MMaviza
Yaqiyn manzilatiTekshirilgan24 daq

69-QISM / FAQIRLIK MANZILATI (1/4) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

0:00
24:25
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalatu vassalama ala shirofil mursalin. Va ala alihi va as hadihi ajma'in. Ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatu. Bugungi o'qiydigan manzilatimiz, birodarlar, faqirlik manzilati.

Rozgo'li deganda, faqatgina shu yolg'on gapirmaydigan odamni tushunarkanmiz. Agar darslarimizga doimiy suratda qatnashib turgan bo'lsanglar, bildinglar, rostgo'ylikni ma'nosi nima ekan? Juda ham keng ekan. Hayo deganda faqatgina shu betti qizarib, yerga qarab, xijolat bo'lib turishni tushunar edik. Lekin hayoni ma'nosi ham juda katta ekan. Mana endi faqirlik desak, darrov kambag'allikni tushunamiz da. Hamma muammolarimizning ildizi mana bu ikkita narsada.

O'lchov va tushunchada. Tushuncha va o'lchovda. Hayot haqidagi tasavvurlarimiz noto'g'riligida. Ana shu tasavvurlar tuzalmas ekan, ana shu tushunchalar Alloh va Rasul aytgan andozaga tushmas ekan, bizning muammolarimiz tugamaydi, birodarlar. Kambag'al odam meni eng haqiqatdan muhim muammoyim bu kambag'allik deydi. Kambag'allikka yo'q qilsam, boy bo'lsam, hamma muammolarim yo'q bo'ladi deb o'ylaydi. Bu noto'g'ri tushuncha. Dalil xuddi sen aytayotgandekqa katta puli bor odamni qaraginda, uni muammosi senikidan ham katta.

Seni muammoying kambag'allik emas. Boyning muammosi pulini ko'pligi emas. Ikkalasini ham muammosi o'lchov tushunchalari shariatga teskari. Agar o'lchov shuncha Alloh va Rasul aytgan andozaga kelsa, kitobi sunnat bilan o'lchov tushunchalarimizni tuzatib turadigan bo'lsak, puli borini ham, puli yo'qni ham muammosi tugaydi.

Faqirlik manzilati. Eshitib turinglar chi, nimaga faqirlik a? Faqirlik nima desa, hozir aytayotganimizdek, puli yo'g'ligini tushunamiz. Iya akana aburu va iya akana stain. Sengagina ibodat qilamiz va sengagina suyanamiz. Man arafa nafsahu, arafa robbaho. Kim o'zini tanisa, robbisini taniydi. Inson robbisiga muhtoj qilib yaratilgan. Inson robbiziga muhtoj. Inson Allohga muhtoj. Agar u Allohga o'zini behojat bo'ladigan bo'lsa, o'zini qiladigan fe'li atvorining yomonligiga tushib qoladi.

Alloh subhanahu va taolo butun borliqni inson zotiga bo'ynini sindirib berdi. Inson Allohga muhtoj. Har bitta narsada muhtoj. Agar shuni unutib qo'ysa, shu haqiqatni unutib qo'yadigan bo'lsa, g'ofil qolsa, aniq johillikka kirib qoladi. Johillik va ilm.

Johil odam desa nimani tushunamiz biz? Savodsiz odamni tushunamiz da. Ilmli odam desa, obrazovanniy diplomi bor odamni tushunamiz. Qarang, yana kaltada tasavvurimiz. Bir inson o'nta diplomi bo'lib johil bo'lishi mumkin. Bir odam o'qishni yozishni bilmasdan turib ilmli bo'lishi mumkun. Qanday qilib? Agar sizni qo'lingizdagi beshta diplomingiz, oltita uchoni stepenis, ilmiy darajangiz, sizni Allohni tanishlikka yetaklab olib bormagan bo'lsa, siz shariat nazdida johilsiz. Allohni tanimagan odam olim bo'la olmaydi. Endi maktabda o'qimagan, o'qish yozishni ham bilmas, lekin Allohni tanidi. Ma'ruza eshitdi, oyat alomatlarini kuzatdi, Allohni tanidi, mana shu odam olim bo'lladi.

Johillik. Johillikning eng yengil ta'rifi voqelikka xilof bo'lgan tasavvur, tushuncha, fahm. Voqelikka to'g'ri kelmaydigan narsa. Ya'ni, aytaylik ekan, so'z, fikr, xulosa. Agar voqelikka to'rt kelmasa, voqelikdan boshqacha bo'ladigan bo'lsa, bu johillik bo'ladi.

Buni misol bilan tushuntiramiz. Mana bu soat kumushdan yasalgan dedim men. Qarasangiz, yiltillab turibdi, haqiqatdan ko'mishga o'xshaydi. Bu agar ko'mishdan yasalgan bo'lsa, bu ilm bo'ladi. Agar ko'mishda yasalmagan bo'lsa, johillik bo'ladi. Yana aytyapsiz, bir chemi sutni yozni kunida optoyga qo'yib qo'ysangiz, ikki kun tursa, hech narsa bo'lmaydi, achimaydi, deyildi. Bu gap voqilikka to'g'ri keladimi? Yo'q, demak johillik shu. Moturidilar ahli sunna emas degan gap ham xuddi shunaqa gap. Mazhab kerak emas, hadisni o'zi bilan ketaveramiz biz deyishlik ham xuddi shu gap. Mazhab kimga kerak emas? Kim hadis bilan yo'l tutib ketaveradi? Ha, shunaqa odamlar bor. Mushtohidlar. Siz bilan bizga o'xshagan avom xalq mazhabni ushaydi, mazhabni fatvosi bilan ketadi, shunda adashmaydi. Tushundinglarmi? Voqelik haqida kelgan noto'g'ri xabar bu johillik bo'ladi. Misol bilan tushundinglar a? Mana bu soat kumushdan yasalgan deyildi. Haqiqatdan kumushdan yasalganmi?

Yo'q, temirdan yasalgan. Demak bu gap johillik bo'ladi. Birchini sud ikki kun oftobda qolib ketsa, issiq kunda, hech narsa bo'lmaydi degan gap ham g'irt johillik bo'ladi. Demak, voqelikka to'g'ri kelmagan so'z, voqelikka to'g'ri kelmagan fikr, xulosa, xabar, bu johillik deyiladi.

Seni birodar oldingda voqelik bor. Sen uni tan olasanmi, yo'qmi, yoqadimi, yoqmaydimi, achchiqmi, shirinmi, bu voqelik. Borligicha turibdi. Masalan, senga sovuq yoqmaydi. Havoni sovuq bo'lishi. Qish faslida turibsanmi? Turibsan, voqelik sovuq. Sen yozdasang ham, kuzdasang ham, bahodasang ham baribir sovuq.

Ilmning ta'rifi. Ilm nima? Ilm bir narsani dalil orqali boricha idrok qilish. Bir narsani dalili orqali borligicha idrok qilishi. Ya'ni birchini sut, obtoqda qo'p obtoqqa qo'yib qo'yilsa issiq kunda, ikki kunda achib qoladi.

Bu narsani voqelik dalil bilan isbotlab qo'ydi. Ikki kun turdi dalil bo'ldi, achiganligi. Achidimi? Demak mana shu dalil bo'ladi. Voqelik haqida kelgan to'g'ri xabar ilm deyiladi. Qaytaraman. Voqelik haqida kelgan to'g'ri xabar ilm deyiladi. Masalan dollar degan valyuta bor.

Hamma dollarda narxi bir xilmi qadri? Dollar sakson to'qqiz so'm, yetmish tiyin. Hamma dollarni qiymati bir xil deganimi bu? Yo'q, birodarlar, dunyoda o'ttiz dan ortiq mamlakatda ishlatadigan puli dollar deyiladi. Avstraliya dollari bor. Yangi Zelandiya dollari bor, Panama, Bagama, Bruney, Palau. Mana shu mamlakatlarda hammasini puli dollar deyiladi. Mana endi hamma dollarning qiymati bir xil deysan. Shu gap to'g'rimi?

Mana qara, dollarni yozib qo'yibdi. Mana yuz dollarni sakkiz ming to'qqiz yuz yetmish so'm oladi deb turib, sizga nima deyapti? Palau yoki bo'lmasam, Yangi Zelandiya dollarini beryapti. Olaverasizmi? Ha, dollar ekanda, nima? Keyin olib kelsangiz u o'sha pista pul ekan u. Birodarlar, ilm bir narsani dalil orqali borligicha bilish. Ilm, ilmni ta'rifi ko'p. Ba'zilarini aytyapmiz. Soddaroqini. Hozir qor yog'yapti deb kirdi bitta anavi dejurlarimizdan.

Orqasidan bittasi kirdi, yog'mayapti deb. Ikkalasini ham olib kelgan so'zini xabar deb qarab turamiz. Voqelikka qaysinisini gapi to'g'ri keladi shu yerda? Chiqsak, yog'mayapti. Demak, birinchisiniki xabarligicha qoldi, voqelik isbotlamadi. Ikkinchisining olib kelgan xabarini voqelik isbatladi. Demak, ikkinchisini gapi nima bo'ldi? Ilm bo'ldi. Endi tushundinglarmi? Toyota germanskiy mashinada turib Ahmad aytyapti.

Mahmud aytyapti yaponskiy deb. Ikkalasini ham gapi hali xabar. Isbotini bilmaguningizcha, dalilini ko'rmaguningizcha ikkalasini xabar deb turasiz. Keyin surishtirsangiz, o'qisangiz, so'rasangiz, Toyota qayerda ekan? Koreyskiy ekan. Yaponskiy ekan. Demak, bittasini gapi xabarligicha qoldi, bittasiniki ilm bo'ldi. Tushundinglarmi, birodarlar? Mazhab kerak emas degan gap quruq xabar edi u. Siz bilan bizga masxab vojib. Moturidiy ash shar'iy aqidasi ahli sunnaning aqida maktablari. Bular ahli sunna emas degan gap xabar. Xabar. Voqeligi uni isbotlamaydi. Ahli sunna ekanligini isbotlaydi.

Ilm voqelik haqida kelgan to'g'ri xabar. Ilm dalilga asoslangan, to'g'riligi aniq bo'lgan, voqelik uni tasdiqlagan ikki narsa o'rtasidagi sobit aloqa. Bu murakkabrog'i. Ilm, ikki narsa o'tasidagi, dalilga asoslangan, to'g'riligi aniq bo'lgan, voqelik uni tasdiklagan sobit aloq a.

Demak, ikki narsa orasidagi aloqa qonun. Taqlid nima? Taqlid dalilga muhtoj bo'ladigan haqiqat. Johillik nima? Voqelikka zid bo'lgan narsa. Ilm nima? Shak, shubha, gumon va vahmdan uzoq bo'lgan narsani. Mana shu ilm bo'ladi.

Ilm bu bir narsani borligicha, haqiqaticha bilishlik. Biz aniq bilmagan narsalar bor. Masalan, avvalgi zamonlarda quyosh issiqlik taratadi. Inson havoga ko'tarilib, quyoshga qancha yaqin bo'lsa, shuncha issiq bo'ladi degan tasavvuri bor edi.

Bu xabar edi. Bu tasavvur edi. Bu gumon edi. Lekin ilinmas edi hali. Keyingi davrlarda insoniyat uchog' degan apparatlarni o'ylab topdi. Osmonga ko'tarildi, kosmosga chiqdi. Bilsa, yuqoriga ko'tarilgan sari issiq bo'lish o'rniga nima bo'larkan? Sovuq ekan. Ha ular issiq bo'ladi degan narsani ilm deb, haqiqat deb bilishgan. Aslida bunaqa bo'lmadi. Ularni tasavvuri noto'g'ri bo'ldi. Bu narsa gumon edi, taxmin edi, faraz edi. Haqiqat bunisi deb bo'lib chiqdi. Mana endi yuqoriga ko'tarilgan sari havo soviydi harorati degan so'z endi ilm bo'ldi. Chunki voqelik isbotladi, voqelikka to'g'ri keldi.

Demak, voqelikka, voqelikka. To'g'ri kelgan va dalil uni isbotlagan narsa ilm bo'ladi. Ilm bir narsani uning borligicha bilishlik. Qur'on oyatlarini. Biz Alloh xohlagandek tushunishimiz kerak. Payg'ambarimizning hadislarini Rasululloh xohlaganday tushunishimiz keldi. O'limdan keyin nima bor? Qo'limizdagi boyligimiz, davlatimizni haqiqati nima?

Agar atrofimizdagi narsalarni haqiqatini bilsak, ularda asli nima ekanligini tushunsak va bularni dalili qo'limizda bo'lsa, demak biz olim bo'lamiz. Masalan, ota onangni norozi qilma. Nazardan qoma, duo ol, qarg'ish olma, deyildi. Siz buni eshitdingiz, surishtirdingiz, hayotda shu aytilgan narsalar dalilini ko'rdingiz. Ota onasiga oq bo'lsa xor bo'lar ekan, duosini olsa baraka topar ekan.

Nazardan qolmasa, el yurti nazariga tushib duosini olsa, xayriyatga erishar ekan, el yurti nazaridan qolsa juvonme bo'lar ekan. Mana siz olim bo'ldingiz. A, aytaveradi bu chog'laring. Bular yetmish ga kirganda namoz o'qigan. Bular taqvosi yo'q. Bular Alhamdulillah to'g'ri o'qishni bilmaydi. A bular gap yo'q, xulosa emas. Gapiraveradi bular. Bu noto'g'ri. Shunaqa qilganlarda nima bo'lganligini biz ko'rdik.

Ustozlarni nazar pisand qilmagan, ustozlarni go'shtini yegan, ustozlarnini nazaridan qolib, qarg'ish demaylik, nazaridan qolganlarda nima bo'sganligini biz ko'dik, mana shu ko'zlarimiz bilan. Juvonimi bo'lib ketganini ko'rdik. Hamma yog'i bor edi. Bitta o'g'il bola havas qiladigan hamma yog'i bo'lardi. Puli ham, ilmiy ham, obro'yi ham, quvvati ham, hamma yog'i bordi.

Akalar, biz ko'rdik buni. Johil inson ikki xil bo'ladi. Biri shunaqa odamki, hech narsani bilmaydi. Ilm ma'rifatdan uzoq. Ilm ma'rifat yetishmaydi va o'zini johilligini tan oladi. Ikkinchi johil qanaqa bo'ladi? Ikkinchisi, bu odam kallasi botil bilan, xurofot bilan, vahm bilan, noto'g'ri tasavvurlar bilan to'lgan bo'ladi. Bilaman degan narsasi, haqiqat degan narsasi xato. Ilm deb bilgan narsasi voqelikka to'g'ri kelmaydi. Isboti, dalili yo'q xabarlar, ammo o'zini olim deb biladi.

Yana bu fikrlarni boshqalarga ham ilm deb o'rgatadi. Yana bitta misol. Mashinangiz minib ketyapsiz, birdan yog'ni almashtirish kerakligini ko'rsatadigan chiroq yonib qoldi. Chaynakka o'xshagan narsa tomchi tutib qo'yadi a? Demak, tabloda o'sha yog'ni almashrishlik kerakligini bildiradigan chiroq yo'nib qoldi. Buni nimaligini bilmaysiz. Ilmingiz yo'q. Oldingizda turgan odamdan so'radingiz da. Bu nimaga yondi desa, bilmadim, chiroyli turish uchun bo'lsa kerak da deb qo'ydi.

Qabul qildingiz, ketaverdingiz. Ziynat uchun bo'lsak kerak degan fikr, bu ham bitta fikr edi. Ammo voqelikka to'g'ri kelmaydigan fikr edi. Bu g'irt johillik edi. Endi nima bo'ladi bu mashina? Yog'i tugaydi. Yuraveradi, stuk beradi, katta chiqimga tushadi. Demak, siz bilan bizda ham birodarlar voqelikka to'g'ri kelmaydigan xato o'ylar, fikrlar bor bo'lishi mumkin. Bizda ham bir johillikdan bir nasiba bo'lishi mumkin.

Agar mana shu xato fikr, tushunchalarni kallamizdan chiqarib yuborsak, demak biz olim bo'lamiz. Shuning uchun birodarlar, agar dunyoni istasak, ilmni lozim tutaylik. Agar oxiratni istasak, ilmni lozim tutaylik. Agar ikkalasini, ham dunyoni, ham oxiratni istatsak, ilmni lazim tutaylik.

Nima demoqchimiz bu gapimiz bilan? Ro'paramizda haqiqatlar turibdi. Bizga yoqadimi, yo'qmi? Bor. Ana shu haqiqatlarning eng kattasi va eng muhimi, sen Allohga muhtojsansan. Sen Allohga faqirsansan. Biz aytayotgan faqirlik mana shu. Alloh Qur'onda siz bilan bizga shunday deb xabar bergan. Ey odamlar, sizlar Allohga faqirsizlar, ya'ni Allohga muhtojsizlar.

Ana shu Allohni tanimagan, o'zini tanimagan johil inson hayotda bir narsaga erishgan bo'lsa aytadiki, men buni dedi o'zimni qo'llarim bilan dedi, o'zimni mehnatim bilan qo'lga kiritdim. Menga hech kim yordam bermagan deydi. Sen Allohni bandasisan. Har bitta narsada, har bitta holatda Allohga muhtojsansan. Alloh Taolo aytadi, astaydubillah. Qulinglar humma malikal mulki to'xtil mulka man tasha'u. Va tanzilul mulka min man tasha'u va to'izlum man tasha'u, va to'zilum man tasha'a biyadikal xoyr innaka a'la kullishayin qodir.

Ayting. Ey mulki davlat egasi bo'lgan Allohim, sen istagan kishingga mulk ato qilasan. Istagan kishingdan bu mulkni tortib olaversan. Istagan kishingni aziz qilaversan, istagan kishingni xor qilaversan. Bor yaxshilik, yolg'iz seni qo'lingda. Albatta sen barcha narsaga qodirsan. Diqqat qilinglar. Hamma narsa Allohnin qo'lida.

Miyangiz bor. Siz fizika, ximiya, astronomiya fanlari doktori bo'lishingiz mumkin. Dunyoni manaman degan universitetlarida ta'lim olgan bo'lishingiz mumkin. Yillar davomida ilmiy izlanishlar qilib, shu unvonga erishgan bo'lishingiz ham mumkin. Mana shunday turgan paytingizda Alloh Taolo miyangizdagi bitta tomirni uzib qo'yadi. Bo'ldi. Bo'ldi, endi hech kim emassiz. Alloh Taolo aqlingizni shunday o'chirib qo'yadi, majnunsiz, jinnisiz, hech kimga kerak emassiz. Kimni qo'lida miyangiz? Allohni qo'lida. Yuragingiz. Yuragingiz, uni ishi qo'lingizdami o'zingizni? Oyoq qo'lingiz, boshqa a'zolaringiz, sizni ixtiyoringizdami?

Qulillahumma malikal mulk. Ey mulki davlat egasi bo'lgan Allohim. Atrofimizda nimaki bor bo'lsa, tirikmi, o'likmi, qo'yuqmi, suyuqmi, hammasi Allohni mulki. Agar shu haqiqatni anglab yetsang, Allohga intilayotganingni ko'rasan. Allohga intiladigan bo'lib qolasan. Allohni o'zigagina suyanadigan bo'lib qulasan. Shunda joning orom oladi. Kim aytgani bo'ladi? Kim aytgani biladi? Allohni aytgani bo'lladi.

Qon tomirlarimiz, nervlarimiz, o'zimizni qo'limizdami? Miyamizga bitta tomir bo'g'ilsin, bitta tomir yorilib kelsin. Ana bo'ldi. Mushkula tayyor. Shol bo'lib qoladi, ko'r bo'lib qoladi, soqov bo'lib qoladi. Demak, sen borlig'ing Alloh qo'lida. Demak, sen Allohga muhtojsansan, faqirsan.

Haqiqat shuki, sen Allohga muhtojsansan. Har bitta holatingda muhtojsansan, faqirsan, Alloh esa har narsaga qodir. Mana qarang. Bu voqea hissa, ana shu Yevropada Alp tog'larining ustidan samolyot uchib ketar ekan. O'n ming metr balandlikda, o'n km. Birdan samolyot shu bir yonib ketdi da, ikki uchga bo'linib turib odamlar quladi. Yuz ellikta, ikki yuzta odam. Hammasi o'ldi. Faqat bitta odam tirik qoldi. Qanday qilib tirik qoldi? Ana shu samolyot bo'linganda, haligi kreslasiga baylanganmi, remen bilan qatirib olganmi? Kreslasi uzilib ketdi da, shu tog'ga qarab tushib keldi.

Holatini tasavvur qiling da. Nimalar o'tadi ko'zini oldida? Bir ikki minut tushar, uch minut tushar, tezlik bilan tushadi da. Besh olti metr qalin yog'ib qo'ygan qorning ustiga tushdi haligi kreslasi bilan. Haligi qor zarbani o'ziga oldida, boyagi kreslaga baylangan odam tirik qoldi. Kimni qo'lida ekan insonni hayoti? O'sha ikki yuzta odamdan bitta odam tirik qolishini Alloh xohlovdi, shu odam tirik qildi.

Ha, boshqa bir odam, bu ham voqea qilsa. Oyog'ini tagiga o'sha stulni qo'yib, lampochkani almashtirgani ko'tarildi. Lampochkani almalashtirayotib turib, oyog'i toyilib ketdi. Bir metr balandli yerdan. Shunday yerga yiqilib, boshi bilan tushdi, o'ldi. Bir odam o'n ming metrdan tushib tirik qolyapti. Bir odam bir metrdan yiqilib nima bo'lyapti? Shuning uchun birodar, sen Allohga muhtojsansan. Sen faqirsan. Qanchalar buni tushunsang va qanchalar qalbinga mustahkam joylasang, Allohga intilayotganingni ko'rasan, rohatdaligingni topasan o'zingni.

Arzimagan sabab bilan Alloh senga katta narsani ato qilib qo'yishi mumkin. Arzimagan narsa bilan borib urdingni mahrum qilib qo'yishi mumkin. Shuning uchun Allohga muhtojligingni bilib tur. Mana mashina minib yuribmiz hammamiz. Yuzlagan, minglagan bolt gaykalar bor. Hammasi qatrlagan mahkam turibdi, ishlayapti. Mana endi ana shu bolt natijasidan tasavvur qil bitta. Kartorni bolta. Motorni ostida yog'ni ushlab turadigan xaltasi, temir xaltasi shu kartor deyiladi, poddon deyiladi. Shu yerda yog'ni to'kadigan teshigi bor. Shunga bitta bolt qadirib qo'yiladi.

Minglagan boltlarni ichidan shu bitta bolt bo'shab ketdi, Allohni taqdiri, yog'i oqib ketdi. Mashinani minib ketayotgan odam ichida to'rtta odamni bilan ketyapti. O'ttiz qirq gradus sovuq bo'ladigan yurtda. Yog' tugadi, ozgina yurgandan keyin motor o'chdi. Nima bo'ladi mashinadagilar? Birodarlar, har mashinaga o'tirayotganimizda, riskovat qilayotganimizni bilasizlarmi?

Shunaqa uverenniy o'tiramizda, kak budto hamma yog'i zo'r cheki cheki bo'ladi. Samolyotda ko'tarilayotganlarda bir qo'rqasizlarmi menga o'xshab sizlar ham? E jonimizni ikki yuzta odam omonat topshirib o'sha temirga o'tirib oldik a? Bitta sim uzilib ketsa nima bo'lishini bilasizmi? O'shaning uchun musulmon o'tiradi da, Bismillah, Subhanalloh deydi, sahxoralarini ha da da duo o'qishni boshlaydi. Qo'nganda ham Alhamdulillah, Robbila alamin deydi.

Tushunyapsizmi, birodar? Inson bolasi o'zini atrofini hamma yog'ini bir xil kuzatib turishlikka qodirmi? Yo'q. Shuning uchun har bir lahzasida Allohga muhtojligini nima qilib tursin? Eslab tursin. Alloh shunday bo'lishini iroda qildi. Alloh o'ziga faqir bo'lishimizni xohladi va mana shu faqir bo'lishingiz bizni baxtli qiladi.

O'zimizni ojizligimizni his qilishimiz, Allohga muhtoj ekanligimizni his qilishimiz, o'zimizni qo'limizda hech narsa yo'qligini bilishimiz bizni baxtli qiladi. Birinchi haqiqat. Sen faqirsan, faqirni ma'nosi muhtojsansan. Astaydu billah, ya ayyuhan nasu an tumul fuqaro ila allohi va allohu huval g'oney yul hamid. Fotir surasi. Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar, faqirsizlar. Allohning o'zigina barcha odamlardan behojat va barcha maqtovlarga loyiq bo'lgan zotdir. Inson degan zot bormi? Boy bo'lsa ham, kambag'al bo'lsa ham Allohga muhtoji faqir. Olim bo'lsa ham omi bo'lsa hamallohga muhtoj faqir. Katta, kichik, erkak ayol. Mutloq, hammasi Allohga muhtoj va faqir. Ya ayyuha nasu, antumul fuqaro ila Allohi va Allohu huvalg'oniyul hamid. Aqlu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohi va malaykiyatuhu yu sollu ala alannabi. Ya ayyuha la dina amanu, sollallohu alayhi vasallimu taslima.

Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'libop.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish