MMaviza
Shukr manzilatiTekshirilgan16 daq

102-QISM / SHUKR MANZILATI (3/5) NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
16:13
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalatu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammavot, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakati. Bismillahir rohmanir rohim. Demak, biz tazkiyatun nafs, tasavvuf darslaridan shukur manzillatini o'qiyotgan edik, davom ettiramiz. Alloh taolo aytadi, audhu billahi minash shayton rojiym, ma yaf'alullohu bi adabiyqum in shakartum va aman tum. Ey bandalar, agar sizlar shukur keltirsanglar va iymonli bo'lsanglar, Alloh nimaga azoblasin sizlarni?

Endi bu oyatni muxolif ma'nosi qanaqa? Agar iymon keltirmasanglar, azoblanasizlar. Endi iymon keltirib turib, shukur keltirmasangilar ham azoblanasizlarni. Mana shu ikkita darsimizni xulosasi edi. Bizni ustimizga kelayotgan musibatlar, qiyinchiliklar, yetishmovchiliklar, kasalliklar, musibatlar, bu bizga Alloh Taoloni berayotgan licheniyasi bizni tilni. Alloh bizni muolaja qilyapti, bizni davolayapti. Iymon keltirasan, shukur keltirasan, muolaja to'xtaydi. Chunki iymonning shartlaridan, lavozimlaridan shukur qilish. Imoni bor odam albatta shukur keltiradi. Chunki shukur imonning yarmidir. O'zi shukur nima edi?

Nima edi? Alloh bergan ne'matlarni Alloh rozi bo'ladigandaqa ishlatish, ana shu ne'matlarning shukuri degani. Farzand degan ne'matni berdi, mana shu ne'matni Alloh rozi boigandaqa tarbiya qilsangiz, ta'lim bersangiz, halol yegizib, farzand degan ne'mat u shukrni ado qilsangiz, farzand sizga vafodor bo'ladi. Agar farzand degan nima shukrni adoq qilmasangiz, Alloh aytgandaqa muomala qilmasangiz. U balo bo'ladi. Pul berdi, haloldan topasiz, halol joyga sarflaysiz. Tushunarli ga shukur.

Payg'ambarimiz aytganlaridek, al imanu nisfu shukur va nisfu sobir. Iymonni yarmi shukur, iymonni yarmi sabr. Shukur, sabr iymon deb aytilinyapti. Chunki banda doim ikkita narsani o'rtasida bo'ladi. Ko'rinib turgan ne'mat bor, ko'rinmay turgan ne'mat borda. Shuni o'rtasida turadi. Ko'rinilib turgan ne'matlarni ichida bo'ladi, unga shukur keltirish kerak. Ko'rinmay turgan ne'matlarni ichida bo'ladi, ularga sabr qilish kerak. Ko'rinmay turgan nematlar nima ekan unda?

Ko'rinmaydigan ne'mat bu musibatlar. Bunga sabr qilishimiz kerak. O'zi aslida musibat ham ne'mat. Musulmon odamga musibat yetsa, yo gunohlar uchun kafolat bo'ladi, yo darajasi ko'tarilishiga sabab bo'ladi. Musibat kelishi ham mo'minni foydasiga. Banda yengillik bilan mashaqqat orasida bo'ladi.

Kenglik va torlik orasida bo'ladimi? Sog'lik va kasallik orasida bo'lar. Boylik va kambag'allik orasida boradi. Quvvat va zaiflik orasida bo'tiladi. O'zi hayot mana shularni orasida bo'lanadi. Ko'ringan ne'matlarga shukur keltiramiz. Ko'rinmay turgan ne'matlarga nima qilamiz? Sabr qilamiz.

Musibat ketganda sabr, musibat kelganda rohat kelganda shukur qilamiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi mana shu fikrimizni quvvatlaydi. Aytdik ku, ko'ringan ne'matlarga shukur qiladi, bu ne'mat. Endi ko'rinmaydigan ne'mat, bu musibat, bunga sabr qiladi. Musibat ham, musibat ham nemat ekanligini mana quyidagi hadis tushuntirib beradi sizga. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan o'tirarkanlar, to'satdan kulib yubordilar. Suhayb roziyallohu anhudan bu hadis. So'ngra ala tasaluni min ma'adhaqu. Nimaga kulganligimni so'ramaysizlarmi? Sahobalar so'rashdi. Yo rasululloh, nimaga kuldingiz? Rasululloh aytdilar, ajibu tuliy amri il mo'min. Inna amruhu kullahu xayr. Mo'minning ishidan hayron bo'ldim. Albatta, uning hamma ishlari yaxshilikdir. Agar unga yaxshilik yetsa, Allohga hamd aytadi, bu uchun yaxshi. Agar unga yomon ko'rgan narsasi yetsa, sabr qiladi, bu ham unga yaxshi. Tushundingiz a?

Mo'minga yoqadigan narsa kelsa, alhamdulillah robbil alamin deydi. Hamda aytadi, hamda aytishi o'ziga yaxshi. Endi unga yoqmaydigan bir musibat kelsa, sabr qiladi. Bu ham unga yaxshi. Mo'mindan boshqa biror kimsaning hamma ishlari u uchun yaxshi bo'lmaydi. Iymondamisiz? Iymondamisiz, ustingizga kelayotgan har qanday kun sizni foydangiz. Yaxshilik ne'mat bo'lsa, alhamdulillah, herobbila alamin deymiz, bizga foyda. Agar bizga yoqmaydigan ish kelsa, holat kelsa, rozi bo'lib, unga sabr qilamiz, u ham bizning foydamiz. Ma'qulmi?

Al imanu nisfan nisfu shukur, nisfu sobir. Iymon ikki qismdir. Biri shukur, ikkinchisi sabr. Alloh azza va jalla o'ziga shukur keltirishlikni buyurgan va noshukur bo'lishdan qaytargan. Shukurga amr qilgan, noshukurlikdan nahiy qilgan. Alloh taolo shukur keltira oladigan bandalarni maqtagan. Ana shu shokir bandalarni o'zining xos bandalari qatoriga qo'shgan.

Shokir bandalarga Alloh Taolo ulkan ne'matlarni va'da qilgan. Shukur keltirsa banda, Alloh unga bergan shu ne'matini ko'paytirish edi va'dasini bergan. Ne'matlarni qo'riqlashligini va doimiy ustida turishligini kafolatlagan. Shukur ahillari Allohning oyatlaridan mana shunday ibrat oladi, manfaat oladi. Qarang mana Alloh Taoloni o'zi ash shakur bo'lgan zot. Mana Allohni go'zal ismlarini ichida ash shakur degan ismi bor. Ya'ni shukur keltiruvchi. Shukur keltirovchi degani, bandalarini qilgan, ozgina amallaridan xursand bo'ladi, rozi bo'ladi, mukofotlaydi. Mana shu shukur keltilishi bo'ladi Allohni. Ey bandalarim, sizlarga shukur demaydi bizga o'xshab. Ey Alloh senga shukur demaydir deymiz biz. Allohni shukur kelttirishi, bandalardan bo'lgan amallarni qadrlaydi. Ozgina amaliy ham katta mukofotni beradi. Alloh o'zi ash shakur ekanmi? Mana shu ismidan, bandalarda ham ulush bo'lishini xohladi. Biz ham shokir bo'lishimiz kerak. Parvardigor, o'zingga shukur bo'lsin, o'zingga hamd bo'lsin deyishimiz kerak. Allohni shukur keltiruvchi shokir bandalari Allohni roziligiga erishishadi.

Alloh ularga shukur keltirdi, Alloh ulardan rozi bo'ladi. Muhim nuqta, Allohni, Robni bandalardan kutgan ayni narsasi ham mana shu. Shukur. Ammo shukur keltira oladigan bandalar ko'p bo'lmaydi.

Shukur keltiroladigan bandalar ko'p bo'lmaydi. Buni Alloh Taolo o'zi aytgan, voqolilun min ibadi yashshakur. Bandalarim orasida shukur qiluvchi zotlar juda ozdir. Ana, odamlarning ozgina qismi shukur keltirar ekan. Unda odamlarning ko'pchiligichi? Odamlarning ko'llari haqida nima degan Alloh? Odamlarning khovplari aktarun nas deganda la ya shukrun deydi. Shukur keltirmaydi. Odamlarni ko'plari la ya aqilon, aql ishlatmaydi deydi. La ya tafakkurun, fikr yurgizmaydi deydi.la ya aqilon, ahlini ishlatmaydi, deydi. O'shaning uchun odamlar nima qilyapti degan savolni qo'ymaslik kerak musulmon odam.

Qanaqa qilishyapti? To'ydi o'zi. Zakiz chi? Odamlar qayerda to'y qilyapti, qaysi restoranda? Biz odamlarni fikr bilan yuradigan bo'lib qolganimizdan keyin orqaga ketishni boshladik. Tushunarlimi? Mayli kiymasin boshqalar. Menga yoqyaptimi, bo'ldi, kiyivoraman. Muhimi, dinimga teskari bo'lmasa, dinimga zid bo'lmasa bo'ldi. Tushundinglar a? Odamlarning ko'plari deganda Alloh Qur'ondan, aqlini ishlatmaydi, fikr qilmaydi, shukur keltirmaydi deydi. Shukur keltiradigan bandalar ham oz bo'ladi deydi.

Mana endi shukurga tegishli bir qancha oyatlarni o'qiymiz. Tushunyapsizlarmi nima haqida gap ketayotganini? A? Nima haqida gaplashyapti? Hoy, jon ukalar, kattalar u esini yig'ib bo'ldi. Bular mulla bo'lib bo'ldi hayotda burniga suv kiraverib, qoqilaverib, oxiri mulla bo'lib qoldi bular.

Yoshlar, mana ikkita narsani tuzatinglar. Bu ma'ruzalardan ko'zlangan maqsad shu. O'lchov tushunchani tuzatinglar, hayot haqida fikrlashni tuzatinglar. Qur'on va hadis aytgan narsa to'g'ri, bunga zid bo'lgan narsa noto'g'ri. Kim aytayotgan bo'lsa ham bu yoqda. Quloq solib tursangiz, bachavozlik katta narsa, yaxshi narsa bo'lib qoldi g'arbda. Oila qurmaslik, svobodniy otasheniya erkak ayolni o'rtasidagi. Bu madaniyat belgisi deb ko'rsatadi u yoqda. O'ttiz ga kirmasdan uylanishlik kulgiga sabab u tomonlardan. Unaqa narsani tinmasdan presslab miyamizga qo'yamiz deyishyapti. Diningizni ushamasangiz, iymoningizni ushamaydigan bo'lsangiz, shularni bittasi bo'lib qolasiz.

Demak, bu darslar siz bilan bizni o'lchov va tushunchamizni tuzalishiga sabab bo'lishi kerak. Ma'qulmi? Astadilillah, ya ayyuha'lladina amanu kulu min toyyi batima rozaqu nakum, vashshukrulillahi inkun tun i yahyu ta'budun. Ey mo'minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar, va agar Allohning o'zigagina ibodat qilguvchi bo'lsangizlar, u zotga shukur qilingiz. Ya'ni ibodatingizni to'g'ri bo'layotganligini bitta belgisi shokir ekanligingiz. Alloh bergan ne'matlarga shukur keltiryapsizmi? Demak, sizni ibodatlaringiz to'g'ri olyapti.

Ikkinchi oyat. Menga shukur qilinglar, menga kofir bo'lmanglar. Istaydubillah. Fazukoruniy abikurukum va shukruli vala takfuru'm. Bas, meni eslanglar, men ham sizlarni eslayman va menga shukur qilinglar, menga kofir bo'lmanglar. Keyingi oyat. Alloh taolo shokirlarni maqtadi. Istaydubillah. Inna ibrohim akana ummatan qonitan lillahi hanifa, valam yaku minal mushrikin. Sha keronli an'umixi ijita bahu va hadahu ila siroting mustaqim. Albatta ibrohim allohga itoat qilguvchi, haq yo'ldan toyilmagan bir peshvo imom edi. U mushriklardan emas edi. U allohning ne'matlariga shukur qilguvchi edi. Shu sababdan alloh uni payg'ambarlikka tanlab, to'g'ri yo'lga hidoyat qildi. Shukur keltirganligi uchun payg'ambarlikni tanladi deyapti alloh.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o'zida bor bo'lgan kichkinagina ne'matni ham ulug' ne'mat deb qabul qilardilar. Bir piyola suv ichsalar, alhamdulillah der edilar. Parvardigor senga hamdu sano bo'lsin. Yangi kiyim kiysa, uyiga kirsa, ahli oilasini ofiyatda ko'rsa, bir kunlik ovqati bo'lsa, alhamdulillah, o'zingga hamdu sano bo'lsin, shukur bo'lsin derdi. Ey, uyiga kirsangiz, uyingizdagilarni xotirjam turishligi, sog'lom o'tirishligi, bilasizmi qanaqa ne'mat?

Xotirjam uyingizga borasiz a? Ko'nglingiz yuz foiz xotirjam, uyingiz joyida turibdi, o't ketgani yo'q, o'g'ri urib ketgani yo'g', bola chaqasi o'tiribdi. Bilasizmi shuni ne'matligini? Mana hozir har yerdan keldinglar a? Kim adrdan tushdi, kim boshqa yerdan keldi? Piyoda ketishni tasavvur qiling da hozir. Boshinglarni ne'matligini esdan chiqarib qo'yganmiz. Yo to'g'ri aytyapmanmi? To'ppa to'g'ri aytyapman.

Chiqsangiz oyoq kiyimingizni joyida turganligi ne'matmi, ne'mat emasmi? Yo'q, bo'pti, o'g'irlab ketmasin. Bir poy u yoqqa, bir poy bu yoqqa tashlab qo'yibdi. Tasavvur qiling, istashdi endi. Patinkangizni topishingiz ne'mat ekan a? Onovuz stupenkadan qoqilmasdan tushib olishingiz ne'mat ekanda? Borsangiz mashinangizni o'rnida turganligi va bitta bossangiz yurganligi ne'mati ekanmi? Tushunyapsizlarmi ne'matni?

Voyin taud dunyo matallohila tuh suhada. Agar sanasanglar, dedi Allohu Taolo, sanasanglar adog'iga yetkaza olmaysizlar ne'matni. Sanab tugata olmaysizlar. Endi shukrni keltirishlik o'n marta, epla olmaymiz uni. To'g'rimi? Ne'matni ko'pligidan sanashga kuchimiz, qurbimiz yetmasa, shukrini keltirishlikka tem bolee yetmaydi.

Aytyapmiz ku, sanasang tugata olmaysan deyapti. Parvardigor o'zingga hamda sano bo'lsin. Har bitta holatim uchun, har bitta lahzam uchun. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qozoiy hojatdan chiqib aytardilar. Alhamdulillah, illatih adaha va annih ma yu' diniy va abu qolih ma yon fauniy. Hojatxonadan chiqib payg'ambarmiz aytardilar, menga aziyat yetkazadiganni mendan ketkazgan menga foyda qiladigan narsani tanamda qoldirgan allohga hamdu sano bo'lsin derdilar.

Yaxshilab ovqatlandingiz, mazza qilib yedingiz, rohatlandingiz. Endi ana shu yeganingizda chiqib ketishligi ne'matligini bir o'ylab qo'ying da. Ichingiz qotib qolsa nima bo'ladi? Tamom bo'lasiz. Endi buni aksi. Oshqozoningizda bir narsa turmay qo'ydi. Tinmay ichingizni o'tyapti. Qarang, ikkita narsani o'rtasida turibmiz ekana. Ichimizni qattiq qolishi va ichimizni tinmay o'tishi. Ikkovimizni o'rtasida ekanmizmi, mononasini ham, mononasini ham yo'qligiga alhamdulillah deyishimiz kerakmi?

Yeganni badanimizga keragi hazm bo'lib oshchasini chiqib ketayotganligi, bu ham ulkan ne'mat emasmi? Shuning uchun shukur qilish kerak, birodarlar. Yana Payg'ambarimiz aytardilar, alhamdulillah illa di ada qoninglar data va abu qofiya quvvata va adhaban ni ada. Menga uning lazzatini toptirgan ovqatni, tanamda uning quvvatini qoldirgan va uning aziyatini mendan ketkazib qo'ygan Allohga hamdush onalar bo'lsin.

Demak, Ibrohim Allohning ne'matlariga shukur qilguvchi edi. Shu sababdan Alloh uni payg'ambarlikka tanlab, to'g'ri yo'lga hidoyat qildi. Aqlu qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malakati huysalluni alannabiy, ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vasallim mutaslima va sallamu alaykum va rahmatulloh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.