# 100-qism: Shukr Manzilati (1/5) Nafsni Poklash

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Nafsni poklash](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/nafsni-poklash.md), lecture 100 of 102
- Section: Shukr manzilati
- Duration: 16 min
- Original title: 100-QISM / SHUKR MANZILATI (1/5) NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA
- Review status: reviewed
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/nafsni-poklash/100
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/l7ka7s9qy3w.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=l7ka7s9qy3w
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/nafsni-poklash/99.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/nafsni-poklash/101.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah. Vassalat, vassalama ala rasulillah, amma bar. Alloh azza va jala Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi. Astaydu billah. Va nafsim vama savvaha, fa alhamaha fujuraha va taquaha, qoda aflahaman zakkaha va qodxo'baman dastaha. Ya'ni, nafsni yaratgan, nafsni raso qilib yaratgan zotga qasam, fa alhamaha fujuraha va taqvaha. Alloh ana shu nafsga uni taqvosini ham, fisqu fujurini ham ilhomlab berib qo'ydi. Ya'ni, insonning nafsi ichidagi joni, ichidagi yasi, bizni tilda, unda ikkala tomonga egilishlikka qobiliyat bor. Taqvo tomonga ham egala oladi, his qufu juv tomonga ham egali oladi. Mana shu ikkala tomonga egala olishligi va ixtiyor inson uchun berilgan imtihon bo'ldi.

[1:13] Alloh azza va jalla farishtalarni nurdan yaratdi. Ular nurdan yaraldi, aqli bor. Ularda shahvat yo'q. Xohishi yo'q. Gunoh savob qilishning ixtiyori yo'q. Binobarin ularga hech qanday savol ham, qiyomat kunida hisob kitob ham bo'lmaydi. Hayvonlar. Ularda shahvat bor, xohish bor, lekin aql yo'q. Binabarin qiyomatda ularga ham tarozi yo'q, savol javob yo'q. Inson esa, mana shu farishta bilan hayvonlarni o'rtasida bo'ldi.

[1:48] Endi insonda. Ikkalasida ham bor narsa bor. Mana endi inson aqlini ustun qo'yib, shahvatini sindirsa, farishtalardan ham oliyroq maqomga ko'tariladi. Agar shahvati g'olib kelib, aqlini yengadigan bo'lsa, hayvonlardan ham tuban darajaga tushib ketadi. Farishtalarda aql bor, shahvat yo'q. Hayvonlarda shahvat bor, xohish istak, aqli yo'q. Inson ikkalasini o'rtasida.

[2:20] Alloh taolo aytyapti: va nafsim va man savvaha, fa alhamaha, fujuraha va taquaha. Mana endi, qod aflahaman zakkaha. Tahqiq najotga yetdi. Kim? Ana shu nafsini poklagan inson. Va qod xobi man dassaha. Va kim nafsini ko'yiga kirgan bo'lsa, nafsiga qul bo'lgan bo'lsa. Aqlimas, nafsini peshqadam qo'ygan bo'lsa, bu inson yutkazdi deb Alloh taolo aytyapti. Alloh taolo aytyapti, kim yutdi dunyoda? Kim yutkazdi?

[2:55] G'arb olami dinini esdan chiqardi, Allohni esdan chiqardi. Ular shahvatlarga berildi. Ular aniq yutkazdi. Yutkazayotganligini ko'rib turibmiz. Aholi qirilishga ketdi. Chunki dinni unutdi, Allohni unutdi. Sharh ham xuddi o'sha. Ishi uchun o'lib tugatyapti Yaponiyada odamlar. Oila qilmayapti. Ular ham yutkazdi. Endi biz agar dinni, iymonni mahkam ushlasak, Allohni esdan chiqarmasak, nafsimizni sindirib, aqlimizni, iymonimizni ustun qo'ysak, yutdik.

[3:34] Qur'onda Alloh Taolo aytyapti, nafsini sindirgan yutdi, nafsini ko'yga kirgan yutkazdi. Biz ramazonga tayyorlab mana yigirma birinchi yildan beri gapirayotgan darslarimiz tasavvuf darslari. Nafs tarbiyasi deysizmi, ruhiy ozuqa deysizmi, ruhti tarbiyasi deyesizmi, xohlagancha qilib nomlang. Lekin nomi tasavvuf buni.

[4:01] Umarun Xattob roziyallohu anhun rivoyat qilgan hadis. Kunlarni birida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan o'tirgan edik. To'satdan bir kishi kirib keldi majlisga. Odatda majlisiga Payg'ambariz ruxsatsiz kirilmaydi. Lekin bu odam to'g'ri kirib keldi. Soch soqoli qop qora, kiyimlari oppoq. Safar alomatlari ko'rinmayapti va birontamiz tanimayapmiz bu odamni.

[4:29] Hayron qoldiradigan narsa, birinchidan ruxsatsiz kiryapti. Ikkinchidan, hech qaysimiz tanimayapmiz deydi. Musofirmikin desak, kiyimlaridan musofirda alomati yo'q. Xuddi uyidan hozir usulni qilib, yangi kiyimlarni kiyib chiqqanday chiqib kelyapti. To'g'ri kelib Payg'ambarimiz alayhissalatu vassalam murojaatiga o'tirib, tizzasini Payg'ambarimning tizzasiga tegizib, qo'lini o'zini soniga qo'yib o'tirdi. Kelib Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan islom haqida so'radi. Rasululloh islom mana bu beshta narsa dedilar. To'g'ri aytdingiz dedi haligi odam. Sahobalarning hayronligi yana ziyoda bo'ldi. Kim ekan bu? O'zi savol berib, o'zi tasdiqlayapti. Xuddi Payg'ambarim bizni imtihon qilyapti da, to'g'ri aytingiz dedi.

[5:16] Iymon nima dedi? Rasululloh yettita narsani aytib berdilar. To'gri aytdingiz, dedi. Uchinchisi, ehson nima dedi? Ehson degani payg'ambarimiz aytdilar, an ta abudallohaka annaka tarohu, fain la vntakun tarohu fa innahuu yaraka. Ehson, Allohni ko'rib turgandek unga ibodat qilishing. Allohni ko'lib turgandek Allohga ibodat qilib ishing. Endi tasavvur qiling, Allohni ko'sak, ibodatimiz qanaqa bo'lar edi? Allohni qo'ying. Jannat bilan do'zaxni ko'rsatib qo'ysa bir marta, umringizni oxirigacha qiladigan ibodat qanaqa bo'lardi?

[5:59] Maxluq bo'lgan jannat bilan dolzaxni ko'rsa desa, ibodatimiz bunaqa bo'lmas edi, hayolimiz sochilmasdan, butun vujudimiz bilan namoz o'qir edik. Rasululloh aytdilar, fain lam takun tarohu, fain nahu yaraka. Endi sen Allohni ko'ra olmaysan, ammo Alloh seni ko'rib turadi, dedi. Qiyomat haqida so'radi, chiqib ketdi. Ozgina turganidan keyin, nabiy sollallohu alayhi vasallam, ey umar, at tadri mana is sayl, u savol so'ragan odamni kimligini bilasanmi? Alloh va Rasululloh yaxshiroq biladi, deb javob berdi bu sahoba. Payg'ambarimiz aytdilar, bu Jabroil edi. Atakum yu allimakum dinakum. Diniylarni sizlarga o'rgatgani kelib ketdi.

[6:43] Va Jabroil alayhissalom aytgan uchta narsani Payg'ambarimiz o'zidan qilib aytib qo'yishi ham mumkinmidi? Mumkin edi a? Lekin nimaga Jabralli alayhissalom keldi ayni? Ey musulmonlar, eshitib qo'yinglar. Diniylardagi eng asosiy narsa uchta. Islom, iymon, ehson. Islom. Islom nima ekanligini bizga fiqh ilmi o'rgatadi. Halol harom, mumkin mumkinmas, muboh mustakkira, makruh harom, farzvajib. Fiqh ilm o'rgatadi.

[7:18] Iymonni nima ekanligini aqidiy ilm o'rgartadi. Endi ehson nima ekanligi tasavvuf ilm o'rgotadi. Bilib qo'yinglar nima haqida dars o'qiyapmiz. Oyatda nima deyildi? Nafsini poklagan yutni nafsini ko'yiga kirgan yutqizdi. Bu darslarimiz mana shu nafs tarbiyasi.

[7:41] Nimaga namozga besh mahal keladigan odamni xulqi yaxshi emas ko'chada? Nimaga ro'za tutib turib, soqol qo'yib turib, namoz o'qib turib, tijoratini yolg'on gapiraveradi? Nimaga nervniy hamma hozir? Nimaga psix hamma hozir. Mana shu nafs tabriqatida ancha orqadamiz, birodarlar. Tasavvuf insonni nafsini, qalbini tarbiya qiladigan ilm. Qo'rqib ketmanglar, tasavvufdasan. Sofi kim? Ana shu ehson martabasiga qarab intilayotgan odam.

[8:13] Endi tushundinglarmi sofinni kimligini? Tasavvuf qalbning musaffoligini o'rgatadigan ilm. Sofi ana shu qalbimni pokiza qilaman deyotgan odam. Sizlar internetda haligi tasavvufdan chiqib ketgan, haddidan oshib ketgan oqimlarni masjidlarda qilayotgan g'ayrioddiy harakatlarni ko'rib, ana sofiylar demanglar. Sizlar tasavvufda nima ekanligini ana shu tasavvuf ulamolarini kitobidan olinglar.

[8:42] Tasavvufni aynigan ko'rinishini emas, aslini o'qinglar da. Sofiy odam payg'ambarimiz aytayotgan ehson martabasiga yetaman deb intilayotgan odam. Tarixni qarasanglar, ummat islomiyani eng katta jang maydonlaridagi g'alabalariga, fotixatlarga sabab bo'lgan odamlar ayni tasavvufda ushlagan odamlar bo'lgan. Salohiddin Ayyubiy. Tanishtirish kerak yo'g'e, tasavvuf egasi bo'lgan. Muhammad Fotih. Tasavvuf egasi bo'lgan. Sayfuddin Qutuz, sulton Bebars, mo'g'ul tatarda sindirgan. Hammasi tasavvuf egalari bo'lgan.

[9:27] Islomni fiqh ilmi o'rgatadi, iymonni aqidiy ilmi o'rgartadi, ehsonni tasavvuf ilmi o'rgotadi. Biz fiqh bilan aqidada juda ko'p narsani o'qib o'rgandik. Alhamdulillahi robbil alamin. Amallarimiz shariatga muvofiq, e'tiqodimiz to'g'ri bo'lib qoldi. Mana bu uchinchisida oqsayapmiz, ehson martabasida. Ma'qulmi? Nimani o'qiyapmiz ekanmiz?

[9:54] Ana shu ehson martabasiga yetishlik, Allohni ko'rib turgandek ibodat qilishlik eng ehson. Endi sen Allohni ko'ra olmaysan, lekin Alloh seni ko'rib turibdi. Mana shu his, Alloh menga qarab turibdi, Alloh meni ko'rib turibti degan hisga yetgan inson, demak ehson martabasiga yetibdi. Ana shu sofiylar haqida, Turkiyani ishlagan kinolarni bittasida shunaqa epizodi bor. Ana shu pir, shayx, shogirdlarga hammasiga bittadan tovuq, xo'roz olib kelinglar deydi. Hammasi olib kelganidan keyin beshtami, o'nta. Olib borib hech kim ko'rmaydigan joyda so'yib kelinglar deydi.

[10:32] Biri podvalga borib so'yadi, biri g'ordichga kirib so'yadi. Biri tomda so'yadi. Xullas hammasi so'yib olib keladi. Hech kim ko'rsatmaydigan joyda. Lekin bitta shogirdda tovuqni putini ko'tarib keladi. Nimaga so'ymading? Qayoqqa bormay, bitta zot qarab turganini his qilaverdim. Hech kim ko'tarmaydigan joy bo'lmadi. Ya'ni qayerga borsam Alloh meni ko'rib turganligini his qildim deganida, mana shu odam imtihonni o'tganligini aytadi.

[11:00] Qayoqqa borsak Alloh Taolo bizni ko'rib turishligini, esdan chiqarib qo'ygan paytimizda xato kamchilikka yo'l qo'yamiz. Nima nima deylar? Bu bizni o'qiyotgan darslarimizni sizlarga nima ekanligini tushuntiradi. E qarang da. Islomingiz bilan iymoningiz zo'r bo'lsa yu, ehsoningiz chatoq bo'lsa, mana ikki oy qiyomatda foyda qilmay qolishi mumkin.

[11:25] Qanday qilib? Qiyomatga borganda, jannatni eshiging tagiga boradi bir mo'min. Kir deydi Alloh Taolo, lekin mana haq dollohni rozi qilib qo'y deydi. Dunyodan iymon bilan chiqib olgan bo'lsangizlar, shirk bilan, kufr bilan emas, iymon bilan chiqib olgan bo'lsangiz, Alloh Taolo karimzod, umid qilamiz, namozdagi kamchiliklarimizni, ro'zadagi kamchiliklarmizni avf qiladi. Ammo bandalar haqqini kechmaydi. Lekin haqtollar turadi. Mana shu yerda ehson martabasidagi nuqsoningiz sizni qaytadan do'zaxga kirgizib yuborishi mumkin. Alloh saqlasin. Uni g'iybat qilgansiz. Buni go'shtini yegansiz, buni dilini og'ritgansiz, bunini pulini olib qo'ygansiz bermasdan. Qarang, mana ikki amallaringizdan qutulgandingiz, mana bu ushlab qoldi. Endi odamlar bir tiyinini kechmaydi.

[12:16] Ehsoningiz shataq bo'lsa, g'iybat qilasiz. Ehson martabasidan uzoq bo'lsangiz, birovni go'shtini yeysiz. Mana endi odamlar. Siz ularni haqqini yeganligi uchun, ehson martabasidagi nuqsoningiz uchun gunohlarni olasiz, jahannamga ketasiz, Alloh saqlasin. Shuning uchun taomiliy ibodatlar chatoq bo'lsa, shiori ibodatlar sizga qiyomatda foyda qilmay qolishi mumkin.

[12:41] Iya akana abduva, iya akana stain. Senga gina ibodat qilamiz va sendangina yordam so'raymiz martabasida shukur manzilasi haqida suhbat boshlaymiz. Tushundinglar a, ukalar? Albatta kelinglar darslarni eshitgani. Chunki tohoratni to'g'ri qilyapsizlar, namozni to'g'ri o'qiyapsizlar. Aqidada alhamdulillah, xirob dilalimi, hech kim tumor taxmin qo'ydi. Bu masalalarda ancha tuzaldik. Lekin nafs tarbiyasida, ehson martabasiga yetish, yurishlik masalasida ancha nuqsonlaymiz.

[13:13] Astaydubillah, ma yaf'alullohu bi adabikum in shakartum va aman tum. Alloh taolo aytadi, agar shukur qilib, iymonli bo'lsanglar, Alloh sizlarni nimaga azoblasin? Agar shukur quilib, iymonli bosalar, Alloh taolo nimaga azoblaydi sizlarni? Ha, demak, insonni ustiga keladigan azoblarning sababi ikkita. Bittasi iymonni yo'qligi, ikkinchisi shukur qilmasligi. Biz alhamdulillah, robbilalamin kalima keltir musulmon bo'ldik. Endi ustimizga azoblar kerak ekan bo'lsa, bu shukrdagi nuqsonimiz uchun. Bu oyat dinimizning ulug' usullaridan, qoidalaridan. Agar, deyapti Alloh taolo, shukur keltirsanglar va iymon keltirsanglar, azob kelmaydi, degani bu. Yoki iymon keltirganingizdan keyin shukur qilsangiz, azob kelmaydi ustingizga degani. Yoki iymon keltirib shukur qilsangiz, Alloh sizlarda nima qiladi azoblab degani?

[14:21] Chunki sizlar dunyoga kelajagidagi maqsadni amalga oshirdingiz. Iymon keltirishingiz kerak edi, shukur keltirishingiz keladi. Alloh Taolo shuni xohlagan edi sizlardan. Allohni xohlaganini bajardingizmi? Endi muolaja to'xtaydi. Iymon va shukur bo'lsa, azob to'xtaydi, muolaja to'xtaydi. Protsedura to'xtaydi bizni tilda.

[14:47] Har turlik balo, ofatlar, turli tuman g'amqayg'ular, yetishmovchiliklar, kamchiliklar hayotdagi iymon keltirishingiz va shukur qilishingiz bilan to'xtaydi! Chunki inson bolasining bu borliqda turishining asosiy sababi Allohni tanishlik edi. Unga shukur keltirishlik edi.

[15:12] Iymon keltirdingiz, shokir banda bo'ldingiz, Alloh Taoloni sizga beradigan muolaja azoblari to'xta edi. Aquli qovli hada va astag'firulloh alayhi barakum. Innallohi va malakati huysalun ala nabiy, ya yuhalladina amanu, sollallohu alayhi va sallimu taslima, va assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

## Quran and hadith quoted in this lecture

- [0:16] Quran Ash-Shams 91:8–10
  - Said in the lecture: “nafsim vama savvaha, fa alhamaha fujuraha va taquaha, qoda aflahaman zakkaha va qodxo'baman dastaha. Ya'ni, nafsni yaratgan, nafsni”
  - Arabic: فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَىٰهَا قَدْ أَفْلَحَ مَن زَكَّىٰهَا وَقَدْ خَابَ مَن دَسَّىٰهَا
  - Uzbek translation: (8) Bas, u(nafs)ga fujurini va taqvosini bildirdi. (9) Batahqiq, kim u(nafs)ni poklasa, yutuqqa erishadi. (10) Va batahqiq, kim u(nafs)ni kirlasa, noumid boʻladi.
- [0:32] Quran Ash-Shams 91:8
  - Said in the lecture: “yaratgan zotga qasam, fa alhamaha fujuraha va taqvaha.”
  - Arabic: فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَىٰهَا
  - Uzbek translation: Bas, u(nafs)ga fujurini va taqvosini bildirdi.
- [4:55] Hadith: Sahih Muslim, 16 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “Kelib Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan islom haqida so'radi. Rasululloh islom mana bu beshta narsa dedilar. To'g'ri aytdingiz dedi haligi odam.”
  - Arabic: بني الإسلام على خمس شهادة أن لا إله إلا الله وأن محمدا عبده ورسوله وإقام الصلاة وإيتاء الزكاة وحج البيت وصوم رمضان
- [5:27] Hadith: Sahih al-Buxoriy, 50 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “an ta abudallohaka annaka tarohu, fain la vntakun tarohu fa innahuu yaraka.”
  - Arabic: … الله ولا تشرك به، وتقيم الصلاة، وتؤدي الزكاة المفروضة، وتصوم رمضان ". قال ما الإحسان قال " أن تعبد الله كأنك تراه، فإن لم تكن تراه فإنه يراك ". قال متى الساعة قال " ما المسئول عنها بأعلم من السائل، وسأخبرك عن أشراطها إذا ولدت الأمة ربها، وإذا تطاول …
- [6:08] Hadith: Sahih al-Buxoriy, 50 (grade: Sahih)
  - Said in the lecture: “aytdilar, fain lam takun tarohu, fain nahu yaraka.”
  - Arabic: … به، وتقيم الصلاة، وتؤدي الزكاة المفروضة، وتصوم رمضان ". قال ما الإحسان قال " أن تعبد الله كأنك تراه، فإن لم تكن تراه فإنه يراك ". قال متى الساعة قال " ما المسئول عنها بأعلم من السائل، وسأخبرك عن أشراطها إذا ولدت الأمة ربها، وإذا تطاول …

## Self-check quiz

Generated automatically from the lecture; not reviewed by a person.

1. Ustozga ko'ra, G'arb olami va Yaponiyadagi odamlarning asosiy yutqazish sababi nima?
   - a) Oila qurishdan bosh tortish
   - b) Dinni va Allohni esdan chiqarish — correct
   - c) Sharh va ilmiy tadqiqotlarga berilish
   - d) Ish uchun juda ko'p mehnat qilish
   - Why: Darsda G'arb va Yaponiyadagi yutqazishning asosiy sababi dinni va Allohni unutish, shahvatlarga berilish deb ta'kidlangan. [2:55–3:31]

2. Ustozga ko'ra, tasavvuf ilmi insonning qaysi qismlarini tarbiyalashga qaratilgan?
   - a) Faqat ibodat qoidalarini o'rgatadi
   - b) Faqat tashqi xulqni tuzatadi
   - c) Faqat ilmiy bilimlarni beradi
   - d) Nafs va qalbni tarbiyalaydi — correct
   - Why: Darsda tasavvuf insonning nafsini va qalbini tarbiya qiladigan ilm ekanligi ta'kidlangan. [7:41–8:12]

3. Ustozga ko'ra, ehson martabasiga yetgan insonning asosiy belgisi nima?
   - a) Alloh uni ko'rib turibdi degan his — correct
   - b) Shayxning buyrug'ini bajarish
   - c) Namoz o'qishni to'xtatish
   - d) Allohni ko'z bilan ko'rish
   - Why: Darsda ehson martabasiga yetishlik Allohni ko'rib turgandek ibodat qilish, ya'ni Alloh seni ko'rib turibdi degan hisga yetish deb ta'riflanadi. [9:54–10:31]

4. Ustozga ko'ra, qiyomatda shiori ibodatlar foyda bermasligining asosiy sababi nima?
   - a) Ehson martabasidagi nuqsonlar — correct
   - b) Tohoratni to'g'ri qilmay qolish
   - c) Ro'za tutishdagi kamchiliklar
   - d) Namoz o'qishdagi xatolar
   - Why: Darsda taomiliy ibodatlar chatoq bo'lsa, shiori ibodatlar qiyomatda foyda qilmay qolishi mumkinligi ta'kidlangan. [12:16–12:38]

5. Ustozga ko'ra, inson ustiga keladigan azoblarning asosiy sababi nima?
   - a) Jismoniy kasalliklar va yosh
   - b) Jamoatdagi boshqalar bilan kelishmovchilik
   - c) Dunyoviy mol-mulk ortiqchaligi
   - d) Iymonning yo'qligi va shukur qilmaslik — correct
   - Why: Darsda insonni ustiga keladigan azoblarning sababi iymonni yo'qligi va shukur qilmasligi ekanligi ta'kidlangan. [13:13–14:19]
