MMaviza
—Tekshirilgan32 daq

11) AVVALGI MUSULMONLAR

Abdulloh Domla · Siyrat darslari

0:00
32:07

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbil alamin. As salatu vas salamu ala Muhammadin va ala alihi va ashabih ajma'in. Allohumma yassir amli va chirohli solli va hulu luqdatan milliy san'iy yaqqol huquqovli. Amma abad, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Nabiy so'hgi salamning siyratlanadigan shiri davom etamiz. O'tgan darsimizda Payg'ambar so'hgi salomga vahiy kelganligi haqida suhbat qilgan bo'ldik. Nabiy so'. Mana shu yigirma uch yillik Payg'ambarlik hayoti davomida olti ming olti yuz oltmish oltita oyat, ya'ni yuz o'n to'rtta sura Makkada va Madinaviy munavvarada nozir bo'lgan bo'lsa, bu oyatlarni ichida juda ko'p hukmlar, buyruqlar, qaytarig'lar bor edi. Mana shu ko'pdan ko'p buyruqlarning orasida eng birinchisi o'qu degan kalima bo'ldi. Shuning uchun aytamiz, bizni dinimiz ilm, ma'rifat, saxofatga targ'ib qiladigan din. Dinimiz iqror. O'qing kalimasi bilan boshlandi. Samodan birinchi tushgan kalima. O'qing deydi. Ilm ma'rifatga chaqirish bo'ldi. O'qing. Ilmda hidoyat, nur va hamma yaxshiliklar mavjud. Kim o'qishlik ne'matidan mahrum bo'lgan bo'lsa, bu odam shubhasiz juda katta bir xayriyatdan mahrum bo'libdi.

Chunki Nabiy suv aslanning ta'limoti ma'rifat va ilm, saxovat bilan boshlangan. Bizning risolatimiz, islom risolati, ilm, dinimiz ilm. U bizni doim ilmli bo'lishligiga chorlaydi. Kimda kim ilmsiz, ta'lim, tarbiyasiz, yuksaklikka yetishaman desa, albatta bu odam adashgan bo'ladi. Ilm kerak emas desa, albatto adashgan bo'lar. Agar insonlar ilmni tark qilishsa, ustozlarni, ulamolarni etagini ushlamasa, ilm va kitobni tashlab qo'yadigan bo'lsa, shubha yo'qki, bular Payg'ambar svsr ham qoldirib ketgan ta'limotdan ancha ancha uzoqqa chiqib ketishibdi. Bizni dinimiz ilm, ma'rifat, saqofat dini.

Alloh taoloning iqror, o'qing kalimasi bilan ilm farz bo'ldi. Nabi surayyo sallallohning har bitta musulmon erkak va ayolga ilm o'rganishlik farz degan hadisi shariflari bilan ilm farz bo'ldi. Demak, ilm o'qishlik farzi ayb. Kim ilmni inkor qilgan bo'lsa, bu farzni inkor qilibdi. Kim farzni inkor qurgan bo'lsa? Kim bo'ladi bu odam? Farzni inkor uchun odam kofir bo'ladi. Ilm kerak emas degan odam Alloh saqlasin, iymondan ajralib qoladi. Ilm o'qishlik birinchi o'rinda hukm qilingan, buyurilgan Alloh taoloning oyati mavzu bo'ldi. Payg'ambarimiz sulh as salamga Alah surasidan mana beshta oyat tushligi bilan u kishini Nabiy bo'ldi deb aytdik. U kishi Alloh tomonidan bir vahiy oldilar. Odamlarga risolat yetkazishlik hali buyurilgani yo'q edi. Olti oy muddat vahiy nozil bo'lishiga to'xtab qoldi. Bu vaqtda ulamolar fatratul vahiy deyiladi, deyishadi. So'ngra Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ya ayyu hal muddat ser qum va an ver. Ey liboslariga burkanib olgan zot, turing da, insonlarni oxirat azobidan ogohlantiring degan oyat nozirlik bo'lishligi bilan, u zot Rasul bo'ldi, insoniyatga da'vat qilishlik u kishiga vazifa qilib yuklatilindi.

Birinchi bo'lib Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oilasidan, Hadicha onamizdan boshladi da'vatni. Hadicha onamiz, Hadicha onamiz birinchi bo'lib da'vat qilindi va shubha qilmasdan, ikkilanmasdan Islomni qabul qildi. Shundan olamizki, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga birinchi bo'lim iymon keltirgan, mutlaq birinchi bo'li iymon keltirganda inson bu ayol kishi. Hadicha bint U huvayli roziyallohu anhoh. Payg'ambarimiz sallalloh oiladan boshladi da'vati dedik. Birinchilardan bo'lib, Ali ibn Abit olib karramallohu wajhahni da'vat qildi. Ali payg'ambarimizni uyida ulug' ekan edi. Buni sababi, Abu To'lib faqir kishi edi. Farzandlari ko'p edi. Shunday bir faqir bo'ldiki, farzandlarini boqishlikka ham imkoniyati bo'lmay qoldi. Shunda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam amakisi Abbosga, amakim Abu To'lib farzandlarini boqishlikda bir qiyinchilikka uchradi. Agar ma'qul ko'rsangiz, borib bittadan farzandini tarbiyamizga olib, yordam bersak amakimizga dedi. Abbosga bu fikr ma'qul bo'lib, man Abdulmuttoleypdan bo'lgan bir top kishilar Abu To'libni uyiga borib, niyatini aytishdi. Abu To'lib ularni taklifiga rozi bo'lib, agar katta o'g'lim aqlini qoldirsanglar, xohlaganlarni qilaveringlar dedi.

Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Ali roziyallohu anhum olib ketdi uyiga. Abbosim Abdulmutolib bo'lsa, Ja'farin Abdutoli roziyallohuning tarbiyasiga oldi. Alini Payg'ambariz sollallohu alam uyiga borishligi Alloh tomonidan Aliga bo'lgan bir izzat ikrom, marhamat edi. Mana Ali deganda Karramallohu vashshah deb aytamiz. Ali yuzini mukarram qildi, aziz qildi. Payg'ambarimizni uyida o'sganligi uchun Ali birorta butga, birorta bir sanamga sajda qilmagan edi. Alloh mushriklarga mana shu butlarga sajda qilmagani bilan yuzini mukarrom qilgan edi. Demak, keyingi iymon keltirgan kishi bu ali ibn abit olib roziyallohu anhun. Ali o'n yoshda bo'ladi shunda. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Hadicha onamiz bilan namoz o'qiyotganini ko'rganida, e Muhammad nima bu deb so'radi. O'n yashar bola. Payg'ambar sollalloh unga islomni, tavhidni, dinni tushuntirdi. Uni islomga kirishlikka chaqirdi. Ali, men bir o'ylanib ko'ray dedi. O'n yoshar bola. Ya'ni shaxsiyatini ko'ringki, o'n yoshari bor o'ylab ko'ray deyapti. Bu dinni ixtiyor qilishlik juda bir juda bir katta, og'ir masala. O'n yashar boladagi shaxsiyatni ko'ringki, o'ylab ko'ray men dedi.

Bir necha kun o'tdi, rozi bo'ldi. Islomga kirgan kishilarning keyingisi Ali roziyallohu anhu bo'ldi. Muslimga birinchi bo'lib kirgan kishilardan Zayd ibn Xorisa. U kishining islomga kirishini tarixi shundayki, Zayd Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni qo'lida qul bo'ladi. O'zi asli qul bo'lmaydi. Zaydiddin xorasa sakkiz yoshga kirganida onasi bilan bir joyga safar qilishadi. Mana avvalgi darslarimizda aytdik, arab qabilalari bir biriga tez tez hujum qilib, tirikchiligini urush bilan o'tkazishar edi. Bir qabila ikkinchi qabilani bosib olib, ayollarini, bola chaqa mol dunyosini olib ketib, ozgina tirikchilik qilishib olar edi va hokazo. Ana shu bir biriga hujum qilayotgan qabilalar ularda ham asr qilib olib ketdi. Zaydni olib borib qul bozorida sotib yuborishdi. Ozod bo'lgan Zadi ibn Xorisa qul bo'lib sotilib ketdi.

Qo'ldan qo'lga o'tar ekan, Makkaga kelganida uni Hakim ibn Xizom ibn Huvayli sotib oldi. Hakim ibn Xizom Hadicha onamizni akasini o'g'li. To'rt ming dinarga sotib oldi, hammasi Hadicha roziyallohu anhoga olib borib berdi. Sizni xizmatingizni qilsin. Endi hadichonamiz esa payg'ambar so'rasallamni xizmatini qilsin deb, zaydni payg'ambarimizga hadya qildi. Shunday qilib, Zaydivni xohlasa, Payg'ambarim so'rasallamning qo'lida xizmatkor qo'li edi.

Payg'ambar surasallamning hayotini o'qib o'rganar ekanmiz, mana ko'p ko'p qaytib aytyapmiz. Hayotidagi har bitta holat siz bilan bizga ibrat bo'ladi. Tijoratda muomalasini ko'rdik, yoshlikda qanday bo'lganligini ko'rdik. Mana endi qo'l bilan qilayotgan muomalasi. Zaydni xolisaga sayyidi bo'lgan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday bir go'zal muomala dediki, Payg'ambarimni butun vujudi bilan, qalbi bilan yaxshi ko'rib qolgan edi.

Zaydni qo'l qilib sotib yuborganlaridan keyin, otasi xorisa uzoq vaqt istab yurdi. Endi o'zini bolasi. Qayerda bo'lmasin, qancha pul yubormasin, qaytarib olib keladi. Istab yurar ekan, natijaga erisha olmadi, topa olmadi. Zaydini xorisani qabiladoshlari haj mavsumida Makkaga kelishdi. Zaydni ko'rib qolishdi. Buni xabarini borib otasi xorisaga yetkazishdi. Xorisa qodir bo'lganicha pulni to'pladi, o'zini ukasi bilan Makkani Mukarramaga keldi. Kelib, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni topib turib, e Muhammad dada, sizlar Abdulmutto'g'li urug'i Baytullohni xizmatchisizlar. Baytullohni hizmatini qilasizlar. Allohning uyini qo'shnilarisizlar. Miskinga yordam berasizlar, qiynaganga ko'mak ko'rsatasizlar, hojilarni ta'minotini qilasizilar. Sizlar karam, fazl egasisizlar.

Sizni qo'lingizda meni o'g'lim qul ekan. O'zi asli qulmas. Uni qul qilib sotishibdi. Xohlagan pulingizni ayting, beraman, o'g'limni olib ketaman dedi. Payg'ambarimiz so'rasalar, xorisona gapni eshitdi, sotmayman dedilar. Nimaga dedi? Sotmayman. Ixtiyorni o'ziga beraman. Xohlasa, sizlar bilan ketadi, xohlasa men bilan qoladi. Xorisa albatta bu taklifdan juda xursand bo'lib ketdi. Qaysi bola otasi bilan uyiga ozod holda qaytib ketish edi o'rniga, qul bo'lib qolish edi xohlaydi.

Payg'ambarimizni mutaklifidan xursand bo'lgan xorisa ukasi bilan turar ekan, Payg'ambarim assalom Zaydni chaqirtirib keldi. Zayd kelganida, Payg'ambarimiz Zaydga qarab turib, ey Zayd, bu kishilarni taniysizmi dedi. Ha, bu kishi otam, bu kishi amakim dedi. Quchoqlab ko'rishishdi. Ey Zayev, sizga ixtiyorni o'zingizga beraman. Xohlang, men bilan qoling. Xohlang, bular bilan keting dedi. Zaydulloh xorisa nimani tanladi? Hech ikkilanmasdan Muhammad bilan qolaman dedi. Buni eshitib otasi dahshatga tushib, ey bola, esingni yig', qul bo'lib qolasanmi? Ota enang bilan, o'zingni yurtingda ozod bo'lib yashashni o'rniga qul bo'lib quolasanmi? Dedi. Zayd yana qaytarib aytdi. Muhammad bilan qolaman dedi. Allohga qasamki, men bu kishidan butun dunyoga almashtirib bo'lmaydigan rahmatni, mehribonlikni ko'rdim. Allohga qasamki, ota onam ham menga Muhammad muomala qilganchalik qila olmaydi. Bu hali Payg'ambarimiz Payg'ambar bo'lmasdan turib bo'layotgan ishida.

E'tibor beringlar, Payg'ambarlarimizni go'zal axloqi, oliy bir insoniy fazilatlariga bir dalolat qiladigan holatida, qo'l otang bilan ketasanmi desa, Muhammad bilan qolaman. Chunki ota onam ham menga bunchalik muomala qila olmaydi deb aytyapti. Payg'ambarimizni qulga qilgan muomalasini ko'raylik. Zayd mana shu javobni berganidan keyin, Xorisa bundan bir norozi bo'lib turganini ko'rib, Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam otasini ko'nglini lupatish uchun yuringlar dedi. Hammasini ertalab Ka'bat ulol olib yubordi. Qurayish hammasi jamlanib turgan joyda. Payg'ambar alayhissalom baland ovozlari bilan, ey Qurayish, ey Qurayish! Zayd bugundan boshlab meni o'g'lim, u ozod. Agar men o'lsam, u mening merosxonim bo'ladi. Ya'ni Zaydimni Muhammad deb.

Shu kundan boshlab Zaydimni xorisa emas, Zaydimni muhabbat deb chaqirish oladigan bo'ldi Zayd. Xorisa ko'ngli taskin topib ketdi. Zayd xorisa mana shu ixtiyor bilan nimani tanlaganligini hali bilmas edi. Kimni xizmatini ixtiyor qilib qolganligini, qanday bir katta yutuqqa yetishganligini bilmas edi. Payg'ambarimiz o'g'illari hammasi yoshligida vafot qilgan edi. Payg'ambarimiz Zayd meni o'g'lim dedi, Mo'ta g'azotida shahid bo'lib ketdi.

Ikki dunyo saodatini tanlagan edi, faqat hali Zayd buni o'zi bilmasin. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yana oilasidan qizlari hammasi iymon keltirdi. Zaynab, Buqoya, Fotima, Umid Gulsumlar. Payg'ambarimiz sallallohu alayhim tashqariga chiqib da'vat qilganlarni ichida eng birinchisi abu bakr siddiq roziyallohu anhu. Abu bakr sidduq payg'ambar sollallohu alalayhi vasallamning eng yaqin bir birodari bo'ladi, do'stu bo'ladi. Payg'ambarimizdan ikki yosh kichkina. Islomni qabul qilgan paytda o'ttiz sakkiz ga kirgan bo'ladi. Qurayshning eng oliy nasabli, hurmatli, badavlat, sayyid kishilaridan biri.

Nabiyimiz ostin ham aytadilar, kimga islomni ro'baro' qilmay, kimni da'vat qilmay, albatta so'rab surishtirgan. Nima bu din? Payg'ambar nima? Talqin nima? Faqat Abu Bakr ikkilanmasdan, men Nabiyman deganda siz Nabiyiz dedi. Men Payg'ambarman deyapsiz, Payg'ambar siz dedi. Birinchi lahzadan ham Abu Bakr Siddiq edi. Bu siddiq. Payg'ambarimizni har bitta gapini tasdiqlovchi degan sifat, Abu Bakrga isro va meros voqeasida berildi. Abu bakr payg'ambar bismillah shu paytda, va anta abu bakr as siddiq. Siz meni rostgo'yligimni tasdiqlovchi siddiqsiz degan gap, u o'n yildan keyin bo'ldi. Lekin siddiqligi birinchi lahzada.

Abu Bakrni islomi haqida bir alohida to'xtalib gapirishimiz kerak. Chunki Abu Bakr sibdod roziyalloh haligi haqida Payg'ambar islom aytadilar, agar Abu Bakrning iymoni va ummatning iymoni taroziga qo'yib tortilsa, Abu Bakrning iymoni albatta og'ir keladi deydi. Bu qanday bir ulug' bir martaba. Nabiy so'zlar ham aytadilar, mana Abu Bakr roziyallohanahuda hayotini besh juma gapirgan bo'ldik.

Keyin eshitdik. Ko'p tafsilotlarga kirib o'tirmaymiz. Nabiy sulton aytyaptilar, Allohga qasamki, yer yuzini anbiolardan keyin bosgan eng afzal inson Abu Bakr. Ya'ni payg'ambar, nabiy bo'lganlardan tashqari oddiy odamlar ichidagi eng afzali Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bo'ladi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Islomga kirishligi bilan da'vatga bel bog'ladi. Bilishligi bilan odamlarga yetkazishlikni boshladi. O'rgandi, bildi, qalbi taskin topdi, boshqalarni ham mana shu dinga targ'ib qildi. Agar inson bir narsani bilsa, xususan diniy bilimlarni o'rgansa, boshqalarga yetkazmasdan o'zida ushlab turgan bo'lsa, bu ilmdan nima foyda bor?

Ilmni o'rganishlikdan, o'qishlikdan maqsad nima? Odamlarga yetkazishmi? Odamlarni haqqa, Alloh tomonga yetaklashmi? Agar siz o'qiyotgan ilm faqat sizni sondig'ingizda kitob bo'lib qolib ketadigan bo'lsa, qoraka degan non bo'lib va qolib, odamlarni Alloh tomonga tortishlikka sabab bo'lmasa, bu ilm foyda bo'lmabdi. Abu Bakr iymon keltirdi, Allohni yakkaligini bildi, darrov mana shuni da'vatida bor. Hali Payg'ambarimiz da'vat qilinglar buyurmagan edi. Hali da'vat qilishlik maxfiy edi. Xos da'vatlar edi. Lekin Abu Bakr Siddiq haqligini bilgandan keyin, aqli bilan, qalbi bilan, ruhi bilan haqligini tushunganidan keyin, odamlarni haqqa yetaklashni boshladi.

Mana hadisda aytdik, Abu Bakr Sado roziyallohu anhu imoni bir pallaga, ummatni imoni bir pallaga qo'ysa, Abu Bakr og'ir kelar ekan. Nimaga? Abu Bakr roziyallohu alkuni qo'lida Asharayi Mubashshara bo'lgan kishilarning oltitasi islomga keldi. Asharayi Mubashshara tirikligida Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan jannatiy ekanligini xabarni eshitgan o'nta odam. O'nta deyilsa, oltitasi Abu Bakrni qo'lida kelyapti iymonga, yettisi o'zi Abu Bakr. Tirikligida jannatiyligini eshitgan oltita odam. Abu Bakrni qo'lida imonga kelgan bo'lsa, demak, mana shu oltita odamni qilgan hammasini savobidan Abu Bakrga ulush bor.

Bunga o'zini qilgan amalini qo'shing. Endi bu Ashula Mubashshalani oltitasi, qaysinisi Abu Bakrga yeta oladi? Nabiy sultonovdan shunday mazmunli hadislar bor. Kim bir yaxshi sunnatni hayotga olib chiqsa, unga amal qilganlarning ajridan shu boshlagan odamga savob bor. Kim yomon sunnatni, yomonlikni inson o'rtasida tarqatsa, odamlar mana shu yo'lga ergashib turib, gunoh topsa, shu yomonlikni boshlagan odamga ulush bor.

Endi bu oltita odamni kim da'vat qildi? Aytaylarchi, mana shu oltita odam islomga kirishi kerak edi, mana shu bir haftani ichida. Abu Bakr da'vat qilmasa, demak boshqasi da'vat qilardi ekan uni. Ana shu yutuqni Abu Bakr Siddiq roziyalloh ham olib ketdi. Ular kimlar edi? Usmoni bilan fon. Abdurahmoni ibn avf, zubeyrin bil avvon, talhatun mubaydulloh, sadun abu yoqqos, abu ubaydulla jarroh.

Bu tirikligidagi o'nta jannatiy bo'lgan kishilardan oltitasidir. Usmon roziyalloh u juda boy kishilardan edi. Hasib kishilardan ed. Abdurahmon ibn Mohir savdogar edi. Madinaga borganda birinchi qilgan ishi o'zimizni bozorimiz bo'lishi kerak ekan bu yerda. Deb turib, islomiy bozorni, islomiy iqtisod yo'lga qo'ygan edi. Yahudlarni xiyonatlarini, u yerdagi tijoratdagi makrlarni ko'rgandan keyin.

Tarqatul mubaydulloh, Zubayriddin avval Payg'ambarimizning ammasi Sofiya bint Abdulmuttalibning o'g'li edi. Sofiya onamizni o'g'li edi. Zubayr ibn Avvom haqida Payg'ambarimiz aytadilarki, har bitta Payg'ambarning havoriysi bo'ladi. Isoning havoriysi bo'maganidek. Mening havoriym Zubayr ibn Avvom deganlar. O'n olti ga kirgan edi shunda. Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhuni onasi tarbiyalagan edi. Onasi sofiyah bint abdulmut tolip zubayr besh yashar paytida zubeyr umr avval muhammad dovyurek sahobalardan bo'lgan. Jasur jangchilardan bo'lgan, yengilmagan birodarlar. Ikkita qo'lida qilichi bilan tinch olib tushgan ekan, ikki tomonga.

Xanda g'azotida beshta mushrik xandalni bu yoqqa oqlab o'tdi. Amr ibn Votdi Ali roziyallohu anhu o'ldirdi. Endi qochib ketayotgan mushriklardan navfaliddin abdullohimni muoviya, hamdardan irg'iganida, zuberini alloh shunday qilish bilan uradiki, o'ttiz bir ga kirgan bo'ladi shunda. Qilich yelkasiga tegib, ikkiga bo'lib egallab kelib to'xtaydi. Mushrik ikkiga bo'linib hamdamga tushadi, ot o'tib ketadi. Shunda, yo'q, Rasululloh, zo'r qilich ekanmi degan. Deganda Payg'ambarimiz a'lam, qilich zo'r emas. Bu qilichni ushlagan yuragingiz zo'r bo'ldi.

Zubeyrul Navoimni onasi tarbiya qilgan. Besh yashar bolani qorong'u xorong'u xonalarga yoki g'orlarga tashlab qo'ysa, tashlab qo'shib chiqib turar ekan bu yoqqa. Yig'la endi tabiiy, kir, ular ekan. Nimaga u yig'laysan? Yig'lama, qo'rqma. Nimaga bolangni qiynayapsan bunaqa qilib desa? Ha bu suvoriy bo'lishi kerak katta bo'lganda, jangchi bo'lishi keraksiz xalqni himoya qiladigan. Ana, ona tarbiya qilganda, Zubeyrul Navoiy. Yurakli bo'lib katta bo'lishi onalarga bog'liq bo'ladi.

Sa'dullayev Abduyoqov yigirma ikki yoshda. Abu Ubaydu roziyallohu anhu yigirma to'rt yoshda. Mana shu qirq beshta, qirqta odam iymon keltiradi Mahdiy da'vatni orasida. O'rtacha yoshi yigirma besh yosh bo'ladi. Nabiy Sultoniddin Ayyubatlar, nasalaniya shabab va hazalaniya shu'h. Meni yoshlar quvvatlantirdi, iymon keltirib. Quvvat bo'ldi belimga. Chollar, qarilar meni dedi, xor qildi deydi. Chunki islomda qabul qilganlar yoshlar bo'lgan, qarilar xohlamagan bu narsani.

Nabiya sollallohu alayhi vasallam o'zining da'vatini, risolatni, rahmatni yer yuziga olishlikni boshlashligi, bitta ayol, bitta erkak, ikkita yosh bola bilan boshladi. Butun dunyoni rasululloh sollallohu alalayhi vasallam isloh qilishligi kerak edi. Bu buyuk mas'uliyat. Erkakga ayol, yosh u qari, xur u ozod u qul, boy kambag'al, hammasini hayotini isloh qilishi kerak edi. Nima bor edi rasulullohda?

Zalolatga, zulmatga, zulmga botgan yer yuzini isloh qilishlik kerak edi. Bu ishni amalga oshirish uchun payg'ambarimizda na bir quvvat, na bir mablag', na bir mansab, na bir yordamchi bor edi. Bitta erkak, bitta ayol, ikkita yosh bola bilan boshlangan bu din. Bu din g'arib bola boshlangan. Faqatgina payg'ambarimizda robbimizni tarbiya qilgan buyuk axloqi, Allohga bo'lgan imoni va Parvardigorining madadiga bo'lgan ishonchi hamda tavakkuli bor edi. Shu bilan boshlagan. Payg'ambarimizni dastmoyasi shu bo'lgan. Lekin sabr bilan, mehnat bilan, sabab bilan yer yuziga islom tarqatdi, Nabiy suras alayhissalom. Allohning yuzini bilan. Bu vaqtda hali Qur'onda hammasi ham nozir bo'lib ulgurmagan edi. Bor yo'g'i to'rtta sura tushgan edi. Yana ular ham hammasi to'liq emas. Payg'ambarimizga ilm bo'lgan, Alah surasi tushgan edi. Ruhiy tayyorgarlik bo'lgan, Muzamme surasi. Hamda amalga chorlovchi Muddatli surasi. So'ngra manhajini, Payg'ambarimiz yo'lini belgilab beradigan Fatiha surasi. Shu to'rttagina sura mavjud bo'lgan edi. Ko'p narsa yo'q edi Payg'ambarimizning huzurida. Shu bilan Islomni yer yuzi bo'ylab Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam tarqatishga muvaffaq bo'ldilar.

Iymonga kelganlarni adadi o'ttiz kun yetganida Payg'ambarimiz ular ta'lim olishligi uchun ularning orasidan arqon minnabel arqonni uyni tanladi. Ana shu joyda maxfiy suratda to'planishar edi va Payg'ambar sallallohu alayhi vasallamdan Islom din oyatlarini o'rganishardi. Bu yashirin da'vatni natijasi o'laroq qirq kishi, erkak ayollarni iborat qirq kishi iymon kelgan bo'ldi. Ko'pchiligi iymon keltirganlarida. Kambag'al bechora qo'llarida. Buni hikmati nima?

Nimaga endi kattalar? Nimaga bir boylar, zot olganlar, kiborlar iymon keltirib, nimaga faqirlar? Bu Alloh Taoloning sunnat ekan. Payg'ambarlarni tarixiga murojaat qiladigan bo'lsak, payg'ambarlarga ham bizga zayavka javob beramiz. Nimaga? Nimaga? Chunki diniy shariat bu havoyi onamlarni sindirib, xohishlarini eldirib, Allohni o'ziga o'rgatish degan. Hayotlarini xohishi xohishi ekan. Atrofdagi odamlar xohishi ko'chasiga bir erga ikki bor muttahak akalar, albatta hayotni o'ziga olib boradigan kuniga o'tishni xohlamasin. Abu Jahlimiz bitta kalima aytdi. Voy, voy, voy. Ha, ilohimga Alloh kalimasini aytib qo'y, jannatga kirasan desa, ey Muhammad, o'nta kalima ayt, qaytaraman. Lekin buni aytmayman derdi. Sababi iloh kalimasini tushunganligi uchun u Abu Jahon aytmas edi. Aytsa, javob berish kerak, o'zgartirish kerak hayot ham. Lekin kibr yo'l qo'ymasin unga.

Nuh alayhissalom qavmini da'vat qilar ekan. Alloh taolo haqida shunday deydi. Hud surasini betinchi oyati. Shunda uning qavmi orasidagi kofir bo'lgan kimsalar bizlar seni xuddi o'zimizga o'xshagan odam deb bilamiz. Va senga faqat ichimizdagi pastkash, yalang oyoq kimsalar o'ylamasdan ergashganini ko'rmoqdamiz. Bizningcha, sizlarning bizdan biron ortiqchalik joyingiz yo'q. Balki biz sizlarni yolg'onchi deb o'ylamoqdamiz dedilar. Bu ming yil davlatdagi Nuh alayhissalomni aytyotgan qavmi. Senga bari kambag'al qalang qasang'larni iymon keltiribdi. Senlarda bizdan oshish joyi yo'q. Senlarga ergashmaymiz, biz baladmiz deyishardi.

Mo'so alayhissalom haqida Alloh Taolo bayon qiladi. A'rof so'rasida yuz o'ttiz yettinchi oy. Misr va Shomdagi yerning o'zimiz barakatli qilgan mashriq va mag'riplarga bechora qavmini, ya'ni Banu Isroilni voris qilib qo'ydik. Sabr toqat qilgani sababli, mana Isroilga, Parvardigoringizning bu yerdan bechora bo'lgan zotlarga in'om qilishni va ularni odamlarga yetakchi qilib qo'yishni istaymiz degan go'zal so'zlari to'la to'kis bo'ldi. Fir'avn va qavmi qurib olgan imoratlarni va baland qilib ko'targan qasrlarni esa vayron qildik. U yerda ham zaiflar iymon keltiryapti. Kiborlari o'jarlik qilyapti. Bu yerda. Payg'ambar alayhissalomni hayoti ham xuddi shu narsa takrorlanyapti. Zaiflar iymon keltirdi.

Shundan keyin da'vat oshkor bo'lishligiga Alloh tomonidan hukm keldi. Shu paytgacha da'vat maxfiy suratda. Ya'ni maxfiy degan so'zni boshqacha almashtiradigan bo'lsak, xos da'vat bo'lgan edi. Payg'ambarimiz a'lam to'g'ri kelgan odamni emas, xos odamlarni, o'zi ishongan, unda bir xayriyatda alomatlarda sezilgan odamlarni istab topib da'vat qilganida, xos da'vat bo'lgan desak adashgan bo'lmaymiz inshaalloh.

So'ngra hijr surasidan keyingi oyatlar nozil bo'ldi. Fasda bima tu umar va a'rid an il mushrikiy. Bas. Siz o'zingizga buyurilgan ishni, ya'ni haq dinga da'vat qilishni yuzaga chiqaring va mushriklardan yuz o'giring. Endi farg'onalarimiz faqat o'zini xos yaqin odamlarini emas, hammani da'vat qilishi kerak bo'ldi.

Tongda nabi yusuf sallam kunlarni birida makkada turar ekanlar, ka'bani oldidagi abu qubeys tog'iga ko'tarildilar. Abu qubeys torgi mana hajga borganlarimizni ko'rganmiz, podshohni qasri turadi yu, eng yaqin joyi. Ana shu abu qubeys dog'i deyiladi. Abu qubeyni tog'i ka'baga yaqin bo'lganligi uchun orqadagi narsani albatta to'sib turadi. Balanddagidan. Tong saharda payg'ambarimiz alayhissalom abu qubeysga ko'tarildilar da, baland og'zi bilan vo sabaha, vo sabaha deb baqirib qoldilar. Bu vo sabaha degani, dushman kelayotganda baqiriladigan nido edi. Tinchlikmi, nima bo'ldi? Kim baqiryapti? A, Sodiqul Amin baqiryapti. Ha, u hech qachon bunaqa ish qilgan emas, hech qachon yolg'on gapirmagan, demak bir ish bo'libdi shekilli. Yig'ilib kurash kerak. Nabiyimiz alayhissalom ularga qarab turib, mana endi oshkora davr boshlandi.

Agarda nima desa bo'ladi? Mana shu tog'ning orqasida bir qo'shin sizlarga hujum qilmoqchi bo'lib turibdi desam, ishonasizlarmi meni gapimga? Deganlarida qurash, ha, sizdan biror marta yolg'on gapni eshitgan emasmiz, ishonamiz deganida, unda men sizlarni Alloh Taoloning alamli azobidan ogohlantirish uchun kelgan Rasuliman dedi. Amakisi Abduluzzo turdi, u keyin Abulloh haqida. O'zini ismi Abduluzzo edi. Bizni shu narsani deb chaqirdingmi dedi. Ishlarimizni qo'yib ovora qilib chalg'itgan narsang shumi dedi. Qo'ling qurusin sen ey Muhammad dedi. O'zini amakisi, eng yaqin qarindosh bo'lgan amakisi qarshi turdi. Bu ham Islom Alloh tomonidan kelgan risolat ekanligiga bitta dalilki, agar Payg'ambarimiz urushchiligiga, qabilasiga, millatchilikka chaqirganida, birinchi bo'lib o'zi Abduluzzo yordamga o'tishi kerak edi. Qarindoshiyu har qalay. Qo'ling qurusin sen edi. Mana shu narsaga biz to'pladik. Payg'ambar sollalloh indamadilar. Alloh Taolo javob berdi. Bismillahir rohmanir rohiym. Tabbat yada' abiy la habin va tab. Ma'ag'una anhu ma'luhu va ma kasab. Sayasulana romda talahab, va murod hu hammalatal xatob. Fiji liha habilun min mas'a.

Abu lahadning qo'llari qurigay, halok bo'lgay. Aniqki, u qurdi, halok bo'ldi. Mol mulki va kasb qilib topgan narsalari unga asqatgani yo'q. Yaqinda u va uning o'tin orqalagan, bo'ynida pishiq toladan eshilgan arqon bo'lgan xotin lovullab turgan alangalik do'zaxga kirgan. Abduluzza ona, ya'ni abulahabning xotini umid jamil qayerda payg'ambarimiz haqida gapirishga to'g'ri kelsa, faqat yomonlikda gapirardi. Payg'ambarimiz alayhissalom o'tadigan yo'llarga tikanlar tashlab qo'yar edi, oyog'iga sayilsin, ozodchiy sinib. Bu yaqin qarindoshlari edi. Mana siyratni o'rganishlikda ahamiyatini ko'ringki, Qur'on oyatlarini juda ko'p qismini tushunishligimiz uchun siyratni bilishimiz kerak. Nima uchun Laxab surasi, Ma'sad surasi nozil bo'ldi deganda, mana shu hissani bilishimiz kerak bo'ladi. Bu siyrat bizga Qur'oni o'rganilishlikka qanchalik bir kerak ekanligiga bir dalil bo'ladi. Nabiysi alayhissalomga Alloh Taolo qarindoshlarini da'vat qilishlikni buyurdi. Va an ghir ashirot akal aqrobiy va yaqin qarindosh urug'laringizni Allohning azobidan ogohlantiring. Shu An-Nisa surasi ikki yuz o'n to'rtinchi oyat. Mana shu oy tushganda Payg'ambarimiz butun Abdulmuttolep urug'ini yig'ib, ularga ziyofat qildi. Ularni ikrom qilib, hurmat qilib, yedirib ichilib turib, gapirmoqchi bo'lganida, yana Abduluzzoq turdi Abulahab.

Ey Muhammad, agar yana diniyni gapidan gapiradigan bo'lsang, gapirma. Biz eshitmaymiz dedi. Payg'ambar alayhissalom indamadilar. Holat gapirishlikka to'g'ri kelmayotganligini ko'rgandan keyin, indamay qo'ydilar. Kim? Yedinglarmi?

Eshitdinglarmi? Men shuncha chiqim qilib qolaveraman gapirmasdan. Eshitasizlar gapimni dedimi? Da'vat qilishni ham o'rganaylik Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan. Uyga chaqirdi, rasxod qildi, chiqim qildi, qancha vaqti ketdi. Endi yeganinglarki eshitasan da, nima men senlarga. Qolaveraman mulchakada dedimi? Demak da'vat qilinadigan holat bor. Da'vat qilindigan holat bor.

Munosib o'rin bor, munosib payt bor. Bepoyt unga gapirsangiz, gapingizni olmaydi, haq bo'lsa ham. Biz kimni o'rganamiz, navbat qilishni? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan. Eshitishni xohlamayotgan odamga, o'jarlik qilayotgan odamlarga gapirib, bu so'zlar isloh qilinmaydi. Bu Allohning kalomi, biz gapirayotgan narsa. Uni eshitishni xohlagan odam bor, xohlamagan bor.

Ro'paramizda nasihat qilinadigan odam uch xil bo'ladi. Bilib olaylik yaxshilab shuni. Da'vatingizni olishligi aniq, nasahatingizni. Olmasligi aniq ikkinchisi. Uchinchisi, yo oladi, yo olmaydi. Ulamolar aytadi, da'vatingizni olishi aniq bo'lgan odamga gapirmasangiz gunohkor bo'lasiz. Xotiningiz, bolangiz yoki qandaydir qo'l ostidagi bir itoatdagi odam. Ikkinchisi, olmasligi aniq, bu odamga gapirgan odam xato qiladi. Bir marta aytdingiz, ikki marta olmadimi, adab isrof qilinmaydi.

Uchinchisi yo oladi yo olmaydi. Endi bunga xohlang gapiring, xohlang gapirmang. Men gunohkor bo'lmaysiz deb gapirsangiz. Gapirmasangiz ham gunohkor bo'lsangiz. Unaqa yoqasini ushlab bo'g'ishlik yo'q. Keyin Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam boshqa bir ziyofat uyushtirdilar, Abduluzzoni aytmadilar. Undan keyin nima qilish kerak desa, Payg'ambarimiz siyratini o'qisa, yana chiqyapti javob. Abduluzzoqdan boshqa hammasini chaqirib turib, yedirib, ichirib bo'lib, sovg'alarni berib, ko'ynalarni yumshatib turib, bittama bitta da'vat qildilar. Nomma nom aytib keldilar. Ey falonchi, o'zinglarni jahannam azobidan saqlanglar. Nomma nom. Ey Sofiya bint Abdulmutto'llik, Alloh Taoloning huzurida sizga hech qanday yordam berolmayman, bittama bittada. Ey Fotima bint Muhammad, meni muallimlar xohlagan narsangizni so'rang. Lekin qiyomat kunida Allohning azobidan sizni qutqarib qololmayman. Yarimta hurmati sadaqa qilib bo'lsa ham jahannamdan o'zinglar saqlab olinglar dengizchilar.

Mana Abdulmutolibdan iymonga kelganlar iymonga keldi, kelmaganlari kelmadi. Sofiya Abdulmutolib islomga kirgan ana shu kishilardan bittasi bo'ldi. Aqul u qobli ha'da va astag'firulloh alayhi va rahmat. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish