Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen a'lamin. Vassalatu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Tazkiyatinafs darslaridan birodarlar, bugun yangi darsni boshlaymiz. Hayo manzilati. Iya akani abodu va iya akani stain. Senga yana ibodat qilamiz. Sendan yana yordam so'raymiz. Martabalar mavzusidagi navbatdagi darsimiz. Bu darsimiz hayo haqida. Hayo nima desa, uy alchanglik deydi ko'pchilik. Xuddi rostgo'ylik darsimizni o'tgandek. Rostgo'y odam qanaqa bo'ladi desa, odamlarning aksariyati yolg'on gapirmasanglar, rostgo'y bo'ladi. Rostgo'ylikka haqida aksar odamlarda tasavvur shunaqa edi.
Lekin shariatimizda, diniy islomimizda rozgo'y inson deganda juda ko'p narsa buni ichiga kirib ketar ekan. Rozgo'ylik tili bor ekan, rozgo'ylik qadami bor ekan, rozgovlik kirishi bor ekan, rozguroqlik chiqishi bor ekan, rozgo'ylik o'rni bor ekan. Xuddi shunga o'xshagandek, hayo ham odamlarning juda ko'pchiligi o'ylagan faqat uyatchan bo'lish, odamlarni oldida yuzi qizarib, yerga qarab turishlik emas.
Agar bir odam odamlarni oldida gapirgani hayo qilib, yuzi qizarib, yerga qarab turib, tappata birovni katta pulga otib qo'yayotgan bo'lsa, bu odam hayoliy deyilmaydi. Darsdan sal oldinroqqa o'tib ketib aytamanki, gunoh qilishlikka, allohdan hayo qilgan, allohdan uyalib, gunohdan tiyilgan odam, haqiqiy hayoli odam deyiladi.
Ko'zda hayosi bor. Tilda hayosi bor. Quloqda hayosi bor. Oyoq qo'lda hayosi bor. Kallani hayosi bor, qorinni hayosi bor. Tushunarlimi? Bir odam jur'atli bo'lishi mumkin, odamlarga tikka qaraydi, yuzi qizarmaydi, lekin taqvoda, gunoh emas, yotdan o'zini tiya oladimi? Shu odam hayoliy bo'laveradi. Haligi muloyim shprig bo'lib tashlab kidat qilib qo'ysa, u hayoliy deyilmaydi u.
Bilishimiz kerak bo'lgan narsa juda ham ko'p. Bu manzilat Allohu azza va jallamning kitobi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan istisno qilingan. Hayo haqida oyatlar va hadislarni o'qiymiz. Birinchi oyat. Astaydu billah alam ya'lam bi anna alloha yarom. Albatta Allohu uni ko'rib turishini bilmasman. Birodalar, hayo xulqining asosi shu oyat. Alloh ko'rib turganligini bilmaydimi? Alloh ko'rib turing ku.
Ahmad bir xunuk ayb ish qildi. Hech kim yo'q joyda. Keyin bilsa, falonchi akasi tevadan qarab turgan ekan balkonidan. Uni mana shu qabih amaliga guvohi bo'lib qoldi. Ahmad bundan xabar topib qoldi. Endi ahvoli nima bo'ladi? Ana shu odamni ko'rganda xijolat bo'laveradimi? Qalbi shamdek erib ketib yuboradimi? Bitta odam seni xunuk ishingni ko'rib qolsa, shu odamniki oldida qanchalar xijolat bo'masan u, hamma narsani ko'rib bilib turadigan Alloh Taolo, ustingdagi hamma ne'matlarda senga berib qo'ygan Alloh Taolo, ko'rib turganini bilmaysanmi? Astaydubillah. Fala tadumi allohi ilohan axor fotakona minal muaddabin. Bas, ey Muhammad alayhissalom, siz Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmang. Aks holda azoblanguvchi yumsalardan bo'lib qolursiz. Va yaqin qarindosh urug'laringizni Allohning azobidan ogohlantiring. O'zingizga ergashgan, mo'min bo'lgan kishilar uchun qanotingizni past tuting. Bas, agar ular itoatsizlik qilsalar, u holda ayting, albatta men sizlarning amalingizdan tojdirman.
Va tavakkal alal azizir rohim. G'olib va mehribon Allohga tavakkur qiling. Alladiy yarokahi natoqum. U sizni o'zingiz namoz uchun turayotgan vaqtingizda ko'rib turar. Alladiy yaroka. Sizni ko'rib turadigan zot. Magaziniga kirsangiz kamera turibdi. Tosh yuz ko'rsatuvda uni bog'lasiz. Yoki kirib ketayotsangiz, magazinda video kuzatuv yo'lga qo'yilgan deyildi. Nima qilasiz?
Sizni kuzatib turishganligini bilsangiz, ana shu bilimiz sizni tartib, intizomli, qoidali bo'lishga majbur qiladi. Demak, hayoning asosi birodarlar, fundamenti Alloh ko'rib turibdi. Demak, birinchi oyat mana shu bo'ldi. Alam ya'lam bi anna loha yaroh. Albatta Alloh ko'rib surishini bilmasman. Fe'l atvoring, nasihatlaring, so'zlaringni hammasi, hatto o'y fikrlaringni ham Alloh Taolo bilib turadi. Alam ya'lam, bi amna Alloha yaroh.
Ikkinchi oyat. Imna alloh akana alaykum roqiyba. Albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo'lgan zotdir. Alloh Taolo latif bo'lgan zod. U Zotning kuzatib turishligini biz mashaqqatini his qilmaymiz. Masalan kamera tursa turibdi, ko'zimiz ko'rib turibdi. Yoki orqamizda bitta odam kuzatib yursa, bizni kuzatib qarab turganligini ko'ramiz. Kamera ko'tarib yursa, yana bir noqulaylik. Bu insonni kuzatib turishi.
Bu inson nuqsonli bo'lgandan keyin, uni fe'llari ham nuqsonli bo'ldi. Endi Alloh Taolo kuzatib turadi, Alloh Taolo murojaat qilib turadi, bu sizga umuman malol kelmaydi va sezmaysiz ham. O'shaning uchun unutib qo'yasiz da. Ey insonlar, deydi Alloh Taolo Qur'onda, sizlarni bir jondan, odamdan yaratgan va uning juftini, Havoni vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko'p erkak va ayollarni tarqatgan Parvardigoringizdan qo'rqingiz. Yana oralaringizdagi savol javoblarda o'rtaga nomi solinadigan Alloh'dan qo'rqingiz. Va qarindosh urug'laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz, albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo'lgan zotdir.
Mana ikkita oyatni o'qidik. Ikkalasida ham Alloh Taolo siz bilan bizni ko'rib, kuzatib turishligini tushundik. Sen bilan men birodar bandamiz. Doim kuzatuvdamiz. Shuni unutmaslik kerak. Agar unutmaganimizda shu narsani, qanaqa odam bo'lardik a? Alloh bizni kuzatib turganini yana hech ham esdan chiqarmasak, doim yodimizda tursa, qanaqa odam borardik a? Gap so'zimizni o'ylab gapirardik, qadamimizni o'ylabsak bosar edik.
Qo'lida mansabi bor, kuch quvvati bor bir odam seni kuzatib turibdi. Agar qoyilsang, xatoga yo'l qo'ysang, mana shu xatoying uchun qattiq jazolash imkoniyati bor. Shuni bilsang, qanaqa tutasan o'zingni? Xatoga yo'q bo'lishdan qo'rqasan, sharmanda bo'lishdan hayo qilasan.
Innalloh akana alaykum roqibah. Albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo'lgan zotdir. Kuzatuv. Mashinangizda tez ketyapsiz, radar borligini ko'rsatadigan belgi turibdi. Ketaverasizmi? Yo'q. Bilganingizdan keyin, ko'rganingizdan key in, sekinlaysiz. Bir do'konga kirdingiz. Videonablyudeniya bor deyildi. Nima qilasiz? O'zingizni to'g'rilab olasiz. Albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo'lgan zotdir.
Bu misollar tavziq uchun, tushunishimiz oson bo'lish uchun keltirildi. Uyingizga mehmon keldi. Martabali, hurmatli, jamiyatda bir o'rni bor, ilm, ma'rifatli odam keldi. Haligi odamni qabul qilgani, chiqdingiz. Nima qilasiz? O'sha uyingiz, uy kiyimingiz bilan chiqib kelaverasizmi? Rabochiy kiyim bilan chiqib olasizmi? Nima qilasiz? Uyalasiz da undan. Eng zo'r kiyimingizga siz. Uyizni shprdi, suv septirasiz, chunki uni oldida xijolatga qolishini xohlamaysiz. Yana bu odam bilan o'tirganda qanaqa qilib gapirasiz?
Ovozni ko'tarmaysiz, baqirmaysiz, odob bilan turasiz. Bu o'zingizga o'xshagan bitta go'shtdan, suyakdan iborat odam. Shundan hayo qilyapsiz shunchalik. Allohdan hayo qilishlikka haqli emasmi o'zimizni birodarlar? Ikkita oyatni o'qidik. Uchinchi oyat. Ya'lamu xo inatal a'yuniy va ma tuxfisudur.
Ko'zning xiyonati. Ko'zningxiyonati. Alloh ko'zlarning xiyonatini ham, dillar yashiradigan narsalarni ham bilur. Ko'zni xiyonati nima? Bir tashlab qo'yish ko'zni. Qilib qo'yasiz. Masalan, erkak tabib. Boshqa tabib yo'qligi uchun nochor ayol kishini ko'ryapti. Faraz qiling.
Bu tabib bu ayolni badanini qaysi qismiga qarashga haqqi bor desa, o'sha davolaydigan joyini ko'rishlikka haqqi bor. Endi buyog'iga qarashligi mumkin emas. Harom. Mana endi o'sha ko'rayotib turib, buyog'iga anaqa ko'zini tashlab qo'ydi. Ro'parasida turgan odam sezmaydi ko'zini u yoqqa bir tashlab qo'shganini. Alloh taolo aytyapti, ko'zlarning xiyonatini ham biladi, qalblarning yashirgan narsasini ham biladi.
Ko'zni xiyonati. Qo'lingizda telefon bor. Butun dunyo qo'lingizda turibdi. Xohlagan narsangizni ko'rasizlar. Siz bo'pti, xo'p, o'zingiz yaxshi odamsiz, dindorsiz, o'zingiz istab ko'rmaysiz u faxshni. Lekin chiqib qoldi o'rtada reklamada. Nima qilasiz shunda?
Oyatni qarang. Ko'zning xiyonatini va qalblarning yashirgan narsasini bilur deydi. Hech kim yo'q, ko'rib turibsiz, yoki uyingizda televizorda ko'rib turib siz. Agar siz Alloh'dan uyalsangiz, o'chirasiz yoki boshqa narsaga olasiz. Ko'p qavatli imoratni o'ninchi etajda turibsiz, derazangizga qarab, ro'paradagi imoratda, o'ninchi etajida, bir ayol derazasi ochiq, kiyim almashtiryapti. Siz uyingizni ichingizda turibsiz. Hech kim sizni ko'rmayapti.
Tomosha qilasiz, birov bilmaydi. Hech kim bu narsa uchun sizni hisob kitob qilmaydi. Nima qilasiz? Agar shunday ko'zingizni olib qochgan bo'lsangiz, muborak bo'lsin. Hayoyingiz bor ekan. Ya'lamu xo'iynat al a'yuniy va ma tuxfiy sudur. Uchinchi oyat. U Alloh ko'zlarning xiyonatini ham bilib turadi, qalblarning yashirgan narsasini ham. Bu Alloh Taoloning kuzatib turishi haqidagi oyatlar edi. Mana endi hadislarni o'qiymiz.
Birinchi hadis. Hayo iymondandir. Bir kuni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ko'chada ketib borayotganlar, bir ansoriy, sahoba yonida turgan bir kishiga hayo haqida va'as qilyotuvdi. Hayo undoq bo'ladi, hayo bundoq bo'ladi. Hayo qilish kerak. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam to'xtab, boyagi ansoriyga da hu. Fa innali hayya aminali iyman dedilar.
Uni o'z holiga qo'y. Bu odamni o'zini holiga qo'ying. Chunki hayo iymondan bo'ladi dedilar. Iymoni bor odamda hayo bo'ladi. Bu hadisni ko'p eshitganmiz. Ammo bir o'ylanib, chuqurroq tafakkur qilib ko'radigan bo'lsak, ajib narsaga guvoh bo'lamiz. Xulqlarning ichida iymonning shartlaridan bo'lgan xulqlar bor. Nima degani bu? Agar inson mo'min bo'lmasa, mana shunaqa xulq unda bo'lmaydi.
Qaytarib aytamiz. Iymonning shartlaridan hisoblangan xulqlar bor. U shunday xulqki, iymoning bormi, bu xulq senda bo'lishligi kerak. Yana boshqa xulqlar bor, agar bu xulqlar sizda bo'lsa, bu iymoningizni yo'qligiga ishora deyiladi. Qarang, mana bu xulqlar egasi bo'lsangiz, iymoningiz borligini belgisi, mana bu xulqlar bo'lsa sizda, iymoningizni yo'qligini belgisi.
Xo'p, biz hayo iymondan ekanligini bildik. Demak, hayosi bor odamni iymoni bor ekanligini bildek. Endi qaysi xulqlar bo'sa insonda, iymoni yo'q bo'ladi bu odamni. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Muammo Bohli roziyallohu anhudan keltirilgan hadisda aytadilar: yut va ulu mo'minu alal hilali kullihah, illal xiyanataval kadiba.
Mo'min har qanday tabiat bilan tabiatlanib qolishi mumkin. Har qanday xulq mo'minni tabiatiga kirib qolishi mumkun. Faqatgina xiyonat va yolg'onchilik bundan mustasno dedilar. Agar siz xoin bo'lsangiz, xiyonat qilsangiz, va yolg'onchi bo'lsangiz, bu iymonni yo'qligiga dalolat qiladi.
Inji bo'lishingiz mumkin, mo'minsiz. Baxil bo'lishingiz mumkan, mo'minsiz, qo'rqoq bo'lishingiz mumkun, mo'minsiz har qanday yomon sifatlar bilan mo'min sifatlanib qolishi mumkin, xulqlanib qolishi. Lekin ikkita xulq unga hech qachon yuqmaydi. Xiyonat bilan yolg'on. Demak birodarlar iymon hayo borligidan bilinar ekan. Hayo iymon borligiga dalolat qilar ekan.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shuning uchun boyagi ansoriyni ko'p ovora bo'lmagin, ko'p kuching ketmasin deb uni vaqtini ehtiyot qilgandek aytdilarki, da hu fainnal hayaminal iyman. Bu odamni o'zini holiga qo'y. Hayo iymondan bo'ladi. Ovora bo'lma bunga, tushuntirib hayoni.
Ikkinchi hadis. Qolunabiye sallallohu alayhi vasallam al hayya u la ya'ti illa bi xoyir. Rasululloh aytyaptilar, hayo faqat yaxshilik olib keladi. Hayo faqat yakshilikka olib keladi. Rozgo'ylik haqida dars o'tdik. Aytdikki, as sidqu manjat. Rozgo'ylik najotga boshlaydi. Endi yolg'onchilikchi? Faqat musibat olib keladi, yomonlikka boshlaydi. Agar bir insonda hayo bo'lsa, bu hayo uni faqat yaxshilikka yetaylaydi. Lekin hayoni ma'nosi katta ekanligini aytdik a? Yerga qarab xijolat bo'lib, bunday i deb qizarib turish emas bu hayo, biz o'ylaykan daqa.
Bushayrimni Ka'b aytadi, hikmatda shunday deb yozilgan. Albatta viqor hayodamdir. Albatta sakinat hayodamdir. Hayo qaysi tomonga burmasin, seni faqat yaxshilik olib keladi senga. Chunki sen Allohga osiy bo'lishdan uyalasan da. Chunki seni kuzatib turibdi.
Odamlarga aziyat berishlikdan uyalasan, chunki Alloh ko'rib turibdi. O'zingniki bo'lmagan narsani olishdan hayo qilasan, chunki Alloh sen bilan birga. Shuning uchun aytildi hadisda, hayo faqat yaxshilik olib keladi. Uchinchi hadis. Hayo iymonning bir shoxchasidir. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: al iymanu biz'un va sab'una, av biz'un va sit'una shu'ba. Val hayya'u shu'batu minal iyman.
Iymon yetmish yoki oltmish dan ko'proq shoxchadir. Bas uning afzali, eng balanddagisi la ilaha illalloh, eng quyiisi yo'lda odamlarga aziyat yetkazadigan narsani olib tashlashlik. Hayo iymonning shoxchalaridan bittasidir.
Aqoli qovli ha'da va astag'firullohu alayhi va rohkum. Va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.