MMaviza
—Tekshirilgan33 daq

1) SIYRATNING FAZILATI

Abdulloh Domla · Siyrat darslari

0:00
33:22

Bismillahir rohmanir rohim. Innahl hamdillahi inahmatuhu onas ta'inuhu onas tafihuhu va na'uhu billahi min ash sururiyan husinavami sayyihati amalina. Man yahdihillahi falahmudillalloh va man yudiluhu falah hadiyaloh. Mana shuhratulloh ilohi illallohu vohid ahdushul shariikaloh. Mana shuhadamni muhammadan abduhu rasululloh muhammad va alayhissalom alaykum rahmatullohi va barakatuh.

Inshaalloh, bugundan boshlab payg'ambarimiz muhammad mustafo sallallohning siyratlarini o'qib o'rganishini boshlaymiz. Mana shu darsimizni boshidan Alloh Subhanahu va Taolodan avvalo mana mana shu ishda ixlosni berishligini, ixlosni ato qilishligini so'raymiz. Hamda xushmuq qabul qilishini so'raymimizki, agar ixlos bo'lmaydigan bo'lsa, amal har qancha katta bo'lmasin, qiyomatda insonni ziyoniga ishlab qoladi. Siz bilan bizga Alloh Taolodan sabr tilaymiz, davomiylik tilaymiz hamda Nabiy Sultonov hay'atini o'qib o'rganib, undan ibrat olib, hayotimizga tadbiq qiladigan bandalardan qilishligini so'raymiz.

Alloh Taoloni bir fazli marhamati bilan o'zidan madad so'ragan holda boshlaymiz. Bismillahir rohmanir rohim. Alloh Subhanahir Rohiym Odam Alayhissalomni uyiga tushirgan kunidan boshlab, uni o'zini holicha tashlab qo'ygan yo'q. Dunyoda saodatli hayot kechirishligi hamda o'zini asl vatani bo'lgan jannatga qaytib borishligi uchun qanday ko'rsatma, qanday qo'llanma, yo'llanma kerak bo'ladigan bo'lsa, o'zini huzuridan bumhurlarini tushurib turibdi.

Va mana shu payg'ambarlarni silsilasining oxirgisi bo'lgan Muhammad Musofo Sov Sallamga yigirma uch yil mobaynida mukammal shariat Qur'onni nozil qildim. Hajjatul vododa turakam Payg'ambarimiz Sov Sallam oxirgi oyatlardan shuni nozil bo'ldiki, al yavma akmal tulakun dinakun. Bugun diningizni mukammal qildim. Ne'matimni to'liq qildim va islom sizlarga din bo'lishligiga rozi bo'ldi. Mana shu kundan boshlab shariatni eslay olmayapmiz. Mukammal bo'lgan. Qur'onda yoki Payg'ambar alayhissalomning hadislarida qanday buyruqlar, ko'rsatmalar bo'lsa, yoki qanday qaytarg'alar bo'lsa, bularni musulmon kishi bajarishligi shart bo'ladi.

Endi savol. Shu ko'rsatmalarni bajarishlikdan maqsad nima? Jannat deymiz. Qiyomatda sharmanda bo'lmaslik deymiz. Maqsadlarning maqsadi, g'oyalarning g'oyasi Alloh Taoloni diydorini ko'rishlik. Niyatimizni boshidan to'g'ri qilib olaylikki, maqsad bu jannatga kirish ham emas. Alloh Taoloni diyidorini ko'rgandan keyin jannatinglar, u jannatdagi ne'matlarni hammasini yutishadi. U ham maxluq, jannat ham.

Salamu alaykum, avvalo mer, rohber, rohim. Jannatinglar shunday bir jannatga, jannatdagi ne'matlarga ko'milib cho'milib, rohatlanib turganida, Parvardigorini yuzini ko'ra bo'ladi deydi. Allohni yuzini ko'rishlik maqsad. Maqsadimizning eng oxirgisi, oliysi shu. Nabiy so'hiy osmonning suhbatida bo'lish, hamda Alloh sultonidan ham va Taoloning jamolini ko'rishligi. Mana shu yo'lga qanday yetib boramiz?

Bu xususda hammani o'zini fikri bor. O'zini ilmi, dunyoqarashiga qarab turib, hammani o'zining tutgan yo'lini o'zi to'g'ri deb bilib yuboradi. Shunday toifalar bor. Bizga Qur'onda o'zi yetadi deydiganlar bor. Kofir bo'ladigan. Agar sunnat kerak emas, fayg'onissalom rahmatullohga shukur, o'rganishlik shart emas. Bizga Qur'on o'zi yetadi, degan odam bo'lsa, bu odam kofir bo'ladi. Ochiq aytamiz. Sunnat Payg'ambar zamonida kerak bo'lgan, hadis desang qayerdan bilasan shu hadisni imenno Payg'ambar aytganini deydi da, shu gapi bilan sunnat inkor qilib turib kofir bo'lib ketadi. Agar Qur'on, bu Payg'ambar sallallohu alayhi vasallamni hayotini o'rganishlikka kirishlikdan avval aytilinadigan gaplar juda ko'p. Bu faqat bir o'qib o'rganib qo'yadigan tarix kitobi emas. Siz bilan bizga kunlik hayotimizda kerak bo'ladigan ibrat namuna. Allohni roziligi yetkazadigan yo'lni qanday topamiz?

Qur'on agar Alloh Taoloni insoniyatga tushirgan manhaji, yo'llanmasi, kitobi kalomi bo'ladigan bo'lsa, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ana shu kitobni o'zini hayotida amaliy suratda ko'rsatib bergan. Mana ko'p axloqlar haqida eshitganmiz. Musulmon kishi unday bo'lishi kerak. Bunday bo'lishi kerak, ma'no sifatlaridan tiyilishi kerak. Juda ko'p bilamiz. Endi bir savol tug'iladiki, agar mana shu sifatlarda hammasi bitta odamda jamlansa, qani odam bo'larkan shu odam? Hech kimdan qo'rqmasa, faqat Allohga suyansa, faqirlikdan shikoyat qilmasa, issiq sovuqda ming'illamasa, qo'li ochiq bo'lsa, xotinlarga zo'r muomala qilsa, bolachaqaga zo'r tarbiya bersa, tijoratda yolg'on gapirmasa, qarab turib, qani odam bo'larkan shu odam degan fikr keladi.

Bilaylikki, ana shu odam Muhammad Mustafao Sallallohu alayhi vasallam. Hayotda qanaqa o'rni bo'ladigan bo'lsa, Payg'ambarimiz alayhissalom mukammal suratda siz bilamiz degan namuna bo'lgan. Rosul Sultonning hayotini o'rganishlik, Alloh Subhanah va Taoloning buyrug'i, bu ibodat. Bu ibodat. Fama atalqu murosul fahuduhu va mana haqqu man hu fantahuhu. Muhammad Musofo Sulton sizlarga nimani bergan bo'lsa, nimani olib kelgan bo'lsa uni olinglar. Nimadan qaytargan bo'lsa qaytinglar. Allohni buyrug'iga alabek deb javob beradigan bo'lsak, Payg'ambarimizni buyrug'iga itoat qilishimiz kerak. Ana shu biz aytayotgan sunnatni kerak emas deyotgan, yoki Qur'onni o'zimizga kifoya qiladi deyotgan odamlar yaxshilab eshitib qo'ysinki, Alloh Taolo ana shu Qur'oni Karimda aytadi, astaydu billah, qul in quntum tohibbuna alloha fattabi uniy, uyg'biy bu kun mulloh va yoqul lakum dunyu bakun. Ey, Muhammad alayhissalom, ayting o'shalarga. Ya'ni bizga, boshqalarga. Agar sizlar haqiqatdan Allohni yaxshi ko'rishlik da'voyinglar rost bo'lsa, menga itoat qilinglar deb ayting. Alloh Taolo aytyapti, meni yaxshi ko'rsanglar, menga iymon keltirgan bo'lsanglar, Muhammad alayhissalomga ergashinglar deb yuryapti.

Alloh Subhanahu va Taolo Qur'oni Karimda siz bilan bizni buyuriydi Payg'ambarimiz ergashlikka. Laqodaka an ala kunfi rasulillahi usvatun hasana liman ka na yarjulloh avval yavmal ahir va'dakir allohga kafirol. Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirganda. Allohdan va qiyomatdan umidi bo'lgan. Hamda Allohni ko'p eslagan kishilar uchun Muhammad alayhissalomning hayotida ibrat namuna bor.

Ertalabdan kechgacha radioda, televizorda bizga kumir bo'laman degan odamlarni son sanog'i ko'payib ketgan. Alloh taolo aytyaptiki, sizlarga ibrat bo'ladigan, namuna bo'ladigan yagona kishi Muhammad alayhi salom. Chunki naviysi paytida shunday mazmunda hadislar keladi da, kim qaysi bir qavmni yaxshi ko'rsa, qiyomatda shular bilan birga bo'ladi.

Biz Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni hayotini o'rganishlik bilan nimaga yetishamiz? Bizga nima bor? Bir odam bir yangi ko'chaga yursa, bir birov yurmagan yo'lga bir yuradigan bo'lsa katta uzoqroq masofaga, qayerda qanaqa bir burilishi bor, qayerda qanday o'ydim chuquri bor, qayerda pasti bor, balandi bor bilmaydi. Juda ehtiyot bo'lib, qo'rqib yuradi, baribir talabda chuqurga tushadi. Chunki notanish yo'l. Tez yuradi. Endi hamma yurgan yoki avvaldan yurib tajribalarga, tajriba qoldirilgan, hamma bilgan yo'l yurishi unga osonroq bo'ladi. Biz Payg'ambarimiz a'zamizni qoldirib ketgan yo'lda mahkam ushlab yuradigan bo'lsak, qoqilmaymiz. Nabiyiz a'zam aytadilar, tarak tukum alam mahajjati in baydo layluha kani harixa.

Payg'ambarimiz a'zam a'tadilar, men sizlarni deydi, o'zimdan keyin shunday bir yo'lga qo'yib ketyapmanki, bu yo'lni tuni kunidan ko'ra yorug'roq deydi. Ya'ni Payg'ambarimiz qoldirib ketgan yo'lda qorong'ulik yo'q. Kundek ravshan, tun bo'lmaydi bu yo'ldan. Bu yo'ldan Dinamis alayhissalom, faqat Alloh adashtirganlargina. Ana shu adashmasligi uchun, Payg'ambarim mana shunday qoldirib ketkan yo'lida yurishligi uchun u zot alayhissalomni hayotini o'rganishligimiz kerak bo'ladi. U zotning hayoti biz uchun nima? Biz uchun nima? U zotning hayotini tug'ilib vafot etgunga qadar bo'lgan oltmish uch yillik hayoti, xususan mana shu yigirma uch yillik Payg'ambarlik hayoti bizga dars va ibrat.

Shijoatli bo'lishlik, noumid bo'lmaslik xususida darslar, buyuk axloq haqidagi darslar, haqni himoya qilishlik, haqda mustahkam turishing haqida darslar. Allohning yo'lida sarf xarajat ehson qilishlik, kuch sarflashlik haqidagi darslar, idora xususidagi darslar. Oilani bir idora qilishlik darslari hamda ummatni yuksaltirishingiz uchun bo'lgan kerak bo'ladigan dars ibrat namunalar.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana hammamizga ma'lum mashhur arab jazirasida, Makka Munkarmada Qurash qabilasida dunyoga keldi. Biz hali tafsilotlarga kirmayapmiz. Biz fazilat haqida gaplashyapmiz hozir. Yetim bo'lib tug'ildi. Tug'ilishi bilan yetim bo'ldi, chunki onasini qornida ikki oy homilador paytida onasi otasi vafot qildi. Yetim bo'lib tug'dildi.

Aka ukasi yo'q. O'g'il farzandlari yo'q. O'qishni yozishni bilmaydigan, bir birini bir og'iz sochin qirib tashlashga tayyor bo'lgan johil, urug'chilikni, qabilacha edi mahkam ushlagan, qoloq, cho'pon bo'lgan, qoloq bo'lgan xalq o'rtasida dunyoga keldi da, yigirma uch yil muddat ichida mana shu qoloq bo'gan, qo'y hidi kelib turgan, tarqoq bo'gan bir millatni, bir xalqni dunyoga ustozlik qiladigan ummat darajasiga ko'tarib olib chiqdi. Tarixda bunaqa qisqa muddat ichida bunday ummatini yuzlashtirgan kishi bo'lgan emas. Payg'ambarimiz sulton alayhissalom yuborilgunga qadar insoniyat tarixi bir boshqacha ko'rinishda edi. Endi nabiy sulton alayhi sulton kelgandan keyin esa, tarix boshqadan yozildi. Nabiy sultondan alayhi sultondan aloning ta'limoti keng tarqaldi. Arablar yuksaldi. Fors va Rumni yengishdi, Fors va Rumni. Yevropa ham musulmonlardan ilmni o'rgandi. Yevropani uyg'onganiga olti yuz yil bo'lgan bo'lsa birodarlar, bu ummatni uyg'onganigiga bir ming to'rt yuz yil o'lyapti. Islomiy ta'limot, Islom olib kelgan ilm tufayli Yevropa uyg'ondi.

Insoniyatni ustiga, Payg'ambarimiz so'rasin, ta'limot, yangi tushunchalarni olib keldi. Haqiqat, hurriyat, adolat, tenglik, erkak va ayolni o'rtasidagi bir tenglik, qulni haqqi, yetimni haqqi, yosh bolalarni haqqi, bularni barchasi Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vassalam olib kelgan yangi tushunchalar edi.

Tarixda buyuk insonlar ko'p bo'lgan. Lekin bularni buyukligi ma'lum bir vaqtda, ma'lum bir sohada rivojlangan, o'lganidan keyin ellik yil, o'ttiz yildan keyin ular esdan chiqib ketgan. Ularning insoniyatga ta'siri, o'zi yashagan davrdagilar bo'lgan xolos. Iskandar, Arastu, Aflotun, Walter, Napoleon, Shekspir va hokazolar. Endi bular Shekspirni she'rda ana shu shoirlikda taratdi, dong'ini dunyoga, shu sohadan narigiga o'ta olmadi. Napoleon bir harbiy qo'mondon sifatida ko'zga ko'rindi, o'zini davri o'tdi, shu bilan tarix kitoblarida qog'ozni kecha qoldi, hayotga ta'sir o'tkaza olmadi. Bir filosofiyada avlod hunarlari o'sha falsafada dunyoga talindi da, bo'ldi. Boshqa sohada ular bizga ibrat bo'lishlikka yaramadi.

Payg'ambar sultonlarning hayoti siz bilan bizga ibrat namuna deb aytdik. Biz Payg'ambarimizni hayotini o'qil ekanmiz. Mana shu yerda necha xil odam o'tirgan bo'lsa. Umuman yer yuzida qanaqa toifada odamlar yashayotgan bo'lmasin, albatta Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularga ibrat bo'lishiga yaraydi. Payg'ambar bizga Alloh Taolo hamma yaxshi sifatlarni jamlab berdi shaxsiyatida. Hatto Payg'ambarlarni hammasini yo'q bu sifat. Masalan, Payg'ambarlarda hammasiga biz iymon keltirganmiz. Ularni hammasini o'zimizni Payg'ambarlarimiz deb yaxshi ko'ramiz. Iso alayhissalom olaylik. Bizga mukammal suratda ibrat namuna bo'ladimi? Biz yaxshi ko'ramiz insof alayhissalomni. Ruhulloh deymiz. Alayhissalom deymiz ismi aytilinganda. Lekin shu zotni hayotini o'rganadigan bo'lsak, u kishini kim deb taniymiz? Uylanmagan, bo'ydoq, taqvodor, dunyodan behojat, mahkum bo'lgan bir banda.

Ota sifatida ibratlikka yaramaydi, chunki ota bo'lmagan. Rahbar sifatida ibrat bo'lishiga yaramaydi, rahbar bo'lmagan. Jamiyatda bir ish yurituvchisi sifatida ibratlana olmaymiz. Chunki u kishi faqatgina boyagi aytayotganimizdek uylanmagan, dunyodan behojat, taqvoliy, xudo joy, mahkum, oddiy odam sifatida bizga ma'lum bo'ladi. Yoki Sulaymon alayhissalomni olaylik. Sulaymon alayhi assalom bizga qanaqa ibrat bo'ladi? Odil podshoh, shokir boy.

Lekin kambag'al sifatida ibrat olamiz. Kambag'al bo'lmagan so'layman alayhissalom. Mahkum oddiy fuqaro sifatida iborat olamiz. Podshoh to'g'ri bo'lgan, podshoh bo'lgan. Och qolgan, qiynalgan, zaif holati bo'lmagan, so'layman alayshissalom. Demak, bu payg'ambarlarni hammasi bizga hayotda mukammal ibrat bo'lishiga yaramaydi. Ma'lum bir sohaga yaraydi, bo'ldi shu bilan. Lekin Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamchi?

Biz nimani o'qishlikka, nimani o'rganishga kirib ketaykanimizni bilib olaylik. Yer yuzida qanaqa yaxshi axloq bo'lsa, hammasi Muhammad alayhissalomda bir vaqtni o'zida jamlangan. Qanaqa yomon sifatlar bo'lsa, Payg'ambarimizda birortasi ham bo'lgan emas. Shunday odamni taniymizmi? Shunday kishini taniymizmi? U kishini tanishligimiz, u kishiga bo'lgan muhabbatimizga sabab bo'ladi. Muhabbatimizga sabab, u zotni tanishlik, agar yaxshi ko'rmasak, iymonimiz komil bo'lmaydi.

Biz nimani o'qishga kirishayotganimizni qadrini bilaylik. Nabiyiz alayhissalom aytadilar: la yu'minu ahadukum, xatta akuna habba ilayhi min valadihi va valadihi va nasi ajma'iy. Mana hamma o'zini iymonli deb biladi. Mana hozirgi aytilingan hadisiy quloq solaylik da, o'zimizni o'lchaylik kimligimizni. Sizlardan bittalaga men, otasidan ham, bolasidan ham, jamiyki insonlardan hatto boshqa davlatlarda o'zini jonidan ham ko'proq men sevimli bo'lmagunimcha, bu odamni iymoni komil bo'lmaydi dedi. Biz hammamiz o'zimizni yaxshi ko'ramiz.

Hammamiz otamizni, bolamizni yaxshi ko'taramiz. Nima uchun rostlos vasallamni uzoq bizdan talab qilganda yaxshi ko'ra olmaymiz? O'ylanib ko'rganmizmi? Tanimaymizda. Tanimaymiz u zotni. O'ttiz ga kirgan bolani endi kuch quvvatga to'lib, aqli xushga joyiga kelib, pul topadigan bo'lib, hayotda bir tikka turib olgandan keyin bir odam keldi da, bolam, seni haqiqiy otang men bo'laman. Bu odam seni boqib olgan. Qiynalgan paytimizda majbur tashlab ketganmiz. Bu odam seni bu qilib katta qilgan dedi. Haligi boqib katta qilgan deyilgan otasini oldiga borib so'rovdi, haqiqatdan tan oldi. Mana shu odam seni otang tashlab ketgan, biz boqamiz dedi. Bu o'gayligi, bu o'zini otaligi ma'lum bo'ldi. Shu odam meni otam ekan degan ma'lumot kallasiga kirishiga iladi. Otasiga muhabbatli bo'lib qoladimi? O'zini otasiga? Yo'q. Kimni yaxshi ko'radi?

Boqqan otasinida, tanigan otasinida, yaxshilik qilgan, parvarish qilgan, kasal bo'lganda qaragan, och qolganda qoni to'yg'izgan, kiyintirgan, yaxshiligini tanigan otasini yaxshi ko'radi uyga bo'lsa ham. Xuddi shunga o'xshagandek. Biz nimaga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yaxshi ko'ra olmayapmiz desak, biz tanimaymiz da U zotni kimligini. Bizga qanaqa yaxshilik qilib ketganligini, u zotni kim ligini biz bilmaymiz da, shuning uchun yaxshi ko'rinmayapmiz. Shuning uchun iymonimiz mukammal bo'lmaydi biz. Mana shu nuqsonni yo'q qilishlik uchun Payg'ambarimiz tarixini o'rganamiz. Mana ikkita Payg'ambar hayotini aytdik. Iysa alayhissalom va Sulaymon alayhissalom. Endi Payg'ambarlarimizga qaytamiz.

Payg'ambarmiz onasini qornida ikki oylik yetim bo'ldi. Tug'ildi. Yetim bo'lib tug'ildi. Aka uka yo'q. Opa singil yo'q. Yagona farzandi. Bir mamlakatda eng oliy maqom shu davlatda rahbari bo'lishlik bo'lsa, yuzinchi tabaqadasiz, eng pastdan shu yetimlik.

Nabiy sallallohu alayhi vasallam mana shu yetimlik bilan podshoh bo'lishlikka bo'lgan yuzta tabaqa bo'lsa, x yuz etaj bo'lsa, hammasini bosib chiqqan. Payg'ambarimiz yetim bo'lgan. Kambag'al bo'lgan. Birovni uyida o'tirgan, birovni qo'lida yashagan, cho'ponlik qilgan, savdogarlik qilgan. Qo'yingki, bitta katta bir mamlakatni rahbari bo'lgunga qadar qanaqa etap bo'lsa, bizni tilda, hammasini bosib o'tgan. Boylar bor oramizda.

Tug'ilganda otasi boy bo'lgan. Kambag'allikni ko'rmagan, kambag'al bilan muomala qilishni bilmaydi. Tug'ilib, otasini ko'rganlar ko'p. Endi otasini tanimasdan yetimligi, kichkinagida o'lib ketgan. Yetim bo'lib o'sganlar bilan muomala qilishni albatta otasi bolalar bilmaydi da. Uni ko'ngli qanaqa yarimtaligini, unga qanaqa gap og'ir, qanaqa gap yengil kelishini bilmaydi da. Payg'ambarimiz alayhissalom hamma bosqichni bosib o'tgan.

Opa dadasini qo'lida yetim qoldi. Opa dadasi o'tganda amakisini qo'lidan qoldi. Payg'ambir alayhissalom yetimlikni hamma achchig'ini ko'rdi. Faqir ham bo'ldi, boy ham bo'ldi. Rahbar ham bo'ldi da, zaif ham bo'ldi kuchli ham bo'ldi qanaqa bosqich bo'lsa, hammasini bosib o'tdi. Biz taniymizmi shu zotni? Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam payg'ambar bo'lishligi bilan faqirlikka sabr qildi. Quvvatga sabr qildi, hokim bo'ldi, mahkum bo'ldi. Xilma xil toifa bilan gaplashdi. Yahudlar bilan, nasroniylar bilan, arablar bilan, xilma xil qabilalar bilan jang qildi. Hatto eng qudratli bo'lgan fors va rum bilan urushdi, ularni yengdi. Payg'ambarimiz sahroiysi bilan ham, madaniyat ko'rgani bilan ham muomala qildi. Mukammal inson bo'lgan. Payg'ambarmiz bobosi Abdulmutolibni qo'lida yasharkan, Abdulmutolibda Ka'vani oldida solingan bir o'zini o'rindig'i bo'lardi. Uyaga faqat Abdulmutolib o'tirardi.

Ana shu to'rt yashar yoki besh yashar Muhammad yugurib kelib o'tirib olsa, assalomu alaykum. Amakilari, tur o'rningdan. Boboyingni joyiga o'tirmagin. Abdulmutallib chiqib chi, hatto o'g'illari ham o'tirmasdan tikka turar edi. Lekin bu nevarasini, bu nabilasini Abdulmutallib shunda yaxshi ko'radiki, tep qo'yiladi. O'tiraversin derdi. O'tiravershin derdi. Bu bolani buyuk odam bo'ladi derdi. Bobosini yonboshida o'tirib Payg'ambarimiz, bobosi podshohlar bilan qanday muomala qilyapti?

Qabila boshliqlar bilan qanday muomala qilyapti? Elchilar bilan, savdogarlar bilan qandays muomala qilyapdi? Go'daligini o'rganib olgan. Shuning uchun Payg'ambarimiz mukammal inson deb aytamiz. Yetimga qanaqa muomala qilishni bildi. Podshohga qanday muomila qilishni bilding. Biz taniymizmi uzoqni? Payg'ambarim sallallohu alayhi vasallam boy bo'lganidan boylarga ibrat bo'ladigan ishni qildi. Bir vodiy qo'y keldi o'ljaga. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shu kuni hammasini tarqatib tashladi. Boylariga ibrat bo'ldi. Faqir bo'ldi. Och bo'ldi. Oshnigidan qorniga tosh boylab yurib bitta odamga shikoyat qilmadiki, faqirlarga ibrat bo'di.

Payg'ambaringiz sollallohu alalayhi vasallam buyuk fotih sifatida ibrat bo'ladi. Makka ahli, o'n uch yil makkada. Keyinchalik qilgan dushmanligini, adovatini Payg'ambarimiz ularni yengib, qo'lida muzaffar qilishi turgan paytida, Makkaxlini, hammasini yig'ib turib, endi men sizlarni nima qilaman, bilasizlarmi dedi. O'n uch yil Payg'ambarlarimizga aziyat berishadi. O'n uchinchi yil sahobalarini qiynagan mushriylarni Payg'ambarim ustida o'n ming qo'shin bilan keldi, qo'lidan qilishib turibdi. Imtihon olishniki haqli bo'lib turgan joyida. Mana aytdik, mag'lub bo'lganda sabr qilish oson. G'olib bo'lganda sabr qilishlik qiyin. Mag'lub bo'lgan odam iloji yo'q, bo'lini qisib ketaveradi, nima qila oladi boshqa. Endi qo'lida hukm bo'lganda, jazosini berishing mumkin bo'lgan paytdagi kishiga Payg'ambarimiz ibrat bo'ldi da, Ahun Karim, Ibn Axin Karim deyishganda, An Tumut Tulaqo, ozod sizlar ketaveringlar dedi. Shu bilan Payg'ambarmiz ana shu dushman bo'lgan kurashda qalbini ulfat qildi o'ziga. Ana birodarlar ibrat. Bizga bunaqa ibrat qayerda bor? Biz taniymizmi Zohid alayhissalomni? Payg'ambar alayhissalom eri sifatida mukammal inson edi. Butun ummatda tashvishi yelkasida turib, ikki dunyoda g'am yelkasida turgan nabiya alayhissalom ko'chadan kelganda, xotinlariga shirin so'z gapirgani ham topar edi so'zni.

Nabilalarni yelkasiga o'tkazib, ot bo'lib yurib berishlikka ham toqati bor edi, vaqti bor edi. Bizda bormi shu narsa? Men ishlab keldim, men charchab keldim. Bor, o'zi senlarda yuribman ko'chada, uyda jicha dam alay. Odamlar bilan men kurashib yuribman ko'chada. Uyga kirsam nima qilaman? Kurashamanmi deb turib chiroyli gaplar bilan mani qilamiz bolalarimizni. Lekin nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday tashvishi yelkasida bo'lib turib payg'ambarimiz xotinlarga yaxshi gapirishmas, hatto uy ishlarini idora qilishlikda payg'ambarlarimiz yordam beradi. Hatto yamoqlarni o'zi tikkan. Birodarlar o'ylab ko'ringlar da, qachon yamoqni o'zi tikgansiz?

Ha desa katta odam bizda. Yamoq tikasizmi siz? Shu yoshga kelib turib a? Siz Payg'ambarimizni qarang, nima ish qilganligini, endi o'zingizni kimligingizni ko'rib qo'yavering. Biz taniymizmi rizosiz vassalloh? Payg'ambarimni so'rasanglar, odam bolasi dunyoga kelib, vafot etguncha, Allohni rizosiga yetishligi uchun, qanday namuna, qanday qo'llanmaga muhtoj bo'lsa, hammasini Payg'ambar o'zi mukammal suratda hayotda qoldirib ketdi. Payg'ambarimiz alayhissalom, hatto dushmanlarni ko'zida ham buyuk inson edi. Xiraqil. Rumni podshohi, uni yurtiga kelgan Qurishdan bir top savdogarlarni kelganligini xabarini eshitdi da, menga chaqirib kelinglar dedi. Abu So'fiyon ibn Harf Qurish qabilasidan. Qurishni eng katta oqsoqoli o'sha davrda. Payg'ambarimizga eng qattiq bo'lgan dushman Xiraqil, men sendan dedi, menga unga nasad jihatdan Muhammadga yaqinroq bo'lgan kishini olib kelinglar menga dedi. Ya'ni Muhammad haqida bilmoqchiman, dedi. Eshitdi uni sultonni ham.

Abu Sofyonda o'tkazdi. Abu Sofyan aytadi, yolg'on gapni Muhammadni yomon ko'rsatgim keldi, deydi. Lekin arablarning sayyidi yolg'onchi ekan degan gapni xohlamadim, deydi. Urushdiga Qiraqil Abu Sofyan bilan birga kelganlarni bir qator qilib o'tkazdi, dedi. Agar men savol berganimda, Abu Sofiya noto'g'ri javob bersa, orqadagilar ishora qilib qo'yinglar, dedi. Tushunarlimi? Bittasi bunday qildimi, demak qolgani yolg'onchi degani.

Mana shu dushmanlarni ko'zidan ham payg'ambar bo'lsin, ham buyugidan. Qira qilib so'radi. Nasr nasabi qanaqa sizlarni adoringlarda? Endi bu javob berayotgan kishi hozir biz faqat yaxshi ko'rgan kishilarni gapini gapirgan bo'lsak, eng yomon ko'rgan kishi gapiryapti Payg'ambarimiz. Nasl nasabi nihoyatda bir oliy bo'lgan kishi dedi. Qiylaqil so'radi. Yolg'on gapiradimi? Abu So'fiy ham yo'q dedi. Xiyonat qiladimi dedi. Abu So'fiy ham yo'q didi. Uning asboblari ko'payib boryaptimi, og'zi yeb boryaptimi? Ko'payib baryapti dedi. Uning dinidan biror kishi qaytdimi dedi. Yo'q dedi. Xiraqil nimaga buyuradi sizlarni dedi. Abu So'fiy ham javob berdi, namozga, rostgo'ylikka, iffatga dedi.

Dushmanini Payg'ambarimizga berayotgan bahosi. Shunda Xiraqil, agar bu sifatlarni o'zida jamlagan bitta inson bo'lsa dedi, tez kunlarda mana shu oyog'imni tagida turgan yerga hukmronlik qiladi u dedi. Ya'ni bu buyukligini Xiraqil bildi. Ko'rdi. Biz hali Payg'ambarimiz xatiga kirishganimiz yo'q. Biz nimani o'qiyotganligimiz, nimani o'rganishimizni bilib olaylik qadrini.

Tarixda buyuk insonlar bor. Har bitta buyuk inson ma'lum bir sohada, ma'lum bir maydonda, ma'lumbir vaqtda buyuk bo'lgan, keyin o'chgan buyukiga. Zo'r sportsmen, zo'r doktor, zo'r shoir, zo'r qo'shiqchi va hokazo. Ma'lum bir sohada bo'ldi, tugadi. Lekin Payg'ambarimiz sultoniylar islomlarini hayoti shu.

U zot jang maydonida tinchlikda buyuk kishi edi. Buyuk ota edi. Er sifatida, inson sifatida buyuk edi. Axloqi buyuk edi. Hech qachon payg'ambar emas, o'zini shaxsiyati uchun birovdan imtihon olmagan. Shaxsiyati uchun birovni so'kkanmas, birovni jazolaganmas. Hech qachon ayol kishini urganmas, hech qachon xiyonat qilib, yolg'on gapirmagan Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam. Hattoki Payg'ambarimizni axloqini ko'ring cho'qqilarligini. Abdulloh ibn Sa'adun nabi sath, Payg'ambarlarimizga juda qattiq dushman bo'lgan. Ichida xiyonati yashirib turgan bo'lsa ham, kelib Payg'ambarlarimizga, ey Muhammad men senga iymon keltiraman deb qo'lini cho'zib. Payg'ambar bizni iymonni qabul qilishni xohlamadi. Sahobalardan bittasini otasini o'ldirgan edi. Ana shu sahobalarda bittasi turibdi, o'sha o'lgan kishini bolasi. Qo'lini cho'zibdi, Payg'ambarimiz shunday teskari qaradi. Ey Muhammad, men senga iymon keltiraman deb, ikkinchi marta dushmani bilan qilyapti muomalani boladalar, ko'rib qo'yinglar. Ikki marta, uchinchi marta Payg'ambarimiz qo'lini ushlab, balandini qabul qilib chiqib ketgandan keyin, achchiqlari kelib aytdiki, ichinglarda birorta bir roshlik kishi yo'qmidi? Yuzimni bir necha marta teskari qarab olganimdan, buni Payg'ambarimiz iymonni qabul qilishni xohlamayapti. Seni otangni o'ldirgan edi, achchiq qilib qasosingni olmaysanmi?

Tushunmadingmi shuni dedi. Deganda sahobar eya Rasululloh shu sezmay qolsa ko'z bilanmidi, ishora qilib qo'yganingizda kifoya qiladi deganda Payg'ambar emas, ma kan alinabiyn in antakun ala huxo inatur ayyun, Payg'ambarga hatto ko'z bilan xiyonat qilishing mumkin emas dedi. Dushmani bilan qilayotgan muomilada ham Payg'ambarimiz to'g'ri, ochig'ida. Xiyonatni ko'zi bilan ham qilgan emas. Biz taniymizmi Uzr sollallohu alayhi vasallamni?

Payg'ambar emas, Payg'ambar bo'guchi buyuk inson edi. Sodiqul amin edi. Ishonchli, rostgo'y edi. Payg'ambar o'rgandan keyin ka'na quluqu aliqu al quran, axloqi quran edi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zohidligida, dunyodan behojatligida buyuk edi. Men bilan dunyodan nima ishi bor dedi. Dunyo bilan meni ishim, nima ishim bor? Meni deydi rasululloh sollallohu alayhi vasallam, dunyoga kirib chiqib ketishligim xuddi issiq kunda bir musofir safarda yurib charchab, daraxt tagiga kelib salqinlab, dam olib, yana safarim davom etgandek, dunyo bilan men hech qanaqa ishim yo'q degan.

Biz taniymizmi uzoq bilan? Nabiy sollallohu alayhi vassalom, buyuk inson edi. Qur'ash. Payg'ambarlikni payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ko'tarib chiqqanda mana shu alamani jinni deb ko'rdi, sehrgab deb ko'rdi. Mana shuni deb ko'rib turib, omonatlarini olib kelib qo'yishibveradi. Ey Muhammad, mo'tab tuzmi sen dedi. Omma bilan turganda Payg'ambarlarimizni har xil laqablar bilan haqoratlab turib, lekin yolg'iz qolganda Payg'amlarimizni buyukligini tan olish emasmi? Endi Payg'ambarimni ko'ringki, buyuk insonligini, hijrat qilib ketadigan kunda omonatlar bor edi Payg'ambarimizda. Ha bizdaq odam nima qiladi? Ha bir kuydiray senlarni. Menga shuncha qiyinchilik bergan, bir ko'rsatay senlarga, kuningni kuydiraman demasdan, Payg'ambarimni buyukligini ko'ringki, mana shu joyda ham ibrat bo'ldi. Ali roziyalloh ham qo'ygan omadlarni bitta bitta tanishtirdi. Kim ma falonchiligim, ma falonchiligi keladi.

Payg'ambarimizni hayotida birorta bir Payg'ambar bo'lguncha ham, Payg'ambarlar bo'lgandan keyin ham, hatto dushmanlar Payg'ambarimizning hayotidan bir nuqson kamchilikni topa olmaydi. Biz taniymizmi u zotni? Bu ummat yuksalgan. Mana shunday qoloq bo'lgan, past bo'lgan xalq, kurash, arablar islom bilan yuksaldi. Mana shu hozirgi kundagi islomni ummatini yuksalishligini sharti ham payg'ambarimizni o'rganib hayotini, u zotga ixtido qilishlik. Laqodika an la kun fiy rasulullaki rusotun hasanani va alamu anna fekum rasululloh. Ey, musulmonlar deyapti Alloh. Bilinglar, ichinglarda Allohni rasuli bor deyapti. Bu o'sha paytda sahobalarga aytildi emas. Qiyomatgacha keladigan musulmonlarga aytdilar. Payg'ambarlarimiz vafot etgan hozir. Lekin u kishining sunnati, siyrati, tajribalari turibdi oldimizda. Ya'ni shuni ushlasanglar yuksalasizlar deydi. Yigirma uch yil muddatda Payg'ambarimiz mana shunday bir sahroi bo'lgan qoloqliqni dunyoga ustozlik darajasiga ko'tardi, yuksaltirdi.

Mashhur odamlar bor. Artistlar bor, a? Aktyorlar bor, sportchilar bor va hokazolar bor. Shular bir biriga nasihat qiladi. Aytadiki, ha deb televizorga chiqaverma deydi. Ha deb odamlarga aralashaverma deydi. Nimaga ketib qoladi? Qadring ketib qoladi deydi. Chunki ularni ma'lum bir sifati bilan tanigan bo'lsa, yaxshi sifati bilan, bu zo'r, ovozi zo'r, bu zo'r bir qandaydir sportchi, boshqa tomonlaringni ham ko'rsa, sendan hafsalasi bo'lib ketadi odamlar degandaqa, ayblari ko'rinib qoladi da.

Lekin Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni hayoti birodarlar. Bir ming to'rt yuz yildan beri o'qiryapti. Hali hech kimga murojaat kelgan emas, mololanmaydi. Mo'jiza emasmi bu? Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga yashagan insonlar nima degan? Masalan, yaxshi deb bilgan odamingiz bilan birga yurgan odam biladi uni kimligini, to'g'rimi? Siz faqat yaxshi tomonini bilasiz. Ahli suhba bo'lgan. Payg'ambar rasulullohning masjidida bir chekkada suhba bo'lgan. Payg'ambarlarimizni kambag'al, noxatta faqir sahobalari shu yerda yashagan. Masjidga kelgan sadaqiy ehsoniylar yashagan. Shular o'n yillab shu masjidda yashagan bo'lsa, payg'ambarimizdan ularning mablag'larini zerikishgan emas. Balki ularni ko'zida payg'ambarlarimizga bo'lgan muhabbati, u kishini haybati, u kishining buyukligi ziyodi bo'ldi. Payg'ambariymiz makka fathiga o'n ming kishi bilan keldi. Bir oyga yaqin turdi bu yerda. Bu o'n ming tishi bir oy turarkan payg'ambarimizga bo'lgan hurmati, haybati yana ziyolashib bordi. Zerikishgani yo'q payg'ambarim bilan.

Har qanday inson, har qancha buyuk bo'lmasin, uni kimligini uydagi xotini biladi. Ko'chada zo'r, o'zini olib yurishi, nihoyatda bir yaxshi, paqvolik ko'rinadi va hokazolar. Endi uyida kimligini kim biladi? Xotini biladi. Kishini kimligi, xotini bilan, bola chaqasi bilan qilganmi, ominasidan bilan deydi. Hukmolog. Chunki it o'tdi da, u majbur, sizni injirgingizni ham ko'taradi, boshqangizni ham ko'toradi. Endi payg'ambarimiz haqida ayollari nima degan?

Payg'ambar bo'lib kelar ekan, qirq yoshga kirganida. Hadicha onamiz bilan o'n besh yil turmush qildi, payg'ambar boyigacha. Yigirma besh ga kirganda turmush qildi, qirq ga kirganda payg'ambar bo'ldi. O'n besh yil birga turmush qilgan ayoli, payg'ambarimiz vahiyni olib tushur. Meni o'rab qo'yinglar, meni o'rab bo'linglar deb turgan paytda, Allohga qasam, jonimdan qo'rqib ketdim dedi. Ya'ni o'lib qolarmikin, manda qo'rqilib ketdim deganida hadichonamiz Allohga qasom. Hargiz Alloh sizni xor qilmaydi. Axir siz qarindosh urushidangizni zo'r qilasiz. Yetimni boshini silaysiz, qiynalganlarga yordam berasiz. Sizdaqa kishini Alloh orqmaydi deb ayoli baho berib turibdi.

Oy shonamizdan kelib, Rasulullohning uydagi axloqi qandaydir desa, chana qul quhu al quran yoki quran an yamshi favqul al qul. U zotning axloqi Qur'onidir derdi yoki Qur'on bo'lib hayotda eringizda tirik bo'lib yurardi derdi. Payg'ambarimizni hayotini o'rganar ekanmiz, bizga boshidan oxirigacha ibrat. Bizga ibrat qilib ko'rsatilayotgan odamlar, bizga namuna bo'lishlikka da'vo qilayotgan kishilarni birortasi, qaytarib aytaman, birortasi bizga ibrat bo'lishlikka yaramaydi. Nima uchun? Alloh aytganligi uchun. Laqodi ka'na lakun fi rasulullahi usua.

Allohni Payg'ambari Muhammad alayhissalomda sizlarga ibrat namuna dedi. Modomiki biz maqsadimiz jannatga borib, rostroq musibatda o'tirish, hamda Alloh Taoloning jamoamizni ko'rishlik bo'lar ekan, Payg'ambarimiz sallallohning o'zimizga imom deb, boshliq deb, ibrat deb bilishligimiz kerak bo'ladi. Ergashligimiz uchun o'z vaqtini o'rganishligimiz kerak hayotini. Ibrat olishligimiz kerak. Shu hayot Alloh Subhanahu va Taolo qiyomat kunida u kishini shaffof bilan bahramand qilsa.

Aqlu qobli ha'da, va astag'firulloh ilaykum assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish