MMaviza
XushuʼTekshirilgan16 daq

45-QISM / HUSHUʼ (3/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
15:37
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalatu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tasavvuf darslaridan xushbu manzillatini o'qiyotgan edik, davom etamiz. Ibodatlarimizdagi ruh ana shu xushbu bo'ladi. Agar ibodatlarimizda xushuv bo'lmasa, u ibodatlarda ruh bo'lmaydi. U faqatgina jismoniy xatti harakatlarini yig'indisi bo'lib qoladi xolos. Bir odam hajga bordi. Katta mablag'ni to'ladi. Aeroportga bordi, samolyotni kutdi. Yurtini tarqildi, oilalardan uzoq bo'ldi. Makkaga yetib keldi. Tiqilinch, to's to'polon, issiq, Ka'bani tavof qildi. Ammo biror narsani his qilmadi qalbida. Arafotga chiqdi, soatlab chodirda o'tirdi. Hech narsani his qimadi qalbida da. Xuddi sayohatchiday vaqt o'tkazdi. Issiq, tiqilinch, konditsioner qani, ovqat qani, muzdek suv qani, ichdi, yedi, uxladi, dam oldi, hech narsani hech narsani his qilmadi.

Keyin Muzdalifaga ketdi. Tunadi. Keyin Minoga ketdi. Faqat jismoniy qiyinchilik xolos. Qalbida biron narsani his qilmadi. Alloh Taolo bandalarni haj qilishga buyurganida, ulardan faqatgina shu narsani talab qilganmidi? Pulni sarflab, ehromni kiy, uyingdan chiq, issiqda yur, Ka'bani aylan, shaytonga tosh ot. Hajdan ko'zlangan maqsad shumidi?

Aytyapmiz ku, bizni qilayotgan ibodatlarimizda xushu bo'lmasa, demak ibodatimizda ruh yo'q ekan. Xushu yo'qmi? U amaldan tezda charchaymiz, tezda malollanamiz. Haj degani birodarlar, bu Allohga iqbol qilish degani. Unga yaqin bo'lishlikka intilish degani, Allohni rahmatini his qilish degan, marhamatini anglash kerak degani. Agar shular bo'lmasa, haj ham, umra ham oddiy bir safarga aylanib qoladi.

Haj bo'lsin, umra bo'lsin, bir narsani his qilishingiz kerak. Ayniqsa birinchi marta ketayotganlar, ketayotgandagi holatingiz bilan qaytib kelgandan keyin holatingizni o'rtasida juda katta farq bo'lishi kerak. Agar shu farqni topmagan bo'lsangiz borib kelib, birodar, demak siz sayohat qilib kelibsiz. Shu ibodatingizda biz aytayotgan xushuv bo'lmabdi, ruh bo'lmabti.

Hajni birodarlar, faqihlar fiqhiy tarafini bizga o'rgatishadi. Iqrom nima, u qanaqa bo'lishi kerak, arafotda qachon turish kerak, nima qilish kerak. Ya'ni fiqhiy tomonlarini o'rgatishiadi. Bu faqihlarning ishi. Ammo birodarlar, u faqihlar qilayotgan narsani hammasini eslab qololmasangiz ham, yoningizda bitta odam shu ishni qilsa, takrorlasangiz, fiqhiy tomoni to'g'ri bo'laveradi amalingizni. Ammo xushu tomonichi? Maqsad faqatgina jasadni qiynashmidi? Yo'q. Yo'q. Unda xushu bo'lishi kerak edi. Qo'rquv bo'lishi kerag edi. Umid bo'lishi ker kerak edi. Kalbingiz shamdek erib, ko'zlaringizdan yoshlar oqishi kerak edi. Agar shunday bo'lmagan bo'lsa, sizni hajingiz, sizni umringiz nuqsonli bo'libdi. Chunki birodarlar haj, umra bu Allohga yaqin bo'lish, iqbol qilish, bog'lanish, qalbni Allohga bo'lgan muhabbat bilan to'lib toshishi.

Mana shu o'rinda biz musulmonlar bizdan Alloh xohlagan ibodatlar bilan boshqa din vakillarini qiladigan marosimlar orasida farq bo'lishi kerak. Shuni bilib olishimiz kerak. Mana musulmon bo'lgan xalqlar, hindular, indiyslar, o'zbekcha aytganda. Yoki bo'lmasa Afrikadagi o'sha bir nima deymiz, o'sha haliyam ibtidoiy jamoa davriyada yashay ekanlar. Ular ham ibodatda qilayotgan ishlari bor. Xatti harakatlari bor, imo ishoralari bor, g'oyasi yo'q, ma'nosi yo'q, maqsadi yo'q. Pichir pichirlar.

Bizni ham amallarimiz birodarlar, shularnikidek bo'lib qolmasin. Biz Alloh buyurgan ibodatni qilib, qalbimiz jiz etmasa, qalbimiz bir narsani sezmasa, bu Alloh bizdan talab qilgan amal bo'lmabdi. Alloh Taolo aytadi, mana Alaq surasida. Sajda qil va yaqin bo'l.

Sajda qild, yaqin bo'ld. Demak, bandani sajda qilishlikdagi topish kerak bo'lgan narsasi Allohga yaqin bo'lish. Aqro bu ma yakunu abdumi robbihi fahva sajid. Rasululloh aytganlar, bandani Allohga eng yaqin bo'lgan holati, o'rni, vaqti bu sajda holati, deganlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Shu boshingizni yerga qo'yganda, yaqinlikni his qilyapsizmi? Agar ha degan javobni topsangiz, qalbingizda xushuv bor ekan.

Bir kishi, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni zamonlarida, u zot masjidda o'tirganlarida, kelib namoz o'qidi. Ikki rakatmi, to'rt rakatmi o'qidi, keldi. Rasululloh aytdilar, bor, namozni qaytadan o'qi, sen namoz o'qimading. Ikkinchi marta o'qib qaytib keldi. Rasululloh yana shunday dedilar. Uchinchi marta o' qib keldi, rasululloh shunday dedilar . Chunki uni namozida xushu yo'q edi. O'sha qarg'a qon cho'qiganday namoz o'qigan edi. Shuning uchun Payg'ambarimiz uni namozini bir necha marta qaytardilar.

Birodarlar, xushu qalbni Allohga moyil bo'lishi. Xushu qalbni Allohni huzurida boshingni egib turishligi. Xushu bo'yingizni to'lib turishlik. Xushu manziloti haqidagi ikkinchi oyat. Astadilloh. Alam ya'ni lillatina a manu an taqsha qulu buhim lidik lilla.

Iymon keltirgan zotlar uchun dillari Allohning zikriga moyil bo'ladigan, hoshi bo'ladigan vaqti kelmadimi? Xushulik bo'lgan qalb muhabbatni his qiladi. Bunaqa qalb titraydi. Bilasizmi? Ba'zida shunday bir hadisni eshitasiz, yoki biror bir Salafi Salohiylarning hayotidan bir voqeani eshitasiz da, ko'zizga yosh keladi, badanini titrab ketadi.

Bu mo'minlik alomati. Istadvilla innomal mo'minunalladina ida dukirallohu vajilat hulu buhim va ida tul yata alayhim ayyathuhu zadathum inanam va ala robbihim ya tavakkalun. Faqat Alloh nomi zikr qilinganida qalblariga qo'rqun tushadigan, uning oyatlari tilovat qilinganda, iymonlari ziyoda bo'ladigan, va Parvardigorlarigagina suyanadigan kishilar haqiqiy mo'mindirlar.

Allohni zikri bo'lganda, Allohni kitobi tilovat qilinganda, bunday odamlarning, haqiqiy mo'minlarning etlari jimirab ketadi. Ko'zlari yoshlanadi, yuzlar yorishadi, jildlari titraydi, asablari iztirobga tushadi. Qachon biz Allohni zikr qilib turib yig'ilarkinmiz a?

Qachon Qur'on tilovatini eshitib turib ko'zlarimizga yosh kelar ekan a? Allohga bo'lgan muhabbat ajridan bu ko'zlardan yosh oqarmikin a bizdan ham? Qo'rqib, umid qilib, namozlarda yig'ilarmikinmiz biz ham? Qachongacha jafoda bo'lamiz, birodarlar? Qachongacha uzilishlikda, teskarilikda, uzoqlikda bo'lamiz?

Banda gunoh sodir qilsa, gunoh ishni qilsa, Alloh uni jazolaydi. Bir bandani Alloh Taolo jazolamadi. Bitta gunoh qildi, ikkita gunoh qildi. Uchta gunoh qildi lekin jazo kelavermadi. Jazo deganda bu banda, bu yumroq banda faqatgina bir moliga yoki joniga zarar yetishini o'ylayapti.

Qaytaramiz. Bandadan, mo'min bandadan gunoh sodir bo'lsa, Allohda jazo keladi. Shu bandani Alloh qancha ko'p yaxshi ko'rsa, qancha yaqin bilsa o'ziga, jazo tezroq keladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Alloh Taoloning eng yaxshi ko'rdigan bandasi, ana shu ko'p sahoba kelib, menga ham Allohni kitobidan bir narsani o'rgating deganida, Rasululloh nima qildilar? Yuzini burib oldilar bu yoqqa. Nima uchun? Qurayishning zodagonlarini da'vat qilib turgan paytda, bu kishi kelib Rasulullohga shu gapni gapirib, chalg'itdi. Yuzini burib oldi, Rasulullohdan xato sodir bo'ldi. O'rnida tushdi bu oyat.

Abasavotavalloh an jaahul amah. Demak, Alloh yaxshi ko'rgan bandasidan xato sodir bo'lsa, jazoni tezda berar ekan. Yoki sahobalar, o'g'it kunidan. Ellikta kamonchi tushib ketdi, o'rnida jazo keldi. Yunus alayhissalom qavmini Allohni ruxsatsiz tashlab ketuvdi, o'rniida jazo keld. Xulosa, mo'min bandadan gunoh sodir bo'lsa, agar Alloh shu bandasini o'ziga yaqin olib, yaxshi ko'rgan bo'lsa, jazoni tezlab berar ekan. Endi biz aytayotgan bu gumroq banda bitta, ikkita, uchta, o'nta gunoh qildi, jazo kelavermadi.

Shunda turib, dedi ichida, Parvardigor, senga osiylik qilsam ham meni jazolamayapsan a? Alloh tomonidan uni qalbiga shunday bir shuvur tushdi. Go'yoki Alloh Taolo dedi. Ey bandam, seni jazolab qo'ydim u. Sezmadingmi? Nima edi u jazo? Menga munojot qilish ne'matidan seni mahrum qilib qo'ydimi u?

Menga munojat qilolmay qolding u, shu jazo edi, sezmayapsanmi shuni? U jismoniy yoki moliy keladigan jazodan ko'ra og'irroq jazo. Sunnatga qilolib ishlaringiz bor, shularda qilib turib, namozga turasiz. Masalan, suvni tikka turib ichdingiz, tahoratni cholachalpa qildingiz, namozga turdingiz. Qandaydir namozingizda bir nuqsonni his qilasizmi yo'qmi?

A? Namozni orqaga surdingiz, yoki biron sunnatni tark qildingiz, qalbingizda bir qattiqlik yoki bir Allohdan uzoqlashganingizni his qilasimi yo'qmi? Qalbida xususiy bor odam, bitta shunga o'xshagan xatoni qilganda his qiladi o'zida. Alloh bilan o'zini o'rtasiga parda tushib qolganini. Birodar, seni turmushing har qancha zo'r bo'lmasin. Topish tushishing har qancha katta bo'lmasin, uy joying hashamatli bo'lmasin? Bularni hammasi seni ko'zingda qadrsiz bo'lib qoladi. Agar Allohdan uzoqligini his qiladigan bo'lsang. Allohdan uzoq bo'lib qolganda his qilsang, bular senga tatimaydi.

Mana, masalan bir musulmonga, iymonida bir sodiq bo'lgan musulmonga ma'no dinga o'tsang, senga bir deylik, bir million dollar beramiz desa. Faqat iymonida sodiq bo'lsin u odam. Bu gapni oxirigacha eshitadimi chidab? Nimaga? Chunki iymonida sodiqda oxirigacha eshita olmaydi bu gapni.

Demak qalbida buni xushusi bor edi. Xushu bo'lmasa ibodatlarimizda, bu amallarimiz ma'nosiz xatti harakatga aylanib qoladi. Xushu Allohni oldida bandani xokisor turishligi. Boshini ekkandek, qalbini ham egib turishligi. Xushu so'zining shar'iy va lug'aviy ma'nosi.

Xushu degani, egish, pasaytirish degani. Boshni pastga tushirib egilib turish degani. Hal ataka hadiy fil g'oshiya vujuhun yavma idin hoshiya a. Mana biz aytayotgan xushu so'zi. Ey Muhammad alayhissalom, siz sizga o'rab olguvchi qiyomat kuni haqidagi xabar keldimi? U kunda kofirlarning yuzlari egilib qolguvchidir. Hoshiya a, ya'ni egilib turadi. Lug'aviy ma'nosi xoshi degani, xoshi degani egilish ekan. Masalan, jinoyatchi qo'lga tushdi. O'g'rimidi, qotilmidi, xullas, jinoyatni ustida ushaldi.

Qo'liga tishdan solib qo'yishadi, ko'rsatadi televizorda. Yuzi qayoqqa qarab turgan bo'ladi? E'tibor beringlar da. Yerga qarab turadi a? Nimadan? Uyalganidan. Demak, xushruq degan lug'aviy ma'nosi boshini yiliga ekib turishlik, xor bo'lishlik, egilishlik.

Alloh taolo toha surasida aytadi, istarbiya illa, yavma edin yetti biya'una da'yala ivajala va hoshya atil asvatu li rohman, fala tasmau illa hamsa. Toha surasi. U kunda odamlar maqshargohga chorlovchi farishtaga egilmay, burilmay ergashuvlar. Itoat qilurlar, ovozlar ham rahmonga xushu qilur, ya'ni ta'zim qilur, egilur. Bas, faqat pichirlashnigina eshituvchisiz.

Sokin holda xorlik bilan boshni egishlik. Namozda xushuni alomatlaridan bittasi namozxon oshishcha xatti harakatni qilmasligi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, bir odam namozda turib g'ayrioddiy harakatlarni ko'p qilyotgan edi, namozga to'g'ri kelmaydigan. Rasululloh aytdilarki, la hoshaa qolbuhu, la hoshad javarihiuhu. Agar buni boyagi namozda oshishcha harakat qilayotganda, agar uni qalbi xushuvli bo'lganida namozida, a'zolari ham xushuvli bo'lar edi.

Alloh akbar degan tamom, takbiri tahrimau. Nima degani? Bu takbir dunyoni hamma ishlarini harom qiladi. So'zlarini ham, xatti harakatlarini ham shu qilib. Namozdagi odam agar xushuv bilan o'qiyotgan bo'lsa, qalbida xushuv bo'lsa, uning a'zolaridan shu xushuv ko'rinadi.

Demak, ortiqcha xatti harakat namozdagi xushuni yo'qligini bildiradi. Aqlu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va barakun. Innallohu va malakatuhu yu salluna ala nabiy, ya yuhalladina amallu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish