Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil al amin. Vassalatu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alixiy va ashabixiy ajba'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Tazkiyatun nafs, silsila darslarimizdan istiqomat manzalatini, istiqomat maqomini dars qilayotgan edik, bugun davom etkazamiz. Istiqomma haqida aytilgan oyatlarning uchinchisi. Uchinchi oyat. Astaydubillah, qul innama ana basharaun miflukum yuha ilayya annama ilahukum ilahum vahid, fastaqimu ilayhi vostag'firuhu vo voy lun il moshiniki.
Ey Muhammad alayhissalom, ularga ayting, hech shak shubha yo'qki, men ham xuddi sizlar kabi bir odamdirman. Menga robbingiz yolg'iz Allohnin o'zi ekani vahiy qilinmoqda. Bas sizlar uning o'ziga to'g'ri toat ibodatda bo'lingiz, mustaqim bo'ling, undan mag'firat so'rang, mushriklarga esa halokat bo'lgay. Mana endi bu oyatda fastaqimu ilayhi, u uchun mustaqim bo'lling deyildi. Kishini mustaqim bo'lishligi, to'g'ri bo'lishligi Alloh uchun bo'lishligi kerak. Mustaqimsiz Alloh uchun. Odamlarni ko'ngli uchun, biror bir mukofotni qo'lga kiritish uchun, falonchilarga yoqish uchun, ularni ko'nglini ovlash uchun emas. Chunki mustaqil bo'lsangiz, bular ham bor.
To'g'risiz, tarozidan urmaysiz, rozi gapirasiz, mustaqilsiz. Agar shu sifat sizda bo'ladigan bo'lsa, odamlar tomonidan ham sizga foyda bo'ladi. Hurmat qiladi, ishonadi, nasiyaga beradi, ancha muncha narsani nima qiladi? Ustupka qilib qo'yadi bizni tilda. Endi sizni mustaqil bo'lishligingiz, istiqomingiz Alloh uchun bo'lishligi kerak, odamlar uchun emas. Fastaqimu ilayhi. U uchun mustaqil bo'llanglar.
Biz, birodarlar, qanchalar Alloh Taolo uchun o'zimizni xor tutsak, Alloh Taolo bizni shunchalar ko'taradi. Alloh uchun qanchalar sabr qilsak, Alloh bizni shunchalar aziz qiladi. Qanchalar Alloh Taologa biz itoatda bo'lsak, Alloh Taologa qanchalar bo'ynini suysak, Alloh Taolo boshqalarni siz bilan bizga bo'ynini sindirib qo'yadi. Alloh Taolodan haybatlansak, bizdan ham odamlar haybatlanadigan bo'ladi. Agar qalbimizdan Allohda bo'lgan haybat ko'tarilib ketadigan bo'lsa, odamlar ham bizdan haybatlanmay qo'yadi.
Birodarlar, bu qonun. Qanchalar Allohga egilasiz, o'zingizni xor tutasiz, sabr qilasiz, haybatlanasiz Allohda, Alloh sizni har tomondan ko'taradi. Endi buni aksi bo'lsin. Alloh bilan umuman ishingizni olmasin. Xohlagandaqa yashang. Alloh bilan hech qanday kor ishingiz bo'lmasin, Alloh Taolo sizni o'zingizni holingizga tashlab qo'yadi, xor bo'lasiz. Chunki birodarlar, azizlik istiqomada, mustaqil bo'lishlikda. Azizlik Allohga xor bo'lishlikda! To'rtinchi oyat.
Istiqomaning yangi ma'nosi. Vo allaviy istiqomu ala toliqoti ila as qoynahumma an g'odaqo. Mana endi mustaqil bo'lgan bandani rizqi keng bo'lishligiga ishora. Albatta, agar ular mustaqil bo'llganlarida, to'g'ri yo'lda ustuvor turganlarida, nima bor ularga?
Albatta, biz ularni imtihon qilish uchun mol yomg'iri bilan sug'organ bo'lar edik. Ya'ni rizqini keng qilib qo'ygan bo'lar edik? Kimki Parvardigorining zikridan yuz o'girsa, u Zot uni qattiq azobga yo'llar. Mana mustaqil bo'lishida yana bitta foydasi, rizqingizda baraka bo'ladi. Birodarlar, rizq yozilgan.
Iymon keltirganmiz. Kishi onasini qornida to'rt oyga to'lgan kuni farishta kelib, rizqini, ajalini, amalini baxtli yoki baxtsiz bo'lishini yozgan. Rizq yozilgan. Siz musulmon bo'lasizmi, kofir bo'lasizmi, fosiq bo'lasizmi? Taqvodor bo'lsangiz, u rizq, rizq. Keladi. Faqat taqvoda bo'lsangiz, mustaqil bo'lsangiz barakotli bo'lib keladi. Fosiq, fojir bo'lsangiz ba'rakasiz bo'lib keladi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shu mazmunda hadislari bor. Banda deydilar rasululloh. Qilgan gunohlari sababli rizqining bazasidan, rizqining ayrimlaridan mahrum bo'lib qoladi. Rizqidan mahrum bo'ldi emas. Agar qilgan gunohi tufayli, umuman rizqidan mahrum bo'lishi bo'lsa, kofirlar umuman ochiqdan o'lib ketishi kerak. Fosiq, fojialar umuman, nima deydi, gadek bo'lib ketishligi kerak. Yo'q. Rostini aytyaptilar, kishi qilgan gunohini tufayli, rizqining bazasidan mahorum bo'lladi. Ya'ni rizqini barakotidan. Shuning uchun o'nta odam ishlashi shartmas bitta uyda.
Oson ishda, xotirjam hayot bo'lishligi uchun. Ikkita yo bitta odam ishlasa yetadi. Faqat shu xonadon egalari mustaqil bo'lishsin, Alloh Taolo barakot beradi. Dada ishga ketdi, bo'ldi. Kelinlar, qizlar, ayollar telefonga yopishib olgan. Endi u erkak yuribdi ko'chada, shu xotinga, bola chaqamga rizq olib kelaman deb, uydagilar, ahllar mustaqil bo'lishsin.
O'sha mazza bemaza narsa bilan ovora bo'lmasin. Namozini vaqtida o'qisin, Qur'onni talovat qilsin, zikrda bo'lsin, uyni pokiza tutsin, Alloh uchun. Ular ham mustaqil bo'sin Alloh uchun, eridan qo'rqqanligi uchun emas. Shunda bitta odam ishlasa yetadi, birodarlar. Ishonuvrilar yetadi. Shuning uchun besh kerak besh, yigirma besh. Yuz yil burun ham shunaqa edi, ming yildan keyin ham shunaqa. Mana, barakotli osoyi dushda, osuda hayot kechirishni siri, mustaqil bo'laylik, tamom.
Agar ular to'g'ri yo'lda ustuvor bo'lganlarida, ya'ni mustaqil bo'sganlarida, nima bor edi? La asqoynahumman vodaqo. Ularni biz mo'l yomg'iri bilan rizqlantirgan bo'lar edik. Ya'ni rizqiga baraka bergan bo'lar eding deydi. Istiqomaning birinchi mevasi mo'lko'lchilik, serobchilik. Bu Alloh Taoloning va'dasi. Istiqomani mevasi bu barakali yomg'ir, mo'tadil kelayotgan samo suvi. Albatta bu ilohiy marhamat. Mana, alloh taoloni al musair ismini o'tdik, asmonu husno darslaridan. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldiga kelib, yo Rasululloh deyishdi sahobalar. Narx navolar Madinada ko'tarilib ketuvdi. Sayrlana, narxlarni cheklab belgilab bering.
Rasululloh xohlamadilar narxni belgilashni deydi. Innallohu akmal musayr dedilar. Narxlarni Alloh Taolo belgilaydi dedi. Qanaqa qilib? Narx navo birodarlar dehqonchilikka bog'liq. Dehqonchilik serob bo'lsa narx navo arzon bo'ladi. Endi dehqonchilik nimaga bog'liq? Nimaga bog'li?
Ob havoga bog'liq. Ob havo kimni qo'lida? Ana, ob havo alloh taoloning qo'lida. Demak, mustaqil bo'lasiz, ob havo mo'tadil keladi, kerak bo'lganda yomg'ir yog'adi, kerak bo'shganda optov chiqadi, dehqonchilik zo'r. Binobarin, narx navolar ham arzon bo'ladi, albatta, agar ular to'g'ri yo'lda ustuvor bo'lganlarida, biz ularni mustaqim bo'lganlaridan, biz ularni imtihon qilish uchun mo'l yomg'ir bilan sug'organ bo'lar edik. Demak, insonlar mustaqim bo'shasa, ularni ustiga xayriyat yomg'iri keladi.
Endi istiqomadan chiqib ketsa odamlar, mustaqimlardan chiqib ketsak, samo suvi kamayadi. Qachon hayot suvi kamaysa, samo suvi kamayadi? Qachon ayollarning go'shtlari arzon bo'lsa, chorvalarning go'shtlarini qimmatlashadi.
Ayollarni jasadlariga, ayollarning badanlariga, tanasiga yetishlik oson bo'lsa, ayollarning tanalari arzon bo'lib ketsa, faxsh yoyilsa, ayollarni hayosi, iffati ko'tariladigan bo'lsa, hayollarni go'shti arzon bo'lsada, chiqarib oladi go'shti qimmat bo'ladi. Birodarlar, bu Alloh Taoloning bu koinotga qo'yib qo'ygan sobit qonunlari.
Agar odamlar uchun Allohning hukmlari qadrsiz bo'lsa, odamlar uchun Allohning hukmlari qadrsiz bo'lsa, bu odamlar ham Alloh uchun qadrsiz bo'ldi. Bu darslarimizni avvalida ikkita hadisni aytganmiz. Mana shu ikkita hadis bizni shiorimiz tazkiyotun nafs ilmida. Payg'ambarimiz aytadilar, man arofa nafsahuu, arofa robbaho. Kim o'zini tanisa nafsini, robbisini taniydi. Ikkinchi hadisimiz man amila bima alima avrosahullohu ilma ma'lam ya'lam. Kim bilgan ilmiga amal qilsa, Alloh bu bandaga bilmagan narsalarning ilmini berib qo'yadi.
Mana mustaqil bo'lsak barakot kelishini bildik. Endi amal qilaylik da. Barakot keladi, endi bilganimizga amal qilganligimiz uchun yana bilmagan narsalarimizni ham ilmini beradi. Nima degani bu? Boshqalar eshitib tushunmagan narsani darrov tushunasiz. Boshqalar qarab ko'rmayotgan narsani darrov ko'rasiz.
Bilganiga yuz foiz amal qilgan Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam bo'ladilar. Undan keyin sahobalar bo'lishadi. Undan keyin tobinlar bo'lishadi va hokazo. O'shaning uchun qaranglarda, ular bilgan ilmiga amal qilishuvdi, dunyoni Alloh Taolo ularni oyog'ini tagiga to'kib qo'ydi. Ular bilgan narsasiga amal qiluvdi, Alloh Taolo ulardan tuya haydab yurgan, qo'y haydab yurkan, teze hidi kelib turgan sahroya arablarni butun dunyodagi ummatlarga ustoz qilib qo'ydi. Aytdik ku, Alloh uchun ular xor bo'lgandi, nafsini xor qilgandi, Alloh ularni aziz qildi. Ular Alloh uchun sabr qildi, Alloh ularnikini ko'tardi. Biz shunaqa qilolmayapmiz da hozirgi ummat.
Mana bugun eshitdik, mustaqil bo'lsak, barakotli yomg'ir bo'lar ekan. Mustaqil bo'lsak, rizqimizda barakat bo'lar ekan. Mustaqil bo'lsang, dunyoda osuda hayot bo'lar ekan. Ko'p pul topish shartmas, murodarlar. Halol, barakali pul topish kerak. O'shaning uchun, necha pul topasan bu ishni qilsang, deb so'ramanglar. Alloh yozgan pulni topib keladi. Faqat qanaqa pul topasan deb so'rashlik kerak. Qanaqa pultopasan?
Barakatli pul topaylik, murodarlar! Insonlar tirikchilikka halolmi, harommi farqiga bormay qo'ysa, Allohni amriga beparvo bo'lsa, bunaqa bandalar Alloh uchun ham qadrsiz bo'ladi. So'rang o'zingizdan. Biror yangi ish boshlamoqchisiz. Bir kasb yoki bir tijoratga kirishmoqchisiz, yoki bir yangi bir tovar olib kirmoqchisiz tijoratingizga. Sizni qiziqtirganmi? Shariatda nima deyilgan bu masalada? Yangi ishga kirishmoqchisiz. Domlani oldiga borib so'raganmisiz, domla mana bu ishni qilmoqchiman, mumkinmi deb? Yo qilib bo'lib turib, yarmiga borib, problemaga kirgandan keyin yechimini so'raganmisiz?
Agar bizga Allohning hukmlari qadrsiz bo'lsa, biz ham qadrsiz bolamiz. Astaydu billah. Qul g'ual qodiro ala yaba ath a alaykum adaba min favqulkum, a ummin tahti arjulikum. Avyalbi sa qum shia an voyudi qu ba'da kun ba'a sabah, uldur kayfa nusar iful aayati la'allohum yafqahuhu. Ayting deyapti alloh taolo an om surasida. U sizlarga ustingizdan yo oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga, yoki sizlarni guruh guruh qilib, aralashtirib qo'yib, jangu jadallarda biringizga ikkinchingizning zararini toptirib qo'yshaga qodir bo'lgan zot. Qarang, anglab yetarmikinlar deb oyatlarimizni qanday bayon qilyapmiz? Agar sizga Allohning hukmi qadrsiz bo'lsa, Allohning shariat bilan ishingiz bo'lmasa, Alloh qodir. Baloni ustingizdan ham tushirib qo'yadi, oyog'ingizni tagidan ham chiqarib qo'yadi, oraningizga solib qo'yadi fitnani. Biringlarni go'shtingizni biringlar yessilar deyapti.
Mana vulkanlar, chaqmoqlar, zilzilalar, o'raganlar, smertchilar, tabiiy ofatlar. Birodarlar, bularning bari Allohning iqobi deyiladi. Allohning jazosi deyiladi. Endi mustaqil bo'lgan bandaga bu xavotir yo'q. Bu qo'rquv yo'q. Kelajakdan xavotir yo', o'tgan narsasiga pushaymoni yo'q. O'tgan darsimiz aytdik ku, bugungi shirin kunimizni achchiq qiladigan narsa ikkita. O'tib ketgan ishlarni eslab pushaymon yeyish va kelajakda kelishi mumkin bo'lgan narsalarni o'ylab xavotir qilish. Ammo mustaqil bandda o'tmishidan pushaymon ham bo'lmaydi. Kelajagidan qo'rqmaydi ham, bugungi kuniga rozi bo'ladi, binobarin baxtli yashaydi.
Seni birodar istiqoming, mustaqil bo'lishliging Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning istiqomasiga o'xshashligi kerak. Rasululloh Alloh uchun mustaqil bo'shaganlar. Seni istiqoming Zayd uchun yoki Amr uchun bo'lishi kerak emas. Istiqomoning samaralaridan Alloh Taolo senga yengillikni beradi. Sendan qayg'uni, g'amni, tashvishni, torlikni va siqilishlikni ketkazadi.
Biz Alloh uchun mustaqil bo'lishimiz kerak ekan. To'g'ri bo'lishligimiz, poryadichniy bo'lishimiz Alloh uchun bo'lishligi kerak ekan. Ikkinchisi, agar biz mustaqil bo'lladigan bo'lsak, Alloh Taolo bizni ustimizga mo'l ko'l, barakali yomg'ir yog'dirar ekan. Rizqimiz keng bo'lar ekan. Faqat istiqomamiz Alloh uchun bilishligi kerak. Uchinchi o'qigan oyatimizda, agar bandalar Allohning hukmiga beparvo bo'lib, xohlagan ishini qilib yashaydigan bo'lsa, Alloh bunaqa bandalarni ustiga, ustidan ham balo yog'dira oladi, oyog'ini tagidan ham balo chiqarib qo'ya oladi va bir birlarini orasiga fitna solib, bir birlarini ikkinchilarini zararini toptirib ham qo'shilishga qodir bo'ladi.
Demak, birodarlar, mustaqil bo'lish bu to'g'ri bo'lish degani. Uyingizda ham to'g'risiz, ko'chada ham to'g'risiz, shefni oldida turganda ham to'g'ri siz, shogirdni oldida turganday ham to'g'riziz. Mustaqil banda ustida kamera bo'lishi kerak emas, shart emas. Mustaqil banda klient qarab turgan bo'lsa ham, qaramay turgan bo'lmasa ham nima qiladi? To'g'ri ishlayveradi. Aqlu qovli ha da, va astag'firullohi alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.