MMaviza
RostgoʻylikTekshirilgan19 daq

50-QISM / ROSTGOʻYLIK (3/7) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
19:13
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalatu vassalamu ala ashrafil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammavot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh. Tazkiyatun nafs silsila darslaridan birodarlar, rozgo'ylik, sodiqlik mavzusida dars qilayotgan edik, davom etkazamiz. Demak, Alloh bilan bo'lgan muomalasida banda sodiq, rozgo'y bo'ladigan bo'lsa, banda haqni topishda, haqqa ergashlikdagi niyatda sodiq bo'ladigan bo'sa, Alloh Taolo bunday bandani haqqa hidoyat qilishlikka, to'g'ri yo'lni unga ko'rsatishlikni o'zini zimmasiga olgan.

Istadvillar, valladina jahadufina la nahdiyan nahum subulana va innallohu ala ma'l muhsiniy. Mana aytdik, sidqidildan Allohda haqni talab qilsangiz, haq yo'lni ko'rsatgin degan talabingizda sodiq bo'lsangiz, xolis bo'lsangiz Alloh sizga albatta haqni ko'rsatadi. Alloh Taoloning kabud so'rasdan marhamat qiladi. Bizning yo'limizda jihod qilgan, kurashgan zotlarni albatta o'z yo'llarimizga hidoyat qilavermiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qilguvchi zotlar bilan birgadir. Ya'ni, man jahada, jiddiy jaht qilsa, kurashsa, intilsa, so'rasa, harakat qilsa va sid qidildan xohlagan bo'lsa, Alloh bu bandani albatta o'zi yo'lga hidoyat qiladi. Alloh bilan bo'layotgan muomalangda birodar. Sodiqmisan? Xursand bo'l. Alloh seni albatta yaxshilikka hidoyat qiladi.

Ammo Alloh azza va jalla niyatida sodiq bo'lmagan, orzularida rostlik bo'lmagan. Faqat rag'batni ichida turgan inson bilan muomala qilmaydi. Chunki quruq orzularni o'zi bilan ish bitmaydi. Kishi niyatida soduq ekanligini isbotlash kerak bo'ladi.

Ustiga kelgan sinovlar, imtihonlar, mashaqqatlarda. Niyati yetishligi uchun, uni to'sayotgan qanaqadir to'siqlar bor, raqobatlar bor. Shularni bosib o'tishligi kerak bo'lardi. Nima uchun bunday sinovlar keladi? Bandani sodiq ekanligini Alloh Taolo sinash uchun, dalillash uchun. Masalan, bir odam yerni qazib, quduq qilib, yerdan suv chiqarmoqchi. Besh metr kavladi, yo'q. O'n metr kavladi, yo'q. O'ttiz metr kavladi. Yo'q. Yuz metr kavladi! Ya'ni to'xtab qolmadi. Demak, suv chiqaraman degan niyatida sodiq ekan. Alloh bunaqa bandaga beradi so'raganini. Endi yana bitta odam bor. U ham yerni kavlab, suv chiqarmokchi bo'lyapti. Uch metr, besh metr, o'n metr kavli edi. Suv chiqmadimi? Tamom. Ish to'xtatib qo'yadi. Demak, bu odam niyatida sodiq emas.

Bu niyatda sodiq bo'lishlikka siz bilan bizga chumoli ishi misol bo'ladi. Ko'rmaysizmi? Daraxt bo'lsin, devor bo'lsin, chumoli termalashib teriga ko'tariladi. O'n besh yigirma sm ko'tariladi da, yerga tushib ketadi. Yana harakat qiladi, endi o'ttiz smga chiqadi. Yana tushib ketadi. Shunaqa bo'lib harakat qiladi harakat qiladi. Mana shu yuqoriga yetishlik niyatida sodiq bo'lganligi uchun mana shu chumolini ham Alloh Taoloni umid qilmaydi.

Siz oldingizga qo'ygan maqsadga yetishlikda sodiqmisiz? Kelgan sinov, imtihon, mashaqqatlarga tayyor turing. Chunki shu bilan siz o'zingizni sodiqligingizni isbotlaysiz va maqsadingizga Alloh Taolo yetkazadi. Shuning uchun bilib qo'yishimiz kerak bo'lgan narsa shuki, Alloh bilan bo'lgan muomalada rostgo'l bo'lsak, bu narsada amalimizni ko'rsatishimiz kerak bo'.

Gohida yolg'iz bo'lib qolasan, torlikka kirasan, mashaqqatga tushib qolasan, daromading ozayib ketadi, qarzga kirib ketasan, senga dushmanlik qilayotganlar ko'payib ketadi. Hasadgo'ylar, g'iybatchilar, tuhmatchilar, qilmagan ishlaringni qildi deb, aytmagan so'zlaringni aytdi deyishadi. Shunaqa holatda nima qilish kerak?

Modomiki, o'sha maqsadga yetishlikda sodiqmisan, haqqa yetishlikda rostgo'ymisan, sobit turish kerak. Chunki mana shu narsalar bilan Alloh Taolo sinaydi bizni rostgo'yligimizni. O'zi nima uchun Alloh Taolo bandalarini ustiga imtihon sinovlarini yuboradi?

Masalan, Alloh Taolo kimimiz nimaga yarashimizni yaxshi biladi. Nima, Alloh bizni bilmaydimi, sinab bilgani? Yo'q, Alloh sinovni bermasa ham o'zi kimimiz nimaga yaroshimizni biladi. Bu sinovlar o'zimizni kimligimizni ko'rib qo'yishligimiz uchun. Masalan, o'qituvchi shunday kirdi da, mana bu uchtanga to'rt, mana bu ikkitanga besh, qolganlarga uch desa, imtihon qilmasdan turib. Haligi to'r bilan besh olganlar rozi bo'laveradi. Ona uch olganlar yoki ikki olganlar nima deydi? Nimaga deydi?

Ular ham, biz ham imtihondan o'tmadik, nimaga to'rt, uch, unga, nimaga ikki bizga desa, o'qituvuvchi aytadi, men senlarni bilaman, bolalar. Saviangni bilaman desa, sinamadingiz, adolat bo'lmadi deydi. O'qituvchi biladi, o'n yildan beri o'qitayotgan o'quvchilarini nimaga yarashini. Unga ko'nmaydi bular. Endi imtihon bo'ladi. Imtihon o'quvchilarni kim ekanligini, nimaga yarashligini ko'rsatish o'zlari uchun.

Tushunarlimi? O'qituvchisi biladi taxminan kim qanaqa baho olishini. Demak, bizni ustimizga kelayotgan sinovlar bizni o'zimizga kimligimizni ko'rsatib qo'yish uchun. Alloh taolo shunda ham biladi kim nimaga loyiqligini. Alloh taolo mo'minlarni sinaydi. Ustiga imtihonlarni, mashaqqatlarni soladi. Garchi u bandalar sahobalar bo'lishsa ham, ularning oralarida Muhammad alayhissalom bor bo'lsa ham, Alloh sinaydi ularni. Mana, Xandaqqina olmaymizmi? Alloh taolo aytadi hunalika butuniyal muminun va zulzilu zilza alanshadiydan. Musulmonlarni sanog'i oz, mishriylarning adadi katta. O'n ming qo'shin xandaqni narigi tomonida turibdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan uch yuz tagina odam qoldi. Uch ming ga yaqin odam handag'ini kavlashda qatnashgan edi, lekin Banu Qurayzani xiyonatini xabari kelganda, Rasulullohni oldida bor yo'g'i uch yuzta odam qoldi.

