# Sexr Xakida

- Teacher: [Maʼmurjon Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/mamurjon.md)
- Course: [Maʼmurjon Domla maʼruzalari](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon.md), lecture 94 of 181
- Section: —
- Duration: 22 min
- Original title: Sexr Xakida (Mamurjon domla)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/94
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/YZfl0ZP9fZE.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=YZfl0ZP9fZE
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/93.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/95.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bu dunyoda bugun borman, ertam gumon, ertam gumom. Oxiratni o'ylab bugun qo'rqdim yomon. Qo'rqtim yomon. Bismillah, alhamdulillah, vassolat va salamu ala rasulillah va ala alix va ashabi va valah va bad. Sehr ilmini Alloh Taolo farishtalar orqali nozil qilgan ekan. Va farishtalar insonlarga sehr ilmidan ta'lim bergan degan so'z qanchalik haqiqat? Degan savol.

[0:36] Sehrni hammamiz bilamiz, alhamdulillah bu. Kufr. Eng avvalo shu so'ralayotgan savolni javobini o'zida Alloh Taolo bizga bayon qildi. Va men kafaros Sulaymon. Va lekin nashshayatina kafaru yo'allimuna nasa sehr. Sulaymon alayhissalom kofir emas edi. U kishi sehr bilan shug'ullanmaganlar. Lekin shaytonlar kofir edi. Shaytonlar odamlarga sehr ta'lim berdi dedi. Demak, sehrni ta'lim bergan kishi amali bu kufr amal. Ta'lim berish ham kufr. Shu bilan shug'ulanish ham kufr. Shaytonlar kofir amal bilan shug'ullanishgan edi. Demak sehrgarlarning amali shaytonning amali. Kufr amal. Shuning uchun sehrni ta'lim berishlik kufrdir. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam hadislarda keladi, bijaytaniy bo'lsa ba'u al mubiqot, yettita halok qiluvchi narsadan saqlaninglar deganda, shulardan biri sehr dedilar. Sehr insonni halok qiladi, oxiratini kuydiradi. Abu zar il g'oforiy roziyallohu anhun bir sehrgarni qilish o'ynatib, odamlarga go'yo bir insonni boshini kesib, qaytadan o'rniga qo'yyotganga o'xshagan qilib ko'rsatyapti. Hozirgi kunimizda ham bor ku. Anavi katta gipnozchilar deymizmi, sehrgarlar xullas.

[1:54] Shular odamlarni ikkiga bo'lganga o'xsha ko'rsatib, qo'lini boshini kesganga o'xshiab ko'rsatish, shunga o'xshab amal qilayotgan ekan o'sha vaqtda. Abu Zar roziyallohunuhu keldi. Chiroyli kiyimlarni kiyib, qilishini sekin yashirib, orqasiga bunday ushlab keldi da. Haligini shunday boshiga bitta urdi da, boshini uzib qo'ya qoldi. Shunda aytdi, Anasamin Tunnabiy sollallohu alayhi vasallam haddu sahir dor buhu bissaif deydi. Men Rasulullohdan eshitganim bor edi. Sehrgarning haddi, ya'ni jazosi, shariatdagisi. Qilish bilan boshini kesishlik deb eshitgandim, shuni amalga oshirdim deydi da. Keyin yerda tanasidan boshi judo bo'lib yotgan haligi sehrgarga qarab ahli nafsak deydi. Qani, o'zingni endi tiriltir chi, birovlarni boshini kesib, qo'lini kesib tiriltirayotgan eding, endi o'zingni tiriltir chi deb aytdi. Ko'rdingizmi? U qayerdan tiriltirsin? Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam men ataa ar rafan, sosaddaqa hu biyman, yaqul laqad kafarab biyman, un ziyla ala muhammadin sollallohu alalayhi vasallam. Kim, ho, buni bilaman, yulduzga qarab, boshqaga qarab, bir narsalarga qarab, g'aybni bilaman deydigan, kelajagingizni bilaman deydgan odamlar, sehrlar, folbinlik qiladiganlarni oldiga kelsa, uni aytayotgan narsasini to'g'ri topib qo'ydingiz a?

[3:15] Deb tasdiqlab qo'yadigan bo'lsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo'lgan narsaga kofir bo'libdi deydi. Qur'onga kofir bo'ldi. Dindan chiqdi u odam, uni tasdiqlashi bilan. Yaxshi bilib olaylik uni. Musulmonman deb turib, u amalni ham, bu amalni ham aralashib, qilib ketaverishlik bo'lmaydi u. Shayxlarning gapi bor ekan. Bir usti boshi yirtiq, sehrgar deydi, ko'rasiz u, lolalarni, boshqalar haligilarida o'tiradi, bozorlarda. Baxtingizdan ochaymi, taxtingizdan ochammi deyish. O'sha sehrgar o'tirgan ekan, folochib. Oldiga qo'yib olganlarni bilasiz, birovlar har xil narsalar qo'yib oldi da, bir qushni ushlab oladi da, qani haligi qushcha kelib, haligi cho'qiydi da, bunday chiqarib bersa, o'sha qog'ozni o'qib beradi. O'qisa, sen boyib ketasan, seni oldingda baxting kutib turibdi desa, xursand bo'lib ketadi haligi. O'shanaqa odamlarni qiziqtiradigan narsalar yozib qo'ygan. Yoki bo'lmasa birovlar no'xatlar qo'yib oladi. Birovlar tasbehlar qo'yvolgan. Birovlar karta bilan shu nima qiladi, sehr qiladi. G'aybni gapirib beradi, hayotingizni aytib beradi birovlar. Shunaqa qilib yolg'on to'qib. Birovlar uzuklar qo'yvorgan deydi. Shunaqa bir odam o'tirgan ekan deydi. Alisher kelib so'rabdi. Bu oldingizga qo'yvoladigan narsalar nima o'zi bu?

[4:34] No'xat qo'yib yuboribsiz, mana yerga karta qo'yib oribsiz, ochar ekan. Sehrgar aytibdi. Uni kelajagini shu bilan ko'rib aytaman debdi da endi. Insonlarni kelajagini, shunga qarab turib aytaman debdi. Aaa, uzukni, jdeb savol beribdi haligi. Uzuk esa uni hayotini tuzatish uchun. Agar kambag'al bo'lsa, bu uzukni tiqadi, boy bo'lib ketadi. Agar uylanmagan bo'lsa, u uzuk tiqsa, uylanib ketadi, baxt ochilib ketadi degan ekanda haligi. Shunda shayx aytibdi. Sen nima uchun qiynalib, faol ochib, mayda sovuqda, muldirab o'tiribsan? Bu, e, ustingizga kiyib olgan narsalaringiz ham o'zi yirtiq. Ustingiz boshingiz ham mana shunaqa ahvoldasiz, yaxshi emas. Yaxshi, shu uzukni taqib olmadingizmi uyingizda o'tirib, boyib ketavermadingizmi? Shuncha odamlarni bir uzuk bilan boyitib yuboryapsizmi degan ekan. Odamlar sal oxir farosatni ishlatish kerak.

[5:32] Folbinga yuguraverishdan avval. To'xta, u ham menga o'xshagan bir Allohni maxluqi yu. Banda qayerdan bilsin degan narsalarni nima qilishlik kerak ekan. Eee, zixnga, hayolga keltirish kerak. Xullas, bu savol farishtalar sehr ilmi olib kelmagan edi. Alloh subhanalloh mana vatta ba'u ma'fattlu shayotin va alamul kisulayman. Vama kafara Sulaymon va lekin nashayatina kafar u allimuna nasa sehr vama un ziyla alal malakayni bi bab ilaha rutavama ro't deb shu surada, Baqara surasida mana keladi.

