MMaviza
SakinatТексерілген20 daq

59-QISM / SAKINAT (5/5) / NAFSNI POKLASH / ABDULLOH DOMLA / ABDULLOH DOMLA

Abdulloh Domla · Nafsni poklash

Бұл тіл үшін аударма әлі жоқ. Төменде түпнұсқа (өзбекше) мәтін көрсетілген.
0:00
20:11
Өзгерістер тарихы

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilan alamin. Assalat va assalomu ala shirofil mursalin va ala alixi va ashabihiyhi ajma'in. Immo ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Tazkiyatun nafs darslaridan birodarlar, sakinat manzillatini o'qiyotgan edik. Alloh subhanah va taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi. Astaydu billah. Sim ma anzalallohu sakinatahu ala rasulihi va ala al mo'minin va anzala junudan lam tarovha va adabal la dinah kafaru va dha'lika jazoul kafilin. Keyin Alloh payg'ambariga va mo'minlarga o'z tomonidan xotirjamlik nozil qildi. Ya'ni Alloh o'zini payg'ambari va mo'minlariga xotirjamliknozil qildi. Alloh tomonidan beriladigan mavhiba, mavohib deyiladi sakinat. Sakinat makosib emas. Mavohib. Makosib banda o'zini sa'y harakati, mehnati bilan qo'lga kiritadigan narsa bo'lsa, mavohib Alloh tomonidan beriladigan hadiya. Bizni tilda aytganda, makosib bu oylik maoshingiz bo'lsa, mag'ohib bu premiya dedik.

Bandani Alloh Taolo siylashni, unga fazil ko'rsatishini xohlasa, shu bandasiga Alloh Taolo sekinatni topib qo'yadi. Bilishimiz kerak bo'lgan narsa shuki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o'ziga, shaxsiyatiga xos bo'lgan narsalar bor. Agar mo'min o'zini iymonida, ixlosida, Allohga bo'lgan iqbolida, taqvosida ishtixodli bo'lsa, mana shu ishtixoniga yarasha Rasulullohni o'ziga xos bo'lgan narsalarning ayrimlaridan bir ulushga ega bo'ladi. Payg'ambarlarga mo'jiza beriladi. Ammo payg'ambar bo'lmagan mo'minlarga, payg'ambar bilmagan oddiy mo'minlarga taqvosiga qarab Alloh Taolo tomonidan karomat beriladi. Karomatlar haq. Shuning uchun siz bilan bizga mana shu sekinatni tushishligi Allohga bo'layotgan iqbolimizga bog'liq bo'ladi. Agar banda Allohni amrida mustaqil bo'lsa, muxlis bo'lsa, iqbol qilsa, ana shu oyatdan bu muomalarga ham nima bor? Albatta o'lish nasiba bo'ladi. Sakinat.

Sakinat nima? Alloh taoloni bandasi qalbiga tushirib qo'ygan osoyishtalik, xotirjamlik. Fa anzal allohu sakinata hu ala rasulih va ala al mu'miniy. Mana yana bir oyatda xuddi shu ma'no. Alloh o'z payg'ambarining va mo'minlarning ustiga o'zi sakkina orom tushirdi. Va e'tibor berishimiz kerak bo'lgan narsa, bu sakkina odatda qachon mo'minlarni ustiga tushadi? Har kuni bo'laveradimi u? Bu biz o'qigan oyatlarni birlashtiradigan narsa shuki, mo'minlarnni ustiga mehnat, mashaqqat, qiyinchilik, yog'ilib turgan vaqtda alloh tomonidan beriladigan narsa. Ya'ni hamma iztirobga tushib, gangib, nima qilishini bilmasdan, yuragi hovliqib, bosar tusar bilmay qolgan paytda, alloh azza va jalla taqovosiga yarasha sakinatni beradi. Boshqalar qiynalib turganda, mo'min xotirjam bo'ladi.

Rohatli, yengil kunlarida allohni tanigan mo'minlarga qiyinchilik kunlarida shu sakinat tushadi. Hadisda aytilganidek, yengil kunlaringda Allohni tanigin, mashaqqatli kunlarda Alloh seni taniydi. Shuning uchun mana yengil, xotirjam, osoyishta kunda o'tiribmizmi? Mana shu kunda ko'proq Allohni zikr qilaylik.

Namozlarga mahkam bo'laylik, taqvoga intilaylik, Allohni taniylik xullas. Odamlar bor, boshiga musibat kelganda Alloh deydi. Inobat. Mana shu Allohga inobat qilish, Allohga qaytish, iltijo qilish, inobat qilishi ikki xil bo'ladi. Ulug'iyat inobati va rububiyat inobati. Rububiyat inabati qanaqa bo'ladi desa, samolyotga chiqdi. Musulmoni kofiri, taqvodori fojiri, erkak ayoli, boy kambag'ali.

Musulmonlar ham o'tiradida subhanalladi saharalana hada deydi. O'tiriblar Allohni ne'mati ekanligini eslaydi. Parvardigor esalomoni ko'tarilib, esalomoni qo'yib olaylik deydi. A boyagi kofir nima deydi? Ichadi kerak bo'lsa. Allohni eslamaydi. Endi mana shu samolyot turbulentnostga kiradi. Ha, haligi magnitniy burya deb nima deydi, o'shanga kirib bunaqa qilib chayqalib, samolyot qulashda xavfi bo'lib qolgan paytda, subhanalloh, hamma alloh deydi.

Boyagi muomala allohni o'ta chiqiblar. Haligi ateist, ateistlik esidan chiqib qoladi, ey xudo o'zing saqlagin deydi. Ya'ni bu uni tabiatida bor. Musibat bo'lganda, ustiga qiyinchilik kelgan paytda, albatta alloh deydi. Bu rububiyat inobati deyiladi. Endi ulug'iyat inobati qanaqa desa, doim allohga qaytadi bu odam. Boyib ketganda ham, kambag'al bo'lganda ham, sog' bo'lganda ham, kasal bo'lganda ham.

Demak, yengil kunlarida Allohni eslagan bandalariga Alloh qiyinchilik kunlari keladigan bo'lsa, sakinatni ato qiladi. Xotirjam bo'lasiz. Xotirjam bilasiz. Sakinatni ta'riflarini aytdik, qalbda xotirjamlik bor, a'zolarda sokinlik bor, viqor bor. Qalbi xotirjam, a'zolarida sakinat va viqor bor.

Aytilingan muhim narsalardan birodarlar, agar Alloh Taolo sizni meni qalbimga mana shu sakinatni o'rnashtirib kiritib qo'yadigan bo'lsa, xotirjam bo'lib qolamiz. Aytdik, yurish turishimiz, bosar tuslarimiz o'rnida viqor bor, tilimizda hikmat, fasohat bor, tilimiz haqni gapiradigan bo'lib qoladi.

Sakinatni birinchi qismini muhosabatu nafs dedik. Ya'ni nafs inson o'zini nafsini nima qilib turishligi, hisob kitob qilib turishligiga. Ikkinchisi, mulotofatul xalq dedik. Ya'ni haloyiq bilan lutf ila, muloyimiy bilan muomala qilishlik dedik. Ana shu joydan davom ettiramiz. Demak, birinchisi, muhosabatu nafs inson o'sini hisob kitob qib turishi kerak. Agar dunyoda o'zini og'ir hisob kitob qlib, doim tergab tursa, qiyomatdagi hisob kitobi yengil bo'ladi. Agar inson dunyoda o'zini umuman hisob kitob qilmasa, yengil tashlab qo'ysa, qiyomatda hisob kitobi og'ir bo'ladi.

Mulotofatul xalq. Maxluqotlar bilan lutfila, yumshoqlik bilan muomala qilishlik. Mana ota sifatida biz uyda farzandlarimiz yiqilayotgan muomalamizni aytib o'tdik. Ota bo'lganimiz uchun bizni albatta yaxshi ko'rishga majbur emas farzandlar. Boqib qo'yganimiz uchun, katta qilib qo'ygani uchun. Biz komil inson bo'lishligimiz kerak, ularni muhabbatini qozonish uchun.

Aytdik, mansabdorlar, podshohlar, quvvat egalari o'zlarining quvvati bilan, mansabi bilan, kuchi bilan odamlarning bo'yinlariga ega bo'lgan. Lekin qalblariga emas. Ularni bordi borligida hurmat qilishgan, qo'lliq qilib turishgan, aytganini qilgan, lekin qalbida muhabbat bo'lmagan odamlarni ularga nisbatan. Ammo payg'ambarlar esa zaif bo'lishiga qaramay, kambag'al bo'lishiga qalamay, nochor bo'lishiga qamay, odamlarning qalblarini kasb qilishgan. Hech qanday qo'rquvsiz, bosimsiz. Odamlar payg'ambarlarni yaxshi ko'rishgan. Payg'ambarga itoat qilishgan. Ulardan qo'rqqanligi uchunmas, ulardan bir narsani ta'ma qilganligi uchun emas, payg'ambarlarning komil inson bo'lganligi uchunga ergashishgan, ularga muhabbatli bo'lishgan. Alloh taoloning hikmati mana shunday bo'lishini taqozo qildi.

Qalblarini kasb qilishlikdagi eng ishonchli yo'l odamlarga lutf bilan, muloyimlik bilan muomala qilishlik. Mana shu lutf bilan, muloyilik bilan muomala qilishlik ham sakinatni belgilaridan. Ya'ni qalbida osoyachalik bor. A'zolarida viqor bor, sakinat bor va so'zida hikmat bor.

Astaydubillah. Vala tasstavil hasanatu vala sayyi'a. Yaxshilik bilan yomonlik hech qachon barobar bo'lmaydi, dedi Alloh Taolo. Idif abinillati hiya asan. Siz har qanday yomonligini, ey Muhammad alayhissalom, eng go'zal so'zlar bilan daf qiling. Fai dal la di bayinaka va baynahu adavatu l ka'nahu vali iyun hamim. Ya'ni sizga yomonlik qilinsa, chiroyli muomala bilan javob qaytaring. Shunday qilsangiz nima bo'ladi? Shunda banogoh, siz bilan o'rtalaringizda adovat bor bo'lgan kimsa, qaynoq, sodiq, do'st kabi bo'lib qolur.

Eng qiyini endi bu Payg'ambarlarni xulqida. Payg'ambarlarning xulqi. Nabi sallallohu alayhi vasallamni Toif aqli toshbo'ron qilib, xorlab haydab tursa, Nabi sallallallohu alalayhi vasallam nima deyaptilar? Parvardigor qavmimni hidoyat qilgin. Zero ular nima qilishayotganini bilishmayapti. Payg'ambarimiz sakinat egasi. U zot oyatda aytilganidek, sizga qilingan yomon muomalaga eng chiroyli bir so'zlar bilan javob bering, shunda ulfatli paydo bo'ladi deyapti Alloh Taolo.

Muloyimlik bilan gapirasan, do'stingga, begonaga, dushmanga. Qarang, sakinat bo'lsa qalbimizda, muloyim bo'lamiz ekan. Sakinat qalbimizda bor bo'lsa, muloyim bo'miz ekan. Endi, muloyim bo'sak, bizga nima bor? Agar do'stimizga muloyim bo'lsak, uni ulfatligi davomiy bo'ladi. Agar begonaga muloyimlik qilsangiz, uni qalbini kasb qilasiz, o'zingizga do'st qilasiz. Agar dushmanga muloyimlik qilasangiz, uni g'azabi pasayadi.

Demak, qalbida sakinati bor odamgina odamlar bilan muloyimlik ila muomala qila oladi. Demak, sakinatni birinchisi, muhosabatul nafs, mulotofatul xalq, muroqobatul haq. Sakinatni yana bitta alomati, Alloh Taolo meni kuzatib turibdi deb bilishlik.

Muhosabatul navs, nafsingizni hisob kitob qilishligingiz. Siz borsiz, odamlar bor, Alloh bor. Siz borsiz, odamlar bor, Alloh bor. O'zingiz bilan muhosabatu nafs. O'zingiz bila qilgan muomalada nafsingizni hisob kitob qilib turasiz. Odamlar bilan bo'lgan muomalada mulohofotul xalq, odamlardan yumshoq muomala qilasiz. Uchinchisi, Alloh bilan bo'ladigan munosabatda muroqobatul haq. Alloh meni ko'rib turibdi deysiz. Siz.

Odamlar Alloh. Shuning uchun ehson nima deb Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan so'raganlarida, an ta'budallohaka annaka tarohu, fa innam takun tarohu, fa innah u yarako. Allohni ko'rib turganday ibodat qilishing, ehson. Endi garchi Allohni ko'ra olmasang ham, U seni ko'rib turibdi.

Yana qaytaraman. Siz odamlar va Alloh. O'zingiz bilan bo'lgan muomalangiz, o'zingizni nafsingizni hisob kitob turish bo'ladi, muhosabatu nafs. Odamlar bilan bo'lagan muomalangizda mulotofatul xalq, xaloyiq bilan muloyimlik bilan muomala qilasiz. Alloh bilan bo'lga muomalada, Alloh meni ko'rib turibdi deysiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan hayyo nima, yo Rasululloh deb so'rashdi.

Rasululloh aytdilar, antahfador rosa va ma'va'a. Valbatna va ma'hava. Va antadukur al mavta va al bila. Boshni va undagi narsalarni, qorinni va uning xohishlarini saqlash, o'limni va qabrda suyaklarni chirib ketishini eslashlik.

Mana shu muhim narsa. Hammamiz o'lamiz. Hammamiz qabrga kiramiz. Hammamiz chirib ketamiz. Ungacha o'lmaydiganday odamlar gapiradi, xatti harakat qiladi. Gunoh bo'lgan, ko'zingni istaklari bor, mumkin bo'lmagan quloqni xohishlari bor, tilni xohishlarini tiyishlik. Harom luqma, harom narsadan taqvo qilishlik. O'lim va chirib ketishni eslashlik. Mana shu hayot bo'ladi.

Darsimiz avvalida aytdik, sakinat bu iymonning samarasi. Iymoni yo'q odamda sakinat bo'lmaydi. Iymoni yo'q otamda sakinat bor bo'lmaydi, chunki sakinat faqat mo'minlarga beriladigan Allohnin in'omi. Aytdik, sakinat makosib emas, u mavohid. Banda sa'yi harakati bilan uni kasb qila olmaydi. Balki Alloh Taolomondan unga ato qilinadi.

Sakinat Allohning atosi, sakinat iymonning mevasi. Haqiqat shuki, agar sen qalbida sakinati bor mo'min bilan muomala qiladigan bo'lsang, shunaqa odamga uchragan bo'lsang hayotingda, qalbing moyil bo'lib qoladi unga. Bir marta suhbat qilib o'tirding, yana bir marta o'tirishni xohlab qolasan. Iymoni quvvatli bo'lgan, amali solih bo'lgan, mo'min bilan birga bo'lsak, bizni qalblarimiz ularga nisbatan, bizni qalbimizda uns paydo bo'ladi.

Qaytaramiz. Iymoni quvvatli bo'lgan, amali solih bo'lgan mo'min bilan birga bo'larkan, odamlarni qalblarida unga nisbatan bir uns paydo bo'lad. Yaqinlik, iliqlik. Demak, qalbida sakenati bor mo'min bilan odamlar muloqot qiladigan bo'lsa, ularni qalbida mana shu uns paydo bo'lib qoladi. Shuning uchun yana bir marta o'tirishlikni xohlaysiz.

Bunaqa odam bilan birga o'tirganda, qolgan odamlarni qalblarida sakinat paydo bo'ladi, o'zlarini yaxshi his qiladi. Buni siri nimada? E, bir xilga odam bo'ladi, oldida turging kelmaydi. Bo'ladimi shunaqa? O'tirdi, to'yg'izadi da, shikoyat qilaveradi, dardini aytaveradi, problemani aytaveradi, benzin qimmatlab ketdi, ko'chalar mana qo'yib ketdi, anaqa.

Unaqa odamni uzoqdan ko'rib qochasiz. Endi biz aytayotgan, qalbida sakinati bor odamni nimaga suhbatiga intilaverasiz? Nimaga uni majlisda o'tirishda keyin intilasiz? Buni siri nimada? Siri shuki, Alloh mana shu bandasini qalbiga tajallik qildi, qalbiga sakinatni tushirib qo'ydi, sen u bilan birga o'tirganingda, shu sakinatdan senga ham yuqadi.

Qarang da, atrofingizda bormi shunaqa odam? Demak, mana shunday sekinoti bor odam bilan muomalada bo'larkan, odamlarga ham mana shu sekinotdan bir urush nasib etadi. Hikmatda aytilinarkan, as sohibu sahibun. Do'st o'ziga tortuvchi bo'ladi. Do'st erchituvchi bo'lada. Baqiroq odamlar bilan ulfat bo'lsa, siz ham baqiroq bo'lib qolasiz.

Endi qarang birodar, atrofingizda shunaqa siz u bilan o'tirsangiz, qalbingiz taskin topadigan ulfatlarda nechta bor? O'zi umuman bormi bunaqa odam? Shuning uchun aytiladi, xoli seni Allohga chaqiradigan, so'zi senga Allohni eslatadigan insonni o'zingga do'st edi. Aqlirojih, qalbida sekinati bor odamni do'st tutsang, saodat topasan.

Mo'min kishining saodatini, baxtini siri shunda. Shuning uchun mo'minlar o'tirishganda, bir birini ko'rganda, qalbida sakinat paydo bo'ladi. Ruhya til ixvon, madahaba tun li ila ahzam deyiladi hikmatda. Alloh yo'lida tanishgan, Alloh uchun do'st bo'lgan birodarlarni ko'rishlik g'am qayg'uni ketkiza oladigan narsa bo'ladi.

Mo'minlar majlisi yig'ilib o'tirar ekan, agar bularni o'rtasini Allohga bo'lgan iymon birlashtiradigan bo'lsa, o'tirdi, ularda qalbida xursandchilik paydo bo'ladi. Alloh a'za va jalladan birodarlar, mana shu iymonning samarasi bo'lgan, shu sakinatni bizga ham ato qilishini so'raymiz. Bir faqir odamni tasavvur qiling. Topish tushishi ko'p past. Uy joyi ham nomiga uy joy. Ayoli ham husni o'rtachadan pastroq, jamiyatda ham o'rni ko'p ham baland emas. Ko'rinishi ham juda chiroyli emas. O'rtachadan pasroq odam. Endi agar Alloh shu bandasini qalbiga tajjallik qilib, sakinatni solib qo'ysa, yer yuzidagi podshohlardan ko'ra baxtliroq insonga aylanadi.

Allohdan shuni so'raylik. Biz o'sha baxtni, xotirjamlikni, huzur halovatni so'rayapmizmi? Bu albatta pul bilan bo'lishi shartmas. Sakinatga loyiq bo'lsangiz, Alloh bersa, eng baxtli odamsizsiz. Umarom Xattob deyiladi. Yana Boyazid Bastomiy deyiladi. Aytadiki, agar podshohlar, podshohlar, bizda bor bo'lgan narsani bilishganida edi, qalbimizdagi sakinatni, saodatni nimagini bilishganida, ana shu narsani tortib olish uchun qilichlari bilan kelib bizga qarshi urushgan bo'lar edi.

Sakinat mana shunday ulkan ne'mat, birodarlar, Allohning atosi. Sakinat iymonning mevasi, samarasi. Ulamoun nafs aytadi, Alloh Subhanahu va Taolo sog'likni, zakovatni, boylikni, husnni bandalardan juda ko'pchiligiga beraveradi. Ammo sakinatni o'lchov bilan faqat o'zini mo'min do'stlariga beradi.

Inson go'zal bo'lishi mumkin, lekin shu bilan baxtsiz bo'lishi ham mumkin. Aqlli, lekin tanazzulga ketgan bo'lishi mumki. Kuchli, ammo zolim bo'lishi mumkan. Tanasi sog', ammo qalbi maraz bo'lishi mumkinki. Qaytarib aytamiz. Sog'lik, zakovat, boylik, chiroy degan narsani Alloh mo'minga ham, kofirga ham beravergan. Ammo insoni ikki dunyoda saodatli qiladigan sakinatni Alloh faqat o'zining mo'min bandalariga beradi.

Sakinat iymonning eng katta samarasi. Sakinat saodatning naqgina o'zi. Sakinat saadat sakiyna baxt. Alloh azza va jalla faqat o'zining do'stlariga ato qiladigan mana shu sakiyna'tdan bizni nasibador qilsin. Bu ulug' marhamatdan bizlarni mahrum qilmasin. Ana shu sakiyna'atni sababi bo'lgan haqiqiy iymon egalaridan bo'lishimizga Alloh subhanahu va taolo o'zi tavfiya bergan bo'lsin.

Aquli qovli ha'da va astag'firullohu li va lakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.

Білімді тексеру

5 сұрақ. Әр дұрыс жауап — 10 ұпай.

Келесі дәріске өту үшін тестті тапсырыңыз

Тестсіз жалғастыру