MMaviza
—Tekshirilgan31 daq

16) TOIFGA SAFAR

Abdulloh Domla · Siyrat darslari

0:00
31:24

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah. Robbina alamin. Vala aqibatu lil muttaqin. As salatu vas salamu ala muhammadin va ala alixiy va ashabiyhi ajma'in. Amma baxt. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vas salamni siriyatlarini o'qishlikdagi keyingi darsimizni boshlaymiz. O'tgan darsimizda musulmonlarni iqtisodiy qamalga olganligi, mushriylar tomonidan berilgani aziyatlarni aytgan bo'ldik. Ana shunday bir qiyin musulmonlar va kurash o'rtasidagi mana shu tang ahvolni bir oz yumshashlik maqsadida Uquba ibno Abimoid, kurashning sayyidlaridan, islomga dushmanligi qattiq bo'lgan, Payg'ambarimizni qo'shnilaridan bo'lgan Uquba, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni uyiga, ovqatga, taomga chaqirdi. Inabis sollallohu alalayhi vasallam uni talabiga labbay deb javob berib, mushrik bo'lishiga qaramasdan, Payg'amblarimiz sollallohu aliyhi vasallam davlat diniy yetkazishlik maqsadida hamda qo'ni qo'shnichlik haqqini ado qilishlik qasdida uyiga kirdi.

Agar amakimiz ehson qilayotgan bo'lsa, u masjidga chiqmaydigan bo'lsa, chiqmay qo'yadigan odamlar ham yo'q emas bo'lsa kerak oramizda. O'zini nihoyatda bir boshqacha deb sezganligidan, shunday qiladigan odamlar bo'lsa, yaxshilab eshitib olaylikki, Alloh Taoloning eng afzal, taqvodor bandasi, Allohga eng yaqin bandasi Muhammad alayhissalom, o'zini zamonasidagi eng ablah odamlaridan bo'lgan Uqubani uyiga chaqirganda borgan ekan.

Endi, namoz o'qimaydigan eng yomon odam ham bizni zamonamizda Uqubachali yomon bo'la olmaydi. O'sha ehson qilayotgan bo'lsa, to'y qilayotganbo'lsa, qo'shningiz boring namoz o'qimas, masjidga chiqmas, lekin payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni bo'yniga oyog'ini qo'yib, sajda qilib turganda ezmagan u. Nabiy sollallohu alayhi vasallam sajda qilib yurganida, ichiga chavorlar olib kelib, bo'yniga tashlab qo'ymagan u qo'shnimiz.

Har qancha yomon bo'lganda ham Alloh haqida so'rasangiz, Allohni bitta deydi. Payg'ambaring kim desang, Muhammad alayhissalom deydi. Uqubadan ko'ra yomon bo'lmagan odamning uyiga Muhammad alayhissalomdan yaxshi bo'lmagan siz, borsangiz bo'lmas ekanmi? Otamga atab qo'y so'ydim deydi. U Alloh uchun so'yayotganligini o'zi biladi, faqat shu so'zni siz xohlaganlar qaytib bera olmayapti. Alloh yo'lida ehson qilyapman deb chiroyli ayta olmaganligi uchun, bu deydi, Allohga so'ymayapti, bu otasiga so'yapti deb turib, haligi taqvodor, ilmi zo'r bo'lgan yigit nima qiladi? Va ajralib qoladi qarindoshlarning ichidan. Cho'zib o'tirmaylik. Uqubatimni obyomayet kofir bo'lgan holatda Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomni uyiga chaqirganda bordi. Bu degani to'g'ri kelgan odamni uyiga borib turib puflamasdan yevurish kerak ekan deb tushunmaylik.

Ana shu borilayotgan odamni uyida borishingdan maqsad qarindoshchilik yoki qo'ni qo'shnilik haqqini ado qilishlik birinchidan. Ikkinchidan, sizga o'xshagan namozxonlar borib shuni ehsonida qatnashmasa, shuni bir xursandchiligiga, qayg'usga she'riy bo'lmasa, qanday qilib musulmonlarga, namozxonlarga qalbida muhabbat uyg'onsin. Hamma namozxonga teskari qarab qochayversa, hamma xo'mrayversa, Imom Buxoriy bilan Muslimni o'qitgan ustozlardan biri aytadi, fosiqni, fojirni.

Obid odam ko'rganda teskari qarab ketadi. Betin qursin deydi. Beti yo'q deydi. Benomoz deydi. Obid. U faqat ibodat qiladi, ilmdan bexabar. Endi olim uni ko'rganida tabassum qilib qo'yadi. Nima uchun? Uni yaxshi ko'rganiga uchun emas. Uni qilayotgan ishidan xursand bo'lgani uchun emas, shu hamma xo'mrayib qarayotganda men tabassum qilib ko'ray. Ertaga kayf tarqaganda, ertaga bir o'ziga kelganda men gapirsam, meni gapimni olamikin degan maqsadda kulib qaraydi. Ilm egasida u. Endi hammamiz namoz o'qimaganni ehsoniga bormasak, to'y qilsa bormasak, umuman odamgarchilik qilmasak, kim unga dinni ko'rsatadi? Kim unga dinni o'rgatadi?

Shuning uchun shundan xulosa olamizki, qo'shnimiz ehson qildimi, chiqaylik. To'y qilyaptimi? Ja endi taqvodor bo'lib, u qo'shningizni hamma puli harom bo'lib ketgan chog'ida, qo'ni qo'shnichilik haqqi uchun chiqib, eshik tagida suv quyib berib turing hech bo'lmasa. Bo'pti yemang, ovqatidan ja taqvo qilib yuborsangiz. Hamma puli ham harom emasdir uni. Halol joyi ham bordir. Ja bo'lmasa kirib o'chog'iga turtki o'tini solib qo'ying, yoshlar.

Ja bo'lsa shu idish tovoqni tashlab qo'ying u yoqqa bu yoqqa, bor u. Kirib qo'ying. Yemasangiz ham sizni yeda bura majbur qilmayapti yu. Yo'q, bu deydi, men bormayman deydi. Shunaqalar yo'q emas oramizda. Agar shunaqalar bo'lsa, biz yaxshi ko'rganligimizdan shunaqa ukalarimizga nasihat qilyapmizki, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bekzod ham qo'ni qo'shnilik haqqi, da'vat maqsadida o'sha mushukga kirib ovqatini yegan ekan. Payg'ambarimni hayotida ko'rdi deb turgandan keyin boshqa bir hujjatni keltirishlikda hojati yo'q.

Musulmonlar mana shu qamal davomida qattiq ochlikka qolishdi. Qurishni ba'zi bir saidlari musulmonlarga va mana Hoshim, mana Abdulmutoliyev, mana Abdumannop urug'larini kofirlari ham musulmonlarini qiyinchilikka tushib qolganini ko'rib turib, urug'chiligi tutib, hamiyat tutib, biz birla turib beramiz dedi. Ularni mana shunday qiyin ahvolga tushganini ko'rgan ba'zi bir saidilar ularga yordam berishimni xohladi. Hakim ibn Xizom. Keyin islomga kelgan bu kishi.

Hakim ibn Xizon bu uchchala urug'di qiyin ahvolga tushganligini ko'rib, bir tuyaga yegulikni ortdi. Abu To'lipni sheviga qarab, ana shu qishloqchasiga qarab yurib bordi. Yo'lda ketayotganida Abu Jahl, bu ummatni fir'avni bo'lgan shayton, Abu Jahl ko'rib qoldi. Ey Hakim, qayoqqa ketyapsan? Hakim aytdi, bu meni ishim dedi. Men hur odamman. Xohlagan ishimni qilaman dedi. Sen bu ovqatlarni Abu To'libni urug'iga olib ketyapsanmi musulmonlarga? Hakim boya gapini qaytardi. Men xohlagani qilaman dedi. Men xohlagan ishimni qilaman. Men hurman, saidlardan. U aytdi, qilmaysan dedi. Ikkalasi shunday bir bahslashib turganida, ularni bu bahsiga Abulbog'dir ibn Ishonib kela qo'shildi. Abul Buxtiri ibn Hishom kelib nima bo'lyapti?

Abu Jahl aytdi, bu ovqatni o'n ovi Abu To'libni jamoatiga olib ketyapti, dedi. Abul Buxtiri ham u yerdagi bo'layotgan ishlardan norozi edi. Abu Jahl Abul Buxtiri meni tarafimni oladi degan maqsadda gapirganida, sen dedi, buni nima man qilyapsan, dedi Hakimni. U Said xur odam, xohlaganini qiladi. Yo'q men man qilaman, dedi. Abul Buxtoriy sen kimsan dedi. Qurashni o'rtasida yolg'iz bitta podshohi bo'lganmas. Hammasi said bo'lgan, bir ikkinchisini itoat qilmagan, hammasi ozod odamlar. Boshlig'i bo'lganmas! Abu Jahl men boshliq bo'laman degan da'vosi bor edi. Men man qilaman uni degan edi. Sen kimsan uni man qilgan dedi. Abu Jahl Abul Muxtoriyda bir turdi dedi.

Abul Buxtoriy javob qaytar xullas, ikkalasi urishib ketdi. Abul Buxtoriy Abu Jahlni yengib qo'ydi. Hakimovni hisobini ovqatini olib borib berdi. Albatta, u butun boshli katta uchta urug' uchun bitta tuyadagi oziq ovqat hech narsa bo'lmas edi. Ularni mana shu uch yillik qiyinchilik ahvoli shu darajada yetdiki, daraxtlarni tomirlarini yeyishiga, daraxtlanni banklarini yeyishiniki majbur bo'lishi kerak. Qo'lida puli bor, lekin hech kim ularga sotishlikka rozi bo'lmaydi. Sahobalardan biri ana shu qiyin ahvolni tasvirlab aytadiki, kechqurunda deydi, sahroga chiqib, bavul qilib tursam, yerga tushayotgan bavulni ovozidan qumdan bir narsani ovozi eshitildi deydi. Darrov tiklab qarasam, so'yilgan hayvonni terisidan kesib tashlab yuborilgan bir parcha ekan deydi. Ozgina teri. Shoshganimcha oldin yuvib, tozalab, kuydirib o'tdi, ina yedim deydi. Ochlik, qiyinchilik mana shunday darajaga yetdi. Qamal davom etib turar ekan, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam amaki sabu to'g'ri aka, ey amaki dedi, ular yozib ilib qo'ygan sahifani zulm, sitam va sila rahmda qirqishlikka sabab bo'ladigan yozilgan joyni qurt yeb tugatib bo'pti dedi.

Abu to'g'rib aytdi, ey jiyanim, bu xabarni sizga Robbiz aytdimi dedi. Payg'ambar sollallohu alayhhi vasallam ha dedilar. Qur'osh jamg'arib turganida Abu Tolib Makkaga kirdi, o'zini qishloqchasidan, shu abadan. Aytdiki, jiyanim Muhammad menga sizlar yozgan sahifaning zulm va qotil rohim yozilgan qismini qurt yeb tugatganini aytdi. Jiyanim hech qachon yolg'on gapirmagan dedi. Menga sahifani beringlar dedi.

Agar jiyanim aytgan narsa haq bo'lsa, ko'zinglarni ochilay, qurish. Bu qilayotgan ishinglardan to'xtanglar. Yo agar jiyanim yolg'on gapirgan bo'lsa, mayli men jiyanimni sizlarga topshiraman, bilgan ishinglarni qilinglar dedi. Ular xursand bo'lib ketishdi. Kelishdi da, sahifani olib chiqib qo'liga berishdi. Sahifa o'ralgan holatda turar edi.

Shunday ochishganida, haqiqatan Bismillahullohimman, Parvardigorim seni noming bilan deb yozilgan yozuvdan boshqa yozuvlarni qurt yeb tugatgan edi. Va mayya alamu junuda robbaki illa hu. Parvardigoringizni qanday qo'shini bor ekanligini yolg'iz o'zi bilur. Alloh Taoloni qanaqa armiyasi borligini Alloh o'zi biladi. Birodarlar, mana eng mustahkam deb qurilgan binolarni bitta yer qimlasa, hammasini tutga to'kib qo'yapti. Zo'r proyekt bilan, zo'r plan bilan qildinglar desa, bitta shamol kelyapti, uchirib ketyapti. Bitta suv bosyapti, pachag'ini chiqaryapti. Bitta vulkan bo'luvdi. Butun Yevropaning samolyot reyslari to'xtab qoldimi? Milliardlagan zararni gapiryapti. Alloh Taoloning qanaqa qo'shini borligini faqat O'zi biladi.

Ular buni ko'rishib turib, bu Muhammadni qilganini sehr etadi, gapida turishmadi. Yana Sahih o'zini kuchini yo'qotmadi, yeyilgan bo'lsa ham qurt tomonidan. Yana ana shu qamal davom etdi. Shu tarzda kunlar o'tdi. Uchchala urug'. Ban Abdulmutallib, Ban Hoshim, Ban Abdumannop. Musulmoni ham, kofiri ham mana shunday bir mashaqqatda qolishdi. Qurashning sayyidlaridan Hisnoniddin amir bunga chidolmay qoldi. Bu sahifani yo'q qilib, ularni qaytarish kerak. Zulm qilyapmiz dedi. Zuhayriddin Abu Mayya mug'iylarni oldiga borib turib, e Zuhayr, bu uchchala urugi boshiga tushgan kunga rozimisan sen? U yo'q dedi. Qanday qilib uch yillab ochlikka qo'yib qo'yamiz, o'zimiz yeb ichib yaxshi yashab turibdi. Zuhayratda biz nima qila olamiz? Axir bu kurash ittifoqi qilgan narsasi. Sahifani bekor qilamiz dedi, Hisnon.

Bu ishga ikkalamizdan boshqa kim yana bir rozi bo'ldi? Faqat ikkamiz dedi. Uchinchi sherikni topdi. Hishon Mutayim ibn Adida oldiga bordi. Mutayim ibn Ali uni maqsadini eshitdi, u ham rozi bo'ldi, chunki bu zulmga u ham rozi emasdi. Kim bu ishga rozi bo'ldi? Uchalasini aytdi. To'rtinchi sherikni topdi, dedi. Hishon Abulbuxtariy ibn Hishonni oldiga bordi. Abulbuxtariy hozir Abu Jahlni urib qo'ygan. U ham rozi bo'ldi. Beshinchi sherikni top, dedi. Beshinchi sherigi bo'lib, Zuma ibn Asvod. Beshalasi sahifani olib tashlashlikka ittifoq qilishdi. Mana shu ittifoqning ertasi kuni, qurash ka'banolda o'tirganida, xishom o'rnidan turdi.

Xishom turib aytdiki, ey qavm, o'z qavmimizga yaxshi muomala qilmadik. Qurashdan bo'lgan o'zimizni kishilarimizni uch yillab ochib olishiga rozi bo'lib turamizmi? Ollohga qasamki, bu ish daxrning ori, nomusi. Ollohga qasom, arablar biz haqimizni yomon gapiradi. Ollohga qlasom, sahifani olib tashlaymiz. Abu jahl o'rnidan turib aytdiki, allohga qasam, olib tashlamaymiz dedi. Abu jahlni gapini birorta odam quvvatlashi nega kerak edi? Mutin bi bilan adiy turdi da, allohga qasan ey abulhakam dedi. Seni buni yerga ishqalsa ham olib tashaladi dedi.

Abulbo'xtilingni ehson qilib turib, bekor qilinadi dedi. Abu jahl har qancha urinmasin, uni gapini hech kim quvvatlagani turmadi. Shunda oxirgi bo'lib zumra imna asra turib, olib tashlaymiz boradi dedi. Sahifani olib tashlashlikka bor yo'g'i beshta odam rozi. Hishon bin amr, zuhayrimni abu umayya, abulbokir ibn hishon, zum'a ibn as fuat va mut' ibn adiy. Qolganlar norozi, lekin jim turishibdi. Endi ko'p bo'lib jim turgan odamdan ko'ra, to'rttasi o'sha ham turib, bitta fikrni aytgani kuchliroq bo'ladi. Qolganida sukut qilib turishligi, go'yoki qurishni rozi ekanligini bildiradi da, bu beshalasi kirishdi, sahifadan qurt yeganidan qolganlar olib yetishib oldi. Shunday qilib uch yil davom etgan mana shunday iqtisodiy qiyin qamal nihoyasiga yetdi. Bu uchchala urug' qaytinmakaga kirishdi.

Nabiy sultonning da'vatida davom etdi. Lekin mashaqqat, xorlash, taqillash hali ham davom etgan edi. Payg'ambarlikning o'ninchi yilida payg'ambar sultonullohning himoyachisi bo'lgan, otasini o'rnida turgan, yoshligidan boqib tarbiya qilgan eng yaqin amakisi abu to'g'lib vafot qildi. Abu to'g'dib o'lim soatlari yaqinlashganida, payg'ambarimiz sultonulloh amakisini oldida turardilar.

Abu jahl, abu to'g'tib ixtizorda yotibdi ekan degan gapni eshitganda shoshganicha kelib, kirishlik izini so'radi. Bu Abu Jahl Banu Mahzun urug'idan, Banu Hoshimdan emas. Menda o'ylayotgan odamni yonida yaqinlari turishi kerak. Endi izn so'rovni kirishlikka, qo'rashniy sayyidlaridan unga izn berildi, kirdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir tomonidan, Abu Jahl ikkinchi tomonidan. Payg'ambarmiz sollallohu alam amakisiga, ey amaki, bitta karimni aytib qo'ying. La ilaha illalloh. Qiyomatda shaffofatimga olaman shu zalima bilan. Deganida Abu Jahl, Abu To'lib, agar jiyaning aytayotgan so'zini aytsang, sen o'tib ketganingdan keyin, arablarni o'rtasida, ota bobosini dinidan qaytgan deb seni sharmandangni chiqaramiz dedi.

Ya'ni boshqa ish yo'q Abu Jahlda. G'ami musulmonlarni dinidan qaytarishlik? Abu To'lib taraddudga tushib, aytsammi, aytmasammi, desammi, demasammi deb ikkilanib turdi da, oxiri o'lganimdan keyin arablar meni sharmanda qilishdan qo'rqaman dedi. Mushlik holati vafot etdi. Bitta kalima, siz bilan menda bor shu kalima, Allohga hamdlar bo'lsin. Shu bitta kalimani ayta olmadi, iymonga yaqin edi. Payg'ambarimizga eng yaqin kishi edi. Payg'ambarimizni qurilishda a'zolaridan himoya qilib turgan yagona ishongan kishisi edi. Shuncha yaxshilikni qildi, lekin payg'ambarimiz alloh, payg'ambar musulvisallamni aytgan bir og'iz so'zini qaytara olmadi. Payg'ambarimni boqib katta qilgan, himoyasiga olgan, yonida turgan, lekin Nabiy sulton aytyaptilar, Abu To'libga do'zaxdagi eng yengil azob berildi. Payg'ambaringizni amakisi bo'lgani uchun, Payg'ambaringimizni himoya qilganligi uchun, lekin baribir do'zaxga tushdi.

Unga o'tdan bo'lgan chovush tegiziladi, bu chovushni issig'idan miyasi qaynaydi dedi. Bu eng yengil a'zo bu. Payg'ambarimizni himoyat ustida, lekin kalima aytmaganligi uchun, har qancha Payg'ambarimga yaxshilik qilgan bo'lsa ham baribir do'zaxda deyapti. Shuning uchun kalimani aytmagan odamni birorta amali qabul bo'lmaydi. Kalima aytmagan odam jannatga kiradi desak, Alloh saqlasin. Iymondan ajralib qolamiz.

Abu tolibni vafotidan bir oy yoki ikki oy o'tmasdan, payg'ambar sultonining ikkinchi yaqin kishisi, hadicha bintuhualid roziyallohu anho vafot qildi. Payg'ambar suyaysonning eng yaqin kishisisi va o'sha vaqtdagi yagona ayoli, farzandlarining onasi, birinchi bo'lib iymonga kelgan hadicha roziyallohuni vafot etdi. Hadicha roziyallaohu anhoga alloh tomonidan bashoratlar berildi.

Kunlarni birida Jibril alayhissalom Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga kelib, shunday dedi. Ya Muhammad, innallohi yuquli ukas salam va yaqul bashir hadija bi baytin fil jannati min qasob la sohiba fiihi va la nasof. Ey Muhammad, Alloh Taolo sizga salom aytdi hamda Hadijaga jannatda unga atalgan ulkan bir gavharning ichidagi qasr xushxabarini yetkazing. U qasrda na mashaqqat, na qiynalishlik bor. Tasavvur qiling, juda bir katta bir gavhar tosh ichi bo'sh. Shuni ichida jannat bor unga. Masalan hozir o'tirib belingiz tolib ketadi, terlab ketasiz, oyog'ingizga uy tushib ketadi, shu mashaqqat deyiladi. Ming zo'r jihozlangan uyingiz bo'lsin, o'tirib o'tirib toladi bir etingiz. Lekin Hadicha onamizga va'da qilingan Jannatda mana shunday bir beli yoki oyog'i tolish ham bo'lmaydi. Nabiysi alayhissalom aytadilar: kamolamin al rejal al kafir, valam yakmul minan nisa i illa arba. Erkaklardan juda ko'pi komillik kamolat darajasiga yetgan. Payg'ambarlar, nabiylar, shahidlar, siddiqlar. Ayollardan faqat to'rttasi mukammal, komil inson bo'ldi. Maryam binti Imron, Fotima binti Muhammad, Hadicha binti Huvayli va Osiyo.

Binti Muzahhib, Fir'avnning ayoli. Mukammal bo'lgan ayollarni uchinchisida vataylikka Hadicha onamiz vafot qildi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Hadichalarini juda bir qattiq qadrlardi. O'sha paytdagi Hadicha onamiz Payg'ambarimni yagona ayoli edi. Payg'amir sollallohu alalayhi vasallamni juda qattiq yaxshi ko'rardik. Onasi onamiz aytadilar. Payg'ambaramizni faqatgina deydi, xotinlarning ichidan Hadichaga rashq qilardim deydi.

Kunlarda bir Payg'ambaramiz uydan chiqib ketyapti, dedi, meni oldimdan chiqib ketyotib, Hadicha bundog' edi, Hadicha bundoq edi, desa, rashqi kelib, yoshligidan, ha nima endi, bor yo'g'i bitta kampir edi da, Alloh undan yaxshirog'ini berdi yu, deganida Payg'ambaramizni ranglari o'zgarib ketib, g'azabdan ham aytadiki, Allohga qasam undan yaxshisini bermadi, deydi. Odamlar menga kofir bo'lganda birinchi iymon keltirdi. Odamlar hamma narsasini mendan man qilganida, moli bilan yordam berdi. Va Alloh menga faqat undan farzandlar berdi dedi.

Mana shu Hadicha onamiz vafot qildi. Abu To'g'ri va Hadicha roziyallohu anhoning vafotlaridan keyin, Payg'ambaramiz juda bir qattiq qayg'uga tushdi va bu yil omil huzun, qayg'u yili deb nomlandi. Alloh Taolo mo'min bandani bir narsani berib sinagandek, olib qo'yib ham sinaydi. Yaxshi ko'radigan odamlarini uzoq umrga o'rgizib turib sinagandek, ularni olib qo'yib ham sinaydi. Toki shu banda Allohni qazosiga rozi bo'lsin.

Bandani iymoni qachon komil bo'ladi? Yaxshilik ham, yomonlik ham Allohda deb iymon keltirgan edi. Hamda rozi bo'lgan edi. Indamay rozilik yashayotganimiz, ming'illamayotganimiz, shikoyat qilmayotganligimiz, taqdirdan roziligimiz. Shikoyat hissi o'zgaradi. O'n yilda bir marta shikoyat qilgan. Ana shu qilgan shikoyatini natijasi qanday bo'lgan?

Alloh taolo aytadi: vosbir li hukmi robbik fa innaka biya yuniina. Ey Muhammad, siz parvardigoringiz hukmiga sabr qiling. Zotan siz shak shubhasiz bizning ko'z o'ngimizdadirsiz. Ya'ni biz esdan chiqarib qo'yganimiz yo'q sizni. Sizni ko'rib turibmiz degan. Nabiy sulton o'n yil da'vat qildi. Xabaristonga ketganlardan tashqari bor yo'g'i yetmishta odam iymon keltirgan edi qurishni. O'n yil davrda yetmishta odam.

Abu tolibni vafoti, hadichonamizni vafoti, qurishni bu o'ljaligidan payg'ambarimiz qattiq qayg'uga botdi. Endi payg'ambarlarimiz agar dinga yordam berishga so'z bersa, makkani tashlab, har qanday bir qabilani oldiga borishlikka tayyor edi. Nabiy sulton salom makka tashqarisiga chiqib, dinga da'vat qilishingni qasd qildi. Qachon makkani tashlab chiqib, da'vatga chiqdi? Birinchidan, qurashlilardan hech kim iymon keltirmay qo'ydi, to'xtab qoldi. Ikkinchidan, qurash umuman din haqida gapirishini qattiq man qilib qo'ydi. Shundan keyin payg'ambarimiz tashqari chiqishlikni qasd qildi. Ungacha payg'ambarimiz o'n yil, ozor aziyatlar ko'p bo'lsa ham, makkada da'vat qildi. Payg'ambar sulton aytsalar, menga qorashdan yetgan aziyat, haqiqiy yetgan aziyut abu to'g'riqning vafotidan keyin bo'ldi. Qani shu paytgacha ichigacha oldi tashlab qo'yishyapti, bo'ynini kelib ezyapti, yuziga tulpoqda chachib ketyapti, eshigini taga qilib, to'kib ketyapti. Yuziga tupuryapti. Shularni payg'ambar sulsayn ham aytyaptilarki, hech narsa emas bu. Haqiqiy aziyat Abu To'g'dir o'lgandan keyin bo'ldi. Chunki Abu To'lib o'lmasdan turib Payg'ambarimizga ozor berayotganlar faqat sayyidlar edi.

Qavmini ko'ziga ko'ringan kishini olib deydi. Endi Abu To'lib o'tgandan keyin, ana shu himoyachisi yo'q bo'lgandan keyin, to'g'ri kelgan odam Payg'ambarimiz yuziga tupurib, tuproq soch yoki haqorat qilib ketar edi. Hech qanday mahobat, haybat qolmagan edi. Payg'ambarlarimiz sollallohu alayhi vasallam toifga chiqishlikni iroda qildilar. Toif Makkaga eng yaqin bo'lgan shahar. To'rt yo besh kun piyoda yurib payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zaydilni xorisa bilan toifga borishdi.

Toifga kirishlikka yaqin bo'lganda, Toifni eshigi oldida Amr bin Umayyaning o'g'illari Abdullay, Habib va Mas'ud, uchta akaga o'tirishar edi. Payg'ambar musallallohu alayhim keldi, ular bilan salomlashdi. Ularga gapirishlikka ruxsat so'radi. Albatta endi Payg'ambarimiz o'zini tanitdi. Qurashdan, qurashning sayyidlaridan, Abdulmuttolepta zurriyotidan u uchchalasi qabul qilishdi, gapirdilar. Nabiyus alayhissalom ularga din, oxirat haqida gapirdilar. Hamda Qur'on o'qib berdi. Abduyalayl turib, Ka'bani pochta yirtilib ketsa ham senga iymon keltirmayman dedi. Ikkinchi saytda, men senga hech qachon gapirmayman dedi. Uchinchi saytda, agar sen Nabiy bo'lsang, sen juda katta odam ekansan, sen bilan gaplashib bo'lmaydi dedi. Agar sen kassob bo'lsang, seni bilan gaplashniki sen oshicha past odam ekansan dedi. Ya'ni rost Payg'ambar bo'lsang, o'sha katta odamsan, sen bilan gapirisha olmayman, men pastman deyapti. Agar yolg'onchi bo'lsang, siz mendan ham past ekansan, senga gapirishinglar ham hojati yo'q dedi. Nabiyiz alayhissalom bulardan bir qattiq qulik javobini olganlaridan keyin, agar xohlamasanglar dinga kirishlikni, meni holi qo'yinglar, men odamlar bilan gaplashaylik.

Seni dedi, gaplashgani yo'l qo'ymaymiz deb, shoshganicha Payg'ambar alayhissalom bilan burun Toifga kirib, Toifni yosh bolalari, tentaklari, ahmoqlarini ikki sapqlab yig'ib kutib turishdi. Payg'ambar asoslan kirishliklari bilan oyoqlariga tosh otib, toshbo'ron qilib haydashdi. Nabiya sollallohu alayhi vasallam ulardan quv so'rab bormagan edi. Ularga jannatga kiradigan kalimani olib borgandi xolos. La ilaha illalloh deylik, jannatga kirasizlar degan edi. Nabiya sollallohudek zot toshbo'ron bo'lib, mana shunday odamlarni oldida xor bo'lib, Toifdan qochishlikka majbur bo'ldilar. Oyoqlaridan, muborak oyoqlaridan qonliroqda. Payg'ambar sollallohu alalayhi vasallam.

Toifdan qaytarkan Payg'ambarimiz alayhissalom Toif bilan Makkani o'rtasida bir bog' boradi. Shu bog'ga borib o'tirib dam oldilar. Bu bog' Qurashlik, Utba va Shayba ibn Robiyalarning bog'i edi. Shu paytda ular Makkadan chiqib, shu bog'ga o'tirishardi. Payg'ambarim sallallohu alayhi vasallam shu tushgan holatidan Alloh Taologa shikoyat qildi. O'n yil davlatdan keyin o'zini yurtidan gapirishnikka qodir bo'lmay, boshqa qavmga borib da'vat qilsa, toshbo'ron bo'lib, mana shunday bir xorlangan holatda o'n yil mehnatni qilib, o'ziga bog'liq bo'lgan hamma sababni qilib bo'lib, endi chorasiz qatib qolgan payt faqat shunda shikoyat qildim. Allohim, quvvatsizlik, chorasizlik, odamlar oldida ojizligimdan o'zingga shikoyat qilaveraman. Ey mehribon zot, sen bechoralarning robbaparvardigori, mening robbamsan. Meni kimlarga tashlab qo'yaversam? Meni yoqtirmaydigan notanishgami yoki ustuvor dushmangami? Mendan g'azablanmagan bo'lsang bas, boshqasiga parvoyim yo'q. Shubhasiz, avfa ofiyating men uchun kengdir. Zulmatlarni yoritgan, dunyo yo oxirat ishlarini tuzgan yuzing nuri hurmati bilan menga g'azabingni tushirishingdan, qahr qilishingdan panoh so'rayman.

Sendan rozilik tilayman. Bor kuch quvvat faqat sen bilandir dedi. Shu vaqtgacha rostdan so'rasam, faqatgina Allohga suyangan edi. Undangina yordam so'ragan edi. Undan boshqaga shikoyat qilmadi. O'n yillik mehnatidan keyin, chorasiz qolgandan keyin shikoyat qildi. Bitta ishni boshlatuvdi, yarmi yetmadi, shikoyat qilyapti. Iloji bo'lmay qolgandan keyin, kimga shikoyat qilib yuboryapti? Alloh taolo.

Alloh taolo Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni bu duosini qanday ijobat qildi? Payg'ambarimiz xohlagan vaqtida shikoyat qilishi mumkin edi. Innama yo'q fossobirun ajrog'un behoyirihisab dedi Alloh taolo. Sobirlarni ajrini Alloh taolo o'lchamasdan beradi qiyomatda. Dunyoda ham qiyomatda ham. Sobir kim? Shikoyat qilmay yashagan odam.

Payg'ambarimiz qachon shikoyat qilyapti? Makkaga kirgani qo'rqildi Payg'ambarimiz, chunki to'g'ri kelgan odam o'ldirishi mumkin Payg'ambarimni himoyasi yo'q. Toifga borsa, toshbo'ron bo'ldi. U yoqqa ham, bu yoqqa ham borishlikka, chorasiz qotib turgan paytda shikoyat qildi. Iloji bo'lmay qolgandan keyin. Xuddi Ayyub alayhissalom o'n sakkiz yil kasal bo'lib, faqat Allohga hamda aytdi. Ayolini topib kelgan noni bilan kunini o'tkazdi. Endi qachonki ayoli sochini qirqib kelishga o'tganida, endi buni buyog'iga sabr qilib bo'lmas edi. O'n sakkiz yilda bir marta Allohda shifo so'rab, shikoyat qilmagan edi. Lekin iloji bo'lmay qolganda bir og'iz duo qiluvdi, o'rnida Alloh Taolo ijobat qildi. Bu Payg'ambarlarni tarixi nima uchun gapirilgan Qur'onda? Ibratlaninglar degan Alloh Taolo siz bilan bizga.

Ijobat bo'lish qanday bo'ldi? Dardingizni aytib, dunyoqarashi, saviyasi, ilmi sizga teng bo'lgan oshningizga shikoyat qilsangiz, qo'lidan kelgan, taskini beradi. Bo'pti, xafa bo'lma endi, qo'ya endi, bo'ldi. Sal ilmi ko'proq odamga borib turib shikoyat qilasangiz, haligi sal chiroyliroq taskin beradi. Endi agar oyat hadisdan xabar olsa, oyat hadisda aytadi, haligi odamni taskini bilan qalbizdagi g'am chiqib ketadi. Payg'ambarimiz kimga shikoyat qulyapti?

Endi Allohni taskini qanaqa bo'ldi ekan? Kimga shikoyat qiluvdi, taskini qanaqada bo'ldi? Payg'ambarimiz vassalom shu duoda qilib o'tirganida, uti da bilan shayba, endi musulmon bo'lsa ham, na bo'lsa ham o'zini urug'idan, kurashdan. Qarindoshchiligi bor. Qalbi yumshab, o'zlarini addos ismli qulini nasroniy edi bu. Bir shimgina uzumni berdi da, ona odamga olib borib berdi. Alloh ko'ngling ko'tarishini qarang, bu boshlanishi bu. Keyingi darsda cho'qqisini gaplashamiz.

Addos bordi, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga uzumni berdi. Payg'ambar issalalloh ta shakur bildirib oldi da, bismillah dedilar. Addos dedi, bu ili odamlar bunaqa gapni gapirmaydi. Kimsiz siz deganida, Payg'ambah sollallohu alalayhi vasallam bu boladagi, bu yigitdagi yaxshi xayriyatni ko'rib, isming nima dedi? Ismim Addos. Qayerdan bo'lasiz? Naynavodan dedi.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam, ha, solih banda Yunus ibn Mattani yeridami deganda haligi Addosni taajjubiyani oshib ketdi. Iye dedi, siz kimsiz dedi. Naynavoni qayerdan bilasizmi? Unda yashagan solih odam qayerdan bilasan? Arablar bilmasin, ku shaharda o'zi. Deganida payg'ambar sallallohu alayh u vasallam, u meni birodarim. U ham Nabiy, men ham Nabiy dedi. Shayba bilan Utuba qarab turar ekan, Payg'ambar so'z salom bilan bir og'iz gaplashgan. Addos Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni oyoqlarini o'pishni boshladi.

Bir biriga qarab turib qaradi dedi. Yaxshilik qilib bir uch yigirma uzni bersang bolamiz aniq deya dedi. Addos qaytib kelganidan keyin sen nimaga uni oyog'ini o'pding deganida, yer yuzida u kishini dedi, oyog'ini o'shishingdan ko'ra ulug'rog'i yo'q dedi. Chunki u faqat Nabiy gapira oladigan gap, gapirdi dedi. Ibratlanadigan joyimiz qayer? Payg'ambar surayns ta'lim bilan ikki minut o'tirdi xolos.

Payg'ambarimiz bilan bir marta suhbatlashdi, xolos. Lekin mana shu bir minut, ikki minutni ichida Payg'ambarimiz qalbini kas qilib qo'ydi. Shunday o'ziga asel qildi. Mana shu holatda ham da'vat, mana shu holatga ham Alloh Taoloning diniga da'vat. Payg'ambarimiz surayns ta'lamni qilgan duosiga qaytadigan bo'lsak, holini aytib, aytib, aylab, dardini gapirib gapirib, odamlarga xor bo'ldim, qiynaldim, da'vatimni qabul qilmayapti deb turib, orada aytyapti, shuni orasida menga g'azab qilmay ekan bo'lsanglar bo'ldi deyapti. Yana g'amim nima? Seni g'azabingga qolmaslik. Biz shikoyat qilib, dardimizni aytyapti deb turib orada aytib qo'yaylik bizni biror marta ish qilib Parvardigor. G'azabing kelmayaptimi keyin ish qilinmayindan? Menga g'azbing kelmayaptimi?

Shuncha ish qilgan Payg'ambarimiz yana qo'rqyapti Allohni g'azabiga uchrab qolishidan. Biz ham devoraylik, ish qilib g'azabing kelmay ekan bo'lsa bo'ldi. Bu, bu dunyodagi kechikkalar nima? Vaqtincha narsa. Demaykaniga nima norozroq yuribmizmi? Allohni g'aza bilan aytganligi yo bizdan rozi bo'lar ekanligi qizig'i yo'q bizga. Ibrat bo'ladigan joyimiz. Payg'ambar siz bilan bir og'iz gaplashib, qalbini asr qildi. Bizchi? Biz bilan bir marta gaplashdimi? Qaytib kelmaydigan qilib qo'yamiz. Bir marta o'tiradi, hamma gapimizni gapirib olamiz, chunki bilamiz da ikkinchi marta o'tirmaydi kelib biz bilan. O'shaning uchun sindirib tashlashga gapiramiz.

Biz o'zimizni shunaqa taqvodorligimizni, dinda qattiqligimizni, zo'rligimizni ko'rsatib qo'yishimiz kerak da. Keyingi safar kelib ikkinchi gapimizga quloq solishni hech qachon xohlamaydi. Mas'ul bo'lmagan o'rinda odamlarni kasb qilish kerak qalb bilan. Islomga ularni muhabbatini faqat so'z bilan emas, amal bilan, axloq bilan, chiroyli muomala bilan ko'rsatishimiz kerak. Ularni islomga muhabbatini mana shu narsalar bilan ziyoda qilishligimiz kerak bo'ladi.

Aqli qobli haqida va astag'firullohi alayhi va alaykum assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish