MMaviza
Ilm manzilatiTekshirilgan27 daq

03.2023 15-QISM / ILM MANZILATI / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ILM MANZILATI / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
27:12

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen ilmin. Vassalatu vassalamu ala shirofil mursalin. Va ala alixiy va ashabihiy ajma'in. Ummabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Biz oshkora va maxfiy ilmni suhbat qildik. Oshkora ilm bu inson o'qib, o'rganib, ko'rib, kuzatib, eshitib, fikr qilib topadigan ilm. Endi maxfiy ilm Alloh tomonidan insonlarni qalbiga beriladigan, Alloh Taoloning in'omiki, hammaga berilmaydi. Bu ilmga ega bo'lishlik uchun riyozat kerak. Oshkor ilmni o'rganishlik uchun kitob kerak, domla kerak, takror kerak, yodlash kerak, mutolaa kerak, ekzamen kerak. Mana shu mehnatni qilsak, bu ilm bizga yuqadi va mana shu mehnatingizning samarasi miyamizda qoladi. Ammo Alloh Taoloni tanitadigan maxfiy ilmni o'rganishligi uchun birodarlar, bu narsalar kifoya qilmaydi. Insonga riyozat kerak. Riyozat bu inson o'zini nafsini, jonini, u xohlayotgan narsalardan tiyishligi, jonini qiynashligi, jonini mehnatga solishligi, shariy hukmlarni ado qilishlikka majbur qilishligi.

Riyozat. Bu odamlar ko'rishi uchun qilinadigan amalmas. Odamlar bilib qo'yish uchun tutiladigan ro'za, odamlar ko'rib qo'ysin deb o'qiladigan namoz, odamlar xabardor bo'lsin deb qilinadigan saxovatmas. Riyozat hech kimga ko'rsatilmasdan qilinadi. Xolis Alloh uchun qilinsa, mana shu ish shunda riyozat deyiladi. Xolis ehson qildingiz, hech kimga bildirmadingiz. Birov maqtamadi.

Keyin takror qilishlik qiyin bo'ladi. Ha, oshkora qilganingizda sizni yana shu ishni davom etkazib ketishligingizga turtki bo'ladigan odamlarda duosi bo'ladi, odamlarni ko'z yoshlari bo'ladi,odamlar qilgan yaxshiligingizni ko'rib yig'laydi. Bu sizni keyin shu ishni yana qilishlikka undaydigan omil. Ammo, xuddi shu ishni hech kimga ko'rsatmasdan qilsangiz, boyagizni ilhomlantiradigan, shijoatlantiradigan narsalar yo'q bo'lsa odamlar tomonidan, yana takror shu narsani qilishlik qiyin bo'ladi. Demak, xolis Alloh uchun qilingan bo'lsa riyozat, yana davom etkazib yuborasiz bu ishni.

Pokiza qalb, toza jasad Alloh uchun xolis riyozatda bo'lishi kerak. Toza jasad, xoramli qimadan pokiza. Toza qalb, gina, kudurat, adovat, g'iybat, qalb kasallardan pok bo'lasiz. Alloh uchun xolis riyoza, shundan keyin oliy himmat kerak.

Munofiqlar ham namoz o'qishgan birodarlar. Ammo ular namozga yalqovli bilan turishgan. Odamlarga ko'z ko'z qilishlik uchun riyoga namoz o'qib ishgan. Alloh Taoloni ko'p zikr qilishmagan va muhabbatsiz o'qishgan namozni. Qarang, namozni o'qiyapti, biz ham o'qiyapmiz. Lekin mo'min odamni, Allohga oshiq bo'lgan mo'min bandani namozi bilan munofiqda namozini farqi bor. Biz qalbini bilmaymiz, mana shu yerga kirib namoz o'qib chiqib ketaveradi, bir xil devoramiz hammani. Ammo aslida bir xil bo'lmaydi odamlar.

Oliy himmat bilan namoz o'qiysan. Xolis bo'lasan. Shunda Alloh senga boshqalarga bermagan narsani beradi, boshqalarga eshittirmagan narsani eshittiradi, boshqlarga ko'rsatmagan narsani seni ko'zingga ko'rsatadi. Xanzala radiyallohu anhu. Ko'chaga chiqdi. Munofiq bo'lib qoldi Xanzala, munofiq bo'm qoldi Xanzaladi deb baqirib qoldi. Abu Bakr Siddiq ko'rib, radiyallohu anhu, nimaga bunaqa deyapsiz dedi.

Aytdiki, Rasulullohni huzurida turganimda bir boshqacha holatda bo'laman. Rag'bati oxiratga bir kuchli, Allohga muhabbati bir baland bo'lgan, ko'tarilgan yuksak holatda. Uyimga kirganimda boshqacha bo'lib qolaman. Munofi bo'lib qolmadimikin deb xavotir olib chiqdi. Abu Bakr Siddiq eshitib turib, menda ham shunaqa bo'ladi dedi. Bizda ham shunaqa boladi.

Allohni zikri, nafsimizni tarbiyasi, tazkiyatun nafs haqida eshitganimizda xalqlarimiz boshqacha holatda bo'ladi. Lekin uyga borganda boshqacha bo'lib qolamiz. Abu Bakr Siddiq ham menda ham shunaqa bo'ladi dedi. Yuring, Rasulullohni oldiga. Kelib, Rasulullohga holatini aytishdi. Shunda Rasululloh aytdilar: lav annakum takununa ala kunli halin alal halin lati an tum alayha indi la safahatqu mulmalayi katubiyaku fihim va la zaharatqum fiy buyutikum.

Rasululloh aytdilar, agar sizlar har bir holatingizda meni oldimda turgandagi holatda bo'la olganingizda edi, malakalar sizlar bilan qo'l berib ko'rishgan va sizlarni uylaringizda ziyorat qilgan bo'lar edilar. Rasulullohni oldida turgan paytda iymoni qanaqa bir ko'tarilgan, iymoni bir oliy maqomga yetgan. Agar doim shunaqa yurolaganinglarda farishtalarni ko'rardinglar. Ular kelib qo'lini berib ko'rishar edi, uylarga borib ziyorat qilardi.

Demak, insonni ruhiy holati, iymoniy holati mana shunaqa ko'tarilib tushib turar ekan. Gohida yuksalar ekan, gohida pasayar ekan, susayar ekan. Gina kudoratdan, hasaddan, kibrdan, xudbinligidan pok bo'lgan qalb. Harom luqmadan, harom moldan toza jasad, oli himmat, itoat, riyozat. Agar mana shu narsalar sen bilan menda bo'lsa, birodar, Alloh azza va jala o'zining ahvoblariga, habiblariga, do'stlariga bergan shu maxfiy ilmni beradi, senga ham nasiba beriladi.

Himmat. Himmat, nima degani? Saxovat, to'g'rimi? Himmat nima? Bizda oliy himmat inson desa faqat nima tushuniladi? Saxovat tushuniladi. Ha, demak faqatgina boy odam oliy himmat bo'lishi mumkin ekanda unda. Ulug'ul himma deyiladi arab tilida, oliy himmatlik. Bizda tushunchada oliy himmat faqat boylar bo'lishi kerak, kambag'allar, to'g'ri, masalan, faqat pulga taqalsa oliy himmatlik, kambag'alarda bunga imkoniyat yo'q. Birodarlar, oliy himmat degani oldingizga yuksak oliy maqsadni qo'yishlik.

Masalan, masalan, kurashdan rayon chempioni bo'lsam bo'ldi dedimi bittasi? Bu oliy himmat emas bu. Olimpiyskiy o'yinlarda, olimpiya o'yinlarida men birinchi o'rinni olaman, desa mana shu oliy himmat bo'ladi. Oliy himmat maqsadni eng olisini ko'zlashlik. Sport bo'lsin, tijorat bo'lsin, ilm bo'lsin, hunar bo'lsin, siz yetishingiz mumkin bo'lgan eng oliy maqsadni ko'zlashlik oliy himmatli deyiladi.

Ambiyolarning himmati ikki narsaga taalluq topgan. Birinchisi, al aliy yul a'la bo'lgan alloh taologa taalluq topkan, hamda haloyiqning salohiyatiga taalluq topan. Martabez qanchalar yuksalgani sari himmatingizni doirasi ham kengayib boradi. Martabez, Allohni huzurida martabez qanchalik yuksalgan sari, himmatingizni doirasi shunaqa kengayib boradi. Ya'ni, misol, bir baland toqqa ko'tarilishni boshladingiz. Ko'tarilganingiz sari ko'zingiz kengroq maydonni ko'radigan bo'ladi. Ko'tarilganing sari maydon kengayveradi. Tog'ni cho'qqisiga chiqqaningizda esa juda ham katta masofani ko'rasiz. Xuddi shunga o'xshagandek, Allohga yaqin bo'lganingiz sari birodar, himmatingizni doirasi kengayib boraveradi.

Allohga yaqin banda dunyoni mayda chuyda masalalar bilan ovora bo'lmaydi. Kelib ketadigan o'tkinchi dunyoni matohiga siqilavermaydi. Hayotini, dunyoni arzimagan matohiga sarib qilib yubormaydi. Allohni rizosi degan niyatda, himmatda, maqsadni oldiga qo'ygan bo'lsa, bu yoqadagi narsalarga parvo qilmaydi.

Oliy himmat nima ekan? Oliy maqsadni oldiga qo'yishlik. Allohdan uzoqlashganingiz sari pastlab borasiz. Binobarin, ko'radigan doirangiz ham torayib boradi, yerga tushganingizdan keyin oldingizdagi narsadan boshqa narsani ko'rmay qo'yasiz. Himmati oliy bo'lmagan insonning g'ami nima? Uyim, joyim, pulim, qornim, huzur halovatim. Holim yaxshi. Boshqalardan ishim nima? Mana shu himmatsiz odamni ishi. Ko'chani boshida aroq sotyapti. Menga nima? Menga tegmayapti yu. Mana shu himmati yo'q odam bo'ladi.

Qo'shni namozga chiqmayapti, talabaga chiqmayapti. Qo'shno jumaga chiqmayaptu. Menga nima, o'zim yaxshiman u. Yo'q, oliy himmat unaqa odam bo'lmaydi. Yaxshi gapiradi. Jumadan olib borib yur ikkita somsa beraman deydi, to'rt martishga olib keladi. Yo'lini qiladi shu jumaga olib kelishlikka. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, Abu Zarg'uf Foriy roziyallohu anhudan rivoyatda inniy aro ma'la taroun va asmau ma'la tasmarun. Men deyaptilar Rasululloh, sizlar ko'rmagan narsani ko'raman, sizlar eshitmagan narsani eshitaman. Nima uchun?

Chunki u zot oliy himmat egasi. Yer yuzida bo'lishi mumkin bo'lgan eng oliy himmatni egasi. U zot sollallohu alayhi vasallam Allohni rozi qilishlik maqsadi. Bitta maqsad shu. Shuning uchun Alloh Taolo bu mandagi boshqalarga bildirmagan, boshqalarga ko'rsatmagan, boshqlarga eshitirmagan narsani eshittirdi. Aytyapti yu, sizlar ko'rmagan narsani ko'raman, sizlar eshitmagan narsani eshitaman.

Himmati oliy bo'lgan inson qanaqa bo'ladi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Toifga chiqib, toshbo'ron bo'lib qaytdilar. Toshbo'ron qilishdi, xorlashdi. Qurishning saidiga shunaqa muomala qilishdi. Rahmat tanlilar alamin bo'lgan Payg'ambarga shunaqa muamala qilishdi, u zot sollallohu alayhi vasallam parvo qilmayaptilar. Ularda qarg'ash, ulardan xafa bo'lishmas, aksincha. Aytyaptilarki, Allohimi hidi qavmiy innohum la ilaha alamun, parvardigor qavnomni kechirgin. Bular nima qilayotganini bilishmayapti.

Agar siz himmatingiz oliy bo'lsa, Allohni nazdida hurmatingiz baland bo'lsa, yomon ko'rmaysiz. Rahmingiz keladi. Payg'ambarimiz toshbo'ron qilganlarni, toshbo'ron qugan mushriylarni Payg'ambarimiz qarg'amasdan, Parvardigor qovmin deyapti. Arabada da ular, qavmim. Ularni kechirgin, zero ular nima qilayotganini bilmayapti. O'zingizni bilib qo'ying, qaysi maqomdasiz? Yomon ko'ryapsizlarmi foz u foz yurganlarni? Yoki rahminglar kelyaptimi? Agar faqat yomon ko'rayotgan bo'lsak, hali biz ancha past darajada ekanmiz. Endi rahmimiz kelishni boshlaganda, demak ko'tarilgan bo'lamiz.

Har bitta maxluqqa nisbatan qalbingda shafqatni his qilmayotgan bo'lsang, bilgingki bu yomon martaba. Ilhom. Bu xos fahm, xos farosat. Ilhom. Nima bu? Ilhom xolis qilingan ibodatning mevasi. Ilhom nima? Ilhom Alloh bilan sodiq bo'lganingni mevasi.

Birodarlar, Allohni kitobini anglashlik ulug' ne'mat. Oyatlarini haqiqatini tushunishlik, sahih dalolatini bilishlik, bu ulug' in'om. Mana amila bima alima avra sohullohu ilma ma'lam ya'lam. Kim bilgan ilmiga amal qilsa, Alloh unga u bilmagan narsalarning ilmini ato qiladi. Mana shu darsimizni va bundan keyingi ko'p darslarimizning birodarlar mavzusi mana shu hadis atrofida. Bilgan ilmimizga amal qilib olaylik da. Alloh Taolo qolgan, biz bilmayotgan narsalarni o'rgatadi.

Agar inson jasadi harom muhmadan pokiza bo'lmasa, qalbigina kudurat, shunga o'xshagan qalb kasallardan omonda bo'lmasa. Qalbida haloyiqqa nasihat, shafqat bo'lmasa , riyozat bo'lmas a, xolis ibodat bo'lmas sa, bu ilmdan umidvor bo'lmasin. Oshkor ilmni o'rganamiz, halol haromni o'rgana miz, unga amal qilamiz va biz hozir aytgan narsalarni qo'shamiz, shunda siz bilan bizga alloh taolo ana shu ilmini ato qiladi.

Basiroq. Alloh Taolo qo'limda aytadi, qul hadixi sabili, aduru ila allohi ala basiroting. Ey Muhammad alayhissalom, ayting, mana shu islom mening yo'lim. Allohga da'vat qilaman basiroqqa ko'ra. Basiro nima? Kimdir Allohni diniga shu basirosiz da'vat qilayotgan bo'lsa, mana shu oyatning nafsiga, dalolatiga ko'ra, bunday odam Rasulullohga tavba emasligi ma'lum bo'ladi. Basiro nima.

Basiro murodi maqsadni anglashlik. Bu borliqdagi vujudimizning daqiq falsafasini bilishlik. Basiro nima? Hayotning haqiqatini bilishlik. Basiro nima? Insonning bu hayotga kelishlik sirini bilishlik. Basiro nima? Koinot, hayot va inson haqidagi haqiqatni bilishing. Basiro nima, qayerdan kelding, qayerga ketasan, dunyo hayotidagi eng katta yutuq nima? Shuni bilishing. Sen dunyoda qilishing mumkin bo'lgan eng katta yaxshilik nima? Mana shu basiironni nimaligini tushunishliging.

Dinga da'vat qilyapti, dinni orqadagi maqsadini tushunmaydi. Hikmatini tushunmayda, dinga da'vat qulaveradi. Va uning da'vati teskari natijani berib turaveradi. Mana shu dinni orqasida ko'zlangan maqsadni, hikmatni tushunishlik birodarlar nima deylar ekan? Basiiro deylar ekan. Hikmat. Hikmat haqida shoshilmasdan fikr qilishimiz kerak.

Istadibillah, yutili hikmataman yasha, va man yutili hikmata faqat u tiya hayron kafiro. Alloh taolo hikmatni o'zi xohlagan bandaga ato qiladi. Endi Alloh kimga shu hikmatni ato qilgan bo'lsa, juda ham katta xayriyatni, juda ham katto yaxshiligini beribdi. Hikmat Qur'onda ikki xil keladi. Mifrat alohida holatda keladi va kitob so'zga ulanib keladi. Agar hikmat so'zi alohida kelsa, uni ma'nosi bir xil. Agar hikmat so'zi kitob so'ziga ulanib kelsa, ma'nosi yana bir xil.

Agar hikmat so'ziga alohida kelsa u nubuvvat ma'nosida bo'ladi. Ibn Abbos aytadi, Qur'on ilmi uning nosixi va mansuhi, muhkami mutashabixi, avvalo keyini, haloli va haromi, shunga o'xshash narsalar hikmat deydi. Zahok aytadi, hikmat Qur'on va uni fahmlash. Mujohid aytadi, hikmot Qur'on, ilm va fiqh. Ayrim ulamolar aytadi, hikmat so'z va amaldagi to'g'rilik, savob. Yana aytilinadi. Hikmat nima? Har bitta narsaning ma'nosini va uni haqiqatini tushunishlik. Hasan aytadi, hikmat dinda qo'rquvchi bo'lishga olib boradigan narsa.

Agar hikmat so'zi kitob so'zi bilan birga kelgan bo'lsa, bu o'rinda sunnatni bildiradi. Yualli muhimul kitaba va hikmat. Ularga kitobni va hikmatni o'rgatadi. Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamning asosiy vazifasi odamlarga ular uchun nozil bo'lgan narsani bayon qilib berishlik. Hikmat haqida aytilgan eng go'zal ta'riflardan biri Imom Mujohidning so'zi bo'ladi. Hikmat nima? Hikmat haqni tanish va unga amal qilish. Haqni tanish, va unga amalqilish. Shu odam hikmatli odam, shu odam hakim odam bo'ladi. Chunki inson haqni tanib turib amal qilmayotgan bo'lishi mumkin da. Yoki bo'lmasam, haqni tanimadi, lekin amal qilyapman deb o'ylaydi.

Siz hakimmisiz? Sizda hikmat bormi? Ikkita narsa bo'lishi kerak. Haqni taning va unga amal qiling. Hikmat ikki xil bo'ladi. Ilmiy hikmat, amaliy hikmat. Ishlarning botiniga qarash, oqibatini ko'rish, satrlar orasini anglash, dalolatlarni tushunishlik, maqsadni anglash, natijalarni bilish, bu ilmiy hikmat. Ana shu ishlarni botiniga qarish, oqibatni ko'rish, satorlar orasidagi narsani anglash, dalollatini tushunish, maqsadini bilish, natijalarniki xabardor bo'lish.

Amaliy hikmat nima? Har bir narsani o'zini o'rniga qo'yish, o'zining hajmiga qo'y ish, qo'shmasdan, oshirmasdan, kamaytirmasdan, shoshiltirmasdan, kechiktirmasdan vaqtida qilish. Hikmat, kerakli ishni chiroyli suratda vaqtida bajarishga aytilinadi. Kerakli ish ni, hamma ishni emas, kerakli ishini chiroyli suratdan, eplama emas, chiroyli suratddan va har qachon emas, vaqtida bajarish.

Hattoki birodarlar, o'rganilgan har bitta narsani aytaverish ham hikmatsizlik. Nima degani bu? Kitobni o'qidingiz, ilmdan xabardor bo'ldingiz, ammo bu qavm ko'tara olmaydi uni hozir. Uni aytib bo'lmaydi. O'qigan, o'rgangan ilmingizni hammasini gapiraverish ham hikmat emas, chunki bir majlis bor, a ni ko'tara olmaydi. Ikkinchi majlis bor, b ni ko'tara olmaydi. Aytdik ku, da'vatdagi hikmat, kimga, nimani, qayerda, qachon, qanday qilib gapirishni bilish, da'vatning hikmati.

Man tolaba shshay yaqobla avanihi, u qiba behaymanihi. Mana shu yoshlarga tegishli narsa, ozgina kitob o'qidik, sal gapirishni o'rgandik, ozgina ilmdan xabardor bo'ldik, besh o'nta odam orqamizdan erchidi. O'zimizni olim his qilib qoldik. Rahbarlikni, boshliqlikni, shaharni domlasi bo'lishlikda da'vo qilib boramiz. Hikmat aytilinyapti, kim bir narsani talab qilsa, u narsaning hali vaqti kelmasdan turib, o'sha narsadan mahrum bo'lishligi bilan balolanadi.

Hikmat nima? Hikmat kimga, nimani, qayerda, qachon va qanday qilib aytishni bilishlik. Ahmadga falon narsani aytish kerak, ammo zaydga bu narsani aytib bo'lmaydi. Endi hikmatni qarshisida nima turadi? Hamoqat turadi. Ahmoqlik turadi, tentaklik turadi.

Bu darsimizdan ko'zlagan maqsadimiz ilm olinglar deb qo'yishlar emas. Ilmga undab qo'yishgina emas, balki ilmni ziyoda qilishga undash. Yana bilmagan narsang haqidagi ilm hikmat deyiladi. Qarang. Nimaga kofirlarni g'arbda hayoti zo'r, musulmonlarni hayoti nochor? Mana buni hikmatini tushunmaysiz. Buni sirini hikmatini tashlaysiz. Orqasidagi hikmatni tushunmaganligingiz uchun siz hali yerda o'ylanib, siqilib, o'g'il yurasiz.

Shu savolni beradi. Nimaga musulmonlar Allohni aziz bandalar bo'lsa, musulmonlar orqada qoloq desa, hali yerda indolmay qolasiz. Endi qarab turing. Agar sizni nazaringizda bir inson boy badavlat yashayotgan bo'lsa, demak Alloh uni yaxshi ko'rgan bo'ladi. Agar kambag'al bo'lsa, buni aksimi? Agar shunday fikrda turgan bo'lsangiz, sizda ham hikmat yo'q ekan.

Chunki Alloh bir bandani yaxshi ko'rganligini belgisi, bu dunyo matohi emas. Fir'avnga o'zini zamonidagi eng katta saltanat berildi. Yaxshi ko'ramidi Alloh Fir'avnni? Lekin bu yerda Qorun, Muso alayhissalom qomidan kofir edi. Eng katta boylikni berdi zamonasidagi. Nima, Alloh Qorinni yaxshi ko'romidi? Yo'q.

Ha, endi tushundingiz hikmatni. Alloh dunyoni berganligi shu bandani yaxshi ko'rganligi emas ekan. Alloh yaxshi ko'rtgan bandasiga nimani beradi? Valamma balog'a ashuddahu ataynahu hukman va ilma kadalika nadzil muhsiniy. Qachoniki u balog'atga yetgach, biz unga hikmatni va ilmni ato qildik. Biz muhsim bo'lgan bandalarimizni shunday mukofotlaymiz.

Yaxshi ko'rgan bandasiga ilm berar ekan, hikmat berar ekan. Muhsim bo'ling, senga ham shu hikmatni alloh taolo taolo qiladi. Chunki qo'lingdagi dunyoying har qancha katta olmasin, birodar, o'lganingda ajraysan. Dunyoying qoladi. Ammo ilm, hikmating bo'lsa, ilm va hikmating bo'sa, o'lganingda ham bu narsa senga asqatadi. Sen bilan qabringga ham kiradi bu ilming, hikmating. Oxiratda ham sening yoningda turadi. Eng oliy martaba, birodarlar, ilm martabasi. Alloh taoloni tanishga olib boradigan eng ulug' martaba. Agar Allohni tanigan bo'lsang, sen hamma narsani taniring.

Alloh taolo aytadi: ya ibna adam, utlubniy tajidniy. Hey odam bolasi, meni izla, topasan. Fayda vajattani vajatda kunlashay. Agar meni topsang, hamma narsani topding. Agar meni topa olmasang, hech narsani topa olmading. Men senga hamma narsadan ko'ra mahbubroqman. Kim aytyapti buni? Meni topsang hech narsani yo'qotmading. Meni topsang hechnasani yutkazmading. Agar menitopmagan bo'lsang, biror narsaga ega bo'lganing yo'q.

Ali ibn abit olib aytadi, aqli bor inson o'ylab ko'rsin. Alloh taolo Muhammad alayhissalomga dunyo matohini bermagan vaqtida, Muhammad alayhi assalomni Alloh xor qildimi yoki u zotga ikrom ko'rsatdimi? Bermaganda aziz qildimi, xor qildimi? Aziz qildimi? Agar kimdir xor qildi desa, aniq yolg'on gapiribdi. Agar ikrom ko'rsatsa desa, va bu to'g'ri gap. Agar Alloh payg'ambarimizga dunyo matohini bermasdan, payg'ambarimga ikrom ko'rsatdi desa, dunyo matohidan boshqa narsani olmagan odamni Alloh xor qilibdi degani bo'ladi.

Tushundingizmi? Qo'lida dunyo matohidan bo'lmasa hech narsa yo'q, na iymon bor, na solih amali bor. Agar faqat dunyo matohi qo'lida turib boshqa hech narsasi bo'lmasa, Alloh shu bandani nima qipti? Alloh bu bandani xor qildi. Muhammad alayhissalom yigirma besh yoshida o'zidan o'n besh yosh katta bo'lgan hadich onamizga uylandi. Yigirma beshinchi yil hayotgacha edi, mana shu onamiz bilan.

Payg'ambarimiz boy emas edi. Uyi kichkina, dunyo matohi yo'q. Lekin maqsad u dunyo matohi emas edi da. O'shaning uchun saodatli edi u zot sollallohu alayhi vasallam. Dunyoga kelishdagi asosiy maqsadni anglash kerak, birodarlar. Asosiy hikmat shu. Ollohni topgan banda nimani yo'qotibdi? Ollohni topmagan banda nimani topibdi? Bechora dunyo ahillari, dunyoga kelib ketishdi, lekin dunyodagi eng shirin narsani, eng go'zal narsani tortishmadi, bilishmadi. Nima edi u? Allohni tanish edi, unga oshiq bo'lish edi, unga intilish edi. Birodarlar, bu darsimizda faqatgina ilm olinglar demoqchi emasmiz.

Aytmoqchi bo'lganimiz, ilmni ziyoda qiling. Jannat eshiklari ochiq. Unga harakat qilgan odamlar uchun bu eshik ochiq. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar, ishtah qutul yaxbabi. Ahvoblarimni, ya'ni qalbimga mahvib bo'lgan ummatlarimni ko'rishlikka mushtoq bo'ldim, dedilar. Sahobalar avvalasina ahvabuka. Axir biz sizni qalbingizga mahbub bo'lgan odamlar emasmizmi? Biz sizni habiblaringiz emasmizmi? Rostlaydilar. La. Antum as habi. Sizlar meni asxoblarimsizlar. Hamsuhbatlarimsizlar. Ahababi unasun ya atunofi axiriz zaman. Mening mahbublarim, mening ahvoblarim oxir zamonda kelishadi. Al qobidu minhum ala dinixika qobidi ala jamr. Ulardan dinini mahkam ushlagan odam xuddi cho'g'ni ushlagan odamdek bo'lib qoladi.

Ajruhimka ajri sabain. Ularning ajri yetmishta odamning ajrichalik bo'ladi. Sahobalar ularning yetmishtasining ajri bizni bittamizni ajrimizchalik bo'ladimi? Yoki ularning bittasini ajri bizni sahobalarni yetmishtamiz ajrimizchalik bo'ladimi? Deganida, ularning bittasi ning ajri sizlarning yetmishtanglarni ajri bilan teng bo'ladi dedi.

Nimaga? Nimaga deb so'rashdi sahobalar. Aytdilarki, li annakum tajiduna alal xoyriy mevonan vala yajidun. Chunki sizlar haqni ustida yordamchinglar bor. Men turibman sizlarga yordamchi bo'lib haqni ustida. Ular haqni ustida turganida ularga yordamchisi bo'lmaydi. Men vafot etgan bolaman dedi.

Ana shu zotning ahvoblaridan bo'lishiga Alloh Taolo hammamizga nasib qilsin. Bu narsa birodarlar faqatgina ilm bilan yo'l, ilm yo'li bilan bo'ladi. Ilm yo'li bilan bo'ladi, ilm yo'ri bilan bo'ladi. Ilmimiz qancha ko'paygan sari, basirotni hikmatni tushunganimiz sari, Parvardigorimizga darajamiz ko'tarilib yaqin bo'lganimiz sari, himmatimiz oliy bo'ladi. Va boshqalar ko'rmagan narsani ko'ramiz. Boshqalar tushunmagan narsani tushunamiz. Boshqlarga Alloh bildirmagan narsalarni bilamiz.

Alloh aziz va jalala barchalarimizni ana shu ilmdan, hikmatdan, basirotdan bahramand qilgan bo'lsin. Aqul u qovli, ha davos tafirullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish