'ini ko'kka nima qilib, ko'rsatib, pulini sochib, birovlar o'n tanga sadaqa berishga ichi ochib ketadi. Haligi. Lekin jarrahlatib, to'ylarda boshidan pul sochishlikni buni martaba obro' deb biladi. Bu eng ahmoq odam.

[19:45] Pulni ko'kka sovurish u. Va la tubat zir tabziyroq isrof qilma deyapti Alloh Taolo. Nima qilasan pulni otib, maqtanib, o'zing pul desa o'lib ketasan. Yana to'yga borganda pulni ochishingga balo bormi seni? Va latubadir tabziyro otma uni, isrof qilmagin. Inn al mubaddiringna khanu ihvana shayotin. Bu isrof qiladiganlar shaytonlarning do'stlari ular.

[20:11] Deyapti Alloh Taolo. Demak, molni bergandan keyin Alloh Taolo biladi, Alloh berdi buni, Allohni yo'liga ishlatishim kerak deydi. Bir odamlar birdaniga boyib ketsa, o'zini topar tupar joyini topa olmay qoladi. Qo'yadigan qadamini bosishni bilmay qoladi. Qanaqa bosishni bilmay oladi da. Ha. Alloh Taoloning sinovi, bu dunyoning sinovi. Alloh dunyoni kofirga ham beraveradi, mo'minga ham beraveradi. Bun bilan inson xursand bo'lib ketmasligi kerak ekan. Dunyo kelganda, ha, sinov boshlanibdi da menga. Qanaqa ishlatasan mandan bu dunyoni deb meni Alloh sinayapti ekanda. Inshaalloh Allohni yo'liga, haq joylariga ishlataman deyish kerak da.

[20:59] Alloh subhanahu va taoloni birinchidan, mol dunyo kelgan vaqtda Allohni qo'rqish kerak. Mol dunyoni ha keyo, keyapti, keyapti. Endi bu shu bir kanal ochilib qoldi. Aqib kirib yotgan kanal. Dunyo kiradigan. Ha buni endi haromdin bo'lsa ham kirib turaversa da shu. Yoping uni. Haromdin bo'lsin, yopib tashlang uni.

[21:23] Tamchilab tursa ham yetadi halol din. Halol din tanib tursa ham yetad, harom din kerak emas. Allohning qo'rqishlik, molni yig'ayotganda. Ikkinchisi, ya silfixi rahimahu qarindosh urug'ingizga darrov aloqani ko'chaytiring. Dunyo kelyaptimi? Tez qarindosh urug'larning holidan xabar oling. Ko'p odamlar bo'ladi, boyib ketgan vaqtda qarindosh uruqlarini tanimay qo'yadi. Birovlarini oyog'i bilan ko'rsatadi, birovlarini ishora qilib ko'rsatadi. Birovlar kelyapsa, ha, anavi yana kelyapti anavi, deydi. Uyga kirgizgisi kelmay qoladi. Eng birinchi birovlar qarindosh uruvlari ham nima qilmaydi? E qo'y deydi, bormaymiz deydi. Aloqa uzishadi keyin. Borsang deydi, boyib ketgan, mangsimaydi deydi.

[22:17] Eng birinchi sizni tavoziligingizni ko'rsatadigan, tavoziligingingizni ko'rishadigan qarindosh urug'lardan siz borib xalqni xabar olishingiz. Boyib ketgan vaqtingizda qiladigan ishni qarang. Va ya'lamlillar fiihi haqqa. Uchinchisi. Allohni haqqini esdan chiqarmasingiz. Alloh berdi ya u dunyoni. Tug'ilganimizda bosh kiyimimiz bormidi? Tug'ilganimizdagi ko'ynagimiz bormidi? Oyog'imizdagi o'n besh ming lik safoshkamiz bormidi? Ustimizdagi o'ttiz besh ming lik kurtkamiz bormidi. Cho'ntagimizdagi kasholoklar, sig'may ketayotgan pullar, kasholoklar bilan tug'ilganmizmi? Yo'q edi. Tug'ilganingizda hech narsa siz dunyoga keldik. Kim berdi uni? Alloh taolo berdi. Qanaqa berdi Alloh taolo? Bizga aql berdi Alloh taoli. Idrok berdi. Aqlimizni ishlatdik, harakat qildik, sabab qildik, Alloh riziq qilib berdi. Demak, hammasi Allohnik ekan, qaytaring Allohga. Haqqini bilib yuring. Allohni haqqini esdan chiqarmang. Mana bu inson eng yaxshi inson shu bo'ladi. Dunyoda boy bo'lish yaxshi. Lekin mana bu aytgandaqa boy bo'lish. Ikkinchisi, abdun rozaqahullohu ilman valam yarzuq hu ma'lan fahva sodiqunniya yaquli la annali ma'lan la amil to'be amalifulan fahva biniy ya tihiy fa ajruhum asavva.

[23:44] Ikkinchi odamga Alloh Taolo ilmni berdi, biladi. Bu dunyo Allohnikiga ekanligini, Allohni yo'liga ishlatish kerak ekanligini biladi, taniydi. Lekin dunyoni Alloh bermagan u bandaga. Kambag'al, faqir bermagan. Bu banda aytadi o'ziga, o'zi aytadi da. Yo Alloh, agar menga ham dunyo bersang deydi. Falon odamga dunyo bergansan, sening yo'lingga sadaqalar qilyapti, seni yo'lingga yaxshi ishlar qilyapti, sening yo'ringga madrasalar ochyapti, seni yo'tingda qorilar chiqaryapti. Pul hammasi pul.

[24:24] Menga ham dunyo bersang, shuni ishiga o'xshagan ishlar qilardim da, deydi. Havas qiladi da inson. Hasad qilmaydi inson. Mo'min kishi havas qilish kerak. Mo'min kishisi hasad bilan ichi yonib, o't bo'lib o'lish degan narsa mo'minda yo'q u. Bu hasad eng birinchi gunoh. Bu shaytonda bo'lgan gunoh u.

[24:49] Hasad qilishlik. Keyin o'shanday niyat qilsa, haligi kishi bilan niyatining ajri barobar deydi. Qilayotgan odamniki bilan tenglashib qolar ekanda. Yaxshi niyat qilib qo'yishni o'zi ham yaxshi ekanda. Qo'limizdan kelmaganda, ilm tarqatilyapti. Ilm majlislar o'tilyapti, ilm berilyapti. Qo'limimizdan kelmaganda, shu qo'limdan kelganda shularga yordam berardim da. Shu yerdagilarga borib bir ilmlarga qatnashardim da. Shular ilmlardan bir manfaatlar bo'lyapti mana, deydi.

[25:33] O'tirib olib, hamma agent buzilib ketdi. Nimaga? Jome masjidim boshlanyapti. Nima bo'lyapti? Ha shu yerda darslar bo'lib boshlangandan beri odamlar buzilib ketdi e. Nima degan so'zlar? Ba'zi mahalla komitetlari majlislarda o'tirib olsa, eng birinchi masjiddan boshlaydi. Tartibga keltirishimiz kerak desa bo'ldi, boshlaydi. Masjiddan bishlaydi tartibni. Nimaga kafelardan, barlardan, salonlardan, fohishaxonalardan, buzuqxonalar, belovotda, zalinelarda ochilib yotgan buzuqxonalarni qanaqa qilib to'xtatamiz? Oqsoqollar demaydi da, mahalla komitetlar. Masjidda o'qiyapti, namozxonlar, shularni deb boshlaydi.

[26:24] Ha? Kim buzishlikka haqli? Insofga kelaylik da. Masjid to'g'rilikka chaqiryapti. Ichma, ichib olib kafeda talashib bir biringni pichoqlama, o'ldirma, aroq harom, shaytonning ishi, namoz o'qi, namoz o'qisang otangni hurmat qilasan, izzat qilasan, mamlakatni tinchligini saqlaysan, a? Seni tepangda turgan prezidentlarga yaxshi gap gapirasan, ichib olsang, mos bo'lsang, hamma yoqni rasvo qilasan deydi masjidda.

[26:58] Va uchinchi kishi addun raza qahullohu ma'lun valam yarzuqu ilman yahbatu fii malihi beg'oyri ilmin valayat taqih fii hirobba valayasili fii hirahima valaya'lam lillahi fii haqqa fahvah va axbat ul manazih. Bir banda Alloh unga molni rizq qilib beradi. Mol bor. U molni qani ishlatish kerak, qanaqa qilib topish kerak, halol bilan haromning farqi nima? Qiyomatda haromning jazosi nima? Haromdan yeyilgan qorin ayyuma lahmin na batamin suhdin fannari avlabihiy qaysi go'sht haromdan o'ssa, unga do'zax avlodir deydi. Haromdan yedirib bolamizni ulg'aytirsak, bola o'stiryapmiz deb xursand bo'lyapmiz. Haromdanmi, haloldanmi, bugun topib kelganimizga xursandmiz, kunimiz o'tganiga xursandmiz. Bola katta ekaniga, nevara katta ekaniga xursandmimiz. Fannar avlodi. Do'zax unga avlodil. Haromdan o'sgan go'shtga deyapti.

[28:11] Aytadi, qaysi bandaga Alloh mol bersa, lekin ilmini bermagan bo'lsa, uning qanday ishlatish kerakligini. U o'sha mol deb ilmi bo'lmagandan keyin har xil yo'llarga sarflaydi da. Allohdan qo'rqmaydi, mana birinchisi. Allohdan qochmagandan keyin inson nima narsalar qilmaydi a? Allohdan qoch magandan keyin hamma narsani qiladi inson. Va qarindosh urug'iga aloqa qilmaydi. Nimaga? Uni moli bor. Aytadi, puling bo'lsa, ko'chada ham hamma qarindosh deydi da. U dunyo bilan o'lchaydi qarindosh urug'likni. Silayi rahmni bir qarindan tushgan aka uka mol dunyo bilan ozini nima qilishadi. Esdan chiqadi u. Kecha bir qarinda birga yotganmiz. Bir o'rinda yumalashib katta bo'lganmiz demaydi.

[29:06] Mol bilan o'lchiaydi. Va qarindosh urg'likni nima qilmaydi? Allohni qilmaydi, moli ko'payganiki. Vala ya'lam li'llahi fihih haqqa. U o'zining aka ukasi tugul. U ota onasini tanimay ketayotganlar bor. Moli ko'paygandan keyin ota onasini tanimay ketayotganilar bor. Ota onasini to'g'ridan to'g'ri unga yaxshilik qilgan, ota onani tanimagan inson Allohni qayerdan tanisin?

[29:35] Alloh Taoloni tanimaydi u. Haqqini bilmaydi. Fahva axbatul manazil. Bu eng rasvo manziliyat bu. Eng iflosi mana shunday. To'rtinchisi Abdulla Myarzuq humalan va la ilman. Fahva yaqul lavannali ma'lan la amil tufiyhi ba amalifi ulan faviz ruhi ma'savaa. To'rtinchisini Alloh Taolo bir insonga mol ham bermagan, molni topib uni halolga ishlatish degan ilmi ham yo'q. Lekin nimani ko'rsa havas qilaveradi. Birov katta mashinani minib, ichib, mast bo'lib yursa, a. Meni ham mana shunaqa mashinalarim bo'lsa da, men ham ishsam da. Birovni katta qasrini ko'rib qolsa, to'yni endi gumbillatib qilyotganini ko'rib, a, meni ham mana shunday qasrim bo'lsa, havas qilaverad. Gunoh ish qilayotgan bo'lsa ham havas. U inson deydi. O'z bechora kambag'al. Moliyam yo'q, ilmiy ham. Shu gunohni qilayotgan inson bilan uning gunohi barobardir deydi. Niyat. Niyatni ko'ryapsizmi?

[30:41] Niyat insonning sohibi. Yaxshilikka niyat qilsangiz, yaxshilik sari yetaklaydi. Yomonlikka niyat qilsa, yomonlik sari yetaklaydi, ya'ni shuning gunohiga sherik bo'laverasiz, niyatingizda. Payg'ambar alayhissalom avvalgi hadisda aytdi. Ka'baning oxirgi zamonda buzishlik uchun, Ka'bani tekislab tashlash uchun bir askar chiqqanda, odamlar chiqib, kimlardir biz ham borib buzib kelamiz Ka'bani deb chiqishadi. Kimlardir shunaqa katta askar, ular yurganda yo'llarda ovqatlar, bozorlari bilan birla yuradi. Shunda aytadi, e, bir Ka'bani buzishga askar ketyapkan ekan. Ular bir bir nimani, nonni yuz tanga bo'lsa, ming tangadan sotib olyapti ekan desa, voy voy bizdan ham sotib kelaylik shularga deb, birovlar non, may, choy, ovqat sotish uchun chiqar ekan. Shularni shunday sotishga chiqqan vaqtida Alloh Taolo avvaliy u oxiri, askardan hech kim qutilmaydi. Avvaliy u oxirini yerga yutqazib yuboradi dedi. Yerga yutqazib yuboradi. Shunda Aysha onamiz so'radi, yo Rasululloh, ha bu avvaliy u oxiri yerga kirib ketsa, u yerda hali bozorga chiqqan non sotib kelaman, bolamga non sotib olib kelib yediraman deb chiqqan odam bor. U nima bo'ladi? Dedi.

[31:55] Balo kelganda, shu yomon ish qilayotganlar bilan birga bo'lgan odamlar, yaxshilar ham qo'shilib ketib qolar ekanda. Balo kelgan vaqtda hammasi birga ketar ekan. Ular qiyomat kunida baloda sherik bo'ladi dedi. Qutilmaydi u balodan. Ammo qiyomatda niyatlariga qarab tiriltiriladi dedi.

[32:19] Xo'p, inshaalloh keyingi jumada yana hadislarni davomini ayttiramiz. Subhanakallohimma behadashad va la ilaha illalloh ta'sir tafiru va atovu bilay. Birhamdek. Allohu.