O'n ming tani qarshisida uch yuzta adam turibdi. Shamol, sovuq, ochlik, qo'rquv, musulmonlarni ustida hamma sinov yig'ildi. Hamma mashaqqat jamlandi. Mana endi sinalyapti. O'zi uch mingta odam qandahdi qazidi dedik. Banu Xurazaning xiyonati ma'lum bo'lganda, Madinani orqa tomonida, ikki ming yetti yuzta odam qaytib ketdi. Birinchi sinovda ikki ming yettu yuzta odam ketib yubordi. To'qson foiz odam qaytilib ketdi. O'n foiz odam turibdi Payg'ambarimiz bilan. Uch yuzta odam. Alloh Taolo aytadi, ana o'sha joyda mo'minlar yana bir bor imtihon qilindilar va bu dahshatdan qattiq larzaga tushdilar. Ha, Payg'ambarimiz nimalarni va'da qilgandilar musulmonlarga, bundan avval? Qaysar va Kisloroni yurtlarini fath qilasizlar, deganmidilar? Qayerda qoldi bu va'da?

Ey suroqa, qo'lingga Kisloroning bilagiy uzuklarini taqqanda holing qanaqa bo'larkin, degan va'dasi qayerda qold? Mana, shu va'dalar turgan edi. Endi hozir uch yuzta odam o'n ming taga qarshi turibdi. Adibni Hotamat toyi islomga kirish arafasida Rasululloh aytgandilar, ey Adiy, ehtimol musulmonlarni qo'lida pul yo'q, kambag'al ekanligi, dushmanlarni boy ekanligi seni islomga kirishtdan to'sayotgandir.

Va allohi musulmonlarning orasida shu darajada mol ko'payadiki, bir otliq odam oltindan kunishdan bo'lgan zakotini olib, istab yuradi kambag'al odamni. Zakot oladigan odam yo'q bo'lib qoladi. Ehtimol, musulmonlarni doimiy suratda, jangu jadalda, xavfda turishi, seni islomga kirishdan to'say ekandur. Va allohi e Adiy hodisiyadan bir ayol Baytullohga biron bir himoyachisiz o'zi kelganligini ko'rasan. Ehtimol musulmonlarniy xoli xarobligi, kambag'alligi, chodirlarda turishi seni islomga kirishdan to'say ekandur. Va allohi, alloh mana shu ishni nihoyasiga yetkazganida, bobil qasrlari musulmonlarni qo'liga o'tadi. Qani bu va'dalar? Ha rost umuman shunaqa va'dalarni bergan edi yu. Ahvolimizni qaranglar. Deyishmadi boyagi uch yuzta qolgan musulmon.

Siz allohga bergan ahdingizda sodiqmisiz? Allohdan sinov kelishini kuting. Sinov keladi, o'tasiz, alloh o'zini zimmasiga olgan, yetkazadi niyatingizga. Arablar, payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam davrida sahroilar, tarqoq, qashshoq, tez edi hidi kelib turadi. Yeyish, ichish oddiy, bir biri bilan tiniqsiz jangu jadalda. O'sha davrni aytish mumkin bo'lsa, eng qoloq xalqi, lekin o'sha zamonni eng ulug' davlatlari bo'lgan fors bilan rumni fath qilasizlar desa, albatta bu mustaqil ko'ringan edi. Hunalika butul ila al mo'minun. Ana o'sha joyda mo'minlar yana bir bor imtihon qilindi.

Islomni yo'q bo'lib ketishiga mana shu Xandak kunida bir necha soatlar kifoya edi. Uch yuzta odamni ro'parasida, Xandak u yog'ida o'n ming kishilik mushuklar qo'shilib turibdi. Orqa tomondagi Banu Qurayza ahdiga xiyonat qilib, ular ham musulmonlarga hujum qilishga tayyor bo'lib turibdi. Shunday bir xatarli holat. Islomni yo'q bo'lib ketishiga bir qancha soat kifoya qiladi. Lekin Alloh boshqa narsani xohlagan edi.

Mana shu paytda, mana shunday qiyin kunlarda munofiqlar nima deyishdi? Ha bu odam bizga Rum bilan Forsni xazinalarini va'da qilyapti yu, biz bo'lsa, qozoi hojatga borgani qo'rqib turibmiz a. Ana o'sha joyda mo'minlar yana bir bor imtihon qilindi deydi Alloh Taolo. Imtihon kelishidan avval hamma bir xilga o'xshab ko'rinaveradi.

Masalan, bitta sinfda o'ttizta o'quvchi bo'lsa, imtihonda avvalida hammasi bir xil turadi. Harakat qilayotgan, yaxshi o'qiganga o'xshab ko'rinadi da. Imtihon bo'lgandan keyin qarasangiz, ikkitasi besh oldi imtihondan, to'rttasi to'rt oldi, yana bir yigirma tasi uch oldi. Imtihon ajratib berdi bu bolalarni ilmiy salohiyatini, ilmiy saviyasini. Xuddi shunga o'xshagandek siz bilan biz ham taqvoni ushaymiz. Sunnatni ushaymiz. Endi nafsimizga ozgina yoqmay qolsa, ozgina qiyinchilik bo'lib qolsa, nima qilamiz?

Ana shu qiyinchiliklar bizni sinar ekan, bizni aniqlab berar ekan kimligimizni. To'g'rida. Udobno bo'lganda, qulay bo'lganda namozda o'qiysiz, sharoit bo'lganda. Ozgina sharoit bo'lib qolmasa, o'qimay qolaverasiz. Robbimiz mo'minlar mana shunday sinaydi. Endi sen birodar mo'minsan. Xotirjam bo'l. Senga Jannatda joy bor, inshaalloh. Ana shu Jannatdagi joyni so'rab turibsan o'zingga. Endi ana shu o'ringa loyiqmisan, yo'qmi, robbing sinaydi. Haqiqiy muammo bo'lsang, sinovdan o'tasan. Agar unday bo'lmasang, haromga, his qufuz yo'lga kirib keta oladigan bo'lsang, demak sen sodiq emas ekansan.

Hunalika butul i al mo'minuna va zulzilu zilzal an shadida. Ana o'sha joyda mo'minlar yana bir bor imtihon qilindilar va bu dahshatdan qattiq larzaga tushdilar. Alloh Taolo Axzod surasida aytadi o'shanda munofiqlar va dillarida maraz bo'lgan kimsalar ma va adanallohu rasuluhu illa g'ururoh deyishdi. Ya'ni Alloh va uning Payg'ambari faqat bizga yolg'on va'dalarni berishgan ekan deyishdi. Munofiqlarni so'zi shunday bo'ldi. Lekin Alloh Taolo aytadi. Minal mo'minina reja alu. Mo'minlarning orasida rayonlar bor. Erkaklari bor. Qarang, mo'minlarnichida erkaklari bor, mo'minlar orasida o'zlari allohga bergan ahdi paymonlarida sodiq bo'lgan kishilar, rijollar bordir. Bas, ulardan ayrim kishilar o'z ahdiga vafo qildi. Ulardan ayrim koshlar esa shahid bo'lishga intizordir. Ular munofaqlarga o'xshab Allohga bergan axti paymonni buzishmadi, o'zgartirishmadi.

Allohga bergan ahdi o'zgartirishi, buzishi. Qanaqa ahdi u? Qanaqa ahd berishgan edi? Yengil kunida, og'ir kunida Allohga itoat qilishlikka. Dunyo matohiga ega bo'lganda ham, undan ajralib qolganda ham, dinda bo'lishlikka. Bo'ydoqligida ham, uylangonda ham, dinni mahkam tutishlikka. Kengchilikda ham, torchilikda ham, xursandchilikda ham, qayg'uda ham Allohga itoatlarni qilamiz deb ahd berishganida.

Endi birodar, sen bilan meni holatim shunaqami? Mana shu kunlarda hammasi, shu kunlarni har turi ustinga kelganida ham taqvodamisan? Agar shunday bo'lsang, xursand bo'l. Sen sinovdan o'tibsan. Biz mo'min sifatida Alloh Taoloni bizga bergan kunidan rozi bo'lishimiz kerak.

Biz juda hushyor bo'lishimiz kerik, aytayotgan so'zlarimizdan. Sen birodar, ey Robbim, bergan kuningdan roziman degin. Shunday deginda ehtiyot bo'l. Bergan kuningga roziman deginda ehtiyat bo'lgin. Orqasidan meni sinagin, har qanaqa kuningga turib beraman, devormagin.

Ma'qulmi? Roziman deganda, uni orqasidan valakim naafiyat aka avsau li deb qo'ygin. Nima degani? Ofiyating men uchun yaxshiroqda deb qo'ygan. Parvardigor, bergan kuningga roziman, kunimdan roziman, lekin ofiyating yaxshiroq men uchun. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar. O'zingga ishonib ketib, robbim meni bir sinab ko'r, meni imtihon qilib ko'r, men hammasiga chidayman deb bo'lmaydi.

Vala takilna ila anfu sina torfata aynin vala aqollar minvalik. Duoda qarang go'zalligini. Parvardigor, bizni o'zimizni, o'zimizni holimizga tashlab qo'ymagin. Ko'zimizni bir ochib yumguncha bo'lgan muddat yoki undan ham qisqaroq muddat. Yarim sekund ham, to'rtdan bir sekund ham bizni Alloh o'zimizni hovlimizga tashlab qoymasin.

Katta ketib bo'lmaydi. Va lekin naafiyat uka, avsauli. Lekin Parvardigor, ofiyating men uchun nima? Yaxshiroq. Nima deyishimiz kerak biz? Parvardigor, bergan kuningni hammasiga roziman. Qazoyi qadaringga roziman. Bergan rizqi nasibengga roziman. Mana shu ayolimga roziman. Shu farzandlarimga, shu uyimga, hammasiga roziman, lekin ofiyating yaxshiroq baribir menga.

Oddiy bir odam masjidga qatnaydi. Ilm majlislarida hozir topish tutishi endi el qatori o'rtacha. Mansabi ham yo'q, uylanmagan, uyi ham yo'q, ko'pchilik qatori. Ammo bir muddat alloh bu bandasini sinaydi da, qo'liga dunyo beradi. Mansab obro' beradi. Oila beradi, uyli bo'ladi.

Shu narsalar qo'lida yo'q bo'lgan paytda masjidga kelar edi, darsga kelardi, ilmda edi, taqvoda, zikrda edi. Yo'qligi bilan sinaganida sinovdan o'tdi. Mana endi Alloh Taolo berib sinaydi. O'sha qo'lida avval yo'q bo'gan hamma narsani berdi. Endi nima bo'ladi? Masjid ham qolib ketadi. Ilm majlisi ham qolib ketadi, zikr ham qolib ketadida. Demak, bu inson imtihondan o'ta olmadi.

Nozik narsa shu. Yo'qligida, chiroyli imtihondan u yerda, yo'qligiga chirab, sabr qilib o'tdi, endi bo'lganda nima qila olmadi? O'ta olmadi! Shuning uchun, birodarlar, ey bandalarim, berganim mukofot, bermaganim jazo emas.

Berganim sinov, bermaganim shifo. Alloh taolo bizni toqatimiz ko'tarmaydigan narsaga nima qilmasin, duchor qilmasin. Aytaylikki, ey robbim, hammasiga roziman. Xazoyi qadaringga roziman. Bergan rizqingga roziman. Oilamga, ayolimga, farzandlarimga, uyimga hammasiga roziman. Lekin men uchun ofiyating kengroq.

Payg'ambarimiz aytadilar, innna sidqo yahdi ilal bir. Albatta, rostgo'ylik yaxshilik yetaylikda. Va innna albirro yahdi ilal janna. Va albatta, yaxshilik jannatga yetaylikda. Va albatta kishi rozgo'y bo'lishda davomiy bo'larkan, Alloh Taoloning huzurida siddiqlardan deb yozib qo'yiladi.

Alloh Aziz va Jalloh ana shu siddiqlar qatorida bo'lishimizga o'zi muvaffaq bo'lgan bo'lsin. Aquli qovli ha'da va astag'firullohi rivalakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish