# Islom odoblari 26-dars (Ota- ona bilan boʻlgan odob)

- Teacher: [Maʼmurjon Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/mamurjon.md)
- Course: [Maʼmurjon Domla maʼruzalari](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon.md), lecture 95 of 181
- Section: —
- Duration: 1 h 10 min
- Original title: (Mamurjon domla) Islom odoblari 26-dars (Ota- ona bilan boʻlgan odob)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/95
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/Z7rmuLMNuE0.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=Z7rmuLMNuE0
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/94.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/mamurjon/96.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Audubilloh imenno shayton rajim. A'lu billahi min ash shayton rojiym, bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillah, na'hmaduhu anas a'inuhu anas taqdiruh va na'udh billahi min sururi an fusinga va min sayyihati an alina, men yohdihillahi falamudillalloh va men yuddiy fala hadiyalar va ash hadu anna ilohi illallohu va hathular sharikalar va ash hadu annah muhammadan abduhu va rasuluh. Amma abad. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatu.

[1:01] Bugun Alloh Subhanahu va Taoloning fazli va tavfiqi bilan shanba kuni musulmon odoblari darsligiga jamlanib o'tirgan ekanmiz. Alloh Taolodan bu darsni davomiy bo'lishini va avvalo o'zimga qolaversa barchamizga manfaatlik bo'lishligini so'ragan holatda darsni boshlaymiz. Darsimizni avval shahardan kelayotgan Chimkentdan kelayotgan birodarlarimiz darsdan keyin uchrashib ketishsa. Shuni esimdan chiqmasdan aytib qo'ymoqchi edim. Shaharda ham dars qilishlikka bir nimalar bo'lyapti. Shuni bir joylarini tayin qilib belgilab qo'ymo'qchimiz.

[1:44] Bugungi o'tmoqchi bo'lgan darsligimiz anchadan buyog'iga o'zi shu darslikni o'tamiz degan rejada edik va shuni ustiga yana ba'zi bir talabalarimiz ham taklif qilishdiki, shu darslikni o'tishlikni. Bu darslik bir rul validayin ota onaning farzandlar tepasidagi haqqi va farzandlarning ota onalar tepasidagi haqi.

[2:19] Juda ko'p xonadonlarda ota onalar haqlari paymol bo'lingan va juda ko'p xomadonlarda farzandlarning haqlari ham paymol bo'lgan bir vaqt bo'lganligi uchun bugun biz ota onalarning haqqini aytamiz. Kelasi darsda farzandlarni haqlarini ham to'xtab o'tamiz. Birinchi haqlardan bizni bilishligimiz shart bo'lgan narsalardan biri, Alloh eng buyuk haqlardan biri, Allohning haqqidan keyingi turadigan haqqlardan biri, ota onaning haqqi. Eng buyuk haqqlarni Allohning haqqudan keyingi turadigani haq, ota onaning hakqi. Alloh subhanah va ta'ala Qur'onda va qadoru rabbuka illati abduillahi yah va bilvalide ni ehsani. Alloh subhanah va taolo sizlarni faqatgina Allohga ibodat qilishlikka buyurdi va ota onaga yaxshilik qilishga buyurdi dedi. Ota onaga ibodat, Allohning haqqi ibodat bo'lsa, undan keyinlar keltirayotgan Alloh taoloning nimasi, tartibi ota onaga ya xshilik qilishiga buyurdi dedi. Yana boshqa oyatda Alloh taolo an shukur li vali validay ila ila ila ilmas edi.

[3:38] Menga shukur qilinglar va ota onaga shukur qilingilar dedi. Alloh subhanahu va taolo mana shu oyatga qaraydigan bo'lsangiz, har bir sizga yaxshilik qilgan kimsalarning haqlarini ado etishni bizga shariat o'rgatyapti. Shuning uchun boshqa oyatlarda keltiriladi hal jazo ili ihsan ila ihsan. Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilik qaytarish. Birov sizga yaxshilik qilsa, o'sha odamga siz ham evaziga yaxshilik bilan qaytaring. Yana boshqa ayatda, men la yashkur inna sal la yashkurulloh. Kim insonlarga shukur qilolmaydigan bo'lsa, yaxshilikka yaxshilik qilolmasa, u Allohga albatta hech qachon yaxshilik qila olmaydi, shukur qila olmaydi degan hadislar kelgan. Buning sababi Alloh Subhanahu Taolo eng birinchi insonga ruh ato etib, insonning dunyoga kelishini iroda etgan Zot Alloh Taolo va unga sababchi bo'lgan kimsalar ota ona bo'lganligi uchun avvalo Allohga, undan keyin insonning vujudga kelishiga sabab bo'lgan ota onasiga shukur qilishlikni Alloh Taolo o'rgatyapti. Shukur qilinglar deb buyuryapti. Va sizlarning qaytib kelajak joyinglar Mengadir dedi.

[4:55] Qiyomat kunida Menga qaytasizlar dedi. Shuning uchun Ibn Abbos radiallohu anhu aytgan ekanlar, Qur'onda degan ekanlar. Talas u ayyating nazalat maqururat maquru natan betalatin. Betalatin. Uchta oyat uchta narsa bilan uchta Qur'onda uchta oyat bor. Uchtasi degan ekan, birma bir yonma yon sherigi bilan kelgan, uni ajratishga mumkin emas degan ekan. Sherigi bilan kelganda uchta oyat bo'lgan degan. Ikkita narsa bir oyatda zikr qilinadi. Yana boshqa oyatda ikkita narsa zikr qilinadi. Yana boshqa oyatda ikkita narsa zikr qilinadi. Uni biridan birini ajratish mumkin emas degan ekan. Mana shu oyatlardan biri Alloh Taolo Qur'onda 'Atiullohha va atayur rasul' degan oyat. Bu Mayda surasining to'qson ikkinchi oyati. Allohga itoat etinglar va Payg'ambarga itoat etinglar degan oyat. Ikkisi yonma yon kelgan. Kim aytsaki, men Allohga itoat etaman, Payg'ambarga itoat etmayman desa, musulmon dinidan chiqib ketadi. Kim aytsaki men faqat Payg'ambarga itoat etaman, Allohga itoat etmayman desa. Dindan chiqib ketadi.

[6:11] Dinda mukammal bo'lishligi uchun ikkovini bab barobar qilish kerak ekan. Allohga va payg'ambarga itoat etishlik. Endi buni yana ham yaqqolroq tushuntirib qo'yay a. Allohga va bayg'ambarga ifod etish. Mana bizda hozirgi kunda ko'p so'ralayotgan savollarni biri juda ko'p odamlar chaqirib, gazetaga ham anakini chiqaribdi. Qorablok shahridan n hayitmetov degan kishi yozibdi.

[6:52] Men qo'rqib ketdim hayitmetov deygan familiyani ko'rib. Meniki m hayitmetov, n emas, muzikani halol deb domlalar bilan yig'ilib bir majlisda qur'ondan bizga shuning harom degan joyini ko'rsatib bersin deb yozgan ekan. Meni familiyamni ko'rib qo'rqib ketdi. Keyin qarasam uni ni haykmetov ekan. Sizlar ham o'qib ko'rib, domla aynabdida deb yurmanglar.

[7:22] Qur'ondan ko'rsatib beringlar deb talab qilishadi. Qur'ondan ko'rsatib turinglar bizga deydi. Qur'onni necha marta o'qib chiqdik? Yo'q, Qur'onda deydi. O'zbekchasini o'qiyapmiz, qozoqchasini, o'rischasi, inglizchasini, fransiyasini o'qiyapti, yo'q Qur'onda, deyishadi. Biz aytamizki, siz faqat Allohga itoat etib, Payg'ambarga itoat etmaysizmi?

[7:46] Faqat Allohiga itoat etaman, Qur'ondagiga amal qilaman. Payg'ambar aytganiga amal qilmayman desangiz, dindan chiqasiz. Qur'onda kelmagan masalalar Payg'ambar alayhissalom aytgan bo'ladi. Men shundaylarga aytdimki, namozni azon aytib o'qiysizmi? Desam ha deydi. Azon aytmay o'qing dedim. Chunki Qur'onda qayerida azon aytish kelgan, menga ko'rsatingchi dedim.

[8:13] Qur'onda yo'q ku. Qomat aytib o'qiysizmi namozni? Ha. Qur'onda yoki qomat, qayerda kelgan, ko'rsatingchi. Bomdod namozini ikki rakat sunnat, ikki rakat fariz, peshin namozini to'rt rakat sunnat, to'rt rakat fariz, ikki rakat sunnati qilib o'qiysizmi? Ha. Qur'onda kelmagan. Qur'onda namoz o'qinglar deb kelgan. Lekin ikki rakat, to'rt rakatlab bo'lmagan Qur'onda. Qayerdan oldingiz bularni? Qur'onda yo'q narsaga nimaga amal qilyapsiz? Janoza namoz o'qiysiz mi o'liklarga? Ha. Qur'onda kelmagan janoza namoz. Nimaga o'liklarni janoza o'qimay ko'mmaysiz? Farzandlaringizni o'g'illarini kestirasizmi? Ha? Qur'onda kelmagan kestirish, nima uchun kestirasiz?

[9:01] Muzika ham kelmagan Qur'onda. Hadisda kelgan, birodarlar, hadisda. Shuning uchun Qur'on va hadis Alloh va Payg'ambarga itoat etinglar deb ikkisi kelgan. Ikkisini ajratsak, dinimizdan ajralamiz. Alohida alohida bo'lsak, dinimizdan ajralib qolamiz. Dinning yarmi o'sha Qur'onni o'zida bo'lsa, yarmi sharhi hadisda kelgan. Tushundingizmi? A?

[9:32] Ikkinchi oyat Alloh Subhanahu va Taolo aytadi, ikkita oyat, ikkita nima? Bir nimasidan biridan birini ajratish mumkin emas. Ikkinchisi aqiy musolata va atuz zaka. Baqara surasining qirq uchinchi oyatida. Namozni qoyim qilinglar, namoz o'qinglar va zakot beringlar degan oyat kelgan. Bir odam esa men namoz o'qiyman, zakot mutloq bermayman desa ham bo'lmaydi. Bir odam esaki, men sizlardan yoki namozxonlardan yaxshiroqman. Nimaga desa? Har juma kuni men ehson qilib turaman, lekin namoz o'qimayman. Alloh o'zi yarliqasin desa, u ham bo'lmaydi. Ikkovini qilmaguncha indris bo'lmaydi, namozni o'qib turib, keyin ehsonni ham, zakatni ham o'tib aytish. Uchinchi oyat, bir biridan ajratish mumkin bo'lmagan oyatlar, ana shukurli valivariday, menga va ota onanga shukur qil degan oyat. Menga va ota ananga shukur qildi degan oyat. Bir odam aytsaki, men ota onamni chaqaga ham olmayman desa, lekin azondan kechgacha chiqmay namoz o'qisa, u bir tiyin bo'ladi. Bir odam eslaki, ota onani boshiga qo'yib yursa yu, alloh uchun ibodat qilmasa, u ham bir tiyin bo'ladi. Allohning haqqini va ota onaning haqqini ado etishlik kerak bo'ladi.

[10:51] Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, ridallohu fi ridal validayni vasahatulloh fi sahatil validayni. Allohning roziligi ota onaning roziligiga bog'liqdir dedilar. Va allohning g'azabi ota onaning g'azabiga bog'liqdir dedi. Ota ona rozi bo'lmasa, alloh taolo rozi bo'lmaydi deyapti.

[11:14] Abiy gulayra roziyallohu anhu payg'ambar alayhissalomni rivoyat qilgan hadisda aytdiki, rog'iyma anfu hu, rog'iy ma anfu hu, rogi ma anfu. Burni yerga ishqalsin, burni yerga ishiqalsin, burnu yerga ishiqolsin dedilar. Shunda sahobalar aytdiki, kimni yo rasululloh dedi. Kimni burni yerga ish qilsin deyapsiz deganlarida aytdiki, man ad rakavalidayhi indalki bar ahadahumma ukilahumma fin malam yutfiy diljanna.

[11:43] Ota onasi qarigan vaqtida, ota onasi o'zini huzurida bo'lib turib dedi. Yoki ularning ikkovi ham tirik bo'lib turib, yoki bo'lmasa ularning biri qarigan vaqtida tirik bo'lib turib, shularning rozi qilib jannatga kirmagan kishining burniga yetkazib deydi. Qarigan vaqti da dedilar.

[12:06] Yoshlik vaqtida ota ona o'zi farzandini kuchuk, sevib, yaxshi ko'rib, o'ynatib, shunday qilaveradi. Lekin o'sha vaqtda farzand ham ota onangni yaxshi ko'radi. Nimaga ota ona pul topib turadi, pul berib turadi, bir joyga boradigan bo'lsa darrov dadaga keladi, so'raydi. Unda ota ona yaxshi bo'ladi. Ota ona pul topmay, o'tirib, yotib, kasallanib, birovga muhtoj bo'lgan vaqtda, farzandlarga ham kerak bo'lmay qoladi. Ana shu vaqtni alloh taolo nima qilib turib aytdiki, ular qarigan vaqtlarida, ularni topib, qarigan vaqlarida, yashayotgan vaqtlarida birga bo'lib, shularni rozi qilib, jannatga kira olmagan kishi burni yerga ish qolsin dedilar.

[12:56] Lama ma ta umul hasan al basariy, Hasan al Basariy roziyallohu anhu onalari vafot etganlarida juda qattiq yig'lagan ekanlar qabrlarning tepasida. Dafn qilganlaridan keyin, qabrlarning tepasida qattiq yig'llaganlarida shogirdlari aytgan ekanki, ey ustoz, ha bu bizga o'lik o'lganda yig'lama sabr qil deb o'rgatasiz, o'zingiz bu onangiz vafot etganda shunchalik yig'layapsiz deganlarda aytgan ekanki, anna hu vallohi anna hu kanali babani ila jannat fau'ihliqa ahaduhumi. Allohga qasamki meni yig'layotgan yig'lashimning sababi, meni jannatga yetaklab boradigan ikkita eshik ochiq turuvdi degan ekan. Ikkita eshikk, otam va onam degan ekan. Onamning vafot etishligi bilan bir eshik yopildi degan ekan. Unga qanchalik yaxshilik qilsam, muruvvat qilsam, boqsam, qarasam, jannatga shunchalik yaqinlashgan edim degan ekan. Yaqinlashdim. Onamning vafot ettishi bilan mana shu jannatga olib borayotgan yo'lni men yo'qotib qo'ydim. Mana shunga yig'layapman degan ekan. Jannatga olilib borayotgan yo'llni yo'qotib quydim. Mana shuning uchun yig'layapmen degan ekanlar.

[14:11] Ikkinchisi, odoblardan to'g'a tuhumi fig'oyri ma'siyatinglar. Ota onaga itoat etishlik, agar gunoh ishlarga buyurmasalar. Gunoh ishga buyurmasa, ota onaga itovat etiladi. Gunoh ishiga buyursa, ota onanga itoat qilinmaydi.

[14:34] Ba'zi birodarlar namozni to'xtatibdi. Nimaga desa, dadam ruxsat bermayapti. Ba'zi birodarlar masjidga kelmaydi. Nimaga desa, dadam ruxsat bermayapti. Ba'zi birodarilar aroq sotishadi do'kondan. Nimaga desa dadam buyuryapti deydi. Alloh subhanahu va taolo aytyaptiki vo in jahada aka, ala an tush e ka bi, ma alay salaka bihi ilm falatu behumi. Agar otang yoki onang seni o'zingni ilming bo'lmagan narsalarda menga shirk keltiradigan bir amalga buyursa, menga shirk keltiradigan gunoh amalga buyursa, ularga hargiz itoat etmang dedilar. Ota onaga alloh taolo aytyaptiki, itoat etmeng, agar gunohga buyursa dedilar.

[15:21] Vot Payg'ambar alayhissalom aytadilar: la toatahhi ma'siyatilloh indamatta'a fil ma'ruf. Gunoh ishlarda toat qilinmaydi dedilar. Gunoh ishda ota onaga toat qilinmadi. Itoat yaxshilik narsalarida, savobli narsalarda itoat qilinadi dedi. Gunohi ishlarda itoat qila olmaydi. Gunohi ham, savobi ham otamga deyilmaydi da, gunohni qilib qo'yib. Payg'ambar alayhissalom yana aytadilar: la ta'ot alih maxluqun fiy masiyatil xoliq. Allohga gunoh bo'ladigan ishda maxluqga itoat qilina olmaydi dedilar. Maxluqga itovat qilina olmay dedi.

[15:56] Mana Ibrohim alayhissalomni aytibdilarki, dadalari bilan qanday muomala qilganliklarini. But yasab, but sotib, butga ibodat qilardilar. Butga ibodat qulardi. Lekin itoat etilmaydi deyishlik bilan ba'zi birodarlarga o'xshab otalarini jiritib berishlik, otalarini so'kib berishlik, ota onalarini mushrikka chiqarib qo'yishlik, yoki yuzaga urushlik degan narsa kelib chiqmaydi. Faqat gunoh ishga buyurganidagina itoat qilmaysiz, ammo boshqa ishlarda to'liq ota onaning xizmatida bo'lasiz. Ota onaning xuzmatida bo'lasin. Shuning uchun bu hissani keltiryapmizki, qur'on zikr qilgan vad qur fil kitayri ibrohim innah ukana siddiqan nabiya. Ibrohim alayhissalomni qur'onda yoki kitobdagi zikr qilib o'tilingan qissasini eslang dedilar. Qur'onda kelgan qissasini es lang. U siddiqlardan va payg'ambarlardan edi. Ifqol ali abiyhi bir kuni otasiga qarab aytdiki, ya abadiylima ta'budu ma layyasinu valayyusur.

[17:16] Ey otajon, nima uchun eshitmaydigan, ko'rmaydigan buddlarga o'zingiz qo'lingiz bilan yasal olgan nimalardan, toshlardan o'yib yasagan buddlarga ibodat qilasiz dedi. Valayi yo'g'ni an kashaya, sizdan biror narsani behojat qilmaydi bu butlar. Siz so'ragan narsani berolmaydi. Siz farzand so'rasangiz, bu yerdan farzand bermaydi. Shifo so'rasangiz shifo bermaydi. Chunki uni kecha o'tirib o'zingiz toshlardan yasadingiz, bugun qo'yib ibodat qilyapsiz deb otasiga tushuntira boshladi. Ya abadiy ilmi inni xo'ja, ya imenno ilm, ma'lum yo'tik, ya tik. Sizga berilmagan ilm Alloh huzuridan menga berildi, ya otajon deb, qanaqa ibora bilan aytyapti? Ota demayapti da. Otajon deb erkalatib, shu sig'a bilan dadasini da'vat qilyapti.

[18:08] Tushuntirish shunday bo'ladi. Shunda keyingi oyatda ya abadilla tabudush shayton. Ey atajon, shaytonga ibodat qilmang. Ya abadiyning axafi eng yamasaka adabun minar rahmat. Ey atajon. Agar shunday qilsangiz, Alloh tarafidan azob kelishidan qo'rqaman sizga. Ey atajon! Ey atajon! E atajon deydi. Shunday qaytaryapti Ibrohim alayhissalom. Keyin otasi nima dedilar? Otasining javobini qarang. Arog'i mun anta. An alihate yo ibrohim, la innam tan tathiy la arjumannak. Ey Ibrohim dedilar. Sen biz ibodat qilib turgan ilohdan bosh tortyapsanmi dedi. Bo'yin tovlayapsanmi dedilar. Yuz o'giryapsanmi, biz ibodat qib turgan ilohimdan sen yuz o'guryapsanmi? Agar sen tiyilmasang, dedi. To'xtamasang, tiyilmasang, dedim. La arjumannak, seni toshbo'ron qilaman, dedi. Shuncha da'vat qilib, shuncha chiroyli gaplarni gapirganda, dadasini aytayotgan savol nimasini qarang. Hozirgi kunda ham uyingizga borib arvohlar bo'lmas ekan. Payshanba kuni oshni damlab yeyish, u o'zimizni qornimiz uchun ekan, tegmas ekan. Shunga o'xshagan narsani aytsangiz aytadiki, to'xtaysanmi yo'qmi deydi. Hozir to'xtamasang arvoh urib ketadi deydi.

[19:25] Qo'rqadi da, shunday qattiq qo'rqadim. Ibrohim alayhissalomning dadasi shunday edi. Qon qoniga sinib ketgan. O'zi qo'li bilan yasab, o'zi toshni o'yib, xohlaganday qilib yasab qo'yib, yana shundan qo'rqib, iloh deb e'tiqod qilardi. Keyin aytdiki, keyin uyidan quvib chiqarib turib, vajurniy maliya dedi. Ko'zimga ko'rinmadi, chiqgin dedilar.

[19:50] Endi Ibrohim alayhissalom nima deyapti? Dadasi uydan quvib chiqaryapti. E bo'magur ekansiz, shuncha tushuntirdim, Xudo urib qo'yibdi sizni. E ming aytgan bilan, bo'ldi, do'zaxsiz siz. Bizda hozir shunday desa, dadamizga shunday deymiz. Mushrik ekansiz deymiz. Ba'zilar dadalar kommunist bo'lib aytsa, e bizni dadalarimiz kommunist, Xudosiz bo'layotgan, Xudosiz deb aytadi. E da'vat qilib, tushuntirib, aqalli sheyx. O'sha sizga buyurgan nasiyatni qilmaysiz, lekin boshqa hamma narsada dadaga, otaga, onaga itoat qilinaveradi. Ibrohim alayhissalom aytdilarki, uydan chiqib ketayotgan vaqtlarida, uydan quvib chiqardilar dadasi. Chiqib ketayotsa vaqtlarida aytdiki, salamun alaykum dedilar. Sizga salom bo'lsin dedi. Otasiga. Salamun alaykum, sizga salom bo'lsin dedilar. Boshqa gap aytmadi. Uydan quvib chiqarsa ham, dadasini dada ekanligi, dunyoga vujudga kelishiga shu kishi sabab bo'lganligini nazarda olib shu gapni aytdi. Shundan yana bir foydali narsani aytib qo'yishimiz kerak. Bizni xalqimizni ichida bir gap bo'ladi.

[21:00] O'zi otasi o'ngni emas, bolasi qalbdan o'ngli bo'lishi kerak deydi. Otasi o'ngmagan, bolasi o'ngmaydi deb aytadi. Bu ham noto'g'ri narsa. Ibrohim alayhissalomning dadalari qarang, qanaqa kishi bo'ldi? Lekin Ibrohim alayhi assalom payg'ambarlardan, Halilur Rahman, Allohning eng sevgan bandalaridan bo'ldi. Mana shu iboralar ham durust ibora emas.

[21:31] Ikkinchi, uchinchi yoki ikkinchi odoblari ota onaga bo'lgan odoblarning ikkinchisi. Ularga hargiz yaxshilik qilish, tavozulik qilish, o'zingizni kamtarona olishlik, o'zingiznni past olishlik, ovozni ko'tarmaslik, chiroyli, muloyim gaplarni topib, ota onalarga gapirishlik. Ota onaga gapirish. Demak, ikki, uch, to'rtta nuqta.

[21:57] Alloh Shuhratulloh Qur'onda aytyapti. Va qobor rabbuka illa ta'bdu illa iya. Va bilvalidayning ehsani. Alloh Taolo parvardigoringizga yolg'iz o'ziga ibodat qilishlikka buyuryapti va ota onangizga yaxshilik qilishga buyuryapti degan oyat keldi Qur'onda. Shunda Ibn Abbos radiallohu anhudin ota onangiziga ehson qiling, yaxshilik qiling degan oyatni ma'nosini so'rashdi. Ota onaga yaxshilik qilish qanaqa bo'ladi? Ehson nima dedilar?

[22:32] Deganlarida, Ibn Abbos radialloh ham aytdiki, ehsonning turi juda ham ko'pki, uni men sanab ulgurmayman dedi. Ota onaga yaxshilik qilishning turlari juda ham ko't, uni sanab sanag'iga yetolmaysiz dedi. Ammo dedilar, o'quv, ota onaga ahd bo'lishni ma'nosini aytib beray dedi. Ota onaga oq bo'lishligidagi ma'nosi eng qisqa, eng kichkina ma'nosini aytay, shundan u yog'ini tushunib olasiz derdilar. Lav anna lvalad na hala tavba hu bi jann i bi vali deyli fathoy yaral g'uboru ala abiyi kutuba indallohi oqim derdilar. Agar farzand dedi, mana bu kiyimini bunday ustidan yechib yoki osilib turgan kiyimni olib dedi. Bunday changini qaqadigan bo'lsa, kiyimni changini qaqsa derdilar. Shundan changdan o'chib chiqqan g'ubor nariroqda, shuning oldida otasi o'tirsa, shuning ustiga kelib tushsa, shu g'ubor bilginki sen afzal dedilar.

[23:32] Shunchalik darajada Ibn Abbos aytdilarki, agar shu chang o'chib, otang o'tirgan vaqtda shunday qaqib nima qilgan bo'lsang, sen afzal deding. Nimaga? Sen otani hurmat qilmaganing uchun. Shu yerda otani ustingda turadigan changdin sen oriyat qilib qaqyapsan, u otangning ustiga tushishdan sen oriyat qilmaganliging uchun. Mana shu taraflarini olib turib, Ibn Abbos aytdiki, sen oqsin dedilar.

[24:01] Shu oyatning davomida Alloh Taolo bizga ota onalarga qanday muomalada bo'lishni o'rgatib aytyaptiki, imma ya bilog'anna indakalki baro ahaduhima avtilarna. Agar ota onangiz ularning bittasi. Yoki ularning ikkovi ham qarilik yoshiga yetsa dedilar. Ota onangiz qarasa deyapti. Endi qanday muomala qilish kerak?

[24:28] Nimaga yoshligini aytmayapti? A? Yoshlikda ota farzandga muhtoj bo'lmaydi. Balki farzand hali aytganimizdek otaga muhtoj bo'lar. Yoshlikda farzandga biror bir xizmatiga hojati bo'lmaydi, qarilikda kasallanishi mumkin, yotib qolishi mumkin, og'rib qolishi mumkin. A? Hamma narsa qarilikda muhtojlik keladi. Ana shuning uchun Alloh Taolo qarigan vaqti deb turib, qarilikni xavislab turib aytyapti. Qarilik vaqtida ota onang qarilikka yetsa, qanday muomala qilamiz? Falataqullohumauff. Ota onangga uff deb kalima ishlatma deydi. Uf deb kalima, uf kalimasini ishlatmagin dedi. Aytmagin ularni oldida.

[25:16] Kechasi turib, yarim kechada chaqirib bolam dori ber desa, yarim kechida bolam siqilyapman ko'chaga olib chiq desa, yarimkechada suv talab qilsa, yarim kechasida uf degan kalimani og'zingizdan chiqarmang deyapti. Allohni bizga bergan ta'limini qarang. Eng nimasi, ustni ishlatmagan. Endi u yog'ini qo'yavering.

[25:39] Vala tanhar huma. Ularni tanhar hozir bu kalimani tushuntiramiz. Va qullahi maqolani karima. Eng go'zal gaplarni topib gapiring ota onaga deydi. Eng zo'r, yaxshi gaplarni topib, ota onaga gapiring. Biz eng zo'r yaxshi gaplarni ayollarimizga gapiramiz. Kuldirib yuboramiz. Shunday gapirganda eritib yuboram, yig'latib yuboram. Eng go'zal gaplarni ishxonada eshitib, haydalay deb turgan vaqtimizda boshlig'imizga gapiramiz, eritib yubormiz. Eng go'zal gaplarni bozorda xarid qilib turgan xaridorga gapiramiz, aldanib qolib ham sizni narsangizni sotib olib ketadi. Shunday topib gapiramiz. Ota ona oldiga kelganda, go'zal gap topmaymiz. Topmaymiz go'zal gapni. Ota onaga go'zal gaplanini aytishni ba'zilar oriyat ham qiladi. O'g'illik burching haligi dal bo'lib, ko'zingdan yosh chiqarmay haliginday turib bersang mana shu o'g'illilik erkaklik deb bilishadi. Bu noto'g'ri narsa. Eng go'zalini ota onangizga ishlating.

[26:46] Tanhar qilma, ularni nahr qilma degan, nahrni aytgan ekanki, so'kish degan ba'zilar. So'kmang degan. Ba'zilar koyimang degan ekan, ota onani. Ba'zilar aytgan ekanki yo'q, bu koyish, so'kish juda ham battar u. Nahr degani undan ham kam ekan. Qanday tushunamiz desa, nahr deganini agar, misol, dadangiz yo onangiz bir joyga chiqib ketyapti deb aytsaki, o'g'lim, falon ishni men keyinchalik qilib qo'y desa. Xo'p, dadajon dedingiz. Keyin kiyinib, kiyimlarini kiyib, eshikni oldiga kelgan vaqtda yana sizga o'girilib, bolam, hali aytgan ishim yodingdan chiqmasin a desa, ha bo'ldi, qancha marta aytasiz, eshitdim desangiz, shuni o'zi nahir degan ekan. Eshitdim, dadajon, bo'ldi, necha marta aytasan? Deyishni o'zi nahr degan ekan. Shunday qilmang degan ekan. Xo'p bo'ladi dachajon, xo'p bo't dadajon deb javob berish kerak ekan.

[27:47] Keyin Alloh Taolo shu oyatni davomida aytyaptiki, voh fazlahumi ajana hazdullay minar rahmat. Ularga xorlik qomatini tuting degan. Rahmat. Ularga rahm shafqat qilib, xor o'zingizni xoruvzor qilib ko'rsating ularga. Topib kelyapman. Qorningiz bitmi, qorningiz to'qmi, ustingiz bitmi? Jim o'tiraversangiz chi?

[28:14] Ishlayotgan men bo'lsam, topayotgan men bo'lsam, deb qo'yamiz. Ota onaning qalbi sinib, sinib, sinib ketadi. Oq bo'lasiz, oq. Oq demasa ham oq bo'lasiz. Shuning uchun rahmat, shafaqat, mehrul muhabbat bilan xorlik qonatini ularga engashtiring deyapti Alloh Taolo.

[28:41] Ato ibn Rabbakh aytgan ekanki, la tuharrik yadayka indal kalam bir kun hodiy anda bo'lma. Xorlik qanotini engashtirishlikni bizga avvalgi ulamolarimiz o'tgan solihlarni hayoti bizlarga namuna. Atayevni Rabbakh aytgan ekanki, gapirilgan vaqtingizda ota onangizga qo'lingizni ko'tarib gapirmang degan ekan. Qo'lingiznni ko'tarib gaplashingiz o'zingizni xor u zor qilib ko'rsatgan bo'lmaysiz degan ekan.

[29:10] Haqiqatdan ham kambag'al odamni ko'rsangiz gapirganda qo'llari pastga tushib turadi, bunday qilib qovushib. Boy odamni ko'rsangiz manday qilib gapiradi qo'lni. Ko'tarib gapiradi. Nimaga? Endi borda endi unda. Xuddi shunga o'xshab otani huzurida o'zimni yetarliman deb qo'lni ko'tarib turib gapirmangiz degan ekan. Qo'llarini tushirib, xor u zor bo'lib turib gapiring degan. Muhammad ibn Sirin ota onasiga judayam onalariga judayam qattiq ezgulik farzandlaridan bo'lgan ekan. Uning singillari Xafsa aytadiki, Muhammadni deydilar, Muhammad ibn Sirinni. Biron marta onamga ovozini balandroq ko'tarib gapirganini eshitmaganman degan ekan. Agar onam bilan gaplashsalar, Muhammad ibn Sirin onam bilan gaplaydi deydi, ko'rgan odam bir kasal odam gapiryapti ekan deb o'ylardi deydi. Shunchalik kasal odam zo'rg'a ovozini chiqarib gapirayotgandaqa gapirardi onamga deydilar. Onam biron narsani talab qilishidan avval bir narsani xohlasa, xoh u kiyim bo'lsin, xoh yemish bo'lsin, hoh boshqa narsa bo'lsin, shuni bir xohlasalar talab qilishdan avval uyga olib kelib qo'yardi deydi. Onam so'rashni talab qilishni uyni uyga olib kelib qo'yardi deydi.

[30:29] Abu Hurayra roziyallohu anhun bir kuni onalari chaqirdilar. Ey Abu Hurayra deb chaqirdilar Abu Hurayrani. Chaqirganlarida Abu Hurayra labbay yey onajon, labbay yeydilar. Qattiqroq boqirdilar. Keyin Abu Hurayra ovozi onasining ovozidan yuqoriroq bo'lib ketganligini sezib qoldilar da, bozorga chiqib ikkita qo'lni olib, sotib olib, Alloh yo'lida ozod qildilar va shu qilgan gunohimga deb istig'for etdilar. Onasining ovozidan balandroq ko'tarib qo'yganliklari uchun shunchalik narsani qildi.

[31:08] Hayva ibn Shurayx deydi. Hayva ibn Surayx bu kishi olimlardan bo'lgan. Juda ham katta buyuk olimlardan biri. Bu kishi uyining oldida masjidda dars berardi deydi. Dars berardi. Hayvonning onalari xarqo deydi. Aqli sal kamroq ayollardan edi deydi.

[31:34] Aqlli joyda emas edi deydi. Shu dars berib o'tirgan vaqtlarda ba'zida masjidning derazasini ochib, ya hayva, ya hayva derdilar, chaqirardi bolasi. Mana shunday darsni ichida o'tirgan vaqtda chaqiradi onasi. Chaqirib turib, aytarkanlarki, kunduz kuni bo'lsa, bor, tovuqlarga don sol deb qo'yar ekan.

[31:58] Deb aytsalar, hayva aytarkan ki, shogirdlarga qarab, sizlarga dars berishim bu nafl der ekan. Nafl ibodat. Xohlasam ham beraman, xohlamasam bermayman, gunohkor bo'lmayman. Ammo onamga itoat etishim bu faraz der ekan. Agar hozir qilmasam gunohkor bo'laman der ekan. Kitobini yopib, o'rnini turib chiqib ketib, tovuqlariga damni solib kelib, keyin darsni davom ettirar ekan.

[32:24] Bizda hozir dars qilayotganda keldi chi dadamiz. Bu yoqqa qarab borib ketdik desa, uf deymiz. Shu endi hozir keldimi, shu yil ishlaymiz. Biroz turib tursa bo'lmaydimi deymiz. Mana olimlarning avvalgilarning otalariga, onalariga qanaqa e'tiroz etganligi bilinib turibdi. Fudoyil ibn yahyo al bar makiy deydi. Fudoyil ibn yahyo al bar maki. Endi buni hamma o'zini hozirgi kuniga, hayotiga taqqos qilib ko'rsin. Fudoyil ipn yahyo al barmakiy degan kishi bu dadalariga juda ham qattiq yaxshilik qilgan, ezgulik qilgan. Boyagi valadul bardekni eng yaxshi farzandlaridan biri. U kishi dadasi bilan birga qamoqqa tushgan. Qamoqda yotgan vaqtlarda kechasi bo'lganda o'tinni olib, shu nimaga solib, yoqib, o'tinni suvini isitib, bomdod namoziga dadalariga suvni tayyorlab turardi. Issiq suv. Keyin qamoqxonaning qorovullari kechasi o'tin berishni man qilib qo'ydi. O'tin kirgizmaymiz, qamoqxonaga yoqib yuborish mumkin deyishdi da.

[33:41] O'tinni man qildi. Man qilgan vaqtlarida suvni tayyorla idishda, shu tashqarida, qamoqxona tashqarisida turgan, yonib turgan shamga haligi suvni ko'tarib bomdodgacha shamni yonida ushlab turardi. Bomdodgacha ushlab, bomdod vaqti bo'lganda suvni yillatib, keyin yana dadalariga berardi. Shamning issig'i bilan. Uni ham ko'rgandan keyin, shamni ham narroqqa surib qo'yishdi. Yetolmaydigan bo'ldi. Endi suvni olib ilish bilan, o'zining nimalarni, kiyimlarini yechib, badaniga suvni bosib turib, ustidan kiyimlarini o'rab, bomdodgacha o'tirardi. Suv isigandan keyin dadalariga berardi, taholat qilishga.

[34:22] Suv isigandan keyin dadalarga berardi. Dadalari shundan keyin farzandini qilayotgan ishini ko'rdilar da aytdiki, Allohim senga jahannamning issig'ini har yigit taqtirmasin deydi. Ya'ni seni jahannamga tushirmasin deb duo qildilar. Mana, bizda hozir gaz bor. Bunday yig'sangiz issiq suvlar o'zi shunday tushadigan sharoitlar bo'lib yotibdi. Qaysinimiz bomdod namozida turib, dadamizning chiqishiga mana dadajon suv naf kelib qo'ydim deb, qayverimiz beramiz.

[34:55] Yana o'zimizni dadalarimizga qilayotgan muomalamiz bilan avvalgilarning muomalalarni solishtiraylik. Yana biz aytamizki, dadamizga eng yaxshi farzand menman deymiz. Dadani haqqini ado etayotgan farzand menman dengiz. Biz yuz dan agar qaraydigan bo'lsak, birini ham ado etmayotgan ekanmiz.

[35:18] Keyin Alloh Subhanahu va Taolo shu oyatning davomida aytdiki, va qul robbir rham huma kama robba ya'ni sag'iyra. Va ayting, ey Muhammad Alayhissalom, shunday duo qilinglar, robbim rham huma, ota onamni rahmatingga olgin. Xuddi ular meni yoshlik vaqtimda ikkovlari qanday rahm shafqat bilan tarbiya qilgan bo'lsa, sen ularni rahmatingga olgin deb duo qilinglar derdi. Aytishadiki, endi shunchani qilsangiz, shularni hammasini qilsangiz, endi ota onani qilgani bilan barobar bo'lami, yo'qmi qilgan xizmatingiz desa, hech vaqt barobar bo'lmaydi degan ekan. Hamma narsani qilsangiz ham ota onani qilgan sizga o'tkazgan yaxshiligiga hech vaqt barobar bo'lmaydi degan ekan. Nimaga desa, ular sizdin aziyatni ketkazgan vaqti ya'ni yoshligingizda chaqaloq vaqtingizda tozalaydi, yoki bo'lmasa og'rib qolsangiz, sizni doktorga ko'rsatadi, boshqa qiladi, yuguradi, yeyladi. Mana shularning hammasini qilishini sababi, shu farzandim yashasin degan maqsadda yugurib kelgandaydi. Ammo siz ota onangizni o'lishligini bilib turib qilyapsiz degan ekan.

[36:36] Shuning uchun hech vaqt bu ikkisi babaravar bo'lmaydi degan. Hozirgi kunda ba'zilarning undan ham bir achinarlisi shuki, dada kasal bo'lsa, ona kasal bo'lmasa, kirib xolidun xabar olib, ularni bir tabiblarga ko'rsatib, yoki ularga kerak dorilarni olib berishlik o'rniga, dada bu yoqda inqillab yotganlar bor, bola saroydagi boqayotgan mollari bilan ovora. Bitta moli og'rib qolsa, uch, to'rt, besh xil doktorlarni olib kelib, mol doktorlarini maslahatini oladi. Aytgan dorilarni yetkazadi. Ammo dada, ona og'risa, ishi ham yo'q, tuzalib ketadi, besh olti kun og'rib, qarilikda qarilik deb ketaveradi. O'tib ketadi deydi. Qarilikda bo'lar ekan deb qo'yadi. Mana bu eng nodon, johil farzand mana shu farzand bo'ladi.

[37:30] Uchinchisi taqdimu bir ilm ummi aladur il' ab. Onaga otadan ko'ra ko'proq yaxshilik qilishga shariat undaydi. Onaga otadan ko'ro ko'proq ya xshilik qilish. Termiziy rivoyat qilishlaricha bir kishi payg'ambar alayhissalomni oldilariga keldi da aytdiki, yo rasululloh, men ahakqun nas bi xushni sahabati, men aloqa qiladigan, men suhbat qiladigan kishilarning eng go'zali kimdir dedi. Kimga eng yaxshi nimamni, aloqamni qilay, kimga eng yaxshi qo'limdan kelgan yaxshiligimni qilay. Shular kim, kimdir dedilar. Deganlarida onangiz dedi. Undan keyinchi deganda onangiz dedilar. Undan keyin chi deganda onangiz dedi, uch marta qaytardilar. Undan keyinchidiganlarda otangiz dedilar. Uchinchidan keyin otangiz deydi. Ulamolar nima uchun desalar aytadiki, birinchisi degan ekanlar, hamil, homilador vaqtning mashaqqatini ona ko'taradi degan. To'qqiz oy. Tug'ishlik mashaqqatining eng qiyin mashaqqat yo o'lim bilan kurashish desangiz ham bo'laveradi. Qanchalar tug'ayotgan vaqtda jon taslim qiladi. Mana shu ona o'limni mashaqqatini olib, farzandni dunyoga keldirishga sabab bo'lib tug'adi.

[38:50] Bu ham bir mashaqqat. Uchinchisi, ikki yilgacha bedor bo'lib, kechasi siz uxlagan vaqtingizda uxlama. Nimaga siz o'rniga turibsiz, qaramaysiz? Sizniki ham farzand. Sabrimiz yetmaydi. Onani Alloh Taolo shunday nima qilgan, shunday fitrat bilan yaratgan. Mana shu uchta mashaqqatni, eng katta mashaqqotni ko'targanligi uchun onani uch marta zikr qildilar, otanikini bir marta. Shuning uchun dadalar xafa bo'lmasin. Biz orqada qilib ketibmiz dedi.

[39:32] Yana bitta nimani ulamolar qo'shishadiki, chunki deydi, ona ko'proq qarigan vaqtda yoki ozgina kasallik bilan zaiflashib ketadida, o'zi bir o'zini nimasiga, maishati uchun, yashashi uchun biror narsa topishlikdan ojiz bo'lib qoladi. Ammo dada esa qarigan vaqti da ham nima qilishi mumkin, erkak kishi o'zini ish bilan, boshqa bilan ishlab, hayotini kechira bilishligi ham mumkin degan ekan. Shuning uchun onalarnikini nima qildi, ko'proq shariat onalarni aytdi.

[40:06] To'rtinchisi, an ya'la mar'at, an nahuma an nahuma maqaddam alivaliday hifah va qalil fijalim maqaddamun. Qanchalik ota onangizga yaxshilikni qilsangiz, qanchalik yaxshilik qilsangiz ham, siz qilayotgan yaxshiligim ularning yaxshiligini oldida arzi emas narsa deb bilishlik.

[40:30] Arzi emas narsa. Bir mashina olib kelib dadangizga mindirib qo'ysangiz, endi bo'ldi, bir narsa o'tkazib qo'yganday turasiz, o'zingiz nimangizda. Bir tabibga olib borib kelib, bir ko'rsatib qo'ysa, yetti qo'shniga gapirasiz. Dadamni eng degan tabiblarga ko'rsatdim men deb maqtanib, nima qilib qo'yasiz. Unaqa emas. Eng yaxshilikni yetugini dadangizga, onangizga qiling, lekin bu arzimas narsa deb biling. Bir arabiy, saharadan bo'lgan bir kishi makkada ka'baning oldida ibn umar qarab tursa, onasini yelkasiga qo'yib, ya'ni onasini ko'tarib olib, ka'bani tavof qildirib yuribdi. Ibn Umar ajablanib, qarab turdi. Keyin haligi kishi ko'tarib, tavof qildirib bo'lganlaridan keyin Ibn Ummanni oldiga keldilar. Keldilar da aytdiki, aforoniy jazay tuha dedi. Ko'rdingizmi nima qilganimni? Dedilar. Ha, ko'rdim dedi. Deganda, endi ota onaning haqqini ado etib qo'ydimmi? Dedi. Onaning haqqining ado etdimmi? Dedilar. Kayfiyatga ko'tarib borib, tavof qoldirganlari. Ibn Umar aytdilarki, la vala bezah fatim vahida.

[41:48] Yo'q, hattoki to'lg'oqdagi bir nafasni ham ado etmading deydi. To'lg'ov vaqtida qiynalib olgan bir nafasning haqqini ham ado etmading dedi, shu amaliy bilan. Ba'zi kimsalar biz ichimizdagilar aytadiki, ota onamga hamma narsani qilib qo'ydim, deydi. Biroq deydi, meni qilgan yaxshiligimni ota onam bilmayapti deb qo'yadi.

[42:16] Ba'zilar shunday deydi. Ota onamga hamma yaxshilikini qilib qo'yyapman, lekin deydi, meni yaxshiligimni hech bir nazarga olmayapti, hech bilmayapti deb qo'yishadi. Beshinchisi, eta umuman men hamma mag'ruriydan. Yana endi hozirgi kundagi biz bilan ota onalarimizni orasidagi chiqayotgan mushkulalar, topolonlar, ota ona xohlagan molni dunyodan xohlaganini ota onaga berishlik kerak deydi.

[42:49] Ota onaga berishi kerak. O'zim mehnatim bilan bo'lak chiqdim, joy qildim, uy qildim, mol qildim, mashina qildim. Endi kelib mashinamdan so'rayapti, saroydagi molimdan so'rayaptimi deb kelmaydi avvalambor degan. So'rasa bering. So'rasa, bering. Payg'ambar alayhissalotu vassalomni huzurlariga bir kishi keldilar. Aytdiki, otam meni o'zimning shaxsiy molimni talab qilyapti. Ber, menga ber deb aytyapti deydi. Deganida Payg'ambar alayhissalom aytdiki, anta va ma'luka li abik deydi. Sen va seni moling ham otangniki deydi. Sen, seni moling ham otagniki. Seni o'z asling turishing otangni sabab bilan vujudga kelding. Endi moldor bo'lib endi otang bilan mol talashyapsanmisan? Seni ham moling ham otangniki deydi. Ota o'lgandan keyin meros taqsimlanib, ana undan keyin siz o'zingizni haqqingizga ega bo'laverasiz.

[43:53] Oltinchisi allay taqaddamal ibn voliday i fil mashiy, yurgan vaqtlarda otani hurmat qilib, nima qilmaslik oldida birinchi yurmasligi. Biror joyga borsa, otadan yuqoriga chiqib ketmasligi. Uylarda bo'lsa, pastki tabaqada ota, tepa tabaqada farzand yashamasligi. Mana bular ham ota onaga bo'lgan nima odoblardan hisoblanadi. Ali ibn Taliq degan kishi aytadiki, kim ota onasining oldida yuradigan bo'lsa, ota onasidan oldinda yursa, u otasiga oq bo'libdi degan ekanlar. Illo, magaron oldida biror aziyatlik narsa bo'lsa, shuni yo'ldan chetga chiqarish uchun oldiga o'tsa mumkin degan ekanda. Bo'lmasa, durust emas degan.

[44:41] Tajannumi maddil yil ila taom qabla qima, taom yeyotgan vaqtda ham ota onadan avval taomga qo'l urmaslik. Ota onadan oldin taomga qo'll urmaslik. Tovoqqa idishga, taomdan nimalarga qo'l urmasligi, ota onadan oldin choy uzatsa choyni olmasligi, hatto bu keksa kishilarimizga ham xuddi shunday narsa. Hurmat bobidan shu narsa ishlatilaveradi. Hozirgi yoshlarimiz qani dalil deydi. Dalil yo'q, uni yeyilaveradi, ichilaveradi deydi. Undan dalil yo'q deb qo'yishadi. Keksalarga avval choy beriladi, avval keksalar boshlasin, siz boshlang, keksa siz desa, dalil yo'q unga deyishadi.

[45:24] Yo'q, Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam kim keksalarimizni man lam yujil kabir ana va yalham sag'ayrona falay semindan keksalarimizni hurmat qilmagan, kichiklarimizni rahmat qilmagan rahm shafqat qilmagan kishi bizdan emas deganlar. Dalil, yetarli dalil turibdi. Yana ota onaga bo'lgan nimada aytadiki, ba'zi solihlardan biri Zaynul obidin degan kishi, Zaynul obiddin degan kishi onalariga juda ham qattiq ezgulik farzandlaridan bo'lgan ekan. Bu kishi ba'zilar aytishadiki, innaka min abar rinnasi deyum mik, valasina naraka takul mahafi sahha degan. Aytgan ekanki, sen juda ham onanga o'ta ezgulik kishisan, lekin hech bir idishda, bir joyda o'tirib, onang bilan birla, bir tovoqdan ovqat yeganingni hech ko'rmadik degan ekan. Nimaga shu bir tovoqdan yemaysan degan ekan. Zaynul obidindan so'rashgan. Nimaga bir tovoqdan yemaysan deganlarda aytgan ekanki, axavfu an tasviqa yadiy yadaha ilama, sabahat ilaygi aynuha faya ko'ngli qat aqutuha. Onam degan ekan. Idishdan yeyayotgan vaqtimda bir luqmani ko'zi tushgan bo'lsa degan ekan. Shuni hozir shuni yeyman deb ko'zi tushib, qo'lini olib kelguncha ham undan oldinroq men olib qo'ysam shu luqmani va yeb qo'ysam, onamning xohlagan narsasini undan oldin tortib olib qo'ygan bo'laman va oq bo'lib qolishdan qo'rqaman degan ekan.

[46:50] Buning uchun bir safarda onam bilan, bir idishda onam bilan yeyishdan qo'ryapman degan ekan. Bunchalik darajada shunchalik darajada nima qilishgan. Ota onaning shunchalik darajasida bir marta yana. Sakkizinchisi adamut ta'vvudu nisa haqiqiyman. Ota onaning g'azabiga, ota onaning g', g'azab qilgan, g'azab qigan vaqtda qilgan duolariga, duo demaymiz, ya'ni bizda qarg'ish deydi. Qarg'ishiga duchor bo'lmasdik. Ota onaning, g'azabini chiqarib, qarg'ishga duchor bo'lib qolishdan ehtiyot bo'lish kerak. Payg'ambar alayhissalotu vassalom aytadilarki, uch kishining qilgan duosi shubhasiz qabuldur deydi. Uchta odam qilgan duosi, shubhasiz qabul. Birinchisi, mazlumning qilgan duosi deydi. Zulmlanib turgan odam haqqingizni birov olib qo'ydi, siz mazlumsiz shu vaqtda qilgan duoyingiz ijobat ekan. Ikkinchisi musofirning safarda yurgan vaqtdagi qilgan duosi ijobatdir. Uchinchisi otaning farzandga qilgan duosi ijobatdir deydilar. Farzandga qilsa duosi ijobat dir deydilar.

[48:03] Shuning uchun ota onalar qilgan duolar ijobat bo'lar ekan, farzandlar ehtiyot bo'lishi kerak, ota onaning qarg'ishiga qolib ketishda. Men avval aytganman, yana takroran aytamizki, arab davlatida bir yigitni ko'rdim deb aytgan edim. Shu yigit bilan shaxsiy o'zim ham Payg'ambar alayhissalotu vassalomning masjidlarida, masjidining Nabaviyida ko'rishdik.

[48:33] Bu yigit yigirma yoshlarida o'zi sport bilan shug'ullangan. Yaxshi nimalar bilan o'zini tanasini chiniqtirgan, suzish bo'yicha ham juda mashhur yigit ekan. O'sha yigit bir kuni peshin vaqtida uyga kirib kirgan. Kirganida dadasini oldiga kelganda cho'ntagidan shu nima za jigalka yerga tushibdi. Tushganda dadasi aytdiki, sen sigaret chekyapsanmi? Deyapti. Deganlarda yo'q. O'rtoqlarim soqqa uyibdi debdi. Deganida aytibdiki, agar yolg'on gapirsang bo'yning uzilsin deb duo qilibdi dadasi. Yolg'on gapirsang bo'yning uzilsin debdi. Peshindan asrgacha dam olib uyda, asrda o'rtoqlari bilan borib, basseynga sho'ng'ibdi da, to'g'ri boshi borib yerga urilib bo'yni uzilibdi. Asrda bo'yni uazilibdi. Haligi yigit o'n ikki yil buyog'iga shunday yotibdi. Hech qayer qimirlamaydi. Bo'yi uzilgandan keyin hech bir a'zo qimirlamay. Faqat ko'tarib solishadi, ko'tarib olib qo'yishadi. O'n ikki yildan buyog'i yotibdi. Haligi bola aytyaptiki, men dadamning qilgan duosi sababli shu holatga keldim deydi.

[49:51] Dadamni qilgan duosi sababli. Dadasi ham yig'layapti. Birodarlar bilib bilmasdan farzandinglarga deydi, bunaqa duo qilib qo'ymanglar deb turib dadasi ham yig'lab nasihat beryapti. Shuning uchun ehtiyot bo'lish kerak. O'zimizni, xonadonda ayollarimiz ayniqsa, ularni boyagi nima, duo, har xil duo qilishliklardan ogohlantirish kerak. Bizda juda ko'p. Yigit o'lgur deb qo'yadi. Bo'yning uzulgur. Juvarmak bo'lgur. Og'zingdan qoning kelgur. A? Bunga o'xshagan duolar duoi bad deydi, qarg'ish deydi. Ikki bir gapda ayollarimiz farzandlarimizni mana shunaqa duo bilan nima qiladi. Uni o'rniga eng yaxshi, yaxshi narsani o'rgatib qo'yish kerak. Arablarga eng yaxshi narsa, ikkitasi bir biri bilan urishib qolsa, mazza qattiq g'azabi chiqqan vaqtda Alloh hidoyat qilgin derdi. Alloh hidoyat qurding deb baqirsa, ikkinchisi seni hidoyat qilsin deb baqirishadi da. Ikkalasiniki yaxshi da.

[50:50] Shunga o'xshab, mana bu hozirgi kundagi Makkadagi Shayx Sudayis deymiz, ko'p kishi taniydi, Makkani imomi. Shayx Sudayining onalari juda achchiqlari kelib ketsa, imom bo'gur, qori bo'gur, olim bo'lgur deb so'kar ekan farzandingni. Aylanib kelib Makkani imomi bo'lib, yigirma bir yildan buyog'iga Makkada imomchilikka o'tib yotibmiz. Farzandingiz shunday so'king. Shunday qarig'ing, o'rgating shunga o'xsha narsani. U bali qarg'ish borib tegadigan bo'lsa, ham farzandga jabr, ham o'zingiz shu farzandni yana boqib o'tasiz umringiz mobaynida.

[51:30] Demak, ota onaning qarg'ishiga uchrab qolishdan ehtiyot bo'lish kerak. Abiy Hurayra radiallohu anhu aytadiki, lam yasakallam til mahdi illa salas. Beshikda turib uchta kishi gapirgan. Beshikda chaqaloq vaqtida uchta kishi gapirganlar. Bularning birinchisi Iso ibn Maryam. Beshikda turgan vaqtda gapirgan. Ikkinchisi Tiflu Sahih bil Uxtut deydi. U hudud haligi Namrud podshohligida nima qilishdi, odamlar musulmon bo'lgan vaqtlarida, musulmon bo'ganlarni katta bir chuqurlik kavlab shu yerga o't yoqdi da, tepadan uchadigan qushlarning qonoti kuyadigan darajada o'tni alangalantirdi. Alangalantirib, o'tni oldiga olib kelib, diningdan qaytdingmi yo'qmi deb so'rashdi. Yo'q, men musulmonman, dinimdan qaytmadim desam, o'tga tashlaydi. Shunday qilayotgan vaqtlarda bir ayolni olib keldi. Qo'lida bir oylik chaqalog'i bilan olib kelishdi. Olib kelgan vaqtda ayol imon bilan musulmon bo'lib turib turgan holatida o'tni oldida turdida, lekin bolasiga qaragandan keyin baribir ayol bolaga shafqat, mehr, xalq nima qildi. Kichkina go'dakning o'tga tushishligidan nima qilib, sekin o'zini chetga ola boshladi. Olayotgan vaqtida bola bir oylik bola onajon, qo'rqmang, siz jannatga ketyapsiz, o'zingizni o'tga tashlang dedilar.

[52:51] Mana shu uhududning nimasidagi ikkinchi gapirgan bola shu. Imtihon vaqtida gapirgan bola shuvola edi. Uchinchi gapirgan bola juraichning haligi imtihondagi bolasi. Juraichnikini biz bilamizki, juraich degan bir ibodatli kishi bo'lganlarga, bani isroilda. Shu bani isroildagi juraich juda qattiq bir chodirni ichidan chiqmay ibodat qilardi. Bir kuni onasi kelibdi, ey juraich dedi. Bu namoz o'qib turgan ekan, yo alloh, onam bu yoqdan chaqiryapti. Men esa namozdaman dedi da, namozni davom etaverdi. Namozni buzmaydi. Ketdilar. Ertasi kelib xuddi shunday chaqirdi, yana namozda turuvdi, ey Alloh, onam bu yoqdancha chaqiryapti, men namozdaman dedilar, namozni o'qiverdi. Uchinchi kuni ham chaqirganlarda namozda ovoz chiqarmaganlardan keyin aytdiki, la tumitga allohimma la tumit hu hatta yarim mumisad deydi. Allohim bu fohisha ayollarning yuzini ko'rmasdan o'ldirmagin dedi. Onasi shunday duo qildi. Juda xudojo'ya bo'lib ketsang, fohisha ayolning yuzini ko'rsatmay o'ldirma buni debdi. Onasi duoi bad qildi, qarg'idi. Qarg'ib ketdi. Keyin shu Benin isroilda hamma Jur'aznni maqtayotgan vaqtda, bir juda ham chiroyli, lekin fohishalik bilan shug'ullanadigan bir ayol aytdiki, men dedi, uni bir kunda dedi, nima qilaman?

[54:17] Yo'ldan chiqarib yuboraman dedi. Deb juraishni. Juraish unga ugurug'dan qaramadi. Qaramaganidan keyin, juraishning uyida yotib, shu yerda qo'y boqadigan cho'ponga borib, shunga buzuqchilik qildi da, shundan homilador bo'ldi. Homilador bo'lib, aytdiki, men dedi, Jurayshdan ko'tardim bolam dedi. Tuhmat qildi.

[54:45] Jurayshdan ko'tardim dedi. Hamma Jurayshni yomon ko'rdi. Urdi, so'kdi. Boya chodirlarni buzib tashladi. Sen eng muttaham odam ekansan u. Eng fohisha bilan nima qilding, zino qilding deyishib. Bola tug'ildi, Juraysh keldi da, bolaga aytdiki, ey bola dedi. Otang kim dedilar? Deganlarda, go'dak mening otam Chopon dedi.

[55:11] Mening otam Chopam derdilar. Deb javob berdi. Uchinchi gapirgan bola shu edi. Shunda podshoh kelib jurayishdan uzr so'rab kechirasiz, biz noto'g'ri qilibmiz, sizga haligi chodiringizni o'rniga dedi, oltindan g'ishtlar qo'yib dedi, nima qilib beramiz ibodatxona deganda, menga loydan qilib beraveringlar dedi. Menga keragi yo'q oltinni dedi. Deb kulganlarida nimaga kulyapsiz degandek, mana shuning hammasi onamning qilgan duoi sababi deydi. Onani qarg'ab qo'ygani sababi bo'ldi deydi. Onam o'sha kuni qarg'ab ketgan edi dedilar. Shuning uchun ota onaning qarg'ishidan ehtiyot bo'lishlik.

[55:54] Bilishlikki, to'rt to'qqizinchisi, an ya'lini, anna bir bilvalidan yazyfer resxol umr. Ota onaga yaxshilik qilish, ezgulik qilishlik, insonning rizqini ham ko'paytiradi va umrini ham ziyoda qilishligini yaxshi bilishlik kerak odam. Qilayotgan vaqtingizda ota onangizga bilingki, bir narsa ota onangiz uchun, onangiz uchuni sotib olsangiz, pulingiz kamayib borayotganga o'xshab qolmasin.

[56:23] Pulingiz kamayayotganga o'xshab qolmasin. Uylarni qasr qilib yuboryapmiz. Mashinalarni degan deganlarni olib yuboryapmimiz. Lekin dadalarni kalishlariga qarasangiz yetilib ketgan. Kiyib olgan kiyimiga qarasangiz qariganlarni sanasangiz sanoqga yetmaydigan yamaq.

[56:48] Sarflang. Bu yoqqa emas, bu ota onaga sarflang. Tiriklik vaqtini sarflang. Tiraklik vaqtini zarflang. O'lgandan keyin orqasidan yig'lab, orqasidan to'rt marta xudo yig'ishingizni hech foydasi bo'lmaydi. Rizqingiz ko'payadi. Umringiz uzun bo'ladi. Payg'ambar alayhissalom aytdiki, mana ahad baan yamat yamat yamatullohu lahu fii umri voyazida ferizqi faniyabur ravoliday. Va alayhissalomi rahmat. Kim? Alloh uni umrini uzun qilishligini, rizqini ziyoda qilishligini xohlasa, ota onasiga yaxshilik qilsin, qarindosh urug'ga aloqasi qilsin deydi. Sabab shu ekan. Umringizni uzun bo'lishiga, rizqimizni keng bo'lishligini sababiy, ota onamizga yaxshilik qilish va qarindosh uruk'lar bilan aloqa qilishlik.

[57:44] O'ninchisi, barru abu akkum, tabarrukum abunani qurum. Otalarimizga yaxshilik qilgan bo'lsak agar dunyoda, farzandlarimiz bizga yaxshilik quradi. Otalarimizga yomonlik qilgan bo'lsa dunyoda, farazandlaringizni kutavering buni. Aniq kutib turing. Qanday muomala qilgan bo'ysangiz, farzandingizni kuting. Alloh taolo shu bilan qaytaradi.

[58:07] Abiy hurayra aytadiki, ey fu an nisa in nas, ta'ruf fu nisa ukun. Odamlarning ayollaridan o'zingizni saqlang. Odamlarning ayoliga ko'zingizni qaratmang. Odamlarning ayoliga nafsingizni uchirmang. O'zingizni saxlang. Sizni ayollaringiz saqlanib yuradi, pok bo'lib yuradi deydi.

[58:30] Bir kishi uyida xizmatkor, avvalgi zamonlarda xizmatkor bo'lgan. Xizmatkori necha yildan buyog'iga shu uyda bosh ko'tarmay xizmat qilib yuradi. Shunda haligi kishi ko'chaga chiqibdi-da, shayton bosib bosib qilib, bir ayolni qo'lini ushlabdi. Qo'lini uchrab, haligi ayolni nima qilibdi, o'ziga tarqab boshlabdi. Haligi ayol eplab seplab haligini qo'lidan chiqib qochib ketibdi. Uyga kelsa, ayolini nimasi yo'q, xafa. Nima bo'ldi debdi. Nimaga xafasan desa, qulni ochiq qilib sotib yuboring debdi. Nimaga sotamiz desa, qul aynadi debdi. Qanday aynaydi? Shuncha yildan beri bir bosh ko'tarmagan qul bo'lsa desa, ha bugun meni qo'limdan ushlab, meni uyga qarab tortdi degan. Deganda aytibdiki, soat nechta bo'ldi desa, falonchada degan ekan haligi kishi, o'zining qilgan gunohi xuddi shu soatda bo'lganligini. Agar shuni men olib kirib zino qilganimda, qul ham seni zino qilgan bo'lardim degan ekan. Ayodamlarning ayolidan o'zingizni avval saqlang, sizni ayolingizni Alloh Taolo saqlab qo'yadi o'zi.

[59:39] Birru abakum, otalaringizga yaxshilik qilib qo'ying, ezgulik qilib qo'ng. Tabarru abnaakum. Farzandingiz sizga ezgulik farzand bo'ladi. Farzandingiz, sizni ertayu kuni dadajon, oyo onajon deb boshiga qo'yadigan farzand bo'ladimi? Otangizga qilmagan mehrni farzandingizdan so'raysizmi? Otangizga ko'rsatmagan yaxshilikni farzandingizdan so'raysizmi.

[1:00:12] Bu yerda yana biz oq bo'lish degan vaqtda faqat otani so'kish, urush, janjallashlik oq deb bilamiz. Bu yerda ulamolar boshqa. Nimani ham keltirgan ekanki, man barra abau man had min man ma barra ma barra abau man hadd ilayhi tarof degan ekan. Otangizga ko'zingizni qattiq tikib qarash qaragan kishi ham otasiga ezgulik qilmagan farzand bo'ladi, oq farzand bo'ladigan ekan. Janjallashganda, achchig'ini chiqqanda, g'azabingiz chiqqanda otaga xo'mrayib, ko'zingizni achchig'ini ko'rsatib, otaga shunday qarashlikni o'zi u aq badar bo'lganlikka dalolat qilaveradi. U ota aq qildim seni, aq badar qildim demasa ham, shuni o'zi kifoya degan ekanda.

[1:01:03] Ota ona o'lganidan keyin ularga duo qilishlik, va ularning haqlariga istig'for aytib, gunohlariga istig'fir aytishlik. Payg'ambar Alloh shunaqa ato alayhida aytdiki, voqul robbir ham huma kamar robbayani sag'iyra. Allohim, ota onamni rahmatingga olgin, ular meni yoshlik vaqtimda qanday tarbiya qilishgan bo'lsaydi, deb duo qilishni o'rgatdi. Habiburira radiallohu anhu aytadiki, Payg'ambar alayhissalom aytdi dedilar, ila ma'ta ibn adam in qota amal g'u illa men sanat. Odam farzandida o'ladigan bo'lsa, barcha amallari kesiladi, faqat uchta narsadan savob ota onaga kelib turadi qabrga deydi. Bu uchta narsa birinchisi sadaqa jariyat. Doimiy yurib, doimiy kelib turadigan sadaqa qilib qo'ygan bo'lsa, masjid qurib qo'ygani bo'lsin, yoki bo'lmasa, shu masjidlarga mana Qur'on hadya qilib, masjidlarga qo'yib ketgan bo'lsin, vaqt qilib ketsin, yoki biror bir ko'priklar, yo'llar qurib ketsin. Shundan yurgan, mana shu yerga kelib o'qigan odamlardan savob ajralib borib turaveradi. Ikkinchisi, ilm muntafavv behi, ilmdor bo'lgan bo'lsa, kitob yozib ketgan bo'lsa.

[1:02:20] Odamlar shuni o'qib foydalanyapti. Yoki shogirdlar chiqarib ketgan bo'lsa, shogirdlar birovlarni o'qitayotgan bo'lsa shundan savob ajralar borib turadi. Uchinchisi valadun solihun yad o'ladi u. Solih farzand qoldirgan bo'lsa ota onaning orqasidan duoi solih qilib turgan farzandlarning duosi nima qiladi? Ota onaga borib turadi dedi. Shuning uchun ota ona vafot etgandan keyin orqasidan qilinib turadigan duolar. Habiburayra radiallohu anhoyim aytadiki, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar, Alloh Taolo bandaning jannatda, solih bandaning, jannatda darajasini ko'taradi dedi. Jannatda insonning darajasi ko'tariladi. Shunda aytar ekanki, yopiriverdikor. Bu qayerdan bo'lyapti? Deb so'rar ekan. Qayerdan bu darajalar ko'tarilayapti desa, fayaqul, bestixfori bo'ladi ikkalang. Senga dunyoda qoldirgan bolang istig'for aytyapti, shu sababli senga darajang ko'tarilayapsi der ekan. Vafot etgandan keyin ota onalarni orqasidan Allohim rahmat qilgin, rahm qilgin, istig'for gunohlarni mag'firat qilgin deb duopsangiz, jannatda shu qabrlarda nimasi ko'tarilaveradi. Va ular vafot etganlaridan keyin ham sadaqalar chiqarib turishi.

[1:03:41] Vafot etgandan keyin otani, onaning orqasidan sadaqai xayr, yaxshi sadaqa ehsonlar qilish. Misol, Payg'ambar alayhissalotu vassalomning oldilariga Sa'd ibn Ubodaning onalari vafot etgan vaqtlarida Payg'ambar aleyhissalomga aytdiki, mening onam vafot etdi dedilar. Uning nomidan sadaqa qilsam bo'ladimi deganlarda Payg'ambar alayhissalom bo'ladi deyiladi. Eng yaxshi sadaqa nimadir deganlarda suv yo'q joylarda quduq chiqarib, shu yerga suv keltirib berishligingiz deydi. Ya'ni sadaqani eng yaxshisi shu nima narsaga muhtoj bo'lib turgan bo'lsa, o'sha narsani qilib qo'yishligingiz nima ekan? Sadaqalarning eng yaxshisi hisoblanadi.

[1:04:25] Bu yerda ba'zi bir bir jilvalida ota onani xizmatiga taalluqli bo'lgan ba'zi bir savollar bo'ladi, bo'lyapti ham. Shu narsani ham keltirib ketibdi. Agarda deydi, ota ona farzandiga falon qizga uylanmoqchi bo'lsa, farzand deydi. Ota ona aytsa, sen shu qizga uylansang rozi emassan desa.

[1:04:55] Men topgan qizga uylanasan desa, nima qiladi derdi. Farzand bir qizga uylanmoqchi bo'lsa, ota onayi aytdiki, unga uylanmaysan, men topgan qizimga uylanasan derdi, nima qiladida degan savolni qo'yibdi. Bu yerda Ibn Muflih degan kishi Adabu Shariat, shariat odoblari degan kitobida Taqiy, Shayx Taqiyiddinning aytgan gaplarini naql qiladi. Ota ona farzandlarini, farzandlarini o'zi xohlamayotgan qizga uylantirishga haqqi yo'q degan ekan. Farzand xohlamayotkan qizga ota ona majburlab uylantirishlikka haqqi yo'g'i. Agar farzand bundan bosh tortsa, oq bo'lmaydi degan ekan. Ya'ni oq padar bo'lib qolmaydi degan ekin.

[1:05:48] Chunki degan ekan, farzand yegiz kelmayotgan taomni yeysan mana shuni, yemasang rozi emasman deb tiqib taomni yedirsa, shu vaqtda farzand yemayman deb bosh tortsa, bu ah bo'lmaydi. Yegiz kelmagan taomni. Taomning degan ekan. Achchig'i, hali yegingiz kelmagan taomnini yesangiz, achchig'i bir soatdan keyin ketadi degan ekan. Ammo o'zingiz xohlamagan ayolga uylanishning achchig'i o'lguningcha ham ketmaydi degan. O'lguning cha ham ketmaydi deyilgan ekan.

[1:06:26] Shunga o'xshab bir kuni bir imom masjidda o'tirib, jannat haqida gapiribdi. Jannat haqda gapirib, rosa gapirib aytibdiki, shu jannatda huriliylar beriladi deyapti. Ayollar, eng zo'r ayollar jannatda beriladi baribir. Va sizni dunyodagi ayolingiz o'n sakkiz yoshar ayol bo'lib, sizni jannatdagi ayolingiz bo'ladi desa, bir chol xo'rsullab yig'lab yuboribdi. Yig'lab, qattiq yig'lagan ekan. Atahal, nimaga yig'layapsiz desa, bu o'limdan qutulmas ekanmizda deb.

[1:07:10] Endi achchig'i ketmaydi da u. Xohlamagan ayolingizga uylanganingizdan keyin, u o'lib ham kutilmaysiz. Shuning uchun majburlashga bo'lmaydi. Keyingi savol. Haltaji bu ta'til valida ne betalat imratihi. Ayolini taloq qo'yasan desa, ota onasiga itoat etishlik vojibmi deydi. Talab qo'yasin deydi. Dada aytadi, sen talab qo'ymasang men talab qo'ydim deydi. Talab tushadimi? Dada keladida aytadi, sen palab qo'yma senga men talab qo'dim deydi. Ha nikohlab berganda domla dadasiga nikohlamagan u. To'g'rimi? O'g'liga nikohlab bergin, bolaga nikohlab bergin. Qanday dada qo'yadi unda? Qabul qildim nikohimga deb dada aytmagan u.

[1:07:58] Shuning uchun bir kishi imom ahmaddan so'radi. Inna adiy anvar alayh ut allohu akbar deydi. Otam xotinimni talab qo'y deb buyuryapti. Xotinimni palaq qo'y deyapti dedi. Palaq qo'maymanmi deganidek, yo'q, palaq qo'llaysan deydi. O'zing yaxshi ko'rasanmi, yaxshi ko'raman. Yashaging bormi, yashagin bormi? Palaq qo'shaysan. Dadang aytsa ham, onang aytsa ham qo'ymaysan deydi. Deganidek, dadam aytyaptilar dedi, hadisni dalil qilyapti dedi. Qanaqa hadis? O'mar ibn Xattob o'g'illari Abdullohga aytdilar. Abdulloh bir ayolni uylanib, shu ayolni juda qattiq yaxshi ko'rib, shu ayol bilan mashg'ul bo'lib qolganlarini ko'rganda, dadalari Umar uni ko'rdi da aytdiki, ayolingizni taloq qo'ying deydilar. Deganlarda yo'q dedi. O'g'li qo'ymagan edi. Payg'ambar alayhissalomni oldiga borib, haligini aytganlaridan keyin Payg'ambar aytdi, unday bo'lsa qo'ysin dedilar taloq dedi. Qo'ysin deganlaridan keyin taloq qo'ydi. Shuni aytdiki, Umar buyurganlarida o'g'illari ayolini taloq qo'di deyapti. Nima deysiz deganda, seni dadang Umardaqa bo'lsin, keyin taloq quyasan dedi. Chunki Umar qaysi narsaga taloq qo'shish kerak, taqvo, zuhut, boyagi nimalarni hammasini bilar edi. A? Odillik qayerda. Hozirgi kunda dadalar, onalar, uni ajrata olmaymiz bizlar. Bizga nima?

[1:09:16] Ozroq ko'rinmasa. Nima qilyapti, namoz o'qiyapti. Ha namoz shu ish vaqti keladimi namoz deymiz. Oldinroq o'qiyapsan bo'lmaydimi deydi. Ha deymiz, bu deymiz, shunday kelin namozini ham shu ish vaqi to'g'irlab turadigan bo'ldi deymiz. Agar bir ish qilmay qolsa aytamizki, ha bu kelin, bo'lmagur kelin deymiz. Ish masalasi bilan kelinlarni quvib haydaymiz. Shuning uchun bizda adolat yo'q. Ularning zamoniga o'xshab, umarlarni zamoniga o' xshab. Shuning uchun aytganki, agar ona, ota bolasiga qarab kelinni taloq qo'y desa, taloq qo'maydi. Bu bilan oq padar bo'lib qolmaydi. Oq padar bo'sh.
