Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu anas ta'inuhu anas firuh va anavu billahi min surur ya'nfusinovaning sayy'ati amalina, man yahdihillah hu falam oblilala, va man yuduliluhu falah hadiyala. Mana shuhratulloh ilohimdullohu vahdahlohu sharikala, va nashhrat anna muhammadan abduhu rasuluh. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
Payg'ambarimiz Muhammad sodiq alayhissalomni hayotini, siyratlarini o'rganishda davom etamiz. O'tgan darsimizda Yamanga nasroniy dinini kirib kelishligi haqida suhbat qilgan bo'ldik. Inshaalloh bugungi darsimiz Yamanga habashlarni kirib kelishlig haqida bo'ladi. Zunos yaman ahlidan nasroniy diniga kirganlardan yigirma ming tasini shoxlarini, hududlarini qazib, ularni hammasini kuydirib halok qildi. Mana shu yigirma ming kishidan bir kishi omon qoldi. Davs zusi alaban ismli kishi qochib omonlikka yetdi. U qutulib qolganidan keyin o'zini birodarlarini mana shunday qatl qilganligi uchun zuni ostidan qasos olishlik yo'llari haqida fikr qilar edi. Qanday qilib zuni ostidan qashos olishligi mumkin? Yolg'iz inson. Uni aqli Qaysarni oldiga borishlikka yo'l ko'rsatdi. Qaysar dunyodagi eng katta podshohni bittasi, u ham nasroniy dinida. Uzoq masofa yo'l bosdi, Qaysarni oldiga yetib keldi. Mana Rumni podshohlarini Qaysa deb atashardi, mana avvalgi darslarimizda aytganmiz.
Dars jusalaban Qaysarni oldida bordi. Uning diniga, nasroniy diniga kirgan yigirma ming kishini, zunvos, qanday qatl qilganligini aytib berdi. Qaysar dindor odam edi. Juda bir qattiq g'azablandi. So'ngra davsusni g'alabanga qarab turib, biz bilan yaman oramizda katta masofa bor. Biz o'zimiz borolmaymiz yordam bergan. Lekin men senga yo'l ko'rsataman. Xabashistonga borasan, Xabashistonni podshohi natijoshiga men xat yozib beraman. U senga yordam beradi. U ham nasroniy dinida dedi. Xabashiston mana hozirgi kundagi Efiopiya, musulmonlarni birinchi xizmat qilgan joyi ham Xabashiston bo'ladi.
Qaysar Davsus Zulsalabanga elchilarni qo'shib, Nadjoshiga yubordi. Maktubida Davsus Zulsalaba yordam berdi degan so'z bor edi. Nadjoshini oldiga u yetib bordi. Xatni Nadjosh o'qidi, hamda Zunnvosni qilgan ishidan qattiq bir g'azal qildi, achchig'i keldi da, Yamanga yurishlik uchun yetmish ming askarni tayyorladi. Hali arab jazirasi bunchalik katta qo'shinni ko'rganmas edi. Natijoshiy bu yetmish ming qo'shinini boshlig'i qilib Ariyoz ismli kishini tayinladi. Ariyoz bu qo'shinni qo'mondoni edi. Endi ana shu katta qo'mondonlarni orasida Abroha ismli kishi ham bor edi. Bu qo'shin Qizil dengizni kesib o'tib, Habachlarni Yamanga olib keldi. Mana Habachlar kelishdi. Zunovost boshliq Yaman askari bilan Aryoz boshliq Xabashlar askari o'rtasida jang bo'ldi. Jang qattiq bo'ldi, Xabashlar yengdi. Zulovoz mag'lub bo'lib, asl tushlikdan qo'rqib qochdi, dengizga qarab suzib bordi. Cho'kib ketguncha suzib bordi, ya'ni dushmanlarimni qo'lida o'lmayman degan ma'noni qilib, o'zini o'zi qatl qildi.
Xabashlar yangandan keyin Yamanga hokimlikni ustiga mana Ayryoz kelib o'tirdi. Aryoz hokim bo'lganidan keyin, u Yamanliklarga ham, o'zi bilan birga kelgan Xabashlarga ham zulm qilishlikni boshladi. Aytamiz u, odamni kimligi qo'l ostidagi kishilar bilan qilgan muomalasidan bilinadi kimligi. Xotini bilan, bola chaqasi bilan, qo'lidagi shagati bilan yoki, yoki qo'lidagisi ishchisi bilan. Ungacha puli ko'payganda ham odamni kimligiga ko'p ham bilina olmaydi. Amaldor bo'lgandan keyin bilinadi. Xo'jayin bo'lib qoladi deymiz u. Aryoz mana shunday bir hokim bo'lganidan keyin zulm qilishlikni boshladi. Habashlar ham norozi undan, yamanliklar ham norozi. Abroha alyozni qilayotgan ishidan norozi bo'lgan boshqa odamlarni o'zini atrofida jamladida, qo'shinni ikkiga bo'ldi, alyozga qarshi qo'shin bilan chiqdi. Endi yamanga kelganda, habash qo'shin ikkiga bo'linib, bir biri bilan urushlik arafasida turibdi. Ikkala qo'shin bir biriga ro'baro' bo'lganida, abroha ariyozga odam jo'natdi. Qurollaringni qo'yib kel, yolg'iz uchrashamiz. Ariyoz keldi. Abroha ikkovi qurolsiz gaplashishyapti. Abroha aytdi, ey ariyoz, hozir ikkalamiz urushsak, habashlarni habashlar o'ldiradi.
Quvvatimizni ketkazib, askarlarimizni adadini ozaytirsak, yamanliklar o'zlari yana hukmga qaytib oladi. Aryoz nimani taklif qilasan bo'lmasa dedi. Ikkita qo'shinni urushtirmaylik da xabar ishlatdi, ikkalamiz urushaylik. Kim yengsa, shu Yamanga hokimlik qiladi dedi. Ayozga bu taklif ma'qul bo'ldi. Endi ikkita qo'chinni o'rniga ikkita odam jang qilishdi boshladi. Uzoq jang qilishni xulosasi shuki, Ayoz bir qattiq qilish bilan zarba urganida, Abrohani burnini kesib yuzini tilab tashladi. Tirtiq bo'lib qoldi. Burni kesildi, yuzi shilindi, lekin bu zarba bilan yiqilmadi da, pythonni poylab turib, qaytarib, unga javobni berdi, qilish bilan urdi, Ariyozni qatl qildi. Burni kesilgan, yuzi tirtiq bo'p qolgan Abroha endi Yamanga hokim bo'lib qoldir. Mana Fil surasida kelgan Abrohani taxtga o'tirishligi Yamanda taxtiga mana shunday bo'lgan. Abroha ashram degani ana shu yuzi tirtik Abroha degan ma'no bo'ladi. Yamanga jo'natilgan habash qo'shini ikkiga bo'linib, bir ikkinchisiga qarshi turganligidan hamda uni Yamanga voriy qilib jo'natgan Ariyozni Abroha qatl qilganligidan xabar topgan najoshi juda bir qattiq g'azablandi. G'azablanib, Yamanga o'zim askarim bilan boraman.
Allohga qasam, yaman tuprog'ini bosaman oyog'im bilan, hamda Abrohani mana shu qilgan ish uchun jazolab, uni xor qilgan ma'noda sochini olib tashlayman dedi. Sochini qirib tashlashlik uni xor qilishlik ma'nosini bildirardi. Allohdan ommaga qasam ichdi. Abroha bundan xabar topdi. Najjoshiydan qo'rqdi. Chunki najjoshiy qarshi turishlikka uni quvvati ham yo'q edi. Odamlar itoat ham qilmas edi unga. Chunki podshoh najjoshiy xabar ishladi podshoh. Nima qildi? O'zi sochini olib tashladi. Sochini bir xolpaga solib, yamandan bir siqim tuproqni olib xolpaga soliq, najjoshiga jo'natdi. E najjoshing, seni qasamingni men oqladim. Mana Yamanda tuprog'ini bos, mana sochim olindi dedi. Men senga itoatdaman, men senga tobiman, seni hukming ostidaman. Alyoz bizga zulm qilgandan keyin shu ishni qildim dedi. Nadjoshiy uni qilgan ishidan rozi bo'ldi. Endi borishlikda nima keragi bor? Qasam oqlandi, sochi olindi. Abroha xor bo'ldi.
Abrohani Yamanga hokim bo'lishligiga Nadjoshiy rozi bo'lding. Shu bilan ish tugadi. Lekin Abroha Nadjoshini g'azabidan qo'rqib, uni muhabbatini yana ham yaxshiroq qozonay degan maqsadda Yamanda katta bir kanisa qurishlikka amr qildi. Kanisa bu cherkov. Uni ismi Qulays edi. Kanisa kutganidan keyin najjoshiyga abroha maktub yozib aytdiki, e najjoshiy, men seni hurmating uchun katta bir kanisaqurdim va seni hurmating ziyoda bo'lishligi uchun butun arab qabilalarini kanisaga kelib, qulaysga kelib haj qilishliklarini, ziyorat qilishliklarinini buyurayman dedi.
Haqiqatdan kanesa kutdi. Habashlarni qo'shiniga hech qaysi arab qabilalarini kuchi yetmas edi. Kuchli qo'shini bor edi. Butun arab qabilalariga buyruq qildi. Hammang kelib xulosa'ni ziyorat qildi. Arab qabilalariga bu xabar tarqarkan, arablarning orasidan ahli nasiy degan bir qabilaga ham yetib bordim. Ahli nasiy kimlar u? Ahli nasiy bu arablarni orasida o'ziga bir xos hurmati, boshqalar bilan ajratiladigan bir sifati bor edi. Afzalligi shu ediki, urush, qilishlik, harom bo'lgan oilalarni orqaga surishlik, ahli nasiyda haqida belgilab qo'yganda arab qabilalari. Agar ular mana shu oyda, urush qilishlik harom bo'lgan oyda, urush hisob bo'laveradi desa, ularni haqqillaydi. Bu ahli nasib nihoyatda bir Ka'batullohni hurmat qiladigan, Ka'bani buyuk sanaydigan qavmlaridan edi. Endi abrohani hukmi yetib keldi. Ahli nasiylardan bittasi eshitib turib, ha, bu nima, qulaysini Baytullohga tenglashtirmoqchimi dedi da, borib, ana shu qulaysi komissiyani ichiga kirdi. Kirib qozi oy hojat qildi.
Ana shu hojatni olib devorlarga surtib kanesani iflosini chiqarib tashladi. Mana ahli nasiylarda kimligi haqida. Arablar Ibrohim alayhissalom dinida edi, shariatida edi. Yillar o'tishligi bilan, zamonlar o'tib, ilm ko'tarib, olimlar yo'q bo'lib ketganidan keyin, Ibrohim alayhissalomni shariati yo'q bo'p ketdi. Faqat ba'zi bir asarlari qoldi. Ka'bani ulug'lashlik, Arafatda turishlik, say qilishlik va harom oilalarda, urush qilishlik harom bo'lgan oilani hurmat qilar edi. Bu oila to'rtta edi. Rajab, Zulqada, Zulxijja, Muharrir. Alloh subhanah va tog'a aytadi.
Astaydu billah, inna iddat ash shuhuri indallohi ith nashari shahro. Fiy kitabillahi yon mahalaqas samavati val avf minha arvathun hurm. Albatta Allohninng nazdida oylarning sanog'i, Alloh osmonlar va yerni yaratgan kunida belgilab qo'yilgandek o'n ikki oydir. O'n ikki oy, bir yil deyapti Alloh Taolo. Ulardan to'rtta urush harom qilingan oylardir. Mana Rajab alohida keladi. Zulqa'da, Zulxidji, Muharram birin ketin keladi. To'rt oy.
Payg'ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam Arab jazirasiga qanday bir xotirjamlikni, tartib, intizom olib kelganligini bilishligimiz uchun, arablarni Payg'ambarligimizgacha bo'lgan holidan xabardor bo'lishimiz kerak. Inay bilamiz nimani olib kelgan Payg'ambarlarimiz. Arablar bir biriga doimiy suratda qabilalar hujum qilib urush qilib turishar edi. Tirikchilarga urush bilan ham. Yana bir qabila ikkinchi qabilaga hujum qilib turib, uni yengsa, xotin bola chaqasini, mol mulkini olib keladi, boy bo'lishib oladi.
Demak, yana bitta qabilaga borib urush qiladi, borib burunni tortib keladi. O'zaro mana shunday bir boshbog'doqlik, havzoda yashar edi. Urush qilmasdan uch oy yashashlik ularga qiyin edi. Mana aytdik, Rajab alohida keladi, bir oy sabr qilishadi. Chiqishligi bilan Rajab jangni qilishib, tirikchilik qilib kelishaveradi. Endi uch oy paydar pay kelgan paytda to'qson kun sabr qilishlik qiyin edi . Shuning uchun ahli nasiy aytar edi, boyagi aytayotgan kishilarimiz, Zulqa da harom, Zulxidja harom, endi Muharram kelmadi. Endi Safar keldi bu yil desa, Safar bilan Muharramni o'rnini almashtirishardi. O'zi asli bular kofir. Urush qilishlik harom bo'lgan oylarda urush qilish holat deb kofirligini yana ziyoda qilardi bular. Nasiya degani kechki surish, otga surish degan ma'no bildiradi. Arablar tarixi davomida besh marta mana shunday bir ashxurul xurumda jang qilishgan. Fujora urushi deyiladi bu urush. Urush qilish harom oylarda qilingan jang fujor urushi deyiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana shu beshinchi fujor urushida qatnashgan. Havozim qabilasi Makkaga hujum qilgan paytda, makkaliklar o'zlarini himoya qilgan. Bunaqa holatda hujum qilish mumkin emas bu oyda, lekin himoyalanishing mumkin.
Payg'ambarmiz sollallohu alalayhi vasallam aytadilar, kun tu an bulul i amani yalmol fujor. Fujor urushidan amakilarimga kamon o'qlarini olib berib turganman dedi. Besh marta mana shu urush harom qilingan oylarda arablar jang qilishgan. Ular ahli nasiylar muharramni safardan keyin keladi desa, haqqi bor deyishganida, shuning uchun ularni hurmati baland edi.
Alloh taolo nima deydi? Asladovilla innama nasiyu ziyadatu fil kufr. Yudallu bihilla dina kafaru, yuhallunah u ama va yuharrimunah u ama li yuati u addatama harromalloh. Ularni qilayotgan ishini kufr ekanligini Alloh Taolo bayon qilib aytadi. Shak shubhasiz, harom oylarni ketga surish ortiq darajadagi kofirlikdirki, u sababli kofirlar butunlay yo'ldan toyinurlar. Ular Alloh harom qilgan oylarning sanog'ini to'rt oyga to'g'rilab, Alloh harom qildgan narsani halol qilib olish uchun uni bir yil halol desa, bir yil harom deydilar.
Attaxlil va attaxlim haqqulloh. Bir odam, keng bo'lishidan qat'iy nazar, Alloh Taolo harom degan narsani haloldasa, kofir bo'ladi. Halol narsani harom desa, kofir bo'dadi. Bir narsani halol, harom deyishlik Alloh Taoloning haqqi. Bular o'zi kofir. Muharram oyida urush qilishlik harom desa, yo'q, hozir Muharram emas, nima keldi? Safar keldi, halol deb turib, kofirliklarni ziyoda qilishar edi.
Abrohaga qulaysni iflos qilib chiqib ketganlarini xabarini aytishganida, jazar qilib, jahl qilib kim qildi buni dedi. Ahli nasiylardan bittasi ekan dedi. Ahli nasi kim? Ha ular Ka'bani, nohatta buyuk sanaydigan xos arab qabilasi. Ka'ba nima? Ha Ka'ba arablar haj qiladigan uy. Demak, arablarni haj qiladigon uyini men vayron qilmasdan turib, demak hech qaysi qulaysni ziyorat qilganda kelmaydi ekan dedi. Qo'shin to'pladi, Ka'batulloni. Ka'batullohni buzishlik niyati bilan Makkaga qarab yurib keldi.
Yamandan chiqar ekan Abroha Ka'batullohni tuzishlik uchun nihoyatda bir katta bir ulkan filni, Mahmud ismli filni o'zi bilan olib chiqdi. Bu fil Ka'batullohnini buzishi kerak edi. Abrohani yo'lini to'sishlik uchun bir qancha arab qabilalari qo'shin to'plab chiqishdi. Arablar taslim bo'lgan emas. Arablar unga tek qo'yib berishgan emas Ka'bani buzishlikka. Xususan, Husun qabilasini saidi Nufayli ibn Xubaybal Husumiy kichkinaga bir qo'shin to'plab chiqdi, mag'lub bo'ldi. Abrohani askari katta edi. Mana aytdim, yetmish ming deganmiz.
Nufayli i bin xubaybni o'zi bilan makkaga olib ketdi. Arablarning saidlaridan bo'lgan Zunafar o'zini qabilasi bilan chiqdi, uni ham yengdi, uni ham o'zi bilan asl qilib olib keldi. Abroha Toifga kelguncha qarshilikka ro'baro' bo'lib turdi. Lekin Toif ahli, Toifda yashaydigan Sahif qabilasi Abrohani Ka'bani buzishligiga qarshi emasliklarini aytishdi. Biz qarshi emasmiz. Qo'rqishdi. Chunki Abroha Toifni ham vayron qilmasin deb, biz qarshi emasmiz, buzovur. Niyatimizni to'g'riligini bitta dalili senga Ka'bani ko'rsatadigan odamni ham qo'shib beramiz deyishdi. Ya'ni xiyonat. Butun arab qabilalari qarshi bo'lib turgan narsaga, sahifdan bo'lgan Abu Ro'g'or ismli kishi Ka'bani ko'rsataman deb yo'lboshilarga chiqdi.
Abu Ro'g', Makkaga yaqin kelgan paytda vafot etdi. Toif bilan Makka o'rtasida ko'mildi va arab qabilalari uni qabrini toshbo'ron qilishlikni odat qilishdi. Chunki butun qabilalarga, butun arab xalqiga xilof ravishda xiyonat qilib, Ka'bani ko'rsatgan edi. Abu Ro'g'ol xiyonatkor odam edi. Shuning uchun hozirgi kunda ham arablarda bir odamni xiyonatkor deyishmoqchi bo'lsa, Zo'r Ro'g'ol deb qo'yishadi.
Abroha Makkiga yaqin keldi. Abrohani askarlari Makka ahlini, Makkani tashqarisida boqib yurgan tuyalarini hammasini tortib o'zlariniki qilishib qo'ydi. Ularni ichida mana shu tuyalarni ichidan ikki yuz tasi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bobosi Abdulmutollikni tuyasi edi. Abdulmutollik mana shu paytda Makka Mukarramani mutloq sa'yi deydi. Eng hurmatli oqsoqol edi.
Tuyalarini Abrohani askarlari olib qo'ygandan xabar topgan Abdulmutolib, Abrohani oldiga kelib, kirishlikni izn so'radi. Abroha arablardan birortasini qabul qilishni xohlamas edi. Abdulmutolib podshohni oldiga kirishlikka chora topolmasdan, asr bo'lib kelayotgan Zunafarni oldiga bordi. Mana aytdik, Abrohaga qarshi urishib, asr bo'p kelgan ikkita arab saidi bor edi. Zunafarni olib kelib, nima maslahat berasan? Podshohni oldiga qanday qilib kirsam bo'ladi?
Zunafar aytdi, men asrman, men qo'limdan hech narsa kelmaydi. Lekin dedi, senga bir yo'l ko'rsataman. Ana shu filni, Mahmud ismli filni yetaklovchisini ismi Unays bo'ladi. Zunafar bilan Unays yo'lda kelatib, hamsuhbat bo'lib qolgan bo'ladi. Unaysdan Zunafar iltimos qiladi. Abrohaga kirib ayt, Abdulmutolibni qabul qilsin.
Unesni iltimosini Abroha qabul qilib, Abdulmutto'libni huzuriga kirishlikka izn beradi. Abdulmutto'lib nihoyatda bir vasim, juda gavdali, kelishgan, chiroyli, haybatli kishi edi. Uni ko'rgan odam haybatlanadi albatta. Abroha taxtida o'tirgan joyiga Abdulmutolib kirib kelganida, uni ko'rib turib haybatlandida, hurmatini joyi qurishlik maqsadida o'zi o'tirgan taxtni yonboshiga o'tkazmoqchi bo'ldi, sherik qilib. Lekin habashlar taxtga bir arabni o'tkazib qo'ydi degan malomatidan qo'rqib, taxtdan o'zi tushdi, Abdulmutoli bilan yerga o'tirdi. Podshoh, ya'ni Abdulmutobni haybatidan haybatlanib yerga o'tirdi da. Abroha. Menda nima hojatingiz bor dedi. Abdulmutolib, seni askarlaring meni tuyalarimni tortib olishibdi. Odamlarni tuyalarini tortib olibdi. Ularni ichida ikki yuzta tuya meniki. Tuyalarimni qaytarib ber dedi. Abrohani g'azabi keldi. Chunki kirganda nihoyatda bir haybatlik, salobatlik kishini ko'rib, bir boshqacha bir hurmat qilib turuvdi. Gapirgan gapini eshitib turib g'azablanib aytdiki, seni ko'rganimda hurmatlab, yaxshi muomala qildim. Taqdimdan hatto yerga tushib sen bilan birga o'tirdim.
Endi sen va qonuniy ibodat qiladigan Ka'bangni buzgani keldim desam, mendan Ka'bamizni buzmagin deb iltimos qilishni o'rniga qa'dagi tuyakni so'raysanmi dedi. Deganda Abdulmutallib, ey Abroha, tuyalar meniki dedi. Men tuyaladiganman. Ularni ishini men tadbir qilaman. Endi bu Ka'ba Allohni yu dedi. Uni himoya qilib oladigan robbisi bor. Tuyalarimni ber meni dedi. Abroha tuyalarni qaytarib berdi. Abdulmutolibni gapidan hayron bo'ldi. Abroha, Abdulmutolib kel, yana dedi. Biz senga va seni qavminga ozor berishlik niyatida kelganimiz yo'q.
Biz Ka'bani buzamiz, qaytib ketamiz. Sen Makkaxliga ayt, Makkani bo'shatib qo'yishsin dedi. Biz Ka'bini buzgandan keyin kirib, sizlar yaxshi yurasizlar dedi. Abdulmutolib Makkaga qaytib bordi. Hamda Abrohani so'zini ularga yetkazdi, toqqa hammasini chiqib ketishlikka buyuradi. Chiqib ketarkan, Parvardigoru, bu o'zingni uying. Unga qarshi turishlikka bizni quvvatimiz yo'q himoya qilishlikka. O'zingga topshiring deb chiqib ketdi. Tog'larni ustiga chiqib qarab turishga. Va'da qilingan kun kelganda, Abroha fil Ka'bani borib buzishligini buyruqni berdi.
Fil Ka'baga qarab yurib bordi. Shu payt asr bo'lib qo'l oyoqlar baland kelayotgan nufayli nuxubayev o'zini shunday iplardan bo'shatib, shoshilganicha kelib, asr bo'lib kelayotgan, filni qulog'iga shunday osildi da, ey Mahmud, bu Allohni bayti, tish cho'k. Fil tish cho'kdi. Uni kelib urishdi, turmadi, turtishdi, turmada, turg'izishdi, turmadan yotib oldi. Filni etaklovchisi uningiz keldi, turg'izuvdi, turdi. Yaman tomonga yoki boshqa tomonga qarab yetalasa yurdi. Ka'batulloh yetalasa yurmadi. Ular filni u yoqqa turtib, bu yoqqa turib, fil bilan ovora bo'lib turgan paytda, uzoqdan osmonni to'ldirgan bir qora bulut ko'rindi. Odamlar bu nimaligini bilmasdan qarab turishdi. U Alloh Taoloni mana shu Abro havoning qo'shniga yuborgan balosi, abobiy qushlardan iborat qora bulut edi. Ulamolar bu qushlarni ta'riflab aytishadi, ular kichik chumchuqqa o'xshagan qushlar edi. Har bir qushda uchtadan, sopoldan, sidjildan bo'lgan tosh bor edi. Ikkitasi oyog'ida, bittasi tumshug'ida. Kichkina kichkina toshlar.
Qushlar o'zlari bilan olib kelayotgan toshlarni Abroha askarlari ustiga kelib yog'dirdi. Tosh ularda bittasiga tekganda, xuddi bir badaniga kasal tegib, go'shti bo'linib bo'linib tushgandek, tosh tekganda go'shtlari bo'linib, bo'linib uzilib tushdi. Toshlar yog'ilishni boshlagan paytda Abroha qochib qoldi orqaga qarab. Lekin unga nasib qilingan, unga yozib qo'yilgan tosh unga ham borib to'ydi, uni ham qatl qildi. Abroha bilan kelgan hamma askar bitta qo'ymay halok bo'ldi. Alloh Taolo bu holatni Qur'oni Karimda quyidagi surada siz bilan bizga hikoya qiladi. Astaydubillah, alam taro kayfa fa'al robbuka bi as suhabil fil, alam yajal kaydavum fi tabulil va rusalan alayhim toyran ababil tarmihim bi hijarati min min sijjil faja alahumka isfiy ma'qul. Ey Muhammad, Parvardigoringiz fil egalarini qanday halok qilganini ko'rmadingizmi? Uzoq ularning Ka'batullohni vayron qilish uchun qo'llagan barcha hiyla nayranglarni barbod qilmadimi? Uzoq uarning ustiga sopoldan bo'lgan toshlarni otadigan to'p to'p qushlarni yuborib, ularni qo't qumizqalar tomonidan chaynab tashlangan somon kabi ilma teshik qilib yubordi.
Alloh taolo bularni ustiga qanday balo jo'natdi? Kichkina bir mulohaza qilaylik. Abroha Allohni uyini buzaman deb, Allohga dushmanlik qilib, yer yuzidagi eng katta hayvonni ertalab keluvdi. Alloh taolo o'zini mahluqotlaridan eng kichkina bo'lgan chimchiqqa o'xshagan qushlar bilan nixor qildi. Vala ya'lam jum'uda robbika illa hu parvardigoringizni qanday qo'shini bor ekanligini faqat o'zi biladi.
Allohni diniga dushmanlik qilganlar har qancha fildek quvvatga ega bo'lsa ham, Alloh taolo xohlasa, ana shunday chumchuqdek kichkina janobori bilan Allohni xor qilib qo'yaveradi. Rivoyatlarda keladi. Namrud, kofir podshohlardan o'tgan Namrud, Ibrohimni Robbisini o'ldirdim deb osmonga nayz otdi deyiladi. Allohni o'ldirdim degan edi.
Allohni qanday xor qildi? Kichkinagina chivin uni burni ichiga kirib ketdi. Mana shu boshini ichiga kirib joylashib olib, shunday bir qichiktirganda, qimirlaganda, azoblanar edi. U nima chorasini topishuvdi? Chivini to'xtatishlik uchun oyoq kiyimlar bilan boshiga urilganda, shunda haligi chivin to'xtar edi. Ya'ni xor qilishigina ko'ringki, ya'ni u choloq chivin deyiladi. Odamlarni oyog'ini tagidagi kalashi bilan boshiga urilganda, shu jinniy orom ularni teg tursa, yana bir bezovta qilar edi. Alloh taoloning diniga dushmanlik qilganlar, har qancha kuch quvvatli bo'lmasin, har qanday choralar ko'p bo'lmasin va har qanday hiylalar ko'p bo'masin, Alloh taolo albatta ulardan kuchli bo'lgan, yung bo'lgan zot.
Bu bo'lib o'tgan voqeadan keyin arablarni qalblarida Ka'baga bo'lgan muhabbat haybat, hurmat yana ziyodalashdi. Bilishardi Allohni yu ekanligini, lekin bu bo'layotgan ish ularni iymoni yana ham ziyoda qilib qo'ydi. Ka'ba Allohni yu ekkanligiga. Arablar shu paytgacha taqvim tutishmas edi. Endi mana shu fil voqeasi sodir bo'lgandan keyin, taqvim yuritishni boshladi. Fil yillidan olti yil burun, fil yillidan sakkiz yildan keyin va hokazo. Mana shu fil vo qeasi sodir bo'tgandan keyin, ellik kun o'tganidan keyin, Payg'ambarimiz Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam dunyoga keldi.