Audhu billah imenno shaytonir roim. Bismillahir rohmanir roim. Innal hamdali'lloh. Na'hmaduhu anasta'inuhu anasta'firuh. Va na'udhu billah imenna shu ruri anfusina va min sayyihati amalina. May yixdiyillohu falamudillaloh va may yutli falaha deyala. Va ash haduan la ilaha illallohu vahdahloh sharik aloh va ash haduan la muhammadan abduhu va rasuluh. Hammabod assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Va alaykum assalom. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari, oliy sifatlari bilan odatdagiday bugungi shanba kungi payg'ambarlar tarixiy darsligiga jamlanib o'tiribmiz. Alloh taolodan bu darslikni yolg'iz o'zining roziligi uchun bo'layotgan darslar qatorida qabul qilishligini, darsliklarimizni alloh taolo davomiy bo'lishligini, nasib qilishligini.
Bandachilik bilan darslarda bo'layotgan xatolarni alloh afv etishligini. Alloh taolodan so'rab, darsimizni boshlamoqchimiz. Biz payg'ambarlar tarixida Yusuf alayhissalomning tarixiga kelib to'xtadik. Darsni boshlashdan avval ba'zi narsalarga to'xtamoqchiman. Eng birinchi odob masalasiga. Tolibi ilmning darslarga to'da to'da kelib, darsdan to'da to'dada ketib, boshqa bir darslarga o'xshab unga amal qilinmasdan ketaverishini xohlamas edik. U darsga kelib, darsdan eshitgandan keyin, shu darsda bir hadis, bir oyatga bo'lsa ham, bir amal qilinishligi, shu qilinayotgan amal shu darslarga kelayotgan kishilarda xuluqlarida va bir o'zlarining e, atvor fe'l atvorlarda bir ko'rilishligini yaxshi ko'rardik.
Darsga qatnashayotgan odamni o'zgarmoqchi, o'zgarganligining alomati bo'lishligi kerak da. Shuning uchun xulq masalasida ancha ahamiyat berishimiz kerak. Keyin biz va'da berganmiz, yoshi katta kishilar bir necha marta murojaat qilishib, ba'zi otaxonlar joyning mana zichligidan qiynalib kela olmayotganligini aytishyapti.
Biz ularga oldingi safdagi joylardan inshaalloh joy qilib beramiz deb va'da berdik. Lekin u otaxonlar ko'chalarda qolib ketyapti. Shuning uchun yoningizda o'tirgan qariyalarni, tashqaridagi otaxonlarni bu yoqqa o'tkazinglar joydan, oldingi joydan joy beramiz. Yoshlar tashqarida o'tirsa hech narsa qilmaydi. Bu yoqqa bemalol kelsin, va'da berganmiz, joylarini, oldingi joylarini o'tirsin. Namozda bo'lsa, u birinchi kelganning haqqi birinchi saf. Lekin namozdan keyin, albatta bizni shariat odoblari qariyalarni hurmat qilishligi.
Mana otaxonni misol, qulaychilikni yaratib berish kerak, oyog'ini uzatishga, boshqa qilishlikka. Shunga o'xshagan narsalar. Tushundinglar a? Tashqarida qolganlar bo'lsa, naryoqda bo'lgan bo'lsa, bu yoqqa o'tkazinglar, kirishsin. Bu yoqdan joy qilib beramiz. Xo'p, biz duolar o'tdik. Duolardan mana to'qqizta duo yozilibdi.
To'qqiztada duo. Hammasini yodlagan kishi bormi to'qqizda duoni? A? Darsimiz, e, taqriban ikki oydan ko'p bo'ldi o'tilayotganiga. Ikki oyda to'qqizta dua yodlamaslik bu, demak, darsimizdan foydalanmani, foyda bo'lmayotganligini bir belgisi bu. Darsdan foyda bo'layotgan, bo'lmayotkanligini mana shu bilan men baholayapman.
Hamma odamga men ikki soatlik o'tilgan muhojirani qaytarib bering chi deb aytmayman. Kichkina bitta nuqta, shu bilan baholay yana aytyapmanki, yodlanglar, yodlanglar deyapman, qayta qaytarib. Bu o'zimizdagi darsga kelayotgan odamlardagi bugungi olayotgan bahosi.
Endi oilanglarga ham yetkazinglar buni. Boringlar, yetkazinglar, yodlatinglar deyapmiz. Endi shu darsdagi birodarlarni birontasini xonadoniga mehmon bo'lib borib qoladigan bo'lsak, yosh farzandlari, nevaralarini ko'rsak, darrov mana shu darsda o'tilgan duoni so'raymiz. Kelingchi, mana shu duoni aytingchi deymiz. Demak aytib bermayotgan bo'lsa, bu odam nima deydi, bunday kuch odam. Kelyapti, hech nima foydalanmayapti, na uyiga borib bir narsani o'rgatmayapti.
Shuning uchun sal belgni jiddiyroq ushlab harakat qilishlik kerak bo'ladi. Mana birodarlar, mana shuni yozib, ma'nolari bilan kompyuterga nima qilib solib, mana shunday qilib kelishibdi. Tarqatamiz. Yetmaydi, albatta bu hammaga, lekin yetganicha, misol bir mahallada bir masjidda olingan odam olsa, shu odam iloji boricha ko'paytirib birodarlarga bersin savoh nimasida.
Bir yo'q, bu yerdagi bir narsalarni tarqatib yuribdi odamlar varaqlamda. Bu varaqni o'n odamga bermaydigan bo'lsangiz, siz o'lar ekansiz falon kuni borib. Siz topir bo'lib ketar ekansiz. Buni tarqating degan bir varaqlarni qo'lingizga tushib qolsa, qo'rqib ketgandan mingtalab tarqatyapsiz ku. Bu bir musibat kelib qolmasin menga, molimgami, boshimgami bir kulfat deb turib. Yo'q yerdagi narsani yolg'on gapirib tarqatyapti. Bu ajr savob, bitmas, tuganmas ajr savob. Buni olib cho'ntakka buklab chiqib ketib qolishmas. Buni olgandan keyin mas'uliyatini bir ado qilib qo'yay deb o'qib yodlang, o'rganing. Chiqarib, qo'ni qo'shningizga olib kirib, bugun bir yaxshi narsa olib keldim, mana deb bering. Balnitsada yotgan kasallarni borib ziyorat qilganda sizga eng yaxshi narsani beraymi, doktorlarni beray ekan, davosi bilan ham bu shu dori ekan, mana, sizga olib keldim deb bering, yodlab yotsin.
Amal qilinishini inshaalloh yana ba'zi bir kunlar o'tishi bilan ko'rinib qoladi. Tarqatib yuborasizlar, lekin keyingi darsda so'raymiz, qattiqroq so'raymiz. O'tkazib o'tkazaverasizlar orqaga. Shuni oling, o'tkazib yuboravering. Inshaalloh keyin nima qilinaveradi, olinib qolaveradi. Endi ko'p, e, birinchi boshida odobni gapirib qo'ydik. Ovoz chiqmagan holatda.
Birodarlar, bu yoqqa yaxshilab quloq soling. Ikkinchi narsani yaxshilab tushunib oling. Biz aytdik uni, uni inshaalloh ko'paytiriladi u narsalar. Bu yoqqa yaxshilab quloq soling. Menga qaranglar. Ovoz chiqmagan holatda. Men bu yoqda gapiryapman. Ovoz chi qmagan holatda olinglar, iltimos. Vaqtim foydalangan holatda. Bu yoqda eshitinglar.
Bu ikkinchi narxdagi savol javob degan ikkinchi bir nima berdik. Ikkinchi narsani yozib keldik. Tabiiydagi savol javob. Yosh bolalarga nimani o'rgatishni ham bilmaysiz. Dasturxonni tepasida o'tirasiz da, bir dindan bir narsalarni o'rgatgingiz kelib ketadi bolalarga. O'rgatay desangiz nimani o'rgartirishni bilmaysiz. Keyin iloji yo'qlikdan bobolari muammolari aytadi tili chiqayotgan bolaga. Boshingda nima bor desa, toji xo'rozday ko'zingda nima bor desa nuru Muhammad deydi. Og'zingda nima bu kalimai shahodat deydi. Shunga o'xshagan bir qayoqdagi bir narsalarni hammallab endi mana shu dinimizdan deb o'rgatish yurilingan. Uni o'rniga o'rgatadigan narsa olib keldik biz. Inshaalloh har darsda yigirma mana yigirma savol olib kelingan. Har darsda inshaalloh yigirma dan yo o'n tadan berib turamiz. Uyingizda yosh bolalarga dasturxon tepasida o'tirib, misol savol berasiz, savol deb qo'ygan. Bandalarga eng birinchi vojib bo'ladigan narsa nima? Deb savol berasiz. Eng birinchi nima u? Savol, ibodat degani nima deysiz? Savol deysiz, qachon amal ibodat bo'ladi deysiz?
Saval, bandaning Allohninng yaxshi ko'rishlik alomati nimadir? Alloh bandasini yaxshi ko'rishligi alomati nimadir deb bolalaringizga savol berasiz. Savollardan iborat. Bolalaringiz dasturxonni tepasida o'tirib, haligini har kuni bir martadan o'qib, bolalaringizga har qayerdan bersangiz savolni, to'rtta, uchta bolangiz bo'lsa, dasturxon tepasida savol, mana biz savol beraman, ertaga yana so'rayman shuni. Qaysininglar yaxshi javob bersanglar, ana shunga palondaqa narsa beraman deb bir qiziqtirsangiz, bolalaringiz birdan biri ko'p yodlab qo'yadi. Yoshligida yodlangan narsa u o'lgunichang ham uning hayolidan zehnatini yana chiqmaydi uning. Mana shu narsani ham tayyorlab kelganmiz. Bu ham xuddi shu uslubda tarqatilsin, ovoz chiqmasin, biz darsga kirishamiz, ovoz chi qmasin. Keyin, olgan odam cho'ntagiga buklab bo'ldi, men g'animam menga tushdi deb ketib qolmasin. Bemalol xotirjam bo'lingki, kim olgan bo'lsa, o'n tadan o'n besh tadan chiqarib tarqatadi degan yaxshi bir niyatimiz bor. Bir misol qancha tangaga beradi, o'nta chiqarib beradi. O'n tangagami, qanchaga chiqarib beradimi? Besh tangagami. Aha.
Mana shu narsani endi misol nima qilasizlar? Mana shu yoqqa o'tkazib yuborasiz. Buni ham bu yoqqa o'tkazib yuborasiz. Bu ham bu yoqdan osib qo'yganlari ham bor, osib qo'yganlari ham bor. Mana.
Musiqa xo'p. Endi endi bitta narsada.
To'yinglarga chaqirmanglar, Xudoyga chaqirmangilar, anaviga chaqirmanglar desak chaqirardi yu. Endi bilib qo'yinglar, chaqirgan joyda bolalaringizni chaqirib, savolni so'raveramiz. Chaqiring bolangizni deymizda, bergan savollarimdan javob ber deb so'raydi. Endi hech kim chaqirmasa kerak. Endi hechkim chaqirmasa keray. Qo'y, buni chaqirsang sharmanda qiladi deb chaqirmaydi.
Endi yo o'rgatasiz keyin chaqirasiz da. Keyingisi, umra masalasini yo'lga qo'yilib qo'yilyapti yu, umraga har oyda odam olib borilishiga harakat qilyapti. Kimlar umraga qaysi oyda borishga niyatda bo'ladigan bo'lsa, mana Mirahmon akaga yo o'zimizga kelaveradi. Bu kishi oldingi yil ham olib borib yurgan, bu yil ham olib bordi inshaalloh. Undan keyin, bundan keyin bu kishi borib kelgandan keyin misol Abdurahmon Sayramdan olib boradi. Undan keyingisiga inshaalloh ramazonga o'zimiz harakat qilyapmiz. Men o'zim ramazonga harakat qilyapman. Ramazonga boradigan ramazonga yozilaveradi. Kim qaysi oyga borishni niyatlangan bo'lsa, hozirdan harakatini qilaveradi. Bu umraniki. Hajniki ham xuddi shunday.
Xo'p, biz Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanahu va taolo qilinayotgan amallarimizni Allohnin roziligida, Alloh taolo bunday riyosim adham xoli qilgan holatda, xatoyi nuqsonlardan Alloh taolo afv qilgan holatida qabul qilishini so'raymiz. Yusuf alayhissalomning qissasiga kelib tug'ilgandik. Eng go'zal payg'ambarlarning qissalaridan eng go'zali. Yusuf alaysusalomning qissasi. Eng go'zali! Shu vaqtgacha endi hamma payg'ambarlarniki go'zal, lekin eng bol tomib turgani, eng shirini, eng mag'zi Yusuf alayhissalomning qissasi. Bu qissani o'qigan sayin, bu qissani eshitgan sayingiz rohatlanasiz, qalbingiz orom oladi. Shuning uchun biz bu qissani boshlashdan avval odatimizga xilof qilgan holatda, odatda to'g'ridan to'g'ri boshlardik. Lekin bu safar shu qissani, shu Yusuf alayhissalomni Alloh Taolo Yusuf surasi deb turib ismlab, bir sura nozil qildik. To'lig'icha bir sura, Alloh Taolo Yusuf surasi dedi da, bu surada Alloh Taolo Yusuf alayhissalomning qissasidan boshqa narsalarni zikr qilmadi.
Alloh Taolo Hud surasi deb tushirgan suralarda Alloh Taolo Hud alayhissalom haqida juda ham nima qilganidek kamroq zikr qilgan bo'lsa ham, kamroq zikr, lekin boshqa narsalarni ham zikr qilib o'tgan. Ammo Yusuf alayhissalomni Yusuf surasi deb qissasini nozil qilgan, lekin bunda faqat Alloh Taolo Yusuf alayhi salom haqida gapirgan. Shuning uchun buni eshitishimizdan avval arab tilida Jabrail alayhissalom, Muhammad Mustofo sollallohu alayhi vasallamga nozil qilgan Qur'on tilida ikki uch oyatini bir tilovatini eshitib turib, keyin boshlasak degandik. Toki uni lazzatini bir quloqlarimiz bilan eshitib, keyin boshlasak ma'nosi.
A'lu billahi shu qulun jiy. Bismillahir rohmanir rohim. Larsiga keladigan, quloqlar orom oladigan, shunaqa bir shirin bir surani Alloh Taolo nozil qildi.
Hattoki, bu suraning tushunishlik sababining o'zi insonning qayg'uyu, g'am g'ussasini ko'tarishlikka dalolat qilib tushdi bu sura. Bu Yusuf surasi huzun g'am o'ssa yillari Payg'ambar alayhissalomning g'amga cho'ng'igan, g'am bilan bir bo'lib turgan bir davrida Alloh Subhanahu va Al Yusuf surasini tushirdi. Payg'ambar ali alayhissalotu vassalomni himoya qilib turgan kofirlarning changalini Payg'ambar aziz salomga yetkazmasdan himoyasiga olib turgan Abu Tolib amakilari vafot etgan yili bu surat tushdi. Makka mushriklari, makka kofirlari abu tolibning oldiga kelishib, abu tolibningoldiga kelishib aytishardiki, ey abu tolib, seni bizning oldimizda katta bir manzilatga egasan. Seni bir hurmating bor. Seni obro'ying bor. Shu hurmatingni e'tiborga olib, shu obro'yingni e'tiboriga olib, yoshingni ulug'ligini e'tiborga oldib, mana bu akangni yoki ukangning o'g'li bo'lmish Muhammad alayhissalom, bu kishini biz tep qo'yib turibmiz hozircha.
Agar sen bo'lmaganingda biz buni o'ldirgan bo'lardik allaqachon. Endi qarab tursang, butun bizni o'tgan butlarimizni, ibodat qilgan narsalarimizni, bu noto'g'ri deb bizni dinimizni biz din deb ushlagan narsalarimizni noto'g'riga chiqarib yubordi hammasini. Biz bunga endi ortiqcha chiday olmaymiz endi bunga.
Shuning uchun oxirgi marta senga kelyapmizki, yo ukangni tiyasan. Yoki bo'lmasa biz bilan sening o'rtangda urush bo'lib, yo biz halok bo'lamiz, yo sen halok bo'lasan degan so'zni aytishdi. Shunda Abu Tolib obro'li qavmidagi eng katta bir sharafli kishilardan edi. Bu gap qavm ichidan chiqib turib shu gapni aytilganligi unga og'ir keldi. Payg'ambar alayhissalomni chaqirdilar. Payg'ambar alayhissalomni chaqirib turib aytdiki, ey ukamning bolasi dedi. Yoki akamning bolasi dedi, mana mening qavmim bugun menga kelib, sening qilayotgan da'vatingni durust emas, to'xtatishligini talab qilishdi dedi. Men shu kungacha seni himoya qilib kelgan edim, bugun endi og'riq katta bir narsani gapirishdi. Bugun endi yo urush bo'ladi, yo sizlar o'lasizlar, yo biz o'lamiz degan gapni aytdi. Men endi bunchalik darajaga chiday olmayman. Endi dedi, bu da'vatingni to'xtatgin, men himoya qilolmayman seni dedi. Payg'ambar alayhissalotu vassalomni bir himoya qilib turgan, kofirlarning changalidan saqlab turgan Abu Tolib ham bugungi kunda ko'pchilik g'olib kelib, kofirlar g'olib kelib qo'yganligidan o'zining ukasining qilayotgan da'vatini himoya qilishdan chetlanib, chetga qochdi.
Shu vaqtda Payg'ambar alayhissalotu vassalom yolg'iz hech qanaqa himoyasiz qolib ketdi. Bizda ham atrofingizga odamlar juda ham ko'p to'planib turib, bir boshingizga musibat kelgan vaqtida hammasi har qayoqqa qochib ketgan vaqtida iymonni orqaga tashlab, qo'y men ham endi shu masjidlarga namoz o'qishni o'zimni chetlanib qo'ya qolay. Qo'y men am o'zimni boshimni shu bir musibatga ilintirib qo'yishlikdan o'zimni saqlay qolay deb turib, qochib ketishlik shunday narsalar bo'ladi. Payg'ambar alayhissalom bunday qilmadi. Ey amaki dedi. Bir siz himoya qilayotgan edingiz dedi. Lekin bugun buni siz xohlamayapsiz. Men sizni majburlamayman bunga dedi. Allohga qasamki, ey amaki, Allohga qasomki, agar quyoshning o'ng tarafimga yukini yuklasa, oyning yukini olib kelib chap tarafimga yuklasa ham, mening mana shu qilayotgan da'vatimni to'xtatasan desalar, men bu da'vatni to'xtatmayman dedi. Yoki Alloh Taolo buni zohir qiladi haqni. Alloh Taolo haqni zohir qilad. Yoki bo'lmasa, mana shu yo'lda men o'laman dedi.
Payg'ambar alayhissalotu vassalomni eng g'ariblik davrida qilayotgan da'vati bu. Eng g'ariblilik davrida atrofida hech kimi bo'lmay turgan bir davrda qilgan da'vati yo bu zohir bo'lishi kerak, haq, yoki bo'lmasa men shu yo'lda o'laman dedilar. Payg'ambar alayhissalom orqasini o'girib, yig'lab chiqib ketdi. Yig'lab chikayotganlarida amakilari eshikni oldiga yetganda aytdiki, ey akamning o'g'li, qayting orqaga dedilar. Orqasiga burilganlarida aytdiki, qulma ahbabda faollohila usallimuk alisherin abada. Allohga qasamki, nimaga rabbing buyurgan bo'lsa yoki bo'lmasa, nimaniki yaxshi ko'rgan bo'lsang aytishni, sen ayt shuni dedi. Allohga qosam ichib aytaman, men seni birovga topshirib qo'ymayman dedi. Biron bir kishi senga men tirik ekanman, seni soch tog'langni tushira olmaydi dedi. Bu tolib shunday himoya qilib turgan amakilari vafot etgan yili omil huzun xafachilik, qayg'u yili deb ismlangan edi. Amakilaridan keyin, uch kundan keyin, buni yana payg'ambar alayhissalomga kofirlar tegishidan sal bir hayiqib turgan narsalari sababi, payg'ambar aleyhissalomni o'ldirib yuborishlikdan ularni to'sib turgan bir sabab ayollari xadija edi.
Hadija yu kubroq bu bir boy badavlat sharaflik ayol bo'lganligidan kopirlar qo'y endi shuning ayoli bir sharaflik mansablik bir ayol uning hurmati uchun bunga tegmay turaylik mayli derdi da, lekin orqadan yashirincha bigiz tiqib bolta urib turishardi. Mana shu ayol ham abu tolibning vafotidan uch kundan keyin vafot etdi.
Uch kunidan keyin himoyadan mutlaq payg'ambar alayhissalom yolg'iz qoldi. Mana shu Abu Hadijaning hurmati uchun kofirlar Payg'ambar aleyhissalomga tegmay turganidek. Bu yerda bunday qarasangiz, kofirlar uchun, kofirlar uning insonning agar mansabi bo'ladigan bo'lsa, u bir hurmatli inson hisoblanadi. Agar insonning mansabi bo'lmasa, u agar Payg'ambar bo'lsa ham, ular uchun hurmati yo'q hisoblanadi kofirlar uchun.
Agarki u Payg'ambar o'lsa ham, uni o'ldirishlikni ular ravo ko'rib turibdi o'ziga, lekin Hadijaning mansabi va hurmati uchun, sharafi uchun shu ishni qilmayapti. Subhanalloh. Bu yerda Huda aleyhissalomga aytganda avvalo avvala rohdu la rajamna aka, va man ta'ala nabiy aziz dedi. Ey Xud! Shu atrofingizda uch to'rt odam shu bilmasdan sizga ergashib qo'ydi, endi ular bir hurmatli bizni qavmimizdagi falonchalar. Shular bo'lmaganda sizni biz toshbo'ron qilib o'ldirib olgan bo'lardik dedi. Subhanalloh, Payg'ambarni aytyapti. Siz Payg'ambarligingiz bir tiyin bizga. Ha sizni biz qachongina o'ldirib. Allaqachon sizni yerga toshbo'ron qilib ko'mib qo'ygan bo'lardik ku, lekin sizni atrofingizdagi uch to'rt odam bir kattakonlarni hurmati bo'lib turibdi deganda, va men anta alayna bi aziz, siz dedi, ey xud, bizga bir hurmatli emassiz yoki biz bu ishni qilishligimiz siz uchun bir bizga qiyin ham emas dedi. Deganda, xud alayhissalom aytdiki, a rohdiy, azzu alaykum minalloh. Sizlarga meni atrofimdagi to'rt besh odamni hurmatini qilib, allohdan ham shular hurmatli bo'lib qoldimi sizlarga dedi.
Allohdan ham atrofimdaki to'rt besh otamni hurmati hurmatli bo'p ketdimi sizlarga dedi? Subhanalloh. Bu sura mana shu yili eng qayg'u g'am tashvish bo'lib turgan yilda payg'ambar alayhissalomga alloh taolo shu surani qalbini taskin qilish uchun nozil qildi. Bu yusuf surasini shu vaqtda qalbini taskin qurish uchun alloh taolo nozil qildi da. Haqiqatdan g'am, rusta bo'lganda, yusuf surasida eshiting, o'qing, tinglang, qalbingizga orom keladi. Mana hozir o'qigan vaqtida tilovatni eshitganda, odamga boshqacha bir ta'sir bo'ladi.
Ato rahmatulloh alayhi aytgan ekan, layas nausurata yusuf mahzunun illa starohabihah. Yusuf surasini qaysi bir g'amgin kishi eshitsa, illo undin rohat oladi degan ekan. Yusuf surasini qaysi bir g'min kishi eshitsak, undin rohat oladide. Qur'ondagi kelgan qissalar bo'linib bo'linib har xil suralarda kelgan. Misol uchun, Muso alayhissalomni surasi Qur'onda yetmish uch o'rinda har xil suralarda zikr qilinadi. Biz ularni hatto qaysi suralarda zikir qilinganigacha aytib o'tganmiz. Agar mabodo shu surani yoki Muso alayhissalom yoki Odam alayhissalom, yoki Muhammad alayhissalom haqida bilmoqchi bo'lsangiz, falon suralarni o'qib ko'rsangiz, mana shunda bor deb zikr qildik. Har xil suralardan, lekin Yusuf alayhissalomning surasi, bitta sura boshidan to oxirigacha yin Yusuf alayhissa salomni zikr qiladi. Buni Yusuf alayhi salomni tarixini o'rganmoqchi bo'lgan kishi uchun qiyinmaski, Qur'onni ochib turib, Yusuf surasini o'qiydi, boshidan oyog'igacha yin, nima voqea bo'lganini o'rganadi. Mana shu Yusuf alay. Yusuf surasi va Yusuf alayihissalomni qissasining boshqa qissalardan ayirmachiligi mana shunda.
Qur'ondagi kelgan. Biz qissani boshlaymiz. Audhu billahi mina shaytonir ro'jim. Bismillahir rohmanir rohim. Alif lam ro tilka ayyatul kitabil mubin. Innah anzalnahu quranin ara biyan la allakum taqilun. Alloh Taolo muqattar aliflar bilan odatdagiday boshlab turib, mana bu mana shu Qur'oni aytyaptiki, ayyatul kitobil mubin. Ochiq Qur'ondagi kitobdagi oyatlar bu dedi. Biz bu Qur'oni arab tilida nozil qildikki, uni o'qib, aqllaringlarni yulg'izishinglar uchun biz uni nozil qildik deyapti.
Qur'oni Alloh shubhanahi va Taolo arab tilida qildi. Jabroil alayhissalom arab tilida Qur'oni olib tushdi vohida. Alloh Taolo Jabroilga Qur'oni arab tilida talqin qildi. Va Odam alayhissalom ham birinchi gapirgan so'zi arab tili bo'ldi deydi. Va yana ba'zi bir rivoyatlarda jannat ahlining tili ham arab tili deydi. Shuncha fazilatni bilgandan keyin arab tilini bilmagan kishilar o'zlariga ancha bir shu yurgan ekanman da deb qo'yadi da.
Nahnuna qussu alayka ahsanal qososi bima avhayna ilayka hadil quran. Va in kun ta'min qoblihi la minal g'ofilin. Alloh Taolo aytyapti, biz sizga eng qissalarning go'zalini qissa qilamiz deydi. Aytib beramiz, hikoya qilamiz deytdi. Alloh Taolo aytdi buni eng go'zal deb. Shuning uchun biz qissalarning go'zali deb aytyotganimiz. Alloh Taolo eng go'zal qissani biz sizga hikoya qilamiz va buni biz sizga Qur'onda buni vahiy qilib bergan edik dedi. Ya'ni ancha muncha narsada yo bir hadisul quddusiyda yo Payg'ambar alayhissalom tushida ko'rgan voqea emas edi bu qissa. Bu qissa alloh taolo vahiy qilib qur'onda jebriy yil orqali alloh taolo bildirgan qissa edi bu qissa bu qissa eng go'zal ediki, alloh taolo o'zi zikr qilib aytganday eng go'zal qissa shu dedi.
Eng go'zal hissani bolangizga o'rgatmoqchi bo'lsangiz, haligi yangi dunyoviy qissalarni izlab o'tirmang. Unday yaxshisi yo'q, go'zal yo'q. U hammasi yolg'onni o'rgatadi. Eng go'zalnini o'rgatamoqchi bo'lsagiz, Qur'onni ochingda Yusuf alayhissalomni hissasi o'rgating. Mana bugun eshitamiz inshaalloh shu qissani. Mana shu qissani bolaning tili chiqqandan boshlab o'rgatavering. Yusuf alayhissalom qissasi, chunki Alloh Taolo uni eng go'zali deb maqtadi. Undan ortiq maqtov bo'lmaydi endi. Va bu narsani, bu qissani biz sizga aytib berishdan avval, siz g'opillardan shu qissa haqida xabaringiz yo'q edi, bilmasdingiz.
Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam bu ami, ummi, ya'ni o'qish yozishni bilmagan bir kishi ediki, Alloh Taolo unga bir kunda vahiy qilib, Alloh Taolo bildirib qo'ydi. Va bu o'tgan payg'ambarlarning tarixlarini yoki Tavro at Injilni o'qib ko'rgan emas edi. Alloh Taolo bir kunda unga shu qissalarni hammasini Alloh Taolo o'rgatib qo'ydi edi. Mana buni o'zi Payg'ambar alayhissalomning chin haq Payg'ambar ekanini dalili shunday. Ulamolar ixtilof qilishgan ekan. Nima uchun bu qissa boshqa qissa qissalardan ko'ra eng go'zali deb aytilyapti desa, aytishgan ekanki, chunki bu qissa Qur'ondagi kelgan qissalardan ko'ta bu qissa hamma Qur'onda kelgan qissalar ibrat, hikmatlarni ichiga olgan narsalar bu qissani ichida bor degan ekan. Yana ba'zilar aytgan ekanki, bu qissaning go'zal bo'lishligi degan ekan. Yusuf alayhissalomni o'zining tug'ishgan, tug'ishgan aka ukalari zulm qilib, quduqlarga tashlab, undan keyin qancha o'ldirishlikkacha hasad qilib borishdi, lekin oxirida podshoh bo'lib turgan bir mansabga erishganda Yusuf alayhissalom akalarini kechirib yuborishligi eng ajoyibi shu yerda.
Shuning uchun Alloh Taolo buni eng go'zal qilsa deb aytdi dedi. Buni bir banda, oddiy banda kechirib yuvorolmaydigan darajadagi bir narsayiki, uni Payg'ambar kechirib yuvordi dedi. Shuning uchungi eng go'zali shu yerda deyishgan. Yana ba'zilar aytganki, bu qissaning go'zal ekanligi, bu qissada Payg'ambarlar, solihlar, farishtalar, shaytonlar, jinlar, insonlar, hayvonlar, qushlar, podshohlar va mamaliklar, qullar, tijoratchilar, ulamolar, johillar, erkaklar, ayollar va shularning ayollarning makrlari va tavhidga bo'lgan da'vatning barchasi bu qissani ichida bor. Shuning uchun eng go'zal qissa shu qissa degan. Dunyo va oxiratning hamma muammosi shu qissada bor. Shuning uchu eng go'zali shu degan. Demak, biz eng go'zal hissaga kirishib boramiz. Ifqola yusuful abiyhi ya abati inniy ro aytuv ahadah asharaka ukaban va shamsavval qamar. Ro'ey tuxumli sajiding. Bir kun Yusuf alayhissalom uxlab, uyqularida tush ko'rdilar. Yusuf alayhi salom o'n ikki yoshda edi.
O'n ikki vallohu a'lam shu atrofdagi bo'lgan bir yoshlarda edi, yana yosh bola edi. Shunda Yusuf alayhissalom bir tush ko'rdilarki, tushlarida bir oyni quyoshni va o'n bitta yulduzni Yusuf alayhissalomga sajda qilayotgan holatda ko'rdik, tushda.
O'n bitta. Yusuf alayhi salomning dadalari Yoqub payg'ambar. Yoqub u kimning bolasi? Is'hoq payg'ambarmi? Is'hoq ibrohim alayhi salomining bolasi. Payg'ambar sulolasida. Dadalari, bobolari hammasi payg'ambar bo'lgan kishi. Yoqub alayhissalomni o'n ikkita farzandi bor edi. Oltita farzandi bitta onadan. Oltita far zandi bitta onadan va to'rtta farzandi ikkita joriyada edi, cho'risi bor edi, ikkita cho'ridan tug'ilgan edi, to'rtta farzan. Va Yusuf bilan Binyamin esa u bitta boshqa onadan edi. Bo'lak bo'lak onalardan bo'lyapti. Ota bir, onasi bo'lak. Oltitasini onasi bo'lak, to'rttasini onasi bo'nak, Yusuf bilan Binyaminni onasi bo'lak, dadasi Yoqub alayhissalom hammasini.
Yoqub Yusuf alayhissalom bilan Binyaminning qattiq yaxshi ko'rardi. Nimaga deganda qariy deb qolgan vaqtida va eng oxirgi kenja farzandlarini yaxshi ko'rishlik, erkalatish hammada bor. Mana shu tabiat, inson tabiati Payg'ambarlarda ham bo'lib, u farzandlarini juda qattiq yaxshi ko'rardi. Va yosh bolalar edi.
Bu tushni Yusuf alayhissalom ko'rgan tushni darrov dadasiga kelib aytdi. E dada, men shunday tush ko'rdim, deb tushni zikr qildi. Shunda dadasi bildiki, o'g'illarini, katta o'g'illarini Yusufga bir hasad qilib qolishligidan qo'rqib turib, aytdi, ya bunaya, la taqsus ru ya ka ala ixvoteka fayaki du laka kayda. Ey bolam, dedi. Yosh bola bo'lsa ham o'rgatyapti. Ey bolam, bu tushingizni akalaringizga aytib yurmang, dedi. Birovga, begonaga demayapti, qarang. O'zingni tug'ishgan akalaringizga aytib yurmang, dedi, subhanalloh.
Ular sizga bir makr xiyla ishlatib yurishmasin, dedi. Bu tushingizga ham bir hasad qilib qolishmasin ular, dedi. Shu makr xiyla, ishlab qolmasin. Buni endi inson insonni bu makr xiylaga undaydigan narsa shayton. Shayton, dedi, insonning ochiq dushmani deb aytib qo'ydi. Yahyo alayhissalom sekin sekin tushuntirdi. Ehtiyot bo'ling. Shayton akalaringizni nima qiladi? Akalaringizni vosh voshqa qiladi, akalaringiz sizga makr xiyla qiladi, yomonlik qilishi mumkin. Aytmang deydi.
Tush haqida qisqacha to'xtaymiz. Ru yo Yusuf alayhissalom tushni ta'bir qilgan payg'ambarligi bilan tanilgan. Alloh Taolo Yusuf alayhissalomga bergan mo'jizalardan biri tushni ta'bir qilishlik mo'jizasini bergan edi. Boshqa payg'ambarlarga Musoaga Alloh Taolo masalan hassani berishlik, Isoaga misol uchun pestlarni va boshqalarni tuzatishlikni bergan bo'lsa, bu Yusuf alayhi salom tushlarni ta'bir qilishilikni Alloh Taolo bergan edi. Tush masalasini biz shariatda nima deymiz, tush masalasi. Uni tasdiqlaymizmi yo u yolg'on deb qo'lini siltab ketaveramizmi? Yo nima qilamiz? Ba'zi odamlar uxlab tursa, tush ko'rsa, bo'ldi yomon bir tush ko'rib qoladigan bo'lsa, bir necha kungacha o'ziga kela olmasdan keyin borib, dam soldirishlik yo'llariga o'tib qoladi.
Nimaga dam soldirasiz desa, bir tush ko'rgan edim, shunga bir dam soldirmoqchiman deydi. Mana shu narsalar bizni shariatimizda qanday qaraladi desak, tushlar uch qismdan, tush ko'rishlik uchta bosqichda bo'ladi, uch qismda bo'ladi. Birinchi qism Payg'ambarlarning tushlari. Bu tushni biz yolg'onga chiqarmaymiz. Payg'ambarilarning tushi sidq, to'g'ri ro'yobga tushadi, chiqadi va haq deb bilamiz uni. Alloh Taolo Qur'oni Karimda laqad sadaqallohu rasuluhur ro'ya bilhav laqad hulundan masjid al haromi inshaalloh aminin deydi.
Alloh Taolo Payg'ambarni ko'rgan tuvushini haqqiga ro'yobga chiqardi dedi. Payg'ambar alayhissalom bizni Payg'ambarimiz ko'rgan tuushini, tuvush ko'rganlar, umra qilishlik, Ka'bagaga kirishlik haqida. Mana shu tuvushni Alloh Taolo aytyapti, haqq ro'yobga tiqardi. Sizlar Masjidul Haromga Ka'bagaga kirasizlar inshaalloh. Aminim, xotirjam holatda kirasizlar. Omonda bo'lib turib kirasizlar deb Alloh Taolo buni xabarini berdi. Bu tush ro'yobga chiqdi, Payg'ambar alayhissalom ko'rgan tush. Mana Ibrohim alayhissalom ko'rgan tushni ham Qod Soddoktor Ruhya siz ko'rgan tushingizni haqiqiy ro'yobga chaqirdingiz deb turib Alloh Taolo maqtadi. Mana Yusuf alayhissalom ko'rgan tushni ham aytyaptiki, o'n birta yulduzni, quyoshni ko'rgan tushing oxiri oyatning oxirida keladi, suraning oxirida. Ya abati ha'da ta'viyli ruyu ya min qobil, xo'ja aliharobbi haqqi. Ey dadajon, men avval ko'rgan tushiimni Alloh Taolo o'sha tushni ro'yobga haq holatda chiqardi deb aytgan. Demak, Payg'ambarlarning tushi, u haq va rost tush. Ikkinchi tush. Bu solih kishilar ko'radigan tuyushlar. Solih kishilarning tuyushlari ham g'olibiyatda, ya'ni ko'proq o'rinlarda rost bo'lib chiqadi, kamroq o'rinlarda u tuyushlar ayni shu tuyshtak bo'lib zohir bo'lmaydi u tuyushlar.
Unga ko'p ishonib qolishligi yaxshi emas. Uchinchisi, soliq bo'lmagan posiqlarni, kopirlarning ko'rgan tushishlari, bu tushishlar chalkash tushishlar, Alloh ahlam deydi, ya'ni buning bir tavvil qilinmaydigan tushishlar bularning tushishidaydi. Shuning uchun tushda har xil tushni ko'rayotgan kishilar ba'zida o'zining holatiga bir qarasinki, u haligi namozni ham o'qimaydigan kishilarning ko'rgan tushlarini, bu mana faloncha tush ko'rgan ekan, shu mana shunday bo'libdi deb turib, o'sha tush bilan yashashlik bizni dinimizda, odamlarni shu tushlar boshqarib yashashlik nimasiga o'tib ketmaslik kerak.
Bu yerda Abiy Saidinil Qudriy radiyaallohu anhun aytadiki, men Payg'ambar alayhissalotu vassalomni aytganini eshitdim dedi. Idaro ahadukumur roya, xo'p, tush ko'rdi. Endi tush ko'rganda nima qilish kerak? Shariatdagi odoblariga keladigan bo'lsak, birovlar tush ko'radigan bo'lsa, darrov katta o'tilingan uy deb hisoblaymiz mana. Ya'ni hamma farzandlar shu uyning bo'lak bo'lak bo'lib boshqa uylarga ko'chib chiqib ketishgan. Ana endi tush ko'radigan bo'lsa, bir odamlarni oldiga borib shu tushlarini bayon qilg'isi kelib ketib, hali odamlarga aytadi, men shunday tushlarimni ko'rdim deb, ko'proq buni ayollar taviblarni huzurida aytadi. Keyin aytadiki, sizni dadalaringiz o'tgan ekan deydi, chirqirab turgan ekan. Shularni katta uyga borib turib bir deydi, o'zingizni uyingizdan masalliklarni olib deydi, haligi go'shtingizni, sabzingizni olib shu yerda bir osh damlashingiz kerak ekan desa, tuyushni borib shu yerda damlashligi bilan buning qalbi xotirjam bo'ladi. Mana men oshni damlab yeb keldim, endi bir mana shu ko'rgan bir musibatim endi kelmasa kerak deb xotirjam yashaydi endi u. Bunaqa emas u. Oshni yegandan keyin bu keladigan musibat, yegan osh bilan ketib qolaveradigan bo'lsa, aslida shariat nima deydi endi bunga?
Shariatda qanday qaraymiz desa, Payg'ambar alayhissalom aytyaptiki, idaro ahadukumur roya yuhibbu ha, agar sizlarni bittalaringlar yaxshi ko'radigan bir tush ko'rib, xursandlik bir tushini ko'rsa deydi, Alloh Taologa birinchi bo'lib hamd aytsin dedi. Alhamdulillah deb Allohga hamd aytsin deydi. Hamd aytsin. Undan keyin faryuhaddif bi ha bu hadisni aytma dedi. Faqat uni birovga aytsin deb qo'ya qoldi. Lekin boshqa hadislarda eng yaxshi ko'rgan kishisiga aytsin uni dedi. Biron bir kishiga shu ko'rgan tuzishini aytmasinki, faqat o'zi yaxshi ko'rtgan kishiga aytsin dedi. Chunki odamlarda shunday tabiat bo'lar ekanki, hatto sizni yurish turishingizni ko'ra olmaydigan odamlar tushingizni ko'rgan vaqtida ham haligi tushingizga g'ayrati kelib ketib, rashki kelib, ko'ra olmasligi, baxilligi kelib ketar ekan. Hatto sizni ko'rayotgan tushingizga ham baqir, minib yurgan mashinangizni, topayotgan pulingizni hisoblamang.
Shu ko'rayotgan tushingizni ham ko'ra olmaydigan kishilar bo'lar ekanki, shu tushingizni aytganda haligi chiday olmay sizga bir yomonlik qilib qo'yishi mumkin ekan. Shuning uchun hatto shu tushni aytadigan vaqtingizda ham eng yaxshi ko'rgan, ishongan kishingizga ayting deydi Payg'ambar alayhissalom. Bir kuni bir solihlardan birida edi bolasini yetaklab ko'chaga chiqdi. Ko'chaga chiqingizga ketayotgan edi, yo'lda bir odam uchradi. Qalay siz yaxshi yuribsizmi deganida, Allohga beadad hamdu sanoqlar bo'lsin, juda yaxshiman dedi. Juda ham yaxshiman, uyingiz, oilangiz hammasi yaxshi, tinchliligingiz barisi yaxshi. Ozgina yurgandan keyin yana bir o'chiradi. Qanday siz dedi, juda ham yomonman dedi. Oilangiz dedi, juda chatoq dedi. Sog'ligingiz deganida, sog'liq juda yo'q, sog'liq ketdi dedi. Og'riyapman dedi. Ozgina yurib degandan keyin bolasi aytdi, dada, boshqacha bo'ldimi dedi. Nimaga bu hozir ozgina birovga bunaqa aytdingiz, birovga bunaqqa aytdinguz dedi. Deganida birinchi uchragan odam bizni yaxshi ko'radigan odam dedi. Unga bizni boshimizga tushgan bir musibatni aytsak, uyiga borib uxlay olmay, bu bechoraga yordam beray men deb turib qiynaladi. Shuning uchun unga xursandchilik xabarini aytdim, xursand bo'ldi dedi.
Ikkinchi odam bizni shunday yomon ko'radi, unga ham yaxshimiz desak, haligi odam hasadlari qo'zib ketib, tunda uxlay olmay yuradi. Shuning uchun uni ham xursand qilib qo'ydim deydi. Falaya qussur ro'ya illa ala alamin av nasiah. Ro'ya tushni yo olimga borib aytsin, yo nasihatchi odamga, yaxshi ko'radigan odamga, hammaga aytavermasin deydi. Bu shariatni aytyapmiz, tush ko'rgandagi qiladigan ishlar. Agar yomon tush ko'radigan bo'lsa, u shaytondan bo'ladi shaymon tush. Birinchi bo'lib ko'rgandan keyin, tushni ko'rib uyg'ongandan keyin, avdu billayimna shaytoni rajim desin. Isti odi aytsin, allohni tanaqa so'rasin chayponini. Yomonligidan. Biz shaytonning yomonligidan panoh so'raydigan duoni aytganmiz. Endi so'raydigan o'rni kelib qoldi. Uxlab uyg'udan tursangiz cho'chib, yomon tuyish ko'rib turgandan keyin, aytadigan duo mana shu duoni aytganimiz. Kim aytib yuboradi? Allohu a'lam, ya'ni alloh ta'la, ta'lim ta'la, ta'min minhado behi va aqobihi va sharra ibadih va minhamazati shayton va yaxdurun degan duoni aytadi. Demak, uyqungizda yomon tush ko'rdingiz.
Masalliqlaringizni ko'tarib katta uyga yugurmang. Uyqungizda yomon tush ko'rdingiz. Domullarni izlab yugurib dam soldiradigan odamni izlamang. Yomon tush ko'rdingiz. Audhibillayimna shaytoni rajim audhibi kalimatilla aytta ammatim g'ababihi va ayqobihi va sharri g'ibadihi va min ham azati shayotin va yaxdurun degan duoni ayting bo'ldi. Qalbingiz xotirjam bo'lsin. Hech qanday yomonlik kelmaydi. Ana shuni aytsa dedi, fain nahal la yot tadurruh. Bu tush unga ziyon qilmaydi dedi. Bu tush un ga ziyon qilaydi.
Ko'rdingizmi? Shariat o'rgatib qo'ydi bizga nima narsa ziyon qilmadi, qanday qilganda ziyon qilmasini o'rgatib qo'ydi. Va la yot kurhali ahad. Yomon tushni ham birovga zikr qilmasin dedi. Yaxshi tush bo'lsa, yaxshi ko'rgan odamga ayting, yomon tush bo'lsa hech kimga aytmang yomon tushni. Zikr qilmang. Demak, tush ko'rgan vaqtida qilinadigan ishlar. Birinchisi, audubillohni aytishlik, shaytonning panohatlashlik duosini aytishlik, biror insonga uni yomon tushni zikr qilmaslik, keyin chap tarafingizga qarab tuflashlik. Tush ko'rgandan keyin chap tarafga qarab tuvlab qo'yishlik. Va yotgan joyingizdan boshqa tarafga qarab o'girilib yotishligingiz yoki joyni o'zgartirib yotishingiz. Yo oltinchisi, iloji bo'lsa tahorat qilib ikki rakat namozini o'qing, bo'ldi, Alloh sizga kifoya. Boshqa hech narsasidan qo'rqmang. Tuyushdan qo'rqib yashashlik bu musulmonning xulqi emas u. Musulmon bir Allohda qo'rqub yashaydi. Unday bo'ladigan bo'lsa, biz yurganda inson u jinlardan qo'rqilib, yotganda tuyushdan qolib, uxlashdan ham qo'rqa qolamiz. Yotsak, shu men boshimni yostiga qo'yishim bilan men bir g'alati tushlarini ko'raman deb haligi o'tirib chiqishga muhtoj bo'lib qolamiz. Shuning uchun xotirjamlikni shariat bizga o'rgatib qo'ydi.
Ammo kofir kishi bir tush ko'radigan bo'lsa, posix kishi bir yaxshi tush ko'radiga bo'lsa, kofir odam bir chiroyli tush ko'rdi, posix odam bir chiroylik tush ko'rti. Bu tush qanday ta'biy qilinadi yoki ta'bir qilinadi desa, bu tush, kopir ko'rgan tush yoki uning iymonga kelishligi, tavba qilishligiga dalolat bo'lishi mumkin degan ekan. Kopirlar ancha muncha yaxshi tush ko'ravermas ekan. Ko'rsa ham ana shu ko'rgan kopirning tushi yo uning iymongga kelishligiga sabab bo'lay deb turgan bir holatini ko'rsatadi deydi. Yoki bo'lmasa Alloh Taolo, hoy kopir, ko'zingni osh oxiratda sen mana bunday narsalarga uchraysan deb turib, Alloh Taolo unga inzor qilib tushirgan tush bo'ladi deydi.
Nafiya ibn Umarning ma'losi aytyaptiki, Ibn Umar deydi, Ibn Xattob rodiyallohning, Abdulloh. Aytadi, men Payg'ambar alayhissalotu vassalomning asxoblari, sahobiylar. Payg'ambar aleyhissalomni oldida yig'ilishib o'tirardi da, ko'rgan tuyishlarini, yaxshi tuyishlarini Payg'ambar ali alayhissalomga aytardi, Payg'ambar salom hazrat qilmagan birovga. Birovning ko'rgan tushiga ham, mulkiga ham, hech narsasiga hazrat qilmaga. Payg'ambar alayhissalotu vassalomning mulki, boyligidan ko'p boylar bo'lgan u Payg'ambar alaysonim atrofida bo'lgan, lekin birovga hasad qilmagan. Payg'ambar aleyhissalomga kirib aytishardi haligi ko'rgan yaxshi tuyishlarini.
Payg'ambara alayhissalotu vassalom ularga qarab, mashalloh, Alloh taolo shunday tuz ko'rdingizmi deb, boyagi Alloh xohlagan narsasi bo'ladi deb bir maqtad, maqtagan bir sig'adi ularga aytib qo'yardi. Buni ko'rib turgan Abdulloh yosh bola edim deydi. Shu vaqtlarda yosh edim, hali uylanishlik ham hayolimga kelmagan bir davr edi deydi. Lekin shu yosh bo'lganligimdan uyda ham yotmasdan masjidda yotardim deydi. Subhanalloh. Yosh bola, uyni ham tariq qilib, masjidda yopib, masjidda turib ibodat qilganligini ko'ring, Abdulloh ibn man.
Bu hadislar o'qilib, haligi bir roman o'qilganday bir qissalarni o'qiganimizda o'tib ketish kerak emas hadislarda. Hadislarda bir poytaxtalarni chiqarib, bir ta'sirlanadigan joylarni ko'rishimiz kerak. Ana shu yosh bola aytadi, hali uylanishlik mening hayolimga kelmagan bir vaqtda men mahkitlarda yotib bir ibodatlarni qilardim deydi.
Shunda haligi odamlar kelib Payg'ambar alayhissalomga aytayotgan qissalarni eshitgan vaqtimda, o'zim ham qiziqib ketardim da, ey Abdulloh, sen yaxshi odam bo'lganingda edi, haligilar ko'rganga o'xshagan bir yaxshi kuchlar ko'rarding dedi. Ha senda yaxshilik yo'q deb o'ziga o'zi aytyapti. Tush ko'rmas ekanda. Yaxshi odam o'lganingda haligilarga o'xshab tush ko'rarding. Kelib Payg'ambar alayhissalomga aytarding, Payg'ambar aleyhissalom ham seni maqtab, mashalloh derdi deb.
Keyin bir kuni kech payt keldi, tahorat qilib, yotadigan o'rniga kelib turib, yotishdan oldin duo qilib, ey Alloh dedi. Agar sen menda bir yaxshilikni, men bir yaxshiligim bo'lsa dedi, bir yaxshi inson bo'lsam dedi. Menga ham bir yaxshi bir tush ko'rsatgin dedi. Allohdan so'rayapti. Qarang, subhanalloh hatto Payg'ambar alayhissalomni bir maqtovini eshitishlik uchun nima qilyapti? Tush, tush Allohdan so'ryapti, namoz o'qib so'rayapti haligi. Kelib endi yotdi o'rniga. Shunday yotsam dedi, ko'zim uyquga ketishi bilan ikki parishtani ko'rdim dedi. Subhanalloh. Ikki parishtaning qo'lida ikkovining qo'lida ham mehjam deydi, changog'lik temirlarni ushlab turibdi ikkov deydi. Dahshatli. Changog'lik temirlarni ushlab ko'ribdi. Ikkovlari shunday meni keldi da, qo'limdan yetaklab jahannamga qarab sudrab ketsa bo'lami dedi.
Subhanallohni. Shunday kelib turib ikkovlar jahannamga qarab meni sudrab ketdi. Men dod faryod qilib, ey alloh, meni jahannamdan saqla, ey alloh,meni jahannamtan saqla deb allohga duo qila boshladim. Shunday yo'lda meni sudrab ketayotganda, yana bir parijda qo'llarida changaklari bilan oldimdan chiqib, qo'rqma, ey Abdulloh deb aytdi.
Ne'mar rojul an sen yaxshi kishisan dedi. Lav tuk firu solat, agar namozni ko'p o'qisang dedi. Subhanalloh. Ko'rdingizmi? Sen yaxshi kishi bo'lasan, agar biroq sen namozni ko'p o'qisang dedi. Meni shunchalik sudrab olib borib jahannamning qirg'og'iga olib bordi. Shu tagida jahannam labida turibdi jahannam.
Jahannamning qirg'og'iga oldi bordi, shunday qarasam, quduq singari jahannamning og'zi kavo ko'rinib turibdi. Ikki chetida xuddi quduqning chetidagi haligi arqonni nima qilib turib chiqaradigan bo'ladi yu. Xuddi shunga o'xshagan quduqning cheti ikkita narsasi bor, ikki parichda o'sha yerda changoklari bilan ushlab turibdi. Jahannamning izchida odamlar oyoqlaridan osilib, boshlari pastga qilingan holatda zanjirlar bilan osilib turganini ko'rdim deydi. Ko'rib turib haligini ko'rib turib jahannamni ko'rdi. Tushda. So'rab yotgan, yaxshi narsa ko'raydi. Shundan keyin cho'chib uyg'ondim dedi. Hali endi maqtanib hamma Payg'ambar alayhissalomga tushni aytyapti, bu kishi bir chetda o'tiribdi qo'rqib. Ayta olmasdim. Sekin Hafsa radiyallohu anha oldiga keldim deydi. Hafsa Payg'ambar aleyhissalomni ayollari, Abdullohni opalari tug'ishgan. O'zini opasini oldiga keldi. Hafsa radiyallohu anha oldigasiga sekin keldim da, sekin ko'rgan tushimni aytdim. Mana shunday tush ko'rdim deb sekin aytdim de. Shuni aytgan edim, Hafsa onalarimiz Payg'ambar alayhissalomga aytib berdi. Shunday tush ko'ribdi degan edilar. Payg'ambar aleyhissalom ne'mar rojul Abdulloh lauqomal lail. Abdulloh qanday ham yaxshi kishi bo'ladi, agar tunlarda namozini tashlamay o'qisa deb aytdilar.
Tabiiy ta'biy shunday bo'ldi. Yaxshi kishi bo'ladi, agar tunda namozlarni tashlamasa. Shu gapni eshitgandan keyin, Abdulloh kechasi turib namoz o'qishni umr hayotida tashlamadi. Bitta tush bilan umrning hayoti mobaynida o'shani tashlamadi. Mana ahli ta'biylar aytishar ekan, kim tushda qattiq qo'rqadigan bo'lsa, u ongida omonda bo'ladi degan ekan. Kim tuvushida amanda bo'lsa, u o'ngida bir xavf xatar kelish alamati bo'lib turibdi degan ekan. Amanda bo'lib qolsa. Qalalloh laqadakanati yusuf va ixvatihi ayyatul nisa ilin. Yusuf, Alloh Taolo aytyapti, Yusuf va uning aka ukalarida so'rovchilar uchun mo'jizalar bor deydi. Savol. Qanday Yusuf bilan uning aka ukalari haqida so'rayotganlarga qanday mo'jiza bor? Qanday mo'jiza bo'lishi mumkin?
Aytinglarchi? Kechirib yuborish mo'jiza emas. U eng yaxshi xulqlardan biri. Mo'jizalar bor degani so'rovchilar uchun Yusuf haqida, Yusufning akalari haqida so'rayotganlar uchun mo'jiza bor degan yahudlar Payg'ambar alayhissalom oldiga kelishdi. Kelishdi da aytishdiki, ey Muhammad, sallallohu alayhi vasallam.
Bizga dedi, bir Yusuf Payg'ambar haqida aytib ber chi dedi. Payg'ambarimizni ustidan kulmoqchi bo'ldi. Deganida Alloh subhanotu alo Yusuf surasini komilicha nozil qildi dedi. Payg'ambar alayhissalotu vassalom uni aytib berdi shularga. Payg'ambar alaysalom o'qish yozishni bilmagan, boshqa narsalarni xabari yo'q edi, lekin shuni aytib berishni o'zi bir katta mo'jiza bo'ldi da. Shuni aytib bershin o'zi bir katka mo'jiza bo'm.
Ifqolul la yusuf va hu va habbu ila abina minna va nah nuasba. Bular aytishdi, aka ukalar, tushni eshitishdi. Yusuf alayhissalom kelib aytib qo'ydi aka ukalariga, akalariga. Akalariga aytib qo'shgandan keyin, akalari aytishdiki, Yusuf va uning ukasi Binyamin dedi, dadalarimizga bizning ko'ra juda sevikli bo'lib ketdi dedi. Hasadni qarang. Ko'ra olmaslikni kerib kelayotgan joyini qarang. Yusuf va unung ukasi dadamizga bizning ko'la nima, sevikli bo'lib ketdi. Vaholanki biz o'sha degani bir to'da bo'lsak, ya'ni o'nta, o'nta bular. Biz to'damiz va o'smir juda kuchli bir biz hozir ishga yaroqli bo'lib turgan bir jamoatmiz dedi. Yusuf bilan Binyamin bu kichkina bolalar bular. Bular hech qanaqa ishga yaroqiysiz emas bir vaqtda. Biz dadalarimiz bizni ko'proq sevishni o'rniga bu ikki ishga yaroiqsiz bo'lgan bolalarni bizni ortiq ko'ryapti dedi. Inna abana latif bolalimmubin. Bizni dadamiz deyapti, subhanalloh. Ochiq bir zalolatda adashdi deydi. Qarang, o'g'il dadasini yana kimni payg'ambar dadasi, payg'ambar bo'lib turgan kishini ochiq bir zal olatda deb aytyapti.
Inson deydi, shariatda bir farzandini biridan ortiq yaxshi ko'rishligi man qilinmagan. Bir bolangizni biridan ortiq yaxshi ko'rasiz, qizingizni o'g'lingizdan, o'g'lingizi qizingizni ortiq yaxshiroq ko'rishlik bu tabiatda bor. Lekin men qilingan narsa shuni izhor qilib qo'yishlik bolalarni orasida. Bolalarni orasi shuni bildirib qo'yishdik. Bu shariat shuni qaytaradi. Lekin qalbingizda biridan birini ortiq ko'rishingiz mumkin.
Shayxon ravosh shayxonu vahoy rohima anun nomaniy ibn bashir mana nomaniy ibn bashiriddin keltiryapti hadisda. Anna abah u atabih rasululloh, no'mon ibn bashirning dadasi no'mon ibn bashir yosh bola edin deydi. Yosh bola edin. Bu no'mon ibn bashirning dadasi boshqa ayolga ham uylangan, lekin bu ayol, no'mon i brun bashir bu ayoldan bo'lgan. Mana shu No'mon ibn Bashirni yetaklab keldi dadasi. Payg'ambar alayhissalomni oldiga olib keldi da, ya Rasululloh, men shu o'g'lim No'monga, yosh bolaga, bir g'ulomni, ya'ni xizmatchi qulni hadya qildim dedi. O'g'limni hadya qilyapman shu qulni dedi. Shunga dedi, sizni dedi, bir guvohlikka o'tkazib qo'ymoqchi bo'ldim. Chunki ayolim yubordiki, guvoh qilib qo'ying shuni qilganingizga dedi. Hadya qilganingiziga deb, Payg'ambar alayhissalomni guvoh qilib ko'ymoqchi bulyapti. Shundan keyin Payg'ambar aleyhissalomga kelib, shunga sizni bir guvoh qilib bo'lmoqchi edim sizni dedilar. Shunda Payg'ambar alayhissalom, boshqa ham farzandlaringiz bormi deganda ha dedi. Boshqalarga ham xuddi shunday bir g'ulomdan berdingizmi dedi. Bir xizmatkordan quldim berdingizmi deganda yo'q dedi, faqat shunga berdim deganida aytdiki, farjiha, uni qaytarib olgin dedi. Bergan g'ulomingni qaytarib ol, hadyangni qaytarib oldi dedi. Chunki dedi, Allohda qo'rqinglar.
Farzandlaringlarni orasida adolatni qoyim qilinglar deydi. Odillik qilinglar farzandlarni o'rtasida. Deb aytdilar. Va yana bir rivoyatlarda vala tushidniy iidan bunday birga berib, birga bermagan zulm, bu zulmlarga dedi, meni guvoh qilmanglar deydi. Men unga guvohlikka o'tmayman bunday zulmga deydi. Buni ya'ni Payg'ambar alayhissalom zulm deb aytyapti. Bollarning ichida birini, birini ortib ko'rib, biriga berib, biriga bermaslikni bu zulm va men shunga ham guvoh bo'lmayman deyapsiz, vay Alloh. Bugungi kunda biz bolalarimizning ichidagi narsalarga guvoh emas, bir katta bir katta narsalarni yeb yuborishliklariga guvoh bo'lamizda, indamasdan xotirjam uxlayveramiz yana. Yana shu guvoh bo'gan narsamizda bizga tegadigan qismatni talaba ham qilib qo'yamiz harom pulni. Men guvaliga o'tganman, o'sha vaqtda menga ham ozgina keladigan joyi bor deb turib, shu pulni ham talab qilib qo'yamiz. A bu Payg'ambar alayhissalom nimaga o'tmayapti? O'zining bolasiga o'zini bergan narsasi zulm qilyapsan, men unga guvoh bo'lmayman deydi.
Anas radiyallohu anhu aytadi, anna rojran kana inna nabiy sollallohu alayhi vasallam fajaa ibn lahu. Payg'ambar ali alayhissalomni oldida bir kishi o'tirgan edi deydi. O'g'li kelib qoldi. Haligi kishini. Haligi kichkina o'g'li kelgandan keyin kichkina o'shani o'pdilar va tizzalariga o'tkazdi. Keyin birozdan keyin qizi kelib qoldi dedi. Qizi kelib qolganida uni ham ajlasa ha bay nayri uni shunday nima yerga o'tirasan dedi da oldiga o'tkazdilar. Uni o'pmadi yu ham tizzasiga ham o'tkazmasdan narroqqa o'tira qolgin deb o'tkazdi da. Payg'ambar alayhissalom aytdilarki, allasavoy tabay nahuma. Bularni orasini tenglik qilmadingiz deydi. Adolatli qilmadingiz, bunisini o'pib tizzangizga o'tkazdingiz, buni yaqin o'tirib o'tkazdingsiz, odillik qilmadingiz dedi.
Mana bu o'tgan hadislarning hammasi farzandlarning oralarida, o'rtasida bir birini yomon ko'rishga olib boradigan yo'lni to'sishga bo'lgan Payg'ambar alayhissalomning tarbiyalari bo'lyapti. Bolalar bir birini nima qilib qolmasin, yomon ko'rib qolmasin degan tarbiyani beryapti Payg'ambar aleyhissalom. Mana hozirgi kunda ba'zi bir oilalarga qaraydigan bo'lsangiz, dada vafot etib ketadi, ona vafot etibketadi. Bir ana shu oiladan tarqagan aka ukalar bir birlarini yilda bir ko'rsa ko'radi, ko'rmasa ko'rmas bo'lib ketadi. Sababi kim sabab? Dada bilan, ota bilan ona shunday qilib qo'yadi. Qilishi bitta farzandini yaxshi bir toparman farzandini uyda olib qoladi da, haligini tabarruk qilib haligi farzandni maqtaydi da, hali bechora toparman bo'lmagan, Alloh rizqini uni kam qilib qo'ygan farzandni, uni chiqaradi da, uni har doim uni koyishlik. Mana shu narsani ko'rgandan keyin farzand zada bo'lib ketadi. Keyin ota ona vafot etgandan keyin, ha sen dadamni qo'ltig'ida yurgan farzandsan, nima qilsang qilaver deb turib, hatto ba'zilari janozalariga ham qatnashmasdan shunday qilganlar bor.
Mana bu, demak, Payg'ambar alayhissalom dada, ota, ona vafotdan keyin o'sha oilaning, o'sha bir biriga bo'lgan qarindoshlarni tarqab ketmaslik nimasini ushlab qo'ydi Payg'ambar aleyhissalom. Bada al hasad, demak, hasad boshlandi. Yusufning akalarida hasad boshlandi. Nima deyapti? La yusufu ahadbo ila abina minna. Yusuf dadalarimizga, Yusufning ukasi dadalarimizga bizning ko'ra yaxshiroq, sevikli. Biz esa dedi, nimamiz deyapti, eng kuchga mingan bir jamoatmiz dedi.
Hattoki hasad shu darajaga keldi, shu darajaga yetib keldi, o'z otalari bo'lmish, bo'lib ham payg'ambar bo'lgan dadasini inna abana lafirda al immo bin. Bizni dadamiz ochiq bir zalolatda deyishlik darajasiga keldi. Dadamiz bir adashdi endi dadamiz. Dadamiz qaridi endi. Dadamiz aqildan ozdi endi. Endi dadani so'zi olinmaydigan bir vaqt keldi o'zi dadamiz. Payg'ambarni bolalari dadasini shunday degan ekan. Hozirgi kunida ham bola sal kattayib uylanib, ikki uch farzandli bo'lib qolgani keyin dada chetga suriladi.
Dadani gapi gap bo'lmay qoladi uyda. Onani gapi gap bo'may qoladi. Ular orqada qolgan qoloq odamlar, ular hisob kitobni bilmaydigan odamlar bo'lib qoladi ular. Gapirgan gaplari tursa topoq, o'tirsa oppoq bo'ladi. U bir chetga turiladi ular. Vaholanki, bu o'shalarning bir pushti kamaridan dunyoga kelganligini esdan chiqarib turibdi. Vaholanki o'sha ota onalar o'sha vaqtida pulini ham hisobini adashmasdan, yaxshi yedirib, yaxshi ichirib, buni shunchalik darajaga keltirganini endi esdan chiqaradi.
Otamiz adashganday degan gapni aytadigan bo'lib qolar ekan. Innaaba anana fido lalimmu bin, dadamiz adashgan endi, unga quloq solmanglar deb qo'yishadi birovlar. Uyga borib o'tirsangiz, qariyalar bilan gaplashsangiz, ba'zi o'g'illari, dadalari ba'zi narsani aytsa, xafa bo'lmaysiz, dadam sal aljib qoldi deb qo'yadi. Shunday aytadi. Dadasini nimasini aytishlikni uyalmaydi bu.
Biz bir solih, olim kishini aytganmizki, hayvo degan kishini. Onalari hayvo, olim. Mana shunday jamoatning ichida dars berib o'tiradi. Onalari jinni edi. Onasi jinni edi. O'zidan o'zi o'rnidan sakrab turib, ey hayvo, haerni supurib yubormaysanmi? Ey hayvo, mollarga qaramaysanmi? Deb baqiradigan pelilari bor edi, onasi. Darsda jamoatning ichida dars berib o'tirgan vaqtida shunday kelib turib, ey, tovuqlarni donini bermaysanmi? Desa, shunday qarab, ey jamoat, uzr, sizlarga dars berishim naql. Onamga itoat etish vojib, men tovuqqa dom ber deydi, men domga berib kelaman deb chiqib ketib, donini berib, keyin kelib darsni davom ettirardi. Jinni bo'lgan onasini shunday itoat qilardi.
Jinni bo'sgan, aqldin ozgan onaga shunday itoatlardi. Subhanalloh. Bu bizni islomning boshqa narsalarida buni topa olmaysiz bunday. Bunday xulqni, bunday tarbiyani, islomning barchasida nima bo'ladi? Qariyalar uyiga olib borib tashlaydi islomning boshqasida. Islomning barchasida qariyalar uyiga yig'ilinayotgan bir pontlarni o'zlaricha ko'rsatib turib, biz yaxshilik xayriya pontlarini uyushtirdik deb turib, uyalmasdan buni bir nima qiladi odamlarga. Aslida buni yashirish kerak, buni uyalish kerak. Jamoatning ichida shunday qariyalar otalar, onalar, farzandlar quvib chiqarib yuborganligini eshitishning uyaladigan bir holati o'zi aslida. Al hasad, ko'ra olmaslik, hasad deydi, xuddi temirning zangiga o'xshaydi deydi. Temir zanglaganda shu zang bilan yotgan temir bir yil, ikki yil yotaveradi, zang chuni teshib teshib borib temirni ham yo'q qilib yuboradi deydi. Hasad insonning qalbini egarlaydi da, qalbini kavmirib, kavmirib insonni yo'q qiladi hasad deb. Hasad shunday. Abdurahim aytadi, i yakum al hasad, hasaddan saqlaninglar.
Birovni birov ko'ra olmaslikdan qo'rqinglar deydi. Bu yaxshiliklarni yeb tugatadi, insonni yaxshiligini. Xuddi o't o'tinni yeb tugatganday deydi. O't qanday o'tini yoqib yuborsangiz yonib ketadi. Hasad insonning yaxshiligini shunday tez kunda yo'q qilib yuboradi dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadi al hasad yufsidul iyman, kamayufsidul sobirul al asal. Hasad iymonni posod qilib yuborad. Buzib yuboradi, ta'mini yo'qotadi iymonni. Xuddi aloyni bilasiz ku a? O'simligi, achchiq o'simlik. Buni asalga qo'shsangiz, eng bog'liq bo'lib turgan asalni ham ta'mini bilmay qo'yasiz. Achchiq bir aloyning ta'mini bilasiz deydi. Xuddi shunga o'xshab aloyni buzib yuborgan aloy nima asalni buzib yubaigan aloyga o'xshab iymonni hasad buzib yuboradi, uni iymoningiz ta'mi bo'lmaydi endi. Hasadchi kishining qalbida iymonda lazzat bo'lmaydi unda. U qachon bo'lsa ko'chada yursa ham, kirsa ham, namozda tursa ham, birovni qanday qilib oyog'iga bolta urishlik, birovni qandoq qilib o'sha turgan mansabini yo'qotishlik, birovning masjiddagi qilib turgan da'vatini, qanday qilib uni to'sishlik, shu g'am tashvish, hasad uni yeb ado qiladi u.
U iymonni lazzatini bilmaydi. Payg'ambar alayhissalom aytadiki, dabba baynakum daul umman qoblakumul hasad val bog'dor. Sizlarni oralaringlarda avvalgilarning kasalliklari emaklab yuribdi deydi payg'ambar alaysalom. Kasallik, shunchalik darajada. Shunday emaklab kirib ketyapti sizlarni ichinglarga. Bu hasad bilan, ko'ra olmaslik bilan nima deydi, bog'dor, bir biringlarni yomon ko'rishlik deydi. Mana shu ikki xislat. Bir birini ko'ra olmaydi musulmonlar. Yo bir biridan xafa, bir biridan u o'tirgan joyda men o'tirmayman, u borgan majlisga men qatnashmayman. Mana shunday, bog'dod. Yomon ko'rish. Yal halaliy qil. U dedi, nima qiladi, qirib tashlaydigan narsa dedi Payg'ambar. Bu sochni qiladi deb aytmayman, u dinni qirib tashaydi dedi. Dinni o'chirib yo'q qilib tashaydi u, tez kunda. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, la tahasalu, hasad qilmanglar bir biringlarga. Va la taqata'u, oranglarni dedi hasad qilgandan keyin, ko'ra olmaslikning keyin, tez orani uzadi. Aloqani uzmanglar bir biringa. Tabag'alu, bir biringlarni yomon ko'rmanglar. Va la tadabaru, orqanglarni burib ketib qolmanglar, darrov arzimagan narsa bilan bo'ldi, musulmonminda qo'lini silkaydi da ketaveradi.
Bu aloqani musulmon musulmonni aloqani uzib yuborishlik hech narsaga o'xshamay qoldi. Hech narsa u qadrsiz bir narsaga aylanib qoldi. Musulmon musulmondan darrov aloqani uzib olishlik. Uzmanglar. Va ko'nglim ibodalloh ihvani. Allohning bandalari bir biringlar bilan dedi, birodar bo'linglar, birodar bo'm yashanglar dedi. Uchta hasadchi odam jamlanibdi. Uch ov. Shulardan biri aytibdiki, kelinglar endi uchovimiz bir ichimizdagi dardlarimizni bir birimizga aytib, bir ichimizni bo'shataylik debdi.
Hali odam bir ichidagi narsalarni birovga aytsa xuddi bir yengillagandayqa bo'ladi u. Haligilar shunday ichimizni bo'shataylik deb, shu bilan birinchisi boshlabdi. Shu men debdi, yonib ketyapman, birovlarni yaxshi bo'lib ketyotganini hech ko'ra olmayman debdi. Yonib ketaman, qo'shnimni bir mendan yaxshi yashasa, qo'shnimi bir namoz o'qisa, masjidga borayotganini ko'rsam ham, hali yonib ketadi yu, o'zi masjidga qatnamagani uchun.
Shundan ikkinchisi aytibdi, bu sizni dardingiz dard emas ekan debdi. Meni dardim sizda bo'lsa, allaqachon siz endigacha kuyib, kul bo'lgan bo'lar ekansiz debdi. Sizni dardingingiz nima degan ekan, mendagi dars shuki, birovlar birovlarga yaxshilik qilsa, hech chidab turolmaymanki, nima uchun menga o'sha yaxshilikni qilmayapti ekan deb chiday olmayman deb. Birovlar birovga qilayotgan yaxshilikni ham chiday olmas ekanda. Nima uchun manga shuni qilmayapti deb haligi. Shunda uchinchisi aytibdiki, ikkovini ham darding yengil ekan debdi. Meni dardim sizlarda bo'lsa, sizlar allaqachon kuyib ketgan bo'lardinglar. Sizni dardingiz nima degan ekan aytibdiki, mening dardim shundayki, men odamlar menga yaxshilik qilsa ham ko'ra olmayman debdi. Odamlar menga yashillik qilsa ham ko'tara olmayman, shuni qayerdan topib yaxshilik qilyapti ekan debdi. Shunchalik hasad. Qayerdan topyapti ekan a buni a? Deb haligi hasad qilar ekan hasadchi. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, la hasadillahi fitnatin. Ikkita narsada hasad qilsa arzigulide.
Musulmon odam ikkita narsadan bir ichi o'rtanib, yonib, shunday bo'lsa bo'ladi, ikkita narsa. Buning biri alloh taolo bir insonga mol bergan bo'lsa dunyo, shu dunyoni haq dinning haqiqatini ro'yobga chiqarishda, dinning rivoji uchun oxiratining obod bo'lishligi uchun mana shu bor mulkining molini halok qilib olgan kishi halakati hiydayapti. Ya'ni ba'zisini sadaqa qilgan kishi demayapti. Bor molini halok qilib yuborgan kishini ko'rganda bir hasad qilib, men shunday qila olmayman, men kuchim yetmaydi unga deb yuboradi. Biz sahobalarni o'qigan vaqtda hasadimiz qo'zib ketadiki, o'sha sahobiylar qanday qilib turib shuncha dunyoni Allohtao uchun kechib yubordi, men kecha olmayapman degan narsa kelib qoladi. Iymonim zaifligi esimizga tushib qoladi. Ikkinchisi, ikkinchi hasad shu ekanki, bir insonga alloh taolo ilm bergan bo'lsa, shu ilmga uni amal qilinayotgan ilm, har qanday ilm emas. Juda ko'p odamlar ilmli bo'lishi mumkin, lekin amal qilmaydigan ilmni chaqacha uni foydasi yo'q. Arab tilini sharroz bo'lib turib gapirib, arab tilini gapirib Qur'onlarni tarjima qilishi mumkin, lekin Abu Lahab arab edi.
Uni biz esdan chiqarmasimiz kerak, lekin uning arab tilida gapirganligi, arab bo'lganligi uni Jannatga olib bormadi uni. Uni Do'zaxga olib ketdi. Tabbat yada'abila'ab yuva'tab deb Alloh Taolo'h, abila'ab halok bo'lsin, halok bo'ldi, qo'riq qo'li qurisin deb Alloh Taolo uni Qur'onida la'nat bilan zikr qildi. Shuning uchun bu ilm, ilm bu sharroz bo'lishligi, arab tilini bilishligi, bu foydali bo'lib qolavermaydi ekan. Ilmni foydali bo'lishligi uchun ham amal qilishligi, ham uni ta'lim berishligi, odamlarga yetkazishligi ekan.
Ana shunday odamni ko'rgan vaqtingizda bir hasad qilar ekansizki, men ham bir Alloh ilm bersa yu, amal qilib shuni odamlarga bir yetkizsam degan bir fikr o'tar ekansiz. Uqtulu yusufa avut rahfu hu ardon yahlu lakum wajhu abiyukum. Vataku numin badigi koman solihin.
Ular aytishdiki, Yusufni o'ldiringlar dedi. Hasa shunday. Dadalarini zalolatda dedi, adashdi. Endi Yusufga kelishdi navbat. Yusufni nima qilamiz? Yusufni o'ldiringlar dedi. Yusufni o'ldiringlar deb turgan edi, ichidan biri mehriboni chiqib qoldi. Xo'n akaning ichidan. Mehribonning qilayotgan ishi yo'q, o'ldirmaylik. Endi biz haligi qotil emasmiz u biz. Lekin bizni qiladigan ishimiz uni uzoqroq joyga yo'qotib kelaylik, tashlab kelaylik, qurtaylik deydi.
Odam bir narsani qo'li bilan o'ldirishi mumkin. Bir narsani o'zi orqada turib, odam yollab turib o'ldiradiki, ertaga kuni uni odamlarni oldida boshqa odam o'ldirgan bo'lib chiqib kelaveradi, lekin orqada turgan haqiqiy qotil orqada turib turaveradi, yashirinib, pardani orqasida. Ana shu uslubni qo'llashdi. Biz o'ldirmaylik ku, lekin dedi, biz uni bir joyga tashlaylik, boshqa odamlar o'ldirsin demoqchida.
Shunda yaxlululakum va jo'abekum, uni bir joylarga tashlab kelsak, shundan keyin dadanglarning sizlarga bo'lgan mahabbati xolis bo'ladi deydi. Subhanalloh. Otaning mahabbatini xolis qilish uchun farzandini o'ldirib, uni mahabbatini g'alaba qozonmoqchi bo'lgan. Va takun umin badi iqomin solihin. Bundan keyin dadani zalolatga chiqardi. O'p, yusufni o'ldirishlik va aytyaptiki, ana o'shandan keyin sizlar solih qavmga aylanasizlar deydi. Subhanolloh. Qotil bo'lib turgandan keyin solihqonga aylanasizlar deyishyapti.
Shuni eshitganda, nahotki shunday qilish mumkin, mumkinmi degan bir savol odamni fikridan bir o'tadi. Nahotki shunchalik daraja o'ldirib, undan keyin borib, solih kishiga aylanasizlar deb aytish mumkinmi? Bu mumkin emas degan bir xayol o'tadi. Ha, biz bunga ajablanmasak bo'laveradi. Chunki inson bir haq so'zni aytganda, haq so'zini aytasiz. Qur'onda Alloh Taolo shunga buyurdi. Alloh Taolo hadisda shunga buyuryapti. Bu sunnatda kelgan amal, bu haq. Bu meni so'zim emas, bu Allohni so'zi, bu Payg'ambarni so'zi deb da'vat qilib masjidlarda, xutbalarda tomog'ingiz yirtilguncha odamlarga bir narsa tushunsin deb joningizni ayamasdan haligini gapirasiz. Shunday deb turgan vaqtingizda bir odam bir jamoatlar chiqadi da, aytishadiki, bu odamni bizni fikrimizni gapirmayapti, buni yo'qotaylik buni, buni tez hammallab, buni orqasiga tushib, bir narsa qilib quritaylik, buni yo'l qilaylik. Ana undan keyin solih bo'lamiz, solih qavmlarga aylanamiz. Shu masjid buzilib ketganida, shundan keyin borib solih masjidlar, qavmlar bo'ladi deb aytishadi.
Xuddi o'shandan farqi yo'q. Yusufni o'ldirib turib, undan keyin solihga aylanamiz degandan farqi yo'q! Qolaqo ilm minhum la taqto'lu yusufa va al qufu fiy g'iybat il jubbi yaltaqid g'ubadu sayyora in quntum fay ilin. Ulardan biri aytdiki, yusufni o'llarmaylik. O'ldirmanglar. Uni. Jub. Quduqning g'oyib, eng chuqur joyiga tashaylik. Ba'zi bir musofirlar kelib, uni o'zlari bilan olib ketishi mumkin. Agar sizlar shuni qiladigan bo'lsanglar, shuni qilinglar deyishdi.
Qolib, ya abana malakalat aminna. Bular maslahatni pishirishdi, pishirtirib, keyin dadalarini oldiga kelishdi. Yusufni olib borib quduqqa tashlash kerak. Yoqub alayhissalom yusufni atrofidan jildirmaydi. O'zi bilan birla olib yuradi. Doim qayerda bo'lsa. Shundan kelishdi. Yoqub alayhissalomdan Yusufni olish uchun. Keldi da aytdiki, ey otajon, nimaga siz yusufni bizga ishonmaysiz? Dedi. Avval ham so'rashgan ekanda. Bermagan ekan. Shuning uchun endi ikkinchi so'rayapti, nimaga siz bizga ishonmaysiz Yusufni? Voy nalahulloh nasixon, biz Yusufni saqlaymiz, nasihat qiluvchimiz biz Yusufga.
Bizga bilan ertaga bir yuboring, bir dalalarga o'ynab kulib kelsin endi, Yusuf yozilsin derdi. O'ynab, subhanalloh. Va biz uni saqlaymiz deyishdi. Otasi aytyaptiki, Yoqub alayhissalom, Yusufni mendan sizlarni olib ketishinglar meni juda g'amgin qiladi. Juda tegincha endi chidab tura olmayman, bir tashvishda turaman. Qalbim xotirjam bo'lmaydi dedi. Va uni yo'lda yana bir g'amgin bo'lishim, uni bir bo'rimni bir narsalar yeb qo'yishdan ham qo'rqaman deydi. Va sizlar bundan bir g'aflatda bo'lib turgan vaqtinglarda bo'rilar tegib qo'yishidan qo'rqman deydi. Qalulayin akalar xuddi bu anax nosiba. Biz shunday kuchli bir jamoat o'n kishi bo'lib turib, Yusufni kelib bir bo'ri yesa, yeyishi mumkinmi? Bu mumkin emas. Unday bo'ladigan bo'lsa biz ziyon qiluvchilar bo'lib qolamiz, dadajon. Yeya olmaydi, beravering Yusufni deyishdi. Falon ma'da ha bu bihi ajmauh an yaji aluhi fih g'oyabatul jub. Yusuf alayhissalomni Yahud alayhissalomdan ko'ndirib olib ketishyapti. Ko'ndirdi. Yusuf alayhissalomni yelkalariga o'tkazib olib, birisi ozroq yurgandan keyin ikkinchisini yelkasiga o'tkazib, ikkinchisi ozroq yurgan, uchinchisini yelkasiga, yelkadan yelkaga hurmat bilan olib chiqib ketyapti.
Yoqub alayhissalom qarab turibdi. Ahd paymon berishdi, eng katta o'g'lim ahd qildiki, ey dadajon, ahd beryapman Allohga, Yusufni sog' salomat olib kelib beraman deb ahd qilishdi. Subhanalloh yolg'on o'limga olib ketyapti, Allohni o'rtaga qo'yib turib, yolg'on ahd paymon bilan aldab turib olib chiqib ketyapti. Ba'zi kishilarni ko'rasiz, o'zining bir tijoratlarini yurgizish uchun yoki sizni cho'ntagingizdagi bir miqdorda bilib qolgan pulini hammallab sizning olib olishligi uchun shunaqa hiylalarni, nangraylarni ishlatadi. Aytadiki, Allohga qasam ichaman, men jumanlarga namozlarga qatnashyapman deb ham qo'yadi. Mendaydi besh vaqt namoz ham o'qiyapman, namoz hammanam deb qo'yadi haligi. O'zini foydasiga hal qilishlik uchun bunday narsaga musulmonlar aldanib qolmasligi kerak. Biz namozimizni pesh qilish uchun o'qiyotganimiz yo'q, o'qiyotgandirsiz deyish kerak. Ro'za tutyapsiz, o'zingizga foydasi, menga uni foydasi yo'q, uni zikr qilmang deyishlik kerak. Talaba ilmman desa, ilmni o'zingiz uchun o'qiysiz, men uchun emas deyish kerak. Siz dunyoviy masala bilan gaplashyapsiz, men ham dunyoviy masala bo'yicha gaplashyapman deb hal qilish kerak.
Ular ham qanday keltirishdi, dadalariga ah paymon berdi, Allohni o'rtaga qo'yib turib ishontirishlik uchun. Eng katta o'g'li men olib kelib beraman deydi. Men olib kelaman, va'da deb dadaga va'da berdi. Olib ketayotganda hurmat bilan yelkalariga qo'yib olib chiqdi da, dadasini ko'zi endi g'oyib bo'lib, dadasini ko'siga ko'rinmaydigan joyga kelganda Yusufni yerga uloqtirdi, oloq qo'yilib sinib ketadigan darajada.
Birisi tepib, birisi uloqtiryapti. Yusuf alayhissalom unisiga yalinib, bunisiga yalinib ey akalar, biz aka ukamiz bir qarindan biz dunyoga bir otadan dunyoga keldik, pushti kamardan dunyoga keldi. Aka ukamizmiz desa, yo'q dedi. Bizdan najot so'ramagin dedi. Quduqning tepasiga olib kelishib turib, quduqga tiqayotgan vaqtda Yusuf alayhissalom xursand bo'lib quduqqa tushib ketgani yo'q. Quduqning chekkalariga yopishib turib, qudug'larni ushladi, ular itarib, qani endi tush desa, ey akam faloncha qutqaring meni desa, mendan najot so'rama dedi. Ey falonchi aka, sizga Alloh rahm shafqat bersin, qutqaring desa, mendan shafqat so'ramagin dedi. Ular aytdiki, sen tuyushingda ko'rgan o'n bitta yulduz oy quyoshdan so'ra indamadat dedi. Hasadni qarang. Ana shu yerni ichidagini chiqarishdi. Ko'ra olmasligini chiqardi.
Yusuf alayhissalomni shunday qilib olib borib quduqqa tashlashdi. Quduqqa tashlashi bilan Alloh subhanahu va taolo quduqning suvini ketkazib, Alloh subhanahu va taolo quduqni suvini ketkizib, quduqning tagidagi bir toshni chiqarib qo'ydiki, Yusuf alayhissalom shu toshning ustiga qadamlarni qo'ydi. Alloh taolo vahiy qildi Yusufga, hali kichkina bola, kichkina bolaga vahiy qildiki, latunabbi annahum bi amrihim hada vahim la yashurun. Va vahina ilayh. Biz unga vahiy qildik, bularning qilayotgan ishlarini kelajakda xabarini berasiz ularga deb. Siz xotirjam bo'ling, deb vahiy qildi. Bu vahini qilganimizda akalari buni sezgani yo'q deydi. Alloh taolo vahiy qilib qo'ydi. Yusuf alayhissalom. Yusuf alaysalom xotirjam bo'ldi, quduqda. Alloh taolo payg'ambarini quduqni ichidan ham xotirjam qilib qo'yibdi.
Vajau abah um ushanyab kun. Kech bo'lishini kutib o'tirishdi. Kech bo'ldi. Dadalarini oldiga yig'lab kelishdi. Yig'lab kelishdi dadalarni oldiga. Makkorlik, xiyla, xiyra. Xiyla. Makr ishlatishlik.
Yig'ining bir turi shu. Yig'i har xil turda yig'lanadi. Birovlar nakr uchun yig'laydi, hiyla qilib. Kech vaqt kelishdi. Kech vaqti kelishini sababi, kunduz kuni kelsangiz otani ko'ziga qarab yolg'on gapirishga ham ba'zida uyalasiz. Yolg'on gapiryotgan odam yuzini olib qochib, ko'zini olib qochishga ko'p gapiradi. Shu narsaga biz tushib qolmaylik deb kech bo'lishini kutishdi.
Zulmatda, qorong'i vaqtda borib gapirsak, bemalol gapiramiz. Qayoqqa qarab turganimizdan dadalarimiz bizdan uncha bilmaydi, shubhalanmaydi deb turib, kech bo'lishni kutdi. Ikkinchidan, kechroq bo'lsa biz rosa yusufni qidirib, izlab borsak, rosa topganimizda bo'ri yeb qo'yibdi deb aytamiz deb turib, kesh bo'lishini nima qildi, kutdi. Xuddi yusufni g'am tashvish bilan kuni bilan izlaganday. Kech bo'lganda yana yig'lab kelishdi. Yig'lab. Shuning uchun aytishar ekanki, ulamolar buka al mar la yadulla ala sidqi maqolih. Bir kishi yig'lab turishligi, uning gapirayotgan gapining haq ekanligiga dalil emas degan ekan. Bir kishi yiqilib turib gapirgan gapi, uning gapi haq ekanligi dalil emasligi degan ekan. Shuning uchun bu yerda Amish rahmatulloh alay qozilardan odil, qozilardan biri Shurayxning majlisida o'tirgan edi. Bir ayol dod faryod aytib yig'lab kirib qoldi. Yig'lab kirdi. Haligi ayol yig'lab turib bo'lgan muammoni masalani aytyapti. Shunda Amash Shurayx qodir. Amash uning do'sti o'tiribdi. Shunda Amash aytdiki, ha shu ayolni yig'isiga qaraganda, bu ichlari yo'linib o'rtanib ketyapti, shu ayol haqqi u dedi.
Buni yig'lagani uncha muncha odam bunday o'xshab yubora olmaydi dedi. Bu haq deganidek, shunda shu Shurayx qozi aytdiki, ey, Amish, Yunusufning akalari, dadalari Yaqubni oldiga kelganda shunday yig'lab kelishgan edi dedi. Sen yig'i bilan hukm qilma, adil adolatlik bilan hukm qul dedi. Kim odil bo'lsa, shuni shu haq bo'laveradi, adolat bilan hukmni qilgin dedi. Yig'lab turgan odam yolg'onchi bo'lishi mumkin. Yig'lab surib tuhmat qilishi mumkin. Shuning uchun dedi, yig'i bilam hukm qilmadi dedi. Shuning uchung odamlarning orasidagi masalalarni hal qilishlik, erkak ayollarning orasidagi masalalarini hal qilishlik. Qozoq deydi buni, qozichilik masalalari judayam daqiq, nozik, zakiy bo'lishlikka, judayam ziyrak, zakovatli bo'lishlikni talab qiladi inson. Ancha muncha odam borib turib, ikki odamni o'rtasiga tushib, sen xavfsansan, sen noxavfsansan deb ketishligi durust emas ku. Uning uchun judayam zakovatli bolishlik kerak. Shabiy aytadiki, kam ibn siuar degan kishi, kana ja alisan endi umar ibn xattob. U kishi umar ibn xatobni oldida o'tirgan edi deydi. Umar ibn xotobni oldida o'qirdi. Fajayatu imroh, bir vaqt, bir ayol kirib keldi.
O'tirsak, Umar ibn Xatoobni oldida bir ayol kirib kelibdi. Kelib, ey Amirul mo'minin dedi ayol. Men ro'y to'g'ri, juda ham qattiq ahvol men zavjiy. Gapiring dedi. Deganidek, men dedi, yer yuzida men o'zimning erimdan ko'ra afzal insonni ko'rmadim dedi. Eng afzali o'zimning erm dedi. Mashalloh. Umarimni hatto. Aha. Nimaga deganidek, mening erim dedi, kunduzlari ro'za tutib Allohga ibodat qiladi dedi. Kechalarda namoz o'qib, Alloh Taologa ibodat qiladi. Bunaqa er yo'q, er yuzda dedi. Umarimdan hatto xursand bo'lib ketib, mashalloh, mashalloh dedi. Mana bo'lar ekan u, erini maqtab kelgan ayolni birinchi ko'rishim dedi.
Ayollar doim erini yomonlab boradi a? Erini maqtagan ayolni birin chi ko'rishim deydi umarimdan hatta. Alloh taolo gunohingizni mag'firat qilsin deb turib haligi ayolni rosa maqtadi umarim atop. Aytdiki, sizga o'xshagani dedi, bundan ham ortiq maqtovlarga loyiqsiz dedi haligi ayolga. Maqtab, keyin ayol indamasdan burilib chiqib ketdi. Ketgandan keyin Ka'b aytdiki, ey amirul mo'minning haq bilan hukm qilmadingiz dedi. Haq bilan hikm qilmading degan edi umarimdan hatto aytdiki, iye, nimani hukm qilaman? Bu ayol menga hech bir muammoni aytgani yo'q. Ha bu ayol kelib erini maqtadi. Shuni bir maqtagisi kelib kelibdi meni oldimga, maqtab ketdi dedi. Yo'q. Erini shikoyat qilib keldi dedi. Erini shikoya qilib keldi. Eri tuni kuni bilan ro'za tutib, ayoliga qaramas ekan. Tuni bilan namoz o'qib, ayoliga qaramas ekan, yillab, oylab o'tib ketar ekan, ayol haqqi ado qilinmas ekan dedi. Ayolgaqaramas ekan. Shuni shikoyat qib keldi dedi. Subhanalloh, qarang, qanday zakovat bilan, odob bilan berdi savolni. Odob bilan. Haligi ayol.
Shunda shunaqami dedi? Chaqir. Hozir ko'ramiz, seni gaping haqmi, meni gapimmi dedi. Chaqirdi. Umariddin otabek ayol, mana bu dedi, Ka'b dedi, sen eringni shikoyat qilib kelibsan, buni gapiga qaraganda. Va shu kunduz ro'za tutib, tunda namoz o'qib senga qaramaydi degan bir ma'noda gapirayotgan ekansan, shu haqmi deb edi, ha dedi.
Ha, shunday deb keldim dedi. Degan edi Umariddin Xattob aytdiki, bu masalani men tushunmagan edim, buni sen tushunding ey Ka'b, sen hukm qil dedi. Bularni orasida endi hukmni sen chiqarib ber endi dedi. Degan edik, Ka'b aytdiki, yo'q, o'zingiz chiqaring dedi. Yo'q, siz illo sizni chiqarasiz, shunga men roziman dedi. Shunda Kaab aytdiki bir erkak qanchaga uylanishi mumkin dedi.
Ha? Nima bilmaysizlarmi erkaklarni? To'rtta uylanishi mumkinmi? Sal qo'rqmaysizlarmi? Bir erkak to'rttaga uylanishi ma'qul dedi. Dedi deyapti. Bir erkak to'rttaga uylanishi mumkin. Har bittasiga navbat uch kundan keyin keladi dedi. Bu kishi dedi, madamin kibir ayoli bor ekan, uch kun Allohga ibodat qilsin da, to'rtinchi kuni ayolga kelsin dedi.
Shundan keyin umarimdan hatto vo ajabo avvalgi berganingizdan javobingizdan ham ko'ra hozirgi javobingiz kuchli bo'ldi dedi. Zakovatni ko'rdingizmi, qanday yechib berdi? Qoluv ya abana innavaha bna nastabi quvatorak na yusufang na ma ta'inav fa akalavu veb va man tabiiy mo'minilardan avvalav kimdan sodiqin. Dadalarini oldiga kelib aytdiki, otamiz, biz musobaqa qilib, poyga qilib yugurib ketibmiz u Yusufni matolarimizni oldida qarab o'tirgin deb tashlab ketsak, keyinimizcha bo'ri yeb ketibdi deb. Biz qanchalik senga sizga dedi dadalarga sizga sodiqlik bilan, rostgo'ylik bilan aytganimiz bilan, baribir siz bunga ishonmaysiz dedi. Baribir siz bunga ishonmaysiz deb aytdi.
Ular Yusuf alayhissalomni oldiga ko'ylak olib kelishgan. Yusufni ko'ylakni yechib olgan edi, hududga tashlayotganda. Ko'ylagini bir yolg'on bir narsani so'yib, qonga belab olib kelishgan edi. Mana bo'ri yeb, qonga belab tashlagan ko'ylagini olib keldik deb ko'ylakni berishdi. Shunday oqibat alayhissalom ko'ylakka qarab turib, kazabdum, yolg'on aytyapsizlar dedi. Agar rost aytganingizda bu bo'ri uni yegan bo'lsa, ko'ynaklarini yirtgan bo'lardi dedi. Ko'ynakni yirtish esdan chiqib qolgan edi.
Shuning uchun aytishadiki, yolg'onning nimasi qirq yil keyin bo'lsa ham chiqadi deydi yu. Bu qirq yil emas hozir. Bir kundan keyin ham yolg'on ochilyapti. Yolg'on har vaqt yolg'on ochiladi. Har vaqt dushmanlik qilgan insonlarning dushmanliklari o'zining asrini yashab o'tib ketgandan keyin bo'lmasa ham, uning rasvo inson ekanligi ochiladi da, unga o'zining davrining keyinlarini qaytinaveradi. O'zini davrida zo'r yashab o'tgan bo'lsa ham.
Bu ochiladi bu narsa. Ularning yolg'on gap belab kelgan ko'ylaklarining nimasi ham dadasi qarashligi bilan uning yolg'on ekanligi ochilib qoldi. Vajat sayyoratun. Farsalu varidahum fadla fadla dalva. Qolaya bushraha va g'ulom va asr ruhu bifaha. Shu vaqtda bular dadalariga yolg'on narsalarni aytishdi.
Dadalari ko'ylakni ko'rib yolg'on ekanini bildi da aytdiki, bu sizlarni nafsinglar ziynatlayotgan narsa. Ya'ni sizlar nafsinglar o'sha narsani ziynatlab ko'rsatdi da, shu ishni qildinglar. Men chiroyli sabr qilishdan boshqa narsa yo'q. Sizlar sifatlayotgan narsadan Alloh menga madadkor deydi. Yoqub alayhissalom. Keyin sayyora. O'sha Yusuf alayhissalom tashlangan quduqni atrofidan yo'lovchilar, musofirlar o'tib qoldi. Musofirlar odatda shu vaqtda oldida yuradigan bir suvlarni olib kelib turadigan odamlarni ham o'zlari bilan yollab chiqishar ekan. Shunda shu suv olib keladigan odamlarniy quduqni ko'rishdi da, boringlarchi bir suvga qaranglar deyishdi. Yugurishib kelib haligi suvga qarashdi, quduqqa qarashdi da, quduq qop qorong'i, hech narsa ko'rinmadi. Paqirni tashashdi. Tashlaganda Yusuf alayhissalom paqirga o'tirib olib, paqir bilan qo'shilib chiqdi. Haligilar shunday chiqarishdi da, ko'rdi Yusuf alayhi salomni, xursand bo'lib ketdi, ya bu shirinroq deb baqirishib yubordi. Xursandlik deb xabarini aytishib yubordilar. Ular bir payg'ambarni bugun bir biz qutqaryapmiz deb xursand bo'lgani yo'q. Yoki bo'lmasa bir quduqning ichida halok bo'lay deb yotgan bir insonni biz qutqaryapmiz deb xursand bo'lib ketgani yo'q.
Xuddi bizni hozirgi kunimizda ba'zi odamlar misol uchun, odamlar mana o'lim bir holatida ko'rib qolsa bir xursand bo'p ketadiki, mana bir bir bir pul kelyapti deb ko'ziga ko'rinadi. Kasal odamni ko'rganda. Ana shunga o'xshab bir ular ham bir xursand bo'lgan joyi, biz buni yashirib olib borib endi sotib yuboramiz deb xursand bo'lib ketishdi. Aytganday ular darrov haligini birovlarga ko'rsatmasdan yashirib Yusufni yosh bolani o'zlari bilan sotishlik uchun olib ketdi.
Mana shu vaqtda Yusuf alayhissalom biz yuqorida aytganday o'n ikki yoshdagi vaqt edi. Vasharav hu vita manin bix sin daro hima ma'buda. Ular Yusuf alayhi salomni arzimaydigan deyapti Allohdan o'zi. Bahs. Arzimaydigan, hech narsaga yaroqsiz degan. Va garohim ma'duda sanoqli tangalarga dirhamlarga Yusufni sotishdi deydi.
Subhanalloh. Yusuf alayhissalomni arzimagan narsaga va dirhamlarga uni sotdi. Bu yerda Shayx Sadiy aytadiki, Yusufday payg'ambarni sotishib, uni pulini puliga nima narsa sotib oldi ekan ularda edi. Yusufday payg'ambarni sotishdi, shu arzimaydigan pulga endi nima narsa sotsa, ular bir boyib ketdimikin yo shu Yusufga sotgan pullari ularga asqatdimikin, nima qildi ekanda edi?
Dinlarini arzimaydigan pullarga sotayotgan kishilar shu arzimaydigan pullarni pullari ularga nimaga asqatdi ekanda edi. Ularni bir boyitib yubordimikin o'sha pullari deyishar ekan. Va ka anu anu va ka anu fii himna zohidin. Ular tez Yusufni sotdi, tez undan zohid yana undan voz kechib, undan qutilishlik uchun shuni qilishdi.
Bozorda o'sha vaqtda Misr Yusuf alayhissalomni Falastinidan olib, Kananandin Misrga olib borildi. Misrda sotildi. Misrga podshoh bo'lak, moliyaviy xazinaning vaziri bo'lak. O'sha moliyaviy vazir, xazinalarning vaziri bozorga chiqib bir o'ziga yaroqli qul izlab yurgan bir davriga to'g'ri kelib qoldi deydi. Qarasa Yusuf alayhissalomni ko'rdi da, narxi ham arzon, o'zi ham yosh bo'lganligidan haligini o'sha Aziz deb laqablanib Qur'on Aziz deb uni zikr qildi. Bu uning laqabi edi. O'sha aziz uni sotib oldi. Yusuf alayhi salomni sotib oldi. Alloh taolo aytadi va qola lillahi ishtarohu min misroili imro'tihi. Alloh taolo o'sha sotib olib kelgandan keyingi voqeani aytyapti. Sotib olib kelib, o'zining xonadoniga Yusuf alayhissalomni olib kirgandan keyin, ayoliga qarab aytdiki, akrimiy matbaa, buni dedi, o'rnini hurmat qiling dedi. Buni hurmat qiling dedi Yusuf alayhi salom. Asa an yomfa ana, bu katta bo'lganda bizga foydasi tegib qolar bu Yusufni. Yo bo'lmasa biz uni bola qilib olamiz dedi. Chunki u aziz vazir bo'lishiga qaramasdan Alloh taolo buning pushti kamarini nima naslsiz qilgan edi.
Nasli yo'q edi. Farzand ko'rmaydigan edi. Shuning uchun ayoliga olib kelib turib, mana buni biz bola qilib boqib olishimiz mumkin deb turib, buni hurmat bilan, bolani qanday qadrlagan bo'lsang, xuddi shunday qadrlab, buni hurmatbilan boqgin deydi. Subhanalloh, Alloh Taoloning tadbiri. Siz uni xabarini berasiz deb aytgan edi, quduqning ichidan Alloh Taolo chiqarib, qasrni ichiga olib borib qo'ydi. Hasadchilar hasad qilib, uni unga berilgan ne'matni yo'q qilishlikka harakat qilgan edik. Alloh Taolo undan ortiq bir ne'matni berdi. Undan ortiq ne'matni berdik.
Farzand bu vazirning bir farzandi bo'lib, u yerda bir qasrning ichiga kirib bordi. Kadalika makkannali yusuf fil or. Alloh Taolo aytadi: mana shunday biz yusufni yerda o'rnashtirdik, joylashtirdik, joyini olib borib qasrga qo'ydik deyapti Alloh Taolo. Valinual nima hu min ta'vilil ahadid? Biz yusufga tushlarning ta'villarini ham unga o'rgatdik deydi. Tushlarni ta'villarini o'rgatdi deyapti. Shuning uchun ta'bir qilishni bu Alloh Taoloning bergan, yusufga bergan bir mo'jizasi. Vallohu g'olibun ala amri va la kemnakta la narsalari yarimun. Alloh taolo o'zining amrida g'olibdir, Alloh taolo hamma ishda g'olib keladi. Ular Yusufni past qilamiz deyish, harakat qilib, makr xiyla qildi. Alloh taolo g'olib keldi da, Yusufni aziz qilib qo'ydi. Alloh taolo hammani narsasida aziz. Shuning uchun hech ham g'irt saqinishlikning odati yo'q musulmon. Musulmon kishi birov sizni xor qilaman deyapsan, ikkira katta namoz o'qing, siz aziz bo'lib ketasiz, haligi odam xor bo'lib qolaveradi.
G'amgusta qilib bir qo'rquvni musulmonlarga hojati yo'q musulmonlar. La xofun alayhim va rahmatulloh taolo taqvo qilib iymon keltirganlarga oxiratda qo'rquvi yo'q deyapti, dunyoda u qo'rquvu buni minbobi avlo bo'ladi. Ya'ni bu dunyodagi qo'rquvo unga mutlaqo bo'lmasligi mumkin. Shuning uchun ikki rakat namoz bilan sizni xarlayman degan odamni xarlashingiz mumkin.
Va lamma bala va ashudda bu atayna bu hukma va ilma va kadal kanazin muhsulin. Yusuf alayhissalom o'spirin yoshiga yetib ashudda, ya'ni yigitlik davriga kelganda, Alloh Taolo unga hukmni berdik va ilmni berdik deydi. Alloh Taolo ilm berganday hukm. Va bu Yusuf alayhissalomga Alloh tarafidan maqtov va sifatlar. Alloh Taolo Yusuf alayhi salomni sifatini bergan. Hukmni berdi, ilmni berdiku deyapti va u muhsinalardan edi, yaxshilik qiluvchi kishilardan edi deydi.
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam merosiga tushganlarida Yusuf alayhibassalomni ko'rdilar. Shunda aytyaptiki, Yusuf alayhissalomga bu go'zallikning naq yarimi Yusufga berilgan ekan deylik. Jamol, tog'ni ko'rasiz, boshqani ko'rasiz, uni ko'rasiz, buni ko'rasiz, og'zingiz ochilib, haligi lol qolasiz u, voy bunchalik chiroyli ekan deb qolasiz a? A bu dunyodagi jamolning yarimi Yusufda ekan.
Subhanalloh. Yusuf alayhissalom devolni oldiga kelsa, yuzidan chiqayotgan nurning aksi devolda ko'rinardi deydi. Shunchalik darajadagi jamolni berilgan edi Yusuf alayhissa salom deydi. Yusuf alayhi salom mana shu qasrga kelgan vaqtida balog'a erishda, ya'ni eng Alloh Taolo hukmni berdi, ilmni berdi deganda o'n yetti yoshga to'lgan edi deydi. O'n yetti.
O'n yettiy yoshli yigit bo'lib, ko'zga tashlanib va unga yana ham berilgan jamol, xulix, odob, o'ta hamma narsalarni Alloh Taolo bunga mujassam qilgandan keyin, buni Azizning ayoli, ya'ni o'sha qasrdagi vazirning ayoli ich ichida yonmay qoldi.
Billa yotib, billa turib, bir uyda bo'lgandan keyin, baribir ham shayton insonni vasvasa qiladi. Kunlar keldi, Alloh Taolo mana shu bo'layotgan voqeani zikr qilyapti. Varavada tullati huva fiy baytiha an nafsihi va g'allaqati ila buvam va qolat haytalak. Haligi. To'xtaymizmi? Davom etib turamizmi?
Varavada to'. Illati vvahiy baytiha. Yusuf alayhissalom uni uyida yashab turgan ayol, Azizning ayoli, ba'zilar Zulayho deyishgan ekan ismini. Shu azizning ayoli o'ziga Yusufni ravvada degani qattiq fohisha ishga talab qildi deydi. Mana shu ishni qilasan deb talab qildi. Qo'lidagi bir qul, uning qo'lidigi qul uni o'ziga mana shunday buzuq ishga talab qilib turib, eshiklarni avval yaxshilab quluplab. Eshiklarnini quluplab va yaxshi bir go'zal kiyimlarini kiyib kelib, Yusufni oldiga haytalak dedi. Kel bu yoqqa, men senga tayyorman, tayyorlandim dedi. Shunday deyishi bilan Yusuf alayhissalom bu gapni eshitishi bilanoq, ma'ruza Alloh, Alloh saqlasin, Alloh saqlsin deydi. Alloh saqlasin dedi. Innohurubbi axsanamat voy, bu mening xo'jam dedi, ya'ni aziz. U meni o'rnimni dedi, judayam axsan, eng go'zal o'rnini berdi menga dedi. Eng yaxshi bir muruvvatni ko'rsatdi, men unga qanday endi xiyonat qilaman deyapti. Innohulayyuf li xidzolimun, zolimlar najot topmaydi dedi Yusuf alayhissalom.
Demak, Yusuf alayhissalom Alloh Taolo Yusufda mana shu aytgan so'zida sabrning butun sabog'ini Yusuf alayhissaalloh berib qo'ydi. Qanday sabr sabog'ini beradi? Sabr uchga bo'linadi deydi. Sabr uchga bo'linadi. Inson deydi, musibatlar kelganda sabr qiladi deydi. Qiyinchilik, musibat kelganda sabr qiladi. Bu bir tur. Ikkinchi turi inson badanlariga Allohning taqdirlari, alamli taqdirlar bitilgan bir alamli narsalar kelganda sabr qiladi. Kasal bo'lsa, boshqa bo'lsa, bu ikkinchi tur deydi. Uchinchi turi Alloh harom qilgan narsadan nafsini tiyib sabr qiladi, bu uchinchi tur deydi. Yusuf alayhissalom Alloh harom qilgan narsadan nafsni tiyib sabr qildi.
Mazza Alloh, demak Yusuf alayhissalomni bunday buzuq fohisha ishni qilishlikdan, imtino qilib, ya'ni o'zini chetga olishlikdagi sabablarning, chetga olishilikda deydi, eng avvalgi narsa, eng avvalgi sabab. Nima uchun shu fohishani qiladi? Nima uchun buzuqlikni qilmadi? Eng birinchi sabab Allohdaan qo'rqganligi deydi. Eng birinchi sababi Allohdaan qo'shdi. Shuning uchun inson ba'zi bir sabablarni zikr qilishligi mumkin. Men sizga bir yaxshilik qildim, bu yaxshiligimni qilishligimni sababi, dadangiz bir vaqtlari menga yaxshilik qilgan ekan, shuni nimasini qaytardim deyishi mumkin. Lekin undan avval Alloh buyurgani uchun qildim va keyingi sabab shu edi desa bo'lar ekan. Agar faqat dada uchun qilgan bo'lsa, unda ajri noqis bo'lib qolaveradi.
Shu bu yerda Yusuf alayhissalom mening xo'jam meni judayam yaxshi bir muruvvat ko'rsatdi, shuning uchun men bu ishni qilmayapman deganda maqtalmagan bo'lardi. Maqtalmagan boladi. Ba'zan odamlar aytishadi misol uchun. Men deydi, misol uchun, falonchalar bo'lib qolganligi uchun deydi, uyalganimdan aroqni ichmadim deydi. Bu uni aroq ichmasligi yoki bo'lmasa uni bir taqvo zar ekanini dalili bo'lib qolmaydi. Ba'zi odamlar doktorlar menga vasiyat qildi, shuning uchun chekmayapman deydi. Bu odamni bir Allohni uzrida manzilati oliy bo'lganligiga dalil bo'lmaydi bu.
Eng birinchi Alloh buyurgani uchun qilmayapman degan narsa bo'lishi kerak. Yusuf alayhissalom shu narsani aytdi. Ma'nazalloh, men Allohdaan qo'rqaman, nima deyapsiz? Alloh saqlasin deb shuni aytdi. Eng birinchi bo'lib turib shu gapni aytdi. Yusuf alayhissalom. Shuning uchun Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytdiki, yettita kishini sanladi sanab o'tdi Payg'ambar aytdi. Ular Allohning soyasida bo'ladigan kishilar qiyomat kunida, hech qanday soya bo'lmaganda Alloh soyasida bo'ladigan kishilarni gapirganda, ularning biri nima dedilar? Datumansa buva jamal. Mansabdor ayol deydi. U ko'chadagi bir ayol emas. Mansabdor ayol. Va bu ham u jamol eng egasi bo'lgan jamolni judayam chiroyli, o'ta oshicha chiroyli bo'lgan ayol. Uni keyin men senga tayyorman deb turgan vaqtida, innixafulloh, men Allohdan qo'rqaman, men bu gunohni qilolmayman deb aytadigan kishi, bu maqtaldi. Payg'ambar alayhissalom qiyomatda Allohninng soyasida bo'ladigan kishi dedi. Yusuf alayhissalom shu gapni aytdi. Men Allohdan qo'rqaman, men buni qilmayman dedi. Hasanul Basriy bir voqeani zikr qiladi. Hasanul basiriy bir voqeanizikr qiladi bir zamonda dedi, bag'iy ayol bor edi dedi.
Buzuq bir ayol bor edi. Lekin o'ta chiroyli, o'ta fattoh o'ziga qiynalaydigan bir ayol edi dedi. Bu ayol bir kuni bir zohid, obid ibodat qilib yurgan bir yigit o'tib ketayotib haligi ayolga nazari tushdi da, shayton uni qalbiga o'zining o'qini otdi.
Shuning uchun payg'ambar alayhissalom annavvilo sahmun min siha'mi iblis degan. Nazra qarashlik degan. Shunday qarashlikmi? Bu shaytonning o'qlaridan kamondan chiqadigan o'qidan biri degan. Birinchi o'q ketdi shaytonniki. Bitta qarashda shayton nimasini ilintirib qo'ydi sizga. Bo'ldi, shaytonning nimasiga ilindingiz ipiga. Keyingisida sekin tortadi endi sizni, ilingan qarmoqni. Sekin olib keladi. Keyin burningizdan o'tkazib olib shayton xohlagan yoqqa yetaklaydi. Ko'z qarashlik bilan ketadi inson. Birinchi qarashlikni o'zida. Shuning uchun ko'zni tiyishlik, ko'zni qalamdan saqlashlik masalasi juda ham katta narsa bu dinda. Shuni haligi ibodat qilib yurgan yigit bir kuni chiqdi da ko'chaga, chiqishi bilan shayton haligini ko'rsatdi da, ko'ngliga bir narsa kelib, hech uxlashlik, unga xotirjam bo'lmasdan oxiri efasi borib shu amalni bir bajaray deb chiqdi haligini oldiga. Borganida aytdiki, men bundan bekordan bekor bu ishni qilmayman, yuz dinorga men bu buziqlikni qilaman dedi. Haligi odam ketib ishlab, bir necha kun ishlab yuz dinorni oldi. Yig'ib, yuz dinorni olib keldi.
Yuz dinorni kelib haliginga berganida, haligi ayol ichkariga kirgizdi da, eshiklarini yopib, endi mana hamma narsa muhayyo. Kelgin dedi. Shunday deb turgan vaqtida yuz dinani berib qo'ygan kishi, haligi ibodatgo'y, qattiq haligi Alloh Taolodan qo'rqib, Allohni oldidagi maqomidan qilgan ibodatlari, hammasi xabata bo'lishligini eslab, Allohni oldida jahannamni ko'zini oldiga keltirib, qaltirab, titroq bosdi. Butun vujudini titroq bosib, terlab ketdi da, aytdiki, menga eshikni oshkiga ketaman dedi. Haligi ayol aytdiki, nimaga? Kel, sen mana yuz dinorni olib kelib qo'yding shuncha kun ishlab, degan edi, yo'q, dinor senga men ketaman dedilar, eshikni olib, ochib chiqib ketdi. Dinorni ham olgani yo'q. Haligi ayol buni ko'rgandan keyin, Allohdaan qo'rqganini ko'rgandan ke, ta'sirlandi. Bu bir inson Allohdaan shuncha qo'rqsa yu, bir gunohga. Men qancha kundan beri bu gunohlarni qilyapman u, men nima uchun Allohdaan qo'rqmayman deb yig'lab ayol tavba qildi. Tavba yu tazarru qilganidan keyin haligindan ta'sirlanib, tavba qilgandan keyin haligi erkakni izlab, uylarini, mahallasini izlab bordi.
O'sha erkak agar ha deb qabul qilsa, shunga men turmushga chiqsam deb bordi. Borganida eshikni shunday ochib taqillatgandan keyin eshikni ochdi. Eshikni ochsa haligi buzuqlikka iroda qilib borgan, birinchi gunohni qo'ygan, qadamini qo'ygan ayol umrida birinchi gunohnini shu ayolning uyiga qadam qo'ygan ekan shu erkak. Shu ayol eshikni oldida turibdi. O'sha gunohni eslab, haligi erkak yuragi bardosh bermasdan Allohni huzuriga ravona bo'ldi. O'ldi.
Shunchalik bir gunohni eslab turib, eshigini taqillab kelgan buzuqni ko'rgan vaqtda chiday olmasdan yurak yorilib ketdi haligi. Qo'rquv Allohdaan qo'rquq bu buzuq ishga. Ma'od Alloh deyapti. Alloh saqlasin dedi Yusuf alayhissalom. Alloh saqlamasin dedi. Ikkinchisida, ikkinchi bu ishni qilishlikdan tiyilishligining ikkinchi, keyingi sabablari zikr qildi Yusuf alayhissalom. Innohurub bi axsananas mathvay. Bu ishni qilishim durust emas. Menga bu xo'jayin, xo'jam menga juda yaxshilik qilsa yu, men yaxshilikka yomonlik bilan men javob beraman men. Bu durust emas bunday qilishlikda edi.
Bu ishni qilishlik durust emas. Uchinchisi aytdiki, inna hulayf li hizud l'olimun, zolimlar, bu ish zolimlarning ishi. Zolimlarning bu qiladigan ish, buzuqlik, poxsha, buni zolimlar qiladi bu ishni. Bu zolimlarning, zolimlar najot topmaydi dedi. Zolimlar najot topmaydi, dedi.
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytadiki, avvalu mayur fa umina nas al amana. Odamlardan bu Yusuf alayhissalom aytgan ekanki, sayyidim xo'jayin, xo'jam bu sizni menga omonat qo'ygan. Men uning omonatiga xiyonat qilishdan qo'rqaman, degan ekan. Siz omonatsiz bu yerda. Men sizga xiyonat qilib qolishdan qo'ryapman, deb. Shuning uchun Payg'ambar alayhissalom mana aytadi, eng birinchi odamlardan ko'tariladigan narsa omonat ko'tariladi, degan ekan. Odamlarda omonat ko'tarinib ketadi, degan. Birinchisi. Xoh u dunyoviy narsalarda, xoh diniy narsalarda ham omonat ko'tarilyapti. Birovlar dinni omonatini bo'yniga olgandan keyin shu omonatni to'lig'icha yashirmasdan yetkazib bermaydi. Unga iloji boricha unga xiyonat qilishga harakat qiladi.
Demak, omonat eng birinchi ko'tariladi va oxirgi ko'tariladigan narsa deydi, va axiru mayyapqo eng oxirgi qoladigani dedi, namoz dedi. Eng oxiri qoladigani namoz. Hamma narsa ko'tarilib bo'lar ekan. Din ko'tarilib bo'tar ekan, lekin oxirida qolib ketadigan narsa namoz qolib ketar ekan. Bu namoz bilan insonni ko'rib turib, e bu katta bir dindor ekan deb biz anaqa qilib baho bermasimiz kerak ekan.
Din degani bu faqat namoz o'qib qo'yishlik degan so'z emas ekan din. Din bundan katta narsalarni o'z ichiga oladiki, biz ularni hali ichiga kirib, mag'zini chaqib, mazza qilib, uni ichida rohatlanmaganimizdan dinni lazzatini bilmay yuribmiz. Oxirgi qoladigan musulmonlikni hamma narsa tushib bo'lar ekan, musulmonni sifati yo'qolib bo'lar e kan, faqat bir namoz qolar ekanki, payg'ambar alayhissalom varubba musolmina khayrafiyhi, qancha qancha namoz o'quvchilar bo'ladi shu davrda, ularda yaxshilik yo'q degan ekan. Buning yaxshiligi yo'q degani, go'yo namoz ham bir reklamaga o'xshab qolar ekan.
Namoz bir reklamaga o'tkazishar ekanki, namoz o'qiyotganlarga ko'pchilik ishonganligidan, bu bilan dunyoviy savdosini qilmay qo'yganlikdan, men namoz o'qimasam bo'lmaydi o'xshaydi, ishonchdan chiqib qolyapman deb turib, iloji yo'qligidan namoz o'qib qolar ekan. Yo bir boshlig'i ham namozni boshlab yuborganligini, endi bizni boshlagan namoz boshladi, biz ham namoz o'qimasak eshiting ketib qolmaylik deb namoz o'qiydigan bo'lib qoladi. Ana shu namoz ham baribir reklama bo'lganligidan, u bir ko'p namoz o'quvchilarning yaxshiligi yo'q degan gap shu bo'lar ekan.
Valaqad hammat bihi va hamma biha laula burhan robbih kadalika lin sinfani anhu su'val fahshah innahum min abadil al muxlasin. Hammat bihi. Mana shu yerda ulamolar qattiq gaplar gapirgan. Tushunib olaylik. Sal tanbeh bilan o'tiramiz. Ulamolarni aytgani, bu yerda noto'g'ri ba'zi bir mufassirlar Payg'ambarlarning sha'niga to'g'ri kelmaydigan narsalar gapirib qo'ygan. Shu narsalarni biz gapirib qo'masimiz kerak. Valaqod hammat biha degani, hamma so'zi o'yladi, bir buzuq ishni qilishni xayoliga keltirdi va shunga jazm qaror qilib, shu ishni amalga oshirmoqchi bo'ldi degan so'z. Hammat biha, hammat bihi ayol, Zulayho shu ishni aniq qilishlikni o'ylab, amalga oshirmoqchi bo'ldiydi. Va hamma biha va undan keyin Yusuf ham, Yusuf alayhissalom ham xuddi shu narsani o'ylab, shu narsa qilmoqchi edi degan so'zni olib kelishadi. Ikkinchi hamma degan so'zini shunday deyishadi da, Yusuf alaysissalom ham Zulayho bilan buzuqlik qilmoqchi bo'lib, bir o'ylanib, shunga tayyorlanib, endi ko'ynaklarini yechgan edi deydi. Alloh saqlasin. Bu Allohning bir burxoni hujjatini Alloh ko'rsatib, ey Yusuf tiyil degan bir hujjatni ko'rsatdi, undan keyin tiyildi deydi.
Bu noto'g'ri mufassirlarning, noto'g'ru isroiliyotlardan Payg'ambarlarning sha'niga yomon so'zlarni olib kelganligi. Payg'ambar ham nafsi bo'lgan ekanda, Payg'ambarlam shunday qilmoqchi bo'lgan ekandada degan noto'g'ir so'zlarning xalqlarning ichida chiqarishlik bu. Din dushmanlari tarafidan. Bu bunday emaski, biz biladigan narsa Allohning burhonini, Alloh Taolo burhonini ko'rsatib qo'ydi, hujjatini Yusuf alayhissalomga. Yusuf alayhi salom uni o'yiga ham keltirgani yo'q edi hali. Lekin Alloh Taolo unga hujjatni ko'rsatdi. Agar hujjatni ko'tarmaganida mumkin uni o'ylashi mumkin bo'la, mumkin edi, lekin uni o'ylagani yo'q deyapti Alloh. Uni o'ylagani ham yo'q, uni xayoliga ham, ko'ngliga ham kelgani yo'q uni deyapti Alloh Taolo. Hujjatni ko'rsatib qo'ydik.
Bu hujjat haqida, chunki Yusuf alayhissalom buni o'ylab ham xayoliga ham keltirmaganligini dalili, birinchi marta ayol kelgin deb shunga harakat qilgan vaqtida Ma'zolloh degan so'z. Alloh saqlasin degan. Agar shuni o'ylagan bo'lganida, shuni bir qiz ko'raymi fohisha ishni deganida, u gapni aytmagan bo'lardi. Ikkinchisi inna hulayyuflixul zolimun, zolimlar najot topmaydi degan so'zniki, yusuf alayhissalom darrov haligini aytganda, zolim bu zulm, zolimning ishi bu deb turib aytdi. Qanday endi shuni aytib turgan inson bir shu ishni ham xayoliga keltirishi mumkin. Yusuf alayhi salomni xayoliga ham u narsa kelgani yo'q. Tushunarlimi?
Keyin alloh taoloning hujjatini, alloh taolo aytyapti, biz unga hujjatimizni ko'rsatdik yusufga deydi. Yana ham mustahkam qilish uchun alloh taolo hujjat ko'rsatdiki. Bu hujjat nima edi? Qur'onda alloh taolo shuni o'qigan vaqtingizda xayolingizdan o'tadi. Nima hujjat ko'rishgan ekan yusufgaki, yana ham sobit bo'lgan ekan deysiz. Shunday bir buzuqlikni ko'nglingizga bir kelsa inson o'sha bir hujjatlarni ko'rsatgan ekan yusufga, men o'sha hujjatni bir eslaychi deb xayolingizga keladi. Bu hujjat nima edi desa, har kim har xil aytishgan. Lekin biz mufassirlarning gaplarini aytib o'taveramiz. Ba'zilar Jabrailni shunday bo'lib turgan vaqtda Jabrail uning oldiga Yusuf alayhissalomni oldiga kelib turdiki, hatto u buzuqlikni qilmasligi uchun degan ekan. Chunki inson yolg'iz bo'lgan vaqtida buzuqlikni tez qiladi. Shayton bir kishi bilan birla dedi. Shayton jamoatdan dedi uzoq bo'ladi dedi. Bitta o'zingiz yuradigan bo'lsangiz Shayton darrov vasvasa qiladi. Bitta o'zi ketyapsangiz ko'chada darrov o'tayotgan ayollarga ko'zingizni yugurtirasiz. Lekin bir jamoat bilan ketyapsangiz, o'zingiz Shayton bu narsani sezmaysiz o'zingizdan. Shayton undan jamoatdan uzoq. Shuning uchun bu yerda Jabrail alayhissalom Yusuf alayhissalomni oldiga kelib turdi degan ekan. Ba'zilar aytgan ekanki, tomning tepasida saqifda deydi, shu bu zinoga yaqinlashmagin, bu fohisha degan yozuvni ko'rdi degan ekan.
Fohisha bu, buzuqlik bu, zino degan yozuvini ko'rdi. Ba'zilar Yoqub alayhissalom qo'llarini tishlab turib, ey Yusuf, nima qilyapsan, bu ish yaxshi emas degan narsa bilan zajir qilganligini ko'rdi dekan. Ba'zilar aytishgan ekanki, eshning oldida turgan saidini Alloh Taolo Yusufga ko'rsat, xo'jasini ko'rsatib qo'ydi degan. Bu gaplardan qanchalik sahih ekanini biz bilmaymiz. Lekin sahih, durust gap, chunki Alloh Taolo Yusufni bu ishdan to'sadigan bir hujjatni uni qalbiga berdi. Ha, u taqvo bo'lsin, ha, Allohni qo'rqish bo'lsin, xoh, dindagi sobitlikniy bo'lsin, Alloh Taolo Yusufga berdi buni hujjatini. Shuning uchun shunday bir vaqtda, ey Alloh, meni sobit qilgin qalbimni deb so'rang shu hujjat sizga yetarli. Dinda sobit tursangiz, boshqa narsaga chalg'imaysiz.
Alloh Taolo aytyapti vakaday ala kalinasri fanhu suv avval fahshah. Mana shunday biz Yusufdan buzuq yomonlikni va buzuqlikni burib tashladik deydi. Yomonlik bilan buzuqlikni, burib tashladiku Yusufni. Jirkanchlik qilib ko'rsatib qo'ydi Alloh Taolo Yusufga. Nimagaki, Alloh Subhanat o'g'li Yusufga yomonlik, shuni jirkanch bir amal qilib ko'rsatdi. Kimgaki shayton uni ziynatlab ko'rsatadi. Buzuq amalni shayton ziynatlab koristadi. Bir yaxshi bir amal qilyapganday bu inson shundan borib bir mana shu buzuqlikka qadam qo'yadi. Lekin aslida o'ylasangiz bu eng jirkanch narsa. Payg'ambar alayhissalomni oldiga bir kishi keldi. Ya rasululloh islomni o'rgating, hamma narsani o'rgatgandan keyin, payg'ambar aleyhissalom javomi il islomni hammasini o'rgatdi. Bizga o'xshab yarim yalpi yurt islomni o'rgatmadi. Sahobiylar kelgan vaqtida payg'ambar alayhissalom bilan bir lahza o'tirishi bilan komil islomni o'sganishgan ular. Bizga o'xshash soatlab o'tirgandan keyin ham islomning bir bo'lagini olib ketishgan emas ekan ular. Islomning bir po'lagini. Komil islomni o'rganishgandan keyin aytishdiki, hattoki zinogacha payg'ambar alayhissalom o'rgatdi, harom ekanini, buzuq ekanini. Shunda haligi odam aytdi, yo rasululloh, hammasini qabul qilaman u, lekin zinoni men tashlay olmasam kerak, shunga menga ruxsat bering deydi.
Zinoga shunchalik mukkasidan ketganki, shayton unga shunday chiroyli qilib ko'rsatgan, shu narsaga men chiday olmasam kerak deganidek, Payg'ambar aleyhissalom sahobalar o'rnlaridan sakrab turib ketdi. Shu bu gapni eshitganda o'rnidan sakrab turib ketdi sahobalar. Shunda Payg'ambar alayhissalom aytdi, to'xtanglar deydi. Yaqinroq kelsak dedi. Yaqinroga keldi. Sen shu ishni dedi, onang bilan qilishga rozimisan dedi. Haligi shu vaqtgacha hayolidan o'tmagan bu gap. Shu vaqtga o'ylab ko'rmagan nodon. Shunda shu gapni eshitgandan keyin yo Rasululloh, dedilar. Shu amalni qilib hozir shu vaqtgacha o'ylamay yurgan nodon kishilar bor. Nodon yigitlar bor. Nodon qizlar bor. Shu ishlarni qilishyapti, o'ylab ko'rmagan, hayolidan o'tmagan.
Ey dedi. Onang bilan qilishga rozimisan deganda haligi kishi aytdiki, yo Rasululloh rozi emasman. Rozi emasman dedi. Rozi bo'lmasang. U birovlarning sen bilan qilayotgan buzuqligi birovning onasi bo'lib chiqishi mumkin dedi. Uni dedi, o'zingning apoyingga rozimisan deganda, rozi emasman dedi. Sen buzuqlik qilayotgan kishi birovning apoyisi bo'lishi mumkin. O'zingni singlinga rozimisan deganda yo'q yo Rasululloh dedi. Bu birovning singlisi bo'lishi ma'qul. O'zingni qizingga shunga rozimisan deganday yo'q yo Rasululloh dedi. Ha bu birovning qizi bo'lishi mumkun. Odin hamma dedi, mana shunday, u sen qilayotgan zino, birovning qizi, birovning akasi, birovning ammasi, birovning xolasi mana shunday narsalarni zikr qilib o'tdi da Payg'ambar alayhissalom, zinodan tiyilishlikni nima qildi da, uning qalbiga Payg'ambar ayyosalom qo'llarini qo'yib turib duo qildi. Duo qildik. Shu sahobiy aytadiki, shu gaplarni eshitganimdan buyog'iga, Payg'ambar alayhissalom duo qilgandan buyog'iga eng jirkanch amal men uchun zino bo'ldi deydi. Eng yomon amal men uchung zino bo'ldiydi. Ko'rdingizmi qanday narsa?
Biz undan yomonlikni burdik, poxishalikni burib tashladik. Innohu min ibodiynal muxlosing, chunki u bizning muxlos, ixlos bilan bizga ibodat qiladigan bandaydi deydi Alloh Taolo. Ixlos sifati, ixlos sifat shunchalik ekanki, buzuqlikni ham burar ekan, fohishani ham burar ekan hamma narsani ketkazar ekan, ixlos svet. Ixlos svet topilmasa, bu narsalar ketmas ekan, ixlon sifati bo'lmasa.
Vastavaqalbar Yusuf alayhissalom ichkarida ayol bilan, Zulayho bilan. Haligi gaplardan keyin aytib, orqaga qarab, eshikka qarab Yusuf alayhi salom qochib chiqib ketmoqchi bo'lib yugurdi. Orqasidan ayol, azizni ayoli yugurib, quvlab, haligini o'ziga majburlamoqchi bo'lib quvlab orqasidan borib ko'ynaklariga yopishdi, chang soldi orqasidan. Ikkovlari bab barobar eshikka yetib keldi da, eshikni yuz palayson ochib yuborgan edi. Eshikning oldida Saidi xo'jasi turibdi. Ayolning eri turibdi, aziz.
Ayolning erisi shunday turganligini ko'rdi. Fayl faya saida halil adal bab. Eshikning qo'lida o'zining saidini topdi deydi. Ko'rdi. Shunda azizni ayoli Zulayhoning makkorligini qarang, ayol kishi makkor. Darrov sergak, serjavob bahonani shunday topib qo'yadi. O'ylab o'tirmaydi. Bahona shunday chiqadi. Shunday ko'rishi bilan aytdiki, ma jazon umuman a rodobiy ahli kasu a, sizni ahlingizga yomonlikni xohlagan kishining jazosi nima bo'lishi kerak o'zi deb yubordi. Yusuf alayhissalomga darrov tuhmat qilib yubordi. O'ylab, buni nima dermakanman degandan o'rnida shu javob chiqdi. Sizni aningizga yomonlik qilmoqchi bo'lgan odam jazosiz qolmasligi kerak. Jazosi nimadir buni dedi.
Mana shunaqa vaqtda inson miya tez ishlab ketar ekan. Miya. Bir o'g'ri deydi, bir nimaga o'g'irlikka kiribdi deydi. Birovni uyiga da. O'g'irlikka kiribdi da, kirsa hech kim yo'q, bir ayol bechora o'tirgan ekan. Shunday pichoqni chiqarib, ayolning halqumiga teratdi pichoqni. Pullarni chiqar debdi. Hamma narsani olibdi. Ayolni taqinchoqlarini, hamma narsalarni olib, haligi o'g'ri, kuppa kunduz kuni, pullarni olgandan keyin xo'rjinni yelkaga tashlab, sekin chiqib, bemalol chiqib ketaveradi. Unda pastga tushibdi. Pastga tushib, ko'chaga shunday chiqqan ekan, ayol haligi derazasini ochib, ikkinchi etajmi, uchintagisi, hozir ham o'g'rini ushanglar, o'g'rining deb baqiribdi ayol. Yordam beringlar, hamma narsani bu tonab ketdi, o'g'rini ushlanglar degan ekan, shunday ko'chadagi ketayotgan odamlar haliginga chang solishib, shunday ushlabdi haligini. Shunday ushlagan ekan, shundan qarab turib, ey ayol debdi. Ey xotin, yana ikkinchi marta aytsang uchinchi talog'ingni beraman debdi.
Yana uchinchi marta aytsin debdi, uchinchi talog', qaytib sen bilan yashamayman degan ekan. Odamlar iye, deydi, xijolat bo'lishib, erkak bilan ayol urishayotgan ekan, bekor bo'libdi yu deb sekin ketib qolgan ekan. Hali o'g'ri bemalol ketaverganda. Darrov topadi da. Javob. Yusuf alayhissalomni haligi azizni ayoli xuddi shunday eshikni oldiga kelib turib, eshikni shunday ochishi bilanoq haligi javob tayyor, hozir nozir, bu sizni ahlingizga yomonlik qilgan odam jazosiz qolmas kerak. Buni jazosi nima? Dedi da, xayoliga kelib qoldi. O'lim deb yubormasin deyapti da. O'ldirish kerak deb qo'ymasin deb turib, shunday aytdiki, illa an yus janob adabun alim. Buni jazosi faqat yo buni qamash kerak, yo buni bir yaxshilab alamlantiruvchi bir azob urib, yaxshilab ta'zirni berish kerak deb qo'yapti. Gapni burib ketyapti. Darrov kuyovi haligi rashk kelib, o'ldirish kerak devormasin deb turib, sekin o'limdan ham saqlab qolyapti.
Ko'rdingizmi? Qola. Qarasa Yusuf alayhissalom ish jiddiy ketyapti. Tuhmat yog'ildi. Shunda aytdiki, xia rovodatniy annafsiy. O'zi meni talab qildi shu yomon ishga deydi. Shunda endi bularni o'rtasiga guvoh olib kelaylik, hakam olib kelaylik o'rtasini yechsin deb shahida shohidun min ahliha ayolning ahlidan bo'lgan bir shohidni olib keldi. Birov hakamchilik qilib o'rtasini yetishib beradigan odam olib kelishdi. Shu odam endi o'rtasini echayapti. Agar ko'ylagiga qaraylik deydi. Ko'ylagi orqa tarafidan yirtilgan bo'lsa dedi. Yusufning aytgani to'g'ri, ayol tashlangan bo'ladi da, orqadan kelib tashlanib o'ziga tortgan bo'ladi da. Yusuf rost, ayol yolg'onchi bo'ladi dedi. Agar Yusufning ko'ylagi orbi tarafidan yirtilgansizda dedi. Yusuf yolg'onchi boladi, bu tashlangan bo', ayolga, ayol o'zini himoya qilish uchun oldi ko'ynakni yirtib tashlagan bo'ladi da ayol rostgo'y bo'ladi dedi dedi. Mana shunday qaraymiz dedi. Shunday qarashsa, falamma raqomi sohu qudda min dubur, shunday qarasa, ko'ylak orqa tarafdan yirtilgan.
Orqa tarafdan yerilgan. Nima deydi endi? Qola innahumi kaydikun. Aziz ayolga qarab aytyapti endi. Aytgan so'zni qarang. Ha, bu sizlarni makringlar. Innah kaydakunna avin. Sizlarni makeringlar judayam ulug', judayam katta deydi. Ayoliga. Shuning uchun u aytgan ekanki, ayolning makri qirq eshakka yuk deydi yu.
Bu yerda Alloh Taolo ayolning makrini aytganda innakayda kunna og'im, sizlarning makringlar judayam katta degan ekanda. Shaytonning makrini ayganda, Alloh Taolo aytganda innakaida shayton kanadoifa, shaytonning hiylasi judayam zaif degan ekan. Shaytonning hihlasi bilan ayolning makri judayam katta buyuk ekanda.
Surhanalloh. Alloh taolo shunday degan, Qur'onda. Yusufga qarab endi, aziz, aytayotgan so'zni qarang, Yusufga qaram aytyapti endi. Yusufga karab haligi shunday topib oldi. Ayolini va Yusufni shu holda topdi da, Yusuf haq bo'lib chiqdi. Ayoli shu ishni qilishlikka taklif qilgan bo'lib chiqdik. Shunday holatda aytyaptiki, Yusufu arid an hada. Aytayotgan erkakning so'zini qarang. Yusuf, ha shuni endi hech kimga aytmay qo'ya qolgin, yashirgin dedi.
Yashirgin. Ayoliga qarab aytyapti. Vastakhfiril ilidan bek innaki kun timina xotin. Ha, siz bo'lsangiz endi gunohlaringizga bir istig'for aytib olavering. Ko'p odamlar xato qilardi, shular ham qatorda xato qildingizda dedi. Subhanalloh. Mana g'ira, mana rashk, mana erkaklik. Bu kishidagi g'iyrat sifati tamomiy yo'q bo'lib ketgan ekan. G'iyrat, rashk, erkak kishida topiladigan mo'minda bo'lib ham topilishligi kerak bu narsa. Biz bunga to'xtalamizki, habihrira rodiyalloh aytadi: al mo'min yog'or vallohu ashaddu g'ayrat. Ming ming kishi rashk qiladi, qattiq g'ira qiladiki, g'ira degani rashk qilishlik. Rashk qiladi. Alloh undan ham qattiq rashk qiladi deydi. Harom ish qilinayotgan vaqtda Allohning rashki, bir inson harom ish qilyapsa, bir inson o'zini ayolini yo o'zini qizini birov kelib turib, uni zino qilib, majburlayotganini ko'rganda qanday sizni nimangiz, rashqingiz kelsa, Alloh Taolo bandasi harom ishni qilyotganda shunchalik g'azabi kelar ekan. Shunchalik darajada. Shuni tasavvurimizni chiqarib qo'ymaylik.
Bir harom ish qilayotgan vaqtingizda o'ylangki, o'zingizda mana shunday bir voqeani ko'zingizni oldiga keltirib ko'ring. Alloh taolo shunchalik g'azabda turganligini ko'zingizni oldiga keltiring. Kimingiz bo'lsa bo'lsinki, qizingizga tajovuz qilsa yo ayolingizga tajovvuz qilsa, siz umringiz davomida qamalib ketishga ham yo otilib tashlashga ham rozisiz, lekin uni o'ldirishga tayyorsiz.
Alloh taoloning harom ishi qilinayotgan vaqtda alloh taolo shunday g'azabda tura ekan. Yo uni halok qilaman yo yo'q qilaman degan g'azabdaura ekan. Alloh taolo bir ba'zi narsalar bilan unga rahmatini tushirib qoladi. Shunda hadis sa'd ibn abboda, sa'd ibn abbodada payg'ambar sollallohu alayhi vasallam o'sha ayollarni zino qilishligi va shunga o'xshagan masalalarni gapirganda oyat nozil bo'lganki, to'rtta guvohlarni olib kelmaguncha in birovni zino bilan tuhmatlashlik durust emasligi haqida oyatlar tushganda, sa'd ibn ubaydu aytdiki, yo rasululloh men ayolimni dedi, bir erkak bilan topib olsam u dedi, shu endi bir o'zim kelib turib, Shu ayolimni shunday topib oldim desam, meni guvohim o'tmasa dedi. To'rt erkakni men izlab yurishlik, izlab kelishim kerakmi dedi. Ayolim shunday qilib yotsa dedi. Payg'ambar alayhissalom shariat shu, shunday degan edilar. Allohga qasamki, yo rasululloh men bunga sabr qilmayman. Ayolimni shunday ko'radigan bo'lsam, men uni o'rnida qilich bilan boshini judo qilaman dedi, tanasidan dedi. G'iyratini shunchalik musulmonning, sahobiyning g'iyratini ko'rsatib qo'ydi.
Shunaqa judoq tashlayman deb, bizda erkaklarda agar shu g'iyrat bo'lganida edi, ayollar yalang'och qolmagan bo'lardi. Shunday deganidan keyin aytdikki, payg'ambar alayhissalotu v sahobilar voh soat dedi, bunaqa bir qattiq gapni gapirdi dedi. Deganda payg'ambar ashraf said said said saoting dedi, rashkiddin dedi, ajablanyapsizlarmi? Men undan ham rashk deyman dedi. Bundan ham battarman dedi. Alloh mendan ham qattiq rashklik dedi. Bu yerda sahobiylar rasulullohga qarshi bir narsani aytib qo'ysalar, umrini oxirigacha istiqhol aytib o'tib ketgan. Lekin rasululloh buni shu yerda aytgan so'ziga, yo'q noto'g'ri narsani aytip qo'ydingiz, shariatga xilof qilib qo'ydingz, yo'q unday emas deb uni jazolamadi. Balki buning rashki juda ham yaxshi deb turib maqtadi. Rashkisiz musulmon bo'lmasligi kerak, mo'min rashkisiz bo'lmasliga kerak. Uning g'irrasi qonida jo'sh urib turishi kerak uni.
Ro'molsiz, kiyimsiz qolgan vaqtida ayollarini ko'rgan vaqtida g'azabi chochining uchigacha turib ketishlik kerak unda, adash. O'zini ayollarini shunday himoya qilib, mana bir sahobiyni keltirishadiki, uylanganidan keyin endi chimildiqqa kirganidek, Allohning yo'liga bo'lgan bir jangga chaqirilib qoldi. Ketganidan keyin bu jangni orasida ruxsat so'radiki, men borib bir ayolimni bir holidan xabar olib kelishga ruxsat bering dedilar. Shunda borgin mayli, baribir ko'rib kelgin deb ruxsat berdi. Shunday uyni oldiga kelsa ayolini eshikning bo'sag'asida turganligini ko'rdi. Hatto erlardan so'ramasdan eshikning ostonasidan bir qadam tashqariga qo'ygan emas qadamini. Shuni ko'rishligi bilan kamonini chiqardi da, mening ayolim mening ruxsatimsiz ko'chada nima ish qilib yuribdi bu deb turib, uni darrov otib o'ldirmoqchi bo'ldi.
Eshikning bo'sag'asida ko'rib turib. Hozir ayollarimiz qayoqqa ketib, qayerdan kelayotganini bilmaymiz a. Kunlab bilmaymiz qayerda yurganini. Shunda ayol aytdiki, to'xtang, shoshmang dedi. Meni tinglang. Agar men nohaq bo'lsam keyin o'ldirishingizga ham men roziman dedi. Nima yeydi, anavi ichkariga kirib bir ko'ring dedi. Shunday ichkariga kirsa, qora katta bir ilon shunday bir boshlarini silkillatib haligi insonga qarab tashlanib turgan ekan. Haligi sahobiy qilichini chiqardi da, ilonga qarab, tashlanib, ilonni o'ldirishi bilan, ilon ham bunga tashlanib, buni chaqib, buni o'ldirdi. Qaysinisi birinchi bir birini o'ldirganini ham sezmay qoldik dedi. Shunda shuning uchun keltirganki, agar uyinglarda ilonni ko'radigan bo'lsanglar, uch kungacha izn berib, Allohning izni bilan ketgin deb aytinglar, agar ketmasa, undan keyin o'ldiringlar degan gapni aytaylik. Balki u shayton bo'lishi mumkin degan gap kelgan. Mana bu sahobiyning g'iyratini qarangki, ayolini bo'sag'ani oldida ko'rib turib, ostonada haligini nima uchun bir qadam xatlab, ko'chaga chiqding, meni iznim siz deyapti.
G'iyrat. Rashik bu narsa. Mana Asmo bint Abiy Bakr radiyallohu anha holat. Tasavvur jani Zubayr va malahuu fil ordin min malin valam mamlukin valashayin g'oyra nazdlihing vala fayn va g'oyri farosihiy. Bir menga deydi Zubayr ibn Avval ham uylandi dedilar. Asmo bint Abiybakr radiyallohu anhun qizi Asmoga. Abu zubayr radiyalong'un uylandi dedilar. Uylangan vaqtda zubayr radialong'un hech narsasi yo'q edi, yeri ham yo'q edi. Moli ham yo'q, mamluk xizmatkori ham yo'q edi. Faqat bir saqadigan echkilari bilan bir oti bor edi dedi. Vakuntu alifu farosatu men uni otlarini, yemlarini berardim dedi. O'sha otini yemini men berardim dedi. Va astaqiy, va astaqiy ilma va ahli zuhu g'arba. Suv suvorib suvorardim, otlarni suvorardim va uzoqdan dedi, paqirda suvlar toshib kelardim dedi.
Osmoni aytayotgan so'z. Ayollar erkakni ayoli ayol erkakning ishi ayolning ishiga bo'lib olingan hozir. Bu ayolning ishi deydi, bu erkakning ishi deyishadi. Otni suvorardim dedi, otni yemini berardim deyapti, ayol. Bir ayol shunday qilib qolsa, darrov dadasiga borib shikoyat qiladi. Men deydi, saroydan chiqmay qoldim, molxonadan deydi. Men deydi, mollariga qarashlik ham meni mo'ynimda deb yiqlab shikoyat qilib.
Sahobalarni davrida ayollari mana shunaqa bo'lgan ekan ayollari. Otlarni boqib, mollarni boqishgan ekan ular. Shuning uchun shayx shunqiy tey rahmatulloh aytadiki, burunli ayollar alloh rahmatiga olsinki, qo'ylanini boqib, podaga cho'pon bo'lib haydab chiqib ketib, dalada tug'ib, bolasini o'rab yana qo'yni haydab kelaveradi uyga degan.
Hozir biringiz, masalan, qizingiz birovga bergan bo'lsangiz, shu yoqda qo'yini boqib yurib, dalada tug'mib qo'ysin chi, keyin nima qilasiz? Uni ajratib olasiz. Bunday siz. O'zi hozir bir tug'ruqxonalarda olib borib tug'dirmabdi meni qizimni deymiz, misol. Mana vakunu va ajinu va akunu i husinu va la i husinu aqbis. Xamir ham qilib, nan ham yopardim, lekin nanni chiroyli qila olmasdim deydi. Asmobin tabib aka. Nanni uncha o'xshatmasdim, lekin deydi, mening qo'shnim ansarlardan bo'lgan bir qo'shnim menga nan yopib yeb turadi deydi. Hali o'rgatar ekan. Va uch chaqirim naridan deydi, uch chaqirim naidan. Bu osmon rodiyallohu anhoni olib keladigan nimasini, bu uch chaqirim nariidan deydi, bir bog' bor edi, o'sha yerda xurmoning tushgan danaklari xurmonim. Sevayatga qo'yib, sevayatni boshimga qo'yilib olib kelardim deydi. Bugungi kunda Madinada bo'lgan kishilar xaroj degan suv bozor bor, Madinada. Madinadan uch kilometr kerak bo'lsa to'rt kilometr narroqda. Shu yoqdan Madinaga ichigacha endi boshimda, sevayatda xurmoni ko'tarib kelardim deyapti.
Subhanalloh. Shuncha ko'tarib kelardi. Shuncha mashaqqatli ishlarni qilib, eriga itoat qilgan. Shunday ko'tarib keladi. Bir kuni ko'tarib kelyapsan seyvatda. Qiynalib, charchab ko'tarib kelayapsan, to'rt kilometrdan. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bir jamoat kishilar bilan ketyapgan ekan tuyada. Meni ko'rib rahmlari kelib ketdi dedi. Rahmlari keldi da, sekin tuyalarini cho'ktirib o'tirgin deb aytdi. Men birinchidan erkaklar jamoati bilan yurishlikdan hayo qildim dedi. Mana subhanalloh, burunlarning hayosi. Bu tuya bu yoqda, bu tuya bu yo qda.
Erkaklarning jamoasi bilan borishlikdan hayo qildim deydi. Hayo shunday bo'lgan ekan bu ayollarda. Ikkinchidan, nimani deydi, Zubayrning deydi, rashkini ko'zimni oldiga kelib ketdi. U kishi rashkni ichida yemasdi deydi. Qattiq rashk qilardi deydi. Shunchalik kuyovning rashkini ko'zi oldiga keltirgan vaqtida, Payg'ambarday kishi bilan tuyasiga minib borishga ham rozi bo'lmadi. Shundan kelib, Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu shu voqeani aytdim, mana shunday mana shunday bo'ldi deb aytgan edim. Sen boshingga sevatingni qo'yib yurishingdan ko'ra tuyaga minganing menga yengilroq bo'lardi dedi. Chunki Payg'ambar alayhissalom shuni ko'rib, ja g'alati ish bo'libdi deb qo'ydilar.
Bu rashk qilganligi. Undan keyin bu nimalardan keyin Zubayr roziyallohu anhu Otikaga uylandi. Otika bint Zayd roziyallohu anhu degan, Otika degan ayolga uylandi. Otikaga eng go'zal, eng zamonasining chiroyli ayollaridan biri edi. Bunga uylanganlarda Otika roziyallohu anhu masjidda qipton namoziga masjidga chiqar ekan. Masjidda o'qiyar ekan namozni. Qorong'u vaqtda hech kim ko'rmaydi, shuning uchun ko'proq qipton bilan bomdodga ayollar masjidga borishgan ekan. Shundan masjidga chiqar ekan.
Zubayr roziyallohu anhu rashk qilardi, hattoki masjidga chiqinga ham rashk qilardi. Masjidga, ibodatga chiqishiga rashk qilardi da, begona erkaklarga ko'rinishiga rashk qilar edi. Bizni ayollarimiz yillab chet mamlakatlarga ketib qolyapti. Yillab bir joylarga ketib qilyapti bir o'zi. Arzimas pullarni yuborib turibdi, xursandmiz. U yoqda nima bo'lyapti? Xabarimiz yo'q uni. Rashk o'lgan. Yo'q uni rashk.
Masjidga chiqishidan rashk qilardi deydi. Shundan bir kuni ruxsat so'radiki, kech payt men yana chiqqanda ayollar shunday ketavermagan, ruxsat so'. Chiqishgan. Ruxsat so. Radiki, menga bir ruxsat bersangiz qutbdan namoziga borib kelsin dedi. Jibayr radialloh anavi sal yaxshi ko'rmadilar da, lekin bildirmadi. Chunki Payg'ambar alayhissalom Allohnin cho'rilari, ya'ni ayollar, agar namozni masjidga chiqib o'qishga ruxsat bersa, ularni qaytarmanglar degan hadis turibdi. Bu hadisga xilof qilgiz kelmadi da, mayli dedilar da, chiqarib yubordi da. Lekin o'zlari sekin orqasidan yugurib chiqdi da. Bu ayoli kelguncha narigi mahalladan kelib, bir joyga burchakka yashirinib turdi. Qorong'u zulmatda. Hali ayoli shekin kelganlarida, birdaniga qo'lini ayolining yelkasiga tashlab qo'rqitdi. Qo'rqib ketgandan keyin ayoli darrov istig'for aytib, subhanalloh, subhanalloh dedi da, uyiga qarab qochib keldi. Zubayr roziyallohu bu yoqdan qochib kirib, yugurib kirib, uyiga o'tirib oldi.
O'tirib olganidan keyin ayoli yugurib kirganida, iye, namoz bir pastda tugadimi deydi. Deganida, shunda hali ayol aytdiki, kunna nahrujva na sun, va ammal yo mafala, fa taraqqul masjid dedi. Biz shuncha vaqtlar masjidga borib yurganimizda odamlar haqiqiy odam edi. Yaxshi edi. Odamlar aynabdi hozir endi. Endi masjidga chiqishga bo'lmaydi, endi tashladim masjidga chiqing dedi. Ajoyib bir uslubni qo'lladiki, rashk shunchalik darajada bo'ldi. Zubayra deloni xudoga rashk shunchalich darajada bo'ldiki, ayolini shunday bo'lishligini ham qaytargan edi rashk. Hozirgi kunda ayolini chiqarib turib, seni ayoling bilan men o'rtaga tushib bir o'ynab beray, meni ayolim bilan sen o'rtaga tishib bir o'ynablab ber, hammamizniki o'rtada degan narsalarni aytishlik bu bir uyatsizlik bilan bilmadim buni qanday inson qabul qila oladi aqlga.
Dayus. Bu inson ayolini qizg'anmaydigan insonni dayus deyiladi deydi. Ya'ni dayusni allaviylar g'iyatalar. Rashki yo'q inson dayus deydi. Yoki bo'lmasa dayus degani allaviy yuqir ul hibsati ahlihi xonadonida ayoli bo'lsin, qizi bo'lsin, onasi bo'lsin, ammasi bo'lsin, xolasi bo'lsin. Bulardagi hibs, yomonlik, hadislikka iqror bo'lib turgan kishi dayus degan ekan. Dayus degan. Abdulloh ibn umar roziyallohning hududiga kelgan hadisda aytadiki, payg'ambar alayhissalom aytdi ki, uch kishiga alloh taolo qiyomat kuni qaramaydi ularga deydi. Qaramaydi. U odamlar Alloh qaramagandan keyin uni holiga voy bo'lsin. Va aytyaptiki, birinchisi ota onaga oq bo'lgan kishi deydi. Oqpadar. Ikkinchisi al mar'atu l mutarrajjila, erkakka o'zini o'xshatgan erkak sifat ayol deydi. Erkakni kiyimini kiyadi. Erkakning shimini kiyadi, erkakning tirikligini qiladi. Erkak ismon bo'lib, erkaklarga xos narsani qiladigan ayol deydi. Uchinchisi dayyuz. Dayyuz bu ayol xonadonidagi nimaga bo'layotgan buzuqlikka iqror bo'lib turgan kishi.
Baholining sifatim fil madinati imratul aziziy qur'a umidu fata ha'nafsixiy qochish shag'afaha hiddah innallal al aloh hafid al alin mubin. O'sha endi voqea shu bilan bitdi. Yusufga aziz keldilar yashirib qo'yaqqan hech kim bilmasin deyish bilan. Ayoliga endi bir tavba qilib yuborasiz endi deyishlik bilan bitdi. Subhanalloh. Mana shu bilan bitadi ularning nimasi. Boshqa undan boshqa ortiqcha narsaga o'tmaydi. Lekin bu voqea ko'pga o'tmasdan o'sha saroyning ichida va amirlarning va shu yerdagi saroydagi kattakonlarning ayol qizlarning ichida bu so'z tarqab ketdi. Tarqab ketgan vaqtida bu so'zlar tarqadiki, azizning ayoli, vazirning ayoli, bu o'zining mavlosi bo'lgan, o'zining quli bo'lgan o'zining g'ulomi bo'lgan bir eng past tabaqadagi kishi bilan kishini buzuqlikka chaqiribdi. Turobiydi. O'ziga chaqiribdi, shunga talab qilibdi. Voy qod shag'ofa ha hibba, uni juda ortiq darajada yaxshi ko'rib ketibdiki, qalb pardalarini ham yirtib o'tib ketadigan darajada uni yaxshi ko'rib qolibdi, deyishib gapirib, aytishdiki, innala roha fido laring mubin.
Ha biz endi bu ayol, azizni ayolini ochiq bir zalolatda deb bilamiz. Adashgan, nodon ayol ekan. O'zining quli bilan ham shu ishni qiladimi deyishdi. Chunki ular martabali odamlar bilan bu buzuqlikni qilishlikni ayb deb bilishmagan ekan. Katta odamlar bilan bu buzuqlikni qilishni ayb deb bilishmagan ekan. Shuning uchun ular bu yerda aytgan vaqtda o'zini qo'li bilan shu ishni qilishni talab qilibdi, eng past inson bilan qilishlikni ayb deb bilishi ekan. Eng past inson bilam qilishlik ayb, lekin bir buyuk inson bilam bu ishni qilishi ular faxr deb bilishi ekan ekan. Buyuk inson bilan mana shunday bir buzuqlikni qilishlikni faxr deb bilishgan. Shuning uchun bir katta bir mansabdagi insonlar bir chaqirgan vaqtida xursand bo'lib, meni bir faloncha chaqirdi mana shunday bir mansabga deb yugurib, qizlari ham, ayollari ham boravergan ekan.
Lekin bir past insondagi bir bechora hech kimga nasli ham, asli ham, zoti ham bilinmagan odam shunday ish qiladigan bo'lsa, e, shu bilan ham shu ishni qilyapsanmi deyishgan ekan xolos. Mana shu. Xo'p, inshaalloh keyingi kelgusi darsligimizda mana shu yerdan davom ettiramiz.