MMaviza
NifoqTekshirilgan17 daq

43-QISM / HUSHUʼ (1/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
16:57
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalat, vassalamu ala ashrofil mursali va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammadoat, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, man arafa nafsahuu, arafa robbaho. Kim o'zini tanisa, keyin robbisini taniydi. Kim o'zini tanisa, keyin robbisini taniydi. Birodarlar, biz mana shu inson sifatida uchta narsadan tarkib topamiz. Jasad, nafs va ruh.

Jasad, navs va ruh. Jasadi bu kiyim. Ki, nafsga kiydirilgan. Ruh, ulamolar aytadi, Alloh tomonidan berilgan quvvatki, nafs jismni ichida, jasadni ichida turganda, uni harakatga keltiradigan quvvat deydi. Inson uchta narsa deyapmiz. Jasad, nafs, jon nafs bitta deb tushuninglar va ruh.

Jasad mana shu jonni o'zida ushlab turishlikka layoqati bor bo'lar ekan, ruh unda turadi, inson tirik bo'ladi. Tomdan tushib ketdi o'ttiz metrdan. Jasad mana shu jonni ushlab turishlik xususiyatini yo'qotdi. Endi ruh ajrab ketadi, shu bilan inson o'ladi. Kallasini olib tashladi. Jasadda mana shu nafsni, jonni ushlab surishlik xususiya yo'qoldi, undan ruh ajraydi, shu bilan inon o'ladi, deydi. Biz, birodarlar, alhamdulillah, biroh bilan amin, mana mustaqil bo'lganimizga o'ttiz yildan o'tdi. O'ttiz yilda jasadlarimizni tarbiyasi bilan ancha shug'ullandik va ancha yutuqlarga erishdik.

Ya'ni, zino qilmaymiz, alhamdulillah, herob bilan aylanmaymiz. Aroq ichmayapmiz, qimor o'ynamayapmiz, o'g'irlik qilmayapmiz, zino qilmayapmiz, namoz o'qiyapmiz, ro'za tutyapmiz. Jasadlarimiz tarbiyasida ancha muvaffaqiyatga erishdik, ammo nafs tarbiyasida mana shu jonimizni tarbiya qilishlikda hali juda ham tuzatishimiz kerak bo'lgan narsalar ko'p. Sahobalarni eshitamiz. Namozda turganda tinmay yig'lar edi. Imom Abu Hanifa haqida eshitamiz. Bitta tahorati bilan xuftonni ham bomdodni o'qir edi.

Sahobalarni eshitamiz. Oyog'iga kirib qolgan jarohatdan shu nayzani olib tashlashlik uchun muskul, mast qiladigan narsa ichiray desa, yo'q, men zikrga kirishib turaman, o'rvotib nur ziber mana. Oyog'ini kesishadi. Zikr aytib turadi, narxoz yo'q. Unaqa bir aqlni o'chiradigan narsa yo'q. Zikrga kiradi, oyog'ini arralab kesib, go'shtini kesib, suyagini kesib, parchalaguncha sezmay turibdi zikr aytay. Ya'ni zikr ularni bu dunyodan uzib qo'ygan.

Oyog'ini kesib, tabib hamma ishini bitirib bo'lgandan keyin, zikrni to'xtatdi, og'riqqa chidamay hushidan ketdi. Biz ularni mana shu bir nafs tarbiyasida erishgan yutuqlarni eshitib turib, aqllarimiz lol qoladi. Bir pora o'qisa, malol kelib ketadi bizga namoz. Usmonovdan fon aytgandek, agar qalblarimiz toza bo'lganida, nafslarimiz, robbimizni kalomini eshitishlikdan malollanmasidek deydi.

Yana bir o'ylab ko'ringlar shu gapni ma'nosini. Agar qalblarimiz, nafslarimiz pokiza bo'lganida, robbimizning kalomini eshitishdan malollanmas edik. Endi turib zerikib ketyapsizmi? Ko'payib ketdi, ozayib ketdi, tez o'qib yubordi, cho'zib yubordi deyapsizmi? Demak, hali ancha kamchilik bor bizni qalbimizda. Nima nima deyiladi? Biz bu darslar orqali birodarlar mana shu nafsni, jonni tarbiyasi bilan shug'ullanmoqchimiz.

Tasavvuf desa qo'rqib ketmanglar ukalar. Tasavvuf dinimizni uchdan bir qismi. Jabroil alayhissalom notanish bir odam inson ko'rinishida kelib, payg'ambarimizdan savol so'radi. Islom nima, iymon nima, ehson nima? Mana dinni uchga bo'lib qo'ydi ilmini. Islom nima deganida, beshta narsa natija rasululloh. Kalima keltirishing, namoz o'qishing, ro'za tushishing, zakat xat qilishing. Bu islom. Iymon nima? An to'mina billahi va malakatiga iymonni yettita sharti. Ehson nima deb so'radi? An ta'budalloh aka annaka tarohu, fain la muntakun tarohu, fay innahuy yaraka. Allohni ko'rib turganingdek ibodat qilishing. Mana shu ehson. Endi garchi Allohni sen ko'ra olmasang ham, Alloh seni ko'rib turibdi. Diqqat qilinglar ukalar. Islomni bizga fiqh ilmi o'rgatadi.

Ruknimiz qanday bo'lishi kerak, qachon og'iz ochishimiz kerak, zakotimiz qanday bo'shishi kerak, ehromda qanaqa yeyish kerak. Jasadimiz bilan qiladigan ibodatimizni fiqh ilmi o'rgatadi da. Bu masalada ancha yutuqqa erishdik. Mana hozir aytdim. E'tiqod qiladigan narsamizni aqida o'rgatadi. Iymonni aqida ilm o'rgatadi. Rozimisizlar? Endi mana bu ehsonni, qalb, nafs tarbiyasini qaysi ilm o'rgatadi? Desa mana shu tasavvuf deyiladi. E'tibor beringlar. Uchga bo'lyapti, agar iymon bilan islom o'ttiz uch foiz ham bo'lsa, ehson o'ttiz to'rt foiz o'radi.

Mana nima uchun namozlarimizda ko'zimizga yosh kelmaydi? Mana nimaga kechasi turib tahajjud o'qib mazza qila olmaymiz? Mana nima uchun zikr aytib ko'zimizga osh kelmaydi? Shuning uchun tasavvuf degan so'zdan qo'rqmanglar, endi oddiy narsa bo'lib qolsin. Nima qilamiz mana ehson martabasini? Islom imonni tushundik. Ehson martabasida tasavvuf o'rgatar ekan, tasavvufni bilib bilmasdan rad qilaversak, qachon nafs tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lamiz biz?

Hushu manzilati. Hushu manzilati haqida Qur'oni Karimda oyatlar bor. Astayidubillah, qoda afla hal mo'minun alladina hum fii salatihim hoshiun. Darhaqiqat, mo'minlar najot topdilar. Ular namozlarida hushuli bo'lgan insonlardir. Hoshiun, qo'rquvchidir, bo'ynini egib turuvchidir.

Qarang, Alloh Taolo hoshiya, xushuda bo'lgan bandalarni najot topdi deb aytyapti. Najot bu xushu orqali bo'ladi. Qod aflaha, taqiq najot topishda. Kimlar? Namozlarida xushulik bo'lganlar. Yana, mana shu aflaha, najot topdi degan masala boshqa oyatda keladi. Astadvillar. Qod aflahaman, tazakka. A'la so'rasa. Darhaqiqat, kufr u isyondan pok bo'lgan va Parvardigorini nomini yod etib, namoz o'qigan har bir kishi najot topgandir. Aflaha. Yutuqqa erishdi. Qarang, yutdi deyapti Alloh Taolo. Bizni birodarlar, odamlarni orasida o'zimizda ham shunaqa tushuncha bor. Mana shu odam yutdi deysiz.

Mana shu odom yutdi deydi, ha, yaxshi joydan chek olib qoldi deydi. Yutuq degani, muvaffaqiyatga erishish degani, yutdi deganda biz insonlar ham o'zimizni qo'yib olgan o'lchovlarimiz bor. Lekin yutdi, najotga erishdi deb Alloh Taolo aytayotganda, nimani aytgan? Qodi aflahaman, zakkaha va qodi xobaman, dassaaha. Darhaqiqat uni, ya'ni o'zini nafsini, jonini poklagan kishi najot topdi, va u jonini fisqu fujur bilan ko'mib tashlagan kimsa xor bo'ldi, nomurod bo'ldi.

Va nafsin va man savvaha. Alloh Taolo nafsni soviy qilib yaratdi. O'ng tomonga ham, chap tomonga ham egila oladi. Alloh aytyapti, nafsni Alloh shunday yaratdi, uni poklagan yutdi, nafsini ko'yiga kirgan yutkazdi deyapti. Haqiqiy yutuq, bu Alloh Taolo aytgan yutuq.

Insonlar yo nafslarini, jonlarini o'zlari boshqaradi, yoki nafslar ularni boshqarad. Yo nafsingizni ustida siz shavandoz bo'lib boshqarasiz, o'ngachopga yurib to'xtatib, yoki unday qilmasangiz nafsingiz albatta sizni ustingizda turadi. Qod afla hal mu'minun alladiy nahum fisolatihim hoshiyaun. Darhaqiqat, mo'minlar najot topdilar. Ular kim edi? Namozlarida xushruvli bo'lgan kishilar edi. Bu holiqul kalning so'zi. Bu odamlarni o'zlari o'rtog'iga olgan o'lchovlar emas. Ya'ni, Alloh Taolo aytyapti da, ey bandalarim, sizlarni oranglarda yutuqqa, najotga, muvaffaqiyatga kim erishganini bilasizlarmi?

Oranglarda eng aqlli inson kim ekanligini bilasizlarmi? Sizlarda qaysi biringlarni men abadiy saodatga yetkazib qo'yaman, bilasizlarmi, falon, falon, falo amal qilganlarni? Shuning uchun yutuq deganda, Alloh aytgan yutuq, yutuq, bandalar aytgan yutuv, yutuq emas. Mana shu odam yutib ketdi deydi. Ha desa, sudda yutdi deydi. Sud uni foydasiga yechim qilib berdi, vaholanki haq buniki edi. Ya'ni qozi ham nima qiladi? Oldidagi hujjat daliliga qarab turib hukm chiqaradi da. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ikkitalar bir masalada talashib kelsanglar, biringlar hujjat dalil keltirishda ustaroq bo'lsa, so'zga chechanroq bo'lsa. Men zohirga qarab o'shanga hukm qilib beraveraman. Ya'ni nohaq bo'lsa ham dalilni chiroyli keltira oldi.

Agar kimga shunday qilib hukm qilib bersam, olmasin bu hukm qilgan narsamni. Chunki men unga do'zaxdan bir parchasini hukm qilib beryapman deganlar. Alloh taolo aytyapti, kim yutdi, nafsini sindirgan, nafsini poklagan yutdi, nafsiniy ko'yga kirgan yutkazdi. Birodarlar, bu oyatlar mo'minlarga foyda qiladi.

Fadakir, fa innat zikro tanfaul muminin. Eslatma bering, zero eslatma mo'minlarga foyda qiladi. Demak, mana shu alladina xunfi solatixim hoshiun oyatini mufassirlarning ayrimlari aytadiki, namozdagi hushum namozning fazilatlaridan emas, namozning farzlaridan deydi. Ayrim mufassirlar.

Tushunarlimi? Namozda tashqarida oltita farzi bor, ichkarida oltita farizi bor. O'n ikkita farz hammasi bor. Tashqaridagilari shartlari deyiladi, ichkaridagilari ruknlari deyiladilar. Ayrim mutaxassislar mana shu oyatni dalil qilib, xushu namozda xushu'li bo'lishlik, bu namozning farzlaridan deyishadi. Ba'zilari fazilatlardan deyishadi.

Demak, qod aflaham man tazakka. Uni nafsini poklagan inson yutdi, vaqot xobaman dastaha. Ana shu jonini fisq fujur bilan ko'rinib tashlagan nomurod bo'ldi. Al falahatu milal fila. Al falaha milal filaha. Val filahatu milal falah. Falaha degani arab tilida yerni haydadi degani. Falaha. Fanlah degani yerni haydovchisi. Yerni haydaydigan dehqon. Qod aflaha. Ya'ni faloxga erishdi deyapti. Qarang, dehqon nima qiladi? Yerni haydaydi, bir dona bug'doyni ekadi. Undan yetti dona boshoq chiqadi. Har bitta boshoqda yuz tadan don bo'ladi.

Bitta bug'doy yetti yuz taga aylansa, savdogarlar, kalkulyatorsi hisoblaylarchi, necha protsentniy ish bo'ladi bu? Bitta bug'doyingiz ikkita bo'lsa yuz foiz bo'ldi. Teppa teng ko'paydi. Bitta bug'doy yetti yuz taga aylansa, necha foiz bo'ladi? Ya'ni ko'ring, dehqon, al fanlar, yerni haydadi, bir doimo bug'doyni ekdi, yetti yuzta bo'ldi. Alloh taolo aytadi, istadbillar masalulladina yunfi quna amu ala hunfi sabiyli lahi kamatali habating ambatat sab'a sanabil. Fikuli sum bo'lating miyitu habba. Valloh yuzoif o'liman yasha. Valloh vasim alim. Qarang. Fallah degani dehqon ekan. Falaha degani yerda haydadi degan ekan. Endi aflaha desa, najotga yetishgan odam ekan, yutuqqa. Alloh taolo aytadi.

Alloh yo'lida mollarini infoq ehson qiladigan kishilarning misoli, xuddi har bir boshoqida yuz tadan dona bo'lgan, yettita boshoqni undirib chiqargan bir dona dong'a o'xshaydi. Alloh istagan kishilarga bir necha barobar qilib beradi. Alloh fazli karami keng bo'lgan zotdir.

Bitta bug'doy yetti yuz taga o'tdi. Bu oyat bizga mo'min banda robbisiga itoatda bo'lishi bilan qanchalar katta yutuqqa erishayotganligini bayon qiladi. Endi ana shu katta yutuqqa erishish uchun ayrim narsalardan voz kechish kerak bo'ladi. Bu yerdagi yettita, yetmishta, yetti yuzta degan so'zlar aniq sanoqni bildirish uchun emas, ko'paytirish ma'nosini bildiradi. Ya'ni senga yetmish marta aytdim shu gapimni deysiz.

Haqiqatdan yetmish marta aytdingizmi? Yo'q. Yetmish marta deyishdan maqsad senga ko'p qaytadim degan ma'noda. Shuning uchun yetti yuz barobar ko'paytirib beradi degani aniq yetti yuzta degani emas, balki ko'plikni ma'nosini bildiradi. Demak, bu yerda sanoq yoki aniq bir adab emas, balkim ko'paytirish ma'nosini tushunamiz.

Biz kirishayotgan mavzu juda murakkab mavzu u. Nafs tarbiyasi umrimizni oxirigacha bo'ladigan narsa. Namozni bir o'rgandik, bo'ldi, bilamiz, umrimizni oxirligacha o'qiveramiz. Birov o'rgatmaydi namozni qaytib. Arab tilini grammatikasini bir o'rganamiz, bo'ldi. Kallamizda turadi umrimizni oxigacha. Lekin nafs tarbiyasi bir marta tarbiyalab qo'yib, bo'ldi degani emas. Ertasi kuni aynib qoladi u. Ertasi kun o'zgarib qoladi u, har lahzada o'zgarib turadi u. Shuning uchun umrimizni oxiriigacha nafs tarbiyasini avvalo bo'lishimiz kerak.

Sarflashni ikki xil turi. Qiylanib topgan mol u dunyomizni sarf qilamiz, ikki xil yo'li bor. Dunyoda o'zini qo'lida bor bo'lgan yaxshi yaxshiliklarini sarflab, ishlatib, tugatib yuboradigan insonlar bor. Bu birinchisi. Ikkinchisi, dunyoda o'zi qo'lida bo'lgan xayriyatlarni sarflab, undan foyda oladiganlar bor. Nima degani bu? Bu mo'min bilan kofirni o'rtasidagi farqqa o'xshaydi. Sarflab ishlatib tugatib yuborish bor, sarflab ishratib foyda olish bor.

Dunyoda qo'lidagi ne'matlarni sarflab tugatayotgan odamlar shu dunyoni o'zida foydalanadi, shu bilan tugadi. Masalan, Ahmad qo'lida olma turibdi bitta. Yegisi kelyapti. Qarab turib aytyaptiki, agar buni yesam, yo'q bo'lib ketadi. Yesa sarflaydi, yo'q bo'tib ketadi. Ammo bir oyga berib, yedirsam, uni foydasi savob o'zimga qoladi. Bitta odam olmani o'zi yedi, tugadi. Ikkinchi odam shu olmani savobli joyga berdi, unda ham tugadi, lekin foydasi qoldi. Birinchi odam yeb tugatganiga javob beradi, ikkinchi odam berib foyda oladi, ajr oladi. Shuning uchun birodarlar sarfladi, ketdi. Bitta variant. Ikkinchisi sarfladi, qoldi. Mo'min qaysinisi bo'ladi?

Aqol u qovli hada va astag'firullohu alayhi va alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish