Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon, ertam gumom. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Avdu billah imen shaytonir rohim, bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillah, la'hamdulillahi vav onista ilm, vav onista firoh. Va avdu billah imeni chiro'riyam, fusinga va min sayyati amalina. May yahdiy illa hufala mudillala va may yudli falaha deyala va ash haduan la ilaha illallohu vahda hula sharikala va ash hadu anna muhammadin abdug'ur rasuluh hammamiz assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Assalomu alaykum. Assalomu alam. Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlari va buyuk sifatlarini o'rtaga qo'yib so'ragan holatimizda darsligimizni davomiy qilishligini va bu darsdan o'tilingan foydalarga avvalo o'zimni va hali bo'lmasa sizlardan ham man qilishimni so'rab qolaman. Va avvalgi darslikka kelmaganligimiz uchun va bu darsda ketishganligim uchun sizlardan uzr so'raymiz. Yozgi ishlarni bilasizlar.
Ba'zi narsalar, ba'zi sabablarga ko'ra kechikilib qolyapti. Biz islom odoblari haqida o'tayotgan edik. Avvalo Alloh bilan bo'lgan odoblar, Qur'on bilan bo'lgan odoblar, Payg'ambar alayhissalom bilan bo'lgan odoblarni gapirdik. Endi bugungi darsimiz Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytganlariday, innal ulama va rasatul ambiya. Payg'ambarlar olimlar dedilar, olimlar Payg'ambarlarning merosxo'rlari deganlar. Olimlar Payg'ambarlarning merosxo'ri degan. Demak, ular bizga Alloh subhanahu va taoloning amrini va nahiy qaytargan narsalarini, Payg'ambarlarga tushgan shariatni Payg'ambarlardan keyin bizga olib kelgan haq dinni ko'rsatib turadigan kishilar olimlar bo'lgan. Mana shuning uchun bugungi darsimiz olimlar bilan bo'lgan odoblarga to'xtalmoqchi edik. Olimlar bilan. Bo'lgan odoblarning bazasiga to'xtalmoqchi edik.
Shu. Darslikni kelasi darsga qoldirgan holatda, lekin biz ba'zi shu darsga taalluqli bo'lgan olimlarga, taalluqli bilgan odoblarga to'xtalamiz, lekin butun olimlar hayoti emas, balki biz to'rt mazhab olimlarining va ular bilan bo'lgan odoblarga tuxtalamiz.
Chunki hozirgi kunimizda arab tilida aytganda asero baynalmadahib deydi. To'rt mazhab orasida ketayotgan katta kurash deb nomlanadi. Mazahablar orasidagi kurashlar bo'lib turibdi. Bu kurashga ilmi bor odam ham bel bog'lagan. Ilmi yo'q johil odam ham shu kurashga barobar bet bog'lagan holatda kirib bormoqda. Shuning uchun biz bu to'rt mazhab haqida avvalgi masjidda, o'zimizni masjidda o'tgan seminarda aytilingan da'vatimiz foydali bo'lganligidan shu da'vatlarni hidoyat sari degan televideniya orqali ham berdik, lekin vaqt qisqa bo'lganligida u yerda to'liqcha tushuntirib berishning imkoni bo'lmadi. Agar shuni ko'rgan bo'lsanglar va undan keyin shu darslik kasseta qilingan holatda berilishligini va juda foydasli ko'proq bo'lganligi talab qilinganligidan, biz shu odoblik darsimizda o'sha mazhab imomlarini bilan bo'lgan odoblarga to'xtalishni ixtiyor qildik.
Ko'p uchraydigan savollarning biri har ikki odamning har ikki odamga uchraydi va bunga ko'p odam javob bera olmasligi, bera olmaydigan savollardan biri, mazhablar qanday chiqib keldi va musulmon kishining shu mazhablarga bo'lgan o'rni va mazhablarga qanday qilib amal qilishligi, hadis kelgan vaqtida mazhabda zaif hadis bo'lsa yu, payg'ambar alayhissalomdan saxiy hadis kelgan vaqtida, unda qanday qilib amal qilishligi, mana shu Narsalarga to'xtalishligimiz juda ham hozirgi kunimizdagi muammolarni anchasini yechsa kerak deb o'ylaymiz.
Avvalo fiqh masalalari fiqh deganda masala, har inson o'zining hayotida uchratgan masalalari, buning boshlanish davriga to'xtalamiz. Fiqh ilmining boshlanish davri bizga shariat ilmlarini qanday kelganligini qaysi kitob bayon qiladi? Bizga shariat ilmini kelganligini bayon qiladigan kitoblar tarixu tashriy degan kitoblarni topamiz. Shariatning shariat bo'lib bandalarni ustiga farz etilinishlik tarixiy qachon boshlangan degan kitobni topiladi.
Mana shu kitobga murojaat qilinadi. Demak, fiqh ilmi qachon boshlanganda esa, fiqh ilmini Payg'ambar alayhissalotu vassalomning zamonlarida boshlangan. Buni al fiqh bu fiyahdin nabi sallallohu alayhi vasallam Payg'ambar aleyhissalomning zamonasida fiqhning tarqalishi yoki fiqh ilmi qanday darajada bo'lganligi degan masala bilan ataladi. Men shuni dona dona qilib aytyapman, iloji boricha yodda saqlab qolsanglar yaxshi bo'ladi.
Payg'ambar alayhissalotu vassalomning zamonasida fiqh qanday bo'lgan? Payg'ambar aleyhissalomning zamonasida fiqh ilmlari bizni zamonimizga o'xshab kitoblarni ochib, bu hanafiy mazhabida ekan, bu hanbaliy mazhabidaekan, bu shofiy mazhabdaekan deb mazhablarga bo'linib va o'ziga xos kitoblar bo'lgan emas. Payg'ambar alayhissalomning zamonasida hatto Qur'on yozilmagan. Payg'ambarni sallallohu alayhi vasallamni zamonasida yozilmagan edi. Hatto hadislarni ham Payg'ambar alayhissalotu vassalom yozdirmagan edilar. Bu birinchi vahiy tushgan vaqtlarida.
Demak, bir masala chiqadigan bo'lsa, sahobiylarning hayotda yashab turgan vaqtida uchragan yangi masalalar bo'ladigan bo'lsa, darrov Rasulullohning huzurlariga kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so'rab, murojaat qilishardilar. Payg'ambar alayhissalom shu hadis, shu masalaga bayonlik, oydinlik kirgizib, uni aytib berardi. Masala shu bilan yechilardi. Biror odam bu masalada ixtiloflashmagan. Darrov Rasulullohni oldiga kelardi, aytib berardi, ketishardi. Demak, kitoblar bo'lmagan, to'g'ridan to'g'ri Rasulullohdan olishgan va ixtilof bo'lmagan. Endi ikkinchi davr al ahdu fiy ahdis sahoba, al fiqh fiy ahdis sahaba deydilar. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin, sahobiylarning zamonasi boshlanadi. Sahobiylar bu yerdagilar tushunsa kerak, Payg'ambar alayhissalomni zamonasida yashagan va Payg'ambar alaysalomni ko'rgan va iymon keltirgan kishilar sahobiy bo'lgan. Agar Payg'ambar aleyhissalomni zamonasida yashab, ko'rib, iymon keltirmagan bo'lsa, uni sahobiy demaydi.
Abu Lahadlar sahobiy deyilmagan. Abu Jahllar sahobiy deilmagan. Ular Payg'ambar ayyosul alayhissalomning zamonasida birla yashagan, Payg'ambar ali alayhissalom ni ko'rgan, lekin sahobiy deylinmagan. Sahobiylarning zamonasida fiqh qanday bo'lgan? Sahobalar zamonasida, sahobiylar zamonasida ular har xil shaharlarga sahobiylar tarqatib ketishgan. Din, da'vatni yetkazish maqsadida butun yer yuziga ular da'vat uchun ketishgan. Va har bir sahobiy o'zining borgan joyida o'zi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan hadislari va oyatlar asosida hukm qilgan.
Agar bir masala, yangi bir masala chiqsa, o'zi o'rganmagan shahringizga borsangiz, buyetni urf odatlari va buyetda biz ko'rib turgan, yashab turgan hayotdan ko'ra boshqa joyning, boshqa shaharning hayoti o'zgacha bo'ladi va u yerdagilarga yukun berish kerak, masalani yechib berish kerak, shariatga muvofiq qilib. Shunda Qur'on va sunnatdan dalil topmagan vaqtlarida shariatga muvofiq bo'lgan maslahat, ya'ni shariat shunga bo'lishligiga rozi bo'ladigan hukmlarning aqllari bilan yetishganlar. Yoki shu yerning urf odatlariga qarab turib, urf odatlari shariatimizga muvofi q keladigan bo'lsa, shu urf odatlarni ham qabullashgan sahobiylar. Chunki shariatimizda al urfu muhakkama urf odamlarning urf odatlari shariatda xilof bo'lmaydigan bo'lsa, u qabul etiladi degan qoida asosida amal qilishi kerak. Bunga dalil, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Muozibni Jabalni Yaman shahriga jo'natganlar. Yaman shahriga da'vat uchun jo'natgan. Shunda jo'natayotgan vaqtlarida aytdiki, ey Muoz, dedilar, siz ahli kitobdan bo'lgan bir qavmning buzuriga ketyapsiz dedilar.
Ya'ni, ularga kitob berilgan Yahud va Nasoralarni oldiga boryapsiz. Demak ularda ilm bor. Erta borib da'vat qilgan vaqtingizda sizga ular tortishadi, dalil olib keladi. Shunga tayyor bo'lgan sahobiyni rasululloh sallalloh jo'natdilar. Chunki muozoq abdujabodni eng olim sahobiylarni olimlardan edi deb aytishadi. Shuning uchun rasululloh shunday da'vat joyiga o'shanaqa loyiq sahobiyni topib turib jo'natdilar da. Shunda ketayotganda imo dedilar, nima bilan hukm qilasiz dedi. Deganlarda allohning kitobi bilan hukm quraman dedilar. Agar siz shu masalada allohning kitobidan dalil topmasangiz, qanday qilasiz dedilar. Ya'ni qur'ondan dalil chiqmasa, qanday qilib deganlarda, payg'ambar alayhissalomning sunnatlari bilan hukm kilaman dedilar. Agar qur'onda ham, sunnatda ham dalil topmasangiz nima qilasiz deganlarida, unda ajdodidu biroiy o'zimning rohimga ish ish xodimga suyangan holatda hukm qilaman dedilar. Ya'ni aqlim bilan o'zimning shariatga muvofiq bo'lgan hukm bilan hukm qilman dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan xursand bo'ldilar.
Buning bu gaplaridan xursand bo'lganman. Va buni ulamolar aytishadiki, inson rayq, qiyos bilan hukm qilishligi, ba'zi masalalarning shariatda hukmi kelmagan bo'lsa, shuni qiyos qilib turib, boshqa masalalarga solishtirgan holatda shuni hukm bersa bo'ladi degan masalani olib kelishgan. Tushunarli bo'lgan bo'lsa kerak da. Ya'ni sahobiylarni zamonasida shaharlarga tarqab, shaharlarda qanday hukm berganligi ma'lum bo'ldi.
Endi sahobiylar har xil shaharlarda yashaganligi sababida shunday bo'lishi bilan birgalikda ularning orasida ham ixtiloflar bo'ldi. Ixtilof masalalari sahobiylar orasida bo'ldi. Va mana bu ixtilofning chiqib kelish sabablarini ba'zi bir ulamolar ba'zi bir sabablarni zikr qilishgan. Ixtilof chiqib kelish. Birinchi sababi deydi, bir sahobiy bir masalada shariatdan Alloh tarafidan keldi. Payg'ambar alayhissalomdan bir hadis eshitadi, ya'ni yechim eshitgan. Bir masala so'rab kelsa, bir sahobiy shuni Payg'ambar aleyhissalom so'ralayotgan vaqtida eshitib o'tirgan. Bu masalani biladi, eshitgan. Boshqa sahobiy bu masalani eshitmay qolgan. Shunda bu sahobiy bunday desa, boshqa sahubiy yo'q, bunday deb turib, hukm berishgan. Mana bularni orasida ixtilof paydo bo'lishini sababi shu bo'lgan. Bunga misol, eee, Abu Amir degan sahobiy dedilar, Ibn Amir degan sahubiy dedilar, ayollarning g'usulda yuvinayotgan vaqtida, g'usl qilayotgan vaqdida, sochlarini o'rgan holatda usul qilmasin, sochlarini yechib yuborsin deb turib, hukm bergan.
Mana shunday bir sahobiy shu hukmni chiqargan. U kishi o'zlarining fikriga, aqliga suyangan holatda shu hukm ni bergan. Rasulullohni eshitmaganlar. Lekin soch o'rilib tursa, suv teriga yetmaydi, tegmay qoladi degan ehtimolda va sochning ba'zilari yuvilmay qoladi deginligi uchun va soch yuvilmasa, demak, g'usl mukammal bo'lmaydi deb, shuning uchun u sochni yechishga buyurgan. Ammo Oysha onamiz u kishi aqllariga suyangan holatda dalil topmagani uchun aqli bilan hukm berdi. Ammo Ayshonamiz esa bu kishining hukmlarini eshitganda, men Ibn Amrning aytgan gapiga ajablanyapman dedilar. Bu kishi qayerdan oldi bu hukmni dedilar.
Bu ayollarning sochlarini yechib yuvinishga buyurgandan ko'ra, sochlarini qirdirib tashlay qolinglar demabdilar dedilar. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollari bo'la turib, bitta idishda yuvinardik va men sochlarimni o'rib olgan holatda, yechmagan holatimda qo'limda uch hovuch suv olib, boshimga quyib va sochlarimni oralariga qo'lim bilan o'sha suvni kirgizardim xolos va o'rilmagan sochlarimni yuvmas edim dedilar.
Demak, ikki sahobiyning orasida ixtilof bo'ldi. Oyshonamiz ko'rgan, Rasululloh bilan birla bo'lgan holni zikr qildi. Ibn Amr esa ko'rmagan, lekin aqllarga suyanib, sochlarga suv yetmay qolyapti deb, sochni yechishga buyurdi. Ixtilof chiqdi. Xo'p, endi ixtilof, sahobiylar davrida yana ixtilof bo'lishlikning ikkinchi, ikkinchi sabablari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba'zi bir amallarni qilgan vaqtlarida, uni sunnat, faraz, yoki mustahab degan narsani zikr qilmagan. Misol uchun, kechasi turib tahajjud namoz o'qiganlarida, buni turib sunnat ekanligini ham, farz ekanligini ham zikr qilmadilar. Qiyomullayl qilib taroveh namoz o'qiganda ham uni zikr qilmagandilar. Mana shunga o'xshagan narsalarda zikr qilgan. Endi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir fe'l, bir ibodat qildi, uni nima ekanligini zikr qilmaganda, sahobiylar shunga qarab turib, o'zlari ixtiloflashgan.
Ya'ni yaqqolroq bo'lish uchun misol keltiramiz. Tavof kaybatullohni tavof qilgan vaqtida tovoqda yetti marta Ka'bani aylanadi. O'sha aylangan vaqtida uch martasida, avvalgi uch martasida raml deydi, raml bu yuguribroq inson nimasini ko'rsatib, o'zining baquvvat ekanini ko'rsatir, yugurishlik. Mana shuni sunnat amal deyishgan. Chunki Rasululloh sallalloh yugurib qilgan degan. Va sahobiylarni yugurishga buyurgan deganlar. Buni jung'ur sahobiylar, barchacha sahobiylar buni sunnat deb ixtiloflashsa, Ibn Abbos bu sunnat emas degan. Ibn Abbosning dalili, buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu yerda bir hodisa bo'ldi, shuni uchun qildilar dedilar. Mushriklar Madinadan sahobiylar kelgan vaqtida tavof qilamiz deganda, ular kulishdilarda, sahobiylarni Payg'ambar ustidan kulib, Madinaning issig'ida zaiflashib ketgan bu kishilar qanday tavof qilarkin bir tomosha qilaylik deb, tog'ni tepasidan qarab turishgan edi. Shunda Payg'ambar alayhissalom, sizlar shu nimada o'ng tarafinglarni ochib olgan holatda dedilar, mushriklarga ko'rsatib.
Chap tarafinglar Ka'bagga qaragan holatda, buyog'i mushriklar ko'rgan holatda qo'llaringlarni, muskullaringlarni ochib va bardam yurgan holatda raml qilib, yana baquvvat o'zinglarni ko'rsatib, harakat qilib yuringlar deb, mushriklar ko'lish uchun shuni qildi derdilar. Endi hozir Makkada mushriklar yo'q, bu amalni qilish sunnat emas deb shunday degan. Demak, ikki sahobiy ixtiloflashdimi? Jumhur sahobiy Rasululloh qilgan, qilishlik sunnat deydi. Ibn Abbos esa, yo'q, hozir uni sababi yo'q, mushriklar yo'q, shuning uchun uni qilish sunnat emas deyishdi. Demak, sahobiylar davrida ixtilofni chiqib kelishi mana shundan bo'lgan. Lekin bu ixtiloflar ularni orasidagi aka ukachiligini, ota bolachiligini ayirib tashlamagan. Sahobiylarni bu ixtiloflarni. Bizni davrimizga o'xshab dushman ekan bu, bu sahobiy bunisiga dushman ekan degan gap kelib chiqmagan. Mana shuni yaxshilab tushunib olishimiz kerak. Demak, bu suratdagi ixtiloflar, qalblar ixtiloflashmagan, suratda bir o'zlari ta'vili bilan o'zlarining har birini dalillariga asoslangan holatda aytishgan.
Endi sahobiylar har xil shaharlarda o'zlarining mana shunday ilmlarini da'vat qilib yetkazib yurishdi. Shular davrida, sahobiylarning davrida endi al fiqh fii ahdit tabiiy, tobiynlar davri boshlandi. Tobiynlar davr qanday? Tobiyn degani sahobiylarni ko'rgan, Rasulullohni ko'rmagan kishilar. Rasulullohni vafot etib ketgan, ko'rmagan. Lekin, sahobiylarni ko'rgan kishilar tobiynilar bo'ladi. Shularning davrida fiqh qanday bo'ldi? Tobiynlarning ichidan, shu zamonda yashayotgan kishilarning ichida, katta katta olimlar, ahli ilmlar sahobiylarning qo'lida ta'lim olishdi. Sahobiylarning qo'lida dars qilishdi. Bular har xil shaharlarda dars qilishgan. Kufa, Bag'dod deymiz, Iroq. Mana shu joylarda misol Abu Hanifaga o'xshagan katta zabardast olimlar, ular katta katta sahobiylarning qo'llarida ta'lim olishdi. Va boshqa tobi inlar sahobiylarning oldin ta'lim olishdik. Juda ko'p tobi inlar ta'lim oldi har xil shaharlarda.
Shuning uchun ular har xil shaharda ta'lim olganligi uchun, biri birinchidan ustozini ilmidan boshqa ilm olmasdan, faqat o'zini ustozini ilmiga suyanishdi. Va ikkinchisi, fotvolar shu yerdagi shaharga munosib fotvolar berilganligi uchun o'sha fotvolarga asoslangan holatda fotvo berishdi. Shuning uchun bularning fotvolari har xil bo'ldi. Iroqda, Bag'dodda berilingan fotvo bilan Shomda berilayotgan fotvolarda ayirmachilik juda katta bo'ldi.
Zamona va shu joyning odamlarining urf odatlariga suyanib holatda fotvolar berildi. Tushunarli bo'ldimi? Al masalihil mursala degan qoidalar bor. Nimaga? Ba'zi odamlar savol berishi mumkin. Nimaga shariat zamonga ham qarab o'zgarib ketaveradimi va makonga ham qarap o'zgarib ketayveradimi? Bu bir xil turmaydimi deydi. Shariat zamondagi chiqayotgan har bir yangi chiqayotgan narsalarni shu zamonga munosib qilib va shu yerning urf odatiga binoan hukm beriladigan shunday narsa. Misol aytadigan bo'lsak, hozirgi kunda minilayotgan mashinalar va osmonga parvoz qilayotgan samolyotlarning hukmlari qanday bo'ladi? Minsa bo'lami, bo'lmaydimi?
Payg'ambar alayhissalom zamonida bo'lmagan. Endi shu zamonga qarab turib, unga hukm beriladi. Tushunarlimi? Endi ayollar shu mashinalarni minsa bo'ladimi, yo'qmi degan narsalar qo'yiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonasida ayollar tuya mingan. Oysha onamiz tuyalarini minganlar. Demak, shu vaqtda tuya mingan ayollar hozirgi kunimizda mashinalarning minishlikka haqqi bormi? Degan savollar chiqadi. Bu savollar shu zamonga qarab turgan holatda nima qilinishi kerak? Fatvo beriladi. Lekin aytamizki, endi biz yo'q. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam zamonda ayollar tuya mingan bo'lsa, hozirgi zamonda ayollar mashina minishga haqqi yo'q degan fatvo berilgan. Chunki u vaqtdagi tuyalarni yo'llarda to'xtatib, misol uchun tekshirilmagan. Bunday oladigan bo'lsak, postlardan o'tib, tekshirilib, dokumentlar tekshirilib, har bir postga kirib, ayollar misol o'zini kim ekanini tanitib, dokumentlari bilan bunaqa bo'lmagan. Hozirgi vaqtimizda esa har qanday mashina haydovchisi bu narsaga muhtoj bo'lganligi uchun, ayollar shunday holatlarga uchrab qolmasligi uchun ulamolar ayollarni minishligi mumkin emas deb fotvo bergan.
Demak, fotvolar zamoniga qarab o'zgarmayaptimi? O'zgariladi. Va bu ishoralarning, svetoforlarning chiqishligi, bularning yukmi qanday deydigan bo'lsa, bular ham Payg'ambar alayhissalom zamonida bo'lmagan. Va endi kelib chiqilgan narsalar, bularni ham shariatda har bir narsani hukmi bor. Shuning uchun bir odam ajablanmasinki, shariat bu o'zgarib turar ekan degan narsa kelmasin. Shariat har bir zamonga loyiq qilib Alloh Taolo tushirib qo'ydi. Va bu esa masalihil mursala shu zamonga durust keladigan hukm bilan hukm chiqarishadi ulamolar. Har bir odam chiqaravermaydi hukmni.
Xo'p, sahobiylarning demak zamonasida ixtilof bo'lishini sababi, tobinlar zamonasida ixtalof bo'lishini tababi, shu bir joyning olimini hukmini olganligi va ikkinchisi esa, shu joyning urf odatiga binoan hukm qilinganligi uchun ixtiloflar kelib chiqqan. Iroqdagi olingan fotvo bilan Misrdagi fotvolar bir xil bo'lmagan. Shuning uchun Shofii rahimahullohni birinchi Iroqdagi fotvosi, yangi eski fotvo va Misrga ko'chgan vaqtida boshqadan fotvo bergan yangi fotvolari deb shunday ataladi.
Eski fotvosi va yangi fotvosi deb ataladi. Mana shunaqa har joyni o'ziga qarab turib va shu yerga munosib qilib turib, shariatimizdan fotvo bergan. Endi mazhablarning endi tobeinlar davrida boshlanadi chiqib kelishligi va bu mazhablar biz bilgan faqat to'rt mazhab bo'lmagan. Mazhablar juda ko'p mazhablar bo'lgan. Mazhab degani, bir olim, mahkam ulamo olim bo'lib, shuni atrofiga shu davrda yig'ilgan shogirdlarning ushlagan yo'llari bir mazhab hisoblangan. Hozirgi kunimizda, misol uchun oladigan bo'lsak, Qorabuloqdagi darslar berayotgan kishi va darslarga qatnashayotgan kishilarni va ularning berayotgan fotvolari bilan Manikentimizdagi bo'layotgan bir kishining da'vati va uning shogirdlarini fotvolari, u ikki mazhab hisoblangan shu vaqtda. U kishining mazhabi deyiladi, bu kishining mazhibi deb shunday ismlangan. Har bir olimni o'zining fotivosi va o'zining shogirdlari bo'lgan. Mana shuni mazhad deb, shu bir to'da kishilarning yo'li, yo'llanmasi deb ishlayman.
Bular juda ko'p bo'lgan. O'n besh, yigirma olimlar bir zamonda yashasa, bularning har birini o'zining shugirdlari bo'gan. Misol uchun, Sufyonovni uyayni, Sufyonov sovrey, Tolus, mana bularga o'xshagan katta katta olimlar bo'gan. Bularni ham o'zini shu vaqtda davrida o'z ilmiga suyanib va o'zi fatvo bergan. Birovni fatvosini olmagan.
Mana shunaqa katta olim bo'lganligi uchun o'zi Qur'on, sunnatdan va unda topmagan narsalarni ishtixodi bilan, ya'ni dalil, o'z aqli bilan dalillar shunday aytganligi uchunga ulan mazhab bo'lgan. Lekin bu maslahatlar qolmaganligining sababi, ularni shogirdlari ustozlarining ilmlarini kitobga tushirib va uni saqlab qolmaganligi uchun. Ular o'lgandan keyin shogirdlari boshqa kishilarni qo'liga shogird bo'lib ketib qolganligidan, ularning maslahatlari yo'q bo'lib ketgan. Tushunarli bo'ldimi? Ular o'lishi bilan uni shogirdlari boshqa kishilarning qo'llariga shogird bo'lib ketib qolganligidan haligi birinchi ustozning yo'lini ushlab, uni kitoblarini yozib qoldirmaganligidan ularning kitoblari, mazhablari yo'q bo'lib ketdi. Faqat biz bilgan to'rt mazhabgina qoldi. To'rt mazabgina, biz bilgan to'rtt mazhabgina quldi.
Bu mazhablar eng avvalo Imom Abu Hanifaning mazhablari, va ikkinchisi Imom Molik mazhablari, Imom Ishofiy mazhablari va Imom Ahmad mazhablari tartib bilan mana shunday bo'lgan. Bularni chalkashtirib, orallashtirib aytmaslik kerak. Chunki ularning tarixlariga to'g'ri kelmay qoladi. Demak, chiqib kelishlarini tushunarli bo'ldi a? Mazhablar qanday chiqib kelganligini. Mazhablarni chiqib kelishi, sahobiylarni qo'llarida yoki taomillar qo'llarida dars olishib, shularning ilmlarini saqlab qolgan shogirdlari sababli ularning mazhablari kitoblarda bitilib saqlanib qoldi. Mana bu mazhabning chiqib kelishlik sabablarining biri. Endi mazhab egalariga to'xtalamiz. Mazhab egalari kim ekanligi bilan ozgina qisqacha tanishib o'tamiz. Keyin ixtiloflar, ularni orasidagi ixtiloflar qanaqa bo'lganligi va bu mazhablarning bir biridan farqlariga mana shularga to'xtalamiz hozir. Birinchi mazhab egalarining birinchisi Imom Abu Hanifa rahimahulloh bo'lgan.
Bu kishi hijratning saksoninchi yili dunyoga kelgan. Va hijratni yuz ellikinchi yili vafot etgan. Yoshlari yetmish yoshda bo'lganlar. Biz bu kishini zikr qilishligimiz ayni islom odoblari deb o'tayotgan darsligimizdagi ulamolar bilan bo'lgan odobga to'g'ri keladigan joyi shu yerda.
Bu kishining hayotida yo bu kishining mazhablarida insonlar ikki toifaga bo'lingan. Bu kishining mazhablarida barcha insonlar ikki toifaga bo'lingan. Bir toifasi ko'r ko'rona mazhabga yopishib, mutaassib bo'lib qolgan. Mazhabga yopishib, mutaassib bo'lgan mazhabdan chiqmaydi. Qur'on olib kelsangiz ham, menga Qur'on emas, mazhabni ayt deydi. Hadisni olib kelsangiz ham, menga hadis kerak emas, mazhabni so'zini aytib, yopishib qolgan kishilar. Bular nodon va johil kishilarning eng ayni o'zlari shular bo'ladi.
Bu bir toifasi. Bizlar nima uchun nodon deganligimizni hali isbotlab o'tamiz. Chunki mazhab egalari ularni menga yopishinglar meni gapimga yopishib qolinglar degan so'zni hech qachon aytmaganlar. Hattoki ular aytganki, agar mening so'zimga hadis xilof kelsa, meni so'zimni uloqtirib tashlanglar da, hadisga amal qilinglar. Qiyomat kuni men sizlarga Allohni oldida hujjat bo'lolmayman degan. Bir amal qilsangiz da, shu amalingiz sahih hadisga xilof bo'lib qolsa, mazhabning yo'lida qilgan bo'lsangiz shu amalni, Allohni huzuriga borgan vaqtida buni mazhab bilan qildim desangiz, mazhab egalari buni qabullamas ekan. To'rt mazhab ham shu gapni aytgan. Shuning uchun bularni gaplarini bilmay turib, mazhabga yopishib olgan kishilar bir toifasi shunaqa bo'lgan.
Bular mazhabga odob qilmagan, mazhab egalariga, ular aytmagan so'zni tuhmat qilgan kishilar mana shular bo'ladi. Nima uchun unday tuhmat qilishadi? Mazhabda yo'q gapni ham hozirgi kunda yashab turgan kuniga muvofiq bo'lishligi uchun ikki gapni birini aytadi da, bu Imom A'zam mazhabida shunday deb qo'yaveradi.
Aslida qarasangiz, Imom A'zam mag'zabida umuman unaqa gap yo'q. Ikki gapni aytadida, o'zini havoyi nafsiga durust keltirish uchun Imom A'zam nazarida shunday deydi. Mana hozirgi kunda bo'layotgan to'ylarni xabaringlar bor. Islomiy to'ylar hammamizga ma'lum bo'lyaptiki, to'y qilayotgan kishilar chet ellarda o'qib kelib, mana bunga da'vat qilganlar va bular Vahobiylarning yo'lini tutgan kishilar Islomiy toy qilyapti deb gazetagacha chiqdi.
Jamara junguru bilan qilayotgan qizil to'ylar, aroq qo'yilayotgan to'ylar Imom A'zam mazhabiga durust bo'lgan to'ylar ekansiz. Shu gapni aytayotgan odam, bu kishiga tug'ma qilishdan Allohdan qo'rqish kerak. Imom a'zamning aytgan gaplarini mana birodarimiz bilan birga kitobda ko'rdik.
Istima ul g'ina fisq. Vattalar duddi hind kufr degan gaplari bor. Imom a'zam aytganlar, imom a'zamni gapi kerak bo'lsa, imom a'zam aytganlarki, kuy musiqaga quloq tutishlik fosiqlikdir deganlar. Va undan lazzatlanib, ezvordi bu qo'shiq deyishlik kufrdir, kofrdir dindan chiqib ketadi deganlar. Bu imom a'zamning yaklari. Biz o'ylaganday imom a'zam nima harom narsani qilsak, baribir mazhabga durust. Degan gap emas u. Shuning uchun ular Allohdan qo'rqishsin. Ikki narsani biriga Imom a'zam mazaxabi deb turib, dalil keltirayotgan odamlar qo'lida kitob, boshqa kitobni bilishmaydi. Jomiyin ma'sud degan kitob va muxtasar degan kitobni dalil qilishadi. Vaholanki, bu kitoblarni Imom a'zam hayotida ko'rgan emaslar.
Mana shu yozilgan kitoblarni, imom a'zamhayotida ko'rmagan u kitobni. Shuning uchun bu kitoblarni olib kelib mana Imom A'zam mazhabida deyotgan odamlar Alloh'dan uyalishi kerak. Siz yozmagan kitobni buni sen yozgansan deb tuhmat qilsa, qanchalik g'ashingiz keladi? Shuning uchun Imom A'zam ham o'lib ketgandan keyin, u qilmagan ishni tuhmat qilishlik, uning mazhabi deb butun rasvo narsani unga suyagan holatda qilaverishlik bu shariatimizda emas. Ikkinchi toifa ikkinchi toifasi, bular mutloq mazhab yo'q deydigan mazhab bizga umuman kerak emas deydigan bir toifa. Bu ham nodonlik va olimlarimizga bo'lgan odobsizlik bo'ladi.
Odobsizlik bilan. Mazhab da shariatimizga durust kelgan hadislarni barchasi olinadi va shariatimizga xilof kelgan joylariga esa sahih hadislar qo'yilgan holatda amal qilinadi. Tushunarli bo'ldimi? Mazhabda durust, sahih kelgan hadislarni barchasini olamiz. Ba'zi bir zaif hadislar kelib qolsa mazhabda, biz shuni o'rniga Payg'ambarimizdan kelgan sahih hadis bo'lsa, shuni qo'yib amal qilamiz. Chunki barcha mazhablarga ishlov berilgan. Barcha mazhaplarga ishlov ber ilgan. Faqat Imom Abu Hanifaning mazhabiga ishlov berilmagan.
Bu degani nima? Biron bir davlat yo'qki, har bir davlat o'ziga bir mazhabni ega nima qilgan, fotvo berish uchun olishgan shu mazhabni. Va shu mazhab asosida fatvo beradi. Eng sunnat bilan yuradi degan davlat, Arabiston davlati bo'ladigan bo'lsa, Arabiston, Saudiya davlati bo'ladigan bo'lsa u davlat ham Imom Ahmad Hambaliy mazhabida fatvo berishadi. Barcha olimlari shu mazhabdan chiqmagan holatda fatvo beradi.
Ammo o'sha mazhabga shu joyning olimlari mazhabning, o'sha mazhabda kelgan kitoblarni barchasini tekshiruvdan chiqarib, o'shanday zaif kelgan hadislarni o'rniga sahih hadislarni kirgizib, ishlov bergan. Imom Shofinikiga ham, Imom Moliknikiga ham. Imom Abu Hanifanikiga bunday ishlov bo'ladigan zabardast olimlarni chiqmaganligi sababli mazahabiga ishlov berilmay qolgan. Tushundinglarmi?
U kishilar zamonasida qo'lining kelganicha ishtixod qilib olim bo'lgan shuning uchun biz u olimlarni qilgan harakat ishtixonini bir chaqaga olmasdan turib, Imom Abu Hanifami, Imom A'zammi? Ha, u kishi adashgan kishi ekan u. Bid'atchi ekan u. U unaqa ekan, u mazhab o'zi bo'lmagan ekan. Bular ahli mutakallim deyilgan, ahli raydaygan ekan, bularni deb, ha bu kishi ham o'zi so'filaridan shekilli, Imom Abu Hani fanni gapirishni boshladi. Sumnakni yaxshi ko'rmaydigan kishilardan ekan, degan gaplar darrov yigitlarni orasiga tarqaydi. Buni olimlar hozirgi kunimizda zamonaviy, zamonamizdagi olimlardan Ibn Abbos Musaymin rahimahullohga o'xshaganlar, bu to'rt mazhabni butun ahli islom qabullagan, ijmo qilgan, uni hech kim endi uch mazhabga tushirib qo'yishga, bu Abu Hanifani mazhabi bo'lmagan deb uchga tushirishga haqqi yo'q deyishgan. Ollohni fazli bergan marhamati bu kishiga uni mansablarini Alloh Taolo saqlab qo'yganligi bu. Shuning uchun biz odob qilishimiz kerakki, olimlar bilan bo'lgan odobning biri, ularning darajasiga biz hali yetib borganimiz yo'q. Ularning ibodatlariga yetib borganimizyo'q.
Ularining ilmlariga yetib borgannimiz yo'q va yetolmaymiz ham. Ularni taqvosiga yetib borganimiz yo'q. Endi shunchalik qilgan odamlarni biz arzimagan unaqaga tilimiz bilan shunday, e, u odam qanaqa odam emas u devorishlikdan Allohdaan qo'rqish kerak. Allohdan qo'rqish kerak. Shuning uchun bir kishi bir amal qiladi deydi, a? Va innarojin layatakallamu kalimatann la yubalay fihabal bir kishi bir gapni unga ko'ngil bo'lmasdan, oqibati nima bo'lishiga ahamiyat qilmasdan bir gapiradi va o'zi bilan jannatdin dedilar, yetmish yillik masofaga uzoqlashtirib yuboradi dedilar. Arzimagan tilimizdan shunday chiqib ketadi. Bir olim haqida so'ralsa, u olimni yo yaxshi, yo yomon, yo rasvo deb turib bemalol aytaveradigan bo'lib qolganmiz.
Bir kishi haqida so'rasa, darrov u haqida to'liq ma'lumot berishlikka allohdan qo'rqmagan holatda aytamiz. Buni g'iybat ekanligi, bu olimni ustidan gapirayotganligimiz, oddiy bir kishini ustidan gapirsangiz o'zi oxiratni kuydirib qo'yishimizni biz ko'r nimamizga ham keltirmaymiz, xayolimizga. Mana shu sofiya.
Oysha onamiz aytdilarki, sofiya onalarimizni ko'rsatib aytdilarku, sofiya onlarimiz dedilar, kichikroq ekanlar, kichikroqullar dedilar. Bo'ylari pastak dedilar. Shunda payg'ambar alayhissalom aytdilarkki, sizga dedi g'iybat qilganingizda mana shu gapni o'zi yetarli dedilar. Shunda men ya rasululloh, agar shu sizni gapingizni dedilar, dengizga tashlaganda dedi, dengizni suvlarini sasib yuborgan bo'lardim dedilar.
Shunda, ya Rasululloh, men g'iybat qilmadim, men undagi bor narsani aytyapman, pastakkina o'zi yaralish shunday deganlarda, siz unda bor narsani aytib g'iybat qilyapsiz. Agar yo'q narsani aytganingizda bo'hton qilgan bo'lardingiz dedi. Yo'g'ini aytganimizday bo'xton. Borini aytganimiz uchun g'iybatga kiryapti dedilar. Shuning uchun inson bir kishi haqida so'ralgan vaqtida bu tilni saqlab juda ehtiyot bo'lib turishligi kerak. Bilib bilmasdan fatvo berishlik, bilib bilmasdan bir kishi haqada gapirishligi juda og'ir masala.
Sahobiylar yoki saraf solihlar o'zlarini hayotlarini juda qattiq tekshirishgan. Mana Ibn Sirin rahimahulloh ta'biyinlardan bo'lgan kishi. Bu kishi Anas ibn Molikni davrida yashagan. Anas ibn Moliq eng oxirgi vafot etgan sahobiylardan. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan keyin to'qson yil yashadi dedilar. Payg'ambarning vafotidan keyin to'qsson yil yashagan ekan. Yoshlari yuz o'n besh larda, shularda vafot etgan. Payg'ambar alayhissalomni huzurida o'n yil xizmat qilgan sahobiylardan biri. Shunda Payg'ambar alayhi salom Allohim akfir ma lahu va barakatuh va barik lahuh fima ot eto allohim sen uni moliga va farzandlariga baraka ber va bergan narsalaring, mol va farzandini ko'paytir va bergan mol farzandingda barakat ber deb duo qilganlar. Duolarining barakasi sababidan Anas ibn Molik tiriklik davrida uch yuz oltmishta o'zini zurriyotidan tarqagan nevara chevaralarini ko'rgan. Uch yuz ooltmishtasi.
Uzun hayot ko'rgan sahobiylarning biri edi. Shu kishi vafot etayotgan vaqtlarida meni jasadimni dedilar, Ibn Sirin, Muhammad ibn Sirin Yusuf dedilar. Shunda Muhammad ibn Surinni izlab borishgan vaqtlari edi, Muhammad i bin Sirin qamoqda qamalib turgan davri edi. Shunda olib chiqib, Anas ibn Molik sahobiyning jussasini, oxirgi vafot etgan sahobiy. Undan keyin sahobiy bo'lmagan. Shuni jussasini Anas ibn Moliy yuvganlar. Muhammad ibn Sirin yuvganlar. Yuvganlarida yuk bo'lib, daxnlab, aytganlarda so'rashgan, siz nimaga qamoqda o'tiribsiz? Shunchalik martabangiz katta tobinlardan ekansiz deganlarda, men qirq yil avval bir gunoh qilganman dedilar, shuni jazosini endi tortyapman dedilar. Shunda qanaqa gunoh qildingiz deganlarda, bir kishiga ey muflis, ey gado deb aytgan edim dedi. Shu bir kalima, bir aytgan gapim sababli Alloh shularni atolo meni dedi, gadolik anaqasiga balosiga uchratdi dedi. Va odamlardan qarz olib, to'lay olmay, qarzga botganligimdan meni qamoqqa qamalishlikka hukm qilib, qamoqda o'tiribman dedilar. Qirq yil oldin ey gado degan so'ziga Alloh Taolo jazoni qirq yildan keyin xuddi shu narsaga ham iltilo qilib musibat qiladi.
Shuning uchun bir olim haqida u olimni taqvosi yo'q. U olimni ilmi yo'q, u olim o'qimagan, Abu Hanifa murja bo'lgan, Abu Hanifani mutloq ilm olinmaydi, deyotgan odamlar, bular ikkinchi toifadagi odamlar, bilar Allohdaan qo'rqsin. Butun ummat ijmo qilib tursa to'rt mazhabni boring. Nimaga bo'lmasa ular bir mazhabni olib tashlab uchga tushib qo'ya qolmadi? Butun ummat ijmon qilib turgan narsani biz bugungi kunda ilmdan zarnacha olmay turib, dengizdan bir tomchi ilm olmay turib, olimlar haqida gapirishdan Xudodan qo'rqishligimiz kerak.
Abu Hanifaning Abu Hanifa tijoratchilar uyida, xonadonida dunyoga kelgan va dadalari deydi, bu rivoyatni qanchalik sahih ekanligini Allohu a'lam, dadalari sobit, ismlari No'mon ibn Sobit bo'lgan Abu Hanifa. Bu birodarimiz aytganlaridek, men u misolni ham keltirib o'tdim. Ba'zi kishilar mazza mazzat deb tortishayotgan kishilarga taajjublanasiz. Abu Hanifa bunday debdi deb aytsa, aytar ekanki, Abu Hanifani qo'ygin, uni gapini olib kelma, menga Imom A'zamdan gapir deyishadi.
Mazhab, mazhab deb fido bo'lib jon berayotgan kishilar mazhab nima ekanini o'zi bilmaydi. Abu Hanifa kim ekanini bilmaydi. Abuxanifa bunday deganda esa, sen abu hanifani aytma bizga. Bizga imom a'zamdannayt deyar ekan. Bu Imom A'zam deganlari, Abu Hanifa kuniyalari, laqablari, ismlari No'mon ibn Thobid degan kishilar. Menga aytganda, bir joyda bir kishi savol beryapti. Bu savolni agar esimdan chiqmagan bo'lsa, yigirmanchi marta berishi bo'lsa kerak.
Savol, bir savolni doim beradi shu kishi. Va mazhabda qanday deb qo'yadi? Shu savolni bergandan keyin. Men aytdimki, siz dedim, bu savolni berishingizdan avval dedim, yaxshi berdingiz dedim. Sizga javob berishimdan avval sizdan mazhabni yaxshi ko'rasizmi deb so'ramoqchiman dedim.
Mazhabdan chiqib ketdi, boshqa yo'lda yuribsizmi yo mazhabni ya xshi ko'rasizmmi desam, men mazhabdagi odamman dedilar. Unda dedim, mazhabning egasi, o'sha mazhabni boshqasini ismini to'liq ayting chi desam qarab o'tiribdi. Ismini bilmaydi. Mazhabdagi kelingan kitoblardan ikkitasini ayting chi dedim.
Ikkitasini zikr qiling desam, ikkita kitobni ismini, men ichini aytmayapman, kitobni ichida nima yozilgan deganim yo'q. Ikkitasini ayten desam, ikkitasini ziki qilib beraman. Men aytdimki, siz dedim mazhabdagi odam emas ekansiz, vahobiy ekansiz dedim. Durustlar, mazadni bilmagandan keyin, imom a'zoni ismini bilmasa, uni kitoblarini bilmasa, u aytayotgan gapi, butun ummatni adashtirayotgan shunaqa kishi bo'ladi da. Shunday deb aytdik. Chunki tuhmatlar bizga shunday bo'lgandan keyin, biz ham o'zlariga hal jazavul ehsan, illal ehsan.
Mukofoti o'ziga o'xshagan mukofot bilan qaytadi da. Har bir narsani o'zini javobi shunday bo'lar. Demak, u kishining dadalari dedilar, sobit dedilar, dadasi No'mon. Uni endi bobolari sobit, ali rodiyallohu anhuni yuzerlariga yosh davrlarida bolalik vaqtida dadasi bilan borgan dedilar. Va ali rodiyallohi anhuga podshohlarning dasturxoniga taqdim qilinadigan faoliy uchun degan taomni qo'ygan dedilar. Shunda ali rodiyallohan bu o'g'lingizmi deganlarda, ha bu meni o'g'lim sobit deganlarda, alloh subhanahu va taolo umriga va zurriyotingizga baraka bersin deb duo qilganlar deganda.
Mana shunday rivoyatlar kelgan ekan. Sov. No'mon, ya'ni Abu Hanifa. Abu Hanifa, No'mon Imom Azam deyiladi. Bu kishi tijoratchilar xonadonida bo'lganligi uchun, shu xonadonning. Yashaydigan va kasbi bilan shug'ullandi, tijoratchi bo'ldi. Lekin bugungi kunimizda bizning tijoratchilarga o'xshagan tijoratchi emas edi. Biz tijorat qilamiz. Xoh satan hozirgi kunda musulmonman deyayotgan birodarlar bilan ham oldi berdi qilib ko'rib, keyin sahobiylar bilan tobinlarni davrini eslab yig'laysiz da.
Oldi berdi qib ko'rganingizdan keyin. Shuning uchun u kishi tobeinlardan bo'lgan no'mon rahimaulloh bu omonatlik savdogorlardan edi. Buning nimasiga, shu qilgan omonatli ekanligiga ba'zi bir dalillarni keltirishga aytadiki, bir kuni huzurlariga, dedilar, bir ayol kelib qoldi. Kelib, bozorda mana bu kiyimni olasizmi deb, abu hanifaga berdilar, dedi. Shunda abu hanifa necha pul deganlarda yuz dirham yoki dinar dirham dedilar. Shunda ayol aytdilar. Shunda abu hanifa aytdilarki, bu yuz dirham emas dedilar. Bu qimmat turadi deganlarda ayol ikki yuz dirham bera qoling dedilar. Unda abu hanifa ikki yuz dirhem bo'lmasa kerak, bu ikki yuz dan qimmat dedilar. Deganlarda hatto to'rt yuz ga chiqqanlarda hali ayol aytdiki, siz meni masxara qilyapsizmi dedilar. Deganlarida keyin Abu Hanifa bozorni yaxshi biladigan odamni olib kelib turib, bu necha pul turadi deb nima qilganlarda, savdo qilganlarda besh yuz dinar turadi dedilar. Yoki dirham. Keyin Abu Hanifa o'sha pulga ayoldan besh yuz dirhamga shu kiyimni sotib oldi deydi. Endi hozirgi kunda qaysi kishi misol bozorga olib chiqqan narsasini birovdan olayotgan bo'lsa, ustiga narx berib turib oladi.
Xuddi shunga o'xshagan savdo hozir topiladimi? Mana bu onomatlik, taqvodor odam ekanligiga dalolat qiladi. Bir musulmonning haqqi bekordan bekor ketib qolmasin deganligiga dalolat quriladi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nimaga savdo savdogarlar bozorga kirmay turib, yo'lda ularning yo'liga chiqib, narsalarni sotib olishdan qaytargan.
Mol bozorga borayotgan molni bozorga kirmasdan turib, eshikning tashqarisidan turib sotib olishdan qaytarilgan. Mol bozorga chiqayotgan birodarlar bo'lsa, yaxshi bilib olsin. Chunki olib kelayotgan kishi bozorga bir yilda bir marta tushadigan kishi bo'lsa, bozor qanaqa ekanligini bilmasligi mumkin va bu odam bu moling ellik mingga turadi deb turib, yuz minglik molni ellik mingga olib qo'yishi mumkin da, haligi kishi aylanib qolishi mumkin. Bozorning ichiga kirgandan keyin, bozorning ichidagi savdo, hech bo'lmaganda bu ziyon bo'lsa ham, lekin haliginikidan ko'ra kamroq bo'ladi ziyon. Bozor savdosi beriladi, bozor ichida. Shuning uchun boyagi bozorga kiritmasdan turib yo'lda to'sib olib savdo qilishni Payg'ambar yasab qaytarganlar.
Mana bu Imom Abu Hanifa ham xuddi shunga o'xshab bu kelgan ayol bozorni bilmaydigan kishilarga bozorda buning narxi necha ekanligini bildirib turib, keyin sotib olganlar. Hm. Ilm talab qilish sabablarini zikr qilganlarida ulamolar Abu Hanifa qanday ilm talab qildi deganlarida, ulamolar aytishganki, bir kuni Abu Hanifa Shabiy degan olimning huzuridan ko'chada o'tib ketayotganlarda Shabiy Abu Hanifani chaqirdi. Shunda kimlar bilan aralashib yuribsiz ey Abu Hanifa deganlarda, men bozorda savdogarlar bilan aralasha yuribman deydi. Unda Shafiya aytdilarki, men bozorni nazarda tutmayapman. Olimlardan kimlarga aralashyapsiz deganlarida, Shah, Imom Abu Hanifa aytdiki, men olimlarga ko'p aralashmayman dedilar. Shunda Shabiy, katta olim kishi aytdiki, agar siz dedilar, shu olimlarga aralashsangiz yaxshi bo'lardi, chunki sizda to'liq aql va zakovat bor ilm oladigan dedilar. Abu Hanifa aytadiki, mana bu aytgan bir og'iz kalimasi mening qalbimda ilmga bo'lgan mahabbatni uyg'otdi deganlar. Shuning uchun, bu uyimizda farzandlarni tarbiya qilayotgan vaqtda, adab tarbiya til avlod, bolalarni tarbiya qilish odoblari degan temada inshaalloh aytamiz, farzandlarni sendan hech narsa chiqmaydi.
Sen odam bo'lmaysan, degan kalimalarni ishlatmaslik kerak. Ularga olim bo'lasan, senda bunaqa hislat bor, senda unaqa hislat bor deb turib, doim maqtashlik yaxshi bo'ladi. Va ko'proq sen arab tilini o'qisang va sen ilm o'qisang katta olim bo'ladigan turqing bor ekan degan kalimani ishlatsa yaxshi bo'ladi. Bizdagilar bo'lsa, iloji boricha sen traktorist bo'lasan, sen buxgalter bo'lasan, seni unaqa bo'lasan deb qo'yadi. Insonni qalbi shunday narsa. Darrov bitta kalima bilan o'zgarib ketishi mumkin. Shuning uchun biz Imom Molikni hayotiga kelganda xuddi shu narsaga to'xtaymiz. Imom Molikni hayatida onalari Imom Molikni, hayotlarini o'zgartirgan kishilarning biri Imom Molikni onalari bo'lgan. Demak, mana shu sabab bo'ldi dedilar, men ilm talab qilishlikka onalarim sabab bo'ldida dedi. Imom Abu Hanifani hadisda, hadis ilmida va fiqh ilmlardagi manzilati qanaqa bo'lgan? Ba'zi odamlar hozir aytdiki, Imom Abu Hanifa hadis bilmagan, hadisda yurmagan deydigan kishilarga, olimlar Imom Abu Hanifani haqida qanday nima berishgan, tazkiyalar berishgan.
Va u kishiga ulamolar qanday maqtov so'zlarni aytganligini aytamiz. Albatta, olimlar, ular bizga o'xshab fosiq bo'lmagan. Biz birovni nima qiladigan bo'lsak, shunday yuziga, ko'ziga qarab turib, foyda keladigan bo'lsa, sizdan yaxshi odam yo'q deb maqtaymiz. Foyda kelmaydigan bo'lsa eng rasvo odam ekan deb turib aytib qo'ya qolamiz. O'ylanib o'tirmasdan. U imomlar, olimlar unaqa bo'lmagan. Ular bir odamni maqtaydigan bo'lsa haqiqatdan shunda shu sifat topilganligi uchun maqtagan.
Agar shu sifattopilmasa, to'ppadan to'g'ri yomonlab qo'ya qo'ygan. Bizga o'xshab ikkiyuzlamachilik bo'lmagan. Shuning uchun Abu Hanifa haqida maqtagan olimlarga to'xtalamiz. Demak, shunday olimlar agar Abu Hanifani maqtagan bo'lsa, bugungi kunda biz Abu Hanifaga til tegizishlikka hech qanday haqqimiz yo'q ekanligiga iqror qilamiz. Qola xalaf ibn ayyub, sora ilmu minalloh ila muhammad tinma sora ila ashabihiy tinma sora ilat tabiiyin tinma sora ili abiy hanifa va ashabihiy va man sha'af al yordo va man sha'afal yasqob.
Xalaf ibn Oyyub degan kishi aytdilarki, ilm dedilar. Alloh tarafidan Muhammad alayhissalomga berildi, dedilar. Muhammad alayhi salomdan sahobiylarga ko'chdi. Sahobiylardan sohibiyinlarga o'tdi. Va tobeinlarni ichida Abu Hanifaga berildi dedilar. Kim xohlasa shunga rozi bo'lsin, kim xohlamasa g'azab qilsin, baribir Abu Hanifaga beringan ilmga nuqson yetkaza olmaydi. Shu kungacha endi Abu Hanifaning davridan shu kungacha tosh otishyapti, lekin Abu Hanifaning ismini o'chirib yubormadi. Va uni mazhabini olib tashlay olmadi. Qachon aytadigan bo'lsak, to'rt mazhab deb kitoblarda zikr qilinadi. Hech kim uni o'zgartira olmayapti. Xohlasin, unga rozi bo'lsin, xohlasin, g'azab qilsin, uni olib tashlay olmaydi.
Qola Abu Yusuf rahimahulloh shogirdlari, Abu Yusuf aytadilarki, maro aytu ahadan aylama betafsiril hadif min Abi Hanifa. Va hola aylan kan a abu hanifa abu sor bil hadithi sahih minni. Abu Hanifadan ko'ra hadisning tafsirini biluvchiroq odamni ko'rmaganman deganlar. Abu Hanifada ko'ra hadis tafsirlarini, sharhlarini biluvchi odam ko'rmagan man deydilar. Abu Hanifa sahih hadislarni mendan ko'ra yaxshi bilar edi deganlar.
Demak, shunday, olimlar shunday deb turgan bo'lsa, Abu Hanifa hadisini shunchalik biladi deb. Bugungi kunda Abu Hanifa hadis bilmagan, murjiya bo'lgan deganlar chi. Qori Abdulloh ibn Dovud degan kishi aytadilarki, yajibu ala ahli islom an yad u valloh ali abiy hanifa fil salavotihim va zikri hifzihi alayhim as sunan val fiqh dedilar. Ahli islomga dedilar, besh vaqt namozlarda Abu Hanifaga duo qilishlari vojibdir, chunki bizga dedilar Abu Hanifa fiqh masalalarini va sunnatni saqlab qolgan kishilarning biri Abu Hanifa edi dedilar. Fiqhni va hadisni saqlab qo'ygan kishilarning bir Abu Hanifa ed. Shuning uchun u kishiga ahli islom namozlarida duo qilish vojib deganlar.
Bu bizga namozda Alloh rahmat qilsin deyishni o'rniga, biz u kishiga tosh otib tursak, qiyomat kunida holatimizga voy bo'ladi. Men a dali valiyan faqat a dan tohu bilharib. Payg'ambar alayhissalom aytadiki, men kim mening valilarimga, mening do'stlarimga aziyat yetkazgan bo'lsa, men unga urush e'lon qilaman deb turibdi. Allohning valilari kim deganlarida Ibn Abbos aytganlarki, men ulamolardan boshqa odam Allohning valisi deb bilmayman deganlar. Olimlar Allohning valilari, do'stlari degan ekan. Demak, bu olimlar Allohni do'sti bo'ladigan bo'lsa, ular haqida bo'lar bilmas gaplarni aytayotgan kishilar, demak, Allohga urush e'lon chiqqan kishilar. Alloh bilan urushgan kishilar hargiz mag'lub bo'ladi. Yengmaydi, yengiladi. Shundan qo'rqishlik kerak inson.
Vaqola Makkiy ibn Ibrohim, ka'na Abu Hanifa al muvofiqoh ahli zamanihi, deganlar. Makkiy ibn Ibrohim, Sufiyonis Sovrey, Ibn Muborak eng katta olimlar, muhaddis olimlar aytyaptiki, Abu Hanifadan ko'ra deganlar, o'zimizni zamonasida, o'z zamonasida Abu Hanifadanko'ra fiqhni biladigan odam bo'lmagan deganlar.
Vakiy ibn al Jarroh aytyaptilarki, bu vakil Shofiy rahimahullohning ustozlari. Shofiy rahimohullohning ustozilari vakil. Shu kishi aytyaptilarki, ma'laqi tu aqadin ahadan afqoha min Abiy Hanifa va la axsana solatun min hu. Men Abu Hanifadan ko'ra faqihroq va ko'p yaxshi namoz o'qiydigan odamga yo'liqmaganman deganda. Shofiyning ustozlari shunday deb maqtasa, va boshqa imomlar maqtayotgan bo'lsa, biz buni zikr qilishimizni maqsad, shuncha imomlar maqtagandan keyin biz qanday jur'at etamiz bu kishini haqlariga gapirishlikka demoqchimiz. Imom Shofiy aytadilarki, man aroda an yarifal fiqh hafal yalzam abakhaniyeva, Imom Shofiyning o'zlari aytganlarki, bu boshqa mazhab imomi, Shofiy. Shu kishi aytyaptilarki, kim fiqhni bilishlikni xohlasa deganlar. Imom Abu Hanifani lozim qilsin va u kishining asxoblarini, shogirdlarini mahkam ushlasin deganlar. Insonlar innannasakullahum iyalun alayhi fil fiqh deganlar. Insondlarning barchasi fiqh masalalarida Abu Hanifaning farzandlari bolachalaridir degan. Ya'ni Abu Hanifaga yeta olmaydi. Abu Hanifa birinchi bo'lib turib fiqh masalani jamlagan va tartiblashtirgan va unga usul, fiqhning asl binolarini qo'ygan, qoidalarni qo'ygan kishilarning bir shu kishi bo'lgan.
Shuning uchun bu kishi yetolmaydi hech kim deganlar. Shofiy rahimahulloh aytadilarki, man lam yonzur fiy ko'tib ya bey hanifalam yata ba harfil ilmiy va la yata faqqa vakan Abu Hanifa va qulfil fiqh musallamlahu deganlar. Shofiy rahmonlar aytadiki, kim Abu Hanifaning kitoblariga qaramas ekan, u hargiz ilmda to'liq ilm ololmaydi va fiqh masalalarini tushunmaydi deganda. Ilmga dengiz bo'lib cho'ng'ib keta olmaydi deganda. Va fiqh masalanini to'liq ololmaydi. Abu Hanifa va uning gaplari fiqh masalalarda barcha insonlar unga taslim bo'lishgan degan, qabul qilishgan deganda.
Demak, mana bunday olimlarning aytgan gaplarini o'zi bizga Abu Hanifa haqidagi ma'lumotlarga yetarli bo'lsa kerak. Imom Zahidiy hozirgi kunimizdagi Siyara Alam Nubaloq kitobining muallifi aytganlarki, Imom Shofii Molik, Imom Molikka qarab so'radi dedilar. Imom Molik boshqa mazhabning bu ham imomlari. Shundan so'raganlarda, Imom Abu Hanifani ko'rdingizmi deganlarda ha deganlar. Agar bu kishi shu ustunni oltin ekanligiga dalil olib kelsa, albatta isbotlaydigan kishi edi deganlar. Imom Molik. Demak, boshqa mazhab imomlari, Abdusofiyning aytgan gaplarini eshitdik. Imom Molikning aytgan galarini eshitdik, mana bu ular maqtagan bo'lsa, bular bir birlariga ustoz shogirdlar bo'lsa, shunday bir birlari bilan yaxshi hayotni o'tkazgan bo'lsa, bizni zamonimizga kelib olib, Abu Hanifani odami Imom Shofiyni odamini ko'rib qolsa, uni shu o'ldirgiday yomon ko'rib turadi. Imom Shofiyniki bo'lsa, boshqa mazhabnik bir biriga dushman deb bilishadi. Bu ayni jaholatdan kelib chiqqan narsa. Ayni jaholatdan, bilmaslikdan kelib chiqqan narsa. Biz shuning uchun buni zikr qilib, bu darslikni yana qaytarishimizning ham sababi, hozirgi kunimizda shunga ko'payib ketayotganligi, bir toifa mazhabga berilsa, bir toifa mazzabni mutloq yo'q deb fitnalar chiqarib qo'yayotganligi uchun shuni zikr qilib o'tyapmiz.
Imom Abu Hanifaning taqvolariga dalolat qiladigan va uning ibodatlarini ba'zisini, ba'zisiga to'xtalamiz. Kana Abu Hanifa yusam malvatov likasrot salatiga. Abu Hanifa ko'p namoz o'qiganliklaridan ustun deb nom olgan ekanlar. Ustun deb nom olgin. Namozda qimirlamay turgan ekan, shuning uchun ustun deb nom olganda edilar. An asad ibn amir anna Abu Hanifa sollallohu alayhi vasallam subhibi biroviyin arbaingna sana. Asad ibn amrda edilar, Abu Hanifa qirq yil davomida deganlar, qutqon namoziga qilgan tahorati bilan bomdod namozini o'qidi deganlar. Qutondan o'qigandan keyin bomdodgacha namoz o'qib, zikr qilib, Qur'on o'qib, bomdodgacha uxlamagan bomdod namozini o'sha qutondagi tahorati bilan o'qib deydilar. Qirq yil Allohni kechasi bilan ibodat qilgan kishi, biz bir kun yo bir hafta tunda turib Allohga iltijo qilmaymiz. Yana bunday ibodat qiladigan odamlarga har xil gap aytamiz.
Ana muhammad ibn hasan ya'ni qosim an nabih aboxanifa qomalay latan yurad deydi qovli alloh taolo. Muhammad ibnhasan qosimdan aytishdi, rivoyat qiladiki, abu hanifa bir kuni kechasi mana bu oyatni o'qib, balis sa'atu ma'iduhum vas sa'atu adha va amr. Balki soat qiyomat kuni ularning va'da qilingan kunidir va bu kun eng dahshatli va eng achchiq kundur degan oyatni o'qiganlarda to ozongacha, bomdodgacha shu oyatni qaytarib yig'ladilar deydi. Bir oyatni qaytalib, to bomdodgacha yig'ladilar, deganlar. Sufyon ibni Uyayna eng katta tavbiyalardan bo'lgan kishi aytadilarki, biror men qodima Makka rojyunun fi voqtina aktar solatamin Abiy Hanifa, mening zamonamda dedilar, Makkaga Abu Hanifadan ko'ra ko'p namoz o'qiydigan odam kelmagan deydilar. Sufyon ibni Uyayno shunday deb turibdilar. Makkaga meni zamonamda Abu Hanifadan korak ko'p namoz yoqaydigan kishi kelmadi deydilar.
Abdulloh ibn muborak sufiyon as sauriyga qarab aytdilar. Abdulloh ibn Muborak muhaddislardan. Sufiyon as sovuriyni ham bilamiz, munkar yeyishni ko'rgan vaqtlarida, munkar ya'ni shariatimiz qaytargan narsani bir odam qilayotganini ko'rsalar, bavul ya'ni peshoplaridan qon chiqib ketadigan kishi bo'lgan. Shuni qaytarmasa turolmaydigan, qattiq Alloh uchun g'azab qiladigan kishilardan bo'lgan. Bir munkamni ko'rganlarida shunchalik qattiq Alloh uchun g'azab qilardilar, peshoblardan qon chiqib ketardilar. Mana bu kishining ham tilini saqlashlikka bo'lgan ba'zi bir gaplarini aytganlar. Men deganlar, olti oylik ibodatning lazzatidan mahrum bo'ldim deganlar. Shunda nima uchun, qaysi qilgan gunohingiz uchun deganlarda, Sufiyon Savriddin so'rashganda, men bir kuni masjidga kirsam, bir odam qiroat bilan ikki rakat namoz o'qiyotgan ekan dedilar. Shunda mana bu odam riyo qilyaptimi degan dedim dedilar. Bir odamni ustidan shunday gapira soldim dedilar. Mana shu gapirgan gapimning sababiga Alloh Subhanot Taolo dedilar, olti oy meni ibodat lazzatidan mahrum qilib qo'ydi dedi. Bir kishiga bilib bilmasdan bir odam bu riyokor, bu xo'jako'rsinga qildi, bu hajga xo'jako'singa borib keldi, puli ko'k bo'lgani uchun borib keldi.
Uni haji haj emas degan masalani aytayotgan kishilar juda Alloh'dan qo'rqishlari kerak. Juda ham, juda ham Alloh'dan qo'shish kerak. Bu ibodat, bu Allohning ixtiyoridagi narsa. Xohlasa uni Alloh Taolo qabullaydi, xohlasa qabullamaslik, bu Allohning idorasidagi narsa. Biz shu gap bilan aytishimiz bilan o'zimiz u kishiga emas, Allohga jur'at qilib, Alloh bilan kurashmoqchi bo'lganligimizni izhor qilyapmiz. Bani Isroilda ikki kishi bo'lgan deydilar. Biri doim gunoh qilib yurardi dedi. Ikkinchisi bu sahih hadislarda, Muslim va Buxoriyda kelgan hadislarda zikr qilinyapti. Ikkinchisi esa doim ibodatda yurgan deydi. Ibodatda y urgan kishi narigi oshnasiga qarab turib, do'stiga qarab, gunoh qilayotganda topib olardi da. Qachongacha shu gunohni qilasan? Endi Allohga ibodat qilsang bo'lardi deb shunday aytardi. Yana bir marta, ikki marta, uch marta aytdi. Uchinchi marta topib olganlarda, bir gunoh qilib turganlarda, qattiq g'azablari chiqdi da, haliginga qarab, sen qachongacha shunday qilasan deganlarda haligi oshnasi aytdiki, abu ifta muroqibin alayya meni tekshirib yurilish uchun sen jo'natilganmisan dedilar.
Gunoh qilsam men qilyapman, sen men tekshirib yurasanmi, doim shu gapni aytasan dedilar. Shunda haligi kishi ibodat qiladigan kishi qattiq g'azablari chiqqanligidan Alloh Subhanah Taolo seni kechirmaydi dedilar. Shu gunohni qilganing uchun kechirmaydi deydi. Biz ham aytamiz bir odamni ikki, uch, to'rt marta qilyapsiz, ko'rganimizdan keyin, doim shuni qilasiz, Alloh kechirmaydi, deyishimiz mumkin. Bu oddiy holat. Yoki bo'lmasa boshqa rivoyatlarda alloh subhanavot taolo seni jannatga kirgizmaydi deb aytdi deymiz. Alloh Taolo ikkalasini shu yerda jonini olishga buyurdi. Ikkalasi joni olingandan keyin, haligi ibodat qiladigan kishini chaqirdi da aytdiki, sen dedi, meni mag'firat kechirishlik sifatimni dedi, mendan qanday tortib olmoqchi bo'lding dedi. Men xohlaganini kechiraman, xohlaganini kechirmayman. Sen uni kechirmaydi deb dedi, qanday mendan o'sha narsani tortib olmoqchi bo'lding? Menga qo'l uzatib nima qilding, jur'at qilding dedi. Yoki jannatni mendan tortib olmoq chi bo'ldingmi dedi boshqaruv ayyatida. Jannatga kirgizish va kirgizmaslik meni ixtiyorimda sen jannatga kirgiza olmaydi deb dedi, bu mening jannatimni sen tortib olmoqchimiding dedi. Seni qilgan amallaringni habata qildim, jahannamga olib boringlar deb Alloh buyurdi.
Narigi kishiga esa men seni mag'firat qildim, fazlim bilan jannatga kirgin, dedi. Mana bu sahih hadislar rivoyat qilingan. Shuning uchun biz bu til degan narsaga juda ehtiyot bo'lishimiz kerak. Bir odamni qarab, buni qilgan ibodatda nima ham bo'lardi. Bu hajga borib kelgan nima ham bo'lar edi. Alloh qabul qildimi yo'qmi, Xudo biladi buni. Yoki bo'lmasa shunga o'xshab imomlar, olimlar haqida, zabardast olimlar haqidagi ularni gapirib turuvchiligimiz, bu biz demak oxiratimizni yo'qotib qo'yganligimizni bir alomat bo'lib turadi. Ehtiyot bo'tirishimiz kerak.
Shunda Sufiyon Souriyga Abdulloh ibn Muborak aytdilarki, Abu Hanifa dedilar, hech g'iybat qilmaydilar, biron marta bir odamni g'iybat qilinganligini ko'rmadim dedilar. Deganlarda Sufiyon Souriya aytdiki, Abu Hanifa bizdan ko'ra aqlliroqdir dedilar. Chunki u yaxshiliklariga boshqa yaxshiliklarini boshqa odamlarga taqsimlab berishni xohlamaydi dedilar. Qiyomat kuni yaxshiligini g'iybat qilgan odamlarga bo'lib bo'lib berishni xohlamaydi dedilar. Shuning uchun hech kimni g'iybat qilmaydi deganda.
Demak, olimlarni g'iybat qilsa ham, o'minni g'iybat qiladimi, uning izzatini ketkazadimi, obro'siga tegadimi, namusiga tegadimi? Mana bularning barchasi o'zining hasan otlarini, yaxshiliklarini taqsimlab berayotgan kishilar bo'ladi. Abu Hanifani sunnat bilmaydi deydiganlarga, sunnatga bo'lgan mehr-muhabbatlariga dalolat qiladigan so'zlarini zikr qilamiz. Sunnatda yurmaydi. Abu Hanifani mazhabidagi odamlar sunnatda yuribdi deb qo'yadi. Men aytamanki, agar haqiqiy Abu Hanifani mazhabida yurganingizda, sizlar yer yuzida toshbo'ron qilingan bo'lardingiz. Abu Hanifaning mazhabida yurganingizda, yer yuzida toshbo'ron qilinganingiz, xuddi Abu Hanifa toshbo'ron qilinganday. Va qamoqlarda o'lgan bo'lardingiz, xuddi Abu Hanifa qamoqda o'lganday.
Shuning uchun bu mazhabda yurmay turib, mazhabni bilmay turib, Abu Hanifaning mazhabi bu sunnatga muvofiq emas deyotganlar Alloh'dan qo'rqishsin. Abu Hanifa aytyaptiki, maja'a anir rasuliy sollallohu alayhi vasallam fa'alar rost, fatakunu va maja'a anin sahaba va makana dalika fahvah va rejaluhu anahnur rejaluhu. Rasulullohning sollallohu alayhi vasallamdan sahih kelgan xabarlarni men boshimni ustiga qo'yib e'zozlayman deganlar. Rasulullohdan kelgan xabarni, sahih hadisni men boshimniustiga qo'yilib e'zozlaymen dedilar.
Vaqadruviya anhu ashar, rava anhu ashabu huquq alanshatta. Sahho asxoblari Abu Hanifaning shogirdlari, zamondoshlari Abu Hanufaning hadisga bo'lgan mahabbatiga dalolat qiladigan gaplarni naql qilishganday. Shulardan biri Abu Hanifa aytganlarki, ilo sohal adil fahmuhammad abiy deganlar. Agar hadis, sahih hadis kelsa, u mening mazhabimdir deganlar. Har qanday sahih hadis keladigan bo'lsa, Abu Hanifaning mazhabida deb amal qilib ketishlikka izn bergan. Shuning uchun bir hadisni olib, bir hadis sahay hadis kelgan vaqtida mazhabda shunga teskari gap kelib qoladigan bo'lsa, yo'q, bu mazhabda kelmagan, biz mazhabdagi gapni olamiz deb qotib qolishlik, bu mazhab imomlari buyurmagan narsa. Shu joyda hadis kelganligi uchun biz hadisni qo'yib o'shanga amal qilib ketishga bizga manzahab imomlari o'rgatgan ayni fiqh mana shu. Ikkinchisi, la yahilul ahadina niya xudo biyaqovinina ma'lam ya'lam min ayni ahadna. Biror odam bizning dalilimizni qayerdan olganimizni bilmay turib, bizni gapimizni aytishligi halol bo'lmaydi degan. Abu Hanifa shudning bir gapni nima uchun aytgan va shuni dalili nima ekanini bilmay turib, Imom Azam shunday degan ekan, Abu Hanifani mazhabida shunday ekan deyishlik halol bo'lmaydi degan.
Demak, harom hisoblanadi. Mana shunday deydigan odamlar hozir ko'payib ketdi. Ikki gapni birda imom abu hanifa shunday deganakan, imom azamshunday degan eakan deb rivoyatlar aytadi, bir ajoyib rivoyatlar. Yosh chaqaloq ham aytsa bunga kuladigan rivoyatlarni keltiradi. Bu narsalar durust emas. Haramun alamannam yarif dalili an yufti bekalamiy, meni dalilimni bilmay turib, mening gapim bilim bilan, gapimni fatvo qilib aytayotgan kishilarga bu fatvolar haromdir degan. Gapni bilmay turib. Dalilni bilmay turib fatvo berayotgan kishlarga bu gapni aytish haromdir degan ekanlar.
Abu Yusufga qarab aytganlarki, voy haka, yo Abayusuf deganlar. La taktut kullama tasma minniy fa inniy qot arar ro yal yomon va atruk g'oda. Ey Abayusuf degen, eng katta shogirdiga qarab. U shogirdini o'n yil o'zini yonidan pul berib o'qitgan. O'n yil, o'zini yoniidan pul to'lab, har kuni pul to'lab o'qitgan shogirdi, eng yetuk shogirdiga qaratib turib aytganlarkiy, ey Abayusuf, deganlar. Har bir eshitgan narsangni, mendan eshitayotgan narsangni yozib berma, degan. Men bugun bir masalani aytgan bo'lsam deganlar, ertasi bu masaladan qaytib ketaman deganlar.
Shuning uchun Abu Hanifa bu mash'um, ya'ni xatodan saqlangan kishi emas. Payg'ambarlarni Alloh Taolo xatolarini vahiy orqali to'g'rilab turdi. Ya ayyuhan nabiy. Voy payg'ambar, li li ma tu ha li ma halalloh. Alloh halol qilgan narsani nimaga harom qilyapsiz? Asalni yemayman deganlarida. Voy payg'ambar. Nimaga siz yuzingizni burishtiryapsiz? Sizdan hidoyatni so'rab kelgan bir Ummu Maxtum kelgan vaqtlarida yuzingizni purishtirdingiz? Deb Payg'ambarni Alloh Taolo to'g'rilab turdi. Payg'ambar xato qildi. Uni Alloh Taolo vahiy orqali to'g'rilab turdi. Endi Abu Hanifani vahiy tushib to'g'rilamaydi. U xato qilgan. Shu xatosini qiyomatda bo'yniga olmasligi uchun, Allohni oldida bo'yniga olmaslik uchun, mendan har bir narsani yozib bermanglar. Men bugun gapirgan gapimdan ertaga tongvorib qaytaman Allohni oldida, buni mas'uliyatini ko'tarmayman degan. Shuning uchun ikki gapni birda Abu Hanifa shunday debdi, Abu Hanifa bunday debdi deb aytishlik ham durust kelmaydi.
Idhay qulti quvlim yuqori fukita balla va sunnati rasulillahi fath ruhku quvli. Agar mening gapim dedilar, Allohning kitobi va sunni Payg'ambar alayhissalom sunnatiga hiloh bo'lsa dedilar, meni gapimni olmanglar deganlar. Demak, bu barchasi Payg'ambarning hadislarini e'zozlab, unga muhabbat qo'yganligimi yoki bo'lmasa, hammaga meni gapimni olinglar, boshqasini qo'yinglar, sizlar hadisni tushunmaysizlar. Qur'onni tushunmaysizlar. Men aytganda qilsanglar yaxshi bo'ladi deydi. Unaqa demadi.
Shuning uchun ehtiyot bo'lishlik kerak. Abu Hanifa tavbiyinlardan hisoblanadi. Chunki u kishi anasi Ibn Molikni ko'rgan deganlar. Shuning uchunga Ibn Hajar aytadilarki, Abu Hanifa tavbiynlardan anasi Ibn Moli sahobiyni ko'rganlar degan ekanlar. Bu kishining shayxlari, ta'lim olgan kishilari, Ato ibn Raboh Makkada u kishini ta'lim olgan va Ibn Umarning ilmini olgan Nofiydan ta'lim olishgan va Ibn Abbosning ilmlarini olgan Ikrimadan ta'lim olgan va Hammol ibn Abiy Sulaymon shabiylardan ta'lim olgan ekanlar. Molik Imom Molikni yuzerlariga borib, fiqh masalalarini birla o'tirishib, yechishib, masala qilishgan ekan. Imom Molikni oldiga borib, fi q masalalarini bir la o'tirib muzokara qilgan ekan. Biz hozir Imom Molik mazhabidagi bilan Imom Abu Hanifa mazhabidagini ikkisini bir masjidga kirdingiz deb qo'ying. Keyin bir minutdan keyin qarang, qay biri kirib qolganini ko'rasiz.
Bugun mana bir joyda bizni masjidimizda faqat o'zimizni odamlar ko'taradi Imom Akbara deydi. Ya'ni boshqa maslahatdagilar o'tib qo'ysa, namoz botil bo'lib degan ehtiyot borda. Bir mazhabdagi odamga, boshqa mazhabdagi olim iqtidor qilsa namozi botil bo'ladi degan shunchalik adovat dushmanga yetib kelgan. Buni din dushmanlari ummatni bo'lib bo'lib tashlash uchun mana shu narsani olib kelgan. Ummat birlashmasa, bular bo'linib bo'linib ketishib turib, bir birlariga tosh otib, dushmanchilik qilib yurishi uchun shunday deyilgan. Shuning uchun aytishadiki, bular shunday narsa chiqargan. Unday deydigan bo'lsak, Makkaga borib, hammali mazhabini orqasida turib namoz o'qib kelayotgan odamlarning barini namozi botil, hajvi botil bo'ldi deb aytishimiz to'g'ri keladi. Lekin bu narsani hech kim jur'at bilan ayta olmaydi. Durustmi?
Hajda hammali mazhabdagi imomga ixtido qilasiz. Xohlang va xohlamang, shuni orqasidan namoz o'qiysiz. Imom Shofii rahimaulloh Hanbali mazhabidagi kishining, Hanafiy mazhabidagi qishining orqalariga kelib namoz o'qigan. Orqasiga kelib namozni o'qigan. Bular bir birini orqasida turib namoz o'quvchilikni bu dushmanchilik deb bilmagan. Bir birlariga ehtirom, hurmat bilan bo'lishgan. Lekin bizni zamonimizda shunday bo'lib qoldi. Shuning uchun mana shu narsani inson qalbidan chiqarib tashlash kerak. Saboqa qilib qo'yadigan bo'lsa, bu qaysi mazhabda ekan deb endi o'ylanib uxlay olmay chiqadi. Buni orqasidan namoz o'qisa bo'larmikin, yo'qmikin deydi. Bizga bir odam imomatchilikga o'tdi, namozda turib sababa qilib yubordi, bilmay qoldim, namozimni qaytadan o'qidim deydi.
Mana shunchalik adovatga kelgan. Bir odam adashib, amin desa, namozda turub, ikkinchisi aytyaptiki, ikkinchi marta amin deganini eshitmay deyapti. Sabri chidamadi o'zi namoz tugaguncha. Amin devorganligi uchun. Yoki shunga o'xshagan shunchalik ob havo, dushmanchilik ko'payib, kuchayib ketgan. Bu narsalarga chek qo'yish kerak.
Endi Abu Hanifa haqida avvalda ham, hozirda ham biz aytganday, ba'zi bir tug'maklar bo'lgan. Lekin bu kishilarning hayotda, ba'zi bir olimlarning keltirgan o'sha qissasi juda ibratli. Abdulloh ibn Muborak aytadi, men Shom shahriga Avzoyning huzuriga keldim deydi. Imom Avzoy. Bu kishi katta tabi'inlardan, juda katta olimlardan biri. Avzoy. Buni hech kim ixtiloflashmagan bu kishi haqida. Abdulloh imnomuborak haqida ham hech kim ixtiloflamagan. Mana bu olimlar endi bu ishiga tazkiya berib maqtaganligi o'zi yetarli. Shunda keldim deganlarda Avzoy Abdulloh ibn Muborakka qarab, ey Xurosonlik, sizlarning shahringizda dedilar, ya'ni Xurosonda bir adashgan bid'atchi chiqibdi, dedilar.
Bu bid'atchi Abu Hanifa degan kishi ekan. Qanaqa u deb so'radilar. Shunda Abdullohimni Muborak javob bermadilar da, darrov burilib uyiga bordilar da, Abu Hanifaning kitoblaridan masalalarni olib, bir varaqqa yozib, keyin olib keldi. Olib kelib, uch kundan keyin avzoyini qo'llariga berdi. Berganlarida avzoyi o'qib chiqdilar da, vo ajabo, bu kishining ilmlarining juda dengiz ekanligi meni ajablantiryapti deydi. Bu ish kimdir o'zi? Dedilar. Haligi varaqdan o'qib chiqingandan keyin. Keyin aytdilarki, bu kishi bir shu Xurosonda, Kuxva shaharlarida uchrashib qolgan shayxlardan biri dedi. Nima deysiz bu haqida deganlarida avzoyidki, buning ilmi juda ham ko'p ekan. Agar imkon topsang borib uylariga borib dedilar, bo'sag'alaridan jilmasdan buning ilmini olgin dedilar. Deganlarda Abdulhali Abdulloh ibn Muborak aytdilarkiy, shayx dedilar avzoyiga. Ey imom dedilar. Siz haligi Abu Hanifa bitta achchiq deyotgan kishingiz mana shu bo'ladi dedilar. Maqtaganlaridan keyin, keyin javobni berdilar. Keyin Avzoyi bilan Abu Hanifa bir necha yillardan keyin Makkada uchrashib qolib, masalalar bo'yicha bahs yurgizdi. Shuni bahs yurgizib, keyin Abu Hanifa ketganlaridan keyin Avzoy, Imom Avzoyi aytdilarki, men Abu Hanifaning ilmda dengiz ekanligiga tan berdim, deganlar.
Va siz bu kishining huzulardan jilmasdan ilm talab qiling deganlar. Men o'sha vaqtda aytgan gapimga Allohga tavba qilib, istig'for aytaman, menga noto'g'ri xabarlar yetkazilgan ekan deganlar. Bu olimlarni ichida hasad degan narsa bo'ladi. Bu hammani ichida, dunyo topgan kishini ichida ham hasad bo'ladi. Mansab egallab qolsa, buni ichida ham bir birlariga yarasha hasad bo'lardi. Olimlar ichida ham ko'ra olmaslik hasad bo'lgan. Ma balag'a, mablag'a hu illa quntiyda alayhi degandir. Nasoiniy aytgan vaqtlarida Imom Nasoiniy ilmning eng cho'qqi mablag'iga yetib kelgan vaqtida unga hasad qilindi degandir. Olimlar ko'rolmay qolgan deganlar. Taqvosi kam odamlar uni har xil tuhmatlar bergan va orqasidan gapirgan. Shunga o'xshab hozirgi kunimizda ham bir odam haqni gapirgan vaqtida uni orqasidan ko'rolmaydigan kishilar u kishini oyoqlarini tortadi. Uni bid'atchi deb ko'radi. Uni zalovatda adashgan, uni gapini eshitishga bo'lmaydi deb ko'radi. Mana shunaqa narsalarni aytishadi, lekin shu narsa bilan ergashib yurgan odamlar o'zini huzuriga bormasdan, so'ramasdan, shunga ergashgan odamlar qiyomat kunida Allohni oldida qattiq bir javobgarlikka tortiladi.
Shuning uchun har bir odam bir narsa aytgan vaqtida o'ziga borib so'rash kerak. Siz haqingizda menga mana bunaqa gap aytilyapti, nima deysiz degan savolni qo'yish kerak. Insonni o'zidan so'ralishi kerak. Xo'p, biz vallohu a'lam bugun barcha maslahatlar anaqasiga to'xtalib o'ta olmaymiz shekilli.
Vaqt bo'lib qoldi a qutbani? Hozir to'xtatamiz. Abu Hanifani vafotlari bilan to'xtay qolamiz. Chunki bu kishini hali gapirsak, gap ko'p ekan. Kitoblarga qarasa, qanoat bo'lmayman. Bu birodarimiz yo'q, boshqa joyga borib men internetga kirdim. Internetga kirib turib, al mada hibul arba to'rt mazhab deb bir bossam, internetning to'rt mazham haqida million kitob chiqib keldi. Qaysinisini o'qishni bilmay qoldim. Keyin shoshganimdan, bu to'rt mazha haqidagi kitoblarni qaysinisini ko'rishni ham bilmagandan keyin, men a'inmatullohi mada ibn arba'a to'rt mazhab imomlari deb yozsam, to'rt mazhib imomlari haqidagi yozilgan kitoblar undan ham ko'p ekan.
Endi men qisqa narsani izlayapman, tezroq o'qib chiqadigan narsani. Keyin imom Abu Hanifa deb yozgan edim. U haqida yozilgan kitobilar tiqilib yotgan ekan. Endi aytmoqchi bo'lganim, bu bir dariz, bir imomni hayotiga yetmaydi. U yetmish yil yashagan bo'lsa, bizga kamida o'ttiz besh yil kerak u kishini hayoti haqida gapirish uchun. Shuning uchun bizlar juda qisqa qilib turib aytib ketyapmiz. Bu u kishining bir odami haqida gapirsa, ba'zi odamlar haqida gapirsangiz, haligi juda ham fazilatga ko'p bo'lgan odamni, juda ko'p yaxshilik qilgan odamni, bu birodarimiz deb qo'ya qolsangiz, ba'zida g'ashi keladi da. Nimaga hammasini aytmayapsiz deydi da. Nimaga butunlay meni yaxshilab tanishtirmayapsiz deydi da? Haligi falon masjidni imomi, taqvodor allomi, arabistonlarda yigirma yil o'qigan, bunaqa bunaça fazilatlarni ham zikr qilib o'ssangiz bo'lardi deydi. Yana achchig'i chiqadi. Biz Imom Abu Hanifani uzr so'raymiz, achchiqlari chiqmasin, to'liq uni hayotini yetkazib berolmaganligimizdek. Hayotlarini to'liq ayta olmaganimizga u kishilar achchiq chiqib qolmasin deyapmiz. Ya'ni biz uni hayotlarini to' liq yetkaza olmaymiz. Baholi qudrat qo'limizning kelganchimni yetkazyapmiz. Alloh bu kishilarni rahmat qilgan bo'lsin. U kishining vafotlariga kelib to'xtaymiz.
Imom abu hanifa haqida al haqiy bil bobdodiy va abu muhammadul harifi mana bu rivoyatlarni keltiradi. O'z zamonasida abu ja'far al mansur degan xalifa, imom abu hanifani zamonasida abu jahar al mansur degan haliifa, hokim, xalifa, abu hanifani huzurlariga chaqirdilar va ey imom dedilar, siz qozilik hukmini qilasiz dedilar. Qozilik hukmini qilgandan keyin ularni gapini gapirishga to'g'ri keladi.
Bir joyga kelganda bo'lmaydigan masalani bo'ladi deb fatvo berishga to'g'ri keladi. Shuning keyin Abu Hanifa aytdilarki, men bu narsani eplay olmayman, qo'limdan kelmas ekan dedilar. Deganlarida Abu Mansur, Abu Ja'far ibn Mansur aytdilarki, siz yolg'on aytyapsiz deb baqirdilar. Baqirganlarida Abu Hanifa aytdilarki, taqsir, siz dedilar, o'zingizga o'zingiz hukm berdingiz dedi. Chunki qozi bo'ladigan kishi yolg'onchi bo'lsa, u qozilikka yaramaydi dedi. Meni siz yolg'onchi, yolg'on aytyapsan dedingiz dedi. Sizday odam meni yolg'onchi degandan keyin, boshqa odamlarga men yolg'on bilan hukm bera olmayman dedilar. Shunda abu ja'far al mansur qattiq g'azablari chiqdi da, abu hanifani olib borib dedilar, qamoqqa tashlanglar zindonga dedilar. Va xalqning ko'zini oldida dedi, urib dedi, qattiq azob beringlar, hatto qozilikka bo'yin sinib dedi, shu rozi bo'lmaguncha uringlar dedi. Shunda Abu Hanifani sudrab olib kelishib, bozorda xalqning ko'zini oldida urib, yetmish yoshar cholni qattiq azoblashib, hatto aytdilarki, boshlari yorilib, ko'zlari va yuzlaridan to'lib qon oqib turganini ko'rdim deganlar.
Va mana shunday qattiq azoblarni berganlaridan keyin, keyin zimdonda unga ovqat va suv berish man etildi. Ovqat va suvi berilishi man etilganlaridan keyin Abu Hanifa qattiq qiynalib, yoshlari keksa chol kishi Allohga duo qildiki, Yo Parvardigorim, meni bunday azoblagandan ko'ra jonimni agar olsang shu menga yaxshi bo'lsa jonimni oldida duo qildilar. Mana bu duolardan keyin besh kundan keyin vafot etdi. O'zlari zindonda turgan holatda vafot etdi . Shuning uchun Abu Hanifa, Abu Hanifa deyotganlar, agar haqiqatdan ham Abu Hanifaning gaplari bilan man sahifada yurishganlarida ular toshbo'ron qilinardi, xalqning ko'zini oldida urilardi, zindonlarga tashlangan bo'lar edi, agar haqiqiyni uni manstari ushlaganlari. Bizning hozirgi vaqtimizda ushlangan mazhablar o'zgartirib yuborib, nafsimizga munosib kelgan bir mazhabni chiqarib olib, shuni Abu Hanifaning mazhabi deb yuribmiz. Alloh bu ishlarning barchasidan rozi bo'lsin va ularni Alloh Taolo rahmat qilgan bo'lsin. Biz yana keyingi darsligimizda bu odob olimlarga bo'lgan odobbobi bo'lganligi uchun biz shularga to'xtalyapmiz.
Keyingi darsimizda qolgan uch imomning hayotiga juda qisqacha to'xtalamiz va bu mazhabdagi vasadiyga o'rta holat bo'lishlik va mazaxa hadis va Qur'on turgan vaqtida mazhabga qanday amal qilishlik va mazhabdan chiqib ketishliklarning yukunlari va shunga o'xshagan joylarga to'xtalib, fitna bo'lgan vaqtida, hadislarga amal qilinayotgan vaqtida fitna bo'lsa, qanday qilib ularni to'xtatishlik yoki fitna bo'lmasa ham