[6:07] Bu surada shaytonlar Sulaymon podshohligidagi bo'lgan shaytonlar, jinlar aytayotgan narsaga odamlar shularga ergashdi. Odamlarning ko'pchiligi o'sha shaytonni aytayotgan nasasiga. Jinlar aytayotgan narsasiga ergashadi. Payg'ambarlar aytayotgand narsasiga ergishmaydi. Qol Alloh qola Rasulullohga ko'p odam ergashmaydi. O'sha shaytonni yo'liga yo shaytonvachchalarning yo'llariga ergashadi odamlar. Shu vaqtda ham shaytonlar tilovat qilgan, shaytonlar aytgan, shaytonalar o'qib bergan narsalarga, Sulaymoniy alayhissalomning podshohligidagi bo'lgan shaytonlar aylayotgan narsaga odamlar ergashdi. Sulaymon alayhissalomni mana Sulaymon alayhissaom sehr bilan shug'ullangan edi. Bizni shaytonlarni, jinlarni shu sehr bilan bizni bo'ysindirgan edi degan gapiga ishonishib ketdi ular. E, Sulaymon payg'ambar bo'lmagan ekanda. Sehr bilan shu buncha ishlar qilgan ekanda. Biz ham sehr qiladigan bo'lsak, Sulaymonga o'xshab katta podshoh bo'lib ketar ekanmizda. Shuncha mulk egalari bo'lib ketar ekansiz degan gaplar bo'lib qoldi da. Shunda Alloh sollallohu alayhi vasallam va ma kafar rasulullayman, Sulaymon alayhi vasallom kofir emas edi u. U sehr bilan shug'llanadigan. Shaytonlar edi ular kofir bo'lganlar. Yo allaymi unaqa narsa sehr? Odamlarga sehrini o'rgatganlar ham kofir shu shaytonlardiyu o'zi.

[7:24] Deb Alloh Taolo bunga raddiya berdi. Xo'p, bu oyatning tushushlik sababi, nuzulini ulamolar aytishadiki, yahudlar Payg'ambar sallallohu alayhi vasallamdan nima qilardi, har xil narsalar haqida so'rashardi yahudlar. Bilamiz mana shu Madinada yahudlar bo'lgan. O'sha yahudlar so'rashardi. Ba'zilarida Zilqarnani haqida so'rashardi, ba'zilarida ruh haqida so'ashardi, ba'zilarda haligi kaft so'rasida kelgan kishilarning g'arovga kirib uxlab qolgan uch yuz to'qqiz yildan o'shancha vaqtda uxlab uyqudan turgan kishilar haqida so'rashardi xullas.

[7:59] Bu savollarni javoblari ularning kitoblarida bor edi, lekin Payg'ambar alayhissalomni sinab ko'rishlik uchun shunaqa savollar qo'yishardi. Alloh subhanahu va taolo Payg'ambariga bu savollarga javob beradi. Shunga javoban Alloh shuhratulloh mana shu oyatni tushurdi, deydi. Yahudlarga javob. Xo'p. Ikkinchisi, Alloh taolo bu bir sababini uzunning tushunlik sababini birinchisi bo'lsa, yana ulamolar aytadi, ikkinchi sababi degan Madinada Bani Qaynoqa, Bani Nodir, Bani Qurayza degan Yahudlarning qabilalari shular yashagan. Ular Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni gaplarini Qur'on tilovat qilganlarini eshitganlarida, Sulaymon alayhissalom haqidagi gaplarni eshitganda, Yahudlar Madinada aytdiki, eshitmayapsizlarmi, Muhammad sollallohu alalayhi vasallam da'vo qiladiki, Ibn Dovud deydi, Payg'ambarmish deydi.

[8:56] Allohga qasamki, agar u Payg'ambar emas, u sehrgar edi. Bu Yahudlarning e'tiqodida mana shunaqa gap bor ekan. Bu mashhur gap ekan Yahudlarda. U Payshiy sehrgar edi, sehr bilan jinlarni bo'ysindirib yurgan edi dedi. U Payg'ambar emas dedi degan ekan. Shu fosit e'tiqodni, ulardagi botil e'tiqodnni Alloh Taolo inkor qildi va oyat nozil qildi. Sulaymon alayhissalomning podshohligidagi shaytonlar o'qiyotgan narsaga ular ergashdi. Sulaymon alaysalom kofir bo'lmadi. Shaytonlar kofir edilar. Ular odamlarga sehriy ilmni o'rgatgan edi dedi. Bu bir nimasi. Va ma unzila alal malakayniy bibabila harut va marut. Ular shaytonlar, odamlar o'sha vaqtda shaytonlar aytgan gapga ergashgan bo'lsa, ikkinchisi, Bobildagi, Bobul bu iroqda. Bobildagi harut va marut degan ikkita malaklarga, farishtalar, ikkita farishtalarga, malaklarga, nozil bo'lgan narsalarga ergashdi odamlar. Ular va ma yualliman min ahad. Ular biror odamga shu sehrni o'rgatishmadi, illo aytishardi, biz fitnamiz. Fitna uchun, imtihon iqtibor uchun yuborildik. Buni o'rganib kofir bo'lmanglar sizlar, deb aytardi.

[10:08] Xullas, mana shu joydagi gap, haligi savol ham shu yerdan kelib chiqadi. Nimaga Alloh Taolo farishtalarga sehr o'rgatdimi, farishtalar odamlarga sehr o'rgatdimi degan gap shu yerdan kelib chiqyapti. Bu oyatni tafsirini juda ham yaxshilab, a a, tushunib olmaydigan bo'lsak, a a, qiyin bo'ladi. Bunda har xil so'zlar ko'payib ketgan. Ba'zilar aytishgan ekan, farishtalar Alloh Subhanahu Taologa aytdi deydi. Farishtalar Allohni Subhanahu Taolog aytdi, yo Alloh deyishgan ekan deydi. Shu, eee, bandalarni qanday qilasan bu odamlarni shuncha gunohlar qilyapti, shuncha xatoliklar qilyapti. Qanaqa qilib bularga sabr qilasan yo Alloh? Deganda Alloh Subhanalloh men bandalarimni iftalo qilaman. Undan keyin ularni gunohlarni kechiraman deganda ular aytishdi, agar biz ularni makonasida bo'lganimizda, odamlarni o'rnida bo'lganda biz senga gunoh qilmagan bo'lardik. Biz sendan qo'rqamiz deyishdi deydi. Shunda Alloh Taolo aytgan ekan, yo'q, bu bandalarim juda e, bulardagi nafslar, bulardagi shahvatlar, bulardagi sha'tonning dinning vasvasalari, sha'tonning yo'ldan ozdirishlari sizlarda bo'lsa, sizlar buni bandalarim qilayotgan narsaga toqatingda yetmaydi deganda farishtalar yo'q, yetadi bizni toqatimiz, ya Robbi deyishdi deydi.

[11:31] Shunda Harut va Ma'rut degan eng yaxshi farishtalarni tanlashdi da, qani bir imtihon qilib ko'ramiz. Odamdagi bor narsani bularga qo'yib ko'ramiz deb, bularga Alloh Subhanahu Taolo deydi, shahvatni berdi da, ularni yerga tushirdi deydi. Shu bilanoq bir chiroyli ayol suratida kelib, bir ayol, ular kelganida, ular haligindan fitnalandi. Daram buzuqlikka xayoliga kelishdi. Shu ayolga kelganida, ayol aytdiki, men majusiy dindaman. Agar majus dinni qabul qilsanglar, men sizlar bilan birga bo'laman deydi. Ular aytdi, oxirida Alloh saqlasin, bu sherik deyishdi. Keyin ayol yana bir og'izdan keyin keldi da, kelganida ular yana ayoldan fitnalangan vaqtida, ayol ayerdiki, agar sizlar falon insonni o'ldirsanglar, men sizlarnikiman deb aytdi deydi. Haligilar yo'q, odam o'ldirishlik bu qatl gunoh deyishgan edi deydi. Keyin yana biron oz yo'q bo'lib ketdi da, keyin keldi, keyin aytdiki, mayli eng nimasi shu aroq ichinglar dedi, mayli. Shu aroq ishsanglar keyin men sizlarnikiman dedi. Aroq ishni emas bo'ldi, odamni ham o'ldirdi, shirkni ham qildi.

[12:31] Keyin va hokazo. Bu qissani cho'zib o'tirishni hojati yo'q. Bu, e, Bani Isroilning aka deb yolg'onlari, to'qimalari, botillari bu qizsa. Birinchidan farishtalar, gunoh ish qiladigan, shirk amal qiladigan, aroq ichi mos bo'lib qoladigan, bir ayol bilan fitnalanib qoladigan, bunaqa nafs shahvoniy nafslar berilib, Alloh Taolo ularni imtihon qilib ko'rish degan masala bo'lmagan. Alloh Taolo aytadiki, la ya'sunu Alloh, man amir g'unayf alunama, yo'q marg'un. Ular Allohni buyurgan narsasiga hech ham osiylik qilmagan. Ular buyurilgan narsani doim toatda bo'lgan u farishtalar. Ular Allohga shirk keltiradigan kishilar bo'lmagan, bu aql tasdiqlaydigan narsa emas. Aroq ichadigan, qatilni odam o'ldiradigan, bu narsalar hammasi yolg'on gaplar.

[13:23] Xo'p, unda Horud va Ma'rudlar va ularning xabarlari, ular olib kelgan sehr ilmlari nima edi desak, eng birinchi Haort Maortlar kim ekan desa, ba'zilar aytishgan ekan. Bu to'g'rida ixtiloflar ku. Ba'zilar aylanayotgan bu boboldagi iroq shahridagi kishi, ikkita kishi edi. Bu haort maort degani, u farishta emas edi, ikkita kishiydi, malaklar emas edi. Ular sehrni shaytonlardan o'rgangan edi, keyin shu sehr ilmini tarqatib yuborgan kishilar edi deydi. Bu zaif gap, chunki qur'onning nasisiga nusus qur'onda kelgan narsaga bu xilof. Chunki qur'onda vama unzila alal malakayni deydi. Inson demadi. Ikkita malakka nozil bo'lgan narsalarga nima qilishdi, ular ergashib ketdi deydi. Sehr oldi kelingan o'sha nimalar, malaklar sehr o'rgatgan edi. Shu sehrga ular ergashib qoldi odamlar dedi. Demak, qur'on narsasiga bu inson degan gap xilof. Ba'zilar jin degan, bu ham o'sha qur'onni malak deb, farishta deydi, bu ham xilof. Demak, bularning ikkita farishta ekanligi aniq bo'ldi. Ularning ismi Harut va Ma'rut ekanligi ham aniq bo'ldi. Qur'onda aytib turibdi. Bi babila Haruta va Ma'rut deb. Lekin bu yerda ishkal qolaveradi. Nima uchun farishtalar odamlarga sehr o'rgatdi? Sehr kufur edi yu, yuqorida aytganda, degan gap qoladi.

[14:41] Mufassirlarning so'zlari ixtilofli bo'ldi. Ular har xil ixtilof qilishdi bu gapda. Javob berishlikda. Va ma unzila alal malakainni ba'zi mufassirlar, Imomul Qurtubiy va hokazo aytishdiki, va ma unziladagi ma arab tilini bilgan kishilar uchun ma nafiya deyishdi. Ya'ni nafiya bu farishtalarga tushmaganidek, Harut va Ma'ruddagi farishtalarga sehr ilmi tushmagan edi. Tushdi degan gapni tushmadi deyishdi ular.

[15:11] Va ma kafara Sulaymon, va ma unzila alal malakain. Sulaymon kofir ham bo'lmagan edi. Harut va Ma'rudda, Babulda farishtalarga sehr ilmi ham tushmagan eddi deyishdi. Bu birinchi so'z. Lekin Imomul Tabari va bu aksar mufassir, aksar mufassislar nima deyishdi? Ular ko'proq mufassirlarni so'zi yo'q.

[15:36] Farishtalarga, odamlarga ta'lim berishlik uchun farishtalar tushdi ular. Sehrni ta'lim berishga deydi. Lekin yana bu qanaqa bo'ladi? Yuqorida sehrni ta'lim bermaylik harom desak farishtalar nimaga sehrni ta'limi berishga tushdi degan savol yana zehnnga keladi. Yana sehrganlar buni hujjat qilib oladi. Mana tushgan ekan u farishtalar sehr ilmini ta'lim berib deydi. Ularga javob shuki, Alloh Taolo la yuz alu amma yu fal. Alloh xohlagan narsasini qiladi. Nima uchun tushirdi? Nimaga tushirdi? Nimega farishtalar orqali sehrini tushirdi? Bu Alloh qilayotgan narsasi haqida so'ralmaydi. Birinchi, gap shu. Ikkinchisi, farishtalarni sehrini ta'lim berishligi minba bil ixtibar bil fitna ekanligi ma'lum. U imtihon fitna uchun ekanligi ma'sum. Innama nah nu fitna tun fala takfur. Biz fitnamiz, imtihonmiz, ibtilomiz, sizlarni boshinglarga kelgan balomiz biz. Bu sehrini olib kelganmiz biz, bu balo. Bu la takfur, buni o'rganib kofir bo'lma bu. Buni o'rgansang kofir bo'lasan deb o'zlari ochiqdan ochiq aytib turibdi. Imtihon ibtilo. Alloh taolo bandasini xohlagan narsasi bilan imtihon qiladi. Alloh taolo Dajjal bilan ertaga kuni imtihon qildi.

[16:54] Dajjal bilan. U hammamizga ma'lumki, bir o'lgan odamni shunday qabridan tirildi desa, tirilib chiqadi. Bir odamni qilich bilan shunday urib turib, ikkiga bo'lib tashlaydi da Dajjal. Nima qiladi? Qaytadan tirildi desa haligi odam tirilib ketadi. Shunda ana Dajjalga shunday narsa berildi, bu ilohman deb da'vo qilyapti, haqiqatdan iloh ekan deb ergashmaydi. Bu imtihon, bu ibtilo. Shuning uchun Alloh Taolo bir bandalarni Dajjal bilan imtihon qilib ko'radi. Bir bandalarni Alloh Subhanahu Iblisni yaratdi da, odamlarni Iblis bilan imtihonga qilyapti. Tavludni askarlarini Alloh Subhanahu Taolo, xo' ana shu o'tgan nimadan, suvdan ichmanglar.

[17:34] O'sha suvni ichadigan bo'lsanglar, bu nimaga qo'shilmaysizlar deb turib, o'sha suv bilan imtihon qildi. Xullas, Alloh Taolo bandalarini imtihon uchun ikkita farishtani tushirgan edi. Bu narsaga biz, Alhamdulillah, qalbimiz taskin topishlik kerak. Allohning amriga, Allohning ishiga. Keyin ulamolar hikmatini aytishgan. Shu farishtalarning kelib, sehr ilmini ta'lim berishda nima hikmat bor edi, desa, buning orqasida yotgan shunday bir hikmatlar bor. Bobel shahrida sehr judayam avjiga chiqib ketdi. Sehrgarlar odamlarni fitnaladi. Sehr, sehrgarlar odamlarni adashtirishga sehrni vasiyla qilib ushlashib oldi. Odamlarni shunday adashtirishiga sehr eng qulay yo'l bo'lib qoldi. Ko'p odamlar haqdan, dindan ajradi. Ko'p odamlar yulduzlarga, butlarga sig'inishga o'tib ketdi. Kufr yer yuzini qoplab ketdi. Shaytonlar odamlarga shunday o'y soldiki, Sulaymon bu podshohlikka, bu shuncha jinlarni bo'ysundirishga kuchi bilan, payg'ambarlik bilan qilmagan ekan bu ishlarning. Bu hammasi sehr bilan qilingan ish ekan degan gaplar bo'lganda, Alloh Taolo odamlarga sehr bilan nubuvvatniy, sehr bilan mo'jizani o'rtasini ajratishlik.

[18:50] To'xtanglar, sehr bu payg'ambarlarga Alloh bergan mo'jizaga teng kelmaydi. Sehr bunaqa bo'ladi, lekin mo'jiza umuman sehrdan bo'lak narsa ekanligini ajratib qo'yishni xohladi. Bu shu yerda to'xtaymizda. Muso alayhissalom qissasini eslang. Nimaga shu vaqtdagi sehrgarlar Muso alayhissa salom hassasini tashlashi bilan katta ilon bo'ldida sehrgarlarni nimasini yeb qo'ydi, tashlagan ilonjalarini yeb qo'di. Shunda hammasi biz Musoga iymon keltirdik deydi. Muso alayhissalom u yerda da'vat qilmadi. Faqat mo'jiza Allohning mo'jizasi edi u. Nima uchun ular iymon keltirdi? Sehrgarlar bildi. Sehr bilan mo'jizani farqini ajrata bildi bu yerda. Ular bilishardi, agar sehr kuchli keladigan bo'lsa, bu zaif sehr o'zining asliy ahvoliga aylanib qoladi. Ular tashlagan iplar ilon bo'lib yerda yurgan iplar o'zidan kuchli sehr kelganda qaytadan ipga aylanishi kerak edi. Ammo Muso alayhissalom tashlagan nima hassa, katta bir ilon bo'lib, ular ipga aylanmadi da sehrgarlarniki, uni borib yeb qo'yishligi, bu haqiqiy mo'jiza ekanini ular bildi da, darrov shu yerda iymon keltirishdi.

[20:07] Qarang. Alloh Taolo o'sha Sulaymon alayhissalomdan keyin, Sulaymon alayhi assalomni sehr bilan shug'ullandi deganlarga, to'xtanglar. Ikkita farishtani yubordi. Odam suratida. Ey odamlar, bu shaytonlar sizlarni yo'ldan adashtirmoqchi. Sulaymon sehr bilan mulkni egallamadi. Sulaymonga nubuvvat berildi. Sulaymon payg'ambar edi va unga mulk berildi. Va Sulaymonga berilgan narsa bu sehr emasdi, bu mo'jiza edi. Ammo sehr, sizlar agar xohlasanglar biz uni sizlarga o'rgatishimiz mumkin. Agar shu bilan sizlar Sulaymonga berilgan mulk va mo'jizani sehr bilan ikkisini ayirmasligini, farqini ajrata bilsanglar, biz o'rgatishimiz mumkin. Lekin biz buni o'rgatmaymiz. Illo faqatgina payg'ambarlik bilan sehrni ajratish uchungina o'rganmoqchi bo'lgan kishilarga o'rgatamiz. Afzali o'rganmanglar, uni tasdiqlamanglar. Agar ham agar bosh tortib, biz ajratishni o'rganaylik desanglar, biz bu sehrni o'rgatamiz. Lekin biror kishi bilsinki, toki biror kishi balsinki, Allohning dini sehr ustida mamniy bo'lmaganligini bilsin, deb turib, uni o'rgatishni avval aytardik.

[21:26] Va ma yualli mani min ahad hattayaqula innama nahnu fitna fala takfur. Biz biror bir kishiga ta'lim berishdan avval ular ikkita malak aytardi. Ey, to'xtanglar. Buni o'rganishdan maqsad, sehr bilan mo'jizani ajratishlikkina. Biz fitnamiz. Biz odamlarga yuborilgan fitna, ibtilo, falak takfur. Buni o'qib, buni o'rgatib, kofir bo'lib qolmagin, deb odamlarga ochiq bayon qilardi. Mana shuning uchun u farishtalar odamlarga sehr yuritib, erkak ayolni arasini ajratishlikni yo bo'lmasa, bunaqa ish qilsanglar bunaqa bo'ladi, bunaqa qilsanglar buna'a bo'ladi. Bunaqa qilsaklar tijoratinglar yaxshi bo'lib ketadi. Bunaqa qursanglar dushmaninglarni o'ldirsanglar bo'ladi. Bundoq qilsanglar qo'shninglarga ziyon yetkazasizlar degan maqsadda kelmagan edi. Hikmat ularning olib kelgan sehrini odamlarga o'rgatishdagi maqsadni ulamolar ba'zilari mana shularga nima qilgan ekan, to'xtatgan ekan.

[22:21] Bu vallohu a'lam, va sollallohu alayhi va alam va alayhi vasallam.
